11.10.2006 yildagi O‘RQ-60-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 13.10.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilik palatasi tomonidan
2006-yil 21-avgustda qabul qilingan

Senat tomonidan 2006-yil 25-avgustda
maʼqullangan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonunning maqsadi qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) kiritish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-modda. Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-modda. Qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq quyidagilar qonunchilik tashabbusi huquqiga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) oʻz davlat hokimiyatining oliy vakillik organi orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) Qonunchilik palatasi deputatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-modda. Qonunchilik tashabbusi huquqini amalga oshirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilik tashabbusi huquqi Qonunchilik palatasiga qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan qonunlar loyihalarini kiritish orqali amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-modda. Qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining vakili
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Qonunchilik palatasida oʻzi kiritgan qonun loyihasi koʻrib chiqilayotganda ishtirok etish uchun oʻz vakilini tayinlaydi. Qonunchilik tashabbusi huquqining boshqa subyektlari ham (Qonunchilik palatasi deputatlaridan tashqari) qonun loyihasi Qonunchilik palatasida koʻrib chiqilayotganda ishtirok etish uchun oʻz vakilini tayinlashi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qonunlar loyihalarini tayyorlash borasidagi faoliyati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

1) oʻz tashabbusi bilan yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshirigʻiga binoan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qoʻmitalarining takliflari va tavsiyalari asosida qonunlar loyihalarini ishlab chiqadi hamda Qonunchilik palatasiga koʻrib chiqish uchun kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvining boshqa organlariga qonunlar loyihalarini tayyorlash toʻgʻrisida topshiriqlar beradi, qonunlar loyihalarini tayyorlash ishini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) qonunlar loyihalarini davlat organlariga, nodavlat tashkilotlarga va ilmiy muassasalarga taqriz uchun yuboradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning amaldagi qonun hujjatlarining qoʻllanilish amaliyoti hamda ularning samaradorligini oʻrganish natijalari toʻgʻrisidagi axborotlarini eshitadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) qonunlar loyihalarini tayyorlash borasida boshqa faoliyatni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining qonunlar loyihalarini tayyorlash sohasidagi vakolati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi oʻz vakolati doirasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) qonun ijodkorligi masalalarida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi hamda mazkur faoliyatga uslubiy jihatdan rahbarlik qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) qonun ijodkorligi va huquqning qoʻllanilish amaliyoti sohasida yagona davlat siyosati olib borilishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) qonun ijodkorligi faoliyatini takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqadi, ularning amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlariga binoan va oʻz tashabbusi bilan qonunlar loyihalarini ishlab chiqadi hamda koʻrib chiqish uchun belgilangan tartibda kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining qonunlar loyihalarini tayyorlash masalalari boʻyicha takliflarini koʻrib chiqadi va umumlashtiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) qonunlar loyihalarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazadi, ularning Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, shuningdek qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa beradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) qonun hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiqlashtirish toʻgʻrisida, huquqiy jihatdan tartibga solishning tizimliligi va yaxlitliligini taʼminlash toʻgʻrisida takliflar ishlab chiqadi, qonun hujjatlarini takomillashtirishga oid takliflarni tahlil qiladi va umumlashtiradi hamda ularni Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritadi, qonun hujjatlarini kodifikatsiyalash ishlarini amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) qonunlar loyihalarini tayyorlash zaruriyatiga oid masalalarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan oldindan kelishib oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-modda. Qonunchilik tashabbusi huquqiga ega boʻlmagan davlat organlarining, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning qonunlar loyihalarini tayyorlashda ishtirok etishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilik tashabbusi huquqiga ega boʻlmagan davlat organlari, nodavlat tashkilotlar va fuqarolar qonunlar loyihalarini yoki yangi qonun qabul qilinishi, qonunga oʻzgartishlar, qoʻshimchalar kiritilishi, shuningdek amaldagi qonunni yoki uning bir qismini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish zarurligi toʻgʻrisidagi takliflarni qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti koʻrib chiqishi uchun kiritishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilik tashabbusi huquqiga ega boʻlmagan davlat organlari, nodavlat tashkilotlar yoki fuqarolar tomonidan kiritilgan qonunlar loyihalarini yoki takliflarni qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti oʻzi ishlab chiqayotgan qonunlar loyihalari uchun asos sifatida qabul qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Qonun loyihasini tayyorlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-modda. Qonun loyihasini tayyorlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonun loyihasini tayyorlash:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun loyihasini tayyorlash toʻgʻrisidagi taklifni koʻrib chiqish va uni tayyorlash toʻgʻrisida qaror qabul qilishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun loyihasini tayyorlashni tashkiliy-texnikaviy va moliyaviy jihatdan taʼminlashni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zarur materiallar va axborot toʻplashni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun loyihasining konsepsiyasini ishlab chiqishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun loyihasini tuzishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
