O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish Departamentining
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish Departamentining
Qarori
AUDITORLIK TAShKILOTLARI UChUN JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLAShTIRIShGA VA TERRORIZMNI MOLIYALAShTIRIShGA QARShI KURAShISh BO‘YIChA IChKI NAZORAT QOIDALARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 3-noyabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2035]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 14-noyabrdagi 145 va 45-sonli “Auditorlik tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3101, 15.12.2018-y.) asosan 2019-yil 18-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
“Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga muvofiq (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 43-son, 451-modda) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish Departamenti qaror qiladi:
1. Auditorlik tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 13-oktabr,
102-son
Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i Z. DO‘SANOV
Toshkent sh.,
2009-yil 13-oktabr,
42-son
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 13-oktabrdagi 102 va 42-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Auditorlik tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat
QOIDALARI
Mazkur Qoidalar “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 43-son, 451-modda) muvofiq buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha professional xizmatlarni ko‘rsatish jarayonida mijozlar nomidan bitimlarni tayyorlash va amalga oshirishda pul mablag‘lari va boshqa mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi auditorlik tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi hududida buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha professional xizmatlarni ko‘rsatuvchi auditorlik tashkilotlariga tatbiq etiladi.
2. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
benefitsiar mulkdor — yakuniy holatda mulk huquqiga egalik qiluvchi yoki mijozni haqiqatda nazorat qiluvchi jismoniy shaxs yoxud manfaati ko‘zlangan holda pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiya amalga oshirilayotgan yuridik shaxs;
ichki hujjatlar — auditorlik tashkilotlari rahbarlari tomonidan tasdiqlanadigan ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilovchi hujjatlar;
ichki nazorat — buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha professional xizmatlarni ko‘rsatish jarayonida maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi lozim bo‘lgan shubhali operatsiyalarni aniqlash bo‘yicha auditorlik tashkilotining faoliyati;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlar — Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha moliyaviy choralarni ishlab chiqish guruhining (FATF) rasmiy bayonotlarida xalqaro moliyaviy tizimga xavf tug‘diruvchi hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish tizimlarida strategik kamchiliklari mavjud deb belgilangan davlatlar va hududlar;
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2015-yil 13-apreldagi 30, 11-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2035-2, 15.04.2015-y.) asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 15-son, 191-modda)
mijozni identifikatsiyalash — mijozni lozim darajada tekshirishni amalga oshirish maqsadida ular tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida mijozlar haqidagi ma’lumotlarning auditorlik tashkilotlari tomonidan aniqlanishi;
mijoz — qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda auditorlik tashkiloti bilan buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha professional xizmatlarni ko‘rsatish to‘g‘risida shartnoma tuzgan yuridik shaxs;
mijozni lozim darajada tekshirish — mijozni va qaysi shaxslar nomidan ish ko‘rayotgan bo‘lsa, o‘sha shaxslarni tekshirish, ta’sis hujjatlari asosida mulk va boshqaruv tuzilishini o‘rganish orqali benefitsiar mulkdorni identifikatsiyalash, mijoz tomonidan amalga oshiriladigan amaliy ish munosabatlari va operatsiyalarni, ularning bunday mijoz va uning faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida, doimiy asosda o‘rganish;
xabar qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyalar — ichki nazoratni o‘tkazish davomida auditorlik tashkiloti tomonidan shubhali deb topilgan sodir etilayotgan va tayyorlanayotgan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq bo‘lgan va maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyalar;
shubhali operatsiya — tayyorlash, sodir etish jarayonida bo‘lgan yoki sodir etib bo‘lingan, mazkur Qoidalarni amalga oshirishda auditorlik tashkilotida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va (yoki) terrorizmni moliyalashtirish maqsadida uning amalga oshirilganligi to‘g‘risida shubha tug‘dirgan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar;
ichki nazorat tizimi — jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishni tashkil etish va mazkur Qoidalarga rioya etish bo‘yicha auditorlik tashkiloti tomonidan ko‘riladigan chora-tadbirlar majmuasi;
maxsus vakolatli davlat organi — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti nomidan Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boshqarmasi (bundan keyingi o‘rinlarda Departament deb yuritiladi).
