toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Majburiy raqamli markirovkalash tizimi samaradorligini oshirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Raqamli markirovkalash tizimi samaradorligini oshirish va bu boradagi nazorat mexanizmlarini takomillashtirish orqali aholini sifatli va ishonchli mahsulotlar bilan taʼminlash hamda yashirin iqtisodiyotni yanada qisqartirish maqsadida qaror qilaman:
I. Asosiy maqsad
1. Raqamli markirovkalangan mahsulotlarning harakat zanjirini toʻliq kuzatib borish orqali yashirin ishlab chiqarish va kontrafakt mahsulotlar muomalasiga chek qoʻyish.
II. Tadbirkorlik subyektlariga qoʻshimcha imkoniyatlar yaratish
2. Istiqbolli loyihalar milliy agentligi, Soliq qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqamli markirovkalash va kuzatish milliy axborot tizimi operatori (keyingi oʻrinlarda — Operator)ning quyidagi takliflari maʼqullansin:
(a) tadbirkorlik subyektlari tomonidan olingan markirovka kodlarini mahsulotlarga qoʻllash uchun belgilangan 90 kalendar kunlik muddatni bekor qilish. Bunda foydalanilmasdan turgan markirovka kodlari uchun amalga oshirilgan toʻlovlar yangi markirovka kodlarini sotib olishda hisobga olinadi;
(b) markirovka kodlari mahsulotga bevosita qoʻllangandan keyin ular uchun toʻlovni amalga oshirish;
(v) raqamli markirovkalangan mahsulotlarni agregatsiyalashda qoʻllanadigan markirovka kodlarini Operator tomonidan bepul taqdim etish;
(g) tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini tezkor hal etish maqsadida Operator tomonidan tunu kun ishlaydigan “Call-markaz” faoliyatini yoʻlga qoʻyish.
III. Ichki bozorda raqobat muhitini rivojlantirish
3. Belgilansinki, 2025-yil 1-iyuldan boshlab:
(a) import qiluvchi tashkilot tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan dori vositalarini ularning ulgurji va chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga toʻgʻridan-toʻgʻri yoki uning rasmiy dilerlari orqali realizatsiya qilish elektron hisobvaraq-faktura asosida amalga oshiriladi;
(b) raqamli markirovkalangan mahsulotlarni ulgurji sotish faqat naqd pulsiz shaklda bank hisobvaraqlari orqali amalga oshiriladi.
IV. Raqamli markirovkalashni nazorat qilish mexanizmlarini takomillashtirish
4. Soliq qoʻmitasi va Operator Raqamli markirovkalash va kuzatish milliy axborot tizimi uzluksiz ishlashini, import qilish, ishlab chiqarish, saqlash, tashish, ulgurji va chakana savdo jarayonlarida mahsulotlarga markirovka kodlari toʻgʻri qoʻllangani va haqiqiyligini tizimli nazorat qilishni taʼminlasin.
5. Soliq qoʻmitasi tuzilmasida uning umumiy shtat birliklari doirasida 38 ta shtat birligidan iborat Raqamli markirovka qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish boʻyicha hududlararo soliq inspeksiyasi tashkil etilsin va uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
(a) raqamli markirovkalangan mahsulotlar aylanmasining barcha bosqichlarida tizimli nazoratni taʼminlash;
(b) nazorat, baholash va xavfni tahlil qilish sohasida samarali usullarni ishlab chiqish, joriy etish va takomillashtirib borish;
(v) majburiy raqamli markirovkalanadigan mahsulotlar turini bosqichma-bosqich kengaytirish uchun amaliy tajriba-sinov (eksperiment) tadbirlarini oʻtkazish;
(g) xalqaro standartlar va ilgʻor tajribalarni oʻrganish asosida raqamli markirovkalash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish;
(d) majburiy raqamli markirovkalash tizimi talablari buzilishining oldini olish boʻyicha profilaktika va tushuntirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, jumladan, ogohlantirish tizimini qoʻllash;
(e) Raqamli markirovkalash va kuzatish milliy axborot tizimini takomillashtirish, maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yuritish asosida tahlil-monitoring tadbirlarini amalga oshirish.
6. Soliq qoʻmitasining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2025-yil 1-sentabrdan boshlab:
(a) xavfni tahlil qilish tizimida majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish holatlari soliq xavfi darajasini yuqori deb baholash uchun asos boʻladi;
(b) majburiy raqamli markirovkalanadigan mahsulotlarni realizatsiya qilishda markirovka kodi biriktirilmagan elektron hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi;
(v) majburiy raqamli markirovkalanadigan mahsulotlarni chakana realizatsiya qilishda:
(i) markirovka kodi kiritilgandan soʻng onlayn nazorat-kassa texnikasining kassa cheki shakllantiriladi;
(ii) avval foydalanilgan markirovka kodlari kiritilganda onlayn nazorat-kassa texnikasining kassa chekini shakllantirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
8. 2026-yil 1-yanvardan boshlab majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish holatlarini soliq organlarining axborot tizimi orqali aniqlash boʻyicha masofaviy soliq tekshiruvini oʻtkazish tartibi joriy etilsin. Bunda:
(a) tekshirish huquqini beruvchi maxsus guvohnoma olish talab etilmaydi;
(b) majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish holatlari aniqlanganda qoidabuzarliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida ogohlantirish beriladi;
(v) ikkinchi marta ogohlantirish berilgandan soʻng qoidabuzarlik holatlari aniqlanganda 2-ilovaga muvofiq miqdorlarda jarima qoʻllanadi;
(g) mazkur qarorga 2-ilovaning 4-bandidagi jarima qoʻllanilgan tadbirkorlik subyektlariga bir yil davomida qoʻshilgan qiymat soligʻi summasining oʻrni qoplanmaydi.
9. 2025-yil 1-sentabrdan boshlab farmatsevtika faoliyatini hamda dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalash talablariga quyidagilarni nazarda tutuvchi qoʻshimcha shartlar kiritilsin:
(a) yangidan tashkil etilgan subyektlarga litsenziya berishda:
(i) faoliyatini amalga oshirish uchun koʻchmas mulk boʻyicha ijara yoki tekin foydalanish shartnomasi soliq organlarida hisobga qoʻyilganligi;
(ii) dori vositalarini realizatsiya qilishda xaridorlardan toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha elektron toʻlov vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilganligi;
(b) soliq tekshiruvlarida kirim hujjatlarisiz (kontrafakt) va (yoki) markirovkalanmagan dori vositalarini sotib olish, tashish, saqlash yoki realizatsiya qilish holatlari aniqlanganda soliq organlari tashabbusiga koʻra vakolatli organ tomonidan tegishli subyekt litsenziyasining amal qilishini toʻxtatib turish.
V. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
10. Sogʻliqni saqlash vazirligi Soliq qoʻmitasi va Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda farmatsevtika faoliyatini litsenziyalashda qoʻshimcha talablar yuzasidan maʼlumot almashish tizimini yoʻlga qoʻysin.
11. Soliq qoʻmitasi:
(a) Savdo-sanoat palatasi va Biznes-ombudsman bilan birgalikda bir oy muddatda markirovka tizimining afzalliklarini tushuntirish boʻyicha media-reja ishlab chiqsin hamda 2025-yil yakuniga qadar ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilishini taʼminlasin;
(b) ikki oy muddatda quyidagilarni:
(i) Biznes-ombudsman bilan birgalikda masofaviy soliq tekshiruvini oʻtkazish tartibini;
(ii) Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda Raqamli markirovka qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish boʻyicha hududlararo soliq inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomni;
(iii) qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
13. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov hamda Soliq qoʻmitasi raisi Sh.D. Kudbiyev belgilansin.
14. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 23-may,
PQ-190-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-maydagi PQ-190-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining
tashkiliy tuzilmasi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-maydagi PQ-190-son qaroriga
2-ILOVA
Masofaviy soliq tekshiruvida majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish holatlari aniqlanganda qoʻllanadigan jarimalar miqdori

