1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qurilish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Mamlakatimizda amaldagi qonunchilik hujjatlarini, jumladan, qurilish sohasidagi ruxsat berish tartib-tamoyillarini soddalashtirish hamda sohani raqamlashtirish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda obyektlarni loyihalashtirishdan boshlab ular foydalanishga qabul qilingungacha boʻlgan jarayonlardagi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarda huquqiy boʻshliqlar, toʻliq tartibga solinmagan jihatlar va korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar mavjudligi amaliyotda turli muammolarni keltirib chiqarmoqda.
Shuning uchun sohani tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish orqali mavjud muammolarni bartaraf etish zarurati yuzaga kelmoqda.
Sohani tartibga soluvchi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarda jamoatchilik nazoratini oʻrnatish, korrupsiyani bartaraf etish hamda shaffoflik va ochiqlikni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
obyektlarning xavf-xatar toifasiga qarab, ularga ruxsatnoma berish va loyiha hujjatlarini kelishishda davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun yigʻimlar miqdorini aniq belgilash;
vazirlik va idoralarning yer bilan bogʻliq maʼlumotlar bazalarini integratsiya qilish orqali mavjud muammolarni bartaraf etish;
hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlari tarkibiga tegishli idora va tashkilotlarni kiritish orqali ayrim toifadagi obyektlar loyihalarining arxitektura qismini kelishish;
shaharsozlik normalari va qoidalari bilan tartibga solib boʻlmaydigan (loyihalanmaydigan) obyektlarning loyihalar uchun ishlab chiqiladigan maxsus texnik shartlarni texnik kengashda koʻrib chiqish tartibini belgilash;
obyektlarda qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun roʻyxatdan oʻtkazish tartibini ruxsat olish tartibiga oʻtkazish;
qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish tartibotini takomillashtirish.
2. Belgilansinki, 2026-yil 1-yanvardan boshlab:
turar joy majmualarini qurishda obyekt nomi davlat tilida boʻladi hamda davlat tili qoida va talablariga rioya etilishi lozim;
qurilish obyektlari loyihalari aks etgan bino pasporti, peshlavhasi, qurilish maydonlari atrofidagi vaqtincha devor va toʻsiqlardagi barcha yozuvlar, shu jumladan, reklama va eʼlonlar matnlari davlat tilida yoziladi;
obyektlarda qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun ruxsatnoma olishda hamda ulardan foydalanishga ruxsatnoma berishda mualliflik, texnik va ichki nazoratni amalga oshirish bilan bogʻliq hujjatlar Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyalariga taqdim etiladi.
3. Raqamli texnologiyalar vazirligi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi, Adliya vazirligi va Qurilish va uy-joy xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda “E-XSUD” axborot tizimini, shuningdek, ekologiya sohasida ruxsatnomalar berish elektron tizimini Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining “Kadastr va roʻyxatdan oʻtkazish integratsiyalashgan axborot tizimi” hamda “Shaffof qurilish” axborot tizimi bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin.
4. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi ikki oy muddatda:
Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda qurilishi tugallangan obyektlar boʻyicha foydalanishga qabul qilish dalolatnomasini hamda muvofiqlik deklaratsiyasining namunaviy shakllari tizimga joylashtirilishini;
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali qurilishi tugallangan obyektlarni qabul qilish dalolatnomalarini shakllantirish yuzasidan axborot tizimlari integratsiya qilinishini hamda mazkur davlat xizmatini Davlat xizmatlari markazlari va YIDXP orqali koʻrsatish joriy etilishini taʼminlasin.
5. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi har yili 1-dekabrga qadar qurilish sohasiga oid reglamentlar bilan belgilangan tartiblarning qoʻllanilishi natijalariga koʻra ularni yanada takomillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritib borsin.
6. Ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
7. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi ikki oy muddatda:
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Milliy teleradiokompaniya bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun va mohiyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy xoʻjaligi vaziri Sh.S. Hidoyatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 22-oktabr,
666-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-iyundagi 409-son qarori bilan tasdiqlangan Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
“12. Mukofotlarning aniq miqdorlarini belgilash uchun Vazirlikda budjet tashkilotlari xodimlarini mukofotlash tartibini belgilash komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — komissiya) tashkil etiladi.
Aʼzolari soni kamida 6 kishidan iborat boʻlgan komissiyaning tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri tomonidan tuziladi.
Komissiya qarori koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi va tegishli bayon bilan rasmiylashtiriladi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda, raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi”;
yoʻlkira va ovqatlanish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida har oylik kompensatsiya;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va qand-shakar xarid qilish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda bir yoʻla moddiy yordam;
vazirlik va tizim tashkiloti xodimlariga jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomasida, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishuvga koʻra qabul qilinadigan ichki hujjatlarida, mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq mehnat shartnomasida belgilangan boshqa qoʻshimcha toʻlovlar, ustamalar, ragʻbatlantirish, bayram va mukofot pullari, moddiy yordam va boshqa turdagi toʻlovlar budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari (budjetdan mablagʻ oluvchi buyurtmachi tashkilotlarida — buyurtmachining saqlash xarajatlari uchun ajratilgan mablagʻlar) va tizim tashkilotlarining oʻz mablagʻlari hisobidan.”
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining Qurilish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 8-fevraldagi 69-son qarorida:
a) nomidagi “Qurilish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” soʻzlari “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish respublika markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-banddagi “Qurilish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” soʻzlari “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish respublika markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“2. Markazning tuzilmasi va shtat birliklari uning faoliyat yoʻnalishlari va ish hajmlaridan kelib chiqqan holda, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) tomonidan tasdiqlanadi.
Markazning xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ragʻbatlantirishda, uning moliyaviy imkoniyatlaridan va xoʻjalik faoliyati natijalaridan kelib chiqqan holda, Yagona tarif setkasining oshirilgan tarif koeffitsiyentlari belgilanishi mumkin (Vazirlik bilan kelishilgan holda)”;
g) 3-banddagi “va oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vaziri” soʻzlari “qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri tomonidan, direktor oʻrinbosarlari esa, Vazirlik bilan kelishilgan holda Markaz direktori” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 4-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Markazning moliyaviy va xoʻjalik operatsiyalari bank hisob-raqamlari orqali amalga oshiriladi (davlat buyurtmachisi funksiyasini bajarishdagi holatlar bundan mustasno)”;
3. Vazirlar Mahkamasining “Obyektlarda davlat qurilish nazoratini amalga oshirish boʻyicha maʼmuriy reglament hamda obyektlarning xavf-xatarlar toifalari tasnifini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 20-avgustdagi 496-son qarorida:
a) 1-bandning uchinchi xatboshisidan “arxitektura-qurilish nazoratini amalga oshirish” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“9. Bir nechta toifaga ega qurilish obyektlari boʻlgan majmualar ulardagi eng yuqori toifadagi obyektning toifasi boʻyicha tasniflanadi”;
10-band quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Hududiy inspeksiya inspektorlari mutaxassis sertifikatida koʻrsatib oʻtilgan xavf-xatarligi II, III, IV toifa obyektlari boʻyicha qurilish obyektlarida davlat nazoratini amalga oshirish huquqini inobatga olgan holda qurilish obyektlariga biriktiriladi”;
“411. Qurilishda sifat nazoratini tashkil etishda loyiha bosh muhandisi, pudrat tashkilotining uchastka boshligʻi va ichki nazoratchisi, loyiha tashkilotining mualliflik nazorati, buyurtmachining texnik nazorati, obyektga biriktirilgan davlat nazorati inspektorining binoni ekspluatatsiya qilish muddati tugagunga qadar qonunchilikka muvofiq tegishlicha javobgar hisoblanadi.”;
10.1, 16.1, 16.6 va 16.11-pozitsiyalarining “Toifa” ustunidagi “IV” raqamlari “III” raqamlari bilan almashtirilsin;
“15. Taʼlim muassasalari” boʻlimi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
15. Taʼlim muassasalari
Yangi qurilish
15.1
Maktabgacha taʼlim va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari, maktab-internatlar, litseylar, kollejlar, kasb-hunar taʼlimi tashkilotlari
1080 oʻringacha
II
1080 oʻrindan yuqori
III
15.2
Maktabgacha taʼlim va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari, maktab-internatlar, litseylar, kollejlar, kasb-hunar taʼlimi tashkilotlarining oldindan ishlab chiqilgan va oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan namunaviy loyihalari asosida qurish
1080 oʻringacha va 1080 oʻrindan yuqori
II
15.3
Yangi meʼmoriy va hajm-rejaviy va innovatsion yechimlar asosida loyihalashtiriladigan Ixtisoslashgan taʼlim muassasalari obyektlari
720 oʻringacha
III
15.4
Ixtisoslashgan taʼlim muassasalari obyektlarining oldindan ishlab chiqilgan va oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan namunaviy loyihalari asosida qurish
720 oʻringacha
II
Mukammal taʼmirlash
15.5
Maktabgacha taʼlim va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari, maktab-internatlar, litseylar, kollejlar, kasb-hunar taʼlimi tashkilotlari
Oʻrin sonidan qatʼi nazar
II
Rekonstruksiya qilish
15.6
Maktabgacha taʼlim va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari, maktab-internatlar, litseylar, kollejlar, kasb-hunar taʼlimi tashkilotlari
1080 oʻringacha
II
1080 oʻrindan yuqori
III
15.7
Mavjud taʼlim muassasalari obyektlarga qoʻshimcha quriladigan oʻquv bloklari
Oʻrin sonidan qati nazar
II
15.8
Yangidan quriladigan yoki mavjud koʻp qavatli uylarning birinchi qavatida joylashtirilgan, shu bilan birga yakka tartibdagi uylarda tashkil etiladigan, sigʻimi 90 oʻringacha boʻlgan Uy-bogʻchalari
90 oʻringacha
II
”;
4. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 681-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandi birinchi xatboshisidagi “M.T. Oʻrozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutining” soʻzlari “Gʻ.O. Mavlonov nomidagi Seysmologiya institutining” soʻzlari bilan almashtirilsin”.
5. Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish tartibotlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 17-sentabrdagi 579-son qarorida:
birinchi xatboshidan “2021-yil 1-oktabrdan boshlab” soʻzlari chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
““topografiya” maʼlumotlar bazasiga kiritilmagan topografik rejalardan foydalanilgan ishchi loyiha hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi”;
3-band quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari tomonidan berilgan ekspert xulosasi Ekspertiza xulosalarining yagona reyestriga kiritish jarayonida akkreditatsiya talablari va shartlariga muvofiq ekspertlarning asosiy ish joyi yoki oʻrindoshlik asosida ishlashi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni real vaqt rejimida tekshirish uchun tegishli maʼlumotlar bazasiga integratsiya qilinadi.
