15.12.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3101
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining qarori, 15.12.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3101
Дата вступления в силу
18.03.2019
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Auditorlik tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 15-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3101]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi va “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Auditorlik tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vaziri D. KUCHKAROV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 14-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
145-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i v.b. D. RAXIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 14-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 14-noyabrdagi 145, 45-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Auditorlik tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QOIDALARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi va “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha turdosh xizmatlarni ko‘rsatuvchi auditorlik tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi 62-son va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 7-noyabrdagi 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3101-2, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2022-y., 10/22/3101-2/1110-son — 2023-yil 23-martdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi hududidagi auditorlik tashkilotlariga ular buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha turdosh xizmatlarni ko‘rsatayotganida tatbiq etiladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi 62-son va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 7-noyabrdagi 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3101-2, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2022-y., 10/22/3101-2/1110-son — 2023-yil 23-martdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
benefitsiar mulkdor — yakuniy natijada mulk huquqiga egalik qiluvchi yoki mijozni haqiqatda nazorat qiluvchi jismoniy shaxs, shu jumladan manfaatini ko‘zlagan holda pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiya amalga oshirilayotgan yuridik shaxs;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki nazorat — mijozlar nomidan bitimlar tayyorlash va ularni amalga oshirishda pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi auditorlik tashkilotlarining, mijozni lozim darajada tekshirish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bog‘liq tavakkalchiliklarni boshqarish, shubhali operatsiyalarni aniqlash hamda terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishda ishtirok etuvchi yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni aniqlashga doir faoliyati;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 16-oktabrdagi 105, 26-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3101-1, 15.11.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2019-y., 10/19/3101-1/4027-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki qoidalar — auditorlik tashkilotlar va uning filiallarida ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilab beruvchi ichki hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlikda ishtirok etmaydigan davlatlar — jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha moliyaviy choralarni ishlab chiqish guruhining rasmiy bayonotlarida xalqaro moliyaviy tizimga xavf tug‘diruvchi hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish tizimlarida strategik kamchiliklari mavjud deb belgilangan davlatlar va hududlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijozni identifikatsiyalash — mijozni lozim darajada tekshirish maqsadida mijoz to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uning tomonidan taqdim etilgan hujjatlar, ochiq manbalar va ma’lumotlar bazalarida mavjud bo‘lgan qo‘shimcha tasdiqlangan ma’lumotlar asosida aniqlash;
(2-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi 62-son va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 7-noyabrdagi 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3101-2, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2022-y., 10/22/3101-2/1110-son — 2023-yil 23-martdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash — qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan ta’sis hujjatlari (ustav va/yoki ta’sis shartnomasi, nizom) asosida mulk va boshqaruv tuzilmasini o‘rganish orqali mijozning mulkdori yoki uni nazorat qiluvchi yuridik shaxsni aniqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijoz — qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan tartibda auditorlik tashkiloti bilan buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha turdosh xizmatlarni ko‘rsatish to‘g‘risida shartnoma tuzgan yuridik shaxs;
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi 62-son va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 7-noyabrdagi 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3101-2, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2022-y., 10/22/3101-2/1110-son — 2023-yil 23-martdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxs — terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan, terrorchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yoxud amalga oshirishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori bo‘lgan yoxud uni nazorat qilayotgan jismoniy yoki yuridik shaxs, shuningdek terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan jismoniy shaxsning yoxud tashkilotning mulkidagi yoki nazorati ostidagi yuridik shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxs — O‘zbekiston Respublikasi tomonidan tan olingan, ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishning oldini olishga qaratilgan BMT Xavfsizlik Kengashining rezolyutsiyalari hamda boshqa xalqaro-huquqiy hujjatlari bilan belgilangan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijozni lozim darajada tekshirish — mijozni va u qaysi shaxslar nomidan ish ko‘rayotganini tekshirish, mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash, shuningdek mijoz tomonidan amalga oshiriladigan amaliy ish munosabatlari va operatsiyalarni, ularning bunday mijoz va uning faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida doimiy asosda o‘rganishlarni o‘tkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xabar qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyalar — ichki nazoratni o‘tkazish davomida auditorlik tashkilotlari tomonidan shubhali deb topilgan, sodir etilayotgan va tayyorlanayotgan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mas’ul xodim — ichki nazoratni tashkil qilish va amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
offshor hudud — imtiyozli soliq rejimini taqdim qiluvchi va (yoki) moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda ular haqidagi ma’lumotlarni oshkor etmaslikni va taqdim qilmaslikni ko‘zda tutuvchi davlatlar va hududlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ro‘yxat — terrorizmga, ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi davlat organlari va O‘zbekiston Respublikasining boshqa vakolatli organlaridan taqdim etilayotgan ma’lumotlar, shuningdek chet davlatlarning vakolatli organlari va xalqaro tashkilotlaridan rasmiy kanallar orqali taqdim etilayotgan ma’lumotlar asosida maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tuzilgan terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shubhali operatsiya — pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq, tayyorlash, sodir etish jarayonida bo‘lgan yoki sodir etib bo‘lingan, auditorlik tashkilotlarida mazkur Qoidalarni amalga oshirish jarayonida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida amalga oshirilganligi to‘g‘risida shubha paydo bo‘lgan operatsiya;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
operatsiyani to‘xtatib turish — mijozning pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalari bo‘yicha, shuningdek yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa harakatlarni bajarish to‘g‘risidagi topshiriqnomalari ijrosini to‘xtatib turish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuqori mansabdor shaxslar — chet davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, ma’muriy, sud yoki harbiy organda yoxud xalqaro tashkilotda doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat bo‘yicha tayinlanadigan yoki saylanadigan, tashkiliy-boshqaruv vazifalarini bajaradigan va yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan harakatlarni amalga oshirishga vakolatli shaxslar, shuningdek chet davlat korxonalarining yuqori martabali rahbarlari, chet davlatning taniqli siyosatchilari va siyosiy partiyalarining taniqli a’zolari, shu jumladan sobiq yuqori mansabdor shaxslar;
(2-bandning o‘n sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi 62-son va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 7-noyabrdagi 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3101-2, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2022-y., 10/22/3101-2/1110-son — 2023-yil 23-martdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuqori mansabdor shaxslarga yaqin bo‘lgan shaxslar — yuqori mansabdor shaxslarga ijtimoiy va kasbiy jihatdan bevosita bog‘liq bo‘lgan jismoniy shaxslar;
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi 62-son va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 7-noyabrdagi 29-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3101-2, 22.12.2022-y.) asosan o‘n to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2022-y., 10/22/3101-2/1110-son — 2023-yil 23-martdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tavakkalchilik — mijozlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalarni amalga oshirish tavakkalchiligi;
(2-bandning yigirmanchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi 62-son va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 7-noyabrdagi 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3101-2, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2022-y., 10/22/3101-2/1110-son — 2023-yil 23-martdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki nazorat tizimi — mazkur Qoidalar va ichki qoidalar bilan belgilangan maqsadlarga erishish va vazifalarni bajarishga qaratilgan mas’ul xodim va auditorlik tashkilotning xatti-harakatlari yig‘indisi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maxsus vakolatli davlat organi — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
operatsiya ishtirokchilari — mijozlar (shu jumladan, ta’sischilar, aksionerlar va boshqa ishtirokchilar) va ularning vakillari hamda mijozning operatsiyada ishtirok etuvchi hamkorlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxs tashkil etmagan chet el tuzilmasi — chet davlatning qonunchilik hujjatlariga muvofiq yuridik shaxs tashkil etmagan holda tashkil etilgan va o‘z ishtirokchilarining (paychilarning, ishonch bildiruvchilarning yoki boshqa shaxslarning) yoxud boshqa benefitsiarlarning manfaatlarini ko‘zlab daromad (foyda) olishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan tashkiliy tuzilma (fondlar, sherikliklar, shirkatlar, trastlar, jamoaviy investitsiyalar va (yoki) ishonchli boshqaruvning boshqa shakllari).
