1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.09.00 Istirohat va madaniyat bogʻlari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Madaniyat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Attraksionlar xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglamentni hamda Attraksionlarni hisobga olish va davlat reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 28-fevraldagi PQ-91-son qaroriga muvofiq attraksionlar xavfsizligiga doir texnik talablarni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Attraksionlar xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglament (keyingi oʻrinlarda — Texnik reglament) 1-ilovaga muvofiq;
Attraksionlar xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglamentni joriy etish sxemasi 2-ilovaga muvofiq;
Attraksionlarni hisobga olish va davlat reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
2. Texnik reglament rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab olti oy oʻtgach amalga kiritilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran olti oy oʻtgandan soʻng oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda ushbu qarorning maqsadlari, mazmuni va uni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida aholi, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar hamda tadbirkorlik subyektlarining keng xabardor qilinishini taʼminlasin.
5. Qoʻmita uch oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi raisi A.V. Rafikov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 26-dekabr,
886-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-dekabrdagi 886-son qaroriga 1-ILOVA
Attraksionlar xavfsizligi toʻgʻrisida
TEXNIK REGLAMENT
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.09.00 Istirohat va madaniyat bogʻlari]
1. Mazkur Texnik reglament attraksionlardan foydalanishda inson hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish, ularning xavfsizligi haqida isteʼmolchilarni chalgʻituvchi harakatlarning oldini olish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllanilishi va bajarilishi majburiy boʻlgan yagona talablarni belgilaydi.
2. Mazkur Texnik reglament bolalar oʻyin maydonchalari uchun asbob-uskunalarga va yuzaga kelishi mumkin boʻlgan ahamiyatsiz darajali biomexanik xavfga (IV) ega boʻlgan hamda kuchlanishi 36 voltdan past boʻlgan elektr uzatmali mexanizatsiyalashgan attraksionlarga nisbatan qoʻllanilmaydi.
3. Mazkur Texnik reglament talablari Oʻzbekiston Respublikasida va xorijda ishlab chiqarilgan, ilgari foydalanishga topshirilgan va birinchi marta muomalaga chiqariladigan, foydalanishda ekspluatatsiya qiluvchi va tashrif buyuruvchilarda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan biomexanik xavfning I, II, III darajalariga ega biomexanik taʼsir koʻrsatuvchi quyidagi vaqtincha oʻrnatiladigan (tashiladigan) va statsionar (poydevorda yoki poydevorsiz oʻrnatilgan) attraksionlarga nisbatan qoʻllaniladi:
ilgarilab harakatlanuvchi mexanizatsiyalashgan (shu jumladan, suvdan foydalaniladigan) attraksionlar;
murakkab harakatlanuvchi mexanizatsiyalashgan attraksionlar;
avtodrom va karting attraksionlar;
havo bilan toʻldirilgan attraksionlar;
mexanizatsiyalashmagan suv attraksionlari;
mexanizatsiyalashgan attraksionlar;
bolalar uchun moʻljallangan attraksionlar.
4. Ushbu Texnik reglamentda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
avariya — inson hayoti yoxud sogʻligʻiga bevosita tahdid soluvchi yoki zarar yetkazuvchi attraksionlar yoki ularning muhim komponentlarining buzilishi;
avtodrom va karting attraksionlari — attraksion modullarining harakatni yoʻnaltiruvchilardan tashqarida atrofi oʻralgan (cheklangan) maydonda erkin harakatlanishi mumkin boʻlgan attraksionlar (toʻqnashuvchi avtomobillar, park yoʻlaklaridagi sayohat avtopoyezdlari, kartinglar, shu jumladan, estakadalar, mini-avtomobil tezyurar yoʻllari);
attraksion — jamoat joylarida tashrif buyuruvchilarning vaqtichogʻlik qilishi uchun vaqtincha yoki statsionar oʻrnatilgan asbob-uskuna, tashrif buyuruvchilar uchun turli darajadagi xavflarning ruhiy-hissiy va (yoki) biomexanik taʼsiri tufayli vaqtichogʻlik taassurotini yaratuvchi qurilma;
attraksion loyihasi xavfsizligini asoslash — ushbu Texnik reglament talablariga muvofiqligini tasdiqlash uchun attraksionning xavfsizligi toʻgʻrisidagi hujjatlar majmui;
attraksion moduli — attraksionda tashrif buyuruvchining harakatlanishi uchun moʻljallangan bir qismi (arava, kabina, oʻrindiq);
attraksion pasporti — ishlab chiqaruvchining kafolatlarini, attraksionning asosiy parametrlari va xususiyatlari qiymatlarini, shuningdek, attraksionning muvofiqligini tasdiqlash va uni utilizatsiya qilish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan hujjat;
attraksion tipi — ishlashi va biomexanik taʼsirni keltirib chiqarishi oʻxshash boʻlgan attraksionlar;
attraksion turi — bir xil ishlash tamoyiliga yoki bir xil funksiyalar yigʻindisiga ega boʻlgan attraksionlarning bir necha tiplari yigʻindisi;
attraksiondan foydalanish qoidalari — loyihachi (ishlab chiqaruvchi) yoki ekspluatatsiya qiluvchi tomonidan tashrif buyuruvchilar uchun oʻrnatilgan qoidalar;
attraksionni foydalanishga topshirish — mazkur Texnik reglament talablariga muvofiqligini baholash boʻyicha zarur tartib-taomillardan oʻtgandan keyin attraksionning tashrif buyuruvchilarga xizmat qilishi;
attraksionning texnik holatini baholash — attraksionning kelgusida muayyan davrda xavfsiz ishlash imkoniyatini aniqlash maqsadida vizual, oʻlchash, putur yetkazmaydigan va boshqa nazorat usullaridan foydalangan holda, uning texnik holatining ekspluatatsiya hujjatlari talablariga muvofiqligini tekshirish boʻyicha ishlar majmui;
attraksionning yordamchi moslamalari — attraksionlar bilan birga foydalaniladigan bezaklar va bezash elementlari, toʻsiqlar, yoritgichlar, chodirlar, ayvonlar, himoya ekranlari, pavilonlar va boshqa moslamalar;
biomexanik taʼsir — tashrif buyuruvchilarning harakatlanishi bilan bogʻliq kuchlarning ularga taʼsir qilishi;
bolalar uchun moʻljallangan attraksion — bolalarning vaqtichogʻlik qilishi uchun maxsus loyihalashtirilgan attraksion;
bolalar oʻyin maydonchasi uchun asbob-uskunalar — bolalarning qoidalarga binoan binoda yoki ochiq havoda, alohida yoki guruh boʻlib oʻynashi mumkin boʻlgan asbob-uskunalar;
belgilangan resurs — muddati yetganda attraksionning texnik holatidan qatʼi nazar, undan foydalanish toʻxtatilishi kerak boʻlgan jami ishlash muddati;
belgilangan xizmat muddati — muddati yetganda attraksionning texnik holatidan qatʼi nazar, undan foydalanish toʻxtatilishi kerak boʻlgan attraksiondan foydalanishning kalendar muddati;
yillik tekshirish — yillik texnik xizmat koʻrsatilgandan soʻng attraksionning muhim komponentlari va muhim parametrlarini toʻliq tekshirish;
yoʻl qoʻyilmaydigan foydalanish — attraksiondan boshqa maqsadlarda yoki ekspluatatsiya hujjatlari talablarini buzgan holda foydalanish;
kunlik tekshirish — ekspluatatsiya qiluvchi tomonidan attraksion, uning muhim komponentlari, parametrlari va ekspluatatsiya hujjatlarida koʻrsatilgan boshqa qismlarining ishlashga yaroqliligi va texnik holatini tekshirish, shu jumladan, sinash uchun ishga tushirish;
loyihachi (ishlab chiqaruvchi) — attraksion loyihasini ishlab chiqqan mutaxassis yoki tashkilot;
mahkamlab qoʻyuvchi moslama — tashrif buyuruvchining harakatlanishini ushlab turish, cheklash va (yoki) attraksionda tezlikni xavfsiz his etishi uchun tashrif buyuruvchi tanasining holatini saqlab turish uchun moʻljallangan moslama;
mexanizatsiyalashmagan suv attraksioni — akvaparklar, basseynlar va suzish havzalari uchun suvdan foydalaniladigan attraksion;
mexanizatsiyalashgan attraksion — insonning mushak energiyasidan tashqari boshqa turdagi energiyadan foydalangan holda, tashrif buyuruvchilarni berilgan trayektoriya boʻyicha yoki cheklangan makon doirasida harakatlantiruvchi attraksion. Quyidagilar mexanizatsiyalashgan attraksionlarga kiradi:
aylanma harakatlanuvchi attraksion — attraksion modullarini asosan aylanma harakatlantiruvchi (aylantirish va (yoki) tebratish orqali), shu jumladan, murakkab harakatlanuvchi attraksion;
ilgarilanma harakatlanuvchi attraksion — attraksion modullarini asosan yoʻnaltiruvchi boʻyicha ilgarilanma harakatlantiruvchi attraksion;
murakkab harakatlanuvchi attraksion — attraksion modullarini murakkab trayektoriya boʻyicha yoki tashrif buyuruvchilarga namoyish etiladigan tasvir bilan uygʻun holda harakatlantiruvchi attraksion;
modifikatsiyalash — loyihaga nisbatan muhim komponent konstruksiyasini yoki muhim parametrni har qanday oʻzgartirish;
muhim komponent — ishlamay qolishi inson oʻlimiga olib kelishi yoki inson sogʻligʻiga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan attraksion konstruksiyasining qismi, uzeli yoki detali;
muhim parametr — buzilishi inson oʻlimiga olib kelishi yoki inson sogʻligʻiga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan attraksion yoki uning muhim komponentining muhim tavsifi;
nazorat tekshiruvi — nazorat organi tomonidan mazkur Texnik reglamentga muvofiq attraksionning muvofiqligini tasdiqlash toʻgʻrisidagi hujjatlar, texnik pasporti va ekspluatatsiya hujjatlarining tekshirilishi, shu jumladan sinash uchun ishga tushirilishi;
operator — attraksionni boshqaruv organi orqali ishga tushirish yoki uni toʻxtatish uchun masʼul boʻlgan xodim;
sinash uchun ishga tushirish — attraksionni tashrif buyuruvchilarsiz attraksionning ekspluatatsiya hujjatlarida tegishli talab mavjud boʻlgan taqdirda, tashrif buyuruvchilar bilan toʻliq yuklaganga oʻxshatgan holda sinovdan oʻtkazish;
tashrif buyuruvchi — attraksionlar yoki ularning yordamchi moslamalari zonasida boʻlgan yoki attraksionda harakatlanuvchi shaxs;
tutib turuvchi moslamalar — biomexanik taʼsirlar yoki attraksiondan foydalanishdagi kuchlarning taʼsiri yoxud tashrif buyuruvchilarning xatti-harakatlari natijasida tashrif buyuruvchilarning xavfsizlik konturidan tashqariga chiqib ketishining oldini olish uchun moʻljallangan attraksion elementlari (masalan, oʻrindiqlar, oyoq uchun quduqlar, tutqichlar va mahkamlab qoʻyuvchi moslamalar);
toʻliq tekshirish — ekspluatatsiya qiluvchi tomonidan attraksionning barcha muhim komponentlari va muhim parametrlari holatining ekspluatatsiya hujjatlari talablariga muvofiq baholanishi (shu jumladan, komponentlarni qismlarga ajratish va koʻzdan kechirish (zarur boʻlganda), sinovdan oʻtkazish va sinash uchun ishga tushirish), shuningdek, attraksionning boshqa qismlari texnik holatining baholanishi;
foydalanishni cheklash — tashrif buyuruvchilarning sogʻligʻi holatiga koʻra yoki boʻyi, vazni boʻyicha cheklanishi sababli, shuningdek, oʻzini yomon his qilganda attraksiondan foydalanishni cheklash;
xavfsizlik konturi — konstruksiyalarning harakatlanuvchi va harakatsiz elementlarga tegishi natijasida jarohatlanish xavfini kamaytirish yoki bunday xavf oldini oladigan tashrif buyuruvchi harakatlanadigan makonning bir qismini chegaralash;
ekspluatatsiya qiluvchi — attraksion egasi boʻlgan va tashrif buyuruvchilarga koʻngilochar xizmatlar koʻrsatish uchun ushbu attraksiondan foydalanuvchi yuridik shaxs;
ekspluatatsiya hujjati — attraksiondan foydalanish qoidalarini belgilovchi va (yoki) ishlab chiqaruvchi tomonidan attraksionning asosiy parametrlari va tavsiflarining kafolatlangan qiymatlarini tasdiqlovchi maʼlumotlarni, shuningdek, belgilangan xizmat muddati davomida amal qiluvchi kafolatlarni va foydalanishga oid maʼlumotlarni aks ettiruvchi (alohida yoki boshqa hujjatlar bilan birga) konstruktorlik hujjati;
yuzaga kelishi mumkin boʻlgan biomexanik xavf darajasi — turli darajadagi biomexanik taʼsir natijasida tashrif buyuruvchi (attraksionda harakatlanuvchi) sogʻligʻiga zarar yetkazish ehtimoli. Quyidagilar yuzaga kelishi mumkin boʻlgan biomexanik xavf darajalari hisoblanadi:
yuqori darajali yuzaga kelishi mumkin boʻlgan biomexanik xavf (I) — biomexanik taʼsir natijasida tashrif buyuruvchiga (attraksionda harakatlanuvchiga) uning (ularning) hayotiga tahdid soluvchi zarar yetkazish ehtimoli;
oʻrta darajali yuzaga kelishi mumkin boʻlgan biomexanik xavf (II) — biomexanik taʼsir natijasida tashrif buyuruvchi (attraksionda harakatlanuvchi) sogʻligʻiga oʻta ogʻir zarar yetkazish ehtimoli;
past darajali yuzaga kelishi mumkin boʻlgan biomexanik xavf (III) — biomexanik taʼsir natijasida tashrif buyuruvchi (attraksionda harakatlanuvchi) mehnat qobiliyatini vaqtincha yoʻqotgan holda zarar yetkazish ehtimoli;
ahamiyatsiz darajali yuzaga kelishi mumkin boʻlgan biomexanik xavf (IV) — biomexanik taʼsirlar natijasida tashrif buyuruvchining (attraksionda harakatlanuvchining) ishga har qanday shakldagi yaroqsizligisiz zarar yetkazish ehtimoli;
havo bilan toʻldirilgan attraksion — konstruksiyasi oʻzaro bogʻlangan va havo bosimi bilan ushlab turiladigan bir yoki bir necha qobiqlardan iborat boʻlgan attraksion;
harakatlanishda xavf zonalari — ularga konstruksiyalar va begona buyumlar tegib ketishi natijasida tashrif buyuruvchilarga ogʻirligi turli darajadagi zarar yetkazilishi mumkin boʻlgan harakatlantirilayotgan tashrif buyuruvchilarning tanasi atrofidagi zonalar.
5. Attraksion turlari va tiplari roʻyxati ushbu Texnik reglamentga 1-ilovada belgilangan.
6. Attraksionlarning tashrif buyuruvchilarga biomexanik taʼsirlari turlari, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan biomexanik xavf darajalari va yoʻlovchi oʻrindiqlarining ogʻishish turlari roʻyxati mazkur Texnik reglamentga 2-ilovada belgilanadi.
2-bob. Attraksionlarni identifikatsiya qilish qoidalari
7. Attraksionlar ularning Mazkur Texnik reglamentni qoʻllash sohasiga taalluqliligini belgilash uchun identifikatsiya qilinadi.
8. Attraksionlarning turlari, tiplari, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan biomexanik xavf darajalari, shuningdek, tashrif buyuruvchilarga biomexanik taʼsirlar turlari va qiymatlari attraksionlarni identifikatsiya qilish belgilari hisoblanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.02 Sertifikatlashtirish boʻyicha organlar]
9. Attraksionlar quyidagilar tomonidan identifikatsiya qilinadi:
ishlab chiqaruvchi, sotuvchi (yetkazib beruvchi);
akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organi.
10. Attraksionlar quyidagi usullardan birini yoki bir nechtasini qoʻllagan holda identifikatsiya qilinadi:
a) hujjatlar boʻyicha identifikatsiya qilish (ekspluatatsiya hujjatlarida koʻrsatilgan attraksionning turi, texnik tavsiflarini ushbu Texnik reglamentga 1 va 2-ilovalarda nazarda tutilgan maʼlumotlar bilan taqqoslash);
b) vizual usul (attraksionning tashqi koʻrinishini ekspluatatsiya hujjatlarida keltirilgan tavsif bilan taqqoslash);
v) instrumental usul (attraksionning oʻlchamlarini oʻlchash yoki uni sinovdan oʻtkazish natijasida olingan maʼlumotlarni ekspluatatsiya hujjatlarida koʻrsatilgan texnik tavsiflar bilan taqqoslash).
Agar ushbu bandning “a” va “b” kichik bandlarida koʻrsatilgan usullarni qoʻllash orqali attraksionlarni identifikatsiya qilish imkoni boʻlmasa, instrumental usuldan foydalaniladi.
3-bob. Attraksionlarni muomalaga chiqarish qoidalari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang)]
11. Attraksionlar ushbu Texnik reglament talablariga mos boʻlganda hamda muvofiqlikni baholash tartib-taomillaridan oʻtgan taqdirda, muomalaga chiqariladi.
12. Mazkur Texnik reglament talablariga mos boʻlgan attraksionlar muvofiqlik belgisi bilan tamgʻalanadi.
13. Muomalaga chiqarilayotgan attraksionlar belgilangan xizmat muddati (belgilangan resurs) davomida maqsadiga koʻra ishlatilishi sharti bilan xavfsizlik talablariga javob berishi kerak.
14. Mazkur Texnik reglament talablariga muvofiqligi tasdiqlanmagan attraksionlar muvofiqlik belgisi bilan tamgʻalanmaydi va ularni muomalaga chiqarishga yoʻl qoʻyilmaydi.
4-bob. Attraksionlarga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
1-§. Attraksionlarni loyihalashtirishda xavfsizlik talablari
15. Attraksionlarni loyihalashtirishda hayot siklining barcha bosqichlarida, shu jumladan, normal foydalanishda, favqulodda vaziyatlarda (nosozliklar va tashqi taʼsirlar natijasida), xodimlarning taxmin qilingan xatolari va yoʻl qoʻyilmaydigan foydalanishda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan barcha xatarlar identifikatsiya qilinishi kerak.
16. Tashrif buyuruvchilar attraksionda harakatlantirilayotganda koʻtarish (tushirish) balandligi, tezlik, oʻrindiqning ogʻish yoki aylanish burchagiga qarab turli darajadagi biomexanik xavflar mavjud boʻlishi mumkin.
