O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi
I BO‘LIM. UMUMIY QOIDALAR
1-bob. Asosiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1-modda. Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi qonunchilik
Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Kodeks va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(1-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida” Qonunining 2-moddasi.
2-modda. Ma’muriy sud ishlarini yuritish vazifalari
Ma’muriy sud ishlarini yuritish vazifalari quyidagilardan iborat:
ma’muriy organlar bilan munosabatlarda qonun ustuvorligini, fuqarolar, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning (bundan buyon matnda yuridik shaxslar deb yuritiladi) huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash;
ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlar sohasida fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlar sohasida qonuniylikni mustahkamlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga ko‘maklashish;
qonunga va sudga nisbatan hurmat munosabatini shakllantirish.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining 2-moddasi.
3-modda. Ushbu Kodeksning amal qilish sohasi
Ushbu Kodeks fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risidagi ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish hamda hal etishda ma’muriy sud ishlarini yuritishni amalga oshirish tartibiga nisbatan tatbiq etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim o‘rnatilgan hududda fuqarolarning va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risidagi ma’muriy ishlar ushbu Kodeksda belgilanganidan boshqacha qoidalarga muvofiq ixtisoslashgan sud tomonidan ko‘rib chiqiladi hamda hal etiladi.
(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 13-iyuldagi O‘RQ-1158-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qismi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2026-y., 03/26/1158/0727-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 25-iyul)
Ushbu Kodeks ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining XVIII bobi.
4-modda. Sudga murojaat qilish huquqi
Har qanday manfaatdor shaxs o‘zining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun ma’muriy sudga (sudga) murojaat qilishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, sudga prokuror, davlat organlari va boshqa shaxslar murojaat qilishga haqli.
(4-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 127-moddasi.
Sudga murojaat qilish huquqidan voz kechish haqiqiy emas.
5-modda. Sudga murojaat qilish shakli
Sudga murojaat qilish:
fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risidagi ma’muriy ishlar bo‘yicha, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa hollarda — ariza (shikoyat) va iltimosnoma shaklida;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 128, 191-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish instansiyalari sudlariga murojaat etilganda, shuningdek ushbu Kodeks hamda boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollarda shikoyat (protest) shaklida amalga oshiriladi.
(5-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-889-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/889/0978-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 26, 27-boblari.
Murojaat va unga ilova qilinadigan hujjatlar sudga elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 161, 171-moddalari, 278-moddasining oltinchi qismi.
6-modda. Ma’muriy ish
Ma’muriy ish ishda ishtirok etuvchi shaxslar va ma’muriy sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari tomonidan sudga taqdim etilgan yoxud sud tomonidan talab qilib olingan hujjatlar, shuningdek qog‘ozda rasmiylashtirilgan sud hujjatlari va boshqa hujjatlar asosida shakllantiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 7-moddasi.
Ma’muriy ish elektron shaklda shakllantirilishi mumkin.
Ma’muriy ish elektron shaklda shakllantirilgan hollarda, ishda ishtirok etuvchi shaxslar va ma’muriy sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari o‘zlarining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan hujjatlarni sudga elektron shaklda taqdim etishga haqli. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar va ma’muriy sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari tomonidan sudga taqdim etilgan yozma hujjatlar ishga elektron shaklda qo‘shib qo‘yiladi, shundan so‘ng yozma hujjatlar ularni taqdim etgan shaxslarga qaytariladi.
Ma’muriy ish elektron shaklda shakllantirilgan taqdirda, sud hujjatlari sudyaning (sudyalarning) elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi, sud majlislarining hamda alohida protsessual harakatlarning bayonnomalari esa raislik qiluvchining va sud majlisi kotibining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Elektron shakldagi ma’muriy ishni boshqa ma’muriy sudga yoki boshqa organga o‘tkazish axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Elektron shaklda shakllantirilgan ma’muriy ish qog‘ozdagi ko‘chirma nusxasiga ega bo‘lishi mumkin.
7-modda. Sud hujjatlari
Sud hal qiluv qarori, ajrim, qaror shaklidagi sud hujjatlarini qabul qiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 154, 168-moddalari.
Birinchi instansiya sudida ishni mazmunan ko‘rish natijalari bo‘yicha hal qiluv qarori, qaror qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Apellyatsiya, kassatsiya va taftish shikoyatlarini (protestlarini) ko‘rish natijalari bo‘yicha apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyalari sudlari tomonidan qarorlar qabul qilinadi.
(7-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-889-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/889/0978-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-662-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/662/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik bilan sudlarning vakolatiga kiritilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rish natijalari bo‘yicha qaror qabul qilinadi.
(7-modda O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 14-avgustdagi O‘RQ-1165-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi qismi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.08.2026-y., 03/26/1165/0841-son)
Ish mazmunan hal etilmasdan qabul qilinadigan sud hujjatlari ajrimlar shaklida chiqariladi.
2-bob. Ma’muriy sud ishlarini yuritish prinsiplari
8-modda. Odil sudlovning faqat sud tomonidan amalga oshirilishi
Ma’muriy ishlar bo‘yicha odil sudlov ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar bo‘yicha faqat sud tomonidan amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining 3-moddasi.
9-modda. Qonun va sud oldida tenglik
Oldingi tahrirga qarang.
Ma’muriy ishlar bo‘yicha odil sudlov fuqarolarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan, yuridik shaxslarning esa mulkchilik shaklidan, joylashgan yeridan, shuningdek boshqa holatlardan qat’i nazar qonun va sud oldida tengligi asosida amalga oshiriladi.
(9-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 20-sentabrdagi O‘RQ-963-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.09.2024-y., 03/24/963/0735-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 19-moddasining ikkinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 1/60-sonli “Sud hokimiyati to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori 7-bandining ikkinchi xatboshisi.
10-modda. Sudyalarning mustaqilligi va faqat qonunga bo‘ysunishi
Odil sudlovni amalga oshirishda sudyalar mustaqildirlar va faqat qonunga bo‘ysunadilar.
Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Sudyalar mustaqilligining kafolatlari qonun bilan belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 136-moddasining birinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining 4, 67-moddalari.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 1/60-sonli “Sud hokimiyati to‘g‘risida”gi qarori 3-bandining birinchi xatboshi, 4, 5-bandlari, 7-bandining birinchi xatboshisi, 8-bandi, 9-bandining birinchi, ikkinchi xatboshilari, 12-bandning birinchi xatboshisi.
Oldingi tahrirga qarang.
11-modda. Sudning faol ishtiroki
Ma’muriy sud ishlarini yuritish sudning faol ishtiroki asosida amalga oshiriladi.
Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari, arizalari, iltimosnomalari, ular tomonidan taqdim etilgan dalillar va ishning boshqa materiallari bilan cheklanmasdan ma’muriy ishning to‘g‘ri hal qilinishi uchun ahamiyatga ega bo‘lgan barcha haqiqiy holatlarni har tomonlama, to‘liq va xolisona tekshiradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 40-moddasining to‘rtinchi qismi.
Sud o‘z tashabbusi yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasi bo‘yicha qo‘shimcha dalillar to‘playdi, shuningdek ma’muriy sud ishlarini yuritish vazifalarini hal qilishga qaratilgan boshqa harakatlarni bajaradi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ishning haqiqiy holatlarini tekshirishda va dalillarni to‘plashda sudga ko‘maklashishi shart.
(11-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 26-apreldagi O‘RQ-833-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 03/23/833/0236-son)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 1/60-sonli “Sud hokimiyati to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori 7-bandining ikkinchi xatboshisi.
Oldingi tahrirga qarang.
111-modda. Ishonchning huquqiy himoyasi
Vijdonan harakat qiluvchi shaxsning ma’muriy organning qarori (mansabdor shaxsning harakati) qonuniy ekanligiga bo‘lgan ishonchi qonun bilan qo‘riqlanadi.
Ishonchni huquqiy himoya qilish asoslari va tartibi qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
(111-modda O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 14-avgustdagi O‘RQ-1165-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.08.2026-y., 03/26/1165/0841-son)
12-modda. Ma’muriy sud ishlari yuritiladigan til
Ma’muriy sud ishlari o‘zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda yuritiladi.
Ma’muriy sud ishlari yuritilayotgan tilni bilmaydigan sud protsessi ishtirokchilarining tarjimon orqali ish materiallari bilan tanishish, sud harakatlarida ishtirok etish hamda sudda o‘z ona tilida yoki erkin tanlangan muloqot tilida so‘zlash huquqi ta’minlanadi.
Sud muhokamasi jarayonida qabul qilinadigan sud hujjatlari sud majlisi qaysi tilda o‘tkazilgan bo‘lsa, o‘sha tilda tuziladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 139-moddasi, mazkur Kodeksning 56-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining 8-moddasi.
13-modda. Sud muhokamasining oshkoraligi
Sudlarda ishlar muhokamasi oshkora o‘tkaziladi.
Davlat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni saqlash zarur bo‘lgan taqdirda, ishni yopiq sud majlisida eshitishga yo‘l qo‘yiladi. Ishni yopiq majlisda videokonferensaloqa rejimida eshitishga yo‘l qo‘yilmaydi, bunday majlisning audio- va videoyozuvi esa amalga oshirilmaydi.
Eshitish yopiq sud majlisida o‘tkazilgan taqdirda, ishni elektron shaklda shakllantirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ishni yopiq sud majlisida muhokama qilish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
Sudning hal qiluv qarori barcha hollarda oshkora o‘qib eshittiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 137-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi.
14-modda. Sud muhokamasining bevositaligi
Sud ma’muriy ishni ko‘rib chiqishda ish bo‘yicha barcha dalillarni bevosita tekshirishi shart.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 146-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
15-modda. Ma’muriy ishlarni qonunchilik asosida hal qilish
(15-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Sud ma’muriy ishlarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, boshqa qonunchilik hujjatlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida hal qiladi.
(15-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 16-moddasining ikkinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunining 8-moddasi.
Sud ma’muriy ishni ko‘rayotganda ma’muriy organning hujjati qonunga muvofiq emasligini, shu jumladan hujjat vakolat doirasidan chetga chiqilgan holda qabul qilinganligini aniqlasa, qonunga muvofiq qaror qabul qiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 136-moddasi.
Nizoli munosabatni tartibga soluvchi huquq normalari mavjud bo‘lmagan taqdirda, sud shunga o‘xshash munosabatlarni tartibga soladigan huquq normalarini qo‘llaydi, bunday normalar ham mavjud bo‘lmaganda esa nizoni qonunlarning umumiy asoslari va mazmunidan kelib chiqib hal qiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 5, 6-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqishda qonunchilikdagi barcha bartaraf etib bo‘lmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar fuqarolar va yuridik shaxslarning foydasiga talqin etiladi.
(15-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
16-modda. Sud hujjatlarining majburiyligi
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari barcha davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir hamda O‘zbekiston Respublikasining butun hududida ijro etilishi lozim.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 138-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining 5-moddasi.
Sud hujjatlarini bajarmaslik ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 232-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 181, 1981-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 11-bobi.
3-bob. Sudning tarkibi
Oldingi tahrirga qarang.
17-modda. Ishlarning yakka tartibda va hay’atda ko‘rilishi
Birinchi instansiya bo‘yicha ma’muriy ishlar (bundan buyon matnda ish deb yuritiladi) tumanlararo ma’muriy sudida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudida, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudida sudya tomonidan yakka tartibda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida birinchi instansiya bo‘yicha ishlar uch nafar sudyadan iborat tarkibda hay’atda ko‘riladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 19-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ishni apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida ko‘rish uch nafar sudyadan iborat tarkibda hay’atda amalga oshiriladi.
(17-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-889-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/889/0978-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 201-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ishni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida taftish tartibida ko‘rish hay’atda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati a’zolarining ko‘pchiligi ishtirokida amalga oshiriladi.
(17-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-889-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/889/0978-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 225, 226, 242-moddalari.
Ish hay’atda ko‘rilayotganda sudyalardan biri sud majlisida raislik qiladi.
Ishni ko‘rishda barcha sudyalar teng huquqlardan foydalanadi.
Ushbu Kodeksga binoan sudyaga ishni yakka tartibda ko‘rish va ayrim masalalarni hal qilish huquqi berilgan taqdirda, sudya sud nomidan ish ko‘radi.
(17-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-662-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/662/0012-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 181-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida“gi Qonuni 29-moddasining to‘rtinchi qismi.
18-modda. Sud tarkibini shakllantirish
Oldingi tahrirga qarang.
Muayyan ishni ko‘rish uchun sud tarkibi sudyalarning ish hajmi va ixtisoslashuvi hisobga olingan holda, sud tarkibini shakllantirishga sud muhokamasi natijasidan manfaatdor bo‘lgan shaxslarning ta’sir ko‘rsatishi istisno etiladigan tartibda, avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalangan holda shakllantiriladi.
(18-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 10-martdagi O‘RQ-607-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.03.2020-y., 03/20/607/0279-son)
Bir sudya yoki sud tarkibi tomonidan ko‘rilishi boshlangan ish aynan shu sudya yoki sud tarkibi tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak.
Sudya yoki sudyalardan biri:
sudya ushbu Kodeksda belgilangan tartibda o‘zini o‘zi rad qilgan yoki sudyani rad qilish haqida ariza berilgan va bu qanoatlantirilgan taqdirda;
sudya yo‘qligi sababli ishni ko‘rish imkoni bo‘lmagan taqdirda almashtirilishi mumkin.
Sudya almashtirilganidan so‘ng ishni ko‘rish boshidan boshlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 21, 23 — 25-moddalari.
19-modda. Masalalarni sud tomonidan hay’at tarkibida hal qilish tartibi
Sud tomonidan ish hay’at tarkibida ko‘rilayotganda yuzaga keladigan masalalar sudyalar tomonidan ko‘pchilik ovoz bilan hal qilinadi. Sudyalarning birortasi ovoz berishda betaraf qolishga haqli emas. Sud majlisda raislik qiluvchi sudya hammadan keyin ovoz beradi.
Ko‘pchilikning fikriga qo‘shilmagan sudya sud hujjatiga imzo qo‘yishi shart va u o‘zining alohida fikrini yozma shaklda bayon qilishga haqli, alohida fikr muhrlangan konvertda ishga qo‘shib qo‘yiladi, lekin e’lon qilinmaydi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sudyaning alohida fikri bilan tanishtirilmaydi.
Yuqori instansiya sudi sudyaning alohida fikri bilan tanishishga haqli.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 24, 155-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
20-modda. Ishni ko‘rishda sudyaning takror ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmasligi
Ishni birinchi instansiya sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya, agar sudning hal qiluv qarori apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudi tomonidan bekor qilingan bo‘lsa, shu ishni birinchi instansiya sudida yangidan ko‘rishda ishtirok etishi mumkin emas, bundan yangi ochilgan holatlar bo‘yicha ishlarni ko‘rish hollari mustasno.
Ishni birinchi instansiya sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu ishni apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etishi mumkin emas.
Ishni apellyatsiya instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etishi mumkin emas.
Ishni kassatsiya instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya, apellyatsiya yoki taftish instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etishi mumkin emas.
Ishni taftish instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida ko‘rishda, shuningdek ishni yuqori turuvchi sud tomonidan taftish tartibida qayta ko‘rishda ishtirok etishi mumkin emas.
(20-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-889-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/889/0978-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
4-bob. Sudyani va ma’muriy sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilarini rad qilish
21-modda. Sudyani rad qilish
Sudya quyidagi hollarda ishni ko‘rishda ishtirok etishi mumkin emas va rad qilinishi lozim, agar u:
1) mazkur ish ilgari ko‘rilganda sudya sifatida ishtirok etgan bo‘lsa va ishni ko‘rishda uning takroriy ishtirok etishiga ushbu Kodeks talablariga muvofiq yo‘l qo‘yilmasa;
2) mazkur ish ilgari ko‘rilganda unda prokuror, ekspert, mutaxassis, tarjimon, sud majlisi kotibi, vakil yoki guvoh sifatida ishtirok etgan bo‘lsa;
3) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning yoki ular vakillarining qarindoshi bo‘lsa;
4) ishning natijasidan shaxsan, bevosita yoki bilvosita manfaatdor bo‘lsa yoxud uning xolisligiga shubha tug‘diruvchi boshqa holatlar mavjud bo‘lsa;
5) ishni ko‘rayotgan hay’at tarkibidagi sudyaning qarindoshi bo‘lsa.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 20, 22 — 25-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 57-moddasi.
22-modda. Prokurorni, ekspertni, mutaxassisni, tarjimonni va sud majlisi kotibini rad qilish
Prokuror, ekspert, mutaxassis, tarjimon va sud majlisi kotibi quyidagi hollarda ishni ko‘rishda ishtirok etishi mumkin emas va rad qilinishi lozim, agar u:
1) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning yoki ular vakillarining qarindoshi bo‘lsa;
2) ishning natijasidan shaxsan, bevosita yoki bilvosita manfaatdor bo‘lsa yoxud uning xolisligiga shubha tug‘diruvchi boshqa holatlar mavjud bo‘lsa.
Ekspertni va mutaxassisni rad qilish uchun quyidagilar ham asos bo‘ladi:
1) uning ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yoki ularning vakillariga ishning muhokamasi paytida yoki o‘tmishda xizmat vazifasi yuzasidan yoxud boshqa jihatdan tobe bo‘lganligi;
2) u o‘tkazgan taftish materiallari sudga murojaat qilish uchun asos yoki sabab bo‘lib xizmat qilgan bo‘lsa yoxud ishni ko‘rishda ulardan foydalanilayotgan bo‘lsa.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 20, 21, 23 — 25-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 57-moddasi.
23-modda. Rad qilish to‘g‘risidagi arizalar
Ushbu Kodeksning 21 va 22-moddalarida ko‘rsatilgan asoslar mavjud bo‘lsa, sudya, prokuror, ekspert, mutaxassis, sud majlisi kotibi va tarjimon o‘zini o‘zi rad qilish haqida arz qilishi shart. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan ham shu asoslarga ko‘ra ularni rad qilish haqida arz qilinishi mumkin. Prokurorni, ekspertni, mutaxassisni, sud majlisi kotibini, tarjimonni rad qilish sudning tashabbusiga ko‘ra ham ko‘rib chiqilishi mumkin.
O‘zini o‘zi rad qilish yoki rad qilish haqidagi ariza asoslantirilgan bo‘lishi va ishni mazmunan ko‘rish boshlanguniga qadar ma’lum qilinishi kerak.
Ish ko‘rilayotganda o‘zini o‘zi rad qilish yoki rad qilish haqida ariza berishga, agar o‘zini o‘zi rad qilish yoki rad qilish uchun asos o‘zini o‘zi rad qilish yoxud rad qilish haqida ariza bergan shaxsga ishni mazmunan ko‘rish boshlanganidan keyin ma’lum bo‘lib qolgan taqdirdagina yo‘l qo‘yiladi.
Ayni bir shaxs tomonidan ayni bir asoslar bo‘yicha takroran rad qilish bildirilishi mumkin emas. Takroran rad qilish bildirilgan taqdirda, u ko‘rib chiqilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 20 — 22, 24, 25-moddalari, 39-moddasining birinchi qismi.
24-modda. Rad qilish to‘g‘risidagi arizani hal etish tartibi
Rad qilish to‘g‘risida arz qilingan taqdirda, sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning fikrini, agar rad qilinishi talab etilayotgan shaxs tushuntirish berishni xohlasa, uning ham fikrini eshitadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ishni yakka tartibda ko‘rayotgan sudyani rad qilish to‘g‘risidagi masala sud raisi tomonidan hal qilinadi.
(24-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-662-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/662/0012-son)
Ish hay’at tarkibida ko‘rilayotganda sudyani rad qilish to‘g‘risidagi masala rad qilinishi talab etilayotgan sudyaning ishtirokisiz sud tarkibining ko‘pchilik ovozi bilan hal qilinadi. Rad qilishni yoqlab va unga qarshi berilgan ovozlar soni teng bo‘lib qolsa, sudya rad qilingan hisoblanadi.
Bir nechta sudyani yoki ishni ko‘rayotgan sudning butun tarkibini rad qilish to‘g‘risidagi masala shu sud tarkibi tomonidan oddiy ko‘pchilik ovoz bilan hal qilinadi.
Prokuror, ekspert, mutaxassis, sud majlisi kotibining va tarjimonning o‘zini o‘zi rad qilishi yoki ularni rad qilish to‘g‘risidagi masala ishni ko‘rayotgan sud tomonidan hal etiladi.
Sudyaning o‘zini o‘zi rad qilish to‘g‘risidagi masala ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda hal etiladi.
Rad qilish to‘g‘risidagi masalani ko‘rish natijalari bo‘yicha ajrim chiqariladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 18-moddasi uchinchi qismining ikkinchi xatboshisi, 20, 22-23, 25, 239-moddalari.
25-modda. Rad qilish to‘g‘risidagi arizani qanoatlantirish oqibatlari
O‘zini o‘zi rad qilish to‘g‘risidagi yoki sudyani yoxud bir nechta sudyani yoinki butun sud tarkibini rad qilish haqidagi ariza qanoatlantirilgan taqdirda ish o‘sha sudda, biroq sudyalarning boshqa tarkibida ko‘riladi.
Agar o‘zini o‘zi rad qilishni va rad qilishni qanoatlantirish natijasida ishni ayni o‘sha sudda ko‘rish uchun sudning yangi tarkibini shakllantirish imkoni bo‘lmasa, ish boshqa sudga o‘tkazilishi kerak.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 20 — 24-moddalari, 34-moddasi ikkinchi qismining 2-bandi.
5-bob. Ma’muriy ishlarning sudga taalluqliligi va sudlovga tegishliligi
1-§. Sudga taalluqlilik
26-modda. Sudga taalluqli ishlar
Ma’muriy sudga fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risidagi, ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar taalluqlidir, bundan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga, iqtisodiy sudlarga va harbiy sudlarga taalluqli ishlar mustasno.
Qonun bilan ma’muriy sudga taalluqli ishlar jumlasiga boshqa ishlar ham kiritilishi mumkin.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ma’muriy sud o‘ziga taalluqli ishlarni fuqarolar, yuridik shaxslar va ma’muriy organlar, shuningdek o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari, xalqaro tashkilotlar, chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ishtirokida ko‘radi.
Oldingi tahrirga qarang.
(26-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 26-apreldagi O‘RQ-833-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 03/23/833/0236-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zaro bog‘liq bo‘lib, ba’zilari ma’muriy sudga, boshqalari esa iqtisodiy sudga yoki fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga taalluqli bo‘lgan bir nechta talabni birlashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(26-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 26-apreldagi O‘RQ-833-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 03/23/833/0236-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 135-moddasi, mazkur Kodeksning 137-moddasi.
27-modda. Sud tomonidan hal etiladigan ishlar
Sud:
1) idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi;
Oldingi tahrirga qarang.
2) mahalliy davlat hokimiyati organlarining, davlat boshqaruvi organlarining, ma’muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning (bundan buyon matnda ma’muriy organlar deb yuritiladi), fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining qonunchilikka mos kelmaydigan hamda fuqarolar yoki yuridik shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi;
(27-modda birinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3) saylov komissiyalarining, referendum o‘tkazuvchi komissiyalarning xatti-harakatlari (qarorlari) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi;
(27-modda birinchi qismining 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 5-fevraldagi O‘RQ-1117-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.02.2026-y., 03/26/1117/0116-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 18-bobi.
4) notarial harakatni amalga oshirish, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozishni ro‘yxatga olish rad etilganligi yoki notariusning yoxud fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi;
Oldingi tahrirga qarang.
5) davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish yoxud belgilangan muddatda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishdan bo‘yin tovlash ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi;
6) ushbu Kodeksning 271-moddasida ko‘rsatilgan investitsiya nizolari bo‘yicha;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 271-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
7) ushbu Kodeksning 272-moddasida ko‘rsatilgan raqobat to‘g‘risidagi;
(27-modda birinchi qismining 7-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 26-apreldagi O‘RQ-833-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 03/23/833/0236-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8) ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar bo‘yicha undirish so‘zsiz tartibda amalga oshiriladigan ijro hujjati yoki boshqa hujjat ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi ishlarni hal qiladi.
(27-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 26-apreldagi O‘RQ-833-sonli Qonuniga asosan 8-band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 03/23/833/0236-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 272-moddasi.
Sud fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risidagi ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan yuzaga keladigan, qonun bilan o‘zining vakolatiga kiritilgan boshqa ishlarni ham hal qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Arizachi ushbu moddada ko‘rsatilgan ariza (shikoyat) bilan bir qatorda ushbu talablarga sababiy bog‘lanishda bo‘lgan zararlarning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi talabni ham taqdim etishga haqli.
Ushbu moddada ko‘rsatilgan talablardan alohida tarzda bildirilgan zararlarning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi talab taalluqliligiga ko‘ra fuqarolik ishlari bo‘yicha sudda yoki iqtisodiy sudda ko‘rib chiqilishi lozim.
(27-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 26-apreldagi O‘RQ-833-sonli Qonuniga asosan uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 03/23/833/0236-son)
Oldingi tahrirga qarang.
271-modda. Investitsiyaviy nizolar bo‘yicha ishlar
Investitsiyaviy nizolar jumlasiga investorlar bilan ma’muriy organlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘rtasidagi ular mansabdor shaxslarining investitsiya shartnomasi shartlariga rioya qilinishi bilan bog‘liq qarorlariga, harakatlariga (harakatsizligiga) doir ishlar kiradi.
(271-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-662-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/662/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
272-modda. Raqobat to‘g‘risidagi ishlar
Raqobat to‘g‘risidagi ishlar bo‘lib yuridik shaxslar, shu jumladan chet ellik yuridik shaxslar, xo‘jalik boshqaruvi organlari, yakka tartibdagi tadbirkorlar va monopoliyaga qarshi organ o‘rtasida tovar hamda moliya bozorlarida raqobat sohasidagi munosabatlardan kelib chiqadigan, ma’muriy sud sudloviga tegishli nizolar hisoblanadi.
(272-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-662-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/662/0012-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 302-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
273-modda. Ish materiallarini sudga taalluqliligiga ko‘ra ma’muriy suddan boshqa sudga o‘tkazish
Talab sudga taalluqlilik qoidalari buzilgan holda ma’muriy sudga taqdim etilgan bo‘lsa, ariza (shikoyat) taalluqliligiga ko‘ra fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga yoki iqtisodiy sudga ko‘rib chiqish uchun o‘tkaziladi.
Agar ariza (shikoyat) sudga taalluqlilik qoidalarini buzgan holda ish yuritishga qabul qilinganligi ishni ko‘rib chiqish chog‘ida aniqlansa, ma’muriy sud ish materiallarini sudga taalluqliligiga ko‘ra fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga yoki iqtisodiy sudga ko‘rib chiqish uchun o‘tkazish va ma’muriy sud ishini yuritishni tugatish to‘g‘risida ajrim chiqaradi.
Arizani (shikoyatni), ish materiallarini ma’muriy suddan sudga taalluqliligiga ko‘ra boshqa sudga o‘tkazish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Ma’muriy suddan taalluqliligiga ko‘ra boshqa sudga o‘tkazilgan ariza (shikoyat), ish materiallari o‘ziga o‘tkazilgan sud tomonidan qabul qilib olinishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasida sudlar o‘rtasida sudga taalluqlilik to‘g‘risidagi nizolarga yo‘l qo‘yilmaydi.
(273-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 26-apreldagi O‘RQ-833-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 03/23/833/0236-son)
2-§. Sudlovga tegishlilik
Oldingi tahrirga qarang.
28-modda. Ishlarning sudlovga tegishliligi
Sudga taalluqli ishlar tumanlararo ma’muriy sudlar tomonidan ko‘riladi, bundan Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudloviga tegishli ishlar mustasno.
Investitsiya nizolari bo‘yicha yirik investorning, raqobat to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha tomonlarning xohishiga ko‘ra ushbu toifadagi ishlar bevosita O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan, qolgan investitsiyaviy nizolar investorning xohishiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari tomonidan birinchi instansiya sudi sifatida ko‘rib chiqiladi.
(28-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-662-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/662/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
29-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari sudloviga tegishli ishlar
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari birinchi instansiya sudi sifatida davlat sirlari bilan bog‘liq ishlarni ko‘radi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari alohida holatlarga qarab, har qanday ishni tumanlararo ma’muriy suddan olib qo‘yishga va uni birinchi instansiya bo‘yicha o‘zining ish yurituviga qabul qilishga, ishni bir suddan boshqasiga o‘tkazishga haqli.
(29-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-662-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/662/0012-son)
30-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudloviga tegishli ishlar
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi birinchi instansiya sudi sifatida:
1) idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi;
2) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi xatti-harakatlari (qarorlari) yuzasidan nizolashish haqidagi ishlarni ko‘rib chiqadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi qonun bilan o‘z vakolatlariga kiritilgan boshqa ishlarni ham birinchi instansiya sudi sifatida ko‘radi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi alohida holatlarga qarab, har qanday ishni istalgan ma’muriy suddan olib qo‘yishga va uni birinchi instansiya bo‘yicha o‘zining ish yurituviga qabul qilishga, ishni bir suddan boshqasiga o‘tkazishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
(30-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-889-sonli Qonuniga asosan 2024-yil 1-yanvardan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/889/0978-son)
31-modda. Harbiy sudlar sudloviga tegishli ishlar
O‘zbekiston Respublikasi harbiy sudlari qonun bilan o‘z vakolatiga kiritilgan ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining 4-bobi.
32-modda. Sudlovga tegishlilikning umumiy qoidalari
Fuqaroning yoki yuridik shaxsning arizasi (shikoyati) qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilinayotgan ma’muriy organ joylashgan yer yoxud mansabdor shaxsning ish joyi bo‘yicha sudga taqdim etiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 46-moddasining uchinchi qismi.
33-modda. Arizachining tanlovi bo‘yicha sudlovga tegishlilik
Turli yerlarda joylashgan bir nechta javobgarga nisbatan ariza (shikoyat) arizachining tanlovi bo‘yicha javobgarlardan biri joylashgan yerdagi sudga taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Kodeksning 32-moddasida belgilangan sudlovga tegishlilik arizachining eksterritorial sudlovga tegishlilikni tanlash haqidagi iltimosnomasiga ko‘ra o‘zgartirilishi mumkin. Bunday iltimosnoma mavjud bo‘lgan taqdirda, ariza (shikoyat) ushbu Kodeksning 32-moddasida yoki mazkur moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan sudga taqdim etiladi. Ishni ko‘radigan sudni aniqlash avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali ushbu Kodeksning 32-moddasida va mazkur moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan sudning tanlanishi istisno etiladigan tartibda amalga oshiriladi.
(33-modda O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 14-avgustdagi O‘RQ-1165-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qismi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.08.2026-y., 03/26/1165/0841-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yirik investor bo‘lmagan investorning investitsiya faoliyati bilan bog‘liq da’vo arizalari (shikoyatlari) javobgar joylashgan yerdagi tumanlararo ma’muriy sudga yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlariga taqdim etilishi mumkin.
Yirik investorning investitsiya faoliyati bilan bog‘liq da’vo arizalari (shikoyatlari), shuningdek tovar va moliya bozorlaridagi raqobat sohasidagi munosabatlardan kelib chiqadigan da’vo arizalari tumanlararo ma’muriy sudga yoki O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga taqdim etilishi mumkin.
(33-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-662-sonli Qonuniga asosan ikkinchi va uchinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/662/0012-son)
34-modda. Ishni bir ma’muriy suddan boshqasiga o‘tkazish
Sud tomonidan sudlovga tegishlilik qoidalariga rioya etilgan holda qabul qilib olingan ish, garchi keyinchalik boshqa ma’muriy sudning sudloviga tegishli bo‘lib qolsa ham, ilgarigi sud tomonidan mazmunan ko‘rilishi kerak.
Sud ishni quyidagi hollarda boshqa ma’muriy sudga o‘tkazadi, agar:
1) ish sudlovga tegishlilik qoidasini buzgan holda qabul qilinganligi ishni shu sudda ko‘rish vaqtida ma’lum bo‘lsa;
2) bir yoki bir nechta sudya rad qilinganidan keyin ularni mazkur sudda almashtirish mumkin bo‘lmay qolsa, shuningdek ishni ushbu sudda ko‘rish mumkin bo‘lmay qolgan boshqa hollarda.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 25-moddasi.
Ishni boshqa ma’muriy sudda ko‘rishga o‘tkazish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
Bir suddan boshqa sudga yuborilgan ish u yuborilgan sudda ko‘rish uchun qabul qilib olinishi kerak.
Ma’muriy sudlar o‘rtasida sudlovga tegishlilik to‘g‘risidagi nizolarga yo‘l qo‘yilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 6-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonuni 26-moddasining sakkizinchi xatboshisi.
6-bob. Ma’muriy sud ishlarini yuritish ishtirokchilari
1-§. Ma’muriy protsessual huquq layoqati va muomala layoqati
35-modda. Ma’muriy protsessual huquq layoqati
Barcha fuqarolar va yuridik shaxslarning ma’muriy protsessual huquq va majburiyatlarga ega bo‘lish layoqati (ma’muriy protsessual huquq layoqati) teng ravishda e’tirof etiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 17-moddasi.
36-modda. Ma’muriy protsessual muomala layoqati
Sudda o‘z huquq va majburiyatlarini amalga oshirish layoqati voyaga yetgan fuqarolar va yuridik shaxslarga tegishlidir.
Voyaga yetmagan shaxs qonunda o‘n sakkiz yoshgacha nikoh qurish mumkin bo‘lgan holda — nikoh qurgan vaqtdan boshlab, shuningdek u qonunda belgilangan tartibda to‘liq muomalaga layoqatli deb e’lon qilingan holda (emansipatsiya) sudda o‘z protsessual huquqlarini shaxsan amalga oshirishi va protsessual majburiyatlarini bajarishi mumkin.
O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan shaxsning, shuningdek muomala layoqati cheklangan deb topilgan fuqaroning huquqlari, erkinliklari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari sudda ularning qonuniy vakillari (ota-onalari, ularni farzandlikka olganlar, homiylar, tarbiyalovchi, davolovchi muassasalar yoki boshqa shunga o‘xshash muassasalar ma’muriyati) tomonidan himoya qilinadi. Biroq, sud voyaga yetmagan shaxsning o‘zini yoki muomala layoqati cheklangan fuqaroni bunday ishlarda ishtirok etishga jalb qilishga haqli.
Qonunda nazarda tutilgan hollarda, ma’muriy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar bo‘yicha voyaga yetmagan shaxs sudda o‘z huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini shaxsan himoya qilish huquqiga ega. Biroq, sud voyaga yetmagan shaxsning qonuniy vakillarini bunday ishlarda ishtirok etishga jalb qilishga haqli.
O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan voyaga yetmagan shaxsning, shuningdek ruhiy holati buzilganligi (ruhiy kasalligi yoxud aqli zaifligi) natijasida muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaroning huquqlari, erkinliklari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari sudda ularning qonuniy vakillari tomonidan himoya qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 22-moddasi.
2-§. Ma’muriy sud ishlarini yuritish ishtirokchilarining tarkibi, huquq va majburiyatlari
37-modda. Ma’muriy sud ishlarini yuritish ishtirokchilarining tarkibi
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar va odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslar ma’muriy sud ishlarini yuritish ishtirokchilaridir.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 38 — 57-moddalari.
38-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar
Taraflar, uchinchi shaxslar, prokuror, davlat organlari va boshqa shaxslar o‘z zimmalariga yuklatilgan vakolatlarga ko‘ra ishda ishtirok etuvchi shaxslardir.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 40, 44 — 48-moddalari.
39-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning huquq va majburiyatlari
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish materiallari bilan tanishish, ulardan ko‘chirmalar olish, ko‘chirma nusxa olish, rad qilish to‘g‘risida arz qilish, dalillar taqdim etish, dalillarni tekshirishda ishtirok etish, savollar berish, iltimosnomalar kiritish, arz qilish, sudga og‘zaki va yozma tushuntirishlar berish, ishni ko‘rish davomida yuzaga keladigan barcha masalalar bo‘yicha o‘z vajlarini, xulosalarini taqdim qilish, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosnomalari, vajlariga e’tiroz bildirish, sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) hamda ushbu Kodeksda o‘zlariga berilgan boshqa protsessual huquqlardan foydalanish huquqiga ega.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu Kodeksda nazarda tutilgan protsessual majburiyatlarga ega va ular o‘zlariga tegishli barcha protsessual huquqlardan insofli ravishda foydalanishi kerak.
 LexUZ sharhi
40-modda. Taraflar
Arizachi va javobgar ma’muriy sud ishlarini yuritishdagi taraflardir.
O‘zlarining huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida talab taqdim etayotgan yoki manfaatlarini ko‘zlab talab taqdim etilgan fuqarolar va yuridik shaxslar arizachilardir.
Ariza (shikoyat) talabi qaratilgan ma’muriy organlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ularning mansabdor shaxslari javobgarlardir.
Taraflar teng protsessual huquqlardan foydalanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 11-moddasi, 37 — 39-moddalari, 43-moddasining birinchi qismi.
41-modda. Ishda bir nechta arizachi va javobgarning ishtirok etishi
Talab bir nechta arizachi tomonidan birgalikda yoki bir nechta javobgarga nisbatan taqdim etilishi mumkin.
Arizachilar va javobgarlarning har biri boshqa tarafga nisbatan sud protsessida mustaqil qatnashadi.
Protsessda birgalikda ishtirok etuvchilar ishni olib borishni sherik ishtirokchilardan biriga topshirishi mumkin.
Boshqa javobgarning ishtirokisiz ishni ko‘rish mumkin bo‘lmagan taqdirda, birinchi instansiya sudi hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar arizachining roziligi bilan o‘sha javobgarni ishda ishtirok etish uchun jalb etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar qonunchilikda ishda boshqa javobgar ishtirokining majburiyligi nazarda tutilgan bo‘lsa, sud o‘z tashabbusi bilan shu javobgarni ishda ishtirok etish uchun jalb etadi.
(41-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Sud arizachining iltimosnomasi bo‘yicha ham boshqa javobgarni ishda ishtirok etish uchun jalb etishga haqli. Boshqa javobgarni ishda ishtirok etishga jalb etish haqida yoki jalb etishni rad qilish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
Boshqa javobgar ishda ishtirok etish uchun jalb etilganda ishni ko‘rish boshidan boshlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 33, 138, 278-moddalari.
42-modda. Ishga daxldor bo‘lmagan javobgarni almashtirish
Sud ariza (shikoyat) bo‘yicha javob berishi lozim bo‘lmagan shaxsga nisbatan talab taqdim etilganini aniqlasa, hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar daxldor bo‘lmagan javobgarni arizachi roziligi bilan daxldor bo‘lgan javobgar bilan almashtirilishiga yo‘l qo‘yishi mumkin.
Agar arizachi javobgarni boshqa shaxs bilan almashtirishga rozi bo‘lmasa, sud arizachining roziligi bilan bu shaxsni ikkinchi javobgar sifatida ishga jalb etishi mumkin.
Ishga daxldor bo‘lmagan javobgar almashtirilganligi to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
Ishga daxldor bo‘lmagan javobgar almashtirilganidan so‘ng ishni ko‘rish boshidan boshlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 38 — 41-moddalari.
43-modda. Protsessual huquqiy vorislik
Taraflardan biri nizoli yoki sud hujjati bilan aniqlangan huquqiy munosabatdan chiqib ketgan holda (yuridik shaxsning qayta tashkil etilishi, fuqaroning vafot etishi va majburiyatlardagi shaxslar o‘zgarishining boshqa hollarida) sud bu tarafni uning huquqiy vorisi bilan almashtiradi.
Huquqiy vorislik ma’muriy sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida amalga oshirilishi mumkin.
Tarafni huquqiy voris bilan almashtirish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
Tarafni huquqiy voris bilan almashtirish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Taraf huquqiy voris bilan almashtirilganidan keyin ma’muriy sud ishlarini yuritish almashtirish amalga oshirilgan bosqichning o‘zida davom ettiriladi.
Huquqiy voris ishga kirishguniga qadar sud protsessida amalga oshirilgan barcha harakatlar huquqiy vorisga o‘rnini bo‘shatib bergan shaxsga qay darajada majburiy bo‘lgan bo‘lsa, huquqiy voris uchun ham shu darajada majburiydir.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 37 — 42-moddalari, 99-moddasi birinchi qismining 2-bandi, 108-moddasi birinchi qismining 4-bandi, 214-moddasi birinchi qismining 7-bandi, 238-moddasi birinchi qismining 7-bandi.
44-modda. Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslar
Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslar birinchi instansiya sudi hal qiluv qarorini qabul qilguniga qadar ishga kirishishi mumkin. Ular arizachining barcha huquqlaridan foydalanadilar va uning barcha majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi.
Agar nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxs ishga sud muhokamasi boshlanganidan keyin kirishsa, ishni ko‘rish boshidan boshlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 37 — 42-moddalari, 151-moddasining uchinchi qism.
