

<!DOCTYPE html>

<html lang="ru-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/ru/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                            <div class="act_warning">
                                Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 06.06.2016
                            </div>
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="OFFICIAL_SOUR_TEXT"><label id="s9496"></label><div name="-2147355" id="-2147355"><a href="/ru/files/-2148591.pdf">PDF-faylidagi rasmiy manba</a></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-2147357" id="-2147357">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi RAYoSATIning</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-2147359" id="-2147359">Qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-2147360" id="-2147360">Ilmiy unvonlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida</div></div><div class="DEPARTMENTAL"><div name="-2148748" id="-2148748">[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 25-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2444]</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2147361" id="-2147361"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-2975705" id="-2975705">Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2016-yil 28-apreldagi 224/8-sonli “Ilmiy unvonlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi <a href="/ru/acts/-2971437?ONDATE=06.06.2016 00#-2971456">qaroriga </a>(roʻyxat raqami 2793, 03.06.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147363" id="-2147363">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 24-iyuldagi PF-4456-son “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi <a href="/ru/acts/-2035850">Farmoniga</a> (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 30-son, 346-modda) va 2011-yil 20-maydagi PQ-1533-son “Oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga hamda Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-dekabrdagi 365-son “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi <a href="/ru/acts/-2111824">qaroriga</a> (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 1-son, 5-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147364" id="-2147364">1. Ilmiy unvonlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom <a href="/ru/acts/-2147056#-2147378">ilovaga</a> muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147365" id="-2147365">2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147366" id="-2147366">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 1996-yil 25-yanvardagi 34/2-son qarori bilan tasdiqlangan Ilmiy unvonlar berish toʻgʻrisida <a href="/ru/acts/-684172">nizom</a> (roʻyxat raqami 262, 1996-yil 10-iyul);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147367" id="-2147367">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2003-yil 17-iyuldagi 96/5-son “Ilmiy unvonlar berish toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi <a href="/ru/acts/-685660">qarori</a> (roʻyxat raqami 262-1, 2003-yil 12-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 15-son);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147368" id="-2147368">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2009-yil 24-dekabrdagi 160/13-son “Ilmiy unvonlar berish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi <a href="/ru/acts/-1580848">qarori</a> (roʻyxat raqami 262-2, 2010-yil 23-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 3-4-son, 28-modda). </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147370" id="-2147370">3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-2147371" id="-2147371">Rais G. BAXADIROV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2147372" id="-2147372">Toshkent sh., </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2147375" id="-2147375">2013-yil 31-yanvar,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-2147376" id="-2147376">195/4-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2147378" id="-2147378"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-2147380" id="-2147380">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2013-yil 31-yanvardagi 195/4-son<a href="/ru/acts/-2147056"> qaroriga</a> <br />ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-2147381" id="-2147381">Ilmiy unvonlar berish tartibi toʻgʻrisidagi </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-2147383" id="-2147383"><strong>NIZOM</strong></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2147384" id="-2147384"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147385" id="-2147385">Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “<a href="/ru/acts/-16188">Taʼlim toʻgʻrisida</a>”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 225-modda), “<a href="/ru/acts/-196944">Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida</a>”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 11-12-son, 295-modda) qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 20-maydagi PQ–1533-son “Oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga, 2012-yil 24-iyuldagi PF–4456-son “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi <a href="/ru/acts/-2035850">Farmoniga</a> (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 30-son, 346-modda) va Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-dekabrdagi 365-son “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi <a href="/ru/acts/-2111824">qaroriga</a> (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 1-son, 5-modda) muvofiq ilmiy unvonlar berish tartibini belgilaydi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2147386" id="-2147386">I bob. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147387" id="-2147387">1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147388" id="-2147388"><strong>ilmiy unvon</strong> — professor, dotsent va katta ilmiy xodim ilmiy maqomi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147389" id="-2147389"><strong>talabgor</strong> — ilmiy va pedagogik faoliyat olib borayotgan hamda ilmiy unvon olishga daʼvogar shaxs;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147391" id="-2147391"><strong>attestatsiya</strong> — talabgorlarning malakasini tizimli ravishda aniqlash jarayoni;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147392" id="-2147392"><strong>attestatsiya ishi</strong> — talabgorning attestatsiyaga oid hujjatlari toʻplami;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147393" id="-2147393"><strong>ilmiy ish staji</strong> — shaxsning mehnat shartnomasi (kontrakt) asosida ilmiy xodim lavozimida ishlagan hamda katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutida oʻqigan