1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.06.00 Vazirlar Mahkamasining komissiyalari va boshqa organlari. Zaxira jamgʻarmasi;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh, ShUNINGDEK BAʼZILARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “RESPUBLIKA KOMISSIYALARI VA KENGAShLARI FAOLIYATINI TARTIBGA SOLISh TOʻGʻRISIDA” 2005 YIL 6 NOYABRDAGI PF–3675-SON FARMONI)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika komissiyalari va kengashlari faoliyatini tartibga solish toʻgʻrisida” 2005-yil 6-noyabrdagi PF–3675-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilish boʻyicha meʼyoriy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1998-yil 14-yanvardagi 21-son qarori;
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2003-yil 1-apreldagi 169-son qaroriga ilovaning 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 4-yanvar,
2-son
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 4-yanvardagi 2-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-avgustdagi 165-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 31-son, 261-modda)
2. Vazirlar Mahkamasining “Korxonalarning bankrotligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1999-yil 26-iyuldagi 362-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 7-son, 42-modda):
“1. Mazkur Nizom “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1999-yil 23-iyuldagi PF–2342-son Farmoniga muvofiq bankrotlik belgilariga ega boʻlgan korxonalarni sogʻlomlashtirish hamda ularning toʻlov qobiliyatini tiklash maqsadida oʻtkaziladigan suddan oldin sanatsiyalash masalalarini tartibga soladi”;
b) 7-bandning sakkizinchi xatboshidagi “Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi” soʻzlari “Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin”;
“Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi hayʼati qaroriga koʻra Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va korxonalarni tarkibiy oʻzgartirish jamgʻarmasidan tarkibiy oʻzgartirish dasturlarini amalga oshirish uchun tasdiqlangan limitlar va smetalar doirasida mablagʻlarni maqsadli ajratish”;
(2-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-iyuldagi 499-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 09/18/499/1439-son)
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Sanatsiya hisob raqami ish tartibi belgilangan tartibda Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi”;
“12. Ustav fondida davlat ulushi boʻlgan obyektlarni sanatsiyalash toʻgʻrisidagi qarorni Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining hayʼati qabul qiladi”;
d) 13-bandning birinchi va ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“13. Ustav fondida davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektning sanatsiyalash yoki davlat mablagʻlarini jalb qilish toʻgʻrisidagi murojaatnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasiga beriladi.
Qarzdor korxona sanatsiyalash toʻgʻrisida murojaat qilganda Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi”;
“14. Korxonaning moliya-xoʻjalik faoliyatini tahlil qilish va baholash hamda korxonani moliyaviy sogʻlomlashtirishning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi hayʼati bilan kelishilgan biznes-rejasi asosida sanatsiyalash toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Korxonaga nisbatan sudgacha sanatsiyalash muddatida majburiy toʻlovlarni toʻlash, ilgari berilgan davlat kreditlarini qaytarishni kechiktirish va (yoki) ularni boʻlib-boʻlib toʻlash, shuningdek hisoblangan penya va jarimalarni hisobdan chiqarish shaklida davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash zarurati boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining qarori qaror qabul qilish uchun Muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Respublika komissiyasiga yuboriladi”;
j) 15-banddagi “Qoʻmita” soʻzi “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin”;
z) 16-bandning ikkinchi xatboshidagi “Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi taqdimnomasiga koʻra Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi” soʻzlari “Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi hayʼati” soʻzlari bilan almashtirilsin”.
3. Vazirlar Mahkamasining “Amalga oshirilayotgan iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy oʻzgartirish va moliyaviy sogʻlomlashtirish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 18-apreldagi 188-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 4-son, 31-modda):
a) 1-bandning birinchi xatboshidagi “Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasining qarori asosida” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi taqdimnomasiga koʻra” soʻzlari bilan almashtirilsin”;
ikkinchi xatboshidagi “1999-yil 20-avgustdagi 397-son” soʻzlari “2003-yil 16-sentabrdagi 401-son” soʻzlari bilan almashtirilsin”;
uchinchi xatboshidagi “Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasiga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin”;
toʻrtinchi xatboshidagi “Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasining” soʻzlari Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining” soʻzlari bilan almashtirilsin”;
v) 4-bandning birinchi xatboshidagi “Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasining” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi hayʼatining” soʻzlari bilan almashtirilsin”;
g) 1-ilovaning 1-bandi birinchi xatboshidagi “Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasining” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi hayʼatining” soʻzlari bilan almashtirilsin”.
4. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-sentabrdagi 401-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 84-modda) bilan tasdiqlangan Foydalanilmayotgan asosiy vositalarni, qurilishi tugallanmagan obyektlarni konservatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda:
a) 4-band “a” kichik bandining toʻrtinchi xatboshidagi “Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 5-band “a” kichik bandining toʻrtinchi xatboshidagi “Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 6-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshidagi “Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 24-band “a” kichik bandining toʻrtinchi xatboshidagi “Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 25-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshidagi “Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-iyuldagi 499-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 09/18/499/1439-son)
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-iyuldagi 499-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 09/18/499/1439-son)
7. Vazirlar Mahkamasining “Respublika komissiyalari va kengashlari tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2004-yil 26-iyuldagi 358-son qaroriga 24-ilovada:
“Asqarov M.A. — Davlat mulki qoʻmitasi raisi, kengash raisining oʻrinbosari” soʻzlari “Saidova G.K. — Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisi, kengash raisining oʻrinbosari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Hasanov N.X. — Davlat mulki qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, kengashning masʼul kotibi” soʻzlari “Abdurashidov A.A. — Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, kengashning masʼul kotibi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-avgustdagi 165-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 31-son, 261-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 1-son, 2-modda; 2010-y., 31-son, 261-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 09/18/499/1439-son)