Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 29.06.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Attraksionlar xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglamentni tasdiqlash haqida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2024-y., 09/24/153/0241-son)
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-dekabrdagi 886-sonli “Attraksionlar xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglamentni hamda Attraksionlarni hisobga olish va davlat reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2025-yil 29-iyundan oʻz kuchini yoʻqotadi.
“Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq attraksionlar xavfsizligiga qoʻyiladigan talablarni belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Attraksionlar xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglament va uni joriy etish sxemasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2024-y., 09/24/153/0241-son)
attraksionlarni identifikatsiya qilish va muomalaga chiqarish qoidalari;
attraksionlarni loyihalashtirish, ishlab chiqarish, montaj qilish va sozlash hamda ulardan foydalanishda xavfsizlik talablari;
attraksionlar muvofiqligini baholash, tasdiqlash, deklaratsiya qilish, sertifikatlashtirish, roʻyxatdan oʻtkazish, shuningdek, ularning texnik holatini baholash va ularni tamgʻalash tartibi.
2. Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda Attraksionlar xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglamentning maqsadlari, mazmuni va uni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida aholi, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar hamda tadbirkorlik subyektlarining keng xabardor qilinishini taʼminlasin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
3. Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda 2024-yil 1-iyulga qadar respublikadagi xizmat muddati tugamagan mavjud attraksionlarni sertifitikatlashtirilishini taʼminlasin.
4. Attraksionlar xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglament rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab olti oy oʻtgandan keyin amalga kiritilsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2024-y., 09/24/153/0241-son)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi:
respublikadagi mavjud attraksionlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasining markazlashtirilgan tartibda shakllantirilishi va yuritilishini;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining geologiya, kon-metallurgiya sohalari va sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi B.F. Islamov, Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi raisi B.V. Gulyamov va Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktori D.N. Sattarov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 28-noyabr,
677-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-noyabrdagi 677-son qaroriga
1-ILOVA
Attraksionlar xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik
reglament
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2024-y., 09/24/153/0241-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Texnik reglament inson hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish, attraksionlardan foydalanish va ularning xavfsizligi xususida isteʼmolchilarni chalgʻituvchi harakatlarning oldini olish maqsadida ishlab chiqilgan.
2. Mazkur Texnik reglament talablari Oʻzbekiston Respublikasida va xorijda ishlab chiqarilgan, ilgari foydalanishga topshirilgan va birinchi marta muomalaga chiqariladigan, foydalanishda yoʻlovchilarga yuzaga kelishi mumkin boʻlgan biomexanik xavfning I, II, III darajalariga ega biomexanik taʼsir koʻrsatuvchi vaqtincha oʻrnatiladigan (tashiladigan) va statsionar (poydevorda yoki poydevorsiz oʻrnatilgan) quyidagi attraksionlarga nisbatan qoʻllaniladi:
mexanizatsiyalashgan ilgarilab harakatlanuvchi (shu jumladan suvdan foydalaniladigan) attraksionlar;
mexanizatsiyalashgan aylanma harakatlanuvchi attraksionlar;
mexanizatsiyalashgan murakkab harakatlanuvchi attraksionlar;
avtodromlar va kartinglar;
havo bilan toʻldirilgan attraksionlar;
mexanizatsiyalashgan suv attraksionlari;
mexanizatsiyalashmagan attraksionlar;
bolalar uchun moʻljallangan attraksionlar.
3. Ushbu Texnik reglamentda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
avariya — inson hayoti yoxud sogʻligʻiga bevosita tahdid soluvchi yoki zarar yetkazuvchi attraksionlar yoki ularning muhim komponentlarini buzilishi;
avtodrom va karting attraksionlari — yoʻlovchi modullarining harakatni yoʻnaltiruvchilardan tashqarida atrofi oʻralgan (cheklangan) maydonda erkin harakatlanishi mumkin boʻlgan attraksionlar (toʻqnashuvchi avtomobillar, park yoʻlaklaridagi sayohat avtopoyezdlari, kartinglar, shu jumladan, estakadalar, mini-avtomobil tezyurar yoʻllari);
attraksion — jamoat joylarida tashrif buyuruvchilarning vaqtichogʻlik qilishi uchun vaqtincha yoki statsionar oʻrnatilgan asbob-uskuna, yoʻlovchilar uchun turli darajadagi xavflarning psixo-emotsional va (yoki) biomexanik taʼsiri tufayli vaqtichogʻlik taassurotini yaratuvchi asbob-uskuna;
attraksion loyihasi xavfsizligini asoslash — ushbu Texnik reglament talablariga muvofiqligini tasdiqlash uchun attraksionning xavfsizligi toʻgʻrisidagi hujjatlar majmui;
attraksion pasporti — ishlab chiqaruvchining kafolatlarini, attraksionning asosiy parametrlari va xususiyatlari qiymatlarini, shuningdek, attraksionning muvofiqligini tasdiqlash va uni utilizatsiya qilish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan hujjat;
attraksion tipi — ishlashi va biomexanik taʼsirni keltirib chiqarishi oʻxshash boʻlgan attraksionlar;
attraksion turi — bir xil ishlash tamoyiliga yoki bir xil funksiyalar yigʻindisiga ega boʻlgan attraksionlarning bir necha tiplari yigʻindisi;
attraksiondan foydalanish qoidalari — loyihachi (ishlab chiqaruvchi) yoki atraksionni ishlatuvchi tomonidan yoʻlovchilar va tashrif buyuruvchilar uchun oʻrnatilgan qoidalar;
attraksionni foydalanishga topshirish — Texnik reglament talablariga muvofiqligini baholash boʻyicha zarur tartibotlardan oʻtgandan keyin attraksionning yoʻlovchilarga xizmat qilishi;
attraksionning texnik holatini baholash — attraksionning kelgusida muayyan davrda xavfsiz ishlash imkoniyatini aniqlash maqsadida vizual, oʻlchash, putur yetkazmaydigan va boshqa nazorat usullaridan foydalangan holda, uning texnik holatining ekspluatatsiya hujjatlari talablariga muvofiqligini tekshirish boʻyicha ishlar majmui;
attraksionning yordamchi moslamalari — attraksionlar bilan birga foydalaniladigan bezaklar va bezash elementlari, toʻsiqlar, yoritgichlar, chodirlar, ayvonlar, himoya ekranlari va pavilonlar;
biomexanik taʼsir — yoʻlovchilarning harakatlanishi bilan bogʻliq kuchlarning ularga taʼsir qilishi;
bolalar — boʻyi 90 sm dan 160 sm gacha (2 yoshdan 14 yoshgacha) boʻlgan tashrif buyuruvchilar, shu jumladan yoʻlovchilar;
bolalar uchun moʻljallangan attraksion — bolalarning (boʻyi 90 sm dan 160 sm gacha boʻlgan) vaqtichogʻlik qilishi uchun maxsus loyihalashtirilgan attraksion;
bolalar oʻyin maydonchasi uchun asbob-uskunalar — bolalar oʻz xohishiga koʻra va qoidalarga binoan binoda yoki ochiq havoda, alohida yoki guruh boʻlib oʻynashi mumkin boʻlgan asbob-uskunalar;
yillik tekshirish — yillik texnik xizmat koʻrsatish amalga oshirilgandan soʻng attraksionning muhim komponentlari va muhim parametrlarini toʻliq tekshirish;
yoʻlovchi — attraksionda harakatlanuvchi shaxs;
yoʻlovchi moduli — attraksionning yoʻlovchilar harakatlanishi uchun moʻljallangan bir qismi (arava, kabina, oʻrindiq);
yoʻl qoʻyilmaydigan foydalanish — attraksiondan boshqa maqsadlarda yoki ekspluatatsiya hujjatlari talablarini buzgan holda foydalanish;
kunlik tekshirish — ekspluatant tomonidan attraksionning, uning muhim komponentlari, muhim parametrlari va ekspluatatsiya hujjatlarida koʻrsatilgan boshqa qismlarining ishlashga yaroqliligi va texnik holatini tekshirish, shu jumladan, sinash uchun ishga tushirish;
loyihachi (ishlab chiqaruvchi) — attraksion loyihasini ishlab chiqqan mutaxassis yoki tashkilot;
mahkamlab qoʻyuvchi moslama — yoʻlovchining harakatlanishini ushlab turish, cheklash va (yoki) attraksionda tezlikni xavfsiz his etishi uchun yoʻlovchi tanasining holatini saqlab turish uchun moʻljallangan moslama;
mexanizatsiyalashgan attraksion — insonning mushak energiyasidan tashqari boshqa turdagi energiyadan foydalangan holda, yoʻlovchilarni berilgan trayektoriya boʻyicha yoki cheklangan makon doirasida harakatlantiruvchi attraksion. Quyidagilar mexanizatsiyalashgan attraksionlarga kiradi:
aylanma harakatlanuvchi attraksion — yoʻlovchi modullarini asosan aylanma harakatlantiruvchi (aylantirish va (yoki) tebratish orqali), shu jumladan, murakkab harakatlanuvchi attraksion;
ilgarilanma harakatlanuvchi attraksion — yoʻlovchi modullarini asosan yoʻnaltiruvchi boʻyicha ilgarilanma harakatlantiruvchi attraksion;
murakkab harakatlanuvchi attraksion — yoʻlovchi modullarini murakkab trayektoriya boʻyicha yoki yoʻlovchilarga namoyish etiladigan tasvir bilan uygʻun holda harakatlantiruvchi attraksion;
mexanizatsiyalashmagan suv attraksioni — akvaparklar, basseynlar va suzish havzalari uchun suvdan foydalaniladigan attraksion;
modifikatsiyalash — loyihaga nisbatan muhim komponent konstruksiyasini yoki muhim parametrni har qanday oʻzgartirish;
muhim komponent — ishlamay qolishi inson oʻlimiga olib kelishi yoki inson sogʻligʻiga oʻta ogʻir zarar yetkazishi mumkin boʻlgan attraksion konstruksiyasining qismi, uzeli yoki detali;
muhim parametr — buzilishi inson oʻlimiga olib kelishi yoki inson sogʻligʻiga oʻta ogʻir zarar yetkazishi mumkin boʻlgan attraksion yoki uning muhim komponentining muhim tavsifi;
nazorat tekshiruvi — nazorat organi tomonidan Texnik reglamentga muvofiq attraksionning muvofiqligini tasdiqlash toʻgʻrisidagi hujjatlar, texnik pasporti va ekspluatatsiya hujjatlarining tekshirilishi, shu jumladan sinash uchun ishga tushirilishi;
yuzaga kelishi mumkin boʻlgan biomexanik xavf darajasi — turli darajadagi biomexanik taʼsir natijasida yoʻlovchi (yoʻlovchilar) sogʻligʻiga zarar yetkazish ehtimoli. Quyidagilar yuzaga kelishi mumkin boʻlgan biomexanik xavf darajalari hisoblanadi:
yuqori darajali yuzaga kelishi mumkin boʻlgan biomexanik xavf (I) — biomexanik taʼsir natijasida yoʻlovchiga (yoʻlovchilarga) uning (ularning) hayotiga tahdid soluvchi zarar yetkazish ehtimoli;
oʻrta darajali yuzaga kelishi mumkin boʻlgan biomexanik xavf (II) — biomexanik taʼsir natijasida yoʻlovchi (yoʻlovchilar) sogʻligʻiga oʻta ogʻir zarar yetkazish ehtimoli;
past darajali yuzaga kelishi mumkin boʻlgan biomexanik xavf (III) — biomexanik taʼsir natijasida yoʻlovchi (yoʻlovchilar) mehnat qobiliyatini vaqtincha yoʻqotgan holda zarar yetkazish ehtimoli;
ahamiyatsiz darajali yuzaga kelishi mumkin boʻlgan biomexanik xavf (IV) — biomexanik taʼsirlar natijasida yoʻlovchining (yoʻlovchilarning) ishga har qanday shakldagi yaroqsizligisiz zarar yetkazish ehtimoli;
sinash uchun ishga tushirish — attraksionni yoʻlovchilarsiz attraksionning ekspluatatsiya hujjatlarida tegishli talab mavjud boʻlgan taqdirda, yoʻlovchilar bilan toʻliq yuklaganga oʻxshatgan holda sinovdan oʻtkazish;
belgilangan resurs — muddatiga yetganda attraksionning texnik holatidan qatʼi nazar, undan foydalanish toʻxtatilishi kerak boʻlgan jami ishlash muddati;
belgilangan xizmat muddati — muddatiga yetganda attraksionning texnik holatidan qatʼi nazar, undan foydalanish toʻxtatilishi kerak boʻlgan attraksiondan foydalanishning kalendar muddati;
tashrif buyuruvchi — attraksionlar yoki ularning yordamchi moslamalari zonasida boʻlgan shaxs;
tutib turuvchi moslamalar — biomexanik taʼsirlar yoki attraksiondan foydalanishdagi kuchlarning taʼsiri yoxud yoʻlovchilarning xatti-harakatlari natijasida yoʻlovchilarning xavfsizlik konturidan tashqariga chiqib ketishining oldini olish uchun moʻljallangan attraksion elementlari (masalan, oʻrindiqlar, oyoq uchun quduqlar, tutqichlar va mahkamlab qoʻyuvchi moslamalar);
toʻliq tekshirish — ekspluatant tomonidan attraksionning barcha muhim komponentlari va muhim parametrlari holatining ekspluatatsiya hujjatlari talablariga muvofiq baholanishi (shu jumladan komponentlarni qismlarga ajratish va koʻzdan kechirish (zarur boʻlganda), sinovdan oʻtkazish va sinash uchun ishga tushirish), shuningdek attraksionning boshqa qismlari texnik holatining baholanishi;
foydalanishni cheklash — yoʻlovchilarga sogʻligʻi holatiga koʻra yoki boʻyi, vazni boʻyicha cheklanishi sababli, shuningdek, oʻzini yomon his qilganda attraksiondan foydalanishni cheklash;
xavfsizlik konturi — konstruksiyalarning harakatlanuvchi va harakatsiz elementlarga tegishi natijasida jarohatlanish xavfini kamaytirish yoki bunday xavf oldini oladigan yoʻlovchi harakatlanadigan makonning bir qismini chegaralash;
ekspluatant — qonuniy asosda attraksion egasi boʻlgan va yoʻlovchilarga koʻngilochar xizmatlar koʻrsatish uchun ushbu attraksiondan foydalanuvchi yuridik shaxs;
ekspluatatsiya hujjati — attraksiondan foydalanish qoidalarini belgilovchi va (yoki) ishlab chiqaruvchi tomonidan attraksionning asosiy parametrlari va tavsiflarining kafolatlangan qiymatlarini tasdiqlovchi maʼlumotlarni, shuningdek, belgilangan xizmat muddati davomida amal qiluvchi kafolatlarni va foydalanishga oid maʼlumotlarni aks ettiruvchi (alohida yoki boshqa hujjatlar bilan birga) konstruktorlik hujjati;
havo bilan toʻldirilgan attraksion — konstruksiyasi oʻzaro bogʻlangan va havo bosimi bilan ushlab turiladigan bir yoki bir necha qobiqlardan iborat boʻlgan attraksion;