muddati;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147395" id="-2147395"><strong>pedagogik ish staji</strong> — shaxsning mehnat shartnomasi (kontrakt) asosida oliy taʼlim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash taʼlim muassasalarida pedagog lavozimida ishlagan muddati;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147396" id="-2147396"><strong>oʻquv adabiyoti</strong> — muayyan taʼlim turi, yoʻnalishi yoki mutaxassisligining oʻquv rejasida belgilangan fanlar boʻyicha tegishli oʻquv dasturlari asosida zarur bilimlar majmuasi keltirilgan, oʻzlashtirish uslublari yoritilgan (jumladan, xorijiy tarjimalari) manba;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147398" id="-2147398"><strong>professor</strong> — tegishli malakaviy va attestatsiya talablarini bajargan hamda professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan shaxs; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147400" id="-2147400"><strong>dotsent</strong> — tegishli malakaviy va attestatsiya talablarini bajargan hamda dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan shaxs;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147401" id="-2147401"><strong>katta ilmiy xodim</strong> — tegishli malakaviy va attestatsiya talablarini bajargan hamda katta ilmiy xodim ilmiy unvoniga ega boʻlgan shaxs;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147403" id="-2147403"><strong>professor, dotsent yoki katta ilmiy xodim attestati</strong> (keyingi oʻrinlarda Attestat deb yuritiladi) — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (keyingi oʻrinlarda OAK deb yuritiladi) Rayosati qarori bilan professor, dotsent yoki katta ilmiy xodim ilmiy unvoniga ega boʻlgan shaxslarga beriladigan davlat namunasidagi hujjat;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147405" id="-2147405"><strong>apellatsiya</strong> — ilmiy unvon berish yoki ilmiy unvon berishni rad qilish yoxud undan mahrum etish yoki uni tiklash toʻgʻrisidagi qarorlar yuzasidan berilgan shikoyat arizasi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147406" id="-2147406">2. Professor va dotsent ilmiy unvonlari kafedra yoki ixtisoslik boʻyicha, katta ilmiy xodim ilmiy unvoni faqat ixtisoslik boʻyicha beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147407" id="-2147407">3. Kafedra boʻyicha professor va dotsent ilmiy unvonlari oliy taʼlim yoki kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash taʼlim muassasalarida (keyingi oʻrinlarda OTM deb yuritiladi) pedagogik faoliyat olib borayotgan, chuqur kasbiy bilim hamda ilmiy va pedagogik sohada yutuqlarga erishgan yuksak maʼnaviyatli shaxslarga beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147408" id="-2147408">4. Ixtisoslik boʻyicha ilmiy unvonlar OTM yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi yoki unga tenglashtirilgan muassasa yoxud OTMning ilmiy-tadqiqot tuzilmasida (keyingi oʻrinlarda ITM deb yuritiladi) ilmiy faoliyat olib borayotgan, fanning muayyan sohasida chuqur kasbiy bilim hamda ilmiy va pedagogik sohada yutuqlarga erishgan yuksak maʼnaviyatli shaxslarga beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147409" id="-2147409">5. Katta ilmiy xodim ilmiy unvoni oʻz maqomiga koʻra ixtisoslik boʻyicha dotsent ilmiy unvoniga tenglashtiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147410" id="-2147410">6. Ilmiy unvon tegishli ilmiy darajaga, magistr darajasi, magistr darajasi joriy etilgunga qadar olingan oliy maʼlumot yoki oliy harbiy taʼlim diplomiga yoki oliy maʼlumotli mutaxassis diplomiga ega boʻlgan shaxslarga mazkur Nizomga muvofiq ilmiy unvon beruvchi OTM kengashlari yoki ITM ilmiy (ilmiy-texnikaviy) kengashlari (keyingi oʻrinlarda Kengash deb yuritiladi) taqdimnomasiga asosan, OAK Rayosati qarori bilan OAK tomonidan beriladi. Taqdimnoma talabgorning asosiy ish joyidan beriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147412" id="-2147412">7. Ilmiy unvon berilgan shaxslarga Attestat beriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2147414" id="-2147414">II bob. Ilmiy unvon olish uchun qoʻyiladigan talablar</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2147415" id="-2147415">1-§. Umumiy talablar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147417" id="-2147417">8. Ijtimoiy-gumanitar, iqtisodiyot fanlari sohalari boʻyicha ilmiy unvonlarga talabgorlar tomonidan mustaqillik mafkurasi hamda demokratik jamiyat qurishning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy negizlari va ilmiy asoslari boʻyicha maxsus imtihon topshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147418" id="-2147418">9. Talabgor tomonidan olib borilayotgan maʼruza kurslari, ilmiy va oʻquv-uslubiy ishlar unvon berish soʻralayotgan kafedra yoki ixtisoslik yoʻnalishiga mos boʻlishi lozim. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147420" id="-2147420">10. Talabgor nashr ettirgan darsliklar, oʻquv qoʻllanmalar OTMning ilmiy-uslubiy kengashi hamda tegishli vazirlik va idoralar tomonidan, boshqa oʻquv adabiyotlari esa, OTMning ilmiy-uslubiy kengashi tomonidan pedagogik amaliyotda foydalanishga tavsiya etilgan boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147423" id="-2147423">Professor ilmiy unvoniga talabgorning dotsent yoki katta ilmiy xodim ilmiy unvonini olgandan keyin nashr ettirgan ilmiy va oʻquv-uslubiy ishlari boʻlishi shart.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2615826" id="-2615826"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2615829" id="-2615829">“Oliy taʼlim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovining respublika bosqichi gʻolibining faxriy diplomi professor yoki dotsent ilmiy unvonlarni berish uchun nashr etilgan darsliklarga, oʻquv qoʻllanmalariga, ilmiy maqolalarga ega boʻlish boʻyicha talablarning bajarilganligiga tenglashtiriladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2615839" id="-2615839">(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2015-yil 20-martdagi 214/5-son <a href="/ru/acts/-2612156?ONDATE=06.04.2015 00#-2612205">qaroriga </a>(roʻyxat raqami 2444-2, 30.03.2015-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 13-son, 160-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147424" id="-2147424">11. Xorijiy davlatlarning oliy attestatsiya organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar va Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashab va ishlab turgan chet el fuqarolariga berilgan ilmiy unvonlar haqidagi hujjatlar nostrifikatsiya qilinmaydi. Xorijiy davlatlarda ilmiy unvon olgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasida mazkur Nizom talablari asosida ilmiy unvon olishlari mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2147426" id="-2147426">2-§. OTM