12.12.2007 yildagi PQ-744-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING 2008-YILGI ASOSIY MAKROIQTISODIY KO‘RSATKICHLARI VA DAVLAT BUDJETI PARAMETRLARI TO‘G‘RISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Ko‘chirma]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “O‘zbekiston Respublikasining 2008-yilgi Davlat budjeti to‘g‘risida” 2007-yil 30-noyabrdagi 410-I-son qaroriga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2008-yilda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari 1-ilovaga* muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining 2008-yilgi Davlat budjeti asosiy parametrlari 2-ilovaga* muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining, Respublika yo‘l jamg‘armasining, Maktab ta’limi jamg‘armasining, Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasining 2008-yilgi asosiy parametrlari 3—6-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 1—6-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 2008-yilgi Davlat budjeti taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 1,0 foiz miqdorida belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilab qo‘yilsinki, Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish respublika budjeti mablag‘larining 2008-yil boshidagi qoldiqlari va boshqa qadrsizlanmaydigan manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. 2008-yil uchun:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkalari 7-ilovaga** muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari 8-ilovaga** muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yagona soliq to‘lovi stavkalari 9, 9-1 va 9-2-ilovalarga** muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari bo‘yicha yuridik va jismoniy shaxslarga belgilab qo‘yilgan soliq stavkalari 10-ilovaga** muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxs bo‘lmagan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar (yakka tartibdagi tadbirkorlar)ga belgilab qo‘yilgan soliq stavkalari 11-ilovaga** muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlariga dividendlar va foizlar tarzida to‘lanadigan daromad solig‘i stavkalari 10 foiz miqdorida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkalari 20 foiz miqdorida;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikada ishlab chiqariladigan tovarlarga aksiz solig‘i ro‘yxat bo‘yicha 12-1-sonli ilovaga** muvofiq;
(3-bandning to‘qqizinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 23-maydagi PQ-876-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 22-23-son, 196-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 13-ilovaga** muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 14-ilovaga** muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ayrim turdagi mahsulotlar bo‘yicha ortiqcha foydadan soliq stavkalari 15-ilovaga** muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan mulk solig‘i stavkalari 16 va 17-ilovalarga** muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i stavkalari 18-ilovaga** muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yagona yer solig‘i stavkalari 19-ilovaga** muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy soliqlar va yig‘imlar stavkalari 20-ilovaga** muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar va yig‘imlar stavkalari 21 va 22-ilovalarga** muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan soliqqa tortish obyektlarining budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga va budjetdan tashqari Maktab ta’limi jamg‘armasiga bir foiz miqdorida majburiy ajratmalar stavkalari 23-ilovaga** muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mablag‘larni budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi va Kasaba uyushmalari Federatsiyasi o‘rtasida 24-ilovada** keltirilgan normativlarga muvofiq taqsimlagan holda yagona ijtimoiy to‘lov stavkasi 24 foiz miqdorida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy sug‘urta badallari stavkasi 2,5 foiz miqdorida tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
** 7—24-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilansinki, yagona ijtimoiy to‘lovidan tushumlar Davlat budjeti, Respublika yo‘l jamg‘armasi, budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi va Maktab ta’limi jamg‘armasi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan miqdorlarda taqsimlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2008-yil 1-yanvardan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Namangan, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahri qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun qishloq xo‘jaligi yerlarining normativ qiymatidan kelib chiqqan holda yagona yer solig‘ini hisoblab chiqarish tatbiq etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2008-yil 1-martgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Namangan, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahri qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2008-yil 1-maygacha qishloq xo‘jaligi shirkatlari qayta tashkil etilishi natijasida tuzilgan fermer xo‘jaliklarining qishloq xo‘jaligi yerlari baholanishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda yagona yer solig‘ini hisoblab chiqarish uchun qishloq xo‘jaligi yerlarining normativ qiymatini barcha qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga belgilangan tartibda yetkazsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining barcha darajalardagi mahalliy budjetlar daromadlari va xarajatlarini shakllantirishdagi roli, mustaqilligi va mas’uliyatini oshirish, mahalliy budjetlarning Davlat budjetidagi ulushini ko‘paytirish maqsadida quyidagi umumdavlat soliqlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik va jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxs bo‘lmagan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslardan olinadigan qat’iy belgilangan soliq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikada ishlab chiqariladigan pivo va o‘simlik yog‘iga aksiz solig‘i bo‘yicha tushumlari to‘liq miqdorda mahalliy budjetlar daromadlariga o‘tkazilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. 