|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.04.2013
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya komissiyasi Rayosatining
QARORI
“ILMIY UNVONLAR BERISh TOʻGʻRISIDA NIZOM”GA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2003-yil 12-avgustda 262-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2013-yil 31-yanvardagi 195/4-sonli “Ilmiy unvonlar berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2444, 25.03.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 9-sentabrdagi 421-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi faoliyatini tashkil etish masalalari” toʻgʻrisida qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 1996-yil 25-yanvaridagi 34/2–son qarori bilan tasdiqlangan va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1996-yil 10-iyulda 262-raqam bilan roʻyxatga olingan “Ilmiy unvonlar berish toʻgʻrisida nizom”ga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror oʻrnatilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etilsin.
Rais M.M. MUHITDINOV
Bosh ilmiy kotib K.S. SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 17-iyul,
96/5-son
Oʻzbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Oliy Attestatsiya komissiyasi
Rayosatining 2003-yil 17-iyulidagi
96/5-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Oliy Attestatsiya komissiyasi
Rayosatining 2003-yil 17-iyulidagi
96/5-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 1996-yil 25-yanvardagi 34/2-son qarori bilan tasdiqlangan va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1996-yil 10-iyulda 262-raqam bilan roʻyxatga olingan Ilmiy unvonlar berish toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ilmiy unvonlar fanning muayyan sohasida chuqur ixtisosiy bilimga hamda ilmiy va pedagogik sohada maʼlum yutuqlarga erishgan oliy maʼlumotga (bakalavrdan tashqari) yoki ilmiy darajaga ega boʻlgan shaxslarga beriladi.”.
2. 2-bandda “kengashlarning” soʻzidan keyin “(bundan buyon — kengash)” soʻzlari qoʻshilsin.
3. 5-band boʻyicha:
a) ikkinchi xatboshidagi “ish stajiga” soʻzlaridan keyin “hamda dotsent ilmiy unvoniga” soʻzlari qoʻshilsin;
b) uchinchi xatboshidagi “Ilmiy stajga” soʻzlaridan keyin “hamda katta ilmiy xodim ilmiy unvoniga” soʻzlari qoʻshilsin;
v) toʻrtinchi xatboshida “tayyorlagan” soʻzidan keyin “va dotsent ilmiy unvoniga ega” soʻzlari qoʻshilsin.
4. 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. OAK Rayosatining ilmiy unvon berish haqidagi qarori qabul qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ilmiy unvon attestatlari qaror qabul qilingan paytdan boshlab bir oy muddat davomida OAK Rayosati qarori asosida rasmiylashtiriladi va beriladi.”.
5. 6-bandning “mutaxassis tayyorlagan” soʻzlaridan keyin “katta ilmiy xodim ilmiy unvoniga ega boʻlgan” soʻzlari qoʻshilsin.
7. 21-band boʻyicha:
a) ikkinchi xatboshidagi “(Prezidiumi)” va “(Kollegiyasi)” soʻzlari chiqarilsin;
b) ikkinchi xatboshidagi “Hayʼati” soʻzi “Rahbariyati” soʻziga almashtirilsin.
8. 24-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu Nizom boʻyicha barcha tushuntirishlar OAK Rayosati tomonidan belgilangan tartibda beriladi.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 15-son)