mutaxassislariga professor ilmiy unvonini berish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147427" id="-2147427">12. Professor ilmiy unvoni quyidagi talablarni bajargan shaxslarga beriladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147429" id="-2147429">a) fan doktori ilmiy darajasiga ega boʻlgan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147431" id="-2147431">b) ilmiy unvonga ega boʻlgan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147433" id="-2147433">v) kamida oʻn yillik ilmiy va pedagogik, jumladan OTMda besh yillik pedagogik ish stajiga ega boʻlgan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147434" id="-2147434">g) kamida bir oʻquv yili davomida OTMning asosiy shtatida kafedra mudiri, professor, oliy harbiy taʼlim muassasalarida kafedra boshligʻi oʻrinbosari yoki kafedra boshligʻi lavozimlarida ishlab kelayotgan yoki bir oʻquv yili davomida kamida 0,25 stavka oʻquv yuklamasini bajargan holda pedagogik faoliyat olib borayotgan muassasa rektori (direktori, boshligʻi), prorektori (direktor oʻrinbosari, boshliq oʻrinbosari), ilmiy kotibi yoki OTMning oʻquv-tashkiliy tuzilmasi (fakultet, boʻlim) rahbari lavozimlarida muvaffaqiyatli ishlab kelayotgan;</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2615842" id="-2615842"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2615850" id="-2615850">Har bir taʼlim sohasi boʻyicha nominatsiyalarda 1-oʻrinni egallagan “Oliy taʼlim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovining respublika bosqichi gʻoliblari 3 yil mobaynida tegishli lavozimda vazifani bajarib turuvchining bir yillik muddatini oʻtamasdan professor ilmiy unvonini olish uchun OAKga hujjatlarni taqdim etish huquqiga ega;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2615853" id="-2615853">(12-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2015-yil 20-martdagi 214/5-son <a href="/ru/acts/-2612156?ONDATE=06.04.2015 00#-2612211">qaroriga </a>(roʻyxat raqami 2444-2, 30.03.2015-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 13-son, 160-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147435" id="-2147435">d) ilmiy daraja olgan oliy malakali mutaxassisni tayyorlagan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147436" id="-2147436">e) pedagogik amaliyotda foydalanilayotgan, jumladan dissertatsiya himoyasidan keyin OTM oʻquv dasturlariga mos keladigan darslik yoki oʻquv qoʻllanmalar va boshqa oʻquv adabiyotlar nashr ettirgan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147437" id="-2147437">j) dissertatsiya himoyasidan keyin ilmiy ishlar, jumladan ilmiy jurnallarda kamida beshta ilmiy maqola, shundan nufuzli xorijiy yoki xalqaro ilmiy jurnallarda ikkita ilmiy maqola chop ettirgan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147439" id="-2147439">z) zamonaviy oʻqitish usullarini egallagan, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan hamda multimediya taʼlim resurslaridan foydalangan holda yuqori ilmiy va oʻquv-uslubiy saviyada maʼruza kurslarini oʻqiyotgan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147440" id="-2147440">i) davlat grantlari yoki boshqa ilmiy loyihalar yoxud xoʻjalik shartnomalari asosidagi ilmiy-tadqiqot loyihalari doirasida ilmiy izlanishlar olib borayotgan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147442" id="-2147442">k) maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda va oʻquv-tarbiyaviy ishlarda ishtirok etayotgan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147444" id="-2147444">l) attestatsiya jarayonlarida ishtirok etayotgan (taqrizchi, ilmiy seminar yoki fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash aʼzosi, rasmiy opponent va boshqalar).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147446" id="-2147446">13. Professor ilmiy unvoni mazkur Nizomning 12-bandi <a href="/ru/acts/-2147056#-2147431">“b”</a>, <a href="/ru/acts/-2147056#-2147434">“g”</a>, <a href="/ru/acts/-2147056#-2147437">“j–l” kichik bandlari</a> talablarini bajargan va fan nomzodi, xorijiy davlatlarda berilgan falsafa doktori (Ph.D) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga ega boʻlgan shaxslarga, istisno tariqasida, quyidagilardan birini hisobga olgan holda berilishi mumkin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147447" id="-2147447">OTMda oʻn besh yillik pedagogik ish stajiga ega, pedagogik amaliyotda foydalanilayotgan yakka mualliflikda chop etilgan darslik va kamida ikkita oʻquv qoʻllanma muallifi boʻlgan, kasbiy va pedagogik faoliyatida salmoqli yutuqlarga erishgan, shuningdek ixtisoslik kafedralarida ishlayotgan talabgorlar bir nafar ilmiy daraja olgan oliy malakali mutaxassis va kamida ikki nafar magistr yoki toʻrt nafar bakalavrga ilmiy rahbarlik qilgan yoki davlat (nomdor) stipendiati yoxud xalqaro, respublika olimpiadalari yoki tanlovlari gʻolibini tayyorlagan yoxud taʼlim-tarbiya jarayoniga salmoqli hissa qoʻshgan yuqori malakali mutaxassislarga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147448" id="-2147448">madaniyat, sanʼat, arxitektura yoʻnalishlari boʻyicha ixtisoslashgan (ijodiy, ijrochilik) kafedralarda muvaffaqiyatli ishlab kelayotgan, tegishli oliy maʼlumotga, kafedra sohasi boʻyicha fan nomzodi, xorijiy davlatlarda berilgan falsafa doktori (Ph.D) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga, kamida oʻn besh yil ilmiy va pedagogik, jumladan OTMda oʻn yillik pedagogik ish stajiga ega, dissertatsiya himoyasidan keyin oliy taʼlim, oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim pedagogik amaliyotida foydalanilayotgan oʻquv adabiyotlari, jumladan OTM oʻquv dasturlariga mos keladigan yakka mualliflikda chop etilgan darslik yoki oʻquv qoʻllanmalari hamda ilmiy-tadqiqot va ijodiy ishlariga ega boʻlgan, kasbiy va pedagogik faoliyatida salmoqli yutuqlarga erishgan va xalqaro yoki respublika tanlovlari gʻoliblarini tayyorlagan, kafedra sohasi mutaxassisliklari boʻyicha ijodiy xodimlarni, ijrochilik mutaxassislarini bevosita oʻz rahbarligida tayyorlagan yuqori malakali mutaxassislarga; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147449" id="-2147449">jismoniy tarbiya, sport va muhandislik grafikasi (chizma geometriya) yoʻnalishlari boʻyicha ixtisoslashgan kafedralarda muvaffaqiyatli ishlab kelayotgan, tegishli oliy maʼlumotga, kafedra sohasi boʻyicha fan nomzodi, xorijiy davlatlarda berilgan falsafa doktori (Ph.D) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga, kamida oʻn besh yil ilmiy va pedagogik, jumladan OTMda oʻn yillik pedagogik ish stajiga ega, dissertatsiya himoyasidan keyin pedagogik amaliyotda foydalanilayotgan oʻquv adabiyotlariga, shundan yakka mualliflikda chop etilgan darslik yoki oʻquv qoʻllanmalari hamda ilmiy-tadqiqot ishlari boʻlgan, kasbiy va pedagogik faoliyatida salmoqli yutuqlarga erishgan va xalqaro yoki respublika musobaqalarining gʻoliblarini yoki jamoa (jamoalari)ni tayyorlagan yuqori malakali mutaxassislarga.