Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taʼminlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Maʼlumki, mamlakatimizda Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taʼminlash demokratik huquqiy davlat barpo etishning bosh mezoni boʻlib kelmoqda.
Yurtimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarning samarasi, tinchlik va taraqqiyotning asosiy garovi ham Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taʼminlash bilan bevosita bogʻliqdir. Shuning uchun ham hayotimizning barcha soha va tarmoqlarida mehnat qilayotgan insonlar, birinchi navbatda, rahbar xodimlar, fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarni puxta bilishi, ularning ijrosini toʻgʻri tashkil etishi, bu qoidalarga butun jamiyat aʼzolari qatʼiy amal qilishi shart boʻlgan muhitni yaratish gʻoyat muhim va dolzarb vazifaga aylanmoqda.
Mamlakatimizda jadal surʼatlar bilan olib borilayotgan oʻzgarish va yangilanishlar negizida, avvalambor, Konstitutsiyamizda belgilangan davlat organlarining xalq manfaatlariga xizmat qilishi lozimligi haqidagi qoidani amalda tatbiq etishdek ezgu maqsad mujassam ekani ham aynan shuni taqozo etmoqda.
Bu borada Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash uchun koʻplab yangi qonunlar va qonunosti hujjatlari qabul qilinayotgani muhim ahamiyatga ega boʻlmoqda.
Ayni vaqtda Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taʼminlash qonun buzilishi bilan bogʻliq salbiy oqibatlarga qarshi samarali kurashishni hamda bunday holatning barvaqt oldini olishga qaratilgan taʼsirchan tizimni shakllantirishni talab etmoqda.
Qonuniylikni mustahkamlashda jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish gʻoyat muhim ahamiyatga ega boʻlib, bu har bir shaxsda qonunlarga, inson huquq va erkinliklariga nisbatan hurmat bilan munosabatda boʻlishni hamda huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirishni kun tartibiga eng asosiy masala qilib qoʻymoqda.
Shu bilan birga, Konstitutsiya va qonun ustuvorligiga erishishda jamoatchilik nazoratining taʼsirchan shakllarini joriy etish, ommaviy axborot vositalari vakillarining qonuniy haq-huquqlariga har qanday shaklda tazyiq oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaslik ham alohida ahamiyatga egadir.
Amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini kuchaytirish, qonun ustuvorligini soʻzsiz taʼminlash, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, fuqarolik jamiyatini taraqqiy toptirishda jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etish hamda bu jarayonda ommaviy axborot vositalari ishtirokini kengaytirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 27 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimda belgilab berilgan vazifalarga muvofiq Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taʼminlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb yuritiladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Dasturni amalga oshirishning asosiy maqsadi etib quyidagi pirovard natijalarga erishish belgilansin:
Konstitutsiya va qonun ustuvorligini, davlat organlari qarorlari, mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari qonunlarga toʻliq muvofiq boʻlishini taʼminlash, qonunlar ijrosini samarali tashkil etish;
jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasidagi ishlarni yangi bosqichga koʻtarish, huquqiy axborotni zamonaviy usullar orqali keng ommaga yetkazish, har bir fuqaro va mansabdor shaxslarda Konstitutsiya va qonunlarga hurmat hissini shakllantirish;
Konstitutsiya va qonun ustuvorligiga erishishda davlat idoralari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati mexanizmlarini takomillashtirish, mustaqil va xolis ommaviy axborot vositalarini qoʻllab-quvvatlash, fuqarolik jamiyati institutlarini yanada rivojlantirish;
odil sudlov tizimini yanada takomillashtirish, sud hokimiyatining obroʻsini oshirish va chinakam mustaqilligini taʼminlash;
davlat va jamiyat boshqaruvida, davlat organlarining kundalik faoliyatida ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini kuchaytirish, huquqni muhofaza qiluvchi organlarni xalq manfaati yoʻlida xizmat qiladigan idoralarga aylantirish;
Konstitutsiya va qonunlarda belgilangan inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlarini oliy qadriyat sifatida yanada mustahkamlash, mulk daxlsizligini kafolatlash.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
a) 2020-yil 1-martdan boshlab:
aholi maskanlarining meʼmoriy qiyofasini tubdan yangilash va obodonlashtirish, shuningdek, ularda kompleks qurilish va rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirishga oid qarorlar dastlab oʻsha hududdagi aholi oʻrtasida muhokama qilinib, jamoatchilik ekspertizasidan oʻtkaziladi;
jismoniy va yuridik shaxslarga yer ajratish haqidagi hujjatlar qabul qilinganidan (rasmiylashtirilganidan) keyin bir kun muddatda tegishli hokimliklarning rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilib boriladi;
b) 2020-yil 1-apreldan boshlab:
shaxsni ushlash, unga protsessual huquqlarini tushuntirish, himoyachidan voz kechish harakatlarini majburiy tarzda video tasvirga tushirish tartibi joriy etiladi;
huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari zimmasiga ular tomonidan shaxs ushlanganidan soʻng uning ushlangani va ushlab turilgan joyi toʻgʻrisida uning oila aʼzolaridan birini, ular boʻlmagan taqdirda esa, boshqa qarindoshlarini yoki yaqin kishilarini darhol xabardor qilish boʻyicha majburiyat yuklanadi;
v) 2020-yil 1-iyuldan boshlab huquqni cheklaydigan protsessual majburlov choralarini qoʻllash, jumladan shaxsni ushlab turish holatlari yagona elektron hisobga olish tizimiga kiritib boriladi.
4. Qonunlar ijrosini taʼminlashning samaradorligini oshirish yuzasidan:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatiga qonun hujjatlarining ijro etilishi holati va huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish hamda qonunosti hujjatlarining qabul qilinishini monitoring qilib borish, qabul qilingan qonunlarni aholi oʻrtasida keng targʻib qilish ishlarini takomillashtirish va kuchaytirish tavsiya etilsin;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini sud yoʻli bilan himoya qilishda qonunlarning bir xil va toʻgʻri qoʻllanilishi holatlarini oʻrganish yuzasidan sud amaliyotini har chorakda umumlashtirib borish, zaruratga koʻra tegishli Plenum qarorlarini qabul qilish tavsiya etilsin;
v) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunlar ijrosining maqsadli va kompleks oʻrganilishini hamda uning natijalarini reja asosida har chorakda Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida muhokama qilib borilishini taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-mayga qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi tegishli qonun loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda kiritsin:
prokuror, surishtiruvchi yoki tergovchining jinoyat ishini qoʻzgʻatish, jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad etish, taftish tayinlash, surishtiruv yoki dastlabki tergovni toʻxtatish va jinoyat ishini tugatish haqidagi qarorlari ustidan manfaatdor shaxslar tomonidan bevosita sudga shikoyat qilish;
sud ishlarini hal etishga aralashish, jumladan ishning har tomonlama, toʻla va xolisona oʻrganilishiga toʻsqinlik qilish, adolatsiz hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarilishiga erishish maqsadida sudyaga turli shaklda taʼsir oʻtkazish holatlari boʻyicha javobgarlikni kuchaytirish.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish boʻyicha maslahat kengashi (A. Saidov):
Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazi, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda, 2020-yil 1-martga qadar ilgʻor xorijiy tajribani oʻrgangan holda, har bir soha va tarmoq boʻyicha jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning taʼsirchan hamda zamonaviy tizimini yaratish boʻyicha kompleks dasturni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
jamoatchilik nazorati sohasida fuqarolik jamiyati institutlari bilan samarali hamkorlikning zamonaviy mexanizmlarini hamda ularning faoliyatini qoʻllab-quvvatlash choralarini joriy qilish boʻyicha takliflarni belgilangan tartibda kiritsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondiga 2020-yil 1-mayga qadar nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari oʻrtasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning samarali va zamonaviy mexanizmlarini joriy etish hamda mazkur institutlarning jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish boʻyicha eng yaxshi takliflarning davlat granti tanlovlarini oʻtkazish tavsiya etilsin.
7. Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi 2020-yil 1-mayga qadar xalqaro tashkilotlar, jamoatchilik, soha mutaxassislari va ekspertlari ishtirokida keng muhokama qilish orqali quyidagilarni nazarda tutuvchi Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining milliy strategiyasi loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda kiritsin:
Oʻzbekiston Respublikasining inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarining toʻliq bajarilishini taʼminlash;
fuqarolarning huquq va erkinliklariga rioya etilishini monitoring qilish mexanizmlarini takomillashtirish;
inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishni taʼminlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy va boshqa kompleks choralar tizimini yaratish;
qonunchilikka va davlat organlari, xususan, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning amaliy faoliyatiga inson huquq va erkinliklari sohasida xalqaro standartlarni implementatsiya qilish mexanizmlari va tartibi samaradorligini oshirish;
aholining inson huquqlari sohasidagi huquqiy savodxonligini oshirish, jumladan bu borada samarali axborot va maʼrifat tarqatish, taʼlim berish faoliyatini tashkil etish;
inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar, xorijiy mamlakatlar milliy institutlari bilan hamkorlikni yangi bosqichga koʻtarish.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi:
2020-yil 1-iyulga qadar ommaviy axborot vositalarining faoliyati va axborotdan foydalanish erkinligini taʼminlash, davlat organlari va mansabdor shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlari (qarorlari)dan himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish, jurnalistlarning oʻz kasbiy faoliyatiga oid majburiyatlari belgilanishini nazarda tutuvchi “Teleradioeshittirishlar toʻgʻrisida”gi va “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihalarini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
2020-yil 1-martga qadar barcha davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash, ularda jamoatchilik, xususan, ommaviy axborot vositalari bilan aloqalarni yangi bosqichga koʻtarish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi Adliya vazirligi, Oliy sud va Bosh prokuratura bilan birgalikda 2020-yil 1-mayga qadar advokatura institutini yanada takomillashtirish va advokatlar mavqeyini tubdan oshirish yuzasidan quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjati loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin:
Advokatura institutini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Advokatlar palatasi faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan vakolatlarini qayta koʻrib chiqish orqali ushbu tuzilmaning roli va ahamiyatini yanada oshirish;
tergovchi, prokuror va sud tomonidan davlat hisobidan advokatlarni jalb qilish mexanizmini xalqaro standartlar asosida qayta koʻrib chiqish;
advokatlar uchun qoʻshimcha imtiyozlar belgilash.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 2020-yil 1-martga qadar:
aholiga, ayniqsa, yoshlarga ularning huquqlarini tushuntirishda amaliy, taʼsirchan va innovatsion mexanizmlarni qoʻllashni nazarda tutuvchi Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasini 2020-2021-yillarda samarali amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” loyihasini ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin;
qonunchilikni yangilash va tizimlashtirish boʻyicha yangi tizimni yaratish yuzasidan takliflar tayyorlasin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
11. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar rahbarlari:
Dasturda belgilangan tadbirlar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini, unda nazarda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari qonunchilik va amaliyotni chuqur tahlil qilgan holda hamda rivojlangan mamlakatlarning ilgʻor tajribasi asosida ishlab chiqilishini va keng jamoatchilik oʻrtasida, jumladan ijtimoiy tarmoqlarda faol muhokama qilinishini;
Dasturning amalga oshirilishi holati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga har chorakda axborot taqdim etib borilishini taʼminlasin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Dasturda belgilangan tadbirlarning amalga oshirilishi holatini doimiy monitoring qilib borsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga monitoring natijalari toʻgʻrisida har chorakda axborot kiritib borilishini taʼminlasin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi hamda Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda ushbu qarorning maqsad va vazifalari ommaviy axborot vositalari hamda Internet tarmogʻida keng yoritilishini tashkil etsin.
14. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 13-dekabr,
PQ-4551-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PQ-4551-son qaroriga
ILOVA
Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taʼminlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Maʼruzada belgilangan vazifalar

Amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar

Amalga oshirish shakli

Bajarish muddati

Ijro uchun masʼullar

I. Konstitutsiya va qonunlar ustuvorligini taʼminlash, ularning samarali ijrosini tashkil etish

1.

“Konstitutsiya va qonun ustuvorligi — farovon hayot garovi” degan tushuncha fuqarolarimizning ongi va qalbida chuqur oʻrin egallashi hamda ijtimoiy ehtiyojga aylanishi uchun quyidagi masalalarga alohida eʼtibor qaratish lozim.

Qonunlar ijrosini samarali tashkil etish, tizimli muammolarni oldindan koʻra bilish, qonun buzilishining salbiy oqibatlariga qarshi kurashish bilan birga bunday holatni barvaqt bartaraf etishga qaratilgan tizimni shakllantirish ayniqsa dolzarbdir.

Parlament, Hukumat va Oliy sud qabul qilinayotgan qonunlar ijrosini taʼminlashning samarali mexanizmlarini qoʻllashi zarur.

1.1. Davlat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan qonunlarning hamda Qonunchilik palatasi va Senat qarorlarining ijrosini, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini joylarga chiqib oʻrganish.

1.2. Qonun hujjatlarining ijrosini va huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish yakunlari boʻyicha davlat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotini eshitish.

1.3. Yangi qabul qilingan qonunlar ijrosini taʼminlash uchun qonunosti hujjatlarining oʻz vaqtida qabul qilinishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish.

Tegishli ish rejalarini tasdiqlash va amalga oshirish

Ish rejani tasdiqlash — 2020-yil fevral

Amalga oshirish — ish rejaga muvofiq

Oliy Majlis palatalari
(kelishuv boʻyicha)

1.4. Jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini sud yoʻli bilan himoya qilishda qonunlarning bir xil va toʻgʻri qoʻllanilishi holatlarini oʻrganish va natijalari yuzasidan sud amaliyotini muntazam umumlashtirib borish.

Plenum qarorini qabul qilish

2020-yil iyun

Oliy sud (Kamilov)

1.5. Qonunlar ijrosining maqsadli va kompleks oʻrganilishini hamda natijalarini reja asosida Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida muhokama qilib borilishini taʼminlash.

Amaliy chora-tadbirlar

Kompleks oʻrganish — muntazam ravishda

Muhokama qilish — har chorakda

Vazirlar Mahkamasi

1.6. Tegishli soha va yoʻnalishlar boʻyicha qonunlar ijrosini barcha vazirlik va idoralarning hayʼat yigʻilishlarida muhokama qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

Muntazam ravishda

Barcha vazirlik
va idoralar

2.

Hozirgi vaqtda ayrim tarmoqlarda davlat-xususiy sheriklik boʻyicha loyihalarni amalga oshirish boshlandi. Ammo, sogʻliqni saqlash, taʼlim, transport, yoʻl qurilishi, kommunal xoʻjaligi kabi yoʻnalishlarda, aksariyat hududlarda hali bu borada tashabbus umuman sezilmayapti.