harakatlanishda xavf zonalari — ularga konstruksiyalar va begona buyumlar tegib ketishi natijasida yoʻlovchilarga ogʻirligi turli darajadagi zarar yetkazilishi mumkin boʻlgan harakatlantirilayotgan yoʻlovchilar tanasi atrofidagi zonalar.
4. Attraksion turlari va tiplari ushbu Texnik reglamentga 1-ilovada belgilangan.
5. Attraksionlarning yoʻlovchilariga biomexanik taʼsir turlari, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan biomexanik xavf darajalari va yoʻlovchi oʻrindiqlarining ogʻish turlari Texnik reglamentga 2-ilovada belgilanadi.
6. Texnik reglament bolalar oʻyin maydonchalari uchun asbob-uskunalarga va yuzaga kelishi mumkin boʻlgan ahamiyatsiz darajali biomexanik xavfga (IV) ega boʻlgan hamda kuchlanishi 36 voltdan past boʻlgan elektr uzatmali mexanizatsiyalashgan attraksionlarga nisbatan qoʻllanilmaydi.
2-bob. Attraksionlarni identifikatsiyalash qoidalari
7. Attraksionlar ularning Texnik reglamentning qoʻllash sohasiga taalluqliligini belgilash uchun identifikatsiyalanadi.
8. Attraksionlarning turlari, tiplari, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan biomexanik xavf darajalari, shuningdek, yoʻlovchilarga biomexanik taʼsirlar turlari va qiymatlari attraksionlarni identifikatsiyalash belgilari hisoblanadi.
9. Attraksionlarni identifikatsiyalash quyidagilar tomonidan amalga oshiriladi:
a) ishlab chiqaruvchi, sotuvchi (yetkazib beruvchi);
b) akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organi.
10. Atraksionlarni identifikatsiyalash quyidagi usullardan birini yoki bir nechtasini qoʻllagan holda amalga oshiriladi:
a) hujjatlar boʻyicha identifikatsiyalash (ekspluatatsiya hujjatlarida koʻrsatilgan attraksionning turi va tipi, texnik tavsiflarini Texnik reglamentga 1 va 2-ilovalarda nazarda tutilgan maʼlumotlar bilan taqqoslash);
b) vizual usul (attraksionning tashqi koʻrinishini ekspluatatsiya hujjatlarida keltirilgan tavsif bilan taqqoslash);
v) instrumental usul (attraksionning oʻlchamlarini oʻlchash yoki uni sinovdan oʻtkazish natijasida olingan maʼlumotlarni ekspluatatsiya hujjatlarida koʻrsatilgan texnik tavsiflar bilan taqqoslash). Agar ushbu bandning “a” va “b” kichik bandlarida koʻrsatilgan usullarni qoʻllash orqali attraksionlarni identifikatsiyalash imkoni boʻlmasa, instrumental usuldan foydalaniladi.
3-bob. Attraksionlarni muomalaga chiqarish qoidalari
11. Attraksionlar Texnik reglament talablariga mos boʻlganda va Texnik reglamentning 6-bobiga koʻra muvofiqlikni baholash tartibotidan oʻtkazilgan taqdirda, muomalaga chiqariladi.
12. Texnik reglament talablariga mos boʻlgan attraksionlar muvofiqlik belgisi bilan tamgʻalanadi.
13. Muomalaga chiqarilayotgan attraksionlar belgilangan xizmat muddati (tayinlangan resurs) davomida maqsadiga koʻra ishlatilishi sharti bilan xavfsizlik talablariga javob berishi kerak.
14. Texnik reglament talablariga muvofiqligi tasdiqlanmagan attraksionlar muvofiqlik belgisi bilan tamgʻalanmaydi va ularni muomalaga chiqarishga yoʻl qoʻyilmaydi.
4-bob. Attraksionlarga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
1-§. Attraksionlarni loyihalashtirishda xavfsizlik talablari
15. Attraksionlarni loyihalashtirishda hayot siklining barcha bosqichlarida, shu jumladan normal foydalanishda, favqulodda vaziyatlarda (nosozliklar va tashqi taʼsirlar natijasida), xodimlarning taxmin qilingan xatolari va yoʻl qoʻyilmaydigan foydalanishda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan barcha xatarlar identifikatsiyalanishi kerak.
16. Yoʻlovchilar attraksionda harakatlantirilayotganda koʻtarish (tushirish) balandligi, tezlik, oʻrindiqning ogʻish yoki aylanish burchagiga qarab turli darajadagi biomexanik xavflar mavjud boʻlishi mumkin. Shu munosabat bilan yoʻlovchilarga nisbatan biomexanik xavflarning turlari va qiymatlarini hisobga olgan holda, ularni kamaytirish yoki istisno qilish boʻyicha choralar koʻrilishi kerak. Attraksionlarni loyihalashtirishda nosozliklardan kelib chiqadigan xatarlar va ularning ehtimoliy oqibatlarini tahlil qilish uchun yoʻlovchilar biomexanik taʼsirga qay tarzda va qay darajada tez-tez duchor boʻlishlarini hisobga olish muhimdir.
17. Attraksiondan foydalanishda yoʻlovchiga (yoʻlovchilarga) koʻrsatiladigan biomexanik taʼsirlar har doim ham sogʻligʻi zaiflashgan yoki oʻzini yomon his qilayotgan odamlar uchun maqbul emas, shuning uchun attraksionning ekstremalligi va undan foydalanishni har qanday cheklash haqidagi maʼlumotlar attraksiondan foydalanish boʻyicha qoʻllanmada va tashrif buyuruvchilar uchun maʼlumotlarda keltirilishi kerak.
18. Attraksionlar shunday loyihalashtirilishi kerakki, ularni ishlab chiqarish va ulardan foydalanishda ishlatiladigan xom ashyo, materiallar va moddalar inson hayoti va (yoki) sogʻligʻiga, mol-mulkka va atrof muhitga xavf solmasligi kerak. Suyuqlik va gazlardan foydalanilganda bu bilan bogʻliq boʻlgan xavflar istisno qilinishi kerak.
19. Attraksionni boshqarish tizimlari ulardan barcha ish rejimlarida va foydalanish shartlarida nazarda tutilgan har qanday tashqi taʼsirlarda foydalanish xavfsizligini taʼminlashi kerak.
20. Attraksionni boshqarish tizimlari mantiqiy xatolarga yoʻl qoʻyilganda va operator tomonidan boshqarish harakatlari notoʻgʻri bajarilganda, xavfli vaziyatlarning vujudga kelishini istisno qilishi kerak.
21. Attraksionni boshqarish tizimlari ogohlantirish signalizatsiyasi vositalari va xavfli vaziyatlar vujudga kelishiga olib keladigan attraksion ishlashidagi nosozliklar haqida ogohlantirish uchun boshqa vositalarni oʻz ichiga olishi kerak.
22. Attraksionning ishlashidagi nosozliklar haqida ogohlantirish vositalari operator tomonidan maʼlumotlarning xatosiz, ishonchli va tez qabul qilinishini taʼminlashi kerak.
23. Attraksionni ishga tushirish, shuningdek, toʻxtatilgandan keyin (toʻxtatish sababidan qatʼi nazar) qayta ishga tushirish faqat ishga tushirishni boshqarish organi orqali amalga oshirilishi kerak. Attraksion harakatlanishidan oldin, agar bu xavfsizlik nuqtai nazaridan kerak boʻlsa, operator tomonidan yoqiladigan ogohlantiruvchi ovozli signal bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
24. Avariya holatida toʻxtatishni boshqarish organi:
oson identifikatsiyalanadigan va tushunarli boʻlishi kerak;
attraksionni tezda toʻxtatishi va bunda xavf tugʻdirmasligi kerak;
harakatga keltirilgandan keyin majburan boshlangʻich holatga qaytarilguncha, toʻxtashga mos boʻlgan holatda boʻlishi kerak;
attraksion boshlangʻich holatga qaytarilgandan soʻng attraksionning ishga tushib ketishiga olib kelmasligi kerak;
qizil rangli boʻlishi, shakli va oʻlchamlari bilan boshqa boshqaruv organlaridan farq qilishi kerak.
25. Tanlangan boshqaruv rejimi boshqa boshqaruv rejimlariga nisbatan ustunlikka ega boʻlishi kerak, avariya holatida toʻxtatish bundan mustasno.
26. Elektr taʼminotini toʻliq yoki qisman toʻxtatish va keyinchalik uni qayta tiklash, shuningdek, elektr taʼminotini boshqarish tizimining shikastlanishi xavfli vaziyatlarga olib kelmasligi kerak, shu jumladan:
elektr taʼminoti tiklanganda attraksionning oʻz-oʻzidan ishga tushishi;
toʻxtash uchun berilgan koʻrsatmaning bajarilmasligi;
himoya moslamalari samaradorligining pasayishi.
27. Attraksionlar, yoʻlovchilar modullari va toʻsiqlarning ochiq qismlarida shikast yetkazishi mumkin boʻlgan oʻtkir qirralar va notekis yuzalar boʻlmasligi kerak.
28. Attraksionlarning harakatlanuvchi qismlari ular shikast yetkazishi mumkin boʻlgan zonalarga odamlar kirishining oldini oluvchi toʻsiqlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
29. Attraksionning barcha toʻsiqlari shunday mahkamlangan boʻlishi kerakki, ular faqat asboblar yordamida ochiladigan boʻlishi shart. Toʻsiqlarning eshiklari qulflanuvchi moslama bilan jihozlanishi kerak.
30. Yuqori va past haroratdagi attraksion detallari va uning jihozlarini ushlash yoki ularga yaqinlashish natijasida yuzaga keladigan xavfni bartaraf etish choralari koʻrilishi kerak.
31. Attraksionlar yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiq attraksion asbob-uskunalarining ishlashi natijasida yuzaga keladigan yongʻin yoki qizib ketish xavfi boʻlmaydigan tarzda loyihalashtirilishi kerak.
32. Attraksionlarni loyihalashtirishda ulardan foydalanishda xavfsizlikni taʼminlovchi shovqin (tovush), infratovush, ultratovush, umumiy va (yoki) mahalliy tebranish, elektr, magnit, elektromagnit va elektrostatik maydonlarning, shuningdek, infraqizil (termal), ultrabinafsha va koʻrinadigan diapazonlar, shu jumladan, lazerli nurlanishning gigiyenik parametrlariga (koʻrsatkichlariga) rioya qilinishini nazarda tutish zarur.
33. Attraksionlarda lazer asbob-uskunalari qoʻllanilganda, bu asbob-uskunalar tasodifiy nurlanishning oldi olinadigan hamda toʻgʻridan-toʻgʻri, aks etuvchi, tarqoq va ikkilamchi nurlanishdan himoya taʼminlanadigan tarzda loyihalashtirilishi va ishlab chiqarilishi kerak.
34. Attraksionlarni loyihalashtirishda xodimlar va yoʻlovchilarni ionlamaydigan nurlanish, statik elektr, doimiy magnit maydonlari, sanoat chastotali elektromagnit maydonlari, radiochastota va optik diapazonlardagi elektromagnit nurlanishning salbiy taʼsiridan himoya qilish choralari koʻrilishi zarur.
35. Attraksionlarni loyihalashtirishda quyidagi choralarni qoʻllash orqali xavflar toʻliq bartaraf etilishi yoki kamaytirilishi kerak:
kompleks ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirilishini taʼminlash;
belgilangan tartibda verifikatsiya qilingan uslublar asosida zarur kompleks hisob-kitoblar va sinovlarni amalga oshirish;
attraksionlardan foydalanish parametrlari va shartlariga qarab ularning ayrim turlarida qoʻllaniladigan materiallar va moddalarni aniqlash;
loyihachi (ishlab chiquvchi) tomonidan cheklangan holatlarning asoslangan mezonlarining belgilanishi;
loyihachi (ishlab chiquvchi) tomonidan xizmat muddatining, resurslarning, texnik xizmat koʻrsatish, taʼmirlash va utilizatsiya qilish muddatlarining belgilanishi;
yoʻl qoʻyilmaydigan foydalanishning oldini oluvchi talablarni belgilash;
tashrif buyuruvchilarga attraksionning ekstremalligi va biomexanik taʼsirlari toʻgʻrisida qulay va tushunarli maʼlumot berishning zarurligini hisobga olish;
odamlarning ayrim toifalari uchun attraksiondan foydalanishni cheklash;
yoʻlovchilar va konstruksiyalarga boʻlgan meʼyoriy yuklamalarni va taʼsirlarni lozim darajada tanlash;
attraksionlarning yoʻlovchilarni ushlab turuvchi moslamalarini lozim darajada loyihalashtirish;
konstruksiyalar va boshqaruv tizimlarini lozim darajada loyihalashtirish va ishlab chiqarish, shu jumladan, muhim parametrlar, muhim komponentlarni aniqlash va zaxiralash;
attraksionlarni avariya holatida toʻxtatish moslamalari (zarur boʻlganda) va evakuatsiya vositalari bilan taʼminlash;
attraksion uzellari va detallarining koʻzdan kechirish, taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish uchun osonligini taʼminlash;
attraksionni boshqarish xavfsizligini taʼminlovchi operatorlar uchun tegishli ishlash sharoitlarini yaratish va operatorning ish joyidan yetarli darajada koʻrishni taʼminlash;
ekspluatant uchun attraksionlarni notoʻgʻri montaj qilish (yigʻish, oʻrnatish), sozlash, ularga texnik xizmat koʻrsatish va ulardan foydalanishda yuzaga keladigan xavflarni bartaraf etish maqsadida ekspluatatsiya hujjatlarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish;
yoʻlovchilar va xodimlarni ehtimoliy evakuatsiya qilish yoʻllari va usullarini tashkil qilish.
36. Attraksionlarni loyihalashtirishda quyidagilar zarur:
a) tashqi energiya manbai orqali ishga tushirish oqibatida zarar yetkazishi mumkin boʻlgan mexanizatsiyalashgan attraksionlar konstruksiyasining xususiyatlarini hisobga olish;
b) tezlashuv va inersiya kuchlari taʼsirini hisobga olgan holda, yoʻlovchilarning mexanizatsiyalashgan ilgarilab va aylanma harakatlanuvchi attraksionlarda harakatlanish xususiyatini hisobga olish;
v) havo bilan toʻldirilgan attraksionlarning shamol taʼsirida agʻdarilish, yomgʻir paytida elektr toki urishi, teshiklar, tirqishlar, yoriqlar va tunnellarga tushganda bolalarning jarohatlanishi xavfidan iborat boʻlgan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan biomexanik xavflarni hisobga olish;
g) yoʻl qoʻyilmaydigan tezlanishning yoʻlovchilarga taʼsirini istisno qilish;
d) yoʻlovchilar harakatlanishi uchun yetarli oʻlchamdagi xavfsizlik konturlari, shuningdek, attraksionlarning ishonchli boshqaruv tizimi va tormoz tizimi yaratilishini taʼminlash;
e) attraksionlar komponentlarining mahkamlanishi va biriktirilishining ishonchliligini taʼminlash;
j) yoʻlovchilar modullarining harakatlanishi va toʻsatdan tormozlanishi paytida xavf zonalarini hisobga olish. Bunday zonalarning oʻlchamlari jarohatlarning ogʻirligini hisobga olgan holda, yoʻlovchilarning antropometrik maʼlumotlariga, mahkamlab qoʻyish tizimlariga va nisbiy harakatlanish tezligiga bogʻliqdir. Ushbu xavflarni kamaytirish uchun xavflarni tahlil qilish asosida tegishli zonalarning toʻsish zonalarini koʻpaytirish yoki toʻsiqlarni kerakli masofaga uzaytirish choralarini koʻrish zarur.
37. Attraksionlarni loyihalashtirishda nosozliklarning turlari, oqibatlari va muhimligini tahlil qilish va nosozliklar oqibatlariga qarab ularni tasniflash zarur:
yoʻlovchilarning oʻlimiga yoki attraksion avariyasiga olib kelishi mumkin boʻlgan halokatli xavf;
yoʻlovchilarga ogʻir jarohat yetkazishi yoki attraksionga katta zarar yetkazishi mumkin boʻlgan muhim xavf;