45-modda. Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar
Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar birinchi instansiya sudi hal qiluv qarorini qabul qilguniga qadar, agar ish ushbu shaxslarning taraflardan biriga nisbatan huquqlari yoki majburiyatlariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lsa, arizachi yoxud javobgar tarafida ishga kirishishi mumkin. Ular tarafning iltimosnomasi bilan yoki sudning tashabbusi bilan ham ishda ishtirok etishga jalb qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar tarafning protsessual huquqlaridan foydalanadi va uning protsessual majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi, bundan arz qilingan talabning asosini yoki predmetini o‘zgartirish, talabdan voz kechish, arz qilingan talabni tan olish yoxud kelishuv bitimi tuzish, sud hujjatining majburiy ijro etilishini talab qilish huquqi mustasno.
(45-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 26-apreldagi O‘RQ-833-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 03/23/833/0236-son)
Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxsni ishda ishtirok etishga jalb qilish haqida yoki uni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
Agar nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs ishga sud muhokamasi boshlanganidan keyin kirishsa, ishni ko‘rish boshidan boshlanadi.
46-modda. Ishda prokurorning ishtiroki
Prokuror barcha ishlar bo‘yicha sud majlisida ishtirok etishga haqli.
Prokuror fuqarolar va yuridik shaxslarning, shuningdek jamiyat va davlatning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilib, sudga ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Ariza tumanlararo ma’muriy sudlarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar yoki ularning o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlariga esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari yoki ularning o‘rinbosarlari tomonidan taqdim etiladi.
(46-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-662-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/662/0012-son)
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasining barcha ma’muriy sudlariga ariza taqdim etishga haqli.
Prokurorning o‘z arizasidan voz kechishi arizachini ishni mazmunan ko‘rib chiqishni talab qilish huquqidan mahrum etmaydi.
Prokuror tomonidan arizachining huquqini himoya qilish maqsadida taqdim etilgan talabdan arizachining voz kechishi arizani ko‘rmasdan qoldirishga olib keladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunda nazarda tutilgan yoki sud mazkur ishda prokuror ishtirok etishi zarur deb topgan hollarda, yerga oid huquqiy munosabatlar bilan bog‘liq ishlarda, shuningdek prokurorning arizasi asosida qo‘zg‘atilgan ishlarda prokuror ishtirok etishi shart.
(46-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-889-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/889/0978-son)
Ishda ishtirok etuvchi prokuror ishning mazmuni bo‘yicha fikrini bayon qiladi, bundan uning boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishga doir arizasi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan ishlar mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqaroning, yuridik shaxsning, jamiyat va davlatning manfaatlarini ko‘zlab ariza taqdim etgan prokuror arizachining huquqlaridan foydalanadi hamda uning majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi, bundan kelishuv bitimi tuzish huquqi mustasno.
(46-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 26-apreldagi O‘RQ-833-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 03/23/833/0236-son)
47-modda. Ishda davlat organlari va boshqa shaxslarning ishtiroki
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, davlat organlari va boshqa shaxslar fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida ariza berishi mumkin. Ariza bergan mazkur organlar va shaxslar arizachining barcha huquqlaridan foydalanadi hamda uning majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi.
(47-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Davlat organi va boshqa shaxsning o‘zi bergan arizadan voz kechishi arizachini ishni mazmunan ko‘rib chiqishni talab qilish huquqidan mahrum etmaydi.
Davlat organi va boshqa shaxs tomonidan arizachining huquqlarini himoya qilish maqsadida taqdim etilgan talabdan arizachining voz kechishi arizani ko‘rmasdan qoldirishga olib keladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 38-moddasi, 115-moddasi beshinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi Qonuni 12-moddasi birinchi qismining o‘n oltinchi xatboshisi, 13-moddasi birinchi qismining o‘n uchinchi xatboshisi.
48-modda. Odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslar
Ma’muriy sud ishlarini yuritishda ishda ishtirok etuvchi shaxslar bilan bir qatorda odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslar — guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar va tarjimonlar ishtirok etishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 50, 52, 54, 56-moddalari.
49-modda. Sud majlisining kotibi
Sud majlisi vaqtida sudyaning yordamchisi (katta yordamchisi) sud majlisining kotibi vazifalarini bajaradi.
Sud majlisining kotibi ma’muriy ishlarni sud muhokamasiga tayyorlash uchun zarur bo‘lgan harakatlarni amalga oshiradi, ishda ishtirok etuvchi shaxslarni sud muhokamasining vaqti va joyi haqida xabardor qiladi hamda ularning sudga kelgan-kelmaganligini tekshiradi, kelmaganligi sabablarini aniqlashtiradi va bu haqda sudyaga ma’lum qiladi, bajarilayotgan protsessual harakatlar bo‘yicha bayonnoma yuritadi, sudyaning sud majlisiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish, shuningdek sud hujjatini ijroga yuborish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa topshiriqlarini bajaradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 6-moddasining to‘rtinchi qismi, 22-moddasi, 175 — 177-moddalari.
50-modda. Guvoh
Ishga doir biror-bir holatdan xabardor har qanday shaxs guvoh bo‘lishi mumkin.
Quyidagilar guvoh sifatida chaqirilishi va so‘roq qilinishi mumkin emas:
fuqarolik, iqtisodiy, ma’muriy ish bo‘yicha vakillar yoki jinoyat ishi bo‘yicha himoyachilar, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha advokatlar — vakil, himoyachi yoki advokat vazifalarini bajarishi munosabati bilan o‘zlariga ma’lum bo‘lib qolgan holatlar to‘g‘risida;
Oldingi tahrirga qarang.
jismoniy nuqsonlari yoki ruhiy holatining buzilganligi sababli faktlarni to‘g‘ri idrok qilishga yoki ular haqida to‘g‘ri ko‘rsatuvlar berishga layoqatsiz shaxslar.
(50-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi O‘RQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 51, 87, 114-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-oktabrdagi 570-son qarori bilan tasdiqlangan “Jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘larni hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom.
51-modda. Guvohning huquq va majburiyatlari
Guvoh advokatning yuridik yordamidan foydalanish, ma’muriy sud ishi yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarli darajada bilmasa, o‘z ona tilida ko‘rsatuvlar berish va bu holda tarjimon xizmatidan foydalanish, ko‘rsatuvlarini o‘z qo‘li bilan yozib berish, ko‘rsatuvlar berishda yozma qaydlar va hujjatlardan foydalanish huquqiga ega.
Guvoh sudning chaqiruviga binoan kelishi, ish yuzasidan o‘zi xabardor bo‘lgan ma’lumotlar va holatlar haqida to‘g‘ri ko‘rsatuvlar berishi, sudya va ishda ishtirok etuvchi shaxslarning savollariga javob berishi, sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart.
Guvoh bila turib yolg‘on ko‘rsatuvlar berganlik uchun jinoiy javobgar bo‘ladi, sud tomonidan bu haqda ogohlantirilib, tilxat olinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 238-moddasining birinchi qismi va 240-moddasi.
Hech kim o‘ziga va yaqin qarindoshlariga qarshi guvohlik berishga majbur emas.
Qonunga muvofiq kasbiy burchini bajarishi jarayonida o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan ma’lumotlar va holatlar yuzasidan ko‘rsatuv berishni rad qilish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga nisbatan ko‘rsatuv berish majburiyati tatbiq etilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 51, 87-moddalari.
52-modda. Ekspert
Xulosa berish uchun fan, texnika, san’at yoki hunar sohasida zarur maxsus bilimlarga ega jismoniy shaxs ekspert sifatida tayinlanishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonuni 7-moddasining ikkinchi qismi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat sud-ekspertiza muassasasi eksperti, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotining eksperti, boshqa korxona, muassasa, tashkilot xodimi yoki o‘zga jismoniy shaxs ekspert sifatida ishtirok etishi mumkin.
(52-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 3-avgustdagi O‘RQ-786-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.08.2022-y., 03/22/786/0705-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonuni 10-moddasining ikkinchi qismi.
Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyatlari uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar ekspert sifatida jalb etilishi mumkin emas.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur kodeksning 22, 48, 53-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 30, 31-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 21, 78, 79-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonuni 10-moddasining to‘rtinchi qismi.
53-modda. Ekspertning huquq va majburiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ekspert: ekspertiza predmetiga taalluqli ish materiallari bilan tanishish, ulardan zarur ma’lumotlarni yozib olish yoki ko‘chirma nusxalar olish; joyida ko‘zdan kechirishda ishtirok etish va ekspertizani o‘tkazish uchun zarur qo‘shimcha materiallar va tekshirish obyektlari taqdim etilishi haqida iltimosnomalar berish; sud muhokamasida ekspertiza predmetiga oid dalillarni tekshirishda ishtirok etish hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va guvohlarga sudning ruxsati bilan savollar berish; ashyoviy, yozma va raqamli dalillar va hujjatlarni ko‘zdan kechirish; o‘z xulosasida nafaqat o‘z oldiga qo‘yilgan savollar bo‘yicha, balki ekspertiza predmetiga oid va ish uchun ahamiyatga molik boshqa masalalar bo‘yicha ham xulosalarini bayon etish; o‘z xulosasi yoki ko‘rsatuvlari ishda ishtirok etuvchi shaxslar va guvohlar tomonidan noto‘g‘ri talqin qilinganligi xususida sud majlisi bayonnomasiga kiritilishi lozim bo‘lgan bayonotlar berish; agar u ma’muriy sud ishi yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarlicha bilmasa, o‘z ona tilida xulosa taqdim etish va ko‘rsatuvlar berish hamda bunday holda tarjimon xizmatidan foydalanish; agar ishni yuritayotgan sudning hal qiluv qarorlari, sudyaning harakatlari (harakatsizligi) ekspertning huquq va erkinliklarini buzayotgan bo‘lsa, bu qarorlar, harakatlar (harakatsizlik) ustidan qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
(53-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi O‘RQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonuni 15-moddasining birinchi qismi.
Ekspert: ushbu Kodeksning 21 va 22-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, o‘zini o‘zi rad etishi haqida darhol arz qilishi; o‘ziga taqdim etilgan tekshirish obyektlarini har tomonlama va to‘liq tekshirishdan o‘tkazishi, o‘z oldiga qo‘yilgan savollar yuzasidan asosli va xolisona yozma xulosa berishi; sud majlisida shaxsan ishtirok etish uchun sudning chaqiruviga binoan kelishi; o‘zi o‘tkazgan ekspertiza xususida ko‘rsatuvlar berishi va o‘zi bergan xulosani tushuntirish uchun qo‘shimcha savollarga javob berishi; ekspertiza o‘tkazilishi munosabati bilan o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan ma’lumotlarni oshkor qilmasligi; taqdim etilgan tekshirish obyektlari va ish materiallarining but saqlanishini ta’minlashi; sud muhokamasi vaqtida tartibga rioya qilishi shart.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 21, 22-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonuni 16-moddasining birinchi qismi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ekspert bila turib noto‘g‘ri xulosa berganlik, yopiq sud majlisi muhokamasi ma’lumotlarini hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilganlik uchun jinoiy javobgar bo‘ladi.
(53-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-1084-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2025-y., 03/25/1084/0874-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 238-moddasining birinchi qismi, 240-moddasi.
Agar ekspert qo‘yilgan savollarni o‘zining maxsus bilimlari asosida hal qilish mumkin bo‘lmasligiga yoki unga taqdim etilgan tekshirish obyektlarining yoxud materiallarning yaroqsizligiga yoki xulosa berish uchun yetarli emasligiga va ularni to‘ldirib bo‘lmasligiga yoxud fan va sud-ekspertlik amaliyotining holati qo‘yilgan savollarga javob topish imkoniyatini bermasligiga ishonch hosil qilsa, u xulosa berishning iloji yo‘qligi to‘g‘risida asoslantirilgan dalolatnoma tuzadi hamda uni ekspertizani tayinlagan sudga yuboradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonunining 24-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-oktabrdagi 570-son qarori bilan tasdiqlangan “Jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘larni hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom.
54-modda. Mutaxassis
Maslahatlar (tushuntirishlar) berish va ilmiy-texnika vositalarini qo‘llashda yordam ko‘rsatish yo‘li bilan dalillarni to‘plash, tekshirish va baholashda ko‘maklashish maqsadida fan, texnika, san’at yoki hunar sohasida maxsus bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan, voyaga yetgan, ish natijasidan manfaatdor bo‘lmagan shaxs sud majlisida yoki protsessual harakatlarda ishtirok etish uchun sud tomonidan mutaxassis sifatida jalb qilinishi mumkin.
Mutaxassisni sud majlisida ishtirok etish uchun jalb qilish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
Sudning mutaxassisni chaqirish haqidagi talabi uning ish beruvchisi uchun majburiydir.
Sud mutaxassisni tarafning iltimosnomasiga ko‘ra ham jalb etishga haqli. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar maxsus bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan aniq shaxsni mutaxassis sifatida jalb etish to‘g‘risida sudga iltimosnoma berishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 22, 48, 55, 86-moddalari, 146-moddasining birinchi qismi.
55-modda. Mutaxassisning huquq va majburiyatlari
Mutaxassis sifatida chaqirilgan shaxs: qanday maqsadda chaqirilganligini bilish; agar tegishli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lmasa, ish yuritishda ishtirok etishni rad qilish; sudning ruxsati bilan protsessual harakat ishtirokchilariga savollar berish; protsessual harakat ishtirokchilarining e’tiborini o‘zining dalillarni to‘plash, tekshirish va baholashda, ilmiy-texnika vositalarini qo‘llashda, ekspertiza tayinlash uchun materiallar tayyorlashda ko‘maklashish chog‘idagi harakatlari bilan bog‘liq holatlarga qaratish; o‘zi ishtirok etgan protsessual harakat bayonnomasi, shuningdek sud majlisi bayonnomasining tegishli qismi bilan tanishish va uning ishtirokida amalga oshirilgan harakatlarning kechishi hamda natijalari qayd qilinishining to‘liqligi va to‘g‘riligi xususida bayonnomaga kiritilishi lozim bo‘lgan arzlar va fikrlarni bildirish; agar ish yuritishda ishtirok etish uning xizmat vazifalari doirasiga kirmasa, protsessual harakatlarni amalga oshirishdagi ishtiroki bilan bog‘liq xarajatlarning o‘rni qoplanishi va bajargan ishi uchun pul mukofoti olish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Mutaxassis sifatida jalb etilgan shaxs: sudning chaqiruvi bo‘yicha kelishi; protsessual harakatlarni amalga oshirishda va sud muhokamasida maxsus bilim, ko‘nikmalardan va ilmiy-texnika vositalaridan foydalangan holda ishtirok etishi; maslahatlar berishi va o‘zi bajarayotgan harakatlar yuzasidan tushuntirishlar berishi; yopiq sud majlisi muhokamasi ma’lumotlarini hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilmasligi shart.
(55-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-1084-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2025-y., 03/25/1084/0874-son)
Agar mutaxassis sud uzrsiz deb topgan sabablarga ko‘ra sudning chaqiruvi bo‘yicha kelmasa, shuningdek maslahatlar (tushuntirishlar) berishni asossiz ravishda rad etsa, unga nisbatan ushbu Kodeksda belgilangan tartibda jarima solinishi mumkin.
Jarima solinishi mutaxassisni kelish va maslahatlar (tushuntirishlar) berish majburiyatidan ozod qilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 22, 48, 54, 86, 114-moddalari, 146-moddasining birinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-oktabrdagi 570-son qarori bilan tasdiqlangan “Jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘larni hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom.
56-modda. Tarjimon
Tarjima qilish uchun zarur tillarni biladigan hamda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda sud tomonidan tayinlangan shaxs tarjimondir.
Ma’muriy sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari, garchi tarjima qilish uchun zarur tillarni bilsa ham, tarjimon vazifalarini o‘z zimmasiga olishga haqli emas.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 12, 22, 48, 57, 114-moddalari.
57-modda. Tarjimonning huquq va majburiyatlari
Tarjimon: tarjimani aniqlashtirish uchun sud majlisi ishtirokchilariga savollar berish; agar tarjima qilish uchun tegishli bilimga ega bo‘lmasa, sud muhokamasida ishtirok etishni rad qilish; sud majlisi bayonnomasi bilan tanishish; tarjima yozuvlarining yozilishi to‘g‘riligi xususida e’tirozlar taqdim etish huquqiga ega.
Tarjimon sudning chaqiruvi bo‘yicha kelishi; tarjimani aniq, to‘liq va to‘g‘ri amalga oshirishi; sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Tarjimon bila turib noto‘g‘ri tarjima qilganlik, yopiq sud majlisi muhokamasi ma’lumotlarini hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilganlik uchun jinoiy javobgar bo‘ladi, sud tomonidan bu haqda ogohlantirilib, undan tilxat olinadi.
(57-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-1084-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2025-y., 03/25/1084/0874-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 56, 114-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 238-moddasining birinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-oktabrdagi 570-son qarori bilan tasdiqlangan “Jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘larni hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom.
3-§. Sudda vakillik
58-modda. Vakillar orqali ish yuritish
Oldingi tahrirga qarang.
Sudda yuridik shaxslarning ishlarini ularning qonunchilikda yoki ta’sis hujjatlarida berilgan vakolatlar doirasida harakat qiladigan organlari va (yoki) ularning vakillari yuritadi.
(58-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 45-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 57-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi Qonunining 29-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Xususiy korxona to‘g‘risida”gi Qonunining 14-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Kooperatsiya to‘g‘risida”gi Qonunining 9-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Qishloq xo‘jaligi kooperativi to‘g‘risida”gi Qonuni.
Fuqarolar o‘z ishlarini sudda shaxsan o‘zlari va (yoki) vakillari orqali yuritishga haqlidir. Fuqaroning ishda shaxsan ishtirok etishi uni ish bo‘yicha vakilga ega bo‘lish huquqidan mahrum qilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 129, 130 — 132-moddalari.
59-modda. Qonuniy vakillik
Muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini sudda ularning qonuniy vakillari (ota-onalari, ularni farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar) himoya qiladi.
Belgilangan tartibda bedarak yo‘qolgan deb topilgan fuqaro ishtirok etishi lozim bo‘lgan ish bo‘yicha uning vakili sifatida bedarak yo‘qolgan shaxsning mol-mulkini qo‘riqlash va boshqarish uchun tayinlangan shaxs qatnashadi.
Vafot etgan yoki belgilangan tartibda vafot etgan deb e’lon qilingan shaxsning merosxo‘ri ishtirok etishi kerak bo‘lgan ish bo‘yicha, agar merosni hali hech kim qabul qilib olmagan bo‘lsa, vasiy yoxud meros mol-mulkni saqlash va boshqarish uchun tayinlangan saqlovchi merosxo‘rning vakili sifatida qatnashadi.
Qonuniy vakil sudda ish olib borishni o‘zi vakil sifatida tanlagan boshqa shaxsga topshirish huquqiga ega.
O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan voyaga yetmagan shaxsning, muomalaga layoqatsiz yoki bedarak yo‘qolgan deb topilgan shaxsning qonuniy vakili vakillik qilinayotgan shaxsning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga taalluqli ishlar ko‘rib chiqilayotganda uning manfaatlarini ko‘zlab barcha protsessual harakatlarni amalga oshiradi.
O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan shaxsning, muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxsning qonuniy vakili ishlar ko‘rib chiqilayotganda shu shaxsning manfaatlarini ko‘zlab barcha protsessual harakatlarni cheklangan huquqlar doirasida amalga oshiradi.
Qonuniy vakillar va vakillar o‘z manfaatlarini ko‘zlab yoki uni vakil qilgan shaxsning manfaatlariga zid ravishda protsessual harakatlarni amalga oshirishga haqli emas.
60-modda. Shartnoma bo‘yicha (ixtiyoriy) vakillik
Ishonch bildiruvchi o‘z huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun sudda ish yuritishni shartnoma bo‘yicha (ixtiyoriy) vakillikka binoan vakilga topshiradi.
Quyidagilar shartnoma bo‘yicha (ixtiyoriy) vakil bo‘lishi mumkin:
1) advokatlar;
2) nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan yoki yon shajara bo‘yicha qarindoshlar, shuningdek er (xotin) yoxud uning qarindoshlari;
3) yuridik shaxslarning xodimlari — ushbu yuridik shaxslarning ishlari bo‘yicha;
4) notijorat tashkilotlarning vakolatli vakillari — ushbu tashkilotlar a’zolarining ishlari bo‘yicha;
5) qonunga binoan boshqa shaxslarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish huquqi berilgan notijorat tashkilotlarning vakolatli vakillari;
6) birgalikda protsessual ishtirok etuvchilardan biri boshqa birgalikdagi ishtirokchilarning topshirig‘i bo‘yicha;
7) ishni ko‘rib chiqayotgan sud tomonidan ishda jismoniy shaxslarning vakillari sifatida ishtirok etishga ruxsat berilgan shaxslar.
Sudda ish yuritish bo‘yicha vakil sifatida professional faoliyat bilan faqat advokatlar shug‘ullanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Sud arizachining iltimosiga ko‘ra, “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatning ishtirok etishini ta’minlash choralarini ko‘rishi shart.
Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokat jalb etiladigan paytga qadar sud ishning muhokamasini keyinga qoldiradi. Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatni jalb qilishda advokatning ishda ishtirok etishi tasdiqlangan paytdan e’tiboran unga ishga kirishish uchun kamida to‘rt soat vaqt berilishi kerak.
(60-modda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 27-fevraldagi O‘RQ-915-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi va beshinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.02.2024-y., 03/24/915/0160-son)
61-modda. Vakilning vakolatlarini rasmiylashtirish
Vakilning vakolatlari qonunga muvofiq berilgan va rasmiylashtirilgan ishonchnomada ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 134-moddasi.
Fuqarolar tomonidan beriladigan ishonchnomalar notariuslar yoki notarial harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan boshqa mansabdor shaxslar tomonidan tasdiqlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 135, 136-moddalari.
Davlat boshqaruvi organlarining, mansabdor shaxsning vakillari tegishli organ rahbarining yoki mansabdor shaxsning imzosi bilan beriladigan ishonchnoma bo‘yicha ish olib boradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 137-moddasi.
Yuridik shaxs nomidan beriladigan ishonchnoma rahbar tomonidan imzolanib, imzo yuridik shaxsning muhri bilan (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) tasdiqlanadi.
Yuridik shaxslarning rahbarlari sudga o‘z xizmat mavqeyini yoki vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatlarni taqdim etadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 138-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Advokatning vakolatlari qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
(61-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida”gi Qonuni 4-moddasining ikkinchi qismi.
62-modda. Vakilning vakolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Sudda ish yuritish vakolatlari vakilga barcha protsessual harakatlarni vakolat beruvchi nomidan amalga oshirish huquqini beradi, bundan kelishuv bitimi tuzish huquqi mustasno.
(62-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 26-apreldagi O‘RQ-833-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 03/23/833/0236-son)
Shartnoma bo‘yicha vakillik qiluvchining arz qilingan talabdan to‘liq yoki qisman voz kechish, uning asosini yoki predmetini o‘zgartirish, arizachining talablarini tan olish, vakolatlarni boshqa shaxsga o‘tkazish (boshqa shaxsga ishonib topshirish), sud hujjati ustidan shikoyat qilish, sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani imzolash, sud hujjatining majburiy ijro etilishini talab qilish vakolatlarining har biri vakolat beruvchi tomonidan berilgan ishonchnomada maxsus ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 63-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 134 — 144-moddalari.
63-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning va ular vakillarining vakolatlarini tekshirish
Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning va ular vakillarining vakolatlarini tekshirishi shart.
Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning va ular vakillarining vakolatlarini tan olish va ularning sud majlisida ishtirok etishiga ruxsat berish to‘g‘risidagi masalani mazkur shaxslar sudga taqdim etgan hujjatlarni tekshirish asosida hal etadi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning va ular vakillarining vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar sud majlisi bayonnomasiga kiritiladi, zarur bo‘lganda esa ularning ko‘chirma nusxalari ishga qo‘shib qo‘yiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ishda ishtirok etuvchi shaxs, uning vakili o‘z vakolatlarini tasdiqlash uchun zarur hujjatlarni taqdim etmagan yoki qonunchilik talablariga muvofiq bo‘lmagan hujjatlarni taqdim etgan taqdirda, sud tegishli shaxsning ishda ishtirok etishga oid vakolatlarini tan olishni rad etadi, bu haqda sud majlisi bayonnomasida ko‘rsatiladi.
(63-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 62-moddasi.
64-modda. Sudda vakil bo‘la olmaydigan shaxslar
Quyidagi shaxslar sudda vakil bo‘la olmaydi:
Oldingi tahrirga qarang.
1) voyaga yetmagan shaxslar, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno;
(64-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
2) vasiylik va homiylik belgilangan shaxslar;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 31, 32-moddalari, mazkur Kodeksning 36-moddasi.
3) sudyalar, prokurorlar, tergovchilar, surishtiruvchilar, sud devoni xodimlari bundan ular qonuniy vakil (ota-onalar, farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar) sifatida, shuningdek tegishli sud, prokuratura, surishtiruv va tergov organlarining vakili sifatida ishtirok etgan hollar mustasno;
4) manfaatlari vakolat beruvchining manfaatlariga zid bo‘lgan shaxslarga huquqiy yordam ko‘rsatayotgan yoki ilgari yordam ko‘rsatgan shaxslar;
5) sudya, prokuror, sud majlisining kotibi, ekspert, mutaxassis, tarjimon bilan qarindoshlik munosabatlarida bo‘lgan shaxslar.
7-bob. Dalillar va isbotlash
65-modda. Dalillar tushunchasi va ularning turlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ish bo‘yicha dalillar ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan tartibda olingan faktlar haqidagi ma’lumotlar bo‘lib, ular asosida sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arz qilingan talablari va e’tirozlarini asoslovchi holatlar, shuningdek nizoni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa holatlar mavjudligi yoki mavjud emasligini aniqlaydi. Bunday ma’lumotlar ashyoviy, yozma va raqamli dalillar, ekspertlarning xulosalari, mutaxassislarning maslahatlari (tushuntirishlari), guvohlarning ko‘rsatuvlari, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari bilan aniqlanadi.
(65-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi O‘RQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
Qonunni buzgan holda olingan dalillardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 74, 76, 85 — 88-moddalari.
66-modda. Isbotlash
Isbotlash ishni mazmunan ko‘rish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarni aniqlash maqsadida dalillarni to‘plash, tekshirish va baholashdan iboratdir.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 66 — 78-moddalari.
67-modda. Isbotlash majburiyati
Oldingi tahrirga qarang.
Agar ushbu Kodeksda ma’muriy ishlar bo‘yicha isbotlash majburiyatlari taqsimlanishining boshqacha tartibi nazarda tutilmagan bo‘lsa, ishda ishtirok etuvchi shaxslar o‘z talablariga yoki e’tirozlariga asos qilib keltirayotgan haqiqiy holatlarni isbotlashi kerak.
Arizachi dalillarni yig‘ishda o‘z imkoniyatlari doirasida ishtirok etishi shart. Arizachi o‘ziga yetkazilgan zararning miqdorini isbotlashi shart.
Isbotlash majburiyati qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashilayotgan ma’muriy organlarning va mansabdor shaxslarning zimmasiga yuklatiladi. Ma’muriy organlar va mansabdor shaxslar o‘z e’tirozlariga asos qilib keltirayotgan faktlarni ham tasdiqlashi shart. Mazkur shaxslar qaror qabul qilishda, harakatlarni sodir etishda faqat o‘zi tayangan asoslarni keltirishi mumkin.
Agar taraf sud tomonidan talab etilgan dalilni o‘zida ushlab turgan va uni sud tomonidan belgilangan muddatda sudning so‘roviga ko‘ra taqdim etmayotgan bo‘lsa, undagi ma’lumotlar ushbu tarafning manfaatlariga qarshi qaratilgan deb faraz qilinadi va mazkur taraf tomonidan tan olingan deb hisoblanadi.
(67-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 26-apreldagi O‘RQ-833-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 03/23/833/0236-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 65, 66, 68 — 78-moddalari.
68-modda. Dalillarni taqdim etish va talab qilib olish
Oldingi tahrirga qarang.
Taraflar o‘z talablarini yoki e’tirozlarini qaysi dalillar bilan asoslab berayotgan bo‘lsa, o‘z ixtiyoridagi ushbu barcha dalillarni sudga taqdim etishi shart. Ma’muriy organ ham ma’muriy sud ishlarini yuritishning barcha materiallarini taqdim etishi shart.
Agar taqdim etilgan dalillar ishni to‘g‘ri hal qilish uchun yetarli bo‘lmasa, sud o‘z tashabbusiga yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga ko‘ra qo‘shimcha dalillarni talab qilib oladi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar biron-bir dalilni yo‘q qilishga yoki yashirishga yoxud dalilni tekshirishga va baholashga dalillarni olishni imkonsiz qilib qo‘ygan yoki qiyinlashtirgan holda boshqacha tarzda monelik qilishga haqli emas. Bunday holda sud monelik qilayotgan tarafning zimmasiga, ushbu Kodeksda belgilangan qoidalardan qat’i nazar, isbotlash majburiyatini yuklatishi mumkin.
(68-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 26-apreldagi O‘RQ-833-sonli Qonuniga asosan birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlar bilan almashtirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 03/23/833/0236-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 65 — 67, 69 — 78-moddalari, 140-moddasining birinchi qismining 4-bandi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxs ishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etmayotgan shaxsdagi zarur dalillarni mustaqil olish imkoniga ega bo‘lmasa, o‘sha dalilni talab qilib olish to‘g‘risida sudga iltimosnoma bilan murojaat qilishga haqli. Iltimosnomada ushbu dalil bilan ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan qanday holatlar aniqlanishi mumkinligi, dalilning alomatlari va u turgan joy ko‘rsatilishi kerak.
Dalilni talab qilib olish to‘g‘risida sud tomonidan ajrim chiqarilib, unda ushbu dalilni taqdim etish muddati va tartibi ko‘rsatiladi.
Ajrimning ko‘chirma nusxasi ishda ishtirok etayotgan shaxslarga, shuningdek sud tomonidan talab qilinayotgan dalilni saqlayotgan shaxsga, yuboriladi.
Sud talab qilayotgan dalilni saqlayotgan shaxs uni bevosita sudga yuboradi yoki sudga topshirish uchun tegishli ajrimni taqdim etgan shaxsga beradi.
Agar shaxs sud talab qilayotgan dalilni taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘lmasa yoki sud belgilagan muddatda taqdim eta olmasa, u shu muddat ichida bu haqda sudni sabablarni ko‘rsatgan holda xabardor qilishi shart.
Dalilni saqlayotgan shaxs talab qilinayotgan dalilni taqdim etish majburiyatini sud uzrsiz deb topgan sabablarga ko‘ra bajarmagan taqdirda, uni saqlayotgan shaxsga ushbu Kodeksda belgilangan tartibda jarima solinadi.
Talab qilinayotgan dalilga ega bo‘lgan shaxsga jarima solinishi uni dalilni sudga taqdim etish majburiyatidan ozod qilmaydi.
69-modda. Dalillarni ular turgan joyda ko‘zdan kechirish va tekshirish
Sudga olib kelish imkoniyati bo‘lmagan yoki olib kelinishi qiyin bo‘lgan dalillarni, shuningdek tez buziladigan ashyoviy dalillarni sud ular turgan joyda ko‘zdan kechirishi va tekshirishi mumkin.
Dalillarni ular turgan joyda ko‘zdan kechirish va tekshirish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
Zarur hollarda, dalillarni ko‘zdan kechirish va tekshirishda ishtirok etish uchun odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslar chaqirilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 48-moddasi.
Tez buziladigan ashyoviy dalillar ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilmasdan sud tomonidan darhol ko‘zdan kechirilishi va tekshirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ashyoviy, yozma va raqamli dalillarni ular turgan joyda bevosita ko‘zdan kechirish va tekshirish jarayonida ushbu Kodeksning 175-moddasida belgilangan tartibda sud tomonidan bayonnoma tuziladi.
(69-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi O‘RQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 175-moddasi.
Dalillarni mustahkamlash uchun bayonnoma tuzish bilan birga audio-, videoyozuvga olish, fotosuratga tushirish, ko‘chirma nusxalar, rejalar, chizmalar tayyorlash va axborotni aks ettirishning boshqa usullari qo‘llanilishi mumkin. Dalillarni mustahkamlashning bunday usuli qo‘llanilganligi bayonnomada aks ettiriladi, ma’lumotlarni aks ettiruvchi materiallar bayonnomaga ilova qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 65 — 68, 70 — 78, 177-moddalari.
70-modda. Dalillarning aloqadorligi
Sud faqat ishga aloqador bo‘lgan dalillarni qabul qiladi.
Agar taqdim etilgan dalillar ko‘rilayotgan ishga aloqador bo‘lmasa, ular ish materiallariga qo‘shib qo‘yilmaydi, ularning dalil sifatida rad qilinganligi sud hujjatida aks ettiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 65 — 69, 71 — 78-moddalari.
71-modda. Dalillarning maqbulligi
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilikka muvofiq muayyan dalillar bilan tasdiqlanishi lozim bo‘lgan ish holatlari boshqa dalillar bilan tasdiqlanishi mumkin emas.
(71-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
72-modda. Isbotlashdan ozod qilish asoslari
Ishning ma’muriy sud tomonidan barchaga ma’lum deb topilgan holatlarini isbotlash talab etilmaydi.
Ma’muriy sudning ilgari ko‘rilgan ish bo‘yicha qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori bilan aniqlangan holatlar sud shu shaxslar ishtirok etayotgan boshqa ishni ko‘rayotganida yangidan isbot qilinmaydi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning yoki iqtisodiy sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori boshqa ishni ko‘rayotgan ma’muriy sud uchun fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning yoki iqtisodiy sudning hal qiluv qarorida aniqlangan va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga daxldor bo‘lgan holatlarga doir masalalar bo‘yicha majburiydir.
Jinoyat ishlari bo‘yicha sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi muayyan harakatlar sodir etilganligi yoki sodir etilmaganligi va ular kimlar tomonidan sodir etilganligi masalalari bo‘yicha ma’muriy sud uchun majburiydir.
73-modda. Dalillarga baho berish
Sud dalillarga ishning barcha holatlarini jamlab, ularni sud majlisida qonunga amal qilgan holda har tomonlama, to‘liq va xolis ko‘rib chiqishga asoslangan o‘z ichki ishonchiga ko‘ra baho beradi.
Har bir dalil ishga aloqadorligi, maqbulligi va ishonchliligi nuqtai nazaridan, dalillarning yig‘indisi esa, yetarliligi nuqtai nazaridan baholanishi lozim.
Agar tekshirish natijasida dalilning haqiqatga to‘g‘ri kelishi aniqlansa, u ishonchli deb tan olinadi.
Hech qanday dalil sud uchun oldindan belgilab qo‘yilgan kuchga ega emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Sud tarafning hal qiluv qarorini qabul qilish chog‘ida hal qilinadigan, dalillar maqbulligi to‘g‘risidagi arizasiga bog‘lanib qolmaydi.
(73-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 26-apreldagi O‘RQ-833-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 03/23/833/0236-son)
Sud hujjatning yoki boshqa yozma dalilning faqat ko‘chirma nusxasi bilan tasdiqlanadigan holatlarni, agar hujjatning asl nusxasi yo‘qotilgan hamda sudga topshirilmagan bo‘lsa, va ushbu hujjatning nizolashayotgan taraflarning har biri tomonidan taqdim etilgan ko‘chirma nusxalari o‘zaro bir xil bo‘lmasa, va hujjatning asl mazmunini boshqa dalillar yordamida aniqlab bo‘lmasa, isbot qilingan deb hisoblashi mumkin emas.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 65 — 72, 74 — 78-moddalari.
74-modda. Yozma dalillar
Ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjatlar, shartnomalar, ma’lumotnomalar, amaliy yozishmalar, shu jumladan faksimil, elektron yoki boshqa aloqa vositasida yoxud hujjatning ishonchliligini aniqlash imkonini beruvchi boshqa usulda olingan o‘zga hujjatlar va materiallar yozma dalillardir.
Yozma dalillar asl nusxada yoki tegishli tarzda tasdiqlangan ko‘chirma nusxada taqdim etiladi. Agar ko‘rilayotgan ishga hujjatning faqat bir qismi aloqador bo‘lsa, uning tasdiqlangan ko‘chirmasi taqdim etilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ish holatlari qonunchilikka muvofiq hujjatlarning faqat asl nusxalari bilan tasdiqlanishi lozim bo‘lsa, shuningdek boshqa zarur hollarda sudning talabi bilan ularning asl nusxalari taqdim etiladi.
(74-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Sudga taqdim etiladigan, to‘liq yoki qisman chet tilida tuzilgan yozma dalillarga ularning tegishli tarzda tasdiqlangan tarjimalari ilova qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Chet davlatda olingan hujjat, agar u qonunchilikda belgilangan tartibda legallashtirilgan bo‘lsa, sudda yozma dalil deb tan olinadi.
(74-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 610-son bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida hamda xorijda hujjatlar va dalolatnomalarni konsullik legallashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-dekabrdagi 732-son qarori bilan tasdiqlangan Rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan hollarda chet davlatda olingan hujjat legallashtirilmasdan sudda yozma dalil deb tan olinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 65 — 73, 74 — 78-moddalari.
75-modda. Hujjatlarning aslini qaytarish
Ishda mavjud bo‘lgan hujjatlarning asli ularni taqdim etgan shaxslarning iltimosnomasiga ko‘ra sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgandan keyin, agar sud hujjatni qaytarish nizoning to‘g‘ri hal qilinishiga zarar yetkazmaydi degan xulosaga kelsa, ishni yuritish jarayonida hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgunga qadar ularga qaytarib berilishi mumkin. Iltimosnoma bilan bir vaqtda mazkur shaxslar hujjat aslining tegishlicha tasdiqlangan nusxasini taqdim etadilar yoki ishda qolayotgan nusxaning asliga to‘g‘riligi sud tomonidan tasdiqlanishini iltimos qiladilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 65 — 74, 76 — 78, 165-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
751-modda. Elektron ma’lumotlar
Elektron ma’lumotlar elektron qurilmalardan va axborot tizimlaridan, shuningdek axborot texnologiyalaridan foydalangan holda yaratiladigan, ishlov beriladigan hamda saqlanadigan ma’lumotlardir.
Ishda ishtirok etuvchi taraflar, guvohlar va boshqa shaxslar elektron ma’lumotlarni ushbu ma’lumotlarning ko‘chirma nusxasini elektron jismdan elektron ma’lumotlar mavjud bo‘lgan boshqa elektron jismga olish orqali taqdim etishga haqli.
Sud taqdim etilgan elektron ma’lumotlarni mutaxassis ishtirokida qabul qilib oladi hamda elektron ma’lumotlar mavjud bo‘lgan birlamchi elektron jismni ko‘zdan kechiradi.
Ish uchun ahamiyatga ega bo‘lmagan elektron ma’lumotlar mavjud bo‘lgan elektron jismlar egalariga darhol qaytarib beriladi.
752-modda. Raqamli dalillar
Ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan elektron ma’lumotlar, shu jumladan elektron tarzdagi fayllar, audio-, videoyozuvlar, Internet jahon axborot tarmog‘ida saqlanayotgan ma’lumotlar, shuningdek boshqa elektron ma’lumotlar raqamli dalillardir.
Raqamli dalildan ko‘chirma nusxa olishga, basharti uning yaxlitligi va aynan o‘xshashligi saqlansa, yo‘l qo‘yiladi.
Raqamli dalildan ko‘chirma nusxa olishga yo‘l qo‘yilishi o‘zidan mazkur ko‘chirma nusxa olingan raqamli dalilning asli mavjudligi bilan ta’minlanadi, bundan notarius tomonidan tasdiqlangan raqamli dalillar mustasno. Ishda ishtirok etuvchi taraflar, guvohlar va boshqa shaxslar raqamli dalillarning ko‘chirma nusxalarini qog‘ozda chop etilgan shaklda taqdim etish huquqiga ega. Bunda raqamli dalilning qog‘ozdagi shakli yozma dalil deb hisoblanishi mumkin emas, bundan notarius tomonidan tasdiqlangan raqamli dalil mustasno.
Sud jarayonida tuzilgan protsessual bayonnomalarga ilova qilingan, elektron ma’lumotlar tarzida shakllantirilgan audio- va videoyozuvlar ham raqamli dalillar hisoblanadi.
Raqamli dalilning ko‘chirma nusxasi ish materiallari bilan birga saqlanadi.
(751 va 752-moddalar O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi O‘RQ-1003-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
76-modda. Ashyoviy dalillar
O‘zining tashqi ko‘rinishi, ichki xossalari va mazmuni, turgan joyi yoki boshqa belgilari bilan ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarni aniqlash vositasi bo‘lib xizmat qila oladigan ashyolar ashyoviy dalillardir.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 65 — 75, 77, 78-moddalari.
77-modda. Ashyoviy dalillarni saqlash
Ashyoviy dalillar sudda saqlanadi.
Sudga olib kelinishi mumkin bo‘lmagan ashyoviy dalillar turgan joyida saqlanadi. Ular batafsil tavsiflanishi, zarur bo‘lgan taqdirda esa muhrlab qo‘yilishi, fotosuratga yoki videoyozuvga tushirilishi lozim.
Sud va ashyoviy dalillarni saqlovchi ularni o‘zgarmaydigan holatda saqlash bo‘yicha choralar ko‘radi.