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi 62-son va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 7-noyabrdagi 29-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3101-2, 22.12.2022-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2022-y., 10/22/3101-2/1110-son — 2023-yil 23-martdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar ichki nazoratning maqsadi hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qaratilgan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni samarali aniqlash va oldini olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auditorlik tashkilotlarini jinoiy faoliyatga qasddan yoki qasddan bo‘lmagan holda jalb etilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tavakkalchiliklarni aniqlash, baholash, hujjatlarda qayd qilish va kamaytirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishga oid qonunchilik hujjatlari talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash.
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Quyidagilar ichki nazoratning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘z tavakkalchiliklarini aniqlash, baholash, hujjatlashtirish va kamaytirishga doir tegishli choralarni ko‘rish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlarini va identifikatsiyalash jarayonlarini amalga oshirish, shu jumladan mijozlar va ularning benefitsiar mulkdorlari haqidagi ma’lumotlarni muntazam yangilash va verifikatsiyalash;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
benefitsiar mulkdorlarni identifikatsiyalash, ularning shaxsini tekshirish va operatsiyani amalga oshirishda foydalaniladigan pul mablag‘lari va boshqa mol-mulkning kelib chiqishini aniqlash bo‘yicha mumkin bo‘lgan chora-tadbirlar qo‘llash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuqori mansabdor shaxslar, ularning oila a’zolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslarning amalga oshirayotgan operatsiyalarini chuqur monitoring qilish;
(4-bandning to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi 62-son va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 7-noyabrdagi 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3101-2, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2022-y., 10/22/3101-2/1110-son — 2023-yil 23-martdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur Qoidalar va ichki qoidalarda belgilangan tartibda shubhali operatsiyalarni aniqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki nazoratni amalga oshirish davomida aniqlangan shubhali operatsiyalar to‘g‘risidagi axborotni (hujjatlarni) maxsus vakolatli davlat organiga o‘z vaqtida taqdim etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ro‘yxat bilan solishtirish orqali operatsiya ishtirokchilari orasida terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslarni aniqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
operatsiyalar to‘g‘risidagi axborotni, shuningdek identifikatsiyalash ma’lumotlarini va mijozlarni lozim darajada tekshirishga doir materiallarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlar davomida saqlanishini ta’minlash;
(4-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auditorlik tashkiloti rahbariyatini tegishli qarorlar qabul qilish uchun zarur bo‘lgan ishonchli axborot va materiallar bilan tezkor va muntazam ravishda ta’minlab borish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shubhali operatsiyalarni amalga oshirish yoki amalga oshirishga urinishlar, shubhali operatsiyalarni amalga oshirgan operatsiya ishtirokchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek qonunchilik hujjatlariga muvofiq bunday axborotni davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro almashib borish;
(4-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
so‘rovlar bo‘yicha mijozlar bazasidan Ro‘yxat bilan solishtirish orqali terrorchilik faoliyatini moliyalashtirishga yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga aloqador shaxslarni aniqlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Ichki nazorat tizimini tashkillashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Auditorlik tashkilotning ichki nazorat tizimi uning faoliyat ko‘rsatish xususiyatlari, faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, mijozlar bazasi va mijozlar hamda ularning operatsiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan tavakkalchilik darajasini hisobga olgan holda tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mas’ul xodim auditorlik tashkiloti rahbarining buyrug‘i bilan tayinlanadi. Mazkur Qoidalarning 1-ilovasiga muvofiq auditorlik tashkiloti o‘zining mas’ul xodimi va mazkur Qoidalar talablarining bajarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotni har yili 10-yanvariga qadar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga pochta aloqa vositalari yoki elektron shaklda yuboradi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 14-iyundagi 32-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2023-yil 13-iyundagi 26-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3101-3, 21.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 10/23/3101-3/0417-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
61. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi maxsus vakolatli davlat organiga auditorlik tashkilotlaridagi mas’ul xodimlar va mazkur Qoidalar talablarining bajarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotni har yili 20-yanvardan kechiktirmasdan taqdim etadi.
(61-band O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 14-iyundagi 32-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2023-yil 13-iyundagi 26-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3101-3, 21.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 10/23/3101-3/0417-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mas’ul xodim rahbarlik lavozimini egallagan va auditorlik tashkilotining shtatdagi auditori bo‘lishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mas’ul xodim lavozimiga tayinlanuvchi shaxs auditorlik faoliyati va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishga oid qonunchilik hujjatlari hamda ushbu sohadagi xalqaro standartlarni bilishi shart.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. O‘z faoliyati va shaxsiy xulq atvorida ishonib topshirilgan bo‘linmani noto‘g‘ri boshqargan, shuningdek iqtisodiyot sohasidagi jinoyati uchun avval sud tomonidan jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslar mas’ul xodimi lavozimiga tayinlanishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mas’ul xodimlarning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishning, terrorizmni moliyalashtirishning va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishning zamonaviy usullari, uslublari va yo‘nalishlari haqidagi axborotga ega bo‘lishlarini ta’minlash hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi qonunchilik hujjatlari va majburiyatlarning barcha jihatlarini aniq tushuntirib berish maqsadida auditorlik tashkilotlari muntazam ravishda xodimlarni qayta tayyorgarlikdan o‘tkazishlari shart.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Mas’ul xodim quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish uchun auditorlik tashkiloti xizmatlaridan foydalanish xavfining oldini olish uchun qonunchilik hujjatlarida, mazkur Qoidalarda va ichki qoidalarda ko‘zda tutilgan choralarni ko‘rish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki va tashqi vaziyatlar o‘zgarishini inobatga olgan holda ichki nazorat tizimi samaradorligini monitoring qiladi va baholab boradi, shuningdek ushbu Qoidalar va ichki qoidalar talablariga rioya qilinishi nazoratini amalga oshiradi;
(11-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi 62-son va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 7-noyabrdagi 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3101-2, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2022-y., 10/22/3101-2/1110-son — 2023-yil 23-martdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga oid qonun buzilishi holatlari to‘g‘risidagi axborotni auditorlik tashkilotning rahbariga taqdim etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auditorlik tashkiloti faoliyatida mazkur Qoidalar va ichki qoidalar talablariga rioya qilinmaganligi bo‘yicha aniqlangan kamchilik, qoidabuzarliklarni bartaraf etish, shuningdek ichki nazorat tizimi samaradorligini ta’minlash uchun zaruratga qarab uni mustahkamlash yuzasidan auditorlik tashkilotining rahbariga ko‘rib chiqishi uchun takliflar kiritadi;
(11-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi 62-son va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 7-noyabrdagi 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3101-2, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2022-y., 10/22/3101-2/1110-son — 2023-yil 23-martdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auditorlik tashkilotining rahbariga ushbu Qoidalar bajarilishi natijalari to‘g‘risidagi hisobotni kamida bir yilda bir marotaba taqdim etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shubhali operatsiyalar, ularni bajarishga urinishlar to‘g‘risidagi xabarlarni maxsus vakolatli davlat organiga o‘z vaqtida uzatilishini, shuningdek maxsus vakolatli davlat organining qo‘shimcha axborotni taqdim etish to‘g‘risidagi so‘rovlarining bajarilishini ta’minlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki nazoratni tashkil qilish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzish holatlarini bartaraf etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va maxsus vakolatli davlat organining mas’ul shaxslari bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshiradi;
(11-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 14-iyundagi 32-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2023-yil 13-iyundagi 26-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3101-3, 21.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 10/23/3101-3/0417-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ro‘yxatni auditorlik tashkiloti xodimlariga yetkazadi.