offshor hudud — imtiyozli soliq rejimini taqdim qiluvchi va (yoki) moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda ular haqidagi ma’lumotlarni oshkor etmaslikni va taqdim qilmaslikni ko‘zda tutuvchi davlatlar va hududlar;
tavakkalchilik — mijozlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalarni amalga oshirish tavakkalchiligi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2015-yil 13-apreldagi 30, 11-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2035-2, 15.04.2015-y.) asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 15-son, 191-modda)
3. Ichki nazoratning maqsadlari quyidagilardan iborat:
buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha professional xizmatlarni ko‘rsatish jarayonida auditorlik tashkiloti faoliyati sohasidagi tavakkalchiliklarini, shuningdek ularni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash va baholash;
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2015-yil 13-apreldagi 30, 11-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2035-2, 15.04.2015-y.) asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 15-son, 191-modda)
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni samarali ravishda aniqlash va to‘xtatish;
auditorlik tashkilotining qasddan yoki qasddan bo‘lmagan jinoiy faoliyatga jalb etilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga yoki terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha auditorlik tashkiloti tomonidan qonun hujjatlari talablariga, shuningdek, pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni tayyorlash va amalga oshirishda ichki hujjatlariga og‘ishmay rioya qilinishini ta’minlash.
4. Ichki nazoratning vazifalari quyidagilardan iborat:
qonun hujjatlari, mazkur Qoidalar va ichki hujjatlarga muvofiq mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
benefitsiar mulkdorlarni, shuningdek, operatsiyani amalga oshirishda foydalaniladigan pul mablag‘larini va boshqa mol-mulkning kelib chiqish manbalarini aniqlash va o‘rganish;
mazkur Qoidalarning 23-bandida belgilangan mezonlar asosida shubhali operatsiyalarni aniqlash;
ichki nazoratni amalga oshirishda aniqlangan va xabar qilinishi lozim bo‘lgan shubhali operatsiyalar haqidagi axborotlarni (hujjatlarni) Departamentga o‘z vaqtida taqdim etish;
alohida hollarda xabar qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyalarni ushbu operatsiya amalga oshirilishi lozim bo‘lgan sanadan boshlab uch ish kuniga to‘xtatib turish va bunday operatsiya haqida u to‘xtatilgan kunda Departamentni xabardor qilish;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash;
pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar haqidagi axborotni, shuningdek, mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha identifikatsiyalash ma’lumotlarini va materiallarni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda saqlanishini ta’minlash;
auditorlik tashkiloti rahbariyatini tegishli qarorlar qabul qilish uchun zarur bo‘lgan ishonchli axborot va materiallar bilan tezkor va muntazam ravishda ta’minlab borish;
shubhali operatsiyalarning amalga oshirilishi yoki amalga oshirishga urinishlar, shubhali operatsiyalarni amalga oshirgan mijozlar bilan bog‘liq bo‘lgan shaxslar (rahbarlar, ta’sischilar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq bunday axborotni davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro ayirboshlash;
banklardan so‘rov bo‘yicha terrorizmni moliyalashtirish bilan bog‘liq shaxslar to‘g‘risida axborotni aniqlash.
buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha professional xizmatlarni ko‘rsatish jarayonida auditorlik tashkiloti faoliyati doirasida tavakkalchiliklarni aniqlash, baholash va kamaytirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni ko‘rish.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2015-yil 13-apreldagi 30, 11-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2035-2, 15.04.2015-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 15-son, 191-modda)
II. Ichki nazorat tizimini tashkil etish
5. Ichki nazoratni tashkil etish maqsadida auditorlik tashkilotlarida auditorlik tashkiloti rahbari buyrug‘i bilan mazkur Qoidalarga rioya etilishiga mas’ul bo‘lgan shaxs (bundan keyingi o‘rinlarda mas’ul shaxs deb yuritiladi) tayinlanadi. Buyruq nusxasi buyruq qabul qilingan kundan boshlab besh kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mas’ul shaxs rahbarlik lavozimini egallagan va auditorlik tashkilotining shtatdagi auditori bo‘lishi lozim.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish Departamentining 2010-yil 26-maydagi 45 va 15-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2035-1, 28.05.2010-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2010-y., 22-son, 177-modda)
6. Auditorlik tashkilotlarining ichki nazorat tizimi ularning faoliyat ko‘rsatish xususiyatlari, faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, mijozlar va ularning operatsiyalari bilan bog‘liq mijozlar bazasi va tavakkalchilik darajasini hisobga olgan holda tashkil etiladi.