Loyiha-smeta hujjatlarini ekspertiza tashkilotiga buyurtmachi tomonidan yuborish jarayonida loyiha tashkilotlarining litsenziya talablari va shartlariga muvofiq obyektlarning murakkablik toifalari klassifikatoridan kelib chiqib, mutaxassislarning ish joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni real vaqt rejimida tekshirish uchun tegishli maʼlumotlar bazasiga integratsiya qilinadi”;
v) 4-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Agarda, qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq, muayyan obyektning (hududning) shaharsozlik hujjatlarini tarmoq (sohaviy) ekspertizadan (seysmik, ekologik, sanoat xavfsizligi va b.) oʻtkazish talab etilsa, mazkur jarayonlar shaharsozlik ekspertizasidan oldin amalga oshiriladi”;
g) 21-banddagi “davlat tashkilotlari va nodavlat tashkilotlar” soʻzlari “davlat va davlat tashkilotlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“22. Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi xavf-xatar toifalari boʻyicha quyidagi tartibda koʻrib chiqiladi:
boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan I toifa obyektlar — loyiha hujjatlari ekspertizasi majburiy emas;
boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan II toifa obyektlar — loyiha hujjatlari buyurtmachi ixtiyoriga koʻra mazkur Nizomning 21-bandiga muvofiq ekspert tashkilotlari tomonidan koʻrib chiqiladi;
davlat budjeti va unga tenglashtirilgan manbalar, davlat va davlat tashkilotlari kafolatlari ostida olingan tashqi investitsiya mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan I va II toifa obyektlar — loyiha hujjatlari buyurtmachi tomonidan axborot tizimi orqali yuborilgan murojaat “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish respublika markazi” DMga kelib tushadi. Mazkur murojaatlar Markazning hududiy boshqarmalari ish yuklamasini hisobga olgan holda, axborot tizimi orqali tasodifiy tanlash yoʻli bilan avtomatik ravishda yoʻnaltiriladi va hududiy boshqarmalar tomonidan koʻrib chiqiladi;
III toifa obyektlarning loyiha hujjatlari — buyurtmachi tomonidan axborot tizimi orqali yuborilgan murojaat “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish respublika markazi” DMga kelib tushadi. Mazkur murojaatlar “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish respublika markazi” DM yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan koʻrib chiqiladi;
5000 va undan koʻp insonlar tashrif buyuradigan obyektlar (jumladan, yirik savdo majmualari) va xavf-xatar omili II — IV toifaga kiruvchi koʻp qavatli uy-joylarning, shuningdek, amaldagi shaharsozlik normalari va qoidalarida zilzilabardoshligi boʻyicha kiritilgan chegaraviy oʻlchamlardan chetga chiqib loyihalangan obyektlarning loyihalari “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish respublika markazi” DM yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan koʻrib chiqiladi;
IV toifa obyektlar — loyiha hujjatlari faqat “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish respublika markazi” DM tomonidan koʻrib chiqiladi.”;
e) quyidagi mazmundagi 221-band bilan toʻldirilsin:
“221. Davlat budjeti va markazlashtirilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar loyihalarini amalga oshirishda pudrat korxonalarining boshqa xarajatlari, shuningdek, mashina va mexanizmlardan foydalanish hamda avtotransport xizmatlari (normativ koʻrsatkichlari) qiymati “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish respublika markazi” DM yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkaziladi.”;
j) nizomga 1-ilovaning 2-bosqich “Amalga oshiriladigan tadbirlar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
Shaharsozlik hujjatlarining toʻliqligini hamda ishchi loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda foydalanilgan topografik reja “Topografiya” maʼlumotlar bazasiga kiritilganligini tekshirib chiqib:
1. Hujjatlar toʻliq boʻlgan taqdirda:
I-II toifali obyektlar LSʼHlari koʻrib chiqish uchun hududiy filiallarga yuboriladi.
III-IV toifali obyektlar LSʼHlari koʻrib chiqish va ijrochiga yoʻnaltirish uchun bosh direktorga yuboriladi.
2. Tekshirib chiqish natijasida shaharsozlik hujjatlari toʻliq boʻlmagan, ishchi loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda foydalanilgan topografik reja “Topografiya” maʼlumotlar bazasiga kiritilmagan yoki ilova etilgan hujjatlar belgilangan talablarga nomuvofiq boʻlgan taqdirda, asosli izoh bilan buyurtmachiga qaytarish.
”;
z) nizomga 2 va 3-ilovalar quyidagi mazmundagi 51-band bilan toʻldirilsin:
“51. Loyihani ishlab chiqishda foydalanilgan topografik rejani “Topografiya” maʼlumotlar bazasida qayd etilgan yagona roʻyxatga olish raqami ________________________”;
quyidagi mazmundagi 51-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
51.
Foydali qazilma konlarini aniqlash, modernizatsiya qilish va kengaytirish yuzasidan istiqbolli loyihalar ilmiy tajriba-sinovdan oʻtkazilib, ilmiy xulosa olingandan soʻng bino va inshootlar qurilishi boʻyicha ishlab chiqilgan shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi
shartnoma qiymati qurilishning boshlangʻich qiymatidan QQSni inobatga olmagan holda 0,01 foiz, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan ortiq boʻlmagan miqdorida
“a” kichik band “rejalari” soʻzidan keyin “shuningdek, alohida hududlarning qurish loyihalari” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“v” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) qishloq aholi punktlarining hududlarini shaharsozlik jihatidan rivojlantirish sxemalari (bosh rejalari), shuningdek, alohida hududlarning master-rejalari va batafsil rejalashtirish loyihalari”;
quyidagi mazmundagi 9-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“
9.
Aholi punktlari boʻyicha ishlab chiqilgan bosh rejalar, shaharlarni batafsil rejalashtirish loyihalari, master-rejalar (shuningdek, uning tarkibidagi ishlarni bajarish) uchun ishlab chiqilgan smeta narxlarini aniqlash ekspertizasi (mazkur narxlar vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan maxsus uslubiy qoʻllanma asosida aniqlangan taqdirda, ekspertiza talab etilmaydi)
beshinchi xatboshi “Obyektlar loyiha hujjatlari boʻyicha berilgan ekspertiza xulosalarini qayta koʻrib chiqish uchun dastlabki shartnoma qiymatining 50 foizi miqdorida haq undiriladi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
sakkizinchi xatboshidagi “qismiga quyidagi tartibda narxlarni pasaytirish koeffitsiyentlari hisoblanadi” soʻzlari “qismlarini hisoblashda 0,5 koeffitsiyent qoʻllaniladi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
6. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga 21-ilovada:
a) 9-pozitsiyaning uchinchi ustuni “b” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisidagi “10” raqami “7” raqami hamda “5” raqami “2” raqami bilan almashtirilsin;
b) 12-pozitsiyaning uchinchi ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Litsenziat obyektlarning murakkablik toifasini oʻzgartirish haqida ariza berganda, uning arizasi litsenziyani oʻzgartirish qoidalari boʻyicha koʻrib chiqiladi.
Mazkur pasportning 2-pozitsiyasi uchinchi ustunidagi “a”, “b”, “v”, “g”, “d”, “u”, “x”, “ch” kichik bandlarida belgilangan litsenziyalanadigan faoliyatning kichik muqim turlariga ega boʻlgan litsenziatlar litsenziya obyektlarining murakkablik toifasini oʻzgartirishda, qoʻshimcha ravishda 10 tadan kam boʻlmagan obyektni loyihalashtirish boʻyicha jami bajarilgan ishlarning roʻyxatini, ular yuzasidan mazkur sohada tegishli vakolatga ega boʻlgan ekspertiza organlari bergan xulosalar nusxalarini hamda ushbu obyektlar boʻyicha mualliflik nazorati daftarlarini taqdim etish talab etilmaydi.
Ushbu pasportning 2-pozitsiya uchinchi ustunidagi “e”, “j”, “z”, “i”, “y”, “k” kichik bandlarida belgilangan litsenziyalanadigan faoliyatning kichik muqim turlariga ega boʻlgan litsenziyatlar mazkur bandning “o”, “p”, “r”, “t”, “f”, “s”, “x” kichik bandlarida belgilangan litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari bilan ham shugʻullanish vakolatiga egadirlar.
Tashkilot tarkibida loyihalar bosh arxitektor va loyiha bosh muhandislarining mavjud boʻlishi bajariladigan ishlarning xususiyati bilan belgilanadi.
Mukammal qurilishda tovarlar, ishlar va xizmatlar xarid qilish uchun tanlov (tender) hujjatlarini tayyorlash kichik faoliyat turlari uchun litsenziya toifalari talab etilmaydi.
Litsenziyaning talab va shartlariga rioya etilmasligi oqibatida litsenziyasi sud orqali bekor qilingan litsenziya talabgoriga sud hujjati qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab bir yil ichida mazkur Pasportda nazarda tutilgan litsenziyalanadigan faoliyat turlari boʻyicha litsenziya olish taqiqlanadi.
Ushbu Pasportning ikkinchi pozitsiyasi uchinchi ustunidagi “k” va “m” kichik bandlarda belgilangan faoliyat turlari boʻyicha litsenziyaga ega boʻlgan litsenziatlar mazkur turdagi litsenziyasi asosida koʻprik va tunnellarni loyihalashtirish faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega emas.
* Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar”.
7. Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasiga oid yagona maʼmuriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 20-apreldagi 200-son qarorida:
Bino va inshootlarning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq;
Bino va inshootlarning ixtisoslashishini oʻzgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 2-ilovaga muvofiq;
Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 3-ilovaga muvofiq;
Loyiha-smeta hujjatlarining arxitektura qismini kelishish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 4-ilovaga muvofiq;
Qurilish sohasida maxsus texnik shartlarni ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash toʻgʻrisidagi nizom 41-ilovaga muvofiq;
Qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun obyektga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 5-ilovaga muvofiq;
Qurilishi tugallangan obyektni topshirish-qabul qilish va foydalanish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
uchinchi xatboshidagi “qurilish” soʻzi “belgilangan tartibda aloqador tashkilotlarni ijobiy xulosasi olingandan soʻng qurilish va uy-joy kommunal” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“qonunchilik hujjatlarida belgilangan alohida hududlarda obyektlarning loyiha hujjatlari (yakka tartibdagi uy-joylarning loyiha hujjatlari bundan mustasno) ushbu hududlarni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan direksiyalar (yoki boshqa shakldagi boshqaruv tashkilotlar) bilan “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali kelishiladi”;
5-banddagi “tuman (shahar) qurilish boʻlimlari” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“9. Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa — ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun soʻrovnomani elektron shaklda toʻldiradi.