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147450" id="-2147450">14. Professor ilmiy unvoni mazkur Nizomning 12-bandi <a href="/ru/acts/-2147056#-2147431">“b”</a>, <a href="/ru/acts/-2147056#-2147434">“g”</a>, <a href="/ru/acts/-2147056#-2147439">“z–k” kichik bandlari</a> talablarini bajargan va ilmiy darajaga ega boʻlmagan shaxslarga, istisno tariqasida, quyidagilardan birini hisobga olgan holda berilishi mumkin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147451" id="-2147451">tegishli oliy maʼlumotga, kamida oʻn yil ilmiy va pedagogik, jumladan OTMda besh yillik pedagogik ish stajiga ega, ikki oʻquv yili davomida muvaffaqiyatli ishlab kelayotgan, oliy taʼlim, oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim pedagogik amaliyotida foydalanilayotgan oʻquv adabiyotlari, jumladan OTM oʻquv dasturlariga mos keladigan yakka mualliflikda chop etilgan darslik va kamida ikkita oʻquv qoʻllanmasi hamda ilmiy-tadqiqot va ijodiy ishlari boʻlgan va xalqaro yoki respublika tanlovlari yoki musobaqalarining gʻoliblari yoki jamoa (jamoalari)ni tayyorlagan Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq artistlari, hofizlari, rassomlari, meʼmorlari, oʻqituvchilari, yozuvchilari yoki shoirlari, Oʻzbekiston Respublikasining fan va sanʼat arboblari, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist, rassom, meʼmor, trener, yoshlar murabbiyi yoki madaniyat xodimlariga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147452" id="-2147452">madaniyat, sanʼat, arxitektura yoʻnalishlari boʻyicha ixtisoslashgan (ijodiy, ijrochilik) kafedralarida kamida ikki yil davomida muvaffaqiyatli ishlab kelayotgan, tegishli oliy maʼlumotga, kamida oʻn besh yillik ilmiy va pedagogik, jumladan OTMda oʻn yillik pedagogik ish stajiga ega, pedagogik amaliyotda foydalanilayotgan oʻquv adabiyotlari, shundan OTM oʻquv dasturlariga mos keladigan yakka mualliflikda chop etilgan darsligi va kamida ikkita oʻquv qoʻllanmasi, ilmiy-tadqiqot va ijodiy ishlari boʻlgan, kafedra sohasi mutaxassisliklari boʻyicha amaliy mashgʻulotlarni yuqori kasbiy darajada olib borayotgan, shuningdek xalqaro yoki respublika tanlovlari gʻoliblarini tayyorlagan yuqori malakali mutaxassislarga.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147453" id="-2147453">Madaniyat va sanʼat nazariyasi hamda tarixi boʻyicha mutaxassislar professor ilmiy unvonini olish uchun fan doktori ilmiy darajasiga ega boʻlishlari shart.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2529456" id="-2529456"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2529457" id="-2529457">14<sup>1</sup>. Professor ilmiy unvoni, istisno tariqasida, kamida ikki oʻquv yili davomida OTMda pedagogik faoliyat olib borayotgan, pedagogik amaliyotda foydalanilayotgan oʻquv adabiyoti (adabiyotlari) boʻlgan, ilmiy maqolalar chop ettirgan hamda respublika va xalqaro tanlovlarda nufuzli oʻrinlarni egallagan shogirdlarni tayyorlagan, taʼlim va amaliyot integratsiyasini rivojlantirishga va barkamol avlodni tarbiyalash ishlariga salmoqli hissa qoʻshgan “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni yoki “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan yuqori malakali mutaxassislarga berilishi mumkin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2529458" id="-2529458">(14<sup>1</sup>-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2014-yil 26-dekabrdagi 211/3-sonli <a href="/ru/acts/-2529181?ONDATE=29.12.2014 00#-2529211">qaroriga </a>(roʻyxat raqami 2444-1, 26.12.2014-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2014-y., 52-son, 637-modda)</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2147454" id="-2147454">3-§. ITM mutaxassislariga professor ilmiy unvonini berish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147456" id="-2147456">15. Ixtisoslik boʻyicha professor ilmiy unvoni quyidagi talablarni bajargan shaxslarga beriladi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147457" id="-2147457">a) fan doktori ilmiy darajasiga ega boʻlgan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147458" id="-2147458">b) ilmiy unvonga ega boʻlgan; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147459" id="-2147459">v) kamida oʻn yillik ilmiy va pedagogik, jumladan ITMda besh yillik ilmiy ish stajiga ega boʻlgan; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147460" id="-2147460">g) kamida bir yil davomida davlat granti rahbari yoki ilmiy-tashkiliy tuzilma rahbari yoxud bosh ilmiy xodim, yetakchi ilmiy xodim yoxud kamida bir yil davomida ITM rahbari, rahbar oʻrinbosari yoki ilmiy kotibi lavozimlarida muvaffaqiyatli ishlab kelayotgan va ilmiy faoliyat olib borayotgan; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147463" id="-2147463">d) kamida ikki nafar ilmiy daraja olgan mutaxassisni tayyorlagan yoki bir nafar ilmiy daraja olgan mutaxassis va kamida besh nafar magistrga ilmiy rahbarlik qilgan yoki davlat (nomdor) stipendiati yoxud xalqaro yoki respublika olimpiadalari yoki tanlovlari gʻoliblarini tayyorlagan; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147464" id="-2147464">e) salmoqli ilmiy va ilmiy-texnik natijalarga erishgan (monografiya yoki risolalar nashr ettirgan yoxud ixtirolarga ega boʻlgan) hamda dissertatsiya himoyasidan keyin ilmiy ishlar, jumladan ilmiy jurnallarda kamida oʻnta ilmiy maqola, shundan nufuzli xorijiy yoki xalqaro ilmiy jurnallarda ikkita ilmiy maqola chop ettirgan; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147465" id="-2147465">j) taʼlim jarayonida ishtirok etayotgan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147466" id="-2147466">z) davlat grantlari yoki boshqa ilmiy loyihalar yoxud xoʻjalik shartnomalari asosidagi ilmiy-tadqiqot loyihalari doirasida ilmiy izlanishlar olib borayotgan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147467" id="-2147467">i) maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda ishtirok etayotgan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147469" id="-2147469">k) attestatsiya jarayonlarida ishtirok etayotgan (taqrizchi, ilmiy seminar yoki fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash aʼzosi, rasmiy opponent va boshqalar).