(10, 11-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 16-oktabrdagi 105, 26-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3101-1, 15.11.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2019-y., 10/19/3101-1/4027-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Mas’ul xodim quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki nazoratni amalga oshirish maqsadida auditorlik tashkiloti xodimlaridan kerakli boshqaruvchilik, buxgalteriya va boshqa hujjatlarni talab qilib olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auditorlik tashkilotining rahbariga xabar qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyaga nisbatan kelgusi xatti-harakatlar bo‘yicha takliflar kiritish.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mas’ul xodim qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(12-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Mas’ul xodim quyidagilarga majbur:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘z vakolati doirasida mazkur Qoidalar va ichki qoidalar bilan yuklatilgan maqsadlarga erishish va vazifalarni bajarish uchun zarur choralarni ko‘rish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga oid o‘z tavvakalchiliklarini aniqlash va baholash bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish, bu tavakkalchiliklarni hujjatlarda qayd qilish va ularni kamaytirish choralarini ko‘rish;
(13-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 16-oktabrdagi 105, 26-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3101-1, 15.11.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2019-y., 10/19/3101-1/4027-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijozlarni lozim darajada tekshirish va identifikatsiyalash hamda Ro‘yxat bilan solishtirishni ta’minlash bo‘yicha choralarni ko‘rish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
benefitsiar mulkdorlarni aniqlash va identifikatsiyalashni ta’minlash bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maxsus vakolatli davlat organiga belgilangan tartibda shubhali operatsiyalar to‘g‘risida, shu jumladan ular aniqlangan kundan keyingi bir ish kunidan kechiktirmay ularni amalga oshirishga urinishlar to‘g‘risida xabarlarni berib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
olingan axborotning maxfiyligiga rioya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki nazoratni amalga oshirish davomida olingan hujjatlarning saqlanishini va qaytarilishini ta’minlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni bajarish.
(13-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Auditorlik tashkilotlar mazkur Qoidalar talablaridan kelib chiqqan holda, quyidagilar aks etgan ichki qoidalarni ishlab chiqishlari lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tavakkalchiliklarni aniqlash, baholash, monitoring qilish, kamaytirish va hujjatlashtirishga doir choralarni amalga oshirish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijozlarni va ularning benefitsiar mulkdorlarini lozim darajada tekshirish, shuningdek mijozlar operatsiyalarining muntazam nazoratini amalga oshirish qoidalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kerakli axborotni rasmiylashtirish va uning maxfiyligini ta’minlash tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shubhali operatsiyalarni aniqlash tartibi, shuningdek bunday operatsiyalar to‘g‘risidagi xabarlarni tayyorlash va maxsus vakolatli davlat organiga yuborish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kadrlarni tayyorlash va o‘qitishga qo‘yiladigan malakaviy talablar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida texnologik yutuqlardan foydalanilishining oldini olishga qaratilgan choralar;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuqori mansabdor shaxslar va ularning oila a’zolari hamda yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslar bilan amaliy ish munosabatlarini o‘rnatish hamda ular tomonidan o‘tkaziladigan operatsiyalarini monitoring qilish tartibi;
(14-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi 62-son va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 7-noyabrdagi 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3101-2, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2022-y., 10/22/3101-2/1110-son — 2023-yil 23-martdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuqori tavakkalchilik darajasi toifasiga kiritilgan mijozlarning hisobini yuritish va monitoring qilish hamda bunday mijozlar operatsiyalarini monitoring qilish tartibi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa qoidalar.
(14-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
141. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish yuzasidan ehtimol tutilgan tavakkalchiliklarni o‘rganishni, tahlil qilishni va aniqlashni auditorlik tashkilotlari o‘z faoliyatida tizimli ravishda, yiliga kamida bir marta amalga oshirishi, o‘rganish natijalarini hujjatlar bilan qayd etishi hamda aniqlangan tavakkalchiliklarni kamaytirishga doir tegishli choralar ko‘rishi shart.
(141-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 16-oktabrdagi 105, 26-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3101-1, 15.11.2019-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2019-y., 10/19/3101-1/4027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Ichki qoidalar jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishga oid qonunchilik hujjatlari, mazkur Qoidalar talabalariga muvofiq bo‘lishi va aniqlangan tavakkalchiliklar va ularning bahosidan kelib chiqib tuzilishi lozim. Ichki qoidalar, ularga kiritilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar auditorlik tashkilotining rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Chet el auditorlik tashkilotining alohida bo‘linmalari (agar mavjud bo‘lganda) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda ular joylashgan mamlakat talablariga rioya qilishlari lozim, mazkur talablar O‘zbekiston qonunchiligi talablaridan farq qilgan taqdirda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro standartlarni qo‘llashi lozim.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 16-oktabrdagi 105, 26-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3101-1, 15.11.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2019-y., 10/19/3101-1/4027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Auditorlik tashkiloti o‘zining xorijdagi alohida bo‘linmalaridan mazkur ajratilgan bo‘linmalar joylashgan mamlakat qonunchiligidagi taqiqlar tufayli jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha tegishli tadbirlarni amalga oshirish mumkin bo‘lmagan holatlar to‘g‘risida bosh ofisni xabardor qilishni talab qilishga majburdir.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 16-oktabrdagi 105, 26-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3101-1, 15.11.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2019-y., 10/19/3101-1/4027-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Mijozlarni lozim darajada tekshirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Auditorlik tashkilotlari mijozlarni lozim darajada tekshirish choralarini ko‘rishlari kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mijozni lozim darajada tekshirish choralari barcha yangi mijozlar hamda tavakkalchilik darajasidan kelib chiqib bor mijozlarga nisbatan ko‘riladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Mijozni lozim darajada tekshirish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijoz bilan amaliy ish munosabatlari amalga oshirilayotganda;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha turdosh xizmatlarni ko‘rsatish uchun mijozlar bilan shartnomalar tuzishda;
(19-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi 62-son va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 7-noyabrdagi 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3101-2, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2022-y., 10/22/3101-2/1110-son — 2023-yil 23-martdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shubhali operatsiyalar aniqlaganda;
(19-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi 62-son va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 7-noyabrdagi 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3101-2, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2022-y., 10/22/3101-2/1110-son — 2023-yil 23-martdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auditorlik faoliyati standartlari talablariga muvofiq ajratib bo‘lmaydigan va nazorat tavakkalchiligini baholashda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijoz haqida avval olingan ma’lumotlarning to‘g‘riligiga shubha mavjud bo‘lganda;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
operatsiya amalga oshirish kunidagi bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravari miqdoridan ortiq bo‘lgan bir martalik operatsiyalar amalga oshirilganda.