Vazir yoki hokim qonunning mazmun-mohiyatini tushunmasa, anglab yetmasa, uni hayotga tatbiq etishda jonbozlik koʻrsatmasa, islohotlarimizning oldinga yurishi, odamlarda tashabbus uygʻotish qiyin boʻladi.

2.1. Davlat-xususiy sheriklik masalalari boʻyicha davlat organlari, mahalliy konsalting kompaniyalari, banklar, investorlar va boshqa tashkilotlar uchun, jumladan xalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorlikda tajribali xorijlik mutaxassislarni jalb qilgan holda, seminar-treninglar va davra suhbatlarini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

Reja-grafik asosida

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Majidov), Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov), Transport vazirligi (Mahkamov), Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (Saliyev), Davlat-xususiy sheriklik agentligi (Xoljigidov)

2.2. Sogʻliqni saqlash tizimida tibbiy asboblarni sterilizatsiya qilish va tibbiyot chiqindilarini utilizatsiya qilish boʻyicha davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020-yil iyun

2.3. 10 ta nodavlat, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida oliy taʼlim muassasalarini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020-yil dekabr

2.4. Sogʻliqni saqlash, taʼlim, transport, yoʻl qurilishi va kommunal xoʻjaligi yoʻnalishlarida iqtisodiy, ijtimoiy va infratuzilmaviy vazifalarni hal etishga qaratilgan, xususiy investitsiyalarni jalb etish asosida amalga oshiriladigan tadbirlar sonini koʻpaytirish, bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni jadallashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

Muntazam ravishda

3.

Qabul qilinayotgan qonunlar olib borayotgan islohotlarimiz bilan uygʻun boʻlgan taqdirdagina ishlaydi.

Ayrim qonunlarimiz zamon talablariga mos emas. Shu bois qonunlarni ijro etish mexanizmlarini aniq tizim asosida yaratish — dolzarb vazifamizdir.

Kelgusi yildan boshlab Adliya vazirligi qonunchilikni yangilash va tizimlashtirish boʻyicha mutlaqo yangi ish uslubiga oʻtishi zarur.

3.1. Qonunchilik bazasini xatlovdan oʻtkazish orqali eskirgan, bugungi kun talablariga mos kelmaydigan, shuningdek, tizimlashtirilishi lozim boʻlgan qonun hujjatlari roʻyxatini shakllantirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020-yil mart

Adliya vazirligi (Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar

3.2. Shakllantirilgan roʻyxatga asosan yangi qonun hujjatlarini qabul qilish rejasini ishlab chiqish.

Rejani tasdiqlash

2020-yil aprel

3.3. Qonunchilikni yangilash va tizimlashtirish boʻyicha yangi tizimni yaratish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

Tahliliy maʼlumotlar, takliflar

2020-yil fevral

4.

Sudlarning chinakam mustaqilligini taʼminlash biz uchun eng ustuvor vazifadir. Ayniqsa, sud biron-bir mansabdor shaxsning qoʻli yetadigan idoraga aylanib qolishiga mutlaqo yoʻl qoʻymaslik shart. Shu sababli sud ishlariga aralashgani yoki sudga bosim oʻtkazgani uchun javobgarlikni kuchaytirish lozim.

4.1. Sud ishlarini hal etishga aralashish, jumladan ishning har tomonlama, toʻla va xolisona oʻrganilishiga toʻsqinlik qilish, adolatsiz hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarilishiga erishish maqsadida sudyaga turli shaklda taʼsir oʻtkazish holatlari boʻyicha javobgarlikni kuchaytirish.

Qonun loyihasi

2020-yil aprel

Oliy sud (Kamilov), Bosh prokuratura (Yoʻldoshev), DXX (Azizov), IIV (Bobojonov),
Adliya vazirligi (Davletov),

manfaatdor idoralar

4.2. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari oʻrtasida sud ishlarini hal etishga aralashish holatlarini profilaktika qilish yuzasidan tizimli ravishda oʻquv-amaliy mashgʻulotlar va boshqa taʼsirchan choralar koʻrib borish.

Profilaktika rejasini tasdiqlash va amalga oshirish

2020-yil yanvar

Bosh prokuratura (Yoʻldoshev), DXX (Azizov), IIV (Bobojonov),

manfaatdor idoralar

4.3. Sudyaga hamda sudyalik faoliyati bilan bogʻliq holatlar boʻyicha sobiq sudyaga nisbatan, ular tomonidan oʻta ogʻir yoki oqibati inson oʻlimi bilan bogʻliq qasddan jinoyat sodir etilgan holatdagina, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash tartibini joriy etish.

Qonun loyihasi

2020-yil iyun

Sudyalar oliy kengashi (Mingboyev), Oliy su������ (Kamilov)

5.

Advokatura institutini takomillashtirish orqali inson huquqlarini taʼminlashni yangi bosqichga koʻtarish zarur.

Bunday achinarli holatga barham berish uchun avvalo advokatlar nufuzi va maqomini oshirish, advokatura institutining mustaqilligini taʼminlashimiz shart.

Yaqin istiqbolda Advokatura institutini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish lozim.

Advokatura institutini yanada takomillashtirish va advokatlar mavqeyini tubdan oshirish yuzasidan quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjati loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda kiritish:

Advokatura institutini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Advokatlar palatasi faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan vakolatlarini qayta koʻrib chiqish orqali ushbu tuzilmaning roli va ahamiyatini yanada oshirish;

tergovchi, prokuror va sud tomonidan davlat hisobidan advokatlarni jalb qilish mexanizmini xalqaro standartlar asosida qayta koʻrib chiqish;

advokatlar uchun qoʻshimcha imtiyozlar belgilash.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjati loyihasi

2020-yil aprel

Advokatlar palatasi (Ernazarov), Adliya vazirligi (Davletov), Oliy sud (Kamilov), Bosh prokuratura (Yoʻldoshev), Moliya vazirligi (Ishmetov)

6.

Fuqarolarning Konstitutsiyada belgilangan mulk huquqi daxlsizdir va doim davlat himoyasida boʻladi.

Kelgusi yil 1-yanvardan boshlab hokimlarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni olib qoʻyish boʻyicha vakolati Xalq deputatlari kengashlariga beriladi.

Shu paytga qadar hokimlar yerdan foydalanish huquqini beradigan qarorlarni oʻzlari qabul qilar, vaqti kelganda esa, ularni oʻzlari bekor qilishi ham mumkin edi. Endi ana shu vakolatni cheklashning fursati yetdi. Chunki bunday vakolat faqat hokimga berilishi turli adolatsizliklarga sabab boʻlishini koʻp misollar koʻrsatmoqda.

Bunday masalalar endi faqat sud tartibida hal qilinadi.

6.1. Xususiy mulk huquqi daxlsizligini takomillashtirish yuzasidan “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunga tegishli oʻzgartirishlar kiritish.

Qonun loyihasi

2020-yil aprel

Oliy sud (Kamilov),Adliya vazirligi (Davletov)

6.2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklarning yer uchastkalarini ajratib berish toʻgʻrisida avval qabul qilingan qarorini bekor qilish yoki unga oʻzgartirish kiritish, shu jumladan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimliklar yoki boshqa davlat organi tomonidan maʼmuriy tartib-taomillarga rioya etilmaganligi sababli bekor qilish yoki unga oʻzgartirish kiritish yoʻli bilan yer uchastkalarini olib qoʻyishni qonun darajasida taqiqlash.

Qonun loyihasi

2020-yil mart

7.

Mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish uchun biz hayotimizning barcha jabhalarida konstitutsiyaviy nazoratni kuchaytirishimiz zarur.

