O‘zbekiston Respublikasining qonuni
DAVLAT YER KADASTRI TO‘G‘RISIDA
1-modda. Mazkur Qonunning maqsadi
Mazkur Qonunning maqsadi davlat yer kadastri yuritishning, iqtisodiyotni rivojlantirish, yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning kafolatlarini ta’minlash, yerlardan oqilona foydalanish, ularni qayta tiklash va muhofaza qilish uchun kadastr ma’lumotlaridan foydalanishning huquqiy asoslarini belgilashdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Davlat yer kadastri to‘g‘risidagi qonunchilik
Davlat yer kadastri to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonundan, boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining davlat yer kadastri to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Davlat yer kadastri
Davlat yer kadastri Davlat kadastrlari yagona tizimining asosiy tarkibiy qismi hisoblanib, u yerlarning tabiiy, xo‘jalik, huquqiy rejimi, toifalari, sifat xususiyatlari va qimmati, yer uchastkalarining o‘rni va o‘lchamlari, ularning yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar o‘rtasidagi taqsimoti to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda hujjatlar tizimidan iboratdir.
Davlat yer kadastri yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini, yerlarning miqdori va sifatining hisobga olinishini, tuproq bonitirovkasini, yerlarning qiymat bahosini, shuningdek yer kadastriga doir axborotlar bir tizimga solinishi, saqlanishi va yangilab turilishini o‘z ichiga oladi.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 15-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat kadastrlari to‘g‘risida”gi Qonuni 5-moddasi birinchi qismining ikkinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 389-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat yer kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
4-modda. Davlat yer kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari
Davlat yer kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
mamlakatning butun hududini to‘la qamrab olish;
fazoviy koordinatalarning yagona tizimini qo‘llash;
yer kadastriga doir axborotlar ishlab chiqish uslubiyotining birligi;
yer kadastriga doir axborotlarning to‘g‘ri bo‘lishi.
5-modda. Davlat yer kadastrini yuritish sohasidagi davlat boshqaruvi
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat yer kadastrini yuritish sohasidagi davlat boshqaruvini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va maxsus vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi amalga oshiradi.
(5-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Kadastr agentligi davlat yer kadastrini yuritish sohasidagi maxsus vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.
(5-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
6-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining davlat yer kadastrini yuritish sohasidagi vakolatlari
Davlat yer kadastrini yuritish sohasida quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlariga kiradi:
yer resurslaridan oqilona foydalanishga qaratilgan yagona davlat siyosatini ishlab chiqish;
moliyalash va investitsiyalash sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarni belgilash va masalalarni hal etish;
yer resurslarining holati to‘g‘risidagi har yilgi milliy hisobotni tasdiqlash;
yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni va yer uchastkalariga oid bitimlarni davlat ro‘yxatiga olish tartibini belgilash;
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 4-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 389-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat yer kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-bobi.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-moddaning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-son Qonuniga muvofiq chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda )
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
(6-moddaning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7-modda. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining davlat yer kadastrini yuritish sohasidagi vakolatlari
(7-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat yer kadastrini yuritish sohasida quyidagilar mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining vakolatlariga kiradi:
(7-moddaning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar hamda ularga oid bitimlarning davlat ro‘yxatiga olinishini tashkil etish;
(7-moddaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
davlat yer kadastrini yuritish ishlarini mahalliy budjet hisobidan moliyalash;
davlat yer kadastri yuritilishini tashkil etish va nazorat qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
(7-moddaning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 5-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
8-modda. Kadastr agentligining davlat yer kadastrini yuritish sohasidagi vakolatlari
(8-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Kadastr agentligining davlat yer kadastrini yuritish sohasidagi vakolatlariga quyidagilar kiradi:
(8-moddaning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
O‘zbekiston Respublikasining butun hududida davlat yer kadastri yuritilishini tashkil etish;
Yer resurslarining holati to‘g‘risidagi har yilgi milliy hisobotni tuzish;
viloyatlar, tumanlar hamda aholi punktlarining ma’muriy chegaralarini belgilash (aniqlashtirish) ishlarini tashkil etish va o‘tkazish;
normativ hujjatlarni belgilangan tartibda ishlab chiqish va tasdiqlash;
mutaxassislarni tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish ishlarini tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
(8-moddaning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 7-sentabrdagi PF-6061-son Farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 7-sentabrdagi PQ-4819-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-fevraldagi 66-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi to‘g‘risida nizomning 3-bobi.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuniga muvofiq chiqarilgan — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
10-modda. Davlat yer kadastrini yuritish
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat yer kadastrini yuritish aerokosmik suratga olishni, topografiya-geodeziya, kartografiya, tuproq, agrokimyo, geobotanika tadqiqotlarini va boshqa tadqiqotlarni hamda izlanishlarni o‘tkazish, yerlarni miqdor va sifat jihatidan hisobga olish hamda baholash, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish orqali ta’minlanadi.
