1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Kasbiy taʼlim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-oktabrdagi “Kasbiy taʼlim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-190-son Farmoni ijrosini taʼminlash, kasbiy taʼlimda kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ish beruvchilar bilan hamkorlikni kengaytirish hamda jamiyatda kasbiy taʼlimning nufuzini oshirishga qaratilgan islohotlarni izchil amalga oshirish maqsadida qaror qilaman:
I. Maqsadli koʻrsatkichlar
1. Quyidagilar kasbiy taʼlim tizimini 2030-yilga qadar isloh qilishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib belgilansin:
(a) xalqaro va qoʻshma taʼlim dasturlari joriy etilgan texnikumlar sonini kamida 250 taga yetkazish;
(b) 9-sinf bitiruvchilarining kasbiy taʼlim bilan qamrovini amaldagi 29 foizdan 50 foizga yetkazish;
(v) kasbiy taʼlim tizimida dual taʼlim ulushini amaldagi 9 foizdan 40 foizga yetkazish;
(g) kasbiy sertifikatga ega ishlab chiqarish taʼlimi ustalari ulushini 30 foizga yetkazish;
(d) xorijda malaka oshirish va stajirovka oʻtash dasturlarida ishtirok etgan pedagoglar sonini 100 nafardan 2 500 nafarga yetkazish.
II. Kasbiy taʼlimni ommalashtirish
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
2. Belgilansinki, 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab yoshlarni kasb-hunarga yoʻnaltirishning quyidagi tartibi joriy etiladi:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari]
(a) “Atrofimizdagi kasblar” dasturi asosida maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 5 yoshdan boshlab bolalarda oʻyinlar orqali turli kasblar haqida ilk tasavvurlar shakllantiriladi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
(b) “Kasblar alifbosi” dasturi asosida umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining 1 — 4-sinf oʻquvchilariga turli kasblar ahamiyati haqida tushunchalar beriladi va ularning dastlabki kasbiy qiziqishlari rivojlantiriladi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
(v) “Kasblar olami” dasturi asosida 5-6-sinf oʻquvchilarining kasbiy faoliyat va mehnat sohalariga qiziqishlari rivojlantiriladi va kelajakdagi kasbiy tanlovga tayyorgarlikning asosi yaratiladi;
(g) “Mening kelajakdagi kasbim” dasturi asosida maktab maslahatchilari tomonidan 7 — 9-sinf oʻquvchilarining kasbiy qiziqishlari, qobiliyatlari va iqtidorlari aniqlanib, ularni akademik taʼlim yoki kasb-hunarga yoʻnaltirish ishlari tashkil etiladi. Bunda:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xoʻjaligi / 14.03.04.00 Ekskursiyalar]
(i) oʻquvchilarga videoroliklar namoyishi, korxonalarga ekskursiyaga olib borish va kasb egalari bilan uchrashuvlar tashkil etish orqali kasblar haqida toʻliqroq maʼlumotlar beriladi;
(ii) maktab psixologlari bilan birgalikda 7-sinfdan boshlab oʻquvchilarning qiziqishlari, qobiliyatlari, shaxsiy xususiyatlari va temperamenti asosida kasbga qiziqishi aniqlanadi;
(iii) oʻquvchilarning kasbga qiziqishiga oid maʼlumotlar asosida har bir oʻquvchi uchun shaxsiy kasbga yoʻnaltirish tavsiyasi ishlab chiqiladi hamda bu masala oʻquvchilarning ota-onasi bilan muhokama qilinadi;
(iv) 2028-yildan boshlab texnikumga yoʻnaltirish 9-sinf yakuni boʻyicha oʻtkaziladigan imtihon natijasiga koʻra amalga oshiriladi;
(d) maktabning 10-sinf oʻquvchilariga oʻqishini texnikumlarga koʻchirishga ruxsat beriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.23.00.00 Bayramlar. Xotira kunlari. Yubileylar]
3. 2026-yildan boshlab 5-may kuni “Kasb va mehnat kuni” sifatida har yili keng nishonlansin hamda uning doirasida jamoatchilik, ayniqsa, yoshlar orasida kasblar jozibadorligini oshirish va kasbiy taʼlimni ommalashtirishga qaratilgan tadbirlar tizimli ravishda amalga oshirilsin.
III. Kasbiy taʼlim mazmuni va sifatini oshirish
4. Texnikumlar pedagoglari malakasini oshirishning shunday tartibi oʻrnatilsinki, unga koʻra:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
(a) umumtaʼlim fanlari oʻqituvchilarining malakasi A. Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti va hududiy pedagogik mahorat markazlarida oshiriladi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
(b) maxsus fan oʻqituvchilarining malakasi yetakchi oliy taʼlim tashkilotlarida oshiriladi. Bunda malaka oshirish rejasi oliy taʼlim tashkiloti imkoniyati va salohiyatidan kelib chiqib Kasbiy taʼlim agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan tasdiqlanadi;
(v) ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining malakasi hududiy ilgʻor kasbiy mahorat texnikumlari va belgilangan tartibda tegishli soha boʻyicha malaka oshirish faoliyatini olib borish huquqiga ega tashkilotlarda oshiriladi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
(g) har yili malaka oshirish jarayonida eng yaxshi natija koʻrsatgan 50 nafardan ishlab chiqarish taʼlimi ustasi, umumtaʼlim fanlari va maxsus fan oʻqituvchilari malakasini oshirish uchun Kasbiy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan xorijga yuboriladi.