Ashyoviy dalillarni saqlash xarajatlari ushbu Kodeksning 115-moddasida belgilangan qoidalarga muvofiq taraflar o‘rtasida taqsimlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 65 — 76, 78-moddalari.
78-modda. Ashyoviy dalillarni qaytarish
Sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgandan keyin ashyoviy dalillar kimdan olingan bo‘lsa, o‘sha shaxslarga qaytarib beriladi yoki sud shu ashyolarga kimning huquqi bor deb topgan bo‘lsa, o‘sha shaxslarga beriladi yoxud sud tomonidan belgilanadigan boshqa tartibda realizatsiya qilinadi.
Ayrim hollarda, sud ashyoviy dalillarni ko‘zdan kechirib va tekshirib chiqqanidan keyin, agar ashyoviy dalillarni taqdim etgan shaxslar ularni qaytarib berishni iltimos qilgan bo‘lsa va bunday iltimosnomaning qanoatlantirilishi nizoning to‘g‘ri hal etilishiga zarar keltirmasa, ular kimdan olingan bo‘lsa, o‘sha shaxslarga ishni yuritish jarayonida qaytarib berilishi mumkin.
Sud ashyoviy dalillarni qaytarish masalalari yuzasidan ajrim chiqaradi.
Qonunga muvofiq ayrim shaxslarning egaligida turishi mumkin bo‘lmagan ashyolar tegishli tashkilotlarga topshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 65 — 77-moddalari.
79-modda. Ekspertiza
Ishni ko‘rib chiqish vaqtida yuzaga keladigan, fan, texnika, san’at yoki hunar sohasida maxsus bilimlarni talab qiladigan masalalarni tushuntirib berish uchun sud ishda ishtirok etuvchi shaxsning iltimosnomasiga ko‘ra yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslarning roziligi bilan ekspertiza tayinlaydi. Agar ekspertizani tayinlash qonunda belgilab qo‘yilgan yoki shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa yoki taqdim etilgan dalilning qalbakilashtirilganligi to‘g‘risidagi arizani tekshirish uchun yoxud qo‘shimcha ekspertiza tayinlash zarur bo‘lsa, sud ekspertizani o‘z tashabbusi bilan tayinlashi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 53, 80 — 85-moddalari, 100-moddasi birinchi qismining 1-bandi.
Ekspertiza o‘tkazilishi zarur bo‘lgan masalalarning doirasi va mazmuni sud tomonidan belgilanadi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sudga ekspertiza o‘tkazish vaqtida tushuntirib berilishi lozim bo‘lgan savollarni taqdim etishga haqli. Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslar taqdim etgan savollar rad qilinganligini asoslab berishi shart.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar: o‘zlari ko‘rsatgan shaxslarni ekspert sifatida jalb etish to‘g‘risida yoki ekspertizani muayyan ekspertiza muassasasida o‘tkazish haqida iltimos qilishga, ekspertni rad etish to‘g‘risida arz qilishga; ekspertiza tayinlash haqidagi ajrimga ekspert oldiga qo‘yilgan masalalarga qo‘shimcha masalalar kiritish to‘g‘risida iltimosnoma bilan murojaat qilishga; ekspertga tushuntirishlar berishga; ekspert xulosasi bilan yoki xulosa berishning imkoni bo‘lmaganligi haqidagi xabar bilan tanishishga; qo‘shimcha yoki takroriy ekspertiza o‘tkazish haqida iltimosnoma kiritishga haqli.
Ekspertiza tayinlash to‘g‘risida yoki ekspertiza tayinlash haqidagi iltimosnomani qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
Ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi ajrimda: ekspertizani tayinlash asoslari; ekspertning familiyasi, ismi va otasining ismi yoki ekspertiza o‘tkazilishi lozim bo‘lgan ekspertiza muassasasining nomi; ekspert oldiga qo‘yilgan savollar; ekspert ixtiyoriga taqdim etiladigan materiallar va hujjatlar; ekspertizani o‘tkazish va sudga xulosani taqdim etish kerak bo‘lgan muddat ko‘rsatiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonuni 17-moddasining birinchi va ikkinchi qismlari.
Taraf ekspertizada ishtirok etishdan bo‘yin tovlagan, ekspertlarga tekshirish uchun zarur materiallar va hujjatlarni taqdim etmagan hollarda hamda boshqa hollarda, agar ishdagi mavjud holatlarga ko‘ra va shu tarafning ishtirokisiz ekspertiza o‘tkazish imkoni bo‘lmasa, sud aynan qaysi taraf ekspertizadan bo‘yin tovlayotganligidan, shuningdek uning uchun ekspertiza qanday ahamiyatga ega ekanligidan kelib chiqib, qaysi fakt yuzasidan ekspertiza tayinlangan bo‘lsa, o‘sha faktni tasdiqlangan yoki inkor etilgan deb topishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Ishonch bildiruvchi shaxsning roziligi bilan advokat shartnoma asosida ekspertiza o‘tkazilishiga doir advokat so‘rovini davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga yuborishi mumkin.
(79-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 3-avgustdagi O‘RQ-786-sonli Qonuniga asosan yettinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.08.2022-y., 03/22/786/0705-son)
80-modda. Ekspertizani o‘tkazish tartibi
Ekspertiza sud majlisida yoki, agar tekshirishning xususiyatiga ko‘ra zarur bo‘lsa yoxud tekshirish obyektlarini sud majlisiga olib kelish imkoni bo‘lmasa, sud majlisidan tashqarida o‘tkaziladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ekspertiza o‘tkazilayotganda hozir bo‘lishga haqli, bundan ushbu ishtirok etish ekspertning normal ishlashiga xalaqit berishi mumkin bo‘lgan hollar mustasno.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 79, 81 — 85-moddalari, “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonun 17-moddasining uchinchi — beshinchi qismlari.
81-modda. Qo‘shimcha va takroriy ekspertizalar
Qo‘shimcha ekspertiza ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasidagi bo‘shliqlarni to‘ldirish uchun tayinlanadi va shu yoki boshqa ekspert (ekspertlar komissiyasi) tomonidan o‘tkaziladi.
Ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasi asoslanmagan bo‘lsa yoki uning to‘g‘riligiga shubha tug‘ilganda yoxud unga asos qilib olingan dalillar ishonchli emas deb topilganda yoki ekspertizani o‘tkazishning protsessual qoidalari jiddiy buzilganda takroriy ekspertiza tayinlanadi.
Takroriy ekspertiza tayinlanganda ekspert (ekspertlar komissiyasi) oldiga ilgari qo‘llanilgan tekshirish usullarining ilmiy asoslanganligi to‘g‘risidagi masala qo‘yilishi mumkin.
Takroriy ekspertizani tayinlash to‘g‘risidagi ajrimda takroriy ekspertizani tayinlagan sudning birinchi (oldingi) ekspertiza xulosasiga rozi emasligi sabablari ko‘rsatilishi lozim.
Takroriy ekspertizani o‘tkazish boshqa ekspertga (ekspertlar komissiyasiga) topshiriladi. Birinchi (oldingi) ekspertizani o‘tkazgan ekspert (ekspertlar komissiyasi) takroriy ekspertizani o‘tkazishda hozir bo‘lishi va tushuntirishlar berishi mumkin, lekin u tekshirishda va xulosa tuzishda ishtirok etmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 79, 80, 82 — 85-moddalari, “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonun 18-moddasi.
82-modda. Ekspertizaning ekspertlar komissiyasi tomonidan o‘tkazilishi
Ekspertiza bir xil (komissiyaviy ekspertiza) yoki turli xil (kompleks ekspertiza) sud-ekspert ixtisosligidagi bir nechta ekspert tomonidan o‘tkazilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ekspertizaning ekspertlar komissiyasi tomonidan o‘tkazilishi ekspertizani tayinlagan sud yoki mazkur ekspertizaning o‘tkazilishini tashkil etuvchi davlat sud-ekspertiza muassasasi, nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti yoxud boshqa korxona, muassasa, tashkilot rahbari tomonidan belgilanadi.
(82-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 3-avgustdagi O‘RQ-786-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.08.2022-y., 03/22/786/0705-son)
Ekspertizani o‘tkazish topshirilgan ekspertlar komissiyasi o‘z oldiga qo‘yilgan savollarni hal etish zaruriyatidan kelib chiqib, o‘tkaziladigan tekshirishlarning maqsadi, ketma-ketligi va hajmini kelishib oladi.
Ekspertizani o‘tkazish o‘ziga topshirilgan ekspertlar komissiyasi tarkibida har bir ekspert tekshirishlarni mustaqil va alohida o‘tkazadi, shaxsan o‘zi va komissiyaning boshqa a’zolari tomonidan olingan natijalarni baholaydi hamda qo‘yilgan savollar yuzasidan xulosalarini o‘z maxsus bilimlari doirasida shakllantiradi.
Tekshirishlarning ekspertlar komissiyasi tarkibiga kiritilmagan shaxslar tomonidan to‘liq yoki qisman o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 79 — 81, 83 — 85-moddalari, “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonunning 19-moddasi.
83-modda. Komissiyaviy ekspertiza
Komissiyaviy ekspertiza o‘tkazilayotganda ekspertlarning har biri tekshirishlarni to‘liq hajmda o‘tkazadi va ular olingan natijalarni birgalikda tahlil qiladi. Ekspertlar umumiy fikrga kelganidan so‘ng birgalikdagi xulosani yoki xulosa berishning iloji yo‘qligi to‘g‘risidagi hujjatni tuzadi va imzolaydi.
Ekspertlar o‘rtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda, ularning har biri kelishmovchiliklar kelib chiqqan barcha yoki ayrim masalalar bo‘yicha alohida xulosa beradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 79 — 82, 84, 85-moddalari, “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonunning 20-moddasi.
84-modda. Kompleks ekspertiza
Kompleks ekspertiza ish uchun ahamiyatga molik holatlarni faqat turli maxsus bilim sohalaridan foydalangan holda bir nechta tekshirish o‘tkazish yo‘li bilan aniqlash mumkin bo‘lgan hollarda tayinlanadi.
Kompleks ekspertizani o‘tkazishda ekspertlarning har biri o‘z vakolati doirasida tekshirishlar olib boradi. Kompleks ekspertizaning xulosasida ekspertlarning har biri qaysi tekshirishlarni va qancha hajmda olib borganligi, qaysi faktlarni shaxsan o‘zi aniqlaganligi hamda qanday xulosalarga kelganligi ko‘rsatiladi. Ekspertlarning har biri xulosaning ushbu tekshirishlar bayon etilgan qismini imzolaydi va ular uchun javobgar bo‘ladi.
Umumiy xulosa (xulosalar) olingan natijalarni baholashga va ushbu xulosani (xulosalarni) shakllantirishga vakolatli bo‘lgan ekspertlar tomonidan chiqariladi. Agar ekspertlar komissiyasi yakuniy xulosasining yoki uning bir qismining asosi ekspertlardan biri (alohida ekspertlar) tomonidan aniqlangan faktlardan iborat bo‘lsa, bu haqda xulosada ko‘rsatilishi kerak.
Ekspertlar o‘rtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda, ularning har biri kelishmovchiliklar kelib chiqqan barcha yoki ayrim masalalar bo‘yicha alohida xulosa beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar kompleks ekspertizani o‘tkazish davlat sud-ekspertiza muassasasiga yoki nodavlat sud-ekspertiza tashkilotiga topshirilgan bo‘lsa, ekspertizani tashkil etish uning rahbari zimmasiga yuklatiladi.
(84-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 3-avgustdagi O‘RQ-786-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.08.2022-y., 03/22/786/0705-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 79 — 83, 85-moddalari, “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonunning 21-moddasi.
85-modda. Ekspertning yoki ekspertlar komissiyasining xulosasi
Ekspert yoki ekspertlar komissiyasi tekshirishlarni o‘tkazib bo‘lganidan keyin tegishincha ekspert yoxud ekspertlar komissiyasi tarkibiga kiruvchi har bir ekspert imzosi bilan tasdiqlanadigan xulosa tuzadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Xulosada: ekspertiza o‘tkazilgan sana va joy; ekspertizani o‘tkazish asosi; ekspertizani tayinlagan sud to‘g‘risidagi ma’lumotlar; ekspert to‘g‘risidagi (familiyasi, ismi, otasining ismi, ma’lumoti, ixtisosligi, ish staji, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, egallab turgan lavozimi) va ekspertizani o‘tkazish topshirilgan tashkilot haqidagi ma’lumotlar; bila turib noto‘g‘ri xulosa berganlik, ish yopiq sud majlisida ko‘rilganda yopiq sud majlisi muhokamasi ma’lumotlarini hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilganlik uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risida ekspertning ogohlantirilganligi; ekspert oldiga qo‘yilgan savollar; ekspertga taqdim etilgan tekshirish obyektlari va ish materiallari; ekspertiza o‘tkazilayotganda hozir bo‘lgan shaxslar haqidagi ma’lumotlar; tekshirishlarning qo‘llanilgan usullar ko‘rsatilgan holdagi mazmuni va natijalari, shuningdek bu tekshirishlar, agar ekspertlar komissiyasi ishlagan bo‘lsa, kim tomonidan o‘tkazilganligi; tekshirish natijalarining baholanishi, qo‘yilgan savollarga berilgan asosli javoblar; ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan va ekspertning tashabbusiga ko‘ra aniqlangan holatlar aks ettirilgan bo‘lishi kerak.
(85-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-1084-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2025-y., 03/25/1084/0874-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Xulosani va uning natijalarini tasvirlovchi materiallar ushbu xulosaga ilova qilinadi hamda uning tarkibiy qismi bo‘lib xizmat qiladi. Tekshirishning olib borilishi, shart-sharoitlari va natijalarini hujjatlashtiradigan materiallar davlat sud-ekspertiza muassasasida yoki nodavlat sud-ekspertiza tashkilotida yoxud boshqa korxonada, muassasada, tashkilotda qonunchilikda belgilangan muddatlarda saqlanadi. Ular ekspertizani tayinlagan sudning talabiga binoan ishga qo‘shib qo‘yish uchun taqdim etiladi.
(85-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 3-avgustdagi O‘RQ-786-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.08.2022-y., 03/22/786/0705-son)
Agar taqdim etilgan tekshirish obyektlarining, materiallarning yoki ekspertning maxsus bilimlari yetarli emasligi tekshirish davomida ma’lum bo‘lib qolsa, xulosa qo‘yilgan ayrim savollarga javob berishni rad etish asosini o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak.
Tekshirish tugaganidan so‘ng xulosa, tekshirish obyektlari va ish materiallari ekspertizani tayinlagan sudga yuboriladi.
Xulosa sud majlisida tekshiriladi hamda boshqa dalillar bilan bir qatorda baholanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasi.
86-modda. Mutaxassisning maslahati (tushuntirishi)
Mutaxassis maslahatni (tushuntirishni) sudga og‘zaki yoki yozma shaklda beradi.
Mutaxassisning yozma shaklda berilgan maslahati (tushuntirishi) sud majlisida o‘qib eshittiriladi, tekshiriladi va ishga qo‘shib qo‘yiladi. Og‘zaki maslahat (tushuntirish) bevosita sud majlisining (protsessual harakatning) bayonnomasiga yozib qo‘yiladi.
Maslahatni (tushuntirishni) oydinlashtirish va to‘ldirish maqsadida mutaxassisga savollar berilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur kodeksning 22, 54, 55-moddalari.
87-modda. Guvohning ko‘rsatuvlari
Ishda ishtirok etuvchi shaxsning iltimosnomasi bo‘yicha sud guvohni sud majlisida ko‘rsatuvlar berish uchun chaqirtirishi mumkin.
Guvohni chaqirish haqida iltimosnoma kirituvchi shaxs ish uchun ahamiyatga molik qaysi holatlarni guvoh tasdiqlashi mumkinligini ko‘rsatishi va uning familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyini sudga ma’lum qilishi shart.
Guvoh ish bo‘yicha o‘ziga ma’lum bo‘lgan ma’lumotlar va holatlarni sudga og‘zaki xabar qiladi. Guvoh sudning taklifiga ko‘ra o‘z ko‘rsatuvlarini yozma shaklda bayon qilishi mumkin.
Agar guvoh o‘zi bilgan ma’lumotlarning manbaini ko‘rsatib bera olmasa, u xabar qilgan ma’lumotlar dalil hisoblanmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 50 — 51, 114-moddalari.
88-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan o‘zlariga ma’lum holatlar to‘g‘risidagi tushuntirishlari tekshirilishi va boshqa dalillar bilan birga baholanishi lozim. Ishda ishtirok etuvchi shaxs sudning taklifiga ko‘ra o‘z tushuntirishlarini yozma shaklda bayon etishi mumkin.
Boshqa shaxs o‘z talablarini yoki e’tirozlarini asoslayotgan faktlarning ishda ishtirok etuvchi shaxs tomonidan tan olinishi sud uchun majburiy emas.
Sud tan olingan faktni, agar unda faktni tan olish ishning holatlariga muvofiq ekanligiga, aldash, zo‘rlik ishlatish, qo‘rqitish, chalg‘itish ta’sirida yoki haqiqatni yashirish maqsadida qilinmaganiga shubha tug‘ilmasa, aniqlangan deb hisoblashi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 37 — 43-moddalari.
89-modda. Dalillarni ta’minlash
Zarur dalillarni taqdim etish mumkin bo‘lmay qoladi yoki qiyinlashadi deb hisoblashga asosi bo‘lgan shaxslar ishni o‘z yurituviga qabul qilgan suddan ushbu dalillarni ta’minlash to‘g‘risida iltimos qilishi mumkin.
Dalillarni ta’minlash to‘g‘risidagi arizada ta’minlanishi zarur bo‘lgan dalillar, tasdiqlanishi uchun ushbu dalillar zarur bo‘lgan holatlar, dalillarni ta’minlash to‘g‘risida arizachini iltimosnoma bilan murojaat qilishga undagan sabablar ko‘rsatilishi kerak.
Dalillarni ta’minlash to‘g‘risidagi masala ushbu Kodeksning 95-moddasida nazarda tutilgan tartibda hal etiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 65 — 78-moddalari, 104-moddasining ikkinchi qismi.
90-modda. Sud topshiriqlari
Ishni ko‘rayotgan sud boshqa tuman yoki shahar hududidagi dalillarni olish zarur bo‘lgan taqdirda, tegishli sudga muayyan protsessual harakatlarni bajarishni topshirishga haqli.
Sud topshirig‘i to‘g‘risidagi ajrimda ko‘rilayotgan ishning mazmuni qisqacha bayon qilinadi, aniqlanishi lozim bo‘lgan holatlar, topshiriqni bajaradigan sud to‘plashi kerak bo‘lgan dalillar ko‘rsatiladi.
Sud topshirig‘i to‘g‘risidagi ajrim topshiriq berilgan sud uchun majburiydir va ajrim olingan paytdan e’tiboran o‘n besh kungacha bo‘lgan muddatda bajarilishi kerak.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 91-moddasi.
91-modda. Sud topshirig‘ini bajarish tartibi
Sud topshirig‘i ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar bo‘yicha sud majlisida bajariladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar majlisning vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qilinadi. Biroq, ularning sudga kelmaganligi sud majlisini o‘tkazishga to‘sqinlik qilmaydi.
Sud topshirig‘ining ijrosi to‘g‘risida ajrim chiqarilib, u ishni ko‘rayotgan sudga darhol barcha materiallar bilan birga yuboriladi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, sud topshirig‘ini bajargan sudga tushuntirishlar yoki ko‘rsatuvlar bergan guvohlar ishni ko‘rayotgan sud majlisida o‘zlari ishtirok etgan taqdirda, umumiy tartibda tushuntirishlar va ko‘rsatuvlar beradilar.
8-bob. Ma’muriy sud ishlarini yuritishda dastlabki himoya choralari
92-modda. Dastlabki himoya choralarini ko‘rish asoslari
Oldingi tahrirga qarang.
Ishda ishtirok etuvchi shaxsning arizasiga ko‘ra yoki o‘z tashabbusi bo‘yicha sud, agar:
1) ma’muriy ishni ko‘rish yakuni bo‘yicha chiqariladigan sud hujjati qabul qilinguniga qadar arizachining yoki manfaatlarini ko‘zlab ariza berilgan shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishining aniq xavfi mavjud bo‘lsa;
2) arizachining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini bunday choralarni ko‘rmasdan turib himoya qilish mumkin bo‘lmasa yoki qiyin bo‘lsa, dastlabki himoya choralarini ko‘rishi mumkin.
Ma’muriy organning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining va ular mansabdor shaxslarining qonunchilikka muvofiq bo‘lmagan hamda fuqarolarning yoki yuridik shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) natijasida fuqaroga yoki yuridik shaxsga yetkazilgan zararlarning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi talabni ko‘rib chiqishda sud arizachining arizasiga ko‘ra dastlabki himoya choralarini ko‘rishi shart.
Dastlabki himoya choralarini ko‘rishga ma’muriy sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida yo‘l qo‘yiladi.
(92-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 26-apreldagi O‘RQ-833-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 03/23/833/0236-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 93 — 98-moddalari.
93-modda. Dastlabki himoya choralari
Quyidagilar dastlabki himoya choralari bo‘lishi mumkin:
1) javobgarga muayyan harakatlarni amalga oshirishni taqiqlash;
2) boshqa shaxslarga nizo predmetiga taalluqli bo‘lgan muayyan harakatlarni amalga oshirishni taqiqlash;
3) mol-mulkni realizatsiya qilishni to‘xtatib turish;
4) ma’muriy organning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining nizolashilayotgan hujjati ijrosini to‘liq yoki qisman to‘xtatib turish;
Oldingi tahrirga qarang.
5) javobgarning mol-mulkini yoki pul mablag‘larini xatlash.
(93-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 26-apreldagi O‘RQ-833-sonli Qonuniga asosan 5-band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 03/23/833/0236-son)
Sud tomonidan bir vaqtning o‘zida bir nechta dastlabki himoya choralari ko‘rilishi mumkin.
Dastlabki himoya choralari arz qilingan talabga mos bo‘lishi kerak.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 92, 94 — 98-moddalari.
94-modda. Dastlabki himoya choralarini ko‘rish to‘g‘risidagi ariza
Dastlabki himoya choralarini ko‘rish to‘g‘risidagi ariza sudga ariza (shikoyat) bilan bir vaqtda yoki ish yuritish jarayonida berilishi mumkin.
Dastlabki himoya to‘g‘risidagi arizada quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
1) ariza berilayotgan sudning nomi;
2) taraflarning nomlari (familiyasi, ismi va otasining ismi), joylashgan yeri (pochta manzili) yoki yashash joyi;
3) talab predmeti;
4) dastlabki himoya chorasini ko‘rish zarurligining asoslantirilganligi;
5) arizachi ko‘rishni so‘rayotgan dastlabki himoya chorasining turi;
6) ilova qilinayotgan hujjatlarning ro‘yxati.
Arizada boshqa ma’lumotlar ham ko‘rsatilishi mumkin.
Dastlabki himoya choralarini ko‘rish to‘g‘risidagi ariza arizachi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.
Vakil tomonidan imzolangan arizaga ishonchnoma yoki uning arizani imzolashga bo‘lgan vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjat ilova qilinadi.
Dastlabki himoya choralarini ko‘rish to‘g‘risidagi iltimosnoma arizada (shikoyatda) bayon etilishi mumkin.
Agar dastlabki himoya choralarini ko‘rish to‘g‘risidagi iltimosnoma arizada (shikoyatda) bayon etilsa, mazkur iltimosnomada ushbu modda ikkinchi qismining 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
95-modda. Dastlabki himoya choralarini ko‘rish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish
Ariza (shikoyat) bilan birga berilgan dastlabki himoya choralarini ko‘rish to‘g‘risidagi ariza arizani (shikoyatni) ish yuritishga qabul qilish va ish qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi masalani hal qilish bilan bir vaqtda, ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilmasdan sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Dastlabki himoya choralarini ko‘rish to‘g‘risidagi ariza sud majlisi chog‘ida berilgan taqdirda, u shu majlisda ko‘rib chiqilishi kerak.
Agar dastlabki himoya choralarini ko‘rish to‘g‘risidagi ariza ish yuritish jarayonida berilgan bo‘lsa, u kelib tushganidan keyingi kundan kechiktirmay ko‘rib chiqiladi.
Dastlabki himoya choralarini ko‘rish to‘g‘risidagi arizani ko‘rish natijalari bo‘yicha ajrim chiqarilib, uning ko‘chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi.
Dastlabki himoya choralarini ko‘rish haqidagi yoki dastlabki himoya choralarini ko‘rishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Shikoyat berilishi (protest keltirilishi) ajrimning ijrosini to‘xtatib qo‘ymaydi.
96-modda. Dastlabki himoya choralarining bir turini boshqasi bilan almashtirish
Dastlabki himoya choralarining bir turini boshqasi bilan almashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
Dastlabki himoya choralari turini almashtirish ishni ko‘rayotgan sud tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxsning iltimosnomasiga ko‘ra amalga oshirilishi mumkin.
Dastlabki himoya choralari turini almashtirish to‘g‘risidagi masala sud majlisida hal etiladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qilinadi. Biroq ularning kelmaganligi dastlabki himoya choralari turini almashtirish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
Dastlabki himoya choralari turini almashtirish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ajrim chiqariladi.
Dastlabki himoya choralari turini almashtirish haqidagi yoki almashtirishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Shikoyat berilishi (protest keltirilishi) ajrimning ijrosini to‘xtatib qo‘ymaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 93 — 95, 97, 98-moddalari.
97-modda. Dastlabki himoya choralarini ko‘rish to‘g‘risidagi ajrimni ijro etish
Dastlabki himoya choralarini ko‘rish to‘g‘risidagi ajrim sud hujjatlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda darhol ijro etiladi.
Ko‘rilgan dastlabki himoya choralarini ijro etish majburiyati sud tomonidan zimmasiga yuklatilgan shaxsga dastlabki himoya choralarini ko‘rish to‘g‘risidagi ajrimni ijro etmaganlik uchun ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sud jarimasi solinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 14-bobi, O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuni 5-moddasining birinchi qismining 1-bandi, 221-moddasining ikkinchi qismi, 30-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi.
98-modda. Dastlabki himoya choralarini bekor qilish
Dastlabki himoya choralari ishni ko‘rayotgan sud tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxsning iltimosnomasiga ko‘ra bekor qilinishi mumkin.
Dastlabki himoya choralarini bekor qilish to‘g‘risidagi masala sud majlisida hal qilinadi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar majlisning vaqti va joyi to‘g‘risida ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Biroq ularning kelmaganligi dastlabki himoya choralarini bekor qilish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 124-moddasi.
Dastlabki himoya choralarini bekor qilish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ajrim chiqariladi.
Ajrimning ko‘chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga u chiqarilgan kundan keyingi kundan kechiktirmasdan yuboriladi.
Ariza (shikoyat) qanoatlantirilgan taqdirda, dastlabki himoya choralari sud hujjati amalda ijro etilguniga qadar o‘z kuchini saqlaydi.
Arizani (shikoyatni) qanoatlantirish rad etilgan, ariza (shikoyat) ko‘rmasdan qoldirilgan, ish yuritish tugatilgan hollarda, dastlabki himoya choralari tegishli sud qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar o‘z kuchini saqlaydi. Biroq sud ko‘rsatilgan hujjatlarni qabul qilish bilan bir vaqtda yoki ular qabul qilinganidan keyin dastlabki himoya choralarini bekor qilish haqida ajrim chiqarishi mumkin.
Dastlabki himoya choralarini bekor qilish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
9-bob. Ish yuritishni to‘xtatib turish
99-modda. Sudning ish yuritishni to‘xtatib turish majburiyati
Sud quyidagi hollarda ish yuritishni to‘xtatib turishi shart:
1) mazkur ishni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, fuqarolik ishlari bo‘yicha sud, jinoyat ishlari bo‘yicha sud, ma’muriy sud yoki iqtisodiy sud tomonidan ko‘rilayotgan boshqa ish yoki masala yuzasidan, shuningdek tergov harakatlari olib borilayotgan ish yoki masala yuzasidan qaror qabul qilinguniga qadar ko‘rish mumkin bo‘lmaganda;
2) ishda ishtirok etuvchi shaxs bo‘lgan fuqaro vafot etganda, agar nizoli huquqiy munosabatlar huquqiy vorislikka yo‘l qo‘ysa;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 46-moddasi.
3) ishda ishtirok etuvchi shaxs bo‘lgan fuqaro muomala layoqatini yo‘qotganda.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 30-moddasi.
100-modda. Sudning ish yuritishni to‘xtatib turish huquqi
Sud quyidagi hollarda ish yuritishni to‘xtatib turishga haqli:
1) sud tomonidan ekspertiza tayinlanganda;
2) ishda ishtirok etuvchi shaxs bo‘lgan yuridik shaxs qayta tashkil etilganda;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49-moddasi.
3) arizachi bo‘lgan fuqaro davlat majburiyatini bajarish uchun jalb qilinganda.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 99, 101 — 104-moddalari.
101-modda. Ish yuritishni to‘xtatib turish muddatlari
Ish yuritish:
1) ushbu Kodeks 99-moddasining 1-bandida nazarda tutilgan hollarda — tegishli sudning sud hujjati qonuniy kuchga kirguniga yoki tergov harakatlari tugallanguniga qadar;
2) ushbu Kodeks 99-moddasining 2 va 3-bandlarida va 100-moddasining 2-bandida nazarda tutilgan hollarda — ishda ishtirok etuvchi shaxsning huquqiy vorisi aniqlanguniga, muomalaga layoqatsiz shaxsga vakil tayinlanguniga, yangi tashkil etilgan yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tguniga qadar;
3) ushbu Kodeks 100-moddasining 1-bandida nazarda tutilgan hollarda — sud tomonidan ekspertiza xulosasi olinguniga qadar;
4) ushbu Kodeks 100-moddasining 3-bandida nazarda tutilgan hollarda — ish yuritishni to‘xtatib turish uchun asos bo‘lgan holat bartaraf etilguniga qadar to‘xtatib turiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 99-100, 102 — 104-moddalari.
102-modda. Ish yuritishni to‘xtatib turishning huquqiy oqibatlari
Ish yuritish to‘xtatib turilgan taqdirda, ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda belgilangan yoxud sud tomonidan tayinlangan muddatlarning o‘tishi to‘xtatib turiladi.
Ish yuritish tiklanguniga qadar sud biror-bir protsessual harakatni amalga oshirishga haqli emas, bundan dastlabki himoya choralarini ko‘rishga va dalillarni ta’minlashga qaratilgan harakatlar mustasno.
103-modda. Ish yuritishning tiklanishi
Ish yuritishni to‘xtatib turishga sabab bo‘lgan holatlar bartaraf qilinganidan keyin ish yuritish tiklanadi.
104-modda. Ish yuritishni to‘xtatib turish va uni tiklash tartibi
Ish yuritishni to‘xtatib turish, uni tiklash to‘g‘risida yoki uni tiklashni rad etish haqida sud ajrim chiqaradi.
Ajrimning ko‘chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi.
Ish yuritishni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi, ish yuritishni tiklashni rad etish haqidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 99 — 103-moddalari.
10-bob. Arizani (shikoyatni) ko‘rmasdan qoldirish
105-modda. Arizani (shikoyatni) ko‘rmasdan qoldirish asoslari
Sud quyidagi hollarda arizani (shikoyatni) ko‘rmasdan qoldiradi, agar:
1) fuqarolik ishlari bo‘yicha sud, ma’muriy sud ish yurituvida ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan ish mavjud bo‘lsa;
2) ariza (shikoyat) imzolanmagan bo‘lsa yoki uni imzolash huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan yoxud mansab mavqeyi yoki familiyasi, ism-sharifining bosh harflari ko‘rsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan bo‘lsa;
Oldingi tahrirga qarang.
21) dastlabki eshituv natijasi bo‘yicha arizachi arizani ko‘rmasdan qoldirish haqida arz qilgan bo‘lsa;
(105-modda O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 14-avgustdagi O‘RQ-1165-sonli Qonuniga asosan 21-band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.08.2026-y., 03/26/1165/0841-son)
3) arizachi birinchi sud majlisiga kelmagan va ishni o‘zining ishtirokisiz ko‘rilishi to‘g‘risida arz qilmagan bo‘lsa;
4) arizachining manfaatlarini ko‘zlab prokuror, davlat organi va boshqa shaxs tomonidan arz qilingan talabdan arizachi voz kechgan bo‘lsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 106, 107-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
5) ariza (shikoyat) sud muomalaga layoqatsiz deb topgan shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa.
(105-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 26-apreldagi O‘RQ-833-sonli Qonuniga asosan 5-band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 03/23/833/0236-son)
106-modda. Arizani (shikoyatni) ko‘rmasdan qoldirish tartibi
Arizani (shikoyatni) ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risida sud ajrim chiqaradi.
Sud ajrimida ishda ishtirok etuvchi shaxslar o‘rtasida sud xarajatlarini taqsimlash to‘g‘risidagi, davlat bojini budjetdan qaytarish haqidagi masalalar hal qilinishi mumkin.
Ajrimning ko‘chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi.
Arizani (shikoyatni) ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
107-modda. Arizani (shikoyatni) ko‘rmasdan qoldirish oqibatlari
Arizani (shikoyatni) ko‘rmasdan qoldirish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan holatlar bartaraf etilganidan keyin arizachi sudga ariza (shikoyat) bilan umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli.
11-bob. Ish yuritishni tugatish
108-modda. Ish yuritishni tugatish asoslari
Sud quyidagi hollarda ish yuritishni tugatadi, agar:
Oldingi tahrirga qarang.
1) ish ma’muriy sudga, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga yoki iqtisodiy sudga taalluqli bo‘lmasa;
(108-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 26-apreldagi O‘RQ-833-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 03/23/833/0236-son)
2) sudning ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud bo‘lsa;
3) arizachi bo‘lgan yuridik shaxs tugatilgan bo‘lsa;
4) ishda taraf hisoblangan fuqaroning vafot etganidan so‘ng nizoli huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yo‘l qo‘ymasa;
5) arizachi talabidan voz kechgan va sud uni qabul qilgan bo‘lsa;
6) davlat ro‘yxatidan o‘tishni rad etish yoki bundan bo‘yin tovlash to‘g‘risidagi arizani (shikoyatni) ko‘rilayotganda huquq to‘g‘risida nizo kelib chiqqan bo‘lsa;
7) to‘plangan materiallarning yo‘qotilgan sud ishini yoki ijro ishini yuritishni tiklash uchun yetarli emasligi;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 109, 198-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
8) kelishuv bitimi tuzilgan va u sud tomonidan tasdiqlangan bo‘lsa.
(108-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 26-apreldagi O‘RQ-833-sonli Qonuniga asosan 8-band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 03/23/833/0236-son)
109-modda. Ish yuritishni tugatish tartibi va oqibatlari
Ish yuritishni tugatish to‘g‘risida sud ajrim chiqaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sud ajrimda ish yuritishni tugatish asoslarini ko‘rsatadi, shuningdek sud xarajatlarini taraflar o‘rtasida taqsimlash va qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda davlat bojini budjetdan qaytarish to‘g‘risidagi masalalarni hal qiladi.
(109-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ajrimning ko‘chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi.
Ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Ish yuritish tugatilgan taqdirda, ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan sudga takroran murojaat qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 168-moddasi.
12-bob. Sud xarajatlari
110-modda. Sud xarajatlarining turlari
Sud xarajatlari davlat bojidan va ishni ko‘rish bilan bog‘liq sud chiqimlaridan iborat bo‘ladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 111, 113-moddalari.
111-modda. Davlat boji
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat bojini to‘lash asoslari, miqdori va tartibi, uni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash, to‘lashdan ozod qilish tartibi, davlat bojini qaytarish tartibi qonunda belgilanadi.
(111-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvardagi O‘RQ-600-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.01.2020-y., 03/20/600/0023-son)
112-modda. Davlat bojini qaytarish
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat boji qonunchilikda belgilangan hollarda qaytarilishi lozim.
(112-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Sud hujjatida davlat bojini to‘liq yoki qisman qaytarish uchun asos bo‘ladigan holatlar ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat boji to‘langan, lekin sudga kelib tushmagan yoki ushbu sud qaytargan arizalar (shikoyatlar), apellyatsiya, kassatsiya va taftish shikoyatlariga doir davlat bojlari hamda bojni to‘liq yoki qisman qaytarish nazarda tutiladigan sud hujjatlariga doir sud tomonidan berilgan ma’lumotnomaga asosan qaytariladi.
(112-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-889-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/889/0978-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
113-modda. Sud chiqimlari
Oldingi tahrirga qarang.
Sud chiqimlari sud xabarnomalari va sud hujjatlarini yuborish bilan bog‘liq pochta xarajatlaridan, sud tayinlagan ekspertizani o‘tkazish, guvohni chaqirish, dalillarni joyida ko‘zdan kechirish, sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlardan, shuningdek ishni ko‘rish bilan bog‘liq boshqa xarajatlardan iboratdir.
(113-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-496-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Pochta xarajatlarining summasi sud tomonidan belgilanadi, biroq bu summa bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan bir qismidan oshmasligi kerak va sudning depozit hisobvarag‘iga kiritilishi lozim.
(113-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarning summasi sud tomonidan belgilanadi va ishda ishtirok etuvchi shaxslardan ishni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ushbu Kodeksning 115-moddasiga muvofiq undiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 110, 114 — 115-moddalari.
114-modda. Ekspertlar, mutaxassislar, guvohlar va tarjimonlarga tegishli summalarni to‘lash
Ekspertlar, mutaxassislar, guvohlar va tarjimonlarga sudga kelish bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘lkira, xona ijarasi bo‘yicha xarajatlarning o‘rni qoplanadi va kundalik xarajatlar uchun haq to‘lanadi.
Ekspertlar, mutaxassislar va tarjimonlar sudning topshirig‘i bo‘yicha bajargan ish ularning xizmat vazifalari doirasiga kirmasa, ular bu ish uchun haq oladi.
Ekspertlar, mutaxassislar va guvohlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan summa tegishli iltimosnoma bilan murojaat qilgan ishda ishtirok etuvchi shaxs tomonidan sudning depozit hisobvarag‘iga oldindan o‘tkaziladi. Agar iltimosnoma ikkala tarafga tegishli bo‘lsa, talab qilinadigan summani ular teng bo‘lib o‘tkazadi. Agar ekspertiza sudning tashabbusi bilan tayinlansa, to‘lanishi lozim bo‘lgan summa ekspertga sud tomonidan depozit hisobvarag‘idan to‘lanadi. Bu summalar ishda ishtirok etuvchi shaxslardan ushbu Kodeksning 115-moddasiga muvofiq undirilib, sudning depozit hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. Ekspertlar, mutaxassislar, guvohlar va tarjimonlarga tegishli bo‘lgan summalar ular o‘z vazifalarini bajarganlaridan keyin sud tomonidan to‘lanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
To‘lanishi lozim bo‘lgan summalarni to‘lash tartibi va miqdori qonunchilikda belgilanadi.
(114-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 115-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 282-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonunining 25-moddasi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-oktabrdagi 570-son “Jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘larni hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
115-modda. Sud xarajatlarining taqsimlanishi
Sud xarajatlari ishda ishtirok etuvchi shaxslarning qanoatlantirilgan talablar miqdoriga mutanosib ravishda ularning zimmasiga yuklatiladi.
Hal qiluv qarori o‘z foydasiga chiqarilgan tarafga ish bo‘yicha qilingan barcha sud xarajatlarining o‘rni, garchi boshqa taraf davlat bojini to‘lashdan ozod etilgan bo‘lsa ham ushbu boshqa taraf hisobidan qoplanadi.
Arizachi to‘lashdan belgilangan tartibda ozod qilingan davlat boji, agar javobgar boj to‘lashdan ozod qilinmagan bo‘lsa, qanoatlantirilgan talablar miqdoriga mutanosib ravishda javobgardan respublika budjeti daromadiga undiriladi.
Arizachining talablari u sudga murojaat qilganidan so‘ng javobgar tomonidan ixtiyoriy ravishda qanoatlantirilsa, sud xarajatlari javobgarning zimmasiga yuklatiladi.
Davlat boji to‘lashdan ozod qilingan davlat organlari hamda boshqa shaxslar tomonidan yuridik shaxslar va fuqarolarning manfaatlarini ko‘zlab arz qilingan talablarni qanoatlantirish rad etilgan yoki ular qisman qanoatlantirilgan taqdirda, davlat boji manfaatlari ko‘zlanib ariza taqdim etilgan shaxslardan talablarning qanoatlantirilishi rad etilgan qismiga mutanosib ravishda undiriladi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud xarajatlarini taqsimlash to‘g‘risida kelishib olsa, sud ushbu kelishuvga muvofiq hal qiluv qarorini qabul qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning apellyatsiya, kassatsiya va taftish shikoyati berish bilan bog‘liq holda qilgan sud xarajatlari ushbu moddada bayon etilgan qoidalarga muvofiq taqsimlanadi.
(115-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-889-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/889/0978-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
13-bob. Protsessual muddatlar
116-modda. Protsessual muddatlarni belgilash va hisoblash
Protsessual harakatlar ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi, protsessual muddatlar belgilanmagan hollarda esa ular sud tomonidan tayinlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 67, 85, 90-moddalari.
