O‘zbekiston respublikasi prezidentining
Farmoni
Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga davlat ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini taqdim etish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi vakillarining og‘ir hayotiy vaziyatga, shuningdek, kambag‘allikka tushib qolishining oldini olish, ularning farovon hayot kechirishi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish, moliyaviy barqarorligini oshirish va salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan davlat ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini taqdim etishning yangi tizimini joriy etish maqsadida qaror qilaman:
I. Maqsadlar
1. Quyidagilar ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga ijtimoiy xizmat, yordam va imtiyozlarni (keyingi o‘rinlarda — davlat ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari) taqdim etish tizimini takomillashtirishning maqsadlari etib belgilansin:
(a) davlat ta’minotidagi, kambag‘al va og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan oilalarni aniqlash va unifikatsiyalashgan davlat ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini taqdim etish tizimini joriy etish;
(b) davlat ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holatiga mutanosib ravishda taqdim etish tartibini joriy etish;
(v) “Teng imkon — inklyuziv bandlik” dasturini amalga oshirish orqali 40 ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxsning bandligini ta’minlash.
II. Aholini davlat ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari bilan qamrab olish tizimini takomillashtirish
2. Belgilansinki, 2026-yil 1-fevraldan boshlab “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” va Kambag‘al oilalar reyestri negizida yagona Ijtimoiy reyestr yuritiladi. Bunda:
(a) Ijtimoiy reyestr — “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida yuritilib, davlat ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari taqdim etiladigan oilalar (shaxslar)ni aniqlash va ularning ijtimoiy-iqtisodiy holatini baholash vazifalarini bajaradi;
(b) Ijtimoiy reyestrda oilalar ijtimoiy-iqtisodiy holatidan kelib chiqib, “davlat ta’minotidagi oila”, “kambag‘al oila” va “kambag‘allik chegarasidagi oila” toifalariga ajratiladi.
3. Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning toifalarini belgilashning shunday tartibi joriy etilsinki, unga muvofiq:
(a) oila a’zolari mehnatga layoqatsiz yoki mehnat qilish imkoniyati cheklangan va ularning har biriga to‘g‘ri keladigan jami o‘rtacha oylik daromadi minimal iste’mol xarajatlaridan kam bo‘lgan mazkur Farmonga 1-ilovadagi ro‘yxatda belgilangan oilalar “davlat ta’minotidagi oila” toifasiga kiritiladi;
(b) oila a’zolari mehnatga layoqatli yoki mehnat qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan va ularning har biriga to‘g‘ri keladigan jami o‘rtacha oylik daromadi minimal iste’mol xarajatlaridan kam bo‘lgan oilalar “kambag‘al oila” toifasiga kiritiladi;
(v) oila a’zolarining har biriga to‘g‘ri keladigan jami o‘rtacha oylik daromadi minimal iste’mol xarajatlarining bir baravaridan bir yarim baravarigacha bo‘lgan quyidagi oilalar “kambag‘allik chegarasidagi oila” toifasiga kiritiladi:
(i) “davlat ta’minotidagi oila” yoki “kambag‘al oila” toifalaridan chiqarilgan oilalar;
(ii) “mahalla yettiligi”ning tavsiyasi asosida mazkur Farmonga 1-ilovada belgilangan og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan oila deb topilgan oilalar.
III. Ijtimoiy reyestrdagi oilalarni qo‘llab-quvvatlash instrumentlari
4. Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga davlat ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini ularning toifasidan kelib chiqib taqdim etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
5. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lashning quyidagi tartibi joriy etiladi:
(a) “davlat ta’minotidagi oila” toifasidagi oilalarga ijtimoiy xizmat va yordamlar, shu jumladan, bolalar nafaqasi va moddiy yordam ular mazkur toifada bo‘lgan davrida oila a’zolarining bandlik holatidan qat’i nazar va qo‘shimcha murojaat talab etmagan holda ko‘rsatib boriladi. Bunda oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holati oila Ijtimoiy reyestrga kiritilgandan o‘n ikki oydan so‘ng qayta baholanadi, bundan oilaning holati vazirlik va idoralarning axborot tizimlari orqali o‘rganilishi mustasno;
(b) “kambag‘al oila” toifasiga kiritilgan oilalarga:
(i) bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam ular tayinlangan vaqtdan e’tiboran 6 oy davomida oilaning mehnatga layoqatli a’zolarining rasmiy bandligini ta’minlash sharti bilan tayinlanadi, bundan qonunchilikda oilaning mehnatga layoqatli a’zolaridan band bo‘lish talab etilmaydigan holatlar mustasno;
(ii) mehnatga layoqatli oila a’zolarining rasmiy bandligi ta’minlanganda bolalar nafaqasi yoxud moddiy yordam qo‘shimcha murojaat talab qilmagan holda uzluksiz to‘lab boriladi;
(iii) oilaning mehnatga layoqatli a’zolarining rasmiy bandligini ta’minlash sharti bajarilmaganda bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lash to‘xtatiladi. Bunda oila bolalar nafaqasi va moddiy yordam olish uchun qayta murojaat qilganda “kambag‘al oila” toifasiga kiritilgani uchun oilaning mehnatga layoqatli a’zolarining bandligini istisno etuvchi qoida 6 oy davomida qo‘llanmaydi;
(v) “kambag‘allik chegarasidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarga:
(i) bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam oilalar mazkur toifaga kiritilgan vaqtdan e’tiboran 6 oy davomida to‘lanadi;
(ii) oila a’zolarining har biriga to‘g‘ri keladigan jami o‘rtacha oylik daromad minimal iste’mol xarajatlarining 1 baravaridan 1,25 baravarigacha bo‘lganda, ularga to‘lanadigan bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamning miqdori ushbu nafaqa yoki moddiy yordamning 75 foizini, oila a’zolarining har biriga to‘g‘ri keladigan jami o‘rtacha oylik daromad minimal iste’mol xarajatlarining 1,25 baravaridan 1,5 baravarigacha bo‘lganda esa tegishli nafaqa yoki moddiy yordamning 50 foizini tashkil etadi.
6. 2026-yil 1-fevraldan boshlab “Davlat ta’minotidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalar uchun quyidagilarni o‘z ichiga olgan ijtimoiy yordam paketi joriy etilsin:
(a) ushbu oilalar xonadoniga quvvati 7 — 10 kVtlik quyosh panellarini o‘rnatish uchun Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasidan bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratiladi;
(b) ushbu oilalarga Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida tijorat banklari orqali 4 yilgacha muddatga bazaviy hisoblash miqdorining 75 baravarigacha miqdorda quyidagi maqsad va shartlarda kredit ajratiladi:
(i) kredit oilaning mehnatga layoqatli a’zolarining bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini boshlash yoki kengaytirish, shu jumladan, chorva mollari, parranda, quyon, baliq va asalari uyasi, ko‘chma do‘konlar (food truck), motoroller, skuter va boshqa asosiy vositalarni sotib olish yoki issiqxona qurish uchun ajratiladi;
(ii) kredit bir yillik imtiyozli davr bilan “davlat ta’minotidagi oila” toifasidagi oila a’zosining ijtimoiy kartasiga o‘tkaziladi;
(iii) kredit foiz stavkasi Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasidagi foiz stavkasida hisoblanadi va foiz to‘lovlari Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan tijorat banklariga qoplab boriladi.
7. Belgilansinki, oilaning Ijtimoiy reyestrga kiritilganligi ushbu oila a’zolarining “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” va Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalar uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan davlat ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralaridan foydalanishi uchun asos hisoblanadi. Bunda:
(a) oilalar “davlat ta’minotidagi oila” yoki “kambag‘al oila” toifalarining biridan “kambag‘allik chegarasidagi oila” toifasiga o‘tganda ular uchun qonunchilikda nazarda tutilgan davlat ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralaridan foydalanish huquqi keyingi o‘n ikki oy muddatga saqlab qolinadi, bundan mazkur Farmonning 6-bandi mustasno;
(b) og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan oila sifatida “kambag‘allik chegarasidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalar “kambag‘al oila” toifasidagi oilalar uchun qonunchilikda nazarda tutilgan davlat ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralaridan o‘n ikki oy muddat davomida foydalanadi, bundan bolalar nafaqasi va moddiy yordamni olish mustasno.
8. Davlat ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarining manzilliligini oshirish maqsadida “mahalla yettiligi”ga quyidagi huquqlar berilsin:
(a) mazkur Farmonga 1-ilovaga muvofiq og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan oilalarni “kambag‘allik chegarasidagi oila” toifasiga kiritish;
(b) oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini baholashda oilaning bandligi ta’minlanmagan mehnatga layoqatli a’zolarini ishsiz deb topish hamda norasmiy band bo‘lgan mehnatga layoqatli a’zolariga norasmiy band maqomini belgilash. Bunda:
(i) oilalarning ishsiz deb topilgan yoki norasmiy band maqomi belgilangan a’zolari to‘g‘risidagi ma’lumotlar Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Soliq qo‘mitasiga “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali taqdim etib boriladi;
(ii) ishsiz deb topilgan oila a’zolarining bandligini ta’minlash — hokim yordamchisining, norasmiy band maqomi belgilangan oila a’zolarining norasmiy bandligini legallashtirish — “mahalla yettiligi”dagi soliq inspektori faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlaridan biri sifatida belgilanadi.
IV. “Teng imkon — inklyuziv bandlik” dasturi
9. 2026-yilda 40 ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxsning rasmiy bandligini ta’minlash va ularga barqaror daromad manbaini yaratishga qaratilgan “Teng imkon — inklyuziv bandlik” dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur) amaliyotga joriy etilsin.
10. Dastur doirasida nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, Dastur doirasida nogironligi bo‘lgan shaxslarga bandligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan jihozlar, asbob-uskunalar va boshqa mehnat qurollari, xomashyo xarid qilish, internet xizmatlariga ulanish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash yoki kengaytirish maqsadida Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasidan 3 yilgacha muddatga olti oylik imtiyozli davr bilan bazaviy hisoblash miqdorining 75 baravarigacha miqdorda foizsiz ssuda ajratiladi.
V. Farmon ijrosini tashkil etish, ta’minlash va nazorat
11. Oilalarni Ijtimoiy reyestrga kiritish, toifalarini belgilash va undan chiqarishga doir nizolarni tezkorlikda hal etish maqsadida 2026-yil 1-fevraldan boshlab tuman (shahar) hokimliklari huzurida apellyatsiya kengashi tashkil etilsin. Belgilansinki:
(a) apellyatsiya kengashi o‘z faoliyatini davlat organlari, boshqa tashkilotlar va mansabdor shaxslardan mustaqil amalga oshiradi;
(b) apellyatsiya kengashi oilalarni Ijtimoiy reyestrga kiritish bo‘yicha dalolatnoma va xulosalarni qisman yoki to‘liq bekor qilish yoxud ularga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha “mahalla yettiligi”ga majburiyat yuklash haqida qarorlar qabul qiladi.
12. Belgilansinki:
(a) “davlat ta’minotidagi oila” va “kambag‘allik chegarasidagi oila” toifasidagi oilalarni “Ijtimoiy reyestr”ga kiritish va chiqarish, mazkur oilalarga ijtimoiy xizmat va yordamlar ko‘rsatish Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan muvofiqlashtiriladi;
(b) quyidagilar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda tuman (shahar) hokimlari faoliyatini eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida baholashda alohida ko‘rsatkich sifatida belgilanadi:
(i) “kambag‘al oila” toifasiga kiritilgan oilalarni kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan individual rejalarda belgilangan chora-tadbirlar, shu jumladan, belgilangan ijtimoiy xizmat va yordamlarning ijro holati;
(ii) Dastur doirasida nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar ijrosi.
13. Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga davlat ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini taqdim etish tizimini takomillashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
14. Iqtisodiyot va moliya vazirligi mazkur Farmonni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni 2026-yildan boshlab belgilangan tartibda Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin.
15. Ijtimoiy himoya milliy agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 4-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
17. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy himoya bo‘yicha maslahatchisi — Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori M.P. Olloyorov belgilansin.
18. Farmon ijrosini nazorat qilish va ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. Prezident Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 26-dekabr,
PF-258-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-son Farmoniga
1-ILOVA
Ijtimoiy reyestrga kiritishning alohida tartibi qo‘llaniladigan oilalar toifalari
RO‘YXATI
1. I va (yoki) II guruh nogironligi bo‘lgan shaxs yoxud bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxs bor oila.
2. Boquvchisini yo‘qotgan yoki bolasini yolg‘iz tarbiyalayotgan oila.
3. O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz shaxs.
4. Oila a’zosi muddatli harbiy xizmatda yoki jazoni ijro etish muassasasida bo‘lgan oila.
5. Oila a’zosi psixiatriya, narkologiya, sil kasalliklari dispanserida bo‘lgan yoki onkologiya markazlarida ro‘yxatda bo‘lgan yoxud gematologiya, immunologiya, jigar, buyrak yetishmovchiligi kabi og‘ir kasallikka chalingan a’zosi mavjud oila.
6. Yong‘in, baxtsiz hodisa, tabiiy yoki texnogen favqulodda vaziyatlardan jabrlangan oila.
Izoh:
Vazirlar Mahkamasi tomonidan ushbu ro‘yxatga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritilishi mumkin.
Mazkur ro‘yxatning:
(a) 1 — 5-bandlarida belgilangan toifadagi oilalar a’zolarining har biriga to‘g‘ri keladigan jami o‘rtacha oylik daromadi minimal iste’mol xarajatlaridan kam bo‘lganda Ijtimoiy reyestrda “davlat ta’minotidagi oila” toifasiga kiritiladi;
(b) 1 — 6-bandlarida belgilangan toifadagi oilalar “mahalla yettiligi” tavsiyasi asosida Ijtimoiy reyestrning “kambag‘allik chegarasidagi oila” toifasiga kiritiladi. Bunda:
(i) jami o‘rtacha oylik daromad 25 foiz kamaytiruvchi koeffitsiyent qo‘llagan holda hisoblanadi;
(ii) mahalladagi oilalar soni 300 tagacha bo‘lganda — 3 ta, 500 tagacha bo‘lganda — 5 ta, 1 000 tagacha bo‘lganda — 10 ta, 1 500 tagacha bo‘lganda — 15 ta va 1500 tadan ortiq bo‘lganda — 20 tadan oilalar mazkur toifaga kiritilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-son Farmoniga
2-ILOVA
“Teng imkon — inklyuziv bandlik” dasturi doirasida 2026-yilda nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash bo‘yicha
MAQSADLI KO‘RSATKICHLAR