huquqiy va boshqa zarur ekspertiza oʻtkazishni oʻz ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-modda. Qonun loyihasini bir nechta qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari bilan birgalikda tayyorlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti qonun loyihasini birgalikda tayyorlash toʻgʻrisidagi taklif bilan boshqa qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga murojaat qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-modda. Qonun loyihasini tayyorlashni tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonun loyihasini tayyorlash uchun qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti tomonidan ishchi guruhi (komissiyasi) tuzilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishchi guruhi (komissiyasi) tarkibiga qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti yuridik xizmatining va boshqa boʻlinmalarining vakillari, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, vazirliklar, davlat qoʻmitalari hamda idoralarning tegishli tarmoqlar yoki boshqaruv sohalarining holati va rivojlanishi uchun masʼul boʻlgan vakillari, boshqa manfaatdor davlat organlari, ilmiy muassasalar, nodavlat tashkilotlarning vakillari, shuningdek fuqarolar kiritilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishchi guruhi (komissiyasi) aʼzolari qonun loyihasini tayyorlash uchun zarur boʻlgan tegishli bilim va tajribaga ega boʻlishlari kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti qonun loyihasini tayyorlash chogʻida ishchi guruhining (komissiyasining) faoliyatini taʼminlash uchun vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralardan qonun loyihasini tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar, statistika maʼlumotlari hamda boshqa maʼlumotlarni olishga, shuningdek tayyorlanayotgan qonun loyihasi boʻyicha maslahatlar, tavsiyalar va ekspertlar xulosalari olishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti, zarur boʻlgan hollarda, qonun loyihasini tayyorlashni davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarga, ayrim fuqarolarga belgilangan tartibda oʻz vakolati doirasida topshirishi yoki ularga shartnoma asosida buyurtma berishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti, zarur boʻlgan hollarda, qonunlarning muqobil loyihalarini tayyorlashni bir nechta davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarga, ayrim fuqarolarga oʻz vakolati doirasida topshirishga yoki ular bilan shartnomalar tuzishga, shuningdek eng yaxshi qonun loyihasi uchun tanlovlar eʼlon qilishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12-modda. Qonun loyihasining konsepsiyasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonun loyihasini tayyorlash uning konsepsiyasini ishlab chiqishdan boshlanadi. Konsepsiyada quyidagilar belgilanishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
huquqiy jihatdan tartibga solishning asosiy gʻoyasi, maqsadi va predmeti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning mazkur sohada amalda boʻlgan qonunlar hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tahlili ilova qilingan holdagi umumiy tavsifi va holatiga berilgan baho;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun loyihasini ishlab chiqish zaruriyati asoslari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun loyihasining asosiy qoidalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boʻlgʻusi qonunning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va boshqa oqibatlari taxmini.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13-modda. Qonunlar loyihalariga qoʻyiladigan asosiy talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunlar loyihalarini tayyorlashda Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining hamda Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining prinsiplari va normalari hisobga olinadi. Qonunlar loyihalari qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiq boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14-modda. Qonun loyihasini tayyorlashda qonunchilikning holatini va huquqning qoʻllanilish amaliyotini oʻrganish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonun loyihasini tayyorlash qonunchilikning holatini chuqur oʻrganishga, ijtimoiy munosabatlarning muayyan sohasini huquqiy jihatdan tartibga solishga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan nuqsonlar va ziddiyatlarni aniqlashga, shuningdek amaldagi qonun hujjatlarining qoʻllanilish amaliyotini tahlil etishga asoslanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15-modda. Qonunlar loyihalarini tayyorlashda xalqaro tajribani hisobga olish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunlar loyihalarini tayyorlashda xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan prinsiplari va normalari hisobga olinadi, shuningdek qonun bilan tartibga solish borasida boshqa davlatlar tajribasi oʻrganiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16-modda. Qonun loyihasini tayyorlashda jamoatchilik fikrini oʻrganish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritguniga qadar jamoatchilik fikrini oʻrganishni tashkil etishga haqlidir. Qonun loyihasi boʻyicha jamoatchilik fikrini oʻrganish tartibi va shakli qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17-modda. Qonun loyihasini taqriz uchun yuborish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonun loyihasi qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti tomonidan boshqa qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlariga, shuningdek manfaatdor davlat organlari, nodavlat tashkilotlar, ilmiy muassasalarga taqriz uchun yuborilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonun loyihasi faqat qonun loyihasi borasidagi ishlar tugallanganidan va u boʻyicha ekspertiza oʻtkazilganidan keyin qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti tomonidan taqriz uchun yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Qonunlar loyihalarining mazmuniga qoʻyiladigan asosiy talablar.