“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Qonunga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish:

Konstitutsiyaviy sudga masalalar kiritish huquqiga ega boʻlgan subyektlar doirasini Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, shuningdek, fuqarolar va yuridik shaxslarni kiritish orqali kengaytirish;

Konstitutsiyaviy sudda ish yuritishning protsessual xususiyatlarini (sudga masala kiritish tartibi, sud muhokamasi, muddatlari, sud qarorlarining ijrosi va boshqalarni) tartibga soluvchi normalarni kiritish.

Qonun loyihasi

2020-yil may

Konstitutsiyaviy sud (Mirboboyev), Adliya vazirligi (Davletov)

II. Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish

8.

Har qanday demokratik islohotlar samarasi, tinchlik va taraqqiyotning asosiy garovi ham Konstitutsiya va qonun ustuvorligi taʼminlanishi bilan bevosita bogʻliq.

Barcha boʻgʻindagi kadrlar, u xoh vazir, hokim yoki oddiy fuqaro boʻlsin, Konstitutsiya va qonunlarni puxta bilishi, ularning ijrosini toʻgʻri tashkil etishi hamda birinchi navbatda bu qoidalarga butun jamiyat aʼzolari qatʼiy amal qilishi shart boʻlgan muhit yaratishimiz zarur.

8.1. Davlat hokim�yat� va boshqaruvi organlari, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlarida har haftalik huquqiy taʼlim boʻyicha oʻquv soatlarini joriy etish va muntazam ravishda oʻtkazib borilishini tashkil etish.

Bunda, jumladan yangi qabul qilinayotgan qonun hujjatlari mazmun-mohiyatini xodimlarga batafsil tushuntirib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020-yil yanvar

Barcha vazirlik va idoralar

8.2. Davlat organlari va tashkilotlarida xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, shu jumladan ularning huquqiy bilim darajasini oshirishga qaratilgan huquqiy maslahat kurslarini “respublika — viloyat — tuman” tamoyilida tashkil etish. Bunda:

tashkilot xodimlari uchun huquqiy bilimlarning minimal talablarini oʻrgatish boʻyicha seminar-treninglar tashkil qilish;

xodimlarga mehnat qonunchiligi, Konstitutsiya, inson huquqlari, korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi qonunchilik talablarini tushuntirish boʻyicha maʼruzalar tashkil qilish;

xodimlarga ularning faoliyatiga doir qonun hujjatlari mohiyatini tushuntirish va qoʻllash asoslarini oʻrgatish.

Amaliy chora-tadbirlar

Reja-grafik asosida

Adliya vazirligi (Davletov), Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (Maksumov), manfaatdor vazirlik va idoralar

8.3. Davlat organlari va tashkilotlarida jamoatchilik asosida doimiy faoliyat koʻrsatuvchi huquqiy targʻibot guruhlarini tashkil qilish va ular tomonidan sohaga doir qonun hujjatlari normalarining xodimlar oʻrtasida tizimli ravishda targʻibot qilinishini taʼminlash.

Amaliy chora-tadbirlar

Reja-grafik asosida

Adliya vazirligi (Davletov), Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (Maksumov), manfaatdor vazirlik va idoralar

9.

Biz qanchalik mukammal qonunlar yaratmaylik, qanday islohotlar oʻtkazmaylik, agar fuqarolarimizning huquqiy bilimi, ongi va madaniyati yetarli boʻlmasa, kutilgan natijalarga erishish mushkul boʻladi.

Konstitutsiya va qonunlarga hurmat, huquqiy ong va madaniyat har bir fuqaroning, har bir mansabdor shaxsning hayot va faoliyat tarziga aylanmogʻi kerak.

Yaratganning bebaho neʼmatlarini, hayotdagi ijobiy oʻzgarishlarni qadrlash tuygʻusini farzandlarimiz qalbiga yoshligidan singdirib borishimiz zarur.

Oliy oʻquv yurtiga oʻqishga kirish, tadbirkorlikni boshlash uchun ruxsatnoma yoki litsenziya olish, soliq toʻlash kabi koʻp-koʻp kundalik hayotiy masalalarni hal etishda “qonunni chetlab oʻtish” bizning sharoitimizda yomon bir odatga aylangan edi.

Bunday illatning ildizlarini qirqishga qaratilgan ishlarni, qanday qiyin boʻlmasin, asta-sekin amalga oshirmoqdamiz.

Ammo bu oʻzgarishlar tufayli jamiyatimiz salbiy illatlardan, qonunga bepisandlik holatlaridan batamom qutuldi, deb aytishga hali erta.

Biz jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasidagi ishlarimizni uzluksiz davom ettirishimiz zarur.

Huquqiy tarbiyani maktabgacha taʼlim tizimidan boshlashimiz, bu boradagi ilk koʻnikmalar ona allasi kabi farzandlarimiz qalbidan umrbod joy olishi darkor.

Konstitutsiyamiz har bir fuqaroning ongi va qalbidan chuqur joy olgan, ularning huquq va erkinliklarini toʻliq kafolatlaydigan haqiqiy hayot qomusiga aylanmogʻi lozim.

Har bir soha va yoʻnalish, taʼlimning barcha bosqichlari uchun huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslangan dasturi tayyorlanishi kerak.

9.1. Aholiga, ayniqsa, yoshlarga ularning huquqlarini tushuntirishda amaliy, taʼsirchan va innovatsion mexanizmlarni qoʻllashni nazarda tutuvchi Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasini 2020-2021-yillarda samarali amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” loyihasini ishlab chiqish.

“Yoʻl xaritasi” loyihasi

2020-yil fevral

Adliya vazirligi (Davletov)

9.2. Xalq taʼlimi tizimida huquqshunos-pedagog kadrlar yetishmovchiligi bilan bogʻliq muammolarni yechish va ushbu tizimda faoliyat yuritayotgan nomutaxassis oliy maʼlumotli kadrlarni huquqshunos-pedagog sifatida qayta tayyorlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil aprel

Adliya vazirligi (Davletov), Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Majidov)

9.3. Bolalar uchun huquqiy mavzularda, odob-axloqning oddiy va kundalik qoidalarini bilishni, vatanparvarlik, qonunlarni hurmat qilish, davlat ramzlari bilan faxrlanish hamda milliy qadriyatlarini oʻrgatishni targʻib qiluvchi turli badiiy va multiplikatsion filmlar hamda audioertaklarni yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020-yil may

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi (Rizayev), Maktabgacha taʼlim vazirligi (Shin), Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov), Oʻzbe�i�ton yoshlar ittifoqi (Saʼdullayev), Adliya vazirligi (Davletov)

9.4. Aholining, shu jumladan bolalar va oʻquvchilarning yoshidan kelib chiqib Konstitutsiyani va inson huquqlarini oʻrganish boʻyicha koʻrgazmali qoʻllanmalar va adabiyotlarni tayyorlash va chop etish.

Umumtaʼlim maktablari uchun “Konstitutsiya alifbosi”, “Konstitutsiya saboqlari”, “Konstitutsiya asoslari” kabi darsliklarni yaratish.

