Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.12.2018 15.01.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1654
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining qarori, 15.01.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1654
Дата вступления в силу
25.01.2007
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.12.2018
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRLIGINING
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori

SUDGA KELIShDAN BOSh TORTGAN ShAXSLARNI MAJBURIY KELTIRISh BO‘YIChA SUD TOPShIRIQLARINI IJRO ETISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 15-yanvarda 1654-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi ]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 29-dekabrdagi 584-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1654-2, 29.12.2018-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2018-y., 10/18/1654-2/2418-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi va Fuqarolik protsessual kodeksi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 31-avgustdagi PQ-458-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Sudga kelishdan bosh tortgan shaxslarni majburiy keltirish bo‘yicha sud topshiriqlarini ijro etish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan so‘ng o‘n kundan keyin kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Adliya vaziri F. OTAXONOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,

2007-yil 12-yanvar,

2/1-son

Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2007-yil 12-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-son

Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligining
2007-yil 12-yanvardagi 2/1, 2-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudga kelishdan bosh tortgan shaxslarni majburiy keltirish bo‘yicha sud topshiriqlarini ijro etish tartibi to‘g‘risidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
YO‘RIQNOMA

Mazkur Yo‘riqnoma, O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi va Fuqarolik protsessual kodeksi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 31-avgustdagi PQ-458-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, sudga kelishdan bosh tortgan shaxslarni majburiy keltirish bo‘yicha sud topshiriqlarini ijro etish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Sudga kelishdan bosh tortgan shaxslarni keltirish Jinoyat-protsessual kodeksi va Fuqarolik protsessual kodeksiga muvofiq majburlov chorasi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Sudga kelishdan bosh tortgan shaxslarni majburiy keltirish bo‘yicha sud topshiriqlarini ijro etish, vakolatli davlat organlari tomonidan shaxsning sudga ixtiyoriy kelishidan bosh tortganida qo‘llaniladigan choralarni amalga oshirishdan iborat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Sudga kelishdan bosh tortgan shaxslarni majburiy keltirish bo‘yicha sud topshiriqlarini ijro etish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlari(keyingi o‘rinlarda matnda ichki ishlar organlari xodimlari deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Majburiy keltirishni ijro etish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Sudning ajrimi shaxsni majburiy keltirish uchun asos bo‘lib hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Shaxsni majburiy keltirish to‘g‘risidagi sudning ajrimi u chiqarilgan kundan boshlab bir kun davomida ish ko‘riladigan joy bo‘yicha ichki ishlar organlariga ijro uchun beriladi(jo‘natiladi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ajrimda quyidagilar ko‘rsatilishi shart:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
majburiy keltirilishi lozim bo‘lgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uning protsessual mavqeyi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
majburiy keltirilishi lozim bo‘lgan shaxsning yashash yoki ish joyi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
majburiy keltirishni qo‘llash uchun asos;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
majburiy keltirilishi lozim bo‘lgan shaxsning qayerga va qachon olib borilishi lozimligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
