1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang)]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat xizmati. Arxiv ishi]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
Sanoat xavfsizligi sohasidagi davlat xizmatlari koʻrsatilishini va sohani raqamlashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq;
Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini davlat reyestrida hisobga olish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
2. Belgilansinki, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining sanoat xavfsizligi sohasini raqamlashtirish boʻyicha ishlab chiqilgan “Yagona integratsiyalashgan ekotizim” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi) orqali:
respublikada foydalanilayotgan xavfli ishlab chiqarish obyektlari davlat reyestrida hisobga olinadi;
xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi va ekspertiza xulosalari hisobga olinadi;
sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlari akkreditatsiyadan oʻtkaziladi va ularning faoliyati monitoring qilinadi;
axborot tizimiga kiritilgan xavfli ishlab chiqarish obyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar doimiy monitoring qilinadi;
respublikada foydalanilayotgan xavfli ishlab chiqarish obyektlarining xavf tahlili amalga oshiriladi.
3. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, vazirliklar va idoralar uch oy muddatda oʻzlarining qoʻyi tashkilotlari tomonidan foydalaniladigan xavfli ishlab chiqarish obyektlari ushbu qarorda belgilangan tartibda davlat reyestrida hisobga olinishini taʼminlasin.
4. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
ushbu qaror bilan tasdiqlangan reglamentlarga muvofiq xizmatlarning Davlat xizmatlari markazlari, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) va axborot tizimi orqali koʻrsatilishini taʼminlasin;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
axborot tizimi boshqa vazirliklarning va idoralarning axborot tizimlari hamda resurslari bilan “Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali integratsiya qilinishini taʼminlasin;
YIDXP va axborot tizimida xizmatlar koʻrsatilishining har qanday bosqichida murojaatlarning koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin;
xizmatlarni koʻrsatish uchun zarur hamda boshqa hujjatlarning namunaviy shakllarini va blankalarini tasdiqlasin.
5. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi ushbu qarorning maqsadlari, mazmuni va uni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida aholi, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar hamda tadbirkorlik subyektlarining keng xabardor qilinishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiya qilish tartib-taomillarini takomillashtirish;
sanoat xavfsizligi ekspertizasini oʻtkazishda jarayon sifatini oshirish hamda ekspertiza xulosalarini hisobga olishni raqamlashtirish;
sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarga ekspert guvohnomasini berish tartibini takomillashtirish.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
9. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi raisi A.V. Rafiqov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2026-yil 25-iyun,
325-son
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 25-iyundagi 325-son qaroriga 1-ILOVA
Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang)]
1. Ushbu Reglament sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish, shuningdek, ular faoliyatini monitoring qilish tartibini belgilaydi.
2. Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) tomonidan “Yagona integratsiyalashgan ekotizim” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi) orqali akkreditatsiyadan oʻtkaziladi.
3. Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlari sifatida akkreditatsiya qilish va ular faoliyatini monitoring qilish quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
respublikadagi loyihalashtirilayotgan va foydalanilayotgan xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishiga qaratilgan sanoat xavfsizligi ekspertizasi xolis oʻtkazilishini taʼminlash;
sanoat xavfsizligi ekspertizasini oʻtkazish, shuningdek, xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiya qilish va sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab chiqish ishlari sifatini yaxshilash, bu ishlarni amalga oshiradigan mutaxassislarning professional darajasini oshirish;
tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish yukini kamaytirish.
4. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
akkreditatsiya — sanoat xavfsizligi ekspertizasini oʻtkazish vakolatini berish uchun vakolatli organ tomonidan talabgorning ekspert tashkilotlari faoliyatiga qoʻyiladigan talablarga muvofiqligini baholash va tasdiqlash jarayoni;
akkreditatsiya attestati — akkreditatsiya mezonlariga rioya etilgan taqdirda, sanoat xavfsizligi ekspertizasini oʻtkazish huquqini beradigan hujjat;
akkreditatsiya sohasi — ekspert tashkilotining faoliyat sohasi;
sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkiloti (keyingi oʻrinlarda — ekspert tashkiloti) — ekspertizani oʻtkazadigan, mazkur Reglamentda belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtkazilgan tashkilot;
sanoat xavfsizligi ekspertizasi xulosasi (keyingi oʻrinlarda — ekspertiza xulosasi) — ekspertiza obyektining sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida asosli xulosalarni yoki xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiya qilish natijalarini oʻz ichiga oladigan va ekspert tashkilotlari tomonidan rasmiylashtiriladigan hujjat;
talabgor — ekspert tashkiloti akkreditatsiya attestatini olish maqsadida vakolatli organga murojaat etuvchi yuridik shaxs;
ekspert tashkilotlari faoliyatiga qoʻyiladigan talablar (keyingi oʻrinlarda — akkreditatsiya mezonlari) — akkreditatsiyadan oʻtkazilgan ekspert tashkiloti vakolatiga ega boʻlish uchun bajarilishi kerak boʻlgan talablar;
5. Sanoat xavfsizligi ekspertizasi akkreditatsiyadan oʻtkazilgan ekspert tashkiloti tomonidan uning akkreditatsiya sohasiga muvofiq ushbu Reglamentda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan akkreditatsiya attestati asosida oʻtkaziladi.
6. Sanoat xavfsizligi ekspertizasini akkreditatsiya attestatisiz oʻtkazish taqiqlanadi, shuningdek, akkreditatsiya attestatiga ega boʻlmagan tashkilot sanoat xavfsizligi ekspertizasini oʻtkazish uchun shartnoma tuzish huquqiga ega boʻlmaydi.
2-bob. Arizani shakllantirish va yuborish
7. Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlari ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida akkreditatsiyadan oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
8. Talabgor davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga bevosita oʻzi kelib yoki davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoxud axborot tizimida roʻyxatdan oʻtgan holda murojaat qiladi.
YIDXP va axborot tizimi oʻrtasida axborot almashinuvi elektron hukumatning idoralararo maʼlumotlarni uzatish tarmogʻi orqali real vaqt rejimida amalga oshiriladi.
9. Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi talabgor nomidan, YIDXP yoki axborot tizimi orqali murojaat etganda esa talabgor mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi arizani elektron shaklda toʻldiradi.
Arizalar dam olish va bayram kunlaridan qatʼi nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.28.00 Dam olish va bayram kunlari]
Bunda arizalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlari tushganda, navbatdagi ish kuni arizalarning vakolatli organga tushgan va vakolatli organ tomonidan qabul qilingan kun hisoblanadi.
10. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
a) talabgor faoliyat yuritmoqchi boʻlgan akkreditatsiya sohasi (akkreditatsiya sohalari roʻyxati ushbu Reglamentga 3-ilovasida keltirilgan) hamda akkreditatsiya sohasi boʻyicha ishlarni bajarish uchun sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlar bilan taʼminlangani toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
b) ekspert tashkiloti Nizomi;
v) talabgorning ushbu Reglamentga 4-ilovada keltirilgan akkreditatsiya mezonlariga muvofiqligini tavsiflovchi deklaratsiya;
g) talabgorning shtatida boʻlgan sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlar va xodimlar roʻyxati, unda ularning egallab turgan lavozimlari, diplom maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi, ish staji, ekspertiza ishlarida ushbu xodimlar qatnashgan asosiy obyektlar roʻyxati koʻrsatiladi;
d) akkreditatsiya sohasidagi ishlarni bajarish uchun mavjud sharoitlar, jihozlar, dasturlar va asbob-uskunalar haqidagi maʼlumotlar hamda ularga egalik yoki boshqa ashyoviy huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar;
j) talabgorning sifatni boshqarish tizimining muvofiqlik sertifikati.
Ilova qilinadigan hujjatlar PDF formatida boʻlishi lozim.
11. Davlat xizmati koʻrsatilgani uchun bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida yigʻim (keyingi oʻrinlarda — yigʻim) undiriladi.
Davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YIDXP yoki axborot tizimi orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Davlat xizmatini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlangani axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
12. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markaziga murojaat etilganda:
18 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
0,5 foizi — “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga (Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);
qolgan mablagʻlar vakolatli organning budjetdan tashqari maxsus jamgʻarmasiga;
b) YIDXP yoki axborot tizimi orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
11,75 foizi — “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi shaxsiy hisobvaragʻiga (shu jumladan, 0,5 foizi yigʻim toʻlangani Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);
qolgan mablagʻlar vakolatli organning budjetdan tashqari maxsus jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
13. Ariza shakli toʻldirilgandan soʻng talabgor maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va tasdiqlaydi.
Arizada koʻrsatilgan maʼlumotlar va unga ilova qilingan hujjatlarning ishonchligi va haqqoniyligi uchun talabgor javobgar hisoblanadi.
14. Talabgor davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Talabgor davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi. Bunda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
15. Talabgor Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, Davlat xizmatlari markazi ariza toʻldirilgan vaqtdan boshlab real vaqt rejimida uni vakolatli organga elektron shaklda yuboradi.
YIDXP yoki axborot tizimi orqali murojaat etilganda ariza avtomatik tarzda vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi.
3-bob. Arizani koʻrib chiqish va akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
16. Vakolatli organ ariza qabul qilingan kundan boshlab yigirma ish kunida taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qiladi, bunda taqdim etilgan hujjatlarda keltirilgan maʼlumotlar asosida talabgorning akkreditatsiya mezonlariga qay darajada muvofiqligi baholanadi. Tahlil natijalari maʼlumotnoma tarzida rasmiylashtiriladi.
17. Ijobiy maʼlumotnoma rasmiylashtirilgan kundan boshlab yigirma ish kunida talabgor faoliyati joyiga borib baholanadi.
Talabgorning faoliyati vakolatli organ buyrugʻi bilan tashkil etiladigan baholash komissiyasi tomonidan joyiga borib baholanadi.
Baholash komissiyasi tarkibi toq boʻlishi va uch kishidan kam boʻlmasligi kerak.
Baholash komissiyasi tarkibiga tegishli vazirlik va idoralarning mutaxassislari kiritilishi mumkin.
Joyiga borib bevosita baholash, baholash komissiyasi aʼzolari oʻrtasida vazifalarning taqsimlanishi va baholash natijalarining rasmiylashtirilishi uchun javobgarlik baholash komissiyasi raisi zimmasiga yuklanadi.
Vakolatli organning buyrugʻi baholash boshlanishidan kamida uch ish kuni oldin talabgorga yuboriladi va baholash komissiyasining aʼzolariga tanishtiriladi.
18. Joyiga borib baholash bilan bogʻliq xarajatlar talabgor tomonidan qoplanadi.
Talabgor baholash komissiyasi aʼzolariga oʻz faoliyati bilan bogʻliq maʼlumotlardan toʻsiqsiz foydalanish imkoniyatini taʼminlashi kerak.
Baholash komissiyasi aʼzolari talabgor faoliyatining asosiy turlari amalga oshiriladigan barcha boʻlinmalarning akkreditatsiya mezonlariga muvofiqligini, talabgorning amaldagi holati taqdim etilgan hujjatlar bilan muvofiqligini, uning koʻrsatilgan vazifalarni bajarish imkoniga ega ekanligini baholaydi.
Agar talabgor boshqa hududda ham boʻlinmalarga ega boʻlsa, bu boʻlinmalar ham joyiga borib baholanishi kerak.
19. Joyiga borib baholash natijalari boʻyicha ushbu Reglamentga 5-ilovaga muvofiq shaklda dalolatnomada rasmiylashtiriladi.
Dalolatnoma baholash komissiyasi aʼzolari va talabgorning masʼul rahbari tomonidan imzolanadi. Agar baholash komissiyasi aʼzolari yoki talabgor vakillari alohida fikrlarga ega boʻlsa, ular dalolatnomaga ilova qilinishi kerak.
Talabgorning masʼul rahbari dalolatnomaga imzo chekishdan bosh tortsa, baholash komissiyasi raisi bu haqida dalolatnomaga tegishli yozuv kiritadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
Dalolatnoma ikki nusxada tuziladi: bir nusxasi vakolatli organda saqlanadi, ikkinchi nusxasi talabgorga beriladi.
20. Dalolatnoma ijobiy boʻlganda, dalolatnoma rasmiylashtirilgan kundan boshlab oʻn ish kunida akkreditatsiya attestatini berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi hamda ushbu Reglamentga 6-ilovaga muvofiq shaklda akkreditatsiya attestati va uning ajralmas qismi boʻlgan akkreditatsiya sohasi rasmiylashtiriladi.
Akkreditatsiya attestati besh yil muddatga beriladi.
Axborot tizimida QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan akkreditatsiya attestati va ilovasi (akkreditatsiya sohasi) avtomatik ravishda shakllantiriladi va davlat xizmatlari markaziga yoki talabgorning YIDXP yoxud axborot tizimidagi shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboriladi.
21. Akkreditatsiya attestatini berishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
akkreditatsiya attestati berilishi uchun zarur boʻlgan hujjatlarning talabgor tomonidan toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilgani;
talabgor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligi;
taqdim etilgan hujjatlar tahlili yoki joyiga borib baholash jarayonlarida talabgorning akkreditatsiya mezonlariga muvofiqligi tasdiqlanmaganda;
aniqlangan nomuvofiqliklar belgilangan muddatda bartaraf etilmaganda.
Boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan, akkreditatsiya attestatini berishni maqsadga muvofiq emas degan sabablar bilan rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
22. Talabgorning akkreditatsiya attestatini berish haqidagi arizasini birinchi marta koʻrib chiqish jarayonida quyidagi kamchiliklar aniqlanganda, ularni bartaraf etish uchun talabgorga muddat bermasdan akkreditatsiya attestatini berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi:
akkreditatsiya attestati berilishi uchun zarur boʻlgan hujjatlar talabgor tomonidan toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilganda;
xodimlarning kasbiy malakasi qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq boʻlmaganda;
taqdim etilgan hujjatlar belgilangan talablarga muvofiq boʻlmaganda.