T/r

Hudud nomi

Rasmiy bandligi ta’minlanadigan nogironligi bo‘lgan shaxslar soni

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

2 805

2.

Andijon viloyati

3 337

3.

Buxoro viloyati

2 493

4.

Jizzax viloyati

1 529

5.

Qashqadaryo viloyati

4 325

6.

Navoiy viloyati

1 705

7.

Namangan viloyati

3 480

8.

Samarqand viloyati

4 275

9.

Surxondaryo viloyati

3 583

10.

Sirdaryo viloyati

1 387

11.

Toshkent viloyati

2 834

12.

Farg‘ona viloyati

3 883

13.

Xorazm viloyati

2 429

14.

Toshkent shahri

1 938

Jami

40 000

Izoh: Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan rasmiy band qilinadigan nogironligi bo‘lgan shaxslar jami soni doirasida hududlar kesimidagi taqsimotga o‘zgartirish kiritilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-son Farmoniga
3-ILOVA
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga davlat ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini taqdim etish tizimini takomillashtirish bo‘yicha
“YO‘L XARITASI”

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

1.

Ijtimoiy reyestrni yuritish va oilalarni toifalarga ajratish tartibini belgilash.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

(a) Ijtimoiy reyestrni yuritish, unga oilalarni kiritish, toifalarga ajratish, har bir oila bo‘yicha individual rejalarni ishlab chiqish va tasdiqlash;

(b) “mahalla yettiligi”ning oilalarni Ijtimoiy reyestrga kiritishdagi vazifalari;

(v) Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash va to‘lash;

(g) oilalarni Ijtimoiy reyestrga kiritish, toifalarga ajratish va undan chiqarishga doir masalalar yuzasidan nizolarni sudgacha hal qilish.

2026-yil fevral

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi,

Adliya vazirligi

2.

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga taqdim etiladigan davlat ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘lamini kengaytirish.

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga quyidagi yangi moliyaviy instrumentlarni taqdim etish tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

(a) har yili mehnat qilish imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan oila a’zosi bor 1000 tagacha “davlat ta’minotidagi oila” toifasidagi oilalar xonadoniga quvvati 7 10 kVtgacha bo‘lgan quyosh panellarini o‘rnatish uchun Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasidan bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha subsidiya ajratish;

(b) “davlat ta’minotidagi oila” toifasidagi oilalarga Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida 4 yilgacha muddatga bazaviy hisoblash miqdorining 75 baravarigacha miqdorda bir yillik imtiyozli davr bilan kredit ajratish;

(v) mazkur bandning “a” va “b” kichik bandlarida nazarda tutilgan moliyaviy instrumentlarning hududlar kesimidagi taqsimotini Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlash;

(g) nogironligi bo‘lgan shaxslarga ularning bandligini ta’minlash uchun Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasidan 3 yilgacha bo‘lgan muddatga olti oylik imtiyozli davr bilan bazaviy hisoblash miqdorining 75 baravarigacha miqdorda ssuda ajratish.

2026-yil mart

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Markaziy bank,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

3.

Oilalarni Ijtimoiy reyestrdan chiqarishda davlat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining mas’uliyatini oshirish.