(19-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 16-oktabrdagi 105, 26-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3101-1, 15.11.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2019-y., 10/19/3101-1/4027-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Mijozni lozim darajada tekshirish bo‘yicha ko‘riladigan chora-tadbirlar quyidagilarni o‘z ichiga olishi shart:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli hujjatlar asosida mijozni tekshirish va identifikatsiyalashni, shuningdek uning vakilining shaxsini va vakolatlarini tekshirishni;
(20-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi 62-son va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 7-noyabrdagi 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3101-2, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2022-y., 10/22/3101-2/1110-son — 2023-yil 23-martdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalashni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijoz tomonidan amalga oshiriladigan amaliy ish munosabatlari va operatsiyalarni ularning bunday mijoz va uning faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida doimiy asosda o‘rganish o‘tkazishni.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tavakkalchilik darajasidan kelib chiqib mijozni lozim darajada tekshirishning kuchaytirilgan choralarini qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilish imkonini berish kerak. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga aloqasi borligi haqida asoslantirilgan shubhalar mavjud bo‘lganda, mijozni lozim darajada tekshirish bo‘yicha choralar amalga oshirayotganligi oshkor bo‘lishi mumkin bo‘lgan hollarda, ushbu mijozga nisbatan mijozni lozim darajada tekshirish bo‘yicha choralar amalga oshirmasdan maxsus vakolatli davlat organga shubhali operatsiya haqida xabar yuborilishiga yo‘l qo‘yiladi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi 62-son va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 7-noyabrdagi 29-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3101-2, 22.12.2022-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2022-y., 10/22/3101-2/1110-son — 2023-yil 23-martdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Mijozni lozim darajada tekshirish bo‘yicha mazkur Qoidalarning 20-bandida ko‘rsatilgan choralarni ko‘rish bilan birga, operatsiya ishtirokchisi yoki benefitsiar mulkdor sifatida qatnashayotgan yuqori mansabdor shaxslarga, ularning oila a’zolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslarga nisbatan auditorlik tashkilotlari:
(21-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi 62-son va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 7-noyabrdagi 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3101-2, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2022-y., 10/22/3101-2/1110-son — 2023-yil 23-martdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuqori mansabdor shaxsning mavqeyi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tekshirish va o‘tkazilayotgan operatsiyadagi pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkni manbalarini aniqlash bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuqori mansabdor shaxs bilan amaliy ish munosabatlariga faqatgina auditorlik tashkilotlarining rahbariyati ruxsati bilan o‘rnatish (yoki mavjud mijozlar uchun davom ettirish);
(21-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi 62-son va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 7-noyabrdagi 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3101-2, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2022-y., 10/22/3101-2/1110-son — 2023-yil 23-martdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
amaliy ish munosabatlarini monitoring qilib borishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
211. Auditorlik tashkilotlari mazkur Qoidalarning 20 va 21-bandlarida nazarda tutilgan mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirgan uchinchi tomonlarning (O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan va pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar) lozim darajada tekshirish natijalariga ishonishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur hollarda mijozlarni lozim darajada tekshirish natijalari bo‘yicha so‘nggi javobgarlik auditorlik tashkilotlarining zimmasida qoladi. Bunda auditorlik tashkilotlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlar yuzasidan zarur bo‘lgan ma’lumotlarni elektron tizimlar orqali, shuningdek identifikatsiyalash ma’lumotlari va boshqa tegishli hujjatlar nusxasini so‘rov asosida kechiktirmasdan olish imkoniyatiga ega bo‘lishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi tomon jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalari asosida ishlashiga ishonch hosil qilishlari kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Auditorlik tashkilotlari mazkur bandning uchinchi-to‘rtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan talablardan biriga rioya qilinmagan taqdirda, mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni mustaqil ravishda amalga oshirishi kerak.