T/r

Ikkinchi marta ogohlantirish berilganidan soʻng qoidabuzarlik aniqlangan holatlar

Jarima miqdori

1.

Bir oy davomida birinchi marta

Realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 0,2 foizi

2.

Bir yil ichida ikkinchi marta

Realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 0,4 foizi

3.

Bir yil ichida uchinchi marta

Realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 1 foizi

4.

Bir yil ichida toʻrtinchi marta va undan keyingi holatlar

Realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 2 foizi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-maydagi PQ-190-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-iyundagi “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida””gi PQ-3802-son qarorida:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining “Soliq-servis” davlat unitar korxonasini va “Yangi texnologiyalar” ilmiy-axborot markazi” davlat unitar korxonasini Soliq qoʻmitasi muassisligida aksiyadorlik jamiyatlari sifatida qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi “Yangi texnologiyalar” ilmiy-axborot markazi” AJ va “Soliq-servis” AJlarni isloh qilish uchun maxsus vakolatli davlat organi etib belgilansin”;
ikkinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi — oʻn uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
uchinchi xatboshidagi “Soliq-servis” DUKning” soʻzlari “Soliq-servis” AJning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻn birinchi xatboshidagi “Davlat soliq qoʻmitasi” soʻzlari “Soliq qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(b) 9-banddagi “Soliq-servis” DUKning” soʻzlari “Soliq-servis” AJning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(v) 14-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(g) 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PQ-102-son qarori bilan tasdiqlangan Ommaviy savdolar orqali toʻliqligicha sotiladigan korxonalarning aksiya paketlari (ulushlari) roʻyxatining 672 va 673-pozitsiyalari chiqarib tashlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-noyabrdagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan Ulgurji va chakana savdo faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
(a) 10-bandning birinchi xatboshisi “amalga oshirilishiga ruxsat etiladi” soʻzlaridan keyin “(bundan identifikatsiya vositalari bilan majburiy raqamli markirovkalangan mahsulotlarni realizatsiya qilish mustasno)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
birinchi xatboshidagi “nazorat-kassa mashinalarini” soʻzlari “nazorat-kassa texnikalarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “nazorat-kassa mashinalaridan” soʻzlari “nazorat-kassa texnikalaridan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Chakana savdo korxonalari (yakka tartibdagi tadbirkorlar)ga tovarlarni aholiga va xoʻjalik yurituvchi subyektlarga naqd pulda nazorat-kassa texnikalaridan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa onlayn nazorat-kassa texnikalari yoki virtual kassadan foydalangan holda va hisob-kitoblarning naqd pulsiz shaklida, shu jumladan, plastik kartochkalardan toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminallaridan foydalangan holda sotishga ruxsat beriladi. Bunda chakana savdo faoliyati bilan shugʻullanayotgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan majburiy raqamli markirovkalangan tovarlarni realizatsiya qilishda ulgurji tarzda sotilishiga yoʻl qoʻyilmaydi”.
4. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi “Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimi bosqichma-bosqich joriy etilishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 833-son qarorida:
(a) 2-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Davlat soliq qoʻmitasi” soʻzlari “Soliq qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “Moliya vazirligining” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligining” soʻzlari bilan bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bevosita mahsulotga qoʻllaniladigan markirovka kodidan tashqari barcha turdagi kodlar Raqamli markirovkalash va kuzatish milliy axborot tizimi operatori tomonidan bepul tarzda taqdim etiladi”;
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
(v) 5 va 6-bandlardagi “Davlat soliq qoʻmitasi” soʻzlari “Soliq qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻttiz toʻrtinchi xatboshidagi “Davlat soliq qoʻmitasi” soʻzlari “Soliq qoʻmitasi” soʻzlari bilan, “davlat unitar korxonasi” soʻzlari “aksiyadorlik jamiyati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi qirq ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