Ushbu bandda koʻrsatilgan kamchiliklar aniqlanganda, vakolatli organ ularni bartaraf etish zarurligi toʻgʻrisidagi xabarnomani talabgorga YIDXP yoki axborot tizimi orqali bir ish kuni ichida yuboradi.
23. Xabarnoma taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish usullari, shuningdek, talabgor koʻrsatilgan sabablarni bartaraf qilib, tegishli hujjatlarni koʻrib chiqish uchun takroran taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yuboriladi. Xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻladigan vaqtga mutanosib boʻlishi, lekin ushbu muddat oʻttiz ish kunidan ortiq boʻlmasligi kerak.
Vakolatli organ aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun talabgorga malakali xodimlarni izlashda, hujjatlar hamda dasturlarni mukammal ishlab chiqish uchun mutaxassislarni jalb etishda, shuningdek, akkreditatsiya attestatini olish uchun boshqa zarur shart-sharoitlarni yaratishda yordam koʻrsatishi va tavsiyalar berishi kerak, talabgorning taklif etilgan yordamni rad etgan hollari bundan mustasno. Vakolatli organning kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan koʻrsatma va tavsiyalari kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi xabarnomada batafsil yoritiladi.
24. Kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha xabarnoma yuborilgan taqdirda, akkreditatsiya attestatini berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish muddati xabarnomada koʻrsatilgan muddatga toʻxtatib turiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
25. Hujjatlar xabarnomada koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etmasdan yoki xabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin taqdim etilgan taqdirda, vakolatli organ akkreditatsiya attestatini berishni rad etish haqida qaror qabul qilishga haqli. Bunda akkreditatsiya attestatini berishni kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi xabarnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
26. Akkreditatsiya attestatini berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror talabgorga rad etish sabablari, qonunchilikning aniq normalari va talabgor mazkur sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda YIDXP yoki axborot tizimi orqali yuboriladi. Talabgor rad etish sabablarini bartaraf etishga va hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishga haqli boʻlgan muddat akkreditatsiya attestatini berish rad etilgani haqidagi qaror olingan kundan eʼtiboran oʻn ish kunidan kam boʻlmasligi kerak.
27. Talabgor akkreditatsiya attestatini berish rad etilishi uchun asos boʻlgan sabablarni belgilangan muddatda bartaraf etgan taqdirda, rad etish sabablari bartaraf etilgani toʻgʻrisidagi ariza va rad etish sabablari bartaraf etilganini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP yoxud axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboradi.
Talabgorning rad etish sabablari bartaraf etilgani toʻgʻrisidagi arizasi va rad etish sabablari bartaraf etilganini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan eʼtiboran besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda vakolatli organ tomonidan takroran koʻrib chiqiladi. Talabgorning arizasi takroran koʻrib chiqilgani uchun yigʻim, agar ariza akkreditatsiya attestatini berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorda belgilangan hujjatlarni takroran taqdim etish mumkin boʻlgan muddatda taqdim etilgan boʻlsa, undirilmaydi.
Hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda vakolatli organ tomonidan talabgorga akkreditatsiya attestatini berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorda bayon qilinmagan rad etish sabablarini keltirishga yoʻl qoʻyilmaydi, ilgari koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.
Akkreditatsiya attestatini berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin talabgor tomonidan topshirilgan ariza yangidan topshirilgan hisoblanadi va vakolatli organ tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari]
28. Talabgor akkreditatsiya attestatini berish rad etilganligi, shuningdek, vakolatli organ mansabdor shaxsining akkreditatsiyadan oʻtkazish tartib-taomillari bilan bogʻliq harakati (harakatsizligi) boʻyicha belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
4-bob. Ekspert tashkilotlari faoliyatini monitoring qilish
29. Ekspert tashkilotlari faoliyati akkreditatsiyadan oʻtkazilgan ekspert tashkilotlari faoliyatining va ular tomonidan amalga oshirilgan ishlarning belgilangan talablarga muvofiqligini baholash va qonunbuzilishlarni bartaraf etish maqsadida vakolatli organ tomonidan monitoring qilinadi.
30. Quyidagi holatlarda ekspert tashkilotlari faoliyati monitoringi oʻtkaziladi:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.18.00.00 Jamoatchilik nazorati]
jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan, jamoatchilik nazorati subyektlarining murojaatlari kelib tushganda;
vakolatli organga qonunchilik buzilishiga oid holatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar kelib tushganda yoki vakolatli organ tomonidan axborot tizimidagi maʼlumotlarni tahlil qilish natijasida qonunchilik buzilishiga oid holatlar aniqlanganda;
ekspert tashkilotlari xizmat koʻrsatgan xavfli ishlab chiqarish obyektlarida avariya yoki baxtsiz hodisa sodir boʻlganda.
31. Monitoring amalga oshirilayotganda vakolatli organ oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
akkreditatsiya attestatiga ega boʻlgan tashkilotlar tomonidan rasmiylashtirilgan ekspertiza xulosalari, sanoat xavfsizligi deklaratsiyalar va boshqa axborot va maʼlumotlarni oʻrganish va tahlil qilish;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
akkreditatsiya mezonlarining ekspertlarga tegishli talablarining bajarilishini “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali tekshirish;
akkreditatsiya mezonlarining sifatni boshqarish tizimiga tegishli talablarining bajarilishini “Sertifikatsiya qilingan sifatni boshqarish tizimi davlat reyestri” orqali tekshirish;
“sirli mijoz” usulida ekspert tashkilotlari tomonidan belgilangan tartiblarga rioya etilishi boʻyicha nazorat tadbirlarini oʻtkazish;
yuzaga keladigan masalalar boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslardan zarur maʼlumotlarni soʻrash va olish;
monitoring natijalari asosida jismoniy va yuridik shaxslar yoʻl qoʻygan qonun buzilishlarini aniq koʻrsatgan holda dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) tuzish;
jismoniy va yuridik shaxs zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, koʻrsatmalar berish, bunday qoidabuzarliklarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
ekspert tashkiloti akkreditatsiya sohasini qisqartirish;
akkreditatsiya attestati amal qilishini oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish, shuningdek, sudga akkreditatsiya attestatining amal qilishini olti oydan ortiq boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish yoki uning amal qilishini bekor qilish tashabbusi bilan murojaat qilish.
32. Ekspert tashkiloti vakolatli organ tomonidan berilgan koʻrsatmada bayon etilgan talablarni oʻn ish kuni ichida bajarishi va bu haqida vakolatli organga xabar berishi lozim.
33. Monitoring oʻtkazish natijasida ekspert tashkiloti shtatida akkreditatsiya sohalariga muvofiq sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlar yoʻqligi yoki qonunchilik talablarining muntazam ravishda (ikki va undan ortiq marotaba) buzilgani aniqlanganda, ushbu sohalar boʻyicha ekspert tashkilotining akkreditatsiya sohasi qisqartiriladi.
34. Vakolatli organ tomonidan berilgan koʻrsatmada bayon etilgan talablarni oʻn ish kuni ichida bajarmaslik, shuningdek, monitoring oʻtkazish uchun vakolatli organ tomonidan soʻralgan hujjatlarni (maʼlumotlarni) taqdim etmaslik akkreditatsiya attestatining amal qilishini toʻxtatib turish uchun asos boʻladigan harakat hisoblanadi.
5-bob. Akkreditatsiya sohasini kengaytirish va qisqartirish
35. Ekspert tashkilotining akkreditatsiya sohasi ushbu Reglamentning 2-bobi talablariga muvofiq kengaytiriladi.
36. Ekspert tashkilotining akkreditatsiya sohasi vakolatli organning akkreditatsiya sohasini kengaytirish haqidagi qarori asosida yangi akkreditatsiya sohasini rasmiylashtirish orqali kengaytiriladi.
37. Ekspert tashkilotining akkreditatsiya sohasi vakolatli organning qarori bilan quyidagilar asosida qisqartiriladi:
a) ekspert tashkilotining akkreditatsiya sohasini qisqartirish toʻgʻrisidagi arizasi;
b) ekspert tashkilotlari faoliyatini monitoring qilish natijasida vakolatli organning akkreditatsiya sohasini qisqartirish haqidagi qarori qabul qilinganda.
38. Ekspert tashkilotining akkreditatsiya sohasi qisqartirish vakolatli organning akkreditatsiya sohasini qisqartirish haqidagi qarori asosida yangi akkreditatsiya sohasini rasmiylashtirish orqali qisqartiriladi.
39. Yangi akkreditatsiya sohasining amal qilish muddati amaldagi akkreditatsiya attestatining amal qilish muddati doirasida belgilanadi.
6-bob. Akkreditatsiya attestatini qayta rasmiylashtirish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
40. Akkreditatsiyadan oʻtkazilgan tashkilot qayta tashkil etilsa, nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, ekspert tashkiloti yoxud uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtganidan keyin oʻn ish kunida Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP yoxud axborot tizimi orqali vakolatli organga tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda, akkreditatsiya attestatini qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
41. Akkreditatsiya attestatini qayta rasmiylashtirish uchun toʻlov undirilmaydi.
42. Akkreditatsiya attestatini qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi ariza vakolatli organga tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida akkreditatsiya attestati qayta rasmiylashtirib beriladi.
Qayta rasmiylashtirishda ilgari berilgan akkreditatsiya attestatining amal qilish muddati oʻzgarmaydi.
7-bob. Akkreditatsiya attestatining amal qilishini toʻxtatib turish, bekor qilish va tugatish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
43. Akkreditatsiya attestatining amal qilishi quyidagi hollarda vakolatli organ tashabbusi bilan toʻxtatib turilishi mumkin:
akkreditatsiya mezonlari ekspert tashkiloti tomonidan buzilgani aniqlanganda;
ekspert tashkiloti tomonidan vakolatli organning ekspert tashkilotiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi koʻrsatmasi bajarilmaganda.
44. Akkreditatsiya attestatining amal qilishi vakolatli organ yoki sud tomonidan toʻxtatib turiladi. Akkreditatsiya attestatining amal qilishi vakolatli organ tomonidan oʻn kundan koʻp boʻlmagan muddatga, sud tomonidan esa oʻn kundan ortiq, lekin olti oydan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib turilishi mumkin.
Belgilangan muddat ichida akkreditatsiya attestatining amal qilishini toʻxtatib turish uchun asos boʻlgan sabab va kamchiliklar bartaraf qilinmasa, vakolatli organ akkreditatsiya attestatining amal qilishini toʻxtatib turish muddatini uzaytirish boʻyicha sudga daʼvo arizasi kiritishi lozim.
Ekspert tashkiloti akkreditatsiya attestatining amal qilishini toʻxtatib turishga olib kelgan holatlarni vakolatli organ yoki sud belgilagan muddatda bartaraf etmaganda, vakolatli organ akkreditatsiya attestatini bekor qilish toʻgʻrisida sudga daʼvo arizasi kiritadi.
45. Ekspert tashkiloti oʻz faoliyatini vaqtincha toʻxtatganda, akkreditatsiya attestatining amal qilishini olti oygacha toʻxtatib turish haqida vakolatli organga murojaat qilishi mumkin. Bunda olti oy muddat ichida akkreditatsiya attestatining amal qilishini qayta tiklash toʻgʻrisida vakolatli organga murojaat qilinmagan taqdirda, akkreditatsiya attestatining amal qilishi toʻxtatiladi.
46. Vakolatli organning akkreditatsiya attestatining amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori vakolatga ega boʻlgan mansabdor shaxs tomonidan qabul qilinadi.
Qaror axborot tizimi orqali real vaqt rejimida avtomatik tarzda ekspert tashkilotining shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
47. Vakolatli organ yoki sud akkreditatsiya attestatining amal qilishi toʻxtatib turilishiga sabab boʻlgan holatlarning ekspert tashkiloti tomonidan bartaraf etilishi uchun yetarli, ammo besh ish kunidan kam va olti oydan koʻp boʻlmagan muddat beriladi.
48. Ekspert tashkiloti akkreditatsiya attestatining amal qilishi toʻxtatib turilishi haqida qaror kelib tushgandan soʻng qarorda koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etishi va qarorda koʻrsatilgan muddat yakunlanguniga qadar vakolatli organga axborot tizimi orqali kamchiliklar bartaraf etilgani toʻgʻrisidagi tasdiqnoma va asoslovchi hujjatlarni ilova qilgan holda maʼlumot yuborishi lozim.
Akkreditatsiya attestatining amal qilishini toʻxtatib turish haqidagi qaror sud tomonidan qabul qilingan boʻlsa, kamchiliklar bartaraf etilgani toʻgʻrisidagi tasdiqnoma va asoslovchi hujjatlar qarorda koʻrsatilgan muddat yakunlanguniga qadar sudga taqdim etilishi lozim.
Kamchiliklar bartaraf etilgani toʻgʻrisidagi maʼlumot tushgan kundan boshlab uch ish kuni ichida vakolatli organ maʼlumotlarni tahlil qilishi lozim.
49. Tahlil yoki oʻrganishlar natijasida akkreditatsiya attestatining amal qilishini toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlar ekspert tashkiloti tomonidan bartaraf etilgani aniqlangan taqdirda, vakolatli organ kamchiliklar bartaraf etilgani toʻgʻrisida tasdiqnoma olingan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida akkreditatsiya attestatining amal qilishini qayta tiklash toʻgʻrisidagi qaror qabul qiladi.
Bunda vakolatli organ tomonidan akkreditatsiya attestatining amal qilishini qayta tiklash yoki qayta tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi qaror uch ish kunida qabul qilinmasa, ekspert tashkiloti ushbu muddat tugagandan soʻng vakolatli organni axborot tizimi orqali elektron shaklda xabardor qilgan holda faoliyatini davom ettirishi mumkin.
Akkreditatsiya attestatining amal qilishini qayta tiklash yoki qayta tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi qaror axborot tizimi orqali real vaqt rejimida avtomatik tarzda ekspert tashkiloti shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
50. Sudning akkreditatsiya attestati amal qilishini qayta tiklash toʻgʻrisidagi qarori vakolatli organga kelib tushganda, vakolatli organ akkreditatsiya attestatining amal qilishi qayta tiklangani toʻgʻrisidagi maʼlumotni axborot tizimiga bir ish kunidan oshmagan muddatda joylashtiradi.
51. Akkreditatsiya attestatining amal qilishi quyidagi hollarda vakolatli organning qaroriga asosan bekor qilinadi:
ekspert tashkiloti akkreditatsiya attestatining amal qilishini bekor qilish toʻgʻrisida murojaat qilganda;
yuridik shaxs tugatilganda — tugatilgan paytdan eʼtiboran yoki uning faoliyati qayta tashkil etish natijasida tugatilganda — qayta tashkil etilgan paytdan eʼtiboran, uning oʻzgartirilishi bundan mustasno.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
52. Ekspert tashkiloti akkreditatsiya attestatining amal qilishini bekor qilish uchun vakolatli organga Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP yoxud axborot tizimi orqali xabarnoma yuboradi.
Vakolatli organ xabarnomaga asosan yoki mazkur Reglamentning 51-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatlar yuzaga kelganda akkreditatsiya attestatining amal qilishini bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va bu haqida YIDXP yoki axborot tizimi orqali ekspert tashkilotiga maʼlum qiladi.
53. Vakolatli organ quyidagi hollarda akkreditatsiya attestatining amal qilishini bekor qilish toʻgʻrisida sudga murojaat qiladi:
ekspert tashkiloti akkreditatsiya attestatining amal qilishini toʻxtatib turishga olib kelgan holatlarni vakolatli organ yoki sud belgilagan muddatda bartaraf etmaganda;
vakolatli organning akkreditatsiya attestatini berish toʻgʻrisidagi qarorining qonunga xilofligi aniqlanganda;
ekspert tashkiloti akkreditatsiya mezonlarini bir yil davomida muntazam ravishda (ikki va undan ortiq marotaba) yoki bir marotaba qoʻpol ravishda buzganda (agar mazkur qoidabuzarliklar fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga ziyon, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, jamoat xavfsizligiga zarar hamda atrof muhitga ziyon yetkazilishiga olib kelgan boʻlsa);
akkreditatsiya attestati qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olingani fakti aniqlanganda.
54. Quyidagilar akkreditatsiya attestatining bekor qilinishiga asos boʻladigan qoʻpol qoidabuzarliklar hisoblanadi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang)]
sanoat xavfsizligi ekspertizasini oʻtkazishda mustaqillikni taʼminlamaslik;
oʻz faoliyatini amalga oshirishda olingan maxfiy axborotni oshkor qilish (qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno);
oʻz faoliyatini amalga oshirishda akkreditatsiya sohasiga amal qilmaslik;
ekspertiza xulosasini, sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini yolgʻon yoki notoʻgʻri tuzish, ularda qalbaki maʼlumotlar koʻrsatish.
55. Vakolatli organning akkreditatsiya attestatini bekor qilish yuzasidan sudga daʼvo arizasi kiritilgani haqidagi maʼlumoti sudga daʼvo arizasi kiritilgan kundan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay, ekspert tashkilotiga axborot tizimi orqali akkreditatsiya attestatining amal qilishini bekor qilish yuzasidan sudga daʼvo arizasi kiritish sabablari va qonunchilik hujjatlarining aniq normalari koʻrsatilgan holda yetkaziladi.
Sudning akkreditatsiya attestatining amal qilishini bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori ekspert tashkilotiga va vakolatli organga qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi.
Akkreditatsiya attestati 53-bandning beshinchi xatboshisida koʻrsatilgan asosga koʻra bekor qilingan taqdirda, akkreditatsiya attestati berilgan sanadan eʼtiboran bekor qilingan deb hisoblanadi.
56. Akkreditatsiya attestatining amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi:
akkreditatsiya qilish tartibi bekor qilinganda;
akkreditatsiya attestatining amal qilish muddati tamom boʻlganda;
ekspert tashkiloti tomonidan vakolatli organga akkreditatsiya attestatining amal qilishini olti oygacha toʻxtatib turish toʻgʻrisida murojaat berilib, mazkur xatboshida nazarda tutilgan muddat davomida akkreditatsiya attestatining amal qilishini qayta tiklash toʻgʻrisida vakolatli organga murojaat qilinmagan taqdirda.
Akkreditatsiya attestatining amal qilish muddati tugagan hollarda vakolatli organ tomonidan akkreditatsiya attestatining amal qilish muddati tugatganligi toʻgʻrisida qaror qabul qilish talab etilmaydi.
57. Akkreditatsiya attestatining amal qilishini toʻxtatib turish, bekor qilish va tugatish haqidagi maʼlumotlar vakolatli organ tomonidan ekspert tashkilotlari reyestriga kiritiladi.
58. Akkreditatsiya attestatining amal qilishi toʻxtatib turilganda, bekor qilinganda va tugatilganda, ekspert tashkiloti quyidagilarni bajarishi shart:
akkreditatsiyadan oʻtgan ekspert tashkiloti akkreditatsiyaga bogʻliq ishlar bajarilishini zudlik bilan toʻxtatish;
oʻz buyurtmachilarini bu haqida ogohlantirish.
8-bob. Akkreditatsiyadan oʻtkazilgan ekspert tashkilotlari reyestrini yuritish
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
59. Vakolatli organ axborot tizimida akkreditatsiyadan oʻtkazilgan ekspert tashkilotlari reyestrini yuritadi.
60. Akkreditatsiyadan oʻtkazilgan ekspert tashkilotlari reyestrida quyidagilar elektron shaklda hisobga olinadi:
ekspert tashkilotlari haqidagi asosiy maʼlumotlar (ekspert tashkiloti nomi, ekspert tashkiloti rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi, ekspert tashkiloti yuridik va pochta manzillari, telefon raqamlari, elektron pochta va veb sahifa manzillari, filiallari haqidagi maʼlumotlar);
akkreditatsiya sohasi haqidagi maʼlumotlar;
akkreditatsiya attestatining berilgan sanasi, roʻyxat raqami va amal qilish muddati, uning qayta rasmiylashtirilgani haqidagi maʼlumotlar;
ekspert tashkilotlari ekspertlari va sifatni boshqarish tizimi sertifikati haqidagi maʼlumotlar;
ekspert tashkilotlari faoliyatining monitoringgi natijalari;
akkreditatsiya attestatining amal qilishini toʻxtatib turish, bekor qilish va tugatish haqidagi maʼlumotlar.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
61. Akkreditatsiyadan oʻtkazilgan ekspert tashkilotlari haqidagi umumiy maʼlumotlar axborot tizimiga va vakolatli organ veb sahifasiga joylashtiriladi.
9-bob. Vakolatli organ qarori va uning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish hamda uni koʻrib chiqish tartibi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari]
62. Talabgor (ekspert) tashkiloti belgilangan tartibda vakolatli organning:
qarorlari va hujjatlari ustidan;
mansabdor shaxslari harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilinishi mumkin.
63. Talabgor (ekspert) tashkiloti shikoyatni vakolatli organda tashkil etilgan Shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha apellyatsiya kengashiga (keyingi oʻrinlarda — Apellyatsiya kengashi) taqdim etadi.
Talabgor (ekspert) tashkiloti belgilangan tartibda vakolatli organning qarori hamda uning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan bevosita sudga shikoyat qilishga haqli.
Qonunchilik hujjatlariga muvofiq shikoyat boshqa vakolatli organlarga ham berilishi mumkin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.10.00 Tadbirkorlar birlashmalari (uyushmalar, assotsiatsiyalar va b.) / 09.01.10.01 Savdo-sanoat palatasi]
64. Apellyatsiya kengashi tarkibi vakolatli organning rahbari tomonidan besh nafar tarkibda tasdiqlanadi. Apellyatsiya kengashi yigʻilishida Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi vakili kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi.
Apellyatsiya kengashi yigʻilishi uning aʼzolarining toʻrtdan uch qismi hozir boʻlganda vakolatli hisoblanadi.
65. Agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, shikoyat qaror (boshqa hujjat) toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilingan paytdan yoki talabgor (ekspert) tashkilotiga vakolatli organ qarori va ularning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) haqida maʼlum boʻlgan paytdan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay berilishi mumkin.
Shikoyat berish muddati, agar u uzrli sababga koʻra oʻtkazib yuborilgan boʻlsa, shikoyatni koʻrib chiquvchi organ tomonidan tiklanishi mumkin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari]
66. Shikoyat yozma, ogʻzaki (shaxsiy qabul yoki ishonch telefoni orqali) yoki elektron shaklda (YIDXPdagi shaxsiy kabinet, elektron pochta yoki vakolatli organning rasmiy veb-sayti orqali) beriladi va unda quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
qarorni qabul qilgan yoki harakatni amalga oshirgan vakolatli organning nomi;
shikoyat bergan jismoniy shaxsning (uning vakilining) familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi, yuridik shaxs uchun esa — uning nomi va joylashgan joyi (pochta manzili), STIR;
shikoyat bergan shaxsning talablari;
ilova qilinayotgan hujjatlarning roʻyxati (mavjud boʻlgan taqdirda);
shikoyat berilgan sana.
Shikoyat yozma shaklda berilganda, shikoyat qiluvchi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Agar shikoyat vakil tomonidan berilgan boʻlsa, unga ishonchnomaning yoki vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi boshqa hujjatning koʻchirma nusxasi ilova qilinishi kerak.
67. Yuridik shaxs ogʻzaki shikoyat (shaxsiy qabul orqali) qilayotganda, yuridik shaxsning vakili oʻz vakolatlarini tasdiqlaydigan va oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi kerak.
Elektron shaklda beriladigan shikoyatlarda talabgor (ekspert) tashkilotining elektron manzili va yagona identifikatori (STIR) hamda boshqa rekvizitlar koʻrsatilishi kerak.
Shikoyatda elektron manzilning koʻrsatilgani talabgor (ekspert) tashkilotining shikoyatini koʻrib chiqish natijalarini axborot tizimi orqali elektron shaklda qabul qilishga boʻlgan roziligini bildiradi.
68. Shikoyatni olgan vakolatli organ va Apellyatsiya kengashi shikoyat berilayotgan qaror, harakatlar (harakatsizliklar) toʻgʻrisidagi tegishli axborotni shikoyat olingan paytdan eʼtiboran uch ish kuni ichida oʻrganish uchun soʻrab olishi lozim.
Apellyatsiya kengashining shikoyat boʻyicha yigʻilish materiallari vakolatli organning yuridik xizmati tomonidan tayyorlanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari]
69. Talabgor (ekspert) tashkilotining talabiga koʻra shikoyat uning vakili ishtirokida koʻrib chiqilishi mumkin.
Bunda vakolatli organ va Apellyatsiya kengashi talabgor (ekspert) tashkilotining istagiga koʻra muhokamani videokonferens aloqa vositalaridan foydalangan holda oʻtkazishni taʼminlashi shart.
Videokonferensaloqa rejimida shikoyatni koʻrib chiqish uchun texnik va boshqa sharoitlarni taʼminlash vakolatli organning markaziy apparatiga yoki tegishli hududiy boʻlinmasiga yuklanadi.
70. Shikoyatni koʻrib chiqish yakuni boʻyicha bayonnoma tuzilishi va ushbu bayonnoma vakolatli organ va Apellyatsiya kengashining rahbari tomonidan imzolanishi kerak.
Vakolatli organ yoki Apellyatsiya kengashi shikoyat boʻyicha oʻn besh kun ichida qaror qabul qilishi shart.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
71. Shikoyat bergan talabgor (ekspert) tashkiloti shikoyat boʻyicha qaror qabul qilinguniga qadar uni chaqirib olishga haqli. Shikoyatni chaqirib olish yozma (shikoyatni yigʻilishda koʻrib chiqish jarayonida) yoki elektron shaklda (YIDXP orqali) rasmiylashtiriladi.
72. Vakolatli organ yoki Apellyatsiya kengashi shikoyat boʻyicha quyidagi qarorlardan birini qabul qilishga haqli:
ustidan shikoyat qilinayotgan qarorni oʻzgarishsiz qoldirish;
ustidan shikoyat qilinayotgan qarorga oʻzgartishlar kiritish;
qarorni bekor qilish va zarur boʻlgan taqdirda, yangi qaror qabul qilish;
vakolatli organ yoki uning mansabdor shaxsi zimmasiga berilgan shikoyat mohiyati boʻyicha muayyan harakatlarni amalga oshirish majburiyatini yuklash.
73. Shikoyat Apellyatsiya kengashi tomonidan koʻrib chiqilayotganda yuzaga keladigan masalalar uning aʼzolari tomonidan bir ovozdan hal qilinadi. Hech bir aʼzo ovoz berishda betaraf qolishga haqli emas. Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi vakili ovoz berish jarayonida ishtirok etmaydi va uning fikri Apellyatsiya kengashi aʼzolari uchun tavsiyaviy tusga ega.
74. Vakolatli organning qarori ustidan shikoyat qilingan taqdirda, shikoyat Apellyatsiya kengashida roʻyxatdan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran qarorning amal qilishi va ijro etilishi toʻxtatib turiladi, akkreditatsiya attestatini amal qilishini toʻxtatib turish hollari bundan mustasno.
75. Vakolatli organ ikki ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi xabarnomani shikoyat bergan talabgor (ekspert) tashkilotiga yozma shaklda yuboradi.
76. Aynan bir masala boʻyicha shikoyatni takroran berishga yoʻl qoʻyilmaydi.
77. Apellyatsiya kengashining qarori yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilish mumkin.
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.02 Xizmat va tijorat siri]
78. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ davlat xizmatini koʻrsatish jarayonida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
79. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Talabgor
Davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoxud Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) axborot tizimi orqali ariza beradi.
Oʻz xohishiga koʻra
2-bosqich
Talabgor
1. Elektron shaklda arizani toʻldiradi va zarur boʻlgan hujjatlarni yuklaydi.
2. Reglamentning 11-bandida belgilangan miqdorda yigʻimni toʻlaydi.
Oʻz xohishiga koʻra
3-bosqich
Davlat xizmatlari markazi, YIDXP yoki axborot tizimi
Ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni avtomatik ravishda vakolatli organga yuboradi.
Yigʻim toʻlangandan soʻng real vaqt rejimida
4-bosqich
Vakolatli organ
1. Taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qiladi.
20 ish kuni mobaynida
Baholash komissiyasi
2. Joyiga borib baholash oʻtkazadi.
20 ish kuni mobaynida
Vakolatli organ
3. Akkreditatsiya attestatini berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
10 ish kuni mobaynida
5-bosqich
YIDXP yoki axborot tizimi
Akkreditatsiya attestatini berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorni talabgor shaxsiy kabinetiga yuboradi.
QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan akkreditatsiya attestati avtomatik ravishda shakllantiradi, talabgorning YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboradi.
Real vaqt rejimida
* 6-bosqich talabgor akkreditatsiya mezonlariga muvofiqligi tasdiqlanganda bajariladi.
Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
Akkreditatsiyadan oʻtkazish (qayta akkreditatsiyadan oʻtkazish, akkreditatsiya sohasini kengaytirish) uchun
ARIZA
1.
Yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli
2.
Yuridik shaxsning STIRi
3.
Yuridik shaxs pochta manzili (faoliyatni amalga oshirish joyi)
4.
Telefon raqami
5.
Elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa)
6.
Ariza toʻldirish sababi (akkreditatsiya, qayta akkreditatsiya, akkreditatsiya sohasini kengaytirish, qayta rasmiylashtirish)
7.
Akkreditatsiya mezonlariga rioya qilishga roziligi
Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3-ILOVA
Akkreditatsiya sohalari
ROʻYXATI
T/r
(kodlar)
Akkreditatsiya sohalari nomlari
1.
Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatishga doir loyiha hujjatlarini sanoat xavfsizligi ekspertizasidan oʻtkazish.
Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiya qilish.
1.1.
Koʻmir, kon, ruda va noruda sanoati obyektlari:
1.1.1.
Shaxta
1.1.2.
Koʻmir va ruda konlari (yerosti va yerusti) obyektlari
1.1.3.
Boyituvchi, briketlovchi, aglomeratsialovchi fabrika va zavodlar
1.1.4.
Boyitish-saralash va meʼyorlash qurilmalari
1.1.5.
Shlam toʻplovchi gidrotexnika inshootlari, chiqindilarni saqlovchi, texnik suv havzalari obyektlari
1.1.6.
Oltin konlari va boshqa oltin saralash fabrikalari
1.1.7.
Oltin saralash fabrikasi va zavodlari (qurilmalari)
1.1.8.
Konlarni texnik rekultivatsiya qilish obyektlari
1.1.9.
Foydali qazilma boyliklarini qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan ishlab chiqarish obyektlari
1.1.10.
Maxsus yerosti, transport va umumiy xoʻjalik inshootlarini qurish bilan bogʻliq boʻlgan ishlab chiqarish obyektlari
1.2.
Neft va gaz sanoati obyektlari:
1.2.1.
Neft va gazga qazilgan parametrik, qidiruv, izlov, struktur va ekspluatatsion quduqlar hamda maxsus qazilgan quduqlar
1.2.2.
Yerosti gaz omborlari
1.2.3.
Neft, gaz va gaz kondensati konlarini ishlatish va qurish; neft, gaz va gaz kondensatini qazib olish va tayyorlash obyektlari
1.2.4.
Neftni, gazni va gaz kondensatini konlarda va konlar orasida tashish quvur oʻtkazgichlari
1.2.5.
Magistral quvurlar
1.2.6.
Kompressor va nasos stansiyalari; gaz taqsimlash stansiyalari
1.2.7.
Qatlamdagi bosimni barqaror saqlab turish obyektlari
1.2.8.
Neft mahsulotlarini, neftni va gaz kondensatini saqlash hamda vaqtincha saqlash obyektlari
1.2.9.
Avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari
1.3.
Kimyo, neft-kimyo, neft va gazni qayta ishlash sanoati hamda portlash-yonish xavfi mavjud kimyoviy xavfli ishlab chiqarish obyektlari:
1.3.1.
Noorganik moddalar, ammiak, mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish obyektlari
1.3.2.
Neft va gazni qayta ishlash sanoati ishlab chiqarish va obyektlari
1.3.3.
Organik sintez ishlab chiqarish obyektlari
1.3.4.
Sellyuloza qogʻoz ishlab chiqarish obyektlari
1.3.5.
Kimyoviy tolalar, polimer materiallar, plastmassa va ulardan tayyorlanadigan mahsulotlarni ishlab chiqarish obyektlari
1.3.6.
Kriogen texnologiyalar obyektlari
1.3.7.
Ammiakli sovitish qurilmalari
1.3.8.
Elektroliz usulida vodorod va kislorod ishlab chiqarish obyektlari
1.3.9.
Lok-boʻyoq mahsulotlari ishlab chiqarish obyektlari
1.3.10.
Spirt ishlab chiqarish obyektlari
1.3.11.
Yogʻ-moy ishlab chiqarish obyektlari
1.3.12.
Havoni parchalashda hosil boʻlgan mahsulotlarni olish va saqlash obyektlari
1.3.13.
Suvni xlor bilan qayta ishlash obyektlari
1.3.14.
Portlash-yonish xavfi mavjud va kimyoviy xavfli mahsulotlarni (moddalarni) quyish, toʻkish obyektlari
1.4.
Bosimi 0,05 MPa yoki suvning isitish harorati 110 °S dan yuqori boʻlgan jihozdan foydalaniladigan ishlab chiqarish obyektlari:
1.4.1.
Bugʻ va suv isitish qozonlari (ishchi muhit turidan qatʼi nazar)
1.4.2.
Bosim ostida ishlovchi idishlar
1.4.3.
Bugʻ va issiq suv quvur oʻtkazgichlar
1.5.
Koʻchmas asosga oʻrnatilgan yuk koʻtarish mexanizmlari, eskalatorlar, poʻlat arqonli osma yoʻllar, funikulyorlardan foydalanadigan ishlab chiqarish obyektlari:
1.5.1.
Yuk koʻtarish kranlari va mexanizmlari
1.5.2.
Ekskalatorlar
1.5.3.
Yuk va yoʻlovchilar uchun osma poʻlat arqonli yoʻllar
1.5.4.
Funikulyorlar
1.6.
Tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazlaridan foydalanuvchi gaz taʼminoti (gaz taqsimlash, gaz isteʼmoli) obyektlari:
1.6.1.
Suyultirilgan uglevodorod gazlarini saqlash va taqsimlash obyektlari
1.6.2.
Avtomobillarga suyultirilgan uglevodorod gaz toʻldirish shoxobchalari
1.6.3.
Avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari
1.6.4.
Bosimi 12 kgf/kv.sm gacha boʻlgan gaz taqsimlash tizimlarining gaz tarmoqlari
1.6.5.
Gaz isteʼmoli tizimlarining gaz tarmoqlari
1.7.
Metallurgiya sanoati obyektlari:
1.7.1.
Qora metallar quyish sanoati, poʻlat ishlab chiqarish obyektlari
1.7.2.
Rangli metallar quyish sanoati obyektlari
1.8.
Oʻsimlik xomashyosini saqlash va qayta ishlash obyektlari:
1.8.1.
Qabul qilish, saqlash, quritish, qayta ishlash, alohida turuvchi qabul qilish va uzatish uskunasi, qabul qiluvchi-tozalash minorasi, alohida turuvchi don quritish uchastkalari, elevatorlar, silos tipidagi omborlar, qopsiz saqlash omborlari, solod ishlab chiqarish obyektlari, qayta ishlovchi va tayyorlovchi (maydalovchi) boʻlimlar, shu jumladan oziq-ovqat sanoati korxonalari
1.8.2.
Un, yorma ishlab chiqarish obyektlari
1.8.3.
Omuxta yem ishlab chiqarish obyektlari
1.8.4.
Qopsiz qabul qilish, unni silos va bunkerlarda saqlash, non, makaron va qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun unni tortish hamda elash obyektlari
1.8.5.
Un, yorma, non va makaron ishlab chiqarish korxonalari uchun qopli idishlarni tozalash va saralash obyektlari
1.8.6.
Joʻxorini kalibrlovchi obyektlar
1.8.7.
Urugʻlik donlarni qayta ishlovchi obyektlar
1.8.8.
Tamaki mahsulotlarini tayyorlash obyektlari
1.9.
Foydali qazilma konlarini qidirish va izlash bilan bogʻliq geologiya-razvedka obyektlari (uglevodorod xomashyosi boʻlmagan)
1.10.
Sanoatda qoʻllanadigan portlovchi moddalarni ishlab chiqarish, sinash va saqlash bilan bogʻliq boʻlgan obyektlar
2.
Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qoʻllanadigan texnik qurilmalarni sanoat xavfsizligi ekspertizasidan oʻtkazish
2.1.
Koʻmir, kon, ruda va noruda sanoatidagi texnik qurilmalar:
2.1.1.
Shaxtada qoʻllanadigan qurilmalar
2.1.2.
Koʻmir va ruda konlari (yerosti va yerusti) obyektlarining qurilmalari
2.1.3.
Boyituvchi, briketlovchi, aglomeratsialovchi fabrika va zavodlar qurilmalari
2.1.4.
Boyitish-saralash va meʼyorlash qurilmalari
2.1.5.
Shlam toʻplovchi gidrotexnika inshootlari, chiqindilarni saqlovchi va texnik suv havzalari obyektlarining qurilmalari
2.1.6.
Oltin konlari va boshqa oltin saralash fabrikalarining qurilmalari
2.1.7.
Oltin saralash fabrikasi va zavodlari qurilmalari
2.1.8.
Konlarni texnik rekultivatsiya qilish qurilmalari
2.1.9.
Foydali qazilma boyliklari qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan ishlab chiqarish obyektlarining qurilmalari
2.1.10.
Maxsus yerosti, transport va umumiy xoʻjalik inshootlarini qurish bilan bogʻliq boʻlgan ishlab chiqarish obyektlarining qurilmalari
2.2.
Neft va gaz sanoatidagi texnik qurilmalar:
2.2.1.
Quduqlarni burgʻilashda, taʼmirlashda va ishga tushirishda qoʻllanadigan qurilmalar
2.2.2.
Neft va gaz quduqlarini ishlatishda qoʻllanadigan qurilmalar
2.2.3.
Qatlamdagi bosimni va qatlamga hamda quduqqa taʼsir qiluvchi omillarni saqlashda qoʻllanadigan qurilmalar
2.2.4.
Neft va gazni yetkazib beruvchi stansiyalarda qoʻllanadigan qurilmalar
2.2.5.
Magistral quvurlar tizimini qurishda, ishlatishda va taʼmirlashda qoʻllanadigan qurilmalar
2.2.6.
Gaz va neft mahsulotlari quvurlari; kon va konlararo quvurlar
2.2.7.
Kompozit va poʻlat quvurlar qismlari va quvurlari, shu jumladan, tiqin (zapor), meʼyorlovchi va himoyalovchi armaturalar qismlari
2.2.8.
Neft, kondensat va neft mahsulotlari uchun rezervuarlar hamda ularning qurilmalari
2.2.9.
Kompressor, nasos va gaz taqsimlash stansiyalari qurilmalari
2.2.10.
Neft va gazni yigʻish va tayyorlash qurilmalari
2.3.
Kimyo, neft-kimyo, neft va gazni qayta ishlash sanoati hamda portlash-yonish xavfi mavjud va kimyoviy xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi texnik qurilmalar:
2.3.1.
Noorganik moddalar, ammiak, mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish obyektlari qurilmalari
2.3.2.
Neft va gazni qayta ishlash obyektlarining qurilmalari
2.3.3.
Organik sintez ishlab chiqarish obyektlarining qurilmalari
2.3.4.
Sellyuloza qogʻoz ishlab chiqarish obyektlarining qurilmalari
2.3.5.
Kimyoviy tolalar, polimer materiallar, plastmassa va ulardan tayyorlanadigan mahsulotlar ishlab chiqarish obyektlarining qurilmalari
2.3.6.
Kriogen texnologiyasi qurilmalari
2.3.7.
Ammiakli sovitish qurilmalari
2.3.8.
Elektroliz usulida vodorod va kislorod ishlab chiqarish obyektlari qurilmalari
2.3.9.
Lok-boʻyoq mahsulotlari ishlab chiqarish obyektlarining qurilmalari
2.3.10.
Spirt ishlab chiqarish obyektlarining qurilmalari
2.3.11.
Yogʻ-moy ishlab chiqarish obyektlarining qurilmalari
2.3.12.
Havoni parchalashda hosil boʻlgan mahsulotlarni olish va saqlash obyektlari qurilmalari
2.3.13.
