toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.03.2000
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TERI XOM AShYoSI XARID QILIShNI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida”gi 2000-yil 4-martdagi 76-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada teri xomashyosini tayyorlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1994-yil 21-dekabrdagi PF-1025-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda teri, moʻyna-teri va xomashyoning boshqa turlari (qorakoʻl teridan tashqari) tayyorlash hajmlarini koʻpaytirish, qayta ishlash korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlarini ish bilan toʻliqroq taʼminlash, teri mahsulotlari ishlab chiqarishni koʻpaytirish va uni eksportga yetkazib berishni kengaytirish, xomashyo topshiruvchilarni yanada ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi
1. “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va teri tarmogʻi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning:
a) tugatilayotgan “Charm” korporatsiyasi va uning hududiy savdo-tayyorlov boʻlinmalari negizida 1-ilovaga* muvofiq tarkibda “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi huzurida ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati shaklidagi “Oʻzbek charmi” aksiyadorlik kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisidagi;
* 1-ilova berilmaydi.
b) “Oʻzbek charmi” aksiyadorlik kompaniyasining ustav fondini:
“Charm” hududiy savdo-tayyorlov birlashmalarining mol-mulki;
“Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasining 130 mln. soʻm miqdoridagi taʼsis badali;
kompaniya tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatining taʼsis badallari hisobiga belgilangan tartibda shakllantirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Quyidagilar “Oʻzbek charmi” aksiyadorlik kompaniyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
tarmoq xoʻjalik yurituvchi subyektlarning teri va teri-moʻyna xomashyosi (qorakoʻl teridan tashqari) tayyorlash, saqlash va qayta ishlash, ularni poyabzal, tikuv va charm-attorlik buyumlari tayyorlash uchun raqobatga bardoshli tayyor charm tovarlarga qayta ishlash boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
oʻzining hududiy savdo-tayyorlov boʻlinmalari orqali sifatli teri xomashyosi tayyorlashning keng tarmogʻini tashkil etish va topshiruvchilarning manfaatdorligini oshirish, shu jumladan naqd tushumning bir qismidan aholidan belgilangan tartibda teri xomashyosi xarid qilish uchun foydalanish;
yagona texnika va investitsiya siyosatini olib borish, kooperatsiyaning yangi tashkiliy shakllarini rivojlantirish, ilgʻor texnologiyalarni joriy etish, raqobatga bardoshli teri va teri-moʻyna mahsulotlari ishlab chiqarish uchun korxonalarni zamonaviylashtirish va texnika bilan qayta jihozlash;
xorijiy investitsiyalarni jalb etish, ichki va tashqi bozorlarning marketing tadqiqotlarni amalga oshirish, eksport qilinadigan mahsulotlar hajmini koʻpaytirish.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:
“Samarqand charm ishlab chiqarish”, “Koʻnchi”, “Oʻzbekiston” va “Qunduz” aksiyadorlik jamiyatlarining davlatga tegishli aksiyalari paketlarini “Oʻzbek charmi” aksiyadorlik kompaniyasiga ishonchli boshqaruvga bersin;
“Oʻzbekyengilsanot” uyushmasi bilan birgalikda “Oʻzbek charmi” aksiyadorlik kompaniyasi aksiyalari paketlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 31-martdagi PF-1740-son Farmoniga muvofiq taqsimlanishini taʼminlasin, bunda mehnat jamoasi ulushi aksiyadorlik kompaniyasi muassislari oʻrtasida, shu jumladan aksiyadorlik kompaniyasining hududiy savdo-tayyorlov boʻlinmalari va markaziy apparati xodimlari oʻrtasida taqsimlanishi nazarda tutilsin.