yoʻlovchilarga yengil jarohat yetkazishi yoki mol-mulkka zarar yetkazishi mumkin boʻlgan kichik xavf;
yoʻlovchilarga zarar yetkazish yoki mol-mulkka zarar yetkazish uchun jiddiy boʻlmagan xavf.
38. Xavfning konstruksiyaning oʻzaro bogʻliq qismlariga taʼsirini izchil tekshirish orqali xavflarni bartaraf etish yoki kamaytirish choralarini koʻrish zarur.
39. Attraksionlarni loyihalashtirishda “yoʻlovchi oʻrindigʻidan tortib attraksion asosigacha” ketma-ketlikda quyidagi muhim komponentlarni tahlil qilish kerak:
mahkamlab qoʻyuvchi moslamalar, oʻrindiqlar, qulflash moslamalari, tirsak qoʻygichlar, suyanchiqlar, xavfsizlik kamarlari (taʼsir etuvchi tezlanish yoʻnalishlari va qiymatlarini hisobga olgan holda), shu jumladan, yoʻlovchilarning tushib qolishi yoki jarohatlanishining oldini oluvchi foydalanish qoidalari ataylab buzilganda;
yoʻlovchilar modullari (yoʻlovchilarning vazni, barcha dinamik yuklamalar natijasida hosil boʻladigan kuchlarning taʼsirini hisobga olgan holda) va ularning harakatni yoʻnaltiruvchilarga va (yoki) boshqa yoʻlovchilar modullariga ishonchli mahkamlanishi;
blokirovka qiluvchi, tormozlovchi va himoya moslamalari (ularga taʼsir qiluvchi barcha omillarni hisobga olgan holda);
yoʻnaltiruvchi moslamalar va ularni mustahkamlash;
attraksionning asosiy yuk koʻtaruvchi konstruksiyalari;
xavfsizlik konturiga tushishi mumkin boʻlgan qoʻzgʻaluvchi mexanik qismlar.
40. Attraksionlarni loyihalashtirishda muhim komponentlarni va cheklangan resursli komponentlarni aniqlash, ekspluatatsiya hujjatlariga ilova qilinadigan muhim komponentlar roʻyxatiga va cheklangan resursli komponentlar roʻyxatiga kiritish, shuningdek, ushbu roʻyxatlarni loyiha-konstruktorlik hujjatlari bilan birga ishlab chiqaruvchiga topshirish zarur.
41. Muhim komponentlar zaxiralangan boʻlishi, rezerv element yuklama xususiyati va shartlarini hisobga olgan holda, asosiy elementdan kam boʻlmagan ishonchlilikka ega boʻlishi kerak.
42. Almashtirish usuli bilan zaxiralash mumkin boʻlmasa, bu muhim komponentning (attraksion uzelining) barcha elementlarida hisob-kitob kuchlanishlarini yetarli darajada kamaytirish orqali taʼminlanadi. Bunda muhim komponentning putur yetkazmaydigan nazorat usuli va davriyligi koʻrsatiladi. Hisob-kitoblardagi ishonchlilik koeffitsiyentining eng yuqori qiymatlari foydalanish jarayonida toʻgʻridan-toʻgʻri nazorat qilib boʻlmaydigan elementlarda boʻlishi kerak.
43. Attraksionlarda elektr energiyasi ishlatilsa, ular elektr toki urishi xavfini istisno qilgan holda loyihalashtirilishi kerak.
44. Attraksionlarda noelektr energiyasi (gidravlik yoki pnevmatik) ishlatilsa, ular ushbu turdagi energiya bilan bogʻliq har qanday xavfni istisno qilgan holda loyihalashtirilishi kerak. Quvurlar nazarda tutilgan yuklamalarga bardosh berishi, ishonchli tarzda mustahkamlangan boʻlishi va tashqi mexanik taʼsirlardan himoyalangan boʻlishi zarur. Quvurlar buzilganda va toʻsatdan siljiganda, yuqori bosimli oqimlar buzilganda, xavfli oqibatlardan himoya qilish choralari koʻrilishi kerak.
45. Bolalar uchun moʻljallangan attraksionlar Texnik reglamentga 3-ilovada keltirilgan xavfsizlik talablariga, mexanizatsiyalashmagan suv attraksionlari Texnik reglamentga 4-ilovada keltirilgan xavfsizlik talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
46. Loyihachi (ishlab chiquvchi) attraksionning Texnik reglament talablariga muvofiqligini tasdiqlash uchun attraksion loyihasining xavfsizlik asosini ishlab chiqadi.
47. Attraksion loyihasining xavfsizligi asosining asl nusxasi loyihachida, koʻchirma nusxasi esa belgilangan xizmat muddati tugaguniga qadar sertifikatlashtirish organida saqlanadi. Belgilangan xizmat muddati uzaytirilganda yoki modifikatsiya qilingandan soʻng attraksion loyihasining xavfsizlik asosi aniqlashtiriladi.
48. Attraksion loyihasining xavfsizlik asosi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
a) attraksion, uning konstruksiyasining asosiy qismlari va ishlash tamoyillari tavsifi, attraksionning asosiy texnik tavsiflari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, mexanik, pnevmatik, gidravlik, elektr va elektron asbob-uskunalar (shu jumladan boshqaruv tizimlari) va boshqa ishlatiladigan asbob-uskunalarning tavsiflari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek attraksionning oʻziga xos xususiyatlari va uni montaj qilish (yigʻish, oʻrnatish) usullari, oʻlchamlari va ushbu oʻlchamlardan tashqariga chiquvchi harakatlanish, cheklovlar, konstruktiv xususiyatlar va ishlatilgan materiallar, harakatlanish tizimlari, uzatmalar tiplari, tezliklar, tezlanishlar, elektr asbob-uskunalari, ishlash sikli, boshqarish tartibi va alohida tashrif buyuruvchilar uchun cheklovlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
b) attraksionning yuzaga kelishi mumkin boʻlgan biomexanik xavflari tahlili, hayot siklining bosqichlarida xavfni kamaytirish uchun ularga nisbatan choralar koʻrilishi zarur boʻlgan muhim komponentlar va muhim parametrlar roʻyxati;
v) xavfsizlik talablarini taʼminlash uchun ahamiyatga ega boʻlgan moslamalarning oʻlchamlari koʻrsatilgan chizmalar. Chizmalarda ularni tekshirish va tasdiqlash uchun talab etiladigan koʻndalang kesimlarning barcha oʻlchamlari va qiymatlari, materiallarning, yigʻish birliklari va detallari, mahkamlash va biriktirish moslamalarining xususiyatlari, shuningdek, asosiy tezlik va tezlanishlarning qiymatlari koʻrsatiladi. Attraksionning chizmalar toʻplamiga quyidagilar kiritiladi:
umumiy oʻlchamlari, ichki oʻlchamlari (oʻrindiqlar, yon va orqa tirgaklar, qoʻllar va oyoqlar uchun boʻsh joylar), qoʻllar va oyoqlar uchun tirgaklarning, qulflash va saqlash moslamalarining, tutqichlarning mavjudligini koʻrsatgan holda, yoʻlovchilar modullarining (talab etiladigan turlardagi va koʻndalang kesimlardagi) chizmalari;
koʻtarish va burish mexanizmlarining tayanchlari, uzatmalari va boshqaruv tizimlari, koʻtarish va burish amplitudalarini koʻrsatgan holda ularning chizmalari;
yuklamalarni koʻrsatgan holda, uzatmali gʻildiraklar va xavfsizlik moslamalarini, podshipniklarni, oʻqlarni, vallarni, ularning yoʻlovchilar modullariga nisbatan ulanishi va siljish ehtimolini, boshqarish va nazorat qilish moslamalarini, qaytaruvchi moslamalarni, relslardan chiqib ketish va agʻdarilishning oldini oluvchi moslamalarni, bamperlarni, saqlovchi moslamalarni, uzatmalar va tormozlarni, poydevorga mahkamlagichlarni tasvirlagan holda yurish mexanizmlarining chizmalari;
elektr (elektron), pnevmatik va gidravlik asbob-uskunalar chizmalari;
g) oʻlchamlari, materiallari va muhim parametrlari, shuningdek, cheklangan holatlar tahlili natijalarini koʻrsatgan holda muhim komponentlarning chizmasi va hisob-kitoblari. Yuklamalar va taʼsirlar Texnik reglament talablariga muvofiq boʻlishi va xavfsizlikni taʼminlashi kerak. Payvandlangan birikmalar choklarining hisob-kitobi kesmalarning keskin oʻzgarish joylarida kuchlanish konsentratsiyasi koeffitsiyentlarini qoʻllagan holda ularning mustahkamligini taʼminlanish hisobga olinib amalga oshiriladi;
d) texnik nazoratni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan asosiy harakat kuchlari, massalari, shamol tezligi, tayanch tagliklari, barcha kuchlanish uchastkalari haqidagi maʼlumotlarni koʻrsatgan holda, yuk koʻtaruvchi konstruksiyalarning mustahkamligi va ishonchliligi hisob-kitoblarining asosiy natijalari va xulosalari;
e) 400 nafar va undan ortiq tashrif buyuruvchilar uchun moʻljallangan yopiq binolar uchun hisob-kitoblarni tekshirgan holda, zaxira chiqish yoʻllari va ularning oʻlchamlari tasvirlangan rejalar, yongʻin sodir boʻlganda harakat qilish boʻyicha maxsus yoʻriqnomalar;
j) montaj qilingan attraksionni sinovdan oʻtkazish dasturi va uslubi;
z) favqulodda vaziyatlarda yoʻlovchilarni attraksiondan evakuatsiya qilish boʻyicha yoʻriqnoma.
49. Attraksionlarni loyihalashtirishda quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi ekspluatatsiya hujjatlari ishlab chiqiladi:
attraksion pasporti;
attraksiondan foydalanish boʻyicha qoʻllanma;
attraksionga texnik xizmat koʻrsatish va uni taʼmirlash boʻyicha qoʻllanma;
ehtiyot qismlar va ashyolar qaydnomasi;
attraksionni montaj qilish (yigʻish, oʻrnatish), ishga tushirish, rostlash va yurgizib koʻrish boʻyicha yoʻriqnoma;
attraksionni tashish va saqlash boʻyicha yoʻriqnoma;
attraksionni foydalanishdan chiqarish va utilizatsiya qilish boʻyicha yoʻriqnoma;
attraksiondan foydalanish va unga texnik xizmat koʻrsatish hisobini yuritish jurnallari.
50. Yuzaga kelishi mumkin boʻlgan biomexanik xavfning I, II va III darajalariga ega boʻlgan attraksionlarning muvofiqligini baholash va texnik holatini nazorat qilish boʻyicha tadbirlarni oʻtkazish uchun Texnik reglamentga 5-ilovada keltirilgan shakl boʻyicha attraksion pasporti rasmiylashtiriladi.
51. Foydalanish boʻyicha qoʻllanma quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
attraksion ishlashining tavsifi, shu jumladan, asosiy tizimlar, mexanizmlar, boshqaruv tizimlari va ularning ishlashining batafsil tavsifi;
bitta yoʻlovchi moduli va (yoki) umuman attraksiondagi yoʻlovchilarning eng koʻp soni va vazni;
foydalanishga topshirish, foydalanishni toʻxtatib turish tartibotlariga, texnik sabablarga koʻra ishlamay turishi va qayta foydalanishga topshirish tartibotlariga qoʻyiladigan talablar;
yoʻlovchilar bilan attraksiondan foydalanishni amalga oshiruvchi operatorlarning ishlash tartibi, shu jumladan, favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga qoʻyiladigan talablar;
tashrif buyuruvchilar uchun attraksiondan foydalanish qoidalari, shuningdek, agar attraksionning biomexanik taʼsirlari nogironligi boʻlgan yoʻlovchilar uchun ruxsat etilsa, ularga xizmat koʻrsatish qoidalari;
yoʻlovchilar sogʻligʻining holati, yoshi, boʻyi va vazni boʻyicha attraksiondan foydalanishdagi cheklovlar haqida maʼlumotlar (zarur boʻlganda);
yoʻlovchilarni yuqori balandlikdan yoki yerga nisbatan sezilarli ogʻishishga ega boʻlgan oʻrindiqlardan avariya holatida evakuatsiya qilish usullari;
attraksiondan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydigan ob-havo sharoitlari tavsifi;
yoʻlovchilar bilan attraksiondan xavfsiz foydalanish qoidalari, attraksionni yoʻlovchilar bilan yuklash chizmalari (zarur boʻlganda);
muhim komponentlar va muhim parametrlarga nisbatan kundalik tekshirishlar tartibi.
52. Texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash boʻyicha qoʻllanma quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
muhim komponentlar va parametrlar roʻyxati, cheklangan resursli qismlar roʻyxati va ularni almashtirish jadvali, yigʻish chizmalari, texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash uchun zarur boʻlgan asosiy oʻlchamlarni aks ettiruvchi chizmalar, elektr, gidravlik va pnevmatik sxemalar;
attraksionning texnik holatini attraksionni ishlatish boshlanishidan oldin va tugagandan soʻng kunlik tekshirish tartibotining tavsifi;
attraksionni yigʻish, qismlarga ajratish, rostlash va uning alohida uzellarini moylash tartibi, ularni amalga oshirish davriyligi va ishlatiladigan sarflash materiallari;
texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash mazmunini va texnik talablarni batafsil bayon etgan holda ularning turlari roʻyxati;
elektr asbob-uskunalarga texnik xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlashga oid tavsiyalar;
ekspluatant yoki uchinchi shaxs tomonidan loyihachining roziligisiz modifikatsiyalashni taqiqlash;
komponentlarni modifikatsiyalash tartibi va shartlari (faqat loyihachi bilan kelishilgan holda va (yoki) uning koʻrsatmasi boʻyicha).
53. Foydalanishdan chiqarish va utilizatsiya qilish boʻyicha yoʻriqnoma quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
attraksionni foydalanishdan chiqarish tartibi;
elektron komponentlar va xavfli moddalarni oʻz ichiga oluvchi alohida uzellarni utilizatsiya qilish xususiyatlarini hisobga olgan holda, alohida qismlarni xavfsiz utilizatsiya qilish tartibi.
54. Attraksionning ekspluatatsiya hujjatlari davlat tilida rasmiylashtiriladi.
2-§. Attraksionlarni ishlab chiqarishda xavfsizlik talablari
55. Attraksionlarni ishlab chiqarishda ularning loyiha-konstruktorlik hujjatlar talablariga muvofiqligi taʼminlanishi kerak.
56. Attraksionlarning komponentlari va detallarini ishlab chiqarish uchun faqat loyiha-konstruktorlik hujjatlarida nazarda tutilgan konstruksiya materiallari ishlatilishi kerak. Loyihachi bilan kelishmasdan konstruksiya materiallarini almashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
57. Muhim komponentlar uchun payvandlangan birikmalarga va tanlangan materiallarning payvandlanuvchanligiga alohida eʼtibor berilishi kerak.
58. Mahkamlash buyumlari loyihachi tomonidan belgilangan ishonchlilik talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
59. Attraksionning xavfsizligi bogʻliq boʻlgan materiallar, detallar, moslamalar va uzellar texnik talablarga, hisob-kitob tavsiflariga va Texnik reglamentning xavfsizlik talablariga javob berishi kerak.
60. Muhim komponentlar ishlab chiqaruvchi yoki pudratchining tamgʻasiga ega boʻlishi kerak. Ushbu tamgʻa komponentlarni keyinchalik identifikatsiyalash imkoniyatini taʼminlash uchun aniq va tushunarli boʻlishi, koʻrish uchun oson boʻlgan joyga joylashtirilishi zarur.
61. Muhim komponentlar uchun yetkazib beriladigan barcha materiallar va butlovchi qismlar zarur hujjatlarni rasmiylashtirgan holda kirish nazoratidan (verifikatsiyadan) oʻtishi kerak.
