toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“XAVFLI ISHLAB CHIQARISH OBYEKTLARINING SANOAT XAVFSIZLIGI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA OSHIRISHGA DOIR QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR HAQIDA
Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligini taʼminlash, avariya va jarohat yetkazilishi boʻyicha maʼlumotlarni tahlil qilish samaradorligini oshirish, avariyalar kelib chiqishi sabablarini belgilab beradigan qonuniyatlar va omillarni tadqiq etish, xavfli ishlab chiqarish obyektlarini hisobga olish va identifikatsiyalash, sanoat xavfsizligi ekspertizasini oʻtkazish tizimini shakllantirish va rivojlantirish, sanoat xavfsizligini deklaratsiyalash, “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq boshqa shaxslarning hayoti, sogʻligʻi va mol-mulkiga hamda atrof muhitga zarar yetkazganlik uchun xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanayotgan tashkilotlarning javobgarligini majburiy sugʻurta qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Sanoat xavfsizligi ekspertizasi tizimi toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasida putur yetkazmaydigan nazorat tizimini shakllantirish va rivojlantirish konsepsiyasi 3-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
Xavfli ishlab chiqarish obyektining sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab chiqish va davlat organlariga, jamoat birlashmalari va fuqarolarga taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq.
(1-bandning beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 8-iyundagi 111-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 185-modda)
Xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yuz bergan taqdirda boshqa shaxslarning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof muhitga zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki:
2009-yil 1-iyuldan boshlab xavfli ishlab chiqarish obyektining loyiha hujjatlari sanoat xavfsizligi ekspertizasining ijobiy xulosasi “Davarxitektqurilishnazorat” boshqarmasi organlarida qurilish obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazishda va qurilish-montaj ishlarini boshlashga ruxsat berishda majburiy hujjat hisoblanadi;
sanoat xavfsizligi ekspertizasi akkreditatsiya qilingan ekspert tashkiloti bilan xavfli ishlab chiqarish obyektdan foydalanayotgan (foydalanishni moʻljallayotgan) tashkilot oʻrtasidagi shartnoma asosida amalga oshiriladi;
sanoat xavfsizligi ekspertizasini oʻtkazish muddati sanoat xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy va normativ texnik hujjatlarga muvofiq zarur materiallar va hujjatlar turkumi olingan paytdan boshlab hamda ekspertiza oʻtkazishning boshqa barcha shartlari bajarilgach 3 oydan ortiq boʻlmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
sanoat xavfsizligi ekspertizasi tizimini joriy etish, uning faoliyat koʻrsatishi va rivojlanishini, sanoat xavfsizligi sohasida faoliyatni amalga oshiradigan mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlashni taʼminlasin;
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda ekspert tashkilotlari akkreditatsiyadan oʻtkazilganligi va ular faoliyati ustidan nazorat yoʻsinidagi tekshiruv oʻtkazilganligi uchun haq toʻlash tartibini ishlab chiqsin;
uch oy muddatda sanoat xavfsizligi ekspertizasini amalga oshirish, sanoat xavfsizligi sohasida ekspert tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish, akkreditatsiyadan oʻtkazilgan ekspert tashkilotlari faoliyati ustidan nazorat yoʻsinidagi tekshiruv oʻtkazish qoidalari, xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanayotgan tashkilotlar xodimlarini tayyorgarlikdan va attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom, shuningdek sanoat xavfsizligi ekspertizasini amalga oshirayotgan ekspert tashkilotlariga va sanoat xavfsizligi ekspertizasi xulosalarini rasmiylashtirishga qoʻyiladigan talablar belgilangan tartibda ishlab chiqilishini va tasdiqlanishini taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga qoʻshimchalar kiritilsin.
5. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda sanoat xavfsizligi masalalarini tartibga soladigan idoraviy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazsinlar va ularni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar hamda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazsinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.R.Shaismatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 10-dekabr,
271-son
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-dekabrdagi 271-son qaroriga
1-ILOVA
Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligini taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash tartibi, prinsiplari va shartlarini belgilaydi.
2. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash xavfli ishlab chiqarish obyektlarini Xavfli ishlab chiqarish obyektlari davlat reyestrida hisobga olish, shuningdek xavfli ishlab chiqarish obyektlarida avariya yuz bergan taqdirda boshqa shaxslarning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof muhitga zarar yetkazganlik uchun xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanayotgan tashkilotlarning fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish maqsadida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash sanoat xavfsizligi ekspertizasi doirasida ekspert tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-sentabrdagi 550-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2022-y., 09/22/550/0874-son)
4. Identifikatsiyalash obyektlarni Xavfli ishlab chiqarish obyektlari davlat reyestrida hisobga olish uchun asos hisoblanadi.
5. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash toʻgʻriligi uchun javobgarlik identifikatsiyalashni amalga oshiradigan tashkilotga yuklanadi.
II. Ushbu Nizomda foydalaniladigan terminlar va taʼriflar
Avariya — inshootlar va (yoki) xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qoʻllaniladigan texnika qurilmalarining buzilishi, nazorat qilib boʻlmaydigan portlash va (yoki) xavfli moddalar ajralib chiqishi.
Buyurtmachi — ekspertiza oʻtkazish uchun buyurtma bilan murojaat qilgan tashkilot.
Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash — xavfli ishlab chiqarish obyektlarini xavfli ishlab chiqarish obyektlari sifatida eʼtirof etish maqsadida xavfli ishlab chiqarish obyektlari belgilari jamini aniqlash (belgilash) va keyinchalik Xavfli ishlab chiqarish obyektlari davlat reyestrida hisobga olish, shuningdek boshqa shaxslarning hayoti, sogʻligʻi va mol-mulkiga hamda atrof muhitga zarar yetkazganlik uchun xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanayotgan tashkilotlarning fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish tartib-qoidasi.
Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining identifikatsiya varaqasi — xavfli ishlab chiqarish obyektlari, shuningdek ulardan foydalanayotgan tashkilotlarning belgilari, tipi va rekvizitlari jamini aks ettiradigan hujjat.
Xavfli ishlab chiqarish obyektlari tipi — xavfli ishlab chiqarish obyektlarida xavfli moddalar kategoriyasi mavjudligi asosida ushbu xavfli ishlab chiqarish obyektining xavfliligi darajasini belgilaydigan xavfli ishlab chiqarish obyekti tavsifi.
Obyektning xavfliligi belgilari — “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi 1—5-bandlariga muvofiq obyektda xavfli moddalar (mavjudligicha), xavf yuqori boʻlgan texnika qurilmalaridan foydalanilishiga va ishlar olib borilishiga eʼtiborni qaratish.
Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi — xavfli ishlab chiqarish obyektlarida shaxs va jamiyatning avariyalar va noxush hodisalardan va ularning oqibatlaridan hayotiy muhim manfaatlari himoyalanganligi holati.
Sanoat xavfsizligi ekspertizasi — ekspertiza obyektining unga qoʻyiladigan sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligini baholash.
Ekspert tashkiloti — belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan, sanoat xavfsizligi ekspertizasini amalga oshiradigan tashkilot.
III. Obyektlarni xavfli ishlab chiqarish obyektlari kategoriyasi va tiplariga kiritishning asosiy mezonlari
6. “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq xavfli ishlab chiqarish obyektlari jumlasiga quyidagi xavfli moddalar:
1) portlash-yongʻin xavfi boʻlgan muhitni yuzaga keltirishi mumkin boʻlgan moddalar:
tasdiqlangan standartlarga muvofiq tirik organizmga taʼsir qilish darajasiga koʻra I, II va III xavflilik darajalariga (oʻta xavfli, yuqori darajada xavfli va oʻrtacha darajada xavfli) mansub zararli moddalar;
muayyan turdagi tashqi taʼsir chogʻida issiqlik ajratgan va gazlar hosil qilgan holda oʻz-oʻzidan juda tez tarqaladigan kimyoviy oʻzgaruvchan portlovchi moddalar;
inson sogʻligʻi va atrof muhit uchun xavfli konsentratsiyali moddalar mavjud boʻlgan ishlab chiqarish chiqindilari foydalaniladigan, ishlab chiqariladigan, qayta ishlanadigan, hosil qilinadigan, saqlanadigan, tashiladigan, yoʻq qilinadigan;
Oldingi tahrirga qarang.
2) 0,05 megapaskaldan ortiq bosim ostida yoki ishlatiladigan suyuqlikning normal atmosfera bosimidagi qaynash haroratidan ortiq haroratda ishlaydigan uskunalardan foydalaniladigan;
(6-bandning 2-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2025-y., 09/25/493/0694-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 6-fevral)
3) koʻchmas asosga oʻrnatilgan yuk koʻtarish mexanizmlari, eskalatorlar, osma yoʻllar, funikulyorlardan (togʻ temir yoʻllaridan) foydalaniladigan;
4) qora va rangli metallar eritmalari hamda ushbu eritmalar asosida qotishmalar olinadigan;
5) konchilik ishlari, foydali qazilmalarni qazib olish va boyitish ishlari, shuningdek yer osti sharoitida ish olib boriladigan korxonalar yoki ularning sexlari, uchastkalari, maydonchalari, shuningdek boshqa ishlab chiqarish obyektlari kiradi.
7. Obyektni xavfli ishlab chiqarish obyektlari kategoriyasiga kiritish obyektning xavfliligi belgilarini aniqlash asosida uni identifikatsiyalash jarayonida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Obyektni ushbu Nizomning 6-bandi 2 va 3-kichik bandlarida nazarda tutilgan belgilar boʻyicha xavfli ishlab chiqarish obyektlari kategoriyasiga kiritishda xavfsizlikning tegishli qoidalariga muvofiq ham Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasida va Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasida (togʻ-kon tarmogʻi, geologiya hamda konchilik, shu jumladan, qattiq foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash, portlatish ishlari, portlovchi materiallarning aylanmasi sohalaridagi obyektlar qismida) roʻyxatdan oʻtkaziladigan, ham roʻyxatdan oʻtkazilmaydigan texnika qurilmalari va inshootlar hisobga olinadi.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
8. Xavflilik darajasi boʻyicha xavfli ishlab chiqarish obyektlari quyidagi tiplarga boʻlinadi:
birinchi tipdagi xavfli ishlab chiqarish obyektlari — ushbu Nizomga 2-ilovaning 1 va 2-jadvallarida koʻrsatilgan miqdorda, ularning cheklangan meʼyoriga teng boʻlgan yoki undan ortiq boʻlgan xavfli moddalar foydalaniladigan, ishlab chiqariladigan, qayta ishlanadigan, hosil qilinadigan, saqlanadigan, tashiladigan, yoʻq qilinadigan yuqori xavflilik darajasidagi obyektlar;
ikkinchi tipdagi xavfli ishlab chiqarish obyektlari — birinchi tipga tegishli boʻlmagan, ushbu Nizomga 2-ilovaning 1 va 2-jadvallarida koʻrsatilgan miqdorda, ularning cheklangan meʼyoridan kam boʻlgan xavfli moddalar foydalaniladigan, ishlab chiqariladigan, qayta ishlanadigan, hosil qilinadigan, saqlanadigan, tashiladigan, yoʻq qilinadigan obyektlar;
uchinchi tipdagi xavfli ishlab chiqarish obyektlari — obyektlarning birinchi va ikkinchi tiplariga tegishli boʻlmagan, ushbu Nizomning 6-bandi 2—5-kichik bandlarida koʻrsatilgan xavflilik belgilariga ega boʻlgan obyektlar.
Xavfli ishlab chiqarish obyektlari tipi xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalashda aniqlanadi.
9. Birinchi va ikkinchi tipdagi xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash quyidagi qoidalar hisobga olingan holda amalga oshiradi:
2-ilovaning 1-jadvalida koʻrsatilmagan xavfli moddalar uchun 2-ilovaning 2-jadvali moddalari qoʻllaniladi;
agar xavfli ishlab chiqarish obyektlari oʻrtasidagi masofa 500 metrdan kamni tashkil etsa, xavfli moddaning jami miqdori hisobga olinadi;
agar ayni bir kategoriyadagi xavfli moddalarning bir nechta turlari qoʻllanilsa, ularning jami boshlangʻich (cheklangan) miqdori:
sharti bilan aniqlanadi, bunda:
m(i) — qoʻllaniladigan modda miqdori;
M (i) — barcha 1 dan n gacha i uchun 2-ilovaning 1 va 2-jadvallariga muvofiq ayni bir moddaning boshlangʻich (cheklangan miqdori).
IV. Identifikatsiyalashning asosiy prinsiplari
10. Quyidagilar xavfli ishlab chiqarish obyektlarining oʻziga xos xususiyatlarini aks ettiradigan asosiy prinsiplar hisoblanadi:
zonalashtirish prinsipi;
xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash toʻliqligi va ishonchliligi prinsipi;
mustaqillik prinsipi;
kamroq xavfli tipning xavfliroq tip bilan yutilishi prinsipi.
11. Zonalashtirish prinsipi tegishli texnologik jarayonlar amalga oshirilayotgan ishlab chiqarish maydonchalari (yoki) ishlab chiqarish binolarining birlashtiruvchi mezoni sifatida ajratib koʻrsatish yoʻli bilan xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanayotgan tashkilotlar tarkibida barcha xavfli ishlab chiqarish obyektlarini aniqlashni anglatadi.
Qoidaga koʻra, xavfli ishlab chiqarish obyekti sifatida bitta ishlab chiqarish maydonchasida joylashgan korxonani ajratib koʻrsatish tavsiya qilinadi. Agar korxona bir-biridan 500 metrdan ortiq masofada joylashgan bir nechta ishlab chiqarish maydonchalarida joylashgan taqdirda, maydonchalarning har biri alohida xavfli ishlab chiqarish obyekti sifatida qaraladi.
12. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalashning toʻliqligi va ishonchliligi prinsipi xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanayotgan tashkilot tarkibida har bir xavfli ishlab chiqarish obyektining xavfi va tipining barcha belgilari aniqlanishini va sanoat xavfsizligi ekspertizasi xulosasida aks ettirilishini anglatadi.
13. Mustaqillik prinsipi xavfli ishlab chiqarish obyektining bir tipi uchun xarakterli boʻlgan xavflilikning bir necha belgilariga ega boʻlgan obyekt uchun eng kam sugʻurta summasi miqdori koʻrsatib oʻtilgan belgilar soniga bogʻliq boʻlmasligini anglatadi.
14. Kamroq xavfli tipning xavfliroq tip bilan yutilishi prinsipi agar obyekt turli tiplarga mansub boʻlgan xavflilikning bir necha belgilarga ega boʻlsa, u holda eng xavfli tipga mansubligini anglatadi.
V. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash tartibi
15. Identifikatsiya varaqasi har bir xavfli ishlab chiqarish obyekti uchun ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan shakl boʻyicha toʻldiriladi.
16. Sanoat xavfsizligi ekspertizasi doirasida xavfli ishlab chiqarish obyektini indentifikatsiyalash buyurtmachi bilan ekspert tashkiloti oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
17. Identifikatsiyalashni oʻtkazish muddatlari, qoidaga koʻra, ekspertiza obyektining murakkabligi bilan belgilanadi, biroq ekspertiza boshlangan paytdan boshlab 3 oydan ortiq boʻlmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanayotgan tashkilot, obyektdan foydalanishni boshlagan kundan boshlab oʻttiz kundan kechiktirmasdan identifikatsiyalash uchun belgilangan tartibda ekspert tashkilotiga murojaat qilishi kerak.
Sanoat xavfsizligi ekspertizasi doirasida identifikatsiyalash natijalari sanoat xavfsizligi ekspertizasi xulosasida keltiriladi, unga xavfli ishlab chiqarish obyektining identifikatsiya varaqasi ilova qilinadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 25-iyundagi 325-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2026-y., 09/26/325/0635-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Sanoat xavfsizligi ekspertizasini oʻtkazish tartibi va ekspertiza xulosasini rasmiylashtirishga qoʻyiladigan talablar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 784-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.10.2018-y., 09/18/784/1986-son)
Oldingi tahrirga qarang.
20. Sanoat xavfsizligi ekspertizasining qonunchilik buzilgan holda tayyorlangan xulosasi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi tomonidan haqiqiy emas deb eʼtirof etiladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
1-ILOVA
Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash varaqasi
Oldingi tahrirga qarang.