Qonun loyihalarining ekspertizasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18-modda. Qonunlar loyihalarining shakli
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tartibga solinadigan munosabatlarning oʻziga xos xususiyatlari bilan bogʻliq holda qonunlar loyihalari quyidagi shaklda ishlab chiqiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonunlari va qonunlari loyihalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonunlariga hamda qonunlariga oʻzgartish, qoʻshimcha va tuzatishlar kiritish toʻgʻrisidagi qonunlar loyihalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini yoki ularning ayrim normalarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi qonunlar loyihalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19-modda. Qonun loyihasining tuzilishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonun loyihasi, qoida tariqasida, boʻlimlar, kichik boʻlimlar, boblar va paragraflarga ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonun loyihasi uning qabul qilinishi sabablari va maqsadlariga oid tushuntirishni qamrab olgan muqaddimaga ega boʻlishi mumkin. Normativ koʻrsatmalar muqaddimaga kiritilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boʻlimlar, kichik boʻlimlar, boblar va paragraflar sarlavhaga ega boʻladi hamda raqamlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonun loyihasida normativ koʻrsatmalar tartib raqamiga ega boʻlgan moddalar koʻrinishida bayon etiladi. Moddalar qismlarga ajratilishi mumkin. Moddalarning qismlari bandlar, kichik bandlar va xatboshilarni qamrab olishi mumkin. Kodekslar va boshqa qonunlar loyihalarining moddalariga, qoida tariqasida, sarlavha qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boʻlimlar, kichik boʻlimlar, boblar, paragraflar, moddalar, shuningdek moddalarning qismlari, bandlari va kichik bandlari loyiha mavzuyi mantiqan rivojlanib borishini taʼminlaydigan tarzda ketma-ket joylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonun loyihasining matniga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun loyihasining yoki uning ayrim qoidalarining kuchga kirish muddati va tartibi toʻgʻrisidagi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilgari qabul qilingan qonunlarni yoki ularning ayrim qoidalarini mazkur Qonun qabul qilinishi munosabati bilan oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi qoidalar kiritilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20-modda. Qonun loyihasi bayoniga taalluqli talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonun loyihasi loʻnda, aniq, oddiy va ravon tilda, normalarni turlicha izohlashni istisno etadigan tarzda yuridik atamashunoslikka rioya qilingan holda bayon qilinadi. Eskirgan hamda koʻp maʼnoni anglatadigan soʻzlar va iboralar, majoziy taqqoslashlar, sifatlashlar, kinoyalar qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21-modda. Qonun loyihasi matnida tushunchalar va atamalardan foydalanish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonun loyihasida foydalaniladigan tushunchalar va atamalar turlicha izohlash imkoniyatini istisno etadigan, ularning qonun hujjatlarida qabul qilingan maʼnosiga muvofiq yagona shaklda qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zarur boʻlgan hollarda, qonunlar loyihalarida yuridik, texnik va boshqa maxsus atamalar hamda tushunchalarning qisqacha taʼrifi beriladi, umum qabul qilingan qisqartmalar qoʻllaniladi va boshqa qisqartmalarga tushunchalar beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22-modda. Qonun loyihasida havolalardan foydalanish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonun loyihasining moddalarida (qismlari, bandlari, kichik bandlari, xatboshilarida) uning boshqa moddalariga (qismlari, bandlari, kichik bandlari, xatboshilariga), boʻlimlari, kichik boʻlimlari, boblari, paragraflariga, shuningdek boshqa qonunlarga va ularning ayrim qoidalariga havolalar normativ koʻrsatmalarning oʻzaro bogʻliqligini koʻrsatish zarurati boʻlgan hollarda yoxud takrorlashlarga yoʻl qoʻymaslik uchun qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23-modda. Qonun loyihasini ekspertizadan oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonun loyihasi ustidagi ish tugallanganidan soʻng uning sifatiga baho berish uchun qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining qaroriga binoan loyiha huquqiy va boshqa xil (iqtisodiy, moliyaviy, ilmiy-texnikaviy, ekologiya va oʻzga) ekspertizadan ham oʻtkazilishi mumkin. Ekspertlar qonun loyihasining ekspertizasi natijalari boʻyicha tegishli xulosa taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspertlar sifatida qonun loyihasini tayyorlashda bevosita ishtirok etmagan tashkilotlar va (yoki) shaxslar jalb qilinadi. Ekspertiza oʻtkazish uchun olimlar va mutaxassislar, shu jumladan boshqa davlatlar hamda xalqaro tashkilotlardan olimlar va mutaxassislar taklif etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonun loyihasining muhokamasi jarayonida bildirilgan yoki ekspertlarning xulosalarida bayon etilgan takliflar va mulohazalar tavsiya xususiyatiga egadir.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24-modda. Qonun loyihasining huquqiy ekspertizasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonun loyihasi huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishi lozim. Huquqiy ekspertiza oʻtkazilayotganda qonun loyihasi normalarining Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, shuningdek qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligi tekshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Huquqiy ekspertiza qonun loyihasini tayyorlagan qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining yuridik xizmati, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan oʻtkazilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25-modda. Qonun loyihasining moliyaviy-iqtisodiy asoslari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moddiy xarajatlar talab qilinadigan qonun loyihasini tayyorlashda unga moliyaviy-iqtisodiy asoslar ilova qilinadi, mazkur asoslarni qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga kelishuv uchun majburiy tartibda yuboradi. Javob Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga tegishli yozma murojaat kelib tushgan sanadan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga yuborilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat daromadlarini kamaytirish yoki davlat xarajatlarini koʻpaytirishni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti moddalari boʻyicha oʻzgartirishlarni nazarda tutuvchi qonunlarning loyihalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining xulosasi boʻlishi zarur. Xulosa Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tegishli yozma murojaat kelib tushgan sanadan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga yuborilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Qonunlar loyihalarini qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan
Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26-modda. Qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritish toʻgʻrisidagi qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonun loyihasi tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining majlisida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining Plenumida muhokama etiladi va uni Qonunchilik palatasiga kiritish toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqiladi. Qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritish toʻgʻrisidagi qarorda qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining vakili koʻrsatiladi, u qonun loyihasini Qonunchilik palatasida koʻrib chiqishda ishtirok etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi deputati va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan yakka tartibda qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir nechta qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan tayyorlangan qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritish toʻgʻrisidagi qaror har bir qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti tomonidan alohida qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonun loyihasi va unga ilova qilinadigan hujjatlar qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan Qonunchilik palatasiga davlat tilida kiritiladi. Bir vaqtning oʻzida ularning boshqa tillardagi tarjimasi taqdim etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27-modda. Qonunchilik palatasiga kiritilayotgan qonun loyihasiga ilova qilinadigan hujjatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga kiritilayotganda qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) qonun loyihasining konsepsiyasi bayon qilingan tushuntirish xati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi, shuningdek qonun loyihasi kiritilishi bilan bogʻliq qonunlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi qonun loyihasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) oʻzgartirilishi, qoʻshimchalar kiritilishi, oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi yoki qabul qilinishi kerak boʻlgan qonunosti hujjatlarining roʻyxati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) moddiy xarajatlar talab qilinadigan qonunlar loyihalari uchun moliyaviy-iqtisodiy asoslar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) davlat daromadlarini kamaytirish yoki davlat xarajatlarini koʻpaytirishni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti moddalari boʻyicha oʻzgartirishlarni nazarda tutuvchi qonunlarning loyihalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining xulosasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonun loyihasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi tomonidan Qonunchilik palatasiga kiritilayotganda mazkur organlarning qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritish toʻgʻrisidagi tegishli qarori taqdim etilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonun loyihasi matnining hamda ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan materiallarning nusxalari elektron shaklda taqdim etilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28-modda. Qonunchilik palatasiga kiritilgan qonun loyihasi matnini qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti tomonidan oʻzgartirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti Qonunchilik palatasiga oʻzi kiritgan qonun loyihasi matnini qonun loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinguniga qadar oʻzgartirishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29-modda. Qonunchilik palatasiga kiritilgan qonun loyihasini qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti tomonidan chaqirib olish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti Qonunchilik palatasiga oʻzi kiritgan qonun loyihasini mazkur loyiha birinchi oʻqishda qabul qilinguniga qadar chaqirib olishga haqlidir. Agar qonun loyihasi bir nechta qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan kiritilgan va mazkur subyektlarning barchasi loyihani chaqirib olish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan boʻlsa, qonun loyihasi chaqirib olingan deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30-modda. Qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga qayta kiritish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari Qonunchilik palatasining takliflarini hisobga olgan holda maromiga yetkazilgan qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga qayta kiritishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2006-yil 11-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻRQ-60-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 41-son, 406-modda; 2014-y., 20-son, 222-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son, , 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son; 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son; 10.08.2020-y., 03/20/631/1153-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son; 27.10.2022-y., 03/22/796/0966-son; 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son; 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son; 10.04.2025-y., 03/25/1054/0329-son)