Qonunchilik hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

(a) oilalarni Ijtimoiy reyestrdan chiqarish bo‘yicha individual rejalarning bajarilishi holati — tuman (shahar) hokimining birinchi o‘rinbosari hamda hokim yordamchilarining;

(b) oilalarning ishsiz deb e’tirof etilgan a’zolarining bandligini ta’minlash — hokim yordamchisining;

(v) oilalar a’zolarining norasmiy bandligini legallashtirish — “mahalla yettiligi”dagi soliq inspektori faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlaridan biri sifatida belgilash.

2026-yil mart

Boshqaruv samaradorligi agentligi,

Adliya vazirligi,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Soliq qo‘mitasi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

4.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) tashkilotlarining rahbarlari va ularning o‘rinbosarlarini Ijtimoiy reyestrning “davlat ta’minotidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarga biriktirish.

1. Tuman (shahar), mahalla kesimida rahbarlar va ularning o‘rinbosarlari biriktiriladigan “davlat ta’minotidagi oila” toifasidagi oilalar ro‘yxatini shakllantirish.

2026-yil mart

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. Rahbarlar va ularning o‘rinbosarlarini 5 tadan “davlat ta’minotidagi oila” toifasidagi oilalarga biriktirish.

2026-yil aprel

3. 6 oydan so‘ng ushbu rahbarlarga yana 5 tadan “davlat ta’minotidagi oila” toifasidagi oilalarga biriktirish.

Har 6 oyda

5.

Oilalarni Ijtimoiy reyestrga kiritishda oilaning band bo‘lmagan yoki norasmiy band bo‘lgan mehnatga layoqatli a’zolarini ishsiz deb e’tirof etish tartibini joriy etish.

“Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga Ijtimoiy reyestrda bandligi ta’minlanmagan mehnatga layoqatli a’zolarini ishsiz deb topish hamda norasmiy band bo‘lgan mehnatga layoqatli a’zolariga norasmiy band maqomini belgilashni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil aprel

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Soliq qo‘mitasi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

6.

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga davlat ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini taqdim etish maqsadida vazirlik va idoralarning axborot tizimlarini integratsiya qilish.

1. “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimining (keyingi o‘rinlarda — “YAMIH” AT) tegishli axborot modulida oilalarning norasmiy band sifatida ko‘rsatilgan a’zolari to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Soliq qo‘mitasining tegishli axborot tizimlariga taqdim etilishini yo‘lga qo‘yish.

2026-yil fevral

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Soliq qo‘mitasi

2. “YAMIH” ATni uning tegishli axborot modulida oilalarga tomorqa yer va (yoki) dehqon xo‘jaligini yuritishdan olinadigan bir oylik normativ daromadni hisoblash uchun har bir mahalla uchun xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlari tomonidan tasdiqlangan yer solig‘i koeffitsiyentlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish maqsadida Soliq qo‘mitasining tegishli axborot tizimlari bilan integratsiya qilish.

Soliq qo‘mitasi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

3. Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning daromadlarini aniqlash maqsadida zarur bo‘lgan quyidagi ma’lumotlarni olish uchun “YAMIH” ATni Soliq qo‘mitasining “Yagona elektron shartnomalar” axborot portali bilan integratsiya qilish:

(a) oilaning xonadonida o‘rnatilgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari ishlab chiqargan elektr energiyasi uchun har oyda to‘langan subsidiya miqdori;

(b) oilaning ko‘chmas mulki (uning bir qismi) ijarasidan olinayotgan daromad miqdori.

Soliq qo‘mitasi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

4. Ijtimoiy reyestrga kirish istagida bo‘lgan oilaning ijtimoiy holatini belgilash uchun zarur bo‘lgan quyidagi ma’lumotlarni olish maqsadida “YAMIH” ATni Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli axborot tizimlari bilan integratsiya qilish:

(a) ruhiy kasalliklar, narkologiya va sil kasalliklari dispanserlarida ro‘yxatda turuvchi fuqarolar to‘g‘risida;

(b) onkologik kasallikka chalingan fuqarolar to‘g‘risida;

(v) gematologiya, immunologiya, jigar, buyrak yetishmovchiligi va boshqa og‘ir kasallikka chalingan fuqarolar to‘g‘risida.

2026-yil mart

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

5. Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun zaxiralangan bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi ma’lumotlarni shakllantirib borish maqsadida “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy apparat kompleksini “YAMIH” AT bilan integratsiya qilish.

2026-yil mart

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

7.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash bo‘yicha samaradorlikni oshirish.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlashga ko‘maklashish, ularga soliq sohasida ko‘rsatilgan qo‘llab-quvvatlash choralari samaradorligi va natijadorligini tahlil qilib borish maqsadida:

Soliq qo‘mitasi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

(a) Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri integratsiya orqali ishlash istagida bo‘lgan nogironligi bo‘lgan shaxslarga oid ma’lumotlarni “my3.soliq.uz” elektron soliq xizmatlari portalidagi tadbirkorlik subyektlari uchun mo‘ljallangan sahifada e’lon qilib borishni ta’minlash;

2026-yil may

(b) nogironligi bo‘lgan shaxslar va ularni ish bilan ta’minlagan tadbirkorlik subyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Soliq qo‘mitasi tomonidan Ijtimoiy himoya milliy agentligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri integratsiya orqali taqdim etib borish.