Protsessual harakatlarni amalga oshirish muddatlari albatta yuz berishi kerak bo‘lgan voqea ko‘rsatilgan aniq kalendar sana bilan yoki vaqtning harakat amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan davri bilan belgilanadi.
Protsessual muddatlar yillar, oylar va kunlar bilan hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yillar, oylar yoki kunlar bilan hisoblanadigan protsessual muddatning o‘tishi kalendar sananing yoki muddatning boshlanishi deb belgilangan voqea yuz bergan kunning ertasidan boshlanadi.
(116-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi O‘RQ-1137-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1137/0396-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 22-iyul)
117-modda. Protsessual muddatlarning tugashi
Yillar bilan hisoblanadigan protsessual muddat belgilangan muddatning oxirgi yilining tegishli oyi va kunida tugaydi.
Oylar bilan hisoblanadigan protsessual muddat belgilangan muddatning oxirgi oyining tegishli kunida tugaydi.
Agar oylar bilan hisoblanadigan protsessual muddatning tugashi tegishli kuni bo‘lmagan oyga to‘g‘ri kelsa, muddat shu oyning oxirgi kunida tugaydi.
Kunlar bilan hisoblanadigan protsessual muddat belgilangan muddatning oxirgi kunida tugaydi.
Protsessual muddatning oxirgi kuni ish kuni bo‘lmagan kunga to‘g‘ri kelgan hollarda, undan keyin keladigan birinchi ish kuni muddatning tugash kuni deb hisoblanadi.
Protsessual harakat belgilangan muddatning oxirgi kuni soat yigirma to‘rtgacha bajarilishi mumkin.
Agar ariza (shikoyat) va boshqa hujjatlar pochtaga topshirilgan, elektron hujjat tarzida yuborilgan, tegishli organga yoxud ularni qabul qilib olish vakolatiga ega bo‘lgan shaxsga protsessual muddatning oxirgi kuni soat yigirma to‘rtga qadar berilgan bo‘lsa, muddat o‘tkazib yuborilgan deb hisoblanmaydi.
Agar protsessual harakat bevosita sudda yoki boshqa tashkilotda amalga oshirilishi kerak bo‘lsa, muddat ushbu sudda yoki tashkilotda ish kuni tugagan yoxud tegishli operatsiyalar tugatilgan soatda tugaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 116, 118 — 121-moddalari.
118-modda. Protsessual muddatlarni o‘tkazib yuborish oqibatlari
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu Kodeks va boshqa qonunlarda belgilangan protsessual muddatlar yoki sud tomonidan tayinlangan muddat o‘tishi bilan protsessual harakatlarni amalga oshirish huquqini yo‘qotadi. Bu holatda protsessual muddatlarning o‘tishi ko‘rsatilgan shaxslarni o‘z zimmalariga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishdan ozod qilmaydi.
Protsessual muddatlar o‘tgandan keyin berilgan arizalar, shikoyatlar va boshqa hujjatlar, agar o‘tkazib yuborilgan muddatlarni tiklash to‘g‘risida iltimosnoma mavjud bo‘lmasa yoxud uni qanoatlantirish rad etilgan bo‘lsa, ularni taqdim etgan shaxslarga qaytariladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 116-117, 119 — 121-moddalari.
119-modda. Protsessual muddatlarni to‘xtatib turish
Ish yuritish to‘xtatib turilishi bilan barcha o‘tib ketmagan protsessual muddatlarning o‘tishi to‘xtatib turiladi. Ish yuritish tiklangan kundan e’tiboran protsessual muddatlarning o‘tishi davom etadi.
120-modda. O‘tkazib yuborilgan protsessual muddatlarni tiklash
Oldingi tahrirga qarang.
Sud ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda belgilangan, o‘tkazib yuborilgan protsessual muddatni, agar u o‘tkazib yuborilish sabablarini uzrli deb topsa, ishda ishtirok etuvchi shaxsning arizasiga ko‘ra tiklashga haqli.
(120-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
O‘tkazib yuborilgan protsessual muddatni tiklash haqida yoki tiklashni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Protsessual muddatni tiklash haqidagi yoki tiklashni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
(120-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-889-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/889/0978-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
121-modda. Sud tomonidan tayinlangan protsessual muddatlarni uzaytirish
Sud tomonidan tayinlangan protsessual muddatlar ishda ishtirok etuvchi shaxsning arizasi bo‘yicha shu sud tomonidan uzaytirilishi mumkin.
Protsessual muddatni uzaytirish haqida yoki uzaytirishni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
14-bob. Sud jarimalari
122-modda. Sud jarimalarini solish
Sud jarimalari ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda sud tomonidan solinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 55-moddasining uchinchi qismi, 68-moddasining sakkizinchi qismi, 123-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sud tomonidan solinadigan sud jarimasining miqdori bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oshmasligi kerak, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ma’muriy organlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa organlar, shuningdek tashkilotlar tomonidan sud hujjati ijro etilmagan taqdirda, ularning mansabdor shaxslariga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha miqdorda sud jarimasi solinadi. Sud hujjati takroran ijro etilmagan taqdirda, dastlabki solingan jarimaning o‘n baravari miqdorida sud jarimasi solinadi.
Kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi sud ajrimi ijro etilmagan taqdirda, ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan miqdorda sud jarimasi solinadi.
(122-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 26-apreldagi O‘RQ-833-sonli Qonuniga asosan ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan almashtirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 03/23/833/0236-son)
Sud tomonidan davlat organlarining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va boshqa organlarning, shuningdek tashkilotlarning mansabdor shaxslariga solingan sud jarimalari ularning shaxsiy mablag‘laridan undiriladi.
Sud jarimalari respublika budjeti daromadiga undiriladi.
123-modda. Sud jarimasi solish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish tartibi
Sud majlisida hozir bo‘lgan shaxsga nisbatan sud jarimasini solish haqidagi masala shu sud majlisida hal etiladi.
Sud majlisida hozir bo‘lmagan shaxsga nisbatan sud jarimasini solish haqidagi masala boshqa sud majlisida hal etiladi. O‘ziga nisbatan sud jarimasi solish to‘g‘risidagi masala ko‘rilayotgan shaxs sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Biroq tegishli tarzda xabardor qilingan shaxsning kelmaganligi sud jarimasi solish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilmaydi.
Sud jarimasi solish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ajrim chiqariladi.
Sud jarimasini solish to‘g‘risidagi ajrimning ko‘chirma nusxasi jarima solingan shaxsga yuboriladi.
Sud jarimasini solish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Sud jarimasini solish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) ajrimning ijrosini to‘xtatib qo‘ymaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 122-moddasi.
15-bob. Sud xabarnomalari va chaqiruvlari
124-modda. Sud xabarnomalari va chaqiruvlarini yuborish tartibi
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida sud ajrimi orqali xabardor qilinadi, ajrim topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki ushbu shaxslarga tilxat olib topshiriladi yoxud xabardor qilinganligi fakti qayd etilishini ta’minlaydigan aloqa vositalaridan foydalangan holda xabardor qilinadi. Ma’muriy sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari sud ajrimi orqali, zarur hollarda esa chaqiruv qog‘ozlari, telegrammalar, fakslar, teletayplar hamda boshqa aloqa vositalari orqali xabardor qilinadi va sudga chaqiriladi.
Sud xabarnomalari va chaqiruvlari ish materiallariga qo‘shib qo‘yiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 49, 125-126-moddalari.
125-modda. Tegishli tarzda xabardor qilish
Agar sud ma’muriy sud ishlarini yuritish ishtirokchisi o‘ziga yuborilgan ajrimning ko‘chirma nusxasini olganligi yoki ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa usulda xabardor qilinganligi to‘g‘risida sud majlisi boshlanguniga qadar ma’lumotlarga ega bo‘lsa, ushbu ishtirokchi tegishli tarzda xabardor qilingan deb hisoblanadi.
Ma’muriy sud ishlarini yuritish ishtirokchisi quyidagi hollarda ham sud tomonidan tegishli tarzda xabardor qilingan deb hisoblanadi, agar:
ajrim yo‘llangan shaxs ajrimning ko‘chirma nusxasini olishni rad etgan va ushbu rad etish qayd etilgan bo‘lsa;
sud tomonidan yuridik shaxsning sudga ma’lum bo‘lgan oxirgi joylashgan yeri (pochta manzili), fuqaroning yashash joyi bo‘yicha yuborilgan ajrimning ko‘chirma nusxasi oluvchi ko‘rsatilgan manzilda yo‘qligi sababli topshirilmagan va bu haqda aloqa muassasasi sudni xabardor qilgan bo‘lsa;
ajrimning ko‘chirma nusxasi sud tomonidan elektron pochta orqali yoki xabardor qilinganlik faktini tasdiqlovchi boshqa aloqa vositalaridan foydalangan holda yuborilgan kundan e’tiboran uch kun o‘tgan bo‘lsa.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 124, 126-moddalari.
126-modda. Ma’muriy ish yuritish vaqtida manzilning o‘zgarishi
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish yuritish vaqtida o‘z manzili o‘zgarganligi haqida sudga xabar berishi shart. Bunday xabar mavjud bo‘lmagan taqdirda, ajrimning ko‘chirma nusxasi sudga ma’lum bo‘lgan oxirgi manzilga yuborilib, garchi oluvchi shu manzilda bo‘lmasa ham yoki yashamasa ham u yetkazib berilgan deb hisoblanadi.
Agar ishda ishtirok etuvchi shaxslar o‘z telefon va faks raqamlarini, elektron manzilini sudga ma’lum qilgan bo‘lsa, ularning ish yuritish vaqtida o‘zgarganligi to‘g‘risida sudni yozma shaklda, shu jumladan elektron hujjat tarzida xabardor qilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
151-bob. Kelishuv bitimi
1261-modda. Taraflarning kelishuvi
Taraflar ma’muriy sud ishlarini yuritishning barcha bosqichlarida va sud hujjatini ijro etish jarayonida nizoni kelishuv bitimini tuzgan holda to‘liq hajmda yoki qisman hal etishi mumkin.
Taraflarning kelishuvi ixtiyoriylik, hamkorlik va teng huquqlilik prinsiplari asosida amalga oshiriladi.
Taraflarning kelishuviga faqat javobgarda ma’muriy ixtiyoriylik (diskretsion vakolat) mavjud bo‘lganda yo‘l qo‘yiladi.
Taraflarning kelishuvi faqat ularning nizoli ommaviy huquqiy munosabatlar subyekti sifatidagi huquq va majburiyatlariga taalluqli bo‘lishi hamda taraflarning o‘zaro yon berishiga yo‘l qo‘yilgan taqdirda amalga oshirilishi mumkin.
Kelishuv bitimi sud tomonidan tasdiqlanganidan keyin tuzilgan deb hisoblanadi.
Ushbu Kodeks 27-moddasi birinchi qismining 1, 3, 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan ishlar bo‘yicha, shuningdek uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan shartlarni nazarda tutadigan ishlar bo‘yicha kelishuv bitimining tuzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
1262-modda. Kelishuv bitimining shakli va mazmuni
Kelishuv bitimi yozma shaklda tuziladi va uni tuzgan shaxslar tomonidan imzolanadi.
Kelishuv bitimi albatta ijro etilishga oid talablarga javob berishi hamda unda majburiyatlarni bajarishning taraflar tomonidan kelishilgan shartlari, tartibi va muddatlari haqidagi qoidalar, shuningdek sud xarajatlarini taqsimlash to‘g‘risidagi shartlar va qonunga zid bo‘lmagan boshqa shartlar ko‘rsatilishi kerak.
Taraflar tomonidan kelishuv bitimi shartlari bo‘yicha qabul qilingan majburiyatlarning bajarilishi taraflarni bir-biriga yoki boshqa voqealarga (harakatlarga) bog‘liq qilib qo‘yishi mumkin emas.
Kelishuv bitimi sud xarajatlarini taqsimlash to‘g‘risidagi masalaga nisbatan ham tuzilishi mumkin.
Agar kelishuv bitimida sud xarajatlarini taqsimlash to‘g‘risidagi shart mavjud bo‘lmasa, sud bu masalani kelishuv bitimini tasdiqlash chog‘ida, ushbu Kodeksda belgilangan umumiy tartibda hal etadi.
Kelishuv bitimi uni tuzgan shaxslar sonidan bitta nusxa ortiq bo‘lgan nusxalarda tuziladi va imzolanadi. Ushbu nusxalardan biri ish materiallariga qo‘shib qo‘yiladi.
1263-modda. Kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish
Kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala ish qaysi sudning ish yurituvida bo‘lsa, o‘sha sud tomonidan, sud majlisida taraflar albatta ishtirok etgan holda ko‘rib chiqiladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi.
Kelishuv bitimini tuzgan, sud majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan shaxslar sud majlisiga kelmagan taqdirda, kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala sud tomonidan ko‘rib chiqilmaydi.
Kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishda bitimning qonun talablariga muvofiqligini hamda uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldorligini aniqlash uchun sud ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan taqdim etilgan ishning haqiqiy holatlarini, vajlar va dalillarni tekshiradi, ularga baho beradi.
Sud kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risida ajrim chiqaradi, unda ish yuritish to‘liq yoki qisman tugatilganligi ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Kelishuv bitimi apellyatsiya yoki kassatsiya, taftish instansiyasi sudi tomonidan tasdiqlangan taqdirda, ajrim chiqarilib, ish bo‘yicha ilgari qabul qilingan barcha sud hujjatlari ushbu ajrim bilan bekor qilinadi va ish yuritish tugatiladi. Kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalani apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish instansiyasi sudi tomonidan ko‘rib chiqishda tegishli sud hujjatining qonuniyligi va asosliligi tekshirilmaydi.
(1263-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-889-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/889/0978-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Kelishuv bitimi sud hujjatini ijro etish bosqichida tuzilgan taqdirda, bitim ishni ko‘rgan birinchi instansiya sudiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.
Ijro bosqichida tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala bitim sudga taqdim etilgan kundan e’tiboran o‘n besh kunlik muddatda, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha ko‘rib chiqiladi.
Sud kelishuv bitimini qisman tasdiqlashga, o‘zgartirishga yoki undan taraflar tomonidan kelishilgan biron-bir shartni chiqarib tashlashga haqli emas. Sud ushbu bitimdan qonunga zid bo‘lgan yoki uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan ayrim shartlarni chiqarib tashlashni taraflarga taklif qilishga haqli.
1264-modda. Kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi sud ajrimi
Kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi sud ajrimida ushbu Kodeksning 169-moddasida nazarda tutilganidan tashqari quyidagilar ham ko‘rsatilishi kerak:
1) kelishuv bitimining shartlari;
2) kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi xulosa;
3) sud xarajatlarining taqsimlanishi;
4) ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Apellyatsiya yoki kassatsiya, taftish instansiyasi sudining kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi ajrimida ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ma’lumotlardan tashqari ish bo‘yicha avval qabul qilingan barcha sud hujjatlarini bekor qilish haqidagi ko‘rsatma bo‘lishi kerak.
(1264-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-889-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/889/0978-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)s
Sud hujjatini ijro etish bosqichida tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi sud ajrimida kelishuv bitimining shartlari va kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi xulosa, shuningdek sud hujjatining ijro etilmasligi haqidagi shartlar ko‘rsatilishi kerak.
Kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi sud hujjatlari ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
Kelishuv bitimini tuzgan shaxslar uni ushbu bitimda nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda ixtiyoriy ravishda bajaradi.
Sud tomonidan tasdiqlangan kelishuv bitimi ushbu bitimda nazarda tutilgan muddatlarda ixtiyoriy ravishda bajarilmagan taqdirda, bitim ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalarga ko‘ra bajarilishi lozim.
1265-modda. Kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etish
Sud kelishuv bitimini tasdiqlashni quyidagi hollarda rad etadi, agar:
1) uning shartlari qonunchilikka zid bo‘lsa;
2) uning shartlari uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lsa;
3) uning shartlari ko‘rib chiqilayotgan nizo (ish) predmeti bilan bog‘liq bo‘lmasa;
4) javobgarda ma’muriy ixtiyoriylik (diskretsion vakolat) mavjud bo‘lmasa;
5) bitim shart asosida tuzilgan bo‘lsa.
Kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqariladi. Bunda sud muhokamasi umumiy tartibda o‘tkaziladi.
Kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
(151-bob O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 26-apreldagi O‘RQ-833-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 03/23/833/0236-son)
II BO‘LIM. BIRINCHI INSTANSIYA SUDIDA ISH YURITISH
16-bob. Ish qo‘zg‘atish
127-modda. Ish qo‘zg‘atish asoslari
Sud:
1) manfaatdor shaxslarning;
2) prokurorning;
3) davlat organlari va boshqa shaxslar yuridik shaxslar va fuqarolarning huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish maqsadida qonun bo‘yicha sudga murojaat qilish huquqiga ega bo‘lgan hollarda, shu davlat organlarining va boshqa shaxslarning arizalari bo‘yicha ish qo‘zg‘atadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 4-5, 38, 46-47-moddalari.
128-modda. Arizaning (shikoyatning) shakli va mazmuni
Ariza (shikoyat) sudga yozma shaklda beriladi. U arizachi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.
Arizada (shikoyatda) quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
1) ariza (shikoyat) berilayotgan sudning nomi;
2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomi (familiyasi, ismi va otasining ismi), joylashgan yeri (pochta manzili) yoki yashash joyi;
3) arz qilingan talablarga asos bo‘lgan holatlar (agar ular mavjud bo‘lsa);
4) arz qilingan talablarning asoslarini tasdiqlovchi dalillar;
Oldingi tahrirga qarang.
5) arizachining qonunchilikka asoslab keltirgan talablari, talab bir nechta javobgarga nisbatan taqdim etilganda esa ularning har biriga nisbatan talablar;
(128-modda ikkinchi qismining 5-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
6) ilova qilinayotgan hujjatlarning ro‘yxati.
Arizada (shikoyatda) arizachining yoki uning vakilining telefonlari, fakslari raqamlari, elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin.
Arizada (shikoyatda), agar nizoni to‘g‘ri hal qilish uchun zarur bo‘lsa, boshqa ma’lumotlar, shuningdek arizachidagi mavjud bo‘lgan iltimosnomalar ko‘rsatiladi.
Arizachi o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir nechta talabni, agar ular ma’muriy sudga taalluqli bo‘lsa, bitta arizaga (shikoyatga) birlashtirishga haqli.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 127, 129 — 138-moddalari.
129-modda. Arizaning (shikoyatning) va unga ilova qilinadigan hujjatlarning ko‘chirma nusxalarini yuborish
Arizachi ariza (shikoyat) berayotganda javobgarga va uchinchi shaxslarga arizaning (shikoyatning) va unga ilova qilingan, ularda bo‘lmagan hujjatlarning ko‘chirma nusxalarini yuborishi shart.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 127-128, 130-moddalari.
130-modda. Arizaga (shikoyatga) ilova qilinadigan hujjatlar
Arizaga (shikoyatga) quyidagilarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi:
1) belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji to‘langanligini, agar bu ushbu toifadagi ishlar uchun qonunda nazarda tutilgan bo‘lsa;
Oldingi tahrirga qarang.
11) belgilangan tartibda va miqdorda pochta xarajatlari to‘langanligini;
(130-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-496-sonli Qonuniga asosan 11-band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-son)
2) arizaning (shikoyatning) va unga ilova qilingan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari javobgarga hamda uchinchi shaxslarga yuborilganligini;
3) arz qilingan talablarga asos bo‘lgan holatlarni;
4) arizani (shikoyatni) imzolash vakolatini, agar u vakil tomonidan imzolangan bo‘lsa.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 127 — 129, 131 — 134-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Eksterritorial sudlovga tegishlilik tanlanganida arizaga (shikoyatga) arizachining shu mazmundagi iltimosnomasi ham ilova qilinadi.
(130-modda O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 14-avgustdagi O‘RQ-1165-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qismi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.08.2026-y., 03/26/1165/0841-son)
131-modda. Arizani (shikoyatni) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi masalani hal etish tartibi va muddatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, sudya arizani (shikoyatni) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi, qabul qilishni rad etish, qaytarish yoki sudga taalluqliligiga ko‘ra boshqa sudga o‘tkazish haqidagi masalani ariza (shikoyat) sudga kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay yakka tartibda hal qiladi.
Arizani (shikoyatni) ish yuritishga qabul qilish haqida, qabul qilishni rad etish, qaytarish yoki sudga taalluqliligiga ko‘ra boshqa sudga o‘tkazish to‘g‘risida ajrim chiqariladi, ajrimning ko‘chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ajrim chiqarilgandan keyingi kundan kechiktirmay yuboriladi.
Sudga taalluqliligiga ko‘ra fuqarolik ishlari bo‘yicha suddan yoki iqtisodiy suddan ariza (shikoyat) yoki ish materiallari kelib tushganda sudya ariza (shikoyat) ushbu Kodeksning 128, 129 va 130-moddalarida ko‘rsatilgan talablarga muvofiq emasligini aniqlagach, ariza (shikoyat) sudga kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay arizachini kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi haqida xabardor qiladi va unga buning uchun o‘n kundan oshmaydigan muddat beradi.
(131-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 26-apreldagi O‘RQ-833-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 03/23/833/0236-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 127 — 130, 132 — 134-moddalari.
132-modda. Arizani (shikoyatni) ish yuritishga qabul qilish va ish qo‘zg‘atish
Sudya ushbu Kodeksda nazarda tutilgan talablarga rioya etgan holda berilgan arizani (shikoyatni) ish yuritishga qabul qilishi va ish qo‘zg‘atishi shart.
Sudya ushbu Kodeks 130-moddasi birinchi qismining 1 va 3-bandlarida nazarda tutilgan talablarni buzgan holda berilgan arizani, agar arizaga davlat bojini to‘lashni kechiktirish, bo‘lib-bo‘lib to‘lash to‘g‘risidagi yoki arizachida mavjud bo‘lmagan dalillarni talab qilib olish haqidagi iltimosnomalar ilova qilingan hamda bu iltimosnomalar qanoatlantirilgan bo‘lsa, ish yuritishga qabul qilishga va ish qo‘zg‘atishga haqli.
Sudyaning ushbu Kodeks 130-moddasi birinchi qismining 1 va 3-bandlarida nazarda tutilgan talablarni buzgan holda berilgan arizani ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi iltimosnomani qanoatlantirish haqidagi xulosasi arizani ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimda asoslantirilgan bo‘lishi kerak.
133-modda. Arizani (shikoyatni) ish yuritishga qabul qilishni rad etish
Sudya arizani (shikoyatni) ish yuritishga qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar:
Oldingi tahrirga qarang.
1) ish ma’muriy sudga, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga yoki iqtisodiy sudga taalluqli bo‘lmasa;
2) ma’muriy sudning ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan qabul qilingan, qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yoki ish yuritishni tugatish haqidagi ajrimi yoxud kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi ajrimi mavjud bo‘lsa;
(133-modda birinchi qismining 1 va 2-bandlari O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 26-apreldagi O‘RQ-833-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 03/23/833/0236-son)
3) sudning ish yuritishida ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan ish mavjud bo‘lsa.
Arizani (shikoyatni) qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Ajrim bekor qilingan taqdirda, ariza (shikoyat) sudga dastlabki murojaat qilingan kunda berilgan deb hisoblanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 127 — 132, 134-moddalari.
134-modda. Arizani (shikoyatni) qaytarish
Sudya arizani (shikoyatni) va unga ilova qilingan hujjatlarni quyidagi hollarda qaytaradi, agar:
1) arizaning (shikoyatning) ushbu Kodeksning 128-moddasida belgilangan shakli va mazmuniga rioya qilinmagan bo‘lsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 128-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
11) arizachi sudyaning ushbu Kodeks 131-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan ko‘rsatmasini belgilangan muddatda bajarmagan bo‘lsa;
(134-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 26-apreldagi O‘RQ-833-sonli Qonuniga asosan 11-band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 03/23/833/0236-son)
2) o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir nechta talab birlashtirilgan bo‘lib, ularning ayrimlari ma’muriy sudga, boshqalari esa fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga yoki iqtisodiy sudga taalluqli bo‘lsa;
3) ariza (shikoyat) imzolanmagan bo‘lsa yoki uni imzolash huquqiga ega bo‘lmagan shaxs yoxud mansab mavqeyi yoki familiyasi, ism-sharifining bosh harflari ko‘rsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan bo‘lsa;
4) ish mazkur sudning sudloviga tegishli bo‘lmasa;
5) javobgar va uchinchi shaxslarga arizaning (shikoyatning) va unga ilova qilingan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari yuborilganligini tasdiqlovchi dalillar taqdim etilmagan bo‘lsa;
6) davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda hamda miqdorda to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmagan bo‘lsa, davlat boji to‘lashni kechiktirish, bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinligi qonunda nazarda tutilgan hollarda esa bu haqda iltimosnoma mavjud bo‘lmasa yoxud iltimosnoma rad etilgan bo‘lsa;
7) bitta arizada (shikoyatda) bir yoki bir nechta javobgarga nisbatan o‘zaro bog‘lanmagan bir nechta talab birlashtirilgan bo‘lsa;
8) arizani (shikoyatni) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risida ajrim chiqarilguniga qadar arizani (shikoyatni) qaytarib olish to‘g‘risida arizachidan ariza kelib tushgan bo‘lsa;
Oldingi tahrirga qarang.
9) ariza (shikoyat) sud muomalaga layoqatsiz deb topgan shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa.
(134-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 26-apreldagi O‘RQ-833-sonli Qonuniga asosan 9-band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 03/23/833/0236-son)
Arizani (shikoyatni) qaytarish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Ajrim bekor qilingan taqdirda, ariza (shikoyat) sudga dastlabki murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi.
Arizaning (shikoyatning) qaytarilishi yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bartaraf etilgandan keyin sudga takroran umumiy tartibda murojaat etishga to‘sqinlik qilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 127 — 133-moddalari.
135-modda. Ariza (shikoyat) yuzasidan yozma fikr
Ishda ishtirok etuvchi shaxs ariza (shikoyat) yuzasidan arz qilingan talabga qarshi e’tirozlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan yozma fikrini ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yozma fikrning hamda ularda mavjud bo‘lmagan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari yuborilganligini tasdiqlovchi dalillarni ish ko‘riladigan kungacha yetib borishini ta’minlaydigan muddatda sudga yuborishga haqli.
Ariza (shikoyat) yuzasidan yozma fikrda ishda ishtirok etuvchi shaxsning yoki uning vakilining turgan joyi (pochta manzili), telefonlari, fakslari raqamlari, elektron pochta manzili (agar ular mavjud bo‘lsa) ko‘rsatiladi.
Ariza (shikoyat) bo‘yicha yozma fikr ishda ishtirok etuvchi shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan yozma fikrga uning ish yuritishga doir vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.
136-modda. Ariza (shikoyat)ning asosini yoki predmetini o‘zgartirish, ariza (shikoyat)dan voz kechish
Arizachi ishni birinchi instansiya sudida ko‘rish chog‘ida ishning mazmunan ko‘rilishi yakuni bo‘yicha chiqariladigan sud hujjati qabul qilinguniga qadar ariza (shikoyat)ning asosini yoki predmetini o‘zgartirishga haqli.
Arizachi ishni har qanday instansiya sudida ko‘rishda ishni ko‘rish yakuni bo‘yicha chiqariladigan sud hujjati qabul qilinguniga qadar ariza (shikoyat)dan to‘liq yoki qisman voz kechishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Sud ariza (shikoyat)ning asosi va predmeti bir vaqtda o‘zgartirilishini qabul qilmaydi. Sud, shuningdek ariza (shikoyat)dan voz kechishni, agar bu qonunchilikka zid bo‘lsa yoki boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzsa, qabul qilmaydi. Bunday hollarda sud ishni mazmunan ko‘radi.
(136-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ariza (shikoyat)ning asosini yoki predmetini o‘zgartirishni, arizachining ariza (shikoyat)dan to‘liq yoki qisman voz kechishini qabul qilish haqida yoxud qabul qilishni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 43, 46-47, 62-moddalari.
137-modda. Ishlarni bitta ish yuritishga birlashtirish
Birinchi instansiya sudi ayni bir shaxslar ishtirok etuvchi bir turdagi bir nechta ishni bitta ish yuritishga birlashtirishga haqli.
Ishlarni birlashtirishga sudning ish ko‘rish yakuni bo‘yicha hujjati qabul qilinguniga qadar yo‘l qo‘yiladi. Ishlar birlashtirilganda ular bo‘yicha ish ko‘rish muddati keyinroq tayinlangan ish bo‘yicha belgilanadi.
Ishlarni bitta ish yuritishga birlashtirish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 127-128, 138-moddalari.
138-modda. Talablarning bir qismini alohida ish yuritishga ajratish
Agar sud talablarni ajratib ko‘rishni maqsadga muvofiq deb topsa, u bir yoki bir nechta birlashtirilgan talabni alohida ish yuritishga ajratishga haqli.
Talablarning bir qismini alohida ish yuritishga ajratishga ishni ko‘rish yakuni bo‘yicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar yoki uni qabul qilish bilan bir vaqtda yo‘l qo‘yiladi.
Talablarning bir qismini alohida ish yuritishga ajratish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
Ajratilgan talab bo‘yicha ish ko‘rish muddati ajrim chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 127-128, 137-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
17-bob. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash va dastlabki eshituv
(17-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 14-avgustdagi O‘RQ-1165-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.08.2026-y., 03/26/1165/0841-son)
139-modda. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash to‘g‘risidagi ajrim
Sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlash to‘g‘risida ajrim chiqaradi, unda o‘zi hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan harakatlar, ushbu harakatlar amalga oshirilishi kerak bo‘lgan muddatlar, sud muhokamasini o‘tkazish vaqti va joyi ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sudyaning ishni sud muhokamasiga tayyorlash bo‘yicha harakatlari arizani (shikoyatni) ish yuritishga qabul qilish va ish qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi ajrimda bayon etilishi mumkin, bundan dastlabki eshituv o‘tkaziladigan hollar mustasno.
(139-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 14-avgustdagi O‘RQ-1165-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.08.2026-y., 03/26/1165/0841-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 12-13, 49, 140-moddalari.
140-modda. Sudyaning ishni sud muhokamasiga tayyorlash bo‘yicha harakatlari
Sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlash chog‘ida quyidagi harakatlarni ariza (shikoyat) kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay amalga oshiradi:
1) ishda ishtirok etish uchun boshqa javobgarni yoki uchinchi shaxsni jalb etish masalasini ko‘rib chiqadi;
2) manfaatdor shaxslarni ishni yuritish to‘g‘risida xabardor qiladi;
3) ishda ishtirok etuvchi shaxslarni ularning videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etishga bo‘lgan huquqlari haqida xabardor qiladi;
4) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga, boshqa tashkilotlarga, ularning mansabdor shaxslariga muayyan harakatlarni amalga oshirishni, shu jumladan nizoni hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim etishni taklif etadi;
5) guvohlarni chaqirtiradi;
6) ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqadi;
7) taraflarga zarur dalillarni olishga ko‘maklashadi, taraflarning iltimosnomasi bo‘yicha ularni talab qilib oladi;
8) taraflarning iltimosnomasi bo‘yicha dastlabki himoya choralarini ko‘rish va dalillarni ta’minlash to‘g‘risidagi masalalarni hal etadi;
9) boshqa shaxslarning ishga kirishishi, ishlarni bitta ish yuritishga birlashtirish yoki arz qilingan talablarini alohida ish yuritishga ajratish, sayyor sud majlisini o‘tkazish to‘g‘risidagi masalalarni ko‘rib chiqadi;
Oldingi tahrirga qarang.
10) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning protsessual huquqlari va majburiyatlarini tushuntiradi;
11) taraflarni kelishtirish choralarini ko‘radi.
(140-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 26-apreldagi O‘RQ-833-sonli Qonuniga asosan 10 va 11-bandlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 03/23/833/0236-son)
Sudya ishning to‘g‘ri va o‘z vaqtida hal etilishini ta’minlashga qaratilgan boshqa harakatlarni ham amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Dastlabki eshituv o‘tkazilgan hollarda ishni sud muhokamasiga tayyorlash muddati yigirma kundan oshmasligi kerak.
(140-modda O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 14-avgustdagi O‘RQ-1165-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qismi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.08.2026-y., 03/26/1165/0841-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1401-modda. Dastlabki eshituv
Ma’muriy organlarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining qonunchilikka mos kelmaydigan hamda fuqarolar yoki yuridik shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ishni sud muhokamasiga tayyorlash jarayonida dastlabki eshituv o‘tkaziladi.
Sudya dastlabki eshituvni ariza sudga kelib tushgan kundan e’tiboran yigirma kundan kechiktirmay o‘tkazadi, ushbu muddat sud muhokamasi uchun belgilangan muddatga kiritilmaydi.
Dastlabki eshituvni o‘tkazish chog‘ida sudya:
1) arizachining talablarini va javobgarning e’tirozlarini aniqlashtiradi;
2) arizadagi kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘radi;
3) talablarni isbotlash uchun arizachiga zarur dalillarni hamda javobgarga fikrini yozma ravishda taqdim etish bo‘yicha tushuntirishlar beradi;
4) arizadagi talablarga va ishdagi dalillarga dastlabki huquqiy baho (ishga daxldor bo‘lmagan taraflarni almashtirish, qo‘shimcha javobgarni jalb qilish va boshqalar) beradi. Bunda ko‘rilayotgan ishning mazmunan hal etilishi bo‘yicha yakuniy fikr bildirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Dastlabki eshituv bo‘yicha majlisning vaqti va joyi to‘g‘risida taraflar buyurtma xat orqali yoki xabardor qilinganligi fakti qayd etilishini ta’minlaydigan aloqa vositalaridan foydalangan holda xabardor qilinadi.
Dastlabki eshituv bo‘yicha majlis o‘tkazilganligi to‘g‘risida bayonnoma tuzilib, unda quyidagilar ko‘rsatiladi: majlis o‘tkazilgan sana va joy; ishni yuritayotgan sudning nomi; sudyaning va majlis kotibining (sudya yordamchisining yoki katta yordamchisining) familiyasi hamda ismi-sharifining bosh harflari; taraflar va ularga protsessual huquq va majburiyatlari tushuntirilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; taraflar tomonidan berilgan tushuntirishlar.
Taraflar kelmagan taqdirda, sudya ushbu Kodeksning 140-moddasida ko‘rsatilgan harakatlarni amalga oshiradi. Bunday holda dastlabki eshituv bo‘yicha bayonnoma tuzilmaydi.
Dastlabki eshituv natijasiga ko‘ra arizani ko‘rmasdan qoldirish yoki kelishuv bitimini tasdiqlash yoxud ish bo‘yicha sud muhokamasini tayinlash to‘g‘risida ajrim chiqariladi”;
(1401-modda O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 14-avgustdagi O‘RQ-1165-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.08.2026-y., 03/26/1165/0841-son)
18-bob. Sud muhokamasi
141-modda. Sud muhokamasining muddatlari
Agar ushbu Kodeksda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, sud muhokamasi ishni sud muhokamasiga tayyorlash to‘g‘risidagi ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran bir oydan oshmagan muddatda tugallanishi kerak.
Alohida hollarda, sud muhokamasining muddati sud raisi tomonidan bir oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 116 — 121, 142 — 153-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
142-modda. Saylov komissiyalarining, referendum o‘tkazuvchi komissiyalarning xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyatlarni ko‘rib chiqish muddati va tartibi
(142-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 5-fevraldagi O‘RQ-1117-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.02.2026-y., 03/26/1117/0116-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Saylov komissiyasining, referendum o‘tkazuvchi komissiyaning xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyat berilgan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay sud tomonidan ko‘rib chiqilishi, agar saylovga yoki referendumga olti kundan kam vaqt qolgan bo‘lsa, darhol ko‘rib chiqilishi lozim.
(142-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 5-fevraldagi O‘RQ-1117-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.02.2026-y., 03/26/1117/0116-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Shikoyat sud tomonidan arizachini va tegishli saylov komissiyasining vakilini yoki referendum o‘tkazuvchi komissiyaning vakilini, shuningdek, prokurorni, agar shikoyat arizachiga emas, balki boshqa fuqaroga daxldor bo‘lsa, o‘sha shaxsni ham chaqirgan holda ko‘rib chiqiladi. Bu shaxslarning kelmasligi ishni ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilmaydi.
(142-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 5-fevraldagi O‘RQ-1117-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.02.2026-y., 03/26/1117/0116-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Sudning hal qiluv qarori chiqarilishi bilanoq darhol tegishli saylov komissiyasiga, referendum o‘tkazuvchi komissiyaga va arizachiga topshiriladi.
(142-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 5-fevraldagi O‘RQ-1117-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.02.2026-y., 03/26/1117/0116-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 101-102-moddalari.
143-modda. Sud majlisi
Ish muhokamasi sud majlisida amalga oshiriladi. Sudning majlisi videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilishi mumkin.
Sud tashabbusiga ko‘ra yoki ma’muriy sud ishlarini yuritish ishtirokchilarining iltimosnomasiga ko‘ra sud majlisining audio- yoki videoyozuvi amalga oshirilishi mumkin.
Majlisda raislik qiluvchi sudya:
1) sud majlisini ochadi va qanday ish ko‘rilishini e’lon qiladi;
2) ma’muriy sud ishlarini yuritish ishtirokchilari majlisga kelgan-kelmaganligini, ularning vakolatlarini, majlisga kelmagan shaxslar tegishli ravishda xabardor qilingan-qilinmaganligini hamda ularning kelmaganligi sabablari to‘g‘risida qanday ma’lumotlar borligini tekshiradi;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 58 — 63, 124-125-moddalari.
3) sud tarkibini e’lon qiladi, prokuror, ekspert, mutaxassis, sud majlisi kotibi, tarjimon sifatida kimlar ishtirok etayotganligini ma’lum qiladi hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning rad qilish huquqini tushuntiradi;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 21 — 25-moddalari.
4) kelgan guvohlarni so‘roq qilish boshlanguniga qadar ularni majlis zalidan chiqarib yuboradi;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 50-51-moddalari.
5) sud protsessi ishtirokchilariga ularning protsessual huquqlari va majburiyatlarini tushuntiradi;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 38-39-moddalari.
6) tarjimonni bila turib noto‘g‘ri tarjima qilganlik uchun, ekspertni bila turib noto‘g‘ri xulosa berganlik uchun, guvohni bila turib yolg‘on ko‘rsatuv berganlik uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risida ogohlantiradi;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 51, 53, 55 va 57-moddalari.
7) dalillarni tekshirish tartibini belgilaydi;
8) ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar aniqlanishini ta’minlab, majlisga rahbarlik qiladi;
9) majlisda tegishli tartibni ta’minlash choralarini ko‘radi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ma’muriy sud ishlarini yuritish ishtirokchilari va sud majlisi zalida hozir bo‘lganlar yozma qaydlar qilish, stenogramma yuritish va ovoz yozib olish huquqiga ega. Sud majlisining fototasviriga, videoyozuviga, shuningdek radio va televideniye orqali translyatsiya qilinishiga ishni ko‘rayotgan sudning ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi.
(143-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi O‘RQ-536-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ishni yopiq sud majlisida muhokama qilish to‘g‘risida ajrim chiqarilganda yopiq sud majlisida ishtirok etayotgan shaxslar sud muhokamasi ma’lumotlarini hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilmaslik to‘g‘risida ogohlantirilib, ulardan tilxat olinadi. Tilxatda mazkur majburiyatni buzganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 239-moddasiga muvofiq javobgarlik haqidagi ogohlantirish ham aks ettiriladi.
(143-modda O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-1084-sonli Qonuniga asosan beshinchi qismi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2025-y., 03/25/1084/0874-son)
144-modda. Sudning videokonferensaloqa rejimidagi majlisida ishtirok etish
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar va odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslar videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etishga haqli.
Videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida shaxslarning ishtirok etish huquqi haqida ishni sud muhokamasiga tayyorlash to‘g‘risidagi ajrimda ko‘rsatilib, ajrim ishda ishtirok etuvchi shaxslarga, odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslarga hamda ularning bunday majlisda ishtirok etishiga ko‘maklashadigan tegishli sudga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etishini ta’minlash uchun ko‘rsatilgan shaxslarning yashash joyi, joylashgan yeri yoki turgan joyi bo‘yicha tegishli sudlarning videokonferensaloqa tizimlaridan yoxud ishni ko‘rayotgan sudning mobil videokonferensaloqa tizimidan foydalaniladi.
(144-modda O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 11-martdagi O‘RQ-1047-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2025-y., 03/25/1047/0233-son)
Videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisini o‘tkazishga ko‘maklashadigan sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning va odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslarning vakillari vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnomalar, shuningdek sud majlisida taqdim etilgan dalillar ishni ko‘rayotgan sudga yuborilishini ta’minlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda ishtirok etayotgan guvohlarga, ekspertlarga, mutaxassislarga, tarjimonlarga o‘z huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi tushuntirilganligi audio- va videoyozuv orqali qayd etiladi va bu haqda sud majlisi bayonnomasida ko‘rsatiladi.
(144-modda O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 11-martdagi O‘RQ-1047-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2025-y., 03/25/1047/0233-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning va odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslarning videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etish huquqi birinchi, apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyalari sudlarining sud majlisida amalga oshirilishi mumkin.