Shu munosabat bilan tashrif buyuruvchilarga nisbatan biomexanik xavflarning turlari va qiymatlarini hisobga olgan holda, ularni kamaytirish yoki istisno qilish boʻyicha choralar koʻrilishi kerak. Attraksionlarni loyihalashtirishda nosozliklardan kelib chiqadigan xatarlar va ularning ehtimoliy oqibatlarini tahlil qilish uchun tashrif buyuruvchilar biomexanik taʼsirga qay tarzda va qay darajada tez-tez duchor boʻlishlarini hisobga olinishi lozim.
17. Attraksionlarning ekstremalligi va undan foydalanishni har qanday cheklash haqidagi maʼlumotlar attraksionlardan foydalanish boʻyicha qoʻllanmada va tashrif buyuruvchilar uchun maʼlumotlarda keltirilishi kerak.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.08.00.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish qonunchiligi / 11.08.03.00 Atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlarni chiqarishga va atmosfera havosini isteʼmol qilishga ruxsat berish tartibi;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.09.00 Istirohat va madaniyat bogʻlari]
18. Attraksionlar, ularni ishlab chiqarish va ulardan foydalanishda ishlatiladigan xomashyo, materiallar va moddalar inson hayoti va (yoki) sogʻligʻiga, mol-mulkka va atrof-muhitga xavf solmasligi kerak.
Suyuqlik va gazlardan foydalanilganda, bu bilan bogʻliq boʻlgan xavflar istisno qilinishi kerak.
19. Attraksionni boshqarish tizimlari ulardan barcha ish rejimlarida va foydalanish shartlarida nazarda tutilgan har qanday tashqi taʼsirlarda foydalanish xavfsizligini taʼminlashi kerak.
20. Attraksionni boshqarish tizimlari mantiqiy xatolarga yoʻl qoʻyilganda va operator tomonidan boshqarish harakatlari notoʻgʻri bajarilganda, xavfli vaziyatlarning vujudga kelishini istisno qilishi kerak.
21. Attraksionni boshqarish tizimlari ogohlantirish signalizatsiyasi vositalari va xavfli vaziyatlar vujudga kelishiga olib keladigan attraksion ishlashidagi nosozliklar haqida ogohlantirish uchun boshqa vositalarni oʻz ichiga olishi kerak.
22. Attraksionning ishlashidagi nosozliklar haqida ogohlantirish vositalari operator tomonidan maʼlumotlarning xatosiz, ishonchli va tez qabul qilinishini taʼminlashi kerak.
23. Attraksionni ishga tushirish, shuningdek, toʻxtatilgandan keyin (toʻxtatish sababidan qatʼi nazar) qayta ishga tushirish faqat operator tomonidan amalga oshirilishi kerak.
Attraksion harakatlanishidan oldin, agar bu xavfsizlik nuqtai nazaridan kerak boʻlsa, operator tomonidan yoqiladigan ogohlantiruvchi ovozli signal bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
24. Avariya holatida boshqaruv organi:
oson identifikatsiya qilinadigan va tushunarli boʻlishi kerak;
attraksionni tezda toʻxtatishi va bunda xavf tugʻdirmasligi kerak;
harakatga keltirilgandan keyin majburan boshlangʻich holatga qaytarilguncha, toʻxtashga mos boʻlgan holatda boʻlishi kerak;
attraksion boshlangʻich holatga qaytarilgandan soʻng attraksionning ishga tushib ketishiga olib kelmasligi kerak;
qizil rangli boʻlishi, shakli va oʻlchamlari bilan boshqa boshqaruv organlaridan farq qilishi kerak.
25. Tanlangan boshqaruv rejimi boshqa boshqaruv rejimlariga nisbatan ustunlikka ega boʻlishi kerak, avariya holatida toʻxtatish bundan mustasno.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot]
26. Elektr taʼminotini toʻliq yoki qisman toʻxtatish va keyinchalik uni qayta tiklash, shuningdek, elektr taʼminotini boshqarish tizimining shikastlanishi xavfli vaziyatlarga olib kelmasligi kerak, shu jumladan:
elektr taʼminoti tiklanganda attraksionning oʻz-oʻzidan ishga tushishi;
toʻxtash uchun berilgan koʻrsatmaning bajarilmasligi;
himoya moslamalari samaradorligining pasayishi.
27. Attraksionlar, attraksion modullari va toʻsiqlarning ochiq qismlarida shikast yetkazishi mumkin boʻlgan oʻtkir qirralar va notekis yuzalar boʻlmasligi kerak.
28. Attraksionlarning harakatlanuvchi qismlari ular shikast yetkazishi mumkin boʻlgan zonalarga odamlar kirishining oldini oluvchi toʻsiqlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
29. Attraksionning barcha toʻsiqlari shunday mahkamlangan boʻlishi kerakki, ular faqat asboblar yordamida ochiladigan boʻlishi shart. Toʻsiqlarning eshiklari qulflanuvchi moslama bilan jihozlanishi kerak.
30. Yuqori va past haroratdagi attraksion detallari va uning jihozlarini ushlash yoki ularga yaqinlashish natijasida yuzaga keladigan xavfni bartaraf etish choralari koʻrilishi kerak.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yongʻin xavfsizligi]
31. Attraksionlar yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiq attraksion asbob-uskunalarining ishlashi natijasida yuzaga keladigan yongʻin yoki qizib ketish xavfi boʻlmaydigan tarzda loyihalashtirilishi kerak.
32. Attraksionlarda lazer asbob-uskunalari qoʻllanilganda, bu asbob-uskunalar tasodifiy nurlanishning oldi olinadigan hamda toʻgʻridan-toʻgʻri, aks etuvchi, tarqoq va ikkilamchi nurlanishdan himoya taʼminlanadigan tarzda loyihalashtirilishi va ishlab chiqarilishi kerak.
33. Attraksionlarni loyihalashtirishda ekspluatatsiya qiluvchi va tashrif buyuruvchilarni ionlamaydigan nurlanish, statik elektr, doimiy magnit maydonlari, sanoat chastotali elektromagnit maydonlari, radiochastota va optik diapazonlardagi elektromagnit nurlanishning salbiy taʼsiridan himoya qilish choralari koʻrilishi zarur.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.09.00 Pudrat / 03.11.09.03 Loyiha va qidiruvga oid ishlarni bajarishga oid, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlarni bajarishga oid pudrat;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.05.00 Sanoat uskunalari, mashinalari va asboblariga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash. Asosiy fondlarning amortizatsiyasi]
34. Attraksionlarni loyihalashtirishda quyidagi choralarni qoʻllash orqali xavflar toʻliq bartaraf etilishi yoki kamaytirilishi kerak:
kompleks ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari amalga oshirilishini taʼminlash;
belgilangan tartibda verifikatsiya qilingan uslublar asosida zarur kompleks hisob-kitoblar va sinovlarni amalga oshirish;
attraksionlardan foydalanish parametrlari va shartlariga qarab, ularning ayrim turlarida qoʻllaniladigan materiallar va moddalarni aniqlash;
loyihachi (ishlab chiquvchi) tomonidan cheklangan holatlarning asoslangan mezonlarining belgilanishi;
loyihachi (ishlab chiquvchi) tomonidan xizmat muddatining, resurslarning, texnik xizmat koʻrsatish, taʼmirlash va utilizatsiya qilish muddatlarining belgilanishi;
yoʻl qoʻyilmaydigan foydalanishning oldini oluvchi talablarni belgilash;
tashrif buyuruvchilarga attraksionning ekstremalligi va biomexanik taʼsirlari toʻgʻrisida qulay va tushunarli maʼlumot berishning zarurligini hisobga olish;
odamlarning ayrim toifalari uchun attraksiondan foydalanishni cheklash;
tashrif buyuruvchilar va konstruksiyalarga boʻlgan meʼyoriy yuklamalarni va taʼsirlarni lozim darajada tanlash;
attraksionlarning tashrif buyuruvchilarni ushlab turuvchi moslamalarini lozim darajada loyihalashtirish;
konstruksiyalar va boshqaruv tizimlarini lozim darajada loyihalashtirish va ishlab chiqarish, shu jumladan, muhim parametrlar, muhim komponentlarni aniqlash va zaxiralash;
attraksionlarni avariya holatida toʻxtatish moslamalari (zarur boʻlganda) va evakuatsiya vositalari bilan taʼminlash;
attraksion uzellari va detallarini koʻzdan kechirish, taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish uchun osonligini taʼminlash;
attraksionni boshqarish xavfsizligini taʼminlovchi operatorlar uchun tegishli ishlash sharoitlarini yaratish va operatorning ish joyidan yetarli darajada koʻrishni taʼminlash;
ekspluatatsiya qiluvchi uchun attraksionlarni notoʻgʻri montaj qilish (yigʻish, oʻrnatish), sozlash, ularga texnik xizmat koʻrsatish va ulardan foydalanishda yuzaga keladigan xavflarni bartaraf etish maqsadida ekspluatatsiya hujjatlarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish;
tashrif buyuruvchilar va ekspluatantlarni ehtimoliy evakuatsiya qilish yoʻllari va usullarini tashkil qilish.
tashqi energiya manbai orqali ishga tushirish oqibatida zarar yetkazishi mumkin boʻlgan mexanizatsiyalashgan attraksionlar konstruksiyasining xususiyatlarini hisobga olish;
tezlashuv va inersiya kuchlari taʼsirini hisobga olgan holda, tashrif buyuruvchilarning mexanizatsiyalashgan ilgarilab va aylanma harakatlanuvchi attraksionlarda harakatlanish xususiyatini hisobga olish;
havo bilan toʻldirilgan attraksionlarning shamol taʼsirida agʻdarilishi, yomgʻir paytida elektr toki urishi, teshiklar, tirqishlar, yoriqlar va tunnellarga tushganda bolalarning jarohatlanishi xavfidan iborat boʻlgan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan biomexanik xavflarni hisobga olish;
yoʻl qoʻyilmaydigan tezlanishning tashrif buyuruvchilarga taʼsirini istisno qilish;
tashrif buyuruvchilar harakatlanishi uchun yetarli oʻlchamdagi xavfsizlik konturlari, shuningdek, attraksionlarning ishonchli boshqaruv tizimi va tormoz tizimi yaratilishini taʼminlash;
attraksionlar komponentlarining mahkamlanishi va biriktirilishining ishonchliligini taʼminlash;
attraksionlar modullarining harakatlanishi va toʻsatdan tormozlanishi paytida xavf zonalarini hisobga olish. Bunday zonalarning oʻlchamlari jarohatlarning ogʻirligini hisobga olgan holda, tashrif buyuruvchilarning antropometrik maʼlumotlariga, mahkamlab qoʻyish tizimlariga va nisbiy harakatlanish tezligiga bogʻliqdir. Ushbu xavflarni kamaytirish uchun xavflarni tahlil qilish asosida tegishli zonalarning toʻsish zonalarini koʻpaytirish yoki toʻsiqlarni kerakli masofaga uzaytirish choralarini koʻrish zarur.
36. Attraksionlarni loyihalashtirishda nosozliklarning turlari, oqibatlari va muhimligini tahlil qilish va nosozliklar oqibatlariga qarab ularni quyidagicha tasniflash zarur:
tashrif buyuruvchilarning oʻlimiga yoki attraksion avariyasiga olib kelishi mumkin boʻlgan halokatli xavf;
tashrif buyuruvchilarga ogʻir jarohat yetkazishi yoki attraksionga katta zarar yetkazishi mumkin boʻlgan muhim xavf;
tashrif buyuruvchilarga yengil jarohat yetkazishi yoki mol-mulkka zarar yetkazishi mumkin boʻlgan kichik xavf;
tashrif buyuruvchilarga zarar yetkazish yoki mol-mulkka zarar yetkazish uchun jiddiy boʻlmagan xavf.
37. Xavfning konstruksiyaning oʻzaro bogʻliq qismlariga taʼsirini izchil tekshirish orqali xavflarni bartaraf etish yoki kamaytirish choralarini koʻrish zarur.
38. Attraksionlarni loyihalashtirishda tashrif buyuruvchi oʻrindigʻidan tortib attraksion asosigacha ketma-ketlikda quyidagi muhim komponentlarni tahlil qilish kerak:
mahkamlab qoʻyuvchi moslamalar, oʻrindiqlar, qulflash moslamalari, tirsak qoʻygichlar, suyanchiqlar, xavfsizlik kamarlari (taʼsir etuvchi tezlanish yoʻnalishlari va qiymatlarini hisobga olgan holda), shu jumladan, tashrif buyuruvchilarning tushib qolishi yoki jarohatlanishining oldini oluvchi foydalanish qoidalari ataylab buzilganda;
attraksionlar modullari (tashrif buyuruvchilarning vazni, barcha dinamik yuklamalar natijasida hosil boʻladigan kuchlarning taʼsirini hisobga olgan holda) va ularning harakatni yoʻnaltiruvchilarga va (yoki) boshqa attraksionlar modullariga ishonchli mahkamlanishi;
blokirovka qiluvchi, tormozlovchi va himoya moslamalari (ularga taʼsir qiluvchi barcha omillarni hisobga olgan holda);
yoʻnaltiruvchi moslamalar va ularni mustahkamlash;
attraksionning asosiy yuk koʻtaruvchi konstruksiyalari;
xavfsizlik konturiga tushishi mumkin boʻlgan qoʻzgʻaluvchi mexanik qismlar.
39. Attraksionlarni loyihalashtirishda muhim komponentlarni va cheklangan resursli komponentlarni aniqlash, ekspluatatsiya hujjatlariga ilova qilinadigan muhim komponentlar roʻyxatiga va cheklangan resursli komponentlar roʻyxatiga kiritish, shuningdek, ushbu roʻyxatlarni loyiha-konstruktorlik hujjatlari bilan birga ishlab chiqaruvchiga topshirish zarur.
40. Muhim komponentlar zaxiralangan boʻlishi, rezerv element yuklama xususiyati va shartlarini hisobga olgan holda, asosiy elementdan kam boʻlmagan ishonchlilikka ega boʻlishi kerak.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
41. Almashtirish usuli bilan zaxiralash mumkin boʻlmasa, bu muhim komponentning (attraksion uzelining) barcha elementlarida hisob-kitob kuchlanishlarini yetarli darajada kamaytirish orqali taʼminlanadi. Bunda muhim komponentning putur yetkazmaydigan nazorat usuli va davriyligi koʻrsatiladi. Hisob-kitoblardagi ishonchlilik koeffitsiyentining eng yuqori qiymatlari foydalanish jarayonida toʻgʻridan-toʻgʻri nazorat qilib boʻlmaydigan elementlarda boʻlishi kerak.
42. Attraksionlarda elektr energiyasi ishlatilsa, ular elektr toki urishi xavfini istisno qilgan holda loyihalashtirilishi kerak.
43. Attraksionlarda noelektr energiyasi (gidravlik yoki pnevmatik) ishlatilsa, ular ushbu turdagi energiya bilan bogʻliq har qanday xavfni istisno qilgan holda loyihalashtirilishi kerak. Quvurlar nazarda tutilgan yuklamalarga bardosh berishi, ishonchli tarzda mustahkamlangan boʻlishi va tashqi mexanik taʼsirlardan himoyalangan boʻlishi zarur. Quvurlar buzilganda va toʻsatdan siljiganda, yuqori bosimli oqimlar buzilganda, xavfli oqibatlardan himoya qilish choralari koʻrilishi kerak.
44. Bolalar uchun moʻljallangan attraksionlar mazkur Texnik reglamentga 3-ilovada keltirilgan Bolalar uchun moʻljallangan attraksionlarga qoʻyiladigan xavfsizlik talablariga, mexanizatsiyalashmagan suv attraksionlari Texnik reglamentga 4-ilovada keltirilgan Mexanizatsiyalashmagan suv attraksionlariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
45. Loyihachi (ishlab chiquvchi) attraksionning mazkur Texnik reglament talablariga muvofiqligini tasdiqlash uchun attraksion loyihasining xavfsizlik asosini ishlab chiqadi.
46. Attraksion loyihasining xavfsizligi asosining asl nusxasi loyihachida, koʻchirma nusxasi esa belgilangan xizmat muddati tugaguniga qadar sertifikatlashtirish organida saqlanadi. Belgilangan xizmat muddati uzaytirilganda yoki modifikatsiya qilingandan soʻng attraksion loyihasining xavfsizlik asosi aniqlashtiriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang);
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.09.00 Istirohat va madaniyat bogʻlari]
47. Attraksion loyihasining xavfsizlik asosi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
a) attraksion, uning konstruksiyasining asosiy qismlari va ishlash tamoyillari tavsifi, attraksionning asosiy texnik tavsiflari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, mexanik, pnevmatik, gidravlik, elektr va elektron asbob-uskunalar (shu jumladan boshqaruv tizimlari) va boshqa ishlatiladigan asbob-uskunalarning tavsiflari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek attraksionning oʻziga xos xususiyatlari va uni montaj qilish (yigʻish, oʻrnatish) usullari, oʻlchamlari va ushbu oʻlchamlardan tashqariga chiquvchi harakatlanish, cheklovlar, konstruktiv xususiyatlar va ishlatilgan materiallar, harakatlanish tizimlari, uzatmalar tiplari, tezliklar, tezlanishlar, elektr asbob-uskunalari, ishlash sikli, boshqarish tartibi va alohida tashrif buyuruvchilar uchun cheklovlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
b) attraksionning yuzaga kelishi mumkin boʻlgan biomexanik xavflari tahlili, hayot siklining bosqichlarida xavfni kamaytirish uchun ularga nisbatan choralar koʻrilishi zarur boʻlgan muhim komponentlar va muhim parametrlar roʻyxati;
v) xavfsizlik talablarini taʼminlash uchun ahamiyatga ega boʻlgan moslamalarning oʻlchamlari koʻrsatilgan chizmalar. Chizmalarda ularni tekshirish va tasdiqlash uchun talab etiladigan koʻndalang kesimlarning barcha oʻlchamlari va qiymatlari, materiallarning, yigʻish birliklari va detallari, mahkamlash va biriktirish moslamalarining xususiyatlari, shuningdek, asosiy tezlik va tezlanishlarning qiymatlari koʻrsatiladi. Attraksionning chizmalar toʻplamiga quyidagilar kiritiladi:
umumiy oʻlchamlari, ichki oʻlchamlari (oʻrindiqlar, yon va orqa tirgaklar, qoʻllar va oyoqlar uchun boʻsh joylar), qoʻllar va oyoqlar uchun tirgaklarning, qulflash va saqlash moslamalarining, tutqichlarning mavjudligini koʻrsatgan holda, attraksionlar modullarining (talab etiladigan turlardagi va koʻndalang kesimlardagi) chizmalari;
koʻtarish va burish mexanizmlarining tayanchlari, uzatmalari va boshqaruv tizimlari, koʻtarish va burish amplitudalarini koʻrsatgan holda ularning chizmalari;
yuklamalarni koʻrsatgan holda, uzatmali gʻildiraklar va xavfsizlik moslamalarini, podshipniklarni, oʻqlarni, vallarni, ularning attraksionlar modullariga nisbatan ulanishi va siljish ehtimolini, boshqarish va nazorat qilish moslamalarini, qaytaruvchi moslamalarni, relslardan chiqib ketish va agʻdarilishning oldini oluvchi moslamalarni, bamperlarni, saqlovchi moslamalarni, uzatmalar va tormozlarni, poydevorga mahkamlagichlarni tasvirlagan holda yurish mexanizmlarining chizmalari;
elektr (elektron), pnevmatik va gidravlik asbob-uskunalar chizmalari;
g) oʻlchamlari, materiallari va muhim parametrlari, shuningdek, cheklangan holatlar tahlili natijalarini koʻrsatgan holda muhim komponentlarning chizmasi va hisob-kitoblari. Yuklamalar va taʼsirlar Texnik reglament talablariga muvofiq boʻlishi va xavfsizlikni taʼminlashi kerak. Payvandlangan birikmalar choklarining hisob-kitobi kesmalarning keskin oʻzgarish joylarida kuchlanish konsentratsiyasi koeffitsiyentlarini qoʻllagan holda ularning mustahkamligini taʼminlanish hisobga olinib amalga oshiriladi;
d) texnik nazoratni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan asosiy harakat kuchlari, massalari, shamol tezligi, tayanch tagliklari, barcha kuchlanish uchastkalari haqidagi maʼlumotlarni koʻrsatgan holda, yuk koʻtaruvchi konstruksiyalarning mustahkamligi va ishonchliligi hisob-kitoblarining asosiy natijalari va xulosalari;
e) 400 nafar va undan ortiq tashrif buyuruvchilar uchun moʻljallangan yopiq binolar uchun hisob-kitoblarni tekshirgan holda, zaxira chiqish yoʻllari va ularning oʻlchamlari tasvirlangan rejalar, yongʻin sodir boʻlganda harakat qilish boʻyicha maxsus yoʻriqnomalar;
j) montaj qilingan attraksionni sinovdan oʻtkazish dasturi va uslubi;
z) favqulodda vaziyatlarda tashrif buyuruvchilarni attraksiondan evakuatsiya qilish boʻyicha yoʻriqnoma.
