1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.25.00.00 Qimmatli qogʻozlar emissiyasi / 07.25.07.00 Qimmatli qogʻozlarni (qoplash) yoʻq qilish]
[TSZ:
1.Moliya / Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori]
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy
banki Boshqaruvi tomonidan
1998-yil 9-noyabr, 218-son
(19/5-son, 1998-yil 9-noyabr)
“TASDIQLANGAN”
Oʻzbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi
1998-yil 13-noyabr,
08-01-03/396-son
“KELIShILGAN”
Davlat qisqa muddatli obligatsiyalari chiqarilishlari bilan ishlash va ularni muomalada boʻlishi toʻgʻrisida
Nizom
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 30-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 552]
LexUZ sharhi
Mazkur nizom Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 15-avgustdagi 341-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 552-5, 15.08.2019-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 26-martdagi 119-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining qisqa muddatli davlat obligatsiyalarini chiqarish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan, davlat qisqa muddatli obligatsiyalarini joylashtirish, muomalada yuritish va toʻlab berish tartibini belgilaydi.
1. Umumiy qoidalar
1.1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllanilgan:
davlat qisqa muddatli obligatsiyalar (bundan buyon matnda “Obligatsiyalar” deb yuritiladi) — oʻz egalariga ularni toʻlash vaqtida nominal qiymatda olish va realizatsiya (yoki toʻlash qiymati) va xarid qiymati orasidagi farq shaklidagi foyda olish huquqini beruvchi davlat qimmatli qogʻozlari;
Diler — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan Obligatsiyalar bilan operatsiyalarga xizmat koʻrsatish boʻyicha funksiyalarni amalga oshirishga va birja savdolarida qatnashish va birja bitimlari tuzish huquqiga ega boʻlgan bank yoki yuridik shaxs sanalgan birjaning aʼzosi;
Investor — Diler bilan xizmat koʻrsatish boʻyicha shartnoma tuzish yoʻli bilan Obligatsiyalarni egalik va boshqa moddiy huquqiy asosda xarid qiluvchi Diler boʻlmagan istalgan yuridik shaxs;
Oʻzbekiston Respublikasi valyuta birjasi (bundan buyon matnlarda OʻzRVB deb yuritiladi) — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan tuzilgan shartnoma bilan vakolatlangan, Obligatsiyalar bilan savdo qilish uchun, shu jumladan, avvaldan belgilangan joy va muddatlarda oʻrnatilgan maʼlum qoidalar asosida ommaviy va ochiq birja savdolarini tashkillashtirish va oʻtkazish orqali Savdo tizimini taqdim etish uchun shartlar yaratuvchi yuridik shaxs. OʻzRVB Diler va investor funksiyalarini bajara olmaydi;
savdo tizimi — OʻzRVBning Obligatsiyalar bilan bitimlar boʻyicha elektron savdolar olib boruvchi, qabul qilingan arizalarning roʻyxatdan oʻtkazilishini, bitimlarning avtomatik tarzda tuzilishini, Obligatsiyalar va ular boʻyicha huquqlarning saqlanishini, shuningdek Obligatsiyalar bilan bitimlar boʻyicha kliring va hisob-kitoblar olib borilishini, unda savdo ishtirokchilarining ish joylarida joriy maʼlumotlar tezkor tarzda aks ettirilishi, savdo jarayonlarining bayonnomalarga kiritilishi va yakuniy birja hujjatlari rasmiylashtirilishini taʼminlovchi tizim.
1.2. Obligatsiyalar egalari, ushbu Nizom asosida tuziladigan shartnomalar boʻyicha yuklatiladigan cheklovlarni hisobga olgan holda, amaldagi qonunchilikka muvofiq oʻzlariga tegishli boʻlgan Obligatsiyalarga egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqiga egadirlar.
1.3. Obligatsiyalar muomalasi faqatgina oldi-sotdi, shuningdek, amaldagi qonunchilik va mazkur Nizomda belgilangan garov shartnomasi (Bitimi)ni tuzish natijasida amalga oshirilishi mumkin.
1.4. Diler va Oʻzbekiston Respublikasi valyuta birjasi oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar shartnomaviy asosda rasmiylashtiriladi.
Diler oʻz nomidan va oʻz hisobidan, shuningdek investor buyrugʻi bilan va investor hisobidan Obligatsiyalar bilan bitimlar tuzishga haqlidir.
Dilerlar Savdo tizimida Obligatsiyalar boʻyicha arizalar kiritish va ijro etish, shuningdek olib borilayotgan savdolarning borishi haqida maʼlumotlar olishda bir xil imkoniyatlarga egalar.
2. Obligatsiyalarni chiqarish tartibi
2.1. Obligatsiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi nomidan va uning mablagʻlari hisobiga hujjatsiz shaklda bir yillik muddatga chiqariladi.
2.2. Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki Obligatsiyalarning joylashtirilishi va toʻlanishi boʻyicha agentlik funksiyalarini bajaradi.
2.3. Obligatsiyalarning nominal qiymati Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida ifodalanadi va 1000 soʻmga teng.
2.4. Obligatsiyalar hisobi va roʻyxatini amalga oshirish uchun, har bir Diler va Investorga roʻyxat kodlari beriladi.
Diler va Investorlar roʻyxat kodlarini shakllantirish tartibi ushbu Qoidalarning 1-ilovasida belgilangan.
2.5. Dilerga Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki tomonidan beriladigan roʻyxat kodi Diler kodi deyiladi va har bir Diler uchun alohida boʻladi.
Koʻrsatilgan kod Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki va Diler oʻrtasida tuziladigan shartnomada keltiriladi, va ushbu Dilerning Obligatsiyalar bozorida oʻz nomidan amalga oshiradigan operatsiyalari bilan bogʻliq barcha tezkor, roʻyxat va hisob hujjatlarida qayd etilishi kerak.
2.6. Investorga unga xizmat koʻrsatuvchi Diler tomonidan beriladigan roʻyxat kodi — Investor kodi deyiladi va har bir Investor uchun alohida boʻladi.
Koʻrsatilgan kod Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki va Investor oʻrtasida tuziladigan shartnomada keltiriladi, va ushbu Dilerning Investor topshirigʻiga binoan Obligatsiyalar bozorida amalga oshiradigan operatsiyalari bilan bogʻliq barcha tezkor, roʻyxat va hisob hujjatlarida qayd etilishi kerak.
Investorning roʻyxat kodlari reyestri, ushbu Investor bilan xizmat koʻrsatish shartnomasini tuzgan Diler tomonidan olib boriladi.
3. Obligatsiyalarni saqlash va ularga boʻlgan huquqlarni hisobga olish tartibi
3.1. Obligatsiyalarni saqlash va ularga boʻlgan huquqlar hisobi, davlat qimmatli qogʻozlari bilan tuziladigan bitimlar boʻyicha OʻzRVBda ochilgan hisobvaraqda olib boriladi (bundan buyon matnlarda — “depo” hisobvaraq).
Obligatsiyalarga boʻlgan huquqlar, sotuvchining shaxsiy hisobvaragʻiga pul mablagʻlari oʻtkazilgan va “depo” hisobvaragʻi boʻyicha tegishli kirim qaydi kiritilgan vaqtdan eʼtiboran oʻz xaridoriga oʻtadi. Obligatsiyalarga boʻlgan huquqlar “depo” hisobvaragʻidan koʻchirma bilan tasdiqlanadi.
3.2. Diler uchun “Depo” hisobvaragʻi, OʻzRVB va Diler oʻrtasidagi shartnomaga binoan ochiladi.
3.3. Investor uchun “depo” hisobvaragʻi, Investor bilan xizmat koʻrsatish yuzasidan shartnoma tuzgan Dilerning “depo” topshiriqnomasi asosida ochiladi. Investor faqatgina birgina Dilerning “depo” topshiriqnomasiga binoan ochilgan bitta “depo” hisob raqamga ega boʻlishi mumkin.
Investor uchun, tegishli Dilerlar bilan tuzilgan xizmat koʻrsatish shartnomalari asosida bir nechta “depo” hisobvaraqlari ochib berilishi mumkin.
3.4. Investor oldi-sotdi yoki garov shartnomasini amalga oshirmasdan, oʻzining bitta Dilerning “depo” topshiriqnomasiga asosan ochilgan “depo” hisobidan, boshqa Dilerning “depo” topshiriqnomasi asosida ochilgan Obligatsiyalarini oʻtkazishga haqli. Obligatsiyalarni oʻtkazish “depo” topshiriqnomalari asosida amalga oshiriladi. (Ushbu Nizomga 2-ilova).
3.5. Garov shartnomalari boʻyicha Obligatsiyalarni oʻtkazish Obligatsiyalarni bloklash va blokdan chiqarish uchun tegishli “depo” asosida amalga oshiriladi (Ushbu Nizomning 2a va 2b-ilovalari).
3.6. “Depo” topshiriqnomasini olish kunidan erta ijro kuni koʻrsatilgan “depo” topshiriqnomalari ijroga qabul qilinmaydi. “Depo” topshiriqnomasining ijro natijalari boʻyicha, OʻzRVB “depo” hisobvaragʻi egasiga tegishli koʻchirma beradi.
3.7. Bitimlar yakuni boʻyicha, Obligatsiyalarni Diler (Investorlar) — sotuvchilar hisoblaridan — Diler (Investorlar) — xaridorlar hisoblariga yechish boʻyicha Obligatsiyalarni yetkazib berish amalga oshiriladi.