(10-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi O‘RQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat yer kadastrini yuritish Kadastr agentligining organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(10-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Davlat yer kadastrini yuritish quyidagi yo‘l bilan amalga oshiriladi:
yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni va yer uchastkalariga doir bitimlarni davlat ro‘yxatiga olish;
kadastrga oid suratga olish;
yer uchastkalarining egalaridan, ulardan foydalanuvchilardan, ijarachilardan va yer uchastkalarining mulkdorlaridan ma’lumotlar olish, ularning to‘g‘riligini tekshirish, yer kadastriga doir hujjatlarga joriy o‘zgartishlar kiritish.
Davlat yer kadastrini yuritishda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan quyidagilar amalga oshiriladi:
tuproqshunoslik, agroximiya, geobotanikaga oid va boshqa izlanishlar hamda tadqiqotlar;
yerlarni miqdor va sifat jihatdan hisobga olish hamda baholash.
(10-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
11-modda. Yer resurslarining holati to‘g‘risidagi milliy hisobot
Yer resurslarining holati to‘g‘risidagi milliy hisobot har yili tayyorlanadi hamda butun mamlakat va ma’muriy-hududiy birliklar bo‘yicha yerlarning miqdor va sifat holati hamda ularning bahosi, yerlarning toifalarga bo‘linishi, tarmoqlar, yer uchastkalarining egalari, yer uchastkasidan foydalanuvchilar, yer uchastkasi ijarachilari, mulkdorlari bo‘yicha taqsimlanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni va yer kadastriga oid boshqa axborotni o‘z ichiga oladi.
Yer resurslarining holati to‘g‘risidagi milliy hisobotga kiritiladigan ma’lumotlarni taqdim etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 389-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat yer kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 3-bobiga qarang.
12-modda. Yer kadastri hujjatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Yer kadastri hujjatlari yer uchastkalariga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar, tuman (shahar) yer kadastri daftari, yerlarning miqdor, sifat holati va ularning bahosi to‘g‘risidagi hisobotlar, kadastr xaritalari, planlari va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hujjatlardan iboratdir.
(12-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
13-modda. Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkalariga egalik qilish, ulardan foydalanish huquqlarini, yer uchastkalarini ijaraga olish huquqini, shuningdek yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqini, shu jumladan servitutlar to‘g‘risidagi bitimlarni va boshqa cheklovlarni hamda bu huquqlarning bekor qilinishini davlat ro‘yxatiga olish Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat reyestriga tegishli ma’lumotlarni kiritish orqali yer uchastkasi joylashgan yerda amalga oshiriladi.
(13-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi O‘RQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 10-moddasi.
Yer uchastkalariga egalik qiluvchi, ulardan foydalanuvchi, ularni ijaraga olgan, shuningdek mulk qilib olgan yuridik va jismoniy shaxslar yer uchastkalariga bo‘lgan o‘z huquqini belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishi shart.
Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning yuzaga kelishi, o‘zgaga o‘tishi, cheklanishi va bekor qilinishi davlat ro‘yxatiga olinishi lozim. Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatga olganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda ro‘yxatga olish yig‘imi undiriladi.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonuni.
Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish belgilangan tartibda yuridik yoki jismoniy shaxsning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish ishlarini amalga oshiruvchi organga bergan arizasiga asosan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatiga olish yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar to‘g‘risidagi zarur hujjatlar ilova etilgan ariza kelib tushgan paytdan e’tiboran ikki kunlik muddatda tegishli vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.
(13-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning yuzaga kelishi va boshqa shaxsga o‘tishi davlat ro‘yxatiga olinganligi haqida Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan elektron ko‘chirma beriladi, unda ro‘yxatga olish sanasi va tartib raqami ko‘rsatiladi.
(13-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi O‘RQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Yer uchastkasiga bo‘lgan, belgilangan tartibda yuzaga kelgan huquq ushbu huquq davlat ro‘yxatiga olinganidan keyin kuchga kiradi.
(13-modda matni O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 24-iyuldagi O‘RQ-487-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2018-y., 03/18/487/1569-son)
14-modda. Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish vaqtida tuman (shahar) yer kadastri daftariga kiritiladigan ma’lumotlar
Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish vaqtida tuman (shahar) yer kadastri daftariga quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:
yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni olgan shaxs to‘g‘risidagi;
Oldingi tahrirga qarang.
yer uchastkasi to‘g‘risidagi (yerning toifasi, foydalanish maqsadi, yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turi, yerning turi, uning sifati, chegaralari, maydoni, kadastr raqami va boshqa tavsiflari);
(14-moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi O‘RQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
yer uchastkasining berilish shartlari, uni saqlash vazifalari va servitutlar to‘g‘risidagi;
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining yer uchastkasini jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga berish haqidagi qarorlari to‘g‘risidagi;
(14-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-iyundagi O‘RQ-782-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2022-y., 03/22/782/0576-son — 2022-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
davlat ro‘yxatiga olish sanasi va tartib raqami to‘g‘risidagi.
(14-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi O‘RQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yer kadastri daftariga qonunchilikda belgilangan boshqa ma’lumotlar ham kiritilishi mumkin.
(14-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ushbu moddaning birinchi qismida sanab o‘tilgan ma’lumotlar yer ro‘yxatiga doir axborotni tashkil etadi.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-oktabrdagi 578-sonli “Yer resurslarining holati bo‘yicha milliy hisobotni yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
15-modda. Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish asoslari
Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni belgilovchi, o‘zgartiruvchi yoki bekor qiluvchi hujjatlar ana shu huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkalariga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqlari viloyat va Toshkent shahar hokimining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining yer uchastkasini doimiy foydalanishga berish to‘g‘risidagi qarorlari, yer uchastkasi berilgan (ajratilgan) paytdagi qonunchilikka muvofiq yer uchastkasini berish (ajratish) vakolatiga ega bo‘lgan tashkilotlar va mansabdor shaxslarning hujjatlari asosida ro‘yxatga olinadi.
(15-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi O‘RQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 389-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat yer kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
Yerlarni ijaraga olish huquqi yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi asosida ro‘yxatga olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqi bunday huquqqa oid davlat orderi, oldi-sotdi shartnomalari va yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqi yuzaga kelishiga asos bo‘ladigan, qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hujjatlarga asosan ro‘yxatga olinadi.
(15-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 389-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat yer kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 14-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
Korxonaga, binoga, inshootga, ko‘p yillik dov-daraxtga yoki boshqa ko‘chmas mulkka bo‘lgan mulk huquqi, operativ boshqaruv huquqi boshqa shaxsga o‘tishi natijasida yuzaga kelgan doimiy egalik qilish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, undan doimiy foydalanish va ijara huquqi ana shu mulklarning oldi-sotdisi, almashtirilganligi, hadya etilganligi, vasiyat qilinganligi to‘g‘risidagi tegishli shartnomalar va yer uchastkasiga oid tegishli hujjatlar asosida ro‘yxatga olinadi.