2026-yil iyul

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-son Farmoniga
4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 26-fevraldagi “Sog‘liqni saqlash tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-3214-son Farmoniga 2-ilovada:
(a) 9-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
(b) 91-banddagi “Kambag‘al oilalar reyestriga” so‘zlari “Ijtimoiy reyestrga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
(v) izoh qismining yettinchi xatboshisidagi “Kambag‘al oilalar reyestriga” so‘zlari “Ijtimoiy reyestrga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5052-son Farmonida:
(a) 2-bandning o‘n birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga nafaqalar va moddiy yordam to‘lanishi bo‘yicha monitoringni amalga oshirish, mehnatga layoqatli oila a’zolarining bandligini ta’minlash va tadbirkorlik faolligini oshirish orqali oilani ushbu reyestrdan chiqarish yuzasidan individual dasturlarni ishlab chiqish”;
(b) 3-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarni fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan birgalikda oilaviy tadbirkorlikka va hunarmandchilikka jalb etish choralarini ko‘rish, shuningdek, aholini o‘zini o‘zi band qilishning turli shakllarini rivojlantirishni rag‘batlantirish”.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6186-son Farmoni 7-bandining to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“subsidiya olish uchun murojaat qilgan ariza beruvchidan “Ijtimoiy reyestr” axborot moduli orqali olish mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni talab qilish man etiladi”.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi “Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6269-son Farmonida:
(a) 1-bandning “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) Ijtimoiy reyestrning “kambag‘al oila” toifasiga kiritilgan oilalarning a’zolariga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlari markazlari va (yoki) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatishda qonunchilik hujjatlarida belgilangan davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa har qanday to‘lovlar bo‘yicha 50 foiz miqdorida, Ijtimoiy reyestrning “davlat ta’minotidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarning a’zolariga 75 foiz miqdorida chegirma qo‘llaniladi (tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxslar vakili sifatida murojaat qilingan holatlar bundan mustasno). Bunda chegirma:
Ijtimoiy reyestrning “kambag‘allik chegarasidagi oila” toifasiga “davlat ta’minotidagi oila” yoki “kambag‘al oila” toifasidan chiqarilganligi munosabati bilan kiritilgan oilalarga ularning ilgari belgilangan toifasiga muvofiq;
og‘ir hayotiy vaziyatga tushgan oila sifatida “kambag‘allik chegarasidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarga “kambag‘al oila” toifasidagi oila uchun belgilangan miqdorda, ular Ijtimoiy reyestrda turgan davrda, biroq ushbu reyestrga kiritilgan sanadan boshlab 12 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda qo‘llaniladi”;
(i) 17-pozitsiya chiqarib tashlansin;
(ii) 18-pozitsiyaning “Ma’lumot va hujjatlar nomi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oilaning Ijtimoiy reyestrga kiritilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar”.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-avgustdagi “Kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish hamda kambag‘allik bilan kurashish ko‘lamini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6277-son Farmonida:
birinchi xatboshidagi “kam ta’minlangan” so‘zlari “Ijtimoiy reyestrga kiritilgan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
(ii) “b” kichik banddagi “kam ta’minlangan” so‘zlari “Ijtimoiy reyestrga kiritilgan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
(b) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lovlarining miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga to‘lanadigan bolalar nafaqasi va moddiy yordamning miqdorlariga o‘zgartirish kiritilishi mumkin”.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi “Davlat xizmatlari ko‘rsatishni soddalashtirish, byurokratik to‘siqlarni qisqartirish hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-113-son Farmoni 9-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar a’zolari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda o‘tkaziladigan kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun undiriladigan to‘lovlardan ozod etiladi”.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-apreldagi “Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-128-son Farmoni 4-bandidagi “2022-yil 1-aprelga” so‘zlari “2025-yil 1-dekabrga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-175-son Farmoniga 1-ilovada:
(a) 1-bobning 4-bandi 1-kichik bandining ikkinchi, uchinchi va yigirmanchi — yigirma uchinchi xatboshilaridagi “kam ta’minlangan” so‘zlari “Ijtimoiy reyestrga kiritilgan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
(b) 2-bobda:
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilardagi “kam ta’minlangan” so‘zlari “Ijtimoiy reyestrga kiritilgan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“a” kichik banddagi “oilaning kam ta’minlanganligini aniqlash” so‘zlari “oilani Ijtimoiy reyestrning “davlat ta’minotidagi oila” yoki “kambag‘al oila” toifasiga kiritish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“v” kichik banddagi “kam ta’minlangan” so‘zlari “Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“g” kichik banddagi “kam ta’minlangan” so‘zlari “Ijtimoiy reyestrga kiritilgan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
(v) 3-bobning 3.1-bandida:
(i) beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunda “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi aholining barcha ijtimoiy jihatdan zaif qatlamlari bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasiga aylantiriladi”;
(ii) “b” kichik banddagi “ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan” so‘zlari “Ijtimoiy reyestrga kiritilgan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-27-son Farmoniga ilovaning 205-pozitsiyasi “Muddati” ustunidagi “2025-yil” so‘zlari “2026-yil” so‘zlari bilan almashtirilsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-82-son Farmonida:
(a) 5-bandning beshinchi xatboshisidagi “kambag‘al” so‘zi “Ijtimoiy reyestrga kiritilgan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
(b) 12-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisidagi “kam ta’minlangan” so‘zlari “Ijtimoiy reyestrga kiritilgan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
(v) 1-ilovaning IX bo‘limi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“IX. Ijtimoiy reyestrga kiritiladigan oilalarni aniqlash, ularni ushbu reyestrga kiritish va undan chiqarish tizimini muvofiqlashtirish va takomillashtirish yo‘nalishida:
oilalarni Ijtimoiy reyestrga kiritish jarayonlarini muvofiqlashtirish hamda ushbu oilalarning hisobi va hisoboti yuritilishini ta’minlash;
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar bilan individual tarzda ishlash tizimini takomillashtirish hamda ularga ijtimoiy xizmat va yordamlar ko‘rsatilishini tashkil etish hamda muvofiqlashtirish;
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar uchun belgilangan ijtimoiy xizmatlar, yordamlar va imtiyozlarning yagona ro‘yxatini shakllantirish va yuritish;
davlat tomonidan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga taqdim etilayotgan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari samaradorligi, natijadorligi va manzilliligini muvofiqlashtirgan holda tahlil qilib borish”.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-209-son Farmonida:
(a) 5-bandning uchinchi xatboshisidagi “Kambag‘al oilalar reyestriga” so‘zlari “Ijtimoiy reyestrga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
(i) “I. Hokim yordamchisi tomonidan shakllantiriladigan hujjatlar” bo‘limi 4-pozitsiyasining “Ijtimoiy yordam va subsidiyalar turi**” ustunidagi “kam ta’minlangan” so‘zlari “Ijtimoiy reyestrga kiritilgan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
(ii) “II. Xotin-qizlar faoli tomonidan shakllantiriladigan hujjatlar” bo‘limi “Ijtimoiy yordam va subsidiyalar turi**” ustunida:
16-pozitsiyadagi “Kambag‘al oilalar reyestriga” so‘zlari “Ijtimoiy reyestrga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
18-pozitsiyadagi “kam ta’minlangan” so‘zlari “Ijtimoiy reyestrga kiritilgan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
22-pozitsiyaning “Kambag‘al oilalar reyestriga” so‘zlari “Ijtimoiy reyestrga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
(iii) “III. Yoshlar yetakchisi tomonidan shakllantiriladigan hujjatlar” bo‘limi 12-pozitsiyasining “Ijtimoiy yordam va subsidiyalar turi**” ustunidagi “Kambag‘al oilalar reyestriga” so‘zlari “Ijtimoiy reyestrga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-apreldagi “Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-59-son Farmoni 3-bandining “v” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) sug‘urta tashkilotlariga — Ijtimoiy reyestr, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”dan biriga kiritilgan va tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘i, shuningdek, boshqa tavakkalchiliklarini sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta mukofotini qoplash maqsadida har bir sug‘urtalangan fuqaro uchun yiliga bir marta uch yuz ming so‘mgacha miqdorda subsidiya to‘lanadi”.
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-son Farmoni 2-bandining beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“aholiga, avvalambor “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” hamda Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatilishini ta’minlash”.
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-avgustdagi “Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-124-son Farmoni 6-bandining ikkinchi xatboshisidagi “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi yoki “Kambag‘al oilalar reyestri” axborot moduliga” so‘zlari “Ijtimoiy reyestrga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi “Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida”gi PF-143-son Farmonida:
(a) 5-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
(i) “a” kichik band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
(ii) “b” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,5 baravaridan kam bo‘lmagan oylik ish haqi to‘langan holda ishga joylashgan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila a’zosi uchun ijtimoiy soliq uch yil davomida 1 foiz stavkada to‘lanadi. Bunda xodim mazkur reyestrdan belgilangan tartibda chiqarilgandan keyin imtiyozning qo‘llanishi 6 oy davomida amal qiladi”.
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi “Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-185-son Farmoni 3-bandi “v” kichik bandidagi “Kambag‘al oilalar reyestriga” so‘zlari “Ijtimoiy reyestrga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-17-son Farmonida:
(i) birinchi xatboshidagi “, 2025-yil 1-apreldan boshlab” so‘zlari chiqarib tashlansin;
(ii) “a” kichik bandning birinchi xatboshisidagi “Kambag‘al oilalar reyestriga” so‘zlari “Ijtimoiy reyestrga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