Taʼlim muassasalarida huquqlar, erkinliklar va majburiyatlar haqidagi huquqiy bilimlarni oʻrgatish va oʻrganish yuzasidan minimal talablarni joriy qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020-yil iyun

Maktabgacha taʼlim vazirligi (Shin), Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov),

Adliya vazirligi (Davletov),

9.5. OAV, rasmiy veb-saytlar va ijtimoiy tarmoqlarda huquqiy mavzularda maxsus ruknlar ochish va ularda doimiy ravishda huquqiy axborot va yangiliklar berib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020-yil fevral

Adliya vazirligi (Davletov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Allamjonov)

9.6. Aholiga, ayniqsa yoshlarga ularning huquqlarini tushuntirishda amaliy va taʼsirchan mexanizmlarni qoʻllashga qaratilgan “Street law” — “Oddiy huquq” loyihasini tizimli joriy qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

Reja-grafik asosida

Adliya vazirligi (Davletov), Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (Saʼdullayev)

9.7. Barcha davlat organlari va tashkilotlarining oʻz sohasiga doir qabul qilinayotgan qonun hujjatlarini tahliliy tarzda, sodda va xalqchil tilda aholiga tushuntirish boʻyicha innovatsion mexanizmlarni joriy etish, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda alohida sahifalar ochish orqali huquqiy axborot yetkazish kanallarini ochish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020-yil fevral

Barcha vazirlik va idoralar

9.8. Aholini qiynayotgan dolzarb muammolardan kelib chiqib, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirishga xizmat qiladigan, shuningdek, huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan taʼsirchan telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlarni tayyorlash hamda tarqatish.

Amaliy chora-tadbirlar

Muntazam ravishda

MTRK (Xodjayev), Adliya vazirligi (Davletov)

9.9. Qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholiga tushuntirish boʻyicha televideniyeda tahliliy tok-shou, bahs-munozara yoʻnalishidagi koʻrsatuv va eshittirishlarni efirga uzatish.

Amaliy chora-tadbirlar

Muntazam ravishda

MTRK (Xodjayev), Adliya vazirligi (Davletov)

9.10. Jamiyatda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish holatini oʻrganish va tahlil qilish maqsadida sotsiologik, maxsus, ilmiy tadqiqotlar hamda boshqa turdagi tadqiqotlar va soʻrovlar oʻtkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

Reja-grafik asosida

Adliya vazirligi (Davletov), “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazi (Ubaydullayeva)

10.

Hayotdagi adolat tantanasi, qonuniy haq-huquqlar tiklangani haqida qiziqarli koʻrsatuvlar, seriallar, badiiy filmlar, teatr asarlari yaratish ham katta tarbiyaviy ahamiyatga ega.

Qonun va adolat tantanasi uchun kurashadigan insonlar bugungi kunning qahramonlari boʻlishi kerak. Aynan shunday odamlarning hayoti shoir va adiblar, rejissorlar, jurnalistlar uchun ijodiy mavzu boʻladi.

10.1. Aholini qonunga boʻysunuv ruhida tarbiyalashga qaratilgan kinofilmlar yaratish va tizimli ravishda televideniye orqali berib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020-yil may

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi (Rizayev), MTRK (Xodjayev), Madaniyat vazirligi (Sa�ful�a�v)

10.2. Odil sudlov, advokatlik hamda huquqshunoslik faoliyatini yoritishga qaratilgan badiiy film va serial yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020-yil noyabr

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi (Rizayev), MTRK (Xodjayev)

10.3. “Huquqni bilish foydali” tamoyilini keng ommaga singdirishga yoʻnaltirilgan 5 ta, shu jumladan bolalar uchun 2 ta teatr asari yaratilishini taʼminlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2020-yil noyabr

Madaniyat vazirligi (Sayfullayev)

III. Jamoatchilik nazoratini amalga oshirish tizimini takomillashtirish

11.

Konstitutsiya va qonun ustuvorligiga erishishda jamoatchilik nazoratidan koʻra samarali vosita yoʻq.

Ayni vaqtda jamoatchilik nazorati “bir tomonlama vosita”ga aylanib qolmasligi kerak.

Davlat idoralari faqat fuqarolarga emas, balki oʻzlariga nisbatan tanqidiy fikrlarni ham adolat bilan, xolis koʻrib chiqishlari lozim.

Konstitutsiyaga asosan sudlar oʻz faoliyatida mustaqil, lekin ularning chinakam nazoratchisi xalq boʻlishi kerak.

Sudlar va tergov idoralari biron-bir ish yuzasidan chiqarilgan qaror boʻyicha fuqarolarning jamoaviy murojaatlariga tushuntirish va huquqiy izohlar berishi zarur.

11.1. Sud tizimining ochiqligi, oshkoraligi va shaffofligini yangi bosqichga koʻtarish. Bunda, jumladan quyidagilarni nazarda tutish:

sudlarning OAV bilan hamkorligini kuchaytirish;

fuqarolar va OAVning ochiq sud majlislarida ishtirok etish huquqini qonunga zid ravishda cheklash holatlarini bartaraf etish;

sudlarning rasmiy veb-saytlari va jamoatchilik bilan aloqalar boʻyicha xizmatlari (matbuot kotiblari) faoliyatini tubdan qayta koʻrib chiqish va takomillashtirish;

ochiq sud majlislarida OAV vositalari vakillari va blogerlarning ishtiroki yuzasidan Oliy sud Plenumining qarorini qabul qilish.

“Yoʻl xaritasi” loyihasi

2020-yil fevral

Oliy sud (Kamilov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Allamjonov), Bosh prokuratura (Yoʻldoshev)

11.2. Fuqarolarning jamoaviy murojaatlari asosida sudlar va tergov idoralari tomonidan tushuntirish va huquqiy izohlar berishni joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil mart

Bosh prokuratura (Yoʻldoshev), Oliy sud (Kamilov)

12.

Jamoatchilik nazorati — bu faqatgina davlat idoralari faoliyati ustidan nazorat emas, balki jamiyatning oʻzini oʻzi boshqarish usuli, boshqacha aytganda, fuqarolik jamiyatini taraqqiy toptirishning muhim omillaridan biridir.

Shuning uchun Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish boʻyicha maslahat kengashi, Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazi, Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi kelgusi yilda har bir soha va tarmoq boʻyicha jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning taʼsirchan tizimini yaratishga bosh-qosh boʻlishi va tashabbus koʻrsatishi lozim.

Jamoatchilik nazorati, birinchi navbatda, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari, moliya, bank, taʼlim, sogʻliqni saqlash, kommunal xoʻjalik, energetika va transport sohalarida joriy etilishi zarur.

12.1. Ilgʻor xorijiy tajribani oʻrgangan holda har bir soha va tarmoq boʻyicha jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning taʼsirchan hamda zamonaviy tizimini yaratish.

Kompleks dastur

2020-yil fevral

Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish boʻyicha maslahat kengashi (Saidov), Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazi (Kamilov), NNTMA (Alimov)

12.2. Kompleks dasturni samarali amalga oshirish, bu jarayonga jamoatchilikni, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini, OAV va boshqa fuqarolik jamiyati institutlarini keng jalb qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

Kompleks dastur asosida

12.3. Jamoatchilik nazorati sohasida fuqarolik jamiyati institutlari bilan samarali hamkorlikning zamonaviy mexanizmlarini hamda ularning faoliyatini qoʻllab-quvvatlash choralarini joriy qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Tahliliy maʼlumotlar, takliflar

2020-yil mart

12.4. NNT va OAV oʻrtasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning samarali va zamonaviy mexanizmlarini joriy etish hamda mazkur institutlarning jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish boʻyicha eng yaxshi takliflarning davlat granti tanlovlarini oʻtkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020-yil aprel

Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi (Xusanov)

13.

Shahar va qishloqlarimiz qiyofasini oʻzgartirish, qurilish va obodonchilikka oid qarorlar, dastlab oʻsha hududdagi aholi oʻrtasida muhokama qilinib, jamoatchilik ekspertizasidan oʻtkazilishi shart.