6-1. Auditorlik tashkiloti jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishning zamonaviy texnologiyalari, usullari va tendensiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qamrab olgan so‘nggi yangiliklar bilan ta’minlash hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha qonunchilikning barcha jihatlari va majburiyatlar haqida aniq tushuntirishlar berish maqsadida auditorlik tashkiloti mas’ul shaxsini va xodimlarini doimiy ravishda tayyorlashni amalga oshirishi lozim.
(6-1-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish Departamentining 2010-yil 26-maydagi 45 va 15-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2035-1, 28.05.2010-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2010-y., 22-son, 177-modda)
6-2. Auditorlik tashkilotlarining xorijdagi alohida bo‘linmalari (agar ular mavjud bo‘lsa) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish tadbirlarini amalga oshirishda ular joylashgan mamlakatning talablariga rioya qilishlari zarur, agar ushbu talablar O‘zbekiston qonunchiligining talablaridan farq qilsa, yuqoriroq standartlarni qo‘llashlari lozim.
(6-2-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish Departamentining 2010-yil 26-maydagi 45 va 15-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2035-1, 28.05.2010-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2010-y., 22-son, 177-modda)
6-3. Auditorlik tashkiloti o‘zining xorijdagi alohida bo‘linmalaridan mazkur ajratilgan bo‘linmalar joylashgan mamlakat qonunchiligidagi taqiqlar tufayli jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha tegishli tadbirlarni amalga oshirish mumkin bo‘lmagan holatlar to‘g‘risida bosh ofisni xabardor qilishni talab qilishi lozim. O‘z navbatida, auditorlik tashkiloti bu haqda Moliya vazirligi va Departamentni xabardor qilishi lozim.
(6-3-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish Departamentining 2010-yil 26-maydagi 45 va 15-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2035-1, 28.05.2010-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2010-y., 22-son, 177-modda)
7. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida mas’ul shaxs quyidagi funksiyalarni bajaradi:
mazkur Qoidalarga muvofiq ichki nazorat jarayonini va mijozlarni lozim darajada tekshirishni joriy etish va amalga oshirilishini tashkil etadi;
auditor tashkiloti faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, ichki nazoratni amalga oshirish bo‘yicha ichki hujjatlar va dasturlarni ishlab chiqadi hamda rahbariyatga tasdiqlash uchun kiritadi;
ichki nazoratni amalga oshirish davomida aniqlangan mijozlarning shubhali operatsiyalari to‘g‘risidagi xabarlarni auditorlik tashkiloti rahbariyati bilan kelishgan holda Departamentga o‘z vaqtida yuborilishini, shuningdek, Departamentning qo‘shimcha axborot taqdim etish to‘g‘risidagi so‘rovlarining bajarilishini ta’minlaydi;
mazkur Qoidalar va ichki nazorat dasturlarini amalga oshirish jarayonining maxfiyligini ta’minlaydi.
Moliya vazirligi tomonidan Departament bilan birgalikda monitoring va nazorat o‘tkazilish davomida tashkilot faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ichki nazorat tizimini tashkil etish bo‘yicha monitoringni amalga oshiradi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2015-yil 13-apreldagi 30, 11-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2035-2, 15.04.2015-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 15-son, 191-modda)
8. Mas’ul shaxs quyidagilarga ega:
o‘z tashkilotining rahbarlari va xodimlaridan ichki nazoratni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan tashkiliy-boshqaruv, buxgalterlik va boshqa hujjatlarni talab qilib olish;
olingan hujjatlardan nusxa ko‘chirish, ichki nazoratni amalga oshirish maqsadida auditor tashkilotining elektron ma’lumotlar bazalarida, mahalliy hisoblash va avtomatlashtirilgan kompyuter tizimlarida saqlanayotgan fayl va boshqa yozuvlardan nusxalar olish;
xabar qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyalar bo‘yicha kelgusidagi xatti-harakatlarga oid (shu jumladan, mijoz yoki operatsiya to‘g‘risida qo‘shimcha axborot olish yoki mavjud axborotni tekshirish maqsadida o‘tkazilayotgan operatsiyani to‘xtatib turish bo‘yicha) takliflarni rahbariyatga kiritish.
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa harakatlarni amalga oshirish.