5. Oʻquvchilarning amaliy koʻnikmalarini shakllantirish samaradorligini oshirish boʻyicha shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan:
(a) texnikumlarda bir nafar ishlab chiqarish taʼlimi ustasiga toʻgʻri keladigan oʻquvchilar soni nisbatining cheklangan normativi 1:20 nisbatda belgilanadi. Bunda ushbu tizim:
(i) 2026/2027 oʻquv yilida Agentlik tomonidan tanlanadigan 50 ta texnikumda;
(ii) 2027/2028 oʻquv yilida qolgan barcha texnikumlarda joriy etiladi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.03.00 Tarif setkalari. Mansab okladlari]
(b) 2026-yil 1-yanvardan boshlab ishlab chiqarish taʼlimi ustasi shtat birliklari uchun ajratiladigan ish haqi fondini hisoblashda ishlab chiqarish taʼlimi ustasi bazaviy tarif stavkasi umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti birinchi malaka toifali oʻqituvchisining bazaviy tarif stavkasiga teng miqdorlarda olinadi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.02.00 Mehnat sohasidagi boshqaruv]
(v) texnikum direktoriga ishlab chiqarish taʼlimi ustasi shtat birliklari uchun ajratilgan ish haqi fondi doirasida:
(i) ishlab chiqarish taʼlimi ustasi shtat birliklari sonini tasdiqlash;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.05.00 Mehnat normalari va ishbay baholash]
(ii) mehnat bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olgan holda, umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti birinchi malaka toifali oʻqituvchisining tarif stavkasiga nisbatan har oylik ustama va qoʻshimchalarni mustaqil belgilash huquqi beriladi. Bunda bir nafar xodimning oylik ish haqi miqdori mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 15 baravarigacha belgilanishiga ruxsat beriladi.
6. Belgilansinki:
(a) 2028-yildan boshlab kasbiy taʼlim dasturlarining sifati har yili Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi tomonidan tanlov asosida quyidagi tartibda oʻrganiladi:
(i) ish beruvchilar, texnikum oʻquvchilari va ularning ota-onalari, shuningdek, pedagog xodimlar oʻrtasida soʻrovnomalar oʻtkazish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.03.00 Taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish]
(ii) qonunchilik hujjatlari asosida oʻtkazilgan davlat akkreditatsiyasi natijalarini tahlil qilish;
(iii) taʼlim dasturlarining ichki va tashqi mehnat bozori talablariga mosligini oʻrganish.
(b) Kasbiy taʼlimni rivojlantirish instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) faoliyati kasbiy taʼlim tizimi rivojlangan davlatlarning ilgʻor tajribasi asosida transformatsiya qilinadi. Bunda:
(i) barcha kasbiy taʼlim dasturlari bosqichma-bosqich xalqaro standartlar asosida yangidan ishlab chiqiladi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.11.00 Adabiyot. Kutubxona ishi]
(ii) taʼlim kontentlari (oʻquv qoʻllanmalar, raqamli taʼlim resurslari, didaktik materiallar) yangilangan dasturlar asosida yaratiladi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.09.00 Mehnat migratsiyasi]
(iii) Institutda direktorning taʼlim mazmunini taʼminlash boʻyicha maslahatchisi lavozimi joriy etiladi va unga xorijiy mutaxassis jalb etiladi;
(v) Institutga quyidagi yoʻnalishlarga oid vazifalarni samarali bajarish uchun xalqaro tashkilotlar hamda ularning ekspertlarini Kasbiy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi hamda boshqa xalqaro grantlar hisobidan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida jalb qilish huquqi beriladi:
(i) mahalliy va xorijiy mehnat bozorlarida kasblarga boʻlgan ehtiyojlarni tahlil qilish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.08.00 Fan-texnika faoliyati]
(ii) kasb egallashning zamonaviy texnologiyalarini va xalqaro ilgʻor tajribalarni hamda ularni milliy kasbiy taʼlim tizimiga tatbiq qilish imkoniyatlarini oʻrganish;
(iii) xalqaro taʼlim dasturlari asosida kasbiy taʼlim dasturlarini ishlab chiqish, takomillashtirish va amaliyotga joriy etish.
IV. Dual taʼlimni rivojlantirish
7. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
(a) 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab dual taʼlim shaklida tahsil olayotgan oʻquvchilarga maxsus platforma orqali stipendiya toʻlash yoʻlga qoʻyiladi. Bunda:
(i) har oylik stipendiya bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida toʻlanadi;
(ii) stipendiya texnikumlarga dual taʼlim shaklida tahsil olayotgan oʻquvchilarning soniga nisbatan Agentlik tomonidan ajratiladi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.16.00 Amaliyot. Stajirovka]
(iii) ish beruvchi tomonidan oʻquvchining kasbiy koʻnikmalarni oʻzlashtirishi va intizomi qoniqarsiz baholangan taqdirda, stipendiyani toʻlash toʻxtatiladi. Bunda dual taʼlim shaklida tahsil olayotgan oʻquvchilarga stipendiya toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar oʻquvchilarning amaliyot oʻtash xarajatlari uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan qoplanadi;
(b) oʻquvchining dual taʼlim shaklida tahsil olgan davri uning umumiy mehnat stajini hisoblashda inobatga olinadi.
8. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
(a) davlat xaridlarida ishtirokchilar takliflarini baholashda texnikum tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat)larga nisbatan 15 foiz miqdorida preferensiya beriladi;
(b) davlat organlari va tashkilotlariga quyidagi faoliyat yoʻnalishlarini texnikumlarni jalb etgan holda autsorsing asosida tashkil etishga ruxsat beriladi:
(i) kompyuter texnikalariga xizmat koʻrsatish;
(ii) isitish va sovutish, elektr energiyasi tizimlariga xizmat koʻrsatish;
(iii) avtotransport vositalariga texnik xizmat koʻrsatish;
(iv) ommaviy axborot vositalarida targʻibot ishlarini amalga oshirish;
(v) Agentlik bilan kelishgan holda buyurtmachilar taklifi asosida tashkil etiladigan boshqa yoʻnalishlar.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash]
9. Belgilansinki, texnikumlar bilan dual taʼlim dasturlarini tashkil etgan ish beruvchilarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-son qarori bilan ajratilgan mablagʻlar doirasida 2 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga 5 milliard soʻmgacha yillik Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada kredit beriladi. Bunda:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash]
(a) imtiyozli kredit har bir milliard soʻm qiymatgacha boʻlgan mablagʻ uchun kamida 5 nafar oʻquvchini ikki oʻquv yillik dual taʼlim dasturi asosida jalb etish va kamida 1 nafar bitiruvchini bir yil davomida ish bilan taʼminlash sharti bilan ajratiladi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash]
(b) imtiyozli kredit ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohasidagi loyihalarga asosiy vositalar sotib olish hamda aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun ajratiladi;
(v) imtiyozli kredit olish uchun asos boʻlgan ushbu bandning “a” kichik bandidagi shartlarga ish beruvchi tomonidan amal qilinmagan taqdirda, kredit foizi tijorat stavkasiga oʻzgartiriladi.