62. Ishlab chiqarish jarayonida ham ishlab chiqaruvchi, ham uning yetkazib beruvchilari tomonidan ishlab chiqarilgan materiallar (shu jumladan, sarflash materiallari) va komponentlar (elementlar) nazorat qilinishi kerak.
63. Agar loyiha-konstruktorlik hujjatlarida muhim komponentlar uchun ularni ishlab chiqarish jarayonida sinovdan oʻtkazish zarurligi koʻrsatilgan boʻlsa, ishlab chiqaruvchi sinovlar oʻtkazilishini taʼminlashi shart.
64. Loyiha-konstruktorlik hujjatlarini tekshirish paytida yoki texnik talablarda ushbu detallar yoki uzellar xavfsizlikni taʼminlash uchun muhim ekanligi va ularni sinovdan oʻtkazish zarurligi belgilangan taqdirda, ishlab chiqaruvchi ushbu sinovlarning oʻtkazilishini taʼminlashi shart.
65. Putur yetkazmaydigan nazorat attraksionni loyihalashtirishda shakllantirilgan va ishlab chiqaruvchiga loyiha-konstruktorlik hujjatlari bilan birga topshirilgan muhim komponentlar roʻyxatida nazarda tutilgan muhim komponentlar va elementlar birikmalariga nisbatan qoʻllanilishi kerak.
66. Ishlab chiqaruvchi har bir material va har bir komponent uchun asosiy xavfsizlik tavsiflari va sifat koʻrsatkichlarining loyiha-konstruktorlik hujjatlarida koʻrsatilgan talablarga muvofiqligini taʼminlashi va ishlab chiqarishning tegishli tartibotlarini nazarda tutishi kerak.
67. Attraksion konstruksiyasida ishlatiladigan zanjirlar, poʻlat arqonlar, toʻqimachilik arqonlari va kamarlar quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oluvchi guvohnomaga ega boʻlishi kerak:
ishlab chiqaruvchining nomi va joylashgan joyi;
zanjir, poʻlat arqon, toʻqimachilik arqoni yoki lentaning nominal oʻlchami, tuzilishi va materiali haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oluvchi markasi;
qoʻllanilgan sinovdan oʻtkazish usuli;
eng kam uzilish (yoki buzilish) kuchi.
68. Texnik reglamentning 67-bandida koʻrsatilgan guvohnoma shakli Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan tasdiqlanadi.
69. Zanjir, arqon yoki kamarning yigʻish birligi hisoblanmaydigan har bir qismi tamgʻalangan boʻlishi kerak, agar buning iloji boʻlmasa, ishlab chiqaruvchi nomi va uning joylashgan joyi koʻrsatilgan taxtacha yoki yechilmaydigan halqaga ega boʻlishi kerak.
70. Ishlab chiqaruvchi loyihachi tomonidan belgilangan attraksionning barcha metall qismlarini zanglashdan, yogʻoch qismlarini chirishdan, shisha plastik va polimer materiallardan boʻlgan qismlarini eskirishdan himoya qilish usulini taʼminlashi kerak. Foydalanishda bunday qismlarni tekshirish davriyligi ekspluatatsiya hujjatlarida koʻrsatilishi kerak. Konstruksiyaviy poʻlatdan yasalgan ichi boʻsh seksiyalarni ishlatishda ichki zanglashning oldini olish zarurligini hisobga olish kerak.
71. Attraksionlarning metall konstruksiyalarining muhim komponentlari, shu jumladan, oʻzgaruvchan yuklamalarni oʻzga oluvchi komponentlarining payvandlangan birikmalari ularning xavfsizligini taʼminlashi kerak.
72. Har bir attraksionda ishlab chiqaruvchining quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oluvchi axborot taxtachasi oʻrnatilishi kerak:
a) ishlab chiqaruvchi va (yoki) sotuvchining (yetkazib beruvchining) nomi va manzili;
b) attraksion nomi va (yoki) belgilari (model tipi (raqami));
v) mahsulotning zavod raqami;
g) ishlab chiqarilgan oy va yil.
73. Texnik reglamentning 72-bandida koʻrsatilgan axborot taxtachasidagi maʼlumotlar attraksionning butun xizmat muddati davomida aniq va yaxshi ajratiladigan tasvirni taʼminlovchi har qanday usulda tushirilishi mumkin. Maʼlumotlar davlat tilida yoziladi.
3-§. Attraksionlarni xavfsiz montaj qilish (yigʻish, oʻrnatish) va sozlashni taʼminlash
74. Attraksionni montaj qilish (yigʻish, oʻrnatish), uning konstruksiyalarini almashtirish bilan bogʻliq montaj va taʼmirlash ishlari faqat attraksionning ekspluatatsiya va taʼmirlash hujjatlari asosida ixtisoslashtirilgan montaj tashkiloti tomonidan bajarilishi kerak.
75. Attraksionning poydevori loyiha-konstruktorlik hujjatlariga binoan qurilish ishlariga ruxsatnomasi boʻlgan tashkilot tomonidan amalga oshirilishi kerak.
76. Attraksionni montaj qilishda (qismlarga ajratishda) va u ishga tushirilgunga qadar unga shaxslarning ruxsatsiz kirishiga yoʻl quyilmasligi kerak. Attraksion egasi yoki u vakolat bergan shaxs shaxslarning ish joyiga ruxsatsiz kirishiga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrishi, shu jumladan, toʻsiqlar yoki ogohlantirish belgilarini oʻrnatishi kerak.
77. Attraksionni foydalanishga topshirishdan oldin uni montaj qilishda (yigʻishda, oʻrnatishda) xavfsizlikni taʼminlash uchun quyidagi talablar bajarilishi kerak:
a) attraksionni montaj qilish (yigʻish, oʻrnatish), ishga tushirish, rostlash va yurgizib koʻrish boʻyicha yoʻriqnomaga yoki montaj qilish (yigʻish, oʻrnatish), sozlash va rostlash boʻyicha koʻrsatmalarni oʻz ichiga oluvchi boshqa ekspluatatsiya hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi;
b) quyidagilarga ishonch hosil qilish kerak:
yer attraksiondan tushadigan yukka xavfsiz tarzda bardosh bera olishi;
attraksionni montaj qilish (yigʻish, oʻrnatish) boʻyicha yoʻriqnomaga muvofiq attraksionni xavfsiz montaj qilish (yigʻish, oʻrnatish) va foydalanish uchun maydon yetarlicha yassi, tekis va mustahkam boʻlishi.
Attraksion montaj qilingandan (yigʻilgandan, oʻrnatilgandan) soʻng yerni, ayniqsa, noqulay ob-havo sharoitida yuk koʻtarish qobiliyatining yomonlashmaganligiga ishonch hosil qilish uchun muntazam ravishda tekshirish zarur. Attraksion ostidagi maydon yer osti suvlarining taʼsir qilish xavfi boʻlgan taqdirda, drenaj bilan jihozlangan boʻlishi kerak;
v) ekspluatant attraksionni montaj qilish (yigʻish, oʻrnatish) yoki undan foydalanishda xavf tugʻdirishi mumkin boʻlgan yer osti kommunikatsiyalari yoki havo liniyalarining joylashishini, zarur boʻlganda tegishli organning tavsiyasini hisobga olgan holda aniqlashi kerak. Agar kommunikatsiyalar xodimlar yoki tashrif buyuruvchilar uchun xavf manbai boʻlishi mumkin boʻlsa, mos ravishda yoki lozim darajada oʻrnatilgan toʻsiqlardan foydalangan holda yoki boshqa yoʻl bilan bunday xavfning oldini olish uchun barcha oqilona va mumkin boʻlgan choralar koʻrilishi kerak.
Yerga ustunlar, qoziqlar oʻrnatishda yoki xandaqlar, poydevor uchun chuqurlarni qazish boʻyicha ishlar olib borilganda, yer osti kommunikatsiyalarining shikastlanmasligini taʼminlash zarur. Bunday ishlarni boshlashdan oldin, agar yer osti kommunikatsiyalarining yoʻqligi oldindan aniqlanmagan boʻlsa, kommunikatsiyalarni aniqlash uchun maxsus usullarni qoʻllash zarur;
g) attraksionlarni oʻrnatishda ekspluatant quyidagi tamoyillarga asoslanishi kerak:
shamol taʼsirida attraksionning xavfli ravishda yerdan koʻtarilish ehtimolini hisobga olish kerak;
attraksionlar shunday joylashtirilishi kerakki, tashrif buyuruvchilar har bir attraksionga belgilangan joylarda xavfsiz kirishlari va undan xavfsiz chiqishlari mumkin boʻlsin, favqulodda vaziyatlarda xavfli tiqilinch holatlarini keltirib chiqaradigan tor oʻtish joylari boʻlmasin;
avariya xizmatlarining transport vositalari va statsionar yongʻinni oʻchirish gidrantlariga (shu jumladan, tashrif buyuruvchilarni evakuatsiya qilish paytida) kirishni taʼminlash uchun kirish yoʻllarida attraksionlar va attraksionlarning yordamchi moslamalari orasida hamda ularning ustki tomonida yetarli masofa boʻlishi kerak;
yongʻin paytida olovning tarqalish xavfini kamaytirish uchun qoʻshni attraksionlar, inshootlar yoki boshqa band qilingan zonalar oʻrtasida yetarli masofa boʻlishi kerak;
agar attraksionlar kesishgan yoki bir-biridan oʻtadigan boʻlsa, har bir attraksion uchun kamida xavfsizlik konturlari qoʻllanilishi kerak. Ekspluatant ham yoʻlovchilar, ham boshqa tashrif buyuruvchilar uchun xavfsizlik konturlariga rioya qilinishini taʼminlashi kerak;
jeton bilan ishlaydigan bolalar uchun moʻljallangan attraksionlar orasidagi masofa xavfsizlik konturlariga rioya qilingan taqdirda oʻzgarishi mumkin;
d) agar attraksion poydevorga montaj qilinsa (yigʻilsa, oʻrnatilsa), unda attraksionni montaj qilishdan (yigʻishdan, oʻrnatishdan) oldin poydevorning xavfsizligi tasdiqlanishi kerak. Poydevorlar qurilish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq boʻlishi kerak;
e) attraksionlarni poydevorsiz oʻrnatishda dinamik yuklarni hisobga olish zarur, ular attraksion ishlaganda attraksionning siljishiga yoki agʻdarilishiga olib kelmasligi kerak;
j) attraksionni montaj qilish (yigʻish,oʻrnatish) boʻyicha ishlar tugallangandan soʻng ishlab chiqaruvchining tavsiyalariga muvofiq uni sozlash va rostlash amalga oshirilishi kerak.
78. Attraksionni Texnik reglamentga muvofiq koʻrikdan oʻtkazish va tekshirish vaqtida aniqlangan nomuvofiqliklar bartaraf etilgandan soʻng, agar ekspluatatsiya hujjatlarida boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, attraksion kamida 15 ta ishchi sikl uchun yuklanmasdan sinovdan oʻtkaziladi.
79. Sinash uchun ishga tushirish paytida quyidagilar tekshiriladi:
attraksion harakatlanish trayektoriyasining barcha nuqtalarida boshqa qismlarga nisbatan xavfsizlik konturining oʻlchamlariga rioya qilinishi;
dasturlanadigan, avariya holatidagi va blokirovka qiluvchi boshqaruv tizimlarining toʻgʻri ishlashi;
xavfsiz ishlashga taʼsir qiluvchi alohida qismlarning belgilangan tezlik chegaralari, tezlanishlari va massasiga rioya qilinishi;
gidravlik yoki pnevmatik tizimlarda ishlaydigan ishchi bosim koʻrsatkichlari;
tugallovchi oʻchirgichlarning sozlanganligi, attraksionning qiyalik burchaklarini nazorat qilish vositalari, ortiqcha yukdan himoya qiluvchi moslamalar (masalan, bosim tushirish klapanlari) va boshqalar;
himoya va xavfsizlik vositalari;
tormoz paytida yoʻlovchilar uchun ruxsat etilgan tezlashuv qiymatlari va tormozlarning ish qobiliyati;
yerdan koʻtarilish yoki agʻdarilishga qarshi barqarorlik.
80. Boshqaruv tizimlari, favqulodda toʻxtatish qurilmalari, qulflash vositalari hamda boshqa himoya va favqulodda asbob-uskunalar toʻgʻri ishlashiga ishonch hosil qilish uchun favqulodda vaziyatlar simulyatsiya qilinadi (agar bu ekspluatatsiya hujjatlarida nazarda tutilgan boʻlsa).
81. Attraksion oʻrnatilgandan soʻng, shu jumladan, attraksionni rekonstruksiya qilish va sozlash ishlari amalga oshirilgandan soʻng ularni amalga oshirgan tashkilot attraksion egasi bilan birgalikda Texnik reglamentga 6-ilovaga muvofiq attraksionning texnik tayyorligi dalolatnomasini tuzadi. Bu bajarilgan ishlar ishlab chiqaruvchining ekspluatatsiya hujjatlarida bayon etilgan talablarga, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq oʻtkazilganligini tasdiqlaydi.
82. Attraksionlarni foydalanishga topshirish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
4-§. Attraksionlardan foydalanishda xavfsizlik talablari
83. Attraksionlardan foydalanishda quyidagilar talab etiladi:
ekspluatatsiya hujjatlari talablarini bajarish, tegishli jurnallarni yuritish;
attraksionga kirish joyi oldida tashrif buyuruvchilar uchun attraksiondan foydalanish qoidalarini, shuningdek, agar attraksionning biomexanik taʼsirlari nogironligi boʻlgan yoʻlovchilar uchun ruxsat etilsa, ularga xizmat koʻrsatish qoidalarini joylashtirish;
attraksionga kirish joyi oldida sogʻligʻi, yoshi, boʻyi va vazni boʻyicha attraksiondan foydalanishga oid cheklovlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni joylashtirish (agar bu ekspluatatsiya hujjatlarda nazarda tutilgan boʻlsa);
yoʻlovchilarning boʻyi va vaznini oʻlchash uchun vositalarga ega boʻlish (agar bu ekspluatatsiya hujjatlarida nazarda tutilgan boʻlsa);
har bir foydalanilayotgan attraksionga kirish joyi oldida soʻnggi yillik tekshiruv oʻtkazilgan sana va keyingi yillik tekshiruvni oʻtkazish sanasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oluvchi axborot taxtachasini joylashtirish. Taxtacha oʻqiladigan, ob-havo taʼsiridan va ataylab shikast yetkazishdan himoyalangan boʻlishi kerak;
attraksion pulti yonida attraksionning asosiy texnik tavsiflari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oluvchi taxtachani joylashtirish;
tibbiyot qutichalariga ega boʻlish;
yoʻlovchilarni katta balandlikdan yoki yerga nisbatan sezilarli ogʻishishga ega boʻlgan oʻrindiqlardan evakuatsiya qilish boʻyicha zarur evakuatsiya belgilari, rejasi va choralarini joylashtirish;
yoʻlovchilarni yoʻlovchi modullaridan evakuatsiya qilish vositalariga ega boʻlish (agar bu ekspluatatsiya hujjatlarida nazarda tutilgan boʻlsa);
xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning ish joyida attraksionga xizmat koʻrsatish boʻyicha asosiy qoidalarni joylashtirish;
attraksionni yoʻlovchilar bilan yuklash sxemalarini joylashtirish (agar bu ekspluatatsiya hujjatlarida nazarda tutilgan boʻlsa);
xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning ish joyida muhim komponentlar va muhim parametrlarga nisbatan kunlik tekshirishlar tartibi boʻyicha xodimlarga qoʻyiladigan talablar bayon etilgan taxtachani joylashtirish;
attraksiondan foydalanishga kunlik ruxsat berish toʻgʻrisidagi yozuvlarni jurnalga kiritgan holda kunlik tekshirishlarni amalga oshirish;
attraksionning ishlash vaqtida va undan tashqari vaqtda tashrif buyuruvchilarning xavfli zonalarga (yoʻlovchilar modullari, mexanizmlarning harakatlanish zonalari, elektr uskunalari uchun shkaflar, xizmat koʻrsatuvchi xodimlar uchun maydonchalar va narvonlar) erkin kirishini taqiqlash;
attraksiondan yoʻl qoʻyilmaydigan foydalanishni man etish;
xodimlar uchun xavfsiz ish joylarini tashkil etish;
attraksionlar maydonlarida shamol kuchi va atrof muhit havosining haroratini oʻlchash uchun asboblarni oʻrnatish (agar bu ekspluatatsiya hujjatlarida nazarda tutilgan boʻlsa);