(144-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-889-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/889/0978-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
145-modda. Sud majlisidagi tartib
Sudyalar majlis zaliga kirib kelganida va undan chiqib ketayotganida zalda hozir bo‘lganlarning barchasi o‘rinlaridan turadi.
Sud protsessi ishtirokchilari sudga “Hurmatli sud!” degan so‘zlar bilan murojaat qiladi. Ular sudga o‘z tushuntirishlari va ko‘rsatuvlarini, savollarga javoblarini tik turib beradi. Bu qoidadan chetga chiqishga faqat raislik qiluvchining ruxsati bilan yo‘l qo‘yilishi mumkin.
Sud majlisi sudning normal ishlashini va sud protsessi ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlaydigan sharoitlarda o‘tkaziladi. Sud majlisi zalida hozir bo‘lgan hamda sudning ruxsati bilan sud majlisining fototasvirini, videoyozuvini, radio va televideniye orqali translyatsiyasini amalga oshirayotgan shaxslarning harakatlari sud majlisidagi tartibga xalaqit bermasligi kerak. Bu harakatlar sud tomonidan vaqt bo‘yicha cheklanishi mumkin.
Majlis vaqtida tartib buzilgan taqdirda, raislik qiluvchi tartibni buzgan shaxsni sud nomidan ogohlantiradi. Tartib takroran buzilgan taqdirda, mazkur shaxs raislik qiluvchining farmoyishi bilan sud majlisi zalidan chiqarib yuborilishi mumkin.
Sudning hal qiluv qarorini majlis zalida hozir bo‘lganlarning barchasi tik turib eshitadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 141 — 144, 146 — 153-moddalari.
146-modda. Dalillarni tekshirish
Oldingi tahrirga qarang.
Sud muhokamasi davomida sud ish bo‘yicha dalillarni tekshiradi: ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlarini, guvohlarning ko‘rsatuvlarini, ekspertlarning xulosalarini, mutaxassislarning maslahatlarini (tushuntirishlarini) eshitadi, ashyoviy, yozma va raqamli dalillar bilan tanishadi, ashyoviy dalillarni ko‘zdan kechiradi, shuningdek yozma shaklda taqdim etilgan tushuntirishlar, ko‘rsatuvlar va xulosalarni o‘qib eshittiradi.
(146-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi O‘RQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
Audio- va videoyozuvlarni namoyish qilish sud majlisi zalida yoki ushbu maqsad uchun maxsus jihozlangan boshqa xonada amalga oshiriladi. Audio- va videoyozuvlar namoyish qilinganligi fakti sud majlisi bayonnomasida aks ettiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 14, 65 — 78, 79, 86-87, 143, 145, 147-148-moddalari.
147-modda. Sudning ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizalari va iltimosnomalarini hal qilishi
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning yangi dalillarni talab qilib olish to‘g‘risidagi hamda ish muhokamasi bilan bog‘liq boshqa barcha masalalar bo‘yicha arizalari va iltimosnomalari ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning fikrlari sud tomonidan eshitib bo‘linganidan keyin hal qilinadi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizalari va iltimosnomalarini ko‘rish natijalari bo‘yicha ajrim chiqariladi.
Sudning ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizalari va iltimosnomalarini qanoatlantirish to‘g‘risidagi yoki qanoatlantirishni rad etish haqidagi xulosalari ishni ko‘rish natijalari bo‘yicha chiqarilgan sud hujjatida bayon qilinishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 143 — 146-moddalari.
148-modda. Ariza (shikoyat) yuzasidan yozma fikr, qo‘shimcha dalillar taqdim etilmaganligi, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxslar sudga kelmaganligi oqibatlari
Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ariza (shikoyat) yuzasidan taqdim etishni taklif qilgan yozma fikr yoki qo‘shimcha dalillar taqdim etilmaganligi ishni mavjud materiallar bo‘yicha ko‘rishga to‘sqinlik qilmaydi.
Ish muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan arizachi sud majlisiga kelmasa, arizachining ishni uning yo‘qligida ko‘rish to‘g‘risidagi arizasi bo‘lgan taqdirda, arz qilingan talab uning yo‘qligida hal qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ish muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan javobgar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar sud majlisiga kelmasa, ish ularning yo‘qligida ko‘rilishi mumkin.
(148-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 30-sentabrdagi O‘RQ-968-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2024-y., 03/24/968/0760-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 143, 145, 147, 149-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
1481-modda. Ma’muriy organ mansabdor shaxsining yoki uning vakilining sudga kelmaganligi oqibatlari
Ma’muriy organning qarori yoki uning mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) ustidan berilgan arizani (shikoyatni) ko‘rishda mansabdor shaxsning yoki uning vakilining sud majlisidagi ishtiroki majburiy hisoblanadi.
Ushbu arizani (shikoyatni) ko‘rishda mansabdor shaxs yoki uning vakili sud majlisida ishtirok etmagan taqdirda sud muhokamasi keyinga qoldiriladi.
Ma’muriy organ mansabdor shaxsining yoki uning vakilining sud muhokamasida ishtirok etmaganligi sud tomonidan uzrli deb topilmagan taqdirda, sud mansabdor shaxsga nisbatan sud jarimasini qo‘llashga haqli.
Ma’muriy organ mansabdor shaxsining yoki uning vakilining ishtiroki ishning har tomonlama, to‘liq va to‘g‘ri hal qilinishiga to‘sqinlik qilmagan taqdirda, ish davlat organi mansabdor shaxsining yoki uning vakilining ishtirokisiz ko‘rib chiqilishi mumkin.
(1481-modda O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 14-avgustdagi O‘RQ-1165-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.08.2026-y., 03/26/1165/0841-son)
149-modda. Sud muhokamasini keyinga qoldirish
Sud quyidagi hollarda sud muhokamasini keyinga qoldirishga haqli:
agar sud majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan ishda ishtirok etuvchi shaxs sud majlisiga kela olmasligi sabablarini asoslagan holda sud muhokamasini keyinga qoldirish to‘g‘risida iltimosnoma bilan murojaat qilgan bo‘lsa va basharti ushbu shaxsning ishtirokisiz ishni ko‘rish mumkin bo‘lmasa;
ishda ishtirok etuvchi shaxsning o‘z vakili sud majlisiga uzrli sababga ko‘ra kela olmaganligi munosabati bilan qilgan iltimosnomasi bo‘yicha;
sud protsessi ishtirokchilaridan birortasi, agar sud ishni uning ishtirokisiz ko‘rish mumkin emas deb hisoblasa, kelmagan taqdirda;
tarafning qo‘shimcha dalillar taqdim etish zarurati bilan bog‘liq holda sud muhokamasini keyinga qoldirish to‘g‘risidagi iltimosnomasi bo‘yicha;
sud majlisi videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilayotganda videokonferensaloqa o‘rnatish imkoni bo‘lmagan taqdirda;
Oldingi tahrirga qarang.
taraf nizoni kelishuv yo‘li bilan hal qilish maqsadida sudga ko‘maklashishni so‘rab murojaat etgan taqdirda, tarafning iltimosnomasiga ko‘ra.
(149-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 26-apreldagi O‘RQ-833-sonli Qonuniga asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 03/23/833/0236-son)
Sud sudning majlisida ishni ko‘rish mumkin bo‘lmagan boshqa hollarda ham sud muhokamasini keyinga qoldirishga haqli.
Sud muhokamasi uni keyinga qoldirishga asos bo‘lib xizmat qilgan holatlarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan muddatga, ushbu Kodeksda sud muhokamasi uchun belgilangan muddat doirasida keyinga qoldirilishi mumkin.
Sud muhokamasini keyinga qoldirish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
Agar sud majlisida taraflar hozir bo‘lsa, sud kelgan guvohlarni sud muhokamasi keyinga qoldirilguniga qadar so‘roq qilishga haqli. Bu guvohlarning ko‘rsatuvlari yangi sud majlisida o‘qib eshittiriladi. Ushbu guvohlarni yangi sud majlisiga takroran chaqirish faqat zarur hollarda amalga oshiriladi.
Ishda ishtirok etuvchi, ammo sud majlisiga kelmagan shaxslar ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda yangi sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qilinadi. Sud majlisiga kelgan ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish materiallariga qo‘shib qo‘yiladigan tilxat orqali xabardor qilinadi.
Sud muhokamasi keyinga qoldirilganidan so‘ng davom ettiriladi.
Zarurat bo‘lganda, ishning muhokamasi u qoldirilganidan keyin boshidan boshlanadi.
150-modda. Sud majlisida tanaffus
Sud ishda ishtirok etuvchi shaxsning iltimosnomasiga yoki o‘z tashabbusiga ko‘ra sud majlisida tanaffus e’lon qilishi mumkin.
Sud majlisida tanaffus uch kundan oshmagan muddatga e’lon qilinishi mumkin. Tanaffus haqida sud majlisi bayonnomasida ko‘rsatiladi.
Tanaffus tugaganidan keyin sud majlisi davom ettiriladi, bu haqda raislik qiluvchi sud majlisida e’lon qiladi. Tanaffusdan oldin tekshirilgan dalillar takroran ko‘rib chiqilmaydi, shu jumladan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning vakillari almashtirilganda ham takroran ko‘rib chiqilmaydi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar tanaffus e’lon qilinguniga qadar sud majlisida hozir bo‘lganligidan yoki bo‘lmaganligidan qat’i nazar sud majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan hisoblanadi hamda ularning tanaffus tugaganidan keyin sud majlisiga kelmaganligi sud majlisini davom ettirishga to‘sqinlik qilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 143, 145, 147, 149-moddalari.
151-modda. Sud muzokaralari
Barcha dalillar tekshirilganidan keyin sud majlisida raislik qiluvchi ishda ishtirok etuvchi shaxslardan ularda ish bo‘yicha qo‘shimcha materiallar bor-yo‘qligini aniqlaydi. Sud bunday materiallar mavjud bo‘lmagan taqdirda, sud muzokaralariga o‘tadi.
Sud muzokaralari ishda ishtirok etuvchi shaxslarning og‘zaki chiqishlaridan iborat bo‘ladi. Muzokaralarda ular ish bo‘yicha o‘z nuqtai nazarini asoslaydi.
Sud muzokaralarida birinchi bo‘lib arizachi, keyin nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxs va javobgar so‘zga chiqadi. Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs ishda qaysi arizachining yoki javobgarning tarafida ishtirok etayotgan bo‘lsa, shu arizachidan yoki javobgardan keyin so‘zga chiqadi.
Boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudga murojaat etgan prokuror, shuningdek davlat organlarining va boshqa shaxslarning vakillari sud muzokaralarida birinchi bo‘lib so‘zga chiqadi.
Sud muzokaralari ishtirokchilari sud tomonidan aniqlanmagan holatlarga va sud majlisida tekshirilmagan yoki sud tomonidan yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan deb tan olingan dalillarga tayanishga haqli emas.
Ishda ishtirok etuvchi prokuror sud muzokaralarida nizoning mazmuniga doir fikrini oxirida bayon etadi, bundan ushbu moddaning to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 143, 145-moddalari.
152-modda. Dalillarni tekshirishni tiklash
Agar sud muzokaralari vaqtida yoki keyin qo‘shimcha holatlarni aniqlash yoki yangi dalillarni tekshirish zarur deb topsa, u dalillarni tekshirishni tiklaydi, bu haqda sud majlisi bayonnomasida ko‘rsatiladi.
Dalillarni qo‘shimcha tekshirish tugaganidan keyin sud muzokaralari ushbu Kodeksda belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 14, 65 — 79, 86-87, 143, 145, 147-148-moddalari.
153-modda. Sud hujjatini qabul qilish uchun sudning alohida xonaga (maslahatxonaga) kirishi
Sud ish bo‘yicha dalillarni tekshirish va sud muzokaralari tugaganidan keyin sud hujjatini qabul qilish uchun alohida xonaga (maslahatxonaga) kiradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 146, 151-moddalari.
19-bob. Sudning hal qiluv qarori
1-§. Hal qiluv qarorini qabul qilishning umumiy qoidalari
154-modda. Hal qiluv qarorini qabul qilish
Sud ishni mazmunan ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha hal qiluv qarorini qabul qiladi.
Sud hal qiluv qarorini O‘zbekiston Respublikasi nomidan qabul qiladi.
Sudning hal qiluv qarori sud muhokamasi tugaganidan keyin qabul qilinadi.
Sudning hal qiluv qarori qonuniy va asoslantirilgan bo‘lishi kerak. U sud majlisida tekshirilgan dalillargagina asoslangan bo‘lishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 13-moddasining beshinchi qismi, 145-moddasining beshinchi qismi, 155 — 158-moddalari.
155-modda. Hal qiluv qarori qabul qilinishining sir tutilishi
Sudning hal qiluv qarori alohida xonada (maslahatxonada) qabul qilinadi.
Ish hay’atda ko‘rib chiqilayotganda hal qiluv qarori sudyalar maslahati sirini saqlash ta’minlanadigan sharoitlarda, sud majlisida ishtirok etayotgan sudyalar tomonidan ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Sud hal qiluv qarorini qabul qilayotgan maslahatxonada faqat ishni ko‘rib chiqayotgan sud tarkibiga kiradigan sudyalar bo‘lishi mumkin. Ushbu xonaga boshqa shaxslarning kirishi, shuningdek sud tarkibiga kirmaydigan shaxslar bilan muloqotda bo‘lishning boshqa usullari taqiqlanadi.
Sudyalar hal qiluv qarorini qabul qilish chog‘idagi muhokama mazmuni to‘g‘risidagi, sud tarkibiga kirgan ayrim sudyalarning nuqtai nazari haqidagi ma’lumotlarni biror-bir shaxsga xabar qilishga, sudyalar maslahati sirini boshqa usulda oshkor qilishga haqli emas.
156-modda. Hal qiluv qarorini qabul qilish chog‘ida hal etiladigan masalalar
Hal qiluv qarorini qabul qilish chog‘ida sud:
1) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning o‘z talablari va e’tirozlarini asoslantirish uchun keltirgan dalillari va e’tirozlariga baho beradi;
2) ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan qaysi holatlar aniqlanganligini va qaysilari aniqlanmaganligini belgilaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
3) ishda ishtirok etuvchi shaxslar asos qilib keltirgan qaysi qonunchilik hujjatlarini ushbu ish bo‘yicha qo‘llash mumkin emasligini hal qiladi;
(156-modda birinchi qismining 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4) ushbu ish bo‘yicha qaysi qonunchilik hujjatlarini qo‘llash zarurligini aniqlaydi;
(156-modda birinchi qismining 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
5) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning qanday huquq va majburiyatlari borligini belgilaydi;
6) talabni qanoatlantirish lozimligini yoki lozim emasligini hal qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Zarur bo‘lgan hollarda, sud dastlabki himoya choralarini saqlab qolish yoki bekor qilish, hal qiluv qarorining ijrosini ta’minlash, hal qiluv qarorini ijro etishning tartibi va muddati, dalillarning keyingi taqdiri; sud xarajatlarini taqsimlash bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa masalalarni ham hal qiladi.
(156-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi O‘RQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
Sud hal qiluv qarorini qabul qilishda dalillarni qo‘shimcha tekshirish yoki ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarni aniqlashni davom ettirishni zarur deb topsa, sud muhokamasini yangidan boshlaydi, bu haqda ajrim chiqaradi. Bunday holda sud muhokamasi faqat qo‘shimcha tekshirish ehtiyoji bo‘lgan holatlar doirasida olib boriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 13-moddasining beshinchi qismi, 145-moddasining beshinchi qismi, 155, 157-moddalari.
157-modda. Hal qiluv qarorini tuzish
Hal qiluv qarori sud majlisida raislik qiluvchi yoki ishni ko‘rayotgan sud tarkibining boshqa sudyalari tomonidan alohida hujjat tarzida yozma shaklda tuziladi.
Hal qiluv qarori sudya tomonidan imzolanadi, ish hay’at tomonidan ko‘rilgan taqdirda esa, hal qiluv qarorini qabul qilishda ishtirok etgan barcha sudyalar, shu jumladan alohida fikrga ega bo‘lgan sudyalar tomonidan imzolanadi.
Hal qiluv qarori bir nusxada tuziladi va ishga qo‘shib qo‘yiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 155-156, 158-moddalari.
158-modda. Hal qiluv qarorining mazmuni
Sudning hal qiluv qarori kirish, bayon, asoslantiruvchi va xulosa qismlaridan iborat bo‘ladi.
Hal qiluv qarorining kirish qismida hal qiluv qarorini qabul qilgan sudning nomi; sud tarkibi, sud majlisi kotibi; ish raqami, hal qiluv qarori qabul qilingan sana va joy; talab predmeti; ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ularning vakillari va sud protsessining boshqa ishtirokchilari ko‘rsatiladi.
Hal qiluv qarorining bayon qismida ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arz qilingan talablari va e’tirozlari, tushuntirishlari, arizalari va iltimosnomalarining qisqacha bayoni bo‘lishi kerak.
Hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida:
ishning sud tomonidan aniqlangan haqiqiy holatlari;
sudning ish holatlari to‘g‘risidagi xulosalari asoslangan dalillar;
sudning u yoki bu dalillarni rad qilganligining, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning vajlarini qabul qilganligining yoki rad etganligining asoslari;
Oldingi tahrirga qarang.
hal qiluv qarorini qabul qilishda sud amal qilgan qonunchilik hujjatlari hamda sud ishda ishtirok etuvchi shaxslar asos qilib keltirgan qonunchilik hujjatlarini qo‘llamaganligining asoslari ko‘rsatilishi kerak.
(158-modda to‘rtinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarorlariga havolalar ko‘rsatilishi mumkin.
Hal qiluv qarorining xulosa qismida arz qilingan talablardan har birini to‘liq yoki qisman qanoatlantirish haqidagi yoki qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risidagi xulosalar bo‘lishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi talab qanoatlantirilgan taqdirda, hal qiluv qarorining xulosa qismida undirilishi lozim bo‘lgan summa ko‘rsatiladi.
(158-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 26-apreldagi O‘RQ-833-sonli Qonuniga asosan yettinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 03/23/833/0236-son)
Agar sud hal qiluv qarorini ijro etish tartibini belgilagan yoki uning ijrosini ta’minlash choralarini qabul qilgan bo‘lsa, bu haqda hal qiluv qarorining xulosa qismida ko‘rsatiladi.
Hal qiluv qarorining xulosa qismida sud xarajatlarini ishda ishtirok etuvchi shaxslar o‘rtasida taqsimlash, hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) muddati va tartibi ko‘rsatiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 155 — 157-moddalari.
2-§. Hal qiluv qarori qabul qilinganidan keyin sudning harakatlari
159-modda. Hal qiluv qarorini o‘qib eshittirish
Sudning hal qiluv qarori sud raislik qiluvchi tomonidan muhokamasi tugallangan sud majlisining o‘zida o‘qib eshittiriladi.
Sud muhokamasi tugallangan sud majlisida qabul qilingan hal qiluv qarorining faqat xulosa qismi o‘qib eshittiriladi.
Hal qiluv qarorining o‘qib eshittiriladigan xulosa qismi hal qiluv qarorini qabul qilishda ishtirok etgan barcha sudyalar tomonidan imzolanishi va ishga qo‘shib qo‘yilishi kerak.
Hal qiluv qarorini to‘liq hajmda tuzish va imzolash besh kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga kechiktirilishi mumkin.
Sud majlisida raislik qiluvchi hal qiluv qarori o‘qib eshittirilganidan keyin ishda ishtirok etuvchi shaxslar asoslantirilgan hal qiluv qarori bilan qachon tanishishlari mumkinligi, uni ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuborish tartibini, shuningdek hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) tartibini tushuntirib beradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 155 — 158-moddalari.
160-modda. Hal qiluv qarorining o‘zgarmasligi
Ish bo‘yicha hal qiluv qarori e’lon qilinganidan so‘ng hal qiluv qarorini qabul qilgan sudning o‘zi uni bekor qilishga yoki o‘zgartirishga haqli emas, bundan qonuniy kuchga kirgan sud hujjatining yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rilishi mustasno.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 155 — 158-moddalari, 159, 161-162-moddalari.
161-modda. Hal qiluv qarorining ko‘chirma nusxalarini yuborish
Sud hal qiluv qarorining ko‘chirma nusxalarini topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma xat orqali ishda ishtirok etuvchi shaxslarga hal qiluv qarori e’lon qilingan kundan e’tiboran besh kun ichida yuboradi yoki tilxat olib topshiradi, ushbu shaxslarning elektron pochta manzillari mavjud bo‘lgan taqdirda esa hal qiluv qarori elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin.
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda va tartibda sud hal qiluv qarorining ko‘chirma nusxalarini boshqa shaxslarga ham yuboradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 155 — 158-moddalari.
162-modda. Qo‘shimcha hal qiluv qarori
Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud quyidagi hollarda qo‘shimcha hal qiluv qarorini qabul qiladi, agar:
1) ishda ishtirok etuvchi shaxslar dalillar taqdim etgan biror-bir talab bo‘yicha hal qiluv qarori qabul qilinmagan bo‘lsa;
2) sud huquq to‘g‘risidagi masalani hal qilib, javobgar amalga oshirishi shart bo‘lgan harakatlarni ko‘rsatmagan bo‘lsa;
3) sud xarajatlari to‘g‘risidagi masala hal etilmagan bo‘lsa.
Qo‘shimcha hal qiluv qarorini qabul qilish to‘g‘risidagi masala hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar qo‘yilishi mumkin.
Qo‘shimcha hal qiluv qarori ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasiga yoki sudning tashabbusiga ko‘ra qabul qilinishi mumkin.
Sud tomonidan qo‘shimcha hal qiluv qarorini qabul qilish to‘g‘risidagi masala mazkur bobda belgilangan qoidalar bo‘yicha sud majlisida hal qilinadi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qilinadi. Biroq tegishli tarzda xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi qo‘shimcha hal qiluv qarorini qabul qilish to‘g‘risidagi masalani ko‘rishga to‘sqinlik qilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 124-moddasi.
Qo‘shimcha hal qiluv qarori asosiy hal qiluv qarori bilan birga qonuniy kuchga kiradi.
Qo‘shimcha hal qiluv qarori ustidan asosiy hal qiluv qarori bilan birga shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Qo‘shimcha hal qiluv qarorini qabul qilish rad etilgan taqdirda, ajrim chiqariladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 155 — 158-moddalari.
163-modda. Hal qiluv qarorini tushuntirish
Hal qiluv qarori noaniq bo‘lgan taqdirda, ishni hal qilgan sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasiga, shuningdek sud hal qiluv qarorining ijrosi o‘z zimmasiga yuklatilgan organlar va davlat ijrochisining arizasiga ko‘ra hal qiluv qarorini uning mazmunini o‘zgartirmagan holda tushuntirishga haqli.
Hal qiluv qarorini tushuntirish to‘g‘risidagi ariza ishda ishtirok etuvchi shaxslarni, davlat ijrochisini yoki sud hujjatini ijro etish zimmasiga yuklatilgan boshqa organlarni ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilgan holda sud majlisida ko‘riladi. Biroq mazkur shaxslarning kelmaganligi arizani ko‘rishga to‘sqinlik qilmaydi.
Hal qiluv qarorini tushuntirish to‘g‘risidagi ariza u berilgan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddatda ko‘rib chiqiladi.
Hal qiluv qarorini tushuntirish haqida yoki tushuntirishni rad qilish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
Ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 155 — 158, 164-moddalari.
164-modda. Yozuvdagi xatolarni va arifmetik xatolarni tuzatish
Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud yozuvda yo‘l qo‘yilgan xatolarni va arifmetik xatolarni hal qiluv qarorining mazmunini o‘zgartirmagan holda, ishda ishtirok etuvchi shaxsning, davlat ijrochisining, sud hal qiluv qarorining ijrosi zimmasiga yuklatilgan boshqa organlarning arizasiga ko‘ra yoki o‘z tashabbusi bo‘yicha tuzatishga haqli.
Yozuvdagi yo‘l qo‘yilgan xatolarni yoki arifmetik xatolarni tuzatish to‘g‘risidagi ariza ishda ishtirok etuvchi shaxslarni, davlat ijrochisini yoki sud hal qiluv qarorining ijrosi zimmasiga yuklatilgan boshqa organlarni ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilgan holda sud majlisida ko‘riladi. Biroq mazkur shaxslarning kelmaganligi arizani ko‘rishga to‘sqinlik qilmaydi.
Yozuvdagi yo‘l qo‘yilgan xatolarni yoki arifmetik xatolarni tuzatish to‘g‘risidagi ariza u berilgan kundan e’tiboran yigirma kunlik muddatda ko‘rib chiqiladi.
Yozuvdagi xatolarni, arifmetik xatolarni tuzatish to‘g‘risida yoki tuzatishni rad etish haqida ajrim chiqariladi.
Yozuvdagi xatolarni, arifmetik xatolarni tuzatish to‘g‘risidagi yoki tuzatishni rad etish haqidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 155 — 158, 163-moddalari.
3-§. Hal qiluv qarorining qonuniy kuchga kirishi va uni ijroga qaratish tartibi
165-modda. Hal qiluv qarorining qonuniy kuchga kirishi
Oldingi tahrirga qarang.
Hal qiluv qarori, agar uning ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat qilinmagan (protest keltirilmagan) bo‘lsa, u qabul qilingan kundan e’tiboran bir oy o‘tgach, qonuniy kuchga kiradi. Apellyatsiya shikoyati (protesti) berilgan taqdirda hal qiluv qarori, agar u bekor qilinmagan bo‘lsa, apellyatsiya instansiyasi sudining qarori qabul qilingan kundan e’tiboran qonuniy kuchga kiradi.
(165-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-662-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/662/0012-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 155 — 160, 163-moddalari.
166-modda. Hal qiluv qarorining ijrosini ta’minlash
Hal qiluv qarorini ijro etish mumkin bo‘lmay qoladi yoki qiyinlashadi deb hisoblash uchun asosi bo‘lgan shaxslar ushbu hal qiluv qarorini qabul qilgan sudga uning ijrosini ta’minlash to‘g‘risida ariza berishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 155 — 158, 165, 167-moddalari.
Arizada ijrosi ta’minlanishi zarur bo‘lgan hal qiluv qarori va uni ta’minlash to‘g‘risida iltimos bilan murojaat qilishga arizachini undagan sabablar ko‘rsatilishi kerak.
Hal qiluv qarorining ijrosini ta’minlash to‘g‘risidagi masala ushbu Kodeksning 95-moddasida nazarda tutilgan tartibda hal etiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 95-moddasi.
167-modda. Hal qiluv qarorini ijroga qaratish
Hal qiluv qarori u qonuniy kuchga kirganidan so‘ng ijroga qaratiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat, saylov komissiyalarining va referendum o‘tkazuvchi komissiyalarning xatti-harakatlari (qarorlari) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ishlarga doir hal qiluv qarorlari darhol ijro etilishi lozim.
(167-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 5-fevraldagi O‘RQ-1117-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.02.2026-y., 03/26/1117/0116-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning IV-bo‘limi, O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuni.
20-bob. Sud ajrimi va qarori
168-modda. Ajrim chiqarish
Sud ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda ajrim chiqaradi.
Ushbu Kodeksda to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilgan hollarda, ajrim alohida sud hujjati tarzida chiqariladi.
Murakkab bo‘lmagan masalalarni hal etish chog‘ida sud ajrimni o‘z joyida chiqarishi mumkin. Bunday ajrim sud majlisining bayonnomasiga kiritiladi. Ajrimlar chiqarilganidan keyin darhol o‘qib eshittiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 7-moddasi, 13-moddaisning to‘rtinchi qismi, 24-moddasining yettinchi qismi, 34-moddasining uchinchi qismi, 41-moddasining oltinchi qismi, 42-moddasining uchinchi qismi, 169 — 174-moddalari.
169-modda. Ajrimning mazmuni
Alohida sud hujjati tarzida chiqariladigan ajrimda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
1) sudning nomi, ishning raqami, ajrim chiqarilgan sana, sud tarkibi, sud majlisi kotibi, nizo predmeti;
2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
3) ajrim chiqarilayotgan masala;
Oldingi tahrirga qarang.
4) sudning xulosalariga olib kelgan asoslar hamda sud amal qilgan qonunlar va boshqa qonunchilik hujjatlari;
(169-moddaning 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
5) ko‘rib chiqilayotgan masala bo‘yicha xulosa;
6) agar qonunda nazarda tutilgan bo‘lsa, ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) tartibi va muddati.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 7-moddasi, 168, 170 — 174-moddalari.
170-modda. Ajrimni o‘qib eshittirish
Sud majlisida chiqarilgan ajrim raislik qiluvchi tomonidan o‘sha sud majlisining o‘zida o‘qib eshittiriladi.
171-modda. Ajrimning ko‘chirma nusxalarini yuborish
Sud alohida sud hujjati tarzida ajrim chiqargan taqdirda, ajrim chiqarilganidan keyin besh kunlik muddatda uning ko‘chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va ajrim daxldor bo‘lgan boshqa shaxslarga topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ularning elektron manzillari mavjud bo‘lgan taqdirda esa ajrim elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 104-moddasi, 106-moddasining birinchi qismi, 109-moddasining birinchi qismi, 123, 125-moddalari.
172-modda. Ajrimni ijro etish
Agar qonunda yoki sud tomonidan boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa, sudning ajrimi darhol ijro etiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 168 — 171, 173-174-moddalari.
173-modda. Ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) tartibi va muddatlari
Sudning ajrimi ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda, shuningdek ajrim ishning kelgusidagi harakatiga to‘sqinlik qilgan taqdirda, sudning hal qiluv qaroridan alohida tarzda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Boshqa ajrimlar ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) berilmaydi, lekin bu ajrimlarga qarshi e’tirozlar sudning hal qiluv qarori ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatiga (protestiga) kiritilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar ushbu Kodeksda boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa, ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran bir oydan oshmagan muddatda uning ustidan shikoyat (protest) berilishi mumkin.
(173-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-662-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/662/0012-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 168 — 172, 174-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
174-modda. Xususiy ajrim va qaror
(174-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 14-avgustdagi O‘RQ-1165-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.08.2026-y., 03/26/1165/0841-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ishni ko‘rish chog‘ida davlat organining yoki boshqa organning, yuridik shaxsning, mansabdor shaxsning yoki fuqaroning faoliyatida qonunchilik hujjatlarining buzilganligi aniqlangan taqdirda, ularning ishda ishtirokidan qat’i nazar, sud xususiy ajrim chiqarishga haqli.
(174-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Xususiy ajrim bilan sud tegishli organdan yoki mansabdor shaxsdan qonunchilik hujjatlarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi masalani o‘zlarining vakolatiga muvofiq ko‘rib chiqishni talab qilishi mumkin.
(174-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Xususiy ajrim tegishli davlat organlariga va boshqa organlarga, yuridik shaxslarga, mansabdor shaxslarga yuboriladi, ular ko‘rilgan choralar to‘g‘risida bir oylik muddatda sudga xabar qilishi shart.
Xususiy ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Agar sud nizoni ko‘rayotganida shaxslarning xatti-harakatlarida jinoyat alomatlarini aniqlasa, u jinoyat ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi masalani hal etish uchun bu haqda tegishli materiallarni ilova qilgan holda prokurorga xabar qiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 7, 168 — 173-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Ishni ko‘rishda mansabdor shaxsning yoki fuqaroning xatti-harakatlarida, ularning ishda ishtirok etishidan qat’i nazar, ma’muriy huquqbuzarlik alomatlari aniqlansa, agar ushbu ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish qonunda mazkur sudning vakolatiga kiritilgan bo‘lsa, sud ularni ma’muriy javobgarlikka tortish masalasini ko‘rib chiqadi.
Ma’muriy javobgarlikka tortish to‘g‘risida sud qaror qabul qiladi.
Qaror ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
(174-modda O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 14-avgustdagi O‘RQ-1165-sonli Qonuniga asosan oltinchi, yettinchi va sakkizinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.08.2026-y., 03/26/1165/0841-son)
21-bob. Sud bayonnomasi
175-modda. Bayonnomaning mazmuni
Sud majlisi chog‘ida, shuningdek sud majlisi zalidan tashqarida ayrim protsessual harakatlar bajarilganda bayonnoma yuritiladi.
Sud majlisining bayonnomasida quyidagilar ko‘rsatiladi:
1) sud majlisi o‘tkazilgan yil, oy, sana va joy;
2) ishni ko‘rayotgan sudning nomi, sud tarkibi va sud majlisining kotibi;
3) ishning nomi va raqami;
4) ishda ishtirok etuvchi shaxslar va sud protsessining boshqa ishtirokchilari kelganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
5) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va sud protsessining boshqa ishtirokchilariga sud tomonidan ularning protsessual huquq va majburiyatlari tushuntirilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
6) sud tomonidan alohida xonaga (maslahatxonaga) kirmasdan joyida chiqarilgan ajrimlar;
7) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning og‘zaki arzlari va iltimosnomalari;
Oldingi tahrirga qarang.
8) ishni ko‘rish chog‘ida sudga taqdim etilgan barcha ashyoviy, yozma va raqamli dalillar, ekspertlarning yozma xulosalari haqidagi ma’lumotlar;
(175-modda ikkinchi qismining 8-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi O‘RQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari, guvohlarning ko‘rsatuvlari, ekspertlarning o‘z xulosalarini og‘zaki tushuntirishlari, mutaxassislarning maslahatlari (tushuntirishlari), ashyoviy, yozma va raqamli dalillarning ko‘zdan kechirilganligi, olib qo‘yilganligi, sxemalar tuzilganligi, video va fototasvirga olinganligi haqidagi ma’lumotlar;
(175-modda ikkinchi qismining 9-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi O‘RQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
10) alohida protsessual harakatlarni amalga oshirish chog‘ida olingan ma’lumotlar;
11) sud muzokaralarining mazmuni va prokurorning fikri;
12) sudning hal qiluv qarori, ajrimi yoki qarori o‘qib eshittirilganligi haqidagi ma’lumotlar.
Sud majlisi bayonnomasida boshqa ma’lumotlar ham ko‘rsatilishi mumkin.
Sud majlisi audio- yoki videoyozuvga olingan taqdirda, sud majlisi bayonnomasida faqat mazkur modda ikkinchi qismining 1 — 4, 6 — 8, 11-bandlarida nazarda tutilgan masalalar yuzasidan yozuv kiritiladi, ishda ishtirok etuvchi shaxslar bergan tushuntirishlarning boshlangan va tugagan vaqti, guvohlarning ko‘rsatuvlari, ekspertlarning o‘z xulosalari yuzasidan bergan og‘zaki tushuntirishlari, muzokaralar va prokurorning fikri aks ettiriladi, shuningdek sud majlisini yozib olishning texnik vositalaridan foydalanilganligi to‘g‘risida belgi qo‘yiladi. Elektron yoxud boshqa audio- yoki videoyozuvlar jamlangan vositalar sud majlisi bayonnomasiga qo‘shib qo‘yiladi.
Sud majlisi videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilgan taqdirda, sud majlisi bayonnomasida ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilganlardan tashqari quyidagi ma’lumotlar ham ko‘rsatilishi kerak:
sud majlisi videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi;
sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazishga ko‘maklashgan sudning nomi haqidagi;
sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazishga ko‘maklashayotgan sudga kelgan ishda ishtirok etuvchi shaxslar va sud protsessining boshqa ishtirokchilari to‘g‘risidagi;
sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazishga ko‘maklashayotgan sudning hamda ishni ko‘rayotgan sudning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari xodimlari haqidagi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 6-moddasi to‘rtinchi qismi, 49-moddasi, 63-moddasi ikkinchi — uchinchi qismlari.
176-modda. Bayonnoma yuritish
Bayonnoma sud majlisi kotibi tomonidan sud majlisining o‘zida yoki alohida protsessual harakat bajarilganida sud majlisi zalidan tashqarida yuritiladi.
Bayonnoma sud majlisi tugaganidan yoki alohida protsessual harakat amalga oshirilganidan so‘ng uch kundan kechiktirmasdan raislik qiluvchi va sud majlisi kotibi tomonidan imzolanishi kerak.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 6-moddasi to‘rtinchi qismi, 49-moddasi, 63-moddasi ikkinchi — uchinchi qismlari, 86-moddasining ikkinchi qismi, 168-moddasi uchinchi qismi, 175, 177-moddalari.
177-modda. Bayonnoma yuzasidan fikr-mulohazalar
Sud protsessi ishtirokchilari sud majlisining bayonnomasi bilan tanishib chiqishga haqli va u imzolangan kundan e’tiboran besh kun ichida bayonnoma yuzasidan bayonnomada yo‘l qo‘yilgan xatoliklarni yoki undagi ma’lumotlarning to‘liq emasligini ko‘rsatgan holda yozma fikr-mulohazalar berishi mumkin.
Sud majlisining bayonnomasi yuzasidan yozma fikr-mulohazalar ular berilgan kundan keyin besh kun ichida sud protsessi ishtirokchilarini chaqirmasdan ko‘rib chiqilishi kerak.
Sud majlisining bayonnomasi yuzasidan berilgan yozma fikr-mulohazalarni raislik qiluvchi ko‘rib chiqadi va ushbu fikr-mulohazalarga qo‘shilsa, ularni qabul qiladi, qo‘shilmagan taqdirda esa ularni rad etadi.
Sud majlisining bayonnomasi yuzasidan yozma fikr-mulohazalar qabul qilinganligi haqida yoki rad etilganligi to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
Sud majlisining bayonnomasi yuzasidan sudga besh kunlik muddatni o‘tkazib taqdim etilgan yozma fikr-mulohazalar sud tomonidan ko‘rib chiqilmaydi va ishga qo‘shib qo‘yiladi, bu haqda yozma fikr-mulohazalar bergan shaxsga ma’lum qilinadi.
Sud protsessi ishtirokchilari sud majlisining audio- yoki videoyozuvi bilan tanishish huquqiga ega.
Sud majlisining audio- yoki videoyozuvining ko‘chirma nusxalari sud protsessi ishtirokchilariga ishni ko‘rib chiqqan sudning ruxsati bilan beriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 175-176-moddalari.
22-bob. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha ish yuritish
178-modda. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolar yoki yuridik shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga daxldor bo‘lgan, vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni (bundan buyon matnda idoraviy normativ-huquqiy hujjat deb yuritiladi) haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi ishlar ushbu Kodeksda nazarda tutilgan umumiy qoidalar bo‘yicha, mazkur bobda belgilangan xususiyatlarni inobatga olgan holda ko‘riladi.
(178-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi O‘RQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 179 — 184-moddalari.
179-modda. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilish huquqi
O‘ziga nisbatan idoraviy normativ-huquqiy hujjatning amal qilishi tatbiq etiladigan fuqaro yoki yuridik shaxs mazkur hujjat O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari bilan kafolatlangan uning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzgan deb hisoblasa, ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni to‘liq yoki qisman haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilishga haqli.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20-moddasi.
180-modda. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi arizaning mazmuni
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi ariza ushbu Kodeksning 128-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 128-moddasi.
Arizada quyidagilar ham ko‘rsatilishi kerak:
1) idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organning nomi;
2) idoraviy normativ-huquqiy hujjatning nomi, raqami, qabul qilingan sanasi, e’lon qilish manbai va u to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlar;
3) arizachining fikriga ko‘ra, uning ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjat yoki uning ayrim qismlari bilan buzilayotgan huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari;
Oldingi tahrirga qarang.
4) arizachining fikriga ko‘ra, idoraviy normativ-huquqiy hujjat yoki uning alohida qismlari nisbatan yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan qaysi qonunchilik hujjatiga zid bo‘lsa, o‘sha qonunchilik hujjatining nomi;
(180-modda ikkinchi qismining 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
5) arizachining idoraviy normativ-huquqiy hujjatni to‘liq yoki qisman haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi talabi.
Arizaga ushbu Kodeksning 130-moddasida ko‘rsatilgan hujjatlar, shuningdek nizolashilayotgan normativ-huquqiy hujjatning matni ilova qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 130-moddasi.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida sudga ariza berilganligi nizolashilayotgan hujjatning yoki uning ayrim qoidalarining amal qilishini to‘xtatib turmaydi.
181-modda. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish xususiyatlari
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi ish sud tomonidan hay’at tarkibida ko‘riladi.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi ish nizolashilayotgan hujjatni qabul qilgan organ vakillarining majburiy ishtirokida ko‘rib chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sud idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi ishni ko‘rishda uning to‘laligicha yoki muayyan qismi nisbatan yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan qonunchilik hujjatiga muvofiqligini, shuningdek nizolashilayotgan normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organning vakolatlarini hamda uning O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tganligini tekshiradi.
(181-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
182-modda. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi ish bo‘yicha sudning hal qiluv qarori
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi ish bo‘yicha hal qiluv qarori ushbu Kodeksning 19-bobida belgilangan qoidalar bo‘yicha sud tomonidan qabul qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 19-bobi.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi ishni ko‘rish natijasi bo‘yicha sud arizani qanoatlantirish haqida yoki qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qiladi.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi arizani qanoatlantirish haqidagi hal qiluv qarorining xulosa qismida quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
1) idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organning nomi, hujjatning nomi, raqami va qabul qilingan sanasi;
2) idoraviy normativ-huquqiy hujjat to‘liq yoki qisman haqiqiy emas deb topilganligi;
3) sud xarajatlarini taqsimlash.
