1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.10.00 Ijtimoiy jamgʻarmalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy taʼlim agentligi hamda Kasbiy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-oktabrdagi “Kasbiy taʼlim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-190-son Farmoni hamda “Kasbiy taʼlim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-316-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, kasbiy taʼlim va kasbga oʻqitishda boshqaruv tizimini takomillashtirish orqali yagona yondashuv asosida kasbga oʻqitish, ilgʻor xorijiy tajribalarni samarali joriy etish va xalqaro standartlarga mos boʻlgan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kasbiy taʼlim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 23-oktabrdagi PF-190-son Farmoniga muvofiq:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzurida Kasbiy taʼlim agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tashkil etilgani;
Agentlikning asosiy vazifalari va uning faoliyatini tashkil etish tartibi belgilangani;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi Agentlik tizimiga oʻtkazilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy taʼlim agentligi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy taʼlim agentligining Kasbiy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
Boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy taʼlim toʻgʻrisidagi diplomning hamda diplomga ilovaning davlat namunalari va tavsiflari 3-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang)]
Kompetensiyani (malakani) egallaganlik toʻgʻrisidagi sertifikatning hamda sertifikatga ilovaning davlat namunalari va tavsiflari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
2026-yil 1-sentabrga qadar kasbiy taʼlim tashkilotlarida oʻqishini yakunlagan bitiruvchilarga amaldagi taʼlim dasturlariga muvofiq davlat namunasidagi diplom yoki sertifikat beriladi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
2026/2027 oʻquv yilidan boshlab boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlarini oʻzlashtirgan shaxslarga Taʼlimning xalqaro standart tasniflagichi va Milliy malakalar ramkasining 3, 4, va 5-darajasiga mos keluvchi boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy taʼlim toʻgʻrisida diplom, qisqa muddatli kurslar bitiruvchilariga esa oʻqigan moduliga qarab tegishliligi boʻyicha kompetensiyani (malakani) egallaganlik toʻgʻrisida sertifikat beriladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2025-yil 19-apreldagi 245-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2026-yil 30-aprel,
216-son
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-apreldagi 216-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy taʼlim agentligi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy taʼlim agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Agentlik kasbiy taʼlim va kasbga oʻqitish, ilgʻor xorijiy tajribalarni samarali joriy etish hamda xalqaro standartlarga mos boʻlgan yuqori malakali oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlash sohasida davlat siyosatini amalga oshiruvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.
3. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) bevosita boʻysunadi va faoliyati yuzasidan hisobot beradi.
4. Agentlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang)]
5. Agentlikning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiy hisoblanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.08.00.00 Gʻaznachilik]
6. Agentlik davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan hamda oʻz nomi yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga ega boʻladi.
7. Agentlikning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy taʼlim agentligi;
qisqartirilgan nomi — Kasbiy taʼlim agentligi;
b) rus tilida:
toʻliq nomi — Agentstvo professionalnogo obrazovaniya pri Ministerstve visshego obrazovaniya, nauki i innovatsiy Respubliki Uzbekistan;
qisqartirilgan nomi — Agentstvo professionalnogo obrazovaniya;
v) ingliz tilida:
toʻliq nomi — Vocational Education Agency under the Ministry of Higher Education, Science and Innovations of the Republic of Uzbekistan;
qisqartirilgan nomi — Vocational Education Agency.
8. Agentlikning joylashgan yeri (pochta manzili): Toshkent shahri Olmazor tumani Universitet koʻchasi 7-uy, 100174.
9. Agentlikning tashkiliy tuzilmasiga quyidagilar kiradi:
markaziy apparat;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
Kasbiy taʼlimni rivojlantirish instituti;
Kasbiy taʼlim moddiy-texnika taʼminoti markazi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
Kasbiy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kasbiy taʼlim agentligi, viloyatlar va Toshkent shahri kasbiy taʼlim boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy boshqarmalar);
texnikumlar.
2-bob. Agentlik, uning tizim tashkilotlari va hududiy boshqarmalarining asosiy vazifalari va funksiyalari
1-§. Agentlikning asosiy vazifalari va funksiyalari
10. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
1) kasbiy taʼlim tizimida ichki va tashqi mehnat bozori talablariga mos boʻlgan malakali va raqobatbardosh oʻrta boʻgʻin kadrlari tayyorlashga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
2) kasbiy taʼlim tizimini boshqarish, Kasbiy taʼlimni rivojlantirish instituti, Kasbiy taʼlim moddiy-texnika taʼminoti markazi (keyingi oʻrinlarda — tizim tashkilotlari), hududiy boshqarmalar va kasbiy taʼlim tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — texnikumlar) faoliyatini muvofiqlashtirish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari]
3) kasbiy taʼlimning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar mazmunini takomillashtirish, yoshlarda vatanga sadoqat, yuksak masʼuliyat, bagʻrikenglik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash kabi fazilatlarni shakllantirish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
4) kasbiy taʼlim mazmunini takomillashtirish, taʼlim dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish;
5) texnikum va korxonalar oʻrtasida samarali hamkorlikni tashkil etish hamda dual taʼlimni rivojlantirish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.03.00 Ishsizlar (maqom)]
6) kasbiy taʼlimda hayot davomida oʻqish tamoyilini tatbiq etish, shuningdek, ishsiz, ish qidirayotgan va xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida boʻlgan fuqarolarni kasbga oʻqitishni tashkil etish;
7) kasbiy taʼlim tizimini raqamlashtirish, oʻquv jarayonida interaktiv, raqamli va innovatsion oʻqitish texnologiyalarini joriy etish;
8) kasbiy taʼlim jarayoni uchun zarur boʻlgan zamonaviy taʼlim resurslari, oʻquv-uslubiy materiallar va adabiyotlarni yaratish hamda ular bilan texnikumlarni taʼminlash;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.32.00 Malaka toifalari]
9) texnikumlarda faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni tashkil qilish hamda pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalarini berishni tashkil qilish;
10) texnikumlarning rahbar va pedagog kadrlari faoliyatini baholashning samarali tizimini joriy etish hamda ragʻbatlantirish mexanizmlarini takomillashtirish;
11) texnikumlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, jumladan, laboratoriya va ustaxona bazalarini zamonaviy texnika, asbob-uskuna va sarflovchi materiallar bilan taʼminlash, shuningdek, ularning moliyaviy faoliyatini yaxshilashga koʻmaklashish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
12) kasbiy taʼlim va kasbga oʻqitish tizimida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
13) xorijiy hamkorlar bilan qoʻshma va xalqaro taʼlim dasturlari asosida kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish hamda yoshlarni xorijiy tillarga oʻqitish.
Agentlik qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
11. Agentlik oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
1) kasbiy taʼlim tizimida ichki va tashqi mehnat bozori talablariga mos boʻlgan malakali va raqobatbardosh oʻrta boʻgʻin kadrlari tayyorlashga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish sohasida:
tizim tashkilotlari va texnikumlarda Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda boshqa qonunchilik hujjatlarining bajarilishini taʼminlaydi;
mehnat bozorida oʻrta boʻgʻin kadrlariga boʻlgan ehtiyojni oʻrganadi, ish beruvchilar bilan oʻzaro hamkorlik aloqalarini oʻrnatadi hamda qabul parametrlarini tasdiqlaydi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
texnikumlarga qabul jarayonlarini tashkil etish boʻyicha umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida kasbga yoʻnaltirish tadbirlarini amalga oshiradi;
kasbiy taʼlim tizimini modernizatsiya qiladi, xalqaro standartlarga muvofiq zaruriy kompetensiyalarga ega malakali oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlaydi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
davlat namunasidagi kasbiy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarni tayyorlash va hisobini yuritish tartibini ishlab chiqadi;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda texnikum bitiruvchilari bandligini tahlil qiladi hamda uning natijalari asosida texnikumlarda kadrlar tayyorlashni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi, xorijiy tashkilotlar va ish beruvchilar bilan hamkorlikda tashqi mehnat bozori uchun maqsadli kadrlar tayyorlashni tashkil etadi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlariga muvofiq davlat texnikumlarida yangi kasb va mutaxassisliklar boʻyicha kadrlar tayyorlash chora-tadbirlarini belgilaydi;
kasbiy taʼlim tizimining ijobiy qiyofasini shakllantirishga qaratilgan targʻibot va axborot siyosati yoʻnalishlarini belgilaydi hamda amalga oshiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi uchun ustuvor boʻlgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning oʻrnini yaxshilash maqsadida kasbiy taʼlim tizimiga tegishli koʻrsatkichlarning bajarilishini taʼminlaydi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
2) kasbiy taʼlim tizimini boshqarish, tizim tashkilotlari va texnikumlar faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:
tizim tashkilotlari va texnikumlar faoliyatini tashkil etadi hamda ularning faoliyatini vakolati doirasida muvofiqlashtiradi;
tashkiliy-huquqiy shaklidan va idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, davlat va davlat ishtirokidagi texnikumlar faoliyatida sohaga oid qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini monitoring qilib boradi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari]
oʻquvchilar bilimining Oʻzbekiston Respublikasi davlat taʼlim standartlari va malaka talablariga muvofiqligini tizimli ravishda tahlil qiladi;
tizim tashkilotlari va texnikumlar faoliyatini tashkil etish, yaxshilash va ragʻbatlantirish boʻyicha takliflar hamda normativ-huquqiy hujjat loyihalarini ishlab chiqadi;
tizim tashkilotlari va hududiy boshqarmalar boshliqlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
davlat texnikumlarining direktor va direktor oʻrinbosarlarini tanlov asosida lavozimga tayinlash hamda lavozimidan ozod etishni muvofiqlashtiradi;
Agentlik markaziy apparati, tizim tashkilotlari va texnikumlarda korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va ularning oldini olish, sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻradi;
texnikumlarda sanoat hamkorlari va ish beruvchilarning tashabbuslari asosida texnikum faoliyatini muvofiqlashtirish uchun Vasiylik kengashlarini tashkil etadi;
tizim tashkilotlari va ilgʻor kasbiy mahorat texnikumlari ustavini, texnikumlarning namunaviy ustavini ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi;
tizim tashkilotlari va texnikumlarga Agentlikning statistik, arxiv va boshqa maʼlumotlaridan (axborotdan foydalanish qonun bilan cheklangan holatlar bundan mustasno) foydalanish imkoniyatini yaratadi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
kasbiy taʼlim tizimini rivojlantirishga qaratilgan vazifalar boʻyicha tizim tashkilotlari va texnikum direktorlari hamda ularning oʻrinbosarlari faoliyati samaradorligi koʻrsatkichlarini belgilaydi hamda ijrosini baholaydi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
texnikum bitiruvchilarining bandlik holatini monitoring qiladi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda bitiruvchilar bandligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
3) kasbiy taʼlimning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar mazmunini takomillashtirish, yoshlarda vatanga sadoqat, yuksak masʼuliyat, bagʻrikenglik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash kabi fazilatlarni shakllantirish sohasida:
texnikumlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan holda oʻsib kelayotgan yosh avlodni yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlar ruhida tarbiyalash ishlarini tashkil etadi;
texnikumlarda va oʻquvchilar turar joylarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni takomillashtirish yuzasidan tadbirlarni tizimli tashkil etish choralarini koʻradi;
texnikumlarda sogʻlom maʼnaviy muhitni (jamoa aʼzolari oʻrtasida oʻzaro hurmat, kiyinish, muomala madaniyati va boshqalar) shakllantirish va qoʻllab-quvvatlash, yoshlarning oʻqishdan boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish ishlarini muvofiqlashtiradi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