Aholi maskanlarining meʼmoriy qiyofasini tubdan yangilash va obodonlashtirish, shuningdek, ularda kompleks qurilish va rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirishga oid qarorlarni dastlab oʻsha hududdagi aholi oʻrtasida muhokama qilib, jamoatchilik ekspertizasidan oʻtkazish tartibini joriy etish.

Bunda davlat organlari tomonidan mazkur sohada qabul qilinadigan qarorlar loyihalarini oldindan eʼlon qilish hamda NNT, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va OAV ishtirokida fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlariga, jamiyat manfaatlariga muvofiqligini aniqlash uchun ularni oʻrganish va baholash mexanizmini nazarda tutish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil fevral

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xoʻjayev), Qurilish vazirligi (Zakirov), Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (Saliyev), Adliya vazirligi (Davletov)

14.

Bozorlar va savdo majmualaridagi mahsulotlar va xizmat koʻrsatish sifati kabi masalalar ham doimo jamoatchilik nazoratida boʻlishi darkor.

14.1. Respublikaning barcha hududlarida isteʼmolchilarning murojaatlarini operativ qabul qilish imkonini beruvchi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligining qisqa raqamli ishonch telefonini tashkil qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020-yil yanvar

Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi (Xaitmetov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov)

14.2. Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish, mahsulotlar va xizmat koʻrsatish sifati masalalariga bagʻishlangan maxsus veb-sayt hamda ijtimoiy tarmoqlarda sahifalar yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020-yil mart

14.3. Isteʼmolchilarning axborot xabardorligini taʼminlash maqsadida bozorlar va savdo majmualarida “Isteʼmolchi burchagi”ni tashkil qilish va bunda sifatsiz (shu jumladan sertifikati boʻlmagan, muddati oʻtgan, saqlash sharoitiga amal qilinmagan) tovarlar boʻyicha mutasaddi organlarning ishonch telefonlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni joylashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020-yil yanvar

Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi (Xaitmetov), mahalliy davlat hokimiyati organlari, manfaatdor vazirlik va idoralar

14.4. Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi hamda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzurida Isteʼmolchilarning qonuniy manfaatlarini ifodalash va huquqlarini taʼminlash masalalari boʻyicha jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkil qilish.

Idoraviy hujjat

2020-yil yanvar

Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi (Xaitmetov),

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (Sharipov)

14.5. Chakana savdo shoxobchalarida xalq isteʼmoli tovarlarining nazorat xaridini amalga oshirish va ularni isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari va belgilangan standartlarga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan (testdan) oʻtkazishni tashkil etish tartibini ishlab chiqish.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil fevral

Monopoliyaga qarshi k�rashish qoʻmitasi (Sharipov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), “Oʻzstandart” agentligi (Sattorov), Davlat soliq q�mitasi (Musayev), Savdo-sanoat palatasi (Ikramov)

14.6. Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish borasidagi dolzarb mavzularni, shu jumladan sotilayotgan tovarlar, koʻrsatilayotgan ishlar, xizmatlar sifatini interaktiv usullar bilan jamoat tashkilotlari tomonidan nazorat qilishning yoritilishiga qaratilgan teledasturlarni tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

Muntazam ravishda

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi
(Sharaxmetov), MTRK (Xodjayev)

14.7. Ilgʻor xorijiy tajribani oʻrgangan holda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish boʻyicha nizolarni sudgacha hal qilish uchun onlayn xizmatlar yaratish va ularning tizimli ishlashi boʻyicha takliflar kiritish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020-yil avgust

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (Sharipov), Savdo-sanoat palatasi (Ikramov), Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov)

IV. Davlat boshqaruvi tizimida hamda davlat organlari faoliyatida ochiqlik va oshkoralikni taʼminlash

15.

Ommaviy axborot vositalari qonuniylikni qaror toptirishda chinakam “jamiyat koʻzgusi”ga aylanishi kerak.

Bugungi kunda xalqimiz orasida yurib, uni qiynayotgan ijtimoiy muammolarni koʻrsatib berayotgan eng katta kuch — bu mustaqil va xolis ommaviy axborot vositalari vakillaridir.

Demokratik jamiyatda barcha davlat xizmatchilari ommaviy axborot vositalari bilan yaqin ijtimoiy hamkorlik qilishga oʻrganishi kerak.

Davlat va jamiyat boshqaruvida, kundalik faoliyatimizda ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini kuchaytirish maqsadida biz fuqarolarning soʻz erkinligi, axborot olish va tarqatishga oid konstitutsiyaviy normaning ijrosini amalda toʻliq taʼminlashimiz zarur. Buning uchun esa birinchi galda ommaviy axborot vositalari haqidagi qonunchilikni takomillashtirish kerak va biz bu borada faol ish olib bormoqdamiz.

Jamoatchilik nazorati ham, ommaviy axborot vositalari ham yagona bir maqsadga, yaʼni xalqimizni rozi qilish va uning turmushini yaxshilashga qaratilganini hammamiz birdek anglashimizni istardim.

15.1. OAVning faoliyati va axborotdan foydalanish erkinligini taʼminlash, davlat organlari va mansabdor shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlari (qarorlari)dan himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish, jurnalistlarning oʻz kasbiy faoliyatiga oid majburiyatlarini belgilashni nazarda tutuvchi “Teleradioeshittirishlar toʻgʻrisida”gi va “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihalarini ishlab chiqish.

Qonun loyihalari

2020-yil iyun

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Allamjonov)

15.2. Barcha davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash, ularda jamoatchilik, xususan OAV bilan aloqalarni yangi bosqichga koʻtarish choralarini koʻrish.

Kompleks chora-tadbirlar dasturi

2020-yil fevral

15.3. Tuhmat va haqorat uchun ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlgan jazo turlarini tayinlashni bekor qilish yuzasidan takliflar tayyorlash.

Tahliliy maʼlumotlar, takliflar

2020-yil may

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Allamjonov), Adliya vazirligi (Davletov)

15.4. Davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ular muassisliklaridagi gazeta va jurnallarning moddiy texnik bazasini mustahkamlash, ulardagi tahririyat xodimlarining mehnatiga haq toʻlash bilan bogʻliq xarajatlarning manbalarini aniqlash, shuningdek, mazkur bosma nashrlarning veb-sayt shaklini yaratish masalasini hal etish.

Hukumat qarori loyihasi

2020-yil may

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Allamjonov), Moliya vazirligi (Ishmetov)

16.

Har bir davlat organi ijtimoiy tarmoqlarda oʻz sahifasiga ega boʻlishi, amalga oshirayotgan ishlari haqida, kerak boʻlsa, har kuni batafsil maʼlumot berib borishi shart.

16.1. Davlat organlarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini xatlovdan oʻtkazish, ulardagi maʼlumotlarning toʻliq va aktualligini tekshirish.

Oʻrganish ish rejasini tasdiqlash va amalga oshirish

2020-yil yanvar

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Allamjonov)

16.2. Ijtimoiy tarmoqlarda davlat organlarining sahifalarini yaratish va ular haqida keng jamoatchilikni xabardor qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020-yil fevral

Barcha vazirlik va idoralar

16.3. Davlat organlarining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida mazkur tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqidagi maʼlumotlarning doimiy ravishda yangilanib borilishini taʼminlash.

Amaliy chora-tadbirlar

Har kuni

17.