har bir attraksionni yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari bilan taʼminlash.
84. Ekspluatant attraksionlarni kunlik va yillik tekshirishlarni, shuningdek, ekspluatatsiya hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa turdagi tekshirishlarni amalga oshiradi.
85. Foydalanish uzoq vaqt (12 oydan ortiq) toʻxtatib turilgandan soʻng texnik sabablarga koʻra ishlamay turgandan keyin foydalaniladigan attraksionlar qisman yoki toʻliq qismlarga ajratilgan taqdirda ekspluatant attraksionning toʻliq tekshirishni amalga oshiradi.
86. Attraksionlarga texnik xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlash ekspluatatsiya hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
87. Agar attraksionning asosiy koʻtarib turuvchi konstruksiyasi va almashtirib boʻlmaydigan qismlarining belgilangan xizmat muddati tugagan boʻlsa, ekspluatant attraksiondan foydalanishni toʻxtatishi kerak.
88. Attraksionning belgilangan xizmat muddati tugagach, qoldiq resursni baholashni oʻtkazmasdan undan maqsadli foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
89. Belgilangan xizmat muddatini oʻtab boʻlgan attraksionning qoldiq resursini baholash akkreditatsiya qilingan tashkilot tomonidan koʻrikdan oʻtkazish shaklida amalga oshiriladi.
90. Attraksionni koʻrikdan oʻtkazishda quyidagilar amalga oshiriladi:
nuqsonlarni, nosozliklarni, eskirish va zanglash darajasini aniqlagan holda attraksion asbob-uskunasining holatini aniqlash;
metall konstruksiyalar, yoʻlovchilar modullari, mahkamlab qoʻyuvchi moslamalar holatini, yoʻlovchilar oʻrindiqlari, shassilar, tormoz moslamalari, boshqaruv tizimlarini mahkamlashning ishonchliligini nazorat qilish;
elektr zanjirlari va elektr uskunalarining izolyatsiyasini sinovdan oʻtkazish, attraksion asbob-uskunasining yerga ulanishini vizual va oʻlchash nazorati.
91. Koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar attraksion pasportida qayd etiladi.
92. Koʻrikdan oʻtkazish natijalari asosida attraksiondan foydalanishni uzaytirish shartlari va uning ehtimoliy muddatini oʻz ichiga oluvchi xulosa rasmiylashtiriladi.
93. Qoldiq resursni baholash texnik holatni baholash doirasida amalga oshirilishi mumkin (agar bu qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boʻlsa).
94. Loyihachining dastlabki roziligisiz attraksionni modifikatsiyalashga yoʻl qoʻyilmaydi.
95. Attraksionlarni tashish va saqlash ekspluatatsiya hujjatlarida nazarda tutilgan xavfsizlik talablarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak.
96. Ekspluatatsiya hujjatlarida attraksionlarni xavfsiz tarzda utilizatsiya qilish boʻyicha tavsiyalar belgilangan boʻlishi kerak.
97. Attraksionlarning Texnik reglamentga muvofiqligi uning talablarini bajarish orqali taʼminlanadi.
98. Attraksionlarni tadqiq qilish (sinovdan oʻtkazish) va oʻlchash usullari tadqiq qilish (sinovdan oʻtkazish) va oʻlchash qoidalari hamda usullarini, shu jumladan, namunalarni tanlab olish qoidalarini oʻz ichiga oluvchi standartlar roʻyxatiga kiritilgan standartlarda belgilanadi.
5-bob. Attraksionlar muvofiqligini baholash (tasdiqlash)
1-§. Muvofiqlikni baholash (tasdiqlash) tasdiqlash tartibi
99. Texnik reglament talablariga muvofiqlikni baholash muvofiqlikni tasdiqlash (deklaratsiyalash yoki sertifikatlashtirish) shaklida amalga oshiriladi.
100. Attraksionlarning Texnik reglament talablariga muvofiqligini tasdiqlash majburiy sertifikatlashtirish yoki muvofiqlikni deklaratsiyalash shaklida amalga oshiriladi.
101. Attraksionlarning Texnik reglament talablariga muvofiqligini tasdiqlash quyidagicha amalga oshiriladi:
sertifikatlashtirish organi tomonidan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan biomexanik xavfning I darajasiga ega boʻlgan attraksionlarga nisbatan majburiy sertifikatlashtirish shaklida;
oʻzining dalillari hamda sertifikatlashtirish organi, akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyasi (markazi) ishtirokida olingan dalillar asosida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan biomexanik xavfning II, III darajalariga ega boʻlgan attraksionlarga nisbatan muvofiqlikni deklaratsiyalash shaklida.
102. Muvofiqlik deklaratsiyasi yoki muvofiqlik sertifikati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shu jumladan, ularning amal qilish muddati attraksion pasportida koʻrsatiladi.
103. Attraksionning muvofiqligini tasdiqlash uchun ariza beruvchi Texnik reglamentning xavfsizlik talablariga muvofiqlikni tasdiqlovchi hujjatlar toʻplamini shakllantiradi va u quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
xavfsizlikni asoslash;
ekspluatatsiya hujjatlari;
shartnoma (yetkazib berish shartnomasi) va tovarning kuzatuv hujjatlari (mahsulot partiyasi, bitta mahsulot uchun);
ishlab chiqaruvchining sifatni boshqarish tizimiga sertifikat (agar mavjud boʻlsa);
ishlab chiqaruvchi, sotuvchi va (yoki) sinov laboratoriyalari (markazlari) tomonidan oʻtkazilgan attraksionni sinovdan oʻtkazish bayonnomalari;
materiallar va tarkibiy qismlarning muvofiqligini tasdiqlash toʻgʻrisidagi hujjatlar (muvofiqlik sertifikati yoki muvofiqlik deklaratsiyasi) yoki ularni sinovdan oʻtkazish bayonnomalari (agar mavjud boʻlsa);
xorijiy sertifikatlashtirish organlaridan olingan attraksionning muvofiqligini tasdiqlash toʻgʻrisidagi hujjatlar (agar mavjud boʻlsa);
Texnik reglamentning 98-bandida koʻrsatilgan, attraksion talablariga javob berishi lozim boʻlgan standartlar roʻyxati (ishlab chiqaruvchi tomonidan qoʻllanilganda);
attraksionning Texnik reglament xavfsizlik talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar (agar mavjud boʻlsa).
2-§. Attraksionlarning muvofiqligini deklaratsiyalash tartibi
104. Attraksionlarning muvofiqligini deklaratsiyalash quyidagi sxemalar boʻyicha amalga oshiriladi:
a) 1D-sxema — yuzaga kelishi mumkin boʻlgan biomexanik xavfning II va III darajalariga ega boʻlgan turkumli ishlab chiqariladigan attraksionlar uchun qoʻllaniladi va arizachi tomonidan bajariladigan quyidagi harakatlarni oʻz ichiga oladi:
Texnik reglamentning 103-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻplamini shakllantirish;
ishlab chiqarish nazoratini amalga oshirish;
ishlab chiqarish jarayoni attraksionlarning Texnik reglament talablariga muvofiqligini taʼminlashi uchun barcha zarur choralarni koʻrish;
namunalarni ariza beruvchining sinov laboratoriyasida va (yoki) boshqa sinov laboratoriyasida (markazida) sinovdan oʻtkazish;
muvofiqlik deklaratsiyasini qabul qilish va roʻyxatdan oʻtkazish.
b) 2D-sxema — yuzaga kelishi mumkin boʻlgan biomexanik xavfning II va III darajalariga ega boʻlgan attraksionlar partiyasi (bitta attraksion) uchun qoʻllaniladi va ariza beruvchi tomonidan bajariladigan quyidagi harakatlarni oʻz ichiga oladi:
Texnik reglamentning 103-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻplamini shakllantirish;
namunalarni ariza beruvchining sinov laboratoriyasida va (yoki) boshqa sinov laboratoriyasida (markazida) sinovdan oʻtkazish;
muvofiqlik deklaratsiyasini qabul qilish va roʻyxatdan oʻtkazish;
v) 3D-sxema — yuzaga kelishi mumkin boʻlgan biomexanik xavfning II darajasiga ega boʻlgan turkumli ishlab chiqariladigan attraksionlar uchun ularni foydalanish joyida montaj qilishdan (yigʻishdan, oʻrnatishdan) oldin toʻliq sinovdan oʻtkazish imkoni boʻlmaganda qoʻllaniladi va ariza beruvchi tomonidan bajariladigan quyidagi harakatlarni oʻz ichiga oladi:
Texnik reglamentning 103-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻplamini shakllantirish;
ishlab chiqarish nazoratini amalga oshirish;
ishlab chiqarish jarayoni attraksionlarning Texnik reglament talablariga muvofiqligini taʼminlashi uchun barcha zarur choralarni koʻrish;
sertifikatlashtirish organiga (sinov laboratoriyasiga (markaziga)) attraksion tipini quyidagi usullardan biri boʻyicha tadqiq qilish uchun buyurtmanoma yuborish;
kelajakdagi barcha mahsulotlarning namunaviy koʻrinishi sifatida rejalashtirilgan ishlab chiqarish uchun attraksion namunasini tadqiq qilish;
texnik hujjatlarni, attraksionning namunasini yoki muhim komponentlarini sinovdan oʻtkazishni tahlil qilish.
Attraksion tipini tadqiq qilish natijalari xulosa (muvofiqlik sertifikati) va (yoki) bayonnomada rasmiylashtiriladi, unda sinov laboratoriyasi (markazi) attraksion tipining Texnik reglament talablariga muvofiqligini baholaydi.
Xulosa (muvofiqlik sertifikati) va (yoki) bayonnoma asosida ariza beruvchi muvofiqlik deklaratsiyasini qabul qiladi va roʻyxatdan oʻtkazadi;
g) 4D-sxema — yuzaga kelishi mumkin boʻlgan biomexanik xavfning II darajasiga ega boʻlgan turkumli ishlab chiqariladigan attraksionlar uchun ishlab chiqaruvchining menejment tizimi mavjud boʻlganda qoʻllaniladi va Texnik reglamentning 103-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻplamini shakllantirishni oʻz ichiga oladi, uning tarkibiga boshqarish tizimini sertifikatlashtirish organi tomonidan berilgan boshqarish tizimi uchun sertifikat kiradi.
105. 1D, 3D va 4D-sxemalar boʻyicha muvofiqlikni deklaratsiyalashda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi boʻlishi mumkin.
106. 2D-sxema boʻyicha muvofiqlikni deklaratsiyalashda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi (yetkazib beruvchi) boʻlishi mumkin.
107. Muvofiqlik deklaratsiyasi sertifikatlashtirish organi tomonidan rasmiylashtiriladi. Muvofiqlik deklaratsiyasida deklaratsiyalanayotgan attraksionlar taalluqli boʻlgan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan biomexanik xavflar darajasi koʻrsatiladi.
108. Muvofiqlik deklaratsiyasi belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkaziladi. Muvofiqlik deklaratsiyasining amal qilishi Muvofiqlik sertifikatlari va muvofiqlik deklaratsiyalari reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlanadi. Muvofiqlik deklaratsiyasining amal qilish muddati attraksionning belgilangan xizmat muddatiga yoki belgilangan resursiga mos keladi.
109. Ariza beruvchi muvofiqlik deklaratsiyasini va Texnik reglamentning 103-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻplamini muvofiqlik deklaratsiyasining amal qilish muddati tugagan kundan boshlab 10 yil davomida saqlashi shart.
110. Texnik reglamentning 103-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻplami davlat nazorati organlariga ularning talabi boʻyicha taqdim etilishi kerak.
3-§. Attraksionlarni sertifikatlashtirish tartibi
111. Yuzaga kelishi mumkin boʻlgan biomexanik xavfning I darajasiga ega boʻlgan attraksionlarni sertifikatlashtirish quyidagi sxemalar boʻyicha amalga oshiriladi:
a) 1C-sxema — turkum ishlab chiqariladigan attraksionlar uchun qoʻllaniladi va quyidagi harakatlarni oʻz ichiga oladi:
ariza beruvchi Texnik reglamentning 103-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻplamini shakllantiradi va sertifikatlashtirish uchun buyurtmanomani sertifikatlashtirish organiga topshiradi;
sertifikatlashtirish organi taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qiladi va mahsulotni yuzaga kelishi mumkin boʻlgan biomexanik xavf darajasiga qarab identifikatsiya qiladi, sinov laboratoriyasida (markazida) sinovdan oʻtkazish uchun ariza beruvchidan namunalarni tanlab oladi va sinovdan oʻtkazish dasturini belgilaydi;
sinov laboratoriyasi (markazi) attraksionlar namunalarini sinovdan oʻtkazadi;
sertifikatlashtirish organi ishlab chiqaruvchida ishlab chiqarish holatini va attraksionlar namunalarini sinovdan oʻtkazish natijalarini tahlil qiladi hamda natijalar ijobiy boʻlganda, ariza beruvchiga muvofiqlik sertifikatini beradi;
sertifikatlashtirish organi sinov laboratoriyasida (markazida) attraksionlar namunalarini sinovdan oʻtkazish va (yoki) ishlab chiqarish holatini tahlil qilish orqali sertifikatlangan attraksionlarning inspeksiya nazoratini amalga oshiradi;
b) 2C-sxema — turkum ishlab chiqariladigan attraksionlar uchun ishlab chiqaruvchining sertifikatlangan menejment tizimi mavjud boʻlganda qoʻllaniladi va quyidagi harakatlarni oʻz ichiga oladi:
ariza beruvchi Texnik reglamentning 103-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻplamini shakllantiradi, uning tarkibiga menejment tizimini sertifikatlashtirish organi tomonidan berilgan menejment tizimi uchun sertifikat (menejment tizimi uchun sertifikat nusxasi) kirishi shart, va sertifikatlashtirish organiga sertifikatlashtirish uchun buyurtmanoma topshiradi;
sertifikatlashtirish organi taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qiladi va mahsulotni yuzaga kelishi mumkin boʻlgan biomexanik xavf darajasiga qarab identifikatsiya qiladi, sinov laboratoriyasida (markazida) sinovdan oʻtkazish uchun ariza beruvchidan namunalarni tanlab oladi va sinovdan oʻtkazish dasturini belgilaydi;
sinov laboratoriyasi (markazi) attraksionlar namunalarini sinovdan oʻtkazadi;
sertifikatlashtirish organi ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar toʻplami va attraksionlarni sinovdan oʻtkazish natijalarini tahlil qiladi hamda natijalar ijobiy boʻlganda ariza beruvchiga muvofiqlik sertifikatini beradi;
sertifikatlashtirish organi sinov laboratoriyasida (markazida) attraksionlar namunalarini sinovdan oʻtkazish va ishlab chiqaruvchining sertifikatlangan menejment tizimi uchun menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organining inspeksiya nazorati natijalarini tahlil qilish orqali sertifikatlangan attraksionlarning inspeksiya nazoratini amalga oshiradi;
v) 3C-sxema — attraksionlar partiyasi (bitta attraksion) uchun qoʻllaniladi va quyidagi harakatlarni oʻz ichiga oladi:
ariza beruvchi Texnik reglamentning 103-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻplamini shakllantiradi va sertifikatlashtirish uchun buyurtmanomani sertifikatlashtirish organiga topshiradi;
sertifikatlashtirish organi taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qiladi va mahsulotni yuzaga kelishi mumkin boʻlgan biomexanik xavf darajasiga qarab identifikatsiya qiladi, sinov laboratoriyasida (markazida) sinovdan oʻtkazish uchun ariza beruvchidan namunalarni tanlab oladi va sinovdan oʻtkazish dasturini belgilaydi;
sinov laboratoriyasi (markazi) attraksionlarni sinovdan oʻtkazadi. Agar attraksion montaj qilish (yigʻish, oʻrnatish) joyiga yaxlit emas, balki alohida qismlarda olib kelinsa, sinovdan oʻtkazish u foydalanish joyida montaj qilingandan (yigʻilgandan, oʻrnatilgandan) va sozlangandan soʻng amalga oshiriladi;
sertifikatlashtirish organi attraksionlarni sinovdan oʻtkazish natijalarini tahlil qiladi va natijalar ijobiy boʻlganda, ariza beruvchiga muvofiqlik sertifikatini beradi;
g) 4C-sxema — xorijiy ishlab chiqaruvchi tomonidan yetkazib beriladigan cheklangan hajmdagi attraksionlar partiyasi uchun qoʻllaniladi va quyidagi harakatlarni oʻz ichiga oladi:
ariza beruvchi Texnik reglamentning 103-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻplamini shakllantiradi va sertifikatlashtirish uchun buyurtmanomani sertifikatlashtirish organiga topshiradi;
sertifikatlashtirish organi ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar toʻplamini tahlil qiladi va attraksionlarni yuzaga kelishi mumkin boʻlgan biomexanik xavf darajasiga qarab identifikatsiya qiladi hamda natijalar ijobiy boʻlganda, ariza beruvchiga muvofiqlik sertifikatini beradi.
112. 1C, 2C va 4C-sxemalar boʻyicha sertifikatlashtirishda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi boʻlishi mumkin.
113. 3C-sxema boʻyicha sertifikatlashtirishda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi (yetkazib beruvchi) boʻlishi mumkin.
114. Sertifikatlashtirish sxemasini tanlash Texnik reglament qoidalarini hisobga olgan holda ariza beruvchi tomonidan amalga oshiriladi.
115. Sertifikatlashtirish uchun buyurtmanoma ariza beruvchi tomonidan rasmiylashtiriladi va quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
ariza beruvchining nomi va joylashgan joyi;
ishlab chiqaruvchining nomi va joylashgan joyi;
attraksion (uning tarkibi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va uning identifikatsiya qiluvchi belgilari (attraksion nomi, turi va tipi), ekspluatatsiya hujjatlarida koʻrsatilgan texnik tavsiflar, ishlab chiqarish shakli (turkum ishlab chiqarish yoki partiya), shartnoma rekvizitlari;
foydalaniladigan standartlar roʻyxati (agar mavjud boʻlsa);
sertifikatlashtirish sxemasi;
ariza beruvchining sertifikatlashtirish qoidalari va shartlarini bajarish toʻgʻrisidagi majburiyatlari.
116. Sertifikatlashtirish organi buyurtmanomani va u bilan birga taqdim etilgan Texnik reglamentning 103-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi hamda sertifikatlashtirishni amalga oshirish imkoniyati toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
117. Sertifikatlashtirish organi sertifikatlashtirish sxemasiga muvofiq ish olib boradi, qaror tayyorlaydi va natijalar ijobiy boʻlganda, ariza beruvchiga muvofiqlik sertifikatini beradi.
118. Sertifikatlashtirish natijasi salbiy boʻlganda, sertifikatlashtirish organi ariza beruvchiga muvofiqlik sertifikatini berishni rad etish toʻgʻrisida asoslantirilgan qarorni yuboradi.
119. Partiyadan olingan attraksion yoki bitta attraksion namunasini (namunalarini) sinovdan oʻtkazish sertifikatlashtirish organining topshirigʻiga binoan sinov laboratoriyasi (markazi) tomonidan sertifikatlashtirish organi belgilagan sinov dasturiga muvofiq amalga oshiriladi.
120. Ishlab chiqarish holatini tahlil qilish sertifikatlashtirish organi tomonidan ishlab chiqaruvchida amalga oshiriladi (agar sertifikatlashtirish sxemasida nazarda tutilgan boʻlsa). Tahlil natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
121. Sertifikatlashtirish sxemasida nazarda tutilgan tekshiruvlarning natijalari ijobiy boʻlganda sertifikatlashtirish organi muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtiradi va uni ariza beruvchiga beradi.
122. Muvofiqlik sertifikati Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining qarori bilan tasdiqlanadigan shaklda rasmiylashtiriladi. Muvofiqlik sertifikatida sertifikatlangan attraksionlar taalluqli boʻlgan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan biomexanik xavf darajasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak.
123. Sertifikatlashtirish organi muvofiqlik sertifikati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni muvofiqlik sertifikatlari va muvofiqlik deklaratsiyalari reyestriga kiritadi.
124. Muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati turkum ishlab chiqariladigan attraksionlar uchun 5 yildan ortiq boʻlmagan muddatni tashkil etadi, attraksionlar partiyasi uchun muddat belgilanmaydi.
125. Sertifikatlangan mahsulotlarning inspeksiya nazorati muvofiqlik sertifikatini bergan sertifikatlashtirish organi tomonidan tanlangan sertifikatlashtirish sxemasida nazarda tutilgan hollarda, muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati davomida yiliga kamida bir marta amalga oshiriladi. Inspeksiya nazorati natijalariga koʻra sertifikatlashtirish organi:
muvofiqlik sertifikatining amal qilishini unda belgilangan amal qilish muddati doirasida tasdiqlaydi;
muvofiqlik sertifikatining amal qilishini tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab 2 oydan ortiq boʻlmagan muddatga toʻxtatib turadi;
muvofiqlik sertifikatining amal qilishini tugatadi.
126. Agar aniqlangan nomuvofiqliklarni tuzatish choralarini koʻrish orqali bartaraf etish va ularni bartaraf etish natijalarini tekshirish mumkin boʻlsa, sertifikatlashtirish organi muvofiqlik sertifikatining amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Tuzatish choralari koʻrilgandan va aniqlangan nomuvofiqliklar bartaraf etilgandan soʻng sertifikatlashtirish organi muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddatini tiklash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Agar aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf etishni tekshirish natijalariga koʻra sertifikatlangan mahsulotlarning Texnik reglament talablariga toʻliq muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa chiqarib boʻlmasa, sertifikatlashtirish organi muvofiqlik sertifikatining amal qilishini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
127. Muvofiqlik sertifikatining amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi qaror inspeksiya nazoratini amalga oshirishda aniqlangan Texnik reglament talablariga nomuvofiqliklarni sertifikatlashtirish organi bilan kelishilgan tuzatish choralarini amalga oshirish orqali bartaraf etish mumkin boʻlmagan taqdirda qabul qilinadi.
128. Texnik reglamentning 103-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻplami, sinov bayonnomalari, muvofiqlik sertifikati quyidagi muddat davomida ariza beruvchida va sertifikatlashtirish organida saqlanishi kerak:
turkum ishlab chiqariladigan attraksionlarga — muvofiqlik sertifikatining amal qilishi tugagan kundan boshlab kamida 10 yil;
attraksionlar partiyasiga (bitta attraksionga) — partiyadan oxirgi mahsulot sotilgan kundan boshlab kamida 10 yil.
129. Texnik reglamentning 115-bandida koʻrsatilgan hujjatlar davlat nazorati organlariga ularning talabiga binoan taqdim etilishi kerak.
6-bob. Attraksionlarni roʻyxatdan oʻtkazish, ularning texnik holatini baholash
130. Attraksion muvofiqlik deklaratsiyalangandan soʻng va foydalanishga topshirishdan oldin belgilangan tartibda Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi tomonidan roʻyxatga olinadi.
131. Belgilangan xizmat muddati (belgilangan resurs) davomida attraksionning muvofiqligini baholash texnik holatni baholash shaklida 12 oyda kamida bir marta akkreditatsiya qilingan tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
132. Attraksion qayta foydalanishga topshirilganda, shu jumladan, modifikatsiyalashdan (mukammal taʼmirlashdan), avariya sababli foydalanish toʻxtatib qoʻyilgandan, attraksionning belgilangan xizmat muddati tugashi sababli foydalanish toʻxtatib qoʻyilgandan soʻng Texnik reglament talablariga muvofiq uning nazorat tekshiruvi oʻtkazilishi kerak.
7-bob. Attraksionning xizmat muddatini uzaytirish maqsadida texnik diagnostika oʻtkazish
133. Ekspluatatsiya hujjatlarida belgilangan xizmat muddatini (resursni) oʻtab boʻlgan attraksionlardan keyingi foydalanishga texnik diagnostika oʻtkazmasdan va belgilangan xizmat muddatini (resursni) uzaytirmasdan yoʻl qoʻyilmaydi.
Ekspluatatsiya hujjatlaridan xizmat muddati toʻgʻrisidagi maʼlumotni olishning imkoni boʻlmagan taqdirda, attraksionni texnik diagnostika qilish u ishlab chiqarilgan kundan boshlab 10 yildan kechiktirmay amalga oshiriladi. Texnik diagnostika attraksion egasining tashabbusi bilan belgilangan xizmat muddatiga yetguncha amalga oshirilishi mumkin.
134. Attraksion texnik diagnostikasining vazifalari quyidagilardan iborat:
texnik holatni nazorat qilish;
nomuvofiqliklar, nuqsonlar, nosozliklarni izlash va ularning sabablarini aniqlash;
taʼmirtalab attraksionlarning tayanch konstruksiyalarining muhim komponentlari va elementlarini aniqlash;
attraksionning qoldiq resursini va uning xizmat muddatini uzaytirish imkoniyatini aniqlash.
135. Attraksionni tekshirish va sinovdan oʻtkazish hajmi ekspluatatsiya hujjatlari, Texnik reglament va boshqa texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari asosida tuzilgan individual texnik diagnostika dasturida belgilanadi.
Attraksion egasi tomonidan attraksionlarni tekshirishda qoʻshimcha ravishda quyidagilar amalga oshiriladi:
attraksion asbob-uskunalarining holatini nuqsonlar, nosozliklar, eskirish va zanglash darajasi orqali aniqlash;
putur yetkazmaydigan nazorat usullari yordamida konstruksiyalarni tekshirish;
attraksionning texnik diagnostika sinovlarini yuksiz va nominal yuk bilan kamida beshta ish sikli davomida amalga oshirish.
Boshqa tekshiruv va sinovlarni oʻtkazish zarurati attraksionlarni texnik diagnostika qilish boʻyicha ishlarni amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan belgilanadi.
136. Belgilangan xizmat muddatini uzaytirish boʻyicha ekspert xulosasi va texnik diagnostika boʻyicha hisobot hujjatlari attraksion pasportiga ilova qilinadi va uning ajralmas qismi hisoblanadi. Texnik diagnostikani amalga oshirgan tashkilot attraksion pasportiga tayinlangan xizmat muddatini uzaytirish boʻyicha ekspertiza xulosalari toʻgʻrisidagi yozuvni kiritadi.
8-bob. Attraksionlarni tamgʻalash
137. Texnik reglament talablariga javob beradigan va muvofiqlikni tasdiqlash tartibotidan oʻtkazilgan attraksionlar muvofiqlik belgisi bilan tamgʻalanadi.
138. Tamgʻalash attraksionlar muomalaga chiqarilishidan oldin amalga oshiriladi.
139. Muvofiqlik belgisi attraksionlarning butun xizmat muddati davomida aniq va aniq tasvirni taʼminlaydigan har qanday usulda tushiriladi.
Tamgʻalash davlat tilida amalga oshiriladi.
140. Muvofiqlik belgisi attraksionning oʻziga va ekspluatatsiya hujjatlariga tushiriladi.
9-bob. Texnik reglament talablariga rioya etilishining davlat nazorati
141. Mazkur Texnik reglament talablariga amal qilish boʻyicha davlat nazorati Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Energetika vazirligi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, shuningdek, boshqa vakolatli davlat organlari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.
(141-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
142. Attraksionlardan foydalanish sohasida davlat nazorati va tekshiruvi:
a) Attraksionlardan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga soluvchi maxsus vakolatli organ (keyingi oʻrinlarida — maxsus vakolatli organ) — Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi — istirohat bogʻlari attraksionlaridan foydalanish sohasida texnik jihatdan tartibga solish sohasida qonun hujjatlari va normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiradi;
b) attraksionlardan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga solish boʻyicha alohida vakolatlarga ega boʻlgan davlat organlari:
Favqulodda vaziyatlar vazirligi — tegishli davlat boshqaruvi hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi vositasida avariyaga oid tashqi va ichki rejalarning bajarilishi, shuningdek, davlat boshqaruvi organlari va boshqa yuridik shaxslarning avariyaga oid shayligi va attraksionlardan foydalanish obyektlarida yongʻin xavfsizligi talablarini taʼminlash boʻyicha davlat nazorati;
Energetika vazirligi — isteʼmolchilarning elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnika qoidalariga rioya qilinishi va ularning texnik holati yuzasidan nazoratni amalga oshirish.
10-bob. Texnik reglament talablari buzilganligi uchun javobgarlik
144. Mazkur Texnik reglament kuchga kirgan paytdan boshlab, Oʻzbekiston Respublikasi hududida attraksionlar xavfsizligiga qoʻyiladigan talablarni belgilaydigan amaldagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar Texnik reglamentga muvofiqlashtirilgunga qadar Texnik reglamentga zid boʻlmagan qismida qoʻllaniladi.
145. Ushbu Texnik reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Attraksionlar xavfsizligi toʻgʻrisida texnik reglamentga
1-ILOVA
(1-ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2024-y., 09/24/153/0241-son)
Attraksionlar turlari va tiplari
ROʻYXATI