(b) 2-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar uchun “Ijtimoiy daftarlar” jamg‘armalari orqali qo‘llab-quvvatlashning quyidagi yangi instrumentlari joriy etilsin”;
(v) 3-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” jamg‘armalari orqali to‘lanadigan bir martalik moddiy yordamlar o‘rniga Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar uchun nazarda tutilgan nafaqalar to‘lanadi”;
(g) 4-bandning to‘rtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
(d) 6-bandning “a” kichik bandi birinchi xatboshisidagi “Kambag‘al oilalar reyestriga” so‘zlari “Ijtimoiy reyestrga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
(j) 7-bandning “b” kichik bandining birinchi xatboshisidagi “2025-yil 1-dekabrga” so‘zlari “2026-yil 1-aprelga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
(i) birinchi xatboshidagi “2025-yil 1-martdan boshlab” so‘zlari chiqarib tashlansin;
(ii) ikkinchi va uchinchi xatboshilardagi “Kambag‘al oilalar reyestriga” so‘zlari “Ijtimoiy reyestrga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
(i) “I. “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordamlar” bo‘limining 2 — 12-pozitsiyalaridagi tegishli kelishikdagi “Kambag‘al oilalar reyestri” so‘zlari tegishli kelishikdagi “Ijtimoiy reyestr” so‘zlari bilan almashtirilsin;
(ii) “II. “Ayollar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordamlar” bo‘limida:
2 — 5-pozitsiyalardagi tegishli kelishikdagi “Kambag‘al oilalar reyestri” so‘zlari tegishli kelishikdagi “Ijtimoiy reyestr” so‘zlari bilan almashtirilsin;
7-pozitsiya chiqarib tashlansin;
(iii) “III. “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordamlar” bo‘limining 2 — 10-pozitsiyalaridagi tegishli kelishikdagi “Kambag‘al oilalar reyestri” so‘zlari tegishli kelishikdagi “Ijtimoiy reyestr” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kam ta’minlangan oila sifatida” so‘zlari “oilalarni Ijtimoiy reyestrga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
18. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi “Kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-50-son Farmoni 4-bandi “v” kichik bandidagi “Kambag‘al oilalar reyestrida” so‘zlari “Ijtimoiy reyestrda” so‘zlari bilan almashtirilsin.
19. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi “Kambag‘al oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-84-son Farmonida:
(a) 2-band, 3-bandning “g” va “d” kichik bandlari hamda 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
(b) 5-bandning “a” kichik bandidagi “Kambag‘al oilalar reyestri va Ijtimoiy himoya yagona reyestriga” so‘zlari “Ijtimoiy reyestrga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
20. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-85-son Farmoniga 1-ilovada:
(a) 6-pozitsiyaning “Chora-tadbirlar nomlanishi” ustunining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2026-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvarga qadar hisobot yili yakuniga ko‘ra o‘rtacha xodimlari umumiy sonining kamida 25 foizi, biroq kamida 4 nafarini nogironligi bo‘lgan shaxslar tashkil etgan hamda ularga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorda oylik ish haqi to‘laydigan yuridik shaxslarga (bundan yirik soliq to‘lovchilar, doimiy muassasalar, budjet tashkilotlari va davlat korxonalari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz miqdorida va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar, ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizi va undan ortig‘i ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz miqdorida va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxsga tegishli yuridik shaxslar mustasno) hisoblangan mol-mulk solig‘i summasini to‘liq hamda yer solig‘i summasining 90 foiz qismini nogironligi bo‘lgan xodimlariga hisoblangan ish haqiga teng miqdorda kamaytirilgan holda to‘lash huquqini berish. Bunda ushbu soliq imtiyozlari bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar, shuningdek I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarni asosiy ish joyi sifatida ishga qabul qilganda hamda mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha hisoblangan umumiy soliq summasidan oshmagan miqdorda qo‘llanadi”;
(b) 27-pozitsiyaning “Ijro muddati” ustunidagi “2025-yil dekabr” so‘zlari “2026-yil iyun” so‘zlari bilan almashtirilsin.
21. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-86-son Farmonida:
(a) 8-bandi “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisidaagi “Ijtimoiy himoya yagona reyestri yoki Kambag‘al oilalar reyestriga” so‘zlari “Ijtimoiy reyestrga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
(b) 3-ilovaning 2-bandi “v” kichik bandidagi “kambag‘al” so‘zi “Ijtimoiy reyestrga kiritilgan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
22. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 2-iyundagi “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi PF-91-son Farmonining 1-bandi birinchi xatboshisi, “v” va “g” kichik bandlaridagi “kam ta’minlangan” so‘zlari “Ijtimoiy reyestrga kiritilgan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
23. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-avgustdagi “Mehnat munosabatlari va kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda ish beruvchilarni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-126-son Farmonida:
(a) 3-bandning “a” va “b” kichik bandlaridagi hamda 8-bandning “b” va “v” kichik bandlaridagi “Kambag‘al oilalar reyestridagi” so‘zlari “Ijtimoiy reyestrdagi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
(i) 2-pozitsiya “Amalga oshirish mexanizmi” ustunining 2-bandi birinchi xatboshisidagi “kambag‘al oilalar reyestridagi” so‘zlari “Ijtimoiy reyestrdagi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
(ii) 3-pozitsiya 1-bandining “Ijro muddati” ustunidagi “2025-yil” so‘zlari “2026-yil” so‘zlari bilan almashtirilsin;
(iii) 7-pozitsiya “Amalga oshirish mexanizmi” ustunining 1-bandi birinchi xatboshisidagi “kambag‘al oilalar reyestrida ro‘yxatdan o‘tgan” so‘zlari “Ijtimoiy reyestrga kiritilgan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
(iv) 9-pozitsiya 7-bandining “Ijro muddati” ustunidagi “2025-yil yakuniga qadar” so‘zlari “2026-yil may oyiga qadar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
24. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan V ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-138-son Farmoniga 1-ilovaning 24-pozitsiyasi “Qonunchilik hujjati loyihasida nazarda tutilgan tadbirlar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Loyihada 2026-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvarga qadar hisobot yili yakuniga ko‘ra o‘rtacha xodimlari umumiy sonining kamida 25 foizi, biroq kamida 4 nafarini nogironligi bo‘lgan shaxslar tashkil etgan hamda ularga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorda oylik ish haqi to‘laydigan yuridik shaxslarga (bundan yirik soliq to‘lovchilar, doimiy muassasalar, budjet tashkilotlari va davlat korxonalari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz miqdorida va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar, ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizi va undan ortig‘i ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz miqdorida va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxsga tegishli yuridik shaxslar mustasno) hisoblangan mol-mulk solig‘i summasini to‘liq hamda yer solig‘i summasining 90 foiz qismini nogironligi bo‘lgan xodimlariga hisoblangan ish haqiga teng miqdorda kamaytirilgan holda to‘lash huquqini berish nazarda tutiladi. Bunda ushbu soliq imtiyozlari bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar, shuningdek I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarni asosiy ish joyi sifatida ishga qabul qilganda hamda mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha hisoblangan umumiy soliq summasidan oshmagan miqdorda qo‘llanadi”.
25. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi “Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini takomillashtirish hamda sohada byurokratik tartibotlarni tubdan qisqartirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-157-son Farmoniga 2-ilovaning 20-pozitsiyasi “Shaxsga doir ma’lumot” ustunidagi “Kam ta’minlangan deb e’tirof etilganligi” so‘zlari “Ijtimoiy reyestrga kiritilganligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
26. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PF-161-son Farmoni bilan tasdiqlangan Ayrim qonunchilik hujjatlarini amalga oshirish mexanizmlari bilan ta’minlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishning 2025-2026-yillarga mo‘ljallangan dasturida:
(a) 32-pozitsiya chiqarib tashlansin;
(b) 33-pozitsiyaning “Ijro muddati” ustunidagi “2026-yil yanvar” so‘zlari “2027-yil yanvar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
27. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-sentabrdagi “Tadbirkorlik subyektlarini yangicha yondashuvlar asosida qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-176-son Farmonida:
(a) 5-bandning “a” kichik bandi birinchi xatboshisi va “v” kichik bandidagi tegishli kelishikdagi “Kambag‘al oilalar reyestri” so‘zlari tegishli kelishikdagi “Ijtimoiy reyestr” so‘zlari bilan almashtirilsin;
(b) 1-ilovaning 3-pozitsiyasi “Ma’lumot turi” ustunidagi “Kambag‘al oilalar reyestriga” so‘zlari “Ijtimoiy reyestrga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
28. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi PF-185-son Farmoni bilan tasdiqlangan Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tizimini rivojlantirish konsepsiyasi 8-bandining beshinchi xatboshisidagi “kam ta’minlangan” so‘zlari “Ijtimoiy reyestrga kiritilgan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
29. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-noyabrdagi “Yoshlar daftari” jamg‘armalari orqali ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-222-son Farmonida:
(a) 2-bandning birinchi xatboshisidagi “Kambag‘al oilalar reyestriga” so‘zlari “Ijtimoiy reyestrga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
(b) 6-bandning birinchi xatboshisidagi “Kambag‘al oilalar reyestriga” so‘zlari “Ijtimoiy reyestrga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
30. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PQ-3651-son qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida nizomning 2-bandi o‘n birinchi xatboshisidagi “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan” so‘zlari “Ijtimoiy reyestrga kiritilgan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
31. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4079-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
(i) uchinchi xatboshi quyidagi mazmundagi uchinchi — beshinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“Davlat xizmati Ijtimoiy reyestrning “kambag‘al oila” toifasiga kiritilgan oilalarning a’zolariga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatilganda, davlat boji summasining 50 foizi miqdorida, Ijtimoiy reyestrning “davlat ta’minotidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarning a’zolariga ko‘rsatilganda — 75 foiz miqdorida chegirma qo‘llaniladi. Bunda mazkur chegirma:
“Ijtimoiy reyestrning “kambag‘allik chegarasidagi oila” toifasiga “davlat ta’minotidagi oila” yoki “kambag‘al oila” toifasidan chiqarilganligi munosabati bilan kiritilgan oilalarga ularning ilgari belgilangan toifasiga muvofiq;
og‘ir hayotiy vaziyatga tushgan oila sifatida “kambag‘allik chegarasidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarga “kambag‘al oila” toifasidagi oila uchun belgilangan miqdorda, ular Ijtimoiy reyestrda turgan davrda, biroq ushbu reyestrga kiritilgan sanadan boshlab 12 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda qo‘llaniladi”;
(ii) to‘rtinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin;
(b) 28-bandning oltinchi xatboshisidagi “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan yoki “Kambag‘al oilalar reyestri” axborot moduliga” so‘zlari “Ijtimoiy reyestrga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
32. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-avgustdagi “Aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etish tartib-taomillarini avtomatlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4797-son qarorida:
(a) 4-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“belgilangan tartibda Ijtimoiy reyestrga kiritilgan shaxslar yoki oilalar qo‘shimcha hujjatlar va ma’lumotnomalarni taqdim etmasdan 3-ilovaga muvofiq xizmatlar va imtiyozlardan ham foydalanishga haqlidir;
Ijtimoiy reyestrga kiritilganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali taqdim etiladi va o‘n ikki oy davomida amal qiladi”;
(i) nomlanishidagi “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida kam ta’minlangan oila yoki “Kambag‘al oilalar reyestri” axborot modulida kambag‘al oila sifatida ro‘yxatga olingan” so‘zlari “Ijtimoiy reyestrga kiritilgan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
(ii) 7-banddagi “Kam ta’minlangan” so‘zlari “Ijtimoiy reyestrga kiritilgan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
(iii) izoh qismidagi “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi yoki “Kambag‘al oilalar reyestri” axborot moduli” so‘zlari “Ijtimoiy reyestr” so‘zlari bilan almashtirilsin.
33. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-sentabrdagi “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4829-son qarorining 11-bandida:
(a) birinchi xatboshidagi “, 2021-yil 1-yanvardan boshlab” so‘zlari chiqarib tashlansin;
(b) ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ijtimoiy reyestrga yoxud “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”dan biriga kiritilgan va tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi yo‘li bilan vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga chiqib ketayotgan shaxslarga mikroqarzlar berish tartibi joriy qilinadi”.
34. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-iyundagi “Yangi O‘zbekiston” universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-5158-son qarori 4-bandining oltinchi xatboshisidagi “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga yoki “Kambag‘al oilalar reyestri” axborot moduliga” so‘zlari “Ijtimoiy reyestrga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
35. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi “Sog‘liqni saqlash sohasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5199-son qarorida:
(a) 1-band “a” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolar “Ijtimoiy reyestr” axborot moduliga muvofiq aniqlanadi”;
(b) 3-ilova 4-pozitsiyasining “Talab etiladigan ma’lumotlar” ustuni 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga mansub shaxslar to‘g‘risida ma’lumot”.
36. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-iyuldagi “Oliy va professional ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5203-son qarorida:
(a) 1-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlaridan ta’lim krediti uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi”;
(b) 11-bandning “b” kichik bandi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3” va undan yuqori bo‘lgan taqdirda va (yoki) Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning ta’lim olayotgan a’zolari uchun ta’lim krediti to‘lov-kontrakt summasi miqdorida ajratiladi”.
37. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-avgustdagi “Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-5227-son qarori 7-bandi beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“har yili 20 nafardan kam bo‘lmagan, Akademiyaga kirish imtihonlarida yuqori ball to‘plagan, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning farzandlarini bepul (Muassis granti asosida) o‘qishga qabul qilish”.
38. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-oktabrdagi “Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5255-son qarori 2-bandi yettinchi xatboshisidagi “kam ta’minlangan” so‘zlari “Ijtimoiy reyestrga kiritilgan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
39. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-31-son qaroriga 3-ilovaning 13-pozitsiyasi “Kredit, subsidiya, grant yoki moddiy yordam turi” ustunidagi “kam ta’minlangan” so‘zlari “Ijtimoiy reyestrga kiritilgan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
40. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-yanvardagi “Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-102-son qarori 5-bandi “a” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qandli diabetning ikkinchi turi bilan kasallangan hamda ehtiyojmand sifatida Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning bemor a’zolari metformin dori vositasi bilan bepul ta’minlanadi”.
41. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi “Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini va ularning oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-149-son qarorida:
(a) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining Federatsiya mablag‘lari hisobidan har yili:
a) mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimlari yordamchilarining (keyingi o‘rinlarda — hokim yordamchilari) yozma tavsiyanomasiga asosan:
boquvchisi xorijga mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan va Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida bir martalik moddiy yordam ko‘rsatish;
mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning Ijtimoiy reyestrga kiritilgan yoxud “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dan biriga kiritilgan, nogironligi bo‘lgan oila a’zolariga dori-darmon, nogironlik aravachalari, eshitish apparatlari va ortopedik mahsulotlar xarid qilish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida bir martalik moddiy yordam ko‘rsatish;
mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasida ular bilan birga istiqomat qiluvchi pensiya yoshiga yetgan yoki I va II guruh nogironligi bo‘lgan oila a’zolariga kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriy va profilaktik davolanish muassasalariga bir martalik bepul yo‘llanma berish;
b) mahallalardagi yoshlar yetakchilarining yozma tavsiyanomasiga asosan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan yoxud “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dan biriga kiritilgan hamda mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning bolalariga mavsumiy faoliyat yuritadigan oromgohlarga bepul yo‘llanmalar berish to‘g‘risidagi tashabbusi qo‘llab-quvvatlansin”;
(b) 2-ilovaning 13, 14 va 16-pozitsiyalari “Chora-tadbirlar nomi” va “Amalga oshirish mexanizmi” ustunlaridagi “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatda bo‘lgan yoki “Kambag‘al oilalar reyestri” axborot moduliga” so‘zlari “Ijtimoiy reyestrga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
42. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-apreldagi “Davlat pensiyalari, nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa ijtimoiy to‘lovlarni to‘lash tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-198-son qarori 2-bandi “a” kichik bandi to‘rtinchi xatboshisidagi “kam ta’minlangan” so‘zlari “Ijtimoiy reyestrga kiritilgan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
43. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyundagi “Davlat sport-ta’lim muassasalari faoliyatini mutlaqo yangi tizim asosida tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-268-son qarori 3-bandi “e” kichik bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning farzandlariga sport maktablarida mashg‘ulotlar bepul o‘tkaziladi”.
44. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyundagi “Paralimpiyachilarning matonat maktabi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-270-son qarorida:
(a) nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Matonat maktabi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”;
(b) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Matonat maktabi tashkil etilsin”;
(v) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Quyidagilar Matonat maktabining asosiy vazifalari etib belgilansin:
a) aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari qo‘lga kiritgan yutuqlari, ularning ibratli hayot tarzini targ‘ib qilish sohasida:
ta’lim muassasalari, mehnat jamoalari hamda mahallalarda uchrashuvlar tashkil etib, sport sohasida muvaffaqiyatga erishgan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarining o‘z hayot yo‘llarida qiyinchiliklarni qanday yengib o‘tganliklari haqida suhbatlar o‘tkazish;
aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarida halollik, vijdoniylik, vatanparvarlik, sadoqat, fidokorlik singari shaxs sifatlarini, shuningdek, milliy g‘urur tuyg‘ularini shakllantirishga ko‘maklashish;
aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari ijtimoiy hayotining turli masalalariga doir tashabbuslar bilan chiqish, davlat organlari va tashkilotlariga taklif va tavsiyalar kiritish;
ona Vatanimiz shuhratini dunyoga tarannum etish bilan bog‘liq eng muhim tushunchalar, hayotiy va professional ko‘nikmalarni ilm-ma’rifat asosida aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarining qalbi va ongiga singdirib borish;
aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga yuqori natijalarga erishgan shaxslarni o‘rnak qilib ko‘rsatish orqali ularni matonatli etib tarbiyalash, shu maqsadda ilmiy-amaliy anjumanlar, savol-javob, kitobxonlik kechalari, mashhur kishilar bilan uchrashuvlar tashkil etish;
aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarida qadimiy tariximiz va madaniyatimiz bilan, jonajon Vatanimizning mustaqilligi va ravnaqi yo‘lida fidokorona kurashgan milliy qahramonlarimiz bilan faxrlanish, ularga munosib bo‘lish tuyg‘usini shakllantirishga ko‘maklashish;
b) aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini qo‘llab-quvvatlash sohasida:
o‘sib kelayotgan yosh avlodni adaptiv sport turlariga jalb etish, ularni “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” g‘oyasi atrofida birlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari o‘rtasida maxsus ta’lim muassasalarida hamda mahallalarda jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini o‘tkazishda qatnashish;
fan, ta’lim, san’at va madaniyat hamda sport sohalarida iqtidorli yoshlarni tanlab olish, ularni qiziqishidan kelib chiqib sohalarga yo‘naltirish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda munosib o‘rin egallashlarini rag‘batlantirish;