2008-yil uchun:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromad va xarajat hajmlari, respublika budjetidan dotatsiyalar va maqsadli subvensiyalarning cheklangan miqdorlari 25-ilovaga* muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga umumdavlat soliqlari tushumlaridan ajratmalar normativlari 26-ilovaga* muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining naqd pul kassa aylanmasining yo‘l qo‘yiladigan eng kam miqdorlari 27-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 25—27-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli budjetlarga dotatsiyalar, maqsadli subvensiyalar va budjet ssudalari (daromadlar va xarajatlar o‘rtasidagi vaqtinchalik kassa tafovutlarni qoplash uchun) ajratishda ularning miqdorlarini hududlar bo‘yicha barcha soliqlar va to‘lovlarning to‘liq tushishidan, shuningdek Davlat budjetining birinchi navbatdagi xarajatlarini (hisoblab yozilgan ish haqi, stipendiyalar, nafaqalar va ularga tenglashtiriladigan to‘lovlarni) so‘zsiz moliyalashtirish zarurligidan kelib chiqqan holda aniqlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika budjetidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va Andijon, Samarqand hamda Xorazm viloyatlari mahalliy budjetlariga beriladigan daromadlarning tasdiqlangan hajmlariga ushbu hududlarda shakllanadigan soliq tushumlarini hisobga olib, daromadlar va xarajatlar o‘rtasida vujudga keladigan kassa bo‘yicha tafovutlarni o‘zaro hisob-kitob qilish orqali tartibga solgan holda aniqlashtirishlar kiritish huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. 2008-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining zaxira jamg‘armalari miqdorlari 28-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 28-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. 2008-yil 1-yanvardan boshlab tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari bo‘lgan jismoniy shaxslarga yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan bojxona to‘lovlari tartibi belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. 2008-yil 1-yanvardan boshlab nodavlat maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari asosiy (ixtisoslik) faoliyat turi bo‘yicha barcha soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlardan (yagona ijtimoiy to‘lov bundan mustasno) mazkur mablag‘lardan moddiy-texnik bazani mustahkamlash, asbob-uskunalar va anjomlar, didaktik materiallar, bolalar o‘yinchoqlari va adabiyotlar sotib olish uchun maqsadli foydalanilgan holda uch yil muddatga ozod qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Belgilansinki, 2008-yilda O‘zbekiston Respublikasi nomidan yoki uning kafolati ostida jalb qilingan xorijiy kreditlar hajmi 2007-yildagi xorijiy kreditlar bo‘yicha asosiy qarzni to‘lash hajmidan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2008-yil 1-yanvardan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda Buxoro, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahrida 1 o‘quvchiga (tarbiyalanuvchiga) xarajatlarning bazaviy me’yorlaridan kelib chiqqan holda maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari, umumta’lim maktablari va kasb-hunar kollejlarining budjetini rejalashtirish va xarajatlarini moliyalashtirishning yangi tartibini joriy etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda Samarqand, Sirdaryo, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahrida biriktirilgan 1 kishi hisobiga xarajatlar me’yoridan kelib chiqqan holda shahar birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari (ambulatoriya-poliklinika muassasalari) budjetini rejalashtirish va moliyalashtirishga o‘tkazsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi budjetni rejalashtirish va moliyalashtirishining yangi tartibiga o‘tkazilayotgan budjet muassasalarining har biriga moliyalashtirish me’yorlari o‘z vaqtida yetkazilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. 2008-yil 1-yanvardan boshlab davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan maktab-internatlardagi bolalar ta’minotiga to‘lovlar miqdori 29-ilovaga** muvofiq belgilansin.
(18-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-dekabrdagi PQ-1887-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 52-son, 587-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari va maktab-internatlardagi bolalar ta’minoti uchun to‘lanadigan tushumlar nazarda tutilgan boshqa budjet mablag‘lari bilan birga maqsadli tartibda tarbiyalanuvchilarni oziq-ovqat bilan ta’minlashni hamda muassasaning moddiy-texnik bazasini yaxshilashga, eng avvalo, sanitariya-gigiyena vositalari va yumshoq inventar xarid qilishga yo‘naltirilishi belgilab qo‘yilsin.