V. Hududlarda ilgʻor kasbiy mahorat texnikumlarini tashkil etish
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
10. Agentlik tizimida 1-ilovaga muvofiq ilgʻor kasbiy mahorat texnikumlari tashkil etilsin.
11. Belgilab qoʻyilsinki:
(a) ilgʻor kasbiy mahorat texnikumlari hududlarning oʻrta boʻgʻin kadrlariga boʻlgan ehtiyojini hisobga olgan holda, zamonaviy laboratoriya (ustaxona) jihozlari bilan taʼminlanadi hamda hududdagi boshqa texnikumlar uchun yetakchi amaliyot bazasi hisoblanadi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
(b) ilgʻor kasbiy mahorat texnikumlarida ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining malakasi oshiriladi. Bunda ishlab chiqarish taʼlimi ustalari malakasi ilgʻor kasbiy mahorat texnikumlarining joriy faoliyati doirasida oshiriladi;
(v) ilgʻor kasbiy mahorat texnikumlaridagi malaka oshirish kurslari Institut tomonidan tashkil etiladi;
(g) oʻqish davrida amaliy mashgʻulotlarni ilgʻor kasbiy mahorat texnikumlarida oʻtaydigan boshqa texnikum oʻquvchilari bepul yotoqxona, oziq-ovqat va transport bilan taʼminlanadi. Bunda oʻquvchilarni bir kunlik oziq-ovqat bilan taʼminlash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi miqdorida mablagʻ ajratiladi, transport xizmati koʻrsatish autsorsing asosida amalga oshiriladi;
(d) ilgʻor kasbiy mahorat texnikumlari faoliyatini moliyalashtirish hamda xodimlari mehnatiga haq toʻlash shartlari va miqdorlari Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari uchun belgilangan shartlarda amalga oshiriladi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.09.00 Maʼmuriy va ijtimoiy-madaniy obyektlarni qurish]
(j) ilgʻor kasbiy mahorat texnikumlari binolarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari 2-ilovaga muvofiq 2026-2027-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida moliyalashtiriladi.
VI. Texnikumlarda taʼlim sifatini taʼminlash
12. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni ragʻbatlantirish. Turlari va qoʻllash tartibi]
(a) texnikumlar Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi tomonidan yuritiladigan milliy reyting natijalari asosida ragʻbatlantiriladi. Bunda:
(i) milliy reyting 2026-yildan boshlab har yili boʻyicha yuritiladi hamda unda bitiruvchilar bandligi koʻrsatkichiga ustuvorlik beriladi;
(12-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni ragʻbatlantirish. Turlari va qoʻllash tartibi]
(ii) milliy reytingda eng yuqori oʻrinni egallagan 50 ta texnikumning har biri bazaviy hisoblash miqdorining 3 000 baravari miqdorida ragʻbatlantiriladi;
(b) ragʻbatlantirish toʻlovi sifatida ajratilgan mablagʻlarni quyidagi maqsadlar uchun yoʻnaltirishga ruxsat beriladi:
(i) 80 foizi moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan, zarur jihozlarni xarid qilish, laboratoriya va ustaxonalar barpo etish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.05.00 Mehnat normalari va ishbay baholash]
(ii) 20 foizi texnikum pedagogik kengashi qaroriga muvofiq rahbar va xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish, shu jumladan, ularga ustama toʻlovlarni tayinlash, xodimlarni malaka oshirish va tajriba almashish uchun xorijga yuborish.
13. 2026-yildan boshlab har yili Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan 16 yoshga toʻlgan va 30 yoshdan oshmagan texnikum oʻquvchilari, yoshlar, talabalar hamda band boʻlmagan aholi (band boʻlmagan shaxslar) oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Kasbiy mahorat milliy tanlovi” (keyingi oʻrinlarda — Tanlov) oʻtkazilsin.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
14. Belgilansinki:
(a) Tanlov kasb boʻyicha xalqaro musobaqalar mezonlari asosida Agentlik tomonidan tashkil etiladi;
(b) Tanlovni oʻtkazish va gʻoliblarni ragʻbatlantirish 3-ilovaga muvofiq amalga oshiriladi.
