1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.10.00 Tadbirkorlar birlashmalari (uyushmalar, assotsiatsiyalar va b.) / 09.01.10.01 Savdo-sanoat palatasi]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Umumiy masalalar]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON TOVAR IShLAB ChIQARUVChILAR VA TADBIRKORLAR PALATASI FAOLIYATINI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi 59-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tadbirkorlik kichik biznesni rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 9-apreldagi PF-1987-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi faoliyatini tashkil etish darajasini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(qarorning muqaddimasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-martdagi 121-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 11-son, 127-modda)
1. Quyidagilarga:
O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasining tashkiliy tuzilmasiga 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi boshqaruvining ijro etuvchi apparati tuzilmasiga 2, 2a-ilovalarga muvofiq va uning xodimlari cheklangan sonining 45 nafardan iborat bo‘lishiga (xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari);
hududiy va tuman (shahar) palatalarining namunaviy tuzilmalariga 3, 4-ilovalarga muvofiq rozilik berilsin.
2. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki:
O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar palatasini boshqarishning yuqori organi sifatidagi tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatalarining vakolatli vakillari Syezdi majlislari orasidagi davrda Palata faoliyatiga rahbarlikni Palata Markaziy Kengashi, uning qarorlarini joriy bajarishni esa — Palata boshqaruvi amalga oshiradi;
O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi Markaziy Kengashi tarkibiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatalarining raislari, “O‘ztadbirkorbank” boshqaruvi raisi, kichik biznes korxonalarini xorijiy kredit liniyalari va budjetdan tashqari fondlar hisobiga kreditlashni amalga oshiruvchi boshqa tijorat banklari raislari, “Madad” sug‘urta agentligi, Respublika biznes-inkubatori rahbarlari, shuningdek tadbirkorlar orasida yuqori nufuzga ega bo‘lgan korxonalar va tashkilotlarning Palata Syezdi tomonidan saylangan rahbarlari kiradilar;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-martdagi 121-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 11-son, 127-modda)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi Kengashi tarkibiga Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar tuman palatalari raislari, tijorat banklari viloyat bo‘linmalari hamda kichik biznes korxonalariga xizmat ko‘rsatuvchi sug‘urta tashkilotlarining rahbarlari, “Savdo”, “Maishiy xizmat”, “Mahalliy sanoat” hududiy birlashmalarining, shuningdek mintaqa boshqa tarmoqlari korxonalarining muassislar konferensiyasida saylanadigan rahbarlari kiradilar;
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-martdagi 121-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 11-son, 127-modda)
O‘ztadbirkorbank” boshqaruvi raisi lavozimiga ko‘ra O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi raisining o‘rinbosari hisoblanadi, “O‘ztadbirkorbank” viloyat bo‘limlarining boshliqlari esa — Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar hududiy palatasi boshqaruvi raisining o‘rinbosarlari hisoblanadilar.
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-martdagi 121-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 11-son, 127-modda)
3. O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi raisi moddiy-maishiy ta’minot, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shart-sharoitlariga ko‘ra vazirga, Palata raisining birinchi o‘rinbosari vazirning birinchi o‘rinbosariga tenglashtirilsin.
4. O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasiga O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi Kengashi to‘g‘risidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash tavsiya etilsin.
5. O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash fondini tugatish va u bajarayotgan funksiyalarni, mablag‘lar va mol-mulkni (ustav kapitalini ko‘paytirish uchun) Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash fondi (Biznes-fond)ga berish hamda aksiyalarning tegishli miqdorini nominal qiymati bo‘yicha O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasiga birkitib qo‘yish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, Biznes-fond, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi ikki hafta muddatda Biznes-fond ustaviga tegishli o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritsinlar.
6. Belgilansinki, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi a’zolari bo‘lgan korxonalar faoliyatini tekshirish xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining davlat nazorati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq Palata va uning hududiy tuzilmalari vakillari ishtirokida amalga oshirilishi mumkin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 27-iyundagi 276-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2001-y., 12-son, 83-modda)
7. Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi materiallari, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi ma’lumotlari yuborilishi majburiy bo‘lgan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi:
O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasiga “O‘ztadbirkorbankning 26 mln so‘m miqdoridagi aksiyalar paketini tekin bersin;
Toshkent shahar, Buxoro ko‘chasi, 6-uydagi binoni unda O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasining ijro etuvchi organlarini, u tomonidan ta’sis etilgan boshqa tashkilotlarni va O‘zbekiston Ishbilarmon ayollar uyushmasini joylashtirish maqsadida O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi balansiga foydalanish uchun tekin bersin;
Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda ko‘rsatib o‘tilgan manzildagi tuzilmalarni joylashtirish uchun binolar berish chora-tadbirlarini ko‘rsin.
9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari Palata, “Madad” sug‘urta agentligi hududiy tuzilmalarini joylashtirish, shuningdek kichik biznes korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan tovarlar va mahsulotlarning doimiy ishlovchi ko‘rgazmalarini tashkil etishda O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasiga ko‘maklashsinlar.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-martdagi 121-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 11-son, 127-modda)
10. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi faoliyati masalalari to‘g‘risida” 1996-yil 30-martdagi 125-son qarori 1-bandining 1-xatboshi, 2-bandining 1-xatboshi, 4-bandining 5-xatboshi, 5-bandining 2-xatboshi, 6-bandining 4-xatboshi, 7-bandi;
Vazirlar Mahkamasining “Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash fondi to‘g‘risidagi nizomni va uning mablag‘laridan foydalanish tartibini tasdiqlash haqida” 1996-yil 7-iyundagi 215-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari V. A. Chjen zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 21-aprel,
166-son
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 21-apreldagi 166-son qaroriga 1-ILOVA
O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasining
Kichik biznes uchun kadrlar tayyorlashni muvofiqlashtirish bo‘limi
(2-ilovaning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-martdagi 121-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 11-son, 127-modda)
Marketing, axborot va reklama boshqarmasi
Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va ularning monitoringi boshqarmasi
Biznes-rejalarni, texnik iqtisodiy asoslashlarni ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish boshqarmasi
Tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘limi
Moliya, hisob va hisobot boshqarmasi
Yuridik xizmat
Konsalting va audit boshqarmasi
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 21-apreldagi 166-son qaroriga 2a-ILOVA
O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi ijro etuvchi apparati