O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINING
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINING
QARORI
SEMENTGA QO‘ShIMChA FOYDA SOLIG‘INI HISOBLAB ChIQARISh VA BUDJETGA TO‘LASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 21-fevralda 1772-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2009-yil 9-fevral, 20-son, 2009-9-sonli “Sementga qo‘shimcha foyda solig‘ini hisoblab chiqarish va budjetga to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi (ro‘yxat raqami 1908, 24.02.2009-y.) qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2008-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-744-son qaroriga muvofiq qaror qilamiz:
1. Ilova qilinayotgan Sementga qo‘shimcha foyda solig‘ini hisoblab chiqarish va budjetga to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 8-fevral,
13-son
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 8-fevral,
2008-10-son
Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2008-yil 8-fevraldagi 13, 2008-10-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
TASDIQLANGAN
Sementga qo‘shimcha foyda solig‘ini hisoblab chiqarish va budjetga to‘lash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga, “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga, “O‘zbekiston Respublikasining 2008-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 52-son, 534-modda) muvofiq sementga qo‘shimcha foyda solig‘ini hisoblab chiqarish va budjetga to‘lash tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi:
realizatsiya qilish bahosi — sementni qoplarga qadoqlash xarajatlari (qoplar qiymati qo‘shilgan holda) va qo‘shilgan qiymat solig‘i chegirib tashlangan holda sementni realizatsiya qilishda amalga oshiriladigan kontrakt baho;
hisob-kitob bahosi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining navbatdagi yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qarori bilan har yili tasdiqlanadigan sementning baholar darajasi;
qo‘shimcha foyda — hisob-kitob bahosi bilan realizatsiya qilish bahosi o‘rtasidagi ijobiy farq.
II. Soliq to‘lovchilar
2. Qonun hujjatlariga muvofiq soliq solish obyekti paydo bo‘ladigan, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, sement ishlab chiqarishni amalga oshiradigan yuridik shaxslar qo‘shimcha foyda solig‘ini to‘lovchilar bo‘ladi.
III. Soliq solish obyekti
3. Soliq to‘lovchining hisobot davridagi daromadining bir qismi qo‘shimcha foyda solig‘ini solish obyekti hisoblanadi.
IV. Soliq solinadigan baza
4. Qo‘shimcha foyda soliq solinadigan bazadir.
5. Qo‘shimcha foyda solig‘ini hisoblab chiqarishda soliq solinadigan baza qo‘shimcha foyda solig‘i summasidan hisoblab chiqarilgan budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, Respublika yo‘l jamg‘armasi va Maktab ta’limi jamg‘armasiga majburiy ajratmalar summasiga kamaytirildi.
6. Qo‘shimcha foyda summasi qo‘shimcha foyda summasidan hisoblab chiqarilgan budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, Respublika yo‘l jamg‘armasi va Maktab ta’limi jamg‘armasiga majburiy ajratmalar chegirilgan xolda yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i va obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘ini hisoblab chiqishda soliq solinadigan bazani kamaytiradi.
V. Soliq stavkasi
7. Qo‘shimcha foyda solig‘i quyidagi stavkalar bo‘yicha to‘lanadi:
| Sementning markasi va turi* | Soliq solinadigan baza | Soliq stavkasi |
| shlakoportlandli-sement, sulfatga chidamli, tamponajli, PS400 DO | 1 tonnasi uchun 75 000 so‘mdan ortiq | 75 foiz |
| qolgan markalar | 1 tonnasi uchun 60 000 so‘mdan ortiq |
* Oq sement bundan mustasno.
VI. Soliq davri. Hisobot davri
8. Soliq davri kalendar yil hisoblanadi.
9. Hisobot davri oy hisoblanadi.
VII. Soliqni hisoblab chiqarish, hisob-kitoblarni taqdim etish va to‘lash tartibi
10. Qo‘shimcha foyda solig‘i summasi soliq solinadigan bazaning miqdoridan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
11. Qo‘shimcha foyda solig‘i respublika budjetiga milliy valyuta — so‘mda o‘tkaziladi.
12. Qo‘shimcha foyda solig‘ining hisob-kitobi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan hisobot davridan keyingi oyning 25-sanasigacha ilovaga binoan shaklda taqdim etiladi.
13. Soliq to‘lovchilar qo‘shimcha foyda solig‘ini hisobot davrida mahsulotni realizatsiya qilishning haqiqiy hajmlaridan kelib chiqqan holda hisob-kitobni taqdim etish muddatidan kechiktirmay to‘laydilar.
