Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Yer
kodeksini, “
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisida”, “
Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”, “
Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini hayotga tatbiq etish bilan bogʻliq normativ-huquqiy hujjatlarini tayyorlash boʻyicha Respublika komissiyasi tomonidan mulkiy paylarni joriy etish va Qishloq xoʻjaligi kooperativlarini tashkil qilish, mulkiy paylarni shakllantirish hamda ular boʻyicha dividentlar toʻlash mexanizmini yaratish, oilaviy (jamoa) pudratni keng joriy etish, fermer va dehqon xoʻjaliklarini yanada rivojlantirish asosida qishloq xoʻjaligi korxonalarini qayta oʻzgartirish shart-sharoitlarini va tartibini belgilab beruvchi hukumat normativ hujjatlari ishlab chiqilgan va qabul qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzsharobsanoat” AJ, “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, qishloq xoʻjaligi korxonalari va tashkilotlari rahbarlari qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir qabul qilingan qonunlar va boshqa normativ hujjatlarning ogʻishmay amalga oshirilishini taʼminlasinlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Adliya vazirligi va Davlat matbuot qoʻmitasi qishloq xoʻjaligida islohotlarni chuqurlashtirishga doir barcha qonun hujjatlari hamda nizomlar toʻplamini koʻplab nusxada nashr qilsinlar va uni barcha xoʻjaliklarga yetkazsinlar.
2. Qishloq xoʻjaligini isloh qilish sohasida qabul qilingan qonunlar va boshqa normativ hujjatlarning amalda roʻyobga chiqarilishini nazorat qilish hamda tashkiliy-uslubiy yordam koʻrsatish uchun qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish Respublika komissiyasi 1-ilovaga
* muvofiq tarkibda tuzilsin.
Respublika komissiyasi huzurida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi va “Oʻzvinosanoat xoldingi” kompaniyasi xodimlaridan 5 kishidan iborat doimiy ishlovchi ishchi guruhi tuzilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining agrosanoat kompleksi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, davlat mulki qoʻmitasi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat xoldingi” kompaniyasi bir hafta muddatda ishchi guruhini tasdiqlangan shtatlar jadvali doirasida, guruh faoliyati koʻrsatadigan davrda ularning joriy xarajatlarini taʼminlagan holda yuqori malakali mutaxassislar bilan butlasin.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar hokimliklarining agrosanoat kompleksini rivojlantirish masalalari bilan shugʻullanuvchi birinchi oʻrinbosarlari raisligida qishloq xoʻjaligini isloh qilish boʻyicha hududiy komissiyalarni tuzsinlar.
5. Respublika komissiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda 1998-yilda qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari)ga aylantiriladigan jamoa xoʻjaliklarining aniq roʻyxati bir oy muddatda belgilansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-maydagi 212-son qarorining 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I. H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.