Soʻrovnomaga bino va inshoot fasadining eskiz loyihasi PDF yoki JPEG formatda elektron shaklda hamda bino va inshootning naturada joylashgan joyi elektron xaritada koʻrsatilgan holda ilova qilinadi.
Bunda oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, bino va inshoot fasadining eskiz loyihasi Davlat xizmatlari markaziga ariza beruvchi tomonidan elektron shaklda taqdim etiladi.
Bino va inshoot fasadining eskiz loyihasini qogʻoz shaklida qabul qilib, Davlat xizmatlari markazida skanerlash taqiqlanadi.
Ariza beruvchilardan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumotlarni hamda boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi”;
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxslar, shuningdek, mulkdor boʻlgan I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga Davlat xizmatlari markazlari va (yoki) YIDXP orqali davlat xizmatlarini koʻrsatishda qonunchilik hujjatlarida belgilangan davlat bojlari, yigʻimlar va boshqa har qanday toʻlovlar boʻyicha 50 foiz miqdorida chegirma qoʻllaniladi (tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxslar vakili sifatida murojaat qilingan holatlar bundan mustasno)”;
uchinchi xatboshidagi “Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish” soʻzlari “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalarining” soʻzlari “vakolatli organning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish” soʻzlari “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “Axborot-kommunikatsiya” soʻzlari “Raqamli” soʻzi bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalarining” soʻzlari “vakolatli organning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Kadastr agentligi oʻzining axborot tizimi bilan integratsiya qilingan Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga real vaqt rejimida koʻchmas mulk obyektiga oid quyidagi zarur maʼlumotlarni yuboradi:”
quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“koʻchmas mulkning manzili, yer uchastkasining maydoni, roʻyxatdan oʻtgan raqami va sanasi, huquq turi, yer fondi toifasi, oʻzboshimcha egallangan yer maydoni, bino inshootlar maydoni, roʻyxatdan oʻtgan raqami va sanasi, huquq turi, oʻzboshimcha qurilmalar, hujjatsiz qurilmalar maʼlumotlari, mulk egasi haqidagi maʼlumotlar, koʻchmas mulkka taqiq va cheklovlar mavjudligi.
Agar, yuqoridagi maʼlumotlar mavjud boʻlmasa, vakolatli organning elektron soʻroviga asosan Kadastr agentligi tomonidan bir ish kuni davomida barcha zarur maʼlumotlar va hujjatlar tizimga elektron koʻrinishda yuklanadi”;
quyidagi mazmundagi oʻn uchinchi — oʻn sakkizinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq emasligi;
bino va inshoot qismlari rangining atrofdagi bino va inshootlar arxitektura koʻrinishiga va tabiiy landshaft arxitekturasiga uygʻunlashtirilmaganligi;
bino va inshoot qismlaridagi ranglar va shakllar (parapet, pilyastr, deraza, eshik va boshqalar) mazkur bino va inshootlarning funksional vazifasiga yoki umumiy arxitektura koʻrinishiga mos kelmasligi;
qonunchilik hujjatlarida vakolat berilgan alohida hududlarni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan direksiyalar (yoki boshqa shakldagi boshqaruv tashkilotlar)ning ijobiy xulosasi olinmaganda;
bino va inshootning tashqi koʻrinishi hududning tasdiqlangan “dizayn kod”iga muvofiq boʻlmaganda (“dizayn kod” tasdiqlangan hududlarda);
bino va inshoot boʻyicha va (yoki) avvalgi ariza (xulosa) yuzasidan sudda nizo koʻrilayotgan boʻlsa”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda oʻzi kelib murojaat etganda, Davlat xizmatlari markazi xodimi, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa — ariza beruvchi mustaqil ravishda avvalgi ariza uchun toʻlangan invoysni Tizimdan yuklab olib, takroriy arizaning toʻlov bosqichida biriktiradi”;
“yengil turdagi qurilmalar (konstruksiyalar) — devor, pol va tom qismlari yengil konstruksiyalardan iborat, yon qism(lar)i yopiq yoki ochiq, 0,5 metrdan koʻp boʻlmagan chuqurlikda poydevorga ega, yechib olish va koʻchirish imkoniyati mavjud bir qavatli qurilish obyektlari (devor, pol va tom qismlarini buzmasdan yaxlitligicha koʻchirish hamda oʻrnatish mumkin boʻlgan yengil turdagi konstruksiyalar bundan mustasno)”;
“4. Ruxsatnoma 2 yil muddatga beriladi, agarda ruxsatnoma talablari 2 yil muddatda bajarilmasa, u oʻz kuchini yuqotgan hisoblanadi.
Buyurtmachida yangi ruxsatnoma olish zarurati tugʻilganda, u ruxsatnomani bergan organga ushbu Reglamentda belgilangan tartibda takroran soʻrovnoma kiritishi mumkin.
5. Quyidagi hollarda ruxsatnoma talab etilmaydi:
binolarning mustahkamligi va zilzilabardoshliligiga taʼsir qiluvchi, yuk koʻtarib turuvchi qismlarining oʻzgarishiga olib kelmaydigan qayta rejalashtirishdan iborat (koʻp kvartirali uydagi joylarni qayta rejalashtirish bundan mustasno) rekonstruksiya qilishda;
yengil turdagi qurilmalar va vaqtincha qurilmalarning ixtisoslashishini oʻzgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida shunday qoʻshimcha qurilmalarni qurishda”.
6-band quyidagi mazmundagi ikkinchi — oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Koʻp kvartirali turar joylarda quyidagilar taqiqlanadi:
birinchi qavatdagi va yertoʻla qismidagi xonalarni yuk koʻtaruvchi qismlarini oʻzgartirish yoki rekonstruksiya qilish (xonalar ixtisoslashishini oʻzgartirish, shuningdek, gipsokarton, plastik va shu turdagi boshqa yengil materiallardan iborat orayopma devorlarni oʻrnatish bundan mustasno);
ikkinchi va undan yuqori qavatlarda joylashgan va loyiha-smeta hujjatlari mavjud turar joylarni yuk koʻtaruvchi qismlarini oʻzgartirish yoki rekonstruksiya qilish va qayta rejalashtirish (gipsokarton, plastik va shu turdagi boshqa yengil materiallardan iborat orayopma devorlarni oʻrnatish bundan mustasno).
Shaharsozlik hujjatlarida istiqbolda muayyan hududda mavjud bino va inshootlar buzilishi belgilangan holatlarda, ushbu hududlarda joylashgan bino va inshootlar ixtisoslashishini oʻzgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnomalar berilishi mumkin.
Avtomobil va temir yoʻllari, suv inshootlari muhofaza zonalarida joylashgan bino va inshootlarga faqat ixtisoslashishni oʻzgartirish va rekonstruksiya qilish uchun ruxsatnomalar berilishi mumkin. Bunday holatlarda oʻz hududida qoʻshimcha kapital bino va inshootlarni qurish, mavjudlarining qavatini oshirish taqiqlanadi”;
“7. Ruxsatnoma Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) tomonidan beriladi.
Vakolatli organ tomonidan turar joyni noturar joy toifasiga yoki noturar joyni turar joy toifasiga oʻtkazish (rekonstruksiya qilmasdan) uchun ruxsatnoma rasmiylashtirilganda, ariza beruvchining soʻroviga koʻra kadastr pasportini rasmiylashtirish va koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun ruxsatnoma Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga elektron tarzda yuboriladi (obyektning muayyan qismi toifasini oʻzgartirish bundan mustasno).
Ruxsatnoma rasmiylashtirilgandan soʻng ariza beruvchining ixtiyoriga koʻra arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish uchun buyurtma Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali avtomatik tarzda berilishi mumkin.
Koʻp kvartirali turar joyning birinchi qavatini noturar joy toifasiga yoki noturar joyni koʻp kvartirali turar joy toifasiga oʻtkazish uchun Qurilish va uy joy kommunal hoʻjaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspeksiyalarining ijobiy xulosasi talab etiladi.
Noturar joy binolardan iborat obyektning oʻz hududida qoʻshimcha turar joy binolarini qurishga ushbu Reglamentda belgilangan tartibda berilgan ruxsatnomaga asosan mazkur qoʻshimcha turar joy binolari qurilishi yakunlanib ulardan foydalanishga tegishli ruxsatnoma berilgandan soʻng ushbu binolarni turar joy toifasiga oʻtkazish uchun alohida ruxsatnoma olish talab etilmaydi.
Noturar joyni turar joyga ixtisoslashishni oʻzgartirishga ruxsatnomani rasmiylashtirishda:
a) koʻchmas mulk obyekti bilan bogʻliq soliq qarzdorligi mavjud emasligi;
obyektda tadbirkorlik faoliyatini yuritish imkoniyatlarining toʻliq bartaraf etilganligi (koʻchmas mulk obyektida tadbirkorlik bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxs hisobga qoʻyilmaganligi) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasining elektron maʼlumotlar bazasidan avtomatik ravishda tekshiriladi;
b) koʻchmas mulk obyekti mulkdorlarining koʻp kvartirali uyni saqlash xarajatlari uchun boshqarish organi oldida majburiy badal va toʻlovlardan qarzdorligi mavjud emasligi “Mening uyim” billing tizimidan avtomatik ravishda tekshiriladi”.
quyidagi mazmundagi 71-band bilan toʻldirilsin:
“71. Mavjud binolarni diniy muassasalar va ibodatxonalar (masjidlar, cherkovlar, sinagogalar va boshqalar)ga ixtisoslashtirish, diniy muassasalar va ibodatxonalarni qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlarni qurishga ruxsatnoma olishda:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Din ishlari qoʻmitasi) diniy muassasalar va ibodatxonalarni qayta qurish, rekonstruksiya qilish va oʻz hududlarida qoʻshimcha binolarni qurish hamda boshqa binolardan diniy muassasalar va ibodatxonalar sifatida foydalanish uchun ularni ixtisoslashishni oʻzgartirish boʻyicha xulosa beradi;
b) tegishli tuman (shahar) hokimliklari diniy muassasalar va ibodatxonalarni qayta qurish va boshqa binolardan diniy muassasalar va ibodatxonalar sifatida foydalanish uchun ularni ixtisoslashishni oʻzgartirish boʻyicha xulosa beradi;
v) vakolatli organ diniy muassasalar va ibodatxonalarni qayta qurish, rekonstruksiya qilish va oʻz hududlarida qoʻshimcha binolarni qurishni loyihalashtirishga hamda boshqa binolardan diniy muassasalar va ibodatxonalar sifatida foydalanish uchun ularni ixtisoslashishni oʻzgartirishga ushbu bandning “a” kichik bandi boʻyicha ijobiy xulosa olingandan soʻng ruxsatnoma (keyingi oʻrinlarda — ruxsatnoma) beradi”;
“kino va videofilmlar namoyish qilinadigan vaqtincha pavilyonlar, yozgi ochiq estrada, raqs maydonchalari, inson hayoti uchun xavfli boʻlgan portlovchi, yonuvchi va kimyoviy vositalar saqlash omborxonalari, kiosklar, yengil turdagi obyekt emasligi”;
“12. Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa — ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun soʻrovnomani elektron shaklda toʻldiradi.
Soʻrovnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazish nazarda tutilganda soʻrovnomaga turar joyga birgalikda egalik qiluvchilarning (agar mavjud boʻlsa) notarial tasdiqlangan yozma roziligi;
Madaniy meros agentligining hududiy boshqarmasi ijobiy xulosasi (moddiy-madaniy meros obyektlari, alohida muhofaza qilinadigan hududlarida joylashgan obyekt boʻyicha).
Ariza beruvchidan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumotlar hamda boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi”;
“14. Davlat xizmati koʻrsatilganligi uchun vakolatli organ tomonidan yuborilgan invoys asosida quyidagi miqdorda yigʻim toʻlanadi:
xavf-xatar toifalari boʻyicha I toifa obyektlar uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi;
xavf-xatar toifalari boʻyicha II toifa obyektlar uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari;
xavf-xatar toifalari boʻyicha III-IV toifa obyektlar uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari.
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxslar, shuningdek, mulkdor boʻlgan I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga Davlat xizmatlari markazlari va (yoki) YIDXP orqali davlat xizmatlarini koʻrsatishda qonunchilik hujjatlarida belgilangan davlat bojlari, yigʻimlar va boshqa har qanday toʻlovlar boʻyicha 50 foiz miqdorida chegirma qoʻllaniladi (tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxslar vakili sifatida murojaat qilingan holatlar bundan mustasno).
Davlat xizmatini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlanganligi elektron shaklda tasdiqlanadi”;
uchinchi xatboshidagi “Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish” soʻzlari “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalarining” soʻzlari “vakolatli organning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish” soʻzlari “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “Axborot-kommunikatsiya” soʻzlari “Raqamli” soʻzi bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalarining” soʻzlari “vakolatli organning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“17. Oʻzi kelib murojaat qilganda, Davlat xizmatlari markazi xodimi soʻrovnoma toʻldirilgan vaqtdan boshlab real vaqt rejimida uni quyidagi davlat organlariga (keyingi oʻrinlarda — xulosa beruvchilar) yuboradi:
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filialiga (keyingi oʻrinlarda — kadastr organi);
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining tuman (shahar) sanitariya-epidemiologiya xizmatiga;
Favqulodda vaziyatlar vazirligining tuman (shahar) yongʻin xavfsizligi boʻlimiga, Toshkent shahrida — yongʻin xavfsizligi boshqarmasiga;
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining tuman (shahar) boʻlimiga.
Mavjud binolarni diniy muassasalar va ibodatxonalarga ixtisoslashtirish, diniy muassasalar va ibodatxonalarni qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlarni qurishga ruxsatnoma olish uchun oʻzi kelib murojaat qilganda, Davlat xizmatlari markazi xodimi soʻrovnoma toʻldirilgan vaqtdan boshlab real vaqt rejimida uni, ushbu bandning ikkinchi — toʻrtinchi xatboshidagi organlardan tashqari quyidagi organlarga ham yuboradi:
tuman (shahar) hokimligiga;
Din ishlari qoʻmitasiga”;
quyidagi mazmundagi 171 — 177 -bandlar bilan toʻldirilsin:
“171. Kadastr organi bir ish kuni mobaynida quyidagilarni elektron tizim orqali vakolatli organga yuboradi:
bino va inshoot yer uchastkasi yer fondi yerlarining qaysi toifasiga mansubligi hamda yer ajratish toʻgʻrisidagi hujjatlarning oʻz kuchini yoʻqotganligi yoki yoʻqotmaganligi (muddati oʻtmaganligi) haqida va yer maydoni nizoli emasligi toʻgʻrisida QR-kod qoʻyilgan maʼlumotnoma;
bino va inshootning kadastr chizmasi (planlar, old va yon koʻrinishlari, yer uchastkasining chegarasi (mavjud boʻlganda) va boshqalar). Bunda bino va inshootning kadastr chizmasida mulk huquqiga ega boʻlgan va unga ega boʻlmagan qismlari qayd etiladi.
Bino va inshoot yoki uning yer uchastkasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaganda, ushbu koʻchmas mulk obyektida nizolar borligidan dalolat beruvchi sud hujjatlari mavjud boʻlganda, ushbu yer uchastkasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda olib qoʻyilganligi haqidagi maʼlumotlar mavjud boʻlganda, koʻchmas mulk obyektiga taqiq, xatlov (ipoteka bundan mustasno) qoʻyish vakolati boʻlgan organ tomonidan unga taqiq, xatlov (ipoteka bundan mustasno) qoʻyilganda, noturar joyni turar joyga oʻtkazishda turar joyga oʻtkazilayotgan noturar joy qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlarida joylashganda, filial QR-kod qoʻyilgan rad javobini elektron tizimga yuklaydi. Rad javobi elektron tizim orqali bevosita ariza beruvchiga yuboriladi.
172. Xulosa beruvchilar besh ish kuni davomida bino va inshootning ixtisoslashishni oʻzgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida quriladigan qoʻshimcha bino va inshootlar sanitariya-epidemiologiya va yongʻin xavfsizligi talablariga javob berishi toʻgʻrisidagi ijobiy xulosalarini vakolatli organga yuboradilar. Bunda shartli ravishda ijobiy xulosa berish taqiqlanadi.
Bino va inshootning ixtisoslashishni oʻzgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida quriladigan qoʻshimcha bino va inshootlar sanitariya-epidemiologiya va yongʻin xavfsizligi talablariga javob bermagan holatlarda, salbiy xulosalar elektron tizimga yuklanadi. Salbiy xulosa elektron tizim orqali bevosita ariza beruvchiga yuboriladi.
173. Din ishlari qoʻmitasi soʻrovnoma tushganidan soʻng besh ish kuni mobaynida oʻz xulosasini vakolatli organga va ariza beruvchiga yuboradi. Bunda salbiy xulosa qonunchilikning aniq normalarini koʻrsatgan holda beriladi.
174. Tuman (shahar) hokimligiga soʻrovnoma tushganidan soʻng u besh ish kuni mobaynida diniy muassasalar va ibodatxonalarni qayta qurish va boshqa binolardan diniy muassasalar va ibodatxonalar sifatida foydalanish uchun ularni ixtisoslashishni oʻzgartirishni ijobiy xulosasi orqali kelishib beradi hamda uni vakolatli organga va ariza beruvchiga yuboradi yoki qonunchilikning aniq normalarini koʻrsatgan holda rad etadi.
175. Quyidagilar vakolatli organ huzuridagi Arxitektura-shaharsozlik kengashlari (keyingi oʻrinlarda — Kengash) bilan kelishiladi:
a) aholi punktlarining rivojlanishini rejalashtirish va hududlarini qurish toʻgʻrisidagi shaharsozlik hujjatlari mavjud boʻlmagan taqdirda, ruxsatnomalar berish masalalari;
b) koʻp qavatli binolar joylashgan magistral koʻchalar, shuningdek, xalqaro va davlat ahamiyatiga ega boʻlgan avtomobil yoʻllari boʻylab joylashgan bino va inshootlar, shu jumladan koʻp kvartirali uy-joylarning tashqi koʻrinishini oʻzgartirish bilan bogʻliq rekonstruksiya qilish (fasadlar va tom qismi), ixtisoslashishni oʻzgartirish va ularni qayta qurish masalalari;
v) turar joy zonasida yakka tartibdagi uy-joy yoki boshqa maqsadlardagi bino va inshootlarni qurish uchun moʻljallangan oʻz yer uchastkasida mavjud bino va inshootning toʻliq yoki bir qismini buzgan holda, ular oʻrnida koʻp kvartirali uy-joy qurish masalalari.
Vakolatli organ soʻrovnoma kelib tushganidan soʻng bir ish kuni ichida undagi masalani koʻrib chiqish Kengashga taalluqli boʻlsa, soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni tegishliliga koʻra, Kengashga koʻrib chiqish uchun kiritadi.
Kengashlar oʻziga tegishli masalani oʻn besh ish kuni ichida koʻrib chiqib, ijobiy yoki salbiy xulosani elektron shaklda Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga hamda vakolatli organga yuboradi.
176. Vakolatli organ filialdan bino va inshoot yer uchastkasi yer fondi yerlarining qaysi toifasiga mansubligi hamda yer ajratish toʻgʻrisidagi hujjatlarning oʻz kuchini yoʻqotganligi yoki yoʻqotmaganligi (muddati oʻtmaganligi) haqida maʼlumotnomalar, bino va inshootning kadastr chizmalari, xulosa beruvchilarning ijobiy xulosalar, shuningdek, Din ishlari qoʻmitasidan va tuman (shahar) hokimligidan hamda tegishli Kengashdan ijobiy xulosalar tushgandan soʻng bir ish kuni mobaynida Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga elektron shaklda davlat xizmatini koʻrsatish qiymati belgilangan invoysni (keyingi oʻrinlarda — invoys) yuboradi.
Davlat xizmatlari markazi va YIDXP orqali invoys kelib tushganligi haqida ariza beruvchi xabardor qilinadi.
177. Ariza beruvchiga invoys kelib tushgandan soʻng besh ish kuni mobaynida invoysda qayd etilgan toʻlov amalga oshirilishi lozim”;
“18. Vakolatli organ invoys boʻyicha toʻlov kelib tushgandan soʻng yetti ish kuni mobaynida obyektni joyiga borib, bino va inshootlarni ixtisoslashishni oʻzgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlarni qurish imkoniyatlari mavjudligini oʻrganadi va QR-kod qoʻyilgan ruxsatnomani beradi yoki rad etishning aniq sabablarini koʻrsatgan holda ruxsatnoma berishni rad etadi.
Vakolatli organ tomonidan rad etish normativ-huquqiy hujjatning yoki shaharsozlik normalari va qoidalarining nomi, uning qismi, bandi, kichik bandi yoki xatboshisiga asoslangan boʻlishi talab etiladi.
Ruxsatnoma elektron shaklda rasmiylashtiriladi va vakolatli organning ERIsi bilan tasdiqlanadi.
Vakolatli organ arizani koʻrib chiqish muddati davomida zaruratga koʻra filialdan davlat xizmatini koʻrsatishga doir qoʻshimcha maʼlumotlar talab etilganda, Kadastr agentligining axborot tizimi bilan integratsiya qilingan Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali real vaqt rejimida koʻchmas mulk obyektiga oid zarur maʼlumotlar va kadastr hujjatlarini mustaqil ravishda (yuklab) olishi mumkin.
Agar Kadastr agentligining axborot tizimi bilan integratsiya qilingan Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali obyektning kadastr hujjatlari toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlarni olishni imkoni boʻlmagan yoki maʼlumotlar bazasida mavjud boʻlmagan taqdirda, vakolatli organning elektron soʻroviga asosan Kadastr agentligi tomonidan ikki ish kuni davomida barcha zarur maʼlumotlar va hujjatlar tizimga elektron shaklda yuklanadi.
Ariza beruvchi obyektni oʻrganish uchun vakolatli organga imkoniyat yaratib berishi lozim.
Vakolatli organning obyektni joyiga borib oʻrganib chiqishi butun bino va inshootni yoki ularning qismlarini va ularga biriktirilgan yer uchastkasini, shuningdek, ularga tutash hududni hamda bino va inshootlarni vizual koʻrikdan (zarurat boʻlganda, maxsus uskunalar va asboblardan foydalangan holda) oʻtkazishdan iborat boʻladi.
Vakolatli organ oʻrganish davomida bino va inshoot oʻzboshimchalik bilan qurilmaganligini aniqlash uchun bino va inshootni tekshiruvdan oʻtkazadi, ariza beruvchining soʻrovnomasidagi va kadastr hujjatlaridagi maʼlumotlarni bino va inshootning haqiqiy holati bilan taqqoslaydi.
Shuningdek, obyektda quyidagilar oʻrganiladi:
qurilishi rejalashtirilayotgan obyekt bosh rejaga muvofiq joylashtirilganligi, shu jumladan, obyekt hududning shaharsozlik hujjatlarida belgilangan zonalashtirishga muvofiq joylashganligi;
qurilish-montaj ishlari shaharsozlik hujjatlariga muvofiq amalga oshirilganligi;
muhandislik tarmoqlari va boshqa muhofaza zonalariga boʻlgan masofalar saqlagan holatda obyekt joylashtirilganligi;
qurilayotgan obyekt uchun shaharsozlik talablari boʻyicha yer maydoni yetarli ekanligi;
qurilishi rejalashtirilayotgan obyekt uchun ajratilgan yer maydoni nizoli boʻlgan taqdirda, mazkur nizo mazmunan hal etilganligi toʻgʻrisidagi qonuniy kuchga kirgan sud organining qarori yoxud nizolashuvchi taraflarning yozma ravishda rasmiylashtirilib tasdiqlangan kelishuv bitimi mavjudligi;
shaharsozlik hamda sanitariya norma va qoidalari, shuningdek, yongʻin xavfsizligi talablariga mos ekanligi;
qoʻshimcha bino va inshootlarni qurish rejalashtirilayotgan oʻz hududida koʻp yillik daraxtlar mavjud boʻlgan taqdirda, qurish uchun ekologiya organlarining tegishli ijobiy xulosasi mavjudligi”;
“koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaganligi, yoki foydalanishning belgilangan asosiy maqsadiga koʻra, obyekt qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yoki oʻrmon fondi yerlari hududida joylashganligi haqida sohadagi vakolatli organning xulosasi mavjudligi”;
quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi — oʻn yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“obyekt ulanishi moʻljallanayotgan tashqi muhandislik kommunikatsiya tarmoqlarining yetarli quvvatlarga ega boʻlmaganligi (Kengashda koʻrib chiqilishi jarayonida aniqlanganda);
tegishli Kengashning ijobiy xulosasi olinmaganligi (Kengashda koʻriladigan masalalar boʻyicha);
qonunchilik hujjatlarida vakolat berilgan alohida hududlarni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan direksiya (yoki boshqa shakldagi boshqaruv tashkilotlar)ning salbiy xulosasi olinganda;
bino va inshootning tashqi koʻrinishi hududning tasdiqlangan “dizayn kod”iga muvofiq boʻlmaganda (“dizayn kod” tasdiqlangan hududlarda);
Madaniy meros agentligining hududiy boshqarmasi ijobiy xulosasi olinmaganda (obyekt moddiy-madaniy meros obyektlari, alohida muhofaza qilinadigan hududlarida joylashgan boʻlsa);
bino va inshoot boʻyicha va (yoki) avvalgi ariza (ruxsatnoma) yuzasidan sudda nizo koʻrilayotgan boʻlsa”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda oʻzi kelib murojaat etganda, Davlat xizmatlari markazi xodimi, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa — ariza beruvchi mustaqil ravishda avvalgi ariza uchun toʻlangan invoysni tizimdan yuklab olib, takroriy arizaning toʻlov bosqichida biriktiradi. Takroriy soʻrovnoma ushbu Reglamentda belgilangan tartibda umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi”;
24-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Obyektdagi binolarni (binoni) noturar joy toifasidan turar joy toifasiga oʻtkazishda mazkur obyektga tegishli yer uchastkasining faqat 0,04 gektargacha boʻlgan boʻsh yer uchastkadan iborat qismini turar joy toifasiga oʻtkazishga ruxsat etiladi (obyektdagi noturar joy toifasidan turar joy toifasiga oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan binolar (binoni)ning umumiy maydoni hamda xususiylashtirilgan yerlar bundan mustasno)”;
25-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Ruxsatnoma YIDXP orqali yuborilganda, bir vaqtning oʻzida, ushbu obyektning elektr, suv va gaz tarmoqlari boʻyicha maʼlumotlarini hamda texnik shartlarini yangilash uchun tegishli muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlarga yuboriladi”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Ushbu ruxsatnomada arxitektura-rejalashtirish topshirigʻi ishlab chiqilishi, loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlashda qonunchilik hujjatlari hamda shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga zid ravishda binolar konstruksiyasiga taʼsir koʻrsatuvchi oʻzgartirishlar kiritmaslik hamda obyektda evakuatsiya chiqishlarining soni va joylashishini oʻzgartirmaslik, loyiha-smeta hujjatlari kelishilishi, rekonstruksiyasi tugallangan bino va inshootlarning noturar joyga kadastr pasportini qayta shakllantirish, foydalanishga qabul qilish hamda unga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqida talablar koʻrsatiladi”;
“29. Davlat xizmatlari markazi ruxsatnoma kelib tushgandan soʻng real vaqt rejimida uni:
Kadastr agentligiga elektron shaklda hamda ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va (yoki) ariza beruvchini bu haqida elektron shaklda xabardor qiladi;
bir vaqtning oʻzida ushbu obyektning elektr, suv va gaz tarmoqlari boʻyicha maʼlumotlarini hamda texnik shartlarini yangilash uchun tegishli muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlarga yuboradi.
Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda, ariza beruvchining soʻroviga koʻra unga ruxsatnomani elektron shaklda yoki qogʻoz shaklida taqdim etishi mumkin”;
quyidagi mazmundagi 291-band bilan toʻldirilsin:
“291. Kadastr agentligi turar joyni noturar joyga yoki noturar joyni turar joyga ixtisoslashishini oʻzgartirish (rekonstruksiya qilmasdan) boʻyicha ruxsatnoma kelib tushganidan keyin bir ish kunida kadastr pasportini rasmiylashtirish va koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiradi”;
“Bino va inshootlarning ixtisoslashishini oʻzgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Amalga oshiriladigan tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
1. Ruxsatnoma olish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib yoki YIDXP orqali murojaat qilish.
Oʻz xohishiga koʻra
2. Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlash.
Murojaat qilganda
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
Soʻrovnomani vakolatli organ, filial, tuman (shahar) sanitariya-epidemiologiya xizmati, tuman (shahar) yongʻin xavfsizligi boʻlimi, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi tuman (shahar) boʻlimiga (keyingi oʻrinlarda — xulosa beruvchilar), Din ishlari qoʻmitasiga hamdatuman (shahar) hokimligiga yuborish.
Avtomatik ravishda
3-bosqich
Vakolatli organ
Soʻrovnomadagi masalani koʻrib chiqish Kengashga taalluqli boʻlsa, soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni tegishliliga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasiga Kengashda koʻrib chiqilishi uchun yuborish.
bir ish kuni ichida
4-bosqich
Xulosa beruvchilar, Din ishlari qoʻmitasi, tuman (shahar) hokimligi,
Kengash.
Oʻziga tegishli masala yuzasidan salbiy yoki ijobiy xulosani Vakolatli organga berish.
besh ish kuni mobaynida
(Toshkent shahar QBB ASHKda oʻn ish kuni mobaynida)
5-bosqich
Vakolatli organ
Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga elektron shaklda davlat xizmatini koʻrsatish qiymati belgilangan invoysni (keyingi oʻrinlarda — invoys) yuboradi.
tegishli xulosalar kelib tushgandan soʻng bir ish kuni mobaynida
6-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
Invoys olinganligi haqida ariza beruvchini elektron tarzda xabardor qilish.
Real vaqt rejimida
7-bosqich
Ariza beruvchi
Invoysda qayd etilgan toʻlovni amalga oshirish.
3 ish kuni mobaynida
8-bosqich
Vakolatli organ
1. Invoysda koʻrsatilgan toʻlov kelib tushgandan soʻng obyekt joylashgan hududga chiqqan holda obyektni ixtisoslashishni oʻzgartirish, qayta qurish hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlar qurish imkoniyatlarini oʻrganib chiqish.