VII. Kasbiy taʼlim tizimini moliyalashtirishni takomillashtirish
15. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
(a) 2026-yil 1-sentabrdan boshlab texnikumlarni saqlash xarajatlari Davlat budjeti va toʻlov-kontrakt hisobidan shakllangan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi. Bunda:
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish]
(i) 9-sinfni tamomlagan bitiruvchilar orasidan oʻqishga qabul qilingan oʻquvchilar toʻliq Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan;
(ii) umumiy oʻrta maʼlumotga ega boʻlgan talabgorlar orasidan oʻqishga qabul qilingan oʻquvchilar toʻlov-kontrakt asosida oʻqitiladi, bundan qonunchilik hujjatlarida Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan oʻqitish belgilangan kasb va mutaxassisliklar mustasno;
(iii) toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilingan oʻquvchilarni oʻqitishga jalb etilgan oʻqituvchilar mehnatiga haq toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar toʻliq toʻlov-kontrakt mablagʻlari hisobidan qoplanadi. Bunda toʻlov-kontrakt tushumlarining ortib qolgan qismi tashkilotning boshqa xarajatlariga yoʻnaltiriladi;
(b) Agentlik Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda iqtisodiyot tarmoqlarining real ehtiyojidan kelib chiqib, texnikumlarda toʻliq Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan oʻqitiladigan oʻquvchilar qabul parametrlarini tasdiqlaydi;
(b1) 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab Kasbiy taʼlim agentligi tizimidagi texnikumlarga:
(i) oʻzlari ishlab chiqargan mahsulotlar (tovarlar, xizmatlar)ni boshqa texnikumlarga toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida sotishga;
(ii) qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda Kasbiy taʼlim agentligi bilan kelishgan holda “spin-off” korxonalarini tashkil etishga ruxsat berilsin;
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan “b1” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
(v) texnikumlarda ish beruvchi korxona va tashkilotlarning buyurtmalariga muvofiq qabul parametrlaridan tashqari toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishga ruxsat beriladi. Bunda tasdiqlangan parametrdan tashqari qabul qilingan oʻquvchilar toʻliq toʻlov-kontrakt mablagʻlari hisobidan oʻqitiladi va toʻlov-kontrakt miqdorlari Agentlik tomonidan belgilanadi;
(g) 2026-yil 1-yanvardan boshlab xodimlar mehnatiga haq toʻlash va ragʻbatlantirish shartlariga koʻra:
(i) Agentlikning hududiy boshqarmalari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining hududiy boʻlinmalariga;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
(ii) texnikumning rahbar, pedagog va boshqa xodimlari umumiy oʻrta taʼlim tashkilotining tegishli xodimlariga tenglashtiriladi. Bunda umumtaʼlim fani oʻqituvchilari uchun ularning ish haqi fondiga nisbatan 10 foiz, boshqa xodimlar uchun esa 20 foiz miqdorida ragʻbatlantirish jamgʻarmasi shakllantiriladi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang);
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar]
(d) 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab texnikum direktori va uning oʻrinbosarlarini menejerlik sertifikati asosida mos ravishda lavozim maoshining 50 va 30 foizi miqdorida har oylik ustama berish orqali ragʻbatlantirish tizimi joriy etiladi. Bunda:
(i) menejerlik oʻquv kursi A. Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti tomonidan tashkil etiladi;
(ii) menejerlik oʻquv kursining oʻquv rejasi va dasturlari Agentlik bilan birgalikda tasdiqlanadi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
(j) Agentlik tizimidagi muassasa va tashkilotlarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
VIII. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
16. Quyidagilar:
(a) Kasbiy taʼlim tizimini 2026 — 2030-yillarda rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 4-ilovaga muvofiq;
(b) Kasbiy taʼlimni rivojlantirish instituti xodimlarining mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shart-sharoitlariga koʻra oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlarning xodimlariga tenglashtirilayotgan lavozimlari roʻyxati 5-ilovaga muvofiq;
(v) Kasbiy taʼlim moddiy-texnika taʼminoti markazi faoliyatini tashkil etish va texnikumlarning moddiy-texnika bazasini takomillashtirish chora-tadbirlari 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
17. Belgilansinki, texnikumlarni rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va obodonlashtirish 7-ilovaga muvofiq 2026 — 2030-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida amalga oshiriladi.
(a) 2030-yilga qadar texnikumlar faoliyatini tugatish, ularga tegishli yer uchastkalari, bino va inshootlar hamda boshqa koʻchmas mulk obyektlarini xususiylashtirishga moratoriy joriy etiladi;
(b) texnikumlarning yer uchastkalari va koʻchmas mulkini Kasbiy taʼlim agentligi bilan kelishmasdan ijaraga berish, sotish yoki tasarrufdan chiqarish taqiqlanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
19. Davlat organlariga texnikumlarning faoliyatiga asossiz aralashish va ularni taʼlim jarayoni bilan bogʻliq boʻlmagan tadbirlarga jalb qilish taqiqlansin.
20. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
21. Mazkur qaror ijrosini monitoring qilib borish rejasi 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Bunda:
(a) Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi qaror ijrosini monitoring rejasiga asosan har yili 15-sentabrga qadar monitoringdan oʻtkazsin hamda monitoring natijalarini Hisob palatasi va Adliya vazirligiga kiritib borsin;
(b) Hisob palatasi Adliya vazirligi bilan birgalikda monitoring rejasi asosida qaror ijrosini nazorat qilsin hamda har yili 1-oktabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
(v) “Ijro.gov.uz” tizimida qaror ijrosini nazoratdan yechishda monitoring rejasida koʻrsatilgan maqsadlarga erishilganligi inobatga olinsin.
22. Mazkur qarorning ijrosini taʼminlash uchun masʼul va shaxsiy javobgar etib oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov belgilansin.
23. Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining taʼlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari X.U. Umarova zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 23-oktabr,
PQ-316-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-oktabrdagi PQ-316-son qaroriga 1-ILOVA
Kasbiy taʼlim agentligi tizimidagi ilgʻor kasbiy mahorat texnikumlari
ROʻYXATI
T/r
Hudud
Ilgʻor kasbiy mahorat texnikumlari nomi
1.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Nukus ilgʻor kasbiy mahorat texnikumi
2.
Andijon viloyati
Andijon ilgʻor kasbiy mahorat texnikumi
3.
Buxoro viloyati
Buxoro ilgʻor kasbiy mahorat texnikumi
4.
Jizzax viloyati
Jizzax ilgʻor kasbiy mahorat texnikumi
5.
Qashqadaryo viloyati
Qashqadaryo ilgʻor kasbiy mahorat texnikumi
6.
Navoiy viloyati
Navoiy ilgʻor kasbiy mahorat texnikumi
7.
Namangan viloyati
Namangan ilgʻor kasbiy mahorat texnikumi
8.