3.8. OʻzRVB haftasiga bir marta (oxirgi ish kunida) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga, ushbu Nizomning 3-ilovasida belgilangan xajmda axborotlar taqdim etadi. Dilerlar oyida bir marta (oxirgi ish kunida) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga, ushbu Nizomning 4-ilovasida belgilangan xajmda axborotlar taqdim etadilar.
Taqdim etilgan axborot, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan xuddi shu davr uchun savdolar natijalari bilan solishtirish yoʻli bilan nazorat qilinadi.
3.9. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining oʻz hisobidan xarid qilingan Obligatsiyalar, ular hisobga olinadigan “depo” hisobvaragʻidan tashqari, Markaziy bank OʻzRVB da oʻzining “depo” hisobvaragʻiga ega boʻlib, ushbu hisobvaraq Obligatsiyalarni joylashtirish, toʻlash va sotib olish jarayonlarini amalga oshirish uchun moʻljallangan boʻladi va matndan keyinda “emissiya hisobi” deb yuritiladi.
Navbatdagi chiqarish toʻgʻrisidagi global guvohnomani olgandan keyingi kun, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki OʻzRVBga Obligatsiyalarni oʻzining OʻzRVB dagi “emissiya hisobi”ga butun xajmda oʻtkazish uchun topshiriq beradi.
Navbatdagi chiqarishni toʻlash vaqtida, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki OʻzRVB ga (toʻlov kunidan keyingi kun) oʻzining “emissiya hisobi”dan toʻla xajmda toʻlangan Obligatsiyalarni yechib olish uchun topshiriq beradi.
3.10. Diler va Investorning “depo” hisobi quyidagi boʻlimlarni oʻz ichiga oladi: “asosiy” va “bloklangan”. Oʻz oʻrnida, “bloklangan” boʻlimi oʻz ichiga quyidagi boʻlimlarni oladi: “bloklangan, garovga qabul qilingan”, “REPO bitimi boʻyicha bloklangan”, “xatlov boʻyicha bloklangan”. Bundan tashqari, “bloklangan, garovga qabul qilingan” boʻlimiga garovga qoʻyilgan Obligatsiyalarni sotish uchun moʻljallangan “savdolar uchun bloklangan” sub-hisobi muvofiq keladi.
3.10.1. “Depo” hisob raqamining “asosiy” boʻlimi — Obligatsiyalar oʻtkazmalarini amalga oshirish boʻyicha cheklovlar oʻrnatilmagan “asosiy” boʻlimidir.
3.10.2. “Depo” hisobining “bloklangan” boʻlimi — Obligatsiyalar boʻyicha qonun yoki shartnomaga asoslangan huquqlar cheklovlarini hisobga olishga moʻljallangan.
3.10.3. “Depo” hisobining “bloklangan, garovga qabul qilingan” boʻlimi, garovga qoʻyuvchining “depo” hisob raqamida Obligatsiyalar boʻyicha garovga qoʻyilgan huquqlarni hisobga olish uchun moʻljallangan. Bunda garov shartnomasida quyidagilar nazarda tutilgan boʻlishi kerak:
garovga qoʻyilgan Obligatsiyalar, ularni blokdan yechish va garov beruvchi hisobiga qaytib kelgan sanadan 10 kalendar kunidan kam boʻlmagan toʻlov muddatiga ega boʻlishi kerak.
Ushbu boʻlim boʻyicha turli garov shartnomalari yuzasidan kelib chiqqan, Obligatsiyalarga boʻlgan huquqlarni garov bilan ogʻirlashtirish jarayoni har bir shartnoma boʻyicha alohida yuritiladi.
3.10.4. “Depo” hisobining “REPO bitimi boʻyicha bloklangan” boʻlimi, qayta sotib olish sharti bilan Obligatsiyalarning oldi-sotdi bitimi toʻgʻrisidagi kelishuvning birinchi qismi yuzasidan Obligatsiyalar xaridorining “depo” hisobvaragʻida ochiladi. Ushbu boʻlim boʻyicha Obligatsiyalar hisobi qayta sotib olish sharti bilan Obligatsiyalarning oldi-sotdi bitimi boʻyicha alohida tartibda yuritiladi. Ushbu operatsiyalar Oʻzbekiston Respublikasi davlat qimmatli qogʻozlari bilan bogʻliq REPO bitimlarini tuzish va ijro etish tartibi toʻgʻrisidagi Qoidalar asosida amalga oshiriladi. (roʻy. raqami 1829, 2008-yil 18-iyun).
3.10.5. “Depo” hisobining “xatlov boʻyicha bloklangan” boʻlimi quyidagi cheklovlar bilan tasniflanadi:
Obligatsiyalar ushbu boʻlimga, Diler va Investor roziligisiz faqatgina vakolatli organlarning qonunga asoslangan topshirigʻi asosida OʻzRVB tomonidan tuzilgan “depo” topshiriqnomasi asosida oʻtkazilishi mumkin;
Obligatsiyalar ushbu boʻlimdan, tegishli organlar ruxsatnomalari mavjud boʻlganda hamda Obligatsiyalar toʻlanganda boshqa boʻlimga oʻtkazilishi mumkin;
Obligatsiyalarning ushbu boʻlimga oʻtkazilishi, Obligatsiyalar “xatlovi” uchun asos boʻlib xizmat qiladigan hujjatlar olingan kunda amalga oshirilishi shart.
3.11. Oldi-sotdi bitimlarini amalga oshirmay turib, Obligatsiyalarni garov beruvchining “depo” hisob raqamidan garovga qoʻyuvchining “depo” hisob raqami “bloklangan, garovga qabul qilingan” boʻlimiga oʻtkazishga ruxsat beriladi. Bunda Obligatsiyalarni oldi-sotdi shartnomasisiz “depo” hisobining “bloklangan, garovga qabul qilingan” boʻlimidan oʻtkazish, quyidagi boʻlimlarga ruxsat beriladi:
Obligatsiyalar muqaddam koʻrsatilgan boʻlimga oʻtkazilgan xuddi oʻsha “Depo” hisobining asosiy boʻlimiga;
Xuddi oʻsha “depo” hisobining “bloklangan, garovga qabul qilingan” boʻlimiga muvofiq keluvchi va garovga qoʻyilgan Obligatsiyalarning realizatsiyasiga moʻljallangan “savdolar uchun bloklangan” sub-hisobga.
3.12. “Depo” hisobi boʻyicha qaydlar amalga oshirilganda:
Obligatsiyalarga boʻlgan egalik huquqi, xaridorning “depo” hisobiga kirim qaydi kiritilgan vaqtdan boshlab, va garov huquqi esa — garov qoʻyuvchining “bloklangan, garovga qabul qilingan” boʻlimi boʻyicha kirim qaydi kiritilgan vaqtdan eʼtiboran vujudga keladi;
har zamonda, har bir Obligatsiya faqatgina bitta “depo” hisobiga kiritilishi mumkin;
har bir davrda, global guvohnoma bilan rasmiylashtirilgan Obligatsiyalar soni Diler va Investorlarning “depo” hisob raqamlari, hamda Markaziy bankning “emissiya hisobi”ga kiritilgan Obligatsiyalarning umumiy soniga muvofiq kelishi shart.
4. Obligatsiyalar bilan tuzilgan bitimlar boʻyicha pullik hisob-kitoblar tartibi
4.1. Investorlarning Obligatsiyalar bilan bogʻliq bitimlar yuzasidan pullik hisob-kitoblari, faqatgina Dilerlar orqali amalga oshiriladi. Dilerlar orasidagi pullik hisob-kitob ishlari Savdo tizimi vositasida naqdsiz toʻlov shaklida amalga oshiriladi.
4.2. Obligatsiyalar bilan bogʻliq bitimlar yuzasidan pullik hisob-kitoblar, OʻzRVBning Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahri boʻyicha Bosh Boshqarmasi huzuridagi Hisob-kitob va kassa markazida (bundan buyon matnlarda HKKM deb yuritiladi) ochilgan shaxsiy hisobvaraq orqali amalga oshiriladi.
Savdolarda qatnashish va savdo sessiyalari natijalari boʻyicha hisob-kitob oʻtkazish uchun, Dilerlar uchun Savdo tizimida alohida shaxsiy hisobvaraqlar ochiladi.
4.3. Auksion va/yoki ikkilamchi savdolar oʻtkazish sanasida, OʻzRVB HKKMdan oʻzining shaxsiy hisobvaragʻi boʻyicha koʻchirma oladi. HKKMdan koʻchirmani olgach, unda koʻrsatilgan qiymat Dilerlarning shaxsiy hisobvaraqalariga oʻtkaziladi.
4.4. Obligatsiyalarni chiqarish uchun toʻlovdan va ikkilamchi savdolarda sotishdan kelib tushgan pul mablagʻlari, komissiya mukofotini chegirib tashlagan holda OʻzRVB tomonidan Dilerlarning shaxsiy hisobvaraqlariga oʻtkazib beriladi.
4.5. Savdo sessiyalari davomida tuzilgan va Obligatsiyalar bilan bogʻliq tuzilgan bitimlar natijalari boʻyicha, Savdo tizimidagi (koʻp taraflama kliring) pul mablagʻlari yuzasidan oʻzaro majburiyatlar ijro etiladi va savdo sessiyasi yakuni boʻyicha har bir Dilerning netto (sof) majburiyatlari belgilab olinadi.