texnikum oʻquvchilarini sportga jalb etish ishlarini tashkil etadi, turli sport musobaqalari oʻtkazilishi, ularning gʻoliblari ragʻbatlantirilishi hamda xalqaro tanlovlar va musobaqalarda ishtirok etishini taʼminlaydi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
“Kasb va mehnat kuni”ni keng nishonlash hamda uning doirasida jamoatchilik, ayniqsa, yoshlar orasida kasblar jozibadorligini oshirish maqsadida kasbiy taʼlimni ommalashtirishga qaratilgan tadbirlarni tizimli ravishda tashkil etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovini oʻtkazadi, oʻquvchilarning xalqaro tanlov va musobaqalarga yuborilishini hamda gʻoliblarning belgilangan tartibda ragʻbatlantirilishini taʼminlaydi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
4) kasbiy taʼlim mazmunini takomillashtirish, taʼlim dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish sohasida:
tashkiliy-huquqiy shaklidan va idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, barcha texnikumlar uchun majburiy boʻlgan kasbiy taʼlim dasturlari mazmuni, ular boʻyicha beriladigan malaka darajalari, oʻqitishning minimal muddatlari, bitiruvchilar bilimini baholash mezonlari hamda oʻquv-metodik taʼminotga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
davlat taʼlim standartlari, davlat taʼlim talablari va malaka talablarini, shuningdek, ular asosida taʼlimning barcha turlari boʻyicha ishlab chiqilgan oʻquv reja va dasturlarini ekspertizadan oʻtkazadi;
ish beruvchilarning takliflariga muvofiq kasbiy taʼlim dasturlarini ishlab chiqadi va amaliyotga joriy qiladi hamda takomillashtirib boradi;
xalqaro, qoʻshma, dual taʼlim dasturlari hamda qisqa muddatli kurslar uchun oʻquv dasturlarini ishlab chiqadi va yangilab boradi;
taʼlim oluvchilarning bilim, koʻnikma va malakalarini baholash jarayonini monitoring qilib boradi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
texnikumlarning oʻquv reja va oʻquv dasturlarining ishlab chiqilishini tashkil etadi, shuningdek, texnikumlar faoliyatini tartibga soluvchi meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
texnikumlarda xorijiy davlatlarning ilgʻor taʼlim dasturlari asosida kasblar va mutaxassisliklarning oʻquv-meʼyoriy hujjatlarini ishlab chiqadi hamda ularni joriy etadi;
kasbiy taʼlimni takomillashtirish boʻyicha kengashlar, simpoziumlar, oʻquv-metodik konferensiyalar, tanlovlar, koʻrgazmalar va boshqa tadbirlarni tashkil qiladi;
kasbiy taʼlim tizimidagi inklyuziv taʼlimning mazmuni, taʼlim texnologiyalari va oʻquv-metodik bazasiga qoʻyiladigan yagona talablarni ishlab chiqadi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.16.00 Amaliyot. Stajirovka]
5) texnikum va korxonalar oʻrtasida samarali hamkorlikni tashkil etish hamda dual taʼlimni rivojlantirish sohasida:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.16.00 Amaliyot. Stajirovka]
texnikum va korxonalar oʻrtasida samarali hamkorlikni tashkil etadi hamda dual taʼlimni rivojlantirish choralarini koʻradi;
ish beruvchi korxona va tashkilotlar bilan birgalikda texnikum bitiruvchilari bandligini taʼminlash maqsadida mehnat yarmarkalari, “Karyera kuni” va shu kabi boshqa tadbirlarni tashkil qiladi;
oʻquvchilarning ishlab chiqarish amaliyotlarini korxona va tashkilotlarda tashkil etish boʻyicha ish beruvchi korxona va tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;
texnikum oʻquvchilarining korxona va tashkilotlarda ishlab chiqarish amaliyotlari tashkil etilishini muvofiqlashtiradi;
texnikum oʻquvchilarining oʻqish davrida tegishli ilgʻor kasbiy mahorat texnikumlarida amaliy mashgʻulotlarini oʻtash tartibini ishlab chiqadi va jarayonni muvofiqlashtiradi;
mehnat bozori talablari, ish beruvchilarning ehtiyojlari va talabgorlarning murojaatlari asosida texnikumlarda malaka va kompetensiyalar boʻyicha qisqa muddatli kurslarni tashkil etadi;
texnikumlarda yil davomida oʻquvchilarni korxona va tashkilotlarning buyurtmalariga koʻra, toʻlov-kontrakt asosida dual taʼlim shaklida oʻqitishni tashkil etadi;
dual taʼlimni tashkil etish boʻyicha manfaatdor vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar hamda ish beruvchi korxona va tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;
dual taʼlimni tashkil etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilaydi, dual taʼlim shaklida tahsil olayotgan oʻquvchilarga maxsus platforma orqali stipendiya toʻlanishini monitoring qilib boradi;
texnikumlarda karyera markazlari faoliyatini yoʻlga qoʻyadi va xorijiy tajribalar asosida takomillashtiradi;
6) kasbiy taʼlimda hayot davomida oʻqish tamoyilini tatbiq etish, shuningdek, ishsiz, ish qidirayotgan va xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida boʻlgan fuqarolarni kasbga oʻqitishni tashkil etish sohasida:
kasbiy taʼlim tizimida katta yoshdagilarni oʻqitishni va ularga rasmiy taʼlim berishni tashkil etadi;
alohida taʼlim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha taʼlim oluvchilar uchun inklyuziv taʼlim olishga boʻlgan teng imkoniyatlar yaratilishini taʼminlaydi;
texnikumlarda tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitishni tashkil etadi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
7) kasbiy taʼlim tizimini raqamlashtirish, oʻquv jarayoniga interaktiv, raqamli va innovatsion oʻqitish texnologiyalarini joriy etish sohasida:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.01.00 Umumiy qoidalar]
kasbiy taʼlim tizimida raqamli texnologiyalar va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi;
oʻquv jarayonida interaktiv, raqamli va innovatsion oʻqitish texnologiyalarini joriy etadi;
axborot tizimlari va resurslarini keng joriy etishni nazarda tutuvchi dasturlarni ishlab chiqadi va ularni amalga oshiradi;
texnikum bitiruvchilariga beriladigan diplom va diplomga ilovalar, sertifikat blankalari, dublikatlar bilan taʼminlaydi hamda QR-kod qoʻyish tizimi orqali toʻldirilishi va tarqatilishini muvofiqlashtiradi;
kasbiy taʼlim tizimiga oid maʼlumotlarni boshqarishning yagona tizimini shakllantirish orqali maʼlumotlarni (axborotlarni) toʻplash va raqamlashtirish uchun kerak boʻlgan resurslar yaratilishini tashkil etadi;
texnikumlarda hisobotlarni tayyorlashning qogʻoz shaklidan voz kechish hamda tashkilot faoliyatini avtomatlashtirish boʻyicha kasbiy taʼlim jarayonlarini boshqarish axborot tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
elektron davlat xizmatlari koʻrsatishni yanada takomillashtirish orqali texnikumlar faoliyatidagi funksional jarayonlar va tartib-taomillarni maqbullashtirish choralarini koʻradi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
kasbiy taʼlim tizimida elektron davlat xizmatlarini mobil qurilmalar va elektron hamkorlikning boshqa shakllari orqali koʻrsatishni yanada kengaytirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish choralarini koʻradi;
8) kasbiy taʼlim jarayoni uchun zarur boʻlgan zamonaviy resurslar, oʻquv-uslubiy materiallar va adabiyotlarni yaratish hamda ular bilan texnikumlarni taʼminlash sohasida:
texnikumlarni zarur oʻquv adabiyotlari, uslubiy qoʻllanmalar va raqamli kontentlar bilan taʼminlab boradi;
xorijiy tillarni oʻqitishning xalqaro tan olingan dastur va oʻquv adabiyotlarining texnikumlarda joriy etilishini muvofiqlashtiradi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari]
xalqaro taʼlim dasturlari boʻyicha taʼlim olayotgan oʻquvchilarning oʻquv-metodik taʼminotini mustahkamlash choralarini koʻradi;
belgilangan tartibda nodavlat texnikumlar faoliyatini oʻrganish hamda ularga davlat namunasidagi diplom, diplomga ilova va sertifikatlar berilishini tashkil etadi;
9) rahbar va pedagog kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni tashkil qilish hamda pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalarini berishni tashkil qilish sohasida:
rahbar va pedagog kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni tashkil etishning samarali shakllarini, shu jumladan, masofadan turib oʻqitish shaklini ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
texnikumlarda kadrlarning kasbiy tayyorgarligi sifatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
texnikumlarning rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonlarini nazorat qiladi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashga boʻlgan ehtiyojni oʻrganadi va ehtiyojdan kelib chiqib, malaka oshirish va qayta tayyorlashga boʻlgan buyurtmalarni shakllantiradi;
oʻz xodimlarini xalqaro konferensiyalarga va stajirovkalarga yuboradi, ularning xalqaro loyihalar hamda ilmiy tadqiqotlarda ishtirok etishini qoʻllab-quvvatlaydi;
ilgʻor kasbiy mahorat texnikumlarida ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining malakasini oshirishni tashkil etadi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
taʼlim jarayoniga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish va mahalliy rahbar va pedagoglarni chet elga malaka oshirish va stajirovkaga yuborish ishlarini tashkil etadi;
texnikumlarning pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifasini berishni tashkil qiladi;
texnikum direktorlari va ularning oʻrinbosarlarini attestatsiyadan oʻtkazishni muvofiqlashtiradi;
attestatsiyadan oʻtish muddati kelgan pedagog kadrlarni navbatdagi attestatsiyaga oʻz vaqtida jalb etish choralarini koʻradi;
texnikumlarning pedagog kadrlarga boʻlgan ehtiyojini oʻrganish va ularning butlanishini taʼminlash boʻyicha hududiy boshqarmalar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
10) rahbar va pedagog kadrlar faoliyatini baholashning samarali tizimini joriy etish hamda ragʻbatlantirish mexanizmlarini takomillashtirish sohasida:
rahbar va pedagog kadrlar faoliyatini baholashning samarali tizimini joriy etadi hamda ragʻbatlantirish mexanizmlarini takomillashtiradi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
texnikumlarning rahbarlari, pedagoglari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalariga qoʻyiladigan malaka talablarini va (yoki) kasbiy standartlarni ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi;
texnikumlarning pedagog kadrlarini tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni belgilangan tartibda tasdiqlaydi hamda uning amalga oshirilishini nazorat qiladi;
texnikumlar pedagog kadrlariga qoʻyiladigan malaka talablarining ishlab chiqilishini tashkil qiladi;
ishlab chiqarish taʼlimi ustalariga kasbiy sertifikat berilishini taʼminlaydi;
texnikum direktorlari va ularning oʻrinbosarlariga menejerlik sertifikati berilishini hamda ularni ragʻbatlantirishni tashkil etadi;
11) texnikumlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, jumladan, laboratoriya va ustaxona bazalarini zamonaviy texnika, asbob-uskuna va sarflovchi materiallar bilan taʼminlash, shuningdek, ularning moliyaviy faoliyatini yaxshilashga koʻmaklashish sohasida:
texnikumlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, jumladan, laboratoriya va ustaxona bazalarining zamonaviy texnika, asbob-uskuna va sarflovchi materiallar bilan taʼminlanishi monitoringini yuritadi;
texnikumlarda bino va inshootlarning qurilishi, rekonstruksiya qilinishi hamda mukammal taʼmirlash ishlarini amalga oshirish boʻyicha investitsiya dasturlarini shakllantirishni muvofiqlashtiradi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital taʼmirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash]
texnikumlarda amalga oshirilayotgan qurilish-taʼmirlash va jihozlash ishlari holatini oʻrganib boradi hamda texnikumlarga nisbatan moddiy-texnik baza, infratuzilma talablarini ishlab chiqadi va belgilaydi;
texnikumlarda oʻquv-amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazish uchun sarflanadigan xomashyo va yonilgʻi-moylash materiallari bilan taʼminlash meʼyorlarini zamon talablariga moslashtiradi;
texnikumlarni jihozlash meʼyornomalarini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
texnikumlarda moddiy-texnik resurslardan foydalanishga doir talablarni hamda moddiy-texnik bazani rivojlantirish boʻyicha istiqboldagi dasturlarning ishlab chiqilishini tashkil etadi;
ilgʻor kasbiy mahorat texnikumlarini hududlarning oʻrta boʻgʻin kadrlariga boʻlgan ehtiyojini hisobga olgan holda, zamonaviy laboratoriya (ustaxona) jihozlari bilan taʼminlaydi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
texnikumlarni Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi tomonidan yuritiladigan milliy reyting natijalari asosida ragʻbatlantirishni amalga oshiradi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
tashkiliy-huquqiy shaklidan va idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, barcha davlat texnikumlarini moliyalashtirishning normativlarini belgilash toʻgʻrisidagi takliflarni, ushbu masala yuzasidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;
Agentlik orqali moliyalashtiriladigan tizim tashkilotlarining budjet mablagʻlari boʻyicha xarajatlar smetasi, budjetdan tashqari (toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar) mablagʻlar boʻyicha daromadlar va xarajatlar smetasi, vaqtincha budjet xarajatlari smetalari hamda shtat jadvallarini roʻyxatdan oʻtkazadi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital taʼmirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash]