9. Mas’ul shaxs quyidagilarga majbur:
ichki nazoratni amalga oshirish jarayonida olingan hujjatlarning saqlanishi va qaytarilishini ta’minlash;
mijozlarni lozim darajada tekshirishni amalga oshirish;
benefitsiar mulkdorlarni identifikatsiyalash bo‘yicha choralarni amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
mijozni lozim darajada tekshirish materiallariga qo‘shib qo‘yiladigan barcha murakkab, g‘ayrioddiy yirik miqdordagi operatsiyalar, shuningdek iqtisodiy yoki qonuniy maqsadsizligi aniq bo‘lgan operatsiyalarni g‘ayrioddiy amalga oshirish sxemalari bo‘yicha lozim darajada tekshirish natijalari va xulosalarini yozma ravishda qayd etish;
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish Departamentining 2010-yil 26-maydagi 45 va 15-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2035-1, 28.05.2010-y.) asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2010-y., 22-son, 177-modda)
shubhali operatsiyalar aniqlanganda, belgilangan tartibda Departamentga xabar berish;
olingan ma’lumotning maxfiyligiga rioya qilish.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish tavakkalchiliklarini aniqlash va baholash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni ko‘rish, ushbu tavakkalchiliklarni hujjatlashtirish va ularni kamaytirish chora-tadbirlarini ko‘rish;
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2015-yil 13-apreldagi 30, 11-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2035-2, 15.04.2015-y.) asosan sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 15-son, 191-modda)
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa talablarni bajarish.
10. Auditorlik tashkilotlari mas’ul shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hisobot davridan keyingi oyning 10-sanasiga qadar bir yilda bir marta O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi.
11. Agar hisobot yilida mas’ul shaxs o‘zgargan taqdirda, auditorlik tashkilotlari o‘zgarish qabul qilingan sanadan keyin 5 kun muddat ichida tegishli o‘zgartirishlarni tasdiqlovchi hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etishlari lozim.
12. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi auditorlik tashkilotlaridagi mas’ul shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har yili 20-yanvargacha Departamentga taqdim etadi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2015-yil 13-apreldagi 30, 11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2035-2, 15.04.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 15-son, 191-modda)
13. Agar hisobot yili davomida auditorlik tashkilotlarida mas’ul shaxslar o‘zgarsa, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi auditorlik tashkilotidan tegishli o‘zgarishlarni tasdiqlovchi hujjatlarni olgan kundan boshlab 5 kun ichida Departamentga qo‘shimcha ravishda xabar beradi.
III. Mijozlarni lozim darajada tekshirish
14. Auditorlik tashkilotlari quyidagi holatlarda mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga majbur:
O‘zbekiston Respublikasi Auditorlik faoliyatining milliy standartining (31-sonli AFMS) “Xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyati bilan tanishuv” (ro‘yxat raqami 1043, 2001-yil 21-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2001-yil, 12–son) talablariga muvofiq ularning faoliyati bilan oldindan tanishuvda;
buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha professional xizmatlarni ko‘rsatish uchun mijozlar bilan shartnomalar tuzishda;
O‘zbekiston Respublikasi Auditorlik faoliyatining milliy standartining (12-sonli AFMS) “Auditorlik tekshiruvlari davomida buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini baholash” (ro‘yxat raqami 1673, 2007-yil 12-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-yil, 15-son, 162–modda) talablariga muvofiq mijozning ichki nazorat tizimini baholashda;
O‘zbekiston Respublikasi Auditorlik faoliyatining milliy standartining (9-sonli AFMS) “Muhimlilik va auditorlik tavakkalchiligi” (ro‘yxat raqami 813, 1999-yil 3-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 1999-yil, 11-son) talablariga muvofiq ajratib bo‘lmaydigan va nazorat tavakkalchiligini baholashda;
amalga oshirilayotgan operatsiyalarning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish yoki terrorizmni moliyalashtirish maqsadida ekanligiga har qanday shubha mavjud bo‘lganda;
mijoz haqida avval olingan ma’lumotlarning to‘g‘riligiga shubha mavjud bo‘lganda.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish Departamentining 2010-yil 26-maydagi 45 va 15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2035-1, 28.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 22-son, 177-modda)
operatsiya amalga oshirish kunidagi eng kam oylik ish haqi miqdorining 300 baravari miqdoridan ortiq bo‘lgan bir martalik operatsiyalar amalga oshirilganda.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2015-yil 13-apreldagi 30, 11-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2035-2, 15.04.2015-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 15-son, 191-modda)
141. Agarda operatsiyaning taraflaridan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlarda yoxud offshor hududlarda doimiy yashayotgan, turgan yoki ro‘yxatga olingan, shuningdek tavakkalchiliklarning yuqori darajasi toifasiga kiritilgan shaxs bo‘lganda auditorlik tashkilotlari mijozlarni lozim darajada tekshirishning kuchaytirilgan chora-tadbirlarini ko‘rishlari lozim.