4.6. Dilerning netto (sof) majburiyatlari oʻz ichiga ular tomonidan sotib olingan Obligatsiyalar uchun pul mablagʻlari va Diler tomonidan sotilgan Obligatsiyalar uchun toʻlovlarni chegirib tashlab, OʻzRVB ning komissiya toʻlovlarini oladi.
4.7. Birinchi va ikkilamchi bozorda savdolar boshlanishigacha, Dilerlar OʻzRVB ning hisobvaragʻiga ular tomonidan Obligatsiya sotib olish operatsiyalari uchun toʻlov amalga oshirishga zarur boʻladigan mablagʻlarni oʻtkazishlari shart. Auksion yoki savdo olib boriladigan kun soat 9-00 gacha, HKKM OʻzRVBni Dilerlardan oʻz hisob raqamiga kelib tushgan mablagʻlar haqida xabardor qilishi kerak (har bir Diler uchun alohida).
Savdo tizimi ushbu mablagʻlarni Dilerlar shahsiy hisobvaraqlaridan buyurtma qiladi (egallaydi).
4.8. Dilerlar shaxsiy hisobvaraqlari boʻyicha pul mablagʻlarini oʻtkazish, xaridor-Dilerlar shaxsiy hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlarini yechib olish va sotuvchi-Dilerlar shaxsiy hisobvaraqlariga oʻtkazish vositasida Savdo tizimi tomonidan shakllantiriladigan bitimlar reyestridan koʻchirmalar asosida amalga oshiriladi.
4.10. OʻzRVBning HKKMdagi shaxsiy hisobvaraqasi boʻyicha mablagʻni yechish va koʻchirish, OʻzRVB tomonidan HKKMga taqdim etilgan hisobot hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
5. Obligatsiyalarning ikkilamchi bozordagi muomala tartibi
5.3. OʻzRVB savdolar olib borilishini, bitimlarni roʻyxatga olinishini tashkillashtirib, tuzilgan bitimlar boʻyicha kliring va hisob-kitoblarni olib boradi va hisobot hujjatlarini tuzib chiqadi.
5.4. Savdo tizimi Dilerlarga Obligatsiyalar sotib olish va sotishga arizalar kiritish va ijro etish, hamda savdolarning borishi borasidagi axborotni olishdagi bir xil imkoniyatlarni taqdim etadi.
5.6. Savdo tizimi savdolarning quyidagi shartlarga rioya qilgan holda oʻtkazilishini taʼminlashi shart:
5.6.1. Savdolar boshlanguniga qadar, Savdo tizimi har bir Diler boʻyicha buyurtma berilgan pul mablagʻlari haqida tafsilotlarni oladi. Bu tafsilotlar har bir Dilerning pullik pozitsiyasining boshlangʻich qiymatidir. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan har bir Diler uchun pullik pozitsiyasi (Diler cheklovi) ning minimal (eng kam) ruxsat berilgan qiymati belgilanishi mumkin.
5.6.2. Diler (Investor) “depo”sidagi boshlangʻich pozitsiya — uning “depo” hisobvaragʻining “asosiy” boʻlimi va garovga qoʻyilgan Obligatsiyalarning realizatsiyasi uchun moʻljallangan “savdolar uchun bloklangan” sub-hisobvaraqasidagi Obligatsiyalar sonidir.
5.6.3. Oldi-sotdi bitimlarini tuzish Dilerning Obligatsiyalarni sotish va sotib olish borasidagi raqobatbardosh boʻlgan va boʻlmagan arizalar asnosida amalga oshiriladi. Bunda raqaobatbardosh arizalar ikki turda boʻlishi mukin: raqobatbardosh arizani kotirovkalarda saqlab qolinish sharti bilan va raqobatbardosh arizalarni kotirovkalarda saqlab qolmaslik sharti bilan. Raqobatbardosh boʻlmagan arizalar kotirovkalarda saqlab qolmaslik sharti bilan kiritilgan arizalar boʻlib, ular asnosida garovga qoʻyilgan Obligatsiyalar bitimlari olib boriladi.
5.6.4. Dilerlar Savdo tizimiga bitim yoʻnalishi, Obligatsiyalar soni, qiymati va xaridor (sotuvchi) kodini koʻrsatgan holda, Obligatsiyalarni xarid qilish (sotish) ga raqobatbardosh arizalarni kiritadilar. Raqobatbardosh boʻlmagan ariza uchun qiymat — savdolarning oʻrtacha hisoblangan qiymati boʻlib, Savdo tizimi tomonidan arizani topshirish vaqtida avtomatik rejimda hisoblab chiqiladi. Ariza topshirish vaqtida, Savdo tizimi uni topshirish vaqtini belgilab oladi.
5.6.5. Garovga qoʻyilgan Obligatsiyalar realizatsiyasi Diler (Investor) xuddi oʻsha “depo” hisobvaragʻining “bloklangan, garovga qabul qilingan” nomli tegishli boʻlimiga mos keluvchi “savdolar uchun bloklangan” sub-hisobvaraqasidan amalga oshiriladi.
5.6.6. Diler tomonidan Obligatsiyalar sotib olish uchun ariza kelib tushganda, Savdo tizimi, pullik pozitsiyasi qiymatini berilgan arizani toʻliq qanoatlantirish uchun zarur boʻlgan pul mablagʻlari summasi (shu jumladan, komissiya toʻlovlarini toʻlash uchun zarur boʻlgan summalar) ga kamaytiradi. Agarda kelib chiqqan natija, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ushbu Diler uchun oʻrnatilgan cheklov/limitdan kam boʻlsa, berilgan ariza ijroga qabul qilinmaydi.
5.6.7. Diler tomonidan Obligatsiyalarni sotishga ariza kelib tushganda, Savdo tizimi berilgan arizani toʻliq qanoatlantirish uchun zarur boʻlgan “depo” pozitsiyasi qiymatini Obligatsiyalar soniga kamaytiradi. Agarda kelib chiqqan natija salbiy boʻlsa, berilgan ariza ijroga qabul qilinmaydi.
5.6.8. Investorning Obligatsiyalar sotish va sotib olish boʻyicha arizalari, Investor bilan xizmat koʻrsatish shartnomasini tuzgan Diler tomonidan beriladi.
5.6.9. Arizalarni qanoatlantirish oldi-sotdi bitimlari shaklida rasmiylashtiriladi. Bitimning tuzilishi qanoatlantirilgan arizani bergan Dilerdan qoʻshimcha rozilik talab etmaydi.
5.6.10. Agarda kotirovkalarda saqlash sharti bilan berilgan raqobatbardosh ariza, topshirilgan vaqtida joriy kotirovkaning narx shartlariga mos kelmasligi sababli qanoatlantirilmasa, unda ariza navbatga qoʻyiladi.
5.6.11. Agarda kotirovkalarda saqlamaslik sharti bilan berilgan raqobatbardosh ariza va garovga qoʻyilgan Obligatsiyalar realizatsiyasi uchun topshirilgan raqobatbardosh boʻlmagan ariza topshirilgan vaqtda, uning ishtirokidagi bitimn, narx shartlari tufayli tuzishning iloji boʻlmasa, ushbu ariza Savdo tizimidan olib tashlanadi.
5.6.12. Arizalar quyidagi shartlarga rioya qilgan holda qanoatlantiriladi:
arizaning xajmi uning birinchiligiga taʼsir qilmaydi;
berilgan vaqtidan qatʼi nazar, koʻproq manfaatli qiymatga ega ariza, kamroq manfaatli qiymatga ega boʻlgan arizaga nisbatan tezroq qanoatlantiriladi;
qiymatlar tengligida, boshqasidan ertaroq toshirilgan ariza, undan keyin topshirilgan arizadan oldin qanoatlantiriladi;
bitim faqatgina navbat boʻyicha birinchi turgan ariza narxi boʻyicha tuziladi;
agarda, bitim tuzish vaqtida, ariza faqatgina qisman qanoatlantirilgan boʻlsa, uning ijro etilmagan qismi alohida ariza sifatida qaraladi.
5.6.13. Diler arizasini (toʻliq yoki qisman) qanoatlantirganda, ushbu Diler arizalarning taʼminoti sifatida xizmat qiluvchi pullika pozitsiya va “depo” pozitsiyasi qiymatlarining qaytadan hisob-kitobi olib boriladi.
5.6.14. Dilerning istalgan arizasi ushbu Diler tomonidan Savdo tizimidan olib tashlanishi mumkin, agarda ariza shu vaqtga kelib qanoatlantirilmagan boʻlsa.
5.6.15. Dilerning ijro etilmagan arizasi olib tashlanayotganda, ushbu arizaning taʼminoti sifatida qabul qilingan pul mablagʻlari va Obligatsiyalar soni, xuddi shu Diler uchun kelgusidagi arizalarni topshirish uchun xizmat qiluvchi pul pozitsiyasi va “depo” pozitsiyasi qiymatlarining narxini oshiradi.
5.7. Savdolar yakuniga yetgach, Savdo tizimi barcha qanoatlantirilmagan arizalarni olib tashlaydi va barcha Dilerning barcha pozitsiyalaridagi yakuniy qiymatlarni hisoblab chiqadi. Savdo tizimi har bir Dilerning shaxsiy hisobvaraqasidan oʻtkazilishi (yoki ularga oʻtkazilishi) kerak boʻlgan sof qoldiq pul mablagʻlarini (14-ilova), shuningdek har bir Dilerning “depo” hisobvaragʻiga yoki Dilerning “depo” hisobvaragʻidan OʻzRVBga oʻtkazilishi kerak boʻlgan Obligatsiyalarning sof qoldigʻini aniqlaydi.