Sudning idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi ishni ko‘rish natijasi bo‘yicha qabul qilgan hal qiluv qarori u qabul qilingan paytdan e’tiboran qonuniy kuchga kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sud tomonidan to‘liq yoki qisman haqiqiy emas deb topilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjat yoki uning ayrim qismlari sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan paytdan e’tiboran qo‘llanilmaydi va ular hujjatni qabul qilgan organ tomonidan nisbatan yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan qonunchilik hujjatiga muvofiqlashtirilishi kerak.
(182-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
183-modda. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi ish bo‘yicha sudning hal qiluv qarorini e’lon qilish
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori sud tomonidan davlat organlarining nizolashilayotgan hujjat e’lon qilingan rasmiy nashrlariga yuboriladi hamda ko‘rsatilgan nashrlarda darhol e’lon qilinishi lozim.
23-bob. Ma’muriy organlarning va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi ishlarni yuritish
184-modda. Ma’muriy organlarning va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish tartibi
Ma’muriy organlarning va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi ishlar sud tomonidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan umumiy qoidalarga ko‘ra, mazkur bobda belgilangan xususiyatlarni inobatga olgan holda ko‘rib chiqiladi.
Ma’muriy organlarning va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi ishlar, agar ularni ko‘rib chiqish qonun bilan boshqa davlat organlarining vakolatiga kiritilmagan bo‘lsa, sudda ko‘rib chiqiladi.
Ma’muriy organlarning va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi ishlarni yuritish fuqarolar yoki yuridik shaxslarning (bundan buyon matnda manfaatdor shaxs deb yuritiladi) arizalari asosida qo‘zg‘atiladi.
185-modda. Ma’muriy organning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining, ular mansabdor shaxslarining qarori, harakati (harakatsizligi) ustidan ariza (shikoyat) bilan sudga murojaat etish huquqi
Manfaatdor shaxs ma’muriy organning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining qarorlarini haqiqiy emas, ular mansabdor shaxslarining harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish to‘g‘risida ariza (shikoyat) bilan, agar bu qaror, harakatlar (harakatsizlik) tufayli:
uning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzgan;
uning huquqlari, erkinliklarini amalga oshirishga va qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarishga to‘siqlar vujudga keltirgan;
uning zimmasiga qonunga xilof ravishda biror-bir majburiyat yuklagan;
uning u yoki bu sohadagi faoliyatni amalga oshirishi uchun boshqa to‘siqlar vujudga keltirgan deb hisoblasa, sudga murojaat qilishga haqli.
186-modda. Ma’muriy organning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining, ular mansabdor shaxslarining qarori, harakati (harakatsizligi) ustidan ariza (shikoyat) bilan sudga murojaat etish muddatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Agar ushbu Kodeksda yoki o‘zga qonunlarda boshqa muddatlar belgilanmagan bo‘lsa, ma’muriy organning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining, ular mansabdor shaxslarining qarori, harakati (harakatsizligi) ustidan ariza (shikoyat) manfaatdor shaxsga o‘zining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to‘g‘risida ma’lum bo‘lgan paytdan e’tiboran olti oy ichida sudga berilishi mumkin.
(186-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 15-martdagi O‘RQ-823-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.03.2023-y., 03/23/823/0150-son)
Davlat ijrochisining qarorini haqiqiy emas, harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish to‘g‘risidagi ariza (shikoyat) manfaatdor shaxsga o‘zining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to‘g‘risida ma’lum bo‘lgan paytdan e’tiboran o‘n kun ichida sudga berilishi mumkin.
Ariza (shikoyat) berishning uzrli sababga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan muddati sud tomonidan tiklanishi mumkin.
187-modda. Ma’muriy organning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining, ular mansabdor shaxslarining qarorini haqiqiy emas, harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish to‘g‘risidagi arizaning (shikoyatning) shakli va mazmuni
Ma’muriy organlarning va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining qarorlarini haqiqiy emas, ular mansabdor shaxslarining, harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish to‘g‘risidagi ariza (shikoyat) ushbu Kodeksning 128-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 128-moddasi.
Arizada (shikoyatda) quyidagilar ham ko‘rsatilishi kerak:
1) ustidan shikoyat qilinayotgan qarorni qabul qilgan yoki shikoyat qilinayotgan harakatni (harakatsizlikni) sodir etgan ma’muriy organning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining nomi, mansabdor shaxsning familiyasi, ism-sharifining bosh harflari;
2) ustidan shikoyat qilinayotgan qarorning nomi, raqami, u qabul qilingan sana, ustidan shikoyat qilinayotgan harakatlar (harakatsizlik) sodir etilgan sana va joy;
3) arizachining fikriga ko‘ra, ustidan shikoyat qilinayotgan qaror, harakatlar (harakatsizlik) tufayli uning buzilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Oldingi tahrirga qarang.
4) arizachining fikriga ko‘ra, ustidan shikoyat qilinayotgan qarorning, harakatlarning (harakatsizlikning) qaysi qonunchilikka zid ekanligi;
(187-modda ikkinchi qismining 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
5) arizachining qarorni haqiqiy emas, harakatlarni (harakatsizlikni) qonunga xilof deb topish to‘g‘risidagi talabi.
Arizaga (shikoyatga) ushbu Kodeksning 130-moddasida ko‘rsatilgan hujjatlar, shuningdek ustidan shikoyat qilinayotgan qarorning matni ilova qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 130-moddasi.
188-modda. Ma’muriy organning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud muhokamasining xususiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ma’muriy organlarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi ish ustidan shikoyat qilinayotgan qarorni qabul qilgan yoki ustidan shikoyat qilinayotgan harakatni (harakatsizlikni) sodir etgan organning yoki mansabdor shaxsning vakillari ishtirokida ko‘rib chiqiladi.
Sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining mansabdor shaxsi yoki uning vakili kelmaganligi ishni ko‘rish uchun to‘sqinlik qilmaydi. Biroq sud ushbu shaxslarning sud majlisiga kelishini majburiy deb topishi va ularni tushuntirishlar berish uchun sud majlisiga chaqirishi mumkin.
Ma’muriy organlarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish chog‘ida sud ustidan shikoyat qilinayotgan qaror yoki uning ayrim qismlari, harakatlar (harakatsizlik) qonuniyligini, ustidan shikoyat qilinayotgan qarorni qabul qilgan yoxud ustidan shikoyat qilinayotgan harakatni (harakatsizlikni) sodir etgan organning yoki mansabdor shaxsning vakolatlarini tekshiradi, shuningdek ustidan shikoyat qilinayotgan qaror yoki uning ayrim qismlari yoxud harakatlar (harakatsizlik) arizachining huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzganligini aniqlaydi.
Manfaatdor shaxsning ishonchi himoya qilinishi lozim bo‘lgan hollarda, sudning hal qiluv qarori asosida ommaviy huquqiy munosabatlar tugatilishi ushbu shaxs o‘z mulkidan mahrum bo‘lishiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga olib kelmasligi kerak.
(188-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 14-avgustdagi O‘RQ-1165-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.08.2026-y., 03/26/1165/0841-son)
189-modda. Ma’muriy organning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining, ular mansabdor shaxslarining qarori, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi ish bo‘yicha sudning hal qiluv qarori
Ma’muriy organlarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi ish bo‘yicha hal qiluv qarori ushbu Kodeksning 19-bobida belgilangan qoidalarga ko‘ra sud tomonidan qabul qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 19-bobi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sud ustidan shikoyat qilinayotgan qaror yoki uning ayrim qismlari yoxud harakatlar (harakatsizlik) qonunchilikka zid ekanligini hamda arizachining huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzayotganligini aniqlasa, qarorni yoki uning ayrim qismlarini haqiqiy emas, yoxud harakatlarni (harakatsizlikni) qonunga xilof deb topish to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qiladi.
(189-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Sud agar ustidan shikoyat qilinayotgan qaror yoki uning ayrim qoidalari yoxud harakatlar (harakatsizlik) qonunga muvofiq ekanligini hamda arizachining huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmayotganligini aniqlasa, u arz qilingan talabni qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qiladi.
Qarorni haqiqiy emas, harakatlarni (harakatsizlikni) qonunga xilof deb topish to‘g‘risidagi arizani qanoatlantirish haqidagi hal qiluv qarorining xulosa qismida quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
1) qarorni qabul qilgan yoki harakatlarni (harakatsizlikni) sodir etgan organning (mansabdor shaxsning) nomi, qarorning nomi, raqami, u qabul qilingan sana, ustidan shikoyat qilinayotgan harakatlar (harakatsizlik) sodir etilgan sana va joy;
2) qarorning to‘liq yoki qisman haqiqiy emas yoki harakatlarning (harakatsizlikning) qonunga xilof deb topilganligi;
3) sud xarajatlarini taqsimlash.
Qaror haqiqiy emas, harakatlar (harakatsizlik) qonunga xilof deb topilgan taqdirda sud tegishli organning yoki mansabdor shaxsning zimmasiga quyidagi majburiyatlarni yuklaydi:
qonunga muvofiq qaror qabul qilish yoki muayyan harakatlarni amalga oshirish yoxud arizachining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining buzilishlarini boshqacha usulda bartaraf etish;
yo‘l qo‘yilgan buzilishlarni bartaraf etish va hal qiluv qarorining ijrosi to‘g‘risida sudga va arizachiga, agar sud tomonidan boshqacha muddat belgilanmagan bo‘lsa, sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran bir oy ichida xabar qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
Sudning ishni ko‘rish natijasi bo‘yicha qabul qilingan hal qiluv qarori, agar uning ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat qilinmagan (protest keltirilmagan) bo‘lsa, u qabul qilingan paytdan e’tiboran bir oy o‘tgach, qonuniy kuchga kiradi.
(189-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-662-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/662/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(24-bob O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 16-dekabrdagi O‘RQ-810-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.12.2022-y., 03/22/810/1095-son)
25-bob. Yo‘qolgan sud ishini yuritishni tiklash
194-modda. Yo‘qolgan sud ishini yuritishni tiklashning umumiy qoidalari
Sud yo‘qolgan sud ishini yuritishni ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, prokurorning arizasiga, shuningdek o‘z tashabbusiga ko‘ra tiklashi mumkin.
Yo‘qolgan sud ishini yuritish to‘liq yoki uning sud fikriga ko‘ra tiklanishi zarur bo‘lgan qismi tiklanadi. Sudning hal qiluv qarori yoki ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrimi, agar ular ish yuzasidan chiqarilgan bo‘lsa, tiklanishi shart.
Arizachi yo‘qolgan sud ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish chog‘ida sud tomonidan qilingan sud xarajatlarini to‘lashdan ozod qilinadi. Bila turib yolg‘on ariza berilganda sud xarajatlari arizachidan undirib olinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 195 — 199-moddalari.
195-modda. Yo‘qolgan sud ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi ariza
Yo‘qolgan sud ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi ariza ishni ko‘rib chiqqan sudga beriladi.
Arizada ish to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlar bo‘lishi kerak.
Arizachida saqlanib qolgan va ishga daxldor bo‘lgan hujjatlar yoki ularning ko‘chirma nusxalari, garchi ular belgilangan tartibda tasdiqlanmagan bo‘lsa ham arizaga ilova qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 194, 196 — 199-moddalari.
196-modda. Yo‘qolgan sud ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish
Sud yo‘qolgan sud ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish chog‘ida ish yuritishning saqlanib qolgan qismidan, sud ishini yuritish yo‘qolguniga qadar ushbu ishdan fuqarolar va tashkilotlarga olib berilgan hujjatlardan, bu hujjatlarning ko‘chirma nusxalaridan, shuningdek ishga daxldor bo‘lgan boshqa hujjatlardan foydalanadi.
Sud protsessual harakatlarni amalga oshirish chog‘ida hozir bo‘lgan shaxslarni, sudning hal qiluv qarorini ijro qilgan shaxslarni, zarur hollarda esa yo‘qolgan sud ishini ko‘rib chiqqan sud tarkibiga kirgan shaxslarni ham guvoh sifatida so‘roq qilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 194, 195 — 199-moddalari.
197-modda. Yo‘qolgan sud ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi ariza bo‘yicha sudning hal qiluv qarori
Yo‘qolgan sud hal qiluv qarorini yoki ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrimni tiklash to‘g‘risidagi sud hal qiluv qarorida sud tiklanayotgan sud hujjatining mazmuni sudga taqdim etilgan va yo‘qolgan ish bo‘yicha sud protsessining barcha ishtirokchilari ishtirokidagi sud majlisida tekshirilgan qaysi aniq ma’lumotlar asosida aniqlangan deb hisoblashi ko‘rsatiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 194 — 196, 198-199-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 43-moddasi.
198-modda. Yo‘qolgan sud ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi ariza bo‘yicha ish yuritishni tugatish
To‘plangan materiallar yo‘qolgan sud ishini yuritishni aniq tiklash uchun yetarli bo‘lmasa, sud ajrim chiqarib, ish yuritishni tugatadi. Bu holda arizachi umumiy tartibda ariza (shikoyat) taqdim etishga haqli.
199-modda. Yo‘qolgan sud ishini yuritishni tiklash bilan bog‘liq sud hujjatlari ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi)
Yo‘qolgan sud ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) mumkin.
III BO‘LIM. SUD HUJJATLARINI QAYTA KO‘RISH
26-bob. Apellyatsiya instansiyasi sudida ish yuritish
200-modda. Apellyatsiya shikoyati berish (protest keltirish) huquqi
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati berishga, prokuror esa apellyatsiya protesti keltirishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati berishga haqlidir, bundan tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan nizolar mustasno.
(200-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-662-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/662/0012-son)
Sudning hal qiluv qarori ustidan to‘liq yoki qisman shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
201-modda. Apellyatsiya shikoyatlarini (protestlarini) ko‘ruvchi sudlar
Apellyatsiya shikoyatlari (protestlari):
tumanlararo ma’muriy sudlarning hal qiluv qarorlari, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudining, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlarining birinchi instansiya bo‘yicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari ustidan berilganda — Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari tomonidan;
hududiy harbiy sudlarning hal qiluv qarorlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining birinchi instansiya bo‘yicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari ustidan berilganda — O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining birinchi instansiya bo‘yicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari ustidan berilganda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan ko‘riladi.
(201-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-889-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/889/0978-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
202-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) berish tartibi
Apellyatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya instansiyasi sudiga yo‘llanadi, biroq hal qiluv qarorini qabul qilgan sudga beriladi.
Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud shikoyat (protest) kelib tushgan kundan e’tiboran besh kunlik muddatda uni apellyatsiya instansiyasi sudiga ish bilan birga yuborishi shart.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 200-201-moddalari.
203-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati
Oldingi tahrirga qarang.
Agar qonunda boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa, apellyatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori qabul qilingan kundan e’tiboran bir oy ichida berilishi mumkin.
(203-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-662-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/662/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) berishning o‘tkazib yuborilgan muddati shikoyat (protest) berayotgan shaxsning iltimosnomasi bo‘yicha apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi tomonidan, agar iltimosnoma hal qiluv qarori qabul qilingan kundan e’tiboran uch oydan kechiktirmay berilgan va apellyatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati o‘tkazib yuborilishining sabablari uzrli deb topilgan bo‘lsa, tiklanishi mumkin.
(203-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-889-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/889/0978-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) berishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklash haqida apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimda ko‘rsatiladi.
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) berish muddatini tiklashni rad etish haqida apellyatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimda ko‘rsatiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 200, 202-moddalari.
204-modda. Apellyatsiya shikoyatining (protestining) shakli va mazmuni
Apellyatsiya shikoyati (protesti) sudga yozma shaklda beriladi va shikoyatni (protestni) bergan shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.
Apellyatsiya shikoyatida (protestida) quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
1) apellyatsiya shikoyati (protesti) yo‘llanayotgan sudning nomi;
2) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
3) ustidan shikoyat (protest) berilayotgan hal qiluv qarorini qabul qilgan sudning nomi, ishning raqami va hal qiluv qarori qabul qilingan sana, talabning predmeti;
Oldingi tahrirga qarang.
4) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning talablari hamda shikoyat (protest) bergan shaxsning qonunlar va boshqa qonunchilik hujjatlariga, ish holatlariga va dalillarga havola qilgan holda hal qiluv qarorini noto‘g‘ri deb hisoblash uchun keltirgan asoslari;
(204-modda ikkinchi qismining 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
5) shikoyatga (protestga) ilova qilinayotgan hujjatlarning ro‘yxati.
Apellyatsiya shikoyatida shikoyat berayotgan shaxsning yoki uning vakilining telefon, faks raqamlari, elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 200 — 203, 206-moddalari.
205-modda. Apellyatsiya shikoyatining (protestining) ko‘chirma nusxalarini yuborish
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) berayotgan shaxs ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga apellyatsiya shikoyatining (protestining) ko‘chirma nusxasini va unga ilova qilingan, bu shaxslarda mavjud bo‘lmagan hujjatlarni yuborishi yoki tilxat bilan shaxsan topshirishi kerak.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 200 — 204, 206-moddalari.
206-modda. Apellyatsiya shikoyatiga (protestiga) ilova qilinadigan hujjatlar
Apellyatsiya shikoyatiga quyidagilar ilova qilinadi:
Oldingi tahrirga qarang.
1) davlat boji va pochta xarajatlari to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;
(206-moddaning birinchi qismi 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-496-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-son)
2) ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga apellyatsiya shikoyati va unga ilova qilingan, ushbu shaxslarda mavjud bo‘lmagan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari yuborilganligini yoki topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat;
3) apellyatsiya shikoyati vakil tomonidan imzolangan taqdirda, vakilning uni imzolashga doir vakolatini tasdiqlovchi hujjat.
Apellyatsiya protestiga ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga protestning va unga ilova qilingan, ushbu shaxslarda mavjud bo‘lmagan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari yuborilganligini yoki topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
Arizani (shikoyatni) qaytarish yoki arizani (shikoyatni) qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatiga (protestiga) qaytarilgan ariza (shikoyat) va uni sudga berish chog‘ida unga ilova qilingan hujjatlar ham ilova qilinishi kerak.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 61-62, 110-111, 124-125, 200 — 205-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
207-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi masalani hal etish tartibi va muddati
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish masalasi shikoyat (protest) ish bilan birga sudga kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay apellyatsiya instansiyasi sudi sudyasi tomonidan yakka tartibda hal qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki uni qaytarish to‘g‘risida ajrim chiqariladi, uning ko‘chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga u chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay, ushbu Kodeksning 171-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.
(207-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-889-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/889/0978-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 61, 62, 110, 111, 124, 125, 200 — 206-moddalari.
208-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish
Ushbu Kodeksda belgilangan shakl va mazmun talablariga rioya qilingan holda berilgan apellyatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya instansiyasi sudining ish yurituviga qabul qilinadi.
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimda apellyatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish bo‘yicha sud majlisini o‘tkazish vaqti va joyi ko‘rsatiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 200-201, 207, 209-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining 13-moddasi, 25-moddasining birinchi, ikkinchi xatboshilari, 30-moddasining birinchi, ikkinchi xatboshilari, 33-moddasining birinchi, uchinchi xatboshilari.
209-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish
Sudya apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar:
1) apellyatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 38-39-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
2) apellyatsiya shikoyati (protesti) qonunga muvofiq apellyatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin bo‘lmagan sud hujjati ustidan berilgan bo‘lsa;
(209-modda birinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-889-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/889/0978-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
3) apellyatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya tartibida ko‘rilgan sud hujjati ustidan berilgan bo‘lsa;
4) apellyatsiya shikoyatini (protestini) berishning o‘tkazib yuborilgan muddatining tiklanishi rad etilgan bo‘lsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 120-moddasi.
5) apellyatsiya shikoyatidan (protestidan) uni bergan shaxs voz kechganligi (uni chaqirib olganligi) sababli apellyatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni tugatish to‘g‘risida ajrim mavjud bo‘lsa.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 216-moddasi.
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimda apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish asoslari ko‘rsatiladi, apellyatsiya shikoyatini berishda to‘langan davlat bojini qaytarish to‘g‘risidagi masala hal etiladi.
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimning ko‘chirma nusxasi shikoyatni (protestni) bergan shaxsga shikoyat (protest) va ilova qilingan hujjatlar bilan birga ushbu Kodeksning 171-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 171-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan taftish shikoyati (protesti) berilishi mumkin.
(209-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-889-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/889/0978-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, apellyatsiya shikoyati (protesti) sudga dastlab murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 200-201, 207, 210-moddalari.
210-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish
Apellyatsiya shikoyati (protesti) sudya tomonidan quyidagi hollarda qaytariladi, agar:
1) apellyatsiya shikoyati (protesti) imzolanmagan bo‘lsa yoxud uni imzolash huquqiga ega bo‘lmagan shaxs yoki mansab mavqeyi yoki familiyasi, ism-sharifining bosh harflari ko‘rsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan bo‘lsa;
2) apellyatsiya shikoyatiga (protestiga) uning ko‘chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi dalillar ilova qilinmagan bo‘lsa;
Oldingi tahrirga qarang.
3) davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda hamda miqdorda to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat apellyatsiya shikoyatiga ilova qilinmagan bo‘lsa, qonunda davlat bojini to‘lash muddatini kechiktirish, bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati nazarda tutilgan hollarda esa bu haqda iltimosnoma mavjud bo‘lmasa yoxud iltimosnoma rad etilgan bo‘lsa;
(210-moddaning birinchi qismi 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-496-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-son)
4) apellyatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarorini qabul qilgan sudni chetlab o‘tgan holda yuborilgan bo‘lsa;
5) apellyatsiya shikoyati (protesti) belgilangan muddat o‘tganidan keyin berilgan bo‘lsa va o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash to‘g‘risida iltimosnoma mavjud bo‘lmasa;
6) apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risida ajrim chiqarilguniga qadar shikoyatni (protestni) bergan shaxsdan uni qaytarib olish (chaqirib olish) to‘g‘risida ariza tushgan bo‘lsa.
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risidagi ajrimda apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish asoslari ko‘rsatiladi, apellyatsiya shikoyatini berish chog‘ida to‘langan davlat bojini qaytarish haqidagi masala hal etiladi.
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risidagi ajrimning ko‘chirma nusxasi shikoyatni (protestni) bergan shaxsga shikoyat (protest) va unga ilova qilinadigan hujjatlar bilan birga ushbu Kodeksning 171-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 171-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risidagi ajrim ustidan taftish shikoyati (protesti) berilishi mumkin.
(210-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-889-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/889/0978-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, apellyatsiya shikoyati (protesti) dastlab sudga murojaat qilingan kunda berilgan deb hisoblanadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilgach, shikoyat (protest) bergan shaxs apellyatsiya shikoyati (protesti) bilan sudga umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 61, 120, 200 — 209-moddalari.
211-modda. Apellyatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikr
Ishda ishtirok etuvchi shaxs apellyatsiya shikoyatining (protestining) ko‘chirma nusxasini olganidan keyin uning yuzasidan yozma fikrini hamda ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yozma fikrning ko‘chirma nusxalari yuborilganligini tasdiqlovchi dalillarni apellyatsiya shikoyati (protesti) ko‘rib chiqiladigan kungacha yetib borishini ta’minlaydigan muddatda sudga yuborishga haqli.
Apellyatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikr ishda ishtirok etuvchi shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan yozma fikrga uning ishni yuritishga bo‘lgan vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.
Apellyatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikrga ilgari taqdim etilmagan hujjatlar ilova qilinishi mumkin. Bu holda yozma fikrga ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga ularda mavjud bo‘lmagan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari yuborilganligini tasdiqlovchi dalillar ilova qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 38-39, 58, 61, 200-moddalari.
212-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan hal qiluv qarorining ijrosini to‘xtatib turish
Apellyatsiya shikoyati (protesti) uni berish muddati o‘tkazib yuborilgan holda berilgan va ushbu muddatni tiklash to‘g‘risidagi iltimosnoma qanoatlantirilgan taqdirda, apellyatsiya instansiyasi sudi hal qiluv qarorining ijrosini ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga ko‘ra to‘xtatib turishga haqli.
Hal qiluv qarorining ijrosini to‘xtatib turish yoki uning ijrosini to‘xtatib turishni rad etish haqida apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimda ko‘rsatiladi.
Hal qiluv qarorining ijrosi apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan apellyatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar bo‘lgan muddatga to‘xtatib turiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 200, 205-206-moddalari.
213-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldirish
Agar apellyatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilinganidan so‘ng uning imzolanmaganligi yoki uni imzolash huquqiga ega bo‘lmagan yoxud mansab mavqeyi yoki familiyasi va ism-sharifining bosh harflari ko‘rsatilmagan shaxs tomonidan imzolanganligi aniqlansa, apellyatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldiradi.
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risida sud tomonidan ajrim chiqarilib, uning ko‘chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ushbu Kodeksning 171-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risidagi ajrim ustidan taftish tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
(213-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-889-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/889/0978-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldirish uchun asos bo‘lgan holatlar bartaraf etilganidan keyin shikoyat (protest) ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sudga yangidan berilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 61, 171, 200-201-moddalari.
214-modda. Apellyatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni tugatish
Apellyatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni quyidagi hollarda tugatadi, agar:
Oldingi tahrirga qarang.
1) apellyatsiya shikoyati (protesti) ushbu Kodeksga muvofiq apellyatsiya tartibida shikoyat qilinmaydigan sud hujjati ustidan berilgan va xatoga yo‘l qo‘yilib, ish yuritishga qabul qilingan bo‘lsa;
(214-modda birinchi qismining 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-889-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/889/0978-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
2) apellyatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya tartibida ko‘rilgan sud hujjati ustidan berilgan va u apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan xatoga yo‘l qo‘yilib, ish yuritishga qabul qilingan bo‘lsa;
3) apellyatsiya shikoyati sud hujjati ustidan shikoyat qilish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa;
4) apellyatsiya shikoyati ish yuritishga qabul qilinganidan so‘ng shikoyat bergan shaxs tomonidan shikoyatdan voz kechish to‘g‘risida ariza kelib tushgan va voz kechish apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan qabul qilingan bo‘lsa;
5) apellyatsiya protesti ish yuritishga qabul qilinganidan so‘ng protest keltirgan prokuror yoki yuqori turuvchi prokuror tomonidan protestni chaqirib olish to‘g‘risida ariza kelib tushgan bo‘lsa;
6) apellyatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar ishda taraf bo‘lgan yuridik shaxs tugatilgan bo‘lsa;
7) apellyatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar ishda taraf bo‘lgan fuqaro vafot etsa, nizoli huquqiy munosabat esa huquqiy vorislikka yo‘l qo‘ymasa.
Agar apellyatsiya shikoyatida (protestida) shikoyat qilinayotgan (protest keltirilayotgan) hal qiluv qarorini qabul qilgan birinchi instansiya sudida ko‘rib chiqish predmeti bo‘lmagan yangi talablar arz qilingan bo‘lsa, apellyatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya shikoyatining (protestining) shu talablarga taalluqli qismi bo‘yicha ish yuritishni tugatadi.
Apellyatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni tugatish to‘g‘risida sud ajrim chiqaradi, uning ko‘chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ushbu Kodeksning 171-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 171-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Apellyatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrim ustidan taftish tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
(214-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-889-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/889/0978-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Apellyatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritish tugatilgan taqdirda, ayni bir shaxsning ayni shu asoslar bo‘yicha apellyatsiya shikoyati (protesti) bilan sudga takroran murojaat qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 38-39, 43-moddalari, 210-moddasi birinchi qismining 6-bandi, 216-moddasi.
215-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan ishni ko‘rish tartibi
Apellyatsiya instansiyasi sudi ishni sud majlisida ushbu bobda belgilangan xususiyatlarni hisobga olgan holda birinchi instansiya sudida ko‘rish qoidalari bo‘yicha ko‘radi.
Oldingi tahrirga qarang.
Apellyatsiya instansiyasi sudida: ishlarni bitta ish yuritishga birlashtirish to‘g‘risidagi; talabning predmetini yoki asosini o‘zgartirish haqidagi; ishga uchinchi shaxslarni jalb etish to‘g‘risidagi qoidalar, shuningdek ushbu Kodeksda birinchi instansiya sudida ishni ko‘rish uchun belgilangan boshqa qoidalar qo‘llanilmaydi. Bundan ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari bo‘yicha ko‘rish holi mustasno.
(215-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-889-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/889/0978-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Apellyatsiya instansiyasi sudining sud majlisiga sud muhokamasini o‘tkazish vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan apellyatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxsning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning kelmaganligi ishni ularning ishtirokisiz ko‘rishga to‘sqinlik qilmaydi, bundan jamiyat yoki davlat manfaatlarini ko‘zlab qo‘zg‘atilgan ishlar bo‘yicha prokurorning kelmaganligi mustasno.
216-modda. Apellyatsiya shikoyatidan voz kechish. Apellyatsiya protestini chaqirib olish
Apellyatsiya shikoyati bergan shaxs ishni ko‘rish yakuni bo‘yicha sud hujjati chiqarilguniga qadar undan voz kechishga haqli.
Sud shikoyatdan voz kechishni ushbu Kodeks 136-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha rad etishga va ishni apellyatsiya tartibida ko‘rishga haqli.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 136-moddasi.
Apellyatsiya protesti keltirgan prokuror yoki yuqori turuvchi prokuror ishni ko‘rish yakuni bo‘yicha sud hujjati chiqarilguniga qadar protestni chaqirib olishga haqli.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunining 33 va 35-moddalari.
217-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudida ishni ko‘rish doirasi
Sud ishni apellyatsiya instansiyasida ko‘rish chog‘ida birinchi instansiya sudi hal qiluv qarorining qonuniyligini va asosliligini tekshiradi. Sud yangi dalillarni tekshirishi va yangi faktlarni aniqlashi mumkin.
Apellyatsiya instansiyasining sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini to‘liq hajmda tekshirishi shart.
Birinchi instansiya sudida ko‘rib chiqish predmeti bo‘lmagan yangi talablar apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan qabul qilinmaydi va ko‘rilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 200-201, 208, 215-moddalari.
218-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish muddati
Apellyatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatini (protestini) apellyatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilingan kundan e’tiboran bir oydan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Alohida hollarda apellyatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqish muddati ishni ko‘rayotgan sudlov hay’ati tomonidan ko‘pi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin.
(218-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 26-apreldagi O‘RQ-833-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 03/23/833/0236-son)
Oldingi tahrirga qarang.
219-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudining vakolatlari
Apellyatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish natijalari bo‘yicha:
1) hal qiluv qarorini o‘zgarishsiz qoldirishga;
2) hal qiluv qarorini to‘liq yoki qisman bekor qilishga va yangi qaror qabul qilishga;
3) hal qiluv qarorini o‘zgartirishga;
4) hal qiluv qarorini to‘liq yoki qisman bekor qilishga va ish yuritishni tugatishga yoxud arizani (shikoyatni) to‘liq yoki qisman ko‘rmasdan qoldirishga;
5) ushbu Kodeks 220-moddasi beshinchi qismining 7-bandida nazarda tutilgan asos mavjud bo‘lgan taqdirda, hal qiluv qarorini bekor qilishga va ish materiallarini sudga taalluqliligiga ko‘ra boshqa sudga yuborishga haqli.
Ushbu Kodeks 220-moddasi beshinchi qismining 2, 3 va 6-bandlarida nazarda tutilgan asoslar aniqlanganda apellyatsiya instansiyasi sudi ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari bo‘yicha ko‘radi. Ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari bo‘yicha ko‘rishga o‘tish haqida ajrim chiqarilib, unda bajarilishi lozim bo‘lgan harakatlar ko‘rsatiladi.
Sud xarajatlarini taqsimlash to‘g‘risidagi masala hal qilinmaganligi yoki noto‘g‘ri hal qilinganligi sudning hal qiluv qarorini bekor qilish yoki o‘zgartirish uchun asos bo‘lmaydi. Bu holda qarorning xulosa qismida sud xarajatlari ushbu Kodeksning 115-moddasida nazarda tutilgan tartibda taqsimlanishi to‘g‘risida ko‘rsatiladi.
(219-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-889-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/889/0978-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
220-modda. Hal qiluv qarorini o‘zgartirish yoki bekor qilish uchun asoslar
Hal qiluv qarorini o‘zgartirish yoki bekor qilish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
1) ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarning to‘liq aniqlanmaganligi;
2) sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarning isbotlanmaganligi;
3) hal qiluv qarorida bayon qilingan xulosalarning ish holatlariga muvofiq emasligi;
4) moddiy va (yoki) protsessual huquq normalarining buzilganligi yoxud noto‘g‘ri qo‘llanilganligi.
Moddiy huquq normalarining buzilishi yoki noto‘g‘ri qo‘llanilishi quyidagilardan iborat:
Oldingi tahrirga qarang.
1) qo‘llanilishi lozim bo‘lgan qonunning yoki boshqa qonunchilik hujjatining qo‘llanilmaganligi;
2) qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan qonunning yoki boshqa qonunchilik hujjatining qo‘llanilganligi;
3) qonunning yoki boshqa qonunchilik hujjatining noto‘g‘ri talqin qilinganligi.
(220-modda ikkinchi qismining 1 — 3-bandlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Protsessual huquq normalarining buzilganligi yoki noto‘g‘ri qo‘llanilganligi, agar bu noto‘g‘ri hal qiluv qarori qabul qilinishiga olib kelgan bo‘lsa yoki olib kelishi mumkin bo‘lsa, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini o‘zgartirish yoxud bekor qilish uchun asos bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sudning hal qiluv qarori quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin, agar:
1) sud ishi yuritilayotgan til to‘g‘risidagi qoida ishni ko‘rish chog‘ida buzilgan bo‘lsa;
2) sud majlisi bayonnomasi imzolanmagan yoki ushbu Kodeks 176-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilganidan boshqa shaxslar tomonidan imzolangan yoxud, agar sud majlisining audio- yoki videoyozuvi amalga oshirilgan bo‘lsa, audio- va videoyozuvning elektron yoki boshqa tashuvchilari sud majlisi bayonnomasiga qo‘shib qo‘yilmagan bo‘lsa;
3) sudyalar maslahatining sir saqlanishi to‘g‘risidagi qoida buzilgan bo‘lsa.
Quyidagi protsessual huquq normalarining buzilganligi yoki noto‘g‘ri qo‘llanilganligi har qanday holda birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini bekor qilish uchun asos bo‘ladi:
1) ishning sud tomonidan noqonuniy tarkibda ko‘rilganligi;
2) ishning ishda ishtirok etuvchi, sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilinmagan biror-bir shaxs yo‘qligida ko‘rilganligi;
3) ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlari to‘g‘risida sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilinganligi;
4) hal qiluv qarorining sudya yoki, agar ish sudyalar hay’ati tarkibida ko‘rilgan bo‘lsa, sudyalarning biri tomonidan imzolanmaganligi yoxud hal qiluv qarorida ko‘rsatilganidan boshqa sudyalar tomonidan imzolanganligi;
5) ishda sud majlisi bayonnomasining mavjud emasligi;
6) bildirilgan talab bo‘yicha sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilinmaganligi;
7) ishning sudga taalluqlilik qoidalari buzilgan holda ko‘rilganligi.
(220-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-889-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi va beshinchi qismlar bilan almashtirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/889/0978-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Apellyatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini, agar taraflar o‘rtasida kelishuv bitimi tuzilgan va u apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan tasdiqlangan bo‘lsa, bekor qiladi.
(220-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 26-apreldagi O‘RQ-833-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 03/23/833/0236-son)
221-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudining qarori
Apellyatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish natijalari bo‘yicha qaror qabul qiladi, qaror ishni ko‘rgan sudyalar tomonidan imzolanadi.
Apellyatsiya instansiyasi sudining qarorida quyidagilar ko‘rsatiladi:
1) apellyatsiya instansiyasi sudining nomi, qarorni qabul qilgan sud tarkibi, sud majlisi kotibi;
2) ishning raqami, qaror qabul qilingan sana va joy;
3) apellyatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), uning protsessual holati;
4) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, shuningdek ular vakillarining va sud protsessi boshqa ishtirokchilarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
5) talab predmeti;
6) birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori qabul qilingan sana, uni qabul qilgan sudyaning familiyasi, ism-sharifining bosh harflari;
7) ish bo‘yicha qabul qilingan hal qiluv qarori mazmunining qisqacha bayoni;
8) apellyatsiya shikoyatida (protestida) keltirilgan hal qiluv qarorining qonuniyligini va asosliligini tekshirish to‘g‘risida talab bildirilishiga doir asoslar;
9) apellyatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikrda bayon qilingan vajlar;
10) ishda ishtirok etuvchi va sud majlisida hozir bo‘lgan shaxslarning tushuntirishlari;
Oldingi tahrirga qarang.
11) apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan aniqlangan ish holatlari; sudning ushbu holatlar to‘g‘risidagi xulosalari uchun asos bo‘lgan dalillar; sud qarorni qabul qilishda amal qilgan qonunlar hamda boshqa qonunchilik hujjatlari; sudning u yoki bu dalillarni rad etishiga va ishda ishtirok etuvchi shaxslar havola qilgan qonunlarni va boshqa qonunchilik hujjatlarini qo‘llamaganligiga doir sabablar;
(221-modda ikkinchi qismining 11-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
12) agar birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori to‘liq yoki qisman bekor qilingan yoxud o‘zgartirilgan bo‘lsa, apellyatsiya instansiyasi sudi uning xulosalariga qo‘shilmaganligining sabablari;
Oldingi tahrirga qarang.
(221-modda ikkinchi qismining 13-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-889-sonli Qonuniga asosan 2024-yil 1-yanvardan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/889/0978-son)
14) apellyatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish natijalari to‘g‘risidagi xulosalar.
Apellyatsiya instansiyasi sudining qarorida ishda ishtirok etuvchi shaxslar o‘rtasida sud xarajatlarining taqsimlanishi ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(221-moddanig to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-889-sonli Qonuniga asosan 2024-yil 1-yanvardan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/889/0978-son)
Apellyatsiya instansiyasi sudi qarorining ko‘chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga u qabul qilingan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay, ushbu Kodeksning 161-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 161-moddasi.
Apellyatsiya instansiyasi sudining qarori qabul qilingan kundan e’tiboran qonuniy kuchga kiradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 68, 156, 200-201, 207, 215, 218-moddalari.
222-modda. Birinchi instansiya sudining qarori ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti)
Birinchi instansiya sudining qarori ustidan ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar bo‘yicha berilgan apellyatsiya shikoyati (protesti) ushbu bobda sudning hal qiluv qarori ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqish uchun nazarda tutilgan tartibda apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan ko‘riladi.
Oldingi tahrirga qarang.
223-modda. Birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti)
Birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda apellyatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar bo‘yicha berilgan apellyatsiya shikoyati (protesti) ushbu bobda sudning hal qiluv qarorlari ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish uchun nazarda tutilgan tartibda apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan ko‘riladi.
Apellyatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan berilgan shikoyatni (protestni) ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha quyidagilarga haqli:
1) ajrimni o‘zgarishsiz, shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmasdan qoldirishga;
2) ajrimni to‘liq yoki qisman o‘zgartirishga yoxud bekor qilishga va masalani mazmunan hal qilishga;
3) arizani (shikoyatni) qabul qilishni rad etish, arizani (shikoyatni) qaytarish, ish yuritishni to‘xtatib turish, ish yuritishni tugatish, arizani (shikoyatni) ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risidagi ajrimni bekor qilishga va arizani (shikoyatni), ishni birinchi instansiya sudiga ko‘rib chiqish uchun yuborishga;
4) ajrimni bekor qilishga va arizani (shikoyatni), ishni ko‘rib chiqish uchun taalluqliligiga ko‘ra boshqa sudga yuborishga.
(223-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-889-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/889/0978-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
27-bob. Kassatsiya instansiyasi sudida ish yuritish
Oldingi tahrirga qarang.
224-modda. Kassatsiya shikoyati berish (protesti keltirish) huquqi
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirgan, apellyatsiya tartibida ko‘rilmagan hal qiluv qarori ustidan kassatsiya shikoyati, prokuror esa kassatsiya protesti berishga haqli.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirgan va apellyatsiya tartibida ko‘rilmagan hal qiluv qarori ustidan kassatsiya shikoyati berishga haqli, bundan tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan nizolar mustasno.
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori ustidan to‘liq yoki qisman shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
(224-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-889-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/889/0978-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
225-modda. Kassatsiya shikoyatlarini (protestlarini) ko‘ruvchi sudlar
Kassatsiya shikoyatlari (protestlari):
tumanlararo ma’muriy sudlarning hal qiluv qarorlari, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudining, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlarining birinchi instansiya bo‘yicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari ustidan berilganda — Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari tomonidan;
hududiy harbiy sudlarning hal qiluv qarorlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining birinchi instansiya bo‘yicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari ustidan berilganda — O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining birinchi instansiya bo‘yicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari ustidan berilganda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan ko‘riladi.