muvaffaqiyatga erishgan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini taqdirlash maqsadida qimmatbaho sovg‘alar xarid qilish va topshirish hamda boshqa shakllarda rag‘batlantirish;
aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarining hayoti, ularning orzu-intilishlarini ifodalovchi filmlar, videoroliklar va boshqa materiallarni tayyorlash va ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlash;
aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarining bilim va malakasini oshirish, kasbga tayyorlash va ularni tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar, zamonaviy axborot texnologiyalari hamda inklyuziv madaniyat yo‘nalishlariga jalb etish maqsadida qisqa muddatli o‘quv kurslari, seminar, treninglar tashkil etish;
o‘z vakolati doirasida ko‘rgazmalar, forumlar, konferensiyalar, simpoziumlar o‘tkazish hamda boshqa tashkilotlar tomonidan tashkil etilayotgan shunday tadbirlardagi yoshlarning ishtirokini ta’minlashga ko‘maklashish”;
(g) quyidagi mazmundagi 31-band bilan to‘ldirilsin:
“31. Matonat maktabi faoliyatini moliyalashtirish uchun kelib tushgan mablag‘lar quyidagi xarajatlarga yo‘naltiriladi:
Matonat maktabi xodimlarining ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar hamda Matonat maktabini saqlash;
nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasida adaptiv sportning targ‘ibotini olib borish;
muvaffaqiyatga erishgan shaxslar ishtirokida motivatsion uchrashuvlar tashkil etish, ular to‘g‘risida videoroliklar, filmlar va boshqa materiallar tayyorlash;
aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarining bilim va malakasini oshirish, kasbga tayyorlash va ularni tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar, zamonaviy axborot texnologiyalari hamda inklyuziv madaniyat yo‘nalishlariga jalb etish maqsadida qisqa muddatli o‘quv kurslari, seminar, treninglar tashkil etish;
muvaffaqiyatga erishgan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini taqdirlash maqsadida qimmatbaho sovg‘alar xarid qilish va topshirish hamda boshqa shakllarda rag‘batlantirish;
“Besh tashabbus paralimpiadasi” sport musobaqasi, “Inson uchun” xayriya marafoni, “Paralimpiyachilar matonati” xalqaro forumi hamda o‘z vakolati doirasida ko‘rgazmalar, forumlar, konferensiyalar, simpoziumlarni tashkillashtirish va o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa xarajatlar”;
(i) ikkinchi xatboshidagi “yoshlar, shu jumladan jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarning” so‘zlari “aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
(ii) uchinchi xatboshidagi “yoshlarni” so‘zi “aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini” so‘zlari bilan almashtirilsin.
45. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-iyuldagi “Oliy va professional ta’lim tashkilotlarida xotin-qizlarning ta’lim olishlarini qo‘llab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-323-son qarorida:
(a) 1-bandning yettinchi xatboshisidagi “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga yoki “Kambag‘al oilalar reyestri” axborot moduliga” so‘zlari “Ijtimoiy reyestrga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
(b) 11-bandning uchinchi xatboshisidagi “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga yoki “Kambag‘al oilalar reyestri” axborot moduliga” so‘zlari “Ijtimoiy reyestrga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
46. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-avgustdagi “Zamonaviy bilim va kasb-hunar egallash imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-350-son qarori 1-bandining “v” kichik bandidagi “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga yoki “Kambag‘al oilalar reyestri” axborot moduliga” so‘zlari “Ijtimoiy reyestrga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
47. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-fevraldagi “Kasanachilikni yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-70-son qarorining 5-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
48. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-apreldagi “2023-yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, qayta ishlashni kengaytirish va qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-113-son qarorida:
(a) 4-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning vakillari bo‘lgan jismoniy shaxslar 2-ilovadagi ro‘yxatga muvofiq chakana savdo obyektlarida tovarlar xaridini amalga oshirganda va ushbu xaridni soliq organlarining maxsus mobil ilovasida xarid chekining fiskal belgisini matritsali shtrix kod (QR-kod) yordamida skanerlash orqali ro‘yxatdan o‘tkazganda, ularning bank kartalariga har oy yakuni bilan xarid summasining 1 foizi miqdoridagi to‘lov o‘rniga, xarid summasida to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi respublika budjetidan qaytariladi. Bunda qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini qaytarish oyiga bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha bo‘lgan xaridlar summasi doirasida amalga oshiriladi”;
(b) 2-ilovaning nomlanishidagi “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi yoki “Kambag‘al oilalar reyestri” axborot moduliga” so‘zlari “Ijtimoiy reyestrga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
49. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-noyabrdagi “Allergik kasalliklarning oldini olish va davolash sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-371-son qarorida:
(a) 2-bandning “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) allergik va immunologik kasalliklarga chalingan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning bemor vakillarini ingalyatsion glyukokortikosteroid dori vositalari bilan bepul ta’minlash tizimi joriy etilsin”;
(b) 3-banddagi ““Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga yoki “Kambag‘al oilalar reyestri” axborot moduliga” so‘zlari “Ijtimoiy reyestrga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
(v) 1-ilovaning 7-pozitsiyasi “Chora-tadbirlar nomi” ustunidagi “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga yoki “Kambag‘al oilalar reyestri” axborot moduliga” so‘zlari “Ijtimoiy reyestrga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
50. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-402-son qaroriga 3-ilovaning 11-bandi to‘rtinchi xatboshisidagi “kam ta’minlangan” so‘zlari “Ijtimoiy reyestrga kiritilgan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
51. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-apreldagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini moliyalashtirishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-149-son qarorining 2-bandi sakkizinchi xatboshisidagi “Kambag‘al oilalar reyestri va Ijtimoiy himoya yagona reyestriga” so‘zlari “Ijtimoiy reyestrga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
52. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-iyuldagi “Nogironlikni belgilash tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-257-son qarorining 2-bandida:
(a) “a” kichik bandning to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari (keyingi o‘rinlarda — “Inson” markazlari) xodimlari tomonidan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti nogironlikni baholash shkalasining mahalliy xususiyatlar va shart-sharoitlarga moslashtirilgan mezonlari asosida shaxslarning funksionalligini baholash tartibi joriy etiladi. Bunda baholash natijalari 2027-yil 1-yanvarga qadar nogironlikni belgilash uchun asos hisoblanmaydi”;
(b) “g” kichik bandning birinchi xatboshisidagi “2026-yil” so‘zlari “2027-yil” so‘zlari bilan almashtirilsin.
53. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi “Aholini davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-267-son qarorida:
(a) 2-bandning “b”, “v” va “g” kichik bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) 2026-yil 1-yanvardan boshlab bosqichma-bosqich shaxsning nogironligini, talaba, o‘quvchi, urush qatnashchisi yoki urush qatnashchisiga tenglashtirilgan shaxs holatini tasdiqlash. Bunda nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma va guvohnomalar, talabalik guvohnomalari, o‘quvchilar guvohnomalari, urush qatnashchilari yoki ularga tenglashtirilgan shaxslar guvohnomalarining qog‘oz shakli ijtimoiy kartaga almashtirish orqali bekor qilinadi;
v) 2026-yil 1-fevraldan boshlab tajriba-sinov tariqasida Toshkent shahri va Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida, 2026-yil 1-iyuldan boshlab respublikaning qolgan hududlarida Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning vakillari bo‘lgan jismoniy shaxslarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tovarlar (xizmatlar)ni belgilangan miqdor doirasida xarid qilishda to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini bir ish kunida qaytarish.
Bunda ushbu xaridni soliq organlarining maxsus mobil ilovasida xarid chekining fiskal belgisini matritsali shtrix kod (QR-kod) yordamida skanerlash talab etilmaydi;
g) 2026-yil 1-iyuldan boshlab bosqichma-bosqich:
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatga muvofiq barcha davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda vazirlik va idoralar tizimida budjet mablag‘lari hisobidan faoliyat yurituvchi boshqa tuzilmalar tomonidan fuqarolarga budjet mablag‘lari hisobidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va yordam, subsidiyalar, grantlar, imtiyozlar va ijtimoiy kafolatlar hamda moddiy xususiyatga ega boshqa to‘lovlar;
nogironligi bo‘lgan va imkoniyati cheklangan shaxslar uchun umumiy foydalanishdagi avtomobil, temir yo‘l, havo va daryo transporti, yo‘nalishsiz taksi xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha imtiyozlar, shuningdek ushbu xizmatdan imtiyozli foydalanish huquqiga ega bo‘lgan aholining boshqa toifalari uchun imtiyozlar;
kirish bilet operatsiyalari tizimi asosida tartibga solinadigan davlat ijtimoiy obyektlariga, konsert-tomosha tadbirlari va boshqa tadbirlarga bepul tashrif buyurish yoki qisman haq to‘lash bo‘yicha imtiyozlar”;
(i) to‘rtinchi xatboshidagi “Agentlik tomonidan” so‘zlari “Agentlikning serverlarida” so‘zlar bilan almashtirilsin;
(ii) quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“2026-yil 1-apreldan boshlab O‘zbekiston Respublikasining barcha rezident tijorat banklari tegishli texnik talablarga mos bo‘lganda ijtimoiy kartani muomalaga chiqarish va foydalanish uchun taqdim etish bo‘yicha moliyaviy agent (keyingi o‘rinlarda — moliyaviy agent) vazifasini bajarishlari mumkin bo‘ladi”;
(v) 5-bandning “g” kichik bandi birinchi xatboshisidagi “2025-yil 1-dekabrga” so‘zlari “2026-yil 1-iyulga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
(g) 11-bandning “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) axborot xavfsizligi talablarini hisobga olgan holda “Ijtimoiy karta” axborot tizimi va “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasining to‘g‘ridan-to‘g‘ri integratsiyasini va ma’lumotlar almashinuvini ta’minlasin”;
(d) 1-ilovaning 1, 2, 12 va 13-pozitsiyalari “Nafaqa nomlanishi” ustunidagi “Kam ta’minlangan” so‘zlari “Ijtimoiy reyestrga kiritilgan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
(i) 1-pozitsiya chiqarib tashlansin;
(ii) 2 — 4-pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