5.8. “Depo” hisob raqamlari va shaxsiy hisobvaraqalari boʻyicha hisob kitoblar olib borish uchun Savdo tizimi tomonidan savdolar yakunlari boʻyicha ikki nusxada, ushbu Nizomning 5-ilovasiga binoan rasmiylashtirilgan bitimlar reyestridan olingan koʻchirmalar asos sifatida xizmat qiladi.
Koʻchirmaning birinchi nusxasi Diler uchun boʻlsa, u Diler uchun bitimlar va ular shartlari faktlarini tasdiqlovchi hujjat sanalsa, ikkinchisi Diler imzosi bilan OʻzRVBda olib borilgan bitimlar boʻyicha hisobot hujjatlari uchun boshlangʻich hujjat sifatida saqlanadi. Koʻrsatilgan koʻchirmalar OʻzRVBning vakolatli xodimi tomonidan imzolanadi.
5.9. Savdo tizimi olib borilgan bitimlar yakunlari yuzasidan har bir Dilerning “depo” hisobvaragʻi va shaxsiy hisobvaragʻi xolati boʻyicha hisobot hujjatlarini tuzadi.
5.11. Tegishli shartlarga asosan, har bir Diler OʻzRVBga quyidagi huquqlarni oʻtkazadi:
a) tegishli hisobot hujjatlarini rasmiylashtirish huquqi;
b) oʻziga tegishli shaxsiy hisobvaraqasidan Savdo tizimi tomonidan tuzilgan hisobot hujjatlari boʻyicha pul mablagʻlari oʻtkazilmasini amalga oshirish huquqi;
v) Savdo tizimi tomonidan tuzilgan hisobot hujjatlari boʻyicha unga tegishli boʻlgan yoki oʻzi xizmat koʻrsatadigan Investorlariga tegishli boʻlgan “depo” hisob raqamlariga Obligatsiyalarni yetkazib berish huquqi.
5.12. Diler tomonidan bitimlar reyestrini imzolanmaslik uning bitimlari boʻyicha kliring va hisob-kitoblar olib borishga taqiq qoʻyadi. Bu xolatda, nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hamda OʻzRVB va Diler oʻrtasidagi shartnomaga binoan hal qilinadi.
5.13. Koʻchirmalar OʻzRVBda 15 yil davomida saqlanadi. Barcha Dilerlar boʻyicha ushbu Nizomning 6-ilovasiga binoan rasmiylashtirilgan bitimlarning jamlanma reyestri muntazam ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga topshirib turiladi.
5.14. Savdolarni olib borishga halaqit qilishi mumkin boʻlgan texnik nosozlik va boshqa xolatlar kelib chiqqanda, savdolar toʻxtatilishi mumkin. Agarda toʻxtatilgandan keyin 30 daqiqa ichida savdo yangilanmagan boʻlsa, ushbu kundagi barcha bitimlar hisob-kitob qilinmasdan turib bekor qilinadi va savdolar yakunlanadi. Savdolarni toʻxtatib turish va tugatish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilinadi.
6. Obligatsiyalarni toʻlash tartibi
6.1. Obligatsiyalarni toʻlash toʻlash kunida mahalliy vaqt bilan soat 9.00 dan 10.00 gacha oʻtkaziladi.
6.2. Toʻlash boshlanguniga qadar, Savdo tizimi Dilerlar (Investorlar) Obligatsiyalarini “depo” hisobvaragʻidagi “bloklangan” boʻlimdan xuddi oʻsha “depo” hisobvaragʻning “asosiy” boʻlimiga oʻtkazishni amalga oshiradi.
Dilerlar ishonchnomalari asosida, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Savdo tizimida Diler (Investorlar) “depo” hisobvaraqlarining “asosiy” boʻlimlaridan nominal qiymatga teng boʻlgan narxda oʻsha kuni toʻlanishi kerak boʻlgan barcha Obligatsiyalarning tegishli xajmda sotilishi uchun Diler nomidan arizani kiritadi.
6.3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki nominalga teng qiymatda toʻlanadigan Obligatsiyalarning butun xajmini sotib olish uchun Savdo tizimida ariza kiritadi.
6.4. Savdo tizimi Obligatsiyalarga nisbatan ikkilamchi bozorda amalda boʻlgan operatsiyalar tartibi va qoidalari boʻyich faoliyat yuritadi.
6.5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan toʻlash davrida “xarid qilingan” Obligatsiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining OʻzRVB dagi “emissiyaviy depo” hisobvaragʻiga koʻchiriladi.
7. Obligatsiyalarni joylashtirish tartibi. Auksion
7.1. Obligatsiyalarni joylashtirish, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining buyrugʻiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan olib borilayotgan auksion shaklida amalga oshiriladi.
Auksion sanasi, chiqarishning eng koʻp hajmi, auksionni oʻtkazish vaqti va joyi, auksionni oʻtkazishdan kamida 7 kalendar kuni oldin, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan eʼlon qilinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki eʼloni asosida, OʻzRVB oʻzining rasmiy veb saytida boʻlib oʻtadigan auksion haqidagi maʼlumotlarni chop etadi.
7.2. Obligatsiyalarning navbatdagi chiqarilishini joylashtirish boʻyicha olib boriladigan auksion haqida eʼlon qilingach, Dilerlar Obligatsiyalarning istiqbolli xaridorlaridan arizalar toʻplashni boshlaydilar. Arizalar toʻplash auksion kuniga kelib tamomlanadi.
7.3. Auksion oʻtkazish kuni, soat 10.00 dan 10.30 gacha auksion oʻtkazish joyida, Dilerlar (Nizomning 7-ilovasi) belgilangan shaklda ikki nusxada toʻldirilgan Obligatsiyalarni xarid qilish uchun ikkita jamlanma ariza (bundan buyon matnlarda arizalar deb yuritiladi) taqdim etadilar. Soat 10.30 dan keyin taqdim etilgan arizalar, koʻrib chiqilmaydi.
Obligatsiyalarni xarid qilish arizalardan biri Diler tomonidan oʻz nomida va oʻz hisobidan (Diler arizalari) beriladi va Dilerning Obligatsiyani xarid qilish haqidagi shaxsiy taklifidan iborat boʻladi. Boshqa jamlanma ariza esa Diler tomonidan Investor hisobidan (Investor arizalari) beriladi va oʻzi orqali berilgan barcha arizalarni istiqbolli Investorlarning arizalari bilan birlashtiradi.
Ariza oʻzida koʻrsatilgan shartlarda Obligatsiyalarninig oldi-sotdi shartnomasini tuzish toʻgʻrisidagi Xaridorning Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga topshirilgan xaridor taklifi sanaladi.
7.4. Jamlanma ariza (ham Diler ham Investorning) raqobatbardosh boʻlgan va boʻlmagan cheklanmagan sondagi arizalardan tarkib topishi mumkin.
Har bir raqobatbardosh arizada, Xaridorlar Obligatsiyalarni sotib olmoqchi boʻlgan qiymat va unga muvofiq Obligatsiyalar soni koʻrsatiladi. Har bir Obligatsiya uchun narx foizning yuzdan birgacha boʻlgan aniqlik bilan Obligatsiya nominal qiymatidan foizlarda belgilanadi.
Raqobatbardosh boʻlmagan arizada, Xaridorlar Obligatsiyalarni oʻrtacha oʻlchangan narx boʻyicha auksionda sotib olishga tayyor boʻlgan Obligatsiyalarning umumiy soni koʻrsatiladi.
7.5. Auksion oʻtkaziladigan kuni soat 10-00 ga kelib, Dilerlarning pul mablagʻlari ularning shaxsiy hisobvaraqlarida band qilinadi.
Agarda, auksion sanasi, yangi Obligatsiyalar chiqarilishi boʻyicha avvalgi chiqarishning toʻlash sanasiga mos kelsa, Diler hisob raqamidagi band solingan pul mablagʻlarini summasi avvalgi chiqarishni toʻlashdan Dilerga toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar summasi bilan yakunlanadi. Olingan summa har bir Dilerning pullik pozitsiyasining boshlangʻich qiymati hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan har bir Diler uchun pullik pozitsiyaning minimal (eng kam) ruxsat berilgan qiymati (Diler cheklovi) oʻrnatilishi mumkin.
7.6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining vakolatli vakili jamlanma arizalarning toʻgʻri rasmiylashtirilganligini tekshiradi.
Rasmiylashtirish qoidalarini chetlagan holda toʻldirilgan jamlanma ariza auksiondan chetlashtiriladi.
Jamlanma arizaning har bir blankida, arizaning qabul qilingan yoki bekor qilinganligi haqida qayd kiritiladi, va bu qayd Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Vakilining imzosi bilan tasdiqlanadi.
Qabul qilingan jamlanma arizaning bitta nusxasi Dilerga Sadvo tizimiga kiritish uchun beriladi.
