O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 707-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/707/1088-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilishini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 707-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/707/1088-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Yakka tartibdagi tadbirkorlar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Faoliyatning ushbu turlarini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda xodimlarni yollash huquqiga ega.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 707-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/707/1088-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 507 — 513 moddalari.
2. Belgilansinki, jismoniy shaxslar 2011-yil 1-apreldan boshlab ushbu qaror bilan tasdiqlangan Ro‘yxatga kiritilmagan faoliyat turlarini amalga oshirishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Davlat xizmatlari markazlari faoliyat turlari bo‘yicha yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Ro‘yxatga qat’iy amal qilsinlar.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 707-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/707/1088-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi, yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatining tahlilini hisobga olgan holda, zarur hollarda Vazirlar Mahkamasiga mazkur qaror bilan tasdiqlangan Ro‘yxatni kengaytirish yoki undan faoliyat turlarini chiqarib tashlash bo‘yicha takliflar kiritsinlar.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 707-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/707/1088-son)
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar;
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 7-yanvar,
6-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari
ro‘yxati
(1-ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 707-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/707/1088-son)
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Faoliyat turining nomi

I.

Chakana savdo:

1.

Oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari bilan chakana savdo qilish (qurilish materiallari, sement, shifer, yog‘och va yog‘och mahsulotlari, alkogolli va tamaki mahsulotlari, neft mahsulotlarining barcha turlari, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar yoxud bunday materiallar qo‘llanilgan buyumlar, audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlar, yangi import avtomobillar, farmatsevtika tovarlarini sotish bundan mustasno)

2.

Ko‘chma savdo obyektlarida aralash chakana savdo qilish (vaqtincha joylashgan va mavsumiy yoki maqsadli xususiyatga ega bo‘lgan, shuningdek, ish kuni tamom bo‘lgandan keyin obyektni demontaj qilinishi va ko‘chirilishini talab etuvchi obyektlarda)

3.

Dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan chakana savdo qilish

4.

Gazetalar, jurnallar va kitob mahsulotlari bilan chakana savdo qilish

5.

Tovarlarni import qilish va ular bilan chakana savdo qilish (qurilish materiallari, sement, shifer, yog‘och va yog‘och mahsulotlari, o‘simlik moyi, alkogolli va tamaki mahsulotlari, neft mahsulotlarining barcha turlari, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar yoxud bunday materiallar qo‘llanilgan buyumlar, audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlar, yangi import avtomobillar va farmatsevtika tovarlarini sotish bundan mustasno)

II.

Qonun hujjatlarida belgilangan ro‘yxat bo‘yicha hunarmandchilik faoliyati.

III.

Maishiy xizmatlar, II bo‘limda nazarda tutilganlaridan tashqari:

6.

Sartaroshlik xizmatlari, manikyur, pedikyur, kosmetolog xizmatlari va shunga o‘xshash boshqa xizmatlar

7.

Kir yuvish, quruq va kimyoviy tozalashni tashkil etish, shuningdek, dazmollash xizmatlari

8.

Gilam va gilam buyumlarini ta’mirlash va tozalash

9.

Tikuv, mo‘yna, charm va trikotaj buyumlarni, bosh kiyimlarni va to‘qimachilik galantereyasidan tikilgan buyumlarni ta’mirlash, aholining yakka tartibdagi buyurtmalari bo‘yicha tikuv va trikotaj buyumlarini, bosh kiyimlarini va to‘qimachilik galantereyasidan buyumlarni tikish, shu jumladan deraza va eshik pardalarini tikish, kashtachilik

10.

Hayvonlar terilari, mo‘yna, to‘qimachilik, charm buyumlar va boshqa buyumlarni oshlash va bo‘yash

11.

Aholining yakka tartibdagi buyurtmalari bo‘yicha poyabzal tikish, poyabzalni ta’mirlash, bo‘yash va tozalash

12.

Attorlik buyumlarini tayyorlash va ta’mirlash

13.

Bijuteriya va jevaklarni tayyorlash va ta’mirlash

14.

Kalitlar tayyorlash

15.

Metall va tunuka buyumlar tayyorlash va ta’mirlash

16.

Gulchambarlar (shu jumladan, motam gulchambarlari), sun’iy gullar, ikebana, gul marjonlarini tayyorlash

17.