142. Mijozni lozim darajada tekshirishning kuchaytirilgan chora-tadbirlariga quyidagilar kiradi:
mijoz haqida qo‘shimcha ma’lumotlar (faoliyat turi, aktivlar miqdori, ochiq ma’lumotlar bazasi orqali olinishi mumkin bo‘lgan ma’lumot va boshqalar) olish va mijoz yoki benefitsiar mulkdor bo‘yicha ma’lumotlarni yanada tezroq yangilab borish;
mijozdan uning pul mablag‘lari va mol-mulk manbasi haqida ma’lumot olish;
ish amaliyotlarini amalga oshirish sabablari to‘g‘risida ma’lumot olish;
operatsiyalarni (bitimlarni) amalga oshirish sabablarini aniqlashning boshqa kuchaytirilgan choralarini amalga oshirish.
(141 va 142-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2015-yil 13-apreldagi 30, 11-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2035-2, 15.04.2015-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2015-y., 15-son, 191-modda)
15. Mijozlarni lozim darajada tekshirish buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha professional xizmatlarni ko‘rsatishning barcha bosqichida amalga oshirilishi lozim.
16. Mijozni yoki benefitsiar mulkdorni identifikatsiyalash bilan bir qatorda, qonun hujjatlariga muvofiq ular tomonidan taqdim etiladigan hujjatlardan foydalangan holda ularning operatsiyani amalga oshirish uchun vakolatini tekshirish lozim.
17. Mijoz buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha professional xizmatlarni ko‘rsatish uchun shartnoma tuzish haqida bir yoki bir necha marta murojaat qilganida, auditorlik tashkiloti quyidagilarga majbur:
qonun hujjatlari va mazkur Qoidalar talablariga muvofiq operatsiya bo‘yicha mijozni yoki foyda oluvchini identifikatsiyalash;
ushbu mijozning avvalgi hisobot davri (oy, chorak, yarim yil, yil) mobaynida amalga oshirgan operatsiyalarini, agar bunday operatsiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lsa, o‘rganib chiqish;
operatsiya turini hamda uning mijoz — yuridik shaxsning ta’sis hujjatlarida belgilangan faoliyat turiga va maqsadiga muvofiqligini aniqlash;
o‘zining ish hujjatlarida aniqlangan shubhali operatsiyalarni qayd etish.
18. Mijozni identifikatsiyalash paytida auditorlik tashkilotlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani, tashkiliy-huquqiy shakl to‘g‘risidagi, joylashgan joyi, rahbarlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek, ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilgan boshqa ma’lumotlarni o‘rganishi lozim.
19. Mijozni yanada batafsilroq o‘rganish maqsadida:
mijozning ta’sis hujjatlari (ro‘yxatdan o‘tkazilgan barcha o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar bilan) va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning rasmiylashtirilishiga;
mijozning boshqaruv organlarining tuzilishi va ularning vakolatlariga;
mijozning ro‘yxatdan o‘tkazilgan ustav fondining (kapitalining) miqdoriga;
buxgalteriya hisobining registrlari va birlamchi hisob hujjatlarining rasmiylashtirilishiga alohida e’tibor berishi lozim.
20. Auditorlik tashkiloti mijoz tomonidan taqdim etilayotgan axborotni:
davlat organlari va boshqa tashkilotlardan mijoz to‘g‘risida olingan ma’lumotlardan foydalanish;
mijozning avvalgi auditorlik tashkilotlari bilan o‘zaro munosabatlarini o‘rganish;
mijozning ishchanlik to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish orqali tekshirish huquqiga ega.
21. Mijozni identifikatsiyalash jarayonida auditorlik tashkiloti benefitsiar mulkdorlarni identifikatsiyalash bo‘yicha, shu jumladan, mijoz mol-mulkining tuzilishini o‘rganish yo‘li bilan asoslangan va zarur chora-tadbirlar qo‘llanishi lozim.
22. Mijoz tomonidan identifikatsiyalash uchun zarur bo‘lgan hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda, auditorlik tashkilotlari ularga buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha professional xizmatlarni ko‘rsatishni rad etadilar.