Suvni xlor bilan qayta ishlash obyektlarining qurilmalari
2.3.14.
Portlash-yonish xavfi mavjud va kimyoviy xavfli mahsulotlarni (moddalarni) quyish, toʻkish obyektlarining qurilmalari
2.4.
Bosimi 0,05 MPa dan yuqori boʻlgan yoki suvning harorati 110 °S dan yuqori boʻlgan sharoitda ishlaydigan texnik qurilmalar:
2.4.1.
Suv isitish va bugʻ qozonlari hamda ularning qurilmalari
2.4.2.
Bosim 0,05 MPa dan yuqori boʻlgan bosim ostida ishlovchi idishlar
2.4.3.
Bosim 0,05 MPa dan va suvning harorati 110 °S dan yuqori boʻlgan bugʻ va issiq suv quvurlari
Nogironlarni koʻtarishga moʻljallangan platformalar
2.5.8.
Yuk va yoʻlovchilar uchun osma poʻlat arqonli yoʻllar
2.5.9.
Funikulyorlar
2.5.10.
Ekskalatorlar
2.5.11.
Yuk koʻtarish mexanizmlari va idishlar (metallurgiyadan tashqari)
2.6.
Tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazlaridan foydalanuvchi gaz taʼminoti (gaz taqsimlash, gaz isteʼmoli) obyektlarining texnik qurilmalari:
2.6.1.
Suyultirilgan uglevodorod gazlarini saqlash va taqsimlash obyektlarining qurilmalari
2.6.2.
Avtomobillarga suyultirilgan uglevodorod gaz toʻldirish shoxobchalarining qurilmalari
2.6.3.
Avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalarining qurilmalari
2.6.4.
Bosimi 12 kgf/kv.sm gacha boʻlgan gaz taqsimlash tizimlari
2.6.5.
Gaz isteʼmoli tizimlari
2.7.
Metallurgiya sanoati texnik qurilmalari
2.7.1.
Qora metallar quyish, poʻlat ishlab chiqarish obyektlarining qurilmalari
2.7.2.
Rangli metallar quyish sanoati obyektlarining qurilmalari
2.8.
Oʻsimlik xomashyosini saqlash va qayta ishlash obyektlarining texnik qurilmalari:
2.8.1.
Elevator ombori qurilmalari
2.8.2.
Un ishlab chiqarish korxonalari qurilmalari
2.8.3.
Yorma ishlab chiqarish obyektlarining qurilmalari
2.8.4.
Omuxta yem ishlab chiqarish obyektlarining qurilmalari
2.8.5.
Qopsiz qabul qilish, unni silos va bunkerlarda saqlash, non, makaron va qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun unni tortish va elash obyektlari qurilmalari
2.8.6.
Oʻsimlik xomashyosini qabul qilish, saqlash, quritish, qayta ishlash, alohida turuvchi qabul qilish va uzatish uskunasi, qabul qiluvchi tozalash minorasi, alohida turuvchi don quritish uchastkalari, elevatorlar, silos tipidagi omborlar, qopsiz saqlash omborlari, solod ishlab chiqarish obyektlari, qayta ishlovchi hamda tayyorlovchi (maydalovchi) boʻlimlar, shu jumladan, oziq-ovqat sanoati korxonalari qurilmalari
2.8.7.
Joʻxorini kalibrlovchi ishlab chiqarish obyektlarining qurilmalari
2.8.8.
Urugʻlik donlarni qayta ishlaydigan obyektlarning qurilmalari
2.8.9.
Tamaki tayyorlash liniyalari obyektlarining qurilmalari
2.9.
Foydali qazilma konlarini qidirish va izlash bilan bogʻliq geologiya-razvedka obyektlaridagi texnik qurilmalar (uglevodorod xomashyosi boʻlmagan)
2.10.
Sanoatga moʻljallangan portlovchi moddalarni ishlab chiqarish, sinash va saqlashda qoʻllanadigan texnik qurilmalar
3.
Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi binolar va inshootlarni sanoat xavfsizligi ekspertizasidan oʻtkazish
3.1.
Koʻmir, kon-ruda va noruda sanoatlarida:
3.1.1.
Yerusti kompleks bino va inshootlar
3.1.2.
Yerosti inshootlari
3.1.3.
Foydali qazilma boyliklarini qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan ishlab chiqarish obyektlaridagi bino va inshootlar
3.2.
Neft va gaz sanoati obyektlarida:
3.2.1.
Quduqlarni qazish va taʼmirlash bilan bogʻliq boʻlgan obyektlardagi bino va inshootlar
3.2.2.
Neft va gaz qazib olish va ularni tayyorlash obyektlaridagi bino va inshootlar
3.2.3.
Magistral quvurlar obyektlaridagi bino va inshootlar
3.2.4.
Neft mahsulotlarini, kondensat va neftni saqlash va uzatish obyektlaridagi bino va inshootlar
3.3.
Kimyo, neft-kimyo va neft va gazni qayta ishlash sanoati hamda portlash-yonish xavfi mavjud kimyoviy xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi bino va inshootlar
3.4.
Bosimi 0,05 MPa dan yuqori boʻlgan yoki suvning isish harorati 110 °S dan yuqori boʻlgan qurilmalar joylashgan bino va inshootlar
3.5.
Koʻchmas asosga oʻrnatilgan yuk koʻtarish mexanizmlari, eskalatorlar, poʻlat arqonli osma yoʻllar, funikulyorlardan foydalanadigan ishlab chiqarish obyektlaridagi bino va inshootlar
3.6.
Tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazlaridan foydalanuvchi gaz taʼminoti (gaz taqsimlash, gaz isteʼmoli) obyektlaridagi bino va inshootlar
3.6.1.
Gaz jihozlari oʻrnatilgan bino va inshootlar (qozonxonalar, sexlar)
3.6.2.
Avtomobillarga gaz (suyultirilgan uglevodorod gaz) toʻldirish shoxobchalarining bino va inshootlari
3.7.
Metallurgiya sanoati obyektlaridagi bino va inshootlar
3.8.
Oʻsimlik xomashyosini saqlash hamda qayta ishlash obyektlaridagi bino va inshootlar
3.9.
Foydali qazilma konlarini qidirish va izlash bilan bogʻliq geologiya-razvedka obyektlaridagi (uglevodorod xomashyosi boʻlmagan) bino va inshootlar
3.10.
Sanoatda qoʻllaniladigan portlovchi moddalarni ishlab chiqarish, sinash va saqlash bilan bogʻliq boʻlgan obyektlardagibino va inshootlar
4.
Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab chiqish.
Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini sanoat xavfsizligi ekspertizasidan oʻtkazish
4.1.
Koʻmir, kon, ruda va noruda sanoati obyektlari:
4.1.1.
Yerusti ishlab chiqarish obyektlari
4.1.2.
Yerosti ishlab chiqarish obyektlari
4.1.3.
Foydali qazilma boyliklarini qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan ishlab chiqarish obyektlari
4.2.
Neft va gaz sanoati obyektlari:
4.2.1.
Quduqlarni qazish va taʼmirlash bilan bogʻliq boʻlgan obyektlar
4.2.2.
Neft va gaz qazib olish va ularni tayyorlash obyektlari
4.2.3.
Magistral quvurlar obyektlari
4.2.4.
Neft mahsulotlarini, kondensat va neftni saqlash va uzatish obyektlari
4.3.
Kimyo, neft-kimyo, neft va gazni qayta ishlash sanoati hamda portlash-yonish xavfi mavjud kimyoviy xavfli ishlab chiqarish obyektlari
4.4.
Bosimi 0,05 MPa dan yuqori yoki suvning harorati 110 °S dan yuqori boʻlgan qurilmalardan foydalanadigan ishlab chiqarish obyektlari
4.5.
Koʻchmas asosga oʻrnatilgan yuk koʻtarish mexanizmlari, eskalatorlar, poʻlat arqonli osma yoʻllar, funikulyorlardan foydalanadigan ishlab chiqarish obyektlari
4.6.
Tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazlaridan foydalanuvchi gaz taʼminoti (gaz taqsimlash, gaz isteʼmoli) obyektlari
4.7.
Metallurgiya sanoati obyektlari
4.8.
Oʻsimlik xomashyosini saqlash va qayta ishlash obyektlari
4.9.
Foydali qazilma konlarini qidirish va izlash bilan bogʻliq geologiya-razvedka obyektlari (uglevodorod xomashyosi boʻlmagan)
4.10.
Sanoatda qoʻllaniladigan portlovchi moddalarni ishlab chiqarish, sinash va saqlash bilan bogʻliq boʻlgan obyektlar
Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 4-ILOVA
Akkreditatsiya mezonlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar]
1. Ekspert tashkiloti Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq yuridik shaxs maqomiga ega boʻlishi kerak.
2. Ekspert tashkiloti muassislari, benefitsiarlari tarkibida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining mansabdor shaxslari va (yoki) ularning affillangan shaxslari boʻlmasligi kerak.
3. Ekspert tashkiloti oʻz faoliyatini samarali yuritishini taʼminlovchi tashkiliy tuzilmaga va boshqaruv tizimiga ega boʻlishi kerak.
4. Ekspert tashkiloti tashkiliy tuzilmasi, oʻzining boʻlinmalari, ularning funksiyalari va ular orasidagi oʻzaro aloqalarni oʻz Nizomida aks ettirishi kerak. Ekspert tashkiloti faoliyati joriy holatini aks ettiruvchi oʻzgartirishlar oʻz vaqtida Nizomga kiritilishi kerak.
5. Ekspert tashkilotiga va uning xodimlariga faoliyati natijalariga taʼsir koʻrsatadigan tijorat, moliyaviy, maʼmuriy yoki boshqa turdagi bosim va taʼsir oʻtkazilmasligi zarur.
6. Ekspert tashkiloti rahbari:
sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert boʻlishi;
sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert sifatida kamida besh yil davomida ishlagan boʻlishi;
ayni shu tashkilotda asosiy ish joyi boʻyicha ishlashi kerak.
7. Ekspert tashkiloti shtatida akkreditatsiya sohasida koʻrsatilgan ishlarning bajarilishini taʼminlash uchun ayni shu tashkilotda asosiy ish joyi boʻyicha ishlaydigan tegishli attestatsiya sohasiga ega sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlar boʻlishi lozim.
Tashkilotda asosiy ish joyi boʻyicha ishlaydigan sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlar soni besh nafardan kam boʻlmasligi kerak.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
8. Xodimlar bilan tuzilgan yangi mehnat shartnomalari, shartnomalarga kiritilgan oʻzgartirishlar va ularni bekor qilish holatlari, shuningdek, amaldagi mehnat shartnomalari toʻgʻrisidagi axborot “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida majburiy roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.02 Xizmat va tijorat siri]
9. Ekspert tashkiloti xodimlari davlat siriga tegishli deb topilgan maʼlumotlarni, himoya qilinishi zarurligi qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa axborotni, amaliy faoliyati davomida ishonilgan tijorat sirlarini oshkor qilmasliklari kerak.
10. Ekspert tashkilotining har bir xodimi ish jarayonida olinadigan maʼlumotlar va natijalarning maxfiyligini taʼminlashi haqida ogohlantirilishi hamda tegishlicha rasmiylashtirilgan boʻlishi zarur.
11. Ekspert tashkilotida rejalashtirilgan ishlarning va yuklangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi boʻyicha javobgarlik ekspert tashkiloti rahbari zimmasiga yuklanadi.
Ekspert tashkiloti rahbarining majburiyatlari quyidagilardan iborat:
ekspert tashkiloti faoliyatining mazkur Akkreditatsiya mezonlariga doimiy muvofiqligini taʼminlash;
ekspert tashkilotlari sifatida akkreditatsiyadan oʻtish uchun akkreditatsiya attestatini olish yoki qayta rasmiylashtirish uchun taqdim etiladigan maʼlumotlarning ishonchliligini taʼminlash;
ekspert tashkilotida ishlarning toʻgʻri tashkil qilinishi uchun zarur sharoitlarni yaratib berish va resurslar bilan taʼminlash.
12. Ekspert tashkiloti rahbari va masʼul xodimlari oʻz ish joyida yoʻqligida, ularning vazifalarini bajaradigan shaxslar tayinlanishi kerak.
13. Ekspert tashkiloti xodimlari oʻz lavozim yoʻriqnomasida koʻrsatilgan vazifalarni toʻliq hamda sifatli bajarish uchun zarur boʻlgan tegishli kasbiy tayyorgarlik, nazariy bilim va amaliy tajribaga ega boʻlishlari kerak.
Ekspert tashkiloti oʻz xodimlarini oʻqitishi, doimiy malakasini oshirishi va biriktirilgan vazifalarni bajarishi yuzasidan rejali ichki attestatsiyani oʻtkazishi kerak.
14. Barcha xodimlar lavozim yoʻriqnomalariga ega boʻlishi kerak. Lavozim yoʻriqnomalari ekspert tashkiloti rahbari tomonidan tasdiqlangan va xodimlarga tanishtirilgan boʻlishi kerak.
15. Ekspert tashkiloti oʻz faoliyati bilan bogʻliq barcha ishlarni bajarishi uchun zarur boʻlgan sharoitlar, jihozlar, asboblar va materiallarga ega boʻlishi lozim.
16. Texnik qurilmalar, bino va inshootlarni ekspertizadan oʻtkazadigan ekspert tashkilotlari oʻz tuzilmasida akkreditatsiyadan oʻtgan va tegishli ruxsatnomaga ega boʻlgan, putur yetkazmasdan tekshirish laboratoriyasiga ega boʻlishi kerak.