majburiy keltirishni amalga oshirish kimga topshirilayotganligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ichki ishlar organlarining bo‘lim boshliqlari majburiy keltirish to‘g‘risidagi sudning kelib tushgan ajrimini zudlik bilan ko‘rib chiqadi va uning aniq va o‘z vaqtida ijrosini tashkil etadi. Ichki ishlar organlari bo‘lim boshliqlari yo‘q bo‘lgan paytda sud ajrimining ijrosini uning o‘rinbosarlaridan biri amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Majburiy keltirish to‘g‘risidagi ajrim u kelib tushgan kundan boshlab bir kun ichida maxsus jurnalda ro‘yxatga olinadi va ichki ishlar organlari xodimlariga ijro uchun imzo chektirilib, topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Majburiy keltirish soat 6-00 dan 22-00 gacha amalga oshiriladi, kunning boshqa paytlarida qonunda belgilangan hollarda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Ichki ishlar organlari xodimi yoki xodimlari guruhi majburiy keltirilish kunida shaxsning haqiqiy turgan joyiga boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ichki ishlar organlari xodimi majburiy keltirilishi lozim bo‘lgan shaxsni topganida, uni sudga majburiy keltirish to‘g‘risidagi ajrim bilan tanishtirib, imzo chektiradi. Bunda shaxs topilgan joy va vaqt, shaxsni yetkazish vaqti, shuningdek majburiy keltirishi lozim bo‘lgan shaxsning ariza, shikoyat va iltimosnomalari haqida dalolatnoma tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Ichki ishlar organlari xodimi shaxsning qochib ketganligi, ta’tildaligi, safardaligi, og‘ir kasalligi yoki boshqa sabablar (tabiiy ofatlar, kichik yoshdagi farzandlarining mavjudligi va ularni parvarishlashni boshqa birovga topshirishning iloji bo‘lmaganda, transport harakatida uzoq muddatli tanaffus va h.k) tufayli keltirishning imkoni yo‘qligini belgilagach, dalolatnoma tuzadi va u fuqarolar yig‘ini raisi tomonidan imzolanadi. Dalolatnomaga ichki ishlar organlari bo‘lim boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan bildirgi va uzrli sabablarni tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dalolatnoma, ilova qilingan tegishli hujjatlar bilan birga, sud raisiga yoki majburiy keltirish to‘g‘risida ajrim chiqargan sudyaga topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Ichki ishlar organlari xodimlari majburiy keltirishni amalga oshirayotganda, sudga keltirilayotgan shaxsning huquq va qonuniy manfaatlariga amal qilishga, ularning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majbur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Qonuniy talablarga qarshilik ko‘rsatilganda yoki ashaddiy bo‘ysunmaslik holatlarida ichki ishlar organlari xodimlari “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq jismoniy kuch, maxsus vosita va o‘qotar qurolni qo‘llash huquqiga ega. Mazkur holda bayonnoma tuziladi va unda huquqbuzarlikning xususiyati, vaqti va joyi hamda shaxsga nisbatan qo‘llanilgan choralar ko‘rsatiladi. Bayonnoma qonunda nazarda tutilgan choralar qo‘llanilganligi to‘g‘risidagi bildirgi bilan birga ichki ishlar organi bo‘lim boshlig‘iga taqdim etiladi. Bu haqda ajrimi bo‘yicha majburiy keltirish amalga oshirilgan sudya xabardor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy kuch ishlatilganligi va maxsus vositalar qo‘llanilganligi natijasida jismoniy yoxud yuridik shaxslarning hayotiga, sog‘lig‘iga yoki mol-mulkiga zarar yetkazilgan har bir holat haqida, shuningdek o‘qotar qurol qo‘llanilgan barcha hollar to‘g‘risida prokurorga darhol xabar beriladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2016-yil 28-dekabrdagi 6, 43-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1654-1, 05.01.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 1-son, 23-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Boshqa shaharda, tumanda yoki viloyatda yashovchi shaxsga nisbatan majburiy keltirish sudning ajrimiga binoan, shaxslarning yashash joyidan qat’i nazar, ish yurituvi joyidagi ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Boshqa viloyatda yashovchi shaxsni majburiy keltirish Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Voyaga yetmagan shaxslarni majburiy keltirish ularning ota-onalari yoki ularning qonuniy vakillari orqali amalga oshiriladi. Ichki ishlar organi xodimi majburiy keltirishni amalga oshirayotganida keltirilishi lozim bo‘lgan voyaga yetmagan shaxsning ota-onasini majburiy keltirish to‘g‘risidagi sud ajrimi bilan tanishtirib, bu haqda imzo chektiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Sudga majburiy tartibda keltirilgan shaxs ichki ishlar organlari xodimining bildirgisi bilan ajrim chiqargan sudyaga topshiriladi. Bildirgi ajrim chiqargan sudya tomonidan imzolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Ichki ishlar organlari xodimi sudya talabiga muvofiq, so‘nggi sud harakatlari bajarilguniga qadar majburiy keltirilgan shaxsni nazorat qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Sud ajrimini bajarmagan shaxs qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Majburiy keltirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni qoplash qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Yakuniy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Ushbu Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi bilan kelishilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy sud raisi B. MUSTAFOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2007-yil 12-yanvar
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 3-son, 30-modda; 2017-y., 1-son, 23-modda)