servis-provayder — mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisining topshirigʻi boʻyicha markirovkalash kodining identifikatsiyalash vositasiga oʻzgartirilishini va identifikatsiyalash vositasining isteʼmol qadogʻiga va (yoki) guruhlangan qadogʻiga va (yoki) yorliqqa va (yoki) stikerga operator tomonidan taqdim etiluvchi distributsiyaning, nashrning va validatsiyaning dasturiy-apparat majmuasini qoʻllash bilan tushirilishini hamda identifikatsiyalash vositalarining validatsiyasini amalga oshiruvchi yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor”;
qirq ikkinchi — qirq yettinchi xatboshilar tegishlicha qirq uchinchi — qirq sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
17-bandning “z” kichik bandidagi “Davlat soliq qoʻmitasi” soʻzlari “Soliq qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
20-bandning “e” kichik bandidagi “Davlat soliq qoʻmitasi” soʻzlari “Soliq qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
29-bandning “p” kichik bandidagi “Davlat soliq qoʻmitasi” soʻzlari “Soliq qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
36-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Operator tomonidan taqdim etilayotgan markirovka kodlari uchun toʻlov ushbu kodlar bevosita mahsulotga yopishtirilgan vaqtda undiriladi”;
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“41. Mahsulot aylanmasining ishtirokchisi markirovkalash kodlarini raqamli identifikatsiyalash vositalariga aylantirishni va mahsulotlarga qoʻllanilishini, mahsulotlarni qadoqlashni yoki raqamli identifikatsiyalash vositalarini qoʻllash uchun moʻljallangan boshqa moddiy tashuvchini taʼminlaydi va Operatorga buyurtmalarni boshqarish stansiyasi orqali markirovkalash kodlarini qoʻllash toʻgʻrisidagi hisobotni yuboradi”;
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Foydalanilmagan markirovka kodlari uchun amalga oshirilgan toʻlovlar Operator tomonidan yangi markirovka kodlari taqdim etilishida hisobga olinadi”;
50-bandning “k” kichik bandidagi “Davlat soliq qoʻmitasi” soʻzlari “Soliq qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
51-bandning “v” kichik bandidagi “Davlat soliq qoʻmitasi” soʻzlari “Soliq qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
53-bandning “e” kichik bandidagi “Davlat soliq qoʻmitasi” soʻzlari “Soliq qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 13-bob bilan toʻldirilsin:
“13-bob. Servis-provayderlarning vazifalari va majburiyatlari
97. Markirovkalash kodlarini raqamli identifikatsiyalash vositalariga oʻzgartirish va ularni isteʼmol qadogʻiga va (yoki) guruhlangan qadoqqa va (yoki) yorliqqa va (yoki) stikerga tushirish mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisi bilan tuzilgan shartnoma asosida servis-provayder tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin.
Servis-provayderga toʻlovlar faqat koʻrsatilgan xizmatlar uchun shartnomada nazarda tutilgan shart va miqdorda amalga oshiriladi. Bunda shartnoma shartlari servis-provayder tomonidan bajarilmaganda, shartnomaga oid nizoli holatlar sud tartibida hal etiladi.
98. Servis-provayder markirovkalash kodlarini raqamli identifikatsiya vositalariga oʻzgartirish va ularni tushirish uchun quyidagilarga ega boʻlishi zarur:
a) elektron raqamli imzo;
b) mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisining topshirigʻi boʻyicha raqamli identifikatsiya vositasini oʻzgartirish va uni tushirish uchun yetarli boʻlgan, ammo mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisining qadoqlar, yorliqlar va stikerlar ishlab chiqarish uchun muntazam joylashtiriladigan buyurtmalaridan past boʻlmagan unumdorlik bilan ishlaydigan kompleks poligrafiya asbob-uskunasi;
v) quyidagilarni taʼminlovchi distributsiya, matbaa va validatsiya dasturiy-apparat kompleksi:
mahsulotlar aylanmasi ishtirokchilarining markirovkalash kodlarini himoyalangan holda saqlash;
mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisiga markirovkalash kodlarini yetkazib beruvchi aloqa kanalini himoya qilish;
mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisiga markirovkalash kodini yetkazib berish;
markirovkalash kodlarini raqamli identifikatsiyalash vositalariga oʻzgartirish (nashrni boshqarish);
raqamli identifikatsiyalash vositalarining tushirilish sifatini apparatli validatsiyalash (texnik koʻrish vositalarini qoʻllagan holda);
raqamli identifikatsiyalash vositalarini validatsiyalash moduli yordamida markirovkalash kodlarini raqamli identifikatsiyalash vositalariga oʻzgartirish toʻgʻrisida hisobotlarni shakllantirish va ularni markirovkalash axborot tizimiga kiritish;
markirovkalash qoidalariga rioya etish (tushirish sifatini validatsiyalashdan soʻng va markirovkalash kodidan foydalanish toʻgʻrisidagi hisobot shakllantirilgandan keyin tekshirish kodini oʻchirib tashlash);