1. Xavfli ishlab chiqarish obyekti

1.1. Obyektning toʻliq nomi‎

1.2. Obyekt joylashgan joy (manzili)‎


‎2. Obyektning xavfliligi belgilari

2.1. “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi 1-bandida koʻrsatilgan xavfli moddalardan foydalanish, ularni ishlab chiqarish, qayta ishlash, hosil qilish, saqlash, tashish, yoʻq qilish‎

1‎

2.2 0,05 megapaskaldan ortiq bosim ostida yoki ishlatiladigan suyuqlikning normal atmosfera bosimidagi qaynash haroratidan ortiq haroratda ishlaydigan uskunalardan foydalanish‎

2‎

2.3. Koʻchmas asosga oʻrnatilgan yuk koʻtarish mexanizmlari, eskalatorlar, osma yoʻllar, funikulyorlardan (togʻ temir yoʻllaridan) foydalanish‎

3‎

2.4. Qora va rangli metallar eritmalari hamda ushbu eritmalar asosida qotishmalar olish‎

4‎

2.5. Konchilik ishlari, foydali qazilmalarni qazib olish va boyitish ishlari, shuningdek yer osti sharoitida ish olib borish‎

5‎


‎3. Obyekt tipi

3.1. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ilovasidagi 1 va 2-jadvallarda koʻrsatilgan belgilangan cheklangan meʼyorlarga teng yoki undan ortiq miqdordagi xavfli moddalar mavjud boʻlgan obyektlar‎

1‎

3.2. 3.1-kichik bandda koʻrsatilgan obyektlarga tegishli boʻlmagan, xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 2-ilovadagi 1 va 2-jadvallarda koʻrsatilgan belgilangan cheklangan meʼyordan kam miqdordagi xavfli moddalar mavjud boʻlgan obyektlar‎

2‎

3.3. Ushbu varaqaning 3.1 va 3.2-kichik bandlarida koʻrsatilgan obyektlarga tegishli boʻlmagan, 2.2—2.5-kichik bandlarda koʻrsatilgan xavflilik belgilariga ega boʻlgan obyektlar‎

3‎


‎4. Foydalanadigan tashkilot (taʼsis hujjatlariga muvofiq)‎

4.1. Tashkilotning toʻliq nomi‎

4.2. Tashkilotning pochta manzili‎

4.3. Telefon, faks‎

4.4. Idoraviy mansublik‎

Izoh: 1.1, 1.2, 4.1 — 4.4-kichik bandlarda boʻsh oʻng hoshiya toʻldiriladi, 2.1 — 2.5 va 3.1 — 3.3-kichik bandlarning oʻng hoshiyasida xavflilikning zarur belgilari kodlari va obyekt tipi qayd etiladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2025-y., 09/25/493/0694-son. 2-band 2.2-pozitsiyasining kuchga kirish sanasi — 2026-yil 6-fevral)
Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
2-ILOVA
Xavfli moddalar sonining cheklangan meʼyorlari

1-jadval‎

Xavfli moddaning nomi‎ Cheklangan meʼyor, tonna‎
Ammiak‎ 500‎
Ammoniy nitrat (tarkibidagi ammoniy nitratdan hosil boʻlgan azot massaning 28 foizidan ortigʻini tashkil etadigan ammoniy nitrat va ammoniy aralashmasi, shuningdek ammoniy nitrat konsentratsiyasi massaning 90 foizidan ortiq boʻlgan ammoniy nitratning suvli eritmalari)‎ 2500‎
Oʻgʻit shaklidagi ammoniy nitrat (ammoniy nitrat asosidagi oddiy oʻgʻitlar, shuningdek tarkibidagi ammoniy nitratdan hosil boʻlgan azot massaning 28 foizidan ortigʻini tashkil etadigan murakkab oʻgʻitlar (murakkab oʻgʻitlar tarkibida ammoniy nitrat fosfat va (yoki) kaliy bilan birgalikda mavjud boʻladi)‎ 10 000‎
Akrilonitril‎ 200‎
Xlor‎ 25‎
Etilen oksidi‎ 50‎
Sianli vodorod‎ 20‎
Ftorli vodorod‎ 50‎
Oltingugurtli vodorod‎ 50‎
Oltingugurt dioksidi ‎ 250‎
Oltingugurt trioksidi‎ 75‎
Qoʻrgʻoshin alkili‎ 50‎
Fosgen‎ 0,75‎
Metilizotsianat‎ 0,15‎