48. Attraksionlarni loyihalashtirishda quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi ekspluatatsiya hujjatlari ishlab chiqiladi:
attraksion pasporti;
attraksiondan foydalanish boʻyicha qoʻllanma;
attraksionga texnik xizmat koʻrsatish va uni taʼmirlash boʻyicha qoʻllanma;
ehtiyot qismlar va ashyolar qaydnomasi;
attraksionni montaj qilish (yigʻish, oʻrnatish), ishga tushirish, rostlash va yurgizib koʻrish boʻyicha yoʻriqnoma;
attraksionni tashish va saqlash boʻyicha yoʻriqnoma;
attraksionni foydalanishdan chiqarish va utilizatsiya qilish boʻyicha yoʻriqnoma;
attraksiondan foydalanish va unga texnik xizmat koʻrsatish hisobini yuritish jurnallari.
49. Yuzaga kelishi mumkin boʻlgan biomexanik xavfning I, II va III darajalariga ega boʻlgan attraksionlarning muvofiqligini baholash va texnik holatini nazorat qilish boʻyicha tadbirlarni oʻtkazish uchun Texnik reglamentga 5-ilovada keltirilgan shakl boʻyicha attraksion pasporti rasmiylashtiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.09.00 Istirohat va madaniyat bogʻlari;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.11.00 Favquloddagi holatlar va jamiyat xavfsizligining boshqa masalalari]
50. Foydalanish boʻyicha qoʻllanma quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
attraksion ishlashining tavsifi, shu jumladan, asosiy tizimlar, mexanizmlar, boshqaruv tizimlari va ularning ishlashining batafsil tavsifi;
bitta attraksion moduli va (yoki) umuman attraksiondagi tashrif buyuruvchilarning eng koʻp soni va vazni;
foydalanishga topshirish, foydalanishni toʻxtatib turish tartib-taomillariga, texnik sabablarga koʻra ishlamay turishi va qayta foydalanishga topshirish tartib-taomillariga qoʻyiladigan talablar;
tashrif buyuruvchilar bilan attraksiondan foydalanuvchi operatorlarning ishlash tartibi, shu jumladan, favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga qoʻyiladigan talablar;
tashrif buyuruvchilar uchun attraksiondan foydalanish qoidalari, shuningdek, agar attraksionning biomexanik taʼsirlari nogironligi boʻlgan tashrif buyuruvchilar uchun ruxsat etilsa, ularga xizmat koʻrsatish qoidalari;
tashrif buyuruvchilar sogʻligʻining holati, yoshi, boʻyi va vazni boʻyicha attraksiondan foydalanishdagi cheklovlar haqida maʼlumotlar (zarur boʻlganda);
tashrif buyuruvchilar yuqori balandlikdan yoki yerga nisbatan sezilarli ogʻishishga ega boʻlgan oʻrindiqlardan avariya holatida evakuatsiya qilish usullari;
attraksiondan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydigan ob-havo sharoitlari tavsifi;
tashrif buyuruvchilarning attraksiondan xavfsiz foydalanish qoidalari, attraksionni tashrif buyuruvchilar bilan yuklash chizmalari (zarur boʻlganda);
muhim komponentlar va muhim parametrlarga nisbatan kundalik tekshirishlar tartibi.
51. Texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash boʻyicha qoʻllanma quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
muhim komponentlar va parametrlar roʻyxati, cheklangan resursli qismlar roʻyxati va ularni almashtirish jadvali, yigʻish chizmalari, texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash uchun zarur boʻlgan asosiy oʻlchamlarni aks ettiruvchi chizmalar, elektr, gidravlik va pnevmatik sxemalar;
attraksionning texnik holatini attraksionni ishlatish boshlanishidan oldin va tugagandan soʻng kunlik tekshirish tartib-taomilining tavsifi;
attraksionni yigʻish, qismlarga ajratish, rostlash va uning alohida uzellarini moylash tartibi, ularni amalga oshirish davriyligi va ishlatiladigan sarflash materiallari;
texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash mazmunini va texnik talablarni batafsil bayon etgan holda ularning turlari roʻyxati;
elektr asbob-uskunalarga texnik xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlashga oid tavsiyalar;
ekspluatatsiya qiluvchi yoki uchinchi shaxs tomonidan loyihachining roziligisiz modifikatsiyalashni taqiqlash;
komponentlarni modifikatsiyalash tartibi va shartlari (faqat loyihachi bilan kelishilgan holda va (yoki) uning koʻrsatmasi boʻyicha).
52. Foydalanishdan chiqarish va utilizatsiya qilish boʻyicha yoʻriqnoma quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
attraksionni foydalanishdan chiqarish tartibi;
elektron komponentlar va xavfli moddalarni oʻz ichiga oluvchi alohida uzellarni utilizatsiya qilish xususiyatlarini hisobga olgan holda, alohida qismlarni xavfsiz utilizatsiya qilish tartibi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.03.00.00 Davlat tili]
53. Attraksionning ekspluatatsiya hujjatlari davlat tilida rasmiylashtiriladi.
2-§. Attraksionlarni ishlab chiqarishda xavfsizlik talablari
54. Attraksionlarni ishlab chiqarishda ularning loyiha-konstruktorlik hujjatlar talablariga muvofiqligi taʼminlanishi kerak.
55. Attraksionlarning komponentlari va detallarini ishlab chiqarish uchun faqat loyiha-konstruktorlik hujjatlarida nazarda tutilgan konstruksiya materiallari ishlatilishi kerak. Loyihachi bilan kelishmasdan konstruksiya materiallarini almashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
56. Muhim komponentlar uchun payvandlangan birikmalarga va tanlangan materiallarning payvandlanuvchanligiga alohida eʼtibor berilishi kerak.
57. Mahkamlash buyumlari loyihachi tomonidan belgilangan ishonchlilik talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
58. Attraksionning xavfsizligi bogʻliq boʻlgan materiallar, detallar, moslamalar va uzellar texnik talablarga, hisob-kitob tavsiflariga va Texnik reglamentning xavfsizlik talablariga javob berishi kerak.
59. Muhim komponentlar ishlab chiqaruvchi yoki pudratchining tamgʻasiga ega boʻlishi kerak. Ushbu tamgʻa komponentlarni keyinchalik identifikatsiya qilish imkoniyatini taʼminlash uchun aniq va tushunarli boʻlishi, koʻrish uchun oson boʻlgan joyga joylashtirilishi zarur.
60. Muhim komponentlar uchun yetkazib beriladigan barcha materiallar va butlovchi qismlar zarur hujjatlarni rasmiylashtirgan holda kirish nazoratidan (verifikatsiyadan) oʻtishi kerak.
61. Ishlab chiqarish jarayonida ham ishlab chiqaruvchi, ham uning yetkazib beruvchilari tomonidan ishlab chiqarilgan materiallar (shu jumladan, sarflash materiallari) va komponentlar (elementlar) nazorat qilinishi kerak.
62. Agar loyiha-konstruktorlik hujjatlarida muhim komponentlar uchun ularni ishlab chiqarish jarayonida sinovdan oʻtkazish zarurligi koʻrsatilgan boʻlsa, ishlab chiqaruvchi sinovlar oʻtkazilishini taʼminlashi shart.
63. Loyiha-konstruktorlik hujjatlarini tekshirish paytida yoki texnik talablarda ushbu detallar yoki uzellar xavfsizlikni taʼminlash uchun muhim ekanligi va ularni sinovdan oʻtkazish zarurligi belgilangan taqdirda, ishlab chiqaruvchi ushbu sinovlarning oʻtkazilishini taʼminlashi shart.
64. Putur yetkazmaydigan nazorat attraksionni loyihalashtirishda shakllantirilgan va ishlab chiqaruvchiga loyiha-konstruktorlik hujjatlari bilan birga topshirilgan muhim komponentlar roʻyxatida nazarda tutilgan muhim komponentlar va elementlar birikmalariga nisbatan qoʻllanilishi kerak.
65. Ishlab chiqaruvchi har bir material va har bir komponent uchun asosiy xavfsizlik tavsiflari va sifat koʻrsatkichlarining loyiha-konstruktorlik hujjatlarida koʻrsatilgan talablarga muvofiqligini taʼminlashi va ishlab chiqarishning tegishli tartib-taomillarini nazarda tutishi kerak.
66. Attraksion konstruksiyasida ishlatiladigan zanjirlar, poʻlat arqonlar, toʻqimachilik arqonlari va kamarlar quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oluvchi guvohnomaga ega boʻlishi kerak:
ishlab chiqaruvchining nomi va joylashgan joyi;
zanjir, poʻlat arqon, toʻqimachilik arqoni yoki lentaning nominal oʻlchami, tuzilishi va materiali haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oluvchi markasi;
qoʻllanilgan sinovdan oʻtkazish usuli;
eng kam uzilish (yoki buzilish) kuchi.
Guvohnoma shakli Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan tasdiqlanadi
67. Zanjir, arqon yoki kamarning yigʻish birligi hisoblanmaydigan har bir qismi tamgʻalangan boʻlishi kerak, agar buning iloji boʻlmasa, ishlab chiqaruvchi nomi va uning joylashgan joyi koʻrsatilgan taxtacha yoki yechilmaydigan halqaga ega boʻlishi kerak.
68. Ishlab chiqaruvchi attraksionning loyihachi tomonidan belgilangan barcha metall qismlarini zanglashdan, yogʻoch qismlarini chirishdan, shisha plastik va polimer materiallardan boʻlgan qismlarini eskirishdan himoya qilish usulini taʼminlashi kerak. Foydalanishda bunday qismlarni tekshirish davriyligi ekspluatatsiya hujjatlarida koʻrsatilishi kerak. Konstruksiyaviy poʻlatdan yasalgan ichi boʻsh seksiyalarni ishlatishda ichki zanglashning oldini olish zarurligini hisobga olish kerak.
69. Attraksionlar metall konstruksiyalarining muhim komponentlari, shu jumladan, oʻzgaruvchan yuklamalarni oʻzga oluvchi komponentlarining payvandlangan birikmalari ularning xavfsizligini taʼminlashi kerak.
70. Har bir attraksionda ishlab chiqaruvchining quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oluvchi axborot taxtachasi oʻrnatilishi kerak. Axborot taxtachasidagi maʼlumotlar attraksionning butun xizmat muddati davomida aniq va yaxshi ajratiladigan tasvirni taʼminlovchi har qanday usulda tushirilishi mumkin. Maʼlumotlar davlat tilida yoziladi:
a) ishlab chiqaruvchi va (yoki) sotuvchining (yetkazib beruvchining) nomi va manzili;
b) attraksion nomi va (yoki) belgilari (rusumi turi (raqami));
v) mahsulotning zavod raqami;
g) ishlab chiqarilgan oy va yil.
3-§. Attraksionlarni xavfsiz montaj qilish (yigʻish, oʻrnatish) va sozlashni taʼminlash
71. Attraksionni montaj qilish (yigʻish, oʻrnatish), uning konstruksiyalarini almashtirish bilan bogʻliq montaj va taʼmirlash ishlari faqat attraksionning ekspluatatsiya va taʼmirlash hujjatlari asosida ruxsatnomaga ega ixtisoslashtirilgan montaj tashkiloti tomonidan bajarilishi kerak.
72. Attraksionning poydevori loyiha-konstruktorlik hujjatlariga binoan montaj qilish ishlariga ruxsatnomasi boʻlgan tashkilot tomonidan tayyorlanishi kerak.
73. Attraksionni montaj qilishda (qismlarga ajratishda) va u ishga tushirilgunga qadar unga shaxslarning ruxsatsiz kirishiga yoʻl quyilmasligi kerak. Attraksion egasi yoki u vakolat bergan shaxs shaxslarning ish joyiga ruxsatsiz kirishiga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrishi, shu jumladan, toʻsiqlar yoki ogohlantirish belgilarini oʻrnatishi kerak.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang);
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.09.00 Istirohat va madaniyat bogʻlari;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.01.00 Umumiy qoidalar]
74. Attraksionni foydalanishga topshirishdan oldin uni montaj qilishda (yigʻishda, oʻrnatishda) xavfsizlikni taʼminlash uchun quyidagi talablar bajarilishi kerak:
a) attraksionni montaj qilish (yigʻish, oʻrnatish), ishga tushirish, rostlash va yurgizib koʻrish boʻyicha yoʻriqnomaga yoki montaj qilish (yigʻish, oʻrnatish), sozlash va rostlash boʻyicha koʻrsatmalarni oʻz ichiga oluvchi boshqa ekspluatatsiya hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi;
b) quyidagilarga ishonch hosil qilish kerak:
yer attraksiondan tushadigan yukka xavfsiz tarzda bardosh bera olishi;
attraksionni montaj qilish (yigʻish, oʻrnatish) boʻyicha yoʻriqnomaga muvofiq attraksionni xavfsiz montaj qilish (yigʻish, oʻrnatish) va foydalanish uchun maydon yetarlicha yassi, tekis va mustahkam boʻlishi.
Attraksion montaj qilingandan (yigʻilgandan, oʻrnatilgandan) soʻng yerni, ayniqsa, noqulay ob-havo sharoitida yuk koʻtarish qobiliyatining yomonlashmaganligiga ishonch hosil qilish uchun muntazam ravishda tekshirish zarur. Attraksion ostidagi maydon yer osti suvlarining taʼsir qilish xavfi boʻlgan taqdirda, drenaj bilan jihozlangan boʻlishi kerak;
v) ekspluatatsiya qiluvchi attraksionni montaj qilish (yigʻish, oʻrnatish) yoki undan foydalanishda xavf tugʻdirishi mumkin boʻlgan yer osti kommunikatsiyalari yoki havo liniyalarining joylashishini, zarur boʻlganda tegishli organning tavsiyasini hisobga olgan holda aniqlashi kerak. Agar kommunikatsiyalar xodimlar yoki tashrif buyuruvchilar uchun xavf manbai boʻlishi mumkin boʻlsa, mos ravishda yoki lozim darajada oʻrnatilgan toʻsiqlardan foydalangan holda yoki boshqa yoʻl bilan bunday xavfning oldini olish uchun barcha oqilona va mumkin boʻlgan choralar koʻrilishi kerak.
Yerga ustunlar, qoziqlar oʻrnatishda yoki xandaqlar, poydevor uchun chuqurlarni qazish boʻyicha ishlar amalga oshirilganda, yer osti kommunikatsiyalarining shikastlanmasligini taʼminlash zarur. Bunday ishlarni boshlashdan oldin, agar yer osti kommunikatsiyalarining yoʻqligi oldindan aniqlanmagan boʻlsa, kommunikatsiyalarni aniqlash usullarini qoʻllash zarur;
g) attraksionlarni oʻrnatishda ekspluatatsiya qiluvchi quyidagi tamoyillarga asoslanishi kerak:
shamol taʼsirida attraksionning xavfli ravishda yerdan koʻtarilish ehtimolini hisobga olish kerak;
attraksionlar shunday joylashtirilishi kerakki, tashrif buyuruvchilar har bir attraksionga belgilangan joylarda xavfsiz kirishlari va undan xavfsiz chiqishlari mumkin boʻlsin, favqulodda vaziyatlarda xavfli tiqilinch holatlarini keltirib chiqaradigan tor oʻtish joylari boʻlmasligi;
avariya xizmatlarining transport vositalari va statsionar yongʻinni oʻchirish gidrantlariga (shu jumladan, tashrif buyuruvchilarni evakuatsiya qilish paytida) kirishni taʼminlash uchun kirish yoʻllarida attraksionlar va attraksionlarning yordamchi moslamalari orasida hamda ularning ustki tomonida yetarli masofa boʻlishi kerak;
yongʻin paytida olovning tarqalish xavfini kamaytirish uchun qoʻshni attraksionlar, inshootlar yoki boshqa band qilingan zonalar oʻrtasidagi oraliq masofa yongʻin xavfsizligi qoidalarida belgilangan tartibda boʻlishi kerak;
agar attraksionlar kesishgan yoki bir-biridan oʻtadigan boʻlsa, har bir attraksion uchun kamida xavfsizlik konturlari qoʻllanilishi kerak. Ekspluatatsiya qiluvchi ham tashrif buyuruvchilar, ham boshqa tashrif buyuruvchilar uchun xavfsizlik konturlariga rioya qilinishini taʼminlashi kerak;
jeton bilan ishlaydigan bolalar uchun moʻljallangan attraksionlar orasidagi masofa xavfsizlik konturlariga rioya qilingan taqdirda oʻzgarishi mumkin;
d) agar attraksion poydevorga montaj qilinsa (yigʻilsa, oʻrnatilsa), unda attraksionni montaj qilishdan (yigʻishdan, oʻrnatishdan) oldin poydevorning xavfsizligi tasdiqlanishi kerak. Poydevorlar qurilish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq boʻlishi kerak;
e) attraksionlarni poydevorsiz oʻrnatishda dinamik yuklarni hisobga olish zarur, ular attraksion ishlaganda attraksionning siljishiga yoki agʻdarilishiga olib kelmasligi kerak;
j) attraksionni montaj qilish (yigʻish, oʻrnatish) boʻyicha ishlar tugallangandan soʻng ishlab chiqaruvchining tavsiyalariga muvofiq uni sozlash va rostlash ishlari amalga oshirilishi kerak.