To‘siqlar, haykallar, metalldan yasalgan gulchambarlarni tayyorlash va ta’mirlash

18.

Yog‘ochdan eshik, deraza va boshqa buyumlar tayyorlash

19.

Inventarni (xo‘jalik, sport, baliqchilik va hokazo) ta’mirlash va tayyorlash

20.

Kesuvchi buyumlar va asboblarni charxlash

21.

Tayyor mebelni yig‘ish, ta’mirlash va drapirovka qilish

22.

Musiqa asboblarini ta’mirlash va sozlash

23.

Yakka buyurtma bo‘yicha qimmatbaho metallardan va toshlardan zargarlik buyumlarini yasash, shuningdek, zargarlik buyumlarini ta’mirlash

24.

Optika, soatlarni ta’mirlash va metall, plastmassa, sopol, fayans, tosh, kartondan mahsulotlarda o‘ymakorlik ishlari (qavariq yozuvlar va tasvirlar tushirish)

25.

Radioelektron apparatlar, maishiy mashinalar, maishiy priborlar, ofis mashinalari va hisoblash texnikasini ta’mirlash, o‘rnatish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish

26.

Transport vositalarini ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish, shu jumladan, transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish xizmatlarining boshqa turlari (akustik tizimlar va qo‘riqlash signalizatsiyalarini ta’mirlash va o‘rnatish, polirovkalash, kuzovga himoya va bezak qoplamalarini qoplash xizmatlari)

27.

Sanitariya-texnika xizmatlari va payvandlash ishlari

28.

Shisha va oynalarni kesish, shishaga badiiy ishlov berish

29.

Binolarga oyna o‘rnatish xizmatlari

30.

Jamoat hojatxonalari xizmatlari

31.

Hammom va sauna xizmatlari

32.

Turar joylarni yig‘ishtirish xizmatlari

33.

Hovlilar va bog‘larga qarash xizmatlari, shuningdek, ko‘kalamzorlashtirish ishlari

34.

Bog‘lar, polizlar va dov-daraxtlarni zararkunandalar va kasalliklardan himoya qilish

35.

Video va fotosuratga olish xizmatlari

36.

Xo‘jalik mollari va uy-ro‘zg‘or buyumlarini (mebel, idish-tovoqlar, xo‘jalik, sport, baliqchilik anjomlari, maishiy texnika, priborlar
va boshqalarni) ijaraga berish

37.

Oilaviy mehmon uylari va xostellarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etish

IV

Faoliyatning boshqa turlari:

38.

Qadoqlash uskunalaridan foydalanmagan holda uy sharoitida milliy shirinliklar, qandolat mahsulotlari, qurtni tayyorlash va sotish

39.

Milliy non va patir tayyorlash va sotish

40.

Popkorn, frezerda muzqaymoq, salqin ichimliklar, ayron va go‘ja tayyorlash va quyib sotish

41.

Salatlar va tuzlamalar tayyorlash va sotish, shuningdek uy sharoitida donalab sotiladigan taomlarning ayrim turlarini tayyorlash va o‘tirish joylari tashkil etmasdan yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan ajratilgan maxsus joylarda sotish

42.

O‘lchov vositalari tayyorlash va ularni prokatga berish

43.

Aholi uchun turar va noturar joylarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar

44.

Repetitorlik xizmatlari

45.

Tarjima xizmatlari, tahrir xizmatlari

46.

Bolalarning o‘yinchoq avtomatlari bilan bog‘liq xizmatlar

47.

Axborotning kriptografik himoyasi vositalarini loyihalash, yaratish, ishlab chiqarish, sotish, ta’mirlash va ulardan foydalanish

48.

Dizayn bo‘yicha xizmatlar (grafik, interyer, mebel va hokazolar), shuningdek, chizmachilik-grafika ishlari, shuningdek, rassomlik san’ati

49.

Kompyuter dasturlarini ishlab chiqish xizmatlari, kompyuter o‘yinlarini tashkil etish, shuningdek, kompyuter yordamida matnlarni terish va bosib chiqarish xizmatlari, matndan nusxa olish va ko‘paytirish bilan bog‘liq xizmatlar

50.