7.7. Diler quyidagi shartlarga rioya qilgan holda, soat 10.00 dan 11.30 gacha Savdo tizimiga qabul qilingan arizalarni kiritishni amalga oshiradi:
Obligatsiyalarni xarid qilish uchun raqobatbardosh ariza qabul qilinganda, Savdo tizimi Dilerning pullik pozitsiyasi qiymatini berilgan arizani toʻliq qanoatlantirish uchun zarur boʻlgan va Obligatsiya arizasida koʻrsatilgan nominal qiymatga teng boʻlgan (komissiya mukofoti bilan birga) pul mablagʻlari summasiga pasaytiradi. Agarda kelib chiqqan natija Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ushbu Diler uchun belgilangan meʼyordan kam boʻlsa, ushbu ariza ijroga qabul qilinmaydi;
Obligatsiyalarni xarid qilish uchun raqobatbardosh boʻlmagan ariza qabul qilinganda, Savdo tizimi Dilerning pullik pozitsiyasi qiymatini berilgan arizani toʻliq qanoatlantirish uchun zarur boʻlgan va Obligatsiya arizasida koʻrsatilgan nominal qiymatga teng boʻlgan (komissiya mukofoti bilan birga) pul mablagʻlari summasiga pasaytiradi. Agarda kelib chiqqan natija Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ushbu Diler uchun belgilangan meʼyordan kam boʻlsa, ushbu ariza ijroga qabul qilinmaydi;
raqobatbardosh boʻlmagan arizalar avval kiritilgan raqobatbardosh arizalar soniga qarab raqobatbardosh arizalar meʼyoriga koʻra kiritiladi.
7.8. Arizalarni kiritish davrida, Dilerning istalgan arizasi shu Dilerning oʻzi tomonidan olib tashlanishi mumkin. Arizani olib tashlayotganda (raqobatbardosh boʻlgan yoki boʻlmagan) Savdo tizimi Dilerning pullik pozitsiyasi qiymatini, ushbu arizani toʻliq qanoatlantirish uchun zarur boʻlgan pul mablagʻlari summasiga oshiradi.
7.9. Arizalarni qabul qilish va olib tashlash, ularni kiritish muddati tugashi bilan toʻxtatiladi (soat 11.30 da).
Arizalar kiritib boʻlingach, har bir Diler OʻzRVB vakilidan kiritilgan arizalar reyestridan tasdiqlangan nashrni (2-nusxada) oladi va uni oʻzining ariza nusxalari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki vakiliga solishtirish uchun taqdim etadi.
7.10. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Vakili Savdo tizimiga kiritilgan maʼlumotning berilgan arizalar tarkibiga muvofiq kelishi ustidan nazorat olib boradi.
Kiritilgan maʼlumotlarda xatoliklar aniqlanganda, Diler arizalarni kiritish jarayonini 7.7. bandda koʻrsatilgan harakatlardan boshlab qaytadan boshlashi kerak.
7.11. Kiritilgan arizalar reyestrida xatoliklar aniqlanmagan taqdirda, reyestrning har ikki nusxasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki vakili va Diler tomonidan imzolanadi (har bir tarafga bittadan beriladi).
Agarda, Diler yoki Investorning arizasi toʻliq kiritilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida qoldirilgan tegishli nusxadagi arizada, Diler “Diler hisobida yetarli mablagʻ boʻlmaganligi sababli olib tashlangan” bandidagi kiritilmagan har bir jumla roʻparasida oʻz imzosini quyib chiqadi.
7.12. Arizalar yigʻish natijalari boʻyicha, kelib tushgan arizalarning jamlanma vedomosti tuziladi va qoidalarning 8-ilovasiga binoan rasmiylashtiriladi. U Savdo tizimi vakili tomonidan imzolanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki vakili tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga, auksionda arizalarni qabul qilish soat 13.00 gacha tugashi toʻgʻrisidagi xabarnoma bilan birgalikda topshiriladi.
7.13. Soat 14.30 gacha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi chiqarishning belgilangan hajmi doirasida Obligatsiyalarnng minimal sotish qiymati va auksionning oʻrtacha oʻlchangan narxini aniqlaydi va arizalarni qanoatlantirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga topshiriq yuboradi.
7.14. Soat 15.00 da Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Savdo tizimiga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan aniqlangan sotuvning minimal narxi boʻyicha chiqarishning butun hajmini sotish uchun oʻzining arizasini kiritadi.
Raqobatbardosh arizalar ularda koʻrsatilgan narxlar boʻyicha qanoatlantiriladi (yaʼni oldi-sotdi bitimlari tuziladi. Bunda raqobatbardosh arizalar, ularda koʻrsatilgan narxlar sotuvning minimal qiymatidan kam boʻlmasa qanoatlantiriladi.
Raqobatbardosh boʻlmagan takliflar, auksion davomida oʻrtacha qanoatlantirilgan arizalarning oʻlchangan narxi boʻyicha qanoatlantiriladi.
Tuzilgan bitimlar boʻyicha hisob-kitoblar ushbu Nizomda koʻrsatilgan tartibda amalga oshiriladi (3, 4 boʻlimlar).
7.15. Soat 16.00 gacha, har bir Diler OʻzRVB vakilidan bitimlar yakunlari boʻyicha hisobot hujjatlarini oladi.
7.16. Auksion savdo kunidan keyingi bir ish kuni ichida Dilerning vakolatli vakillari, auksion davomida toʻliq yoki qisman qanoatlantirilgan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining masʼul xodimi tomonidan imzolangan tegishli vakolatnoma koʻrsatib, tegishli tilxat asosida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankidan ikkinchi nusxalarini oladilar.
7.17. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining masʼul xodimi tomonidan imzolangan (toʻliq yoki qisman) qanoatlantirilgan jamlanma arizalar Diler va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki oʻrtasida Obligatsiyalarning oldi-sotdi shartnomasi kabi kuchga kiradilar.
Oldi-sotdi shartnomasi jamlanma arizaning Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining masʼul xodimi tomonidan imzolangan kunidan eʼtiboran tuzilgan sanaladi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining obligatsiyalar bozoridagi funksiyalari
8.1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Obligatsiyalar bozorida quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Obligatsiyalar chiqarishda xizmat koʻrsatish boʻyicha agenti;
Diler;
nazorat qiluvchi organ.
8.2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Obligatsiyalar chiqarishda xizmat koʻrsatish boʻyicha agenti vazifasini bajarib, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki:
Savdo tizimiga boʻlgan talablarni oʻrnatadi;
Dilerlarga talablar qoʻyadi, shuningdek Dilerlarni tanlash mezonlari va ularning sonli miqdorini aniqlaydi;
Dilerlar vazifalarini bajarish uchun tashkilotlar bilan shartnomalar tuzadi;
Ushbu Nizomning 9-ilovasida keltirilgan davlat identifikatsiya raqami koʻrsatiladigan har bir chiqarish toʻgʻrisidagi global guvohnomalarni saqlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan shartlarda, auksionda sotilmagan Obligatsiyalarning ikkilamchi bozorda qoʻshimcha sotuvi va ularning muomala muddati ichida sotib olinishini amalga oshiradi;
toʻlash kunida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi topshirigʻi bilan Obligatsiyalarning toʻlanishini amalga oshiradi;
Obligatsiyalarning bank tizimi likvidligi va monetar siyosatning birinchiligiga taʼsiri hisobi bilan, Obligatsiyalar chiqarish va toʻlash hajmlari, jadvallari masalalari yuzasidan, Moliya vazirligiga maslahatlar beradi.
8.3. Diler vazifalarini bajarib turib, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki:
Diler huquqlariga ega boʻladi va ushbu huquqlarni oʻzining viloyatdagi boshqarmalarini oʻtkazishga haqli;
Obligatsiyalarning oldi-sotdisi uchun arizalarni savdo vaqtida kiritish orqali ikkilamchi bozorda ularning savdosini amalga oshiradi;
Investorlarning birlamchi yoki ikkilamchi bozorda Obligatsiyalarning oldi-sotdisi yuzasidan arizalar yigʻishni amalga oshiradi, ushbu arizalarni Savdo tizimi orqali ijro etadi.
8.4. Nazorat organi vazifalarini bajarib turib, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki:
Obligatsiyalarning joylashtirilishi va muomalasi ustidan nazorat olib boradi;
Obligatsiyalar savdosining borishi, Diler va Investorlarning “depo” hisobvaraqlaridagi qoldiqlar, Savdo tizimi hisobvaraqlari boʻylab mablagʻlarning harakati haqida Savdo tizimida mavjud boʻlgan maʼlumotlarni oladi;
biror bir Dilerning operatsiyalarida amaldagi qonunchilik va/yoki mazkur qoidalarning buzilganlik xolati aniqlanganda, ushbu Dilerning Obligatsiyalar bilan olib borilayotgan operatsiyalarini toʻxtatadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan Obligatsiyalar bilan bogʻliq oʻz operatsiyalarini amalga oshirish vaqtida, Obligatsiyalarning joylashtirilishi va muomalasi ustidan olib borilgan nazorat davomida olingan axborotdan foydalanishi, yoki ushbu axborotni uchinchi shaxslarga berishi mumkin emas;
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining turli boʻlinmalari orasidagi Diler sifatida, Obligatsiyalarni joylashtirish va muomalasi ustidan nazorat funksiyalari va Obligatsiyalar bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshirish funksiyalarini cheklaydi.