(18-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 27-dekabrdagi PQ-2699-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun to‘lovdan ozod qilishni nazarda tutgan holda (tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 15 foizi doirasida) Maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari va maktab-internatlardagi bolalar ta’minotiga haq to‘lash tartibi to‘g‘risida yangilangan nizomni tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
** 29-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda ishlab turgan maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini xatlovdan o‘tkazsin va 2008-yilning 1-apreligacha tarmoqni va xodimlar sonini maqbullashtirish, ular negizida xarajatlarining 50 foizigacha miqdorda budjetdan moliyalashtirishni saqlab qolgan holda bolalar ijodiyoti markazlarini tashkil etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda 2008-yilning 1-iyuligacha xodimlarni budjet muassasalari ishining yakuniy natijalariga qo‘shgan shaxsiy ulushi bilan mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish miqdorlarining o‘zaro bog‘liqligini kuchaytirishni nazarda tutadigan oliy, o‘rta maxsus ta’lim va madaniyat sohalarida mehnatga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish bo‘yicha takliflarni tayyorlasinlar va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Kam ta’minlangan oilalarni davlat tomonidan aniq qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining budjet muassasalarida ishlayotgan onalarga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2008-yil 1-yanvardan boshlab bola ikki yoshga to‘lgunga qadar uning parvarishi bo‘yicha ijtimoiy nafaqalarni fuqarolarning o‘zini-o‘zini boshqarish organlari orqali;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yilning 1-sentabridan boshlab “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasini tayinlash va to‘lash tartibi joriy etilishi to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-avgustdagi PF-6277-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 06/21/6277/0788-son) — 2021-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining O‘zbekiston Respublikasining 2007-yilgi Davlat budjeti asosiy parametrlari va O‘zbekiston Respublikasining maqsadli davlat jamg‘armalarini aniqlashtirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin hamda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat budjeti daromadlari 5973,7 mlrd. so‘m, xarajatlari — 5840,5 mlrd. so‘m miqdorida, budjet profitsiti yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 0,5 foiz oshirilgan holda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi daromadlari 1881,6 mlrd. so‘m, shu jumladan yagona ijtimoiy to‘lovdan, badallar va majburiy ajratmalardan tushumlar hisobidan — 1640,4 mlrd. so‘m, Davlat budjetidan dotatsiyalar — 96,0 mlrd. so‘m miqdorida, shuningdek xarajatlar — 1840,5 mlrd. so‘m miqdorida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi daromadlari 377,7 mlrd. so‘m va xarajatlari — 317,9 mlrd. so‘m miqdorida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining kassa aylanmasi naqd summasi normativlari 2008-yilning 1-yanvariga respublika budjeti mablag‘lari hisobiga 80 mlrd. so‘m miqdorida tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Moliya vazirligining G‘aznachiligi budjet tashkilotlari va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda 2008-yilning yanvar oyida o‘tkazilgan operatsiyalarni 2007-yilgi Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotda aks ettirgan holda 2007-yilgi Davlat budjeti ijrosi bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yakuniy operatsiyalar o‘tkazsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi bajarilishini va 2008-yilgi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti ijrosini tahlil etish natijalari bo‘yicha, zarurat bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Davlat budjeti asosiy parametrlarini Davlat budjetining belgilangan taqchilligi doirasida aniqlashtirishga doir takliflar kiritsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. 2008-yilning 1-yanvaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30-ilovaga muvofiq qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2008-yilning 1-yanvaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 31-ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur qarorning qabul qilinishi munosabati bilan qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir hafta muddatda ilgari chiqarilgan normativ hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2007-yil 12-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-744-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-son qaroriga
30-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2008-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadigan qarorlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining “Alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va ularning aylanishi ustidan davlat monopoliyasini kuchaytirish hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida alkogolli va tamaki mahsulotlarini sotishdan budjetga tushumni ko‘paytirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1998-yil 21-maydagi 221-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer solig‘ining muvaqqat bazaviy stavkalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 1998-yil 26-dekabrdagi 539-son qarorining 1-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga tovarlar olib kelinishini tartibga solish to‘g‘risida” 2002-yil 6-maydagi 154-son qarorining 1 va 4-bandlari (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 5-son, 20-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga tovarlar olib kelinishini tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2002-yil 12-iyuldagi 248-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 7-son, 40-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining respublika hududiga jismoniy shaxslar tomonidan tovarlar olib kelinishini tartibga solishga doir ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2002-yil 27-sentabrdagi 335-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 9-son, 55-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududiga jismoniy shaxslar tomonidan iste’mol tovarlari olib kelinishini yanada tartibga solish to‘g‘risida” 2003-yil 19-iyundagi 279-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 6-son, 47-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining 2004-yilgi Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2003-yil 25-dekabrdagi 567-son qarori 9-bandining to‘rtinchi xatboshi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-son qaroriga
31-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2008-yil 1-yanvardan boshlab kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 16-maydagi PQ-350-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish prinsiplari to‘g‘risidagi nizomning 12-bandiga quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qo‘shilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Jamg‘armaning e’lon qilingan ustav kapitalini qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida qaror qabul qiladi, biroq u O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida” 2006-yil 11-maydagi PF-3751-son Farmonida belgilangan darajadan past bo‘lmasligi kerak”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi—yettinchi xatboshi tegishli ravishda to‘rtinchi—sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyundagi PF-5097-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 28-son, 636-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat budjetining g‘azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 28-fevraldagi PQ-594-son qarorining 6-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“6. Belgilab qo‘yilsinki, budjet tashkilotlarining tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar bilan shartnomalari, shuningdek buyurtmachilarning Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga kapital qurilishga oid shartnomalari majburiy tartibda G‘aznachilikda ro‘yxatga olinishi shart;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjetdan mablag‘ oluvchilarning budjet mablag‘lari hisobiga tuziladigan shartnomalarida, qoidaga ko‘ra, 15 foiz miqdorida oldindan haq to‘lash nazarda tutiladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno”.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-sonli qaroriga asosan 2019-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son qarorining 4-bandiga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 9-son, 51-modda) quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ushbu imtiyoz O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga, Respublika yo‘l jamg‘armasiga va budjetdan tashqari Maktab ta’limi jamg‘armasiga ajratmalar to‘lashga ham joriy etilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Vazirlar Mahkamasining “Ish haqining o‘z vaqtida to‘lanishi uchun vazirliklar, idoralar va xo‘jalik yurituvchi subyektlar rahbarlarining javobgarligini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1999-yil 17-noyabrdagi 504-son qarorining 5-bandiga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qo‘shilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“ish haqiga kreditlar berilganda yagona ijtimoiy to‘lov hamda fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy sug‘urta badallari to‘lanishi nazarda tutilsin;”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi va uchinchi xatboshi tegishli ravishda uchinchi va to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-dekabrdagi PQ-4544-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 07/19/4544/4111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Vazirlar Mahkamasining “Ish haqining o‘z vaqtida to‘lanishiga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2002-yil 19-martdagi 88-son qarorining 1-bandiga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 3-son, 15-modda) “yagona ijtimoiy to‘lov hamda fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy sug‘urta badallari bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lmagan taqdirda” so‘zlari qo‘shilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Vazirlar Mahkamasining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Guliston, Jizzax va Qarshi shaharlarining suv ta’minoti tizimini takomillashtirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 26-martdagi 98-son qarorida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 2-bandda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