Tashrif qog‘ozlari va taklifnoma biletlarini tayyorlash va bosish

51.

Muqovalash ishlari

52.

Reklamani ishlab chiqish va joylashtirish

53.

Sug‘urta agentlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar

54.

Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish

55.

Tantanali marosimlarni tashkil etish xizmatlari (to‘y, yubiley, tug‘ilgan kun va hokazolar)

56.

Ko‘ylak va kostumlarni, shuningdek, ularga aksessuarlarni prokatga berish

57.

Ijtimoiy xizmatlar (bolalar, bemorlar va keksa kishilarga qarash xizmatlari)

58.

Jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish faoliyati (sheyping, aerobika, sport seksiyalari, salomatlik guruhlari), trenerlik xizmatlari

59.

To‘garaklar tashkil etish va yuritish

60.

Davlat-xususiy sheriklikning oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini moddiy-texnik va uslubiy jihatdan ta’minlash shakli asosida tashkil etilgan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati

601.

Davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati

61.

Tulumni shishirish xizmatlari (taksidermik ishlar)

62.

Tegirmonlarda donni maydalash (tozalash) xizmatlari

63.

Mol so‘yish xizmatlari

64.

Uy hayvonlariga qarash xizmatlari

65.

Veterinariya faoliyati

66.

Yuklarni avtomobil transportida tashish

67.

Yo‘lovchilar va yuklarni daryo transportida tashish

68.

O‘simlik, hayvonlar va minerallardan tayyorlangan dorivor xom ashyoni yetishtirish, yig‘ishtirish, tayyorlash va sotish

69.

Gullar va dekorativ daraxtlar yetishtirish va sotish (shu jumladan bonsay san’ati)

70.

Akvarium baliqlari, dekorativ qushlar va boshqa hayvonlarni ko‘paytirish va sotish

71.

Shisha idishlar, metall parcha va chiqindilarini hamda boshqa ikkilamchi xomashyoni qabul qilish (xarid qilish) xizmatlari)

72.

Rieltorlik faoliyati

73.

Jismoniy va yuridik shaxslarga maxsus va qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalangan holda xizmatlar ko‘rsatish

74.

Tashkilotlar uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tayyorlash bo‘yicha xizmatlar

75.

Ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlar uchun pudrat shartnomasi bo‘yicha ishlarni bajarish

76.

Matritsali printerlar va alfavit-raqam bosma qurilmalar uchun bo‘yovchi tasmalarni tayyorlash va qayta ishlash

77.

Qog‘ozlar va skorosshivatellar uchun konvertlar, papkalar tayyorlash

78.

Telekommunikatsiyalar operatorlariga, provayderlariga vositachilik xizmatlari ko‘rsatish (abonentlar yoki xizmatlar ko‘rsatuvchilarga ma’lumot-axborot xizmati ko‘rsatish, xizmat ko‘rsatuvchilarning xizmatlari uchun to‘lovlarni qabul qilish)

79.

Paxta (ilgari iste’molda bo‘lgan) va jun tozalash hamda titish xizmatlari

80.

Turistik faoliyat — turagentlik va ekskursiya xizmatlari, shuningdek, gidlar (gid-tarjimonlar), ekskursiya yetakchilari va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilar xizmatlari

81.

Duradgorlik ishlari (aholi buyurtmalari bo‘yicha duradgorlik ishlarini amalga oshirish)

82.

Metallni ta’mirlash ishlari (uy sharoitida metalldan tayyorlangan maishiy buyumlarni ta’mirlash (kalitlarning dublikatlarini tayyorlash, soyabonlarni ta’mirlash, boshqa maishiy metall buyumlarni oddiy ta’mirlash)

83.

Yog‘och me’morchiligi (bolalar maydonchalari va park zonalari uchun yog‘ochdan yasalgan qurilmalar, haykallar)

84.

Gazlamalarga naqshlar solish (gazlamalar va kiyim ashyolarini qo‘lda bo‘yash, gazlamalarga,shu jumladan trafaretli bosma va qo‘lda rasm chizish usuli bilan rasmlar solish)

85.

Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish

86.

Turistlarga uy-joyni ijaraga berish

87.

Davlat xizmatlari ko‘rsatishda agent sifatida ishtirok etish

88.