2. Ruxsatnomani ERI bilan tasdiqlash orqali rasmiylashtirish.
3. Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga QR-kodli ruxsatnomani yuborish.
7 ish kuni mobaynida
9-bosqich
Davlat xizmatlari markazi
Ariza beruvchining elektron manziliga ruxsatnomani joʻnatish, ariza beruvchini bu haqida elektron xabardor qilish va ruxsatnomani berish.
“Bino va inshootlarning ixtisoslashishini oʻzgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun
SOʻROVNOMA
______________
__________________
(sana)
(tartib raqami)
I. Jismoniy shaxs — ariza beruvchi haqida maʼlumotlar:
1. JSHSHIR
2. F.I.O.
3. Telefon raqami
4. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa)
II. Yuridik shaxs — ariza beruvchi haqida maʼlumotlar:
1. Toʻliq nomi
2. Telefon raqami
3. STIR
4. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa)
III. Obyekt haqida maʼlumot:
1. Kadastr raqami
2. Obyekt joylashgan manzil
a) Turar joydan noturar joyga oʻtkazish boʻyicha:
toʻliq
qisman
Bino va inshootning noturar joyga oʻtishi
rekonstruksiya qilib
rekonstruksiya qilmasdan
Faoliyat turi
Bino va inshootning raqami, literi
Noturar joyga oʻtadigan bino va inshootning:
umumiy maydoni;
qurilish osti maydoni (alohida koʻrsatiladi)
b) Noturar joydan turar joyga oʻtkazish boʻyicha
toʻliq
qisman
Bino va inshootning raqami, literi
Turar joyga oʻtkaziladigan bino va inshootning:
umumiy maydoni qurilish osti maydoni (alohida koʻrsatiladi)
v) Obyektning ixtisoslashishini oʻzgartirish va rekonstruksiya qilishning asosiy mazmuni
d) Oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlarni qurish boʻyicha:
qoʻshimcha quriladigan binolar qavatining soni koʻrsatiladi
3. Koʻchmas mulk taqiq, xatlov yoki garovga (ipotekaga) qoʻyilgan boʻlsa, vakolatli organning rozilik xati ilova qilinadi.
4. Madaniy meros agentligining hududiy boshqarmasi ijobiy xulosasi ilova qilinadi (obyekt moddiy-madaniy meros obyektlari, alohida muhofaza qilinadigan hududlarida joylashgan boʻlsa).
“(tuman (shahar) qurilish boʻlimlari)” soʻzlari “(Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
5.
Obyektning:
yer maydoni;
qurilish osti maydoni (alohida koʻrsatiladi)
”;
Izohning 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Obyektdagi turar joyni rekonstruksiya qilib, noturar joyga ixtisoslashishi oʻzgartirilgan bino va inshootlar (yoki ularning bir qismi) hamda yer uchastkasi chegarasi koʻrsatilgan obyektning M1:500 masshtabdagi umumiy sxemasi ilova qilinadi”;
“(tuman (shahar) qurilish boʻlimlari)” soʻzlari “(Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Qurilish vazirligi” soʻzlari “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari bilan hamda “(tuman (shahar) qurilish boʻlimlari)” soʻzlari “(Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
4.
Obyektning:
yer maydoni;
qurilish osti maydoni (alohida koʻrsatiladi)
”;
Eslatma quyidagi mazmundagi 4-band bilan toʻldirilsin:
“4. Obyektdagi turar joyni rekonstruksiya qilib, noturar joyga ixtisoslashishi oʻzgartirilgan bino va inshootlar (yoki ularning bir qismi) hamda yer uchastkasi chegarasi koʻrsatilgan obyektning M1:500 masshtabdagi umumiy sxemasi ilova qilinadi”;
“Qurilish vazirligi” soʻzlari “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari bilan hamda “(tuman (shahar) qurilish boʻlimlari)” soʻzlari “(Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ruxsatnomaning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kapital bino va inshootlarning, shuningdek, alohida xonalarning ixtisoslashishini oʻzgartirishga oʻziga tegishli yer uchastkasida qoʻshimcha kapital bino va inshootlarni qurishga, mavjud bino va inshootlarni rekonstruksiya qilishga hamda oʻz hududida ularni toʻliq yoki qisman buzgan holda oʻrnida yangi qoʻshimcha bino va inshootni qurish uchun ruxsatnoma”;
1-band “Reglament” soʻzidan keyin “mulk huquqi, egalik kilish, foydalanish yoki ijara asosida olingan yer uchastkasining mulkdori boʻlgan” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“2. Ushbu Reglament shaharsozlik hujjatlari hamda shaharsozlik normalari va qoidalarida belgilangan talablarga asosan barcha turdagi bino va inshootlar, shuningdek, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, yoʻl va yoʻl infratuzilmasi obyektlarini (hajmi 300 kub metrdan kichik boʻlgan yengil turdagi (konstruksiyali) qurilmalar hamda yakka tartibdagi uy-joylar bundan mustasno) qurish va rekonstruksiya qilish hamda obodonlashtirish ishlarini bajarish uchun ARTni majburiy ishlab chiqish va taqdim etishga nisbatan tatbiq etiladi”;
ikkinchi xatboshidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalariga” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi “kelishishda” soʻzidan keyin “, shuningdek, bino va inshootlarni ixtisoslashishini oʻzgartirishda (rekonstruksiyasiz)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
4-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“ART hujjatlari raqamlanadi. Ishlab chiqilgan ART hujjatlari boʻyicha loyiha ishlari bajarilib, qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun obyekt davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng mazkur ART bilan qayta loyihalashtirish taqiqlanadi. Dastlabki ART bilan loyihalashtirish ART rekvizitlarini bazada taqiqqa qoʻyilishiga sabab boʻladi”;
“9. Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovada keltirilgan shakl boʻyicha davlat xizmatidan foydalanish uchun soʻrovnomani elektron shaklda toʻldiradi.
Bunda obyekt turi va sohasi “Qurilish obektlarining xavf-xatar toifasi boʻyicha murakkablik toifalari tasnifi”dan tanlash orqali toʻldiriladi hamda obyektning murakkablik toifasi avtomatik ravishda aniqlanadi.
Soʻrovnomaga quyida sanab oʻtilgan hujjatlardan biri ilova qilinadi:
tegishli ravishda vakolatli organning bino va inshootni rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootni qurishga ruxsatnomasi;
“E-auksion” yagona elektron savdo maydonchasida oʻtkazilgan elektron auksion natijalari haqidagi bayonnoma;
yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasining qarori;
obyektda tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga (ehtiyojga koʻra elektr, gaz, suv taʼminoti va oqova suv tarmoqlari) ulanish nuqtalari va ularga obyektdan ulanish trassalari oʻtkazilishi zarurati mavjud boʻlsa, texnik shartlar;
obyektning 1:500 masshtabdagi elektron versiyadagi DWG formatdagi topoxaritasi;
obyekt qurilishi yangi yer uchastkasida rejalashtirilayotganda uni ajratish haqidagi tegishli viloyat, tuman (shahar) hokimining qarori yoki auksion orqali sotib olingan boʻlsa tegishli hujjat nusxasi.
Ariza beruvchilardan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumotlarni, shuningdek, boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilish taqiqlanadi.”
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxslar, shuningdek, mulkdor boʻlgan I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga Davlat xizmatlari markazlari va (yoki) YIDXP orqali davlat xizmatlarini koʻrsatishda qonunchilik hujjatlarida belgilangan davlat bojlari, yigʻimlar va boshqa har qanday toʻlovlar boʻyicha 50 foiz miqdorida chegirma qoʻllaniladi (tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxslar vakili sifatida murojaat qilingan holatlar bundan mustasno)”;
“a” kichik bandning uchinchi xatboshisidagi “Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish” soʻzlari “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Axborot-kommunikatsiya” soʻzlari “Raqamli” soʻzi bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish” soʻzlari “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda oʻzi kelib murojaat etganda, Davlat xizmatlari markazi xodimi, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa — ariza beruvchi mustaqil ravishda, avvalgi ariza uchun toʻlangan invoysni Tizimdan yuklab olib, takroriy arizaning toʻlov bosqichida biriktiradi”;
quyidagi mazmundagi 141 — 145-bandlar bilan toʻldirilsin:
“141. Ruxsat etilgan foydalanish turi oʻzgartiriladigan yer uchastkasida quriladigan ijtimoiy va infratuzilma obyektlardan tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga qoʻshimcha yuklanish paydo boʻladigan holatlarda mazkur obyektlarni loyihalashtiradigan loyiha tashkiloti (keyingi oʻrinlarda — loyihachi) tomonidan ART ishlab chiqilishidan oldin ushbu yuklamalar miqdori muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining alohida har bir turi boʻyicha aniqlanadi va maʼlumotnomada (keyingi oʻrinlarda — maʼlumotnoma) qayd etiladi.
Maʼlumotnoma loyihachi tomonidan real vaqt rejimida ariza beruvchiga (ijtimoiy yoki infratuzilma obyekt egasiga) taqdim etiladi.
142. Buyurtmachi maʼlumotnomani real vaqt rejimida tegishligicha tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanuvchi tashkilotlarga (tarmoqlar egalariga) taqdim etadi.
143. Tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanuvchi tashkilotlar qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda maʼlumotnomada koʻrsatilgan yuklamalarni inobatga olgan holda oʻzining texnik shartlarini ishlab chiqadi va ariza beruvchiga yuboradi.
144. Maʼlumotnomada koʻrsatilgan yuklamalar ijtimoiy va infratuzilma obyektlari uchun quyidagi manbalardan kompensatsiya qilinadi (Toshkent shahri hududida quriladigan, qayta quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlar quriladigan obyektlar bundan mustasno):
tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻlik obyektlar uchun — 50 foizi tegishli tadbirkorlik subyekti mablagʻlari, qolgan 50 foizi esa muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanuvchi tashkilotlar mablagʻlari;
budjet tashkilotlari obyektlari uchun — 50 foizi budjet mablagʻlari, qolgan 50 foizi esa muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanuvchi tashkilotlar mablagʻlari.