alohida tezkor saqlash imkonini beradigan himoyalangan saqlagichdan mahsulotlar aylanmasi ishtirokchilarining markirovkalash kodlarini (ishlab chiqarish jarayonida markirovkalash kodlarini raqamli identifikatsiya vositalariga oʻzgartirish) va markirovkalash kodlari hamda mahsulotlar aylanmasi turli ishtirokchilarining identifikatsiyalash vositalari tushirilishi va validatsiyasi toʻgʻrisidagi hisobotlarini tanlash;
markirovkalash kodlarining tushirilishi va validatsiyalashdan keyin ularni takroran tushirish imkoniyati yoʻqligining kafolati.
99. Servis-provayderga distributsiya, matbaa va validatsiyaning dasturiy-apparat kompleksi Operator tomonidan taqdim etiladi.
Qayd etilgan distributsiya, matbaa va validatsiyaning dasturiy-apparat kompleksini olish uchun servis-provayderlar Operator bilan shartnoma tuzadi.
100. Servis-provayder Operator tomonidan taqdim etiladigan distributsiya, matbaa va validatsiyaning dasturiy-apparat kompleksidan foydalanishi zarur.
101. Servis-provayder identifikatsiyalash vositalarining tushirilishida raqamli identifikatsiyalash vositalarini nashr qilish sifati standartlariga rioya qilishga majburdir.
102. Servis-provayder tomonidan markirovkalash kodining raqamli identifikatsiyalash vositasiga oʻzgartirilishi va qadoqqa yoki yorliqqa yoxud stikerga tushirilishidan keyin mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisiga raqamli identifikatsiyalash vositasi tushirilgan qadoqni yoki yorliqni yoxud stikerni berib yuborishdan avval nashr qilish sifati validatsiyasi amalga oshiriladi.
103. Validatsiyadan oʻtgandan keyin distributsiya, matbaa va validatsiyaning dasturiy-apparat kompleksi raqamli identifikatsiyalash vositalariga oʻzgartirilgan markirovkalash kodlarining muvaffaqiyatli tushirilishi toʻgʻrisida hisobotni shakllantiradi.
104. Raqamli identifikatsiyalash vositasini tushirish usuli ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan saqlash sharoitlari va transportda tashish qoidalariga rioya etilganda, oziq-ovqat mahsulotlarining butun yaroqlilik muddati davomida raqamli identifikatsiyalash vositasining saqlanishini (barqarorligini) taʼminlashi kerak.
105. Servis-provayder mahsulotlar aylanmasi ishtirokchilaridan olingan markirovka kodlarini uchinchi shaxsga berishi taqiqlanadi”;
4-bandning “b” kichik bandidagi “Davlat soliq qoʻmitasi” soʻzlari “Soliq qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
8-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Majburiy raqamli markirovkalash tizimi samaradorligini oshirish maqsadida operator mahsulotlar aylanmasi ishtirokchilariga tunu-kun xizmat koʻrsatadigan Call-markaziga ega boʻlishi lozim”;
quyidagi mazmundagi 481-band bilan toʻldirilsin:
“481. Operator tomonidan markirovkalash axborot tizimining maʼlumotlarni saqlash, boshqa axborot tizimlariga uzatish, qabul qilish va qayta ishlash jarayonlari yuzasidan bir yilda kamida bir marotaba texnik audit oʻtkazib borilishi shart.
Texnik audit yakunlangandan soʻng natijalari boʻyicha xulosa oʻn kun muddatda Soliq qoʻmitasiga taqdim etiladi”.
5. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida yagona nizomda:
9-pozitsiyada:
“i” kichik banddagi “boshqa ashyoviy” soʻzlari “soliq organlarida hisobga qoʻyilgan boshqa ashyoviy huquq (ijara yoki tekin foydalanish)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“l” kichik bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari “roʻyxatdan oʻtkazilmagan,” soʻzlaridan keyin “markirovkalanmagan,” soʻzi bilan toʻldirilsin;
10-pozitsiya “Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi” soʻzlaridan keyin “Soliq qoʻmitasi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
9-pozitsiyada:
“b” kichik banddagi “roʻyxatdan oʻtkazilmagan,” soʻzlaridan keyin “markirovkalanmagan,” soʻzi bilan toʻldirilsin;
“z” kichik banddagi “egalik qilish huquqi yoki” soʻzlaridan keyin “soliq organlarida hisobga qoʻyilgan” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“k” kichik banddagi “kassa-mashinasi hamda toʻlov terminallaridan” soʻzlari “kassa-texnikasi, toʻlov terminallaridan hamda elektron toʻlov vositalaridan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
10-pozitsiyasi “Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi” soʻzlaridan keyin “Soliq qoʻmitasi” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-apreldagi “Maishiy texnika mahsulotlarini majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi 148-son qarorining 4-bandi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“barcha turdagi lampalarni majburiy raqamli markirovkalashda identifikatsiya vositalarini shakllantirish maqsadida raqamli markirovka kodlari operator tomonidan bepul taqdim etiladi”.
7. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-apreldagi “Dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi 149-son qarorida:
(a) 4-bandning uchinchi xatboshisidagi “bir” soʻzi “ikki” soʻzi bilan almashtirilsin;
4.4-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

4.4

Tayyor mahsulotlarni agregatsiyalash tizimini yoʻlga qoʻyish.

2025-yil 1 oktabr

2025-yil 1 oktabr

2025-yil 1 oktabr

2025-yil
1-noyabr

”;

5.2-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

5.2

Raqamli markirovka kodlari yuzasidan maʼlumotlar elektron hisobvaraq-fakturalarga biriktirilishini taʼminlash.

2025-yil 1 oktabr

2025-yil 1 oktabr

2025-yil 1 oktabr

2025-yil
1-noyabr

”.

8. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi 611-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarini tadbirkorlik subyekti faoliyatini tekshirish huquqini berish yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
3-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Soliq organlarining avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali markirovkalangan tovarlar harakatini kuzatish asosida aniqlangan huquqbuzarlik boʻyicha masofaviy soliq tekshiruvini oʻtkazuvchi mansabdor shaxslari attestatsiyadan oʻtkazilmaydi”;
15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Attestatsiyadan oʻtishi kerak boʻlgan mansabdor shaxslar roʻyxatiga:
tadbirkorlik subyekti faoliyatini tekshirish huquqiga ega boʻlgan mansabdor shaxslar (bundan soliq organlarining masofaviy soliq tekshiruvini oʻtkazuvchi mansabdor shaxslari mustasno);
maxsus guvohnomasining amal qilish muddati tugagan yoki shu oy mobaynida tugaydigan mansabdor shaxslar;
tadbirkorlik subyekti faoliyatini tekshirish huquqini olishga tavsiya qilingan, kamida ikki yillik (sayyor soliq tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha kamida uch oylik) mehnat stajiga ega boʻlgan mansabdor shaxslar kiritiladi.
Ushbu roʻyxatga oldin tadbirkorlik subyekti faoliyatini tekshirish huquqini olgan, biroq tadbirkorlik subyekti faoliyatini tekshirish bilan bogʻliq boʻlmagan lavozimga tayinlangan mansabdor shaxslar, shuningdek, tadbirkorlik subyekti faoliyatini tekshirish sohasida qonunchilik buzilishi munosabati bilan bunday huquqdan mahrum etilgan mansabdor shaxslar kiritilmaydi”.
9. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-noyabrdagi 631-son qarori bilan tasdiqlangan Suv va salqin ichimliklarni ishlab chiqaruvchi tashkilotlar tomonidan majburiy raqamli markirovkalash tizimini bosqichma-bosqich joriy qilish grafigida:
4.4-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

4.4

Tayyor mahsulotlarni agregatsiyalash tizimini yoʻlga qoʻyish.

2026-yil 1 apreldan boshlab

2026-yil 1 apreldan boshlab

”;

5.2-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

5.2

Raqamli markirovka kodlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning elektron hisobvaraq-fakturalarga biriktirilishini taʼminlash.

2026-yil 1 apreldan boshlab

2026-yil 1 apreldan boshlab

”.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2025-y., 07/25/190/0464-son)