Keyingi paytda Xalq qabulxonalariga kelib tushayotgan murojaatlarning aksariyati sud, prokuratura, ichki ishlar idoralari faoliyatidagi kamchiliklarga taalluqli. Shuni inobatga olib, ushbu idoralar xalqimiz bilan ishlashning mutlaqo yangi tizimini yaratishi zarur. Har bir ariza va shikoyatning qonuniy yechimi ana shu idoralar rahbarlari faoliyatiga berilgan baho boʻladi.

17.1. Sud, prokuratura, ichki ishlar idoralari tomonidan sayyor qabullar koʻlamini kengaytirish choralarini koʻrish.

Amaliy chora-tadbirlar

Reja-grafik asosida

Oliy sud (Kamilov), Bosh prokuratura (Yoʻldoshev), IIV (Bobojonov)

17.2. Fuqarolar sud, prokuratura, ichki ishlar tuzilmalari rahbarlarining qabuliga masofadan yozilib, elektron navbat olishlarini, qabul vaqti avtomatik belgilanishini taʼminlovchi mexanizm joriy etish.

Bunda, har bir fuqaro tomonidan Internet tarmogʻiga qabul natijalari boʻyicha oʻz bahosini qoʻyish imkonini yaratish.

Dasturiy taʼminot

2020-yil yanvar

Oliy sud (Kamilov), Bosh prokuratura (Yoʻldoshev), IIV (Bobojonov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov)

18.

Oʻzbekiston Respublikasi, mamlakat ichkarisida yoki tashqarisida boʻlishidan qatʼi nazar, oʻz fuqarolarini huquqiy himoya qilish, ularga homiylik koʻrsatishni bundan buyon ham kafolatlaydi va barcha choralarni koʻradi.

Buning uchun, jumladan xorijdagi diplomatik vakolatxonalarimiz tomonidan koʻrsatilayotgan konsullik xizmatlarini elektron shaklga oʻtkazish lozim. Toki chet eldagi fuqarolarimiz boshqa shahardan konsullik boʻlimlariga bevosita oʻzi kelib, ovora boʻlib yurmasin.

18.1. Konsullik xizmatlarining amaldagi holatini oʻrganish boʻyicha ishchi guruh tuzish va tegishli idoralarni hamda Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi vakolatxonalarini joyiga chiqib oʻrganishlar oʻtkazish.

Bunda, jumladan xorijdagi diplomatik vakolatxonalar tomonidan koʻrsatilayotgan konsullik xizmatlarini xatlovdan oʻtkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020-yil fevral

Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov), Adliya vazirligi (Davletov)

18.2. Konsullik xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi muammolarni va fuqarolarning murojaatlarini oʻrganish hamda ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Bunda, jumladan quyidagilarni nazarda tutish:

xorijdagi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarida konsullik xizmatlaridan tashqari ehtiyoj mavjud davlat xizmatlaridan uzoqdan turib foydalanish imkoniyatlarini oʻrganish va tegishli sharoitlarni yaratish borasida choralar koʻrish;

Oʻzbekiston Respublikasi vakolatxonalarida konsullik xizmatlarining masofadan koʻrsatish tamoyilini joriy etish. Bunda, konsullik xizmatlariga zamonaviy ish uslublarini, shu jumladan tijorat kuryerlik va pochta xizmatlarini jalb qilish, elektron raqamli imzolardan foydalanish, pul oʻtkazmalarini qulaylashtirish, ayrim xizmatlarni autsorsing qilish, onlayn navbat, videokonferensaloqa va boshqa axborot texnologiyalarini keng qoʻllash;

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijda yuridik savodxonligini oshirish, fuqarolar himoyasini kuchaytirish, ularning muammolarini hal etib Vatanga qaytarish mexanizmlarini takomillashtirish;

Tashqi ishlar vazirligining ichki va tegishli idoralararo tartibotlarni optimallashtirish va oʻzaro elektron almashinuv tizimini shakllantirish, shu jumladan bosqichma-bosqich qogʻoz almashinuvidan voz kechish;

Tashqi ishlar vazirligi tizimidagi axborot-kommunikatsiya tuzilmasini takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil mart

Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov), Adliya vazirligi (Davletov)

19.

Sohada ochiqlik va oshkoralikni taʼminlash uchun hokimlarning fuqarolarga yer berish haqidagi qarorlarini tegishli saytlarda eʼlon qilib borish amaliyotini yoʻlga qoʻyish kerak.

Hokimliklar faoliyatining ochiqligini taʼminlash maqsadida zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish. Bunda, jumladan quyidagilarni nazarda tutish:

mahalliy hokimliklar tomonidan fuqarolar va tadbirkorlik faoliyatiga taalluqli barcha hujjatlarni tayyorlash, qabul qilish, roʻyxatdan oʻtkazish, ularga takrorlanmaydigan maxsus raqam berish va avtomatik tarzda eʼlon qilishni nazarda tutuvchi avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqish;

jismoniy va yuridik shaxslarga yer ajratish haqidagi hujjatlar qabul qilinganidan (rasmiylashtirilganidan) keyin bir kun muddatda tegishli hokimliklarning rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilib borish tartibini joriy qilish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil fevral

Adliya vazirligi (Davletov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov), Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (Li), Bosh prokuratura (Yoʻldoshev), Moliya vazirligi (Ishmetov)

V. Inson huquqlari kafolatlarini taʼminlash

20.

Inson huquq va erkinliklariga amal qilinishini taʼminlash, har bir shaxsning qadr-qimmatini eʼzozlash biz barpo etayotgan ochiq, erkin va adolatli jamiyatning ajralmas xususiyatidir.

Konstitutsiyamizda inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat sifatida mujassam etilgani bejiz emas. Ana shu prinsipni amalga oshirish uchun bizda qatʼiy siyosiy iroda va yetarli imkoniyatlar mavjud. Buning uchun biz, avvalo, quyidagi muhim vazifalarni hal etishimiz zarur.

Inson huquqlarini taʼminlash samaradorligini yanada oshirish uchun milliy strategiyamiz boʻlishi lozim.

Inson huquqlarini taʼminlash haqida gapirganda, oʻtgan uch yilda 9 692 nafar, jumladan ushbu yilda 5 868 nafar yurtdoshimiz Oʻzbekiston fuqaroligiga qabul qilinganini taʼkidlashni istar edim. Lekin, bu sohada hali qiladigan ishlarimiz koʻp.

Ushbu strategiyada inson huquq va erkinliklariga oid konstitutsiyaviy tamoyillarni roʻyobga chiqarish mexanizmlari aniq-ravshan belgilanishi lozim.

Jamiyatda inson huquq va erkinliklarini hurmat qilish madaniyatini shakllantirish, shu orqali mamlakatimizning xalqaro nufuzini yanada yuksaltirishimiz zarur.

Xalqaro tashkilotlar, jamoatchilik, soha mutaxassislari va ekspertlari ishtirokida keng muhokama qilish orqali quyidagilarni nazarda tutuvchi Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining milliy strategiyasi loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda kiritsin:

Oʻzbekiston Respublikasining inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarining toʻliq bajarilishini taʼminlash;

fuqarolarning huquq va erkinliklariga rioya etilishini monitoring qilish mexanizmlarini takomillashtirish;

inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishni taʼminlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy va boshqa kompleks choralar tizimini yaratish;

qonunchilikka va davlat organlari, xususan, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning amaliy faoliyatiga inson huquq va erkinliklari sohasida xalqaro standartlarni implementatsiya qilish mexanizmlari va tartibi samaradorligini oshirish;

aholining inson huquqlari sohasidagi huquqiy savodxonligini oshirish, jumladan bu borada samarali axborot va maʼrifat tarqatish, taʼlim berish faoliyatini tashkil etish;

inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar, xorijiy mamlakatlar milliy institutlari bilan hamkorlikni yangi bosqichga koʻtarish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil aprel

Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi (Saidov), Inson huquqlari boʻyicha vakili (Muxammadiyev), manfaatdor vazirlik va idoralar

21.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlarni faqat va faqat xalq manfaati yoʻlida ogʻishmay xizmat qiladigan idoralarga aylantirishimiz lozim.

