5-ILOVA
T/r | Ijtimoiy yordam va subsidiyalar turi** | Miqdori |
I. Hokim yordamchisi tomonidan shakllantiriladigan hujjatlar | ||
1. | Tomorqa yer egalariga yengil konstruksiyali issiqxonalar oʻrnatish uchun subsidiya ajratish | Bazaviy hisoblash miqdorining (keyingi oʻrinlarda — BHM) 30 baravarigacha |
2. | Tomorqa yer egalariga sugʻorish vositalari xarid qilish uchun subsidiya ajratish | BHMning 10 baravarigacha |
3. | Urugʻliklar va koʻchatlar sotib olish uchun subsidiya ajratish | BHMning 3 baravarigacha |
4. | Ishsiz fuqarolar, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar aʼzolari va tashqi mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarga ularning bandligini taʼminlash maqsadida tashkil etiladigan qishloq xoʻjaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritish uchun subsidiya ajratish | BHMning 10 baravarigacha |
5. | “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi qoʻlda gilam va ipak mato toʻqish bilan shugʻullanuvchilarga 3 tadan kam boʻlmagan ish oʻrni yaratish sharti bilan gilam va ipak mato toʻqish dastgohini xarid qilishga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun subsidiya ajratish | BHMning 10 baravarigacha |
6. | Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish uyushmasi aʼzolariga qoʻl mehnati uchun uskunalar xarid qilish boʻyicha xarajatlarni qoplash uchun kamida bitta ish oʻrni yaratish sharti bilan subsidiya ajratish | BHMning 10 baravarigacha |
7. | Jismoniy shaxslarning aholi xonadonlarida baliq yetishtirish yoʻnalishi boʻyicha oʻquv kurslarida oʻqish xarajatlarini qoplash uchun bir martalik subsidiya ajratish | BHMning 2 baravaridan oshmagan miqdorda |
9. | Tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan ishsiz fuqarolarga tadbirkorlik subyekti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtgandan soʻng dastlabki uch oy mobaynida olingan bino va inshootning ijara toʻlovini toʻlash uchun subsidiya ajratish | BHMning 10 baravarigacha |
10. | Aholi bandligiga koʻmaklashish markazida roʻyxatdan oʻtgan, tadbirkorlik faoliyatini boshlashni xohlayotgan ishsiz shaxslarga — yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtish uchun, kichik korxonalar va mikrofirmalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun sarflanadigan xarajatlarni toʻlashda bir martalik subsidiya ajratish | BHMning 1 baravarigacha |
11. | Kasb-hunarga oʻqitish markazlarining oʻquv xonalarida oʻqitish qiyin boʻlgan kasb yoʻnalishlarida “ustoz-shogird” anʼanalari asosida hunar oʻrganmoqchi boʻlgan yoshlarga yoki hunar oʻrgatayotgan (yoki oʻrgatmoqchi boʻlgan) ustalarga shogirdlar tayyorlash yoki shogirdlarni ish haqi bilan taʼminlash | Har oyda BHMning 4 baravarigacha |
12. | Kasanachilik faoliyatini tashkil etgan talabgorga har bir kasanachining dastlabki uch oy davomidagi kasanachilik faoliyati uchun bir martalik subsidiya ajratish | Bir oylik oʻrtacha daromadi miqdorida |
14. | Tadbirkorlik subyektlariga kasanachilik yoki hunarmandchilik asosida uy sharoitida ishlayotgan nogironligi boʻlgan shaxslarning ish joyini moslashtirish hamda moslashtirilayotgan har bir ish joyi xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish | BHMning 40 baravarigacha |
15. | Tadbirkorlik subyektlariga kasanachilarni kasb-hunarga oʻqitishga sarflanadigan xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish | Har bir kasanachi uchun har oyda BHMning 2 baravarigacha |
16. | Tadbirkorlik subyektlariga aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun jalb qilingan har bir kasanachi uchun foizsiz ssuda ajratish | 1 million soʻmgacha, biroq 2 yilgacha muddatga jami 150 million soʻmgacha |
17. | Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida imtiyozli kreditlar ajratish | Jismoniy shaxslarga 33 million soʻmgacha, yuridik shaxslarga 300 million soʻmgacha |
18. | Hunarmandchilik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida tuman (shahar)larning toifasiga qarab quyidagi maqsadlar uchun: | |
“ustoz-shogird” anʼanalari asosida yoshlarga hunar oʻrgatayotgan hunarmandlarga shogirdlar tayyorlash, zarur xomashyo sotib olish va shogirdlarni ish haqi bilan taʼminlash uchun; | BHMning 2 baravaridan 5 baravarigacha | |
shogirdlarga — mustaqil faoliyat boshlashi uchun zarur asbob-uskuna va jihozlarni sotib olish uchun; | 50-75 foizi, biroq BHMning 30 baravarigacha | |
ustalarga — internet saytlarini yaratish, oʻz mahsulotlarini jahon elektron savdo maydonchalariga chiqarish va reklama xarajatlari uchun; | Xarajatlarning 50-75 foizi, biroq BHMning | |