Samarqand viloyati
Samarqand ilgʻor kasbiy mahorat texnikumi
9.
Sirdaryo viloyati
Sirdaryo ilgʻor kasbiy mahorat texnikumi
10.
Surxondaryo viloyati
Surxondaryo ilgʻor kasbiy mahorat texnikumi
11.
Toshkent viloyati
Toshkent viloyati ilgʻor kasbiy mahorat texnikumi
12.
Fargʻona viloyati
Fargʻona ilgʻor kasbiy mahorat texnikumi
13.
Xorazm viloyati
Xorazm ilgʻor kasbiy mahorat texnikumi
14.
Toshkent shahri
Toshkent shahar ilgʻor kasbiy mahorat texnikumi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-oktabrdagi PQ-316-son qaroriga 2-ILOVA
2026-2027-yillarda ilgʻor kasbiy mahorat texnikumlari binolarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va obodonlashtirish boʻyicha
Oʻquvchilar turar joyi binosini kapital taʼmirlash
Ustaxona binosini qurish
Ustaxona binosini kapital taʼmirlash
Amalga oshiriladigan yili
quvvati
quvvati
quvvati
soni
soni
2026-yil
2027-yil
Jami
12 149
2 450
1 820
27
4
7
7
Nukus ilgʻor kasbiy mahorat texnikumi
1 050
150
150
2
1
1
-
Andijon ilgʻor kasbiy mahorat texnikumi
810
100
180
2
1
-
1
Buxoro ilgʻor kasbiy mahorat texnikumi
900
-
590
2
1
1
-
Jizzax ilgʻor kasbiy mahorat texnikumi
720
250
50
2
1
1
-
Qashqadaryo ilgʻor kasbiy mahorat texnikumi
900
150
150
2
1
1
-
Navoiy ilgʻor kasbiy mahorat texnikumi
700
300
-
2
1
-
1
Namangan ilgʻor kasbiy mahorat texnikumi
700
150
100
2
1
-
1
Samarqand ilgʻor kasbiy mahorat texnikumi
900
150
150
2
1
1
-
Sirdaryo ilgʻor kasbiy mahorat texnikumi
600
150
150
2
1
-
1
Surxondaryo ilgʻor kasbiy mahorat texnikumi
750
150
100
2
-
-
1
Toshkent viloyati ilgʻor kasbiy mahorat texnikumi
600
300
-
1
2
-
1
Fargʻona ilgʻor kasbiy mahorat texnikumi
735
50
50
2
1
1
-
Xorazm ilgʻor kasbiy mahorat texnikumi
1 100
150
150
2
1
1
-
Toshkent shahar ilgʻor kasbiy mahorat texnikumi
1 984
300
-
2
1
-
1
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-390-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2025-y., 07/25/390/1228-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-oktabrdagi PQ-316-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Kasbiy mahorat milliy tanlovi”ni oʻtkazish va gʻoliblarni ragʻbatlantirish tartibi
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Kasbiy mahorat milliy tanlovi” (keyingi oʻrinlarda — Tanlov) Kasbiy taʼlim agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan tashkil etiladi.
2. Tanlov Agentlik tomonidan tanlab olinadigan 10 ta dolzarb kasb boʻyicha oʻtkaziladi.
3. Tanlov quyidagi bosqichlarda tashkil etiladi:
(a) 1-bosqich — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri darajasida;
(b) 2-bosqich — respublika darajasida.
4. 1-bosqichda har bir kasb boʻyicha 5 nafar ishtirokchi (1 — 5-oʻrinlar boʻyicha), jami 700 nafar ishtirokchi gʻolib sifatida 2-bosqichga saralab olinadi.
5. 2-bosqich natijasiga koʻra har bir kasb boʻyicha 2 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronza medallari gʻoliblari aniqlanadi hamda jami 120 nafar ishtirokchi gʻolib deb topiladi.
6. Tanlov gʻoliblari va ularning amaliyot ustozlari quyidagi tartibda ragʻbatlantiriladi:
(bazaviy hisoblash miqdori)
Egallagan oʻrni
Ragʻbatlantirish miqdori
Oʻquvchi
Ishlab chiqarish taʼlimi ustasi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri darajasi
1-oʻrin
12
70
2-oʻrin
10
60
3-oʻrin
8
50
4-oʻrin
6
40
5-oʻrin
4
30
Respublika darajasi
Oltin
20
100
Kumush
15
80
Bronza
10
60
7. Tanlovni tashkil etish, oʻtkazish va ragʻbatlantirish toʻlovlari Davlat budjetining tegishli darajadagi budjetlari hisobidan moliyalashtiriladi.
8. 2-bosqich gʻoliblari tegishli kasblar boʻyicha Agentlik tomonidan yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda qoʻshimcha oʻqitiladi.
9. 2-bosqich gʻoliblariga “WorldSkills International” tashkilotining “WorldSkills” xalqaro chempionatida ishtirok etish huquqi beriladi. Bunda joylar cheklangan taqdirda, Agentlik tomonidan qoʻshimcha saralash oʻtkaziladi.
10. “WorldSkills” xalqaro chempionati gʻoliblari va ularning ustozlariga mos ravishda umumtaʼlim fanlari boʻyicha xalqaro olimpiadalar gʻoliblari va ularning ustozlariga belgilangan imtiyozlar qoʻllaniladi.
11. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish, “WorldSkills” xalqaro chempionatiga tayyorgarlik koʻrish va unga ishtirokchilarni yuborish bilan bogʻliq xarajatlar Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladi. Bunda davlat organlari va tashkilotlariga oʻz mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha ishtirokchilarni yuborishga ruxsat beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-oktabrdagi PQ-316-son qaroriga 4-ILOVA
Kasbiy taʼlim tizimini 2026 — 2030-yillarda rivojlantirish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/r
Chora-tadbirlar
Amalga oshirish shakli
Ijro muddati
Moliyalashtirish manbalari
Masʼul ijrochilar
I. Tashkiliy masalalar
Kasbiy taʼlim agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) va uning huzurida tashkil etilgan tashkilotlarni yetarli malaka va koʻnikmalarga ega xodimlar bilan toʻldirish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2025-yil dekabr
-
Agentlik
Agentlik faoliyatini tashkil etish uchun zarur sharoitlarga ega maʼmuriy binoni operativ boshqaruv huquqi asosida ajratish.