2-jadval

Xavfli moddalar turlari‎ Cheklangan meʼyor, tonna‎
Alangalanadigan gazlar‎ 200‎
Tovar-xom ashyo omborlari va bazalardagi yonadigan suyuqliklar‎ 50 000‎
Texnologik jarayonda foydalaniladigan yoki magistral quvurlar bilan uzatiladigan yonadigan suyuqliklar‎ 200‎
Zaharli moddalar‎ 200‎
Yuqori zaharli moddalar‎ 20‎
Oksidlanadigan moddalar‎ 200‎
Portlovchi moddalar‎ 50‎
Atrof tabiiy muhit uchun xavf tugʻdiradigan moddalar‎ 200‎
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-dekabrdagi 271-son qaroriga
2-ILOVA
Sanoat xavfsizligi ekspertizasi tizimi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga muvofiq Sanoat xavfsizligi ekspertizasi tizimining (keyingi oʻrinlarda “Ekspertiza tizimi” deb ataladi) asosiy vazifalari, tashkil etilishi, qatnashchilari tarkibini va uning asosiy funksiyalarini belgilaydi.
2. Ushbu Nizom avariya va jarohatlanish boʻyicha maʼlumotlar tahlili samaradorligini oshirishga, avariyalar kelib chiqishi va ularning oqibatlari sabablarini belgilaydigan qonuniyatlar va omillarni tadqiq etishga, avariya jarayonlarini modellashtirishga, xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligini asosli prognozlashtirish maqsadida sanoat xavfsizligi sohasidagi xalqaro meʼyorlar va talablarni qoʻllashga yoʻnaltirilgan.
3. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
sanoat xavfsizligi ekspertizasi (keyingi oʻrinlarda “ekspertiza” deb ataladi) — ekspertiza obyektining unga qoʻyiladigan sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligini baholash;
ekspertiza obyektlari — xavfli ishlab chiqarish obyektidagi loyiha hujjatlari, texnika qurilmalari, binolar va inshootlar, sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi va xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa hujjatlar;
Oldingi tahrirga qarang.
sanoat xavfsizligi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
sanoat xavfsizligi ekspertizasi tizimi — ekspertiza qatnashchilari, shuningdek ekspert faoliyat uning doirasida tashkil etiladigan va amalga oshiriladigan meʼyorlar, qoidalar, metodikalar, shartlar, mezonlar va tartib-qoidalar jami;
ekspert tashkiloti — sanoat xavfsizligi ekspertizasini amalga oshiradigan, belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan tashkilot;
Oldingi tahrirga qarang.
sanoat xavfsizligi ekspertizasi xulosasi (keyingi oʻrinlarda — ekspertiza xulosasi) — ekspertiza obyektining sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi (nomuvofiqligi) toʻgʻrisida asosli xulosalarni yoki xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash natijalarini oʻz ichiga olgan, ekspert tashkilotlari tomonidan rasmiylashtiriladigan hujjat;
(3-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 25-iyundagi 325-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2026-y., 09/26/325/0635-son)
sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert — ekspertizani amalga oshiradigan attestatsiyadan oʻtkazilgan mutaxassis;
akkreditatsiya attestati — akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlarining ekspertiza boʻyicha faoliyatni amalga oshirish vakolatini tasdiqlaydigan rasmiy hujjat;
buyurtmachi — ekspertiza oʻtkazishga yoki akkreditatsiya qilishga buyurtma bilan murojaat qilgan tashkilot.
4. Ekspertiza qatnashchilari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga, sanoat xavfsizligi sohasidagi normativ texnik hujjatlarga, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va ushbu Nizomga amal qiladilar.
5. Sanoat xavfsizligi ekspertizasini belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari amalga oshiradi.
6. Ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish ularning sanoat xavfsizligi sohasidagi faoliyati darajasini oshirish, ekspert tashkilotlarini bilib tanlashda buyurtmachiga koʻmaklashish va ekspert xizmatlari koʻrsatishda ishonch muhitini qaror toptirish maqsadida akkreditatsiya boʻyicha vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Sanoat xavfsizligi ekspertizasini oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 784-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.10.2018-y., 09/18/784/1986-son)
8. Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarning malakasi va vakolati darajasini baholash belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
II. Sanoat xavfsizligi ekspertizasi tizimi qatnashchilari
9. Quyidagilar ekspertiza tizimi qatnashchilari hisoblanadi:
sanoat xavfsizligi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi;
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Oldingi tahrirga qarang.
muvofiqlashtiruvchi-maslahat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining “Sanoat xavfsizligi” DM;
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi tomonidan tashkil etiladigan metodik kengash;
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi tomonidan tashkil etiladigan normativ hujjatlar bilan taʼminlash komissiyasi;
(9-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari;
sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlar;
xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlar.
III. Ekspertiza tizimining asosiy vazifalari va uning qatnashchilarining funksiyalari
10. Quyidagilar ekspertiza tizimining asosiy vazifalari hisoblanadi:
xavfli ishlab chiqarish obyektini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatishga doir loyiha hujjatlari, xavfli ishlab chiqarish obyektida qoʻllaniladigan texnika qurilmalari, xavfli ishlab chiqarish obyektidagi binolar va inshootlar, sanoat xavfsizligi deklaratsiyalari va xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanish bilan bogʻliq boshqa hujjatlar mustaqil, xolisona va betaraf ekspertiza qilinishi uchun huquqiy muhit yaratish;
respublikaning xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat avariyalari ehtimolini prognozlashtirish va ularning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini baholash;
xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat avariyalarining oldini olishga yoʻnaltirilgan maqsadli va kompleks ilmiy-texnik dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, ularning xodimlari va aholi xavfsizligini taʼminlash, xavfli texnologiyalar va ishlab chiqarishlar xavfini kamaytirish, xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanayotgan iqtisodiyot tarmoqlari, tashkilotlar barqaror faoliyat koʻrsatishini oshirish;
ekspert tashkilotlari, ekspertlar, shu jumladan sanoat xavfsizligi ekspertizasi natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplash, tizimlashtirish va hisobga olish;
xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanayotgan tashkilotlarning respublikadagi mavjud akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari toʻgʻrisida xabardorligini kengaytirish;
sanoat xavfsizligi ekspertizasi sohasidagi xalqaro hamkorlik.
11. Quyidagilar sanoat xavfsizligi sohasida maxsus vakolatli davlat organining asosiy funksiyalari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
sanoat xavfsizligi talablarini belgilash;
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Ekspertiza tizimi qatnashchilarining faoliyatini tartibga soladigan tashkiliy-metodik hujjatlarni maʼqullash;
sanoat xavfsizligi sohasida Ekspertiza tizimi va akkreditatsiyaning yagona qoidalari va tartib-qoidalarini belgilash va tasdiqlash, ularga rioya qilinishi ustidan nazorat qilish;
sanoat xavfsizligi ekspertizasi va akkreditatsiya sohasida mamlakatimizning hamda xorijning organlari va tashkilotlari bilan hamkorlik qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni attestatsiyadan oʻtkazish va ekspertiza tizimini normativ hujjatlar bilan taʼminlash komissiyalari tarkiblarini tasdiqlash;
(11-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 25-iyundagi 325-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2026-y., 09/26/325/0635-son)
sanoat xavfsizligi sohasida Ekspertiza tizimini takomillashtirish dasturlari loyihalarini ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish;
sanoat xavfsizligi sohasida ekspertlarni attestatsiyadan oʻtkazish va ular faoliyatini nazorat qilish;
Xavfli ishlab chiqarish obyektlari davlat reyestrini yuritish;
sanoat xavfsizligi sohasida ekspertlarni, ekspertiza xulosalari va xavfsizlik deklaratsiyalarini hisobga olish;
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 25-iyundagi 325-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2026-y., 09/26/325/0635-son)
sanoat xavfsizligi sohasida ekspertiza oʻtkazish va akkreditatsiya qoidalari buzilgan taqdirda sanoat xavfsizligi sohasida ekspertning guvohnomasi amal qilishini va ekspertiza xulosasini bekor qilish yoki toʻxtatib qoʻyish;
sanoat xavfsizligi sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
sanoat xavfsizligi sohasida ekspertlarni maxsus tayyorlash dasturlarini belgilash;
(11-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-sentabrdagi 550-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2022-y., 09/22/550/0874-son)
ekspertiza va attestatsiya qoidalariga rioya qilish masalalari boʻyicha huquqni muhofaza qilish va nazorat qiluvchi organlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish.
Koʻrsatib oʻtilgan funksiyalarni amalga oshirish uchun sanoat xavfsizligi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi tadqiqot, ilmiy-texnik, jamoat tashkilotlarini jalb etish huquqiga ega.
12. Quyidagilar muvofiqlashtiruvchi-maslahat organlarining asosiy funksiyalari hisoblanadi:
Ekspertiza tizimi barcha qatnashchilarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ekspertiza tizimida va akkreditatsiyada amal qiladigan normativ hujjatlarni rasmiylashtirish va nashr etishni tashkil etish;
akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlarining hisobga olish maʼlumotlari eʼlon qilinishini tashkil etish;
ekspert tashkilotlari faoliyati, Ekspertiza tizimining normativ-metodik bazasi holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tahlil qilish va umumlashtirish;
Ekspertiza tizimi qatnashchilari va aʼzolarini sanoat xavfsizligi sohasidagi axborot bilan taʼminlashda koʻmaklashish;
sanoat xavfsizligi sohasida qoidalar, tartiblar va akkreditatsiya mezonlari boʻyicha manfaatdor tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslarga maslahatlar berish;
Oldingi tahrirga qarang.
sanoat xavfsizligi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organiga Ekspertiza tizimi qoidalari va nizomlarini takomillashtirishga doir takliflar kiritish;
(12-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
zamonaviy xalqaro talablarga javob beradigan Ekspertiza tizimini tashkil etishga doir tashkiliy ishlarni amalga oshirish.
13. Quyidagilar metodik kengashning asosiy funksiyalari hisoblanadi:
sanoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha normativ-texnik, tashkiliy-metodik va boshqa hujjatlarni qayta koʻrib chiqishga doir takliflar kiritish;
har xil tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan sanoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tashkiliy-metodik va boshqa hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqish va tahlil qilish;
amal qilish muddati tamom boʻlgan normativ texnik hujjatlarga tuzatish kiritish, amal qilish muddatini uzaytirish, amal qilishini toʻxtatish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
xavfli ishlab chiqarish obyektlari faoliyatiga tegishli boʻlgan normativ texnik hujjatlarning amalga kiritishga tayyorligi boʻyicha tavsiyalar va asosli xulosalar kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
sanoat xavfsizligi ekspertizasi sohasida ishlarni tashkil etish va amalga oshirish masalalari boʻyicha sanoat xavfsizligi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organiga takliflar kiritish va ularni muhokama qilish;
(13-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
sanoat xavfsizligi sohasida, shu jumladan Ekspertiza tizimi sohasida normativ baza hisobga olinishi va dolzarblashtirilishini tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
xavfli ishlab chiqarish obyektlarida muayyan faoliyat bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarning xodimlarini, shuningdek, sanoat xavfsizligi sohasida ekspertlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishni amalga oshirish/
(13-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Metodik kengashning ishchi organi funksiyasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining “Kontexnazoratoʻquv” davlat muassasasi uning inspeksiyalari bilan birgalikda bajaradi.
(13-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
14. Quyidagilar normativ hujjatlar bilan taʼminlash komissiyasining asosiy funksiyalari hisoblanadi:
Ekspertiza kengashi qatnashchilari faoliyatining tartibga soluvchi hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlaydigan chora-tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirish;
sanoat xavfsizligi, shu jumladan Ekspertiza tizimi sohasida yagona, tashkiliy va tarmoq qoidalari ishlab chiqilishi va qayta koʻrib chiqilishini tashkil etish.
15. Quyidagilar akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlarining asosiy funksiyalari hisoblanadi:
ular asosida ekspertiza oʻtkaziladigan normativ texnik hujjatlarni, normativ-huquqiy hujjatlarni tanlash va ular fondini yuritish;
xavfli ishlab chiqarish obyekti identifikatsiya qilinishi, ekspertiza qilinishi va deklaratsiyalanishini tashkil etish va amalga oshirish;
ekspertiza xulosasini rasmiylashtirish va berish;
berilgan ekspert xulosalari reyestrlarini yuritish;
ekspertiza boʻyicha mehnat sarfining hisoblangan normativlari va ishlar qiymatini belgilash.
Ekspert tashkiloti sifatida Ekspertiza tizimi qoidalarini bajarayotgan va tegishli talablarga javob beradigan mulkchilikning istalgan shaklidagi tashkilot akkreditatsiya qilinishi mumkin.
16. Quyidagilar sanoat xavfsizligi sohasida attestatsiyadan oʻtkazilgan ekspertlarning asosiy funksiyalari hisoblanadi:
xavfli ishlab chiqarish obyektini identifikatsiyalash va deklaratsiyalash ishlarini bajarish;
ekspertiza boʻyicha ishlarni bajarish;
ekspertiza oʻtkazishda sinovlarda qatnashish;
Oldingi tahrirga qarang.
akkreditatsiya boʻyicha vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining topshirigʻi boʻyicha ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish, ular faoliyati ustidan nazorat yoʻsinida tekshirish boʻyicha komissiyalarda qatnashish.
(16-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
17. Quyidagilar xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanayotgan tashkilotlarning asosiy funksiyalari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
sanoat xavfsizligi sohasida qonunchilikka, shuningdek normativ texnik hujjatlardagi talablarga rioya qilish;
(17-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
xavfli ishlab chiqarish obyektlari xodimlarini tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazishni taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
sanoat xavfsizligi ekspertizasi oʻtkazilishini, shuningdek belgilangan muddatlarda va qonunchilikka muvofiq sanoat xavfsizligi sohasida alohida vakolatlarga ega boʻlgan maxsus vakolatli davlat organi yoki boshqa davlat organlarining belgilangan tartibda taqdim etiladigan koʻrsatmasi boʻyicha xavfli ishlab chiqarish obyektida qoʻllaniladigan inshootlar va texnika qurilmalari diagnostikasi, sinovi, tekshirilishini taʼminlash;
(17-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
xavfli ishlab chiqarish obyektlari identifikatsiyalanishini taʼminlash;
belgilangan tartibda sanoat xavfsizligi deklaratsiyalarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariyalar va noxush hodisalar hisobini yuritish.
18. Ekspertiza tizimi qatnashchilarining faoliyati ular toʻgʻrisidagi tegishli nizomlar bilan tartibga solinadi.
19. Ekspertiza tizimi tuzilmasi ushbu Nizomga ilovada keltirilgan.
Sanoat xavfsizligi ekspertizasi tizimi toʻgʻrisidagi Nizomga
ILOVA
Sanoat xavfsizligi ekspertizasi tizimi tuzilmasi
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-dekabrdagi 271-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida putur yetkazmaydigan nazorat tizimini shakllantirish va rivojlantirish
KONSEPSIYASI
I. Umumiy qoidalar
Sanoat ishlab chiqarishi sohalaridagi ilmiy-texnik taraqqiyot rivojlanishining sezilarli surʼatlari hamda ishlab chiqarish obyektlarining yuqori foydalanish ishonchliligini qoʻllab-quvvatlash vazifalarini hal etish zarurligi nazoratning putur yetkazmaydigan usullarini takomillashtirish va yanada keng qoʻllashni talab etadi. Putur yetkazmaydigan usullar kompleksidan oqilona foydalanish mahsulotning ishonchliligi va sifatini oshirish imkonini beradi, murakkab agregatlarning texnogen avariyalari va halokatlarining oldini oladi hamda ishlab chiqarishga juda katta iqtisodiy afzallik beradi.
Putur yetkazmaydigan nazorat tizimini shakllantirish va rivojlantirish konsepsiyasi putur yetkazmaydigan nazorat sohasidagi faoliyatni tashkiliy-metodik va ilmiy-texnik taʼminlashni doimiy ravishda takomillashtirib borish asosida uning yoʻnalishlarini asosli belgilash, xodimlar malakasini, laboratoriyalar vakolatliligini, putur yetkazmaydigan nazoratning metodik hujjatlari va vositalari texnik darajasini oshirish, putur yetkazmaydigan nazorat tizimi qoidalari va tartib-qoidalarini putur yetkazmaydigan nazorat boʻyicha jahon standartlari talablari va mezonlariga uygʻunlashtirish maqsadida ishlab chiqilgan.
Putur yetkazmaydigan nazorat tizimini shakllantirish va rivojlantirish konsepsiyasi putur yetkazmaydigan nazorat sohasida normativ-huquqiy, normativ va texnik hujjatlarni ishlab chiqish, xavfli ishlab chiqarish obyektlarining texnik, sanoat va radiatsion xavfsizligini, shu jumladan fuqarolarning hayoti va sogʻligi, ularning mol-mulki, atrof muhitning xavfsizligini taʼminlash, shuningdek ishlab chiqarish obyektlaridan chiqadigan texnogen xavflardan sanoat va radiatsiya xavfsizligini taʼminlash boʻyicha putur yetkazmaydigan nazorat sohasida maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun asos hisoblanadi.
Putur yetkazmaydigan nazorat tizimini shakllantirish va rivojlantirish konsepsiyasining huquqiy asosini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, mehnatni muhofaza qilish, ekologiya, yer osti boyliklarini muhofaza qilish, sanoat va radiatsiya xavfsizligi sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, putur yetkazmaydigan nazorat sohasida texnik siyosat va munosabatlar masalalarini tartibga soladigan xalqaro shartnomalar va bitimlar, sanoat va radiatsiya xavfsizligini taʼminlash sohasidagi normativ hujjatlar va hokazolar tashkil etadi.
Putur yetkazmaydigan nazorat tizimini shakllantirish putur yetkazmaydigan nazorat natijalarining eng koʻp darajada samaraliligi va ishonchliligini belgilab beradigan omil sifatida putur yetkazmaydigan nazoratni tashkil etishga kompleks yondashish zarurligi bilan belgilanadi.
Mahsulotlarning sifati va ishonchliligi darajasini, shu jumladan ishlab chiqarish obyektlarida qoʻllaniladigan va ishlatiladigan texnik qurilmalar, binolar va inshootlarning foydalanish xavfsizligini oshirish putur yetkazmaydigan nazorat tizimining maqsadi hisoblanadi. Bunga putur yetkazmaydigan nazoratning ishonchliligi, takrorlanishi, qiyoslanishini taʼminlash hamda sanoat va radiatsiya xavfsizligini taʼminlash boʻyicha oʻz vaqtida va muqobil qarorlar qabul qilish hisobiga erishiladi.
Putur yetkazmaydigan nazorat tizimini shakllantirish va rivojlantirish konsepsiyasi putur yetkazmaydigan nazorat tizimining asosiy maqsadlari va vazifalarini, tuzilmasini, shuningdek uni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi.
II. Putur yetkazmaydigan nazorat tizimini shakllantirish va rivojlantirish konsepsiyasining asosiy vazifalari
Putur yetkazmaydigan nazorat tizimini shakllantirish va rivojlantirish konsepsiyasi quyidagi asosiy vazifalarni hal etishga yoʻnaltirilgan:
putur yetkazmaydigan nazorat sohasidagi faoliyatni tashkiliy-metodik va ilmiy-texnik taʼminlashni takomillashtirish;
putur yetkazmaydigan nazorat xodimlari malakasini, laboratoriyalarining vakolatliligini, metodik hujjatlari va vositalarining texnik darajasini oshirish;
putur yetkazmaydigan nazorat tizimining qoidalari va tartib-qoidalarini putur yetkazmaydigan nazorat boʻyicha xalqaro standartlar talablari va mezonlariga uygʻunlashtirish;
putur yetkazmaydigan nazorat xodimlari, laboratoriyalari, metodik hujjatlari va vositalarini baholash va ularning muvofiqligini tasdiqlash;
putur yetkazmaydigan nazorat xodimlari, laboratoriyalari, metodik hujjatlari, vositalari maʼlumotlar bankini shakllantirish va putur yetkazmaydigan nazorat tizimini axborot bilan taʼminlash;
muvofiqlikka baho berish va tasdiqlash boʻyicha tashkiliy tuzilmalarni maqbullashtirish;
muvofiqlikka baho berish va tasdiqlash boʻyicha normativ hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
putur yetkazmaydigan nazorat natijalari xalqaro eʼtirof etilishi uchun shart-sharoitlar yaratish.
III. Mahsulot sifatini taʼminlashda putur yetkazmaydigan nazoratning roli
Putur yetkazmaydigan nazorat mahsulotning ishonchliligi va sifatini oshirish imkonini beradi, yangi, murakkabroq ishlab chiqarishni oʻzlashtirishga, shuningdek yangi progressiv texnologik jarayonlarni joriy etishga koʻmaklashadi. Putur yetkazmaydigan nazorat nazoratning boshqa usullaridan farq qilgan holda nazorat qilinadigan turkumda buyumlarning 100 foizini qamrab olishi mumkin, shu sababli ishlab chiqarish jarayoni samaradorligini tekshirish imkonini beradi, keyinchalik qayta ishlash uchun mahsulotning yaroqli qismini tanlab olish imkonini beradi va ishlab chiqarilayotgan buyumlarning sifatini kafolatlaydi.
Texnologik jarayonning har xil bosqichlarida putur yetkazmaydigan sinovlarni muntazam oʻtkazish va ushbu sinovlar natijalarini statistik qayta ishlash nuqsonlar paydo boʻladigan texnologik jarayonlar bosqichini aniqlash va, tegishlicha, nuqsonning sabablarini aniqlash va bartaraf etish imkonini beradi.
Murakkab texnologik jarayon sharoitlarida tayyor detallar sifatini qayd etadigan putur yetkazmaydigan nazorat jarayoniga tuzatish kiritishning faol usuliga aylanadi. Ishlab chiqarish avtomatlashtirilishi sharoitlarida nazoratning tuzatuvchi roli ayniqsa oshadi.
Shunday qilib putur yetkazmaydigan nazorat usullaridan oqilona foydalanilgan taqdirda ular texnologik jarayonni takomillashtirishning samarali vositasiga aylanishi mumkin.
Putur yetkazmaydigan nazorat operatsiyalari oʻzida texnologik jarayonning ajralmas va teng huquqli boʻgʻinini ifodalaydi. Ushbu operatsiyalar:
buyum sifatini aniqlashga;
buyumlarning mustahkamligini aniqlashga;
eng yaxshi konstruktiv va texnologik yechimga yoʻnaltirishga;
tayyorlovchining markasini qoʻllab-quvvatlashga;
baxtsiz hodisalarning oldini olish va xavfsizlikni oshirishga;
ishlab chiqarish qiymatini pasaytirishga qodir.
IV. Sanoat va radiatsiya xavfsizligini taʼminlashda putur yetkazmaydigan nazoratning roli
Potensial xavfli obyektlar — ishlab chiqarish texnikasi va transporti, bosim ostida ishlaydigan idishlar, quvur tarmoqlari, elektr stansiyalari, koʻpriklar, binolar va inshootlarning tayanch konstruksiyalari, koʻtarish qurilmalari, temir yoʻllar, ionlashtiruvchi nurlanish manbalari va boshqa bir qancha obyektlarning sifati va xavfsizligini tekshirishda putur yetkazmaydigan nazorat alohida ahamiyat kasb etadi. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida binolar, inshootlar va texnika qurilmalarini tayyorlash, taʼmirlash, rekonstruksiya qilish, montaj qilish, qurish va sanoat xavfsizligi ekspertizasi sifati, radiatsiya xavfini oʻz vaqtida aniqlash bilan bogʻliq sanoat va radiatsiya xavfsizligini taʼminlashning asosiy omillaridan biri sifatida putur yetkazmaydigan nazoratning roli va ahamiyati oʻsishi ularning texnik holati, imkoniyati va bundan keyin ishlatish muddatlarini baholash zarurligi bilan belgilanadi. Bunday obyektlarning vaqti-vaqti bilan oʻtkaziladigan ishonchli putur yetkazmaydigan nazorati ularning xizmat qilish muddatini uzaytirish va, asosiysi, texnogen avariyalar va halokatlar ehtimolining oldini olish imkonini beradi.
Texnika qurilmalari, binolar va inshootlar parametrlarining chetga chiqish ehtimolining, shu jumladan buning oqibatida ish toʻxtab qoladigan yoʻl qoʻyiladigan doirasida chetga chiqishlarini prognozlashtirish uchun ularning holatini tavsiflaydigan belgilarni aniqlash va oʻrganish, shuningdek normal ish rejimi buzilishining oʻz vaqtida oldini olish maqsadida ular holatini eksperimental aniqlash usullari va vositalarini ishlab chiqish xavfli ishlab chiqarish obyektlarining ishlab chiqarish siklidagi muhim va zarur bosqich hisoblanadi hamda texnik diagnostika deb ataladi. Putur yetkazmaydigan nazoratga asoslangan texnik diagnostika usullari texnika qurilmalari, binolar va inshootlar ish qobiliyati va xavfsizligini nazorat qilish jarayonlarini oqilona tashkil etish uchun qoʻllaniladi.
Texnik diagnostika ish sharoitlarida konstruksiyalar, mexanizmlar va elementlarning texnik holati parametrlarini tadqiq etish, shuningdek normal ishlatish sharoitlarida va tabiat hodisalari yoki (inshootni) loyihalashtirish, tayyorlash va ishlatishdagi tashkiliy xatolar bilan belgilanadigan xavfli ish rejimlarida ularning ish qobiliyati va ishonchliligini prognozlashtirish imkonini beradi.
Putur yetkazmaydigan nazorat tizimi xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qoʻllaniladigan va ishlatiladigan texnika qurilmalari, binolar va inshootlardan foydalanish xavfsizligi darajasini oshirishda muhim boʻgʻin, tashkil etilishi “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishning yoʻnalishlaridan biri hisoblangan Sanoat xavfsizligi ekspertizasi tizimining instrumental ishonchli isbotlovchi bazasini taʼminlashning asosi hisoblanadi.
V. Putur yetkazmaydigan nazorat tizimini qurish
Putur yetkazmaydigan nazorat putur yetkazmaydigan nazorat vositalarini qoʻllash bilan bogʻliq sanoat xavfsizligi ekspertizasi uchun isbotlovchi baza hisoblanadi.
Davlat darajasida amal qiladigan hamda putur yetkazmaydigan nazorat sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun tashkiliy, texnik va normativ-huquqiy bazaga ega boʻlgan tizim Putur yetkazmaydigan nazorat tizimi hisoblanadi. Putur yetkazmaydigan tizim laboratoriyalari va ularning xodimlari, metodik hujjatlari va vositalari putur yetkazmaydigan tizim subyektlari hisoblanadi.
Quyidagilar putur yetkazmaydigan nazorat tizimining asosiy qatnashchilari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi — “Metrologiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq putur yetkazmaydigan nazorat sohasida putur yetkazmaydigan nazoratni metrologik taʼminlash, davlat metrologiya nazorati va tekshiruvi boʻyicha faoliyatning davlat boshqaruvni amalga oshiradigan metrologiya boʻyicha milliy organ;
(toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi — sanoat xavfsizligi sohasida xavfli ishlab chiqarish va radiatsiya-xavfli obyektlarda putur yetkazmaydigan nazoratni amalga oshirishning majburiy meʼyorlari va qoidalarini belgilaydigan, putur yetkazmaydigan nazorat laboratoriyalariga xavfli ishlab chiqarish obyektlarida putur yetkazmaydigan nazorat ishlarini bajarishga ruxsatnomalar beradigan maxsus vakolatli davlat organi;
(beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining topshirigʻi boʻyicha sanoat va radiatsiya xavfsizligini taʼminlash sohasida putur yetkazmaydigan nazorat tizimi qatnashchilari faoliyatini muvofiqlashtiradigan muvofiqlashtiruvchi organ;
(oltinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
putur yetkazmaydigan nazoratning akkreditatsiya qilingan laboratoriyalari;
putur yetkazmaydigan nazorat sohasida mutaxassislarni oʻqitadigan akkreditatsiya qilingan oʻquv markazlari (OʻQ);
putur yetkazmaydigan nazorat sohasida mutaxassislardan malaka imtihonlari oladigan akkreditatsiya qilingan imtihon markazlari (IM);
putur yetkazmaydigan nazorat xodimlari sertifikatsiyasi boʻyicha akkreditatsiya qilingan organ;
putur yetkazmaydigan nazoratning sertifikatsiyalangan xodimlari;
oʻz faoliyatida putur yetkazmaydigan nazorat vositalaridan foydalanadigan tashkilotlar.
Putur yetkazmaydigan nazorat tizimi qatnashchilarining faoliyati ular toʻgʻrisidagi tegishli nizomlar bilan belgilanadi.
Putur yetkazmaydigan nazorat tizimi tuzilmasi ilovada keltirilgan.
VI. Putur yetkazmaydigan nazorat tizimini boshqarish
Oldingi tahrirga qarang.
Putur yetkazmaydigan nazorat tizimini boshqarish xalqaro, davlatlararo va milliy normativ hujjatlarning asosiy qoidalari hisobga olingan holda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablaridan kelib chiqib amalga oshirilishi hamda ilgʻor ilmiy-texnik ishlanmalarga va sanoat korxonalarining ijobiy tajribasiga asoslanishi kerak.
(VI-boʻlimning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Putur yetkazmaydigan nazorat tizimini boshqarish:
putur yetkazmaydigan nazorat sohasida xodimlarni;
putur yetkazmaydigan nazorat laboratoriyalarini;
putur yetkazmaydigan nazorat boʻyicha metodik hujjatlarni;
putur yetkazmaydigan nazorat vositalarini baholashga va ularning muvofiqligini tasdiqlashga asoslangan.
Baholash va muvofiqlikni tasdiqlashning asosiy tashkiliy-texnik prinsiplari sanoat nazoratining barcha turlari va putur yetkazmaydigan nazorat sohasida faoliyatni amalga oshirayotgan tashkilotlar uchun majburiy boʻlgan bir xildagi va bir maʼnodagi normativ hujjatlarda bayon qilinishi kerak.
VII. Putur yetkazmaydigan nazorat tizimini shakllantirish va rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari
Putur yetkazmaydigan nazorat tizimini shakllantirish va rivojlantirish quyidagi yoʻnalishlarda amalga oshiriladi:
1) Putur yetkazmaydigan nazorat tizimida quyidagilarni:
putur yetkazmaydigan nazorat sohasida xodimlarni;
putur yetkazmaydigan nazorat laboratoriyalarini;
putur yetkazmaydigan nazorat boʻyicha metodik hujjatlarni;
putur yetkazmaydigan nazorat vositalarini baholash va ularning muvofiqligini tasdiqlashning yagona talablarini ishlab chiqish.
2) Putur yetkazmaydigan nazorat sohasida normativ hujjatlarni ishlab chiqish.
3) Putur yetkazmaydigan nazorat tizimi har bir funksional elementini akkreditatsiya qilish va ular faoliyatini vaqti-vaqti bilan nazorat yoʻsinida tekshirish.
VIII. Putur yetkazmaydigan nazorat tizimini shakllantirish va rivojlantirishning ustuvor chora-tadbirlari
Quyidagilar putur yetkazmaydigan nazorat tizimini shakllantirish va rivojlantirishning ustuvor chora-tadbirlari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
1) Putur yetkazmaydigan nazorat tizimining zarur normativ hujjatlar ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini, shuningdek xavfsizlik qoidalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi va Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining boshqa hujjatlari dolzarblashtirilishini nazarda tutadigan tashkiliy tuzilmasini tashkil etish;
(1-kichik band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
2) Sanoat xavfsizligi ekspertizasi tizimini, shu jumladan putur yetkazmaydigan nazorat tizimini shakllantirish va joriy etish boʻyicha normativ-huquqiy va normativ texnik hujjatlarni ishlab chiqish;
3) Putur yetkazmaydigan nazorat tizimini joriy etish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.
Oʻzbekiston Respublikasida Putur yetkazmaydigan nazorat tizimini shakllantirish va rivojlantirish konsepsiyasiga
ILOVA
Putur yetkazmaydigan nazorat tizimi tuzilmasi
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-dekabrdagi 271-son qaroriga
4-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Xavfli ishlab chiqarish obyektining sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab chiqish va davlat organlariga, jamoat birlashmalari va fuqarolarga taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi
Nizom
(nizomning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 8-iyundagi 111-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 185-modda)
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasiga muvofiq xavfsizlik chora-tadbirlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni taʼminlash, xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariyalarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha tadbirlarning yetarliligi va samaradorligini baholash maqsadida xavfli ishlab chiqarish obyektining sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab chiqish hamda davlat organlariga, jamoat birlashmalari va fuqarolarga sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini taqdim etish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 8-iyundagi 111-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 185-modda)
2. Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab chiqish quyidagilarni nazarda tutadi:
avariya xavfini va uning bilan bogʻliq xavf-xatarni har tomonlama baholash;
avariyalarning oldini olish, sanoat xavfsizligi talablariga muvofiq xavfli ishlab chiqarish obyektining foydalanishga tayyorligini taʼminlash boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlarning yetarliligini tahlil qilish, shuningdek xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariyalarni lokalizatsiya qilish va ularning oqibatlarini bartaraf etish;
xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariyalar oqibatlari koʻlamini va sodir boʻlgan taqdirda yetkazilgan zarar miqdorini kamaytirishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni ishlab chiqish.
Deklaratsiya xavfli ishlab chiqarish obyekti xavfsizligini uni ishga tushirish, undan foydalanish va uni foydalanishdan chiqarish bosqichlarida tavsiflashi kerak.
3. Ushbu Nizomda qoʻllanadigan terminlar va tushunchalar:
avariya — inshootlar va (yoki) xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qoʻllanadigan texnika qurilmalarining buzilishi, nazorat qilib boʻlmaydigan portlash va (yoki) xavfli moddalar ajralib chiqishi;
xavf tahlili — xavflarni aniqlash (identifikatsiyalash) va baholash jarayoni;
xavfli ishlab chiqarish obyektining sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi — avariya xavfini har tomonlama baholash natijalari, avariyalarning oldini olish va sanoat xavfsizligi meʼyorlari va qoidalari talablariga muvofiq xavfli ishlab chiqarish obyektining foydalanishga tayyorligi tashkil etilishini taʼminlash boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlarning yetarliligi tahlili, shuningdek xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya oqibatlarini lokalizatsiya qilish va bartaraf etish natijalari koʻrsatilgan hujjat;
xavfli modda — oʻzining fizik, kimyoviy, biologik yoki toksikologik xossalariga koʻra odamlar hayoti va salomatligi uchun, shuningdek atrof tabiiy muhit uchun xavf tugʻdiradigan modda;
xavfli ishlab chiqarish obyekti — quyidagi xavfli moddalar:
1) portlash-yongʻin xavfi boʻlgan muhitni yuzaga keltirishi mumkin boʻlgan moddalar;
tasdiqlangan standartlarga muvofiq tirik organizmga taʼsir qilish darajasiga koʻra I, II va III xavflilik darajalariga (oʻta xavfli, yuqori darajada xavfli va oʻrtacha darajada xavfli) mansub zararli moddalar;
muayyan turdagi tashqi taʼsir chogʻida issiqlik ajratgan va gazlar hosil qilgan holda oʻz-oʻzidan juda tez tarqaladigan kimyoviy oʻzgaruvchan portlovchi moddalar;
inson sogʻligʻi va atrof muhit uchun xavfli konsentratsiyali moddalar mavjud boʻlgan ishlab chiqarish chiqindilari foydalaniladigan, ishlab chiqariladigan, qayta ishlanadigan, hosil qilinadigan, saqlanadigan, tashiladigan, yoʻq qilinadigan;
Oldingi tahrirga qarang.
2) 0,05 megapaskaldan ortiq bosim ostida yoki ishlatiladigan suyuqlikning normal atmosfera bosimidagi qaynash haroratidan ortiq haroratda ishlaydigan uskunalardan foydalaniladigan;
(3-bandning 2-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2025-y., 09/25/493/0694-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 6-fevral)
3) koʻchmas asosga oʻrnatilgan yuk koʻtarish mexanizmlari, eskalatorlar, osma yoʻllar, funikulyorlardan (togʻ temir yoʻllaridan) foydalaniladigan;
4) qora va rangli metallar eritmalari hamda ushbu eritmalar asosida qotishmalar olinadigan;
5) konchilik ishlari, foydali qazilmalarni qazib olish va boyitish ishlari, shuningdek yer osti sharoitida ish olib boriladigan korxonalar yoki ularning sexlari, uchastkalari, maydonchalari, shuningdek boshqa ishlab chiqarish obyektlari;
sanoat xavfsizligi — xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi avariyalar va noxush hodisalardan hamda ularning oqibatlaridan shaxs va jamiyatning hayotiy muhim manfaatlari himoyalanganligi holati;
sanoat xavfsizligi deklaratsiyasiga hisob-kitob-tushuntirish xati — avariya xavfining asosli bahosi va avariyalarning oldini olish boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlarning yetarliligini asoslovchi materiallar keltirilgan hujjat;
avariya ssenariysi — aniq xavfli oqibatlarga sabab boʻluvchi avariyalarga olib keladigan, aniq tashkil etiladigan voqea sabab boʻladigan alohida mantiqan bogʻliq voqealarning izchilligi;
sanoat xavfsizligi ekspertizasi — ekspertiza obyektining unga qoʻyiladigan sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligini baholash;
Oldingi tahrirga qarang.
sanoat xavfsizligi ekspertizasi xulosasi (keyingi oʻrinlarda — ekspertiza xulosasi) — sanoat xavfsizligi deklaratsiyasining belgilangan talablarga muvofiqligi (nomuvofiqligi) toʻgʻrisida asosli xulosalarni oʻz ichiga olgan, ekspert tashkilotlari tomonidan rasmiylashtiriladigan hujjat;
(3-bandning oʻn toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 25-iyundagi 325-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2026-y., 09/26/325/0635-son)
ekspert tashkiloti — belgilangan tartibga muvofiq ekspertiza oʻtkazish huquqi yuzasidan akkreditatsiyaga ega boʻlgan tashkilot.
II. Xavfsizligi deklaratsiyalanishi kerak boʻlgan xavfli ishlab chiqarish obyektlari
Oldingi tahrirga qarang.
4. Qonunchilikka muvofiq xavfli ishlab chiqarish obyektlarining birinchi tipiga muvofiq boʻlgan loyihalanayotgan va faoliyat koʻrsatayotgan xavfli ishlab chiqarish obyektlari sanoat xavfsizligini majburiy deklaratsiyalashga tegishli boʻladi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Boshqa xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligini deklaratsiyalash ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Majburiy deklaratsiyalanishi kerak boʻlgan xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash sanoat xavfsizligi ekspertizasini oʻtkazish yuzasidan akkreditatsiyaga ega boʻlgan ekspert tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-sentabrdagi 550-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2022-y., 09/22/550/0874-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Majburiy deklaratsiyalanishi kerak boʻlgan xavfli ishlab chiqarish obyekti identifikatsiya qilingan taqdirda, tashkilot rahbari ushbu obyekt toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni favqulodda vaziyatlar boʻyicha tegishli hududiy boshqarmaga va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining hududiy boshqarmalari va sanoat xavfsizligi inspeksiyalariga hamda Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasiga (togʻ-kon tarmogʻi, geologiya hamda konchilik, shu jumladan, qattiq foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash, portlatish ishlari, portlovchi materiallarning aylanmasi sohasidagi obyektlar boʻyicha) yuqori tashkilotga, vazirlik yoki idoraga (mavjud boʻlganda) hamda xavfli ishlab chiqarish obyekti joylashgan hududdagi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organiga taqdim etadi. Maʼlumotlar ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan shakl boʻyicha rasmiylashtiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Favqulodda vaziyatlar boʻyicha hududiy boshqarmalar va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining hududiy boshqarmalari va sanoat xavfsizligi inspeksiyalari har yili oʻzlarining markaziy apparatlariga, xavfsizligi majburiy deklaratsiyalanadigan xavfli ishlab chiqarish obyektlari roʻyxatiga kiritish uchun umumlashtirilgan axborot taqdim etadilar.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi oʻzlarining boʻlinmalari tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarni hisobga olgan holda xavfsizligi majburiy deklaratsiyalanadigan xavfli ishlab chiqarish obyektlari roʻyxatini shakllantiradilar va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadilar.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
III. Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab chiqish
9. Faoliyat koʻrsatayotgan xavfli ishlab chiqarish obyektining sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi ushbu obyektdan foydalanayotgan tashkilot tomonidan mustaqil ravishda yoki xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligini ekspertizadan oʻtkazish yuzasidan akkreditatsiyaga ega boʻlgan tashkilot bilan tuzilgan shartnoma asosida ishlab chiqiladi.
10. Loyihalashtirilayotgan xavfli ishlab chiqarish obyektining sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi xavfli ishlab chiqarish obyektini qurish, kengaytirish, rekonstruksiya qilish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiya qilish va tugatish yuzasidan loyiha hujjatlari tarkibida ishlab chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
101. Loyiha hujjatlari tarkibida ishlab chiqilgan sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi xavfli ishlab chiqarish obyekti foydalanilishi boshlangan vaqtdan boshlab olti oydan kechiktirmasdan faoliyat koʻrsatayotgan obyekt uchun yangidan ishlab chiqilishi zarur.
(101-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 25-iyundagi 325-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2026-y., 09/26/325/0635-son)
11. Tashkilot tarkibida majburiy deklaratsiyalanishi kerak boʻlgan bir nechta xavfli ishlab chiqarish obyektlari mavjud boʻlgan taqdirda xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi yagona deklaratsiyasini ishlab chiqishga va rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
12. Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanish bilan bogʻliq faoliyat uchun litsenziya olish yuzasidan murojaat qilinganda, sanoat xavfsizligi deklaratsiyasidagi mavjud maʼlumotlar oʻzgartirilganda yoki sanoat xavfsizligi talablari oʻzgartirilgan taqdirda aniqlashtiriladi yoki yangidan ishlab chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Xavfsizligi deklaratsiyalanishi kerak boʻlgan xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilot, uning foydalanilishi boshlangan vaqtdan boshlab olti oydan kechiktirmasdan sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi ishlab chiqilishini taʼminlashi va uni sanoat xavfsizligi ekspertizasidan oʻtkazishi uchun belgilangan tartibda ekspert tashkilotiga murojaat qilishi kerak.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 25-iyundagi 325-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2026-y., 09/26/325/0635-son)
13. Faoliyat koʻrsatayotgan obyekt uchun deklaratsiyani ishlab chiqishda sanoat xavfsizligi talablarini taʼminlash boʻyicha maʼlumotlar tarkibiga ham bajarilgan, ham rejalashtirilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi axborot kiritiladi. Deklaratsiyani ishlab chiqishda loyiha hujjatlari tarkibida rejalashtirilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim etiladi.
14. Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi tuzilishiga qoʻyiladigan talablar ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini rasmiylashtirish boʻyicha talablar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi bilan kelishgan holda belgilanadi.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
15. Loyihalashtirilayotgan xavfli ishlab chiqarish obyekti uchun sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi loyiha buyurtmachisi tomonidan tasdiqlanadi.
16. Faoliyat koʻrsatayotgan xavfli ishlab chiqarish obyekti deklaratsiyasi ushbu obyektdan foydalanayotgan tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini tasdiqlagan shaxs unda koʻrsatilgan axborotning toʻliqligi va toʻgʻriligi uchun javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
16.1. Deklaratsiyaning maxfiylilik ustxati Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq undagi mavjud maʼlumotlarning maxfiylik darajasi bilan belgilanadi.
(16.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
17. Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi belgilangan tartibda sanoat xavfsizligi ekspertizasidan oʻtkazilishi kerak.
18. Belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan deklaratsiya va unga ilovalar buyurtmachi tomonidan ekspert tashkilotiga shartnoma asosida taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 8-iyundagi 111-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 185-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 8-iyundagi 111-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 185-modda)
IV. Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini qayta koʻrib chiqish
21. Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi:
1) sanoat xavfsizligini, avariyalarni lokalizatsiya qilish va avariya oqibatlarini bartaraf etishni taʼminlashga taʼsir koʻrsatadigan sharoitlar oʻzgarganda kechi bilan 1 yil muddatda;
2) sanoat xavfsizligi, avariyalarni lokalizatsiya qilish va ularning oqibatlarini bartaraf etish sohasidagi amalda boʻlgan talablar (qoidalar va meʼyorlar) oʻzgarganda kechi bilan 1 yil muddatda;
Oldingi tahrirga qarang.
3) Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi hamda Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining (togʻ-kon tarmogʻi, geologiya hamda konchilik, shu jumladan, qattiq foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash, portlatish ishlari, portlovchi materiallarning aylanmasi sohasidagi obyektlar boʻyicha) qoʻshma qarori qabul qilinganda ushbu qarorlarda nazarda tutilgan muddatlarda qayta koʻrib chiqilishi kerak.
(21-bandning 3-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
22. Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi 5 yilda kamida bir marta qayta koʻrib chiqilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
V. Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini taqdim etish
Oldingi tahrirga qarang.
23. Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan ekspertiza oʻtkazilgandan keyin qonunchilikda belgilangan tartibda davlat yoki xizmat sirlari boʻlgan maʼlumotlarni muhofaza qilish talablariga rioya qilgan holda, mazkur Nizomning 24-bandida koʻrsatilgan hajmda davlat organlariga, jamoat birlashmalari va fuqarolarga taqdim etiladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 25-iyundagi 325-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2026-y., 09/26/325/0635-son)
Oldingi tahrirga qarang.
24. Xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilot rahbari:
(24-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 25-iyundagi 325-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2026-y., 09/26/325/0635-son)
Oldingi tahrirga qarang.
a) ekspertiza xulosasini rasmiylashtirilgan kundan boshlab bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasiga (togʻ-kon tarmogʻi, geologiya hamda konchilik, shu jumladan, qattiq foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash, portlatish ishlari, portlovchi materiallarning aylanmasi sohasidagi obyektlar boʻyicha) hamda deklaratsiya qilinayotgan xavfli ishlab chiqarish obyekti joylashgan hududdagi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organiga elektron shaklda taqdim etadi;
(24-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 25-iyundagi 325-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2026-y., 09/26/325/0635-son)
Oldingi tahrirga qarang.
b) sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini asoslangan soʻrovlar boʻyicha davlat boshqa organlariga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi hamda Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining (togʻ-kon tarmogʻi, geologiya hamda konchilik, shu jumladan, qattiq foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash, portlatish ishlari, portlovchi materiallarning aylanmasi sohasidagi obyektlar boʻyicha) va Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini xabardor qilgan holda taqdim etadi;
(24-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Oldingi tahrirga qarang.
v) sanoat xavfsizligi deklaratsiyasining axborot varaqasini jamoat birlashmalari va fuqarolarga ularning asoslangan soʻrovlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining (togʻ-kon tarmogʻi, geologiya hamda konchilik, shu jumladan, qattiq foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash, portlatish ishlari, portlovchi materiallarning aylanmasi sohasidagi obyektlar boʻyicha) va Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini xabardor qilgan holda taqdim etadi;
(24-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
g) rasmiy vakillarning deklaratsiyadan foydalanishini taʼminlaydi.
(V boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 8-iyundagi 111-son qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 185-modda)
VI. Sanoat xavfsizligi deklaratsiyalarini saqlash va ularni hisobga olish
25. Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasining birinchi nusxasi (asli) va ekspertiza xulosasi xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilotda saqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
26. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi hamda Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi xavfsizlik jihatidan deklaratsiya qilinishi kerak boʻlgan sanoat obyektlari toʻgʻrisidagi elektron maʼlumotlar banklarini yuritadi, Oʻzbekiston Respublikasi hududida xavfsizlikni deklaratsiyalash tartib-qoidasi bajarilishini tahlil qiladi, kelib tushgan sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini hisobga oladi va saqlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(26-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 25-iyundagi 325-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2026-y., 09/26/325/0635-son)
Oldingi tahrirga qarang.
27. Faoliyat koʻrsatayotgan xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini titul varaqda koʻrsatiladigan roʻyxatdan oʻtkazish tartib raqamini olish va deklaratsiyalarning umumiy hisobini yuritish uchun xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilot ekspertiza xulosasi rasmiylashtirilgan sanadan boshlab oʻn besh kun muddatda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasiga “Yagona integratsiyalashgan ekotizim” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi) orqali murojaat qiladi.
Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasining roʻyxatdan oʻtkazish tartib raqami xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilotga besh ish kuni muddatda axborot tizimi orqali maʼlum qilinadi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 25-iyundagi 325-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2026-y., 09/26/325/0635-son)
Oʻzbekiston Respublikasida xavfli ishlab chiqarish obyektining sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab chiqish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
1-ILOVA
Sanoat xavfsizligi deklaratsiyalanadigan xavfli ishlab chiqarish obyektlari toʻgʻrisida maʼlumotlar
Tashkilotning toʻliq nomi‎ Tashkilotning toʻliq pochta manzili, telefoni, faksi‎ Yuqori tashkilot (idora), mavjud boʻlsa‎ Obyektning toʻliq nomi‎ Obyektning joylashgan joyi‎ “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasiga muvofiq obyektning xavflilik belgilari‎ Xavfsizlik deklaratsiyalangan yil‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎
Oʻzbekiston Respublikasida xavfli ishlab chiqarish obyektining sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab chiqish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
2-ILOVA
Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi tuzilishiga talablar
1. Deklaratsiya quyidagi tarkibiy elementlarni oʻz ichiga oladi:
titul varaq;
deklaratsiyani ishlab chiqqan tashkilot toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
mundarija;
1-boʻlim “Umumiy maʼlumotlar”;
2-boʻlim “Xavfsizlik tahlili natijalari”;
3-boʻlim “Sanoat xavfsizligi talablarini taʼminlash”;
4-boʻlim “Xulosalar”;
5-boʻlim “Vaziyat rejasi”.
Deklaratsiyaga ilovalar quyidagilardan iborat boʻladi:
1-ilova “Hisob-kitob-tushuntirish xati”;
2-ilova “Axborotnoma”.
1.1. Titul varaq deklaratsiyaning birinchi sahifasi hisoblanadi va hujjatni ishlab chiqish va qidirish uchun zarur boʻlgan axborotlarning manbai boʻlib xizmat qiladi.
Titul varaqda quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
a) deklaratsiya qilinayotgan obyektdan foydalanuvchi tashkilotning rahbari yoki loyihaning buyurtmachisi tomonidan deklaratsiyani tasdiqlash grifi;
b) tarkibiga deklaratsiyalanadigan obyekt kiradigan tashkilot tomonidan belgilanadigan roʻyxatdan oʻtkazish tartib raqami;
Oldingi tahrirga qarang.
v) belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi tomonidan beriladigan roʻyxatdan oʻtkazish tartib raqami (faqat faoliyat koʻrsatayotgan obyektlar uchun koʻrsatiladi);
(1.1-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 25-iyundagi 325-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2026-y., 09/26/325/0635-son)
g) deklaratsiyalanayotgan obyektning (bitta obyekt deklaratsiyalangan taqdirda) yoki deklaratsiyalanayotgan obyektlarning (bir nechta obyekt deklaratsiyalangan taqdirda) aniq nomi koʻrsatilgan holda deklaratsiyaning nomi, shuningdek tashkilotning nomi;
Oldingi tahrirga qarang.
d) deklaratsiyalanayotgan obyektning xavfli ishlab chiqarish obyektlarini davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish tartib raqami (faqat faoliyat koʻrsatayotgan obyektlar uchun koʻrsatiladi);
(1.1-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 25-iyundagi 325-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2026-y., 09/26/325/0635-son)
e) deklaratsiyalanayotgan obyektning joylashgan joyi va deklaratsiya tasdiqlangan yil.
1.2. Deklaratsiyani ishlab chiqqan tashkilot toʻgʻrisidagi maʼlumotlar quyidagilardan iborat boʻladi:
a) deklaratsiyani ishlab chiqqan tashkilotning nomi va unga ilovalar, uning pochta manzili, telefoni, faksi, sanoat xavfsizligini deklaratsiyalash bilan bogʻliq faoliyat turini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya va/yoki ruxsatnoma toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, ularda faoliyat turining nomi, litsenziyaning roʻyxatdan oʻtkazilgan tartib raqami va berilgan sanasi koʻrsatiladi;
b) bajaruvchilarning roʻyxati, unda deklaratsiyani ishlab chiqishda qatnashgan shaxslarning familiyasi, ismi va otasining ismi, lavozimi va ish joyi koʻrsatiladi.
1.3. Mundarijada deklaratsiyaning barcha boʻlimlari nomi, ushbu elementlar boshlanadigan sahifalar koʻrsatiladi:
1.4. 1-boʻlim “Umumiy maʼlumotlar” quyidagilardan iborat boʻladi:
a) tashkilotning rekvizitlari (tashkilotning toʻliq va qisqartirilgan nomi, yuqori organning, vazirlik yoki idoraning, kompaniya, konsernning (ular mavjud boʻlsa) nomi, ularda tashkilot rahbarlarining manzili, telefoni, familiyasi va lavozimi, tashkilotning toʻliq pochta manzili, telefoni, faksi va teletaypi, tashkilot faoliyatining deklaratsiyalanayotgan obyektdan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan asosiy yoʻnalishlarining qisqacha roʻyxati);
b) deklaratsiyalashning asoslanishi (xavfli ishlab chiqarish obyektining deklaratsiyalanayotgan obyektlarga tegishliligiga asos boʻlgan xavfli moddalar miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, deklaratsiyani ishlab chiqish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinishiga asos boʻlgan normativ huquqiy hujjatlar roʻyxati);
v) joylashgan joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (deklaratsiyalanayotgan obyekt joylashadigan joy tavsifi, hududning hajmi va chegaralari, deklaratsiya qilinayotgan obyektning sanitariya-himoya va/yoki qoʻriqlanadigan zonalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar);
g) xodimlar va aholi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (deklaratsiya qilinayotgan obyekt xodimlarining umumiy soni va eng koʻp ishlaydigan smenasining soni, eng yuqori darajadagi gipotetik avariyaning shikastlovchi omillari taʼsir koʻrsatadigan zonalarda boʻlishi mumkin boʻlgan yaqin-atrofdagi yirik tashkilotlar va aholi punktlari roʻyxati, unda xodimlar va aholi soni koʻrsatiladi);
d) faqat faoliyat koʻrsatayotgan obyektlar uchun koʻrsatiladigan sugʻurta maʼlumotlari (sugʻurtalovchi tashkilotning nomi va manzili, shuningdek uning sugʻurta litsenziyalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, sugʻurta summasi miqdori koʻrsatilgan holda sugʻurta shartnomalari roʻyxati).
1.5. 2-boʻlim “Xavfsizlik tahlili natijalari” quyidagilardan iborat boʻlishi kerak:
a) deklaratsiya qilinayotgan obyektni identifikatsiya qilishda hisobga olinadigan xavfli moddalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (xavfli moddaning nomi, moddaning xavflilik darajasi va odam organizmiga taʼsir koʻrsatish xarakteri);
b) texnologiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (asosiy texnologik potoklar sxemasi, u blok-sxemadan iborat boʻladi, sxemada xavfli moddalarning nomlari va ularning deklaratsiyalanayotgan obyektning texnologik tizimida koʻchish yoʻnalishlari koʻrsatiladi, shuningdek xavfli moddalarning taqsimlanishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, ularda texnik qurilmalarda — apparatlarda (idishlarda), quvurlarda boʻladigan xavfli moddalarning umumiy miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻladi, ularning bitta idishdagi yoki eng yuqori sigʻimli quvur uchastkasidagi eng yuqori miqdori koʻrsatiladi. Maʼlumotlar deklaratsiyalanadigan obyektning barcha tarkiblari uchun xavfli moddaning eng yuqori reglamentli miqdorlari boʻyicha koʻrsatiladi);
v) xavf tahlilining asosiy natijalari (avariyalar kelib chiqishi va rivojlanishi shart-sharoitlari tahlili natijalari, avariyalar xavfini baholash natijalari).
Avariyalarning kelib chiqishi va rivojlanishi shart-sharoitlari tahlili natijalari quyidagilardan iborat boʻlishi kerak:
1) avariyalar omillari va ularning kelib chiqishi va rivojlanishiga koʻmaklashadigan asosiy sabablar roʻyxati;
2) eng katta va sodir boʻlishi mumkin boʻlgan avariyalar ssenariylarining qisqacha tavsifi.
Avariyalar xavfini baholash natijalari quyidagilardan iborat boʻlishi kerak:
1) xavfni baholashda qoʻllanadigan hisob-kitob modellari va metodlari roʻyxati;
2) avariyada qatnashadigan xavfli moddalar miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
3) shikastlovchi omillar taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan zonalar soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
4) jabrlanishi mumkin boʻlganlar soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
5) yetkazilishi mumkin boʻlgan zarar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
6) xodimlarga, aholiga zarar yetkazilishi mumkin boʻlgan hamda mol-mulkka va atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan ziyon toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
1.6. 3-boʻlim “Sanoat xavfsizligi talablarini taʼminlash” quyidagilardan iborat boʻlishi kerak:
Oldingi tahrirga qarang.
a) deklaratsiyalanayotgan obyektdan foydalanishga sanoat xavfsizligi talablarini taʼminlash toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (faoliyat koʻrsatayotgan obyektlar uchun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi hamda Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi organlari farmoyishlari va koʻrsatmalarining bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, deklaratsiyalanayotgan obyektlardan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan faoliyat turlari uchun mavjud va/yoki zarur litsenziyalar roʻyxati, xodimlarni kasb boʻyicha va avariyaga qarshi harakat qilishga tayyorlash toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, ularda sanoat xavfsizligi sohasidagi bilimlarni tekshirishning muntazamligi va xodimni ishga kiritish tartibi koʻrsatiladi; sanoat xavfsizligi talablariga rioya qilinishini ishlab chiqarishda nazorat qilish tizimi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, avariya holatlarini toʻplash va tahlil qilish tizimi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, sanoat xavfsizligining oʻtkazilgan ekspertizalari roʻyxati, unda ekspertizani oʻtkazgan ekspert tashkilotlarining va ekspertiza obyektining nomi koʻrsatiladi; ishlab turgan obyektdan foydalanish shart-sharoitlarining meʼyor va qoidalar talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
(1.6-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
b) avariya oqibatlarini lokalizatsiya qilish va bartaraf etish boʻyicha harakatlarga tayyorgarlik yuzasidan sanoat xavfsizligi talablarini taʼminlash toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (deklaratsiyalanayotgan obyektdagi avariya oqibatlarini lokalizatsiya qilish va bartaraf etish boʻyicha aniq tadbirlar, sanoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha avariyaga qarshi kuchlarning, avariya-qutqaruv xizmatlari va boshqa xizmatlarning tarkibi, deklaratsiyalanayotgan obyektdagi avariya oqibatlarini lokalizatsiya qilish va bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar, deklaratsiyalanayotgan obyektda avariya vujudga kelgan taqdirda xabar qilish tizimi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, unda xabar qilish sxemalari va avariyalar sodir boʻlgandagi harakatlar tartibi koʻrsatiladi).
1.7. 4-boʻlim “Xulosalar” quyidagilardan iborat boʻlishi kerak:
a) xavfsizlik darajasining umumlashtirilgan bahosi, unda deklaratsiyalanayotgan obyektning eng yuqori xavfli tarkiblari va xavf koʻrsatkichlariga taʼsir koʻrsatadigan eng ahamiyatli omillar koʻrsatiladi;
b) avariya xavfini kamaytirishga yoʻnaltirilgan rejalashtirilayotgan chora-tadbirlar roʻyxati.
1.8. “Vaziyat rejasi” nomli 5-boʻlim oʻz oqibatlariga koʻra eng xavfli va deklaratsiyalanayotgan obyektdagi avariyalarning eng yuqori darajada boʻlishi mumkin boʻlgan (namunaviy) ssenariylari uchun shikastlanishi mumkin boʻlgan eng koʻp zonalarning grafik tasviridan iborat boʻlishi kerak.
“Vaziyat rejasi”da masshtab hisobida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
a) deklaratsiyalanayotgan obyektning sanoat maydoni (hududi) va sanitariya-himoya zonasining chegarasi;
b) korxonalar, aholi punktlari, odamlar koʻp toʻplanadigan joylar;
v) avariyalarning shikastlovchi omillari taʼsir koʻrsatadigan zonalar.
2. “Hisob-kitob-tushuntirish xati” nomli 1-ilova quyidagi tarkibda boʻladi:
titul varaq;
bajaruvchilar roʻyxati;
Mundarija;
1-boʻlim “Tashkilot toʻgʻrisidagi maʼlumotlar”;
2-boʻlim “Xavfsizlik tahlili”;
3-boʻlim “Xulosalar va takliflar”;
4-boʻlim “Vaziyatlar rejalari”;
“Foydalanilgan manbalar roʻyxati”.
Oldingi tahrirga qarang.
2.1. Titul varaq Hisob-kitob-tushuntirish xatining birinchi sahifasi hisoblanadi va hujjatni ishlab chiqish va qidirish uchun zarur boʻlgan axborotlarning manbai boʻlib xizmat qiladi.
(2.1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 25-iyundagi 325-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2026-y., 09/26/325/0635-son)
Titul varaqda quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
a) hisob-kitob-tushuntirish xatini ishlab chiqqan tashkilotning rahbari tomonidan hisob-kitob-tushuntirish xatini tasdiqlash grifi;
Oldingi tahrirga qarang.
b) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi tomonidan beriladigan roʻyxatdan oʻtkazish tartib raqami (u deklaratsiyaga berilgan roʻyxatdan oʻtkazish tartib raqamiga muvofiq boʻlishi kerak) — faqat faoliyat koʻrsatayotgan obyektlar uchun koʻrsatiladi;
(2.1-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 25-iyundagi 325-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2026-y., 09/26/325/0635-son)
v) deklaratsiyaga hisob-kitob-tushuntirish xatining nomi, unda deklaratsiyalanayotgan (bitta obyekt deklaratsiyalangan taqdirda) yoki deklaratsiya qilinayotgan obyektlarning (bir nechta obyekt deklaratsiyalangan taqdirda) aniq nomi koʻrsatiladi, shuningdek tarkibiga ushbu obyekt kiradigan tashkilotning nomi;
Oldingi tahrirga qarang.
g) deklaratsiyalanayotgan obyektning Xavfli ishlab chiqarish obyektlari davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish tartib raqami (faqat faoliyat koʻrsatayotgan obyektlar uchun koʻrsatiladi);
(2.1-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 25-iyundagi 325-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2026-y., 09/26/325/0635-son)
d) daftarning tartib raqami (hisob-kitob-tushuntirish xati ikkita va undan koʻp daftardan iborat boʻlgan taqdirda);
e) hisob-kitob-tushuntirish xatini ishlab chiqqan tashkilotning joylashgan joyi va uning tasdiqlangan yili.
Hisob-kitob-tushuntirish xati ikkita yoki undan koʻp boʻlgan taqdirda har qaysi daftar birinchi daftarning sahifasiga va mavjud maʼlumotlarga muvofiq boʻlgan ushbu daftarga tegishli titul varaqqa ega boʻlishi kerak.
2.2. Bajaruvchilarning roʻyxati.
Bajaruvchilarning roʻyxatida masʼul bajaruvchilarning va hisob-kitob-tushuntirish xatini ishlab chiqishda qatnashgan birgalikdagi bajaruvchilarning familiyasi, ismi va otasining ismi, lavozimi va ish joyi koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
2.3. Mundarija.
Mundarijada hisob-kitob-tushuntirish xati barcha boʻlimlarining nomi, ushbu elementlar boshlanadigan sahifalar koʻrsatiladi.
Hisob-kitob-tushuntirish xati ikkita va undan koʻp daftardan iborat boʻlgan taqdirda ularning har birida oʻz mundarijasi boʻlishi kerak. Birinchi daftarning mundarijasida butun hujjatlarning mazmuni keltirilgan boʻlishi kerak, unda sahifalar va daftarlarning tartib raqamlari, keyingi daftarlarda — faqat tegishli daftarning mazmuni koʻrsatiladi.
2.4. 1-boʻlim “Tashkilotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar”da quyidagilar boʻlishi kerak:
a) deklaratsiyalanayotgan obyektning tarkibiy roʻyxati;
b) deklaratsiyalanayotgan obyektning topografiyasi va joylashgan joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (deklaratsiyalanayotgan obyekt joylashgan rayonning topografiyasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, deklaratsiyalanayotgan obyektning taqiqlangan, qoʻriqlanayotgan va sanitariya-himoya zonalarining mavjudligi va chegaralari, deklaratsiyalanayotgan obyekt joylashgan rayondagi tabiiy-iqlim sharoitlari, loyihada qurilish maydonining seysmik rayoni qismidagi qidiruvlar boʻyicha hisobotlardan foydalanilishi, gruntlar, tabiiy-iqlim va boshqa tashqi taʼsirlar tavsiflari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar) (loyihalash hujjatlari tarkibida ishlab chiqilayotgan deklaratsiya uchun rasmiylashtiriladi);
v) xodimlar va yaqin atrofda yashaydigan aholi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (deklaratsiyalanayotgan obyektning uning maʼmuriy birliklari va tarkiblari boʻyicha xodimlarning joylashishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, ularda xodimlarning oʻrtacha soni va eng koʻp ishlaydigan smenalar soni koʻrsatiladi; eng yuqori darajadagi gipotetik avariyaning shikastlovchi omillari taʼsiridagi zonalarda boʻlishi mumkin boʻlgan yaqin atrofdagi tashkilotlarning joylashishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, ularda deklaratsiyalanayotgan obyektdan uzoqdalik va xodimlarning soni koʻrsatiladi; eng yuqori darajadagi gipotetik avariyaning shikastlovchi omillari taʼsiridagi zonalarda boʻlishi mumkin boʻlgan aholi punktlarining joylashishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, ularda deklaratsiyalanayotgan obyektdan uzoqdalik va xodimlarning soni koʻrsatiladi. Deklaratsiyalanayotgan obyektning tarkibiy roʻyxati xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiya qilish sohasida amaldagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq boʻlishi kerak).
2.5. “Xavfsizlik tahlili” nomli 2-boʻlimda quyidagilar boʻlishi kerak:
a) xavfli moddalarning tavsifi (moddalar, formula, tarkibning nomi, umumiy maʼlumotlar (molekulyar ogʻirlik, qaynash harorati, zichlik) portlash xavfi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, toksik xavflilik toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, reaksiya berish qobiliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, moddaning hidi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, korroziya faolligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, ehtiyot choralari tavsifi, odamlarga koʻrsatadigan taʼsiri toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, himoya qilish vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, moddani zararsiz holatga oʻtkazish usullari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, modda taʼsir koʻrsatgan taqdirda shikastlanganlarga birinchi yordam koʻrsatish choralari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar);
b) texnologiyalar va apparatni rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (ularda prinsipial texnologik sxema, asosiy texnologik asbob-uskunalar va deklaratsiyalanayotgan obyektning tarkibi boʻyicha texnologik jarayonning qisqacha tavsifi, xavfli moddalar deklaratsiyalanayotgan obyektning tarkibi boʻyicha aylanadigan asosiy texnologik asbob-uskunalarning joylashish rejasi, xavfli moddalar aylanadigan asosiy texnologik asbob-uskunalarning roʻyxati, xavfli moddalarning asbob-uskunalar boʻyicha taqsimlanishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi);
v) xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha texnik yechimlarning tavsifi (asbob-uskunalarning siyraklanishiga yoʻl qoʻymaslikka va xavfli moddalarning avariya vaqtida tashqariga chiqishining oldini olishga yoʻnaltirilgan yechimlarning tavsifi, avariyalar rivojlanishining oldini olishga va xavfli moddalarning tashqariga chiqishini lokalizatsiya qilishga yoʻnaltirilgan yechimlarning tavsifi, portlash, yongʻin xavfsizligini taʼminlashga yoʻnaltirilgan yechimlarning tavsifi, avtomatik ravishda tartibga solish, blokirovka qilish, signalizatsiyalar va boshqa xavfsizlikni taʼminlash vositalari tizimlarining tavsifi);
g) xavfning tahlili (maʼlum avariyalar tahlili, avariyalarning kelib chiqishi va rivojlanishi shart-sharoitlarining tahlili, avariyalar xavfini baholash).
Maʼlum avariyalar tahlilida quyidagilar boʻlishi kerak:
1) avariyalar va deklaratsiyalanayotgan obyektda mavjud boʻlgan nosozliklar roʻyxati (faqat faoliyat koʻrsatayotgan obyektlar uchun rasmiylashtiriladi);
2) boshqa shunga oʻxshash obyektlarda mavjud boʻlgan avariyalar yoki aylanayotgan xavfli moddalar bilan bogʻliq avariyalar roʻyxati;
3) sodir boʻlgan avariyalarning asosiy sabablari tahlili.
Avariyalarning kelib chiqishi va rivojlanishi shart-sharoitlarining tahlili quyidagilardan iborat boʻladi:
1) avariyalarning kelib chiqishi va rivojlanishiga koʻmaklashuvchi boʻlishi mumkin boʻlgan sabablar va omillarni aniqlash;
2) sodir boʻlishi mumkin boʻlgan avariyalarning namunaviy ssenariylarini aniqlash;
3) hisob-kitob qilishning qoʻllanadigan fizik-matematik modellari va usullarini asoslash;
4) avariyada qatnashuvchi xavfli moddalar miqdorini baholash;
5) shikastlovchi omillar taʼsirida boʻlishi mumkin boʻlgan zonalar hisob-kitobi;
6) jabrlanganlarning boʻlishi mumkin boʻlgan sonini baholash;
7) boʻlishi mumkin boʻlgan zararni baholash.
Avariyalar xavfini baholash xodimga, aholiga yetkazilgan zararning muqarrarligini hamda mol-mulkka va atrof tabiiy muhitga yetkazilgan ziyonni baholashdan iborat boʻladi.
2.6. 3-boʻlim “Xulosalar va takliflar” quyidagilardan iborat boʻlishi kerak:
a) deklaratsiyalanayotgan obyektning eng xavfli tarkiblari roʻyxati;
b) xavf koʻrsatkichlariga taʼsir qiluvchi eng ahamiyatli omillar roʻyxati;
v) xavfli ishlab chiqarish obyektining xavfsizlik darajasini baholash;
g) avariyalar xavfini kamaytirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni joriy etish boʻyicha takliflar.
2.7. 4-boʻlim “Vaziyat rejalari”da deklaratsiyalanayotgan obyektning tarkibi boʻyicha avariyaning mumkin boʻlgan va eng yuqori darajadagi muqarrar (namunaviy) ssenariysi zonalarining grafik tasviri, shuningdek joylashish zonalarini hisob-kitob qilish uchun boshlangʻich maʼlumotlar koʻrsatilgan holda ushbu ssenariylarning qisqacha tavsifi boʻlishi kerak.
Vaziyat rejalarida masshtab hisobida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
a) deklaratsiyalanayotgan obyektning sanoat maydoni (hududi);
b) tashkilotlar, aholi punktlari, odamlar koʻp toʻplanadigan joylar;
v) avariyalarning shikastlovchi omillari taʼsir koʻrsatadigan zonalar.
2.8. “Foydalanilgan manbalar roʻyxati”da quyidagilar boʻlishi kerak:
Oldingi tahrirga qarang.
a) deklaratsiyalanayotgan obyektdagi sanoat xavfsizligi talablarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar va normativ texnik hujjatlar roʻyxati.
(2.8-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 8-iyundagi 111-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 185-modda)
b) hisob-kitob-tushuntirish xatini ishlab chiqishda foydalaniladigan tashkilot hujjatlari roʻyxati;
v) adabiyotlar manbalari roʻyxati.
2.9. “Axborot varagʻi” nomli ilova fuqarolar va jamoat tashkilotlari soʻrovlari boʻyicha xavfli ishlab chiqarish obyekti toʻgʻrisidagi axborotlarni belgilangan tartibda berish uchun xizmat qiladi.
“Axborot varagʻi”da quyidagilar boʻlishi kerak:
a) tarkibiga deklaratsiyalanadigan obyekt kiradigan tashkilotning nomi;
b) xabardor qilish va jamoatchilik bilan oʻzaro hamkorlik qilish uchun masʼul shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (lavozimi, familiyasi, ismi va otasining ismi, telefoni;
v) deklaratsiyalanayotgan obyektdan foydalanish bilan bogʻliq ishlab chiqarish faoliyatining qisqacha tavsifi;
g) deklaratsiyalanayotgan obyektda aylanadigan xavfli moddalarning roʻyxati va asosiy tavsiflari;
d) sodir boʻlishi mumkin boʻlgan avariyalar koʻlamlari va oqibatlari hamda xavfsizlik choralari toʻgʻrisidagi qisqacha maʼlumotlar;
e) avariyalar sodir boʻlgan taqdirda aholini xabardor qilish usullari va ularning zarur harakatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-dekabrdagi 271-son qaroriga
5-ILOVA
Xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yuz bergan taqdirda boshqa shaxslarning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof muhitga zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”, “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq faoliyati xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya sodir boʻlganda boshqa shaxslarning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof-muhitga zarar yetkazish xavfi bilan bogʻliq boʻlgan tashkilotlar, xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning mulkiy manfaatlarini sugʻurtaviy himoya qilish shartlarini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomning maqsadlari uchun quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
sugʻurta hodisasi — xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya sodir boʻlganda boshqa shaxslarning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof muhitga zarar yetkazilganligi uchun sugʻurta qildiruvchining fuqarolik javobgarligining boshlanishi fakti;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
avariya — inshootlar va (yoki) xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qoʻllanadigan texnika qurilmalarining buzilishi, sugʻurta shartnomasi amal qiladigan davrda roʻy bergan nazorat qilib boʻlmaydigan portlash va (yoki) xavfli moddalar ajralib chiqishi;
Oldingi tahrirga qarang.
xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya sodir boʻlganda boshqa shaxslarning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof-muhitga zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi — ushbu Nizomda nazarda tutilgan sugʻurta hodisasi yuz berganda sugʻurtalovchi shartnomada belgilangan toʻlovni sugʻurta tovonini jabrlanganga ushbu sugʻurta hodisasi oqibatida yetkazilgan zararni sugʻurta shartnomasida belgilangan sugʻurta summasi miqdorida toʻlash majburiyatini oladigan sugʻurta shartnomasi;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
sugʻurta hodisasi toʻgʻrisidagi dalolatnoma — sugʻurta hodisasi yuz bergan taqdirda, sugʻurtalovchi tomonidan sugʻurta qildiruvchi yoki uning vakili ishtirokida tuziladigan hujjat, u avariya sodir boʻlgan vaqt, joy va uning sababi toʻgʻrisidagi axborotlardan, boshqa shaxslarga yetkazilgan zarar miqdori, shuningdek, zararni kamaytirish maqsadida sugʻurta qildiruvchi tomonidan qilingan xarajatlar miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan iborat boʻladi;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash boʻyicha sanoat xavfsizligi ekspertizasi xulosasi (keyingi oʻrinlarda — ekspertiza xulosasi) — xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash natijalarini oʻz ichiga olgan ekspert tashkilotlari tomonidan rasmiylashtiriladigan hujjat;
davlat reyestrida hisobga olingani haqida maʼlumotnoma — foydalanilayotgan xavfli ishlab chiqarish obyektining davlat reyestrida hisobga olinganligini tasdiqlovchi hujjat.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 25-iyundagi 325-sonli qaroriga asosan oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2026-y., 09/26/325/0635-son)
3. Maxsus vakolatli davlat organi tomonidan berilgan litsenziyaga muvofiq fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishga haqli boʻlgan sugʻurta tashkilotlari sugʻurtalovchilar boʻlishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlar sugʻurta qildiruvchilar boʻlishi mumkin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
5. Xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya sodir boʻlgan taqdirda hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga, atrof muhitga zarar yetkazganlik uchun daʼvo bildirish huquqiga ega boʻlgan shaxslar (jismoniy shaxs, yuridik shaxs yoki davlat) boshqa shaxslar hisoblanadilar.
II. Majburiy sugʻurta qilish obyektlari
Oldingi tahrirga qarang.
6. Xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya sodir boʻlgan taqdirda, boshqa shaxslarning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof-muhitga yetkazilgan zararni foydalanuvchi-sugʻurta qildiruvchi tomonidan qoplash boʻyicha fuqarolik javobgarligi paydo boʻlishi bilan bogʻliq boʻlgan sugʻurta qildiruvchining mulkiy manfaatlari majburiy sugʻurta qilish obyektlari hisoblanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Sugʻurta qildiruvchining quyidagilar oqibatida paydo boʻlgan fuqarolik javobgarligi sugʻurta hodisasi deb eʼtirof etilmaydi:
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
a) yadroviy portlash, radiatsiya, radioaktiv zararlanish, agar ular ushbu ishlab chiqarish obyektidan foydalanish bilan bogʻliq boʻlmasa;
b) harbiy harakatlar, shuningdek manyovrlar yoki boshqa harbiy tadbirlar, qurolli tuzilmalar yoki terrorchilarning harakatlari;
v) ommaviy tartibsizliklar, boshqa fuqarolar boʻysunmasligining jamoaviy holatlari, ish tashlashlar;
g) yengib boʻlmaydigan kuchlar holatlarining taʼsiri: tabiiy ofatlar, stixiyali tusdagi tabiat hodisalari;
d) xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanish bilan bevosita bogʻliq boʻlmagan holatlarning paydo boʻlishi;
Oldingi tahrirga qarang.
e) qonunchilikda va shartnomada nazarda tutilgan boshqa holatlar.
(7-bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
III. Sugʻurta summasi
8. Xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya sodir boʻlgan taqdirda boshqa shaxslarning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof muhitga zarar yetkazilganligi uchun xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta qilishning eng kam miqdori xavfli ishlab chiqarish obyektining tegishli turi uchun ushbu Nizomga ilovaga muvofiq belgilanadi.
IV. Sugʻurta mukofoti
9. Sugʻurta mukofoti sugʻurtalovchi tomonidan ishlab chiqilgan tarif stavkalaridan va shartnomada belgilangan sugʻurta summasi miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
10. Tarif stavkalari ishlab chiqarish sharoitlari va hajmlarini, xavfli ishlab chiqarish obyekti joylashgan joyni, undan foydalanishning boshqa omillarini, obyektda xavfli moddalarni muayyan hajmlarda olish, undan foydalanish, uni qayta ishlash va saqlashni, sugʻurta tavakkalchiligi darajasini va sugʻurta obyektining boshqa shart-sharoitlarini hisobga olgan holda sugʻurtalovchi tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Sugʻurta shartnomasini tuzishda sugʻurta qildiruvchi sugʻurta mukofotini bir yoʻla yoki teng qismlar bilan har chorakda (sugʻurta badallari) toʻlaydi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
V. Sugʻurta shartnomasi
Oldingi tahrirga qarang.
12. Sugʻurta shartnomasi sugʻurta qildiruvchining sugʻurtalovchi tomonidan belgilangan shaklga muvofiq rasmiylashtirilgan yozma yoki elektron shakldagi arizasi asosida rasmiylashtiriladi. Sugʻurta qildiruvchi arizada sugʻurtalovchi tomonidan qoʻyilgan masalalarga muvofiq aniq va toʻliq maʼlumotlarni koʻrsatishi shart.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Sugʻurta toʻgʻrisidagi arizaga sugʻurta qildiruvchi, foydalaniladigan xavfli ishlab chiqarish obyektining ekspertizasi xulosasini va foydalaniladigan xavfli ishlab chiqarish obyekti davlat reyestrida hisobga olingani haqidagi maʼlumotnomani ilova qiladi.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 25-iyundagi 325-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2026-y., 09/26/325/0635-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Sugʻurta qildiruvchi sugʻurta shartnomasini tuzish uchun taqdim etilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi va toʻliqligi uchun javob beradi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
VI. Sugʻurtalovchi va sugʻurtalanuvchining huquq va majburiyatlari
14. Sugʻurtalovchi quyidagi huquqlarga ega:
a) sugʻurta shartnomasini tuzishda sugʻurta tavakkalchiligi darajasini aniqlash maqsadida oʻz hisobidan sugʻurta obyektining mustaqil ekspertizasini amalga oshirish;
b) shartnoma tuzishda va sugʻurta shartnomasi amal qiladigan davrda sugʻurta tavakkalchiligini baholash;
v) yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash maqsadida qoʻshimcha tekshirishlar oʻtkazish;
g) vakolatli organlardan zarar yetkazilganligi sababli avariyaning texnik jihatdan tekshirish materiallarini, axborot va hujjatlarni, tibbiy xulosalarni, yoʻqotilgan (shikastlangan) mol-mulk qiymati, amalga oshirilgan ishlar qiymati toʻgʻrisida fikrga ega boʻlish imkonini beradigan schyotlarni, shuningdek boshqa zarur materiallarni soʻrash va olish;
Oldingi tahrirga qarang.
d) sugʻurta qildiruvchi tomonidan taqdim etilgan axborotlarni tekshirish, sugʻurta shartnomasi talablari va shartlarining sugʻurta qildiruvchi tomonidan bajarilishini nazorat qilish;
(14-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
e) sugʻurta qildiruvchidan sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishini talab qilish.
(14-bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
15. Sugʻurtalovchi quyidagilarga majbur:
Oldingi tahrirga qarang.
a) sugʻurta qildiruvchi tomonidan sugʻurta hodisasi boshlanishi tavakkalchiligini kamaytirish tadbirlari amalga oshirilgan taqdirda, sugʻurta hodisasi boshlanishi tavakkalchiligini kamaytirish darajasini hisobga olgan holda sugʻurta qildiruvchining arizasi boʻyicha sugʻurta shartnomasi shartlarini qayta koʻrib chiqish;
(15-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
b) zararlarni kamaytirish maqsadida sugʻurta qildiruvchining sugʻurtalovchi tomonidan qoplanishi kerak boʻlgan xarajatlarini toʻlash, agar bunday xarajatlar sugʻurtalovchining koʻrsatmalarini bajarish uchun zarur boʻlgan boʻlsa yoki amalga oshirilgan boʻlsa. Koʻrsatib oʻtilgan xarajatlarni toʻlash sugʻurtalovchi tomonidan u tegishli xarajatlar toʻgʻrisidagi dalolatnomani olgan sanadan boshlab bir oy mobaynida, biroq sugʻurta toʻlovi toʻlangandan keyin amalga oshiriladi. Bunday xarajatlar, hatto agar tegishli choralar muvaffaqiyatsiz boʻlganda ham va sugʻurta shartnomasi boʻyicha boshqa zararlarni toʻlash bilan birga ular shartnomada belgilangan sugʻurta summasidan ortiq (biroq 20 foizdan ortiq emas) boʻlganda ham toʻlanadi;
(15-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
v) sugʻurta qildiruvchining mulkiy ahvoli, xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanishning holati, shartlari va xususiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni hamda sugʻurta shartnomasini tuzish bilan bogʻliq ravishda maʼlum boʻlib qolgan boshqa maxfiy axborotni oshkor qilmaslik, qonunchilikda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
(15-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Sugʻurta qildiruvchi quyidagi huquqlarga ega:
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
a) sugʻurta hodisasini tekshirishda qatnashish;
(16-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
b) sugʻurta hodisasini tekshirish natijalari boʻyicha qaror yuzasidan shikoyat qilish;
(16-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
v) sugʻurtalovchidan xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya sodir boʻlgan taqdirda boshqa shaxslarning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof muhitga zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha oʻz huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisida bepul axborot olish;
g) xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya sodir boʻlgan taqdirda boshqa shaxslarning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof muhitga zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish masalalari boʻyicha oʻz huquqlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Sugʻurta qildiruvchi quyidagilarga majbur:
(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
a) sugʻurta shartnomasi amalda boʻlgan davrda sugʻurtalovchiga sugʻurta shartnomasini tuzishda, xabar qilingan oʻziga maʼlum boʻlgan jiddiy oʻzgarishlar va holatlar toʻgʻrisida, agar ushbu oʻzgarishlar sugʻurta tavakkalchiligining ortishiga jiddiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlsa, sugʻurtalovchiga darhol xabar qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
b) sugʻurtalovchiga xavfli ishlab chiqarish obyektida sodir boʻlgan har qanday avariya toʻgʻrisida, shuningdek boshqa shaxslar tomonidan sugʻurta qildiruvchiga oʻzlarining hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof muhitga yetkazilgan zararni toʻlash toʻgʻrisida daʼvo bildirishga olib kelishi mumkin boʻlgan avariyaning har qanday oqibatlari toʻgʻrisida, boshqa shaxslarning zararni toʻlatish toʻgʻrisidagi barcha eʼtirozlari va daʼvolari haqida xabar qilish, avariyaning holati va sabablarini tavsiflovchi barcha hujjatlarni taqdim etish;
(17-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
v) tegishli sud qarori olingan kundan boshlab 3 ish kuni mobaynida sugʻurtalovchiga sud qarori bilan belgilangan xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya sodir boʻlganda yetkazilgan zararni toʻlash majburiyati toʻgʻrisida xabar qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
g) avariya sodir boʻlganda, boʻlishi mumkin boʻlgan zararlarni kamaytirish uchun vujudga kelgan holatlarda oqilona va qulay choralar koʻrish. Sugʻurta qildiruvchi bunday choralarni koʻrayotganda, agar ular sugʻurta qildiruvchiga xabar qilingan boʻlsa, sugʻurta qildiruvchining koʻrsatmalariga amal qilishi kerak;
(17-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
d) sugʻurtalovchining oldindan roziligini olmasdan boshqa shaxslar tomonidan bildirilgan talablarni bajarish boʻyicha biron-bir majburiyatlarni oʻz zimmasiga olmaslik.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Sugʻurta shartnomasida tomonlarning kelishuviga koʻra qonunchilikka muvofiq tomonlarning boshqa huquq va majburiyatlari nazarda tutilishi mumkin.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Sugʻurta qildiruvchi va sugʻurtalovchi tomonidan ushbu Nizom qoidalari buzilgan taqdirda ular qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
VII. Boshqa shaxslarning huquq va majburiyatlari
20. Boshqa shaxslar quyidagi huquqlarga ega:
a) xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya sodir boʻlgan taqdirda hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof muhitga zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish masalalari boʻyicha sugʻurta toʻlovi olish;
b) sugʻurta hodisasini tekshirishda qatnashish;
v) sugʻurta hodisalarini tekshirish natijalari boʻyicha qaror yuzasidan shikoyat qilish;
g) sugʻurtalovchidan xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya sodir boʻlgan taqdirda hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof muhitga zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha oʻz huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisida bepul axborot olish;
d) xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya sodir boʻlgan taqdirda hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof muhitga zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish masalalari boʻyicha oʻz huquqlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qilish.
21. Boshqa shaxslar quyidagilarga majbur:
a) maxsus organlar tomonidan berilgan xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya oqibatida zarar koʻrilganligi va uning miqdorini tasdiqlovchi zarur hujjatlarni taqdim etish;
b) sugʻurtalovchiga uning (sugʻurtalovchining) tomonidan boshlangan sugʻurta hodisasini mustaqil ekspertizadan oʻtkazishda koʻmaklashish.
Oldingi tahrirga qarang.
22. Boshqa shaxslar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi va boshqa majburiyatlar olishi ham mumkin.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
VIII. Sugʻurta tovoni (sugʻurta toʻlovi)ni toʻlash
(VIII boʻlimning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
23. Xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya sodir boʻlgan taqdirda sugʻurta qildiruvchi sugʻurtalovchini avariya sodir boʻlishi natijasida:
(23-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
a) boshqa shaxslarning hayoti va sogʻligʻiga;
Oldingi tahrirga qarang.
b) boshqa shaxslarning mol-mulkiga va atrof muhitga zarar yetkazilganda, xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sodir boʻlgan vaqtdan boshlab 3 ish kuni mobaynida bu toʻgʻrida yozma yoki elektron ravishda xabardor qiladi.
(23-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
24. Sugʻurta tovoni (sugʻurta toʻlovi)ni toʻlash miqdori sugʻurtalovchi tomonidan avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirish dalolatnomasi, sud qarorlari va sugʻurta hodisasi boshlanishining sabablari va holatlari, shu jumladan boshqa shaxslarga yetkazilgan zarar miqdori koʻrsatilgan boshqa materiallar asosida belgilanadi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
25. Sugʻurta tovoni (sugʻurta toʻlovi)ni toʻlash tomonlar imzolagan va sugʻurta hodisasini tasdiqlovchi hujjatlar asosida tuzilgan sugʻurta hodisasi toʻgʻrisidagi dalolatnoma asosida amalga oshiriladi
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
26. Sugʻurta tovoni (sugʻurta toʻlovi)ni toʻlash sugʻurta shartnomasida koʻrsatilgan belgilangan sugʻurta puli doirasida amalga oshiriladi.
Agar bitta sugʻurta shartnomasi boʻyicha ularga nisbatan turlicha sugʻurta puli belgilangan bir necha xavfli ishlab chiqarish obyektlari sugʻurta qilingan boʻlsa, u holda muayyan sugʻurta hodisasi boʻyicha sugʻurta tovoni (sugʻurta toʻlovi)ni toʻlash avariya sodir boʻlgan xavfli ishlab chiqarish obyekti boʻyicha belgilangan sugʻurta puli doirasida amalga oshiriladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
27. Sugʻurta shartnomasi boʻyicha quyidagilar qoplanmaydi:
a) maʼnaviy zarar;
Oldingi tahrirga qarang.
b) sugʻurta qildiruvchi bilan mehnat munosabatlarida boʻlgan shaxslarga, ular Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga binoan shartnoma (kontrakt)ga muvofiq mehnat majburiyatlarini bajarayotganda yetkazilgan zarar;
(27-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
v) sugʻurta qildiruvchi mulkiy huquqqa, xoʻjalik yurituvi huquqiga yoki tezkor boshqarish huquqiga yoxud boshqacha qonuniy asosda (ijara huquqida, saqlash shartnomasi boʻyicha, ishonchnoma boʻyicha, mulkni unga berish toʻgʻrisidagi tegishli organning farmoyishiga va shu kabilarga koʻra) unga tegishli boʻlgan mol-mulkka yetkazilgan zarar;
(27-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
g) sugʻurta qildiruvchining neustoyka (jarima, penya) toʻlash, uning kafolatli va shunga oʻxshash majburiyatlarni bajarishi, shartnoma majburiyatlarini bajarmaganligi yoki zarur darajada bajarmaganligi bilan bogʻliq holda koʻrgan zararlari;
(27-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
d) yoʻqotilgan foyda.
Oldingi tahrirga qarang.
28. Sugʻurta tovoni (sugʻurta toʻlovi) bevosita zarar koʻrganga toʻlanadi. Ushbu Nizomning 15-bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan xarajatlar sugʻurta qildiruvchiga toʻlanadi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
29. Sugʻurta tovoni (sugʻurta toʻlovi)ni toʻlash sugʻurta hodisasi toʻgʻrisidagi dalolatnoma imzolangan kundan boshlab 10 ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
30. Sud qarori yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilingan (rad etilgan) taqdirda sugʻurtalovchi sugʻurta tovoni (sugʻurta toʻlovi)ni toʻlash toʻgʻrisidagi masalani hal etishni, agar dastlabki qaror boʻyicha ijobiy yoki salbiy xulosa chiqarish mumkin boʻlmasa, sudning uzil-kesil qarori qabul qilinadigan vaqtgacha kechiktirishi mumkin.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
31. Yetkazilgan zarar, shuningdek, boshqa shaxslar tomonidan qoplanadigan hollarda sugʻurtalovchi faqat sugʻurta shartnomasi boʻyicha toʻlanishi kerak boʻlgan sugʻurta tovoni (sugʻurta toʻlovi) va boshqa shaxslar tomonidan qoplanadigan pul oʻrtasidagi tafovutni toʻlaydi. Sugʻurta qildiruvchi sugʻurtalovchini zararni jabrlanganga qoplash uchun boshqa shaxslar tomonidan amalga oshirilgan — oʻziga maʼlum boʻlgan toʻlovlar toʻgʻrisida xabardor qilishi shart.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
32. Sugʻurta qildiruvchi sud qarorini ijro etish asosida unga nisbatan sugʻurta shartnomasi tuzilgan xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanish natijasida yetkazilgan zararni qoplagan taqdirda sugʻurtalovchi sugʻurta qildiruvchiga sugʻurta tovoni (sugʻurta toʻlovi)ni toʻlashni u amalga oshirgan zarar tovoni doirasida, lekin sugʻurta shartnomasi boʻyicha belgilangan sugʻurta summasidan koʻp boʻlmagan miqdorda amalga oshiradi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
33. Sugʻurtalovchining sugʻurta tovoni (sugʻurta toʻlovi)ni toʻlashni rad etish huquqi qonunchilik va shartnoma bilan belgilanadi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
34. Sugʻurta qildiruvchining zararni toʻlash (subrogatsiya) yuzasidan talab qilish huquqining sugʻurta tovoni (sugʻurta toʻlovi)ni toʻlagan sugʻurtalovchiga oʻtishi qonunchilik hujjatlari va shartnoma bilan tartibga solinadi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
IX. Nizolarni hal etish
Oldingi tahrirga qarang.
35. Sugʻurta shartnomasi boʻyicha paydo boʻladigan nizolar sugʻurta qildiruvchi va sugʻurtalovchi oʻrtasidagi muzokaralar yoʻli bilan hal etiladi. Nizoli masalalar boʻyicha kelishuvga erishish mumkin boʻlmagan taqdirda ularni hal etish qonunchilikda belgilangan tartibda iqtisodiy sudga koʻrib chiqish uchun beriladi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yuz bergan taqdirda boshqa shaxslarning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof muhitga zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
ILOVA
Xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya sodir boʻlgan taqdirda boshqa shaxslarning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof muhitga zarar yetkazganligi uchun fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta summalarining eng kam miqdorlari
Oldingi tahrirga qarang.
Xavfli ishlab chiqarish obyektining tipi ‎ Sugʻurta pulining eng kam miqdori (bazaviy hisoblash miqdorlarida)‎
Birinchi ‎ 250000 (ikki yuz ellik ming) ‎
Ikkinchi‎ 50000 (ellik ming) ‎
Uchinchi‎ 10000 (oʻn ming) ‎
Oldingi tahrirga qarang.
Xavfli ishlab chiqarish obyektlari uchun sugʻurta pulining eng kam miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida sugʻurta shartnomasi tuzilgan kunda belgilangan bazaviy hisoblash miqdorlari asosida hisoblab chiqariladi.
(izoh qismi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 222-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 31-son, 327-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 50-son, 496-modda; 2010-y., 23-son, 185-modda, 51-son, 486 -modda; 2011-y., 19-son, 191-modda, 31-son, 327-modda; 2012-y., 44-son, 507-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son, 03.10.2018-y., 09/18/784/1986-son; 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son; 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 30.09.2022-y., 09/22/550/0874-son; 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son; 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son; 05.08.2025-y., 09/25/493/0694-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son; 26.06.2026-y., 09/26/325/0635-son)