75. Attraksionni mazkur Texnik reglamentga muvofiq koʻrikdan oʻtkazish va tekshirish vaqtida aniqlangan nomuvofiqliklar bartaraf etilgandan soʻng, agar ekspluatatsiya hujjatlarida boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, attraksion kamida 15 ta ishchi sikl uchun yuklanmasdan sinovdan oʻtkaziladi.
76. Sinash uchun ishga tushirish paytida quyidagilar tekshiriladi:
attraksion harakatlanish trayektoriyasining barcha nuqtalarida boshqa qismlarga nisbatan xavfsizlik konturining oʻlchamlariga rioya qilinishi;
dasturlanadigan, avariya holatidagi va blokirovka qiluvchi boshqaruv tizimlarining toʻgʻri ishlashi;
xavfsiz ishlashga taʼsir qiluvchi alohida qismlarning belgilangan tezlik chegaralari, tezlanishlari va massasiga rioya qilinishi;
gidravlik yoki pnevmatik tizimlarda ishlaydigan ishchi bosim koʻrsatkichlari;
tugallovchi oʻchirgichlarning sozlanganligi, attraksionning qiyalik burchaklarini nazorat qilish vositalari, ortiqcha yukdan himoya qiluvchi moslamalar (masalan, bosim tushirish klapanlari) va boshqalar;
himoya va xavfsizlik vositalari;
tormoz paytida tashrif buyuruvchilar uchun ruxsat etilgan tezlashuv qiymatlari va tormozlarning ish qobiliyati;
yerdan koʻtarilish yoki agʻdarilishga qarshi barqarorligi.
77. Boshqaruv tizimlari, favqulodda toʻxtatish qurilmalari, qulflash vositalari hamda boshqa himoya va favqulodda asbob-uskunalar toʻgʻri ishlashiga ishonch hosil qilish uchun favqulodda vaziyatlar simulyatsiya qilinadi (agar bu ekspluatatsiya hujjatlarida nazarda tutilgan boʻlsa).
78. Attraksion oʻrnatilgandan soʻng, shu jumladan, attraksionni rekonstruksiya qilish va sozlash ishlari amalga oshirilgandan keyin ularni amalga oshirgan tashkilot attraksion egasi bilan birgalikda mazkur Texnik reglamentga 6-ilovaga muvofiq attraksionning texnik tayyorligi dalolatnomasini tuzadi. Bu bajarilgan ishlar ishlab chiqaruvchining ekspluatatsiya hujjatlarida bayon etilgan talablarga, shuningdek, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq oʻtkazilganligini tasdiqlaydi.
79. Attraksionlar mazkur Texnik reglamentda belgilangan tartibda foydalanishga topshiriladi.
4-§. Attraksionlardan foydalanishda xavfsizlik talablari
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.09.00 Istirohat va madaniyat bogʻlari;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.01.00.00 Davlat, jamiyat va shaxs xavfsizligini taʼminlash sohasidagi umumiy qoidalar]
80. Attraksionlardan foydalanishda quyidagilar talab etiladi:
ekspluatatsiya hujjatlari talablarini bajarish, tegishli jurnallarni yuritish;
attraksionga kirish joyi oldida tashrif buyuruvchilar uchun attraksiondan foydalanish qoidalarini, shuningdek, agar attraksionning biomexanik taʼsirlari nogironligi boʻlgan tashrif buyuruvchilar uchun ruxsat etilsa, ularga xizmat koʻrsatish qoidalarini joylashtirish;
attraksionga kirish joyi oldida sogʻligʻi, yoshi, boʻyi va vazni boʻyicha attraksiondan foydalanishga oid cheklovlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni joylashtirish (agar bu ekspluatatsiya hujjatlarda nazarda tutilgan boʻlsa);
tashrif buyuruvchilarning boʻyi va vaznini oʻlchash uchun vositalarga ega boʻlish (agar bu ekspluatatsiya hujjatlarida nazarda tutilgan boʻlsa);
har bir foydalanilayotgan attraksionga kirish joyi oldida soʻnggi yillik tekshiruv oʻtkazilgan sana va keyingi yillik tekshiruvni oʻtkazish sanasi toʻgʻrisidagi, shu jumladan, QR-kodli (matrik shtrixli kod) maʼlumotlarni oʻz ichiga oluvchi axborot taxtachasini joylashtirish. Taxtacha oʻqiladigan, ob-havo taʼsiridan va ataylab shikast yetkazishdan himoyalangan boʻlishi kerak;
attraksion pulti yonida attraksionning asosiy texnik tavsiflari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oluvchi taxtachani joylashtirish;
tibbiyot qutichalariga ega boʻlish;
tashrif buyuruvchilarni katta balandlikdan yoki yerga nisbatan sezilarli ogʻishishga ega boʻlgan oʻrindiqlardan evakuatsiya qilish boʻyicha zarur evakuatsiya belgilari, rejasi va choralarini joylashtirish;
tashrif buyuruvchilarni attraksion modullaridan evakuatsiya qilish vositalariga ega boʻlish (agar bu ekspluatatsiya hujjatlarida nazarda tutilgan boʻlsa);
xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning ish joyida attraksionga xizmat koʻrsatish boʻyicha asosiy qoidalarni joylashtirish;
attraksionni tashrif buyuruvchilar bilan yuklash sxemalarini joylashtirish (agar bu ekspluatatsiya hujjatlarida nazarda tutilgan boʻlsa);
xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning ish joyida muhim komponentlar va muhim parametrlarga nisbatan kunlik tekshirishlar tartibi boʻyicha xodimlarga qoʻyiladigan talablar bayon etilgan taxtachani joylashtirish;
attraksiondan foydalanishga kunlik ruxsat berish toʻgʻrisidagi yozuvlarni jurnalga kiritgan holda kunlik tekshirishlarni amalga oshirish;
attraksionning ishlash vaqtida va undan tashqari vaqtda tashrif buyuruvchilarning xavfli zonalarga (attraksionlar modullari, mexanizmlarning harakatlanish zonalari, elektr uskunalari uchun shkaflar, xizmat koʻrsatuvchi xodimlar uchun maydonchalar va narvonlar) erkin kirishini taqiqlash;
attraksiondan yoʻl qoʻyilmaydigan foydalanishni man etish;
xodimlar uchun xavfsiz ish joylarini tashkil etish;
attraksionlar maydonlarida shamol kuchi va atrof-muhit havosining haroratini oʻlchash uchun asboblarni oʻrnatish (agar bu ekspluatatsiya hujjatlarida nazarda tutilgan boʻlsa);
har bir attraksionni yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari bilan taʼminlash;
attraksiondan foydalanish va unga xizmat koʻrsatish jarayonini uzluksiz kuzatib borish imkonini beruvchi video kuzatuv moslamalari bilan jihozlash.
81. Ekspluatatsiya qiluvchi attraksionlarni kunlik va yillik tekshirishlarni, shuningdek, ekspluatatsiya hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa turdagi tekshirishlarni amalga oshiradi.
82. Foydalanish uzoq vaqt (12 oydan ortiq) toʻxtatib turilib texnik sabablarga koʻra ishlamay turgandan keyin foydalaniladigan attraksionlar qisman yoki toʻliq qismlarga ajratilgan taqdirda ekspluatatsiya qiluvchi attraksionni toʻliq tekshiradi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.05.00 Sanoat uskunalari, mashinalari va asboblariga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash. Asosiy fondlarning amortizatsiyasi]
83. Attraksionlarga texnik xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlash ekspluatatsiya hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
84. Agar attraksionning asosiy koʻtarib turuvchi konstruksiyasi va almashtirib boʻlmaydigan qismlarining belgilangan xizmat muddati tugagan boʻlsa, ekspluatatsiya qiluvchi attraksiondan foydalanishni toʻxtatishi kerak.
85. Attraksionning belgilangan xizmat muddati tugagach, qoldiq resursni baholashni oʻtkazmasdan undan maqsadli foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
86. Belgilangan xizmat muddatini oʻtab boʻlgan attraksionning qoldiq resursi akkreditatsiya qilingan tashkilot tomonidan koʻrikdan oʻtkazish shaklida baholanadi.
87. Attraksionni koʻrikdan oʻtkazishda quyidagilar amalga oshiriladi:
nuqsonlarni, nosozliklarni, eskirish va zanglash darajasini aniqlagan holda attraksion asbob-uskunasining holatini aniqlash;
metall konstruksiyalar, attraksionlar modullari, mahkamlab qoʻyuvchi moslamalar holatini, tashrif buyuruvchilarning oʻrindiqlari, shassilar, tormoz moslamalari, boshqaruv tizimlarini mahkamlashning ishonchliligini nazorat qilish;
elektr zanjirlari va elektr uskunalarining izolyatsiyasini sinovdan oʻtkazish, attraksion asbob-uskunasining yerga ulanishini vizual va oʻlchash nazorati.
88. Koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar attraksion pasportida qayd etiladi.
89. Koʻrikdan oʻtkazish natijalari asosida attraksiondan foydalanishni uzaytirish shartlari va uning ehtimoliy muddatini oʻz ichiga oluvchi xulosa rasmiylashtiriladi.
90. Qoldiq resursni baholash texnik holatni baholash doirasida amalga oshirilishi mumkin (agar bu qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boʻlsa).
91. Loyihachining dastlabki roziligisiz attraksionni modifikatsiyalashga yoʻl qoʻyilmaydi.
92. Attraksionlarni tashish va saqlash ekspluatatsiya hujjatlarida nazarda tutilgan xavfsizlik talablarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak.
93. Ekspluatatsiya hujjatlarida attraksionlarni xavfsiz tarzda utilizatsiya qilish boʻyicha tavsiyalar belgilangan boʻlishi kerak.
94. Attraksionlarning mazkur Texnik reglamentga muvofiqligi uning talablarini bajarish orqali taʼminlanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang)]
95. Attraksionlarning namunalarini tanlash, sinov va oʻlchashlarini oʻtkazishda qoida hamda uslublarini oʻz ichiga olgan Oʻzbekiston Respublikasining milliy standarti yoki xalqaro standartlar roʻyxatiga kiritilgan standartlar, ular boʻlmagan holda mintaqaviy yoki xorijiy mamlakatlarning standarti qoʻllaniladi.
5-bob. Attraksionning muvofiqligini baholash
1-§. Muvofiqlikni baholash tartib-taomillari
96. Attraksionlarning mazkur Texnik reglament talablariga muvofiqligi muvofiqlikni tasdiqlash shaklida baholanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang)]
97. Attraksionlarning muvofiqligi majburiy sertifikatlashtirish yoki muvofiqlikni deklaratsiyalash shaklida tasdiqlanadi.
98. Attraksionlarning muvofiqligi quyidagicha tasdiqlanadi:
sertifikatlashtirish organi tomonidan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan biomexanik xavfning I darajasiga ega boʻlgan attraksionlarga nisbatan majburiy sertifikatlashtirish shaklida;
oʻzining dalillari hamda sertifikatlashtirish organi, akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyasi (markazi) ishtirokida olingan dalillar asosida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan biomexanik xavfning II, III darajalariga ega boʻlgan attraksionlarga nisbatan muvofiqlikni deklaratsiyalash shaklida.
99. Muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiya yoki muvofiqlik sertifikati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shu jumladan, ularning amal qilish muddati attraksion pasportida koʻrsatiladi.
100. Attraksionning muvofiqligini tasdiqlash uchun ariza beruvchi ushbu Texnik reglamentning xavfsizlik talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlar toʻplamini shakllantiradi va u quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
xavfsizlikni asoslash;
ekspluatatsiya hujjatlari;
shartnoma (yetkazib berish shartnomasi) va tovarning yuk kuzatuv hujjatlari (mahsulot toʻpi, bitta mahsulot uchun);
ishlab chiqaruvchida joriy qilingan menejment tizimi sertifikati (agar mavjud boʻlsa);
ishlab chiqaruvchi, sotuvchi va (yoki) sinov laboratoriyalari (markazlari) tomonidan oʻtkazilgan attraksionni sinovdan oʻtkazish bayonnomalari;
materiallar va tarkibiy qismlarning muvofiqligini tasdiqlash toʻgʻrisidagi hujjatlar (muvofiqlik sertifikati yoki muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiya) yoki ularni sinovdan oʻtkazish bayonnomalari (agar mavjud boʻlsa);
xorijiy sertifikatlashtirish organlaridan olingan attraksionning muvofiqligini tasdiqlash toʻgʻrisidagi hujjatlar (agar mavjud boʻlsa);
mazkur Texnik reglamentning 95-bandida nazarda tutilgan standartlar roʻyxati (ishlab chiqaruvchi tomonidan qoʻllanilganda);
Attraksionning mazkur Texnik reglament xavfsizlik talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar (agar mavjud boʻlsa).
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar]
101. Attraksionlarni sertifikatlashtirishda quyidagilar amalga oshiriladi:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
a) sertifikatlashtirish organi va ariza beruvchi oʻrtasida shartnoma tuziladi;
b) attraksion yagona nusxada 4S-sxema boʻyicha majburiy ravishda sertifikatlashtiriladi. Bunda ariza beruvchi attraksionlar ishlab chiqaruvchisi yoki sotuvchisi hisoblanadi;
v) ariza beruvchi quyidagi maʼlumotlarni koʻrsatgan holda sertifikatlashtirish uchun onlayn ariza yuboradi:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar]
yuridik shaxs uchun — ishlab chiqaruvchi va uning filiallari toʻliq nomi, uning joylashgan joyi (yuridik shaxsning manzili) va ishlab chiqarish joyi manzili (agar manzillari turlicha boʻlsa), yakka tartibdagi tadbirkor uchun — familiyasi, ismi va otasining ismi, yashash va ishlab chiqarish joyi manzili (agar manzillari turlicha boʻlsa);
yuridik shaxs yoki sertifikatlashtirish organiga ariza bilan murojaat qilishga vakolatli (vakolat beruvchi hujjatning nomi va tafsilotlari koʻrsatilgan holda) tashkilot rahbarining lavozimi, familiyasi, ismi va otasining ismi (mavjud boʻlsa);
yuridik shaxs uchun arizachi beruvchining toʻliq nomi, uning joylashgan joyi (yuridik shaxsning manzili) va faoliyat joyi (joylari) (manzillari turlicha boʻlsa), yakka tartibdagi tadbirkor uchun — familiyasi, ismi va otasining ismi, yashash joyi va faoliyat joylari (manzillar turlicha boʻlsa) hamda arizachi beruvchining STIRi, bank rekvizitlari, telefon raqami va elektron pochta manzili;
attraksionni identifikatsiya qilishni taʼminlovchi maʼlumotlar;
ariza beruvchi tomonidan tanlangan sertifikatlashtirish sxemasi;
ushbu Texnik reglamentning nomi va belgilanishi;
agar ishlab chiqaruvchi oʻz nomidan ishlab chiqarish uchun buyurtmani boshqa yuridik shaxslarning, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlarning ishlab chiqarish maydonlariga joylashtiradigan boʻlsa, buyurtma ijrochisining toʻliq nomi, joylashgan joyi (yuridik shaxsning manzili) va ishlab chiqarish joyi manzili (manzillari);
yagona ekanligini belgilovchi maʼlumotlar (sertifikatlashtirish sxemasida koʻzda tutilganda).
Arizaga mazkur Texnik reglament talablariga muvofiqlikni tasdiqlovchi quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
attraksionning texnik (loyihaviy va/yoki konstruktorlik va/yoki texnologik va/yoki foydalanish) hujjatlari nusxalari;
standartlar roʻyxati (ularning belgilanishi va nomlari, agar texnik reglament talablariga rioya qilinishi xalqaro va mintaqaviy (davlatlararo) standartlar roʻyxatiga kiritilgan standartlarning toʻliq qoʻllanilishi bilan emas, balki ularning alohida boʻlimlari (boblari, bandlari)ni qoʻllash orqali taʼminlanadigan boʻlsa, ushbu standartlarning alohida boʻlimlari (boblari, bandlari). Ular (Oʻzbekiston Respublikasining milliy standartlari va xalqaro standartlar) mavjud boʻlmagan taqdirda, davlatlararo standartlar, ularni ixtiyoriy ravishda qoʻllash (ular ariza beruvchi tomonidan qoʻllanilsa) natijasida texnik reglamentlar talablariga muvofiqligi taʼminlanadi;
agar texnik reglament talablariga rioya qilinishini taʼminlaydigan, ixtiyoriy ravishda qoʻllaniladigan standartlar qoʻllanilmagan yoki mavjud boʻlmasa, texnik reglamentlar talablariga muvofiqlikni tasdiqlovchi qabul qilingan texnik yechimlar va xavfni baholash natijalari tavsifi (zarur boʻlganda);
attraksionni tamgʻalash (markirovkalash) namunasi (mahsulot toʻgʻrisida axborot), (davlat tilida yorliqlanishi shart boʻlgan mahsulot toʻgʻrisida axborot lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida koʻrsatiladi) (notijorat maqsadlar uchun moʻljallangan mahsulotlar bundan mustasno);
attraksionni ishlab chiqarishga asos boʻluvchi hujjatlar nusxasi (Oʻzbekiston Respublikasining milliy standarti, xalqaro standart, davlatlararo standart yoki boshqa hujjat);
attraksionning murakkab tarkibiy qismlari, materiallari, butlovchi buyumlari yoki tarkibiy qismlarining muvofiqlik sertifikatlari nusxalari (mavjud boʻlsa);
respublika hududiga yetkazib berilgan attraksionning texnik reglament talablariga muvofiqligi taʼminlanishi va bunday mahsulotlarning belgilangan talablarga mos kelmasligi uchun javobgarlik koʻzda tutilgan (ishlab chiqaruvchi vakolat bergan shaxs uchun) ishlab chiqaruvchi (shu jumladan, xorijiy ishlab chiqaruvchi) bilan shartnoma nusxasi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.01.00 Umumiy qoidalar]
intellektual mulk obyekti roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi muhofaza hujjati (guvohnoma yoki patent) yoki intellektual mulk obyektidan foydalanish toʻgʻrisida litsenziya shartnomasi nusxasi (mavjud boʻlsa);
attraksion texnik reglament talablariga muvofiqligiga isbot sifatida ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan boshqa hujjatlar (mavjud boʻlsa);
ariza beruvchi nomidan sertifikatlashtirish ishlarida ishtirok etuvchi rasmiy vakil boʻlgan taqdirda, ishonchnoma;
chetdan keltirilayotgan attraksion toʻpi (partiya) yoki yagona (bitta) mahsulot turi uchun uning hajmini belgilovchi shartnoma (yetkazib berish shartnomasi) va yukka ilova qilinadigan hujjatlar nusxasi;
attraksionda oʻtkazilgan tadqiqot haqida maʼlumot (sertifikatlashtirish sxemasida koʻzda tutilganda);
ishlab chiqaruvchi yoki sinov laboratoriyasi (markazi) tomonidan oʻtkazilgan sinov va oʻlchashlar bayonnomalari (sertifikatlashtirish sxemasida koʻzda tutilganda).