(15-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi O‘RQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Servitutlar to‘g‘risidagi bitimlar hamda yer uchastkalariga egalik qilish, ulardan foydalanish, ularni ijaraga olish, mulk huquqlariga doir boshqa cheklashlar tegishli shartnomalar, sudning qarorlari asosida ro‘yxatga olinadi.
16-modda. Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olishni rad etish uchun asoslar
Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
davlat ro‘yxatiga olish organida mazkur yer uchastkasining kimga tegishli ekanligi to‘g‘risida nizo borligidan dalolat beruvchi hujjatlarning mavjudligi;
davlat ro‘yxatiga olish organida mazkur yer uchastkasi qonunda belgilangan tartibda olib qo‘yilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning mavjudligi.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuni.
Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni va yer uchastkalariga oid bitimlarni davlat ro‘yxatiga olish rad etilganligi yoki ro‘yxatga olish muddatlarining buzilganligi ustidan belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksining 27-moddasi.
17-modda. Yerlarning miqdori va sifatini hisobga olish
Yerlarning miqdori va sifatini hisobga olish ularning haqiqiy holati va ulardan foydalanilishiga qarab, yer uchastkalari va maydonlari, aholi punktlari, tumanlar, viloyatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va umuman O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Yer uchastkalari bo‘yicha yer miqdorini hisobga olish yer uchastkalarining o‘lchami, ularning qimmati va talab qilinadigan o‘lchash aniqligiga qarab, geodezik va (yoki) kartometrik usullarda amalga oshiriladi.
Yer maydonlari bo‘yicha yer miqdorini hisobga olish yer uchastkalari doirasida asosan kartometrik usulda amalga oshiriladi.
Yer sifatini hisobga olish tabiiy-qishloq xo‘jaligi bo‘yicha rayonlashtirishni, tuproq va yerlarni tasniflashni, ularni agronomik, ekologik, texnologik va shaharsozlik belgilari bo‘yicha tavsiflashni, tuproqni guruhlarga ajratishni o‘z ichiga oladi.
Yerlarning miqdorini va sifatini hisobga olish asosiy va joriy turlarga bo‘linadi.
Yerlarni hisobga olishning asosiy turi (inventarizatsiya) joyning o‘zida yer uchastkalarining va maydonlarining chegaralari, joylashgan o‘rni, holati va ulardan foydalanish xususiyatiga doir o‘zgarishlar talaygina to‘planganligiga qarab, davriy ravishda o‘tkaziladi, bunda yerlarning plan-kartografik asosi tegishli masshtablarda yangilanishi, tuproq, geobotanik va boshqa xil tekshiruvlar o‘tkazilishi shart.
Yerlarning joriy hisobi kadastr hujjatlari va ma’lumotlarining to‘g‘ri bo‘lishini ta’minlash maqsadida yuritiladi, bunda yerlarning huquqiy holatida, miqdori va sifat holatida va ulardan foydalanish borasida yuz bergan o‘zgarishlar aniqlanadi hamda ro‘yxatga olinadi. Zimmasiga davlat yer kadastri yuritish vazifasi yuklatilgan tegishli organlarga yer uchastkalarining egalari, ulardan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari sodir bo‘lgan o‘zgarishlar to‘g‘risida bir oy muddatda axborot berishlari shart.
Yerlarning o‘lchami, joylashgan o‘rni, maydon turlari va sifat holatiga oid qayd etiladigan ma’lumotlar yerni hisobga olish axborotini tashkil etadi.
18-modda. Tuproq bonitirovkasi
Tuproq bonitirovkasi — qishloq xo‘jaligi ekinlari agrotexnikasi o‘rtacha darajada bo‘lganidagi tuproq sifati hamda tabiiy unumdorlik quvvatiga beriladigan qiyosiy baho.
Tuproq bonitirovkasi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning keyingi qiymat bahosini chiqarish, mulkiy paylarning miqdorini aniqlash, yer tuzishni amalga oshirish va yerlardan oqilona, samarali foydalanishni rag‘batlantirish uchun asosdir.