Mazkur band talabini bajara olmagan ekspert tashkiloti zarur texnik tekshiruvlarni oʻtkazish uchun akkreditatsiyadan oʻtgan va tegishli ruxsatnomaga ega boʻlgan, putur yetkazmasdan tekshirish laboratoriyalari bilan shartnomalar rasmiylashtirishi kerak.
17. Ekspert tashkiloti faoliyatida kompyuterlar yoki boshqa avtomatlashtirilgan jihozlardan foydalanilganda, dasturiy vositalar foydalanish uchun yaroqliligini tekshirib turishi, maʼlumotlarning toʻliqligini va xavfsizligi taʼminlanishi kerak.
18. Ekspert tashkiloti tasarrufida oʻz faoliyati bilan bogʻliq, akkreditatsiya sohalariga muvofiq qonunchilik va normativ texnik hujjatlar, ularning roʻyxati mavjud boʻlishi, shuningdek, bu hujjatlarning amaldagi tahriridan foydalanilishini taʼminlashi kerak.
19. Ekspert tashkiloti bajarilayotgan ishlar xususiyatiga mos keladigan, davlat standartlariga muvofiq sifatni boshqarish tizimini joriy etishi va uning samarali ishlashini taʼminlashi lozim.
20. Sifatni boshqarish tizimi belgilangan tartibda sertifikatlangan boʻlishi kerak.
21. Ekspert tashkiloti oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari, normativ texnik hujjatlari talablariga majburiy rioya etishlari kerak.
22. Ekspert tashkiloti xodimlari xolis ish olib borishlari hamda oʻz ish natijalarida obyektning haqiqiy holatini aks ettirishlari kerak.
23. Ekspert tashkiloti va xodimlari ekspertiza obyektlariga aloqador boʻlmasligi kerak.
24. Ekspert tashkilotining xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiya qilish, ekspertizani oʻtkazish boʻyicha bajarilgan ish natijalari ekspertiza xulosasida aks ettirilishi lozim. Ekspert tashkilotining sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab chiqish boʻyicha bajarilgan ish natijalari sanoat xavfsizligi deklaratsiyasida aks ettirilishi lozim.
Ekspertiza xulosasi va sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi sanoat xavfsizligi sohasidagi qonunchilik hujjatlari, normativ texnik hujjatlari talablari asosida rasmiylashtirilishi lozim.
25. Ekspert tashkiloti rasmiylashtirilgan ekspertiza xulosalari, ishlab chiqilgan sanoat xavfsizligi deklaratsiyalari reyestri (roʻyxati)ni yuritishi lozim. Bu roʻyxat har oyda bir marotaba (keyingi oyning 5-sanasiga qadar) hisob yuritish uchun vakolatli organga taqdim etilishi zarur.
26. Ekspert tashkiloti akkreditatsiya mezonlariga muvofiqligini tavsiflovchi deklaratsiyaga ega boʻlishi hamda akkreditatsiya mezonlariga doimiy muvofiqligini taʼminlash maqsadida oʻzining faoliyati jarayonida yuzaga keladigan oʻzgarishlarni oʻz vaqtida mazkur deklaratsiyaga kiritishi lozim.
27. Ishlarni bajarish jarayonida olingan kuzatuvlar va (yoki) maʼlumotlar oʻz vaqtida yozib borilishi lozim.
Ekspert tashkiloti oʻz ish natijalarini asoslab berishi uchun faoliyatidagi zarur hujjatlar va maʼlumotlar hisobini yuritishi hamda ularni saqlashi kerak. Hujjatlarni va maʼlumotlarni elektron koʻrinishida ham saqlash mumkin.
28. Ekspert tashkiloti shartnomalarni nazorat qilish tizimiga ega boʻlishi kerak. Bu tizim quyidagilarni taʼminlashi kerak:
buyurtmachi talablariga muvofiq bajariladigan ishlar ekspert tashkiloti akkreditatsiya sohasiga mos kelishi va bu ishlarni bajarish uchun ekspert tashkilotida tegishli attestatsiya sohasiga ega ekspertlar va zarur resurslar mavjudligini tekshirish;
bajariladigan ishlarni muntazam tekshiruvlar va kamchiliklarni bartaraf etish harakatlari bilan nazorat qilish;
bajariladigan ishlar oʻrnatilgan talablarga muvofiqligiga ishonch hosil qilish maqsadida bajarilgan ish natijalarini tekshirilishi.
29. Vakolatli organ akkreditatsiyadan oʻtkazilgan ekspert tashkilotlari reyestrini yuritishini va belgilangan talablar bajarilishini nazorat qilish maqsadida ekspert tashkiloti quyidagi oʻzgartirishlar toʻgʻrisida besh kun ichida xabar berishi shart:
yuridik shaxsga tegishli maʼlumotlar;
ekspert tashkiloti nomi, yuridik va pochta manzillari;
ekspert tashkiloti rahbari va ekspertlar;
ekspert tashkiloti faoliyatiga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan binolar, jihozlar, asboblar, materiallar, ish tartiblari.
Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 5-ILOVA
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI
SANOAT, RADIATSIYA VA YADRO XAVFSIZLIGI QOʻMITASI
SANOAT XAVFSIZLIGI EKSPERTIZASI TIZIMI
______________________________________________________ ni joyiga chiqqan holda baholash boʻyicha
Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 6-ILOVA
Elektron hujjatning identifikatsiya raqami
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI
SANOAT, RADIATSIYA VA YADRO XAVFSIZLIGI QOʻMITASI
SANOAT XAVFSIZLIGI EKSPERTIZASI TIZIMI
20___ yil “___” _________da akkreditatsiyadan
oʻtkazilgan ekspert tashkilotlari reyestrida
ET-______-son bilan roʻyxatga olingan.
Amal qilish muddati
20 ___ yil “___” ________________ gacha
AKKREDITATSIYA ATTESTATI
Ushbu akkreditatsiya attestati _________________________________________________________
Ish turlari, sanoat tarmogʻi, ekspertiza obyektlari
1
2
QR-kod
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 25-iyundagi 325-son qaroriga 2-ILOVA
Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini davlat reyestrida hisobga olish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
1. Ushbu Reglament xavfli ishlab chiqarish obyektlarini davlat reyestrida hisobga olish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish, shuningdek, xavfli ishlab chiqarish obyektlari davlat reyestrini yuritish tartibini belgilaydi.
2. Xavfli ishlab chiqarish obyektlari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) tomonidan “Yagona integratsiyalashgan ekotizim” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi) orqali davlat reyestrida hisobga olinadi.
3. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining davlat reyestri sanoat xavfsizligi sohasini raqamlashtirish, xavfli ishlab chiqarish obyekti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini yaratish, sanoat xavfsizligi sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishini monitoring qilish, shuningdek, hisobga olingan xavfli ishlab chiqarish obyektlari va ushbu obyektlardan foydalanuvchi tashkilotlar toʻgʻrisida tizimli axborotni toʻplash, tahlil qilish va saqlash maqsadida yuritiladi.
4. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
ariza beruvchi — xavfli ishlab chiqarish obyektini davlat reyestrida hisobga olish (davlat reyestrida hisobdan chiqarish) uchun vakolatli organga murojaat etuvchi yuridik shaxs;
xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash boʻyicha sanoat xavfsizligi ekspertizasi xulosasi (keyingi oʻrinlarda — ekspertiza xulosasi) — xavfli ishlab chiqarish obyektlarining identifikatsiyalash natijalarini oʻz ichiga olgan ekspert tashkilotlari tomonidan rasmiylashtiriladigan hujjat;
xavfli ishlab chiqarish obyekti (keyingi oʻrinlarda — XICHO) — Oʻzbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuni 4-moddasida belgilangan korxonalar yoki ularning sexlari, uchastkalari, maydonchalari, shuningdek, boshqa ishlab chiqarish obyektlari;
Xavfli ishlab chiqarish obyektlari davlat reyestri (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) — XICHO va ulardan foydalanuvchi tashkilotlar toʻgʻrisida elektron shakldagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oluvchi yagona axborot maʼlumotlar bazasi;
XICHOdan foydalanuvchi tashkilot — tashkiliy-huquqiy mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar, xususiy mulk yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida unga tegishli boʻlgan XICHOdan foydalanuvchi tashkilot;
ekspert tashkiloti — belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtkazilgan, sanoat xavfsizligi ekspertizasini oʻtkazadigan tashkilot.
5. Foydalanilishi boshlangan hamda Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-dekabrdagi 271-son qarori bilan tasdiqlangan Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda identifikatsiyalashdan oʻtgan XICHO Reyestrda majburiy hisobga olinadi.
Ijaraga olingan XICHO ushbu obyektlardan foydalanuvchi tashkilot — ijaraga oluvchi tarkibida hisobga olinadi.
6. XICHOdan foydalanuvchi tashkilot ekspertiza xulosasi rasmiylashtirilgan sanadan boshlab oʻn besh kun muddat ichida ushbu Reglamentda belgilangan tartibda XICHOni davlat reyestrida hisobga olish uchun murojaat qilishi kerak.
2-bob. XICHOni Reyestrda hisobga olish tartibi
7. XICHO Reyestrda ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxema asosida hisobga olinadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
8. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun davlat xizmatlari markaziga bevosita oʻzi kelib yoki davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoki axborot tizimida roʻyxatdan oʻtgan holda murojaat qiladi.
YIDXP va axborot tizimi oʻrtasida axborot almashinuvi elektron hukumatning idoralararo maʼlumotlarni uzatish tarmogʻi orqali real vaqt rejimida amalga oshiriladi.
9. Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP yoki axborot tizimi orqali murojaat etganda esa ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq XICHOni Reyestrda hisobga olish uchun arizani elektron shaklda toʻldiradi.
Arizaga ariza beruvchi tomonidan foydalaniladigan XICHO boʻyicha ekspertiza xulosasi (PDF formatida) va har bir xavfli ishlab chiqarish obyektining umumiy koʻrinishidagi ikkitadan foto suratlari (PNG yoki JPEG formatida) ilova qilinadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.28.00 Dam olish va bayram kunlari]
Arizalar YIDXP yoki axborot tizimi orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼi nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Bunda arizalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlarida tushganda, kalendar boʻyicha navbatdagi ish kuni arizalarning vakolatli organga tushgan va vakolatli organ tomonidan qabul qilingan kun deb hisoblanadi.
10. Davlat xizmati koʻrsatilgani uchun har bir XICHO uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim (keyingi oʻrinlarda — yigʻim) undiriladi.
Davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YIDXP yoki axborot tizimi orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Davlat xizmatini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlangani axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
11. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markaziga murojaat etilganda:
18 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
0,5 foizi — “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga (Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);
qolgan mablagʻlar vakolatli organning budjetdan tashqari maxsus jamgʻarmasiga;
b) YIDXP yoki axborot tizimi orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
11,75 foizi — “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi shaxsiy hisobvaragʻiga (shu jumladan, 0,5 foizi yigʻim toʻlangani Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);
qolgan mablagʻlar vakolatli organning budjetdan tashqari maxsus jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
12. Ariza shakli toʻldirilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va tasdiqlaydi.
Arizada koʻrsatilgan maʼlumotlar va unga ilova qilingan hujjatlarning ishonchliligi va haqqoniyligi uchun ariza beruvchi javobgar hisoblanadi.
13. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, Davlat xizmatlari markazi ariza toʻldirilgan vaqtdan boshlab real vaqt rejimida uni vakolatli organga elektron shaklda yuboradi.
YIDXP yoki axborot tizimi orqali murojaat etilganda esa, ariza avtomatik tarzda vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.01 Davlat siri]
14. XICHO haqidagi maʼlumotlar davlat sirlariga yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirga tegishli boʻlganda, hujjatlar ariza beruvchi tomonidan vakolatli organga bevosita taqdim etiladi.
15. Vakolatli organ ariza tushgan kundan boshlab oʻttiz kun ichida XICHOni Reyestrda hisobga olish haqidagi arizani koʻrib chiqadi.
Arizani koʻrib chiqish jarayonida vakolatli organning XICHO joylashgan tegishli hududiy boʻlinmasi vakillari ishtirok etadi va boʻlinma tomondan axborot tizimida maʼlumotnoma rasmiylashtiriladi.
16. Quyidagi hollarda vakolatli organning hududiy boʻlinmasi XICHOning taqdim etilgan hujjatlarga muvofiqligiga aniqlik kiritish maqsadida XICHOni joyiga chiqqan holda oʻrganadi:
reyestrga hisobga olinadigan XICHO birinchi tipga mansub boʻlganda;
XICHOni identifikatsiyalash jarayonida qonunchilikka rioya etilmaganda;
hisobga olinadigan XICHO reyestrda mavjud boʻlganda;
hisobga olinadigan XICHOda bir yil mobaynida avariya yoki baxtsiz hodisa sodir boʻlgani haqida maʼlumot vakolatli organda mavjud boʻlganda.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
XICHO joyiga chiqqan holda oʻrganilganda, vakolatli organ va XICHOdan foydalanuvchi tashkilot vakillari tomonidan imzolanadigan dalolatnoma rasmiylashtiriladi va u vakolatli organ tomonidan axborot tizimiga yuklanadi.
17. Arizani koʻrib chiqish natijasi ijobiy boʻlganda vakolatli organ:
real vaqt rejimida XICHO toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Reyestrga kiritadi;
ariza beruvchiga ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq rasmiylashtiriladigan QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan maʼlumotnomani, Davlat xizmatlari markazi (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki shaxsiy kabineti (YIDXP yoki axborot tizimi orqali murojaat etilganda) orqali yuboradi.
18. Davlat xizmatlari markazlari maʼlumotnoma olingandan soʻng real vaqt rejimida uni ariza beruvchining elektron pochta manziliga yuboradi va bu haqida ariza beruvchini elektron tarzda xabardor qiladi.
Agar ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, ariza beruvchining soʻroviga koʻra unga davlat xizmatining natijasi elektron yoki qogʻoz shaklida berilishi shart.
19. Quyidagilar XICHOni Reyestrda hisobga olishni rad etish uchun asos boʻladi:
arizada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilishi;
arizaga ilova qilinishi kerak boʻlgan hujjatlar taqdim etilmaganda;
davlat xizmatlari koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik;
XICHOni identifikatsiyalash jarayonida qonunchilikka rioya etilmagani, jumladan, ekspertiza xulosasida notoʻgʻri, yolgʻon yoki qalbaki maʼlumotlar koʻrsatilgani aniqlanganda;
ekspertiza xulosasida XICHOdan foydalanuvchi tashkilot sifatida koʻrsatilgan yuridik shaxs va ariza beruvchi mos kelmaganda;
ekspertiza xulosasida va arizada koʻrsatilgan XICHO toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mos kelmaganda;
ushbu Reglamentning 16-bandida belgilangan hollarda vakolatli organga ariza beruvchi tomonidan XICHOni oʻrganish uchun imkoniyat yaratilmagani;
ariza uni beruvchining nomidan harakat qilish vakolatiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan taqdim etilganda.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
Davlat xizmatlarini koʻrsatishni boshqa asoslarga koʻra rad etish taqiqlanadi.
20. Ushbu Reglamentning 19-bandida belgilangan hollarda, vakolatli organ kamchiliklarni va ularni bartaraf etish mumkin boʻlgan muddatni koʻrsatgan holda YIDXP yoki axborot tizimi orqali ariza beruvchiga xabarnoma yuboradi.
Xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻladigan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak, ushbu muddat Reglamentning 19-bandi beshinchi xatboshisida koʻrsatilgan holatda oltmish ish kunidan, qolgan holatlarda esa oʻn ish kunidan oshmasligi kerak.
Ariza beruvchiga xabarnoma yuborilganda, arizani koʻrib chiqish muddati toʻxtatib turiladi.
21. Ariza beruvchi xabarnomada belgilangan muddatda zarur hujjatlarni taqdim etishi va (yoki) koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etishi lozim.
22. Ariza takroran koʻrib chiqilgani uchun ushbu Reglamentning 10-bandida belgilangan yigʻim undirilmaydi.
Xabarnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar bilan soʻrovnomani qabul qilishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ariza beruvchi kamchiliklarni bartaraf etish xabarnomasida koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin murojaat qilgan taqdirda, ariza yangi topshirilgan hisoblanadi va vakolatli organ tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
Bunda ariza beruvchining dastlabki murojaatiga kamchiliklarni bartaraf etish xabarnomasi yuborilganligini inobatga olgan holda, keyingi murojaatiga kamchiliklarni bartaraf etish xabarnomasi yuborilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
3-bob. Reyestr yuritish tartibi
23. Reyestr vakolatli organ tomonidan yuritiladi va quyidagi jarayonlarni oʻz ichiga oladi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang)]
sanoat xavfsizligi sohasini raqamlashtirish, reyestr yuritiladigan axborot tizimini respublikadagi mavjud tegishli axborot tizimlari bilan integratsiya qilish;
har bir XICHOga hisobga olish raqamini berish;
XICHOlari va ulardan foydalanuvchi tashkilotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni axborot tizimiga kiritish (toʻplash), ularni yangilab turish va saqlash;
reyestrga (axborot tizimiga) kiritilgan maʼlumotlarni tahlil qilish, uning natijalari asosida XICHOdan foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan XICHOlarida sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishini monitoring qilish;
respublikada foydalanilayotgan XICHOlarda sanoat xavfsizligini taʼminlash maqsadida oʻz vakolati doirasida sanoat xavfsizligi sohasida davlat siyosatini amalga oshirish.
24. XICHOdan foydalanuvchi tashkilot qayta tashkil etilganda yoki nomi oʻzgarganda, XICHOdan foydalanuvchi tashkilot ushbu Reglamentda belgilangan tartibda XICHOni davlat reyestrida hisobga olish uchun murojaat qilishi kerak.
Bunday hollarda ushbu Reglamentning 10-bandida belgilangan yigʻim undirilmaydi.
25. Reyestrda hisobga olingan XICHO toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va (yoki) XICHOdan foydalanuvchi tashkilot tomonidan foydalaniladigan XICHOlar soni oʻzgarganda, XICHOdan foydalanuvchi tashkilot ushbu Reglamentda belgilangan tartibda XICHOni davlat reyestrida hisobga olish uchun murojaat qilishi kerak.
26. Korxona tomonidan foydalaniladigan XICHO bitta boʻlib, Reyestrda hisobga olingan ushbu XICHOda qayta qurish yoki qayta jihozlash natijasida xavflilik belgilari yoʻqolganda yoki tashkilotni XICHOni tasarruf etishi (egalik qilishi) tugatilganda, XICHOdan foydalanuvchi tashkilot vakolatli organga XICHOni Reyestrdan chiqarish haqida murojaat qiladi.
Vakolatli organ oʻn ish kuni mobaynida koʻrsatilgan dalillarga aniqlik kiritish maqsadida obyektni joyiga chiqqan holda oʻrganadi, natijasi boʻyicha tegishli dalolatnoma rasmiylashtiriladi hamda Reyestrga XICHOni hisobdan chiqarilganligi haqida tegishli maʼlumot kiritadi.
Bunday hollarda ushbu Reglamentning 10-bandida belgilangan yigʻim undirilmaydi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
27. Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimi tomonidan vakolatli organga Reyestrda hisobga olingan XICHOdan foydalanuvchi tashkilot haqida quyidagi maʼlumotlar avtomatik tarzda yuboriladi:
XICHOdan foydalanuvchi tashkilotning tugatilgani;
XICHOdan foydalanuvchi tashkilotning qayta tashkil etilgani yoki nomi oʻzgargani.
28. Ijara shartnomalarini hisobga qoʻyish tizimi tomonidan vakolatli organga Reyestrda hisobga olingan XICHOni koʻchmas mulk sifatida ijaraga berilgani haqida maʼlumotlar avtomatik tarzda yuboriladi.
29. Sugʻurta bozorining yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi tomonidan vakolatli organga Reyestrda hisobga olingan XICHOda avariya yuz bergan holda boshqa shaxslarning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof-muhitga zarar yetkazganlik uchun javobgarlik majburiy sugʻurta qilingani haqida maʼlumotlar avtomatik tarzda yuboriladi.
30. Reyestrda hisobga olingan XICHO quyidagi hollarda vakolatli organ tomonidan Reyestrdan hisobdan chiqariladi:
Reyestrda hisobga olingan XICHOda qayta qurish yoki qayta jihozlash natijasida xavflilik belgilari yoʻqolganda;
Reyestrda hisobga olingan XICHOni tashkilot tomonidan tasarruf etishi (egalik qilishi) tugatilganda;
XICHOdan foydalanuvchi tashkilot tugatilganda.
31. Quyidagi hollarda vakolatli organ Reyestrda hisobga olingan XICHOni Reyestrdan hisobdan chiqarishga haqli:
vakolatli organ tomonidan Reyestrdagi maʼlumotlarni monitoring qilish natijalari boʻyicha;
vakolatli organ hududiy boʻlinmasi tomonidan Reyestrga kiritilgan XICHO ikki yildan ortiq muddatda faoliyat yuritmayotgani haqida dalolatnoma rasmiylashtirilganda;
yuqori turuvchi davlat idorasi (tashkiloti) tomonidan Reyestrga kiritilgan XICHOdan foydalanilmayotgani (konservatsiya qilingani) va uni Reyestrdan hisobdan chiqarish haqida murojaat boʻlganda.
32. XICHO Reyestrdan hisobdan chiqarilganda vakolatli organ tomonidan bir hafta muddatda tegishli tashkilotga axborot tizimi yoki pochta aloqasi orqali yoxud elektron shaklda XICHO Reyestrdan hisobdan chiqarilgani haqida xabarnoma yuboriladi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
33. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ davlat xizmatini koʻrsatish jarayonida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
34. Reyestrdagi umumiy maʼlumotlar axborot tizimida ochiq hisoblanadi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.04.00 Davlat sirlari]
Reyestr alohida maʼlumotlar vakolatli organ tomonidan manfaatdor davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining jismoniy va yuridik shaxslariga ularning murojaatlari asosida taqdim etadi. Bunda Reyestrdan koʻchirmalar beriladi hamda davlat sirlari yoki qonun bilan himoyalangan boshqa sirlarni va maʼlumotlarni muhofaza qilish talablari hisobga olinadi.
Reyestrdan koʻchirma berish yoki uni bermaslikni asoslantirilgan holda rad etish murojaat kelib tushgan kundan boshlab oʻn ish kuni davomida amalga oshiriladi.
35. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari bajarilishi boʻyicha vakolatli organning faoliyati ustidan davlat xizmatlarini koʻrsatish davomida, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat va monitoringni amalga oshiradi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari]
36. Ariza beruvchi davlat xizmatini koʻrsatishda ishtirok etuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining qarorlari, xatti-harakatlari ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
37. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini davlat reyestrida hisobga olish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Xavfli ishlab chiqarish obyektini davlat reyestrida hisobga olish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
Davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoxud Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) axborot tizimi orqali ariza beradi.
Ekspertiza xulosasi rasmiylashtirilgan sanadan boshlab 15 ish kuni mobaynida
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP yoki vakolatli organ axborot tizimi
1. Arizani toʻldirib, vakolatli organga yuboradi.
2. Toʻldirilgan arizani avtomatik tarzda vakolatli organga yuboradi.
1. Ariza toʻldirilgandan keyin 10 daqiqa mobaynida
2. Avtomatik ravishda
3-bosqich
Vakolatli organ
1. Arizani qabul qiladi.
2. Arizaning qayd raqami va kelib tushgan sanasi koʻrsatilgan xabarnomani ariza beruvchiga yuboradi.
Yigʻim toʻlanganidan soʻngavtomatik tarzda
4-bosqich
Vakolatli organ
1. Arizani koʻrib chiqadi.
2. Ushbu Reglamentda nazarda tutilgan hollarda XICHOni joyiga chiqqan holda oʻrganadi.
3. XICHO toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni davlat reyestriga kiritadi.
Ariza kelib tushgan sanadan boshlab 30 kun mobaynida
5-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP yoki vakolatli organ axborot tizimi
QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan maʼlumotnomani ariza beruvchiga taqdim etadi.
Real vaqt rejimida
Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini davlat reyestrida hisobga olish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
Xavfli ishlab chiqarish obyektini davlat reyestrida hisobga olish uchun
ARIZA
1.
Xavfli ishlab chiqarish obyektining toʻliq nomi (identifikatsiya xulosasida koʻrsatilgan nomiga mos boʻlishi kerak)
2.
Xavfli ishlab chiqarish obyektini tasarruf etish (egalik qilish) huquqiy shakli va asosi
3.
Xavfli ishlab chiqarish obyekti joylashgan manzili (toʻliq koʻrsatiladi)
4.
Xavfli ishlab chiqarish obyekti joylashgan yer uchastkasi kadastr raqami
5.
Xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanish boshlangan vaqti (oy va yil koʻrsatiladi)
6.
Xavfli ishlab chiqarish obyektini tashkil etuvchilari (zavod, fabrika, sex, uchastka, stansiya, maydonlar va shu kabilar)
7.
Xavfli ishlab chiqarish obyektida mavjud xavflilik belgilari
8.
Xavfli ishlab chiqarish obyekti tipi
9.
XICHOdan foydalanuvchi tashkilot nomi
10.
XICHOdan foydalanuvchi tashkilotning STIRi
11.
Foydalanuvchi tashkilotning yuridik va pochta manzillari, rekvizitlari
12.
Yuqori turuvchi tashkilotining nomi
Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini davlat reyestrida hisobga olish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3-ILOVA
Elektron hujjatning identifikatsiya raqami
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI
XICHOni tasarruf etish (egalik qilish) huquqiy shakli
XICHOning nomi
XICHOning joylashgan manzili
XICHO joylashgan yer uchastkasi kadastr raqami
XICHOning tipi
XICHOning roʻyxatga olish sanasi
XICHOning roʻyxatga olish raqami
XICHOni tashkil etuvchi sex, uchastkalar va obyektlarning nomlari
Xavflilik belgilari
Xavfli moddalarning nomi va miqdori
QR-kod
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 25-iyundagi 325-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida” 2008-yil 10-dekabrdagi 271-son qarorida:
“18. Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanayotgan tashkilot, obyektdan foydalanishni boshlagan kundan boshlab oʻttiz kundan kechiktirmasdan identifikatsiyalash uchun belgilangan tartibda ekspert tashkilotiga murojaat qilishi kerak.
Sanoat xavfsizligi ekspertizasi doirasida identifikatsiyalash natijalari sanoat xavfsizligi ekspertizasi xulosasida keltiriladi, unga xavfli ishlab chiqarish obyektining identifikatsiya varaqasi ilova qilinadi”;
“sanoat xavfsizligi ekspertizasi xulosasi (keyingi oʻrinlarda — ekspertiza xulosasi) — ekspertiza obyektining sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi (nomuvofiqligi) toʻgʻrisida asosli xulosalarni yoki xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash natijalarini oʻz ichiga olgan, ekspert tashkilotlari tomonidan rasmiylashtiriladigan hujjat”;
“sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni attestatsiyadan oʻtkazish va ekspertiza tizimini normativ hujjatlar bilan taʼminlash komissiyalari tarkiblarini tasdiqlash”;
“sanoat xavfsizligi ekspertizasi xulosasi (keyingi oʻrinlarda — ekspertiza xulosasi) — sanoat xavfsizligi deklaratsiyasining belgilangan talablarga muvofiqligi (nomuvofiqligi) toʻgʻrisida asosli xulosalarni oʻz ichiga olgan, ekspert tashkilotlari tomonidan rasmiylashtiriladigan hujjat”;
quyidagi mazmundagi 101-band bilan toʻldirilsin:
“101. Loyiha hujjatlari tarkibida ishlab chiqilgan sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi xavfli ishlab chiqarish obyekti foydalanilishi boshlangan vaqtdan boshlab olti oydan kechiktirmasdan faoliyat koʻrsatayotgan obyekt uchun yangidan ishlab chiqilishi zarur”;
12-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Xavfsizligi deklaratsiyalanishi kerak boʻlgan xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilot, uning foydalanilishi boshlangan vaqtdan boshlab olti oydan kechiktirmasdan sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi ishlab chiqilishini taʼminlashi va uni sanoat xavfsizligi ekspertizasidan oʻtkazishi uchun belgilangan tartibda ekspert tashkilotiga murojaat qilishi kerak”;
“23. Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan ekspertiza oʻtkazilgandan keyin qonunchilikda belgilangan tartibda davlat yoki xizmat sirlari boʻlgan maʼlumotlarni muhofaza qilish talablariga rioya qilgan holda, mazkur Nizomning 24-bandida koʻrsatilgan hajmda davlat organlariga, jamoat birlashmalari va fuqarolarga taqdim etiladi”;
“24. Xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilot rahbari:
a) ekspertiza xulosasini rasmiylashtirilgan kundan boshlab bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasiga (togʻ-kon tarmogʻi, geologiya hamda konchilik, shu jumladan, qattiq foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash, portlatish ishlari, portlovchi materiallarning aylanmasi sohasidagi obyektlar boʻyicha) hamda deklaratsiya qilinayotgan xavfli ishlab chiqarish obyekti joylashgan hududdagi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organiga elektron shaklda taqdim etadi”;
“27. Faoliyat koʻrsatayotgan xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini titul varaqda koʻrsatiladigan roʻyxatdan oʻtkazish tartib raqamini olish va deklaratsiyalarning umumiy hisobini yuritish uchun xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilot ekspertiza xulosasi rasmiylashtirilgan sanadan boshlab oʻn besh kun muddatda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasiga “Yagona integratsiyalashgan ekotizim” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi) orqali murojaat qiladi.
Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasining roʻyxatdan oʻtkazish tartib raqami xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilotga besh ish kuni muddatda axborot tizimi orqali maʼlum qilinadi”;
“v) belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi tomonidan beriladigan roʻyxatdan oʻtkazish tartib raqami (faqat faoliyat koʻrsatayotgan obyektlar uchun koʻrsatiladi)”;
“d) deklaratsiyalanayotgan obyektning xavfli ishlab chiqarish obyektlarini davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish tartib raqami (faqat faoliyat koʻrsatayotgan obyektlar uchun koʻrsatiladi)”;
“b) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi tomonidan beriladigan roʻyxatdan oʻtkazish tartib raqami (u deklaratsiyaga berilgan roʻyxatdan oʻtkazish tartib raqamiga muvofiq boʻlishi kerak) — faqat faoliyat koʻrsatayotgan obyektlar uchun koʻrsatiladi”;
“g) deklaratsiyalanayotgan obyektning Xavfli ishlab chiqarish obyektlari davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish tartib raqami (faqat faoliyat koʻrsatayotgan obyektlar uchun koʻrsatiladi)”;
2-band quyidagi mazmundagi oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash boʻyicha sanoat xavfsizligi ekspertizasi xulosasi (keyingi oʻrinlarda — ekspertiza xulosasi) — xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash natijalarini oʻz ichiga olgan ekspert tashkilotlari tomonidan rasmiylashtiriladigan hujjat;
davlat reyestrida hisobga olingani haqida maʼlumotnoma — foydalanilayotgan xavfli ishlab chiqarish obyektining davlat reyestrida hisobga olinganligini tasdiqlovchi hujjat”;
“Sugʻurta toʻgʻrisidagi arizaga sugʻurta qildiruvchi, foydalaniladigan xavfli ishlab chiqarish obyektining ekspertizasi xulosasini va foydalaniladigan xavfli ishlab chiqarish obyekti davlat reyestrida hisobga olingani haqidagi maʼlumotnomani ilova qiladi”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 784-son qarori bilan tasdiqlangan Sanoat xavfsizligini ekspertizadan oʻtkazish va ekspertiza xulosasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
“sanoat xavfsizligi ekspertizasi xulosasi (keyingi oʻrinlarda — ekspertiza xulosasi) — ekspertiza obyektining sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi (nomuvofiqligi) toʻgʻrisida asosli xulosalarni yoki xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash natijalarini oʻz ichiga olgan, ekspert tashkilotlari tomonidan rasmiylashtiriladigan hujjat”;
b) quyidagi mazmundagi 31-band bilan toʻldirilsin:
“31. Xavfli ishlab chiqarish obyektini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatishga doir loyiha hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazishda texnologik loyiha yechimlariga asosiy eʼtibor qaratiladi hamda ularning sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi baholanadi”;
“24. Ekspert guruhi ekspertiza obyektining haqiqiy holati va unga qoʻyiladigan sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligini baholaydi, ekspertiza obyektiga taalluqli hujjatlarning toʻliqligi va ishonchliligini aniqlaydi.
Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi texnik qurilmalar, binolar va inshootlarni ekspertizadan oʻtkazishda ekspertlar joyiga chiqqan holda baholaydi.
Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini ekspertiza doirasida identifikatsiyalashda obyektni joyiga chiqqan holda obyektning taqdim etilgan hujjatlarga muvofiqligini baholaydi, buyurtmachi foydalanayotgan xavfli ishlab chiqarish obyektlarining xavflilik belgilari va tiplarini aniqlaydi.
Ekspert tashkilotida joyiga chiqqan holda baholash oʻtkazilganini tasdiqlovchi hujjatlar va maʼlumotlar (xizmat safari guvohnomasi, fotosuratlar, videolar va boshqalar) boʻlishi kerak”;
d) 25-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Tekshirish hamda texnik diagnostikadan oʻtkazish ishlari ekspert tashkiloti tomonidan ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan dasturga muvofiq oʻtkaziladi”;
“27. Ekspert tashkiloti xavfli ishlab chiqarish obyektidagi texnik qurilmalar, binolar va inshootlarni tekshirish va texnik diagnostikadan oʻtkazish ishlarini amalga oshirish uchun zarur asbob-uskunalari hamda ruxsat beruvchi xususiyatga ega hujjatlari mavjud boshqa tashkilotlarni ham jalb qilishga haqli.
Tekshirish va texnik diagnostikadan oʻtkazishda putur yetkazmaydigan nazorat ishlari belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtkazilgan, putur yetkazmaydigan nazorat laboratoriyalari tomonidan ekspert tashkiloti belgilaydigan dasturga muvofiq amalga oshiriladi.
Tekshirish va texnik diagnostika natijalarida tegishli nazorat tadbirlari, shuningdek, putur yetkazmaydigan nazorat ishlari oʻtkazilganini tasdiqlovchi fotosuratlar boʻlishi kerak.
Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi texnik qurilmalar, binolar va inshootlarni tekshirish hamda texnik diagnostikadan oʻtkazish ishlarining sifati hamda ishonchliligi uchun ushbu ishlarni amalga oshirgan tashkilot javob beradi”;
z) 32-band quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“tekshirish va texnik diagnostika natijalarida tegishli nazorat tadbirlari, shuningdek, putur yetkazmaydigan nazorat ishlari oʻtkazilganini tasdiqlovchi fotosuratlar boʻlmasa”;
i) 39-band “haqidagi xulosalarni” soʻzlaridan keyin “yoxud xavfli ishlab chiqarish obyektlarining identifikatsiyalash natijalarini” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“41. Ekspertiza obyektlari boʻyicha ekspertiza xulosasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
sanoat xavfsizligini ekspertizadan oʻtkazishda aniqlangan nomuvofiqlik va kamchiliklar protokoli va protokolda qayd etilgan nomuvofiqlik hamda kamchiliklarni bartaraf etishga doir oʻtkazilgan tadbirlar haqida maʼlumotlar (agar ular rasmiylashtirilsa);
ekspertizani oʻtkazishda foydalanilgan qonunchilik hujjatlari va normativ texnik hujjatlar roʻyxati”;
l) quyidagi mazmundagi 411 — 413-bandlar bilan toʻldirilsin:
“411. Texnik qurilma, bino va inshootlar boʻyicha ekspertiza xulosasiga, ushbu Nizomning 41-bandida koʻrsatilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda oʻtkazilgan tekshiruvlar va texnik diagnostika natijalari hamda joyiga chiqqan holda baholashni oʻtkazgan ekspert koʻringan holatdagi ekspertiza obyektining umumiy koʻrinishidagi fotosuratlari (2-3 dona) ilova qilinadi.
412. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash boʻyicha sanoat xavfsizligi ekspertizasi xulosasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
identifikatsiyalanadigan har bir obyekt uchun Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-dekabrdagi 271-son qarori bilan tasdiqlangan Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq rasmiylashtirilgan xavfli ishlab chiqarish obyektlarining identifikatsiya varagʻi;
joyiga borib baholashni oʻtkazgan ekspert koʻringan holatdagi har bir xavfli ishlab chiqarish obyektining umumiy koʻrinishidagi fotosuratlari (2-3 dona);
ushbu Nizomga 9-ilovaga* muvofiq shaklda xavfli ishlab chiqarish obyektlarining umumlashtirilgan varagʻi.
413. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash boʻyicha sanoat xavfsizligi ekspertizasi xulosasini rasmiylashtirishda Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-dekabrdagi 271-son qarori bilan tasdiqlangan Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablari qoʻshimcha ravishda hisobga olinadi”;
“4-bob. Ekspertiza xulosasini hisobga olish va buyurtmachiga berish.
42. Ekspert tashkiloti rasmiylashtirilgan ekspertiza xulosasini vakolatli organga ikki kun muddat ichida hisobga olishi uchun elektron shaklda yuboradi.
Ekspertiza xulosasi vakolatli organning “Yagona integratsiyalashgan ekotizim” axborot tizimida avtomatik hisobga olinadi.
43. Ekspertiza xulosasining asl nusxasi buyurtmachiga ekspertizani oʻtkazish uchun shartnoma shartlari bajarilgandan keyin beriladi.
44. Ekspertiza xulosasining nusxasi ekspertizani oʻtkazgan ekspert tashkilotida saqlanadi”.
3. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-son qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy va yuridik shaxslarga maʼlumotnomalar berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning yagona maʼmuriy reglamentida:
b) quyidagi mazmundagi 54-ilova bilan toʻldirilsin:
“Jismoniy va yuridik shaxslarga maʼlumotnomalar berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning yagona maʼmuriy reglamentiga 54-ILOVA
Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi hisobga olingani haqida maʼlumotnoma berish
PASPORTI
1.
Davlat
xizmati nomi
Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi hisobga
olingani haqida maʼlumotnoma
2.
Davlat
xizmatidan foydalanuvchilar toifasi
Yuridik shaxslar
3.
Davlat
xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organ(lar)
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat,
radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi
4.
Davlat
xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan maʼlumotlar
xavfli ishlab chiqarish obyektining toʻliq
nomi;
xavfli ishlab chiqarish obyekti joylashgan
manzil (toʻliq koʻrsatiladi);
sanoat xavfsizligi deklaratsiya ishlab
chiqilgan xavfli ishlab chiqarish obyektining davlat reyestridagi hisobga olish
raqami;
foydalanuvchi tashkilotning toʻliq nomi;
xavfli ishlab chiqarish obyektidan
foydalanuvchi tashkilotning STIRi;
foydalanuvchi tashkilotning yuridik va
pochta manzillari, telefon raqami
5.
Davlat
xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori
Bepul
6.
Davlat
xizmatini koʻrsatish muddati
3 ish kuni
7.
Izoh
-
”.
4. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-noyabrdagi 635-son qarori bilan tasdiqlangan Ayrim turdagi malaka sertifikatini berish uchun davlat xizmatlarini koʻrsatishning yagona maʼmuriy reglamentiga 4-ilovaning 9-pozitsiyasi uchinchi ustunida:
a) oʻn uchinchi xatboshidagi “birinchi toifali” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) oʻn toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Test savollari xavfli ishlab chiqarish obyektini identifikatsiyalash va deklaratsiyalash, sanoat xavfsizligi ekspertizasi boʻyicha ishlarni bajarish, shuningdek, attestatsiyadan oʻtmoqchi boʻlgan attestatsiya sohasi (yoki ekspertiza obyektlari) mutaxassisligiga muvofiq tuziladigan kamida 50 ta savoldan iborat boʻladi hamda umumiy test oʻtkazish vaqtining davomiyligi 50 daqiqani tashkil etadi”;
v) quyidagi mazmundagi oʻn yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Attestatsiya bosqichlarining biridan oʻta olmagan talabgorlarga ushbu bosqichni qayta topshirish imkoniyati beriladi”.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 25-iyundagi 325-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 19-maydagi 291-son qarorining 1-bandi ikkinchi xatboshisi va 1-ilova.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi OʻRQ-682-son Qonuni)” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilova 835-bandining “a” kichik bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Aholi va tadbirkorlik subyektlarining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2021-yil 27-dekabrdagi 774-son qaroriga 1-ilovaning 70-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasidagi qonunchilik hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2025-yil 2-maydagi 289-son qaroriga 1-ilova 22-bandining “a” kichik bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2026-y., 09/26/325/0635-son)