Amaliy chora-tadbirlar
2025-yil noyabr
-
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,
Toshkent shahar hokimligi,
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Agentlikni zarur mebel, jihoz, kompyuter va boshqa vositalar bilan taʼminlash.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2025-yil noyabr
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Agentlik
Kasbiy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2026-yil yanvar
-
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Agentlik tizimi tashkilotlarining barcha xodimlari, jumladan, texnikumlarning rahbarlari va boshqa xodimlari (pedagoglari)ni bosqichma-bosqich attestatsiyadan oʻtkazish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2026-yil yakuniga qadar
-
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Agentlik
Agentlik uchun 4 ta xizmat avtotransport vositasi, shu jumladan, 4 ta shaxsiy biriktirilgan va 1 ta navbatchi avtotransport vositasini belgilangan tartibda xarid qilish hamda avtotransport vositalarini saqlash uchun limit ajratish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2025-yil noyabr
Davlat budjeti mablagʻlari
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Agentlik
Milliy texnik malakani baholash va malaka oshirish markazini Agentlik tizimiga oʻtkazish.
Amaliy chora-tadbirlar
2026-yil dekabr
-
Agentlik,
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
II. Kasbiy taʼlim mazmunini yaxshilash va sifatini oshirish
Kasbiy taʼlimni rivojlantirish instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) huzurida Xalqaro malaka va kasbiy standartlar kengashini tashkil etish.
Amaliy chora-tadbirlar
2026-yil mart
-
Agentlik,
Institut
Institut direktorining taʼlim mazmunini taʼminlash boʻyicha maslahatchisi lavozimiga kasbiy taʼlim sohasida yuqori malakaga ega boʻlgan xorijiy mutaxassisni jalb qilish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2026-yil mart
-
Agentlik,
Institut
Kasbiy standartlar va xalqaro taʼlim dasturlari asosida kasbiy taʼlim dasturlarini yangilash.
Bunda 2026-yilda 60 ta, 2027-yilda 150 ta va 2028-yilda qolgan barcha taʼlim dasturlarini ishlab chiqishni yakunlash.
Amaliy chora-tadbirlar
2026 — 2028-yillar
Kasbiy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari
Agentlik,
Institut
Mahalliy va xorijiy mehnat bozorlarida kasblarga boʻlgan ehtiyojlarni tahlil qilish.
Amaliy chora-tadbirlar
2026-yildan boshlab har yili
-
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,
Migratsiya agentligi,
Agentlik
Kasbiy taʼlim dasturlarini barcha uchun ochiq platformaga joylashtirishni yoʻlga qoʻyish.
Amaliy chora-tadbirlar
2026-yildan boshlab doimiy
-
Agentlik,
Institut
Kasbiy taʼlim dasturlarining sifatini tanlov asosida oʻrganish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.
Idoraviy hujjat loyihasi
2026-yil may
-
Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi
Texnikumlarda oʻquv-amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazish uchun sarflanadigan xomashyo va yoqilgʻi-moylash materiallari bilan taʼminlash meʼyorlarini zamon talablariga moslashtirish.
Idoraviy hujjat loyihasi
2026-yil sentabr
-
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
III. Kasbiy taʼlim tizimi xodimlari salohiyatini hamda ularning ish haqi va moddiy ragʻbatlantirish toʻlovlari miqdorini oshirish
Texnikum direktori va uning oʻrinbosarlariga menejerlik sertifikati berish tartibini ishlab chiqish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2026-yil iyun
-
Agentlik,
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Texnikumlar pedagoglariga chet tilida maxsus fanlarni oʻqitganlik uchun ularning lavozim maoshiga nisbatan B2 sertifikati uchun 50 foiz, C1 sertifikati uchun 100 foiz miqdorda oylik ustamalar belgilash tartibini ishlab chiqish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2026-yil dekabr
Davlat budjeti mablagʻlari
Agentlik,
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Texnikumlarning ilmiy daraja va unvonlarga ega boʻlgan rahbar, pedagog va boshqa xodimlariga oliy taʼlim tashkilotlarining mos va turdosh lavozimlari uchun belgilangan tartibda ish haqi va ustamalar toʻlashni yoʻlga qoʻyish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2026-yil avgust
-
Agentlik,
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Texnikumlar pedagoglari malakasini oshirishda eng yaxshi natija koʻrsatgan pedagoglarni xorijga yuborishning shaffof va adolatli tizimini yoʻlga qoʻyish.
Idoraviy hujjat loyihasi
2026-yil aprel
Kasbiy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Agentlik
Texnikumlarga 100 nafargacha xorijiy “til egalari” boʻlgan mutaxassislarni jalb etish.
Amaliy chora-tadbirlar
2026/2027 oʻquv yilidan boshlab har oʻquv yili
Kasbiy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari
Agentlik
Texnikumlarning ishlab chiqarish taʼlimi ustalariga kasbiy sertifikat berish tizimini joriy etish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2026-yil avgust
-
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Agentlik
Akademik litsey va texnikumlar boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlarini qayta koʻrib chiqish hamda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish.
Idoraviy hujjat loyihasi
2026-yil iyul
-
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,
Adliya vazirligi
Kasbiy taʼlim tizimini rivojlantirish va tubdan isloh qilish boʻyicha qabul qilingan qonunchilik hujjatlariga muvofiq Davlat budjetidan qoʻshimcha talab etiladigan mablagʻlar hisob-kitobini qayta koʻrib chiqish.