4. “Oʻzbek charmi” aksiyadorlik kompaniyasining tashkiliy tuzilmasi, boshqaruv apparati tuzilmasi va hududiy shuʼba korxonalar apparatining namunaviy tuzilmasi 2, 3 va 4-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilasinki:
qoʻyilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida aksiyadorlik kompaniyasi, yuridik shaxslar sifatida oʻziga hisob beradigan shuʼba hududiy savdo-tayyorlov korxonalarini ularga belgilangan tartibda oʻz mulkining bir qismini berish yoʻli bilan tashkil etadi, ularning ustavlarini tasdiqlaydi va rahbarlarini tayinlaydi;
teri va teri-moʻyna xomashyosi tayyorlash boʻyicha shuʼba hududiy savdo-tayyorlov korxonalari va tuman savdo-tayyorlov kooperativlari, shuningdek “Oʻzbek charmi” aksiyadorlik kompaniyasi va “Gulmir-Deri” qoʻshma korxonasi oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik belgilangan tartibda tuziladigan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
5. Belgilansinki:
“Oʻzbek charmi” aksiyadorlik kompaniyasining bosh direktori va uning oʻrinbosari “Oʻzbekyengilsanot” uyushmasi boshqaruvining taqdimnomasiga koʻra kompaniya Kuzatuvchi kengashi tomonidan belgilangan tartibda tayinlanadi va keyinchalik aksiyadorlar umumiy yigʻilishida tasdiqlanadi;
“Oʻzbek charmi” aksiyadorlik kompaniyasi va uning hududiy boʻlinmalari xoʻjalik faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash, shu jumladan ularning boshqaruv apparatlari xarajatlari oʻz xoʻjalik faoliyati, xizmatlar koʻrsatish, shuningdek amaldagi qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa daromadlar hisobiga amalga oshiriladi.
6. “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda taʼsis yigʻilishini oʻtkazsin, Kuzatuvchi kengashni saylasin va “Oʻzbek charmi” aksiyadorlik kompaniyasining ustavini tasdiqlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasining tijorat banklariga:
“Oʻzbek charmi” kompaniyasining erkin sotish uchun moʻljallangan aksiyalari paketlarining bir qismini belgilangan tartibda sotib olish;
“Oʻzbek charmi” kompaniyasining terini qayta ishlovchi korxonalarini texnika bilan qayta jihozlashni mablagʻ bilan taʼminlash uchun belgilangan tartibda uzoq muddatli kreditlar berish imkoniyatini koʻrib chiqish tavsiya etilsin.
9. “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi:
“Oʻzbek charmi” kompaniyasi bilan birgalikda ishlab turgan korxonalarning quvvatlaridan samarali foydalanish, qoʻshma korxonalar tashkil etish va raqobatga bardoshli mahsulotlar ishlab chiqarish uchun yuqori sifatli teri tovarlari ishlab chiqarish hisobiga kompaniya xoʻjalik yurituvchi subyektlarining moliyaviy ahvolini barqarorlashtirish dasturini ikki oy muddatda ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasining Isteʼmol bozori kompleksi bilan kelishgan holda tasdiqlasin;
hamma joyda teri va teri-moʻyna xomashyosi topshiruvchilarga isteʼmol tovarlari sotish boʻyicha chakana savdo doʻkonlari shoxobchalari tashkil etsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi “Oʻzbek charmi” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalariga maxsus isteʼmolchilar uchun mahsulot ishlab chiqarishda foydalaniladigan respublikada ishlab chiqarilmaydigan, import boʻyicha keltiriladigan moddiy va texnika resurslariga qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojlar toʻlashni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ikki oygacha kechiktirilsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzgoʻshtsutsanoat” uyushmasi, Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari “Oʻzbek charmi” aksiyadorlik kompaniyasining tayyorlov tashkilotlarini teri, teri-moʻyna (qorakoʻl teridan tashqari) xomashyosi tayyorlashda, shuningdek savdo doʻkonlari shoxobchalari tashkil etish uchun shart-sharoitlar yaratishda har tomonlama qoʻllab-quvvatlasinlar va koʻmaklashsinlar.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirning oʻrinbosari M. Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 4-dekabr,
510-son
Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 4-dekabrdagi 510-son qaroriga
2-ILOVA
“Oʻzbekyengilsanot” davlat uyushmasi huzuridagi “Oʻzbek charmi” aksiyadorlik kompaniyasining tashkiliy
tuzilmasi
Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 4-dekabrdagi 510-son qaroriga
3-ILOVA
“Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi huzuridagi “Oʻzbek charmi” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruv apparati
tuzilmasi
Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 4-dekabrdagi 510-son qaroriga
4-ILOVA
Hududiy shuʼba savdo-tayyorlov korxonalari boshqaruv apparatining
namunaviy tuzilmasi
IZOH: Apparat tuzilmasi “Oʻzbek charmi” aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishilgan holda xodimlarning umumiy soni doirasida takomillashtirilishi mumkin.