T/r

Attraksion turlari

Attraksionlar tiplari

1.

Mexanizatsiyalashgan ilgarilab harakatlanuvchi (shu jumladan, suvdan foydalangan holda)

Uchirish gorkalari;

Erkin tushish minoralari;

Qayiq va sollarda suvda uchirish gorkalari;

Katapultalar;

Relslarda park poyezdlari;

Monorelsli va arqonli park yoʻllari.

2.

Mexanizatsiyalashgan aylanma harakatlanuvchi

Charxpalaklar;

Argʻimchoqlar;

Karusellar.

3.

Mexanizatsiyalashgan murakkab harakatlanuvchi

Ilgarilab-aylanma harakatlanuvchi attraksionlar;

Mexanizatsiyalashgan kinoteatr oʻrindiqlari;

Simulyatorlar;

Sanoat robotlariga asoslangan attraksionlar.

4.

Avtodrom i kartinglar

Toʻqnashuvchi avtomobillar;

Park avtomobillari yoki sayr avtopoyezdlari;

Kartinglar (shu jumladan estakadalarda);

Mini-avtomobillarga ega tezyurar yoʻllar.

5.

Havo bilan toʻldirilgan

Havo bilan toʻldirilgan batutlar;

Gorkalar;

Labirintlar.

6.

Myexanizatsiyalashmagan suv attraksionlari

Suvda toʻgʻri va buramali tushish;

Tramplinlar;

Suzuvchi platformalar;

Qisman suvga botgan;

Tashrif buyuruvchilarga suv quyadigan.

7.

Myexanizatsiyalashmagan

Gorkalar;

Argʻimchoqlar;

Karusellar;

“Tarzanka”lar;

Batutlar.

8.

Bolalar uchun moʻljallangan

Gorkalar, tushishlar;

Argʻimchoqlar;

Karusellar;

Elektromobillar yoki pedalli avtomobillar.

Attraksionlar xavfsizligi toʻgʻrisida texnik reglamentga
2-ILOVA
(2-ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2024-y., 09/24/153/0241-son)
Attraksionlarning yoʻlovchilarga biomexanik taʼsirlari turlari, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan biomexanik xavf darajalari va yoʻlovchi oʻrindiqlarining ogʻishish turlari
ROʻYXATI
I. Attraksionlarning yoʻlovchilarga biomexanik taʼsirlari turlari va qiymatlari, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan biomexanik xavf darajasi
* Biomexanik xavf darajalari odamlar balandlikdan yiqilganda olingan jarohatlarining oqibatlari haqidagi statistik maʼlumotlarga asoslangan.
Izoh. Attraksionning yuzaga kelishi mumkin boʻlgan biomexanik xavfi darajasini aniqlashda maksimal qiymatlarga ega koʻrsatkichlar tanlanadi.

II. Yoʻlovchi oʻrindiqlarining ogʻishish turlari
Yoʻlovchi oʻrindiqlarining oldinga ogʻishish turlari 1-rasmda koʻrsatilgan.
1-rasm. Yoʻlovchi oʻrindiqlarining oldinga ogʻishishi

Yoʻlovchi oʻrindiqlarining orqaga ogʻishish turlari 2-rasmda koʻrsatilgan.
2-rasm. Yoʻlovchi oʻrindiqlarining orqaga ogʻishishi

Yoʻlovchi oʻrindiqlarining yonga ogʻishish turlari 3-rasmda koʻrsatilgan.
3-rasm. Yoʻlovchi oʻrindiqlarining yonga ogʻishishi

Attraksionlar xavfsizligi toʻgʻrisida texnik reglamentga
3-ILOVA
(3-ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2024-y., 09/24/153/0241-son)
Bolalar uchun moʻljallangan attraksionlarga qoʻyiladigan
XAVFSIZLIK TALABLARI
1. Bolalar uchun moʻljallangan attraksionlarni loyihalashtirish va ishlab chiqarish turli yosh guruhlaridagi bolalarga xos fiziologik, psixologik, antropometrik omillar bilan bogʻliq boʻlgan qoʻshimcha xavflarni, shuningdek quyidagi talablarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi:
a) turli yosh guruhlaridagi bolalar uchun moʻljallangan attraksionlardan foydalanishning oʻziga xos xususiyatlarini;
b) asbob-uskunalarning barcha harakatlanuvchi qismlarini, shuningdek, harakatsiz elementlarni (bolalar qoʻli bilan tegishi mumkin boʻlgan qismlar) shikastlanishdan xavfsiz boʻlgan materiallar yoki qoplamalardan ishlab chiqarishning zarurligini;
v) bolalarning qoʻllari, oyoqlari, boshi, barmoqlari, kiyimlari turli tirqishlar, yoriqlar, teshiklarda tiqilib qolishiga yoʻl qoʻyilmasligini;
g) asbob-uskunalarning qismlarida (qismlar orasida), attraksiondan foydalanish boʻyicha qoʻllanmada koʻrsatilgan bolalar sirpanadigan, uchadigan, sakraydigan joylarda (zonalarda) yot narsalar tushishi mumkin boʻlgan tirqishlar, yoriqlar, teshiklar mavjud boʻlishiga (paydo boʻlishiga) yoʻl qoʻyilmasligini;
d) erkin tushishning xavfsiz balandligi taʼminlanishini;
e) attraksionlarning harakatlanuvchi va harakatsiz elementlari orasida xavfsiz masofaning taʼminlanishi;
j) asbob-uskunalar yuzasida suv toʻplanishiga yoʻl qoʻyilmasligini, erkin oqib ketish va qurishning taʼminlanishi;
z) mahkamlagichlarning chiqib turuvchi uchlarini himoya qilishning taʼminlanishi;
i) kiyimning chiqib turuvchi qismlarga ilinib qolishi ehtimoli istisno qilinishini;
k) attraksionlarning yogʻoch elementlarining “chidamli” va “oʻrtacha chidamli” turidagi yogʻochdan ishlab chiqarilishini, yuzada ishlov berish nuqsonlari mavjud boʻlishiga yoʻl qoʻyilmasligini;
l) asbob-uskunalar elementlarini asboblardan foydalanmasdan yechib olish ehtimolini istisno qiladigan tarzda mahkamlashning taʼminlanishini;
m) bolalar ushlashi uchun asbob-uskunalar elementlarining kengligi belgilangan normalarga muvofiq taʼminlanishini;
n) attraksionlarning panjara va toʻsiqlar (kerakli joylarda) bilan taʼminlanishini. Bunda panjara va toʻsiqlar konstruksiyasi bolalarni ularda turishga yoki oʻtirishga undamasligi, bolalarning osilishiga imkon beradigan elementlar boʻlmasligi kerak.
2. Bolalar uchun moʻljallangan attraksionlarning materiallariga quyidagi talablar qoʻyiladi:
a) ishlatiladigan materiallar bolaning sogʻligʻiga va atrof muhitga zararli taʼsir koʻrsatmasligi, juda yuqori yoki juda past haroratli iqlim zonalarida bolaning terisiga tekkanda termik kuyishlarni keltirib chiqarmasligi kerak;
b) quyidagi materiallardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi:
polimer oson yonuvchan materiallar;
toksikligi jihatidan oʻta xavfli yonuvchi materiallar;
xususiyatlari yetarli darajada oʻrganilmagan yangi materiallar;
v) turli matritsali asosdagi polimer materiallar, kompozitsion materiallar ultrabinafsha nurlanish taʼsiriga chidamli boʻlishi kerak;
g) agar turli matritsali asosdagi polimer materiallar, kompozit materiallar foydalanish jarayonida moʻrt boʻlib qolsa, ishlab chiqaruvchi ularning xavfsiz foydalanish davrini koʻrsatishi kerak;
d) polimer va kompozit materiallarning chidamliligi va yuzasining qattiqligi butun xizmat muddati davomida bolalarning xavfsizligini taʼminlashi kerak;
e) parchalanuvchi oksidlarni hosil qiladigan metall materiallar toksik boʻlmagan qoplama bilan himoyalangan boʻlishi kerak;
j) faner ob-havo taʼsiriga bardoshli boʻlishi kerak.
3. Bolalar uchun moʻljallangan attraksionlarni yigʻish va oʻrnatishga quyidagi talablar qoʻyiladi:
a) attraksionlarni yigʻish va oʻrnatish loyihalash-konstruktorlik hujjatlariga, yigʻish, oʻrnatish, ishga tushirish, tartibga solish va sinab koʻrish boʻyicha yoʻl-yoʻriqlarga muvofiq amalga oshiriladi;
b) attraksionlar asoslariga mustahkam qotirilgan boʻlishi yoki ularning tutib turuvchi konstruksiyalarining agʻdarilib ketish ehtimoli istisno qilinishi kerak.
Bolalarning xavfsizligini taʼminlamaydigan attraksiondan foydalanish taqiqlanadi (agar attraksionning xavfsiz oʻrnatilishi tugallanmagan, zarbani yutuvchi qoplama qilinmagan boʻlsa yoki texnik xizmat koʻrsatish xavfsizlikni taʼminlay olmasa).
4. Bolalar uchun moʻljallangan attraksionlardan foydalanishda ekspluatant quyidagilarga majbur:
a) kerakli maʼlumotlarga ega boʻlgan axborot taxtalarini yoki stendlarini oʻrnatish;
b) attraksionlarning xavfsizligi va ishlashini taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
v) asbob-uskuna shikastlangan va bolalarning sogʻligʻiga zarar yetkazishi mumkin boʻlsa, undan foydalanish ehtimolini istisno qilish, shu jumladan, maktabgacha yoshdagi (2 yoshdan 6 yoshgacha) bolalar uchun moʻljallangan attraksionlarda barcha turdagi lazer buyumlaridan va maktab yoshidagi bolalar (7 yoshdan boshlab) uchun moʻljallangan attraksionlarda esa koʻzlar va terining kollimatsiyalangan nurlanish xavfliligi 1-darajadan yuqori boʻlgan lazer buyumlaridan foydalanishga yoʻl qoʻymaslik;
g) attraksionlarni montaj qilish (yigʻish, oʻrnatish) zonalarida jarohatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan toʻsiqlarning mavjud boʻlmasligini taʼminlash;
d) xavfsizlik zonasida toʻsiqlar (konstruksiyalarning elementlari, daraxt shoxlari, skameykalar, eʼlon ustunlari) mavjud boʻlmasligini taʼminlash. Xavfsizlik zonasini belgilashda bolaning va attraksionlarning harakatlanuvchi elementlarining ehtimoliy siljishini hisobga olish kerak;
e) attraksiondan yiqilib tushganda bolalarning shikastlanmasligi uchun yerga tushish joyini yumshatuvchi, egiluvchan yoki zarbni amortizatsiya qiluvchi qoplama bilan jihozlash;
j) yerga tushish joyida toʻsiqlar mavjud boʻlmasligini taʼminlash.
Attraksionlar xavfsizligi toʻgʻrisida texnik reglamentga
4-ILOVA
(4-ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2024-y., 09/24/153/0241-son)
Mexanizatsiyalashmagan suv attraksionlariga qoʻyiladigan
XAVFSIZLIK TALABLARI
1. Mexanizatsiyalashmagan suv attraksionlarini loyihalashtirish va ishlab chiqarishda attraksionlarda suvdan foydalanish bilan bogʻliq quyidagi qoʻshimcha xavflar hisobga olinadi:
a) suv muhitining xususiyatlari, silliq yuzada tashrif buyuruvchilarning yiqilish xavfi, suv toʻplanishiga yoʻl qoʻyilmasligi (agar bu koʻngilochar taassurotlarni yaratish uchun nazarda tutilmagan boʻlsa), choʻkish xavfi, nam muhitda elektr toki urishi xavfi, suv yuzasiga balanddan yiqilishda jarohat olish xavfi;
b) attraksionlarning oʻtkir qirralari, boʻrtiqlari, notekisliklaridan mexanik jarohat olishga yoʻl qoʻyilmasligi;
v) qoʻllar, oyoqlar, bosh, barmoqlarning tirqishlar, yoriqlar, teshiklarga tiqilib qolishiga yoʻl qoʻyilmasligi;
g) balandligi 0,4 metrdan ortiq boʻlgan toʻsilmagan yuzalardan, ogʻma yuzalardan, yetarlicha mahkamlanmagan tutib turuvchi yuzalardan yiqilish xavfi (agar bu koʻngilochar taassurotlarni yaratish uchun nazarda tutilmagan boʻlsa);
d) yoʻlaklar kengligining yetarliligi, shoshilinch yordam koʻrsatish uchun oʻtish imkoniyati;
e) ushlab qolish vositalarining (attraksionlar konstruksiyalarining tutqichlari, panjaralari va shu kabi elementlari) yetarliligi va qulayligi. Bunda ularning konstruksiyalari ularga chiqish va tushishda yiqilish xavfiga yoʻl qoʻymasligi kerak;
j) attraksion yoʻlovchilarining tanasi tegadigan yuzalar silliqligini taʼminlashning zarurligi, yuzalarda sirpanganda yoʻlovchilarni jarohatlashi mumkin boʻlgan yuzalarning suv tushirgichlari bilan birikmalarning mavjud emasligi;
z) teri shikastlanishining, shu jumladan, ishqalanganda teri kuyishining oldini olish uchun yuzalarni suv bilan yetarli darajada moylashni yoki suv oqimini taʼminlashning zarurligi;
i) attraksionlarning yoʻlovchilarga taʼsir koʻrsatadigan ruxsat etilgan tezlashishlarni, shuningdek, sirpanish yuzasiga bosh bilan urilish xavfi boʻlmagan tezlashishlarni taʼminlovchi xavfsiz shaklini, ayniqsa, yoʻlovchilarning yuzada katta tezlikda sirpanishi uchun yuza shaklini hisob-kitob qilishning zarurligi;
k) tashrif buyuruvchilarni mustaqil ravishda yoki xodimlar yordamida tez evakuatsiya qilish uchun tushgandan soʻng toʻxtash joyining yetarliligi va qulayliligi, tushishda va uchishda odamlarning toʻqnashib ketishiga yoʻl qoʻyilmasligi;
l) attraksion konstruksiyasi va foydalanish boʻyicha qoʻllanmada nazarda tutilganidan ortiqcha foydalanuvchilarni attraksion elementlarida boʻlishlariga yoʻl qoʻyilmasligi (shu jumladan, tashkiliy va texnik tadbirlarni qoʻllash orqali).
2. Mexanizatsiyalashmagan suv attraksionlarining ekspluatatsiya hujjatlari ushbu Talablarning 1-bandini, shuningdek, Texnik reglamentda nazarda tutilgan talablarni hisobga olgan holda ishlab chiqiladi.
3. Mexanizatsiyalashmagan suv attraksionlari va koʻngilochar moslamalar uchun ishlatiladigan materiallar metall, yogʻoch, nometall konstruksiyalar va mahkamlagichlarning tez chirish xususiyatlarini hisobga olishi kerak. Xavfsizlik nuqtai nazaridan eng muhim boʻlgan birlashtiruvchi elementlarning muntazam nazorat qilinishini taʼminlash choralarini nazarda tutish zarur.
4. Mexanizatsiyalashmagan suv attraksionlarining sirpanish yuzalari va tayanch yuzalari ularning qatlamlarga ajralib ketishini yoki shakli oʻzgarishini istisno qiladigan materiallardan tayyorlanadi.
5. Mexanizatsiyalashmagan suv attraksionlari uchun ishlatiladigan materiallar va qoplamalar ekologik talablarga javob berishi kerak. Odam terisi bilan bevosita tegib turadigan materiallar va qoplamalar xavfsizlikning gigiyenik talablariga javob berishi kerak.
6. Mexanizatsiyalashmagan suv attraksionlari va (yoki) akvaparkning zarur joylarida tashrif buyuruvchilar uchun axborot taxtalari, koʻrsatkichlari, shuningdek, attraksionlardan xavfsiz foydalanish qoidalari joylashtirilishi kerak.
Attraksionlar xavfsizligi toʻgʻrisida texnik reglamentga
5-ILOVA
(5-ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2024-y., 09/24/153/0241-son)

