Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 07.01.2011
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TADBIRKORLIK FAOLIYATINING AYRIM TURLARI BILAN ShUGʻULLANIShNI TARTIBGA SOLISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-sonli “Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va mulkchilikning xususiy shakliga asoslangan kichik va oʻrta korxonalar tashkil etishni ragʻbatlantirish, yuridik shaxs tashkil etmasdan yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilansinki, tadbirkorlik subyektlari — faqat yuridik shaxslar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladigan faoliyatning ayrim turlari roʻyxatiga kirmagan tadbirkorlik faoliyati turlari bilan jismoniy shaxslar yuridik shaxs tashkil etmasdan belgilangan tartibda shugʻullanishlari mumkin, qonun hujjatlariga muvofiq faoliyatning faqat yuridik shaxslar shugʻullanishlari mumkin boʻlgan ayrim turlari bundan mustasno.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 11-noyabrdagi 380-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 22-son, 174-modda)
2. Belgilab qoʻyilsinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari rahbarlari hokimiyat va boshqaruv mahalliy organlari tomonidan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qatʼiy rioya qilinishi hamda nazorat qiluvchi va boshqa davlat organlarining tadbirkorlarning xoʻjalik faoliyatiga aralashishiga yoʻl qoʻyilmasligi, xususiy tadbirkorlikning keng rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishi uchun javob beradilar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida taklif kiritsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 4-iyun,
197-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 11-noyabrdagi 380-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 22-son, 174-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 11-12-son, 90-modda, 20-son, 157-modda, 22-son, 174-modda)