|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 07.01.2011
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRISHLAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-sonli “Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining quyidagi qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 3-son, 27-modda)
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shug‘ullanishni tartibga solish to‘g‘risida” 2002-yil 4-iyundagi 197-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 6-son, 30-modda) 1-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Belgilansinki, ilova qilinayotgan ro‘yxatga kirmagan tadbirkorlik faoliyati turlari bilan jismoniy shaxslar yuridik shaxs tashkil etmasdan belgilangan tartibda shug‘ullanishlari mumkin, qonun hujjatlariga muvofiq faoliyatning faqat yuridik shaxslar shug‘ullanishlari mumkin bo‘lgan ayrim turlari bundan mustasno”.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Toshkent sh.,
2002-yil 22-oktabr,
363-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 20-son, 157-modda; 2003-y., 3-son, 27-modda)