Ko‘p kvartirali uyni boshqarish (malaka (attestatsiya) sertifikatiga ega bo‘lganlar)

89.

Kadastr muhandislari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar

90.

Patent vakili sifatida faoliyatni amalga oshirish

91.

ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish

92.

Energiya auditorlik xizmatlari

93.

Ko‘chat yetishtirish faoliyatini amalga oshirish

Izoh. Agar yakka tadbirkor faoliyatning asosiy turiga nisbatan yordamchi hisoblangan faoliyatni amalga oshirsa, qat’iy belgilangan soliq faoliyatning bir turi uchun to‘lanadi.
Ushbu ro‘yxatga kiritilgan faoliyat turlari yuridik shaxs shaklidagi tadbirkorlik subyektlari tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin.
Ushbu ro‘yxat doirasida o‘z faoliyatini amalga oshiradigan yakka tartibdagi tadbirkorlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanishlari mumkin.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
1. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shug‘ullanishni tartibga solish to‘g‘risida” 2002-yil 4-iyundagi 197-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 6-son, 30-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2002-yil 22-oktabrdagi 363-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 10-son, 60-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shug‘ullanishni tartibga solish to‘g‘risida” 2002-yil 4-iyundagi 197-son qaroriga qo‘shimchalar kiritish haqida” 2002-yil 5-noyabrdagi 380-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 66-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlari — faqat yuridik shaxslar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladigan faoliyatning ayrim turlari ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida” 2003-yil 11-martdagi 129-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 3-son, 23-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining 2005-yilgi Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2004-yil 28-dekabrdagi 610-son qaroriga 32-ilovaning 8-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish sohasidagi tadbirkorlik faoliyatining alohida turlarini amalga oshirishni tartibga solish to‘g‘risida” 2006-yil 9-martdagi PQ-303-son qarori)” 2006-yil 29-maydagi 98-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 5-son, 38-modda) ilovaning 3-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Tamaki xom ashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 7-sentabrdagi 190-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 9-son, 65-modda) 3-ilovaning 2-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chigit yetkazib berish mexanizmini hamda o‘simlik yog‘i va yog‘-moy mahsulotlari sotishni tartibga solish to‘g‘risida” 2006-yil 31-maydagi PQ-360-son qarori)” 2007-yil 27-fevraldagi 42-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 2-3-son, 12-modda) ilovaning 4-bandi.
9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 16-martdagi PQ-605-son qarori)” 2007-yil 27-apreldagi 85-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 4-son, 21-modda) ilovaning 4-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)
11. Vazirlar Mahkamasining “Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda faqat yuridik shaxs shaklida tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatning ayrim turlari ro‘yxatiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni to‘ldirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2009-yil 26-yanvardagi PQ-1047-son qarori)” 2009-yil 7-martdagi 58-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 3-son, 16-modda).
12. Vazirlar Mahkamasining “Iste’mol tovarlari (xizmatlar)ning ayrim turlarini ishlab chiqarish va sotishni tartibga solish to‘g‘risida” 2009-yil 9-iyuldagi 190-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 7-son, 55-modda) ilovaning 1-bandi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 1-2-son, 8-modda; 2011-y., 14-son, 137-modda, 40-son, 414-modda; , 2012-y., 8-9-son, 85-modda; 12-son, 130-modda; 2014-y., 12-son, 138-modda, 31-son, 380-modda, 48-son, 568-modda; 2015-y., 31-son, 411-modda; 2016-y., 52-son, 601-modda; 2017-y., 18-son, 325-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son, 01.08.2018-y., 09/18/595/1598-son, 08.08.2018-y., 09/18/631/1638-son, 23.10.2018-y., 09/18/850/2085-son; 12.02.2019-y., 09/19/112/2597-son; 10.07.2020-y., 09/20/433/1140-son; 19.04.2021-y., 09/21/221/0350-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2021-y., 07/21/5144/0548-son, 23.11.2021-y., 09/21/707/1088-son; 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son; 24.08.2023-y., 09/23/411/0649-son; 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son; 04.09.2024-y., 09/24/535/0679-son; 11.02.2025-y., 09/25/76/0124-son; 01.03.2025-y., 09/25/126/0205-son; 27.10.2025-y., 09/25/673/0980-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son; 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)