145. Maʼlumotnomada koʻrsatilgan yuklamalarning kompensatsiya mablagʻlari miqdori muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi”;
17-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Obyekt mazkur Reglamentning 16-bandida belgilangan muddat ichida oʻrganib chiqiladi”;
“19. Kadastr agentligi oʻzining axborot tizimi orqali Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga real vaqt rejimida koʻchmas mulk obyektiga oid quyidagi zarur maʼlumotlarni yuboradi:
koʻchmas mulkning manzili, yer uchastkasining maydoni hamda roʻyxatdan oʻtgan raqami va sanasi, huquq turi, yer fondi toifasi, oʻzboshimcha egallangan yer maydoni, bino inshootlar maydoni hamda roʻyxatdan oʻtgan raqami va sanasi, huquq turi, oʻzboshimcha qurilmalar, hujjatsiz qurilmalar maʼlumotlari, mulk egasi haqidagi maʼlumotlar, koʻchmas mulkka taqiq va cheklovlar mavjudligi.
Agar, yuqoridagi maʼlumotlar yuborilmasa, vakolatli organning elektron soʻroviga asosan Kadastr agentligi tomonidan ikki ish kuni davomida barcha zarur maʼlumotlar va hujjatlar tizimga elektron koʻrinishda yuklanadi”;
“22. Invoysda koʻrsatilgan toʻlov amalga oshirilgandan kundan boshlab ushbu Reglamentga 3-ilovada belgilangan muddatda hamda vakolatli organ Reglamentga 4-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq ART ishlab chiqadi.
Bunda soʻrovnomaga texnik shartlar ilova qilingan taqdirda, yer uchastkasi (obyekt)ning amaldagi joylashuvini hisobga oluvchi muhandislik-kommunikatsiya tarmogʻiga ulanishning texnik shartlarida bayon etilgan maʼlumotlarni taqqoslagan holda obyekt tekshiruvdan oʻtkazilib, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining ulanish nuqtalarigacha oʻtkaziladigan trassalari belgilanadi.
Ushbu Reglamentga 3-ilovada belgilangan muddatda QR-kod qoʻyilgan ART elektron shaklda rasmiylashtiriladi va vakolatli organning ERIsi bilan tasdiqlanadi”;
“ART ushbu Reglamentning 22-bandi talablariga muvofiq tasdiqlangan kuni vakolatli organ tomonidan Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga elektron shaklda yuboriladi”;
2-ilovaning “IV. Ilova qilinadigan hujjat (quyida koʻrsatilgan hujjatlardan biri ilova qilinadi)” boʻlimining “a” kichik bandidagi “tuman (shahar) qurilish boʻlimlari” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Qurilish bosh boshqarmasining manzili” soʻzlari “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasining manzili” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
1.
Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish uchun asos boʻlgan hujjatlar
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasining 20 ___ yil _____ dagi 00-0/0000-son ruxsatnomasi, yerga egalik qilish huquqini tasdiqlovchi hujjat (kadastr raqami yoki____).
”;
7-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
7.
Arxitektura talablari
Loyihani ishlab chiqishda:
a) shaharsozlik normalari va qoidalariga amal qilish;
b) aholi punktining tasdiqlangan bosh rejasiga va uning tegishli qismining batafsil rejalashtirish loyihasiga qatʼiy rioya etib, obyekt atrofidagi mavjud binolarga bogʻlangan holda yagona arxitektura koʻrinishini tashkil etish lozimligini inobatga olish;
v) obyektni rekonstruksiya qilish loyihalarini ishlab chiqishni boshlashdan oldin ayrim holatlarda (buyurtmachining talabiga binoan yoki tashqi koʻrinishidan avariya holatining alomatlari mavjud boʻlganda) tegishli litsenziyaga ega boʻlgan loyiha va boshqa tashkilotlarning obyektning holati boʻyicha xulosasini olish;
g) ushbu ARTga muvofiq buyurtmachi tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan, alohida muhim obyektlar boʻyicha viloyat qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi bilan kelishilgan loyiha topshiriqlariga, 1:500 nisbatdagi topoxaritadagi tasdiqlangan chegaralarga amal qilish;
d) obyektning 1:500 nisbatdagi bosh rejasini loyihalashtirishda loyiha tashkiloti tomonidan ixtisosi oʻzgarayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan bino joylashtirilgan hamda obyekt atrofida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari aks ettirilgan, obyektga kirish-chiqish yoʻllari va avtomobillar toʻxtash joylari tashkil etilishi nazarda tutish;
e) obyektning balandligi ____ qavatdan kam boʻlmasin yoki qavatdan oshmasin (aholi punkti boʻyicha shaharsozlik hujjatlari hamda qurish loyihalari mavjud hollarda toʻldiriladi);
j) obyektda quyidagi kichik arxitektura shakllari oʻrnatilishi nazarda tutiladi: __________________________
z) yangi quriladigan, balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlgan (yordamchi xoʻjalik imoratlarini hisobga olmagan holda)bino va inshootlarni loyihalashtirishda ularga tutash hududlarning koʻkalamzorlashtirish (daraxtlar, butalar, boshqa oʻsimliklar va nihollarni ekish) maydonlari loyiha uchun ajratiladigan yer uchastkalari umumiy maydonining 25 foizidan kam boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi (ekspluatatsiya muddatini oʻtab boʻlgan va maʼnan eskirgan bino va inshootlarni renovatsiya qilish bundan mustasno);
i) koʻp kvartirali uy-joyga xizmat koʻrsatadigan yer uchastkasida avtoturargoh joylashtirish imkoniyati boʻlmagan holatda mazkur uy-joyning yertoʻla qismida undagi kvartiralar soniga mutanosib oʻrinlar moʻljallangan avtoturargoh qurilishi majburiy ravishda nazarda tutiladi;
k) koʻp kvartirali turar-joylarda quyidagilar taqiqlanadi:
birinchi qavatdagi va yertoʻla qismidagi xonalarni rekostruksiya (yuk koʻtaruvchi qismlarini oʻzgartirish) qilish (xonalarni ixtisoslashishini oʻzgartirish, shuningdek gipsokarton, plastik va shu turdagi boshqa yengil materiallardan iborat orayopma devorlarni oʻrnatish bundan mustasno);
yuqori qavatlarida joylashgan va loyiha-smeta hujjatlari mavjud turar-joylarni rekonstruksiya (yuk koʻtaruvchi qismlarini oʻzgartirish) qilish va qayta rejalashtirish (gipsokarton, plastik va shu turdagi boshqa yengil materiallardan iborat orayopma devorlarni oʻrnatish bundan mustasno).
l) shaharsozlik hujjatlarda istiqbolda muayyan hududda mavjud bino va inshootlar buzilishi belgilangan holatlarda ushbu hududlarda joylashgan bino va inshootlarni ixtisoslashishini oʻzgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnomalar berilishi mumkin.
m) avtomobil va temir yoʻllari, suv inshootlari muhofaza zonalarida joylashgan bino va inshootlarga faqat ixtisoslashishini oʻzgartirish va rekonstruksiya qilish uchun ruxsatnomalar berilishi mumkin. Bunday hollarda, oʻz hududida qoʻshimcha kapital bino va inshootlarni qurish, mavjudlarining qavatini oshirish taqiqlanadi.
”;
12-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
12.
Yongʻinga qarshi talablar
Loyihalashtirishda binolar va inshootlar belgilangan yongʻinga qarshi oraliq masofalarni saqlagan holda joylashtirilishini, rejaviy tuzilishini (planirovkasi), qurilishda foydalanilishi nazarda tutilayotgan konstruksiya va mahsulotlarning yongʻin xavfsizligi talablariga mosligini, sodir boʻlishi mumkin boʻlgan yongʻinlarni bartaraf etish uchun suv manbalari (gidrant, sigʻim, hovuz va boshqalar) tashkil etilishini hamda amaldagi texnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlarga muvofiq boshqa yongʻinga qarshi talablarni inobatga olish.
”;
14 va 15 pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Loyiha ARTga muvofiqligi yuzasidan YIDXP yoki Davlat xizmatlari markazi orqali quyidagi idoralar bilan kelishiladi:
a) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari hamda Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasihuzuridagi Hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlari (keyingi oʻrinlarda — Kengashlar) tomonidan ikki qavatdan yuqori (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan koʻp boʻlgan yakka tartibdagi uy-joylar va 300 metr kubdan ortiq boʻlgan noturar bino va inshootlar;
b) tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimlari tomonidan — ikki qavatgacha (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan past va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan kam boʻlgan yakka tartibdagi uy-joylarning hamda 300 metr kubdan ortiq boʻlmagan noturar bino va inshootlarning loyiha-smeta hujjatlari;
Kelishish uchun loyiha-smeta hujjatlarining elektron shakldagi loyiha-smeta hujjatlarining arxitektura qismi ilova qilinadi. Ilova qilinadigan hujjatlar PDF yoki JPEG formatda boʻlishi kerak.
15.
Alohida talablar
a) Loyihani kelishish davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi huzuridagi Hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlari tomonidan berilgan tavsiyalar va ekspertiza xulosasida koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish;
b) loyihada yangi quriladigan, balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlgan bino va inshootlarni loyihalashtirishda ularga tutash hududlarning koʻkalamzorlashtirish (daraxtlar, butalar, boshqa oʻsimliklar va nihollarni ekish) maydonlari loyiha uchun ajratiladigan yer uchastkalari umumiy maydonining 25 foizidan kam boʻlishiga yoʻl quymaslik;
v) loyihada koʻp kvartirali uy-joylarga tutash yer uchastkalarida mazkur uy-joyga xizmat koʻrsatuvchi avtoturargox joylashtirish uchun yer maydoni mavjud boʻlmaganda, avtoturargohni majburiy ushbu uy-joyning 1-qavatida yoki yertoʻlasida nazarda tutish;
g) loyihada bino va inshootlar qurilishida energiya tejamkor materiallar qoʻllanilishini nazarda tutish;
d) qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq:
qurilish jarayonida belgilangan tartibda loyiha tashkiloti tomonidan obyektda mualliflik nazoratini amalga oshirilishini taʼminlash;
“1. Ushbu Reglament yuridik va jismoniy shaxslar yoki ularning buyurtmasiga (shartnomaga) muvofiq loyiha tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchilar) tomonidan berilgan soʻrovnomaga asosan yer maydoni hajmidan qatʼi nazar, barcha turdagi binolar, inshootlar, yakka tartibdagi uy-joylar, koʻp kvartirali uylar, suv taʼminoti, kanalizatsiya va oqova suvlarni tozalash tizimlari, gidrotexnika inshootlari va boshqa obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarining (keyingi oʻrinlarda — loyiha-smeta hujjatlari) arxitektura qismini koʻrib chiqish va kelishish tartibini belgilaydi”;
2-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalariga” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ)ga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“3. Loyiha-smeta hujjatlari tegishli litsenziyasi boʻlgan loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqiladi. Loyiha-smeta hujjatlarida bino va inshoot, kvartira hamda yakka tartibdagi uy-joyning umumiy maydoni va qurilish osti maydoni (kvadrat metrda) va balandligi koʻrsatilishi kerak”;
quyidagi mazmundagi 31-band bilan toʻldirilsin:
“31. Yakka tartibdagi uy-joyni qurish loyiha hujjati quyidagilardan iborat:
yakka tartibdagi uy-joyning yer uchastkasi joylashgan hududning (mahallaning, qishloqning va hakazo) erkin masshtabdagi vaziyat sxemasi;
yer osti muhandislik kommunikatsiyalari aks ettirilgan yakka tartibdagi uy-joyning bosh rejasi (M1:500);
yakka tartibdagi uy-joydagi kapital binolarning poydevorlari, yertoʻlalari, qavatlari planlari:
kapital binolarning qirqimlari;
hovlidagi kapital binolarning konstruktiv qismi (buyurtmachining ixtiyoriga koʻra).