Tuproq bonitirovkasi tegishli qishloq xo‘jaligi maydonlari uchun yuz balli shkala bo‘yicha o‘tkaziladi. Yaxshi xossalarga ega bo‘lgan, g‘oyat unumdor tuproq yuqori ball bilan baholanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tuproq bonitirovkasi qonunchilikda belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
(18-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Batafsil ma’lumot uchun “Tuproq bonitirovkasi ishlarini o‘tkazish va hujjatlarini tasdiqlash tartibi to‘g‘risida”gi nizomga (ro‘yxat raqami 2521, 07.11.2013-y.) qarang.
Tuproq bonitirovkasiga doir ma’lumotlar yer bahosiga oid axborotni tashkil etadi.
19-modda. Yerlarning qiymat bahosi
Oldingi tahrirga qarang.
Barcha toifadagi yerlarning qiymat bahosini chiqarish natura va qiymat ko‘rsatkichlari tizimi yordamida amalga oshiriladi. Yerlarning qiymat bahosi qonunchilikda belgilangan tartibda chiqariladi.
(19-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2023-yil 25-oktabrdagi 01/11-14/29-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standartining XI bo‘limi.
Oldingi tahrirga qarang.
Turli maqsadlarga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish samaradorligi darajasini aniqlash, yer uchun to‘lanadigan haq va uning normativ bahosini hisoblab chiqarish, yerlarni kimoshdi savdosi asosida realizatsiya qilish paytida boshlang‘ich bahosini aniqlash uchun yerlarning qiymat bahosi chiqariladi.
(19-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 24-iyuldagi O‘RQ-487-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2018-y., 03/18/487/1569-son)
Yerlarning qiymat bahosiga doir ma’lumotlar yer bahosiga oid axborotni tashkil etadi.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 15-moddasi.
20-modda. Tuman (shahar) yer kadastri daftari
Oldingi tahrirga qarang.
Tuman (shahar) yer kadastri daftari yerlarni davlat ro‘yxatiga olish, hisobga olish va ularni baholash bo‘yicha asosiy hujjat bo‘lib, yer uchastkasining joylashgan o‘rni, qaysi maqsadda foydalanish mo‘ljallanganligini va ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini, unga egalik qilish, undan foydalanish, uni ijaraga olish huquqlarini va unga bo‘lgan mulk huquqini aniqlash uchun zarur ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi, yer uchastkasining miqdor va sifat holati hamda bahosi to‘g‘risidagi axborot manbai hisoblanadi.
(20-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi O‘RQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
Yer kadastri daftarining tuzilishi, mazmuni va uni yuritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-oktabrdagi 578-son qarori bilan tasdiqlangan Yer resurslarining holati bo‘yicha milliy hisobotni yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
21-modda. Kadastr uchun suratga olish
Kadastr uchun suratga olish yer uchastkalari va maydonlari chegaralarini belgilash hamda kartografiya qilish, ularni kadastr xaritalari va planlarida aks ettirish maqsadida amalga oshiriladi.
Kadastr uchun suratga olish aerofotogeodezik va yer ustida bajariladigan uslublarda, topografik-geodezik ishlarni bajarish, tuproq, geobotanik va boshqa xil maxsus tekshiruvlar uchun belgilangan texnikaviy talablarga muvofiq yer uchastkasining o‘lchamidan kelib chiqadigan masshtablarda amalga oshiriladi.
22-modda. Yer kadastri xaritalari va planlari
Oldingi tahrirga qarang.
Yer kadastri xaritalari va planlari qonunchilikda belgilangan tartibda mavzusi, hududlarni (respublika, viloyat, tuman, aholi punktlari, yer uchastkalari) qamrab olishi, masshtablari va boshqa belgilari bo‘yicha tasniflanadi.
(22-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 389-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat yer kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
Tuman yer kadastri xaritasi, aholi punkti va yer uchastkasining planlari grafik hujjatlar bo‘lib, ular yer uchastkasining joylashgan o‘rnini, maydonlari, chegaralarini, yerlarni baholash zonalarini, suv manbalarini, yer uchastkasida joylashgan binolar va inshootlarni aks ettirish, shuningdek kadastrga doir tegishli tavsiflar olish maqsadida tuziladi hamda ularga tuzatishlar kiritiladi.
