Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish boʻyicha 2019-yil 15-avgustdagi xulosaga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi
Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qaroriga asosan, buyuraman:
1. Davlat qisqa muddatli obligatsiyalari chiqarilishlari bilan ishlash va ularni muomalada boʻlishi toʻgʻrisida
nizomni (roʻyxat raqami 552, 1998-yil 30-noyabr) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2019-yil 7-avgustdagi 17-25/367-son xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 1998-yil 9-noyabrda 218-son bilan tasdiqlangan Davlat qisqa muddatli obligatsiyalari chiqarilishlari bilan ishlash va ularni muomalada boʻlishi toʻgʻrisida
nizom (roʻyxat raqami 552, 1998-yil 30-noyabr);
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 1999-yil 20-noyabrda 218-1-son bilan tasdiqlangan Davlat qisqa muddatli obligatsiyalari chiqarilishlari bilan ishlash va ularning muomalada boʻlishi toʻgʻrisidagi nizomga 1-son
oʻzgartirish va qoʻshimchalar (roʻyxat raqami 552-1, 2000-yil 11-may);
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 16-dekabrdagi 218-2-son “Davlat qisqa muddatli obligatsiyalari chiqarilishlari bilan ishlash va ularni muomalada boʻlishi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 552-2, 2013-yil 26-dekabr);
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 28-dekabrdagi 35/7-son “Davlat qisqa muddatli obligatsiyalari chiqarilishlari bilan ishlash va ularni muomalada boʻlishi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 552-3, 2016-yil 5-fevral);
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 26-sentabrdagi 21/9-son “Davlat qisqa muddatli obligatsiyalari chiqarilishlari bilan ishlash va ularni muomalada boʻlishi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 552-4, 2017-yil 26-sentabr).
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” ― “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.