Agentlik orqali moliyalashtiriladigan texnikumlarning tasdiqlangan jamlanma budjet mablagʻlari boʻyicha xarajatlar smetalarini, budjetdan tashqari (toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar, bolalarning taʼminoti uchun ota-onalardan tushumlar) mablagʻlar boʻyicha jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasi hamda jamlanma shtat jadvallarini tasdiqlaydi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etadi;
Agentlik orqali moliyalashtiriladigan tizim tashkilotlarining budjet hisobi yuritilishini tashkil etish va nazorat qilishni taʼminlaydi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.05.00 Moliyaviy hisobot]
Agentlik orqali moliyalashtiriladigan tizim tashkilotlaridan moliyaviy hisobotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining maxsus dasturiy majmuasi orqali elektron tarzda qabul qiladi hamda tegishli davr uchun jamlanma moliyaviy hisobotlarni Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
12) kasbiy taʼlim va kasbga oʻqitish tizimida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish sohasida:
texnikumlarda davlat-xususiy sheriklik asosida loyihalarning amalga oshirilishini tashkillashtiradi hamda rivojlantiradi;
oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlash jarayoniga xususiy sektorni jalb etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
texnikumlar tomonidan mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar ishlab chiqarish jarayonining monitoringini yuritadi;
texnikumlarda ruxsat etilgan faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha autsorsing xizmati koʻrsatilishini muvofiqlashtiradi;
13) xorijiy hamkorlar bilan qoʻshma va xalqaro taʼlim dasturlari asosida kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish hamda yoshlarni xorijiy tillarga oʻqitish sohasida:
texnikumlarda xorijiy davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikda xalqaro va qoʻshma taʼlim dasturlarining joriy etilishini muvofiqlashtiradi;
tashkiliy-huquqiy shaklidan va idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, texnikumlarda xorijiy mamlakatlar uchun oʻrta boʻgʻin kadrlari tayyorlanishini yoʻlga qoʻyadi;
kasbiy taʼlim tizimida xorijiy hamkorlar bilan xalqaro va qoʻshma taʼlim dasturlarini amalga oshiradi, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va bitimlari asosida xorijiy davlatlarning tegishli vakolatli tashkilotlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalar oʻrnatadi;
texnikum oʻquvchilarining xorijiy davlatlarning taʼlim tashkilotlariga oʻqish uchun yuborilishini muvofiqlashtiradi;
xorijiy hamkorlar bilan qoʻshma va xalqaro taʼlim dasturlari asosida oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlashda oʻquvchilar amaliyotlarini xorijiy davlatlarning tashkilotlarida tashkil etadi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari]
xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi va texnikumlarga xorijiy investitsiya va loyihalarni jalb qilish choralarini koʻradi;
davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va davlat taʼlim tashkilotlarining xorijiy tillarni oʻqitishni ommalashtirish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
xorijiy va mahalliy hamkorlar bilan aloqalar oʻrnatib, ularning moliyaviy, tashkiliy va uslubiy koʻmagini mamlakatda xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirishga jalb qilishni tashkil etadi;
texnikumlarda Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan “vaucher” tizimi bilan qamrab olinmagan shaxslarni qisqa muddatli kasbga va xorijiy tillarga oʻqitishni tashkil etadi.
Agentlik qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
2-§. Agentlik markaziy apparatining vazifalari va funksiyalari
12. Quyidagilar Agentlik markaziy apparatining asosiy vazifalari hisoblanadi:
kasbiy taʼlim tizimida yagona davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etish;
Agentlik hamda uning tarkibiy boʻlinmalari faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlari, maqsadli indikatorlar, sifatga erishish va rivojlantirish dasturlarini samarali amalga oshirishni taʼminlash;
Agentlik faoliyati sohasiga tegishli masalalarda vazirlik va idoralar bilan hamkorlik qilishda hamda Vazirlik yigʻilishlarida masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi hamda Vazirlar Mahkamasi topshiriqlarini oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarish;
tarkibiy boʻlinmalar xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tizimli tashkil etish;
tarkibiy boʻlinmalari faoliyatiga zamonaviy ish uslublarini joriy etish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
kasbiy taʼlim tizimida davlat xizmatlarini koʻrsatish samaradorligi, sifati va erkinligini taʼminlash;
jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni samarali tashkil etish, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish;
kasbiy taʼlim tizimini takomillashtirish, ilgʻor xorijiy tajribalarni samarali joriy etish va xalqaro standartlarga mos boʻlgan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash boʻyicha maqsadli dasturlar, kasbiy taʼlim tizimidagi dasturiy-uslubiy va boshqa tartibga soluvchi hujjatlarni ishlab chiqish;
kasbiy taʼlim tizimida xalqaro hamda davlatlararo hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish boʻyicha xalqaro hamda xorijiy tadbirlarda ishtirok etish;
Vazirlik hamda Agentlik buyruqlari va topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
kasbiy taʼlim tizimidagi ilgʻor xorijiy tajriba va ilmiy-texnik taraqqiyotda erishilgan natijalarni oʻrganishni tashkil etish;
kasbiy taʼlim tizimida xalqaro seminarlar, anjumanlar, koʻrgazmalar oʻtkazilishini tashkil etadi hamda boshqa tashkilotlar oʻtkazadigan shu kabi tadbirlarda ishtirok etishni taʼminlash.
Agentlikning markaziy apparati qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
13. Agentlikning markaziy apparati oʻziga yuklatilgan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Agentlik faoliyatini tashkiliy-nazorat va axborot-tahliliy jihatdan taʼminlaydi;
Agentlik zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish doirasida tarkibiy boʻlinmalar faoliyati monitoringini yuritadi;
topshiriqlar va qonunchilik hujjatlari ijrosini taʼminlash, yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarish hamda oʻz tashabbusi bilan Agentlik vakolatlariga taalluqli boʻlgan masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish uchun ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda kasbiy taʼlim tizimidagi muammolarni hal etish, tizimni yanada rivojlantirishga qaratilgan taklif, tavsiya va tahliliy maʼlumotlar tayyorlanishini taʼminlaydi;
kasbiy taʼlimni rivojlantirish strategiyasining yaqin, oʻrta va uzoq istiqboldagi ustuvor yoʻnalishlaridan kelib chiqib, takliflarni ishlab chiqadi;
kasbiy taʼlim va kasbga oʻqitishning eng muhim yoʻnalishlari hamda vazifalarini amalga oshirishda mavjud tizimli muammo va kamchiliklarning muntazam ravishda koʻrib chiqilishini tashkil qiladi;
tarkibiy boʻlinmalar va tizim tashkilotlarining faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirishni hamda nazoratini, shu jumladan, ularning qonunchilik hujjatlari, idoraviy va idoralararo hujjatlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Agentlik vakolatiga taalluqli tezkor, tashkiliy, kadrlar, moliyaviy, ishlab chiqarish-xoʻjalik va boshqa masalalarni hal qiladi.
Agentlikning markaziy apparati qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
3-§. Agentlik tizim tashkilotlari va hududiy boshqarmalarining vazifalari va funksiyalari
14. Quyidagilar Agentlik tizim tashkilotlari va hududiy boshqarmalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Agentlik tizim tashkilotlari va hududiy boshqarmalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari va qonunchilik hujjatlari, shuningdek, Vazirlik hayʼati qarorlari, Vazirlikning buyruqlari bajarilishining muntazam nazoratini taʼminlash;
Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini taʼminlashda ishtirok etish;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan hamkorlik qilish;
texnikumlarda kasbiy taʼlim tizimidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi va taʼlim jarayonlari yuzasidan monitoring qilib borish va nazorat qilish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
tegishli hudud boʻyicha texnikumlarda oʻquv-metodik faoliyatni muvofiqlashtirish;
Agentlik tizimidagi texnikumlar va boshqa tashkilotlarda ichki audit xizmatlari tomonidan nazorat tartibidagi profilaktika tadbirlarini tashkil etish.
Agentlik tizim tashkilotlari va hududiy boshqarmalari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
15. Agentlik tizim tashkilotlari va hududiy boshqarmalari oʻzlariga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
tizim tashkilotlari va hududiy boshqarmalar hamda ularning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va axborot-tahliliy jihatdan taʼminlaydi;
Agentlik tomonidan kasbiy taʼlim tizimining ijobiy qiyofasini shakllantirish maqsadida ishlab chiqilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
tizim tashkilotlari va hududiy boshqarmalar tomonidan kiritiladigan hujjatlarning sifatli va oʻz vaqtida qayta ishlanishini, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishini tashkil etadi;
tizim tashkilotlari va hududiy boshqarmalar tarkibidagi boʻlinmalar faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda nazorat qiladi;
binolar va inshootlarni joriy taʼmirlash ishlarini monitoring qilib boradi va muvofiqlashtiradi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etadi va amalga oshiradi;
vakolati doirasida tegishli tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlab chiqarish, xoʻjalik va boshqa masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
Agentlik tizim tashkilotlari va hududiy boshqarmalari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
3-bob. Agentlik, tizim tashkilotlari va hududiy boshqarmalarining huquqlari va javobgarligi
1-§. Agentlikning huquqlari va javobgarligi
16. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega:
oʻz vakolati doirasida, shu jumladan, boshqa davlat organlari bilan birgalikda normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari]
kasbiy taʼlim tizimiga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va ularni manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
kasbiy taʼlim va kasbga oʻqitish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish masalalarida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish;
oʻz vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni davlat tashkilotlaridan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha zarur statistika axborotlarini statistika organlaridan soʻrash va bepul olish;
kasbiy taʼlim tizimida bajariladigan davlat va tijorat loyihalari hamda dasturlarida ishtirok etish;
oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha kengashlarni respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek, xoʻjalik yurituvchi subyektlar rahbarlari va mutaxassislarini jalb etgan holda belgilangan tartibda tashkil etish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]
oʻz faoliyatini tashkil etishda va takomillashtirishda, jumladan, dizayn, marketing, moliyaviy, yuridik va boshqa xizmatlardan foydalanishda davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik hamda xarid qilish tartib-taomillariga asosan shartnomalar tuzish orqali xalqaro tashkilotlarni jalb qilish;
tasarrufidagi tashkilotlarga tegishli mol-mulkni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan kelishgan holda operativ boshqaruv huquqi asosida oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq Agentlikning ijtimoiy infratuzilmasini tashkil etish va takomillashtirish, Agentlik va tizim tashkilotlari xodimlari mehnatini ragʻbatlantirish mexanizmlarini shakllantirish;
oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga takliflar kiritish;
oʻz vakolatiga taalluqli boʻlgan masalalar boʻyicha xorijiy mamlakatlarda, xalqaro va xorijiy tashkilotlarda, forumlar va boshqa tadbirlarda Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini belgilangan tartibda ifodalash;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
kasbiy taʼlim tizimi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro shartnomalari loyihalarini amalga oshirish boʻyicha amaldagi qonunchilik talablari asosida shartnomalar imzolash;
Agentlik va tizim tashkilotlari rahbarlari va xodimlarini stajirovkalardan oʻtkazish, ularning malakasini oshirish, xalqaro konferensiyalarda, biznes-forumlarda va boshqa tadbirlarda qatnashish uchun xorijiy mamlakatlarga belgilangan tartibda yuborish;
oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha xorijiy davlatlar, xalqaro va xorijiy tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot institutlari vakillari bilan belgilangan tartibda muzokaralar oʻtkazish;
tizim tashkilotlarida mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;
ushbu Nizomda belgilangan maqsadlarga erishishga yoʻnaltirilgan, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlarini amalga oshirish.