2.

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning vakillari bo‘lgan jismoniy shaxslarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tovarlar (xizmatlar)ni belgilangan miqdor doirasida xarid qilishda to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini qaytarish

2026-yil 1-fevraldan

3.

Sog‘lomlashtirish uchun sihatgohlarga bepul yo‘llanma berish

2026-yil 1-iyuldan

4.

Bepul dori vositalari bilan ta’minlash

”;

(iii) 5-pozitsiyaning “Muddati” grafasidagi “1-yanvardan” so‘zlari “1-iyuldan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
(iv) 6 — 15-pozitsiyalarning “Muddati” grafasidagi “1-apreldan” so‘zlari “1-iyuldan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
(v) 10-pozitsiya chiqarib tashlansin;
(z) 3-ilovada:
(i) 6-pozitsiyaning “Ijro muddati” ustunidagi “iyun” so‘zi “iyul” so‘zi bilan almashtirilsin;
(ii) 14-pozitsiyada:
“Amalga oshirish mexanizmi” ustunining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Toshkent shahri va Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida tajriba-sinov tariqasida Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning vakillari bo‘lgan jismoniy shaxslarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tovarlar (xizmatlar)ni belgilangan miqdor doirasida xarid qilishda to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini qaytarish tizimini yo‘lga qo‘yish”;
“Ijro muddati” ustunidagi “2025-yil oktabr — dekabr” va “2026-yil 1-yanvardan boshlab” so‘zlari tegishlicha “2026-yil fevral — iyun” va “2026-yil 1-iyuldan boshlab” so‘zlari bilan almashtirilsin;
(iii) 20-pozitsiyaning “Ijro muddati” ustunidagi “yanvar” so‘zi “iyul” so‘zi bilan almashtirilsin;
(iv) 21-pozitsiyaning “Ijro muddati” ustunidagi “aprel” so‘zi “iyul” so‘zi bilan almashtirilsin;
(v) 22-pozitsiyaning “Ijro muddati” ustunidagi “2025-yil oktabr” so‘zlari “2026-yil iyul” so‘zlari bilan almashtirilsin;
(vi) 23-pozitsiyaning “Ijro muddati” ustunidagi “2025-yil dekabr” va “2026-yil yanvar” so‘zlari “2026-yil iyul” so‘zlari bilan almashtirilsin;
(vii) 25-pozitsiyaning “Ijro muddati” ustunidagi “2026-yil iyun” va “2026-yil dekabr” so‘zlari tegishlicha “2026-yil iyul” va “2027-yil aprel” so‘zlari bilan almashtirilsin;
(i) 15-pozitsiyaning “Ma’lumotlar to‘plami tarkibi” ustunidagi “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida kam ta’minlangan oila sifatida ro‘yxatga olish” so‘zlari “Ijtimoiy reyestrga kiritilganligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
(ii) 28, 29, 86, 92 va 127-pozitsiyalarning “Ma’lumotlar to‘plami tarkibi” ustunidagi “Kam ta’minlangan” so‘zlari “Ijtimoiy reyestrga kiritilgan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
54. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentabrdagi “Davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini joriy etishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-311-son qarorida:
(a) 2-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisidagi “Kambag‘al oilalar reyestriga” so‘zlari “Ijtimoiy reyestrga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
(b) 3-bandning “v” kichik bandidagi “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan yoki “Kambag‘al oilalar reyestri” axborot moduli orqali kambag‘al oila deb e’tirof etilgan” so‘zlari “Ijtimoiy reyestrga” kiritilgan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
(v) 2-ilovaning 6-pozitsiyasi “Elektron sog‘liqni saqlash” axborot tizimiga uzatiladigan ma’lumotlar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning a’zolari to‘g‘risidagi ma’lumot”.
55. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-sentabrdagi “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-312-son qarori 3-bandi “a” kichik bandining uchinchi xatboshisidagi “Kambag‘al oilalar reyestrida turgan ishsiz fuqarolarni” so‘zlari “Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning ishsiz a’zolarini” so‘zlari bilan almashtirilsin.
56. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-330-son qarorida:
(a) 4-bandning birinchi xatboshisidagi “Kambag‘al oilalar reyestriga” so‘zlari “Ijtimoiy reyestrga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
(b) 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Belgilansinki:
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga imtiyozli asosda qabul qilinadi;
2025/2026 o‘quv yilidan boshlab, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlarining davlat oliy ta’lim muassasalari talabalar turar joylaridagi yashash xarajatlari Davlat budjeti hisobidan qoplab beriladi;
2025-yildan boshlab “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning farzandlari uchun alohida kvotalar ajratiladi.
Mazkur bandda nazarda tutilgan imtiyozlar Ijtimoiy reyestrning “kambag‘allik chegarasidagi oila” toifasidagi oilalarga ular ushbu toifaga kiritilgan sanadan boshlab 12 oy davomida qo‘llanadi”;
(v) 10-bandning ikkinchi xatboshisidagi “kambag‘al” so‘zi “Ijtimoiy reyestrga kiritilgan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
(g) 13-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Kambag‘al oilalar reyestriga” so‘zlari “Ijtimoiy reyestrga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
(d) 1-ilova 14-pozitsiyasining “Chora-tadbir nomi” va “Amalga oshirish mexanizmi” ustunlaridagi “Kambag‘al oilalar reyestriga” so‘zlari “Ijtimoiy reyestrga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
57. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-noyabrdagi “Xorazm viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-410-son qarori 13-ilovasining 76-pozitsiyasi 4-bandining “Ijro muddati” ustuni “xarid jarayoni yakuni bilan” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
58. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi “2025-yilda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-12-son qarorida:
(a) 8-bandning birinchi xatboshisidagi va 9-bandning beshinchi xatboshisidagi “kambag‘al” so‘zi “Ijtimoiy reyestrga kiritilgan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
(b) 10-bandning “g” kichik bandidagi “Kambag‘al oilalar reyestriga” so‘zlari “Ijtimoiy reyestrga so‘zlari bilan almashtirilsin”;
(v) 12-banddagi “kambag‘al” so‘zi “Ijtimoiy reyestrga kiritilgan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
(g) 14-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ish beruvchilar buyurtmasi va tijorat banklari mijozlari ehtiyoji asosida ishsiz aholini, shu jumladan, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar a’zolarini mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan manzilli o‘qitish tizimi joriy etiladi”;
(d) 15-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kasblarga o‘qitish maqsadida ajratiladigan stipendiyalar nogironligi bo‘lgan shaxslarga, shuningdek, muddati uch oydan ko‘p davom etadigan o‘quv kurslariga qabul qilingan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning ishsiz a’zolariga to‘lanadi”;
(j) 21-bandning beshinchi xatboshisidagi “kambag‘al” so‘zi “Ijtimoiy reyestrga kiritilgan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
59. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-fevraldagi “Nogironligi bo‘lgan bolalarga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-41-son qarori 2-bandi “a” kichik bandi uchinchi xatboshisidagi “Kambag‘al oilalar reyestriga” so‘zlari “Ijtimoiy reyestrga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
60. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish va bandligini ta’minlash uchun moliyaviy yordamlar ajratish tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-64-son qarorida:
(a) 1-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Ijtimoiy himoya yagona reyestri va Kambag‘al oilalar reyestriga” so‘zlari “Ijtimoiy reyestrga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
(i) “j” kichik bandning birinchi xatboshisidagi “kambag‘al” so‘zi “Ijtimoiy reyestrga kiritilgan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
(ii) quyidagi mazmundagi “z” kichik band bilan to‘ldirilsin:
“z) Ijtimoiy reyestrning “davlat ta’minotidagi oila” toifasiga kiritilgan oilaga passiv daromad manbaini ta’minlash maqsadida ushbu oilalarning doimiy yashab kelayotgan xonadoniga quvvati 7 — 10 kVt gacha bo‘lgan quyosh panellarini o‘rnatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha miqdorida subsidiya ajratiladi. Bunda:
subsidiya jamg‘arma, ochiq tenderda g‘olib bo‘lgan ta’minotchi korxona va “davlat ta’minotidagi oila” toifasidagi oilaning muomalaga layoqatli a’zosi yoki qonuniy vakili bilan tuzilgan shartnoma shartlari bajarilganida ajratiladi;
oilaga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan yoki kadastr organlari tomonidan hisobga olingan hamda oila a’zosi soliq organlari axborot tizimiga tegishli turar joy bo‘yicha soliq to‘lovchi sifatida kiritilgan xonadonlar uchun subsidiya ajratiladi va quyosh paneli o‘rnatiladi;
o‘rnatilgan quyosh paneli orqali ishlab chiqarilgan elektrni xarid qilganlik uchun to‘lanadigan subsidiya “davlat ta’minotidagi oila” toifasidagi oilaning muomalaga layoqatli a’zosining bank kartasiga o‘tkazib beriladi”.
61. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 2-apreldagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishda ehtiyojmand aholini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-134-son qarorida:
(a) 1-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Belgilansinki, 2027-yil 1-aprelga qadar Ijtimoiy reyestrga (keyingi o‘rinlarda — Reyestr) kiritilgan, shuningdek, Reyestrga kiritilmagan, biroq moddiy ahvoli bo‘yicha “davlat ta’minotidagi oila” yoki “kambag‘al oila” toifadagi oilalar mezonlariga to‘g‘ri keluvchi, oiladagi jon boshiga daromadi minimal iste’mol xarajatlarining 1,5 barobaridan oshmaydigan oilalarga”;
(b) 2-bandning ikkinchi, uchinchi va beshinchi xatboshilaridagi hamda 3-banddagi “Reyestrlarga” so‘zi “Reyestrga” so‘zi bilan almashtirilsin.
62. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-avgustdagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi PQ-248-son qarorining 13-bandida:
(a) “a” kichik banddagi “2025-yil yakuniga qadar” so‘zlari “2026-yil mart oyiga qadar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
(b) “g” kichik banddagi “Kambag‘al oilalar reyestriga” so‘zlari “Ijtimoiy reyestrga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son)