(225-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-889-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/889/0978-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
226-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) berish tartibi
Kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya instansiyasi sudiga yo‘llanadi, biroq hal qiluv qarorini qabul qilgan sudga beriladi.
Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud shikoyat (protest) kelib tushgan kundan e’tiboran besh kunlik muddatda uni kassatsiya instansiyasi sudiga ish bilan birga yuborishi shart.
(226-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-889-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/889/0978-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
227-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati
Oldingi tahrirga qarang.
Kassatsiya shikoyati (protesti) birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran olti oy ichida berilishi mumkin.
(227-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-889-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/889/0978-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
O‘tkazib yuborilgan kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati shikoyat (protest) berayotgan shaxsning iltimosnomasiga ko‘ra kassatsiya instansiya sudining sudyasi tomonidan, basharti iltimosnoma kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati o‘tgan kundan e’tiboran uch oydan kechiktirmay berilgan bo‘lsa va o‘tkazib yuborilgan muddat sud tomonidan uzrli deb topilsa, tiklanishi mumkin.
Kassatsiya shikoyati (protesti) berishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklash yoki uni tiklashni rad etish haqida ajrim chiqariladi.
(227-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-662-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/662/0012-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 224 — 226-moddalari.
228-modda. Kassatsiya shikoyatining (protestining) shakli va mazmuni
Oldingi tahrirga qarang.
Kassatsiya shikoyati (protesti) sudga yozma shaklda beriladi va shikoyat (protest) bergan shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.
(228-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-889-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/889/0978-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Kassatsiya shikoyatida (protestida) quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
1) kassatsiya shikoyati (protesti) yo‘llanayotgan sudning nomi;
2) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
3) ustidan shikoyat (protest) berilayotgan hal qiluv qarorini qabul qilgan sudning nomi;
4) ishning raqami, hal qiluv qarori qabul qilingan sana, talab predmeti;
Oldingi tahrirga qarang.
5) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning talablari va shaxs qonunlarga yoki boshqa qonunchilik hujjatlariga, ish holatlariga hamda dalillarga havola qilingan holda sud hujjatini noto‘g‘ri deb hisoblash uchun keltirgan asoslar;
(228-modda ikkinchi qismining 5-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
6) shikoyatga (protestga) ilova qilinayotgan hujjatlarning ro‘yxati.
Kassatsiya shikoyatida uni berayotgan shaxsning yoki uning vakilining telefon, faks raqamlari, elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 224, 226-227, 229, 230-moddalari.
229-modda. Kassatsiya shikoyatining (protestining) ko‘chirma nusxalarini yuborish
Kassatsiya shikoyatini (protestini) berayotgan shaxs ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga kassatsiya shikoyatining (protestining) va unga ilova qilingan, bu shaxslarda mavjud bo‘lmagan hujjatlarning ko‘chirma nusxalarini yuborishi yoki tilxat olib shaxsan topshirishi kerak.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 226, 228, 230-moddalari.
230-modda. Kassatsiya shikoyatiga (protestiga) ilova qilinadigan hujjatlar
Kassatsiya shikoyatiga quyidagilar ilova qilinadi:
Oldingi tahrirga qarang.
1) davlat boji va pochta xarajatlari to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;
(230-moddaning birinchi qismi 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-496-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-son)
2) ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga kassatsiya shikoyatining va unga ilova qilingan, ushbu shaxslarda mavjud bo‘lmagan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari yuborilganligini yoki topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat;
3) kassatsiya shikoyati vakil tomonidan imzolangan taqdirda, kassatsiya shikoyatiga vakilning imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjat.
Kassatsiya protestiga ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga kassatsiya protesti va unga ilova qilingan, ushbu shaxslarda mavjud bo‘lmagan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari yuborilganligini yoki topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Arizani (shikoyatni) qaytarish to‘g‘risidagi, arizani (shikoyatni) qabul qilishni rad etish haqidagi ajrim ustidan berilgan kassatsiya shikoyatiga (protestiga) qaytarilgan ariza (shikoyat) va uni sudga taqdim etish chog‘ida unga qo‘shib berilgan hujjatlar ham ilova qilinishi kerak.
(230-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-889-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/889/0978-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 234-moddasi birinchi qismining 3-bandi, 235-moddasining birinchi qismi.
Oldingi tahrirga qarang.
2301-modda. Ishni talab qilib olish
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar prokurorlari va ularning o‘rinbosarlari ushbu Kodeks 224-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarning murojaati mavjud bo‘lgan taqdirda yoki prokuror ishtirokida ko‘rilgan ishlar bo‘yicha yoxud qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan bo‘lib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan ko‘rilgan ishlar bo‘yicha kassatsiya protesti kiritish to‘g‘risidagi masalasini hal qilish uchun tegishli suddan ishni talab qilib olishga haqli.
(2301-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 30-sentabrdagi O‘RQ-968-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2024-y., 03/24/968/0760-son)
Oldingi tahrirga qarang.
231-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi masalani hal etish tartibi va muddati
Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish to‘g‘risidagi masala shikoyat (protest) sudga kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay kassatsiya instansiyasi sudi sudyasi tomonidan yakka tartibda hal qilinadi.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish to‘g‘risida ajrim chiqariladi, uning ko‘chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga u chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay, ushbu Kodeksning 171-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.
(231-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-889-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/889/0978-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
232-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish
Ushbu Kodeksda belgilangan shakl va mazmun talablariga rioya qilingan holda berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya instansiyasi sudining ish yurituviga qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
1) ajrim chiqarilgan sana va joy;
2) ajrim chiqargan sudyaning familiyasi, ism-sharifining bosh harflari;
3) shikoyatni (protestni) bergan shaxsning, protest keltirgan mansabdor shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi);
4) ustidan kassatsiya shikoyati (protesti) berilgan sud hujjatlari;
Oldingi tahrirga qarang.
5) sud majlisining vaqti va joyi.
(232-modda ikkinchi qismining 5-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-889-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/889/0978-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
233-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish
Sudya kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar:
1) kassatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa;
2) kassatsiya shikoyati (protesti) qonunga muvofiq kassatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin bo‘lmagan sud hujjati ustidan berilgan bo‘lsa;
3) kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya tartibida ko‘rilgan sud hujjati ustidan berilgan bo‘lsa;
4) kassatsiya shikoyatini (protestini) berishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklash rad etilgan bo‘lsa;
5) kassatsiya shikoyatidan (protestidan) uni bergan shaxs voz kechganligi (chaqirib olganligi) sababli kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrim mavjud bo‘lsa.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimda kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish asoslari ko‘rsatiladi, kassatsiya shikoyatini berish chog‘ida to‘langan davlat bojini qaytarish to‘g‘risidagi masala hal etiladi.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan taftish shikoyati (protesti) berilishi mumkin.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, kassatsiya shikoyati (protesti) sudga dastlab murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi.
(233-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-889-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/889/0978-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
234-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish
Kassatsiya shikoyati (protesti) sudya tomonidan quyidagi hollarda qaytariladi, agar:
1) kassatsiya shikoyati (protesti) imzolanmagan bo‘lsa yoxud uni imzolash huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan yoki mansab mavqeyi yoki familiyasi, ismi-sharifining bosh harflari ko‘rsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan bo‘lsa;
2) kassatsiya shikoyatining (protestining) shakliga va mazmuniga nisbatan ushbu Kodeksning 228-moddasida belgilangan talablarga rioya etilmagan yoki kassatsiya shikoyatiga (protestiga) ushbu Kodeks 230-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilinmagan bo‘lsa;
3) kassatsiya shikoyatiga (protestiga) uning ko‘chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuborilganligiga doir dalillar ilova qilinmagan bo‘lsa;
4) davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda va miqdorda to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat kassatsiya shikoyatiga ilova qilinmagan bo‘lsa, qonunda davlat bojini to‘lash muddatini kechiktirish, bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati nazarda tutilgan hollarda esa bu haqda iltimosnoma mavjud bo‘lmasa yoxud iltimosnoma rad etilgan bo‘lsa;
5) kassatsiya shikoyati (protesti) belgilangan muddat o‘tganidan keyin berilgan bo‘lsa va o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash to‘g‘risida iltimosnoma mavjud bo‘lmasa;
6) shikoyat (protest) bergan shaxsdan uni qaytarib olish (chaqirib olish) to‘g‘risida kassatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilinganligi to‘g‘risida sud ajrimi chiqarilguniga qadar ariza kelib tushgan bo‘lsa;
7) shikoyat (protest) hal qiluv qarorini qabul qilgan sud chetlab o‘tgan holda yuborilgan bo‘lsa.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risidagi ajrimda kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish asoslari ko‘rsatiladi, kassatsiya shikoyatini berish chog‘ida to‘langan davlat bojini qaytarish to‘g‘risidagi masala hal etiladi.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risidagi ajrimning ko‘chirma nusxasi shikoyatni (protestni) bergan shaxsga shikoyat (protest) va unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga yuboriladi.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risidagi ajrim ustidan taftish shikoyati (protesti) berilishi mumkin.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, kassatsiya shikoyati (protesti) dastlab sudga murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi.
Shikoyat (protest) bergan shaxs ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilganidan keyin kassatsiya shikoyati (protesti) bilan sudga umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli.
(234-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-889-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/889/0978-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(2341-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-889-sonli Qonuniga asosan 2024-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/889/0978-son)
235-modda. Kassatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikr bildirish
Ishda ishtirok etuvchi shaxs kassatsiya shikoyatining (protestining) ko‘chirma nusxasini olganidan keyin uning yuzasidan yozma fikrini hamda ushbu yozma fikrning ko‘chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni kassatsiya shikoyati (protesti) ko‘rib chiqiladigan kungacha yetib borishini ta’minlaydigan muddatda sudga yuborishga haqli.
Kassatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikr ishda ishtirok etuvchi shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan yozma fikrga uning ishni yuritishga vakolati borligini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 38-39, 58, 61, 229, 232-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
236-modda. Sud hujjatlarining ijrosini to‘xtatib turish
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga ko‘ra, kassatsiya instansiyasi sudi (sudyasi) birinchi instansiya sudida qabul qilingan hal qiluv qarorining ijrosini kassatsiya instansiyasida ish yuritish tamomlanguniga qadar to‘xtatib turadi.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimda sud hujjatining ijrosi to‘xtatib turilishi haqida ko‘rsatiladi.
(236-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-889-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/889/0978-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
237-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldirish
Oldingi tahrirga qarang.
Agar kassatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilinganidan so‘ng uning imzolanmaganligi yoki uni imzolash huquqiga ega bo‘lmagan yoki mansab mavqeyi yoki familiyasi, ism-sharifining bosh harflari ko‘rsatilmagan shaxs tomonidan imzolanganligi aniqlansa, kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldiradi.
(237-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-889-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/889/0978-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risida sud ajrim chiqaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(237-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-662-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/662/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risidagi sud ajrimi ustidan taftish shikoyati (protesti) berilishi mumkin.
(237-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-889-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/889/0978-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldirish uchun asos bo‘lgan holatlar bartaraf etilganidan keyin shikoyat (protest) ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sudga yangidan berilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 61, 171-moddalari.
238-modda. Kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni tugatish
Kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni quyidagi hollarda tugatadi, agar:
Oldingi tahrirga qarang.
1) kassatsiya shikoyati (protesti) ushbu Kodeksga muvofiq kassatsiya tartibida shikoyat qilinmaydigan (protest keltirilmaydigan) sud hujjati ustidan berilgan va u xatoga yo‘l qo‘yilib, ish yuritishga qabul qilingan bo‘lsa;
(238-modda birinchi qismining 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-889-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/889/0978-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
2) kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya tartibida ko‘rilgan sud hujjati ustidan berilgan va u kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan xatoga yo‘l qo‘yilib, ish yuritishga qabul qilingan bo‘lsa;
3) kassatsiya shikoyati (protesti) sud hujjati ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa;
4) shikoyat bergan shaxs tomonidan shikoyatdan voz kechish to‘g‘risidagi ariza kassatsiya shikoyati ish yuritishga qabul qilingandan keyin kelib tushgan va voz kechish kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan qabul qilingan bo‘lsa;
5) protest keltirgan prokuror yoki yuqori turuvchi prokuror tomonidan protestni chaqirib olish to‘g‘risidagi ariza kassatsiya protesti ish yuritishga qabul qilingandan keyin kelib tushgan bo‘lsa;
6) ishda taraf bo‘lgan yuridik shaxs kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar tugatilgan bo‘lsa;
7) ishda taraf bo‘lgan fuqaro kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar vafot etsa, nizoli huquqiy munosabat esa huquqiy vorislikka yo‘l qo‘ymasa.
Agar kassatsiya shikoyatida (protestida) shikoyat qilinayotgan (protest keltirilayotgan) hal qiluv qarorini qabul qilgan birinchi instansiya sudi tomonidan ko‘rib chiqish predmeti bo‘lmagan yangi talablar arz qilingan bo‘lsa, kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyatining (protestining) bu talablarga taalluqli qismi bo‘yicha ish yuritishni tugatadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni tugatish to‘g‘risida ajrim chiqariladi, uning ko‘chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ushbu Kodeksning 171-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.
(238-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-889-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/889/0978-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(238-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-662-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/662/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrim ustidan taftish shikoyati (protesti) berilishi mumkin.
(238-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-889-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/889/0978-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritish tugatilgan taqdirda, ayni bir shaxsning ayni shu asoslar bo‘yicha kassatsiya shikoyati (protesti) bilan sudga takroran murojaat qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 38-39, 43, 225 — 227-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
239-modda. Kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan ishni ko‘rish tartibi
Kassatsiya instansiyasi sudi ishni sud majlisida ushbu bobda belgilangan o‘ziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda, birinchi instansiya sudida ko‘rish qoidalari bo‘yicha ko‘radi.
Kassatsiya instansiyasi sudida: ishlarni bitta ish yuritishga birlashtirish to‘g‘risidagi; talabning predmetini yoki asosini o‘zgartirish haqidagi; ishga uchinchi shaxslarni jalb etish to‘g‘risidagi qoidalar, shuningdek ushbu Kodeksda birinchi instansiya sudida ishni ko‘rish uchun belgilangan boshqa qoidalar qo‘llanilmaydi, bundan ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari bo‘yicha ko‘rish holi mustasno.
Sud muhokamasini o‘tkazish vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan, kassatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxsning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning kassatsiya instansiyasi sudining sud majlisiga kelmaganligi ishni ular yo‘qligida ko‘rishga to‘sqinlik qilmaydi.
(239-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-889-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/889/0978-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
240-modda. Kassatsiya shikoyatidan voz kechish. Kassatsiya protestini chaqirib olish
Kassatsiya shikoyati bergan shaxs ishni ko‘rish yakuni bo‘yicha sud hujjati chiqarilguniga qadar undan voz kechishga haqli.
Sud shikoyatdan voz kechishni ushbu Kodeks 136-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha rad etishga va ishni kassatsiya tartibida ko‘rishga haqli.
Kassatsiya protesti keltirgan prokuror yoki yuqori turuvchi prokuror ishni ko‘rish yakuni bo‘yicha sud hujjati chiqarilguniga qadar protestni chaqirib olishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Kassatsiya shikoyatidan voz kechilganligi, protest chaqirib olinganligi sababli kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritish tugatilganligi, agar sud hujjati ustidan boshqa shaxslar tomonidan shikoyat qilingan bo‘lsa, boshqa shaxslarning kassatsiya shikoyatini ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
(240-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-889-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/889/0978-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
241-modda. Kassatsiya instansiyasi sudida ishni ko‘rish doirasi
Oldingi tahrirga qarang.
Sud ishni kassatsiya instansiyasida ko‘rish chog‘ida birinchi instansiya sudi hal qiluv qarorining qonuniyligi va asosliligini tekshiradi. Sud yangi dalillarni tekshirishi va yangi faktlarni aniqlashi mumkin.
(241-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-889-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/889/0978-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Kassatsiya instansiyasining sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini to‘liq hajmda tekshirishi shart.
(241-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-889-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/889/0978-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Birinchi instansiya sudida ko‘rib chiqish predmeti bo‘lmagan yangi talablar kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan qabul qilinmaydi va ko‘rilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 225 — 227-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
242-modda. Ishni kassatsiya instansiyasi sudida ko‘rish muddati
(242-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-889-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/889/0978-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Kassatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyatini (protestini) uni ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran bir oydan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqadi.
(242-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-889-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/889/0978-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Alohida hollarda, kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqish muddati ishni ko‘rib chiqayotgan sudlov hay’ati tomonidan ko‘pi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin.
(242-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-662-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/662/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
243-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining vakolatlari
Kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish natijalari bo‘yicha quyidagilarga haqli:
1) hal qiluv qarorini o‘zgarishsiz qoldirishga;
2) hal qiluv qarorini to‘liq yoki qisman bekor qilishga va yangi qaror qabul qilishga;
3) hal qiluv qarorini o‘zgartirishga;
4) hal qiluv qarorini to‘liq yoki qisman bekor qilishga va ish yuritishni tugatishga yoxud arizani (shikoyatni) to‘liq yoki qisman ko‘rmasdan qoldirishga;
5) ushbu Kodeks 244-moddasi beshinchi qismining 7-bandida nazarda tutilgan asos mavjud bo‘lgan taqdirda, hal qiluv qarorini bekor qilishga va ish materiallarini taalluqliligiga ko‘ra boshqa sudga yuborishga.
Ushbu Kodeks 244-moddasi beshinchi qismining 2, 3 va 6-bandlarida nazarda tutilgan asoslar aniqlanganda kassatsiya instansiyasi sudi ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari bo‘yicha ko‘radi. Ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari bo‘yicha ko‘rishga o‘tish haqida ajrim chiqarilib, unda bajarilishi lozim bo‘lgan harakatlar ko‘rsatiladi.
Sud xarajatlarini taqsimlash to‘g‘risidagi masala hal qilinmaganligi yoki noto‘g‘ri hal qilinganligi sudning hal qiluv qarorini bekor qilish yoki o‘zgartirish uchun asos bo‘lmaydi. Bu holda qarorning xulosa qismida sud xarajatlari ushbu Kodeksning 115-moddasida nazarda tutilgan tartibda taqsimlanishi ko‘rsatiladi.
(243-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-889-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/889/0978-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
244-modda. Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini o‘zgartirish yoki bekor qilish asoslari
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini o‘zgartirish yoki bekor qilish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
1) ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarning to‘liq aniqlanmaganligi;
2) sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarning isbotlanmaganligi;
3) hal qiluv qarorida bayon qilingan xulosalarning ish holatlariga muvofiq emasligi;
4) moddiy va (yoki) protsessual huquq normalari buzilganligi yoki noto‘g‘ri qo‘llanilganligi.
Moddiy huquq normalarining buzilishi yoki noto‘g‘ri qo‘llanilishi quyidagilardan iborat:
1) qo‘llanilishi lozim bo‘lgan qonunning yoki boshqa qonunchilik hujjatining qo‘llanilmaganligi;
2) qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan qonun yoki boshqa qonunchilik hujjati qo‘llanilganligi;
3) qonun yoki boshqa qonunchilik hujjati noto‘g‘ri talqin qilinganligi.
Protsessual huquq normalari buzilganligi yoki noto‘g‘ri qo‘llanilganligi, agar bu noto‘g‘ri hal qiluv qarori qabul qilinishiga olib kelgan bo‘lsa yoki olib kelishi mumkin bo‘lsa, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini o‘zgartirish yoxud bekor qilish uchun asos bo‘ladi.
Sudning hal qiluv qarori quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin, agar:
1) sud ishi yuritilayotgan til to‘g‘risidagi qoida ishni ko‘rish chog‘ida buzilgan bo‘lsa;
2) sud majlisi bayonnomasi imzolanmagan yoki ushbu Kodeks 176-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilganidan boshqa shaxslar tomonidan imzolangan yoxud, agar sud majlisining audio- yoki videoyozuvi amalga oshirilgan bo‘lsa, audio- va videoyozuvning elektron yoki boshqa tashuvchilari sud majlisi bayonnomasiga qo‘shib qo‘yilmagan bo‘lsa;
3) hal qiluv qarorini qabul qilish chog‘ida sudyalar maslahatining sir saqlanishi to‘g‘risidagi qoida buzilgan bo‘lsa.
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini har qanday holda bekor qilish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
1) sud tomonidan ishning qonunga xilof tarkibda ko‘rilganligi;
2) ishning sud majlisi vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilinmagan biror-bir ishda ishtirok etuvchi shaxs yo‘qligida ko‘rilganligi;
3) sud tomonidan ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlari to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qilinganligi;
4) hal qiluv qarorining sudya yoki, agar ish sudyalar hay’ati tarkibida ko‘rilgan bo‘lsa, sudyalarning biri tomonidan imzolanmaganligi yoxud hal qiluv qarorida ko‘rsatilganidan boshqa sudyalar tomonidan imzolanganligi;
5) ishda sud majlisi bayonnomasining mavjud emasligi;
6) bildirilgan talab bo‘yicha sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilinmaganligi;
7) ishning sudga taalluqlilik qoidalari buzilgan holda ko‘rilganligi.
Kassatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini, agar taraflar o‘rtasida kelishuv bitimi tuzilgan va u kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan tasdiqlangan bo‘lsa, bekor qiladi.
(244-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-889-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/889/0978-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
245-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining qarori
Kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish natijalari bo‘yicha qaror qabul qiladi, qaror ishni ko‘rgan sudyalar tomonidan imzolanadi.
Kassatsiya instansiyasi sudining qarorida quyidagilar ko‘rsatiladi:
1) kassatsiya instansiyasi sudining nomi, qarorni qabul qilgan sud tarkibi, sud majlisining kotibi;
2) ishning raqami, qaror qabul qilingan sana va joy;
3) kassatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), uning protsessual holati;
4) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, shuningdek ular vakillarining va sud protsessining boshqa ishtirokchilarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
5) talab predmeti;
6) hal qiluv qarori qabul qilingan sana, uni qabul qilgan sudyalarning familiyasi, ism-sharifining bosh harflari;
7) ish bo‘yicha qabul qilingan hal qiluv qarori mazmunining qisqacha bayoni;
8) kassatsiya shikoyatida (protestida) keltirilgan hal qiluv qarorining qonuniyligi va asosliligini tekshirish to‘g‘risida talab arz qilinishiga sabab bo‘lgan asoslar;
9) kassatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikrda bayon qilingan vajlar;
10) ishda ishtirok etuvchi va sud majlisida hozir bo‘lgan shaxslarning tushuntirishlari;
Oldingi tahrirga qarang.
11) kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan aniqlangan ish holatlari; sudning ushbu holatlar to‘g‘risidagi xulosalari uchun asos bo‘lgan dalillar; sud qaror qabul qilishda amal qilgan qonunlar va boshqa qonunchilik hujjatlari; sudning u yoki bu dalillarni rad etishiga hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslar havola qilgan qonunlar va boshqa qonunchilik hujjatlarini qo‘llamaganligiga doir sabablar;
(245-modda ikkinchi qismining 11-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
12) agar birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori to‘liq yoki qisman bekor qilingan bo‘lsa, uning xulosalariga kassatsiya instansiyasi sudi qo‘shilmaganligining sabablari;
13) kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish natijalari bo‘yicha xulosalar.
Oldingi tahrirga qarang.
(245-modda ikkinchi qismining 14-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-889-sonli Qonuniga asosan 2024-yil 1-yanvardan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/889/0978-son)
Kassatsiya instansiyasi sudining qarorida ishda ishtirok etuvchi shaxslar o‘rtasida sud xarajatlarining taqsimlanishi ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(245-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-889-sonli Qonuniga asosan 2024-yil 1-yanvardan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/889/0978-son)
Kassatsiya instansiyasi sudi qarorining ko‘chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga u qabul qilingan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay, ushbu Kodeksning 161-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 161-moddasi.
Kassatsiya instansiyasi sudining qarori qabul qilingan kundan e’tiboran qonuniy kuchga kiradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 243-244-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
(246-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-889-sonli Qonuniga asosan 2024-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/889/0978-son)
Oldingi tahrirga qarang.
247-modda. Birinchi instansiya sudining ajrimi, qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyati (protesti)
Birinchi instansiya sudining apellyatsiya instansiyasida ko‘rilmagan ajrimlari, qarorlari ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda kassatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Birinchi instansiya sudining ajrimi, qarori ustidan ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar bo‘yicha berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) ushbu bobda sudning hal qiluv qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish uchun nazarda tutilgan tartibda kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan ko‘riladi.
Kassatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining ajrimi, qarori ustidan berilgan shikoyatni (protestni) ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra quyidagilarga haqli:
1) ajrimni, qarorni o‘zgarishsiz, shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmasdan qoldirishga;
2) ajrimni, qarorni to‘liq yoki qisman o‘zgartirishga yoxud bekor qilishga va masalani mazmunan hal qilishga;
3) arizani (shikoyatni) qabul qilishni rad etish, arizani (shikoyatni) qaytarish, ish yuritishni to‘xtatib turish, ish yuritishni tugatish, arizani (shikoyatni) ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risidagi ajrimni bekor qilishga va arizani (shikoyatni), ishni birinchi instansiya sudiga ko‘rib chiqish uchun yuborishga;
4) ajrimni bekor qilishga va arizani (shikoyatni), ishni ko‘rib chiqish uchun taalluqliligiga ko‘ra boshqa sudga yuborishga.
(247-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-889-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/889/0978-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
248-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan shikoyat qilish (protest keltirish)
Kassatsiya instansiyasi sudining ushbu Kodeksda ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) nazarda tutilgan ajrimlari ustidan taftish tartibida shikoyat (protest) berilishi mumkin.
(248-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-889-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/889/0978-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(2481-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-889-sonli Qonuniga asosan 2024-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/889/0978-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(28-bob O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-662-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/662/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
28-bob. Sud hujjatlarini taftish tartibida qayta ko‘rish bo‘yicha ish yuritish
249-modda. Taftish tartibida shikoyat qilish (protest keltirish) huquqi
Tumanlararo ma’muriy sudlarning, hududiy harbiy sudlarning qonuniy kuchga kirgan, apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rilgan ishlar bo‘yicha hal qiluv qarori, ajrimi, qarori, shuningdek apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining qarori, ajrimi ustidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlariga, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudiga quyidagi shaxslar tomonidan taftish tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin:
ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, bundan tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan nizolar mustasno;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari va ularning o‘rinbosarlari.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan taftish tartibida ko‘rilgan ishlar bo‘yicha sud hujjatlari, ushbu sudlar taftish instansiyasining sud hujjatlari va ushbu sudlar tomonidan birinchi instansiya bo‘yicha qabul qilingan, apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rilgan sud hujjatlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan birinchi instansiya bo‘yicha qabul qilingan, apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rilgan sud hujjatlari ustidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga quyidagi shaxslar tomonidan taftish tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin:
ushbu modda birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan shaxslar tomonidan;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning o‘rinbosarlari tomonidan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan taftish tartibida ko‘rilgan ishlar bo‘yicha sud hujjatlari, shuningdek taftish tartibida qabul qilingan sud hujjatlari ustidan quyidagi shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatiga taftish tartibida protest keltirishi mumkin:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi — ushbu modda birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan shaxslarning murojaatiga asosan;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori — prokuror ishtirokida ko‘rilgan ish bo‘yicha yoki qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan bo‘lib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan ko‘rilgan ish bo‘yicha, shuningdek boshqa ishlar bo‘yicha ushbu modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan shaxslarning murojaati mavjud bo‘lgan taqdirda.
(249-modda uchinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 30-sentabrdagi O‘RQ-968-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2024-y., 03/24/968/0760-son)
250-modda. Taftish tartibidagi shikoyatlarni (protestlarni) ko‘ruvchi sudlar
Taftish tartibidagi shikoyat (protest):
ushbu Kodeks 249-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan sud hujjatlari ustidan berilganda — Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan;
ushbu Kodeks 249-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan sud hujjatlari ustidan berilganda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan ko‘riladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining, Bosh prokurorining ushbu Kodeks 249-moddasining uchinchi qismida ko‘rsatilgan sud hujjatlari ustidan kiritilgan protesti O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati tomonidan ko‘riladi.
251-modda. Taftish tartibida shikoyat (protest) berish tartibi
Taftish tartibidagi shikoyat (protest) ishni taftish tartibida ko‘radigan Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi nomiga yo‘llanadi, lekin hal qiluv qarorini qabul qilgan sudga beriladi.
Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud shikoyat (protest) kelib tushgan kundan e’tiboran besh kunlik muddatda uni ishni taftish tartibida ko‘radigan sudga ish bilan birga yuborishi shart.
Mazkur Kodeks 249-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida ko‘rsatilgan sud hujjatlari ustidan taftish tartibidagi shikoyat (protest) bevosita O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga beriladi.
252-modda. Taftish tartibida shikoyat (protest) berish muddati
Taftish tartibidagi shikoyat (protest) birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori, ajrimi, qarori qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran bir yil ichida beriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlariga, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudiga taftish tartibida shikoyat (protest) berish muddati kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan qaror qabul qilinguniga qadar o‘tgan taqdirda, taftish tartibidagi shikoyat (protest) kassatsiya instansiyasi sudi qaror qabul qilgan kundan e’tiboran uch oy ichida berilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga taftish tartibida shikoyat (protest) berish muddati ishni taftish tartibida ko‘rish yakunlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi qaror qabul qilguniga qadar o‘tgan bo‘lsa, shikoyat (protest) ushbu sudlar tomonidan ishni taftish tartibida ko‘rish natijalari bo‘yicha qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch oy ichida berilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining, Bosh prokurorining protesti ushbu Kodeks 249-moddasi birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan shaxslarning murojaati kelib tushgan kundan e’tiboran uch oy ichida, lekin ishni taftish tartibida ko‘rish natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan qaror qabul qilingan kundan e’tiboran olti oydan kechiktirmay keltirilishi mumkin.
Taftish tartibida shikoyat (protest) berishning o‘tkazib yuborilgan muddati shikoyat (protest) bergan shaxsning iltimosnomasi bo‘yicha, agar iltimosnoma taftish tartibida shikoyat (protest) berish muddati o‘tgan kundan e’tiboran uch oy ichida berilgan va shikoyat (protest) berish muddatining o‘tkazib yuborilishi sabablari sud tomonidan uzrli deb topilgan bo‘lsa, tiklanishi mumkin.
Ushbu moddaning beshinchi qismida ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin berilgan taftish tartibidagi shikoyat (protest) ko‘rib chiqilmaydi.
253-modda. Taftish tartibidagi shikoyatning (protestning) mazmuni
Taftish tartibidagi shikoyatda (protestda) quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
1) shikoyat (protest) yo‘llanayotgan taftish instansiyasi sudining nomi;
2) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), uning joylashgan yeri (pochta manzili yoki yashash joyi);
3) ustidan shikoyat (protest) berilayotgan hal qiluv qarorini, qarorni qabul qilgan sudning nomi;
4) ishning raqami, hal qiluv qarori, qaror qabul qilingan sana;
5) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning talablari va shikoyat (protest) berayotgan shaxs sud hujjatini qonunlarga yoki boshqa qonunchilik hujjatlariga, ish holatlariga hamda dalillarga havola qilgan holda noto‘g‘ri deb hisoblashiga oid asoslar;
6) shikoyatga (protestga) ilova qilinayotgan hujjatlar ro‘yxati.
Ishda ishtirok etmagan shaxsning taftish tartibidagi shikoyatida ustidan shikoyat qilinayotgan, qonuniy kuchga kirgan sud hujjati bilan uning qanday huquqlari, erkinliklari yoki qonuniy manfaatlari buzilganligi ko‘rsatilishi kerak.
Taftish tartibidagi shikoyatda (protestda) shikoyatni (protestni) bergan shaxsning yoxud uning vakilining telefonlari, fakslari raqamlari, elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin.
Taftish tartibidagi shikoyat shikoyatni berayotgan shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolangan bo‘lishi kerak. Protest uni keltirgan mansabdor shaxs tomonidan imzolangan bo‘lishi kerak.
254-modda. Taftish tartibidagi shikoyatning (protestning) ko‘chirma nusxalarini yuborish
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) berayotgan shaxs ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga taftish tartibidagi shikoyatning (protestning) va unga ilova qilingan, ushbu shaxslarda mavjud bo‘lmagan hujjatlarning ko‘chirma nusxalarini yuborishi yoki tilxat olib shaxsan topshirishi kerak.
255-modda. Taftish tartibidagi shikoyatga (protestga) ilova qilinadigan hujjatlar
Taftish shikoyatiga quyidagilar ilova qilinadi:
1) davlat boji va pochta xarajatlari to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar;
2) ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga taftish shikoyatining va unga ilova qilingan, ushbu shaxslarda mavjud bo‘lmagan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari yuborilganligini yoki topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat;
3) taftish tartibidagi shikoyat vakil tomonidan imzolangan taqdirda, uning shikoyatni imzolashga bo‘lgan vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat.
Taftish tartibidagi protestga ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga protest va unga ilova qilingan, ushbu shaxslarda mavjud bo‘lmagan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari yuborilganligini yoki topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
Apellyatsiya yoki kassatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish haqidagi yoxud apellyatsiya yoki kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risidagi sud ajrimi ustidan berilgan taftish tartibidagi shikoyatga (protestga) qabul qilinishi rad etilgan yoki qaytarilgan shikoyat (protest) va uni sudga taqdim etish chog‘ida unga qo‘shib berilgan hujjatlar ham ilova qilinishi kerak.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudining, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlarining, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qabul qilishni rad etish haqidagi yoki qaytarish to‘g‘risidagi ajrimi ustidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga berilgan taftish tartibidagi shikoyatga (protestga) qabul qilinishi rad etilgan yoxud qaytarilgan shikoyat (protest) hamda uni sudga taqdim etish chog‘ida unga qo‘shib berilgan hujjatlar ham ilova qilinishi kerak.
256-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni rad etish
Taftish instansiyasi sudining sudyasi taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar:
1) shikoyat (protest) sud hujjati ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa;
2) shikoyat (protest) qonuniy kuchga kirmagan yoki qonunga muvofiq taftish tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin bo‘lmagan sud hujjati ustidan berilgan bo‘lsa;
3) shikoyat (protest) Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlariga, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudiga apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rilmagan sud hujjati ustidan berilgan bo‘lsa;
4) shikoyat (protest) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudida, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlarida, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudida apellyatsiya yoki kassatsiya va taftish tartibida ko‘rilmagan sud hujjati ustidan berilgan bo‘lsa;
5) shikoyat (protest) ishni taftish tartibida ko‘rayotgan sud tomonidan ilgari ko‘rilgan sud hujjati ustidan berilgan bo‘lsa;
6) shikoyatni (protestni) berish muddati o‘tkazib yuborilgan va o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash rad etilgan bo‘lsa;
7) taftish tartibida shikoyat (protest) bergan shaxs undan voz kechganligi, protest chaqirib olinganligi sababli shikoyat (protest) bo‘yicha ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrim mavjud bo‘lsa, bundan Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudining, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlarining, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining shikoyatdan voz kechilganligi, protest chaqirib olinganligi sababli taftish tartibidagi shikoyat (protest) bo‘yicha ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrimi ustidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga taftish tartibida berilgan shikoyat (protest) mustasno.
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimda shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni rad etish asoslari ko‘rsatiladi, shikoyatni berish chog‘ida to‘langan davlat bojini qaytarish to‘g‘risidagi masala hal etiladi.
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, shikoyat (protest) sudga dastlab murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi.
257-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish
Taftish instansiyasi sudining sudyasi taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) quyidagi hollarda qaytaradi, agar:
1) shikoyat (protest) imzolanmagan bo‘lsa yoki uni imzolash huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan yoxud mansab mavqeyi yoki familiyasi va ismi-sharifining bosh harflari ko‘rsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan bo‘lsa;
2) shikoyatning (protestning) mazmuniga nisbatan ushbu Kodeksning 253-moddasida belgilangan talablarga rioya etilmagan yoki shikoyatga (protestga) ushbu Kodeks 255-moddasining uchinchi va to‘rtinchi qismlarida ko‘rsatilgan hujjatlar ilova qilinmagan bo‘lsa;
3) shikoyatga davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda va miqdorda to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinmagan bo‘lsa, qonunda davlat bojini to‘lash muddatini kechiktirish, bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati nazarda tutilgan hollarda esa, bu haqda iltimosnoma mavjud bo‘lmasa yoxud iltimosnoma rad etilgan bo‘lsa;
4) shikoyat (protest) belgilangan muddat o‘tganidan keyin berilgan bo‘lsa va o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash to‘g‘risida iltimosnoma mavjud bo‘lmasa;
5) shikoyat (protest) bergan shaxsdan uni qaytarib olish (chaqirib olish) to‘g‘risida shikoyat (protest) ish yuritishga qabul qilinganligi haqida sud ajrimi chiqarilguniga qadar ariza kelib tushgan bo‘lsa;
6) shikoyat (protest) ushbu Kodeks 251-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan taqdirda hal qiluv qarorini qabul qilgan sud chetlab o‘tilgan holda yuborilgan bo‘lsa.
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish to‘g‘risidagi ajrimda shikoyatni (protestni) qaytarish asoslari ko‘rsatiladi, taftish tartibidagi shikoyatni berish chog‘ida to‘langan davlat bojini qaytarish to‘g‘risidagi masala hal etiladi.
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish to‘g‘risidagi ajrimning ko‘chirma nusxasi shikoyat (protest) bergan shaxsga shikoyat (protest) va unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga yuboriladi.
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish to‘g‘risidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, shikoyat (protest) dastlab sudga murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi.
Shikoyat (protest) bergan shaxs ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilganidan keyin taftish tartibidagi shikoyat (protest) bilan sudga umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli.
258-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi masalani hal etish tartibi va muddati
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki uni qaytarish to‘g‘risidagi masala shikoyat (protest) sudga kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay sudya tomonidan yakka tartibda hal qilinadi.
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki uni qaytarish to‘g‘risida ajrim chiqariladi, uning ko‘chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga u chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay, ushbu Kodeksning 171-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.
259-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan ish yuritishga qabul qilish
Ushbu Kodeksda shakl va mazmunga nisbatan belgilangan talablarga rioya qilingan holda berilgan taftish tartibidagi shikoyat (protest) ish yuritishga qabul qilinadi va sud muhokamasida ko‘rib chiqish uchun tayinlanadi.
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
1) ajrim chiqarilgan sana va joy;
2) ajrim chiqargan sudyaning familiyasi va ismi-sharifining bosh harflari;
3) shikoyatni (protestni) bergan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
4) ustidan shikoyat berilgan (protest keltirilgan) sud hujjatlari;
5) sud majlisini o‘tkazish vaqti va joyi.
260-modda. Ishni talab qilib olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi va uning o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi taftish tartibidagi shikoyat (protest) bo‘yicha ishni tegishli suddan talab qilib olishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari va ularning o‘rinbosarlari ushbu Kodeks 249-moddasi birinchi qismining ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan shaxslarning murojaati mavjud bo‘lgan taqdirda yoki prokuror ishtirokida ko‘rilgan ishlar bo‘yicha yoxud qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan bo‘lib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan ko‘rilgan ishlar bo‘yicha taftish tartibida protest kiritish masalasini hal etish uchun tegishli suddan ishni o‘z vakolatlari doirasida talab qilib olishga haqli.
(260-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 30-sentabrdagi O‘RQ-968-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2024-y., 03/24/968/0760-son)
261-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi tomonidan taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) o‘rganish
Ushbu Kodeksning 249 — 255-moddalarida belgilangan qoidalarga muvofiq berilgan taftish tartibidagi shikoyat (protest) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi tomonidan o‘rganiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) unga ilova qilingan materiallar bilan birga, zarur bo‘lgan taqdirda esa ishni talab qilib olgan holda o‘rganadi.
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) o‘rganish natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi:
1) taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni ushbu Kodeksning 256-moddasida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra rad etish to‘g‘risida;
2) taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ushbu Kodeks 257-moddasi birinchi qismining 1 — 6-bandlarida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra qaytarish to‘g‘risida;
3) agar sud hujjatlarini taftish tartibida tekshirish asoslari mavjud bo‘lmasa, taftish tartibidagi shikoyatni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga ko‘rib chiqish uchun o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida;
4) taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish va uni ko‘rib chiqish uchun ish bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazish to‘g‘risida ajrim chiqaradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qabul qilishni rad etish yoki qaytarish to‘g‘risida besh kundan kechiktirmay ajrim chiqaradi, taftish tartibidagi shikoyatni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga ko‘rib chiqish uchun o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida yoki taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish va uni ko‘rib chiqish uchun ish bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazish to‘g‘risida esa shikoyat (protest) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga kelib tushgan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay ajrim chiqaradi.
Ajrimning ko‘chirma nusxasi taftish tartibida shikoyat (protest) bergan shaxsga va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ajrim chiqarilganidan keyingi kundan kechiktirmay, ushbu Kodeksning 171-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.