17. Agentlik quyidagilar uchun javob beradi:
oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarning samarali bajarilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati topshiriqlarini oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarilishi, oʻrta va uzoq muddatli rivojlanish dasturlari ishlab chiqilishi, ularning ijrosi taʼminlanishi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
ichki va tashqi mehnat bozori uchun malakali oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va tizim xodimlarining malakasini oshirish, shuningdek, ularning mehnatini ragʻbatlantirish, chora-tadbirlar rejasi, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlar ijrosining samarali tashkil etilishi va bajarilishi;
Agentlikning faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan maqsadli koʻrsatkichlarga erishish sohasidagi ishlarning samarali tashkil etilishi;
balansidagi mulklar, shu jumladan, koʻchmas mulklardan maqsadli foydalanishga qatʼiy rioya etilishi;
Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarining sifatliligi taʼminlanishi.
2-§. Agentlik markaziy apparatining huquqlari va javobgarligi
18. Agentlik markaziy apparati oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun:
texnikumlar boʻyicha tahlil qilish va qayta ishlash uchun zarur boʻladigan materiallar va maʼlumotlarni tashkiliy-huquqiy shaklidan va idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, texnikumlar, tizim tashkilotlari va hududiy boshqarmalardan soʻrash va olish;
Agentlikda koʻrib chiqiladigan kasbiy taʼlim tizimiga doir masalalarni, axborot va tahliliy materiallarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun texnikumlar, tizim tashkilotlari va hududiy boshqarmalar rahbarlari hamda vakillarini, zarur boʻlganda, belgilangan tartibda jalb qilish;
texnikumlar, tizim tashkilotlari va hududiy boshqarmalardan oʻzlari tomonidan kiritilgan kasbiy taʼlim boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarining puxta ishlab chiqilishini talab qilish, zarurat boʻlganda, ularni qayta ishlash uchun qaytarish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
texnikumlar, tizim tashkilotlari va hududiy boshqarmalar rahbarlari hamda vakillari, shuningdek, texnikumlar ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
texnikumlar, tizim tashkilotlari va hududiy boshqarmalar rahbarlariga hal qilishni talab etadigan Agentlikka yuklatilgan vazifalar hamda funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan topshiriqlar berish;
qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari, shuningdek, Agentlikning buyruqlarini texnikumlar, tizim tashkilotlari va hududiy boshqarmalar tomonidan bajarilishi yuzasidan ularning faoliyatini belgilangan tartibda oʻrganish va tekshirish huquqiga ega.
Agentlik markaziy apparati qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
19. Agentlik markaziy apparati:
texnikumlar, tizim tashkilotlari va hududiy boshqarmalar bilan birgalikda markaziy apparatga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash;
Agentlik faoliyati bilan bogʻliq maqsadli koʻrsatkichlarga erishishni taʼminlash uchun markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalari ishini tashkil etish;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
Agentlik tomonidan koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari, shuningdek, Agentlik tomonidan qabul qilinadigan buyruqlarning tayyorlanish sifati va ekspertizadan oʻtkazilishi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
kasbiy taʼlimni rivojlantirish, shuningdek, kasbiy taʼlim tizimida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va ulardagi muammoli masalalarni hal qilish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning texnikumlar, Agentlik tizimidagi tashkilotlar va hududiy boshqarmalar tomonidan amalga oshirilishini tashkil etish uchun javob beradi.
3-§. Agentlik tizim tashkilotlari va hududiy boshqarmalarning huquqlari va javobgarligi
20. Agentlik tizim tashkilotlari va hududiy boshqarmalar oʻzlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun:
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining hududiy boshqarmalaridan oʻz vakolatiga kiradigan masalalarni hal qilish uchun zarur boʻladigan axborotni belgilangan tartibda soʻrash va olish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
hududdagi texnikumlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
hududiy boshqarmalar oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalariga takliflar kiritish huquqiga ega.
Texnikumlar, tizim tashkilotlari va hududiy boshqarmalar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
21. Tizim tashkilotlari va hududiy boshqarmalar:
oʻzlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash;
oʻzlarining faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan prognoz koʻrsatkichlariga erishishni taʼminlash;
Agentlikka kiritilayotgan hujjatlar loyihalari va takliflar, shuningdek, qabul qilinadigan qarorlarning sifatli amalga oshirilishi, istiqboldagi natijalari va oqibatlarini tahlil qilish;
hududlarda aniqlangan muammolarni har tomonlama chuqur tahlil qilish hamda umumlashtirish asosida kasbiy taʼlim tizimini rivojlantirishga doir takliflarni tayyorlash;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
kasbiy taʼlim tizimini rivojlantirish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali amalga oshirilishi, muammoli masalalar hal etilishi uchun javob beradi.
4-bob. Agentlik direktorining asosiy funksional vazifalari
22. Quyidagilar Agentlik direktorining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;
Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonunchilik hujjatlari asosida Agentlikka yuklangan vazifa va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Vazirlar Mahkamasi hamda oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining topshiriqlarini bajarish;
oʻz oʻrinbosarlari va Agentlikning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash va vazifalarni taqsimlash;
Agentlik faoliyati rejalashtirilishini tashkil etish, Agentlikning davriy ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi topshiriqlariga va oʻz tashabbusiga koʻra normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish;
kasbiy taʼlim tizimini takomillashtirish, ilgʻor xorijiy tajribalarni samarali joriy etish va xalqaro standartlarga mos boʻlgan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash boʻyicha maqsadli dasturlar, kasbiy taʼlim tizimidagi dasturiy-uslubiy va boshqa tartibga soluvchi hujjatlarni belgilangan tartibda tasdiqlash;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.04.00 Iqtisod sohalarini moliyalashtirish. Investitsiyalash]
kasbiy taʼlim tizimida xalqaro va davlatlararo hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish boʻyicha xalqaro hamda xorijiy tadbirlarda Agentlik vakillarining ishtirokini taʼminlash;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining buyruqlari, farmoyishlari va topshiriqlari bajarilishini taʼminlash, tarkibiy boʻlinmalarda ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, tarkibiy boʻlinmalarning shaxsiy masʼuliyatini oshirish choralarini koʻrish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.31.00 Xizmat safari]
Agentlik xodimlarining xizmat safarlarini qonunchilik talablariga muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslangani, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha koʻrsatmalar chiqarish, buyruqlar va normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarur boʻlganda, boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda tegishli qarorlar qabul qilish;
Agentlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etishini nazorat qilish;
Agentlikning markaziy apparati faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tanqidiy tahlil qilish, tahlil natijalariga koʻra zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Agentlik hamda uning tarkibiy boʻlinmalari faoliyatiga zamonaviy ish uslublarini joriy etish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.31.00 Xizmat safari]
tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning kasb mahorati, chuqur bilimga egaligi, tajribasi, ishchanlik va odob-axloq hamda maʼnaviyatining yuqori darajasi kafolatlanganini taʼminlash, ularning kasbiy malakasini oshirish choralarini koʻrish, nazoratdagi tarkibiy boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
Agentlik va tegishli tizim tashkilotlarining tashabbuskor va intiluvchan xodimlarini Kasbiy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan “Kasbiy taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishoni hamda faxriy yorliqlar bilan taqdirlash;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan kelib tushadigan murojaatlarni koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaxsiy qabullar oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni tashkil etish;
davlat organlari va boshqa tashkilotlarda, shuningdek, xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakat vakillari ishtirokida oʻtkaziladigan rasmiy tadbirlarda Agentlik nomidan ishtirok etish;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.12.00 Korrupsiyaga qarshi kurashish]
Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni va korrupsiyaga qarshi kurashishga doir boshqa qonunchilik hujjatlariga rioya etish, faoliyatda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni va manfaatlar toʻqnashuvini oʻz vaqtida aniqlash hamda ularga chek qoʻyish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish hamda tizimda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi murosasiz kurashishga doir ishlarga rahbarlik qilish va muvofiqlashtirish;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.12.00 Korrupsiyaga qarshi kurashish]
Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonuni va manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solishga doir ishlarga rahbarlik qilish va muvofiqlashtirish;
Agentlik markaziy apparati va tizim tashkilotlari xodimlarini ularning koʻp yillik va samarali faoliyati, alohida xizmatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlari bilan taqdirlash uchun belgilangan tartibda takliflar kiritishni taʼminlash va tavsiyalar berish;
Agentlik mulkini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tasarruf etish;
Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini belgilangan tartibda imzolash;
Agentlikning ichki tashkiliy masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish;
Agentlik direktori nomenklaturasidagi xodimlarni lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish, mehnat shartnomalari (buyruqlari)ni imzolash;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.16.00 Amaliyot. Stajirovka]
Agentlik xodimlarining malakasini oshirish va ularni xorijiy davlatlarga stajirovka va tajriba almashish uchun yuborishni tashkil etish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.04.00 Intizomiy javobgarlik / 05.05.04.01 Intizomiy jazolar]
Agentlik xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, oʻz oʻrinbosarlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini, shu jumladan, kelgusida ularning egallab turgan lavozimida qolishining maqsadga muvofiqligi masalalarini koʻrib chiqish toʻgʻrisida takliflar kiritish, ularning shaxsiy javobgarligini oshirish boʻyicha tizimli choralarni amalga oshirish;
Agentlikning tashqi va ichki tashkiliy faoliyati ustidan doimiy va qatʼiy nazorat oʻrnatish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.04.00 Intizomiy javobgarlik / 05.05.04.01 Intizomiy jazolar]
Agentlikka kiritiladigan takliflar va taqdim etiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqilishini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarda kelishilishi (viza qoʻyilishi)ni taʼminlash;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
kasbiy taʼlimni rivojlantirish strategiyasining yaqin, oʻrta va uzoq istiqboldagi ustuvor yoʻnalishlaridan kelib chiqib ishlab chiqilgan takliflarni Vazirlikka, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.01 Davlat siri]
davlat sirlari yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlar bilan ishlashda qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga rioya qilish;
xodimlarning belgilangan cheklangan soni doirasida Agentlik shtatlar jadvalini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan Agentlikning xarajatlari smetasini tasdiqlash;
ushbu Nizomda va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
5-bob. Agentlik direktorining javobgarligi
23. Agentlik direktori:
ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan vazifalarni sifatli va oʻz muddatida bajarish, shuningdek, Agentlik faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻrishga;
amalga oshirilayotgan dasturlar, strategiyalar va konsepsiyalarning natijalariga, ularning mamlakat va hududlarning rivojlanishiga erishishga;
Agentlikda, uning tarkibiy boʻlinmalarida ijro intizomiga qatʼiy rioya qilishini nazorat qilishga masʼuldir.