Bunda ishlab chiqilgan hisob-kitoblar asosida qoʻshimcha talab etiladigan mablagʻlarni ajratish boʻyicha Davlat budjeti parametrlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha taklif kiritish.
Amaliy chora-tadbirlar
2026-yil davomida
Davlat budjeti mablagʻlari
Agentlik,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Texnikumlar pedagoglarining malakasini oshirish tartibini ishlab chiqish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2026-yil mart
-
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Agentlik
IV. Oʻquvchilarning amaliy koʻnikmalarini oshirish, dual taʼlimni rivojlantirish va bitiruvchilarni ish bilan taʼminlash
Ilgʻor kasbiy mahorat texnikumi joylashgan hudud salohiyati, drayver sohalari va imkoniyatlaridan kelib chiqib, har bir ilgʻor kasbiy taʼlim texnikumining konsepsiyasi, shu jumladan, faoliyat yoʻnalishlari, yoʻlga qoʻyiladigan ishlab chiqarish ustalarining malaka oshirish sohalari, shuningdek, rivojlantirish bosqichlarini ishlab chiqish.
Idoraviy hujjat loyihasi
2026-yil may
-
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Agentlik,
Kasbiy taʼlimni rivojlantirish hududiy tadbirkorlar kengashlari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Kasbiy mahorat milliy tanlovi”ni oʻtkazish tartibini ishlab chiqish.
Idoraviy hujjat loyihasi
2026-yil mart
-
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Agentlik
Texnikumlarda bir nafar ishlab chiqarish taʼlimi ustasiga toʻgʻri keladigan oʻquvchilar soni boʻyicha oʻrnatilgan normativni amaliyotga qoʻllash boʻyicha oʻquv qoʻllanma ishlab chiqish, texnikumlar rahbarlari va xodimlari uchun keng koʻlamda tushuntirish ishlarini tashkil etish.
Amaliy chora-tadbirlar
2025-2026-yillar
-
Agentlik
2025-yilda “WorldSkills” xalqaro chempionatiga ishtirokchilarni yuborish.
Amaliy chora-tadbirlar
2025-yil dekabr
Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
Dual taʼlim shaklida tahsil olayotgan oʻquvchilarga stipendiya toʻlash tartibini ishlab chiqish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2026-yil avgust
-
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Agentlik
Dual taʼlim shaklida tahsil olayotgan oʻquvchilarga stipendiya toʻlash hamda amaliyot oʻtash tizimini tashkil etish uchun maxsus platforma ishlab chiqish.
Bunda oʻquvchini korxona rahbari tomonidan baholash imkoniyatini nazarda tutish.
Amaliy chora-tadbirlar
Kasbiy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi
Texnikumlarda dual taʼlim shaklida taʼlim olayotgan oʻquvchilar, shuningdek, bitiruvchilar bandligini taʼminlagan tadbirkorlarga “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi” platformasida ragʻbatlantiruvchi ballar berish tartibini ishlab chiqish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2026-yil mart
-
Savdo-sanoat palatasi,
Soliq qoʻmitasi, Agentlik
Davlat texnikumlariga ularning kompleks davlat akkreditatsiyasi natijalariga koʻra aniqlangan kamchiliklarini bartaraf etish uchun, istisno tariqasida, 2 yilgacha muddat berish. Bunda ushbu davr mobaynida davlat akkreditatsiyasidan oʻtmagan tegishli taʼlim dasturi boʻyicha oʻquv faoliyati davom ettiriladi.
Amaliy chora-tadbirlar
2028-yilga qadar
-
Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi,
Agentlik
Texnikumlarni milliy reyting natijalari asosida ragʻbatlantirish tizimini joriy etish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2026-yil may
Davlat budjeti mablagʻlari
Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi
Maktabgacha va maktab taʼlim tashkilotlarida “Atrofimizdagi kasblar”, “Kasblar alifbosi”, “Kasblar olami”, “Mening kelajakdagi kasbim” dasturlarini joriy etish.
Idoraviy hujjat loyihasi
2026-yil avgust
-
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Agentlik
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-oktabrdagi PQ-316-son qaroriga 5-ILOVA
Kasbiy taʼlimni rivojlantirish instituti xodimlarining mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shart-sharoitlariga koʻra oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlarning xodimlariga tenglashtirilayotgan lavozimlari
Professor-oʻqituvchi, texnik, xizmat koʻrsatuvchi, oʻquv-yordamchi xodimlar
—
oliy taʼlim tashkilotining tegishli xodimlari
7.
Ilmiy xodim
—
Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy tashkilotning ilmiy xodimi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-oktabrdagi PQ-316-son qaroriga 6-ILOVA
Kasbiy taʼlim moddiy-texnika taʼminoti markazi faoliyatini tashkil etish va texnikumlarning moddiy-texnika bazasini takomillashtirish chora-tadbirlari
1. Texnikumlarning moddiy-texnika bazasi, jumladan, laboratoriya jihozlari va asbob-uskunalar hamda sarflanadigan xomashyo (material)lar bilan taʼminlanganlik holati Kasbiy taʼlim moddiy-texnika taʼminoti markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tomonidan oʻrganiladi.
2. Markaz tomonidan oʻrganish natijalari asosida texnikumlarning moddiy-texnika bazasini takomillashtirish chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, Kasbiy taʼlim agentligiga kiritiladi.
3. Texnikumlar uchun jihoz, asbob-uskuna va boshqa moddiy qimmatliklar markazlashgan holda Markaz tomonidan xarid qilinadi.