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147471" id="-2147471">16. Ixtisoslik boʻyicha professor ilmiy unvoni, istisno tariqasida, mazkur Nizomning 15-bandi <a href="/ru/acts/-2147056#-2147458">“b–g”</a> va <a href="/ru/acts/-2147056#-2147464">“e–k” kichik bandlari</a> talablarini bajargan va fan nomzodi, xorijiy davlatlarda berilgan falsafa doktori (Ph.D) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga ega boʻlgan, pedagogik amaliyotda foydalanilayotgan oʻquv adabiyotlariga, shundan yakka mualliflikda chop etilgan darslik va kamida ikkita oʻquv qoʻllanmalari boʻlgan, kasbiy va ilmiy-pedagogik faoliyatida salmoqli yutuqlarga erishgan, ilmiy daraja olgan mutaxassis tayyorlagan ITM mutaxassislariga berilishi mumkin. </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2529460" id="-2529460"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2529462" id="-2529462">16<sup>1</sup>. Professor ilmiy unvoni, istisno tariqasida, kamida ikki yil davomida ITMda faoliyat koʻrsatayotgan, fan doktori yoki fan nomzodi (xorijiy davlatlarda berilgan falsafa doktori (Ph.D) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar) ilmiy darajasiga ega boʻlgan, dissertatsiya himoyasidan keyin ilmiy ishlar, jumladan hammualliflikda yirik ilmiy ish, monografiya chop ettirgan, ilmiy jurnallarda kamida 10 ta (shundan nufuzli xorijiy jurnallarda 2 ta) ilmiy maqola chop ettirgan, pedagogik amaliyotda foydalanilayotgan oʻquv adabiyoti (adabiyotlari) boʻlgan, salmoqli ilmiy va ilmiy-texnik natijalarga erishgan, jumladan olgan ilmiy natijalari normativ-huquqiy hujjatlarda (Oʻzbekiston Respublikasining <a href="/ru/acts/-20596">Konstitutsiyasi</a>, Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari yoki vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlarida) tatbiq etilgan, taʼlim, fan va amaliyot integratsiyasini rivojlantirish, kadrlar tayyorlash va barkamol avlodni tarbiyalashga salmoqli hissa qoʻshgan yuqori malakali mutaxassislarga berilishi mumkin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2529463" id="-2529463">(16<sup>1</sup>-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2014-yil 26-dekabrdagi 211/3-sonli <a href="/ru/acts/-2529181?ONDATE=29.12.2014 00#-2529213">qaroriga </a>(roʻyxat raqami 2444-1, 26.12.2014-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2014-y., 52-son, 637-modda)</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2147472" id="-2147472">4-§. OTM mutaxassislariga dotsent ilmiy unvonini berish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147473" id="-2147473">17. Dotsent ilmiy unvoni quyidagi talablarni bajargan shaxslarga beriladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147474" id="-2147474">a) fan doktori (fan nomzodi, xorijiy davlatlarda berilgan falsafa doktori (Ph.D) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar) ilmiy darajasiga ega boʻlgan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147476" id="-2147476">b) kamida besh yillik ilmiy va pedagogik, jumladan OTMda uch yillik pedagogik ish stajiga ega boʻlgan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147477" id="-2147477">v) kamida bir oʻquv yili davomida OTMning asosiy shtatida kafedra mudiri, professor, dotsent yoki oliy harbiy taʼlim muassasalarida katta oʻqituvchi, kafedra boshligʻi oʻrinbosari yoki kafedra boshligʻi lavozimlarida ishlab kelayotgan yoki bir oʻquv yili davomida kamida 0,25 stavka oʻquv yuklamasini bajargan holda pedagogik faoliyat olib borayotgan muassasa rektori (direktori, boshligʻi), prorektori (direktor oʻrinbosari, boshliq oʻrinbosari), ilmiy kotibi yoki OTMning oʻquv-tashkiliy tuzilmasi (fakultet, boʻlim) rahbari lavozimlarida muvafaqqiyatli ishlab kelayotgan;</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2615858" id="-2615858"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2615860" id="-2615860">Har bir taʼlim sohasi boʻyicha nominatsiyalarda 1-oʻrinni egallagan “Oliy taʼlim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovining respublika bosqichi gʻoliblari 3 yil mobaynida tegishli lavozimda vazifani bajarib turuvchining bir yillik muddatini oʻtamasdan dotsent ilmiy unvonini olish uchun OAKga hujjatlarni taqdim etish huquqiga ega;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2615865" id="-2615865">(17-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2015-yil 20-martdagi 214/5-son <a href="/ru/acts/-2612156?ONDATE=06.04.2015 00#-2612213">qaroriga </a>(roʻyxat raqami 2444-2, 30.03.2015-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 13-son, 160-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147478" id="-2147478">g) pedagogik amaliyotda foydalanilayotgan, jumladan dissertatsiya himoyasidan keyin OTM oʻquv dasturlariga mos keladigan oʻquv-uslubiy qoʻllanma va boshqa oʻquv adabiyotlar nashr ettirgan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147479" id="-2147479">d) dissertatsiya himoyasidan keyin ilmiy ishlar, jumladan ilmiy nashrlarda kamida uchta ilmiy maqola chop ettirgan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147480" id="-2147480">e) zamonaviy oʻqitish usullarini egallagan, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan hamda multimediya taʼlim resurslaridan foydalangan holda yuqori ilmiy va oʻquv-uslubiy saviyada maʼruza kurslarini oʻqiyotgan, seminar mashgʻulotlarini olib borayotgan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147481" id="-2147481">j) ixtisoslik kafedralarida ishlayotgan talabgor kamida ikki nafar magistr yoki toʻrt nafar bakalavrga ilmiy rahbarlik qilgan yoki davlat (nomdor) stipendiati yoxud xalqaro, respublika olimpiadalari yoki tanlovlari gʻolibini tayyorlagan yoxud taʼlim-tarbiya jarayoniga salmoqli hissa qoʻshgan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147482" id="-2147482">z) davlat grantlari yoki boshqa ilmiy loyihalar yoxud xoʻjalik shartnomalari asosidagi ilmiy-tadqiqot loyihalari doirasida ilmiy izlanishlar olib borayotgan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147484" id="-2147484">i) maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda va oʻquv-tarbiyaviy ishlarda ishtirok etayotgan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147486" id="-2147486">k) attestatsiya jarayonlarida ishtirok etayotgan (taqrizchi, ilmiy seminar yoki fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash aʼzosi, rasmiy opponent va boshqalar).