(211-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi 62-son va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 7-noyabrdagi 29-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3101-2, 22.12.2022-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2022-y., 10/22/3101-2/1110-son — 2023-yil 23-martdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha kuchaytirilgan chora-tadbirlar quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijoz haqida ochiq manbalar va ma’lumotlar bazalaridan qo‘shimcha tasdiqlangan ma’lumotlarni to‘plash va qayd etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijozdan u tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalar bo‘yicha pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkning manbalari haqidagi ma’lumotlarni olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijoz tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalar ustidan doimiy monitoring yuritish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Mijozning buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha turdosh xizmatlarni ko‘rsatish to‘g‘risida shartnoma tuzish uchun murojaat qilishida auditorlik tashkiloti quyidagilarni bajarishga majbur:
(23-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi 62-son va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 7-noyabrdagi 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3101-2, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2022-y., 10/22/3101-2/1110-son — 2023-yil 23-martdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Qoidalar va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishga oid qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq operatsiya bo‘yicha mijozni va/yoki benefitsiar mulkdorni identifikatsiyalash;
(23-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avvalgi hisobot davri (oy, yilning choragi, yarim yillik, yil) davomida mijozning ilgari o‘tkazgan operatsiyalarini o‘rganish, agar ixtiyorida bunday operatsiyalar to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
operatsiyaning turini va uning mijozning ta’sis hujjatlarida belgilangan faoliyati maqsadi va turlariga muvofiqlik darajasini aniqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aniq iqtisodiy mohiyatga ega bo‘lmagan, mijozning lozim darajada tekshirish materiallariga ilova qilinadigan mijozning ta’sis hujjatlarida yoki davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomada ko‘zda tutilgan uning faoliyati maqsadlariga va turlariga mos kelmaydigan barcha operatsiyalar bo‘yicha lozim darajada tekshirish natijalari va xulosalarini yozma qayd qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Mijoz va mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash mazkur Qoidalarning 2-ilovasida nazarda tutilgan axborot asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Identifikatsiya natijasi familiyasi, ismi va otasining ismini ko‘rsatgan holda mas’ul xodim tomonidan alohida jurnalga kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tegishli choralar benefitsiar mulkdorni aniqlash imkonini bermasa, auditorlik tashkilotlari yuqori rahbarlik lavozimini egallab turgan shaxslarni identifikatsiya qilishi va ularning shaxsini tekshirish yuzasidan o‘rinli choralarni ko‘rishi kerak.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi 62-son va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 7-noyabrdagi 29-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3101-2, 22.12.2022-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2022-y., 10/22/3101-2/1110-son — 2023-yil 23-martdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Mijozni identifikatsiyalashda davlat ro‘yxatiga olinganligi, rahbarlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar tekshirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ko‘rsatilgan hujjatlarni tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatiga olish va hisobga qo‘yish avtomatlashtirilgan tizimi orqali yoki ushbu tizimdan axborot olishning imkoni bo‘lmagan holda bevosita mijozdan olish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Mijozni va operatsiyaning boshqa ishtirokchilarini identifikatsiyalash imkonini beruvchi barcha hujjatlar ular taqdim etilgan sanada amalda bo‘lishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mijoz yoki benefitsiar mulkdorni identifikatsiyalash bilan bir qatorda amaliy ish munosabatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘rganiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Ushbu Qoidalar bilan yuridik shaxslar uchun o‘rnatilgan talablar yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmalariga nisbatan ham qo‘llaniladi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi 62-son va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 7-noyabrdagi 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3101-2, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2022-y., 10/22/3101-2/1110-son — 2023-yil 23-martdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Auditorlik tashkilotlari quyidagi hollarda mijozga buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha turdosh xizmatlarni ko‘rsatishni rad etadi:
(28-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi 62-son va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 7-noyabrdagi 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3101-2, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2022-y., 10/22/3101-2/1110-son — 2023-yil 23-martdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijozni lozim darajada tekshirish choralarini qo‘llash imkoni bo‘lmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
identifikatsiyalashni tugatish imkoni bo‘lmagan yoki lozim darajada tekshirish natijalari bo‘yicha u bilan ishga oid munosabatlarni o‘rnatish maqsadga muvofiq emasligini ko‘rsatuvchi ma’lumotlar olingan holda;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atayin noto‘g‘ri bo‘lgan hujjatlar taqdim etilganda yoki qonunchilik hujjatlariga muvofiq so‘raladigan hujjatlar taqdim etilmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
(28-bandning to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Auditorlik tashkilotlari Ro‘yxatga kiritilgan shaxslarga hamda ularning topshirig‘iga ko‘ra harakat qilayotgan shaxslarga, shuningdek Ro‘yxatga kiritilgan jismoniy shaxsning yoxud tashkilotning mulkidagi yoki nazorati ostidagi yuridik shaxslarga xizmatlar ko‘rsatishi taqiqlanadi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi 62-son va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 7-noyabrdagi 29-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3101-2, 22.12.2022-y.) asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2022-y., 10/22/3101-2/1110-son — 2023-yil 23-martdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mijozlarga rad etilgan hollarda auditorlik tashkilotlari maxsus vakolatli davlat organiga xabar yuborishlari kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Tavakkalchilik darajasini aniqlash va baholash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Auditorlik tashkilotlari tavakkalchilik darajasini aniqlashi, shuningdek uni pasaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqishi va tavakkalchilik xavfiga bog‘liq ravishda amalga oshirishi kerak.
(29-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi 62-son va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 7-noyabrdagi 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3101-2, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2022-y., 10/22/3101-2/1110-son — 2023-yil 23-martdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tavakkalchilik darajasi mijozning faoliyati va amalga oshiradigan operatsiyalari turlarini inobatga olgan holda mijoz taqdim qilgan ma’lumotlar, mazkur Qoidalarda belgilangan mezonlar va mijozni lozim darajada tekshirish natijalari asosida mas’ul xodim tomonidan aniqlanadi va baholanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur bandning ikkinchi xatboshida belgilangan talablar asosida mijozga jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalarni bajarishning tegishli tavakkalchilik darajasi beriladi.
(29-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi 62-son va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 7-noyabrdagi 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3101-2, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2022-y., 10/22/3101-2/1110-son — 2023-yil 23-martdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aniqlangan tavakkalchiliklar nazorat qilishning kengaytirilgan yoki soddalashtirilgan choralarini qo‘llash hamda resurslarni samarali taqsimlash to‘g‘risida qaror qabul qilish imkonini berish kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Auditorlik tashkilotlari har yili tavakkalchiliklarni baholash natijalarini “Audit” dasturiy majmuining axborot tizimi orqali O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etishi kerak.
(29-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 14-iyundagi 32-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2023-yil 13-iyundagi 26-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3101-3, 21.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 10/23/3101-3/0417-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Auditorlik tashkilotlar maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan va tavsiyaviy xarakterga ega bo‘lgan uslubiy qo‘llanmalar asosida tavakkalchilik darajasini aniqlashi va baholashi mumkin.
(29-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 14-iyundagi 32-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2023-yil 13-iyundagi 26-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3101-3, 21.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 10/23/3101-3/0417-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga oldindan quyidagi mezonlarga to‘g‘ri keladigan operatsiya ishtirokchilari kiritilishi kerak:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Ro‘yxatga kiritilgan shaxslar yoki Ro‘yxatga kiritilgan shaxsning nazoratidagi shaxslar, Ro‘yxatga kiritilgan tashkilotning bevosita yoxud bilvosita mulkdori bo‘lgan yoki uni nazorat qiluvchi shaxslar;
(30-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 16-oktabrdagi 105, 26-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3101-1, 15.11.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2019-y., 10/19/3101-1/4027-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda yoxud offshor hududda doimiy yashayotgan, turgan yoki ro‘yxatga olingan shaxslar;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) yuridik shaxs tashkil etmagan chet el tuzilmalari va O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari bo‘lmagan jismoniy shaxslar;
(30-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi 62-son va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 7-noyabrdagi 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3101-2, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2022-y., 10/22/3101-2/1110-son — 2023-yil 23-martdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) offshor hududlarda hisobvaraqqa ega bo‘lgan shaxslar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) benefitsiar mulkdori mazkur bandning “a” va/yoki “b” kichik bandlarida ko‘rsatilgan shaxs hisoblangan tashkilotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) muntazam ravishda (uch oy ichida ketma-ket) shubhali operatsiyalarni amalga oshirgan mijozlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) yuqori mansabdor shaxslar, ularning oila a’zolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslarga;
(30-bandning “j” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi 62-son va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 7-noyabrdagi 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3101-2, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2022-y., 10/22/3101-2/1110-son — 2023-yil 23-martdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
z) ichki qoidalarda belgilanadigan boshqa shaxslar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Operatsiya yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga kiritilgan taqdirda, auditorlik tashkilotlari ushbu mijozga nisbatan lozim darajada tekshirishning kuchaytirilgan chora-tadbirlarini ko‘rishlari va doimiy monitoring qilib borishlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Mijoz tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalarning xususiyati o‘zgarishiga qarab, auditorlik tashkilotlari mijozni lozim darajada tekshirish natijalari bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlarni hisobga olgan holda tavakkalchilik xavfi darajasini qayta ko‘rib chiqishlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Auditorlik tashkilotlari ichki qoidalarda belgilangan tartibda yuqori tavakkalchilik darajasi toifasiga kiritilgan barcha mijozlarning (operatsiya ishtirokchilarning) hisobini yuritishlari kerak. Yuqori tavakkalchilik darajasi toifasiga kiritilgan barcha mijozlar (operatsiya ishtirokchilar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar maxsus jurnalga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Auditorlik tashkilotlari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida texnologik yutuqlardan foydalanilishining oldini olishga qaratilgan choralarni ko‘rishlari kerak. Ushbu maqsadda auditorlik tashkilotlari xizmatlarini ko‘rsatish uchun yangi yoki rivojlanayotgan texnologiyalardan foydalanilishi sababli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tavakkalchilik darajalarini aniqlashlari va baholashlari kerak. Tavakkalchilikni bunday baholash yangi yoxud rivojlanayotgan texnologiyalardan foydalanishdan avval o‘tkazilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
341. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi yiliga kamida bir marta jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish yuzasidan auditorlik tashkilotlari faoliyatida tavakkalchilik darajasini o‘rganishni, tahlil qilishni va baholashni hamda aniqlangan tavakkalchiliklarni kamaytirishga doir tegishli choralar ko‘radi hamda bu to‘g‘risida maxsus vakolatli davlat organini xabardor qiladi.