beshinchi xatboshiga “yetishmayotgan qismi esa — respublika budjeti mablag‘lari hisobiga” so‘zlari qo‘shilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“2008-yildan boshlab har yili Davlat budjetini shakllantirishda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan OTB krediti bo‘yicha asosiy qarzni, foizlar va vositachilik haqi to‘lashga yetishmayotgan qismiga mablag‘lar nazarda tutiladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 7-banddagi “2006-2007” raqamlari “2006 — 2009” raqamlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) 9-bandning ikkinchi xatboshidagi “2008-yil 1-yanvargacha” so‘zlari “2010-yil 1-yanvargacha” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoniga asosan 2023-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 15-noyabrdagi 393-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 69-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy nazorat-taftish boshqarmalari to‘g‘risidagi nizomda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 7-bandga quyidagi tahrirdagi xatboshi qo‘shilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligi tomonidan aniqlangan, tashkilotlarning budjet mablag‘laridan samarasiz foydalanishini, budjetdan mablag‘ oluvchilarning xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxini sun’iy ravishda oshirib yuborishini, budjetdan mablag‘ oluvchilarning kreditorlik qarzlar summasini asossiz ravishda ko‘paytirganligini ko‘rsatuvchi holatlar bo‘yicha tekshirishlar o‘tkazish”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 8-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan aniqlangan, tashkilotlarning budjet mablag‘laridan samarasiz foydalanishini, budjetdan mablag‘ oluvchilarning xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxini sun’iy ravishda oshirib yuborishini, budjetdan mablag‘ oluvchilarning kreditorlik qarzlar summasini asossiz ravishda ko‘paytirganligini ko‘rsatuvchi holatlar bo‘yicha tekshirishlar o‘tkazish”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-noyabrdagi 407-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 71-modda) bilan tasdiqlangan Ulgurji va chakana savdo faoliyatini ro‘yxatdan o‘tkazish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 41-bandidagi “yagona bojxona to‘lovi va belgilangan soliq” so‘zlari “bojxona to‘lovlari va qat’iy soliq” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Vazirlar Mahkamasining “Ichki bozorni yog‘och-taxta materiallari bilan to‘ldirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2003-yil 7-iyuldagi 305-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 58-modda):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“1. Yuridik va jismoniy shaxslar ilovaga muvofiq chetdan keltiriladigan yog‘och-taxta materiallari va yog‘och uchun import bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan ozod qilinsin”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilovaning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Chetdan keltirishda yuridik va jismoniy shaxslar import bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan ozod qilinadigan yog‘och-taxta va arralangan materiallar, yog‘och-taxta va yog‘ochdan yasalgan buyumlarning ayrim turlari ro‘yxati”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishda xo‘jalik munosabatlari mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 12-sentabrdagi 395-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 83-modda):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Markazlashtirilgan manbalar hisobiga qurilishni tashkil etish, moliyalashtirish va kreditlash tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bandning uchinchi xatboshiga “(Davlat budjetining g‘azna ijrosi bilan qamrab olingan mintaqalarda — G‘aznachilik va uning hududiy bo‘linmalari)” so‘zlari qo‘shilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi xatboshidagi “bankka” so‘zidan keyin “(hududiy g‘aznachilik hisob raqamlaridan foydalangan holda Davlat budjeti g‘azna ijrosi bilan qamrab olingan mintaqalardan tashqari)” so‘zlari qo‘shilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“davlat ekologiya ekspertizasi xulosasining nusxasi (zarur bo‘lganda)”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi xatboshiga “to‘lovlari” so‘zidan keyin “qurilishning prognoz qilinayotgan yili uchun” so‘zlari qo‘shilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi va to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“ajratilgan avansning mutanosib ravishda ushlab qolinishini hisobga olgan holda, bajarilgan ishlar qiymatining 95 foizi miqdorida har oyda joriy moliyalashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan tartibda tuzilgan shartnomalarda nazarda tutilgan kafolatli muddat o‘tgandan keyin amalga oshiriladigan obyekt qiymatining 5 foizini to‘lash”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
beshinchi—yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oltinchi xatboshiga “bank” so‘zidan keyin “(hududiy g‘aznachilik hisob raqamlaridan foydalangan holda Davlat budjeti g‘azna ijrosi bilan qamrab olingan mintaqalardan tashqari)” so‘zlari qo‘shilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“davlat ekologiya ekspertizasi xulosasining nusxasi (zarur bo‘lganda)”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurishga doir Namunaviy pudrat shartnomasining XVII bo‘limiga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Izoh: Hududiy (respublika) g‘aznachilik hisob raqamlaridan foydalangan holda Davlat budjetining g‘aznachilik ijrosi bilan qamrab olingan mintaqalar uchun buyurtmachining bank rekvizitlari o‘rniga uning g‘aznachilik rekvizitlari ko‘rsatiladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 11-fevraldagi PF-4275-sonli Farmoniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 9-son, 84-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-martdagi PF-4209-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 13-son, 92-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 52-son, 534-modda; 2008-y., 22-23-son, 196-modda; 2010-y., 13-son, 92-modda, 52-son, 513-modda; 2011-y., 9-son, 84-modda; 2012-y., 52-son, 587-modda; 2017-y., 28-son, 636-modda, Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son, 06.12.2019-y., 07/19/4544/4111-son; 12.08.2021-y., 06/21/6277/0788-son; 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son; 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son; 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)