ATTRAKSION PASPORTI

Mundarija

betlar

1. Nomi va identifikatsiyasi

2. Asosiy parametrlar koʻrsatkichlarini koʻrsatgan holda umumiy koʻrinishi, konstruksiyasi va ishlashi haqida qisqacha tavsif

3. Foydalanishga qabul qilish guvohnomasi
4. Egasi haqida maʼlumot
5. Asosiy texnik koʻrsatkichlar
6. Muhim komponentlar roʻyxati
7. Attraksion bilan birga taqdim etiladigan hujjatlar roʻyxati
8. Nazoratni oʻtkazishga oid talablar roʻyxati (kamida 10 bet)
9. Attraksionni koʻrikdan oʻtkazish natijalari boʻyicha qaydlar (kamida 20 bet)
10. Attraksionni taʼmirlash va rekonstruksiya qilish haqida maʼmuriyat qaydlari (kamida 3 bet)

1. NOMI VA IDENTIFIKATSIYASI

Attraksionni ishlab chiqaruvchi zavod nomi ____________________________________
Ishlab chiqaruvchi manzili __________________________________________________
Attraksion nomi _________________________________________________________
Zavod raqami _____________________________________________________________
Sertifikatlashtirish haqidagi maʼlumot ______________________________________
Sotuvchi nomi va manzili (agar u ishlab chiqaruvchi boʻlmasa)
‎________________________________________________________________________
Ishlab chiqarilgan sanasi ___________________________________________________
Xizmat muddati ___________________________________________________________
Dastlabki foydalanishga qabul qilingan sana ___________________________________

2. ASOSIY PARAMETRLAR KOʻRSATKICHLARINI KOʻRSATGAN HOLDA UMUMIY KOʻRINISHI, KONSTRUKSIYASI VA ISHLASHI HAQIDA QISQACHA TAVSIF

3. FOYDALANISHGA QABUL QILISH GUVOHNOMASI

Attraksion ______________________________________________________________

(nomi, vazifasi)

Zavod raqami _____________________________________________________________
Qaysi normativ hujjatlarga muvofiq ishlab chiqilganligi:
‎________________________________________________________________________

Attraksion dastur boʻyicha sinovdan oʻtgan _____________________________________
‎va foydalanishga yaroqli hisoblanadi (ishlab chiqaruvchi tashkilot attraksionni yigʻilgan holda yuborgan taqdirda toʻldiriladi). Attraksionning tarkibiy qismlari ishlab chiqaruvchi tashkilotning sifat nazorati xizmati (TNB) tomonidan tekshirilgan va qabul qilingan. Attraksion dastur boʻyicha sinovlar oʻtkazilib, roʻyxatga olingandan soʻng foydalanishga yaroqli deb tan olinadi.

Xizmatning kafolat muddati _____________________________________________ oy.
Ishlab chiqaruvchi tashkilot
‎texnik direktori (bosh muhandisi) ____________________________________________

(imzo, F.I.O.)

M.Oʻ.‎

Ishlab chiqaruvchi tashkilot
‎sifat nazorati boʻlimi boshligʻi _____________________________________________

(imzo, F.I.O.)

‎M.Oʻ. ‎

____________________ sana

4. EGASI HAQIDA MAʼLUMOT

Attraksion egasining nomi va manzili

Attraksionning joylashgan joyi (statsionar attraksion uchun)

Attraksion oʻrnatilgan (olingan) sanasi

5. ASOSIY TEXNIK KOʻRSATKICHLAR

1. Attraksionning asosiy gabarit oʻlchamlari
Diametri, mm
Uzunligi, mm
Kengligi, mm
Balandligi, mm
2. Xavfsizlik hududining minimal oʻlchamlari
Uzunligi, mm
Kengligi, mm
Balandligi (minimal boʻsh joy), mm
3. Elektr taʼminotiga oid talablar
kuchlanish, V
Fazalar soni
Nominal quvvat kV•A yoki kW
Chastota, Nz
4. Oʻrindiqlar soni
5. Yoʻlovchi modullari soni
6. Yoʻlovchilar uchun foydalanish boʻyicha cheklovlar (boʻyi, ogʻirligi, sogʻligi va boshqalar)
7. Maksimal tezlik/aylanish chastotasi (marta/soniya yoki marta/daqiqa)
8. Tavsiya qilingan tezlik/aylanish chastotasi (marta/soniya yoki marta/daqiqa)
9. Aylanish yoʻnalishi (agar zarur boʻlsa)
10. Attraksionning bir sikldagi maksimal ish vaqti, daqiqa
11. Ishlayotgan attraksion uchun shamolning ruxsat etilgan maksimal tezligi, marta/soniya
12. Ishlamayotgan attraksion uchun shamolning ruxsat etilgan maksimal tezligi, marta/soniya
13. Yerning minimal koʻtarish quvvati (mustahkamlash yoki poydevor uchun), kg/sm2
14. Attraksion ogʻirligi, kg
15. Qoʻshimcha shartlar yoki talablar

6. MUHIM KOMPONENTLAR ROʻYXATI

Muhim komponentlar nomi

Soni

Identifikatsion tamgʻalash

Ilova

7. ATTRAKSION BILAN BIRGA TAQDIM ETILADIGAN HUJJATLAR ROʻYXATI

Attraksion pasportiga qoʻshib taqdim etiladigan quyidagi hujjatlar u bilan birga saqlanishi lozim:
1. Foydalanish boʻyicha qoʻllanma
2. Attraksionni montaj qilish, ishga tushirish, boshqarish va yurgizib koʻrish boʻyicha yoʻriqnoma
3. Qismlar va yigʻish birliklari katalogi
4. Materiallar sarfi meʼyorlari
5. Ehtiyot qismlar sarfi meʼyorlari

6. Attraksion elektr qurilmalarining bir chiziqli elektr sxemasi, ularni montaj qilish va ishga tushirish yoʻriqnomasi

8. NAZORATNI OʻTKAZISHGA OID TALABLAR ROʻYXATI

(kamida 10 bet)

Uzellar, mexanizmlar nomi

Nazorat usullari (koʻrikdan oʻtkazish) davriyligi

Nazorat oʻtkazishga oid talablar (nazorat hajmi)

Brakovka koʻrsatkichlari

Nazorat natijalari boʻyicha hujjatlar nomi (nomi, raqami, sanasi)

Kim tomonidan oʻtkazilgan (nazorat oʻtkazgan shaxs lavozimi, F.I.O. va imzosi)

9. ATTRAKSIONNI KOʻRIKDAN OʻTKAZISH NATIJALARI BOʻYICHA QAYDLAR

(kamida 20 bet)

Koʻrikdan oʻtkazish sanasi

Koʻrikdan oʻtkazish natijalari

Navbatdagi koʻrikdan oʻtkazish muddati

10. ATTRAKSIONNI TAʼMIRLASH VA REKONSTRUKSIYA QILISH HAQIDA MAʼMURIYAT QAYDLARI

(kamida 3 bet)

Qayd kuni

Attraksionni taʼmirlash va rekonstruksiya qilishda amalga oshirilgan ishlar roʻyxati va sanasi

Masʼul shaxs imzosi

Attraksion ____-son bilan ______________________________________________

(roʻyxatga olgan organ nomi)

tomonidan roʻyxatga olindi.

Pasport ip oʻtkazib tikilgan va raqamlangan. Varaqlar soni _________, shu jumladan, chizmalar_____

Roʻyxatga olgan shaxs lavozimi ________________________________________________

(imzo, F.I.O.)‎

M.Oʻ.

20__ yil “___” ____________

Attraksionlar xavfsizligi toʻgʻrisida texnik reglamentga
6-ILOVA
(6-ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2024-y., 09/24/153/0241-son)

ATTRAKSIONNING TEXNIK TAYYORLIGI TOʻGʻRISIDA DALOLATNOMA

___________________________________

(attraksion nomi)

20___ yil “___” ____________

Biz, quyida imzo chekuvchilar, ___________________________________ litsenziyaga asosan (sanoat xavfsizligi sohasidagi litsenziya raqami va berilgan sanasi) attraksionni montaj qilish (taʼmirlash, rekonstruksiya qilish) ishlarini bajargan tashkilotning vakili
‎________________________________________________________________________,

(tashkilot nomi, lavozimi, F.I.O.)

buyurtmachi vakili ________________________________________________________,

(tashkilot nomi, lavozimi, F.I.O.)

qurilish tashkiloti vakili __________________________________________________

(tashkilot nomi, lavozimi, F.I.O.)

montaj qilish (taʼmirlash, rekonstruksiya qilish) ishlari yakunlanganligi, attraksionlardan xavfsiz foydalanish qoidalari doirasida attraksion koʻrikdan oʻtkazilganligi va toʻliq tekshirilganligi haqida ushbu dalolatnomani tuzdik.

Attraksion quyidagi manzilda oʻrnatildi: _____________________________________
‎________________________________________________________________________
Attraksion taʼrifi: ______________________________________________________
‎________________________________________________________________________
Ishlab chiqarilgan yili: ____________________________________________________
Attraksion yaxshi ish holatida va foydalanishga qabul qilish uchun tayyor.
Ishlarni bajargan
‎tashkilot vakili ‎___________________________________________________________

(imzo, F.I.O.)

Buyurtmachi vakili _________________________________________________________

(imzo, F.I.O.)

Qurilish tashkiloti vakili __________________________________________________

(imzo, F.I.O.)

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-noyabrdagi 677-son qaroriga
2-ILOVA
Attraksionlar xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglamentni joriy etish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi

Sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalariga tasdiqlangan Attraksionlar xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglamentni (keyingi oʻrinlarda — Texnik reglament) yetkazadi.

Uch kun muddatda

2-bosqich

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi

1. Attraksionlarni standartlashtirish boʻyicha amaldagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar roʻyxatini tuzadi va xatlovdan oʻtkazadi.

1. Uch oy muddatda

2. Attraksionlarni standartlashtirish boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni qoʻllashda majburiylikni bekor qiladi va ixtiyoriylikni taʼminlash toʻgʻrisida belgilangan tartibda qaror qabul qiladi.

2. Bir oy muddatda

3. Oʻzbekiston Respublikasida muvofiqligi tasdiqlanishi shart boʻlgan muvofiqlikni baholash obyektlari roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishga doir takliflar ishlab chiqadi.

3. Oʻn kun muddatda

3-bosqich

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

Attraksionlarning tasdiqlangan Texnik reglament talablariga muvofiqligini baholash uchun sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalarini akkreditatsiyadan oʻtkazish koʻlamini kengaytirish boʻyicha choralarni koʻradi.

Olti oy muddatda

4-bosqich

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi

Tasdiqlangan Texnik reglamentning maqsadlari, mazmuni va uni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida aholini, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarini, tadbirkorlik subyektlarini keng xabardor qilishni taʼminlaydi.

Jadvalga muvofiq

5-bosqich

Tadbirkorlik subyektlari

1. Texnik reglamentni oʻrganadi, xodimlarni (sifat uchun masʼul) oʻqitadi va Texnik reglamentni joriy qiladi.

1. Bir oy muddatda

2. Muvofiqlikni baholash tartibotidan oʻtkazish uchun tegishli mahsulot namunalarini Texnik reglament talablariga muvofiq tayyorlaydi.

2. Texnik reglament kuchga kirgan kundan boshlab

6-bosqich

Muvofiqlikni baholash organlari

1. Belgilangan tartibda muvofiqlikni baholashni amalga oshiradi.

2. Muvofiqlik sertifikatini berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qiladi.

Ariza olingan kundan boshlab,

14 kundan kechiktirmay

7-bosqich

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi

Texnik reglament talablariga rioya etilishining davlat nazoratini amalga oshiradi.

Belgilangan tartibda

8-bosqich

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

Texnik reglamentni qoʻllash amaliyotini monitoring qiladi va maʼlumotlarni tizimli asosda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Har chorakda

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2024-y., 09/24/153/0241-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2022-y., 09/22/677/1047-son; 26.03.2024-y., 09/24/153/0241-son; 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)