III1. Tavakkalchilik darajasini aniqlash va baholash
221. Auditorlik tashkiloti mijozlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish yoki terrorizmni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalar amalga oshirilishida tavakkalchilik darajasini (keyingi o‘rinlarda tavakkalchilik darajasi deb yuritiladi) aniqlash, baholash va kamaytirish chora-tadbirlarini ko‘rishi shart.
Tavakkalchilik darajasi mijoz taqdim etgan axborot asosida, pul mablag‘lari va mol-mulk bilan amalga oshiradigan operatsiyalar turlari, mazkur Qoidalarda belgilangan mezonlar, mijozni lozim tarzda tekshirish natijalarini hisobga olgan holda mas’ul shaxs tomonidan har yili aniqlanadi va baholanadi.
Tavakkalchiliklarni baholash natijalari yozma ravishda rasmiylashtirilishi va Departamentga taqdim etilishi lozim.
222. Auditorlik tashkiloti avvaldan quyidagi mezonlarga javob beruvchi mijozlarni tavakkalchilikning yuqori darajasi toifasiga tegishli deb topishi va ularga nisbatan kuchaytirilgan e’tibor qaratishi lozim:
terrorchilik faoliyatida ishtiroki yoxud terrorchilik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxslarning nazorati ostida ekanligi yoxud terrorchilik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yoki shug‘ullanishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori yoxud uni nazorat qiluvchi ekanligi to‘g‘risida ma’lumot mavjud bo‘lgan shaxslar;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda yoxud offshor hududda doimiy yashayotgan, turgan yoki ro‘yxatga olingan shaxslar;
norezidentlar;
haqiqatda joylashgan joyi ta’sis yoki ro‘yxatga olish hujjatlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlardagi manzilga to‘g‘ri kelmaydigan mijozlar;
haqiqiy egasi ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan shaxs bo‘lgan mijozlar;
muntazam ravishda (ketma-ketligi uch oy mobaynida ikki martadan ortiq) shubhali operatsiyalarni amalga oshirayotgan mijozlar;
mas’ul shaxsda asosli shubha uyg‘otadigan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshiruvchi boshqa shaxslar.
223. Mijoz tomonidan pul mablag‘lari va boshqa mol-mulk bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarning tavsifi o‘zgarishiga qarab, auditorlik tashkiloti zarur bo‘lganda u bilan ishlash bo‘yicha tavakkalchilik darajasini qayta ko‘rib chiqishi lozim.
Auditorlik tashkiloti barcha murakkab, g‘ayrioddiy yirik pul mablag‘lari va boshqa mol-mulk bilan operatsiyalarga, shuningdek aniq iqtisodiy yoki qonuniy maqsadga ega bo‘lmagan operatsiyalarni amalga oshirishning g‘ayrioddiy sxemalariga kuchaytirilgan e’tibor qaratishi kerak.
Ko‘rilgan choralar natijalari to‘g‘risidagi ma’lumot auditorlik tashkiloti rahbariyatiga taqdim qilinishi lozim.
224. Auditorlik tashkiloti jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish maqsadida texnologik yutuqlardan foydalanilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha choralarni ko‘rishi kerak. Bu maqsadlarda auditorlik tashkiloti xizmatlari uchun yangi yoki rivojlanayotgan texnologiyalardan foydalanilishi sababli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tavakkalchilik darajalarini aniqlashi va baholashi lozim.
Bunday tavakkalchilikning baholanishi yangi yoki rivojlanayotgan texnologiyalarni foydalanishga tushirishdan avval o‘tkazilishi lozim.
Auditorlik tashkiloti bunday tavakkalchilikni monitoring qilish va ularni pasaytirish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rishi lozim.