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147487" id="-2147487">18. Dotsent ilmiy unvoni mazkur Nizomning 17-bandi <a href="/ru/acts/-2147056#-2147477">“v”</a>, <a href="/ru/acts/-2147056#-2147480">“e–i” kichik bandlari</a> talablarini bajargan va ilmiy darajaga ega boʻlmagan shaxslarga, istisno tariqasida, quyidagilardan birini hisobga olgan holda berilishi mumkin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147488" id="-2147488">tegishli oliy maʼlumotga, kamida oʻn yillik ilmiy va pedagogik, jumladan OTMda besh yillik pedagogik ish stajiga, ilmiy-tadqiqot ishlariga, pedagogik amaliyotda foydalanilayotgan oʻquv adabiyotlariga ega boʻlgan, jumladan darslik yoki kamida ikkita oʻquv qoʻllanmaning yakka muallifi boʻlgan yuqori malakali mutaxassislarga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147489" id="-2147489">tegishli oliy maʼlumotga, kamida besh yillik ilmiy va pedagogik, jumladan OTMda uch yillik pedagogik ish stajiga, pedagogik yoki ijodiy amaliyotda foydalanilayotgan ilmiy-tadqiqot, ijodiy ishlari va oʻquv adabiyotlari, jumladan oʻquv qoʻllanmaning yakka muallifi boʻlgan hamda xalqaro yoki respublika tanlovlari yoki musobaqalarining gʻoliblari yoki jamoa (jamoalari)ni tayyorlagan Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq artistlari, hofizlari, rassomlari, meʼmorlari, oʻqituvchilari, yozuvchilari yoki shoirlari, Oʻzbekiston Respublikasining fan va sanʼat arboblari, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist, rassom, meʼmor, trener, yoshlar murabbiyi yoki madaniyat xodimlariga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147490" id="-2147490">madaniyat, sanʼat, arxitektura yoʻnalishlari boʻyicha ixtisoslashgan (ijodiy, ijrochilik) kafedralarida kamida ikki yil davomida muvaffaqiyatli ishlab kelayotgan, tegishli oliy maʼlumotga, kamida oʻn yillik ilmiy va pedagogik, jumladan OTMda besh yillik pedagogik ish stajiga ega, ilmiy-tadqiqot, ijodiy ishlari va oʻquv adabiyotlari, jumladan oʻquv qoʻllanmaning yakka muallifi boʻlgan, shuningdek xalqaro yoki respublika tanlovlari gʻoliblarini tayyorlagan yuqori malakali mutaxassislarga, madaniyat va sanʼat nazariyasi hamda tarixi boʻyicha mutaxassislar bundan mustasno;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147491" id="-2147491">jismoniy tarbiya va sport yoʻnalishi boʻyicha OTMning ixtisoslashgan kafedralarida kamida ikki yil davomida muvaffaqiyatli ishlab kelayotgan, tegishli oliy maʼlumotga, kamida oʻn yil ilmiy va pedagogik, jumladan OTMda besh yillik pedagogik ish stajiga ega, ilmiy-tadqiqot ishlari va oʻquv adabiyotlari, jumladan oʻquv qoʻllanmaning yakka muallifi boʻlgan, shuningdek xalqaro yoki respublika musobaqalarining gʻoliblarini yoki jamoa (jamoalari)ni tayyorlagan yuqori malakali mutaxassislarga.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2147492" id="-2147492">5-§. ITM mutaxassislariga katta ilmiy xodim ilmiy unvonini berish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147493" id="-2147493">19. Katta ilmiy xodim ilmiy unvoni quyidagi talablarni bajargan shaxslarga beriladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147494" id="-2147494">a) ilmiy darajaga ega boʻlgan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147495" id="-2147495">b) kamida besh yillik ilmiy va pedagogik, jumladan ITMda uch yillik ilmiy ish stajiga ega boʻlgan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147496" id="-2147496">v) kamida bir yil davomida grant rahbari yoki ilmiy-tashkiliy tuzilma boshligʻi yoxud bosh (yetakchi, katta) ilmiy xodim yoki kamida bir yil davomida ITM rahbari, uning oʻrinbosari yoki ilmiy kotibi lavozimlarida muvaffaqiyatli ishlab kelayotgan va ilmiy faoliyat olib borayotgan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147497" id="-2147497">g) dissertatsiya himoyasidan keyin ilmiy ishlar, jumladan ilmiy jurnallarda kamida uchta ilmiy maqola, shundan nufuzli xorijiy yoki xalqaro ilmiy jurnalda ilmiy maqola chop ettirgan; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147498" id="-2147498">d) davlat grantlari yoki boshqa ilmiy loyihalar yoxud xoʻjalik shartnomalari asosidagi ilmiy-tadqiqot loyihalari doirasida ilmiy izlanishlar olib borayotgan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147499" id="-2147499">e) maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda ishtirok etayotgan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147500" id="-2147500">j) attestatsiya jarayonlarida ishtirok etayotgan (taqrizchi, ilmiy seminar yoki fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash aʼzosi, rasmiy opponent va boshqalar).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147501" id="-2147501">20. Ilmiy darajasiz shaxslarga katta ilmiy xodim ilmiy unvoni berilmaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2147502" id="-2147502">6-§. Oʻrindoshlik asosida ishlayotgan mutaxassislarga ilmiy unvonlar berish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147503" id="-2147503">21. Ilmiy unvonlar mazkur bobning <a href="/ru/acts/-2147056#-2147426">2 — 5-paragraflarida</a> nazarda tutilgan tegishli lavozimlarda kamida 0,25 stavka oʻrindoshlik yoki 240 soatdan kam boʻlmagan mehnatga soatbay haq toʻlash asosida ishlayotgan iqtisodiyot tarmoqlarining yuqori malakali mutaxassislariga mazkur bobning <a href="/ru/acts/-2147056#-2147415">1 — 5-paragraflarida</a> belgilangan talablarga rioya qilingan holda beriladi. Mazkur qoida asosiy ish joyi OTM va ITM boʻlgan mutaxassislarga nisbatan tatbiq etilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147504" id="-2147504">22. Taqdimnoma talabgorning oʻrindoshlik asosida ishlayotgan ish joyidan beriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2147505" id="-2147505">III bob. Ilmiy unvonga taqdim etish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147506" id="-2147506">23. Ilmiy unvonga taqdim etish boʻyicha masala quyidagi hollarda Kengashga kiritiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147507" id="-2147507">dotsent va katta ilmiy xodim ilmiy unvonlariga – talabgorga ilmiy daraja berish toʻgʻrisidagi qaror tasdiqlangan yoki talabgorning ilmiy daraja olganligi toʻgʻrisidagi diplomi nostrifikatsiya qilingan kundan eʼtiboran kamida bir yil oʻtgach;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147508" id="-2147508">professor ilmiy unvoniga – talabgor dotsent yoki katta ilmiy xodim ilmiy unvonini olgan kundan eʼtiboran kamida bir yil oʻtgach.