Arizaga ilova qilingan va chet tilida yozilgan hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasining davlat tilidagi tarjimasi bilan taqdim etilishi shart.
Arizaga ilova qilinadigan hujjatlarning ishonchliligiga ariza beruvchi javobgar hisoblanadi.
102. Attraksionlarni sertifikatlashtirishda ariza beruvchi sinovdan oʻtkazish uchun montaj qilingan bir martalik ishlab chiqariladigan attraksionni hamda mazkur Texnik reglamentning 101-bandi “a” va “v” kichik bandlarida koʻrsatilgan hujjatlarni taqdim etadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.02 Sertifikatlashtirish boʻyicha organlar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.03 Sertifikatlashtirish faoliyatiga talablar;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.09.00 Istirohat va madaniyat bogʻlari]
103. Sertifikatlashtirish organi attraksionlarni sertifikatlashtirishda:
a) ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqib, sertifikatlashtirish shartlarini (shu jumladan, sinash dasturini) koʻrsatgan holda qaror qabul qiladi;
b) attraksionni identifikatsiya qiladi va sinash uchun namunalar oladi;
v) sinov laboratoriyasida (markazida) mahsulot namunalarini sinashni taʼminlaydi;
g) attraksionlarning muvofiqligini baholash natijalari ijobiy boʻlganda, muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtiradi va davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazadi.
104. Attraksion namunalari quyidagicha tanlanadi:
turkum ishlab chiqarilganlar uchun — ishlab chiqaruvchining tayyor mahsulot omborida (ishlab chiqaruvchi tomonidan vakolat berilgan shaxs), vaqtincha saqlash ombori, bojxona ombori, yuk tashish vositasi sigʻimida yoki tayyor mahsulot ishlab chiqarish liniyasida;
mahsulot toʻpi uchun — ishlab chiqaruvchi tayyor mahsulot omborida (ishlab chiqaruvchi tomonidan vakolat berilgan shaxs), vaqtincha saqlash ombori, bojxona ombori yoki saqlashga olgan javobgar omborida, yuk tashish vositasi sigʻimida yoki tayyor mahsulot ishlab chiqarish liniyasida);
yagona nusxa uchun — attraksion birligi joylashgan joyda (yoki ariza beruvchi tomonidan taqdim etiladi).
105. Attraksionni identifikatsiya qilish va undan namuna olish bir vaqtda amalga oshiriladi.
Attraksionni sertifikatlashtirishda identifikatsiya qilish va namuna olish sertifikatlashtirish organi tomonidan ariza beruvchi huzurida Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq namunalarni identifikatsiyalash va namuna olish dalolatnomasini rasmiylashtirgan holda amalga oshiriladi.
Bunda attraksionni identifikatsiya qilish va namuna tanlash ariza boʻyicha qabul qilingan qaror hamda sertifikatlashtirish ishlariga haq toʻlangandan soʻng ikki kundan kechiktirmay sertifikatlashtirish organi tomonidan joyiga chiqqan holda amalga oshiriladi.
Attraksion namunalarini tanlash natijalari namunalar olish joyi va sanasi, namunalarni saqlash sharoitlari hamda tanlangan attraksionning bir tipligi koʻrsatilgan tegishli dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Attraksionni identifikatsiya qilish natijalari namunalarni identifikatsiya qilish va namuna olish dalolatnomasida aks ettiriladi.
106. Ariza beruvchi muvofiqlik sertifikatini bergan sertifikatlashtirish organini Texnik reglamentga muvofiq attraksion konstruksiyasiga oʻzgartirishlar kiritilganligi, shuningdek, ularning xavfsizligiga taʼsir qiluvchi oʻzgartirishlar kiritilganligi toʻgʻrisida yozma shaklda xabardor qilishi shart.
Sertifikatlashtirish organi ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qiladi va attraksionlar konstruksiyasiga kiritilgan oʻzgartirishlar bilan muvofiqlik sertifikatini qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida yoki attraksionni qaytadan baholashdan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
107. Attraksion muomalaga chiqarilganda, quyidagilarga hujjatlar toʻplami saqlanishi kerak:
attraksionga — ishlab chiqaruvchida attraksion ishlab chiqarishdan olib tashlangan (toʻxtatilgan) kundan boshlab kamida oʻn yil muddatgacha;
attraksionning yagona nusxasiga — sotuvchida sotilgan kundan boshlab kamida oʻn yil muddatgacha.
Attraksionlarning Texnik reglament talablariga muvofiqligini sertifikatlashtirishda foydalanilgan hujjatlarning nusxalari va muvofiqlik sertifikatining nusxasi muvofiqlik sertifikatini bergan sertifikatlashtirish organida muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati tugagandan soʻng bir yil mobaynida, amal qilish muddati koʻrsatilmay rasmiylashtirilgan muvofiqlik sertifikatlari uchun uch yil davomida saqlanishi kerak.
108. Muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati tugaganidan keyin muvofiqlik sertifikatining bir nusxasi va dalillar sifatida foydalanilgan materiallar ariza beruvchida, boshqa nusxasi esa uni roʻyxatdan oʻtkazgan sertifikatlashtirish organida uch yil davomida saqlanadi.
109. Attraksionlarning muvofiqligini deklaratsiyalash quyidagi sxemalar boʻyicha amalga oshiriladi:
a) 1D-sxema — yuzaga kelishi mumkin boʻlgan biomexanik xavfning II va III darajalariga ega boʻlgan turkum ishlab chiqariladigan attraksionlar uchun qoʻllaniladi va ariza beruvchi tomonidan bajariladigan quyidagi harakatlarni oʻz ichiga oladi:
mazkur Texnik reglamentning 100-bandida belgilangan hujjatlar toʻplamini shakllantirish;
ishlab chiqarish nazoratini amalga oshirish;
ishlab chiqarish jarayoni attraksionlarning Texnik reglament talablariga muvofiqligini taʼminlashi uchun barcha zarur choralarni koʻrish;
namunalarni ariza beruvchining sinov laboratoriyasida va (yoki) boshqa sinov laboratoriyasida (markazida) sinovdan oʻtkazish;
muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiyani qabul qilish va roʻyxatdan oʻtkazish;
b) 2D-sxema — yuzaga kelishi mumkin boʻlgan biomexanik xavfning II va III darajalariga ega boʻlgan attraksionlar partiyasi (bitta attraksion) uchun qoʻllaniladi va ariza beruvchi tomonidan bajariladigan quyidagi harakatlarni oʻz ichiga oladi:
mazkur Texnik reglamentning 100-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻplamini shakllantirish;
namunalarni ariza beruvchining sinov laboratoriyasida va (yoki) boshqa sinov laboratoriyasida (markazida) sinovdan oʻtkazish;
muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiyani qabul qilish va roʻyxatdan oʻtkazish;
v) 3D-sxema — yuzaga kelishi mumkin boʻlgan biomexanik xavfning II darajasiga ega boʻlgan turkum ishlab chiqariladigan attraksionlar uchun ularni foydalanish joyida montaj qilishdan (yigʻishdan, oʻrnatishdan) oldin toʻliq sinovdan oʻtkazish imkoni boʻlmaganda qoʻllaniladi va ariza beruvchi tomonidan bajariladigan quyidagi harakatlarni oʻz ichiga oladi:
mazkur Texnik reglamentning 100-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻplamini shakllantirish;
ishlab chiqarish nazoratini amalga oshirish;
ishlab chiqarish jarayoni attraksionlarning Texnik reglament talablariga muvofiqligini taʼminlashi uchun barcha zarur choralarni koʻrish;
sertifikatlashtirish organiga (sinov laboratoriyasiga (markaziga)) attraksion turini quyidagi usullardan biri boʻyicha tadqiq qilish uchun ariza yuborish;
kelajakdagi barcha mahsulotlarning namunaviy koʻrinishi sifatida rejalashtirilgan ishlab chiqarish uchun attraksion namunasini tadqiq qilish;
texnik hujjatlarni, attraksionning namunasini yoki muhim komponentlarini sinovdan oʻtkazishni tahlil qilish.
Attraksion turini tadqiq qilish natijalari xulosa (muvofiqlik sertifikati) va (yoki) bayonnomada rasmiylashtiriladi, unda sinov laboratoriyasi (markazi) attraksion turini Texnik reglament talablariga muvofiqligini baholaydi.
Xulosa (muvofiqlik sertifikati) va (yoki) bayonnoma asosida ariza beruvchi muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiyani qabul qiladi va roʻyxatdan oʻtkazadi;
g) 4D-sxema — yuzaga kelishi mumkin boʻlgan biomexanik xavfning II darajasiga ega boʻlgan turkum ishlab chiqariladigan attraksionlar uchun ishlab chiqaruvchida joriy qilingan menejment tizimi sertifikati mavjud boʻlganda qoʻllaniladi va mazkur Texnik reglamentning 100-bandida belgilangan hujjatlar toʻplamini shakllantirishni oʻz ichiga oladi.
110. 1D, 3D va 4D-sxemalar boʻyicha muvofiqlikni deklaratsiyalashda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi hisoblanadi.
111. 2D-sxema boʻyicha muvofiqlikni deklaratsiyalashda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi (yetkazib beruvchi) hisoblanadi.
112. Muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiya ariza beruvchi tomonidan rasmiylashtiriladi. Muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiyada deklaratsiyalanayotgan attraksionlarga taalluqli va yuzaga kelishi mumkin boʻlgan biomexanik xavflar darajasi koʻrsatiladi.
113. Muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiya sertifikatlashtirish organi tomonidan belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkaziladi. Muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiyaning amal qilishi reyestrda roʻyxatdan oʻtgan kundan boshlanadi.
Muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiyaning amal qilish muddati attraksionning belgilangan xizmat muddatiga mos keladi.
114. Ariza beruvchi muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiyani va Texnik reglamentning 100-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻplamini muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiyaning amal qilish muddati tugagan kundan boshlab uch yil davomida saqlashi shart.
115. Mazkur Texnik reglamentning 100-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻplami davlat nazorati organlariga ularning talabi boʻyicha taqdim etilishi kerak.
116. Yuzaga kelishi mumkin boʻlgan biomexanik xavfning I darajasiga ega boʻlgan attraksionlar quyidagi sxemalar boʻyicha sertifikatlashtiriladi:
a) 1C-sxema — turkum ishlab chiqariladigan attraksionlar uchun qoʻllaniladi va quyidagi harakatlarni oʻz ichiga oladi:
ariza beruvchi sertifikatlashtirish organiga mazkur Texnik reglamentning 100-bandida keltirilgan hujjatlar toʻplamini shakllantirib ariza yoʻllaydi;
sertifikatlashtirish organi taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qiladi va mahsulotni yuzaga kelishi mumkin boʻlgan biomexanik xavf darajasiga qarab identifikatsiya qiladi, sinov laboratoriyasida (markazida) sinovdan oʻtkazish uchun ariza beruvchidan namunalarni tanlab oladi va sinovdan oʻtkazish dasturini belgilaydi;
sertifikatlashtirish organi ishlab chiqaruvchida ishlab chiqarish jarayoni va attraksionlarning namunalarini sinovdan oʻtkazish natijalarini tahlil qiladi hamda ijobiy natija boʻlganda, ariza beruvchiga muvofiqlik sertifikatini beradi;
sertifikatlashtirish organi sinov laboratoriyasida (markazida) attraksionlar namunalarini sinovdan oʻtkazish va (yoki) ishlab chiqarish jarayonini tahlil qilish orqali sertifikatlangan attraksionlarni davriy baholaydi;
b) 2C-sxema — ishlab chiqaruvchida menejment tizimlarining sertifikati mavjud boʻlgan turkum ishlab chiqariladigan attraksionlar uchun qoʻllaniladi va quyidagi harakatlarni oʻz ichiga oladi:
ariza beruvchi sertifikatlashtirish organiga mazkur Texnik reglamentning 100-bandida keltirilgan hujjatlar toʻplamini shakllantirib ariza yoʻllaydi. Bunda ishlab chiqaruvchida menejment tizimlarining sertifikati arizaga ilova qilinadi;
sertifikatlashtirish organi taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qiladi va mahsulotni yuzaga kelishi mumkin boʻlgan biomexanik xavf darajasiga qarab identifikatsiya qiladi, sinov laboratoriyasida (markazida) sinovdan oʻtkazish uchun ariza beruvchidan namunalarni tanlab oladi va sinovdan oʻtkazish dasturini tasdiqlaydi;
sertifikatlashtirish organi ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar toʻplami va attraksionlarni sinovdan oʻtkazish natijalarini tahlil qiladi hamda ijobiy natija boʻlganda ariza beruvchiga muvofiqlik sertifikatini beradi;
sertifikatlashtirish organi sinov laboratoriyasida (markazida) attraksionlar namunalarini sinovdan oʻtkazish va menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organi tomonidan oʻtkazilgan davriy baholash natijalarini tahlil qilish orqali sertifikatlangan attraksionlarda davriy baholaydi;
v) 3C-sxema — attraksionlar toʻpi (bitta attraksion) uchun qoʻllaniladi va quyidagi harakatlarni oʻz ichiga oladi:
ariza beruvchi sertifikatlashtirish organiga mazkur Texnik reglamentning 100-bandida keltirilgan hujjatlar toʻplamini shakllantirib ariza yoʻllaydi;
sertifikatlashtirish organi taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qiladi va mahsulotni yuzaga kelishi mumkin boʻlgan biomexanik xavf darajasiga qarab identifikatsiya qiladi, sinov laboratoriyasida (markazida) sinovdan oʻtkazish uchun ariza beruvchidan namunalarni tanlab oladi va sinovdan oʻtkazish dasturini belgilaydi;
sinov laboratoriyasi (markazi) attraksionlarni sinovdan oʻtkazadi. Agar attraksion montaj qilish (yigʻish, oʻrnatish) joyiga yaxlit emas, balki alohida qismlarda olib kelinsa, sinovdan oʻtkazish u foydalanish joyida montaj qilingandan (yigʻilgandan, oʻrnatilgandan) va sozlangandan soʻng amalga oshiriladi;
sertifikatlashtirish organi attraksionlarni sinovdan oʻtkazish natijalarini tahlil qiladi va ijobiy natija boʻlganda, ariza beruvchiga muvofiqlik sertifikatini beradi;
g) 4C-sxema — xorijiy ishlab chiqaruvchi tomonidan yetkazib beriladigan cheklangan hajmdagi attraksionlar toʻpi uchun qoʻllaniladi va quyidagi harakatlarni oʻz ichiga oladi:
ariza beruvchi sertifikatlashtirish organiga mazkur Texnik reglamentning 100-bandida keltirilgan hujjatlar toʻplamini shakllantirib ariza yoʻllaydi;
sertifikatlashtirish organi ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar toʻplamini tahlil qiladi va attraksionlarni yuzaga kelishi mumkin boʻlgan biomexanik xavf darajasiga qarab identifikatsiya qiladi hamda ijobiy natija boʻlganda, ariza beruvchiga muvofiqlik sertifikatini beradi.
117. 1C, 2C va 4C-sxemalar boʻyicha sertifikatlashtirishda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi hisoblanadi.
118. 3C-sxema boʻyicha sertifikatlashtirishda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi (yetkazib beruvchi) hisoblanadi.
119. Sertifikatlashtirish sxemasi mazkur Texnik reglament qoidalarini hisobga olgan holda ariza beruvchi tomonidan tanlanadi.
120. Attraksionlarni sertifikatlashtirish uchun ariza, ariza beruvchi tomonidan rasmiylashtiriladi va quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
ariza beruvchining nomi va joylashgan joyi;
ishlab chiqaruvchining nomi va joylashgan joyi;
attraksion (uning tarkibi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va uning identifikatsiya qiluvchi belgilari (attraksion nomi, turi), ekspluatatsiya hujjatlarida koʻrsatilgan texnik tavsiflar, ishlab chiqarish shakli (turkum ishlab chiqarish yoki toʻpi), shartnoma rekvizitlari;
foydalaniladigan standartlar roʻyxati (agar mavjud boʻlsa);
sertifikatlashtirish sxemasi;
ariza beruvchining sertifikatlashtirish qoidalari va shartlarini bajarish toʻgʻrisidagi majburiyatlari.
121. Sertifikatlashtirish organi ariza va unga ilova qilingan mazkur Texnik reglamentning 100-bandida keltirilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi hamda sertifikatlashtirishni amalga oshirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.02 Sertifikatlashtirish boʻyicha organlar]
122. Sertifikatlashtirish organi sertifikatlashtirish sxemasiga muvofiq ish olib boradi, qaror tayyorlaydi va ijobiy natija boʻlganda, ariza beruvchiga muvofiqlik sertifikatini beradi.
123. Sertifikatlashtirish natijasi ijobiy boʻlmaganda, sertifikatlashtirish organi ariza beruvchiga muvofiqlik sertifikatini berishni rad etish toʻgʻrisidagi asoslantirilgan qarorni yuboradi.
124. Attraksion toʻpi yoki bitta attraksion namunasi (namunalari) sertifikatlashtirish organining topshirigʻiga binoan sinov laboratoriyasi (markazi) tomonidan sertifikatlashtirish organi tomonidan tasdiqlangan sinov dasturiga muvofiq sinovdan oʻtkaziladi.
125. Ishlab chiqarish jarayoni sertifikatlashtirish organi tomonidan ishlab chiqaruvchida baholanadi (agar sertifikatlashtirish sxemasida nazarda tutilgan boʻlsa). Tahlil natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
126. Sertifikatlashtirish sxemasida nazarda tutilgan muvofiqlikni baholash jarayonlarining ijobiy natijasiga asosan sertifikatlashtirish organi muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtiradi va uni ariza beruvchiga beradi.
127. Muvofiqlik sertifikati Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda tasdiqlangan shaklda rasmiylashtiriladi. Muvofiqlik sertifikatida, sertifikatlangan attraksionlarga taalluqli boʻlgan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan biomexanik xavf darajasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak.
128. Sertifikatlashtirish organi muvofiqlik sertifikati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni reyestrga kiritadi.
129. Muvofiqlik sertifikati:
turkum ishlab chiqariladigan mahsulotga — uch yil muddatga;
attraksion toʻpiga — attraksionning yaroqlilik yoki kafolat muddatiga rasmiylashtiriladi.