(III1-bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2015-yil 13-apreldagi 30, 11-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2035-2, 15.04.2015-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2015-y., 15-son, 191-modda)
IV. Xabar qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyalarni aniqlash mezonlari va tartibi
23. Pul mablag‘lari va boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiya quyidagi holatlarda shubhali deb topilishi mumkin:
mijoz tomonidan zarurat tufayli so‘ralayotgan, shu jumladan, ishonch bildiruvchi (agar mijoz ishonchli vakil sifatida ish yuritayotgan bo‘lsa) haqidagi ma’lumotlarni taqdim etishni sababsiz rad etilishi;
odatdagi amaliyotdan farq qiladigan hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi bo‘yicha rasmiy bo‘lmagan, soxta hujjatlar va nostandart yo‘riqnomalar mavjud bo‘lganda;
hisobga olinmagan moliya-xo‘jalik operatsiyalar mavjud bo‘lganda va hisob-kitob hujjatlari belgilangan muddatlardan oldin yo‘q qilinganda;
mijozning xizmat ko‘rsatishning foydaliroq shartlariga nisbatan e’tiborsiz bo‘lishi, shuningdek, mijoz tomonidan ayni turdagi xizmatlar ko‘rsatishdagi oddiy to‘lovdan farq qiladigan yuqori mukofotning taklif etilishi;
mijozning operatsiyalari yaqqol iqtisodiy mohiyatga ega bo‘lmasa, uning ta’sis hujjatlarida yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasida keltirilgan faoliyatining maqsadlariga to‘g‘ri kelmasa;
bitimga mijoz faoliyatiga to‘g‘ri kelmaydigan qo‘shimchalar va o‘zgarishlar kiritilganda;
mijoz tomonidan avval kelishilgan operatsiyaga (bitimga) bevosita uni amalga oshirilishidan oldin ko‘proq, ayniqsa, pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk harakati yo‘nalishiga taalluqli o‘zgartirishlarning kiritilishi;
mijoz haqidagi ma’lumotning mavjud emasligi, shuningdek, mijoz tomonidan ko‘rsatilgan manzil va telefonlar orqali u bilan aloqa o‘rnatish imkonining yo‘qligi;
mijoz tomonidan axborot va hujjatlarning taqdim etilishining asossiz ravishda kechiktirilishi yoxud mijoz tomonidan tekshirib bo‘lmaydigan axborot taqdim etilishi;
mijoz tomonidan bitim ishtirokchilari haqida bila turib yolg‘on axborot va noto‘g‘ri ma’lumotlarning taqdim etilishi;
Oldingi tahrirga qarang.
(23-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2015-yil 13-apreldagi 30, 11-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2035-2, 15.04.2015-y.) asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2015-y., 15-son, 191-modda)
qonun hujjatlari bilan belgilangan nazorat jarayonidan qochishga qaratilgan degan xulosani chiqarishga asos bo‘ladigan operatsiyalar yoki bitimlarning bir necha bor amalga oshirilganligi aniqlanganda;
operatsiyani amalga oshirishda foydalanilgan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulklar jinoiy yo‘l bilan topilgan degan har qanday shubhaning mavjud bo‘lishi.
24. Operatsiyani shubhali deb tan olish har bir aniq holatda ushbu Qoidalar va ichki hujjatlar bilan o‘rnatilgan shubhalilik mezonlaridan foydalangan holda o‘tkaziladigan kompleks tahlil asosida, shuningdek, mijoz shaxsi, uning obro‘si, amaliy ish munosabatlarining xususiyati, bitimning asoslari, maqsadlari, hajmi va turi, uni amalga oshirish usuli bilan hamda shubhali operatsiyani to‘g‘ri aniqlash uchun ahamiyatli bo‘lgan boshqa holatlar asosida aniqlanadigan tavakkalchilik xavfiga bog‘liq ravishda amalga oshiriladi.
25. Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq har qanday operatsiya, shu operatsiyalarning taraflaridan biri:
terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
terrorchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yoxud amalga oshirishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori bo‘lgan yoxud uni nazorat qilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
terrorchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yoki amalga oshirishda gumon qilinayotgan jismoniy shaxsning yoxud tashkilotning mulkidagi yoki nazorati ostidagi yuridik shaxs ekanligi haqida belgilangan tartibda olingan axborot mavjud bo‘lsa, Departamentga xabar qilinishi va to‘xtatib turilishi kerak.
Bunday hollarda auditorlik tashkilotlari pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyani bu operatsiya bajarilishi lozim bo‘lgan sanadan e’tiboran uch ish kuniga to‘xtatib turishga va ushbu operatsiya haqida uni to‘xtatib qo‘yilgan kunning o‘zida Departamentni xabardor qilishga majbur. Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyani to‘xtatish haqida Departamentning ko‘rsatmasi bo‘lmaganda, ko‘rsatilgan muddat tugashi bilan auditorlik tashkiloti to‘xtatilgan operatsiyani tiklashga kirishadi.
251. Operatsiyaning taraflaridan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda yoxud offshor hududda doimiy yashayotgan, turgan yoki ro‘yxatga olingan shaxs bo‘lsa, bunday operatsiya ham Departamentga xabar qilinishi kerak.