(341-band O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 14-iyundagi 32-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2023-yil 13-iyundagi 26-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3101-3, 21.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 10/23/3101-3/0417-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Shubhali operatsiyalar mezonlari va alomatlari, hamda ularni aniqlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Quyidagi mezon va alomatlar mavjud bo‘lganda operatsiya shubhali deb topiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
operatsiyani amalga oshirish uchun taqdim qilingan hujjatlarning haqiqiyligiga (ishonchliligiga) gumon tug‘ilishi va (yoki) operatsiya to‘g‘risidagi, shu jumladan operatsiya bajaruvchi tomonlarning biri haqidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan ma’lumotlarga muvofiq kelmasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
operatsiya aniq iqtisodiy mohiyatga ega emasligi va mijoz faoliyatining tavsifi va faoliyat turiga muvofiq kelmasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijoz tomonidan zarurat tufayli so‘ralayotgan, shu jumladan ishonch bildiruvchi (agar mijoz ishonchli vakil sifatida ish yuritayotgan bo‘lsa) haqidagi ma’lumotlarni taqdim etishning sababsiz rad etilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hisobga olinmagan moliya-xo‘jalik operatsiyalari mavjud bo‘lganda va hisob-kitob hujjatlari belgilangan muddatlardan oldin yo‘q qilinganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijozga nisbatan mazkur Qoidalarda ko‘rsatilgan choralar asosli qo‘llanilayotganda, mijoz tashabbusi bilan darhol amaliy ish munosabatlarining to‘xtatilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
identifikatsiyalashni yakunlashning imkoni bo‘lmasligi yoki lozim darajada tekshirish natijalariga ko‘ra, mijoz bilan amaliy ish munosabatlarini o‘rnatish maqsadga muvofiq emasligini ko‘rsatib turadigan ma’lumotlarning olinishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijoz xizmat ko‘rsatishning foydaliroq shartlariga nisbatan e’tiborsiz bo‘lishi, shuningdek mijoz tomonidan ayni turdagi xizmatlar ko‘rsatishdagi oddiy to‘lovdan farq qiladigan yuqori mukofotning taklif qilinishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pul mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga offshor hududlarda doimiy yashovchi yoki ro‘yxatga olingan shaxslarning foydasiga o‘tkazilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
operatsiyaning ishtirokchilaridan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda doimiy yashayotgan, turgan yoki ro‘yxatga olingan shaxs bo‘lsa;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan nazorat jarayonidan qochishga qaratilgan degan xulosani chiqarishga asos bo‘ladigan operatsiyalar yoki bitimlarning bir necha bor amalga oshirilganligi aniqlanganda;
(35-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
operatsiyani amalga oshirishda foydalanilgan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulklar jinoiy yo‘l bilan topilgan degan har qanday shubhaning mavjud bo‘lishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Identifikatsiyalash jarayonida olingan ma’lumotlar, shuningdek mijozga berilgan tavakkalchilik darajasi operatsiyani monitoring qilishga asos bo‘lib hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Mijozni identifikatsiyalash va ular operatsiyalarining joriy tekshiruvi lavozim majburiyatlariga muvofiq auditorlik tashkilotining xodimi tomonidan o‘tkaziladi, u shubhali operatsiyalar alomatlari mavjud operatsiyalarni aniqlagan taqdirda bunday operatsiyalar haqida bevosita mas’ul xodimiga zudlik bilan xabar berishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Mijoz operatsiyalarining keyingi tekshiruvi mas’ul xodim tomonidan joriy tekshiruv jarayonida aniqlanmaydigan shubhali operatsiyalarni aniqlash maqsadida, mijozning o‘tgan davr mobaynida bajargan operatsiyalarini tahlil qilish orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Asosli shubhalar mavjud bo‘lgan taqdirda mas’ul xodim mijoz operatsiyasini shubhali deb hisoblash to‘g‘risida yozma qaror qabul qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Operatsiyani shubhali deb tan olish har bir aniq holatda ushbu Qoidalar bilan o‘rnatilgan shubhalilik mezonlaridan foydalangan holda o‘tkaziladigan kompleks tahlil asosida, shuningdek mijozning turidan, operatsiya maqsadlari va hajmidan aniqlanadigan tavakkalchilikdan kelib chiqqan holda va shubhali operatsiyani to‘g‘ri aniqlash uchun ahamiyatli bo‘lgan boshqa holatlar asosida amalga oshiriladi.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi 62-son va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 7-noyabrdagi 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3101-2, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2022-y., 10/22/3101-2/1110-son — 2023-yil 23-martdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Mijoz operatsiyasi shubhali deb tan olingandan so‘ng mas’ul xodim quyidagi choralarni ko‘rishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijozning operatsiyalari ustidan monitoringni kuchaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijoz to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijozning tavakkalchilik darajasini qayta ko‘rib chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
operatsiya haqidagi ma’lumotlarni maxsus jurnalga qayd etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shubhali operatsiya to‘g‘risida maxsus vakolatli davlat organiga xabar berilishini ta’minlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilik hujjatlariga va mijoz bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq u bilan munosabatlarni to‘xtatish bo‘yicha auditorlik tashkilotining rahbariga taklif kiritish.