Yer kadastri xaritalari va planlari axborotlarni ifoda qilishning an’anaviy vositalari (qog‘oz, plastik) yordamida ham, elektron vositalar (raqamli xaritalar) yordamida ham tuziladi.
23-modda. Yer kadastriga doir axborot
Oldingi tahrirga qarang.
Yer kadastriga doir axborotlar yerni ro‘yxatga olish, yerni hisobga olish va yer bahosiga oid axborotlar majmuini tashkil etadi hamda davlat hokimiyati organlari va respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslar foydalanishi uchun mo‘ljallangan bo‘ladi.
(23-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Yer kadastriga doir axborotni berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-son “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning hisobini yuritishda shaffoflikni ta’minlash, shuningdek, kadastr sohasidagi ayrim ma’muriy tartib-taomillarni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
Yerlardan foydalanish, ularni tiklash va muhofaza qilish, yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish) va ularni olib qo‘yish, yer uchun to‘lanadigan haq miqdorini belgilash, yer tuzish ishlarini bajarish, xo‘jalik faoliyatiga baho berish hamda yerdan foydalanish va ularni muhofaza qilish bilan bog‘liq boshqa tadbirlarni amalga oshirish chog‘ida davlat yer kadastri ma’lumotlaridan foydalanilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Yer kadastriga doir axborot davlat hokimiyati organlariga va respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga tekinga taqdim etiladi, yuridik va jismoniy shaxslarga esa haq evaziga beriladi.
(23-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksi 15-moddasining uchinchi xatboshisi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yer kadastriga doir axborotdan foydalanuvchilar bunday axborotni qonunchilikda nazarda tutilgan muddatlar va hajmlarda yoki shartnoma asosida olishga haqlidirlar.
(23-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-son “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning hisobini yuritishda shaffoflikni ta’minlash, shuningdek, kadastr sohasidagi ayrim ma’muriy tartib-taomillarni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
Yuridik va jismoniy shaxslar yer kadastriga doir axborot ma’lumotlari qayta ko‘rib chiqilishini talab qilishga haqlidirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat sirini saqlash maqsadida qonunchilikda yer kadastriga doir axborotlar olishni cheklaydigan yoki taqiqlaydigan hollar nazarda tutilishi mumkin.
(23-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
24-modda. Yer kadastriga doir axborot tizimi
Yer kadastriga doir axborot tizimi — yer resurslari to‘g‘risidagi fazoviy-muvofiqlashtirilgan ma’lumotlarni to‘plash, ular ustida ishlash, ularni aks ettirish va tarqatishni amalga oshiruvchi avtomatlashtirilgan jo‘g‘rofiy axborot tizimidir.
Yer kadastriga doir axborot tizimi yer resurslarini ro‘yxatga olish, baholash, ularning istiqbolini belgilash va ulardan foydalanishni boshqarishning ilmiy hamda amaliy vazifalarini hal etish uchun mo‘ljallangan.
Yer kadastriga doir axborot tizimi: mo‘ljallanishi bo‘yicha — ko‘p maqsadli va maxsus; hududni qamrab olishi bo‘yicha — lokal, mintaqa va respublika tizimiga bo‘linadi.
25-modda. Davlat yer kadastrini yuritishni moliyalash
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat yer kadastrini yuritish borasidagi ishlar davlat budjetidan, shuningdek yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olganlik uchun undiriladigan mablag‘lar va qonunchilik bilan man etilmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalanadi.
(25-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 389-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat yer kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 11-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
26-modda. Yer kadastri to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Davlat yer kadastri to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishida aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
(26-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 68-moddasiga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 28-avgust,
666-I-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 165-modda; 2003-y., 1-son, 8-modda, 9-10-son, 149-modda, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 25-son, 287-modda, 51-son, 514-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2018-y., 03/18/487/1569-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son; 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son, 30.06.2022-y., 03/22/782/0576-son; 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son; 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son; 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)