VIII. Qo‘shimcha foyda solig‘i hisobini yuritish tartibi
14. O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standarti (21-son BHMS) “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi hisobotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma”ga muvofiq (2002-yil 23-oktabr, ro‘yxat raqami 1181 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-yil, 20-son; 2003-yil, 21-22-son) qo‘shimcha foyda solig‘ini hisoblash bilan bog‘liq operatsiyalar buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) qo‘shimcha foyda solig‘ini hisoblashda:
soliqlar va yig‘imlarni to‘lash uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi (9800) hisobvaraqning qo‘shimcha ochiladigan 9811 “Qo‘shimcha foyda solig‘i bo‘yicha xarajatlar” hisobvarag‘ining debeti;
6410 “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)” hisobvaraqning krediti”;
b) soliq summasini budjetga o‘tkazishda:
6410 “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)” hisobvaraqning debeti;
pul mablag‘larini hisobga oluvchi hisobvaraqning krediti.
15. Qo‘shimcha foyda solig‘ini buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun qo‘shimcha foyda solig‘i bo‘yicha hisob-kitob asos bo‘ladi.
16. Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl)da 9811 “Qo‘shimcha foyda solig‘i bo‘yicha xarajatlar” hisobvarag‘ida hisobga olingan, qo‘shimcha foyda solig‘i summasi qo‘shimcha ochiladigan “Qo‘shimcha foyda solig‘i” 251-satrida ko‘rsatiladi.
IX. Soliq to‘lovchining javobgarligi va davlat soliq xizmati organlari nazorati
17. Soliq to‘lovchilar qo‘shimcha foyda solig‘ining to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi va to‘lanishi uchun O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
18. Qo‘shimcha foyda solig‘ining to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi va to‘lanishi ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Sementga qo‘shimcha foyda solig‘ini hisoblab chiqarish va budjetga to‘lash tartibi to‘g‘risida nizomga
ILOVA
ILOVA
| | | | | | | | | | | | | | |
| Yuridik shaxs shtampi | |||||||||||||
______________________________tuman (shahar) Davlat soliq inspeksiyasiga | |||||||||||||
| Soliq to‘lovchi ______________________________________________________ | |||||||||||||
| | | |
(korxona, tashkilotning nomi) | ||||||||||
| STIR | | | | | | | | | | | | ||
Telefon ________________ To‘lovchi manzili ____________________________________________________ Hisob-kitob raqami ______________________________________________-son | |||||||||||||
| | | |
(bank muassasasi nomi, kodi) | ||||||||||
|
Sementga qo‘shimcha foyda solig‘i | |||||
| Ko‘rsatkichlar | Satr kodi | O‘lchov birligi | Summasi | ||
| Hammasi | shlakoportlandli — sement, sulfatga chidamli, tamponajli, | Qolgan markalar | |||
| Realizatsiya qilingan sement hajmi | 010 | tonna | | | |
| Sementni qoplarga qadoqlash xarajatlari (qoplar qiymati qo‘shilgan holda) va qo‘shilgan qiymat solig‘i chegirib tashlangan holda barcha hajmga realizatsiya qilish summasi | 020 | ming so‘m | | | |
| Realizatsiya qilingan sementning 1 tonnasi uchun o‘rtacha baho (020-satr / 010-satr) x 1000 | 030 | so‘m | | | |
| 1 tonna sementning hisob-kitob bahosi | 040 | so‘m | x | 75 000 | 60 000 |
| Barcha hajmga qo‘shimcha foydaning jami summasi (030-satr – 040-satr) x 010-satr) /1000 | 050 | ming so‘m | | | |
| Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, Respublika yo‘l jamg‘armasi va Maktab ta’limi jamg‘armasiga majburiy ajratmalar, jami stavkada ___foiz: (050-satr x ___%) | 060 | ming so‘m | | | |
| Soliq solinadigan baza (050-satr – 060-satr) | 070 | ming so‘m | | | |
| Qo‘shimcha foyda solig‘ining belgilangan stavkasi | 080 | % | x | | |
| Budjetga to‘lanadigan qo‘shimcha foyda solig‘i summasi (070-satr x 080-satr) | 090 | ming so‘m | | | |
| O‘tgan hisobot davri uchun hisob-kitob bo‘yicha hisoblangan qo‘shimcha foyda solig‘i summasi | 100 | ming so‘m | | | |
| Qo‘shimcha foyda solig‘i to‘langandan keyin korxona ixtiyorida qoladigan summa (070-satr – 090-satr)* | 110 | ming so‘m | | | |
Rahbar |
|
| |||
| | |
(imzosi) |
(F.I.O.) | ||
Bosh buxgalter |
|
| |||
| | |
(imzosi) |
(F.I.O.) | ||
| 200__ yil “___”_____________ |
M.O‘. |
| | ||
* Korxona ixtiyorida qolgan summa, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i hisob-kitobida: balansida ijtimoiy infratuzilma obyektlari bo‘lgan to‘lovchilarning 020-satri; balansida ijtimoiy infratuzilma obyektlari bo‘lmagan to‘lovchilarning 010-satri kamayadi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 8-9-son, 48-modda)