24. Agentlik markaziy apparati boʻlinmalarining rahbarlari va tizim tashkilotlari rahbarlari ularga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning, shuningdek, oʻz funksional vazifalarining soʻzsiz bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
6-bob. Agentlik faoliyatini tashkil etish
25. Agentlikka Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.
Agentlik direktorining oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda, Vazirlar Mahkamasining qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
26. Agentlik direktori:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi va Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Agentlik xodimlarining lavozim majburiyatlarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
oʻz vakolati doirasida Agentlik xodimlari bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar va topshiriqlar chiqaradi, koʻrsatmalar beradi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
zaruratga koʻra Agentlik tuzilmasiga xodimlarning tasdiqlangan cheklangan umumiy soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritadi.
Agentlik direktori qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Agentlik direktori boʻlmagan davrda uning vakolatlarini vazifalar taqsimotiga muvofiq direktor oʻrinbosarlari bajaradi.
27. Agentlik oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Agentlik tuzilmasi va shtatlar jadvali Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadi.
28. Agentlikning tizim tashkilotlari va hududiy boshqarmalari hamda ilgʻor kasbiy mahorat texnikumlarining ustavlari Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadi.
29. Texnikumlar ustavi Agentlik direktori tomonidan tasdiqlangan namunaviy ustav asosida hududiy boshqarmalar tomonidan tasdiqlanadi.
7-bob. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari
30. Agentlik faoliyatining samaradorligi muntazam baholanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
31. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligiga berilgan baho Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari indikatorlarga asoslanadi.
32. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.04.00 Intizomiy javobgarlik / 05.05.04.01 Intizomiy jazolar]
Agentlik xodimlarini qoʻshimcha ragʻbatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlikka tortish;
Agentlik faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish choralari koʻriladi.
33. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va uslubi qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.
8-bob. Agentlik faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash, xodimlar mehnatiga haq toʻlash hamda ularni moddiy ragʻbatlantirish
34. Agentlikning moddiy-texnik taʼminoti, xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish, tizim tashkilotlari va hududiy boshqarmalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, faoliyatini amalga oshirish hamda markaziy apparat taʼminoti bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish manbalariga quyidagilar kiradi:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.11.00 Davlat budjetining kassa ijrosi]
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Kasbiy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
xalqaro moliya institutlari kreditlari (qarz mablagʻlari) va grantlari;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.06.00 Vasiylik va homiylik]
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Agentlik tomonidan shartnoma asosida xizmat koʻrsatishdan olinadigan daromadlar;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.02.00 Ish haqining eng kam miqdori]
35. Agentlik, tegishli tizim tashkilotlari va hududiy boshqarmalari xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofot pullari, qoʻshimcha haqlar, ustamalar va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan iborat.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar]
36. Agentlik, tegishli tizim tashkilotlari va hududiy boshqarmalari xodimlarining lavozim maoshiga oylik ustamalar, mukofotlar, ragʻbatlantirishlar va moddiy yordam berish, ularni ijtimoiy muhofaza qilish bilan bogʻliq toʻlovlar quyidagi maqsadlar va shakllarda amalga oshiriladi:
a) Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan Agentlik markaziy apparati xodimlariga koʻp yillik xizmati uchun quyidagi hajmda lavozim maoshiga nisbatan (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda) har oyda ustamalar toʻlanadi:
1 yildan 3 yilgacha — 0,3;
3 yildan 5 yilgacha — 0,6;
5 yildan 10 yilgacha — 0,8;
10 yildan 15 yilgacha — 1,0;
15 yildan 20 yilgacha — 1,2;
20 yildan yuqori — 1,5.
Koʻp yillik xizmati uchun ustama haq olish huquqini beruvchi ish staji Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq hisoblab chiqiladi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
b) Kasbiy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Agentlik xodimlarini quyidagi shakllarda moddiy ragʻbatlantirish ustamalari va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash (moddiy yordam) toʻlovlari amalga oshiriladi:
faoliyat samaradorligining eng muhim koʻrsatkichlarini (KPI) taʼminlagan Agentlik markaziy apparati xodimlariga (texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar bundan mustasno) Agentlik direktori tomonidan lavozim maoshining (ragʻbatlantiruvchi koeffitsiyentni hisobga olgan holda) 300 foizgacha miqdorida har oylik ustamalar;
Agentlik tizim tashkilotlari xodimlariga oʻz xizmat vazifalarini vijdonan bajarganliklari uchun lavozim maoshining 200 foizgacha miqdorida har oylik ustamalar;
(36-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Agentlik hududiy boshqarmalari rahbar va boshqaruv xodimlariga Agentlik direktori tomonidan oʻz xizmat vazifalarini vijdonan bajarganliklari uchun lavozim maoshining (ragʻbatlantiruvchi koeffitsiyentni hisobga olgan holda) 100 foizgacha miqdorida (texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar bundan mustasno) har oylik ustamalar;
Agentlik va uning tizim tashkilotlari, hududiy boshqarmalarning texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlariga lavozim maoshining 200 foizgacha miqdorida har oylik ustamalar;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.05.00 Jamoa shartnomasi. Jamoa kelishuvlari]
Agentlik markaziy apparati xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilish va ularning mehnati samaradorligini oshirish maqsadida har oyda (jamoa shartnomasiga muvofiq) transport xarajatlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining uch baravarigacha miqdorida va ovqatlanish xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining uch baravarigacha miqdorida toʻlovlar;
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 208-moddasi birinchi qismida belgilangan bayram kunlari munosabati bilan Agentlik xodimlariga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining oʻn baravarigacha (tizim tashkiloti va hududiy boshqarmalarning xodimlariga besh baravarigacha) mukofotlar;
(36-band “b” kichik bandining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilish uchun Agentlik markaziy apparati xodimlariga bir yilda bir marotaba mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining oʻn baravarigacha (tizim tashkiloti boshqaruv xodimlariga besh baravarigacha) boʻlgan miqdorda toʻlovlar toʻlanadi;
Agentlik direktori tomonidan Agentlik markaziy apparati xodimlariga xodim yoki tegishli boʻlinma rahbari murojaatiga muvofiq, quyidagi bir martalik ragʻbatlantirish hamda ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha toʻlovlar toʻlab berilishi mumkin:
xodim yubiley yoshiga toʻlganda (50, 60 va 70 yosh) mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining yetti baravarigacha;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.02.00 Yoshga doir pensiya]
xodim pensiyaga chiqishi munosabati bilan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining oʻn baravarigacha;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.02.00 Ish haqining eng kam miqdori]
xodimning birinchi nikohdan oʻtishi munosabati bilan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining oʻn baravarigacha;
xodimning farzandi birinchi nikohdan oʻtishi munosabati bilan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining besh baravarigacha;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
xodimning uzoq muddat (bir oy va undan ortiq) davolanishi talab etiladigan ogʻir kasallikka chalinishi, ogʻir, tezkor jarrohlik amaliyotini oʻtkazishi va davolanishi uchun qimmatbaho dori-darmon vositalaridan foydalanish zarurati mavjud boʻlgan hollarda Agentlik kasaba uyushmasi Qoʻmitasi taklifiga asosan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining oʻn baravarigacha;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
xodimning yaqin qarindoshlari (otasi, onasi, turmush oʻrtogʻi, farzandlari) vafot etganda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining oʻn baravarigacha (oʻlim qayd etilgan sanadan boshlab 6 oy ichida);
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.02.00 Ish haqining eng kam miqdori]
xodimning oʻlimi sababli xodimning oila aʼzolariga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining yigirma baravarigacha.
Agentlik xodimlarining moddiy ragʻbatlantirish ustamalari va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash (moddiy yordam) toʻlovlari Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq toʻlanadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar]
Agentlik va tizim tashkilotlari rahbar va xodimlarining lavozim maoshlariga har oylik ustamalar va choraklik ragʻbatlantirishlar miqdori quyidagicha belgilanadi:
Agentlik direktoriga — oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri tomonidan;
Agentlik xodimlari va Agentlikning tizim tashkilotlari rahbarlariga — Agentlik direktori tomonidan;
Agentlik tizim tashkilotlari xodimlariga — tegishli tizim tashkiloti rahbarining buyrugʻiga muvofiq.
37. Kasbiy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Agentlikning umumiy natijalariga koʻra yoki muayyan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarganlik uchun Kasbiy taʼlim agentligi markaziy apparati, hududiy boshqarmalar, tizim tashkilotlari hamda texnikumlar xodimlariga bir martalik mukofot pullari lavozim maoshining (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda) uch baravarigacha miqdorida, quyidagi mezonlarga asoslanib toʻlanadi:
(37-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
muhim va tezkor topshiriqlarni oʻz muddatida va sifatli bajarish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
kasbiy taʼlim tizimiga qoʻshimcha mablagʻlarni jalb etish;
innovatsion loyihalarni amalga oshirish;
normativ-huquqiy hujjat loyihalarini ishlab chiqish, ularning oʻz muddatida qabul qilinishi, bajarilishi va amalga oshirilishini taʼminlash;
Agentlikning muayyan tadbirlarida faol ishtirok etish;
Agentlikning ish samaradorligini oshirish va mustahkamlash, shuningdek, mablagʻlardan odilona foydalanish yoki xarajatlarni optimallashtirish va maqbullashtirish.
Bir martalik pulli mukofotlash yil davomida bir xodim uchun mukofotlar soni cheklanmagan holda, yuqorida keltirilgan mezonlarga muvofiq amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.04.00 Mehnat jamoasi]
38. Agentlik mehnat jamoasi tomonidan tuzilgan kasaba uyushmasi Qoʻmitasining moddiy holatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida, uning Agentlik xodimlarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan tegishli soʻroviga asosan, direktorning buyrugʻi bilan kasaba uyushmasi Qoʻmitasining hisobraqamiga Agentlikning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan moliyaviy yordam oʻtkazilishi mumkin.
9-bob. Agentlikning hisobdorligi
39. Agentlik direktori Agentlik faoliyatining natijalari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi hamda Vazirlik oldida hisobot beradi.
40. Agentlik mansabdor shaxslari va xodimlariga nisbatan yuklangan vazifalarni vijdonan va oʻz vaqtida bajarganlik uchun ragʻbatlantirish yoxud yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan javobgarlik choralari koʻriladi.
41. Agentlik qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-apreldagi 216-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy taʼlim agentligining Kasbiy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy taʼlim agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) Kasbiy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Jamgʻarma yuridik shaxs hisoblanmaydi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.08.00.00 Gʻaznachilik]
3. Jamgʻarmaning mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida ochilgan Agentlikning budjetdan tashqari shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida jamlanadi hamda ushbu Nizomda belgilangan maqsadlar uchun sarflanadi.
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish
4. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.11.00 Davlat budjetining kassa ijrosi]
Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan har yili ajratiladigan 600 mlrd soʻm;
texnikumlarning toʻlov-kontrakt shaklida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlarining moliya yili oxiriga qoldiq (tijorat banklarining depozitlariga joylashtirilgan mablagʻlarini inobatga olgan holda) qismining 4 foizi miqdoridagi ajratmalari;
Agentlik tizim tashkilotlarining rivojlantirish jamgʻarmasiga tushadigan (homiylik va maqsadli mablagʻlar bundan mustasno) mablagʻlarning 4 foizi miqdoridagi ajratmalar;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
texnikum pedagog kadrlarini navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻimlarning Agentlikka tushadigan qismi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.05.00 Bank omonati va boshqa depozit operatsiyalari]
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklariga depozitga joylashtirishdan olinadigan foiz tarzidagi daromadlari;
xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarining grantlari, imtiyozli kreditlari va boshqa maqsadli mablagʻlari;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.06.00 Vasiylik va homiylik]
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
5. Texnikumlarning toʻlov-kontrakt shaklida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlari hisobidan oʻtkaziladigan ajratmalar har yili 1-fevraldan kechiktirmay tushirilishi shart.
