09.08.2022 yildagi 2406-IV-son
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2005-yil 28-iyulda 102-I-sonli Qarori bilan qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamentiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2016-yil 29-yanvarda qabul qilingan 368-III-sonli Qarori tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 1, 15-modda; 2017-yil, № 10, 631-modda; 2019-yil, № 1, 18-modda, № 4, 250-modda; 2022-yil, № 6, 619-modda) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti (bundan buyon matnda Reglament deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuniga va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) majlislarini o‘tkazish, siyosiy partiyalarning fraksiyalarini tuzish, Qonunchilik palatasi organlarini shakllantirish va ularning faoliyatini tashkil etish, parlament nazoratini, qonunchilik tartib-taomillarini amalga oshirish tartibini belgilaydi hamda Qonunchilik palatasining faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq ichki tartib-qoidalarga doir boshqa masalalarni tartibga soladi.
16) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va ushbu Reglamentda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasida, shuningdek ushbu Reglament 176-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda “Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish;
Kengash mas’ul qo‘mitaning xulosasi asosida, fraksiyalarning fikrlari va takliflarini hisobga olgan holda qonun loyihasini Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun qabul qilish to‘g‘risida yoki qonun loyihasi ushbu Reglamentning 126-moddasida belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmagan taqdirda, uni qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga qaytarish haqida qaror qabul qiladi. Aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilganidan keyin qonun loyihasi Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun yangitdan kiritilishi mumkin.
ushbu Reglamentning 146-moddasida nazarda tutilgan tartibda moddama-modda ovoz berish o‘tkazgan holda, qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi tomonidan ko‘rib chiqish to‘g‘risida.
Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga yoki konstitutsiyaviy qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun, agar unga deputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchiligi ovoz bergan bo‘lsa, Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan hisoblanadi.
ikkinchi o‘qishda qabul qilingan bir yoki bir nechta qonun loyihasini chiqarib tashlash va ularni ushbu Reglamentning 151-moddasida nazarda tutilgan tartibda mustaqil qonun loyihalari sifatida uchinchi o‘qishda ko‘rib chiqish to‘g‘risida.
“Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan belgilangan tartibda o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
“Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi masala, qoida tariqasida, Qonunchilik palatasining majlisida birinchi navbatda ko‘rib chiqilishi kerak.
“Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar belgilangan tartibda kiritiladi.
Ushbu modda birinchi qismining 1, 4, 5, 6, 7 va 10-bandlarida nazarda tutilgan masalalar oldin Qonunchilik palatasida, keyin Senatda ko‘rib chiqiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bir vaqtning o‘zida Qonunchilik palatasiga va Senatga kiritilgan farmonlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalalar (ushbu modda birinchi qismining 3, 8 va 9-bandlari) mazkur bobda nazarda tutilgan tartibda Qonunchilik palatasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Qonunchilik palatasi tomonidan ushbu masalalar bo‘yicha qabul qilingan qarorlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
Ushbu modda birinchi qismining 2-bandida nazarda tutilgan masalalar, qoida tariqasida, Qonunchilik palatasi va Senatning qo‘shma majlislarida ushbu Reglamentda nazarda tutilgan tartibda ko‘rib chiqiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilini (ombudsman) jinoiy javobgarlikka tortish, ushlab turish, qamoqqa olish yoki sud tartibida beriladigan ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga rozilik berish to‘g‘risidagi masala ushbu Reglamentning 231 — 234-moddalarida nazarda tutilgan muddatlarda va tartibda Qonunchilik palatasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Mazkur masala yuzasidan qabul qilingan qaror darhol Senatga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga ma’lumot uchun yuboriladi.