(40-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Shubhali operatsiya haqidagi xabar auditorlik tashkiloti tomonidan shubhali operatsiya aniqlangan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-son qarori bilan tasdiqlangan Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq ma’lumotlarni taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiq maxsus vakolatli davlat organiga beriladi.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi 62-son va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 7-noyabrdagi 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3101-2, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2022-y., 10/22/3101-2/1110-son — 2023-yil 23-martdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Auditorlik tashkilotlari tegishli operatsiyaga nisbatan shubhali ekanligini tasdiqlovchi yoki olib tashlovchi har qanday ma’lumotni darhol maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Terrorchilik faoliyati yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda qatnashayotgan yoki qatnashishda gumon qilinayotgan shaxslar, Ro‘yxatiga kiritilgan shaxslar ishtirokidagi operatsiyalar aniqlanganda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha turdosh xizmatlarni ko‘rsatuvchi auditorlik tashkilotlari mijoz, mijozning benefitsiar mulkdori va operatsiya ishtirokchilarining identifikatsiya ma’lumotlarini Ro‘yxat bilan solishtirishlari shart.
(43-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi 62-son va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 7-noyabrdagi 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3101-2, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2022-y., 10/22/3101-2/1110-son — 2023-yil 23-martdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar mijoz bilan amaliy ish munosabatlarni o‘rnatish davrida yoki pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshirishda auditorlik tashkiloti xodimlari tomonidan mijoz, mijozning benefitsiar mulkdori yoki operatsiya ishtirokchilaridan birining barcha identifikatsiya ma’lumotlari Ro‘yxatga kiritilgan shaxsning ma’lumotlari bilan to‘liq mos kelganligi aniqlangan taqdirda, ular bu haqda zudlik bilan va mijozni xabardor qilmasdan mas’ul xodimga xabar berishlari kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘z navbatida mas’ul xodim operatsiya ishtirokchilaridan biri va amalga oshirilayotgan operatsiyaning identifikatsiya ma’lumotlarini maxsus jurnalga kiritishi, shuningdek uch soat ichida maxsus vakolatli davlat organiga xabar yuborishi lozim.
(43-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi 62-son va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 7-noyabrdagi 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3101-2, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2022-y., 10/22/3101-2/1110-son — 2023-yil 23-martdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar kechiktirilmasdan va oldindan xabar qilinmasdan maxsus vakolatli davlat organiga xabar berilishi lozim, agarda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijoz yoki operatsiya ishtirokchilaridan birining barcha identifikatsiya ma’lumotlari Ro‘yxatga kiritilgan shaxsning ma’lumotlari bilan to‘liq mos kelsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijoz Ro‘yxatga kiritilgan shaxs nomidan yoki uning topshirig‘iga binoan faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
operatsiyani amalga oshirishda foydalanayotgan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk to‘liq yoki qisman Ro‘yxatga kiritilgan shaxsga tegishli bo‘lsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijoz Ro‘yxatga kiritilgan jismoniy yoki yuridik shaxsning mulkida yoki nazorat ostida bo‘lsa.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Operatsiyani to‘xtatish va tiklashni Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini to‘xtatib turish, pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay to‘xtatib qo‘yish, ishga solmay to‘xtatib qo‘yilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat berish va operatsiyalarini tiklash tartibi to‘g‘risidagi nizomda (ro‘yxat raqami 3327, 2021-yil 19-oktabr) belgilangan tartibda amalga oshiradi.
(45-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi 62-son va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 7-noyabrdagi 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3101-2, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2022-y., 10/22/3101-2/1110-son — 2023-yil 23-martdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Maxsus vakolatli davlat organining so‘rovlarini bajarish
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. O‘zbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq maxsus vakolatli davlat organi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish choralarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan axborotni yozma ravishda so‘rashga va bepul olishga haqlidir, shu jumladan auditorlik tashkilotlarining avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari orqali olishga haqlidir.
(46-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 16-oktabrdagi 105, 26-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3101-1, 15.11.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2019-y., 10/19/3101-1/4027-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyalar bo‘yicha qonunchilik hujjatlariga va mazkur Qoidalarga muvofiq maxsus jurnalga yozgan holda quyidagilar rasmiylashtiriladi:
(47-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
operatsiya turi va uni amalga oshirish asoslari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
operatsiyani amalga oshirish sanasi va summasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
operatsiyani amalga oshiruvchi mijozni identifikatsiyalash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-bob. Axborot va hujjatlarni rasmiylashtirish, saqlash, maxfiyligini ta’minlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. Auditorlik tashkilotlar pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkning ular bilan bog‘liq operatsiyalar to‘g‘risidagi axborotni, shuningdek mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha identifikatsiyalash ma’lumotlari hamda materiallarini, shu jumladan ish yozishmalarini va o‘tkazilgan har qanday tahlil natijalarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlar mobaynida, lekin operatsiya amalga oshirilganidan yoki mijoz bilan ish munosabatlar to‘xtatilganidan keyin besh yildan kam bo‘lmagan muddatda saqlashlari shart.
(48-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi 62-son va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 7-noyabrdagi 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3101-2, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2022-y., 10/22/3101-2/1110-son — 2023-yil 23-martdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saqlash muddatlari tugashi bilan hujjatlar belgilangan tartibda arxiviga topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49. Mijozni lozim darajada tekshirish jarayonida olingan mijoz to‘g‘risidagi ma’lumotlar mazkur Qoidalarning 3-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha tuziladigan mijoz so‘rovnomasida qayd etiladi. Auditorlik tashkiloti ichki qoidalarga muvofiq mijoz so‘rovnomasiga boshqa ma’lumotlarni kiritish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50. Elektron shaklda to‘ldirilgan mijoz so‘rovnomasi qog‘oz shaklida chiqarilganda mas’ul xodim imzosi bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51. Mijozlar so‘rovnomalari xronologik tartibda alohida jildlarda tikib boriladi va mas’ul xodimda saqlab boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52. Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkning ular bilan bog‘liq operatsiyalar va mijozlarni lozim darajada tekshirishga doir axborot, zarurat tug‘ilgan taqdirda, operatsiya tafsilotlarini qayta tiklash va axborotdan maxsus vakolatli davlat organi foydalanishi mumkin bo‘lgan tarzda rasmiylashtirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53. Mijozni lozim darajada tekshirish va identifikatsiyalash natijasida olingan ma’lumotlar, auditorlik tashkilotlari mijoz tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishni amalga oshirish tavakkalchiligi kamida bir yilda bir marotaba yangilanib borilishi lozim.