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147509" id="-2147509">24. Talabgorning hujjatlari Kengashga u faoliyat olib borayotgan muassasaning tegishli tuzilmasi tomonidan koʻrib chiqish uchun taqdim etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147510" id="-2147510">25. Talabgorning hujjatlari Kengash tomonidan ikki oy ichida mazkur Nizom II bobining <a href="/ru/acts/-2147056#-2147415">1 — 5-paragraflari</a> talablariga asosan koʻrib chiqiladi va tegishli qaror qabul qilinadi. Koʻrib chiqish muddatini hisoblashda iyul-avgust oylari hisobga olinmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147512" id="-2147512">26. Ilmiy unvonga taqdim etish toʻgʻrisidagi Kengash qarori yashirin ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147513" id="-2147513">Kengash majlisi, unda Kengash aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi. Kengashning ilmiy unvonga taqdim etish toʻgʻrisidagi qarori majlisda ishtirok etgan Kengash aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi yoqlab ovoz bergan taqdirda, qabul qilingan hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147516" id="-2147516">27. Talabgorning attestatsiya ishi Kengash tomonidan ilmiy unvonga taqdim etish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bir oy ichida OAKga yuboriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147518" id="-2147518">28. Yilning eng yaxshi darsligi va oʻquv adabiyoti muallifi” tanlovida gʻolib chiqqan darslik muallifiga ilmiy unvon berish masalasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-iyuldagi 290-son “Yilning eng yaxshi darsligi va oʻquv adabiyoti muallifi” tanlovi gʻoliblariga ilmiy daraja va ilmiy unvon berish toʻgʻrisida”gi <a href="/ru/acts/-351035">qaroriga</a> (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 13-son, 87-modda) asosan koʻrib chiqiladi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2147519" id="-2147519">IV bob. Attestatsiya ishini OAKda koʻrib chiqish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147520" id="-2147520">29. Attestatsiya ishi OAK tomonidan uch oy ichida koʻrib chiqiladi. Koʻrib chiqish muddatini hisoblashda iyul-avgust oylari hisobga olinmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147521" id="-2147521">30. Kengash tomonidan taqdim etilgan attestatsiya ishi OAKda roʻyxatga olinadi va uch kun ichida normativ-texnik ekspertizadan, uch oy ichida ilmiy ekspertizadan oʻtkazilib, yakuniy qaror qabul qilinadi. Ekspertiza jarayonida OAKning tegishli boʻlimlari va ekspert kengashlari tomonidan attestatsiya ishining mazmun-mohiyati va uning mazkur Nizom talablariga muvofiqligi tekshiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147522" id="-2147522">31. Normativ-texnik ekspertizadan oʻtkazish jarayonida attestatsiya ishida mazkur Nizom talablariga rioya qilinmaganlik holatlari aniqlansa, OAK Tartib-qoida komissiyasi qarori bilan attestatsiya ishini koʻrib chiqish toʻxtatiladi va attestatsiya ishi rasmiy xat bilan tegishli Kengashga qaytarib yuboriladi. Kengash tomonidan tegishli kamchiliklar bartaraf etilgandan soʻng, attestatsiya ishi qaytadan rasmiylashtirilib, kuzatuv xati orqali OAKga qayta taqdim etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147523" id="-2147523">32. Attestatsiya ishi normativ-texnik ekspertizadan oʻtkazilgandan soʻng, uni tegishli ekspert kengashi koʻrib chiqadi va OAK Rayosatiga oʻzining xulosasini tavsiya etadi. OAK Rayosati ekspert kengashining xulosasiga asosan, ilmiy unvon berish yoki ilmiy unvon berishni rad qilish toʻgʻrisida yakuniy qaror qabul qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147524" id="-2147524">33. Talabgor attestatsiya ishini koʻrib chiqish jarayonining har qanday bosqichida, Kengashda yashirin ovoz berish oʻtkazilgunga, OAKda OAK Rayosatining yakuniy qarori qabul qilingunga qadar ishni muhokamadan olishga haqlidir. Attestatsiya ishi talabgorning yozma arizasiga asosan, OAKda muhokamadan olinganda, bu haqda OAK Rayosati tomonidan tegishli qaror qabul qilinishi lozim.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2147525" id="-2147525">V bob. Ilmiy unvonga qayta taqdim etish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147527" id="-2147527">34. OAKda koʻrib chiqilgan va rad javobi berilgan yoki koʻrish jarayonidan toʻxtatilgan attestatsiya ishlari Kengash tomonidan quyidagi muddatlarda OAKga qayta taqdim etilishi mumkin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147528" id="-2147528">OAK Rayosatining attestatsiya ishiga rad javobini berish toʻgʻrisidagi qarori u qabul qilingan kundan eʼtiboran kamida bir yil oʻtgach; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147529" id="-2147529">OAK Rayosatining qarori yuzasidan berilgan apellatsiya boʻyicha rad javobini berish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kamida uch yil oʻtgach;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147530" id="-2147530">talabgorning arizasiga asosan muhokamadan olinib, koʻrishdan toʻxtatilgan attestatsiya ishi boʻyicha tegishli kamchiliklar bartaraf etilgandan soʻng.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147531" id="-2147531">35. Kengash tomonidan ilmiy unvonga qayta taqdim etilganda mazkur Nizom talablari bajarilgan hamda talabgor yangi oʻquv-uslubiy va ilmiy ishlar nashr ettirgan boʻlishi shart.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2147532" id="-2147532">VI bob. Attestatlarni rasmiylashtirish va berish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147533" id="-2147533">36. OAK Rayosatining ilmiy unvon berish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi va bir oy ichida Attestat rasmiylashtiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147534" id="-2147534">37. Attestat yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda, manfaatdor shaxslarning arizasiga muvofiq OAK tomonidan uning dublikati beriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147535" id="-2147535">Talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi oʻzgargan taqdirda, Attestat yangisiga almashtirib berilmaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2147536" id="-2147536">VII bob. Ilmiy unvondan mahrum etish yoki uni tiklash</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147537" id="-2147537">38. Shaxs attestatsiya ishi ekspertizadan noxolis oʻtkazilganligi natijasida shaxsga berilgan ilmiy unvondan OAK Rayosatining qarori asosida mahrum etilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147538" id="-2147538">39. Shaxsni ilmiy unvondan mahrum etish yoki uni tiklash boʻyicha OAKga yoki tegishli Kengashga murojaat qilinadi. Bunda manfaatdor shaxslar tegishli dalillar (hujjatlar)ni oʻz murojaatiga ilova qilgan holda taqdim etishi shart. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147539" id="-2147539">Bunday masala bilan OAKga murojaat qilinganda, taqdim etilgan dalillar OAK ekspert kengashi tomonidan muhokama qilinib, masalani koʻrib chiqish uchun tegishli Kengashga yuboriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147540" id="-2147540">40. Kengash tomonidan Kengash aʼzolari orasidan uch kishilik tarkibda komissiya tuziladi. Ushbu masala bir oy ichida komissiya tomonidan oʻrganib chiqiladi va Kengashning tegishli qarori loyihasi tayyorlanib, masala kengash majlisida koʻrib chiqiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147541" id="-2147541">Kengash majlisi unda Kengash aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda, vakolatli hisoblanadi. Kengash majlisi ilmiy unvondan mahrum etilayotgan shaxs ishtirokida oʻtkaziladi. Shaxs bu haqda majlis oʻtkazilishidan kamida oʻn kun oldin ogohlantirilishi shart. Agar shaxs majlisga uzrsiz sabablarga koʻra kelmasa yoki majlisga kelishdan bosh tortsa, Kengash tomonidan uning ishtirokisiz majlis oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi. Mazkur shaxs uzrli sabablarga koʻra majlisga kelaolmasligi haqida oldindan xabar qilganda, Kengash majlisi boshqa kunga yoki boshqa vaqtga qoldiriladi. Zarur hollarda, boshqa mutaxassislar Kengash majlisiga taklif etilishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147542" id="-2147542">41. Kengashning ilmiy unvondan mahrum etish yoki uni tiklash toʻgʻrisidagi qarori yashirin ovoz berishda ishtirok etgan Kengash aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi tomonidan yoqlab ovoz berilgan taqdirda, qabul qilingan hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147543" id="-2147543">Kengash tomonidan Kengash qarori, Kengash majlisi bayonnomasi hamda tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, oʻn kun ichida OAKga yuboriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147544" id="-2147544">42. Kengash tomonidan taqdim etilgan hujjatlar OAK ekspert kengashida muhokama qilinadi va tegishli tavsiya qabul qilinadi. Kengashning ilmiy unvondan mahrum etish yoki uni tiklash toʻgʻrisidagi qarori hamda OAK ekspert kengashining tavsiyasi OAK Rayosatida koʻrib chiqilib, yakuniy qaror qabul qilinadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147545" id="-2147545">43. OAK Rayosatining ilmiy unvon berish toʻgʻrisidagi qarori oʻn yil oldin qabul qilingan boʻlsa, ilmiy unvondan mahrum etish masalasi koʻrib chiqish uchun qabul qilinmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147546" id="-2147546">44. Kengash murojaatnomasiga asosan ilmiy unvondan mahrum etilgan shaxsning ilmiy unvoni ushbu Kengashning murojaatnomasiga muvofiq OAK Rayosati qarori bilan tiklanishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2147547" id="-2147547">VIII bob. Apellatsiyani koʻrib chiqish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147548" id="-2147548">45. Manfaatdor shaxslar ilmiy unvon berish yoki ilmiy unvon berishni rad qilish toʻgʻrisidagi OAK Rayosati yoki Kengash qarori yuzasidan u qabul qilingan kundan eʼtiboran ikki oy ichida OAKga apellatsiya berishlari mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147549" id="-2147549">46. Apellatsiya quyidagi hollarda qabul qilinmaydi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147550" id="-2147550">mazkur Nizomning <a href="/ru/acts/-2147056#-2147548">45-bandida</a> belgilangan muddat oʻtganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147551" id="-2147551">apellatsiya aynan bir masala boʻyicha takroran berilganda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147552" id="-2147552">47. OAK Rayosati qarori yuzasidan berilgan apellatsiya, shuningdek Kengash qarori yuzasidan berilgan apellatsiya OAK Tartib-qoida komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi. OAK Tartib-qoida komissiyasi apellatsiyani koʻrib chiqishni tegishli ekspert kengashiga topshirishi mumkin. Zarur hollarda, mazkur masalani koʻrib chiqishning avvalgi bosqichlarida ishtirok etmagan mutaxassis-olimlardan iborat Apellatsiya komissiyasi tuziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147553" id="-2147553">48. OAK Rayosati tomonidan Tartib-qoida komissiyasi, tegishli ekspert kengashi yoki Apellatsiya komissiyasi xulosasi koʻrib chiqiladi va apellatsiya boʻyicha ilmiy unvon berish yoki ilmiy unvon berishni rad qilish toʻgʻrisida yakuniy qaror qabul qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147554" id="-2147554">49. Apellatsiya boʻyicha qabul qilingan OAK Rayosatining yakuniy qarori besh ish kuni ichida apellatsiya bergan shaxslarga, shuningdek Kengashga taqdim qilinadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2147555" id="-2147555">IX bob. Yakuniy qoida </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2147556" id="-2147556">50. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi bilan kelishilgan.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-2148752" id="-2148752">Madaniyat va sport ishlari vaziri T. KUZIYEV </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2148753" id="-2148753"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2148754" id="-2148754">2013-yil 14-yanvar</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-2148755" id="-2148755">Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri B. XODIYEV </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2148756" id="-2148756"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2148757" id="-2148757">2013-yil 28-yanvar</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-2148758" id="-2148758">Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2148759" id="-2148759"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2148760" id="-2148760">2013-yil 17-yanvar</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-2148761" id="-2148761">Xalq taʼlimi vaziri T. ShIRINOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2148762" id="-2148762"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2148763" id="-2148763">2013-yil 18-yanvar</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-2148764" id="-2148764">Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z. RUZIYEV </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2148766" id="-2148766"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2148767" id="-2148767">2013-yil 23-yanvar</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-2148768" id="-2148768">Tashqi ishlar vaziri A. KOMILOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2148769" id="-2148769"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2148771" id="-2148771">2013-yil 22-yanvar</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-2148772" id="-2148772">Fanlar akademiyasi prezidenti Sh. SALIXOV </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2148773" id="-2148773"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2148774" id="-2148774">2013-yil 15-yanvar</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-2148775" id="-2148775">Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi ijroiya apparati rahbari O. PARPIYEV </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2148776" id="-2148776"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2148777" id="-2148777">2013-yil 16-yanvar</div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-2148746" id="-2148746">(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 13-son, 170-modda; 2014-y., 52-son, 637-modda; 2015-y., 13-son, 160-modda)</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