9. Obligatsiyalar bilan olib boriladigan operatsiyalar boʻyicha buxgalteriya hisobining umumiy tamoyillari
9.1. Dilerlar va Investorlar uz hisoblaridan sotib olgan Obligatsiyalarini har bir chiqarilish boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda aktiv balans hisobvaraqlari boʻyicha hisobga olib boradilar:
banklar uchun: “Hukumat xazina veksellari” nomli 10701-hisobvaraq;
boshqa yuridik shaxslar uchun – qonun hujjatlarida belgilangan tartibda.
Har bir Obligatsiya uning harid narxi boʻyicha xronologik tartibida hisobda aks ettiriladi.
9.2. Diler bilan xizmat koʻrsatish boʻyicha shartnoma tuzgan Investorlarga tegishli boʻlgan obligatsiyalarning hisobi, Investorlarning Depozitariydagi ushbu Dilerning “depo” topshirigʻi asosida ochilgan “depo” hisobvaraqlarda jamlangan umumiy nominal qiymati boʻyicha olib boriladi.
Dilerlar Investorlarga tegishli obligatsiyalarning va Dilerning oʻziga tegishli obligatsiyalarning hisobini alohida yuritadilar. Investorlarga tegishli obligatsiyalar hisobi har bir Investor boʻyicha alohida, uning ichida esa — chiqarilish boʻyicha yuritiladi.
Diler tomonidan oʻz hisobidan sotib olingan obligatsiyalar soni ushbu Dilerning Depozitariydagi “depo” hisobvaragʻi boʻyicha obligatsiyalar qoldigʻi bilan mos kelishi kerak.
Diler tomonidan, u bilan xizmat koʻrsatish boʻyicha shartnoma tuzgan Investorlar hisobiga sotib olingan obligatsiyalar soni ushbu Investorlarning Depozitariydagi “depo” hisobvaragʻi boʻyicha obligatsiyalar qoldigʻi bilan mos kelishi kerak.
9.3. Dilerlar va Investorlar sotib olgan Obligatsiyalar muntazam ravishda qayta baholanib turilishi kerak. Qayta baholash deganda Diler yoki Investorning portfelidagi mavjud Obligatsiyalarning balans qiymatini tegishli ish kuni oxiridagi holat boʻyicha aniqlash tushuniladi.
Qayta baholash Diler yoki Investorning portfelida tegishli ish kuni oxirida mavjud boʻlgan Obligatsiyalar sonini ularning “bozor narxi”ga koʻpaytirish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Obligatsiyalarning “bozor narxi” deganda auksionning oʻrtacha tortilgan narxi (birlamchi bozorda) yoki Savdo tizimining tegishli kun savdolaridagi oʻrtacha tortilgan narxi (ikkilamchi bozorda) tushuniladi.
9.4. Obligatsiyalarni qayta baholash Dilerlar yoki Investor-banklar tomonidan Obligatsiyalarning ikkilamchi bozordagi savdosi oʻtkazilgan kunda yoki birlamchi bozorda auksion oʻtkazilgan kunda, Diler yoki Investor-bank oʻsha kuni Obligatsiyalar bilan operatsiyalarni amalga oshirgan-oshirmaganligidan katʼi nazar, amalga oshiriladi. Obligatsiyalarni qayta baholash Investorlar — bank boʻlmagan tashkilotlar tomonidan faqat ular tomonidan Obligatsiyalarni sotib olish yoki sotish boʻyicha operatsiyalar oʻtkazilgan kunda — shu kungi “bozor narxi” boʻyicha amalga oshiriladi. Shu kuni Investor-bank boʻlmagan tashkilot faqat bir necha chiqarilish boʻyicha operatsiya amalga oshirgan boʻlsa ham, Investor-bank boʻlmagan tashkilotning portfelida mavjud boʻlgan barcha chiqarilishlar boʻyicha Obligatsiyalarning qayta baholanishi amalga oshiriladi.
Qayta baholash natijasida Obligatsiyalar balans qiymatining oshishi Diler yoki Investorning daromadi hisoblanadi va u uning daromadlar hisobvaraqiga oʻtkazilishi kerak.
Qayta baholash natijasida Obligatsiyalar balans qiymatining kamayishi Diler yoki Investorning harajati boʻlib, u harajatlar hisobvaragʻiga oʻtkazilishi kerak.
9.5. Dilerlarning balans hisobvaraqlari boʻyicha Obligatsiyalar bilan amalga oshirilgan operatsiyalarni aks ettiruvchi oʻtkazmalar ushbu bitim yuzasidan Diler tomonidan eʼtiroz eʼlon qilingan-qilinmaganligidan qatʼi nazar, Savdo tizimidan olingan koʻchirmalar boʻyicha amalga oshirilishi kerak.
9.6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki depozitariylarda qimmatli qoqozlarni hisobga olishning majburiy yoki tavsiyaviy qoidalarini qabul qilgan taqdirda Dilerlar va Depozitariy shundan keyingi yarim yil ichida oʻzlarining ichki qoidalarini va Obligatsiyalarni hisobga olib borish texnikasini mazkur qoidalarga muvofiq oʻzgartirishlari shart.
9.7. Banklarda Obligatsiyalar bilan operatsiyalarning buxgalteriya hisobi Adliya vazirligida 1998-yil 9-noyabrda 523-son bilan roʻyxatdan oʻtgan “Tijorat banklarida davlat qisqa muddatli obligatsiyalari bilan bogʻliq operatsiyalar boʻyicha buxgalteriya hisobining muvaqqat Tartibi”ga hamda Adliya vazirligida 1999-yil 5-martda 662-son bilan roʻyxatdan oʻtgan “Tijorat banklarida qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarning buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi nizom”ga muvofiq amalga oshiriladi.
10. Chiqarilish, uning savdosi toʻgʻrisidagi rasmiy axborot tarkibi va uni eʼlon qilish tartibi
10.1. Navbatdagi chiqarilishni joylashtirish xaqidagi eʼlon ushbu Nizomning 10-ilovasida keltirilgan shakl boʻyicha tuziladi.
10.2. Navbatdagi chiqarilish toʻlovini amalga oshirish xaqidagi eʼlon ushbu Nizomning 11-ilovasida keltirilgan shakl boʻyicha tuziladi.
10.3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki auksion yakunlari xaqidagi rasmiy hisobotni keyingi 2 ish kunidan kechiktirmay ushbu Nizomning 12-ilovasida keltirilgan shakl boʻyicha tayyorlaydi.
10.4. Savdo tizimi savdolar yakuni boʻyicha savdolarning rasmiy natijalarini navbatdagi ish kunidan kechiktirmay, ushbu Nizomning 13-ilovasida keltirilgan shakl boʻyicha tayyorlaydi.
Savdolar yakunlari boʻyicha axborot OʻzRVBning rasmiy veb saytida chop etiladi.
10.5. OʻzRVBda tuzilgan bitimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (obligatsiyalar nomi, soni, kotirovkasi (qiymati), bitim tuzilgan kundan tashqari) uchinchi shaxslarga berilishi mumkin emas. Tuzilgan bitim toʻgʻrisidagi maʼlumotlar jinoiy ish qoʻzgʻatilgan hollarda sud, shuningdek tergov va surishtiruv organlariga beriladi.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan nazorat va kuzatuv funksiyalarini bajarish chogʻida kelib tushadigan maxfiy axborot
11.1. Ushbu Nizom mazmuniga koʻra Savdo tizimida, Hisob-kitob tizimi va Depozitariyda saqlanayotgan va rasmiy axborot tarkibiga kiritilmagan (ushbu Nizomning 10-boʻlimiga muvofiq) axborot, shu jumladan Depozitariydagi Dilerlarning “depo” hisobvaraqlaridagi qoldiqlar hamda Investorlarning “depo” hisobvaraqlaridagi qoldiqlar toʻgʻrisidagi, Obligatsiyalar oldi-sotdisi boʻyicha muayyan bitimlarning shartlari va tomonlari haqida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga kelib tushadigan axborot maxfiy deb hisoblanadi.
11.2. Maxfiy axborot Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan oshkor qilinishi mumkin emas.
11.3. Maxfiy axborotni oʻz xizmat burchlari taqozosiga koʻra bu axborotdan xabardor boʻla olmaydigan shaxsga yoki shaxslar guruxiga har qanday usul bilan berish axborotni oshkor qilish deb topiladi.
11.4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tashkilotlarning oʻzlariga, sudlarga, tergov organlariga, xakamlik organlariga, auditorlik tashkilotlariga ularning vakolatlari doirasida, shuningdek moliya organlariga soliqqa tortish masalalari yuzasidan beriladigan maʼlumotnomalar va boshqa hujjatlar maxfiy axborotni oshkor qilish hisoblanmaydi.
11.5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tekshirish va nazorat qilish vazifalari amalga oshirilishi maqsadida unga maxfiy axborotni oʻtkazish uchun Dilerlarning roziligi olingan boʻlishi kerak.
11.6. Oʻz navbatida Dilerlar Investorlarga xizmat koʻrsatish shartnomalariga koʻra OʻzRVB maʼlumotlarida koʻrsatilgan axborotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankka taqdim qilishlari uchun ularning roziligini olishlari shart.
12. Nizolarni hal qilish
12.1. Dilerlar va OʻzRVB oʻrtasida yuzaga keladigan nizolar OʻzRVBning maxsus tuzilgan komissiyasi tomonidan hal etiladi.
Komissiya tomonidan nizolarni koʻrib chiqilishida yigʻimlar undirish taqiqlanadi.