6. Jamgʻarmaga toʻlov-kontrakt mablagʻlari hisobidan oʻtkaziladigan ajratmalar hajmining toʻgʻri belgilanishi hamda belgilangan muddatda oʻtkazilishi yuzasidan masʼuliyat texnikum direktorlari zimmasiga yuklanadi.
7. Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlari Agentlik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasidagi tijorat banklarining depozit hisobvaraqlariga joylashtirilishi mumkin hamda ulardan olinadigan foiz daromadlari ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan maqsadlarga sarflash uchun taqsimlanadi.
8. Jamgʻarmaning joriy yilda foydalanilmagan mablagʻlari keyingi yilga oʻtadi.
3-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish
9. Jamgʻarma mablagʻlaridan joriy moliya yili uchun tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasi asosida foydalaniladi.
Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari smetasi budjet tashkilotlari uchun budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladi, Agentlik tomonidan tasdiqlanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
10. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi maqsadlar uchun sarflanadi:
texnikumlarning oʻquv binolari, oʻquvchilar turar joylari, sport inshootlari va boshqa infratuzilma obyektlarida joriy taʼmirlash ishlarini (loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish xarajatlarini inobatga olgan holda) amalga oshirishga, ularning moddiy holatini yaxshilash;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
texnikumlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida zarur zamonaviy mebel, inventarlar bilan jihozlash, oʻquv mashqi uchun moʻljallangan avtotransport vositalari va qishloq xoʻjaligi texnikalari, laboratoriya uskunalari hamda boshqa tovar-moddiy qimmatliklar xarid qilish va yetkazish;
laboratoriyalar va ustaxonalarni zarur materiallar va butlovchi qismlar bilan taʼminlash;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
kasbiy taʼlim sohasida taʼlim jarayonini takomillashtirish maqsadida chet ellik ekspert va konsultantlar hamda xorijiy “til egalari” boʻlgan mutaxassislarni jalb etish;
kasbiy standartlar va xalqaro taʼlim dasturlari asosida kasbiy taʼlim dasturlarini yangilash hamda kasbiy taʼlim tashkilotlarida xalqaro taʼlim dasturlarini joriy qilish;
texnikumlarning rahbar va pedagog xodimlarining malaka toifalarini baholashni tashkil etishda ishtirok etadigan mutaxassislarni ragʻbatlantirish;
tizim xodimlari yoki oʻquvchilar oʻrtasida oʻtkaziladigan respublika tanlovlarini tashkil etish, oʻtkazish hamda ularning gʻoliblarini taqdirlash va ragʻbatlantirish;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang)]
kasbiy taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlar va blogerlar orqali keng yoritish, ularni targʻib qilish, amalga oshirilayotgan loyihalarni reklama qilish, sohaga oid tok-shou va teledasturlarni tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlar;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari]
kasbiy taʼlim tizimiga jalb qilinadigan investitsiya loyihalari doirasida loyiha, tanlov hamda shartnoma hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish va roʻyxatga olish, tovar qabul qilish bilan bogʻliq boʻlgan deklaratsiyalash-sertifikatlash ishlari, vaqtincha ombordan foydalanish va konsalting xizmatlari uchun haq toʻlash;
autsorsing asosida kasbiy taʼlim tizimiga oid tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun koʻrsatilgan xizmatlarni amalga oshirish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
xorijiy tashkilotlarning til, bilim, koʻnikmalarni baholaydigan imtihonlarini tashkil etish va imtihonlarda qatnashish, test topshiriqlarini xarid qilish va imtihonlarni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar, shuningdek, xorijiy tashkilotlar, assotsiatsiyalar va birlashmalarga aʼzolik badallarini toʻlash;
texnikumlarda Agentlik tomonidan tashkil etiladigan oʻquv-metodik, ijtimoiy, tarbiyaviy, psixologik va boshqa loyihalarni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar (xizmat safari va boshqa xarajatlar);
badiiy va ilmiy adabiyotlarni yaratish va chop etish, mahalliy va xorijiy kitoblarni sotib olish, kitoblarni koʻpaytirish (nusxa koʻchirish), litsenziya olish va tarjima qilish, texnikumlar kitob fondini toʻldirish hamda elektron dasturlar va platformalarni xarid qilish, aʼzolik badallarini toʻlash;
texnikumlarning oʻquv jarayonini raqamlashtirish bilan bogʻliq axborot-kommunikatsiya, multimedia va tarmoq qurilmalari, texnikalari, vositalari hamda dasturiy taʼminotlarni xarid qilish;
Agentlik tomonidan pedagog kadrlar kasbiy salohiyatini oshirish va oʻzaro tajriba almashishlari uchun oʻtkaziladigan seminar-treninglarni tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlar;
kasbiy taʼlim boʻyicha mahalliy va xalqaro musobaqalarni tashkil qilish, texnikum oʻquvchilarini xalqaro musobaqalarda ishtirok etishini taʼminlash hamda musobaqa gʻoliblarini taqdirlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga muvofiq oʻtkaziladigan sport-sogʻlomlashtirish va boshqa tadbirlarni tashkil etish;
texnikumlar jamoasi va oʻquvchilarining konferensiyalar, tadbirlar va malaka almashish bilan bogʻliq xorijiy safarlar xarajatlarini toʻlash;
“Kasbiy taʼlim” platformasini takomillashtirish, uning lozim darajada ishlashini taʼminlash va saqlash.
11. Jamgʻarma mablagʻlari Agentlik markaziy apparati va tegishli tizim tashkilotlarining quyidagi xarajatlariga yoʻnaltirilishi mumkin:
Agentlikning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shu jumladan, axborot-kommunikatsiya jihozlari, mebel va inventarlar xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlar;
zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etish, ularga xizmat koʻrsatish va saqlash, shu jumladan, boshqaruv jarayonlarini raqamlashtirish bilan bogʻliq xarajatlar;
mahalliy va xorijiy xizmat safarlarini tashkil qilish, xalqaro konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etishini taʼminlash;
xorijiy delegatsiyalar tashrifi (xorijiy delegatsiyalarni kutib olish, transport, ovqatlanish, banket, yashash, madaniy tadbirlar, qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorlarda sovgʻalar berish bilan bogʻliq xarajatlar va boshqalar) bilan bogʻliq xarajatlar;
jamoa shartnomasida nazarda tutilgan, ish beruvchi tomonidan toʻlanishi lozim boʻlgan va qonunchilik hujjatlarida belgilangan meʼyorlardan oshmagan holda barcha tadbirlar xarajatlarini va moddiy ragʻbatlantirish toʻlovlarini moliyalashtirish;
rahbar va xodimlarni taʼlim tashkilotlari va boshqa tashkilotlarga tajriba oʻrganish va hamkorlik oʻrnatish maqsadlarida xorijiy xizmat safariga yuborish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar]
xodimlarning lavozim maoshiga har oylik ustamalar, mukofotlar, ularga moddiy yordam berish va ijtimoiy muhofaza qilish (yoʻlkira va ovqatlanish xarajatlari uchun qoʻshimcha haqlar koʻrinishida) xarajatlarini amalga oshirish.
13. Jamgʻarmadan mablagʻ ajratishga oid murojaatlar ushbu xarajatlarni asoslovchi tegishli hujjatlar bilan birga taqdim etiladi.
Hujjatlarning asoslangani va sifati, keltirilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi yuzasidan texnikum direktori hamda Agentlikning tarkibiy boʻlinmasi rahbari javobgardir.
14. Agentlik markaziy apparati va uning tizimidagi tashkilotlar rahbariyatining xizmat safari (yoʻlkira, kunlik, yashash va boshqalar) xarajatlari Agentlik direktorining buyrugʻi asosida toʻlab beriladi.
15. Hisobot yilida foydalanilmay qolgan Jamgʻarma mablagʻlari keyingi yillarda ushbu Nizomda nazarda tutilgan xarajatlarga yoʻnaltiriladi.
4-bob. Jamgʻarma faoliyatini boshqarish va uning mablagʻlarini taqsimlash
16. Jamgʻarma faoliyatini boshqarish va uning mablagʻlarini taqsimlash uchun Kengash tashkil etiladi.
Kengash aʼzolari oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.
Kengash ishtirok etishning ixtiyoriyligi va uning vakolatiga tegishli masalalarni hal etishda barcha aʼzolarning teng huquqliligi tamoyillari asosida shakllantiriladi.
Kengash rais, rais oʻrinbosari, kotib va aʼzolardan iborat boʻladi.
Kengash 7 — 9 nafar, Agentlik direktori, texnikumlarning direktorlari va masʼul xodimlaridan iborat tarkibda shakllantiriladi. Kengash aʼzolarining tarkibi, qoida tariqasida, bir yilda bir marta Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Agentlik direktori lavozimiga koʻra kengash raisi hisoblanadi.
17. Kengash raisi:
Kengash majlisi kun tartibini belgilaydi va tasdiqlaydi;
Kengash qarorlarini tasdiqlaydi va ularning bajarilishini nazorat qiladi;
Kengash aʼzolariga yuklangan vazifalar bajarilishi yuzasidan ularning ishini muvofiqlashtiradi.
18. Kengash aʼzolari:
Kengash majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalarni muhokama qilish va hal etishda ishtirok etadi;
kasbiy taʼlim tizimini rivojlantirishning dolzarb masalalari boʻyicha Kengashga takliflar kiritadi;
Kengash tomonidan koʻrib chiqiladigan masalalar boʻyicha ovoz beradi.
Kengash aʼzolari majlisda shaxsan qatnashadilar. Bunda qatnashishning imkoni boʻlmagan taqdirda, Kengash aʼzosi majlisning kun tartibi boʻyicha oʻz fikrini yozma ravishda taqdim etishga haqlidir.
19. Kengash kotibi:
Kengash majlisiga barcha zarur hujjatlarning oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlaydi;
Kengash majlisini oʻtkazish muddatlari va joyini Kengash raisi bilan kelishadi;
kun tartibidagi masalalar boʻyicha Kengash majlislari oʻtkazilishini tashkil etadi;
Kengash aʼzolari va taklif etilgan shaxslarni majlisning sanasi, vaqti, joyi va kun tartibi loyihasidan xabardor qiladi;
Kengash qarorlari bajarilishi monitoringini yuritadi;
Kengash bayonnomalarini rasmiylashtiradi, tasdiqlangan bayonnomalarni kengash aʼzolariga hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralarga yuboradi.
Kengash kotibi Kengash aʼzosi hisoblanadi.
20. Kengash oʻz majlislarini, zaruratga koʻra, biroq har chorakda kamida bir marotaba oʻtkazadi.
21. Kengash majlisini Kengash raisi, u boʻlmagan taqdirda esa, Kengash raisi oʻrinbosari boshqaradi.
22. Kengash majlisi unda Kengash aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashganda oʻtkazilgan hisoblanadi.
23. Majlisni oʻtkazish uchun kvorum yoki rais va uning oʻrinbosari boʻlmaganda, Kengash majlisini oʻtkazishning yangi sanasi eʼlon qilinadi.
24. Kengash majlisida koʻrib chiqiladigan masalalarning xususiyatiga koʻra davlat organlari va boshqa tashkilotlarning rahbarlari, mutaxassislari hamda texnikumlarning xodimlari ham taklif etilishi mumkin.