(251-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2015-yil 13-apreldagi 30, 11-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2035-2, 15.04.2015-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2015-y., 15-son, 191-modda)
26. Mijozning operatsiyasi shubhali deb topilgandan so‘ng, mas’ul shaxs shubhali operatsiyani amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rilayotganligini yoki amalga oshirilganligini tasdiqlovchi asoslangan hujjatlarni tayyorlaydi va auditorlik tashkiloti rahbariga ko‘rib chiqish uchun taqdim etadi, rahbar mijozga nisbatan kelgusidagi xatti-harakatlar haqida qaror qabul qiladi, jumladan:
shubhali operatsiya to‘g‘risida Departamentga xabar berish haqida;
operatsiya shubhali deb tan olinganligi to‘g‘risida mijoz bilan bevosita ish olib borayotgan auditorlarga xabar berish haqida;
mijoz to‘g‘risida qo‘shimcha axborot olish haqida;
mijoz bilan operatsiya o‘tkazishga alohida e’tibor qaratish lozimligi haqida;
qonun hujjatlari yoki u bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq mijoz bilan munosabatlarni tugatish haqida;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa harakatlar.
27. Shubhali operatsiya to‘g‘risidagi xabar operatsiya shubhali deb topilgan vaqtdan boshlab bir ish kunidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq auditorlik tashkiloti tomonidan Departamentga taqdim etiladi.
28. Auditorlik tashkiloti tegishli operatsiyani tasdiqlovchi yoki undan shubhani olib tashlovchi har qanday axborot haqida zudlik bilan Departamentga xabar berishi lozim.
V. Ichki nazoratni amalga oshirish natijasida olingan axborot va hujjatlarni rasmiylashtirish, saqlash, maxfiyligini ta’minlash
29. Auditorlik tashkilotlari pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar to‘g‘risidagi axborotni, shuningdek, mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha identifikatsiyalash ma’lumotlarini va materiallarni qonun hujjatlarida belgilangan, lekin operatsiyalar amalga oshirilganidan yoki mijoz bilan munosabatlar to‘xtatilganidan keyin besh yildan kam bo‘lmagan muddatlar mobaynida saqlashlari shart.
30. Auditorlik tashkilotlari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq bo‘lgan axborotdan erkin foydalanishni cheklaydilar, uni tarqalib ketmasligini ta’minlaydilar hamda yuridik va jismoniy shaxslarga, ularning operatsiyalari haqida Departamentga ma’lumot berilganligi to‘g‘risida axborot berishga haqli emaslar.
31. Auditorlik tashkilotlari o‘z xodimlari tomonidan ichki nazorat bo‘yicha funksiyalarini bajarish jarayonida olingan axborotlarni boshqalarga oshkor qilmasliklarini (yoxud shaxsiy maqsadlar yoki uchinchi shaxslar manfaatlari uchun foydalanishga ruxsat berilmasligini) ta’minlaydilar.
311. Mas’ul shaxsning faoliyatida ishlatilgan barcha hujjatlar (ichki nazoratni o‘tkazishga taalluqli yozishmalar, shu jumladan, Departamentga yuborilgan xabarlarning qog‘ozdagi va elektron nusxalari, mijozlarning qog‘ozdagi va elektron anketalari, maxsus jurnallar va boshqalar)dan foydalanilishini cheklash maqsadida, bunday hujjatlar va ularning ro‘yxati bevosita maxsus jihozlangan xonada yoki yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda ushbu shaxs tomonidan saqlanishi lozim.
312. Hujjatlarning elektron shakllari dasturiy usulda arxivlashtirilishi, elektron axborot tashuvchi uskunalarga yozib qo‘yilishi hamda mas’ul shaxs tomonidan ularning ro‘yxati bilan birgalikda yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda saqlanishi zarur.
(311 va 312-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2015-yil 13-apreldagi 30, 11-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2035-2, 15.04.2015-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2015-y., 15-son, 191-modda)
VI. Yakuniy qoidalar
32. Auditorlik tashkilotlari tomonidan mazkur Qoidalar talablariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat Moliya vazirligi hamda Departament tomonidan amalga oshiriladi.
33. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonun hujjatlari buzilganligi hollarini yashirishda, shuningdek, mazkur Qoidalar talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 45-son, 493-modda; 2010-y., 22-son, 177-modda; 2015-y., 15-son, 191-modda)