Attraksionning yaroqlilik yoki kafolat muddati mavjud boʻlmaganda, muvofiqlik sertifikati muddat koʻrsatilmay rasmiylashtiriladi.
130. Turkum ishlab chiqariladigan attraksionlar uchun rasmiylashtirilgan muvofiqlik sertifikati muvofiqlik sertifikatini bergan sertifikatlashtirish organi tomonidan bir yilda bir marotaba davriy baholanadi.
Davriy baholash natijalariga koʻra sertifikatlashtirish organi:
muvofiqlik sertifikatining amal qilishini unda belgilangan amal qilish muddati doirasida tasdiqlaydi;
muvofiqlik sertifikatining amal qilishini tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab 2 oydan ortiq boʻlmagan muddatga toʻxtatib turadi;
muvofiqlik sertifikatining amal qilishini tugatadi.
131. Agar aniqlangan nomuvofiqliklarni tuzatish choralarini koʻrish orqali bartaraf etish va ularni bartaraf etish imkoni mavjud boʻlsa, sertifikatlashtirish organi muvofiqlik sertifikatining amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Tuzatish choralari koʻrilib aniqlangan nomuvofiqliklar bartaraf etilgandan soʻng sertifikatlashtirish organi muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddatini tiklash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Agar aniqlangan nomuvofiqliklarni amalda bartaraf etish imkonsiz yoki sertifikatlangan attraksionlarning Texnik reglament talablariga toʻliq muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa chiqarib boʻlmasa, sertifikatlashtirish organi muvofiqlik sertifikatining amal qilishini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
132. Muvofiqlik sertifikatining amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi qaror davriy baholash davomida aniqlangan nomuvofiqliklar va ularning sabablari ishlab chiqaruvchi tomonidan bartaraf etish imkoni mavjud boʻlmaganda sertifikatlashtirish organi tomonidan qabul qilinadi.
133. Mazkur Texnik reglamentning 100-bandida keltirilgan hujjatlar toʻplami, sinov bayonnomalari, muvofiqlik sertifikati quyidagi muddat davomida ariza beruvchida va sertifikatlashtirish organida saqlanishi kerak:
turkum ishlab chiqariladigan attraksionlarga — muvofiqlik sertifikatining amal qilishi tugagan kundan boshlab kamida bir yil;
attraksionlar partiyasiga (bitta attraksionga) — partiyadan oxirgi mahsulot sotilgan kundan boshlab kamida bir yil.
134. Mazkur Texnik reglamentning 116-bandida koʻrsatilgan hujjatlar davlat nazorati organlariga ularning talabiga binoan taqdim etilishi kerak.
6-bob. Attraksionning xizmat muddatini uzaytirish maqsadida texnik tahlil oʻtkazish
135. Ekspluatatsiya hujjatlarida belgilangan xizmat muddatini (resursni) oʻtab boʻlgan attraksionlardan keyinchalik foydalanish uchun texnik tahlil oʻtkazmasdan va belgilangan xizmat muddatini (resursni) uzaytirmasdan yoʻl qoʻyilmaydi.
Ekspluatatsiya hujjatlaridan xizmat muddati toʻgʻrisidagi maʼlumotni olishning imkoni boʻlmagan taqdirda, attraksionni texnik tahlil u ishlab chiqarilgan kundan boshlab 10 yildan kechiktirmay amalga oshiriladi. Texnik tahlil attraksion egasining tashabbusi bilan belgilangan xizmat muddatiga yetguncha amalga oshirilishi mumkin.
136. Attraksionni texnik tahlil qilish quyidagilardan iborat:
texnik holatni nazorat qilish;
nomuvofiqliklar, nuqsonlar, nosozliklarni izlash va ularning sabablarini aniqlash;
taʼmirtalab attraksionlarning tayanch konstruksiyalarining muhim komponentlari va elementlarini aniqlash;
attraksionning qoldiq resursini va uning xizmat muddatini uzaytirish imkoniyatini aniqlash.
137. Attraksionni tekshirish va sinovdan oʻtkazish hajmi ekspluatatsiya hujjatlari, mazkur Texnik reglament va boshqa texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari asosida tuzilgan individual texnik tahlil dasturida belgilanadi.
Attraksion egasi tomonidan attraksionlarni tekshirishda qoʻshimcha ravishda quyidagilar amalga oshiriladi:
attraksion asbob-uskunalarining holatini nuqsonlar, nosozliklar, eskirish va zanglash darajasi orqali aniqlash;
putur yetkazmaydigan nazorat usullari yordamida konstruksiyalarni tekshirish;
attraksionning texnik diagnostika sinovlarini yuksiz va nominal yuk bilan kamida beshta ish sikli davomida amalga oshirish.
Boshqa tekshiruv va sinovlarni oʻtkazish zarurati attraksionlarni texnik tahlil boʻyicha ishlarini amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan belgilanadi.
138. Belgilangan xizmat muddatini uzaytirish boʻyicha ekspert xulosasi va texnik tahlil boʻyicha hisobot hujjatlari attraksion pasportiga ilova qilinadi va uning ajralmas qismi hisoblanadi. Texnik tahlilni amalga oshirgan tashkilot attraksion pasportiga tayinlangan xizmat muddatini uzaytirish boʻyicha ekspertiza xulosalari toʻgʻrisidagi yozuvni kiritadi.
7-bob. Attraksionlarni muvofiqlik belgisi bilan tamgʻalash
139. Mazkur Texnik reglament talablariga javob beradigan, shuningdek muvofiqligi tasdiqlangan attraksionlar muvofiqlik belgisi bilan tamgʻalanadi.
140. Attraksionlar muvofiqlik belgisi bilan ular muomalaga chiqarilishidan oldin tamgʻalanadi.
141. Muvofiqlik belgisi har bir elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarida hamda ularning texnik hujjatlarida (pasportida) joylashtiriladi va ulardan foydalanish davrida tasviri aniq koʻrinishi taʼminlanishi kerak.
Tamgʻalash davlat tilida amalga oshiriladi.
142. Muvofiqlik belgisini attraksionlarga joylashtirish imkoni boʻlmagan taqdirda, ularning qadoqlari va texnik hujjatlariga (pasportiga) joylashtirishga ruxsat etiladi.
8-bob. Texnik reglament talablariga rioya etilishining davlat nazorati
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.03 Standartlar boʻyicha davlat nazorati]
143. Texnik reglament talablariga amal qilish boʻyicha davlat nazorati Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Energetika vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, shuningdek, boshqa vakolatli davlat organlari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.09.00 Istirohat va madaniyat bogʻlari]
144. Attraksionlardan foydalanish sohasida davlat nazorati va tekshiruvi:
a) attraksionlardan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga soluvchi maxsus vakolatli organ — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi — attraksionlardan foydalanish sohasida texnik jihatdan tartibga solish sohasida qonunchilik hujjatlari va normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiradi;
b) attraksionlardan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga solish boʻyicha alohida vakolatlarga ega boʻlgan davlat organlari:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
Favqulodda vaziyatlar vazirligi — tegishli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi vositasida avariyaga oid tashqi va ichki rejalarning bajarilishi, shuningdek, tegishli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa yuridik shaxslarning avariyaga oid shayligi va attraksionlardan foydalanish obyektlarida yongʻin xavfsizligi talablarini taʼminlash boʻyicha davlat nazoratini amalga oshiradi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
Energetika vazirligi — isteʼmolchilarning elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnika qoidalariga rioya qilinishi va ularning texnik holati yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi — texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
145. Attraksionlardan foydalanishning xavfsizlik talablariga rioya qilinishi ustidan masofaviy nazorat qilish, shu jumladan, huquqbuzarliklar toʻgʻrisida xabar berish “attraksionnazorati” elektron platforma (mobil ilova) orqali amalga oshiriladi.
9-bob. Texnik reglament talablari buzilganligi uchun javobgarlik
146. Mazkur Texnik reglament kuchga kirgan paytdan boshlab, Oʻzbekiston Respublikasi hududida attraksionlar xavfsizligiga qoʻyiladigan talablarni belgilaydigan amaldagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar Texnik reglamentga muvofiqlashtirilgunga qadar Texnik reglamentga zid boʻlmagan qismida qoʻllaniladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.04.00 Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik]
147. Ushbu Texnik reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Attraksionlar xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglamentga 1-ILOVA
Attraksionlar turlari va tiplari
ROʻYXATI
T/r
Attraksion turlari
Attraksionlar tiplari
TIF TN kodlari
1.
Ilgarilab harakatlanuvchi mexanizatsiyalashgan (shu jumladan, suvdan foydalangan holda) attraksion
Murakkab harakatlanuvchi mexanizatsiyalashgan attraksion
Ilgarilab-aylanma harakatlanuvchi attraksionlar;
Mexanizatsiyalashgan kinoteatr oʻrindiqlari;
Simulyatorlar;
Sanoat robotlariga asoslangan attraksionlar
9508 29 000 0,
9508 24 000 0
4.
Avtodrom va kartinglar
Toʻqnashuvchi avtomobillar;
Park avtomobillari yoki sayr avtopoyezdlari;
Kartinglar (shu jumladan estakadalarda);
Mini-avtomobillarga ega tezyurar yoʻllar
9508 23 000 0,
9508 29 000 0
5.
Havo bilan toʻldirilgan
Havo bilan toʻldirilgan batutlar;
Qirchalar;
Labirintlar.
9508 29 000 0,
9506 99 900 0
6.
Mexanizatsiyalashmagan suv attraksionlari
Suvda toʻgʻri va buramali tushish;
Tramplinlar;
Suzuvchi platformalar;
Qisman suvga botgan;
Tashrif buyuruvchilarga suv quyadigan.
9508 25 000 0,
9508 26 000 0,
7.
Mexanizatsiyalashmagan attraksion
Qirchalar;
Argʻimchoqlar;
Karusellar;
“Tarzankalar”;
Batutlar.
9508 22 000 0,
9508 29 000 0
8.
Bolalar uchun moʻljallangan attraksion
Qirchalar, tushishlar;
Argʻimchoqlar;
Karusellar;
Elektromobillar yoki pedalli avtomobillar.
9508 22 000 0,
9508 29 000 0,
9508 23 000 0
Attraksionlar xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglamentga 2-ILOVA
Attraksionlarning tashrif buyuruvchilarga biomexanik taʼsirlari turlari, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan biomexanik xavf darajalari va yoʻlovchi oʻrindiqlarining ogʻishish turlari
Roʻyxati
I. Attraksionlarning tashrif buyuruvchilarga biomexanik taʼsirlari turlari va qiymatlari, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan biomexanik xavf darajasi
Biomexanik taʼsir turi
Belgilanishi
Yuzaga kelishi mumkin boʻlgan biomexanik xavf darajasi
Izoh. Attraksionning yuzaga kelishi mumkin boʻlgan biomexanik xavfi darajasini aniqlashda maksimal qiymatlarga ega koʻrsatkichlar tanlanadi.
* Biomexanik xavf darajalari odamlarning balandlikdan yiqilganda olingan jarohatlarining oqibatlari haqidagi statistika maʼlumotlariga asoslangan.
II. Tashrif buyuruvchilar oʻrindiqlarining ogʻishish turlari
Tashrif buyuruvchilar oʻrindiqlarining oldinga ogʻishish turlari 1-rasmda koʻrsatilgan.
1-rasm. Tashrif buyuruvchilar oʻrindiqlarining oldinga ogʻishishi
Tashrif buyuruvchilar oʻrindiqlarining orqaga ogʻishish turlari 2-rasmda koʻrsatilgan.
2-rasm. Tashrif buyuruvchilar oʻrindiqlarining orqaga ogʻishishi
Tashrif buyuruvchilar oʻrindiqlarining yonga ogʻishish turlari 3-rasmda koʻrsatilgan.
3-rasm. Tashrif buyuruvchilar oʻrindiqlarining yonga ogʻishishi
Atraksionlar xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglamentga 3-ILOVA
Bolalar uchun moʻljallangan attraksionlarga qoʻyiladigan
XAVFSIZLIK TALABLARI
1. Bolalar uchun moʻljallangan attraksionlarni loyihalashtirish va ishlab chiqarish turli yosh guruhlaridagi bolalarga xos fiziologik, psixologik, antropometrik omillar bilan bogʻliq boʻlgan qoʻshimcha xavflarni, shuningdek, quyidagi talablarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi:
a) turli yosh guruhlaridagi bolalar uchun moʻljallangan attraksionlardan foydalanishning oʻziga xos xususiyatlarini;
b) attraksionlarning barcha harakatlanuvchi qismlarini, shuningdek, harakatsiz elementlarni (bolalar qoʻli bilan tegishi mumkin boʻlgan qismlar) shikastlanishdan xavfsiz boʻlgan materiallar yoki qoplamalardan ishlab chiqarishning zarurligini;
v) bolalarning qoʻllari, oyoqlari, boshi, barmoqlari, kiyimlari turli tirqishlar, yoriqlar, teshiklarda tiqilib qolishiga yoʻl qoʻyilmasligini;
g) attraksionlarning qismlarida (qismlar orasida), attraksiondan foydalanish boʻyicha qoʻllanmada koʻrsatilgan bolalar sirpanadigan, uchadigan, sakraydigan joylarda (zonalarda) yot narsalar tushishi mumkin boʻlgan tirqishlar, yoriqlar, teshiklar mavjud boʻlishiga (paydo boʻlishiga) yoʻl qoʻyilmasligini;
d) erkin tushishning xavfsiz balandligi taʼminlanishini;
e) attraksionlarning harakatlanuvchi va harakatsiz elementlari orasida xavfsiz masofaning taʼminlanishi;
j) attraksionlar yuzasida suv toʻplanishiga yoʻl qoʻyilmasligini, erkin oqib ketish va qurishning taʼminlanishi;
z) mahkamlagichlarning chiqib turuvchi uchlarini himoya qilishning taʼminlanishi;
i) kiyimning chiqib turuvchi qismlarga ilinib qolishi ehtimoli istisno qilinishini;
k) attraksionlar yogʻoch elementlarining “chidamli” va “oʻrtacha chidamli” turidagi yogʻochdan ishlab chiqarilishini, yuzada ishlov berish nuqsonlari mavjud boʻlishiga yoʻl qoʻyilmasligini;
l) attraksionlar elementlarini asboblardan foydalanmasdan yechib olish ehtimolini istisno qiladigan tarzda mahkamlashning taʼminlanishini;
m) bolalar ushlashi uchun attraksionlar elementlarining kengligi belgilangan normalarga muvofiq taʼminlanishini;
n) attraksionlarning panjara va toʻsiqlar (kerakli joylarda) bilan taʼminlanishini. Bunda panjara va toʻsiqlar konstruksiyasi bolalarni ularda turishga yoki oʻtirishga undamasligi, bolalarning osilishiga imkon beradigan elementlar boʻlmasligi kerak.
2. Bolalar uchun moʻljallangan attraksionlarning materiallariga quyidagi talablar qoʻyiladi:
a) ishlatiladigan materiallar bolaning sogʻligʻiga va atrof-muhitga zararli taʼsir koʻrsatmasligi, juda yuqori yoki juda past haroratli iqlim zonalarida bolaning terisiga tekkanda termik kuyishlarni keltirib chiqarmasligi kerak;
b) quyidagi materiallardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi:
oson yonuvchan polimer materiallar;
zaharliligi jihatidan oʻta xavfli yonuvchi materiallar;
xususiyatlari yetarli darajada oʻrganilmagan yangi materiallar;
v) turli matritsali asosdagi polimer materiallar, kompozitsion materiallar ultrabinafsha nurlanish taʼsiriga chidamli boʻlishi kerak;
g) agar turli matritsali asosdagi polimer materiallar, kompozit materiallar foydalanish jarayonida moʻrt boʻlib qolsa, ishlab chiqaruvchi ularning xavfsiz foydalanish davrini koʻrsatishi kerak;
d) polimer va kompozit materiallarning chidamliligi va yuzasining qattiqligi butun xizmat muddati davomida bolalarning xavfsizligini taʼminlashi kerak;
e) parchalanuvchi oksidlarni hosil qiladigan metall materiallar zaharli boʻlmagan qoplama bilan himoyalangan boʻlishi kerak;
j) faner ob-havo taʼsiriga bardoshli boʻlishi kerak.
3. Bolalar uchun moʻljallangan attraksionlarni yigʻish va oʻrnatishga quyidagi talablar qoʻyiladi:
a) attraksionlarni yigʻish va oʻrnatish loyihalash-konstruktorlik hujjatlariga, yigʻish, oʻrnatish, ishga tushirish, tartibga solish va sinab koʻrish boʻyicha yoʻl-yoʻriqlarga muvofiq amalga oshiriladi;
b) attraksionlar asoslariga mustahkam qotirilgan boʻlishi yoki ularning tutib turuvchi konstruksiyalarining agʻdarilib ketish ehtimoli istisno qilinishi kerak.
Bolalarning xavfsizligini taʼminlamaydigan attraksiondan foydalanish taqiqlanadi (agar attraksionning xavfsiz oʻrnatilishi tugallanmagan, zarbani yutuvchi qoplama qilinmagan boʻlsa yoki texnik xizmat koʻrsatish xavfsizlikni taʼminlay olmasa).
4. Bolalar uchun moʻljallangan attraksionlardan foydalanishda ekspluatatsiya qiluvchi quyidagilarga majbur:
a) kerakli maʼlumotlarga ega boʻlgan axborot taxtalarini yoki stendlarini oʻrnatish;
b) attraksionlarning xavfsizligi va ishlashini taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
v) attraksionlar shikastlangan va bolalarning sogʻligʻiga zarar yetkazishi mumkin boʻlsa, undan foydalanish ehtimolini istisno qilish, shu jumladan, maktabgacha yoshdagi (2 yoshdan 6 yoshgacha) bolalar uchun moʻljallangan attraksionlarda barcha turdagi lazer buyumlaridan va maktab yoshidagi bolalar (7 yoshdan boshlab) uchun moʻljallangan attraksionlarda esa koʻzlar va terining kollimatsiyalangan nurlanish xavfliligi 1-darajadan yuqori boʻlgan lazer buyumlaridan foydalanishga yoʻl qoʻymaslik;
g) attraksionlarni montaj qilish (yigʻish, oʻrnatish) zonalarida jarohatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan toʻsiqlarning mavjud boʻlmasligini taʼminlash;
d) xavfsizlik zonasida toʻsiqlar (konstruksiyalarning elementlari, daraxt shoxlari, skameykalar, eʼlon ustunlari) mavjud boʻlmasligini taʼminlash. Xavfsizlik zonasini belgilashda bolaning va attraksionlarning harakatlanuvchi elementlarining ehtimoliy siljishini hisobga olish kerak;
e) attraksiondan yiqilib tushganda bolalarning shikastlanmasligi uchun yerga tushish joyini yumshatuvchi, egiluvchan yoki zarbni amortizatsiya qiluvchi qoplama bilan jihozlash;
j) yerga tushish joyida toʻsiqlar mavjud boʻlmasligini taʼminlash.
