|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 08.12.1992
|
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
OʻZBEKISTON SSR KONSTITUTSIYASI (ASOSIY QONUNI)GA OʻZGARTIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 8-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini amalga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan oʻz ahamiyatini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Kengashi qaror qiladi:
Oʻzbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1. Respublikaning amaldagi Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ning va qonun hujjatlarining nomidagi hamda matnidagi “Oʻzbekiston SSR” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 118-5-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“118-5-modda. Mudofaa masalalarida respublika siyosatini hayotga tadbiq etish, iqtisodiy mustaqillikni hamda ekologiya xavfsizligini mustahkamlash, tabiiy ofatlar va boshqa favqulodda holatlar oqibatlariga barham berish, jamiyatda barqarorlik va huquqiy tartibni taʼminlash yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining huzurida Maslahat kengashi amal qiladi. Maslahat kengashiga Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti boshchilik qiladi. Maslahat kengashining vazifalari Maslahat kengashi toʻgʻrisidagi Nizomda belgilab beriladi.
Maslahat kengashining aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Maslahat kengashining majlislarida qatnashishga haqlidirlar”.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 30-sentabr,
364-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 11-son, 273-modda)