1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Umumiy masalalar]
Xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
(Sarlavha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-son Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni jadal rivojlantirish asosida mulkdorlar sinfini shakllantirish, tegishli institutlar tizimini tashkil etish, kichik va xususiy tadbirkorlik faoliyati sohasiga kredit resurslarini keng jalb qilish va xorijiy sarmoyalarni bevosita olib kirish uchun maqbul sharoit yaratish maqsadida:
(Kirish qismi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-son Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)
1. Belgilab qo‘yilsinki, 2014-yilning 1-iyulidan quyidagilar kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlari toifasiga kiritiladi:
yakka tadbirkorlar;
ishlab chiqarish sohasida yiliga o‘rta hisobda yigirma nafardan, xizmat ko‘rsatish hamda boshqa noishlab chiqarish sohalarida — o‘n nafardan, ulgurji, chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida — besh nafardan oshmaydigan ishchi xodimlarga ega bo‘lgan mikrofirmalar;
quyidagi sohalarda yiliga o‘rta hisobda ish bilan band bo‘lgan:
yengil, oziq-ovqat hamda qurilish materiallari sanoatida — ikki yuz nafardan;
metallga ishlov berish va asbobsozlik, yog‘ochsozlik hamda mebel sanoatida — yuz nafardan;
mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash, qurilish va boshqa ishlab chiqarish — sanoat sohasida — ellik nafardan;
ilm-fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish, transport, aloqa, xizmat ko‘rsatish sohalari (sug‘urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda boshqa noishlab chiqarish sohalarida — yigirma besh nafardan oshmaydigan xodimga ega bo‘lgan kichik korxonalar.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 7-apreldagi PF-4609-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 15-son, 163-modda)
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-son Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 17-iyundagi PF-4116-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2009-y., 25-son, 282-modda)
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 9-fevraldagi PF-3570-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2005-y., 5-6-son, 29-modda)
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 9-fevraldagi PF-3570-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2005-y., 5-6-son, 29-modda)
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 30-dekabrdagi PF-4495-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 3-modda)
O‘zbekiston Respublikasi vakolatli banklarining kichik biznes korxonalari uchun, dehqon va fermer xo‘jaliklarini ham qo‘shgan holda, sarmoya loyihalariga ajratilgan xorijiy kreditlarni qayta taqsimlashdan tushadigan vositachilik yig‘imlarining umumiy miqdori subkredit summasidan olinadigan yillik foydaning 0,15 foizidan oshmasligi lozim;
(7-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-son Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)
xorijiy kredit yo‘nalishlari bo‘yicha olingan kreditlarni to‘lash muddati ular subzayomga qayta taqsimlanayotganida 3 oydan ortiq muddatga qisqartirilishi mumkin emas.
8. Belgilab qo‘yilsinki, budjetdan tashqari fondlarning kichik biznes korxonalariga kredit berish bo‘yicha barcha operatsiyalari tijorat banklari, jumladan, “Mikrokreditbank” ATB” orqali, budjetdan tashqari fondlar va tijorat banklari o‘rtasida tuziladigan bosh bitimlar asosida kredit yo‘llari ochish orqali amalga oshiriladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 6-iyuldagi PF-3767-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 27-son, 246-modda)
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari:
Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasining hududiy bo‘limlari, Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi, mahalliy soliq va statistika xizmatlari bilan birgalikda 1998-yil 1-iyuliga qadar barpo etilgan va ishlab turgan kichik va o‘rta biznesga mansub barcha korxonalarning sonini aniqlash maqsadida, ularning ro‘yxatini inventarizatsiyadan o‘tkazsinlar;
xususiy kichik korxonalarning Savdo-sanoat palatasiga yoki Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasiga belgilangan tartibda a’zo bo‘lib kirishiga ko‘maklashish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ko‘rsinlar;
(10-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 9-fevraldagi PF-3570-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 5-6-son, 29-modda)
Savdo-sanoat palatasining hududiy boshqarmalarini, Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasini barpo etilayotgan va tugatilayotgan kichik biznes korxonalari haqidagi axborot bilan har oyda ta’minlab tursinlar.
(10-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 9-fevraldagi PF-3570-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 5-6-son, 29-modda)
11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddat ichida:
O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida;
Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida;
kichik va o‘rta korxonalarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilsin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 21-apreldagi 166-sonli “O‘zbekiston tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi va 1998-yil 22-apreldagi 168-sonli “Dehqon va fermer xo‘jaliklari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorlari.
12. Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulk qo‘mitasi, O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi, boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddat ichida amaldagi qonunchilik va me’yoriy hujjatlarni mazkur Farmon qoidalariga muvofiqlashtirish haqida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
13. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O‘. Sultonov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 9-aprel,
PF-1987-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 4-son, 64-modda; 2001-y., 6-son, 122-modda;2003-y., 8-son, 120-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 1-2-son, 9-modda; 2004-y., 9-son, 104-modda; 2005-y., 5-6-son, 29-modda; 2005-y., 22-son, 156-modda; 2006-y., 27-son, 246-modda; 2007-y., 23-son, 232-modda; 2009-y., 25-son, 282-modda; 2013-y., 1-son, 3-modda; 2014-y., 15-son, 163-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)