Attraksionlar xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglamentga 4-ILOVA
Mexanizatsiyalashmagan suv attraksionlariga qoʻyiladigan
XAVFSIZLIK TALABLARI
1. Mexanizatsiyalashmagan suv attraksionlarini loyihalashtirish va ishlab chiqarishda attraksionlarda suvdan foydalanish bilan bogʻliq quyidagi qoʻshimcha xavflar hisobga olinadi:
a) suv muhitining xususiyatlari, silliq yuzada tashrif buyuruvchilarning yiqilish xavfi, suv toʻplanishiga yoʻl qoʻyilmasligi (agar bu koʻngilochar taassurotlarni yaratish uchun nazarda tutilmagan boʻlsa), choʻkish xavfi, nam muhitda elektr toki urishi xavfi, suv yuzasiga balanddan yiqilishda jarohat olish xavfi;
b) attraksionlarning oʻtkir qirralari, boʻrtiqlari, notekisliklaridan mexanik jarohat olishga yoʻl qoʻyilmasligi;
g) balandligi 0,4 metrdan ortiq boʻlgan toʻsilmagan yuzalardan, ogʻma yuzalardan, yetarlicha mahkamlanmagan tutib turuvchi yuzalardan yiqilish xavfi (agar bu koʻngilochar taassurotlarni yaratish uchun nazarda tutilmagan boʻlsa);
d) yoʻlaklar kengligining yetarliligi, shoshilinch yordam koʻrsatish uchun oʻtish imkoniyati;
e) ushlab qolish vositalarining (attraksionlar konstruksiyalarining tutqichlari, panjaralari va shu kabi elementlari) yetarliligi va qulayligi. Bunda ularning konstruksiyalari ularga chiqish va tushishda yiqilish xavfiga yoʻl qoʻymasligi kerak;
j) attraksion tashrif buyuruvchilar tanasi tegadigan yuzalar silliqligini taʼminlashning zarurligi, yuzalarda sirpanganda tashrif buyuruvchilarni jarohatlashi mumkin boʻlgan yuzalarning suv tushirgichlari bilan birikmalarning mavjud emasligi;
z) teri shikastlanishining, shu jumladan, ishqalanganda teri kuyishining oldini olish uchun yuzalarni suv bilan yetarli darajada moylashni yoki suv oqimini taʼminlashning zarurligi;
i) attraksionlarning tashrif buyuruvchilarga taʼsir koʻrsatadigan ruxsat etilgan tezlashishlarni, shuningdek, sirpanish yuzasiga bosh bilan urilish xavfi boʻlmagan tezlashishlarni taʼminlovchi xavfsiz shaklini, ayniqsa, tashrif buyuruvchilarning yuzada katta tezlikda sirpanishi uchun yuza shaklini hisob-kitob qilishning zarurligi;
k) tashrif buyuruvchilarni mustaqil ravishda yoki xodimlar yordamida tez evakuatsiya qilish uchun tushgandan soʻng toʻxtash joyining yetarliligi va qulayliligi, tushishda va uchishda odamlarning toʻqnashib ketishiga yoʻl qoʻyilmasligi;
l) attraksion konstruksiyasi va foydalanish boʻyicha qoʻllanmada nazarda tutilganidan ortiqcha foydalanuvchilarni attraksion elementlarida boʻlishlariga yoʻl qoʻyilmasligi (shu jumladan, tashkiliy va texnik tadbirlarni qoʻllash orqali).
2. Mexanizatsiyalashmagan suv attraksionlarining ekspluatatsiya hujjatlari ushbu Talablarning 1-bandini, shuningdek, Texnik reglamentda nazarda tutilgan talablarni hisobga olgan holda ishlab chiqiladi.
3. Mexanizatsiyalashmagan suv attraksionlari va koʻngilochar moslamalar uchun ishlatiladigan materiallar metall, yogʻoch, nometall konstruksiyalar va mahkamlagichlarning tez chirish xususiyatlarini hisobga olishi kerak. Xavfsizlik nuqtai nazaridan eng muhim boʻlgan birlashtiruvchi elementlarning muntazam nazorat qilinishini taʼminlash choralarini nazarda tutish zarur.
4. Mexanizatsiyalashmagan suv attraksionlarining sirpanish yuzalari va tayanch yuzalari ularning qatlamlarga ajralib ketishini yoki shakli oʻzgarishini istisno qiladigan materiallardan tayyorlanadi.
5. Mexanizatsiyalashmagan suv attraksionlari uchun ishlatiladigan materiallar va qoplamalar ekologik talablarga javob berishi kerak. Odam terisi bilan bevosita tegib turadigan materiallar va qoplamalar xavfsizlikning gigiyenik talablariga javob berishi kerak.
6. Mexanizatsiyalashmagan suv attraksionlari va (yoki) akvaparkning zarur joylarida tashrif buyuruvchilar uchun axborot taxtalari, koʻrsatkichlari, shuningdek, attraksionlardan xavfsiz foydalanish qoidalari joylashtirilishi kerak.
Attraksionlarg xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglamentga 5-ILOVA
Attraksion dastur boʻyicha sinovdan oʻtgan ________________________________________ va foydalanishga yaroqli hisoblanadi (ishlab chiqaruvchi tashkilot attraksionni yigʻilgan holda yuborgan taqdirda toʻldiriladi). Attraksionning tarkibiy qismlari ishlab chiqaruvchi tashkilotning sifat nazorati xizmati (TNB) tomonidan tekshirilgan va qabul qilingan. Attraksion dastur boʻyicha sinovlar oʻtkazilib, roʻyxatga olingandan soʻng foydalanishga yaroqli deb tan olinadi.
Xizmatning kafolat muddati ____________________________________________________________ oy.
Ishlab chiqaruvchi tashkilot
texnik direktori (bosh muhandisi) __________________________________________________________
(imzo, F.I.O.)
Ishlab chiqaruvchi tashkilot
sifat nazorati boʻlimi boshligʻi _____________________________________________________________
(imzo, F.I.O.)
____________________ sana
4. EGASI HAQIDA MAʼLUMOT
Attraksion egasining nomi va manzili
Attraksionning joylashgan joyi
(statsionar attraksion uchun)
Attraksion oʻrnatilgan
(olingan) sanasi
5. ASOSIY TEXNIK KOʻRSATKICHLAR
1. Attraksionning asosiy gabarit oʻlchamlari
Diametri, mm
Uzunligi, mm
Kengligi, mm
Balandligi, mm
2. Xavfsizlik hududining minimal oʻlchamlari
Uzunligi, mm
Kengligi, mm
Balandligi (minimal boʻsh joy), mm
3. Elektr taʼminotiga oid talablar
kuchlanish, V
Fazalar soni
Nominal quvvat kV·A yoki kW
Chastota, Hz
4. Oʻrindiqlar soni
5. Attraksionlar modullari soni
6 Tashrif buyuruvchilar uchun foydalanish boʻyicha cheklovlar (boʻyi, ogʻirligi, sogʻligi va boshqalar)
7. Maksimal tezlik/aylanish chastotasi (marta/soniya yoki marta/daqiqa)
8. Tavsiya qilingan tezlik/aylanish chastotasi (marta/soniya yoki marta/daqiqa)
9. Aylanish yoʻnalishi (agar zarur boʻlsa)
10. Attraksionning bir sikldagi maksimal ish vaqti, daqiqa
11. Ishlayotgan attraksion uchun shamolning ruxsat etilgan maksimal tezligi, marta/soniya
12. Ishlamayotgan attraksion uchun shamolning ruxsat etilgan maksimal tezligi, marta/soniya
13. Yerning minimal koʻtarish quvvati (mustahkamlash yoki poydevor uchun), kg/kv.sm
14. Attraksion ogʻirligi, kg
15. Qoʻshimcha shartlar yoki talablar
6. MUHIM KOMPONENTLAR ROʻYXATI
Muhim komponentlar nomi
Soni
Identifikatsiya tamgʻasi
Ilova
7. ATTRAKSION BILAN BIRGA TAQDIM ETILADIGAN HUJJATLAR ROʻYXATI
Attraksion pasportiga qoʻshib taqdim etiladigan quyidagi hujjatlar saqlanishi lozim:
1. Foydalanish boʻyicha qoʻllanma.
2. Attraksionni montaj qilish, ishga tushirish, boshqarish va yurgizib koʻrish boʻyicha yoʻriqnoma.
3. Qismlar va yigʻish birliklari katalogi.
4. Materiallar sarfi meʼyorlari.
5. Ehtiyot qismlar sarfi meʼyorlari.
6. Attraksion elektr qurilmalarining bir chiziqli elektr sxemasi, ularni montaj qilish va ishga tushirish yoʻriqnomasi.
8. NAZORATNI OʻTKAZISHGA OID TALABLAR ROʻYXATI
(kamida 10 bet)
Uzellar, mexanizmlar nomi
Nazorat usullari (koʻrikdan oʻtkazish) davriyligi
Nazorat oʻtkazishga oid talablar
(nazorat hajmi)
Brakovka koʻrsatkichlari
Nazorat natijalari
boʻyicha hujjatlar nomi
(nomi, raqami, sanasi)
Kim tomonidan oʻtkazilgan
(nazorat oʻtkazgan
shaxs lavozimi,
F.I.O. va imzosi)
9.ATTRAKSIONNI KOʻRIKDAN OʻTKAZISH NATIJALARI BOʻYICHA QAYDLAR
(kamida 20 bet)
Koʻrikdan oʻtkazish sanasi
Koʻrikdan oʻtkazish natijalari
Navbatdagi koʻrikdan oʻtkazish muddati
10. ATTRAKSIONNI TAʼMIRLASH VA REKONSTRUKSIYA QILISH HAQIDA MAʼMURIYAT QAYDLARI
(kamida 3 bet)
Qayd kuni
Attraksionni taʼmirlash va rekonstruksiya qilishda amalga oshirilgan ishlar roʻyxati va sanasi
Masʼul shaxs imzosi
Attraksion _____-son bilan ________________________________________________________________
(roʻyxatga olgan organ nomi)
tomonidan roʻyxatga olindi.
Pasport ip oʻtkazib tikilgan va raqamlangan. Varaqlar soni _________, shu jumladan, chizmalar _____
Roʻyxatga olgan shaxs lavozimi ______________________________________________________________
(imzo, F.I.O.)
20__ yil “___” ____________
Attraksionlar xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglamentga 6-ILOVA
ATTRAKSIONNING TEXNIK TAYYORLIGI TOʻGʻRISIDA DALOLATNOMA
Biz, quyida imzo chekuvchilar, ___________________________________ ruxsatnomaga asosan (sanoat xavfsizligi sohasidagi litsenziya raqami va berilgan sanasi) attraksionni montaj qilish (taʼmirlash, rekonstruksiya qilish) ishlarini bajargan tashkilotning vakili
buyurtmachi vakili ________________________________________________________________________
(tashkilot nomi, lavozimi, F.I.O.)
qurilish tashkiloti vakili________________________________________________________________
(tashkilot nomi, lavozimi, F.I.O.)
montaj qilish (taʼmirlash, rekonstruksiya qilish) ishlari yakunlanganligi, attraksionlardan xavfsiz foydalanish qoidalari doirasida attraksion koʻrikdan oʻtkazilganligi va toʻliq tekshirilganligi haqida ushbu dalolatnomani tuzdik.
Attraksion quyidagi manzilda oʻrnatildi: ___________________________________________________
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi
1. Attraksionlarga doir hamda namunalar olish, sinash va oʻlchash usullarini belgilaydigan amaldagi standartlar roʻyxatini tuzadi va xatlovdan oʻtkazadi.
Uch oy muddatda
2. Texnik reglament talablariga rioya etilishini taʼminlaydigan hamda texnik reglamentlarda belgilangan mahsulotning muvofiqligini baholash uchun zarur boʻlgan, namunalar olish, sinash va oʻlchash usullarini belgilaydigan standartlar roʻyxatlarini shakllantiradi va tasdiqlaydi.
Bir oy muddatda
2-bosqich
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi
Attraksionlarning Texnik reglament talablariga muvofiqligini baholash uchun sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalarini akkreditatsiyadan oʻtkazish koʻlamini kengaytirish boʻyicha choralarni koʻradi
Olti oy muddatda
3-bosqich
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi,
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi
Texnik reglamentning maqsadlari, mazmuni va uni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida aholini, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari, tadbirkorlik subyektlarini keng xabardor qilishni taʼminlaydi
Jadvalga muvofiq
4-bosqich
Tadbirkorlik subyektlari
1. Texnik reglamentni oʻrganadi, xodimlarni (sifat uchun masʼul) oʻqitadi va Texnik reglamentni joriy qiladi.
Bir oy muddatda
2. Muvofiqlikni baholash tartibotidan oʻtkazish uchun tegishli mahsulot namunalarini Texnik reglament talablariga muvofiq tayyorlaydi.
Texnik reglament kuchga kirgan kundan boshlab
5-bosqich
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi,
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi
Texnik reglament talablariga rioya etilishining davlat nazoratini amalga oshiradi
Belgilangan tartibda
6-bosqich
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi
Texnik reglamentni qoʻllash amaliyotini monitoring qiladi va maʼlumotlarni tizimli asosda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi
Har chorakda
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-dekabrdagi 886-son qaroriga 3-ILOVA
Attraksionlarni hisobga olish va davlat reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom attraksionlarni hisobga olish va davlat reyestrini yuritish tartibini belgilaydi.
Attraksionlarning davlat reyestri yuritish attraksionlar maʼlumotlar bazasini yaratish, sanoat xavfsizligi sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, shuningdek, roʻyxatga olingan attraksionlar va ushbu attraksionlardan foydalanuvchi tashkilotlar toʻgʻrisida tizimli axborotni toʻplash, tahlil qilish va saqlash maqsadida yuritiladi.
2. Attraksionlar xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglamentga 2-ilovada keltirilgan Attraksionlarning tashrif buyuruvchilarga biomexanik taʼsirlari turlari, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan biomexanik xavf darajalari va tashrif buyuruvchilarning oʻrindiqlarining ogʻishish turlari roʻyxatidagi attraksionlar (yuzaga kelishi mumkin boʻlgan biomexanik xavf darajasining I, II va III darajasiga mansublari) foydalanishga topshirilishidan oldin Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) tomonidan ushbu Nizomga 1-ilovadagi Attraksionlar davlat reyestri (keyingi oʻrinlarda — reyestr) shakliga muvofiq hisobga olinishi shart.
Ilgari hisobga olingan nostatsionar attraksionning oʻrnatilgan joyi oʻzgargan taqdirda, Qoʻmita tomonidan vaqtincha hisobga olinishi kerak.
Ijaraga olingan attraksion ijaraga oluvchi nomiga hisobga olinadi.
3. Ushbu Nizom kuchga kirgunga qadar foydalanishga topshirilgan va hisobga olinmagan attraksionlar quyidagi muddatlarda hisobga olinishi kerak:
attraksionlarning yuzaga kelishi mumkin boʻlgan biomexanik xavf darajasining I darajasiga mansublari — ushbu Nizom kuchga kirgan kundan boshlab 12 oy oʻtgunga qadar;
attraksionlarning yuzaga kelishi mumkin boʻlgan biomexanik xavf darajasining II darajasiga mansublari — ushbu Nizom kuchga kirgan kundan boshlab 15 oy oʻtgunga qadar;
attraksionlarning yuzaga kelishi mumkin boʻlgan biomexanik xavf darajasining III darajasiga mansublari — ushbu Nizom kuchga kirgan kundan boshlab 18 oy oʻtgunga qadar.
2-bob. Attraksionlarni hisobga olish va davlat reyestrini yuritish tartibi
4. Reyestrda hisobga olish uchun ekspluatatsiya qiluvchi Qoʻmitaga ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda rasmiylashtirilgan Attraksionni davlat reyestriga kiritish, davlat reyestridagi maʼlumotlarni yangilash, ilgari davlat reyestriga kiritilgan attraksionni oʻrnatilgan joyi boʻyicha vaqtincha davlat reyestriga kiritish, attraksionning davlat reyestriga kiritilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani berish haqidagi arizaga quyidagi hujjatlarni ilova qiladi:
ekspluatatsiya qiluvchining attraksiondan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat (attraksionga egalik qilish va undan foydalanishning mulk huquqini yoki boshqa qonuniy asoslarni tasdiqlovchi hujjat);
attraksion ishlab chiqaruvchisi tomonidan va (yoki) ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan tayyorlangan attraksion pasporti;
attraksiondan texnik foydalanish uchun qoʻllanma;
attraksionga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash boʻyicha qoʻllanma;
texnik foydalanish, shuningdek, attraksionga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash talablari bajarilishini taʼminlaydigan ekspluatatsiya qiluvchi tomonidan tasdiqlangan jurnallarning nusxalari (ilgari texnik foydalanilgan attraksionlar uchun — ariza taqdim etilgan kundan kamida 12 oy oldin, agar attraksion 12 oydan kam vaqt davomida ishlatilgan boʻlsa, attraksionning ishlash muddati uchun);
muvofiqlik sertifikati yoki muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiyaning nusxasi (2023-yil 28-maydan soʻng muomalaga kiritilgan attraksionlar uchun — majburiy, qolgan attraksionlar uchun — mavjud boʻlsa);
attraksionni montaj qilish (yigʻish, oʻrnatish) tugagandan soʻng qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi hujjatlarning ekspluatatsiya qiluvchi tomonidan tasdiqlangan nusxalari, shu jumladan, qabul qilish sinovlari, sozlash va rostlash toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek ichki nazoratni tashkil etish va attraksionning xavfsiz ishlashi uchun masʼul xodimlarni tayinlash toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
attraksionning texnik holatini baholash (texnik koʻrikdan oʻtkazish) dalolatnomasi, attraksionning ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan attraksionni montaj qilish (yigʻish, oʻrnatish) tugagandan soʻng berilgan kundan boshlab 12 oydan koʻp boʻlmagan vaqt oʻtgandan keyin attraksionlarning texnik holati texnik foydalanishga qoʻyiladigan talablar roʻyxatiga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjat;
attraksion harakati marshruti haqida maʼlumot (belgilangan marshrut boʻylab harakatlanadigan oʻziyurar attraksionlar uchun);
attraksionning xavfsiz foydalanish muddatini uzaytirish shartlari va ehtimoliy muddatni oʻz ichiga olgan soʻrov natijalari boʻyicha ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan berilgan xulosa (loyihachi, ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan xizmat muddati yoki belgilangan resurs muddati tugagan attraksion uchun), soʻrov natijalari boʻyicha ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan ilgari chiqarilgan xulosada belgilangan muddat);
attraksiondan texnik foydalanishda jismoniy shaxslarning hayoti va (yoki) sogʻligʻiga, jismoniy yoki yuridik shaxslarning mol-mulkiga, davlat mulkiga, atrof-muhitga zarar yetkazganlik uchun attraksion egasining fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisining (agar mavjud boʻlsa) nusxasi;
ekspluatatsiya qiluvchi tomonidan attraksionning biomexanik xavf darajasini aniqlashda foydalaniladigan hujjatlar.