12.3. Komissiyaning qaroridan norozi boʻlgan har qaysi taraf iqtisodiy sudga murojaat qilishga haqli.
Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari M. NURMURODOV
Moliya vaziri oʻrinbosari E. GADOYEV
1-ILOVA
Dilerlar va investorlarning roʻyxatga olish kodlarini shakllantirish
tartibi
1. Roʻyxatga olish kodini berish tartibi.
1.1. Obligatsiyalar bilan operatsiyalarni amalga oshiradigan har bir Diler yoki Investorga roʻyxat kodi beriladi.
1.2. Diler kodi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ushbu Nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan tuzgan shartnoma asosida Dilerlik vazifalarini amalga oshiradigan tashkilotga beriladi. Diler kodi faqat Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan oʻzgartirilishi yoki boshqa tashkilotga berilishi mumkin.
1.3. Investor kodi Diler tomonidan u bilan Davlat qisqa muddatli obligatsiyalari (DQMO) bozorida xizmat koʻrsatish uchun shartnoma tuzgan har bir mijozga beriladi.
2. Dilerning roʻyxat kodi
2.1. Dilerning roʻyxat kodi uch guruhga boʻlingan oʻnta toifadan iborat boʻladi: XOX 1X2X3X4X5X6X7X8X9
2.2. Birinchi guruh, X0, bozor kodini bildiradi.
2.3. Ikkinchi guruh, X1X2XZX4, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq Dilerga berilgan tartib raqamini koʻrsatadi.
2.4. Uchinchi guruh, X5X6X7X8X9, hamma vaqt 00000 ga teng.
3. Investorning roʻyxat kodi
3.1. Investorning roʻyxat kodi uch guruhga boʻlingan oʻnta toifadan iborat boʻladi: XOX1X2XZX4X5X6X7X8X9
3.2. Birinchi ikki guruh, X0 va X1X2XZX4 kodlari ushbu ilovaning 2.1. va 2.2. bandlariga mos keladi.
3.3. Uchinchi guruh, X5X6X7X8X9, Investorning tartib raqamini koʻrsatadi, u Diler tomonidan xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi sharnomani tuzishda beriladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining roʻyxat kodi
4.1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining roʻyxat kodi — 1000100000.
4.2. U bilan xizmat koʻrsatish haqida shartnoma tuzgan Investorning roʻyxat kodi 10001X5X6X7X8X9 ga teng, bu erda X5X6X7X8X9 ushbu ilovaning 3.3. bandiga mos holda kodlanadi.
2-ILOVA
“Depo” topshirigʻidagi majburiy rekvizitlar roʻyxati (DEPO hisobvaragʻiga)
1. Topshiriq raqami.
2. Topshiriq berilgan sana.
3. Qimmatli qogʻozning Davlat roʻyxatidagi raqami.
4. Qimmatli qogʻozni yetkazib beruvchi (qimmatli qogʻozga nisbatan huquqlarni beruvchi shaxs) ning nomi.
5. *Qimmatli qogʻozni yetkazib beruvchining DEPO hisobvaragʻi raqami.
8. Qimmatli qogʻozni oluvchi (qimmatli qogʻozga nisbatan huquqlarni oluvchi shaxs) ning nomi.
b) “Depo” hisobvaragʻi boʻlimlarida unga tegishli boʻlgan obligatsiyalarning soni.
4. Investorning obligatsiyalarini Investorning schyotiga bitim tuzmasdan oʻtkazish uchun Diler tomonidan topshirilgan “depo” topshiriqlari roʻyxati:
a) Investor kodi;
b) oʻtkazilgan obligatsiyalar soni (chiqarilishi boʻyicha alohida);
v) Investorning “depo” hisobvaragʻi raqami.
5. Obligatsiyalarni Dilerning (Investorning) “depo” hisobvaragʻining “Garovga olingan blokirovka qilingan” boʻlimiga bitim tuzmasdan oʻtkazish uchun Diler tomonidan topshirilgan “depo” topshiriqlari roʻyxati:
a) yetkazib beruvchi (garovga qoʻyuvchi)ning “depo” hisobvaragʻi raqami;
b) oʻtkazilgan obligatsiyalar soni (chiqarilishi boʻyicha alohida);
v) oluvchi (garovga pul beruvchi)ning “depo” hisobvaragʻi raqami.
6. Obligatsiyalarni Dilerning (Investorning) “depo” hisobvaragʻining “Garovga olingan blokirovka qilingan” boʻlimidan bitim tuzmasdan oʻtkazish uchun Diler tomonidan topshirilgan “depo” topshiriqlari roʻyxati:
a) yetkazib beruvchi (garovga pul beruvchi)ning “depo” hisobvaragʻi raqami;
b) oʻtkazilgan obligatsiyalar soni (chiqarilishi boʻyicha alohida);
v) oluvchi (garovga qoʻyuvchi)ning “depo” hisobvaragʻi raqami.
7. Obligatsiyalarni “Savdo uchun blokirovka qilingan” subschyotiga oʻtkazish toʻgʻrisida axborot:
a) garovga pul beruvchining “depo” hisobvaragʻi raqami;
b) oʻtkazilgan obligatsiyalar soni (chiqarilishi boʻyicha alohida);
8. Obligatsiyalarning “REPO bitimi boʻyicha toʻsiq qoʻyilgan” va “Xatlash boʻyicha toʻsiq qoʻyilgan” boʻlimlarining yoʻnalishi boʻyicha maʼlumot.
4-ILOVA
Dilerlar tomonidan har oyda maʼlumot taqdim etish
shakli
Hisobot davri boʻlib, oldingi oyning birinchi dushanbasidan boshlanib, joriy oyning birinchi dushanbasidan oldingi soʻnggi ish kuni bilan tugallanuvchi davr hisoblanadi. Dilerlar hisobot davri uchun maʼlumotni ushbu oyning birinchi seshanbasidan kechiktirmay (obligatsiyalarning har bir chiqarilishi boʻyicha alohida) taqdim etadilar:
1. Diler tomonidan xizmat koʻrsatilayotgan Investorlarga tegishli Obligatsiyalar umumiy soni.
2. Kuyidagilar koʻrsatilgan holda Investorlar roʻyhati:
a) Investorning (Dilerning kodlashi boʻyicha) kodi (hisobvaragʻi raqami);
b) Investorning toʻliq nomi, maqomi, tashkiliy-huquqiy shakli, mulkchilik shakli, yuridik shaxsning kodi va asosiy faoliyat turi, soliq toʻlovchining identifikatsion raqami, pochta manzili (Investorni davlat roʻyxatidan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasiga asosan), bank hisobvaragʻi;
v) hisobot davrining boshlanishi va yakuni boʻyicha Investorga tegishli boʻlgan Obligatsiyalar soni;
g) hisobot davrida Investor tomonidan sotilgan va sotib olingan Obligatsiyalar soni;
d) hisobot davrida Investorning topshirigʻi boʻyicha Diler tomonidan amalga oshirilgan bitimlar soni;
e) Nizomning 3.5-bandiga asosan bitimlar amalga oshirmasdan Investorning hisobiga oʻtkazilgan va chiqarilgan Obligatsiyalar soni.
3. Dilerning “depo” hisobvaragʻining “garovga olinib toʻsiq qoʻyilgan” boʻlimiga (boʻlimidan) hamda Nizomning 3.4 va 3.10-bandlariga muvofiq “sotish uchun toʻsiq qoʻyilgan” subhisobvaragʻiga oʻtkazmalar toʻgʻrisida maʼlumot.
5-ILOVA
Bitimlar roʻyxatidan koʻchirma kun, sana / oy / yil
5-ustun — qimmatli qogʻozlarning sotilgan yoki sotib olingan soni;
b-ustun — bitim narxi nominalga nisbatan foizda;
7-ustun — Savdo tizimidagi buyurtma raqami;
8-ustun — Diler mijozi nomi;
9-ustun — soʻmdagi bitimlar summasi;
10-ustun — OʻzRVB xizmatlar uchun soʻmdagi vositachilik xaqi summasi.
9-ustunda summa “+” ishorasi bilan koʻrsatiladi, agarda u Diler hisobvaragʻiga oʻtkazilishi lozim boʻlsa yoki “-” ishorasi bilan, agar u Diler hisobvaragʻidan chiqarilishi lozim boʻlsa.
JAMI satrida 9- va 10- ustunlarning arifmetik yigʻindisi koʻrsatiladi.
5-ustun — qimmatli qogʻozlarning sotilgan yoki sotib olingan soni;
b-ustun — bitim narxi nominalga nisbatan foizda;
7-ustun — Savdo tizimidagi buyurtma raqami;
8-ustun — Diler mijozi nomi;
9-ustun — soʻmdagi bitimlar summasi;
10-ustun — OʻzRVB xizmatlar uchun soʻmdagi vositachilik xaqi summasi.
7-ILOVA
Obligatsiya sotib olish uchun buyurtma B L AN K A S I
Buyurtma nominalga nisbatan _______ foizdan kam boʻlmagan bahoda______________________ (________________________________________________________________________) soʻm miqdorida qondirildi.
