1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.21.00 Bank faoliyatining boshqa masalalari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.01.00 Umumiy masalalar;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi);
2.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANK BOShQARUVINING
Qarori
KREDIT AXBOROTI MILLIY INSTITUTINING MAʼLUMOTLAR BAZASINI ShAKLLANTIRISh HAMDA BANKLARARO KREDIT BYuROSIGA VA TIJORAT BANKLARIGA KREDIT AXBOROTI TAQDIM ETISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvining 2006-yil 11-martdagi 7/2-sonli “Kredit axboroti milliy institutining maʼlumotlar bazasini shakllantirish hamda banklararo kredit byurosi va tijorat banklariga kredit axborotini taqdim etish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1562, 18.04.2006-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 1-iyulda 1379-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
“Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 7, 17-moddalariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qarz oluvchilarning kredit tarixi toʻgʻrisidagi axborotni hisobga olish tizimini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 23-apreldagi 197-sonli qaroriga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. “Kredit axboroti milliy institutining maʼlumotlar bazasini shakllantirish hamda Banklararo kredit byurosiga va tijorat banklariga kredit axboroti taqdim etish tartibi toʻgʻrisida” nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.