5. Hujjatlar Qoʻmitaga ekspluatatsiya qiluvchi tomonidan pochta aloqasi orqali yoki elektron shaklda ariza bilan taqdim etiladi.
Hujjatlar Qoʻmita masʼul xodimi tomonidan roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda arizachi beruvchiga yuboriladi (topshiriladi).
Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar Qoʻmita rahbarining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
6. Qoʻmita mustaqil ravishda quyidagi hujjatlar va axborotni belgilangan tartibda oʻzaro axborot almashish orqali, shu jumladan, elektron shaklda mustaqil oladi:
korxona va tashkilotlarning yagona davlat registridan koʻchirma;
attraksionni kadastr hisobiga qoʻyish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (agar attraksion kapital qurilish obyekti boʻlsa);
7. Ekspluatatsiya qiluvchidan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
8. Reyestrda hisobga olish ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq Attraksionlarni davlat reyestrida hisobga olish sxemasi boʻyicha amalga oshiriladi.
9. Reyestrni yuritish Qoʻmitaga yuklanadi va quyidagi tartib-taomillarni oʻz ichiga oladi:
hisobga olish raqamini berish bilan attraksion toʻgʻrisidagi zarur axborotni maʼlumotlar bazasiga kiritish;
ushbu Nizomning 3-bobiga muvofiq attraksion toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni davriy yangilash yoki uni reyestrdan chiqarish.
10. Reyestr axborotning qogʻoz va elektron shaklda saqlanishini taʼminlash tamoyili boʻyicha yuritiladi.
11. Qoʻmita attraksionni hisobga olish yoki hisobga olishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorni ekspluatatsiya qiluvchining arizasini olgan kundan boshlab, oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qiladi.
12. Qoʻmita ekspluatatsiya qiluvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar toʻplamini koʻrib chiqish jarayonida unda keltirilgan maʼlumotlarning toʻliqligi va ishonchliligini joyiga chiqqan holda, attraksiondan xavfsiz foydalanish uchun sharoitlarni baholashni (tekshirishni) tashkil etadi.
13. Attraksiondan xavfsiz foydalanish uchun sharoitlarni baholash (tekshirish) jarayonida attraksion vizual usulda, attraksion belgisi mavjudligi va uning taqdim etilgan hujjatlarga muvofiqligi hamda qoʻshimcha ravishda quyidagilar mavjudligi boʻyicha tekshiriladi:
attraksionga kirish eshigi oldida oʻrnatilgan tashrif buyuruvchilar uchun attraksiondan foydalanish qoidalari, shuningdek, nogironligi boʻlgan tashrif buyuruvchilarga xizmat koʻrsatish qoidalari, agar ular uchun attraksionning biomexanik taʼsiri mavjud boʻlsa, sogʻligʻi holati, yoshi, boʻyi va vazniga koʻra attraksiondan foydalanishga cheklovlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (agar foydalanish hujjatlarida nazarda tutilgan boʻlsa), attraksionning texnik holatini baholagan tashkilot va keyingi yillik tekshiruv sanasi koʻrsatilgan oxirgi yillik tekshiruv sanasi toʻgʻrisidagi, shu jumladan, ushbu maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan QR-kodli (matrik shtrixli kod) maʼlumotlari;
tashrif buyuruvchilarning boʻyi va vaznini oʻlchash vositalari (agar texnik foydalanish hujjatlarida attraksiondan foydalanish uchun boʻy va vazn boʻyicha cheklovlar nazarda tutilgan boʻlsa);
attraksionning asosiy texnik tavsiflari haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan attraksion boshqaruv pulti yoniga oʻrnatilgan taxtachalar;
attraksionni tashrif buyuruvchilar bilan yuklash sxemalari (agar bu texnik foydalanish hujjatlarida nazarda tutilgan boʻlsa);
xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning ish joyiga qoʻyilgan taxtachalar (ularda muhim tarkibiy qismlar va muhim parametrlarga nisbatan kundalik tekshiruvlar tartibi, attraksionga texnik xizmat koʻrsatishning asosiy qoidalari boʻyicha xodimlarga qoʻyiladigan talablar koʻrsatiladi);
tibbiyot qutisi;
zarur oʻrnatilgan evakuatsiya belgilari;
tashrif buyuruvchilarni katta balandlikdan yoki yerga nisbatan sezilarli moyillikdagi oʻrindiqlardan evakuatsiya qilish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi va maʼlumotlari (operativ hujjatlarga muvofiq);
tashrif buyuruvchilarni attraksion modullaridan evakuatsiya qilish vositalari (agar bu texnik foydalanish hujjatlarida nazarda tutilgan boʻlsa);
attraksiondan foydalanish vaqtida va undan tashqarida xavfli hududlarga tashrif buyuruvchilarning erkin kirishini istisno qiluvchi toʻsiqlar va boshqa vositalar attraksionlar modullari, mexanizmlar, elektr jihozlari bilan jihozlangan shkaflar, platformalar va xizmatchilar uchun zinapoyalar);
shamol kuchi va atrof-muhit haroratini oʻlchash uchun oʻyin maydonchasida oʻrnatilgan oʻlchash vositasi (agar texnik foydalanish hujjatlarida attraksiondan foydalanish boʻyicha shamol kuchi yoki haroratiga qarab cheklovlar nazarda tutilgan boʻlsa).
14. Attraksionning texnik soz holati videotasmaga tushirish orqali (ekspluatatsiya qiluvchi ishtirokida) tekshiriladi.
15. Attraksiondan xavfsiz foydalanish uchun sharoitlarni baholash (tekshirish) natijalari ijobiy boʻlgan taqdirda, attraksionning pasportiga attraksionning reyestrga kiritilganligi toʻgʻrisidagi belgi qoʻyiladi. Ekspluatatsiya qiluvchiga imzo qoʻygan holda attraksionning reyestrga kiritilganligi toʻgʻrisidagi ushbu Nizomga 4-ilovadagi shaklga muvofiq QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan Attraksionning davlat reyestriga kiritilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma beriladi.
16. Ekspluatatsiya qiluvchi attraksionning reyestrga kiritilganligi toʻgʻrisidagi qaydning attraksionga kirishda tashrif buyuruvchilarga koʻrinadigan zonada, belgilangan marshrut boʻylab harakatlanuvchi oʻziyurar attraksionlar uchun esa attraksionning old tomonida uning simmetriya oʻqi boʻylab yoki undan chap tomonda joylashishini taʼminlashi kerak.
17. Qoʻmita attraksionni reyestrga kiritishni rad etish uchun asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, rad etishning aniq asoslari toʻgʻrisida ekspluatatsiya qiluvchini besh ish kuni mobaynida yozma ravishda xabardor qiladi.
18. Attraksionni reyestrga kiritish quyidagi hollarda rad etiladi:
attraksionning belgilangan xizmat muddati tugagan boʻlsa;
tegishli ruxsatnomaga ega boʻlgan ixtisoslashtirilgan tashkilot (keyingi oʻrinlarda — ixtisoslashtirilgan tashkilot) tomonidan attraksionning texnik holati baholangan (texnik koʻrikdan oʻtkazilgan) kundan boshlab 12 oy oʻtgan boʻlsa va ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan attraksionning texnik holatini baholash (texnik koʻrikdan oʻtkazish) boʻyicha yangi hujjat Qoʻmitaga taqdim etilmagan boʻlsa;
attraksionga egalik qilish va undan foydalanishning huquqiy asoslarini tasdiqlovchi hujjatning amal qilish muddati oʻtgan boʻlsa, tegishli muddatni uzaytirish toʻgʻrisidagi hujjat yoki attraksionni reyestrga kiritish joyida ayni attraksiondan foydalanuvchi tashkilotni koʻrsatuvchi yangi hujjat Qoʻmitaga taqdim etilmagan boʻlsa;
attraksion modifikatsiya qilingan yoki kapital taʼmirlangan boʻlsa;
avariya tufayli attraksion faoliyati toʻxtatilgan boʻlsa;
muvofiqlik sertifikati yoki muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiyani tugatish (bekor qilish) toʻgʻrisidagi qaror mavjud boʻlsa;
koʻrik davomida aniqlangan maʼlumotlar hamda taqdim qilingan hujjatlarda keltirilgan maʼlumotlar oʻrtasida tafovut mavjud boʻlsa.
Bunda ekspluatatsiya qiluvchi Qoʻmita tomonidan qayd etilgan rad etish sabablarini bartaraf etgandan soʻng attraksionni reyestrga kiritish uchun qayta ariza berish huquqiga ega.
19. Attraksiondan foydalanuvchi tashkilot qayta tashkil etilganda yoki nomi oʻzgarganda, uning rahbari arizasiga asosan attraksion reyestrda qayta hisobga olinadi.
20. Attraksionni qayta hisobga olish Qoʻmita tomonidan attraksionni reyestrda hisobga olish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
3-bob. Davlat reyestriga oʻzgartirishlar kiritish yoki attraksionni davlat reyestridan chiqarish
21. Reyestrda hisobga olingan attraksion toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oʻzgarganda, attraksiondan foydalanuvchi tashkilot oʻn ish kuni mobaynida ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha Attraksionni davlat reyestriga kiritish, davlat reyestridagi maʼlumotlarni yangilash, ilgari davlat reyestriga kiritilgan attraksionni oʻrnatilgan joyi boʻyicha vaqtincha davlat reyestriga kiritish, attraksionning davlat reyestriga kiritilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani berish haqidagi ariza berish yoʻli bilan ushbu oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Qoʻmita yoki uning hududiy boʻlinmalariga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim etadi:
attraksionni rekonstruksiya qilish yoki texnik jihatdan qayta jihozlash uchun loyiha hujjatlari;
attraksionning texnik holati ekspertizasi natijalari toʻgʻrisidagi xulosa nusxasi.
22. Attraksion foydalanishdan chiqarilgan taqdirda arizaga attraksionni foydalanishdan chiqarishga loyiha hujjatlari ilova qilinadi.
23. Reyestrga oʻzgartirish kiritish yoki attraksionni reyestrdan chiqarish Qoʻmita tomonidan attraksiondan foydalanuvchi tashkilot tomonidan ariza taqdim etilgan sanadan boshlab oʻn ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
24. Reyestrda hisobga olingan attraksion ijaraga berilgan taqdirda, ijaraga beruvchi tashkilot ijaraga oluvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oluvchi hujjatlarni Qoʻmitaga taqdim etadi.
25. Attraksiondan foydalanuvchi tashkilot tugatilgan taqdirda, tugatish komissiyasi (tugatuvchi) yoki boshqa vakolatli organ attraksionni reyestrdan chiqarish uchun bir hafta muddatda ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda arizani quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda Qoʻmitaga taqdim etishi shart:
attraksionni reyestrdan chiqarish uchun asos boʻluvchi hujjat nusxasi (muassisning, sudning qarori, oldi-sotdi shartnomasi);
mulkni topshirish va qabul qilish dalolatnomasining nusxasi.
26. Attraksion reyestrdan chiqarilganda, Qoʻmita tomonidan ariza beruvchiga uch kun ichida bevosita pochta aloqasi orqali yoki elektron shaklda tegishli xabarnoma yuboriladi.
4-bob. Davlat reyestridagi maʼlumotlarni taqdim qilish
27. Qoʻmita murojaatlar asosida reyestrdan koʻchirmalar berish yoʻli bilan manfaatdor respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlariga, Oʻzbekiston Respublikasining jismoniy va yuridik shaxslariga reyestrdan maʼlumotlarni taqdim etadi.
28. Qoʻmita attraksionlarni roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalar reyestrini yuritadi va uning ochiqligini taʼminlaydi.
5-bob. Attraksionni tekshiruvdan oʻtkazishdan tushgan mablagʻlardan foydalanish tartibi
29. Attraksionni hisobga olishda har bir attraksionni joyiga chiqqan holda tekshiruvdan oʻtkazganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdoridagi toʻlov undiriladi. Attraksionni qayta hisobga olishda tekshiruvdan oʻtkazganlik uchun toʻlov undirilmaydi.
30. Attraksionni tekshiruvdan oʻtkazishdan tushgan mablagʻlar Qoʻmita shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
31. Qoʻmita shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga tushgan mablagʻlar qoldigʻi moliyaviy yil yakunlari boʻyicha olib qoʻyilmaydi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
32. Reyestrga kiritish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarning ishonchliligi va ularning oʻz vaqtida Qoʻmitaga taqdim etilishi uchun javobgarlik attraksiondan foydalanuvchi tashkilotlarning rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
33. Qoʻmitaga taqdim etilayotgan maʼlumotlar va xulosalarning ishonchliligi uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgardirlar.
34. Qoʻmita unga yuklangan vazifa va funksiyalar doirasida attraksionlardan foydalanuvchi tashkilotlar rahbarlarini hamda ekspert tashkilotlarini ushbu Nizom talablarini buzganligi yoki bila turib attraksion toʻgʻrisida yolgʻon maʼlumotlarni va xulosalarni taqdim etganligi uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortish choralarini koʻradi.
35. Ushbu Nizom talablariga rioya etilmaganligi uchun attraksiondan foydalanuvchi tashkilotlar rahbarlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Attraksionlarni hisobga olish va davlat reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning nomi va pochta manzili
STIR
Attraksion turi
1
2
3
4
5
6
7
Attraksion tipi
Attraksion joylashgan (oʻrnatilgan) manzil
Yuzaga kelishi mumkin boʻlgan biomexanik xavf darajasi
Muvofiqlikni baholashga oid maʼlumotlar
Davlat reyestriga oʻzgartirish kiritish sabablari
Attraksionni davlat reyestridan chiqarish sabablari
Izoh
8
9
10
11
12
13
14
* Attraksionlarni davlat reyestrida hisobga qoʻyilganda har bir attraksionga uchta belgilar guruhidan iborat, tire (defis) bilan ajratilgan koʻrinishida hisobga olish raqami beriladi. Ushbu raqam attraksiondan foydalanuvchi tashkilotning, attraksionning oʻzining va attraksion hisobga qoʻyilganligining identifikatori hisoblanadi.
Attraksionlarni hisobga olish va davlat reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Attraksionni davlat reyestriga kiritish, davlat reyestridagi maʼlumotlarni yangilash, ilgari davlat reyestriga kiritilgan attraksionni oʻrnatilgan joyi boʻyicha vaqtincha davlat reyestriga kiritish, attraksionning davlat reyestriga kiritilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani berish haqidagi
ARIZA SHAKLI
__________________________________
(istirohat bogʻlari attraksionlarini ekspluatatsiya qilish borasidagi qonunchilik hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshirishuvchi organ)
(attraksionni hisobga olish, attraksionni hisobga olishni yangilash, attraksionni hisobga olishni tugatish, ilgari hisobga olingan attraksionni oʻrnatilgan joyi boʻyicha vaqtincha hisobga olish, attraksionning hisobga olinganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani berish, yoʻqolgan yoki eskirganini almashtirish)ni
1. Attraksionni davlat reyestrida hisobga qoʻyish uchun zarur boʻlgan arizani va hujjatlarni tayyorlaydi.
2. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasiga (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) taqdim etadi.
1. Attraksionlarning biomexanik xavf darajasining I darajasiga mansublari — Attraksionlarni hisobga olish va davlat reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (keyingi oʻrinlarda — Nizom) kuchga kirgan kundan boshlab 12 oy oʻtgunga qadar.
2. Attraksionlarning biomexanik xavf darajasining II darajasiga mansublari — Nizom kuchga kirgan kundan boshlab 15 oy oʻtgunga qadar.
3. Attraksionlarning biomexanik xavf darajasining III darajasiga mansublari — Nizom kuchga kirgan kundan boshlab 18 oy oʻtgunga qadar
2-bosqich
Qoʻmita
1. Attraksionni davlat reyestrida hisobga qoʻyish uchun taqdim etilgan ariza va hujjatlarni qabul qiladi.
1. Ariza beruvchi taqdim etgandan keyin darhol.
2. Arizani koʻrib chiqadi va taqdim etilgan hujjatlarning toʻliqligi hamda ishonchliligini tekshiradi, shuningdek, zarur hollarda joyiga chiqqan holda attraksionning ushbu hujjatlarga muvofiqligiga aniqlik kiritish maqsadida uni tekshiruvdan oʻtkazadi.
2. Ariza olingan kundan boshlab oʻttiz kundan ortiq boʻlmagan muddatda.
3-bosqich
Qoʻmita
Taqdim etilgan hujjatlar boʻyicha eʼtirozlar mavjud boʻlganda ariza beruvchiga mavjud eʼtirozlarni bartaraf etish, puxta ishlangan hujjatlarni taqdim etishga haqli boʻlgan muddat koʻrsatib yozma xabarnoma taqdim etadi.
Ariza qabul qilingan kundan boshlab uch kundan ortiq boʻlmagan muddatda
4-bosqich
Ariza beruvchi
1. Xabarnomada koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etadi.
2. Qoʻmitaga puxta ishlangan hujjatlarni taqdim etadi.
Xabarnomada koʻrsatilgan muddatda
5-bosqich
Qoʻmita
1. Koʻrib chiqish natijasi ijobiy boʻlganda attraksionni reyestrda hisobga qoʻyadi.
1. Uch ish kun mobaynida
2. Ariza beruvchining nomiga attraksion davlat reyestrga kiritilganligi toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi.
2. Bir hafta muddatda
Attraksionlarni hisobga olish va davlat reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Attraksionning davlat reyestriga kiritilganligi toʻgʻrisida
Yuzaga kelishi mumkin boʻlgan biomexanik xavf darajasi — ________________________
Ekspluatatsiya qiluvchining manzili
Attraksion turi ___________________________
___________________________________________
Ishlab chiqaruvchi korxona ____________________
Berilgan sanasi 20 ____ yil “____” ___________
Seriya raqami ______________________________
__________________
Ishlab chiqarilgan yili _____________________
Vakolatli organning davlat inspektori
Belgilangan xizmat muddati
___________________________________________
Davlat reyestrga kiritish belgisi
___________________________________________
___________________________________________
(imzo)____________familiyasi, ismi, otasining ismi
QR-kod
___________________________
rahbarning (F.I.O.)
___________________________
(sana)
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-dekabrdagi 886-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Attraksionlar xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglamentni tasdiqlash haqida” 2022-yil 28-noyabrdagi 677-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2024-yil 25-martdagi 153-son qaroriga 3-ilovaning 5-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2024-yil 1-iyuldagi 371-son qaroriga ilovaning 27-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 09/24/886/1078-son)