Xususan, shaxsni ushlab turish, unga protsessual huquqlarini tushuntirish kabi jarayonlarni, agar u himoyachidan voz kechsa, bu holatni ham majburiy tarzda video tasvirga tushirish tartibini oʻrnatish zarur.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan ushlangan shaxs maxsus binoga olib kelinganidan keyin bu haqda uning oila aʼzolari darhol xabardor qilinishi kerak.

Buni surishtiruvchi, tergovchi va boshqa vakolatli shaxsning majburiyati sifatida qonunda aniq belgilab qoʻyishni taklif etaman.

21.1. Shaxsni ushlash, unga protsessual huquqlarini tushuntirish, himoyachidan voz kechish harakatlarini majburiy tarzda video tasvirga tushirish tartibini joriy etish.

21.2. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari zimmasiga ular tomonidan shaxs ushlanganidan soʻng uning ushlangani va ushlab turilgan joyi toʻgʻrisida uning oila aʼzolaridan birini, ular boʻlmagan taqdirda esa, boshqa qarindoshlarini yoki yaqin kishilarini darhol xabardor qilish boʻyicha majburiyat yuklash.

Qonun loyihasi

2020-yil fevral

Bosh prokuratura (Yoʻldoshev), Oliy sud (Kamilov), DXX (Azizov), IIV (Bobojonov), Adliya vazirligi (Davletov),

manfaatdor idoralar

22.

Shaxsni ushlab turish va uning huquqini cheklaydigan boshqa protsessual majburlov choralarini qoʻllash holatlarini hisobga olishning elektron tizimiga oʻtish zarur. Bu jarayonda inson omili ishtirokini iloji boricha kamaytirish lozim.

22.1. Huquqni cheklaydigan protsessual majburlov choralarini qoʻllash, jumladan shaxsni ushlab turish holatlarini hisobga oladigan yagona elektron tizimni yaratish choralarini koʻrish.

Hukumat qarori loyihasi

2020-yil aprel

Bosh prokuratura (Yoʻldoshev),
Oliy sud (Kamilov), DXX (Azizov),
IIV (Bobojonov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov)

22.2. Protsessual harakatlarni amalga oshirish doirasida yagona elektron tizimdan majburiy foydalanish tartibini joriy qilish.

Qonun loyihasi

2020-yil may

23.

Kelgusi yildan boshlab prokuror qarori ustidan sudga murojaat qilish tartibi joriy etiladi. Shu orqali surishtiruv va dastlabki tergov jarayonida muvozanatni, yaʼni, oʻzaro tiyib turish tamoyillarini taʼminlash imkoni yaratiladi.

Prokuror, surishtiruvchi yoki tergovchining jinoyat ishini qoʻzgʻatish, jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad etish, taftish tayinlash, surishtiruv yoki dastlabki tergovni toʻxtatish va jinoyat ishini tugatish haqidagi qarorlari ustidan manfaatdor shaxslar tomonidan bevosita sudga shikoyat qilish tartibini joriy etish.

Qonun
loyihasi

2020-yil aprel

Oliy sud (Kamilov), Bosh prokuratura (Yoʻldoshev), DXX (Azizov), IIV (Bobojonov), Adliya vazirligi (Davletov)

24.

Vijdon erkinligi, millatlararo totuvlik, dinlararo bagʻrikenglik, mamlakatimizda va xorijda fuqarolarimizni kafolatli himoya qilish bundan buyon ham davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri boʻlib qoladi.

Bugungi kunda mahalliy va xorijiy nufuzli ekspertlar ishtirokida biz “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahriri ustida ish olib bormoqdamiz.

“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqish.

Qonun loyihasi

2020-yil iyun

Oliy Majlis palatalari
(kelishuv boʻyicha), Vazirlar Mahkamasi,
Din ishlari boʻyicha qoʻmita (Axmedov), Adliya vazirligi (Davletov)

25.

Hukumat tarkibida Xorijda vaqtinchalik mehnat qilayotgan Oʻzbekiston fuqarolari huquqlarini himoya qilish va qoʻllab-quvvatlash masalalari departamenti tashkil etildi.

Biroq, chet elga ishlash uchun fuqarolarni joʻnatish bilan shugʻullanayotgan baʼzi bir xususiy firmalar odamlarni aldayotgani haqidagi materiallar matbuot sahifalarida eʼlon qilinmoqda. Departament ushbu firmalar faoliyatini qatʼiy nazoratga olishi lozim.

25.1. “Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisida”gi Qonunga xususiy bandlik agentliklarining faoliyatini takomillashtirish va ularning mijozlar oldidagi mulkiy javobgarligini oshirishga qaratilgan tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

Qonun
loyihasi

2020-yil avgust

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov), Adliya vazirligi (Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar

25.2. Xorijda vaqtinchalik mehnat qilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish, xususiy bandlik agentliklari faoliyatini tashkil etish yoʻnalishidagi muammolarni tahlil qilish.

Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari boʻyicha respublika komissiyasida mazkur masalalarni muhokama qilish hamda ularni bartaraf etish boʻyicha aniq va maqsadli chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020-yil mart

Xorijda vaqtinchalik mehnat qilayotgan Oʻzbekiston fuqarolari huquqlarini him�ya qilish va qoʻllab-quvvatlash masalalari departamenti (Rashidov), manfaatdor vazirlik va idoralar

25.3. Xususiy bandlik agentliklari faoliyatidagi muammolarni oʻrganib, ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etishga qaratilgan aniq choralar koʻrish.

Amaliy chora-tadbirlar

Reja-grafik asosida

Xorijda vaqtinchalik mehnat qilayotgan Oʻzbekiston fuqarolari huquqlarini himoya qilish va qoʻllab-quvvatlash masalalari departamenti (Rashidov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov)

25.4. Xususiy bandlik agentliklari faoliyatida yoʻl qoʻyilayotgan salbiy jihatlarning oldini olish maqsadida OAVda tushuntirish ishlarini tashkil qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

Reja-grafik asosida

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (Kuchimov)

26.

Xotin-qizlar va erkaklar oʻrtasida huquqiy tenglikni mustahkamlashga mamlakatimizda jiddiy eʼtibor berilmoqda.

Joriy yilda Konstitutsiyamizning 46-moddasiga asosan Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisidagi hamda Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunlar qabul qilindi. Mazkur qonunlarni izchil amalga oshirishda parlament va jamoatchilik nazorati nihoyatda zarur.

Shuning uchun biz xotin-qizlarning jamiyatdagi oʻrni va mavqeyini oshirish, ularga turli masʼul vazifalarni ishonib topshirishga qaratilgan siyosatni yanada faol davom ettiramiz.

Xotin-qizlarning jamiyatdagi oʻrni va mavqeyini oshirish, ularning huquq va erkinliklari kafolatlarini taʼminlash, davlat organlarida xotin-qizlar va erkaklar vakilligining mutanosibligiga erishish boʻyicha aniq choralar koʻrish.

Amaliy chora-tadbirlar

Muntazam ravishda

Xotin-qizlar qoʻmitasi (Basitxanova), Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (Maksumov)

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 07/19/4551/4162-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)