262-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga ko‘rib chiqish uchun o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining taftish tartibidagi shikoyatni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga ko‘rib chiqish uchun o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
1) ajrim chiqarilgan sana va joy;
2) ajrim chiqargan sudyaning familiyasi va ismi-sharifining bosh harflari;
3) shikoyat bergan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
4) ustidan taftish tartibida shikoyat berilgan sud hujjatlari;
5) sud hujjatlari qabul qilingan ish mazmunining qisqacha bayoni;
6) taftish tartibidagi shikoyatni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga ko‘rib chiqish uchun o‘tkazishni rad etish asoslari.
Taftish tartibidagi shikoyatni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga ko‘rib chiqish uchun o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqarilganda shikoyat va unga ilova qilingan hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida qoladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi yoki uning o‘rinbosari sudyaning taftish tartibidagi shikoyatni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga ko‘rib chiqish uchun o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimiga qo‘shilmaslikka hamda taftish tartibidagi shikoyatni bergan shaxsning arizasiga asosan uni bekor qilish va shikoyatni ko‘rib chiqish uchun ish bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazish haqida ajrim chiqarishga haqli.
Taftish tartibidagi shikoyatni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga ko‘rib chiqish uchun o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimni bekor qilish haqidagi ariza sud hujjati ustidan taftish tartibida shikoyat qilish uchun belgilangan muddat doirasida berilishi mumkin.
Ushbu moddaning to‘rtinchi qismida belgilangan muddat o‘tgandan keyin berilgan ariza ko‘rib chiqilmaydi.
263-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish va uni ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazish to‘g‘risidagi ajrim
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish va uni ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazish to‘g‘risidagi ajrimida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
1) ajrim chiqarilgan sana va joy;
2) ajrim chiqargan sudyaning familiyasi va ismi-sharifining bosh harflari;
3) shikoyat (protest) bergan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
4) ustidan taftish shikoyati (protest) berilgan sud hujjatlari;
5) sud hujjatlari qabul qilingan ish mazmunining qisqacha bayoni;
6) taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazish asoslarining asoslantirilgan bayoni;
7) sud majlisining vaqti va joyi.
264-modda. Taftish tartibidagi shikoyat (protest) yuzasidan yozma fikr bildirish
Ishda ishtirok etuvchi shaxs taftish tartibidagi shikoyatning (protestning) ko‘chirma nusxalarini olgach, uning yuzasidan yozma fikrini hamda yozma fikrning ko‘chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni yozma fikr taftish tartibidagi shikoyat (protest) ko‘rib chiqiladigan kunga qadar yetib borishini ta’minlaydigan muddatda sudga yuborishga haqli.
Taftish tartibidagi shikoyat (protest) yuzasidan yozma fikr ishda ishtirok etuvchi shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan yozma fikrga uning ishni yuritishga bo‘lgan vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.
265-modda. Taftish tartibidagi shikoyat (protest) bo‘yicha sud hujjatlarining ijrosini to‘xtatib turish
Ishni taftish tartibida ko‘rayotgan sud (sudya) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga ko‘ra, sud hujjatining ijrosini taftish tartibida ish yuritish tamomlanguniga qadar to‘xtatib turishga haqli.
Sudya taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimda sud hujjatining ijrosini to‘xtatib turish to‘g‘risida yoki uning ijrosini to‘xtatib turish rad etilishi haqida ko‘rsatadi.
266-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilish
Taftish tartibida shikoyat (protest) bergan shaxs, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxslar ishni ko‘rish vaqti va joyi to‘g‘risida ushbu Kodeksning 124-moddasida belgilangan tartibda xabardor qilinadi. Ish muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi ishni taftish tartibida ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida ish taftish tartibida ko‘rilganda ishda ishtirok etuvchi shaxslar tushuntirishlar berish uchun chaqirtirilishi mumkin. Bu holda ularga ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida xabarnoma yuboriladi. Biroq ish muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi ishni ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilmaydi.
2661-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ko‘rmasdan qoldirish
Agar taftish tartibidagi shikoyat (protest) ish yuritishga qabul qilinganidan so‘ng uning imzolanmaganligi yoxud uni imzolash huquqiga ega bo‘lmagan yoki mansab mavqeyi yoki familiyasi va ismi-sharifining bosh harflari ko‘rsatilmagan shaxs tomonidan imzolanganligi aniqlansa, ishni taftish tartibida ko‘rayotgan sud shikoyatni (protestni) ko‘rmasdan qoldiradi.
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risida sud ajrim chiqaradi.
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ko‘rmasdan qoldirish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan holatlar bartaraf etilganidan keyin shikoyat (protest) ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sudga yangidan berilishi mumkin.
2662-modda. Taftish tartibidagi shikoyat (protest) bo‘yicha ish yuritishni tugatish
Ishni taftish tartibida ko‘rayotgan sud taftish tartibidagi shikoyat (protest) bo‘yicha ish yuritishni quyidagi hollarda tugatadi, agar:
1) shikoyat (protest) sud hujjati ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa;
2) shikoyat (protest) Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlariga, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudiga apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rilmagan sud hujjati ustidan berilgan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan taftish tartibida ko‘rilmagan yoki ushbu Kodeksga muvofiq taftish tartibida shikoyat qilinmaydigan (protest keltirilmaydigan) sud hujjati ustidan berilgan va xatoga yo‘l qo‘yilib, ish yuritishga qabul qilingan bo‘lsa;
3) shikoyat (protest) taftish tartibida ushbu sud tomonidan ko‘rilgan sud hujjati ustidan berilgan va xatoga yo‘l qo‘yilib, ish yuritishga qabul qilingan bo‘lsa;
4) shikoyat bergan shaxs tomonidan shikoyatdan voz kechish to‘g‘risida shikoyat ish yuritishga qabul qilinganidan keyin ariza kelib tushgan bo‘lsa va voz kechish taftish instansiyasi sudi tomonidan qabul qilingan bo‘lsa;
5) protest keltirgan prokurordan yoki yuqori turuvchi prokurordan protestni chaqirib olish to‘g‘risida protest ish yuritishga qabul qilinganidan keyin ariza kelib tushgan bo‘lsa;
6) ishda taraf bo‘lgan yuridik shaxs shikoyat (protest) bo‘yicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar tugatilgan bo‘lsa;
7) ishda taraf bo‘lgan fuqaro shikoyat (protest) bo‘yicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar vafot etsa, nizoli huquqiy munosabat esa huquqiy vorislikka yo‘l qo‘ymasa.
Taftish tartibidagi shikoyat (protest) bo‘yicha ish yuritishni tugatish to‘g‘risida ajrim chiqariladi, uning ko‘chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ushbu Kodeksning 171-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.
Taftish tartibidagi shikoyat (protest) bo‘yicha ish yuritish tugatilgan taqdirda, ayni bir shaxsning ayni shu asoslar bo‘yicha taftish tartibidagi shikoyat (protest) bilan sudga takroran murojaat qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
2663-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ko‘rish muddatlari
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan taftish tartibidagi shikoyat (protest) taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran bir oydan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan taftish tartibidagi shikoyat (protest) u ko‘rib chiqish uchun o‘tkazilgan kundan e’tiboran bir oydan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqiladi.
Alohida hollarda, taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ko‘rib chiqish muddati ishni ko‘rayotgan sudlov hay’ati tomonidan ko‘pi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga kelib tushgan taftish tartibidagi protest u O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga kelib tushgan kundan e’tiboran ikki oydan kechiktirmay ko‘rilishi kerak.
2664-modda. Ishni taftish instansiyasi sudida ko‘rish tartibi
Ish ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar bo‘yicha, mazkur bobda nazarda tutilgan o‘ziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda taftish tartibida ko‘riladi.
Ishni taftish tartibida ko‘rish raislik qiluvchining yoki sudyalardan birining ma’ruzasi bilan boshlanadi.
Ma’ruzachi ishning holatlarini, ish bo‘yicha qabul qilingan sud hujjatlarining mazmunini, taftish tartibidagi shikoyatda (protestda) keltirilgan vajlarni, unga doir kelib tushgan yozma fikrlarni bayon qiladi. Shundan so‘ng sud majlisida hozir bo‘lgan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari eshitiladi.
Dastlab taftish tartibida shikoyat bergan shaxs yoki uning vakili tushuntirish beradi, agar ish prokurorning protesti bo‘yicha ko‘rilayotgan bo‘lsa, dastlab prokuror so‘zga chiqadi. Sud hujjati ustidan har ikkala taraf tomonidan shikoyat berilgan taqdirda, birinchi bo‘lib arizachi so‘zga chiqadi.
Ushbu Kodeksning 47-moddasida nazarda tutilgan tartibda ishda ishtirok etuvchi davlat organlari va boshqa shaxslar, agar ular sud hujjati ustidan shikoyat bermagan bo‘lsa, sudda taraflar va uchinchi shaxslardan keyin so‘zga chiqadi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari eshitilganidan keyin taftish instansiyasi sudi qaror qabul qilish uchun maslahatxonaga kiradi.
Taftish instansiyasi sudining qarori ishni ko‘rish tugashi bilanoq darhol qabul qilinadi.
Alohida hollarda asoslantirilgan qarorni tayyorlash besh kungacha bo‘lgan muddatga kechiktirilishi mumkin, biroq sud uning qaror qismini sud muhokamasi tamomlangan majlisning o‘zidayoq e’lon qilishi kerak.
Sudyalar maslahatlashuvi, qaror chiqarish va uni o‘qib eshittirish ushbu Kodeksda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
2665-modda. Taftish tartibidagi shikoyatdan voz kechish. Taftish tartibidagi protestni chaqirib olish
Taftish tartibida shikoyat bergan shaxs ishni ko‘rish yakuni bo‘yicha sud hujjati chiqarilguniga qadar undan voz kechishga haqli.
Protest keltirgan shaxs yoki yuqori turuvchi mansabdor shaxs ishni ko‘rish yakuni bo‘yicha sud hujjati chiqarilguniga qadar protestni chaqirib olishga haqli.
2666-modda. Taftish instansiyasi sudining ishni ko‘rish doirasi
Sud ishni taftish tartibida ko‘rish chog‘ida quyi instansiyalarning sudlari tomonidan moddiy huquq normalari to‘g‘ri qo‘llanilganligini va protsessual qonun talablariga rioya etilganligini ish materiallari bo‘yicha tekshiradi.
Taftish instansiyasi sudi birinchi instansiya sudida ko‘rib chiqish predmeti bo‘lmagan yangi talablarni qabul qilmaydi va ko‘rib chiqmaydi.
Taftish instansiyasining sudida: ishlarni bitta ish yuritishga birlashtirish to‘g‘risidagi; talabning predmetini yoki asosini o‘zgartirish haqidagi; ishda ishtirok etishga uchinchi shaxslarni jalb qilish haqidagi qoidalar, shuningdek ushbu Kodeksda faqat birinchi instansiya sudida ishni ko‘rish uchun belgilangan boshqa qoidalar qo‘llanilmaydi.
2667-modda. Taftish instansiyasi sudining vakolatlari
Sud shikoyatni (protestni) taftish tartibida ko‘rish natijalari bo‘yicha quyidagilarga haqli:
1) hal qiluv qarorini, qarorni o‘zgarishsiz qoldirishga;
2) hal qiluv qarorini, qarorni to‘liq yoki qisman bekor qilishga va yangi qaror qabul qilishga;
3) ushbu Kodeks 244-moddasi beshinchi qismining 3 va 6-bandlarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda qarorni bekor qilishga va ishni yangidan ko‘rish uchun sud hujjati bekor qilingan apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudiga yuborishga;
4) hal qiluv qarorini, qarorni o‘zgartirishga;
5) hal qiluv qarorini, qarorni to‘liq yoki qisman bekor qilishga va ish yuritishni tugatishga yoxud arizani (shikoyatni) to‘liq yoki qisman ko‘rmasdan qoldirishga;
6) ayrim sud hujjatlarini bekor qilishga va ish bo‘yicha ilgari qabul qilingan sud hujjatlaridan birini o‘z kuchida qoldirishga;
7) ushbu Kodeks 244-moddasi beshinchi qismining 7-bandida nazarda tutilgan asos mavjud bo‘lgan taqdirda, hal qiluv qarorini, qarorni bekor qilishga va ish materiallarini sudga taalluqliligiga ko‘ra boshqa sudga yuborishga.
Sud xarajatlarini taqsimlash to‘g‘risidagi masala hal qilinmaganligi yoki noto‘g‘ri hal qilinganligi sudning hal qiluv qarorini bekor qilish yoki o‘zgartirish uchun asos bo‘lmaydi. Bu holda qarorning xulosa qismida sud xarajatlari ushbu Kodeksning 115-moddasida nazarda tutilgan tartibda taqsimlanishi ko‘rsatiladi.
2668-modda. Sud hujjatini o‘zgartirish yoki bekor qilish asoslari
Sud hujjatining noqonuniyligi yoki asossizligi hal qiluv qarorini, qarorni yoki ajrimni taftish tartibida o‘zgartirish yoki bekor qilish uchun asos bo‘ladi.
Sudning mazmunan to‘g‘ri bo‘lgan hal qiluv qarori, qarori yoki ajrimi faqat yuzaki asoslar bo‘yicha bekor qilinishi mumkin emas.
2669-modda. Taftish instansiyasi sudining qarori
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ko‘rish natijalari bo‘yicha sud qaror qabul qiladi, qaror ishni ko‘rgan sudyalar tomonidan imzolanadi.
Ishni taftish tartibida ko‘rgan sudning qarorida quyidagilar ko‘rsatiladi:
1) qarorni qabul qilgan sudning nomi va tarkibi, sud majlisining kotibi;
2) ish raqami, qaror qabul qilingan sana va joy;
3) shikoyat (protest) bergan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), uning protsessual holati;
4) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, shuningdek ular vakillarining va sud protsessi boshqa ishtirokchilarining nomlari (familiyasi, ismi, otasining ismi);
5) shikoyat qilinayotgan (protest keltirilayotgan) sud hujjatlari mazmunining qisqacha bayoni;
6) shikoyatda (protestda) keltirilgan sud hujjatlarining qonuniyligi va asosliligini tekshirish to‘g‘risida talab arz qilinishiga sabab bo‘lgan asoslar;
7) shikoyat (protest) yuzasidan yozma fikrda bayon qilingan vajlar;
8) ishda ishtirok etuvchi va sud majlisida hozir bo‘lgan shaxslarning tushuntirishlari;
9) sud tomonidan aniqlangan ish holatlari;
10) ishni ko‘rgan sud qaysi sabablarga ko‘ra o‘z xulosalariga kelgan bo‘lsa, o‘sha sabablar hamda o‘zi amal qilgan qonunlarga va boshqa qonunchilik hujjatlariga havola;
11) shikoyatni (protestni) ko‘rish natijalari bo‘yicha sud xulosalari;
12) agar ish yangidan ko‘rish uchun yuborilayotgan bo‘lsa, sud tomonidan bajarilishi kerak bo‘lgan harakatlar.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining qarori O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati majlisida raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.
Ishni taftish tartibida ko‘rgan sudning qarori qabul qilingan kundan e’tiboran qonuniy kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining qarori yakuniy hisoblanadi va uning ustidan shikoyat qilinmaydi (protest keltirilmaydi).
26610-modda. Taftish instansiyasi sudi ko‘rsatmalarining majburiyligi
Ishni taftish tartibida ko‘rgan sudning qarorida bayon etilgan ko‘rsatmalar mazkur ishni yangidan ko‘rayotgan sud uchun majburiydir.
Ishni taftish tartibida ko‘rayotgan sud hal qiluv qarorida, qarorda aniqlanmagan yoxud rad etilgan holatlarni aniqlashga yoki isbotlangan deb hisoblashga, u yoki bu dalilning ishonchliligi yoki ishonchsizligi, bir dalilning boshqalaridan ustunligi, ishni yangidan ko‘rishda qanday qaror qabul qilinishi kerakligi to‘g‘risidagi masalalarni oldindan hal etishga haqli emas.
26611-modda. Sudning ajrimi, qarori ustidan berilgan taftish tartibidagi shikoyat (protest)
Sudning ajrimi, qarori ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda taftish tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Ushbu Kodeksning 249-moddasida nazarda tutilgan ajrim, qaror ustidan mazkur Kodeksda belgilangan qoidalar bo‘yicha berilgan taftish tartibidagi shikoyat (protest) ushbu bobda taftish tartibidagi shikoyatlarni (protestlarni) ko‘rish uchun nazarda tutilgan tartibda taftish instansiyasi sudi tomonidan ko‘riladi.
Taftish instansiyasi sudi ajrim, qaror ustidan berilgan shikoyatni (protestni) ko‘rish natijalari bo‘yicha quyidagilarga haqli:
1) ajrimni, qarorni o‘zgarishsiz qoldirishga;
2) ajrimni, qarorni to‘liq yoki qisman o‘zgartirishga yoki bekor qilishga va masalani mazmunan hal qilishga yoxud ilgari qabul qilingan sud hujjatlaridan birini o‘z kuchida qoldirishga;
3) ajrimni, qarorni bekor qilishga va arizani (shikoyatni), ishni mazmunan ko‘rish uchun tegishli instansiya sudiga yuborishga;
4) ajrimni bekor qilishga va arizani (shikoyatni), ish materiallarini ko‘rib chiqish uchun sudga taalluqliligiga ko‘ra boshqa sudga yuborishga.
26612-modda. Taftish instansiyasi sudining ajrimlari ustidan shikoyat qilish (protest keltirish)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudining, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlarining, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni rad etish, qaytarish, taftish tartibidagi shikoyat (protest) bo‘yicha ish yuritishni tugatish, taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risidagi ajrimlari ustidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga ushbu Kodeksda sud hujjati ustidan taftish tartibida shikoyat (protest) berishning belgilangan muddati ichida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasining taftish tartibidagi shikoyatni ish yuritishga qabul qilishni rad etish, taftish tartibidagi shikoyatni qaytarish to‘g‘risidagi ajrimi ushbu Kodeksda taftish tartibida shikoyat berish uchun belgilangan muddat ichida shikoyat bergan shaxsning iltimosnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi yoki uning o‘rinbosari tomonidan bekor qilinishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasining taftish tartibidagi protestni ish yuritishga qabul qilishni rad etish, taftish tartibidagi protestni qaytarish to‘g‘risidagi ajrimi ustidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sud hujjati ustidan taftish tartibida protest berish muddati ichida protest keltirilishi mumkin.
Taftish tartibidagi shikoyat (protest) bo‘yicha ish yuritishni tugatish, taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risidagi ajrim, shuningdek ushbu Kodeksda ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) nazarda tutilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atining boshqa ajrimlari ustidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sud hujjati ustidan taftish tartibida shikoyat (protest) berish muddati ichida protest keltirilishi mumkin.
(28-bob O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-889-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/889/0978-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
29-bob. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish yuzasidan ish yuritish
267-modda. Sudning qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish huquqi
Sud o‘zi qabul qilgan hamda qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini ushbu bobda nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra va tartibda yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 20, 160, 268 — 275-moddalari.
268-modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘radigan sudlar
Birinchi instansiya sudi tomonidan qabul qilingan, qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori, ajrim yangi ochilgan holatlar bo‘yicha shu hal qiluv qarorini, ajrimni qabul qilgan sud tomonidan qayta ko‘riladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yangi ochilgan holatlar bo‘yicha apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudining sud hujjati o‘zgartirilgan yoki yangi sud hujjati qabul qilingan qarorlari va ajrimlarini qayta ko‘rish sud hujjati o‘zgartirilgan yoki yangi sud hujjati qabul qilingan instansiya tomonidan amalga oshiriladi.
(268-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-889-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/889/0978-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
269-modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish asoslari
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish uchun asoslar quyidagilardan iborat:
1) sud hujjati qabul qilingan paytda mavjud bo‘lgan, lekin arizachiga ma’lum bo‘lmagan va ma’lum bo‘lishi mumkin bo‘lmagan, ish uchun muhim holatlar;
2) ekspertning bila turib yolg‘on xulosa berganligi, guvohning bila turib yolg‘on ko‘rsatuvlar berganligi, bila turib noto‘g‘ri tarjima qilinganligi sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlangan bo‘lsa va ular mazkur ish bo‘yicha qonunga xilof yoki asoslanmagan sud hujjati qabul qilinishiga sabab bo‘lgan bo‘lsa;
3) ishda ishtirok etuvchi shaxsning yoki uning vakilining yoxud sudyaning mazkur ishni ko‘rish chog‘ida sodir etilgan, sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi, ajrimi bilan aniqlangan jinoiy qilmishlari;
4) ma’muriy sudning yoki fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning, jinoyat ishlari bo‘yicha sudning yoki iqtisodiy sudning mazkur ish bo‘yicha sud hujjatini qabul qilishga asos bo‘lgan sud hujjati yoxud boshqa organning shunday hujjati bekor qilinganligi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 267, 270-271-moddalari.
270-modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani berish tartibi va muddati
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi ariza ushbu sud hujjatini qabul qilgan sudga sud hujjatini qayta ko‘rish uchun asos bo‘ladigan holatlar ochilgan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay, ishda ishtirok etuvchi shaxslar yoki prokuror tomonidan beriladi.
Arizaga ariza va unga ilova qilingan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Ariza berishning o‘tkazib yuborilgan muddati, ariza bilan murojaat qilgan shaxsning iltimosnomasi bo‘yicha, agar iltimosnoma qayta ko‘rish uchun asos bo‘ladigan holatlar ochilgan kundan e’tiboran olti oydan kechiktirmay berilgan bo‘lsa va sud muddatni o‘tkazib yuborish sabablarini uzrli deb tan olsa, sud tomonidan tiklanishi mumkin.
271-modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizaning shakli va mazmuni
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi ariza sudga yozma shaklda beriladi. Ariza uni bergan shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.
Arizada quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
1) ariza berilayotgan sudning nomi;
2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomlari (familiyasi, ismi, otasining ismi), ularning joylashgan yeri (pochta manzili) yoki yashash joyi;
3) arizachi yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rishni talab qilayotgan sud hujjatini qabul qilgan sudning nomi, ishning raqami, sud hujjati qabul qilingan sana, talab predmeti;
4) arizachining hujjatlarga havola qilingan fikri bo‘yicha sud hujjatini qayta ko‘rish uchun asos bo‘ladigan yangi ochilgan holat;
5) ariza berayotgan shaxsning talabi;
6) ilova qilinayotgan hujjatlarning ro‘yxati.
Arizaga quyidagilar ilova qilingan bo‘lishi kerak:
1) yangi ochilgan holatlarni tasdiqlovchi hujjatlarning ko‘chirma nusxalari;
Oldingi tahrirga qarang.
(271-modda uchinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-sentabrdagi O‘RQ-716-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.09.2021-y., 03/21/716/0877-son)
3) ariza va hujjatlarning ko‘chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjat;
4) ariza vakil tomonidan imzolangan taqdirda, uni imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjat.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 270, 272 — 274-moddalari.
272-modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani ish yuritishga qabul qilish
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi ariza, agar u o‘zining shakli va mazmuniga nisbatan ushbu Kodeksda qo‘yiladigan talablarga rioya etilgan holda berilgan bo‘lsa, tegishli sudning ish yuritishiga qabul qilinadi.
Arizani sudning ish yuritishiga qabul qilish to‘g‘risidagi masala u sudga kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay sudya tomonidan yakka tartibda hal qilinadi.
Arizani ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
Ajrimning ko‘chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 124, 270-271, 273-274-moddalari.
273-modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani qaytarish
Sud qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani quyidagi hollarda qaytaradi, agar:
1) ariza ushbu Kodeksning 270 va 271-moddalarida belgilangan qoidalar buzilgan holda berilgan bo‘lsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 270-271-moddalari.
2) ariza belgilangan muddat tugaganidan so‘ng berilgan bo‘lsa va uni tiklash to‘g‘risida iltimosnoma mavjud bo‘lmasa;
3) ariza berishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklash sabablari uzrsiz deb hisoblanib, shunga ko‘ra ariza berishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklashga asoslar mavjud bo‘lmasa.
Arizani qaytarish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
Arizani qaytarish to‘g‘risidagi sud ajrimi ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Ushbu modda birinchi qismining 1 va 2-bandlarida ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilgach, ariza bergan shaxs ariza bilan sudga yangidan murojaat qilishga haqli.
274-modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish tartibi va muddati
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi ariza u sudga kelib tushgan kundan e’tiboran bir oydan oshmagan muddatda, ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida ko‘rib chiqiladi. Biroq sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi arizani ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
275-modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan sud tomonidan chiqariladigan ajrim
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan sud arizani qanoatlantirish va ilgari o‘zi qabul qilgan sud hujjatini bekor qilish haqida yoki arizani qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqaradi.
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha chiqarilgan ajrimning ko‘chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi.
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha chiqarilgan ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Sud hujjati yangi ochilgan holatlar bo‘yicha bekor qilingan taqdirda, ilgari o‘zi qabul qilgan sud hujjatini bekor qilgan sudning o‘zi ishni ushbu Kodeksda belgilangan umumiy tartibda ko‘radi.
IV BO‘LIM. SUD HUJJATLARINI IJRO ETISH
276-modda. Sud hujjatlarini ijroga qaratish
Oldingi tahrirga qarang.
Sud hujjatlari qonuniy kuchga kirgach ijroga qaratiladi, bundan qonunchilikda belgilangan tartibda darhol ijro etish hollari mustasno.
(276-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 97, 167, 172-moddalari.
Sud hujjatining ijrosi hal qiluv qarori (qarori) asosida, pul mablag‘larini majburiy undirish bo‘yicha sud hujjatining ijrosi esa sud tomonidan beriladigan ijro varaqasi asosida amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 06/196-sonli “Sud hujjatlarini ijro etishga oid qonun hujjatlarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qo‘shma qarorining 2-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari, agar sud tomonidan boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa, ular qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran bir oy ichida ma’muriy organlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa organlar, tashkilotlar, shuningdek mansabdor shaxslar tomonidan ijro etilishi lozim. Ma’muriy organlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa organlar, tashkilotlar, shuningdek mansabdor shaxslar sud hujjati ijro etilganligi to‘g‘risida sudni xabardor qilishi shart.
Sud hujjati ijro etilmagan taqdirda, ushbu Kodeksning 14-bobida belgilangan tartibda va miqdorda birinchi instansiya sudi tomonidan sud jarimasi solinadi hamda sud hujjatini ijro etish uchun bir oydan oshmaydigan takroriy muddat beriladi.
(276-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 26-apreldagi O‘RQ-833-sonli Qonuniga asosan uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 03/23/833/0236-son)
277-modda. Ijro varaqasi
Sud tomonidan berilgan, undiruvchining sud hujjatini majburiy tartibda ijro ettirish huquqini tasdiqlovchi hujjat ijro varaqasidir.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 278 — 283-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasi, 7-moddasi birinchi qismining 1 — 4-bandlari.
278-modda. Ijro varaqasini berish
Sud hujjati bo‘yicha bitta ijro varaqasi beriladi, bundan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Agar sud hujjatini ijro etish turli joylarda yoxud bir nechta undiruvchi foydasiga amalga oshirilishi kerak bo‘lsa, sud undiruvchilarning iltimosiga ko‘ra ijro etish joyi yoxud sud hujjatining ushbu ijro varaqasi bo‘yicha ijro etilishi lozim bo‘lgan qismini ko‘rsatgan holda bir nechta ijro varaqasini beradi.
Ijro varaqasi sud hujjatini qabul qilgan sud tomonidan beriladi.
Sud hujjati qonuniy kuchga kirganidan so‘ng besh kun ichida ijro varaqasi undiruvchiga beriladi yoki uning iltimosnomasiga ko‘ra davlat ijrochisiga ijro etish uchun yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro varaqasi undiruvchi jismoniy shaxslarga elektron hujjat tarzida, ularning O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabineti orqali — mavjud bo‘lgan taqdirda, undiruvchi yuridik shaxslarga esa soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yuboriladi.
Agar O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida undiruvchi jismoniy shaxsning shaxsiy kabineti mavjud bo‘lmasa, ijro varaqasi unga qog‘oz shaklida beriladi.
(278-modda O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 16-iyundagi O‘RQ-1069-sonli Qonuniga asosan beshinchi va oltinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.06.2025-y., 03/25/1069/0510-son)
Budjetga mablag‘larni undirish uchun ijro varaqasi qarzdor turgan joydagi davlat ijrochisiga sud hujjati qonuniy kuchga kirgandan so‘ng besh kun ichida yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ijro varaqasi elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 124, 276-277, 279 — 288-moddalari, Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 06/196-sonli “Sud hujjatlarini ijro etishga oid qonun hujjatlarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qo‘shma qarorining 3-bandi.
279-modda. Ijro varaqasining mazmuni
Ijro varaqasida quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
1) ijro varaqasini bergan sudning nomi;
2) ijro varaqasi berilgan ish va uning raqami;
3) ijro etilishi lozim bo‘lgan sud hujjati qabul qilingan sana;
Oldingi tahrirga qarang.
4) undiruvchi va qarzdorning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), ularning joylashgan yeri (pochta manzili) yoki yashash joyi, undiruvchining va qarzdor jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari), shuningdek undiruvchining va qarzdor yuridik shaxsning soliq to‘lovchi identifikatsiya raqami;
(279-modda birinchi qismining 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 16-iyundagi O‘RQ-1069-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.06.2025-y., 03/25/1069/0510-son)
5) sud hujjatining xulosa qismi;
6) sud hujjati qonuniy kuchga kirgan sana;
7) ijro varaqasi berilgan sana va uni ijroga taqdim etish muddati.
Oldingi tahrirga qarang.
Sud hujjatiga asosan beriladigan ijro varaqasi sudyaning elektron raqamli imzosidan foydalangan holda rasmiylashtiriladi va QR-kod (matritsali shtrixli kod) bilan tasdiqlanadi. Bunda agar sud hujjatiga asosan berilgan ijro varaqasi O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ijro etilishi lozim bo‘lsa yoki undiruvchining iltimosnomasiga ko‘ra u sudning muhri va sudyaning imzosi bilan tasdiqlangan holda qog‘oz shaklida berilishi (yuborilishi, taqdim etilishi) mumkin.
(279-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 16-iyundagi O‘RQ-1069-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.06.2025-y., 03/25/1069/0510-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 276 — 278, 280 — 288-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 8-moddasi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 06/196-sonli “Sud hujjatlarini ijro etishga oid qonun hujjatlarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qo‘shma qarorining 6-bandi.
280-modda. Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddati
Ijro varaqasi sud hujjati qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran uch yil ichida yoki darhol ijro etilishi lozim bo‘lgan sud hujjati qabul qilinganidan keyingi kundan e’tiboran ijroga taqdim etilishi mumkin.
Agar sud hujjatining ijrosi to‘xtatib qo‘yilgan bo‘lsa, uning ijrosi to‘xtatib qo‘yilgan vaqt ijro varaqasini ijroga taqdim etish uchun belgilangan muddatga qo‘shib hisoblanmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 276 — 279, 281 — 288-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 27-moddasi.
281-modda. Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddatining uzilishi
Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddati:
ijro varaqasi ijroga taqdim etilganda;
ijro varaqasi qarzdor tomonidan qisman ijro etilganda uziladi.
Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddati uzilgandan so‘ng muddatning o‘tish davri yangidan boshlanadi. Muddat uzilguniga qadar o‘tgan vaqt yangi muddatga qo‘shib hisoblanmaydi.
Ijro varaqasi uni to‘liq yoki qisman ijro etish imkoniyati yo‘qligi sababli undiruvchiga qaytarilgan taqdirda, ijro varaqasini muddat uzilgandan keyin ijroga taqdim etishning yangi muddati ijro varaqasi undiruvchiga qaytarilgan kundan e’tiboran hisoblab chiqariladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 276 — 280, 282 — 288-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 28-moddasi.
282-modda. Ijro varaqasini ijroga taqdim etishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklash
Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddatini o‘tkazib yuborgan undiruvchi ijro varaqasini bergan sudga yoki u ijro etiladigan joydagi sudga o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilishga haqli.
Muddatni o‘tkazib yuborish sabablari sud tomonidan uzrli deb topilgan taqdirda, o‘tkazib yuborilgan muddat tiklanishi mumkin.
Undiruvchining ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddatini tiklash to‘g‘risidagi arizasi u sudga kelib tushgan kundan e’tiboran yigirma kunlik muddatda sud majlisida ko‘rib chiqiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 124-moddasi.
Undiruvchi, qarzdor sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida ariza kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay chiqarilgan sud ajrimi orqali, ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Biroq sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi arizani ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
Arizani ko‘rish natijalari bo‘yicha ajrim chiqariladi, uning ko‘chirma nusxasi undiruvchi va qarzdorga yuboriladi.
Ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 276 — 281, 283 — 288-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuni 29-moddasining ikkinchi qismi.
283-modda. Ijro varaqasining dublikatini berish
Ijro varaqasi yo‘qotilgan taqdirda, uni bergan sud undiruvchining arizasiga ko‘ra ijro varaqasining dublikatini berishi mumkin.
Ijro varaqasining dublikatini berish to‘g‘risidagi ariza ijro varaqasini ijroga taqdim etish uchun belgilangan muddat o‘tguniga qadar berilishi mumkin, bundan ijro varaqasi davlat ijrochisi yoki ijroni amalga oshiruvchi boshqa shaxs tomonidan yo‘qotilgan va bu haqda undiruvchiga ijro varaqasini ijroga taqdim etish uchun belgilangan muddat o‘tgandan so‘ng ma’lum bo‘lgan hollar mustasno. Ushbu hollarda ijro varaqasining dublikatini berish to‘g‘risidagi ariza ijro varaqasi yo‘qotilganligi undiruvchiga ma’lum bo‘lgan kundan e’tiboran bir oy ichida berilishi mumkin.
Ijro varaqasining dublikatini berish to‘g‘risidagi ariza sudga kelib tushgan kundan e’tiboran yigirma kunlik muddatda sud majlisida ko‘rib chiqiladi.
Undiruvchi, qarzdor sud majlisi vaqti va joyi to‘g‘risida ariza kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay chiqarilgan sud ajrimi orqali, ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Biroq, sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi arizani ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 124-moddasi.
Arizani ko‘rish natijalari bo‘yicha ajrim chiqariladi, uning ko‘chirma nusxasi undiruvchi va qarzdorga yuboriladi.
Ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 06/196-sonli “Sud hujjatlarini ijro etishga oid qonun hujjatlarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qo‘shma qarorining 7, 8-bandlari.
284-modda. Sud hujjatining qaytarma ijrosi
Agar ijro etilgan sud hujjati o‘zgartirilib yoki bekor qilinib, bildirilgan talabni to‘liq yoki qisman rad etish to‘g‘risida yangi sud hujjati qabul qilinsa yoxud ish yuritish tugatilsa yoki ariza (shikoyat) ko‘rmasdan qoldirilsa, bekor qilingan yoki tegishli qismi o‘zgartirilgan sud hujjati bo‘yicha arizachining foydasiga undirilgan hamma narsa javobgarga qaytariladi.
Agar ijro etilmagan sud hujjati bekor qilinib yoki o‘zgartirilib, bildirilgan talabni to‘liq yoxud qisman rad etish to‘g‘risida yangi sud hujjati qabul qilinsa yoxud ish yuritish tugatilsa yoki ariza (shikoyat) ko‘rmasdan qoldirilsa, sud bekor qilingan yoki tegishli qismi o‘zgartirilgan sud hujjati bo‘yicha undirishni to‘liq yoki qisman bekor qilish haqida sud hujjatini qabul qiladi.
285-modda. Sud hujjatining qaytarma ijrosi to‘g‘risidagi masalani hal qilish
Sud hujjatining qaytarma ijrosi to‘g‘risidagi masala ilgari qabul qilingan sud hujjatini bekor qilish yoki o‘zgartirish haqida yangi sud hujjatini qabul qilgan sud tomonidan hal etiladi.
Agar sud hujjatini bekor qilish yoki o‘zgartirish to‘g‘risidagi qarorda uning qaytarma ijrosi to‘g‘risida ko‘rsatma bo‘lmasa, javobgar birinchi instansiya sudiga tegishli ariza berishga haqli.
Sud hujjatining qaytarma ijrosi to‘g‘risidagi ariza sudga kelib tushgan kundan e’tiboran yigirma kunlik muddatda, taraflar chaqirtirilmasdan va sud muhokamasisiz ko‘rib chiqiladi.
Arizaga ilgari qabul qilingan sud hujjati ijro etilganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
Sud hujjatining qaytarma ijrosi to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ajrim chiqariladi.
Ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Sud hujjatining qaytarma ijrosi to‘g‘risidagi ariza qanoatlantirilgan taqdirda, sud undirilgan mablag‘larni qaytarish uchun ijro varaqasi beradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 284-moddasi.
286-modda. Ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish va tugatish
Sud bergan ijro varaqasi asosida davlat ijrochisi tomonidan qo‘zg‘atilgan ijro ishini yuritishni sud qonunda nazarda tutilgan hollarda, undiruvchining, qarzdorning, davlat ijrochisining arizasiga ko‘ra to‘xtatib turishi yoki tugatishi mumkin.
Ma’muriy sud tomonidan berilgan ijro varaqasi asosida qo‘zg‘atilgan ijro ishini yuritishni to‘xtatib turish va tugatish o‘sha sud yoki davlat ijrochisi joylashgan yerdagi ma’muriy sud tomonidan amalga oshiriladi.
Ijro ishini yuritishni to‘xtatib turish yoki tugatish to‘g‘risidagi ariza u kelib tushgan kundan e’tiboran yigirma kunlik muddatda, taraflar chaqirtirilmasdan va sud muhokamasisiz ko‘rib chiqiladi.
Ijro ishini yuritishni to‘xtatib turish yoki tugatish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ajrim chiqariladi, uning ko‘chirma nusxasi undiruvchiga, qarzdorga, shuningdek davlat ijrochisiga yuboriladi.
Ajrim ustidan u chiqarilgan kundan boshlab o‘n kunlik muddatda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 194 — 199-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 34 — 39-moddalari.
287-modda. Ijro ishini yuritishni tiklash
Ijro ishini yuritishni to‘xtatgan sud ijro ishini yuritishni uni to‘xtatishga asos bo‘lgan sabablar yoki holatlar bartaraf etilgandan keyin undiruvchining, davlat ijrochisining arizasi bo‘yicha tiklaydi.
Ijro ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi ariza u kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddatda, taraflar chaqirtirilmasdan va sud muhokamasisiz ko‘rib chiqiladi.
Arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ajrim chiqarilib, uning ko‘chirma nusxasi undiruvchiga, qarzdorga, shuningdek davlat ijrochisiga yuboriladi.
Ijro ishi yuritishni tiklashni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 194 — 199-moddalari.
288-modda. Ijro varaqasini chaqirib olish va yangi ijro varaqasini berish
Sud yozuvdagi xatolar, harfiy xatolar, arifmetik xatolar bilan berilgan, shuningdek o‘zgartirilgan (bekor qilingan) sud hujjati asosida berilgan ijro varaqasini undiruvchining, qarzdorning, davlat ijrochisining arizasiga yoki o‘z tashabbusiga ko‘ra taraflarni chaqirtirmasdan hamda sud muhokamasisiz chaqirib olishga va uning o‘rniga yangi ijro varaqasini berishga haqli.
Ijro varaqasini chaqirib olish va yangi ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ajrim chiqariladi, uning ko‘chirma nusxasi undiruvchiga, qarzdorga, shuningdek, agar sud qarorining ijrosi davlat ijrochisining ish yurituvida bo‘lsa, davlat ijrochisiga yuboriladi.
Yozuvdagi xatolar, harfiy xatolar, arifmetik xatolar bilan berilgan yoki o‘zgartirilgan (bekor qilingan) sud hujjati asosida berilgan ijro varaqasi undiruvchi yoki davlat ijrochisi tomonidan uni bergan sudga ijro etilmasdan qaytariladi.
Ijro varaqasini chaqirib olish va yangi ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 124-125, 164-moddalari.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2018-y., 02/18/MPK/0627-son, 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-son; 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son, 13.11.2019-y., 03/19/583/4016-son, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son; 07.01.2020-y., 03/20/600/0023-son, 11.03.2020-y., 03/20/607/0279-son; 13.01.2021-y., 03/21/662/0012-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son, 17.09.2021-y., 03/21/716/0877-son; 04.08.2022-y., 03/22/786/0705-son; 17.12.2022-y., 03/22/810/1095-son; 15.03.2023-y., 03/23/823/0150-son; 27.04.2023-y., 03/23/833/0236-son; 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son; 27.12.2023-y., 03/23/889/0978-son; 28.02.2024-y., 03/24/915/0160-son; 21.09.2024-y., 03/24/963/0735-son; 30.09.2024-y., 03/24/968/0760-son; 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son; 12.03.2025-y., 03/25/1047/0233-son; 17.06.2025-y., 03/25/1069/0510-son; 26.09.2025-y., 03/25/1084/0874-son; 07.02.2026-y., 03/26/1117/0116-son; 21.04.2026-y., 03/26/1137/0396-son; 14.07.2026-y., 03/26/1158/0727-son; 27.07.2026-y., 03/26/1161/0787-son; 14.08.2026-y., 03/26/1165/0841-son)