4. Markaz xodimlarining umumiy cheklangan shtatlar soni 32 ta shtat birligidan iborat boʻladi. Bunda 14 ta shtat birligi qoʻshimcha ravishda Davlat budjeti hisobidan ajratiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-oktabrdagi PQ-316-son qaroriga 7-ILOVA
2026 — 2030-yillarda texnikumlarni rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va obodonlashtirish
DASTURI
T/r
Hudud
Soni
shundan
Yillar kesimida
2026-yilda
2027-yilda
2028-yilda
2029-yilda
2030-yilda
rekonstruksiya
mukammal taʼmirlash
rekonstruksiya
mukammal taʼmirlash
rekonstruksiya
mukammal taʼmirlash
rekonstruksiya
mukammal taʼmirlash
rekonstruksiya
mukammal taʼmirlash
rekonstruksiya
mukammal taʼmirlash
Jami
452
124
328
26
76
26
66
26
63
23
61
23
62
1.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
43
14
29
2
7
2
5
3
5
3
5
4
7
2.
Andijon viloyati
39
7
32
1
7
2
6
1
6
1
6
2
7
3.
Buxoro viloyati
30
11
19
2
5
2
3
2
3
2
3
3
5
4.
Jizzax viloyati
28
16
12
3
3
3
3
4
2
2
2
4
2
5.
Qashqadaryo viloyati
44
13
31
2
7
2
6
3
6
3
6
3
6
6.
Navoiy viloyati
19
3
16
1
4
1
4
1
3
3
2
7.
Namangan viloyati
31
9
22
2
5
2
5
2
4
2
4
1
4
8.
Samarqand viloyati
32
9
23
2
5
2
5
2
5
2
4
1
4
9.
Sirdaryo viloyati
22
11
11
3
3
3
2
2
2
2
2
1
2
10.
Surxondaryo viloyati
36
4
32
1
7
1
7
1
7
1
7
4
11.
Toshkent viloyati
50
7
43
2
9
2
9
1
9
1
8
1
8
12.
Fargʻona viloyati
32
6
26
2
6
1
5
1
5
1
5
1
5
13.
Xorazm viloyati
35
9
26
2
6
2
5
2
5
2
5
1
5
14.
Toshkent shahri
11
5
6
1
2
1
1
1
1
1
1
1
1
Izoh. Texnikumlarni jihozlash ishlari Kasbiy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-oktabrdagi PQ-316-son qaroriga 8-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kasbiy taʼlim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini monitoring qilish
REJASI
T/r
Indikator (subindikator) nomi
Oʻlchov birligi
Joriy holat
(yillik)
Maqsadli koʻrsatkichlar
Maʼlumot berishga masʼul idoralar
2026-y.
2027-y.
2028-y.
2029-y.
2030-y.
I. Tashkiliy masalalar
1.1
Ilgʻor kasbiy mahorat texnikumlari binolarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash
ta
-
7
7
-
-
-
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
1.2
Kasbiy taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish
ta
-
26
26
26
23
23
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
1.3
Kasbiy taʼlim muassasalarini kapital taʼmirlash
ta
-
76
66
63
61
62
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
II. Amaliyot koʻrsatkichlari
Kasbiy taʼlim mazmunini yaxshilash va sifatini oshirish
2.1
Xalqaro taʼlim dasturlari asosida kasbiy taʼlim dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish
ta
-
60
150
200
-
-
Kasbiy taʼlim agentligi
2.1.1
Malaka toifasiga yoki kasbiy sertifikatga ega pedagoglar ulushi
foiz
35,8
38,5
42,5
46,8
48,2
50
Kasbiy taʼlim agentligi
2.1.2
Xorijda malaka oshirish va stajirovka oʻtash dasturlarida ishtirok etgan pedagoglar ulushi
nafar
100
300
400
520
630
650
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
2.1.3
Kredit-modul tizimi joriy etilgan kasbiy taʼlim tashkilotlari ulushi
foiz
40
50
60
70
80
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Kasbiy taʼlim tizimi xodimlari salohiyatini oshirish
2.2
Rahbar xodimlar malakasini oshirish
nafar
250
690
785
917
-
-
Kasbiy taʼlim agentligi
2.2.1
Pedagog xodimlar malakasini oshirish
nafar
2 500
9 200
11 350
11 882
-
-
Kasbiy taʼlim agentligi
2.2.2
Malaka oshirish jarayonida eng yaxshi natija koʻrsatgan pedagog xodimlarning malakasini oshirish uchun xorijgayuborish
nafar
-
150
150
150
150
150
Kasbiy taʼlim agentligi
2.2.3
Kasbiy taʼlim muassasalariga xorijiy “til egalari” boʻlgan mutaxassislarni jalb etish
nafar
-
100
100
100
100
100
Kasbiy taʼlim agentligi
Oʻquvchilarning amaliy koʻnikmalarini oshirish va dual taʼlimni rivojlantirish
2.3
Kasbiy taʼlim tizimida dual taʼlim ulushi
foiz
8
20
25
30
35
40
Kasbiy taʼlim agentligi
2.3.1
Kasbiy taʼlim muassasalari, ish beruvchilar, vazirlik va idoralarning mutaxassislarini dual taʼlim rivojlangan davlatlarga stajirovkaga yuborish
nafar
-
20
25
35
40
50
Kasbiy taʼlim agentligi
2.3.2
Dual taʼlim shaklida tahsil olayotgan oʻquvchilarga stipendiya toʻlash boʻyicha maxsus platformani ishga tushirish
-
-
joriy etish
-
-
-
-
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
III. Natijadorlik koʻrsatkichlari
3.1
9-sinf bitiruvchilarini kasbiy taʼlim bilan qamrab olish
foiz
29
34
38
43
47
50
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
3.2
Kasbiy taʼlim tashkilotlarida xalqaro va qoʻshma taʼlim dasturlarini joriy qilish
ta
40
80
100
150
200
250
Kasbiy taʼlim agentligi
3.3
Xalqaro va qoʻshma taʼlim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash
nafar
4 000
8 000
10 000
15 000
20 000
25 000
Kasbiy taʼlim agentligi,
mahalliy hokimliklar
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.10.2025-y., 07/25/316/0986-son; 29.12.2025-y., 07/25/390/1228-son; 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)