Kengash qarori Kengashning majlisda qatnashgan aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ovozlar teng boʻlgan taqdirda, Kengash raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlarining yillik moliyaviy rejasini, shuningdek, Kengash mablagʻlaridan foydalanilishini tasdiqlash masalalari boʻyicha qarorlar Kengashning majlisda qatnashgan aʼzolarining uchdan ikki qismi ovozi bilan qabul qilinadi.
Kengash qarorlari Kengash majlisining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Kengash majlisining bayonnomasi Kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi hamda Agentlik direktori buyrugʻi asosida amalga oshiriladi.
25. Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
hisobot yili yakuni boʻyicha Jamgʻarma mablagʻlarining daromadlari va xarajatlari toʻgʻrisidagi hisobotlarni koʻrib chiqish va tasdiqlash;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.08.00 Bandlikka koʻmaklashuvchi Davlat jamgʻarmasi (shuningdek, 06.03.03.00, 07.07.02.01larga qarang)]
Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qilish.
26. Agentlikning moliya-iqtisodiyot yoʻnalishiga masʼul tarkibiy boʻlinmasi Jamgʻarmaning ishchi organi hisoblanadi.
27. Ishchi organ quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlarining yillik moliyaviy rejasini ishlab chiqadi;
daromadlar va xarajatlar smetalarini tayyorlaydi, shuningdek, ularga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda oʻzgartirishlar kiritadi;
Jamgʻarma tushumlarini koʻpaytirish va uning mablagʻlaridan samarali foydalanish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
texnikumlar hamda Jamgʻarmadan saqlash xarajatlari moliyalashtiriladigan tashkilotlarning Jamgʻarmadan mablagʻ ajratishga oid murojaatlarini umumlashtiradi;
Kengashda koʻrib chiqish uchun materiallar tayyorlaydi;
Jamgʻarmaning tushumlar manbalari boʻyicha daromadlari hamda asosiy xarajatlar yoʻnalishlariga asosan hisobini yuritadi;
har chorak yakuni boʻyicha Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishi toʻgʻrisida hisobot tayyorlaydi hamda Kengashga koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun taqdim etadi.
5-bob. Jamgʻarmadan texnikumlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun mablagʻlar ajratish
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
28. Kasbiy taʼlim moddiy-texnika taʼminoti markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) har yili dekabr oyida keyingi yil uchun texnikumlarni zamonaviy mebel, oʻquv qurollari, oʻquv mashqi uchun moʻljallangan avtotransport vositalari va qishloq xoʻjaligi texnikalari, laboratoriya va ustaxonalar uchun zarur uskunalar, kompyuter toʻplamlari bilan jihozlash dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) ishlab chiqadi va uni tasdiqlash uchun Agentlikka taqdim etadi.
29. Markaz tomonidan ishlab chiqilgan va taqdim etilgan Dastur Agentlik tomonidan belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi va maʼqullangan taqdirda, direktor buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
30. Markaz tasdiqlangan Dastur asosida texnikumlarning moddiy-texnik bazasini yaxshilash boʻyicha zarur mablagʻlarni ajratish yuzasidan Agentlikka murojaat qiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
31. Markaz tasdiqlangan Dastur va ajratilgan mablagʻlarga asosan texnikumlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, jumladan, zarur zamonaviy mebel, inventarlar bilan jihozlash, oʻquv mashqi uchun moʻljallangan avtotransport vositalari va qishloq xoʻjaligi texnikalari, laboratoriya uskunalari, axborot-kommunikatsiya, multimedia va tarmoq qurilmalari, texnikalari, vositalari, dasturiy taʼminotlar, kuzatuv, nazorat va identifikatsiya tizimlari, vositalari va qurilmalari bilan taʼminlash hamda boshqa tovar-moddiy qimmatliklarni xarid qiladi va joylarga yetkazish choralarini koʻradi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.08.00.00 Gʻaznachilik]
32. Jamgʻarma mablagʻlari ushbu Nizomda belgilangan tartibda Markazning budjetdan tashqari rivojlantirish jamgʻarmalarining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Bunda Markaz haqiqiy xarajatlaridan kelib chiqqan holda, asoslovchi hujjatlar bilan birgalikda hisobotni taqdim etadi va foydalanilmay qolgan mablagʻlarni Jamgʻarmaga qaytaradi.
33. Jamgʻarmadan mablagʻlar texnikumlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun ularning murojaatiga asosan ajratilishi mumkin.
Bunda mablagʻlar texnikumlarning budjetdan tashqari rivojlantirish jamgʻarmalarining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Texnikumlar haqiqiy xarajatlaridan kelib chiqqan holda, asoslovchi hujjatlar bilan birgalikda hisobotni taqdim etadi va foydalanilmay qolgan mablagʻlarni Jamgʻarmaga qaytaradi.
6-bob. Nazorat, hisob va hisobdorlik
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.01.00 Umumiy qoidalar]
34. Jamgʻarma mablagʻlarini joriy yuritish, shuningdek, hisobi va hisoboti qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Agentlikning buxgalteriya hisobiga masʼul tarkibiy boʻlinmasi tomonidan amalga oshiriladi.
35. Jamgʻarmaga mablagʻlarning belgilangan manbalardan toʻliq kelib tushishini Agentlik nazorat qiladi.
36. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha hisob va hisobotlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yuritiladi.
37. Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobot Kengash tomonidan koʻrib chiqiladi hamda har yili 15-martga qadar Agentlikning hayʼat majlisida tasdiqlanadi.
38. Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasi hamda uning ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlar, shuningdek, tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni xarid qilish boʻyicha tuzilgan shartnomalar roʻyxatlari Agentlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
39. Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanish, shuningdek, tasdiqlangan tushum (daromad) va xarajatlar smetasiga muvofiq choraklik va yillik hisobotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etib borish majburiyati Agentlik direktoriga yuklanadi.
40. Jamgʻarma mablagʻlarining maqsadli ishlatilishi yuzasidan nazorat qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
41. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
42. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-apreldagi 216-son qaroriga 3-ILOVA
Boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy taʼlim toʻgʻrisidagi diplomning davlat namunasi va tavsifi
I. Boshlangʻich kasbiy taʼlim toʻgʻrisidagi diplomning
Boshlangʻich kasbiy taʼlim toʻgʻrisidagi diplomning TAVSIFI
Boshlangʻich kasbiy taʼlim toʻgʻrisidagi diplom muqovasining tomonlari 130x190mm oʻlchamda yaxlit qoplangan koʻk rangli bumvinil matbaa materialidan tayyorlanadi.
Uning yuz tomonida bosma naqsh usulida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va pastroqda lotin yozuvidagi oʻzbek tilida BOSHLANGʻICH KASBIY TAʼLIM DIPLOMI soʻzlari yozilgan.
Diplom blankasining ichki qismi 255x180 mm oʻlchamda, maxsus milliy ornament naqshi tushirilgan suv belgili qogʻozda matn qismi qora rangda va tasviriy elementlari esa koʻk rangda ofset bosma usulida bosiladi.
Diplom blankasining sahifalari markazida 70 mm diametrli oʻlchamda boʻlgan oʻziga xos koʻrinishdagi koʻk rang boʻyoqda tushirilgan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi joylashtiriladi. Uning atrofi uzluksiz mayda chiziqlardan tashkil topgan gilosh elementidan iborat. Diplom blankasining asosiy fon qismi ingichka chiziqli ikki tangir setkadan iborat.
Diplom blankasining ikkala sahifasiga “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSHLANGʻICH KASBIY TAʼLIM DIPLOMI” hamda “DIPLOMA OF PRIMARY VOCATIONAL EDUCATION OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN” soʻzlari, KT-III lotin harfi va uch soni rim raqamida hamda yetti xonali sondan iborat boʻlgan raqam qora rangli boʻyoqda bosiladi.
Aʼlo darajali diplom blankasi uchun “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSHLANGʻICH KASBIY TAʼLIM DIPLOMI” va “DIPLOMA OF PRIMARY VOCATIONAL EDUCATION OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN” soʻzlari pastiga qizil boʻyoqda lotin yozuvidagi oʻzbek tilida “AʼLO DARAJALI” va ingliz tilida “WITH HONOURS” soʻzlari yoziladi. Diplom blankasining muqovasi qizil rangli bumvinil matbaa materialidan tayyorlanadi.
Diplom blankasining himoya darajalari quyidagicha:
Qogʻoz tasnifi:
qogʻoz — 100 foiz paxta, qalinligi 120±5g/m2, oqartirgichsiz, aks etmaydigan ultrabinafsha nuri va milliy ornament naqshi koʻrinishidagi suv belgisi mavjud;
qogʻoz sirtida tartibsiz kiprik shaklidagi uzunligi 2,5 — 3 mm boʻlgan qizil va yashil rangli tolalar joylashgan hamda ultrabinafsha nuri ostida koʻrinadigan sariq va koʻk rangli tolalari mavjud;
Bosma tasnifi:
ikki xil usuldagi chop etishdan foydalanish:
asosiy qism uchun ofset bosma usuli, raqamlarni chop etish uchun yuqori bosma usuli;
bosma jarayonida kimyoviy barqaror matbaa boʻyoqlaridan foydalanish;
diplom blankasining chap tomonida oʻzgaruvchan rangda OVI boʻyogʻi ishlatilgan ochiq kitob tasviri tushirilgan;
KT-III lotin harfi va uch soni rim raqamida hamda yetti xonali raqam qora fluoressensiya boʻyogʻida chop etiladi, ultrabinafsha nurlarida yashil rangda yorugʻlik sochadi;
kichik matn, bir necha bor kattalashtirilgandagina koʻrinadigan diplom sahifasining matn chiziqlarida va Davlat gerbining atrofida joylashtirilgan, takrorlanuvchi “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI” soʻzlari mavjud;
diplom blankasining ikki tomon markazida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining diametri 40 mm boʻlgan koʻrinmaydigan tasviri tushirilgan va u ultrabinafsha nurlari ostida koʻrinadi.
II. Oʻrta kasbiy taʼlim toʻgʻrisidagi diplomning TAVSIFI
Oʻrta kasbiy taʼlim toʻgʻrisidagi diplom muqovasining tomonlari 130x190 mm oʻlchamda yaxlit qoplangan jigarrang bumvinil matbaa materialidan tayyorlanadi.
Uning yuz tomonida bosma naqsh usulida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va pastroqda lotin yozuvidagi oʻzbek tilida “OʻRTA KASBIY TAʼLIM DIPLOMI” soʻzlari yozilgan.
Diplom blankasining ichki qismi 255x180 mm oʻlchamda, maxsus milliy ornament naqshi tushirilgan suv belgili qogʻozda matn qismi uchun qora rangda va tasviriy elementlar uchun jigarrang ofset bosma usulida bosiladi.
Diplom blankasining sahifalari markazida 70 mm diametrli oʻlchamda boʻlgan oʻziga xos koʻrinishdagi jigarrang boʻyoqda tushirilgan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi joylashtiriladi. Uning atrofi uzluksiz mayda chiziqlardan tashkil topgan gilosh elementidan iborat. Diplom blankasining asosiy fon qismi ingichka chiziqli ikki tangir setkadan iborat.
Diplom blankasining ikkala sahifasiga “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OʻRTA KASBIY TAʼLIM DIPLOMI” hamda “DIPLOMA OF SECONDARY VOCATIONAL EDUCATION OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN” soʻzlari, KT-IV lotin harfi va toʻrt soni rim raqamida hamda yetti xonali sondan iborat boʻlgan raqam qora rangli boʻyoqda bosiladi.