hunarmandlarning Hunarmand uyushmasiga aʼzolik badali xarajatlari uchun subsidiya ajratish | BHMning 5 baravarigacha | |
II. Xotin-qizlar faoli tomonidan shakllantiriladigan hujjatlar | ||
1. | Kamida ikki haftalik, lekin olti oydan koʻp boʻlmagan muddatga, ayrim hollarda esa Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan kelishilgan holda, oʻn bir oygacha muddatga band boʻlmagan aholini haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilish | Mehnat shartnomasiga asosan belgilanadigan miqdorda |
2. | Ish beruvchilarga — aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari yoʻllanmasi boʻyicha ishga qabul qilingan xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun toʻlovni amalga oshirish | Har bir xodim uchun 6 oy davomida har oyda BHMning 4 baravari |
3. | Kasb-hunarga ega boʻlmagan ishsiz xotin-qizlarni kasb-hunarga oʻqitish, qayta tayyorlash va ularni malakasi oshirish kurslariga jalb etish | Hisob-kitobga koʻra |
4. | Tadbirkorlik subyektlariga ish oʻrinlari va sharoitlarini nogironligi boʻlgan shaxslarga moslashtirish uchun subsidiya ajratish | Har bir moslashtirilayotgan ish joyi uchun BHMning 40 baravarigacha |
6. | Tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun kredit ajratish | 33 million soʻmgacha |
7. | “Ayollar daftari”ga kiritilgan tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagini bildirgan xotin-qizlarni maxsus oʻqitish dasturi boʻyicha oʻqitilishini taʼminlash | Hisob-kitobga koʻra |
8. | Bir martalik moddiy yordam berish | BHMning 4 baravari |
9. | Sektor rahbari xulosasi asosida, ogʻir turmush sharoitidagi (uy-joyi taʼmirlashga muhtoj, biroq oilasining moddiy imkoniyati yetmaydigan) xotin-qizlarning uy-joyini taʼmirlash | BHMning 50 baravarigacha |
10. | Turar joy ijarasi uchun kompensatsiya toʻlash | Turarjoy ijarasi uchun toʻlovlarning 50 foizi, biroq BHMning 2 baravarigacha (Toshkent va Nukus shahri hamda viloyatlar markazlarida BHMning 3 baravarigacha) |
11. | Ipoteka krediti boʻyicha boshlangʻich badalni toʻlab berish va foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish | Boshlangʻich badalni toʻlash: 32 million soʻm |
12. | Ipoteka krediti boʻyicha boshlangʻich badalni toʻlab berish | Uy-joyning hisoblangan qiymatining 10 foizi |
13. | Uy-joy bilan taʼminlash | Hisob-kitobga koʻra |
16. | Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila aʼzosi boʻlgan bakalavriat va magistraturaning kunduzgi yoʻnalishida taʼlim olayotgan xotin-qizlar yoki ularning tahsil olayotgan ikki va undan ortiq farzandlarining bir nafariga bir marta toʻlov-kontrakti toʻlab berish | Toʻlov-kontrakt summasining 50 foizigacha, biroq BHMning 50 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda |
17. | Oʻrmon fondi yerlarini ijaraga olgan ijarachilar Aholi bandligiga koʻmaklashish markazida roʻyxatdan oʻtgan ishsiz shaxslarni ishga qabul qilgan taqdirda, ularga ish haqi toʻlash xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish | 6 oy davomida oʻrtacha ish haqining 50 foizi miqdorida, biroq har bir oy uchun BHMning 2 baravaridan oshmagan miqdorda |
18. | Kasb-hunar taʼlimi tashkilotlariga — band boʻlmagan shaxslar, ayniqsa, mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolar, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarda yashovchi xotin-qizlarni kasbga qayta oʻqitishga sarflanadigan xarajatlarni moliyalashtirish uchun grant ajratish | Har bir ishsiz fuqaro uchun BHMning 4 baravarigacha |
19. | Kasb-hunarga oʻqitish markazlari, kollejlar va oliy taʼlim tashkilotlarida kasb-hunarga tayyorlash, agrotexnologiya, bogʻdorchilik, sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik hamda asalarichilik sohasida fermer va dehqon xoʻjaliklarining rahbarlari va ishchilari hamda tomorqa yer egalarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni moliyalashtirish uchun grant ajratish | Har bir ishsiz fuqaro uchun BHMning 4 baravarigacha |
20. | Tibbiy yordam koʻrsatish zarurati boʻlganda, belgilangan tartibda tegishli birlamchi tibbiy sanitariya muassasasi tomonidan statsionar yoki ambulator davolash | Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida |
21. | Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga tibbiy yordam koʻrsatiladigan imtiyozli toifaga kiradigan “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar, shuningdek ularning voyaga yetmagan (qaramogʻida 1 guruh nogironligi boʻlgan farzandlarining yoshidan qatʼiy nazar) farzandlarini oʻrnatilgan tartibda elektron navbatga qoʻyish orqali viloyat yoki respublika darajasida tibbiy muassasalarda davolash | Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida |
22. | Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila aʼzolarini jarrohlik amaliyotisiz davolash va jarrohlik amaliyotini oʻtkazish xarajatlarini bir yilda bir marta qoplab berish | Jarrohlik amaliyotisiz davolanish uchun — BHMning 50 baravarigacha; jarrohlik amaliyotini oʻtkazish uchun — Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi tomonidan qoplanishi belgilangan bazaviy narxlar doirasida |
23. | “Ayollar daftari”ga kiritilgan ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan, nogironligi boʻlgan ehtiyojmand xotin-qizlar va ularning farzandlarini reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlash | Hisob-kitobga koʻra |
26. | “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar uchun madaniy-maʼrifiy, sport va boshqa tadbirlar tashkil etish | Mahalla darajasida bir kalendar oy uchun BHMning 20 baravarigacha |
28. | Kamida 3 nafar xotin-qizlarning bandligi va ijtimoiy faolligini taʼminlashga qaratilgan ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirish uchun bir yilda bir marta grant | BHMning 60 baravarigacha |
III. Yoshlar yetakchisi tomonidan shakllantiriladigan hujjatlar | ||
1. | Moddiy ahvoli ogʻir yoshlarga bir martalik moddiy yordam koʻrsatish | BHMning 4 baravarigacha |
3. | Yoshlarning davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash oʻquv kursi xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish | BHMning 8 baravarigacha |
7. | Professional va oliy taʼlim tashkilotlari kasbiy taʼlim, bakalavriat va magistraturaning kunduzgi yoʻnalishida taʼlim olayotgan oʻquvchi-talabalarning taʼlim toʻlov-kontrakt summasining bir qismini toʻlab berish | Toʻlov-kontrakt summasining 50 foizigacha, biroq BHMning 50 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda |
8. | Yoshlarga tadbirkorlik, anʼanaviy va zamonaviy kasblarni egallashi, axborot texnologiyalarini oʻrganishi va ularni xorijiy tillarga oʻqitish boʻyicha oʻquv kurslarida oʻqish xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish | 6 oygacha har oyda BHMning 4 baravari |
9. | Ijtimoiy himoyaga muhtoj iqtidorli yoshlarning ilm-fan, sport, sanʼat va madaniyat yoʻnalishlaridagi oʻquv kurslari uchun subsidiya ajratish | Har oyda, biroq 6 oydan koʻp boʻlmagan muddatga BHMning bir baravarigacha |
10. | Yoshlarning ilm-fan, sport, sanʼat va madaniyat yoʻnalishlaridagi olimpiada, tanlov va musobaqalarda qatnashish xarajatlari uchun subsidiya ajratish | Mahalliy bosqichlar uchun BHMning 4 baravarigacha, xalqaro bosqichlar uchun BHMning 40 baravarigacha |
11. | Yoshlarga taʼlim, madaniyat va sanʼat, sport, axborot texnologiyalari sohasiga va fanlarni oʻqitishga ixtisoslashgan nodavlat taʼlim tashkilotining noturar joy ijarasi yoki zarur jihozlar bilan taʼminlash xarajatlarini qoplash | Uch oy muddatgacha BHMning 50 baravarigacha |
12. | Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila aʼzolarini jarrohlik amaliyotisiz davolash va jarrohlik amaliyotini oʻtkazish xarajatlarini bir yilda bir marta qoplab berish | Jarrohlik amaliyotisiz davolanish uchun — BHMning 50 baravarigacha; jarrohlik amaliyotini oʻtkazish uchun — Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi tomonidan qoplanishi belgilangan bazaviy narxlar doirasida |
14. | Yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻtash badalini qoplash uchun subsidiya ajratish | Xizmatni oʻtash badalining toʻliq qismi |
16. | Ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga turarjoy ijarasi uchun kompensatsiya ajratish | 12 oygacha har oyda ijara toʻlovlarining 50 foizi, biroq BHMning 2 baravarigacha (Toshkent va Nukus shahri hamda viloyatlar markazlarida BHMning 3 baravarigacha) |
17. | Yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish va huquqiy savodxonligini oshirish, shuningdek, besh muhim tashabbus doirasidagi tadbirlarni moliyalashtirish | Mahalla darajasida bir kalendar oy uchun BHMning 20 baravarigacha |
20. | Kamida 3 nafar yoshlarning bandligi va ijtimoiy faolligini taʼminlashga qaratilgan ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirish uchun bir yilda bir marta grant | BHMning 60 baravarigacha |
21. | Nogironligi boʻlgan yoshlarning parasport toʻgaraklariga qatnashida yoʻlkira xarajatlarini qoplash uchun har oyda kompensatsiya | BHMning 1 baravari |
22. | 6 oy davomida muntazam sport va sanʼat toʻgaraklariga qatnashayotgan yoshlar uchun maxsus sport formasi, inventar yoki musiqa va cholgʻu asboblarini bir marta xarid qilish | BHMning 10 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda |