

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                        <div class="act_warning">
                            Hujjat kuchini yo‘qotgan&nbsp;12.08.2024
                        </div>
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-812952" id="onLBC-812952">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC9516"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.06.00 Inventarizatsiya qilish va qayta baholash, qayta baholash, hisobdan chiqarish]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-812952" id="onLS-812952">[<b>TSZ:</b><div id="LS3775"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Moliya / Buxgalteriya hisobi]</span></div></div></div><div class="signCont"><div name="-884599" id="-884599"><span class="SIGNATURE_STAMPS_PLACEHOLDER" style="width:98%"><div class="SIGNATURE_STAMP_TEXT"><div name="-884606" id="-884606"><p>Oʻzbekiston Respublikasi</p>
<p>Moliya vazirligi tomonidan </p>
<p>Vazir oʻrinbosari</p>
<p>E. GADOYEV </p>
<p>1999-yil 19-oktabr</p>
<p>EG/17-19-2075-son </p>
<p>“TASDIQLANGAN”</p></div></div></span></div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-835149" id="-835149">INVENTARIZATSIYANI TASHkIL ETISH VA oʻTKAZISH</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-835150" id="-835150">OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BUXGALTERIYA HISOBIning MILLIY STANDARTI<br />19-SONli BHMS </div></div><div class="DEPARTMENTAL"><div name="-835151" id="-835151">[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 2-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 833]</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-835152" id="-835152"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-7072373" id="-7072373">Mazkur standart Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 14-iyundagi 141-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (19-sonli BHMS) “Inventarizatsiyani tashkil etish va oʻtkazish”ni tasdiqlash haqida”gi <a href="/mact/-7058433?ONDATE=12.08.2024 00#-7066660">buyrugʻiga </a>(roʻyxat raqami 3548, 12.08.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3916693" id="-3916693">1. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916697" id="-3916697">1.1. Mazkur buxgalteriya hisobi milliy standarti (keyingi oʻrinlarda — standart) “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/mact/-2931253">Qonuniga</a> muvofiq ishlab chiqilgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916701" id="-3916701">1.2. Mazkur standart asosiy faoliyati budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan tashkilotlarni qoʻshgan holda xoʻjalik yurituvchi subyektlarda aktivlar va majburiyatlar inventarizatsiyasi hamda uning natijalarini rasmiylashtirish tartibini belgilaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916702" id="-3916702">1.3. Inventarizatsiyaning asosiy maqsadlari boʻlib quyidagilar hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916704" id="-3916704">mol-mulkning haqiqatda mavjudligini aniqlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916706" id="-3916706">haqiqatda mavjud mol-mulkni buxgalteriya hisobi maʼlumotlari bilan solishtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916707" id="-3916707">majburiyatlar hisobda toʻgʻri aks ettirilganligini tekshirish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916708" id="-3916708">1.4. Xoʻjalik yurituvchi subyektning joylashgan joyidan qatʼi nazar, barcha aktivlari va majburiyatlari inventarizatsiya qilinadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916710" id="-3916710">Bundan tashqari, ishlab chiqarish zaxiralari va xoʻjalik yurituvchi subyektga qarashli boʻlmagan, lekin buxgalteriya hisobida qayd etilgan (masʼul saqlashda boʻlgan, ijaraga olingan, qayta ishlash uchun olingan) boshqa turdagi mol-mulklar, shuningdek, biror-bir sababga koʻra hisobga olinmagan mol-mulk inventarizatsiya qilinishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916712" id="-3916712">Mol-mulkni inventarizatsiyasi uning joylashgan joyi va moddiy javobgar shaxs boʻyicha oʻtkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916713" id="-3916713">1.5. Quyidagi hollarda inventarizatsiya oʻtkazilishi majburiy:</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5772196" id="-5772196"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5772203" id="-5772203">mol-mulk ijaraga berilganda, sotib olinganda, sotilganda, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda davlat korxonasini oʻzgartirish (davlat tasarrufidan chiqarilgan) da;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5772205" id="-5772205">(1.5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli <a href="/mact/-5749968?ONDATE=30.11.2021 00#-5761490">buyrugʻi</a> (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916717" id="-3916717">yillik moliyaviy hisobotni tuzish oldidan, bundan inventarizatsiyasi hisobot yilining 1-oktabridan keyin oʻtkazilgan mol-mulk mustasno. Oʻzbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining <a href="/mact/-1026483">milliy standarti</a> (4-sonli BHMS) “Tovar-moddiy zaxiralar” (roʻyxat raqami 1595, 2006-yil 17-iyul)ga muvofiq tovar-moddiy zaxiralar inventarizatsiyasi bir yilda kamida bir marta amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining <a href="/mact/-821041">milliy standarti</a> (5-sonli BHMS) “Asosiy vositalar” (roʻyxat raqami 1299, 2004-yil 20-yanvar)ga muvofiq asosiy vositalar inventarizatsiyasi ikki yilda kamida bir marta, kutubxona fondlari esa besh yilda bir marta amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916719" id="-3916719">Pul mablagʻlari, pul hujjatlari, qiymatliklari va qatʼiy hisobdagi blanklar inventarizatsiyasi oyda bir marta, yonilgʻi-moylash materiallar, oziq-ovqat mahsulotlar — har chorakda, qimmatbaho metallar — tarmoq yoʻriqnomalariga muvofiq oʻtkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916721" id="-3916721">Ayrim joylar va mavsumiy tusda ishlaydigan korxonalarda ishlab chiqarish zaxiralar inventarizatsiyasi ular eng kam miqdorda qolgan davrda oʻtkaziladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916723" id="-3916723">asosiy vositalar va tovar-moddiy qiymatliklar qayta baholanganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916724" id="-3916724">moddiy javobgar shaxslar almashganda (ishlarni qabul qilish — topshirish kunida);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916725" id="-3916725">oʻgʻirlik yoki suiisteʼmol, shuningdek, qiymatliklarni buzilishi faktlari aniqlanganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916726" id="-3916726">tabiiy ofatlar, yongʻinlar, falokatlar yoki gʻayritabiiy sharoitlar yuzaga keltirgan boshqa favqulodda vaziyatlar yuz berganda;</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5772210" id="-5772210"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5772213" id="-5772213">xoʻjalik yurituvchi subyekt tugatilganda (qayta tashkil etilganda) tugatish (ajratish) balansini tuzish oldidan va qonunchilik hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa hollarda.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5772217" id="-5772217">(1.5-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli <a href="/mact/-5749968?ONDATE=30.11.2021 00#-5761490">buyrugʻi</a> (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916728" id="-3916728">1.6. Umumiy (jamoaviy) moddiy javobgarlik sharoitida inventarizatsiya jamoa rahbari oʻzgarganda, jamoadan uning ellik foizdan ortiq aʼzolari chiqib ketganda, shuningdek jamoaning bitta yoki bir nechta aʼzolari talabi bilan oʻtkaziladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3916729" id="-3916729">2. Inventarizatsiyani oʻtkazishning asosiy qoidalari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916730" id="-3916730">2.7. Hisobot yilidagi inventarizatsiyalar soni, ularni oʻtkazish sanasi, aktivlar va majburiyatlar roʻyxati xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari tomonidan belgilanadi, bundan mazkur standartning <a href="/mact/-812952#-3916713">1.5</a> va <a href="/mact/-812952#-3916728">1.6-bandlarida</a> nazarda tutilgan hollar mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916731" id="-3916731">2.8. Inventarizatsiyani oʻtkazish uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlar quyidagi tarkibida doimiy ishlaydigan inventarizatsiya komissiyalari tuziladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916732" id="-3916732">xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari yoki uning oʻrinbosari (komissiya raisi);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916733" id="-3916733">bosh buxgalter;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916734" id="-3916734">buxgalteriya hisobi xizmati rahbarlari (keyingi oʻrinlarda — bosh buxgalter).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916735" id="-3916735">Inventarizatsiya komissiyasi tarkibiga xoʻjalik yurituvchi subyektning ichki audit xizmati vakillari kiritilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916737" id="-3916737">Ishlar hajmi katta boʻlganda aktivlar va majburiyatlarni inventarizatsiyasini bir vaqtda oʻtkazish uchun quyidagi tarkibida ishchi inventarizatsiya komissiyalari tuziladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916738" id="-3916738">inventarizatsiyani tayinlagan xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbarining vakili (komissiya raisi);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916740" id="-3916740">mutaxassislar: tovarshunos, muhandis, texnolog, mexanik, ishni yurituvchi, iqtisodchi, buxgalteriya hisobi xizmati xodimi (keyingi oʻrinlarda — buxgalteriya) va boshqalar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916752" id="-3916752">Komissiya tarkibiga inventarizatsiya qilinayotgan qiymatliklar, narxlar va boshlangʻich hisobni yaxshi biladigan tajribali xodimlar kiritilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916754" id="-3916754">Birgina moddiy javobgar shaxslarda xuddi shu xodimni ketma-ket ikki marta ishchi inventarizatsiya komissiyasining raisi qilib tayinlash taqiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916756" id="-3916756">Doimiy ishlaydigan va ishchi inventarizatsiya komissiyalarining shaxsiy tarkibini xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari tasdiqlaydi (1-ilovaga<a href="/mact/-812952#-3917245">*</a> muvofiq buyruq, qaror, farmoyish).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916757" id="-3916757">Inventarizatsiyani oʻtkazishda komissiyaning hattoki bitta aʼzosi yoʻq boʻlsa, bu hol inventarizatsiya natijalarini haqiqiy emas deb topish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916758" id="-3916758">2.9. Doimiy ishlaydigan inventarizatsiya komissiyalari:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916759" id="-3916759">qiymatliklar saqlanishini taʼminlashga doir profilaktika ishlarini oʻtkazadi, zarurat boʻlganda oʻz majlislarida qiymatliklarning saqlanishi masalalari boʻyicha sex, boʻlim, shuʼbalar rahbarlarining axborotlarini tinglaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916782" id="-3916782">inventarizatsiya oʻtkazilishini tashkil etadi va ishchi inventarizatsiya komissiyalari aʼzolariga yoʻl-yoʻriq berishni amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916784" id="-3916784">inventarizatsiya toʻgʻri oʻtkazilganini nazorat tariqasida tekshiruvlarni amalga oshiradi, shuningdek, inventarizatsiyalar orasidagi davrda saqlash va qayta ishlash joylarida tovar-moddiy qiymatliklarni tanlab inventarizatsiyadan oʻtkazadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916785" id="-3916785">inventarizatsiya natijalari toʻgʻri chiqarilganini, bazalar, omborlar, omborxonalar, sexlar, qurilish uchastkalari va boshqa saqlash joylarida qiymatliklarni qayta oʻzaro oʻrniga hisobga olish boʻyicha takliflar asosli ekanligini tekshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916786" id="-3916786">zarur hollarda (inventarizatsiya oʻtkazish qoidalari jiddiy buzilganligi aniqlangan va boshqa hollarda) xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbarining topshirigʻiga binoan takroriy yalpi inventarizatsiyalarni oʻtkazadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916787" id="-3916787">qiymatliklar kamomadi yoki ularni buzilishiga, shuningdek, boshqa buzilishlarga yoʻl qoʻygan shaxslardan olingan tushuntirishlarni koʻrib chiqadi va aniqlangan kamomadlar hamda qiymatliklarni buzilishidan koʻrilgan yoʻqotishlarni bir izga solish tartibi toʻgʻrisida taklif beradilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916788" id="-3916788">2.10. Ishchi inventarizatsiya komissiyalari:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916789" id="-3916789">saqlash va ishlab chiqarish joylarida qiymatliklar va pul mablagʻlarini inventarizatsiyasini amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916790" id="-3916790">xoʻjalik yurituvchi subyekt buxgalteriyasi bilan birgalikda inventarizatsiya natijalarini aniqlashda ishtirok etadi va kamomadlar hamda qayta navlarga ajratishdagi ortiqcha chiqishlarni bir birini qoplashga olib borish, shuningdek tabiiy yoʻqolish meʼyorlari doirasida kamomadlarni hisobdan oʻchirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916792" id="-3916792">tovar-moddiy qiymatliklarni qabul qilish, saqlash va berishni tartibga solish, hisobga olish va ular saqlanishini nazorat qilishni yaxshilash, shuningdek meʼyordan ortiqcha va ishlatilmaydigan moddiy qiymatliklarni sotish masalalari boʻyicha takliflar kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916795" id="-3916795">quyidagi hollar uchun javobgar boʻladi :</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916796" id="-3916796">a) xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbarining buyrugʻiga muvofiq inventarizatsiyani oʻz vaqtida oʻtkazish va uni oʻtkazish tartibiga rioya qilish uchun;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916798" id="-3916798">b) tekshirilayotgan asosiy vositalar, tovar-moddiy qiymatliklar, pul mablagʻlari va hisob-kitoblar vositalarining haqiqatdagi qoldiqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar roʻyxatga toʻliq va aniq qayd etilishi uchun;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916799" id="-3916799">v) tovar-moddiy qiymatliklarning ular narxi belgilanadigan farqlovchi belgilari (turi, navi, rusumi, hajmi, preyskurant boʻyicha tartib raqami, artikuli va h.k.) roʻyxatda toʻgʻri koʻrsatilishi uchun;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916800" id="-3916800">g) belgilangan tartibga muvofiq inventarizatsiya materiallari toʻgʻri va oʻz vaqtida rasmiylashtirilishi uchun.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916801" id="-3916801">Inventarizatsiya komissiyalari aʼzolari tovarlar, materiallar va boshqa qiymatliklar kamomadi va rastratasini yoki ortiqcha chiqqanini yashirish maqsadida roʻyxatga qiymatliklarning haqiqatdagi qoldiqlari toʻgʻrisida ataylab notoʻgʻri maʼlumotlarni kiritganlik uchun belgilangan tartibga muvofiq javobgarlikka tortiladilar. Mol-mulkning haqiqatdagi mavjudligini tekshirishni boshlashdan oldin inventarizatsiya komissiyasi inventarizatsiya paytidagi eng soʻnggi kirim-chiqim hujjatlarini yoki moddiy vositalar va pul mablagʻlari harakati toʻgʻrisidagi hisobotlarni olishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916802" id="-3916802">Inventarizatsiya komissiyasining raisi hisobotlarga ilova qilingan barcha kirim-chiqim hujjatlariga “inventarizatsiyagacha ...da (sana)” deb koʻrsatgan holda viza qoʻyadi, bu esa buxgalteriyaga hisob maʼlumotlari boʻyicha inventarizatsiyani boshlash paytida mol-mulk qoldiqlarini aniqlash uchun asos boʻlib xizmat qilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916803" id="-3916803">Moddiy javobgar shaxslar inventarizatsiya boshlanishiga qadar mol-mulkka doir barcha kirim-chiqim hujjatlari buxgalteriya yoki komissiyaga topshirilgani va ular javobgarligiga kelib tushgan barcha qiymatliklar kirim qilingani, chiqib ketganlari esa chiqimga hisobdan oʻchirilgani toʻgʻrisida tilxat beradilar. Mol-mulkni xarid qilishga hisobdor summalari yoki uni olish uchun ishonchnomalari boʻlgan shaxslar ham shunday tilxat beradilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916804" id="-3916804">2.11. Inventarizatsiyani oʻtkazish oldidan ishchi inventarizatsiya komissiyalari aʼzolariga buyruq, komissiya raislariga esa plombir topshiriladi (inventarizatsiya komissiyasining barcha ish davri davomida plombir komissiya raisida saqlanadi). Buyruqda inventarizatsiyani oʻtkazish boʻyicha ishni boshlash va tugatish muddatlari belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916805" id="-3916805">Agar mol-mulkni inventarizatsiya bir necha kun mobaynida oʻtkazilsa, moddiy qiymatliklar saqlanayotgan xona inventarizatsiya komissiyasi ketayotganida muhrlanishi kerak. Inventarizatsiya komissiyalari ishida tanaffus boʻlganda (tushlik vaqti, tunda, boshqa sabablarga koʻra) roʻyxatlar inventarizatsiya oʻtkazilayotgan yopiq xonadagi yashikda (javon, seyfda) saqlanishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916806" id="-3916806">Buyruqlar buxgalteriya tomonidan inventarizatsiyani oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruqlar bajarilishini nazorat qilish kitobida roʻyxatga oladi (2-ilova<a href="/mact/-812952#-3917245">*</a>).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916807" id="-3916807">2.12. Tovar-moddiy qiymatliklarning haqiqatda mavjudligini tekshirishga kirishishdan oldin ishchi inventarizatsiya komissiyasi quyidagilarga majbur:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916808" id="-3916808">yordamchi binolar, yertoʻlalar va qiymatliklar saqlanadigan, alohida kirish-chiqish eshiklari boʻlgan boshqa joylarni plombalashga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916809" id="-3916809">ogʻirlikni oʻlchaydigan barcha asboblar sozlanganini tekshirishga va ularni tamgʻalashning belgilangan muddatlariga rioya qilishga.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916810" id="-3916810">2.13. Toʻsatdan oʻtkaziladigan inventarizatsiyalarda barcha tovar-moddiy qiymatliklar inventarizatsiya komissiyasi ishtirokida, qolgan hollarda esa — oldindan tayyorlab qoʻyiladi. Qiymatliklar guruhlarga boʻlinishi, navlarga ajratilishi va ular sonini sanash uchun qulay boʻlgan maʼlum tartibda nomlari, navlari, hajmlari boʻyicha joylashtirilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916811" id="-3916811">2.14. Asosiy vositalar, xom ashyo, materiallar, tayyor mahsulot, tovarlar, pul mablagʻlari va boshqa qiymatliklarni inventarizatsiyasi ularning har bir joylashgan joyi va ana shu qiymatliklarni saqlayotgan javobgar shaxs boʻyicha oʻtkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916812" id="-3916812">Haqiqatdagi qoldiqlarni tekshirish moddiy javobgar shaxslarning (kassirlar, xoʻjalik, savdo korxonasi, omborxona, tayyorlov punkti va hokazolar mudirlari) majburiy ishtirok etishi bilan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916813" id="-3916813">Inventarizatsiya paytida qiymatliklarning mavjudligi majburiy sanash, tarozida tortish, oʻlchash yoʻli bilan aniqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916814" id="-3916814">Mol yetkazib beruvchining ochilmagan oʻramida saqlanayotgan materiallar va tovarlar boʻyicha ushbu qiymatliklar miqdori istisno tariqasida hujjatlar asosida, ushbu qiymatliklar bir qismini naturada (tanlab olib) majburiy tekshirish bilan aniqlanishi mumkin. Idishsiz uyulgan mahsulotlar ogʻirligi (yoki hajmi)ni oʻlchash va texnik hisob-kitoblar asosida aniqlashga yoʻl qoʻyiladi; oʻlchash dalolatnomalari va hisob-kitoblar roʻyxatga ilova qilinadi. Tarozida tortiladigan koʻp miqdordagi tovarlar inventarizatsiya qilinganda tarozida tortish qaydnomalarini ishchi inventarizatsiya komissiyasining aʼzolaridan biri va moddiy javobgar shaxs yuritadi. Ish kuni oxirida (yoki tarozida tortish tugagach) ana shu qaydnomalar maʼlumotlari solishtiriladi va chiqarilgan yakun inventarizatsiya roʻyxatiga qayd etiladi. Tarozida tortish qaydnomalari roʻyxatga ilova qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916815" id="-3916815">2.15. Inventarizatsiya qilinadigan qiymatliklar va obyektlarning nomlari va ularning miqdori roʻyxatlarda nomenklatura boʻyicha va hisobda qabul qilingan oʻlchov birliklarida koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916816" id="-3916816">2.16. Roʻyxatlar ishchi inventarizatsiya komissiyasining barcha aʼzolari va moddiy javobgar shaxslar tomonidan imzolanadi. Roʻyxat oxirida moddiy javobgar shaxslar komissiya qiymatliklarni ularning ishtirokida tekshirganini, komissiya aʼzolariga nisbatan hech qanday daʼvolar yoʻqligi va roʻyxatda keltirilgan qiymatliklar masʼul saqlashga qabul qilinganini tasdiqlaydigan tilxat beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916817" id="-3916817">Qiymatliklarning haqiqatda mavjudligini tekshirishda moddiy javobgar shaxslar oʻzgargan holda inventarizatsiya roʻyxatlariga qiymatliklarni qabul qilgan shaxs ularni olganligi, topshirgan shaxslar esa ularni topshirganligi xususida imzo chekadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916820" id="-3916820">Xoʻjalikka tegishli boʻlmagan, biroq unda saqlanayotgan qiymatliklarga alohida roʻyxatlar tuziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916823" id="-3916823">2.17. Inventarizatsiyada mazkur Standart bilan tasdiqlangan inventarizatsiya boʻyicha boshlangʻich hisob hujjatlashtirishning namunaviy shakllari qoʻllaniladi. Inventarizatsiyada inventarizatsiya boʻyicha boshlangʻich hisob hujjatlariga aktivlar va majburiyatlar xususiyatlaridan kelib chiqib aniqlanadigan qoʻshimcha rekvizitlar kiritilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916827" id="-3916827">Ish hayvonlari va mahsuldor mollar, parranda va asalari oilalari, koʻp yillik oʻsimliklar, koʻchatzorlar inventarizatsiya qilinganda qishloq xoʻjalik korxonalari uchun tasdiqlangan roʻyxat shakllari qoʻllaniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916828" id="-3916828">2.18. Inventarizatsiya roʻyxatlari texnika vositalari, axborot tizimi va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda yoki qoʻlda toʻldirilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916829" id="-3916829">Qoʻlda tuziladigan inventarizatsiya roʻyxatlari aniq va tushunarli qilib toʻldiriladi. Hech qanday boʻyash va oʻchirishlarga yoʻl qoʻyilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916831" id="-3916831">Inventarizatsiya roʻyxatining har bir sahifasida soʻz bilan tovar-moddiy qiymatliklar tartib raqamlari soni va ushbu qiymatliklar qanday oʻlchov birliklarida koʻrsatilganidan qatʼi nazar, mazkur sahifada yozilgan barcha qiymatliklar miqdorining umumiy yakuni koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916832" id="-3916832">Roʻyxatlarning barcha nusxalarida xatolarni tuzatish notoʻgʻri yozuvlar ustiga chizish va chizilganlari ustiga toʻgʻri yozuvlarni qoʻyish yoʻli bilan amalga oshirilishi kerak. Tuzatishlar izoh berilgan va inventarizatsiya komissiyasining barcha aʼzolari va moddiy javobgar shaxslar tomonidan imzolangan boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916833" id="-3916833">Inventarizatsiya roʻyxatlarida toʻldirilmagan satrlarni qoldirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Roʻyxatlarning oxirgi varaqlarida toʻldirilmagan satrlar ustiga chizib qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916835" id="-3916835">2.19. Moddiy javobgar shaxslar inventarizatsiyadan keyin inventarizatsiya roʻyxatlarida xatolarni aniqlagan hollarda ular tezda (ombor, omborxona, shuʼba va hokazolar ochilguniga qadar) buni ishchi inventarizatsiya komissiyasiga maʼlum qilishlari kerak. Moddiy javobgar shaxslarning kamomad yoki ortiqcha chiqish tovar-moddiy qiymatliklar nomidagi xato, oʻtkazib yuborish, yanglishish va hokazolar tufayli yuz bergani xususidagi tushuntirishlari ombor, omborxona, shuʼba ochilguniga qadar qabul qilinadi. Ishchi inventarizatsiya komissiyasi koʻrsatilgan faktlarni tekshirishni amalga oshiradi va ular tasdiqlangan holda aniqlangan xatolarni belgilangan tartibda tuzatadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916836" id="-3916836">2.20. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar rahbarlari tovar-moddiy qiymatliklar va pul mablagʻlarining toʻgʻri hamda oʻz vaqtida oʻtkazilishi va ularning kutilmaganda oʻtkazilishini taʼminlash uchun javobgardir. Ular qiymatliklarning haqiqatda mavjudligini qisqa muddatlarda toʻliq va aniq tekshirishni taʼminlaydigan sharoitlarni yaratib berishlari shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916838" id="-3916838">Bosh buxgalter tegishli boʻlinmalar va xizmatlar rahbarlari bilan birgalikda inventarizatsiya oʻtkazishning belgilangan qoidalariga rioya etilishini sinchiklab nazorat qilishga majbur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916840" id="-3916840">2.21. Tovar-moddiy qiymatliklarni inventarizatsiyasi bilan bir vaqtda xoʻjalik yurituvchi subyektning buxgalteriyasi barcha tegishli schyotlar boʻyicha yozuvlarni korrespondensiyalanuvchi schyotlar bilan qiyoslagan holda tekshirishi kerak. Masalan, asosiy vositalar boʻyicha (kapital qoʻyilmalarning tegishli schyotlari bilan kelishtirilgan holda) foydalanishga qabul qilingan barcha obyektlar hisobga olinganligi; tovar-moddiy qiymatliklar boʻyicha — barcha kelib tushgan qiymatliklar kirim qilinganligi, chiqib ketganlari esa hisobdan chiqarilganligi va hisobda aks ettirilganligi; tugallanmagan ishlab chiqarish boʻyicha — barcha xarajatlar ishlab chiqarilgan mahsulotga hisobdan chiqarilganligi va hokazolar aniqlanishi zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916844" id="-3916844">2.22. Inventarizatsiyani rasmiylashtirish uchun 5 — 18-ilovalarga<a href="/mact/-812952#-3917245">*</a> muvofiq aktivlar va majburiyatlar inventarizatsiyasi boʻyicha boshlangʻich hisob hujjatlari shakllari qoʻllaniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916846" id="-3916846">2.23. Inventarizatsiya tugaganidan keyin inventarizatsiya toʻgʻri oʻtkazilganini nazorat tariqasida tekshirishlar oʻtkazilishi mumkin. Ularni inventarizatsiya komissiyalari aʼzolari va moddiy javobgar shaxslar ishtirokida albatta inventarizatsiya oʻtkazilgan ombor, omborxona, shuʼba va hokazolar ochilishiga qadar oʻtkazish kerak. Inventarizatsiyalar toʻgʻri oʻtkazilganini nazorat tariqasida tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi (3-ilova<a href="/mact/-812952#-3917245">*</a>) va inventarizatsiya toʻgʻri oʻtkazilganligini nazorat tariqasida tekshirishlarni hisobga olish kitobida roʻyxatga olinadi (4-ilova<a href="/mact/-812952#-3917245">*</a>).</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3916850" id="-3916850">3. Alohida turlardagi aktivlar va majburiyatlar inventarizatsiyasini oʻtkazish qoidalari</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3916852" id="-3916852">Asosiy vositalarni inventarizatsiyasi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916855" id="-3916855">3.24. Inventarizatsiyani boshlashga qadar quyidagilarni tekshirish zarur:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916856" id="-3916856">inventar kartochkalari, inventar kitoblari yoki roʻyxatlarining mavjudligi va holati;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916859" id="-3916859">texnik pasportlar yoki boshqa texnik hujjatlarning mavjudligi va holati;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916861" id="-3916861">xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan ijaraga, saqlashga va vaqtincha foydalanishga topshirilgan yoki qabul qilingan asosiy vositalarni hujjatlarining mavjudligi. Hujjatlar yoʻq boʻlsa, ularning olinishi yoki rasmiylashtirilishini taʼminlash zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916863" id="-3916863">Buxgalteriya hisobi registrlari yoki texnik hujjatlarda tafovutlar yoxud noaniqliklar topilgan taqdirda ularga tegishli tuzatishlar va aniqlashtirishlar kiritilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916868" id="-3916868">3.25. Asosiy vositalarni inventarizatsiyasini oʻtkazayotganda komissiya majburiy tartibda obyektlarni naturada koʻzdan kechiradi va inventarizatsiya roʻyxatlariga ularning toʻliq nomi, vazifasi, inventar raqamlari va asosiy texnik yoki foydalanish koʻrsatkichlarini qayd etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916881" id="-3916881">Hisobga qabul qilinmagan obyektlar, shuningdek, hisob registrlarida ularni tavsiflaydigan maʼlumotlar boʻlmagan yoki notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilgan obyektlar aniqlanganda komissiya inventarizatsiya roʻyxatiga ana shu obyektlar boʻyicha yetishmaydigan yoki toʻgʻri maʼlumotlarni va texnik koʻrsatkichlarni kiritishi kerak, masalan: binolar boʻyicha — ularning vazifasi, ular qurilgan asosiy materiallar, hajmi (tashqi yoki ichki tomondan oʻlchab), maydoni (umumiy foydali maydoni), qavatlar soni (yertoʻla, yarim yertoʻla va hokazolarsiz), qurilgan yili va hokazolar; kanallar boʻyicha — uzunligi, chuqurligi va eni (tubi va yuzasi boʻyicha), sunʼiy inshootlar, tubi va yonlarini mahkamlash materiallari, koʻpriklar boʻyicha — joylashgan yeri, materiallar turi va asosiy oʻlchamlari; yoʻllar boʻyicha — yoʻl turi (tosh yoʻl, profilli yoʻl), uzunligi, qoplash materiallari va mashina qatnaydigan eni va hokazolar koʻrsatilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916883" id="-3916883">Inventarizatsiya natijasida aniqlangan hisobga olinmagan obyektlarni baholash joriy qiymat boʻyicha amalga oshirilishi, eskirish esa obyektlarning haqiqiy texnik holati boʻyicha belgilanishi, bunda baholash va eskirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tegishli dalolatnomalar bilan rasmiylashtirilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916884" id="-3916884">Inventarizatsiya komissiyasi inventarizatsiya vaqtida aniqlangan hisobga olinmagan obyektlar qachon va kimning farmoyishi bilan barpo etilganini, ularni barpo etish xarajatlari qayerga hisobdan chiqarilganini aniqlashi va buni bayonnomada aks ettirishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916886" id="-3916886">Asosiy vositalar roʻyxatga obyektning asosiy vazifasiga muvofiq nomlari boʻyicha qayd etiladi. Agar obyekt qayta tiklangan, rekonstruksiya qilingan, kengaytirilgan yoki qayta jihozlangan va buning natijada uning asosiy vazifasi oʻzgargan boʻlsa, u roʻyxatga yangi vazifasiga muvofiq keladigan nom bilan kiritiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916888" id="-3916888">Agar komissiya kapital tusda qilingan ishlar (qavat qurish, yangi xonalar qurish va hokazolar) yoki imorat va inshootlarni qisman tugatish (ayrim konstruktiv elementlarni buzish) buxgalteriya hisobida aks ettirilmagan deb topsa, u tegishli hujjatlar boʻyicha obyekt boshlangʻich qiymatining koʻpayish yoki kamayish summasini aniqlashi va roʻyxatda qilingan oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni keltirishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916889" id="-3916889">Bir vaqtning oʻzida komissiya bunda aybdor boʻlgan shaxslarni va u yoki bu obyektlarni konstruktiv oʻzgartirish hisob registrlarida aks ettirilmaganligining sabablarini aniqlashi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916892" id="-3916892">3.26. Mashinalar, uskunalar va kuch qurilmalari inventarizatsiya roʻyxatlariga yakka tartibda, inventar raqami, tayyorlagan zavodi, chiqarilgan yili, vazifasi, quvvatlari va hokazolar koʻrsatilgan holda kiritiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916894" id="-3916894">Bir vaqtda bir sex yoki boʻlimga kelib tushgan va guruh hisobining namunaviy inventar kartochkasida qayd etiladigan bir xil qiymatdagi xoʻjalik inventarlari, asboblar, dastgohlar va hokazo bir turdagi buyumlar inventarizatsiya roʻyxatlarida mazkur buyumlar miqdori koʻrsatilib nomlari boʻyicha keltiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916896" id="-3916896">Asosiy vositalarning inventar obyektlariga berilgan raqamlar, qoidaga koʻra, oʻzgarmasligi kerak. Obyektlar oʻzlarining texnik-ishlab chiqarish vazifasiga koʻra kiritilishi kerak boʻlgan asosiy vositalar guruhidan boshqa guruhga xato ravishda kiritilgan hollarda, shuningdek, notoʻgʻri raqam qoʻyilganligi aniqlangan hollarda raqamlar oʻzgartirilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916898" id="-3916898">3.27. Inventarizatsiya paytida xoʻjalik yurituvchi subyektdan tashqarida boʻlgan asosiy vositalar obyektlari (uzoq reyslarda boʻlgan dengiz va daryo kemalari, temir yoʻl harakatdagi tarkibi, avtomashinalar, kapital taʼmirlashga yuborilgan mashina va uskunalar va hokazo) doimiy ishlaydigan yoki ishchi komissiya tomonidan ular xoʻjalikdan vaqtincha chiqib ketishi paytiga qadar inventarizatsiya qilinishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916902" id="-3916902">3.28. Foydalanishga yaroqsiz va qayta tiklab boʻlmaydigan asosiy vositalar inventarizatsiya roʻyxatiga kiritilmaydi. Bunday obyektlarga inventarizatsiya komissiyasi alohida roʻyxat tuzib, ularni foydalanishga topshirish vaqti va ushbu obyektlarni yaroqsiz holga keltirgan sabablar (buzilishi, toʻliq eskirish va hokazolar) koʻrsatiladi. Bunday obyektlarni hisobdan chiqarish umumoʻrnatilgan tartibda amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916905" id="-3916905">3.29. Oʻziga tegishli asosiy vositalarni inventarizatsiya qilish bilan bir vaqtda ijaraga olingan va masʼul saqlashda boʻlgan asosiy vositalar ham tekshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916907" id="-3916907">Koʻrsatilgan obyektlar boʻyicha alohida roʻyxat tuziladi, unda mazkur obyektlar masʼul saqlash yoki ijaraga qabul qilinganligini tasdiqlaydigan hujjatlarga havola beriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3916910" id="-3916910">Nomoddiy aktivlarni inventarizatsiyasi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916914" id="-3916914">3.30. Nomoddiy aktivlarni inventarizatsiya qilinganda quyidagilar tekshirilishi zarur: tashkilotning ulardan foydalanishga doir huquqlarini tasdiqlaydigan hujjatlarning mavjudligi; nomoddiy aktivlar balansda toʻgʻri va oʻz vaqtida aks ettirilganligi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3916916" id="-3916916">Moliyaviy qoʻyilmalarni inventarizatsiyasi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916920" id="-3916920">3.31. Moliyaviy qoʻyilmalarni inventarizatsiya qilinganda qimmatli qogʻozlar va boshqa tashkilotlarning ustav kapitallari, shuningdek, boshqa tashkilotlarga berilgan qarzlarga qilingan haqiqatdagi xarajatlar tekshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916922" id="-3916922">3.32. Qimmatli qogʻozlarning haqiqatda mavjudligi tekshirilganda quyidagilar aniqlanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916923" id="-3916923">qimmatli qogʻozlar toʻgʻri rasmiylashtirilgani;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916924" id="-3916924">qimmatli qogʻozlar saqlanishi (haqiqatda mavjudligini buxgalteriya hisobi maʼlumotlari bilan taqqoslash orqali);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916925" id="-3916925">qimmatli qogʻozlar boʻyicha olingan daromadlarning buxgalteriya hisobida oʻz vaqtida va toʻliq aks ettirilishi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916926" id="-3916926">3.33. Qimmatli qogʻozlar tashkilotda saqlanganida ularni inventarizatsiyasi kassadagi pul mablagʻlarini inventarizatsiyasi bilan bir vaqtda oʻtkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916927" id="-3916927">3.34. Qimmatli qogʻozlarni inventarizatsiyasi alohida emitentlar boʻyicha oʻtkazilib, dalolatnomada nomi, seriyasi, raqami, nominal va haqiqiy qiymati, uzish muddatlari va umumiy summasi koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916928" id="-3916928">Har bir qimmatli qogʻoz rekvizitlari xoʻjalik yurituvchi subyekt roʻyxatlari (reyestrlari, kitoblari) maʼlumotlari bilan taqqoslanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916929" id="-3916929">3.35. Maxsus tashkilotlarga (qimmatli qogʻozlarni saqlaydigan maxsus joy bank-depozitariy va h.k.) saqlash uchun topshirilgan qimmatli qogʻozlarni inventarizatsiyasi xoʻjalik yurituvchi subyekt buxgalteriya hisobining tegishli schyotlarida qayd etilgan summalar qoldiqlarini ushbu maxsus tashkilotlar koʻchirmalari maʼlumotlari bilan solishtirishdan iborat boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916930" id="-3916930">3.36. Boshqa tashkilotlarning ustav kapitallariga moliyaviy qoʻyilmalar, shuningdek, boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarga berilgan qarzlar inventarizatsiyada hujjatlar bilan tasdiqlanishi kerak.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3916932" id="-3916932">Tovar-moddiy qiymatliklarni inventarizatsiyasi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916941" id="-3916941">3.37. Tovar-moddiy qiymatliklarni inventarizatsiyasi, qoidaga koʻra, mazkur xonada qiymatliklarning joylashish tartibida bajarilishi kerak. Inventarizatsiya vaqtida bir turdagi tovar-moddiy qiymatliklardan boshqasiga tartibsiz oʻtishga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916942" id="-3916942">Tovar-moddiy qiymatliklar turli alohida xonalarda bitta moddiy javobgar shaxsda saqlanganda inventarizatsiya saqlash joylari boʻyicha ketma-ketlikda oʻtkaziladi. Qiymatliklar tekshirilganidan keyin xona eshigi plombalanadi va komissiya ishlash uchun keyingi xonaga oʻtadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916944" id="-3916944">3.38. Tovar-moddiy qiymatliklar inventarizatsiyasi roʻyxatiga nomenklatura raqami, turi, guruhi, artikuli, navi va miqdori koʻrsatilib har bir nom boʻyicha kiritiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916946" id="-3916946">3.39. Ishchi inventarizatsiya komissiyasi raisi yoki uning topshirigʻiga koʻra komissiya aʼzolari ombor (omborxona) mudiri va boshqa moddiy javobgar shaxslar ishtirokida tovar-moddiy qiymatliklarning haqiqatda mavjudligini ularni majburiy sanash, tarozida tortish yoki qayta oʻlchash yoʻli bilan tekshiradilar. Roʻyxatlarga qiymatliklar qoldigʻi haqidagi maʼlumotlarni moddiy javobgar shaxslar ogʻzidan yoki haqiqatda mavjudligini tekshirmasdan turib hisob maʼlumotlari boʻyicha qayd etish qatʼiyan taqiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916947" id="-3916947">3.40. Inventarizatsiya vaqtida kelib tushadigan tovar-moddiy qiymatliklar moddiy javobgar shaxslar tomonidan inventarizatsiya komissiyasi aʼzolari ishtirokida qabul qilinadi va inventarizatsiyadan soʻng reyestr yoki tovar hisoboti boʻyicha kirim qilinadi. Ushbu tovar-moddiy qiymatliklar “Inventarizatsiya vaqtida kelib tushgan tovar-moddiy qiymatliklar” nomi bilan alohida roʻyxatga kiritiladi. Roʻyxatda ular qachon, kimdan kelib tushgani, kirim hujjatining sanasi va raqami, nomi, miqdori, narxi va summasi koʻrsatiladi. Bir vaqtning oʻzida kirim hujjatida inventarizatsiya komissiyasi raisining imzosi bilan ana shu qiymatliklar qayd etilgan roʻyxat sanasiga havola qilgan holda “inventarizatsiyadan keyin” belgisi qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916949" id="-3916949">3.41. Inventarizatsiya uzoq vaqt oʻtkazilganda alohida hollarda va faqat xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari va bosh buxgalterining yozma ruxsati bilan inventarizatsiya jarayonida tovar-moddiy qiymatliklar moddiy javobgar shaxslar tomonidan inventarizatsiya komissiyasi aʼzolari ishtirokida berilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916951" id="-3916951">Ushbu qiymatliklar “Inventarizatsiya vaqtida berilgan tovar-moddiy qiymatliklar” deb nomlangan alohida inventar roʻyxatiga kiritiladi. Bu roʻyxat inventarizatsiya vaqtida kelib tushgan tovar-moddiy qiymatliklarga oid hujjatlarga oʻxshab rasmiylashtirilishi kerak. Chiqim hujjatlarida inventarizatsiya komissiyasi raisining imzosi bilan belgi qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916952" id="-3916952">3.42. Boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarga tegishli boʻlgan va masʼul saqlashda boʻlgan tovar-moddiy qiymatliklar oʻzining tovar-moddiy qiymatliklari bilan bir vaqtda inventarizatsiya qilinadi. Ushbu qiymatliklarga alohida inventarizatsiya roʻyxati tuziladi va unda ushbu qiymatliklarni masʼul saqlashga qabul qilingani tasdiqlanadigan tegishli hujjatlarga havola beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916953" id="-3916953">3.43. Yoʻlda boʻlgan, yuklab joʻnatilgan, xaridorlar tomonidan haqi muddatida toʻlanmagan, boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar omborlarida boʻlgan tovar-moddiy qiymatliklarni inventarizatsiyasi tegishli schyotlarda koʻrsatilgan summalarning asosliligini sinchiklab tekshirishni oʻz ichiga oladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916954" id="-3916954">Ushbu tovar-moddiy qiymatliklarni (yoʻldagi, yuklab joʻnatilgan va hokazo tovarlar) hisobga oluvchi schyotlarda tegishlicha rasmiylashtirilgan hujjatlar bilan tasdiqlangan summalargina qolishi mumkin: yoʻlda boʻlganlari boʻyicha — mol yetkazib beruvchilarning schyot — toʻlov talabnomalari yoki ularning oʻrnini bosadigan hujjatlar bilan; yuklab joʻnatilganlari boʻyicha — xaridorlarga taqdim etgan schyot-fakturalar nusxalari va toʻlov talabnomalari nusxalari bilan; toʻlash muddati oʻtganlar boʻyicha — bank muassasasining kartotekalarda toʻlov talabnomalari mavjudligini albatta tasdiqlashi bilan; boshqa tashkilotlarning omborlarida joylashganlari boʻyicha — inventarizatsiya sanasiga yaqin boʻlgan sanaga qayta rasmiylashtirilgan saqlangan tilxatlar bilan; bitta shahardagi mol yetkazib beruvchilarning omborlarida boʻlganlari boʻyicha — inventarizatsiyani oʻtkazish sanasida qayta rasmiylashtirilgan saqlangan tilxatlar bilan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916956" id="-3916956">Ushbu schyotlar boshqa korrespondensiyalanuvchi schyotlar bilan oldindan solishtirilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916957" id="-3916957">Xaridorlar yoki buyurtmachilarga realizatsiya qilingan tovarlar, mahsulot (ish, xizmat) lar uchun haq toʻlashda uzoq vaqt kechikish yuz berganda ushbu kechikishning sabablari aniqlanadi va inventarizatsiya komissiyasining bayonnomasida qayd etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916958" id="-3916958">Kelib tushgan tovar-moddiy qiymatliklar kirim qilinmaganligi faktlari aniqlanganda ularni olgan shaxslarning tushuntirishlari talab qilinishi, suiisteʼmollik holatida esa materiallar tergov organlariga oshirilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916960" id="-3916960">3.44. Yoʻlda boʻlgan, yuklab joʻnatilgan, xaridorlar tomonidan muddatida toʻlanmagan va boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning omborlarida boʻlgan tovar-moddiy qiymatliklarga alohida inventarizatsiya roʻyxatlari (dalolatnomalari) tuziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916961" id="-3916961">Yoʻlda boʻlgan tovar-moddiy qiymatliklarga doir roʻyxatlarda har bir joʻnatma boʻyicha quyidagi maʼlumotlar keltiriladi: nomi (hujjatga muvofiq), miqdori va qiymati (hisob maʼlumotlariga binoan), yuklab joʻnatish sanasi, shuningdek, ushbu qiymatliklar tegishli schyotlarda hisobga olinishiga asos boʻlgan hujjatlarning roʻyxati va raqamlari. Bunda belgilangan muddatda kelib tushmagan hamda hisobda yoʻldagi materiallar va tovarlar sifatida qayd etilgan yuklar boʻyicha ularni qidirib topish uchun qanday choralar koʻrilganligini tekshirish zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916963" id="-3916963">3.45. Yuklab joʻnatilgan va xaridorlar haqini muddatida toʻlamagan tovar-moddiy qiymatliklarga doir roʻyxatlarda har bir alohida joʻnatma boʻyicha xaridorning nomi, tovar-moddiy qiymatliklarning nomi, yuklab joʻnatish sanasi, schyot-faktura yozilgan sana, schyot-fakturaning raqami va schyot-fakturaga doir summa keltiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916964" id="-3916964">3.46. Boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning omborlarida saqlanayotgan tovar-moddiy qiymatliklar roʻyxatlarga ushbu qiymatliklarni masʼul saqlashga topshirilganligini tasdiqlaydigan hujjatlar asosida kiritiladi. Ushbu qiymatliklarga doir roʻyxatlarda ularning nomi, miqdori, navi, haqiqatdagi qiymati (hisob hujjatlari boʻyicha), yukni saqlashga qabul qilish sanasi, saqlash joyi, hujjatlarning raqamlari va sanasi koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916966" id="-3916966">Ushbu qiymatliklar masʼul saqlashida boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlardan inventarizatsiya roʻyxatlarining nusxalari olinganda komissiya qiymatliklarning haqiqatdagi mavjudligini (inventarizatsiya roʻyxatlari nusxalarining maʼlumotlari asosida) hujjatlarga binoan belgilangan miqdor bilan taqqoslaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916967" id="-3916967">3.47. Boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarda qayta ishlashda boʻlgan tovar-moddiy qiymatliklarga doir roʻyxatlarda qayta ishlovchi korxonaning nomi, qiymatliklar nomi, miqdori, hisob maʼlumotlari boʻyicha haqiqatdagi qiymati, qiymatliklarni qayta ishlashga berish sanasi, hujjatlarning raqamlari va sanasi koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916968" id="-3916968">3.48. Foydalanishda boʻlgan inventar va xoʻjalik jihozlari ular joylashgan joyi va masʼul saqlashda boʻlgan shaxslar boʻyicha inventarizatsiya qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916969" id="-3916969">Inventarizatsiya har bir buyumni koʻzdan kechirish yoʻli bilan oʻtkaziladi. Inventarizatsiya roʻyxatlariga inventar va xoʻjalik jihozlari buxgalteriya hisobida qabul qilingan nomenklaturaga muvofiq nomlari boʻyicha kiritiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916970" id="-3916970">Xodimlarga yakka tartibda foydalanish uchun berilgan inventar va xoʻjalik jihozlari inventarizatsiya qilinganda guruhiy inventarizatsiya roʻyxatlarini tuzishga yoʻl qoʻyiladi, ularda ana shu jihozlar uchun masʼul boʻlgan, ularga shaxsiy kartochkalar ochilgan shaxslar koʻrsatilib, inventraizatsiya yozuv roʻyxatlarida tilxatga imzo chektiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916971" id="-3916971">Roʻyxatlarda inventar va xoʻjalik jihozlarining boshlangʻich qiymati koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916972" id="-3916972">Yuvish va tuzatishga yuborilgan maxsus kiyim (korjoma) va sochiq-dasturxonlar inventarizatsiya roʻyxatiga maishiy xizmat koʻrsatish korxonalarining qaydnoma-yukxatlari yoki kvitansiyalari asosida yozilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916975" id="-3916975">Yaroqsiz holga kelgan va hisobdan chiqarilmagan inventar va xoʻjalik jihozlarga ishchi inventarizatsiya komissiyasi tomonidan foydalanish vaqti, yaroqsiz boʻlish sabablari, ushbu buyumlardan xoʻjalik maqsadlarida foydalanish imkoniyatlari koʻrsatilib dalolatnomalar tuziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916977" id="-3916977">3.49. Idish roʻyxatlarga turlari, maqsadli vazifasi va sifat holatiga (yangi, ishlatilgan, tuzatishni taqozo etadigan va h.k.) binoan kiritiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916979" id="-3916979">Tekshirish oldidan boʻsh idish (tara) turlari boʻyicha tanlanishi kerak, yaʼni:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916982" id="-3916982">yogʻoch idishlar (yashiklar, bochkalar);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916984" id="-3916984">karton idishlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916986" id="-3916986">metall idishlar (flyagalar, barabanlar);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916987" id="-3916987">toʻqimachilik idishlari (qoplari).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916989" id="-3916989">Yaroqsiz holga kelgan idishlarga ishchi inventarizatsiya komissiyasi tomonidan sabablari va idish uchun masʼul shaxslar koʻrsatilib dalolatnoma tuziladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3916992" id="-3916992">Tugallanmagan ishlab chiqarish va kelgusi davrlar xarajatlarini inventarizatsiyasi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916994" id="-3916994">3.50. Tugallanmagan ishlab chiqarishni inventarizatsiyasi uning hajmlari va haqiqiy tannarxini Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1999-yil 5-fevralda 54-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi toʻgʻrisidagi <a href="/mact/-264422#-264459">nizom</a> va uning asosida ishlab chiqilgan tarmoq yoʻriqnomalari bilan oʻrnatilgan tartibga muvofiq belgilash maqsadini qoʻyadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916996" id="-3916996">Sanoat korxonalariga kelsak, misol uchun, quyidagilar zarur:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916998" id="-3916998">ishlab chiqarishda boʻlgan buyumlarga doir zaxiralar (detallar, uzellar, agregatlar) va tayyorlanishi hamda yigʻilishi tugallanmagan buyumlarning haqiqatda mavjudligini aniqlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3917000" id="-3917000">hisobga olinmagan yaroqsiz mahsulotni aniqlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3917002" id="-3917002">tugallanmagan ishlab chiqarish (zaxiralar)ning haqiqatda komplektlangani va yigʻishning detallar bilan taʼminlanganini aniqlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3917005" id="-3917005">bekor qilingan buyurtmalar, shuningdek, bajarilishi toʻxtatib qoʻyilgan buyurtmalar boʻyicha tugallanmagan ishlab chiqarish qoldigʻini aniqlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3917007" id="-3917007">ishlab chiqarishda boʻlgan zaxiralar (detallar, uzellar, agregatlar) va tayyorlanishi hamda yigʻilishi tugallanmagan buyumlarning ishlab chiqarish tannarxini aniqlash.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3917009" id="-3917009">3.51. Inventarizatsiya boshlanishidan oldin omborlarga sexlar uchun zarur boʻlmagan barcha materiallar, xarid qilingan detallar va yarim tayyor mahsulotlar, shuningdek, ishlov berilishi mazkur bosqichda tugallangan barcha detallar, uzellar va agregatlar topshirilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3917012" id="-3917012">Sexlarda boʻlgan tugallanmagan ishlab chiqarish zaxiralari va yarim tayyor mahsulotlar ularning miqdorini toʻgʻri va qulay usulda sanashni taʼminlaydigan tartibga keltirilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3917016" id="-3917016">3.52. Tugallanmagan ishlab chiqarish zaxiralari (detallar, uzellar, agregatlar) qoldigʻini tekshirish haqiqatda sanash, tarozida tortish, oʻlchash yoʻli bilan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3917019" id="-3917019">Roʻyxatlar har bir sex (uchastka, boʻlim) boʻyicha zaxiralar nomi, ularning tayyorlik bosqichi yoki darajasi, miqdori yoki hajmini koʻrsatib, qurilish-montaj ishlari boʻyicha esa — ularga doir hisob-kitoblar ularga doir ishlar toʻla tugallanganidan keyin, oraliq toʻlovlarsiz amalga oshiriladigan tugallanmagan korxonalar, ularning navbatlari, obyektlari, ishga tushiriladigan majmualar boʻyicha ishlar hajmini koʻrsatib; konstruktiv elementlar va ish turlarining tugallanmagan qismlari boʻyicha tuziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3917021" id="-3917021">Ish joylarida boʻlgan, ishlov berilmagan xom ashyo, materiallar va xarid qilinadigan yarim tayyor mahsulotlar tugallanmagan ishlab chiqarish roʻyxatiga kiritilmaydi, balki alohida inventarizatsiya qilinadi va alohida roʻyxatlarda qayd etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3917023" id="-3917023">Uzil-kesil yaroqsizga chiqarilgan detallar tugallanmagan ishlab chiqarish tarkibiga kiritilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3917027" id="-3917027">3.53. Bir xildagi massa boʻlmagan yoki aralashma boʻlgan (tegishli sanoat tarmoqlarida) tugallanmagan ishlab chiqarish boʻyicha inventarizatsiya roʻyxatlarida, shuningdek, solishtirish qaydnomalarida ikkita miqdoriy koʻrsatkich keltiriladi: ushbu massa yoki aralashma miqdori va uning tarkibiga kiradigan xom ashyo yoki materiallar (alohida nomlar boʻyicha) miqdori. Xom ashyo yoki materiallar miqdori tarmoq yoʻriqnomalarida oʻrnatilgan tartibda texnik hisob-kitoblar bilan aniqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3917029" id="-3917029">3.54. Tugallanmagan kapital qurilishning mavjudligi va hajmi inventarizatsiya paytida uning toʻlangan qismini naturada tekshirish yoʻli bilan belgilanadi. Inventarizatsiya dalolatnomalarida obyekt nomi va mazkur obyekt boʻyicha bajarilgan ishlar hajmi har bir alohida ish turi, konstruktiv unsurlar, uskunalar va hokazolar boʻyicha koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3917031" id="-3917031">Inventarizatsiya komissiyasi quyidagilarni tekshirishi kerak:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3917034" id="-3917034">tugallanmagan kapital qurilish tarkibida montajga berilgan, lekin haqiqatda montaji boshlanmagan uskuna yoʻqligini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3917036" id="-3917036">konservatsiyalangan va vaqtincha qurilishi toʻxtatilgan obyektlarning holatini.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3917038" id="-3917038">Mazkur obyektlar boʻyicha, xususan, ularni konservatsiyalash uchun sabablar va asosni aniqlash zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3917040" id="-3917040">3.55. Qabul qilinishi va foydalanishga topshirilishi tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilmagan, qurilishi tugallangan, haqiqatda toʻliq yoki qisman foydalanishga topshirilgan obyektlarga alohida dalolatnomalar tuziladi. Tugallangan, lekin nimagadir foydalanishga topshirilmagan obyektlarga ham alohida dalolatnomalar tuziladi. Dalolatnomalarda koʻrsatilgan obyektlarni foydalanishga topshirishni rasmiylashtirish kechikish sabablarini ham koʻrsatish lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3917044" id="-3917044">3.56. Qurilishi tugallangan obyektlarga, shuningdek, amalga oshirilmagan, balansdan oʻchirilishi kerak boʻlgan qurilish boʻyicha loyihalash-tadqiqot ishlariga dalolatnomalar tuziladi va ularda qurilishni toʻxtatish sabablari koʻrsatilgan holda bajarilgan ishlar xarakteri va ularning qiymati toʻgʻrisida maʼlumotlar keltiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3917045" id="-3917045">Buning uchun tegishli texnik hujjatlar, ishlar, bosqichlarni topshirish dalolatnomalari, qurilish obyektlarida bajarilgan ishlarni hisobga olish jurnallari va boshqa hujjatlardan foydalanilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3917047" id="-3917047">3.57. Binolar, inshootlar, mashinalar, uskunalar, energetik qurilmalar va boshqa obyektlarning tugallanmagan kapital taʼmirlarini inventarizatsiyasi naturada ishlar holatini tekshirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3917050" id="-3917050">Tugallanmagan kapital taʼmirga taʼmirlanayotgan obyekt nomi, ishlar nomi va bajarish foizi, bajarilgan ishlarning smetadagi va haqiqiy qiymatlari koʻrsatiladigan dalolatnoma tuziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3917052" id="-3917052">3.58. Inventarizatsiya komissiyasi hujjatlar boʻyicha kelgusi davrlar xarajatlari schyotida aks ettirilishi kerak boʻlgan summani aniqlaydi va roʻyxatga kiritadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3917053" id="-3917053">Koʻrsatilgan xarajatlarni hisobga olish tartibi Buxgalteriya hisobining <a href="/mact/-809350">milliy standarti</a> (21-sonli BHMS) “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar moliyaviy-xoʻjalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlari rejasi va uni qoʻllash boʻyicha Yoʻriqnoma” (roʻyxat raqami 1181, 2002-yil 23-oktabr)da belgilanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3917054" id="-3917054">Hayvonlar va yosh hayvonlarni inventarizatsiyasi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3917055" id="-3917055">3.59. Katta yoshli mahsuldor va ish hayvonlari inventarizatsiya roʻyxatlarida qayd etiladi va ularda: hayvonning raqami (birka, tamgʻasi), hayvonning laqabi, tugʻilgan yili, nasli, semizligi, hayvonning tirik vazni (ogʻirligi) (vazni (ogʻirligi) koʻrsatilmaydigan otlar, tuyalar, xachirlar, bugʻulardan tashqari) va boshlangʻich qiymati koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3917056" id="-3917056">Hayvonning nasli uni bonitirovkalash maʼlumotlari asosida koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3917057" id="-3917057">Qoramollar, ish hayvoni, choʻchqalar (urgʻochi va erkak choʻchqalar), qoʻy va boshqa hayvonlarning alohida qimmatli nusxalari (nasldor oʻzagi) roʻyxatlarga yakka tartibda kiritiladi. Guruh tartibida hisobga olinadigan asosiy podaning boshqa hayvonlari roʻyxatlarga yosh va jins guruhlari boʻyicha kiritilib, har bir guruh boʻyicha boshlar soni va tirik vazni (ogʻirligi) koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3917058" id="-3917058">3.60. Yosh qoramollar, yosh nasldor otlar va ish hayvonlari inventarlash roʻyxatlariga yakka tartibda inventar raqamlari, laqablari, jinsi, nasli va hokazolar koʻrsatilib kiritilib.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3917059" id="-3917059">Boquvdagi hayvonlar, yosh choʻchqalar, qoʻy va echkilar, parranda hamda guruh tartibida hisobga olinadigan boshqa tur hayvonlar roʻyxatlarga hisob registrlarida qabul qilingan nomenklaturaga koʻra har bir guruh boʻyicha boshlar soni va tirik vazn (ogʻirlik) koʻrsatilib kiritiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3917060" id="-3917060">Roʻyxatlar hayvon turlari boʻyicha sexlar, fermalar, boʻlimlar, brigadalar boʻyicha, hisob guruhlari va moddiy javobgar shaxslarga kesimida tuziladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3917061" id="-3917061">Pul mablagʻlari, qiymatliklar va qatʼiy hisobdagi blanklarni inventarizatsiyasi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3917062" id="-3917062">3.61. Kassa inventarizatsiya qilinganda pul mablagʻlari va kassada boʻlgan boshqa qiymatliklarning haqiqatda mavjudligi tekshiriladi. Qatʼiy hisobot blanklari ham tekshiruvdan oʻtkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3917063" id="-3917063">Kassada pul mablagʻlarining haqiqatda mavjudligi hisob-kitob qilinganda pul belgilari, pochta markalari va davlat boji markalari hisobga olinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3917064" id="-3917064">Hech qanday hujjat yoki tilxatlar kassadagi naqd pul qoldigʻiga kiritilmaydi. Kassirning kassada mazkur xoʻjalik yurituvchi subyektga tegishli boʻlmagan pul mablagʻlari va boshqa qiymatliklar borligi toʻgʻrisidagi bayonotlari eʼtiborga olinmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3917065" id="-3917065">3.62. Naqd pul mablagʻlarini inventarizatsiya dalolatnomasida qiymatliklar qoldigʻi inventarizatsiya kunida naturada va hisob maʼlumotlari boʻyicha koʻrsatiladi va inventarizatsiya natijasi aniqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3917066" id="-3917066">Qatʼiy hisobdagi blanklarning haqiqatda mavjudligini tekshirish blank turlari boʻyicha u yoki bu blanklarning boshlangʻich va oxirgi raqamlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Mazkur tekshirish natijalari maxsus roʻyxat bilan rasmiylashtiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3917067" id="-3917067">3.63. Yoʻldagi pul mablagʻlarini inventarizatsiyasi buxgalteriya hisobi schyotlarida qayd etilgan summalarni bank muassasalari, pochta boʻlimi va hokazolarning kvitansiyalari maʼlumotlari bilan solishtirish vositasida amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3917068" id="-3917068">3.64. Bankda hisob-kitob va joriy schyotlar, akkreditivlar, maxsus, alohida va boshqa schyotlarda boʻlgan pul mablagʻlarini inventarizatsiyasi xoʻjalik yurituvchi subyekt buxgalteriyasining maʼlumotlari boʻyicha tegishli schyotlarda qayd etilgan summalar qoldigʻini bank koʻchirmasidagi maʼlumotlar bilan solishtirish orqali amalga oshiriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3917069" id="-3917069">Hisob-kitoblarni inventarizatsiyasi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3917070" id="-3917070">3.65. Ssudalar boʻyicha banklar, budjet, xaridorlar, mol yetkazib beruvchilar, hisobdor shaxslar, ishchi va xizmatchilar, deponentlar hamda boshqa debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblarni inventarizatsiyasi tegishli hujjatlar boʻyicha qoldiqlarni aniqlash va buxgalteriya hisobi schyotlarida qayd etilgan summalarning asosliligini sinchiklab tekshirishga asoslanadi. Komissiya debitor va kreditorlar schyotlari boʻyicha qarzlarning paydo boʻlishi, ularning realligi va shunday boʻlgan taqdirda, daʼvo etish muddatlarini oʻtkazib yuborishda aybdor shaxslarni aniqlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3917071" id="-3917071">“Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar” schyotining yoʻldagi tovarlar va faktura qilinmagan mollar boʻyicha mol yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblar summalariga doir qismi alohida sinchiklab tekshirilishi kerak. U hujjatlar va korrespondensiyalanuvchi schyotlari bilan muvofiqlashuvi boʻyicha tekshiriladi. Bunda faktura qilinmagan yetkazib berishlar tarkibida majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar yoki olinadigan schyotlar aks ettirilgan summalar yoki haqiqatda toʻlangan va olingan, lekin yoʻlda deb hisoblanuvchi materiallar va tovarlar summalari aks ettirilmaganligi aniqlashtiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3917072" id="-3917072">Mol yetkazib beruvchilarning schyotlarida faktura qilinmagan mollar boʻyicha qolgan summalarga, ushbu schyot buxgalteriya tomonidan tekshirilgach, mol yetkazib beruvchilardan schyot-fakturalar talab qilinishi kerak. Mol yetkazib beruvchilar xaridorlarga schyot-fakturalar taqdim etishlari yoki ularni taqdim etmaslik sabablarini maʼlum qilishlari kerak. Agar mol yetkazib beruvchida qarz boʻlmasa, u buni xaridorga maʼlum qilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3917073" id="-3917073">3.66. Ishchi va xizmatchilarga qarzlar boʻyicha oʻz vaqtida talab qilib olinmagan, deponentlar schyotiga oʻtkazilishi kerak boʻlgan ish haqi summalari, shuningdek, ishchi va xizmatchilarga ortiqcha toʻlovlar summalarini va yuzaga kelish sabablari aniqlanishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3917074" id="-3917074">3.67. Hisobdor shaxslarga berilgan summalar inventarizatsiya qilinganda maqsadli foydalanilishini hisobga olgan holda hisobdor shaxslarga berilgan boʻnaklar boʻyicha hisobotlari, shuningdek har bir hisobdor shaxs boʻyicha berilgan boʻnaklar summalari, ularni berish sanalari va maqsadli foydalanilishi tekshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3917075" id="-3917075">3.68. Ishchi inventarizatsiya komissiyasi hujjatli tekshirish yoʻli bilan quyidagilarni ham aniqlashi kerak:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3917076" id="-3917076">banklar, xoʻjalik yurituvchi subyekt boʻlimlari bilan hisob-kitoblarning aynanligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3917077" id="-3917077">balans boʻyicha qayd etilgan kamomad va oʻgʻirliklarga doir qarz summalari toʻgʻriligi va asosliligi hamda ana shu qarzni undirish uchun qabul qilingan choralar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3917078" id="-3917078">balans boʻyicha qayd etilgan debitorlik, kreditorlik va deponentlik qarzlari summalarining toʻgʻriligi va asoslangani, shuningdek, debitorlik qarzini majburiy tartibda undirishga daʼvolar taqdim etilganligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3917079" id="-3917079">muddati oʻtgan debitorlik qarzi mavjudligi sabablari.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3917087" id="-3917087">4. Inventarizatsiya boʻyicha solishtirish qaydnomalarini tuzish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3917153" id="-3917153">4.69. Solishtirish qaydnomalari inventarizatsiyada hisob maʼlumotlaridan tafovutlar aniqlangan qiymatliklar boʻyicha tuziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3917154" id="-3917154">Solishtirish qaydnomalarida inventarizatsiya natijalari, yaʼni buxgalteriya hisobi maʼlumotlari boʻyicha koʻrsatkichlar va inventarizatsiya roʻyxatlari (dalolatnomalari) maʼlumotlari oʻrtasidagi tafovutlar aks ettiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3917155" id="-3917155">Tovar-moddiy qiymatliklarning ortiqcha va kamomadi qiymati solishtirish qaydnomalarida ularning buxgalteriya hisobidagi bahosiga muvofiq keltiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3917156" id="-3917156">Inventarizatsiya natijalarini rasmiylashtirish uchun inventarizatsiya roʻyxatlari (dalolatnomalari) va solishtirish qaydnomalarining koʻrsatkichlari birlashtirilgan yagona registrlar qoʻllanishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3917157" id="-3917157">Korxonaga tegishli boʻlmagan, lekin buxgalteriya hisobida qayd etilgan (masʼul saqlashda boʻlgan, ijaraga olingan, qayta ishlash uchun olingan) qiymatliklarga alohida solishtirish qaydnomalari tuziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3917158" id="-3917158">Solishtirish qaydnomalari texnika vositalari, axborot tizimi va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda yoki qoʻlda tuzilishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3917222" id="-3917222">5. Inventarizatsiyadagi farqlarni tartibga solish va inventarizatsiya natijalarini rasmiylashtirish tartibi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3917223" id="-3917223">5.70. Inventarizatsiya va boshqa tekshirishlarda aniqlangan qiymatliklarning haqiqatda mavjudligi buxgalteriya hisobi maʼlumotlaridan farqlari quyidagicha tartibga solinadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3917225" id="-3917225">ortiqcha chiqqan asosiy vositalar, moddiy qiymatliklar, pul mablagʻlari va boshqa mol-mulk kirim qilinishi va tegishlicha xoʻjalik yurituvchi subyektning moliyaviy natijalariga yoki budjet tashkilotini moliyalashtirishni (fondlarni) koʻpaytirishga qayd etilishi, keyinchalik ortiqcha chiqish sabablari va aybdor shaxslar aniqlanishi kerak;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3917226" id="-3917226">oʻrnatilgan meʼyorlar doirasida qiymatliklarning yoʻqolishi xoʻjalik yurituvchi subyektlar rahbarlarining farmoyishiga koʻra ishlab chiqarish va davr xarajatlariga yoki budjet tashkilotlarini moliyalashtirishni (fondlarni) kamaytirishga hisobdan chiqariladi. Yoʻqotish meʼyorlari haqiqatda kamomad aniqlangan hollardagina qoʻllanishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3917227" id="-3917227">Bunda oʻrnatilgan meʼyorlar doirasida qiymatliklarning yoʻqolishi qiymatliklar kamomadi qayta navlarga ajratishdagi ortiqchalar bilan hisobga olgach belgilanishiga eʼtibor beriladi. Agar belgilangan tartibda oʻtkazilgan qayta navlarga ajratish boʻyicha hisobga olingandan keyin ham qiymatliklar kamomadi mavjud boʻlsa, tabiiy yoʻqolish meʼyorlari kamomad aniqlangan qiymatliklar nomi boʻyichagina qoʻllanishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3917228" id="-3917228">Tasdiqlangan meʼyorlar boʻlmagan taqdirda yoʻqolish meʼyorlardan ortiqcha kamomad sifatida qaraladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3917229" id="-3917229">yoʻqolish meʼyorlaridan ortiqcha qiymatliklar kamomadi, shuningdek, qiymatliklar buzilishidan koʻrilgan yoʻqotishlar aybdor shaxslardan undirib olishga qaratiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3917230" id="-3917230">Suiisteʼmolliklar oqibati boʻlgan kamomad va yoʻqotishlar aniqlanganda tegishli materiallar kamomad va yoʻqotishlar aniqlangandan soʻng 5 kun davomida tergov organlariga berilishi kerak, aniqlangan kamomad va yoʻqotishlar summasiga esa fuqarolik daʼvosi taqdim etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3917231" id="-3917231">kamomad va buzilishlarning aniq aybdorlari aniqlanmagan hollarda, qiymatliklarning yoʻqotish meʼyorlaridan ortiqcha kamomadi va qiymatliklar buzilishidan yoʻqotishlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1999-yil 5-fevralda 54-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi toʻgʻrisidagi <a href="/mact/-264422#-264459">nizomga</a> muvofiq xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan ishlab chiqarish va davr xarajatlariga hisobdan chiqarilishi yoki budjet tashkilotida moliyalashtirishni (fondlarni) kamaytirishga aks ettirilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3917233" id="-3917233">Bunda qiymatliklar yoʻqotish meʼyorlaridan ortiqcha kamomadini va qiymatliklarni buzilishidan yoʻqotishlarni hisobdan chiqarishni rasmiylashtirish uchun taqdim etiladigan hujjatlarda shunday kamomad va yoʻqotishlarning oldini olish boʻyicha qabul qilingan choralar koʻrsatilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3917234" id="-3917234">Qiymatliklar buzilishi holati toʻgʻrisidagi xulosalar texnik nazorat boʻlimi yoki sifat boʻyicha tegishli inspeksiyalardan olinishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3917235" id="-3917235">Tabiiy yoʻqolish meʼyorlaridan ortiqcha qiymatliklar kamomadi va buzilishini hisobdan chiqarilishini rasmiylashtirish uchun taqdim etiladigan hujjatlarda tergov yoki sud organlarining aybdor shaxslar yoʻqligini tasdiqlaydigan yoki aybdor shaxslardan zarar undirilishi rad etilgan qarorlari yoki texnik nazorat boʻlimi yoki tegishli ixtisoslashtirilgan tashkilotlardan (sifat boʻyicha inspeksiyalar va hokazolardan) olingan qiymatliklar buzilishi holati toʻgʻrisida xulosa boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3917236" id="-3917236">Qayta navlarga ajratish orqali oʻzaro qoplash natijasida ortiqcha chiqish va kamomadlarning oʻzaro hisobga olinishiga birgina tekshirilayotgan davr uchun, birgina tekshirilayotgan shaxsda, birgina nomdagi tovar-moddiy qiymatliklarga nisbatan va ishonchli shaxs ruxsatiga koʻra aynan bir xil miqdorlarda istisno tarzida yoʻl qoʻyilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3917237" id="-3917237">Yoʻl qoʻyilgan qayta navlarga ajratish toʻgʻrisida moddiy javobgar shaxslar ishonchli shaxsga batafsil tushuntirish taqdim etadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3917238" id="-3917238">Moddiy javobgar shaxslar aybi boʻlmagan holda qayta navlarga ajratishda hosil boʻlgan qiymatdagi kamomad farqiga inventarizatsiya bayonnomalarida bunday farq aybdor shaxslarga kiritilmasligi xususida uzil kesil tushuntirish berilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3917239" id="-3917239">5.71. Inventarizatsiya natijalari inventarizatsiya tugagan oydagi hisob va hisobotda, yillik inventarizatsiyada esa yillik moliyaviy hisobotda aks ettirilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3917240" id="-3917240">5.72. Hisobot yilida oʻtkazilgan inventarizatsiya natijalari maʼlumotlari inventarizatsiyada aniqlangan natijalar qaydnomasida (5-ilova<a href="/mact/-812952#-3917245">*</a>) umumlashtiriladi.</div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-3917245" id="-3917245">* <a href="/mact/476407#477338">1 — 18-ilovalar</a> rus tilidagi matnda berilgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3917241" id="-3917241">5.73. Inventarizatsiya vaqtida aniqlangan qiymatliklar haqiqatda mavjudligi bilan buxgalteriya hisobi maʼlumotlari oʻrtasidagi tafovutlarni tartibga solish toʻgʻrisidagi takliflar koʻrib chiqish uchun xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbariga taqdim etiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3917242" id="-3917242">6. Kuchga kirish sanasi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3917243" id="-3917243">6.74. Mazkur Buxgalteriya hisobining milliy standarti Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatga olingan paytdan boshlab kuchga kiradi.</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
