29.12.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1654-2
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyrugʻi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 29-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1654-2]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish boʻyicha 2018-yil 29-dekabrdagi xulosaga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2000-yil 19-maydagi 197-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning meʼyoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorlariga asosan, buyuraman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2007-yil 12-yanvardagi 2/1, 2-son “Sudga kelishdan bosh tortgan shaxslarni majburiy keltirish boʻyicha sud topshiriqlarini ijro etish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi (roʻyxat raqami 1654, 2007-yil 15-yanvar) va 2016-yil 28-dekabrdagi 6, 43-son “Sudga kelishdan bosh tortgan shaxslarni majburiy keltirish boʻyicha sud topshiriqlarini ijro etish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 12-bandiga oʻzgartish kiritish haqida”gi (roʻyxat raqami 1654-1, 2017-yil 5-yanvar) qarorlarini Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish masalasi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 28-dekabrdagi 33/01-01/3702-son xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2007-yil 12-yanvardagi 2/1, 2-son “Sudga kelishdan bosh tortgan shaxslarni majburiy keltirish boʻyicha sud topshiriqlarini ijro etish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi (roʻyxat raqami 1654, 2007-yil 15-yanvar) va 2016-yil 28-dekabrdagi 6, 43-son “Sudga kelishdan bosh tortgan shaxslarni majburiy keltirish boʻyicha sud topshiriqlarini ijro etish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 12-bandiga oʻzgartish kiritish haqida”gi (roʻyxat raqami 1654-1, 2017-yil 5-yanvar) qarorlari davlat reyestridan chiqarilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi oʻrinbosari N. Joʻrayev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazir R. DAVLETOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 29-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
584-mh-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2018-y., 10/18/1654-2/2418-son)