Aʼlo darajali diplom blankasi uchun “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OʻRTA KASBIY TAʼLIM DIPLOMI” hamda “DIPLOMA OF SECONDARY VOCATIONAL EDUCATION OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN” soʻzlari pastiga qizil boʻyoqda lotin yozuvidagi oʻzbek tilida “AʼLO DARAJALI” va ingliz tilida “WITH HONOURS” soʻzlari yoziladi. Diplom blankasining muqovasi qizil rangli bumvinil matbaa materialidan tayyorlanadi.
Diplom blankasining himoya darajalari quyidagicha:
Qogʻoz tasnifi:
Qogʻoz — 100 foiz paxta, qalinligi 120±5g/m2, oqartirgichsiz, aks etmaydigan ultrabinafsha nuri va milliy ornament naqshi koʻrinishidagi suv belgisi mavjud;
qogʻoz sirtida tartibsiz kiprik shaklidagi, uzunligi 2,5 — 3 mm boʻlgan qizil va yashil rangli tolalar joylashgan hamda ultrabinafsha nuri ostida koʻrinadigan sariq va koʻk rangli tolalari mavjud;
Bosma tasnifi:
ikki xil usuldagi chop etishdan foydalanish:
asosiy qism uchun ofset bosma usuli, raqamlarni chop etish uchun yuqori bosma usuli;
bosma jarayonida kimyoviy barqaror matbaa boʻyoqlaridan foydalanish;
diplom blankasining chap tomonida oʻzgaruvchan rangda OVI boʻyogʻi ishlatilgan ochiq kitob tasviri tushirilgan;
KT-IV lotin harfi va toʻrt soni rim raqamida hamda yetti xonali raqam qora fluoressensiya boʻyogʻida chop etiladi, ultrabinafsha nurlarida yashil rangda yorugʻlik sochadi;
kichik matn, bir necha bor kattalashtirilgandagina koʻrinadigan diplom sahifasining matn chiziqlarida va Davlat gerbining atrofida joylashtirilgan, takrorlanuvchi “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI” soʻz birikmasi mavjud;
diplom blankasining ikki tomoni markazida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining diametri 40 mm boʻlgan koʻrinmaydigan tasviri tushirilgan va u ultrabinafsha nurlari ostida koʻrinadi.
III. Oʻrta maxsus kasbiy taʼlim toʻgʻrisidagi diplomi
III. Oʻrta maxsus kasbiy taʼlim toʻgʻrisidagi diplomning TAVSIFI
Oʻrta maxsus kasbiy taʼlim toʻgʻrisidagi diplom muqovasining tomonlari 130x190 mm oʻlchamda yaxlit qoplangan havorang bumvinil matbaa materialidan tayyorlanadi.
Uning yuz tomonida bosma naqsh usulida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va pastroqda lotin yozuvidagi oʻzbek tilida “OʻRTA MAXSUS KASBIY TAʼLIM DIPLOMI” soʻzlari yozilgan.
Diplom blankasining ichki qismi 255x180 mm oʻlchamda, maxsus milliy ornament naqshi tushirilgan suv belgili qogʻozda matn qismi qora rangda va tasviriy elementlar uchun esa koʻk rangda ofset bosma usulida bosiladi.
Diplom blankasining sahifalari markazida 70 mm diametrli oʻlchamda boʻlgan oʻziga xos koʻrinishdagi och havorang boʻyoqda tushirilgan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi joylashtiriladi. Uning atrofi uzluksiz mayda chiziqlardan tashkil topgan gilosh elementidan iborat. Diplom blankasining asosiy fon qismi ingichka chiziqli ikki tangir setkadan iborat.
Diplom blankasining ikkala sahifasiga “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OʻRTA MAXSUS KASBIY TAʼLIM DIPLOMI” hamda “DIPLOMA OF THE SECONDARY SPECIALIZED VOCATIONAL EDUCATION OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN” soʻzlari, KT-V lotin harfi va besh soni rim raqamida hamda yetti xonali sondan iborat boʻlgan raqam qora rangli boʻyoqda bosiladi.
Aʼlo darajali diplom blankasi uchun “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OʻRTA MAXSUS KASBIY TAʼLIM DIPLOMI” hamda “DIPLOMA OF SECONDARYSPECIALIZED VOCATIONAL EDUCATION OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN” soʻzlari pastiga qizil boʻyoqda lotin yozuvidagi oʻzbek tilida “AʼLO DARAJALI” va ingliz tilida “WITH HONOURS” soʻzlari yoziladi. Diplom blankasining muqovasi qizil rangli bumvinil matbaa materialidan tayyorlanadi.
Diplom blankasining himoya darajalari quyidagicha:
Qogʻoz tasnifi:
qogʻoz — 100 foiz paxta, qalinligi 120±5g/m2, oqartirgichsiz, aks etmaydigan ultrabinafsha nur va milliy ornament naqshi koʻrinishidagi suv belgisi mavjud;
qogʻoz sirtida tartibsiz kiprik shaklidagi, uzunligi 2,5 — 3 mm boʻlgan qizil va yashil rangli tolalar joylashgan hamda ultrabinafsha nuri ostida koʻrinadigan sariq va koʻk rangli tolalar mavjud;
Bosma tasnifi:
ikki xil usuldagi chop etishdan foydalanish:
asosiy qism uchun ofset bosma usuli, raqamlarni chop etish uchun yuqori bosma usuli;
bosma jarayonida kimyoviy barqaror matbaa boʻyoqlaridan foydalanish;
diplom blankasining chap tomonida oʻzgaruvchan rangda OVI boʻyogʻi ishlatilgan ochiq kitob tasviri tushirilgan;
KT-V lotin harfi va besh soni rim raqamida hamda yetti xonali raqam qora fluoressensiya boʻyogʻida chop etiladi, ultrabinafsha nurlarda yashil rangda yorugʻlik sochadi;
kichik matn, bir necha bor kattalashtirilgandagina koʻrinadigan diplom sahifasining matn chiziqlarida va davlat gerbining atrofida joylashtirilgan, takrorlanuvchi “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI” soʻz birikmasi mavjud;
diplom blankasining ikki tomon markazida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining diametri 40 mm boʻlgan koʻrinmaydigan tasviri tushirilgan va ultrabinafsha nurlari ostida koʻrinadi.
Boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy taʼlim toʻgʻrisidagi diplomlarga ilovaning davlat namunasi
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
REPUBLIC OF UZBEKISTAN
1. DIPLOM EGASI HAQIDA MAʼLUMOTLAR / INFORMATION ABOUT THE DIPLOMAHOLDER
1.1. Familiyasi / Surname
1.2. Ismi, otasining ismi / Name, other name
1.3. Tugʻilgan sanasi / Date of birth
1.4. Avvalgi taʼlim haqida hujjat / Certificate of previous education
KT-__ № 0000000
DIPLOMGA ILOVA /
DIPLOMA SUPPLEMENT
2. MALAKASI HAQIDA MAʼLUMOTLAR / QUALIFICATION
(diplomsiz ilova haqiqiy hisoblanmaydi /
without diploma the attachment is invalid)
2.1. Kasb (mutaxassislik)ning nomi / Name of the specialty / profession
Davlat attestatsiya komissiyasining qarori / Decision of the State Attestation Commission
2.2. Taʼlim yoʻnalishi / Field of study
2.3. Kvalifikatsiyasi / Qualification
2.4. Diplom bergan kasbiy taʼlim tashkilotining nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, taʼlim tashkilotining turi / The name, organizational-legal form and type of the educational institution awarding the diploma
2.5. Taʼlim (imtihon) til (lar)i / Language (s) of education (examination)
3. TAʼLIM DARAJASI HAQIDA MAʼLUMOTLAR / INFORMATION ON THE LEVEL OF EDUCATION
3.1. Taʼlim darajasi / Level of education
3.2.Taʼlimning davomiyligi / Length of education
3.3. Taʼlim shakli / Type of education
3.4. Taʼlim dasturining tavsifi / Curriculum description
Kompetensiyani (malakani) egallaganlik toʻgʻrisidagi sertifikat TAVSIFI
Sertifikat blankasi 297x210 mm oʻlchamda tayyorlanadi. Uning old tomonida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va pastroqda lotin yozuvidagi oʻzbek tilida “KOMPETENSIYANI (MALAKANI) EGALLAGANLIK TOʻGʻRISIDA” soʻzlari qora rangda, uning ostidan koʻk rangda “SERTIFIKAT” soʻzi yozilgan.
Sertifikat blankasining orqa tomoni oʻzbek, ingliz va rus tillaridagi uchta sahifadan iborat boʻlib, birinchi sahifasiga “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SERTIFIKATI” soʻzlari, ikkinchi sahifasiga “CERTIFICATE OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN” soʻzlari hamda uchinchi sahifasiga “SERTIFIKAT RESPUBLIKI UZBEKISTAN” soʻzlari koʻk rangli va uning ostidan “K” harfi hamda yetti xonali sondan iborat boʻlgan raqam qora rangli boʻyoqda bosiladi.
Sertifikat blankasining orqa tomoni sahifalari markazida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining 30 mm diametrli koʻrinmaydigan tasviri joylashtirilgan va u ultrabinafsha nurlar ostida koʻrinadi, shuningdek, sertifikat blankasining oʻng tomoni quyi qismida fonsiz 35x35 mm oʻlchamda QR-kod qoʻyiladi.
Sertifikat blankasining himoya darajalari quyidagicha:
Qogʻoz tasnifi:
qogʻoz — 100 foiz paxta, qalinligi 120±5gr/m2, oqartirgichsiz, aks etmaydigan ultrabinafsha nuri va milliy ornament naqshi koʻrinishidagi suv belgisi mavjud;
qogʻoz sirtida tartibsiz kiprik shaklidagi, uzunligi 2,5 — 3 mm boʻlgan qizil va yashil rangli tolalar joylashtirilgan hamda ultrabinafsha nuri ostida koʻrinadigan sariq va koʻk rangli tolalar mavjud.
Bosma tasnifi:
K harfi hamda yetti xonali sondan iborat boʻlgan raqam qora fluoressensiya boʻyogʻida chop etiladi, ultrabinafsha nurlarida yashil rangda yorugʻlik sochadi; bosma jarayonida kimyoviy barqaror matbaa boʻyoqlaridan foydalaniladi;
sertifikatning old tomonida joylashtirilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi atrofidagi aylana ichida uzluksiz mayda chiziqlardan tashkil topgan gilosh elementi mavjud;
sertifikatning orqa tomonidagi “Roʻyxatga olish raqami:”, “Registration №” va “Registratsionniy nomer” soʻzlaridan keyin chiziqlarda bir necha bor kattalashtirilgandagina koʻrinadigan kichik matndan iborat takrorlanuvchi “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI” soʻz birikmasi mavjud. Bular nusxa tushirish va qalbakilashtirishga qarshi himoya hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-apreldagi 216-son qaroriga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarning davlat namunasini tasdiqlash haqida” 2020-yil 19-noyabrdagi 734-son qarorining 1-bandi hamda qarorga 1, 2, 3 va 4-ilovalar 2026-yil 1-sentabrdan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarning davlat namunasini tasdiqlash haqida” 2020-yil 19-noyabrdagi 734-son qaroriga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida” 2022-yil 27-iyuldagi 408-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarorida:
a) 21-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshisi, 3-bandning uchinchi xatboshisi va 7-banddagi tegishli kelishikdagi “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi” soʻzlari “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy taʼlim agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“13. Attestatsiyaga doir tashkiliy masalalar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy taʼlim agentligi (keyingi oʻrinlarda — vakolatli vazirlik va idoralar), tizimida maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasbiy va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari boʻlgan vazirlik va idoralar hamda taʼlim tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.”;
22-bandning “a” va “b” kichik bandlari toʻrtinchi xatboshilaridagi “50 foizi — vakolatli vazirliklarning” soʻzlari “50 foizi — vakolatli vazirlik va idoralarning” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2026-y., 09/26/216/0441-son; 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)