M.Oʻ.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki nomidan
Davlat qisqa muddatli obligatsiyalarini sotib olishga B U Yu R T M A (chiqarilish raqami _______, toʻlov muddati 20____y. “____”______________)
Ushbu orqali keyingi oʻrinlarda “Xaridor” deb nomlanuvchi _______________________________________________________________20___y. “____” ________dagi auksionda toʻlov sanasi 20__y. “___”_______ boʻlgan ______-raqamli chiqarilishidagi Davlat qisqa muddatli obligatsiyalarini ushbu Jamlanma buyurtma _____ varaqdan iborat ilovasida koʻrsatilgan miqdorda va baho shartlarida sotib olishga tayyorligini bildiradi. Xaridor “Davlat qisqa muddatli obligatsiyalari chiqarilishining muomalada boʻlishi va ularga xizmat koʻrsatilishi toʻgʻrisidagi Nizom” da belgilangan auksion oʻtkazish shartlari, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan obligatsiyalarni sotish boʻyicha belgilanadigan minimal bahoga rozi va shundan kelib chiqadigan barcha majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi. * — Investorlar hisobidan berilgan arizalar boʻyicha Xaridor kodining oxirgi besh raqami 99999 ga teng; — Diler hisobidan berilgan arizalar boʻyicha Xaridor kodining oxirgi besh raqami 00000 ga teng.
M.Oʻ.
Imzolar:
20___y. “____”______________________
Jamlanma buyurtma auksionga qabul qilindi:___________________
___________-varaq,
Varaqlar soni________
Davlat qisqa muddatli obligatsiyalarining sotib olish shartlari chiqarilish raqami____(toʻlov muddati 20_y.“_” ___)
Investor nomi
Baho nominalga nisbatan %larda
Mikdori dona
Xarid qilinayotgan obligatsiyalar qiymati 1 soʻm, tiyin
Vositachilik haki 2 soʻm,tiyin
Vositachilik haqini hisobga olgan holda zaxiralangan mablagʻlar mikdori (oʻsib boruvchi natija) soʻm, tiyin
Mablagʻlarning yetarli boʻlmaganligi uchun bekor qilindi 3
1
2
3
4
5
6
7
Raqobatsiz
Raqobatli
M.Oʻ.
Imzolar:
20__y “____” ______________.
14-ustunda quyidagilar koʻrsatiladi: raqobatsiz buyurtmalar uchun — soʻmdagi obligatsiyalar nominal bahosi 3-ustunga koʻpaytirilgan holda raqobatli buyurtmalar uchun — soʻmdagi sotib olish bahosi 3-ustunga koʻpaytirilgan holda 25-ustunda (4-ustun Vositachilik haqi stavkasiga koʻpaytirilgan holda) koʻrsatiladi. 3mazkur taklif uchun toʻlovni amalga oshirish uchun Dilerning “savdo” subhisobvaragʻida mablagʻlar yetarli boʻlmagan holda toʻldiriladi.
* agar muayyan qatorning bahosi (1-ustun) Moliya vazirligi tomonidan obligatsiyalarni sotishning minimal bahosi sifatida belgilansa, bunday holda “Auksionning oʻrtacha tortilgan bahosi” ustunining tegishli qatorida barcha qondirilgan buyurtmalarning oʻrtacha tortilgan bahosi koʻrsatiladi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Obligatsiyalarining har bir chiqarilishiga davlat roʻyxat raqami beriladi.
2. Davlat roʻyxat raqami toʻqqiz belgili toifadan iborat boʻladi: X1X2X3X4X5X6X7X8X9.
3. Birinchi toifa (XI) - “2” raqami qimmatli qogʻozning turini koʻrsatadi — qarz majburiyati
4. Ikkinchi toifa (X2) qimmatli qogʻozning turini koʻrsatuvchi raqamdir:
“1” — uch oylik davlat obligatsiyalari uchun;
“2” — olti oylik davlat obligatsiyalari uchun;
“3” — toʻqqiz oylik davlat obligatsiyalari uchun.
“4” — oʻn ikki oylik davlat obligatsiyalari uchun
5. Uchinchi, toʻrtinchi, beshinchi toifalar (XZX4X5) — mazkur turdagi chiqarilishning tartib raqamini koʻrsatadi;
6. Oltinchi, yettinchi va sakkizinchi toifalar (X6X7X8) — “UMF” harflari (“Uzbekistan Ministry of Finance”) — emitentni koʻrsatadi.
7. Toʻqqizinchi toifa (X9) — “S” harfi — qimmatli qogʻozning davlatga tegishliligi toʻgʻrisida guvohlik beradi.
8. Mazkur davlat roʻyxati raqamini Xalqaro operatsiyalarda ISIN raqamlari sifatida ishlatishda raqamning chap tomonidan ikki toifali prefiks, oʻng tomonidan esa — Xalqaro ISO 6166 andozasiga muvofiq keladigan nazorat toifasi qoʻyiladi.
Misol: uch oylik obligatsiyalarning birinchi chiqarilishi “21001UMFS” roʻyxat raqamiga ega boʻladi.
10-ILOVA
Navbatdagi chiqarilishni joylashtirish toʻgʻrisida
EʼLON
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki oʻrtasida 20___y. “___”___________da tuzilgan “___”-sonli shartnomaga binoan 20___y. “__”____________da davlat qisqa muddatli obligatsiyalarining navbatdagi chiqarilishini sotish boʻyicha Auksion oʻtkazilishini eʼlon qiladi:
a) Chiqarilish raqami _________;
b) Chiqarilish hajmi ____________ million soʻm;
v) Obligatsiyalarning nominal qiymati 1000 (bir ming) soʻmni tashkil etadi;
d) Boʻlajak haridorlar doirasi _______________________;
e) Raqobatsiz buyurtmalarning eng yuqori miqdori ____________.
Auksion 20___ yil “__”__________ da soat _____ _____minutda Toshkent shahrida quyidagi manzilda oʻtkaziladi: ______________________________________________________________________________
Mazkur chiqarilishdagi obligatsiyalarni xarid qilishni hohlagan va chiqarilgan obligatsiyalarning shartlariga muvofiq ushbu huquqqa ega boʻlgan shaxslar va tashkilotlar quyida keltirilgan dilerlardan biriga murojaat qilishlari mumkin:
T/r
Diler
Manzili, telefoni
11-ILOVA
Navbatdagi chiqarilishning soʻndirish toʻgʻrisida
EʼLON
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki oʻrtasida 20___y. “___”_____________da tuzilgan “___”-sonli shartnomaga binoan 20___y “___”_____________da davlat qisqa muddatli obligatsiyalari soʻndirilishini amalga oshirilishi toʻgʻrisida eʼlon kiladi.
a) Chiqarilish raqami _______;
b) Chiqarilish hajmi ________ million soʻm;
v) Obligatsiyalarning nominal qiymati 1000 (bir ming) soʻmni tashkil etadi.
Obligatsiyalar boʻyicha toʻlov 20___ yil “___”____________ da soat ___ ___minutda Toshkent shahrida quyidagi manzilda oʻtkaziladi: __________________________________________________________
_____ - raqamli chikarilish obligatsiyalarining soʻndirilishi amalga oshirilishidan olingan mablagʻlar _____ - raqamli chiqarilish obligatsiyalarini sotib olishga ishlatilishi mumkin.
Soʻndirish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha obligatsiya egalari bilan xizmat koʻrsatish shartnomasini imzolagan dilerlarga murojaat qilish lozim.
12-ILOVA
Auksionlar natijalari toʻgʻrisidagi
rasmiy hisobot
Davlat qisqa muddatli obligatsiyalari chiqarilishini joylashtirish boʻyicha oʻtkazilgan auksion natijalari toʻgʻrisidagi rasmiy xisobot (chiqarilish raqami XXXXX, muddati XXX kun) quyidagi maʼlumotlardan iborat:
1. Oʻtkazilgan vaqti va sanasi.
2. Auksionda ishtirok etgan tashkilotlarning soni.
3. Berilgan buyurtmalar soni va buyurtmalarning umumiy pul miqdori.
4. Berilgan buyurtmalar boʻyicha baholar diapazoni.
5. Sotilgan obligatsiyalarning eng past va oʻrtacha tortilgan bahosi koʻrsatkichlari.
6. Qondirilgan buyurtmalar miqdori va ularning umumiy miqdorga foiz hisobidagi nisbati.
7. Sotilgan obligatsiyalarning miqdoriy hajmi.
8. Obligatsiyalarning oʻrtacha tortilgan va eng past bahoda sotishdagi daromadliligi.
* baho nominalga nisbatan 0,01 % aniklikda foizlarda koʻrsatiladi.
14-ILOVA
Ikkilamchi savdolar natijalari boʻyicha Dilerning majburiyatlari kun/oy/yil
Dilerning kod raqami _________________________________________________________
Mablagʻlar kodi
Turi
Summasi (soʻmda)
Debet aylanma (soʻmda)
Kredit aylanma (soʻmda)
Vositachilik haqi (soʻmda)
1
2
3
4
5
6
OʻzRVB nomidan ______________________________________________________________/_________________/
Diler nomidan ______________________________________________________________/ ________________/
(Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 1999-yil 20-noyabrdagi 218-1-son (roʻyxat raqami 552-1, 2000-yil 11-may), 2013-yil 16-dekabrdagi 218-2-son (roʻyxat raqami 552-2, 2013-yil 26-dekabr), 2015-yil 28-dekabrdagi 218-3-son (roʻyxat raqami 552-3, 2016-yil 5-fevral) hamda 2017-yil 26-avgustdagi 218-4-son (roʻyxat raqami 552-4, 2017-yil 26-sentabr) qarorlariga asosan kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar bilan)