(53-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 16-oktabrdagi 105, 26-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3101-1, 15.11.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2019-y., 10/19/3101-1/4027-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54. Mas’ul xodim faoliyatida foydalanilgan barcha hujjatlarga kirish imkoniyatini cheklash maqsadida bunday hujjatlar va ularning ro‘yxati bevosita mas’ul xodim tomonidan maxsus jihozlangan xonada yoki yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda saqlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55. Elektron shakldagi hujjatlar dasturlash yo‘li asosida arxivlashtirilishi, elektron axborot tashuvchi vositalarga yozilishi va mas’ul xodim tomonidan ularning ro‘yxati bilan birga yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda saqlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
56. Auditorlik tashkilotlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq bo‘lgan axborotga kirish imkoniyatini cheklaydilar, uning tarqalib ketmasligini ta’minlaydilar hamda yuridik shaxslarga ularning operatsiyalari haqida maxsus vakolatli davlat organiga xabar berilganligi to‘g‘risida ma’lum qilish huquqiga ega emaslar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki nazorat funksiyalarini amalga oshirish jarayonida olingan axborotni o‘z xodimlari tomonidan oshkor qilmaslikni (shaxsiy maqsadlari yoxud uchinchi shaxslar manfaatlari uchun foydalanmasligini) ta’minlaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
57. Auditorlik tashkilotlari tomonidan mazkur Qoidalar talablariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va maxsus vakolatli davlat organi tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-son qarori bilan tasdiqlangan Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(57-band O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 14-iyundagi 32-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2023-yil 13-iyundagi 26-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3101-3, 21.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 10/23/3101-3/0417-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
58. Auditorlik tashkiloti rahbari va mas’ul xodimi mazkur Qoidalarni buzganligi uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
(58-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
59. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari buzilganligi hollarini yashirishda, shuningdek mazkur Qoidalar talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(59-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Auditorlik tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

‎‎Auditorlik tashkiloti mas’ul xodimi va ichki Qoidalarning amalga oshirilishi to‘g‘risidagi
‎ MA’LUMOTLAR
‎_________________________________________
‎ (auditorlik tashkiloti nomi)

‎‎1. Ismi, sharifi, otasining ismi, lavozimi, telefon. Sudlanganligi yoki sudlanmaganligi to‘g‘risida ma’lumot.

‎‎2. Mas’ul shaxs etib tayinlanganligi to‘g‘risidagi buyruq sanasi va raqami

3. Auditorlik tashkiloti tomonidan o‘tgan yil uchun buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlari to‘g‘risida ma’lumot
‎a) mijoz nomi;
‎b) xizmat ko‘rsatish davrining muddati;
‎v) xizmat summasi;
‎g) xizmat ko‘rsatishda auditorlik tashkilotining funksiyalari;
d) mijozning tavakkalchilik darajasi, shuningdek uni pasaytirish va ichki nazoratni samaradorligini ta’minlash uchun qo‘llaniladigan choralar.

4. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazoratni ta’minlash bo‘yicha auditorlik tashkilotlarning tasdiqlangan hujjati nomi va sanasi;

5. Auditorlik tashkilotining mas’ul shaxs va xodimining doimiy ravishda qayta tayyorgarlikdan o‘tkazishlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi ma’lumot.

‎‎6. Maxsus vakolatli davlat organiga yuborilgan xabarlar soni.

7. Buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatishni rad etilgan mijozlar soni (rad etish sababi).
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi 62-son va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 7-noyabrdagi 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3101-2, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2022-y., 10/22/3101-2/1110-son — 2023-yil 23-martdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Auditorlik tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mijoz va uning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalashda zarur bo‘lgan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MA’LUMOT
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. To‘liq, shuningdek davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomasida ko‘rsatilgan bo‘lsa, qisqartirilgan nomi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomada ko‘rsatilgan ma’lumotlar (sana, raqam, ro‘yxatga oluvchi organ nomi va boshqa ma’lumotlar).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Joylashgan joyi (pochta manzili, filiallar va vakolatxonalar mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mijoz va benefitsiar mulkdorni amaliy ish munosabatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat turlarini amalga oshirish uchun mavjud bo‘lgan litsenziyalar to‘g‘risida ma’lumotlar: faoliyat turi, litsenziyaning raqami va berilgan sanasi, kim tomonidan berilganligi, amal qilish muddati.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mijoz vakili shaxsining identifikatsiyasi (pasport, ID-karta yoki unga tenglashtirilgan hujjatlar asosida) hamda vakolatlarini tekshirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mijozning ta’sischilari (aksiyadorlari, ishtirokchilari) haqidagi hamda ularning ustav fondi (kapitali)dagi ulushlari, benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash (shaxsini va yashash joyini aniqlash, yuqori mansabdor shaxs, uning oila a’zosi yoki unga yaqin shaxs ekanligi to‘g‘risida belgi) to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Ro‘yxatga olingan va to‘langan ustav fondi (kapitali) miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mijozning boshqaruv organlari (yuridik shaxsning boshqaruv organlarining tuzilmasi va shaxsiy tarkibi) to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Bog‘lanish ma’lumotlari (telefon raqamlari, elektron pochta, veb-sayt (agar mavjud bo‘lsa).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Ichki qoidalar bilan aniqlanadigan boshqa ma’lumotlar.
(2-ilova matni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi 62-son va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 7-noyabrdagi 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3101-2, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2022-y., 10/22/3101-2/1110-son — 2023-yil 23-martdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Auditorlik tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mijoz so‘rovnomasida ko‘rsatiladigan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MA’LUMOT
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mijozni va uning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash jarayonida olingan, Auditorlik tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalarining 2-ilovasida ko‘rsatilgan ma’lumotlar.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 16-oktabrdagi 105, 26-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3101-1, 15.11.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2019-y., 10/19/3101-1/4027-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Tavakkalchilik darajasi haqida ma’lumot, shu jumladan tavakkalchilikni baholash asoslari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Auditorlik tashkiloti tomonidan mijozni identifikatsiyalashda amalga oshirilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar natijalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mijoz bilan munosabatlar o‘rnatilgan sana va auditorlik xizmatlari ko‘rsatish muddati davomiyligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishda Auditorlik tashkilotlari xodimi tomonidan bajariladigan funksiyalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha auditorlik xizmatlari narxi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mijozning so‘rovnomasiga kiritilgan o‘zgartirishlar va to‘ldirish sanasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Ismi, sharifi va otasining ismi, lavozimi, mijoz bilan ishlash uchun mas’ul xodim aloqa telefonlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Qog‘oz shaklida to‘ldirilgan mijoz so‘rovnomasida xodimning imzosi (ismi, sharifi, otasining ismi, lavozimi ko‘rsatilgan holda) va elektron shaklda to‘ldarilgan mijoz so‘rovnomasida xodimning ismi, sharifi va otasining ismi, lavozimi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Ichki qoidalar bilan aniqlanadigan boshqa ma’lumotlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 14-noyabrdagi 145 va 45-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘z kuchini yo‘qotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
RO‘YXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 13-oktabrdagi 102, 42-son “Auditorlik tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2035, 2009-yil 3-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 45-son, 493-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 26-maydagi 45, 15-son “Auditorlik tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2035-1, 2010-yil 28-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 22-son, 177-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2015-yil 13-apreldagi 30, 11-son “Auditorlik tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2035-2, 2015-yil 15-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 15-son, 191-modda).
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.12.2018-y., 10/18/3101/2331-son; 15.11.2019-y., 10/19/3101-1/4027-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 22.12.2022-y., 10/22/3101-2/1110-son; 21.06.2023-y., 10/23/3101-3/0417-son; 15.07.2026-y., 10/26/3101-4/0735-son)