Yengil turdagi (konstruksiyali) qurilmalar uchun qurilmaning plani, toʻrt tomonidan koʻrinishli rangli fasadlari, qirqimi hamda qurilma joylashtiriladigan maydonchaning bosh rejasidan iborat loyihaning arxitektura qismi ishlab chiqiladi.”;
“4. Ariza beruvchi loyiha-smeta hujjatlarini kelishish uchun ariza berishdan oldin harbiy obyektlar va boshqa rejimli hududlarning foydalanuvchisi boʻlgan tashkilot bilan harbiy obyektlar va boshqa rejimli hududlarning chegaralaridan bino va inshootlargacha boʻlgan masofalarni (keyingi oʻrinlarda — masofalarni) kelishishi lozim.
Bunda harbiy obyektlar va boshqa rejimli hududlarning foydalanuvchisi boʻlgan tashkilot bilan kelishish uchun ularga yozma ravishda murojaat qilinadi.
Murojaat kelib tushganidan soʻng 5 ish kuni ichida harbiy obyektlar va boshqa rejimli hududlarning foydalanuvchisi boʻlgan tashkilot tomonidan shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq koʻrib chiqilib, masofalarni kelishish yoki asoslantirilgan holda kelishishni rad etish boʻyicha xulosa taqdim etiladi”;
quyidagi mazmundagi 41-band bilan toʻldirilsin:
“41. Obyekt egasi oʻzgarganda (begonalashtirilganda), obyektni qurish (rekonstruksiya qilish) boʻyicha kelishilgan loyiha-smeta hujjatlari oʻzgarmasa, loyiha hujjatlari qayta kelishilishi talab etilmaydi”;
“5. Ikki qavatdan yuqori boʻlmagan (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlmagan (yordamchi xoʻjalik imoratlarini hisobga olmagan holda) yakka tartibdagi uy-joylar va 300 metr kubdan ortiq boʻlmagan noturar bino va inshootlarni qurish hamda rekonstruksiya qilish loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat inspeksiyalaridan ruxsat olish talab etilmaydi.
Mazkur holatlarda vakolatli organ tomonidan kelishilgan loyiha-smeta hujjatlari qurilish va rekonstruksiya qilish, yengil turdagi (konstruksiyali) qurilmalarni qurish, yigʻish va oʻrnatish ishlarini boshlash uchun asos hisoblanadi”;
vakolatli organ huzuridagi hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlari (keyingi oʻrinlarda — Kengashlar) tomonidan ikki qavatdan yuqori (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlgan (yordamchi xoʻjalik imoratlarini hisobga olmagan holda) yakka tartibdagi uy-joylar va 300 metr kubdan ortiq boʻlgan noturar bino va inshootlar boʻyicha oʻn ikki ish kuni mobaynida;
vakolatli organ tomonidan — ikki qavatdan yuqori boʻlmagan (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlmagan (yordamchi xoʻjalik imoratlarini hisobga olmagan holda) yakka tartibdagi uy-joylar va 300 metr kubdan ortiq boʻlmagan noturar bino va inshootlar boʻyicha yetti ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi va kelishiladi.
8. Ikki qavatdan yuqori boʻlgan (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlgan (yordamchi xoʻjalik imoratlarini hisobga olmagan holda) yakka tartibdagi uy-joylar va 300 metr kubdan ortiq boʻlgan noturar bino va inshootlarni qurish hamda rekonstruksiya qilish obyektining loyiha hujjatlari Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 579-son qarori bilan tasdiqlangan Obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy taʼmirlash boʻyicha shaharsozlik va loyiha hujjatlarining loyihaviy yechimlarini shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish tartibiga muvofiq majburiy ekspertizadan oʻtkaziladi hamda obyektda qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining hududiy inspeksiyalaridan ruxsatnoma olinadi.
9. Davlat xizmatlari markazlari, Kengashlar va vakolatli organ oʻrtasida ERIdan foydalangan holda faqat elektron shaklda axborot almashinadi”;
“12. Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa — ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovada keltirilgan shakl boʻyicha davlat xizmatidan foydalanish uchun soʻrovnomani elektron shaklda toʻldiradi.
Soʻrovnomaga loyiha-smeta hujjatlarining elektron koʻrinishdagi loyihaning arxitektura qismi (keyingi oʻrinlarda — loyihaning arxitektura qismi), shuningdek, harbiy obyektlar va boshqa rejimli hududlarning foydalanuvchisi boʻlgan tashkilotning xulosasi olingan boʻlsa, mazkur xulosa PDF yoki JPEG formatda ilova qilinadi.
Bunda oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, loyihaning arxitektura qismi Davlat xizmatlari markaziga ariza beruvchi tomonidan elektron shaklda taqdim etiladi.
Soʻrovnomaga suvni muhofaza qilish hududlari chegaralariga tutash yer uchastkalarida barpo etiladigan qurilish obyektlariga suv obyektlarining balans saqlovchi xulosalar ilova qilinadi.
Loyihaning arxitektura qismi qogʻoz shaklida qabul qilinadi, Davlat xizmatlari markazida skanerlash taqiqlanadi.
Ariza beruvchilardan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumotlarni hamda boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi”;
xavf-xatar toifalari boʻyicha I toifa obyektlar uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi;
xavf-xatar toifalari boʻyicha II toifa obyektlar uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari;
xavf-xatar toifalari boʻyicha III-IV toifa obyektlar uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Davlat xizmatini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlanganligi elektron shaklda tasdiqlanadi.
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxslar, shuningdek, mulkdor boʻlgan I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga Davlat xizmatlari markazlari va (yoki) YIDXP orqali davlat xizmatlarini koʻrsatishda qonunchilik hujjatlarida belgilangan davlat bojlari, yigʻimlar va boshqa har qanday toʻlovlar boʻyicha 50 foiz miqdorida chegirma qoʻllaniladi (tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxslar vakili sifatida murojaat qilingan holatlar bundan mustasno)”;
“a” kichik bandning uchinchi xatboshisidagi “Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish” soʻzlari “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Axborot-kommunikatsiya” soʻzlari “Raqamli” soʻzi bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish” soʻzlari “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“17. Oʻzi kelib murojaat etganda, Davlat xizmatlari markazlari xodimi obyektning loyiha-smeta hujjatlaridagi bino va inshootning maydoniga koʻra soʻrovnomani va loyiha-smeta hujjatlarini real vaqt rejimida mazkur Reglamentning 7-bandi bilan belgilangan tartib asosida elektron tizim orqali bir vaqtda:
Kengashning barcha aʼzolariga;
ikki qavatdan yuqori boʻlmagan (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlmagan yakka tartibdagi uy-joylar va 300 metr kubdan ortiq boʻlmagan noturar bino va inshootlar boʻyicha faqat vakolatli organning oʻziga yuboradi.
18. Kengashning har bir aʼzosi soʻrovnoma kelib tushgan kundan boshlab yetti ish kuni mobaynida “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida loyiha-smeta hujjatlarining arxitektura qismini kelishadi yoki salbiy xulosa beradi.
Bunda:
Kengash aʼzolari oʻz vakolati doirasida loyiha-smeta hujjatlarining arxitektura qismiga eʼtirozlar boʻlmagan taqdirda, QR-kod qoʻyilgan ijobiy xulosani xech qanday shartlar va izohlarsiz yuboradi yoki aniq normani koʻrsatib, asoslantirilgan holda kelishishni rad etadi (salbiy xulosa beradi).
Kengashning barcha aʼzolaridan ijobiy xulosalar elektron tizim orqali olingandan soʻng vakolatli organ tomonidan besh ish kuni ichida loyiha-smeta hujjatlaridagi bino va inshootning arxitektura koʻrinishi hamda joylashuvi boʻyicha kollegial ravishda muhokama oʻtkaziladi. Bunda, kengash raisi zarur hollarda boshqa vazirliklar va idoralar mutaxassislarini jalb etish huquqiga ega.
Muhokamada faqat bino va inshootning arxitektura koʻrinishi boʻyicha eʼtirozlar bildirilishi mumkin.
Muhokama natijalari va Kengash aʼzolarining QR-kod qoʻyilgan ijobiy yoki salbiy xulosalariga muvofiq vakolatli organ Kengash bayonini rasmiylashtiradi va bayonnoma hamda ushbu Reglamentning 3-ilovasidagi shakldagi QR-kod qoʻyilgan xulosa (ijobiy yoki salbiy)ni elektron tizim orqali avtomatik tarzda ariza beruvchiga yuboradi.”
quyidagi mazmundagi 181-band bilan toʻldirilsin:
“181. Loyiha-smeta hujjatlarining arxitektura qismini koʻrib chiqish va kelishish vakolatli organning oʻziga taalluqli boʻlganda, vakolatli organ soʻrovnoma kelib tushgan kundan boshlab yetti ish kuni mobaynida “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida loyiha-smeta hujjatlarining arxitektura qismini kelishadi yoki salbiy xulosa beradi”;
“19. Quyidagilar davlat xizmatini koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi:
soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilishi;
davlat xizmati koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik;
tegishli litsenziyaga ega boʻlmasdan loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilganligi;
bino va inshootning arxitektura koʻrinishi va joylashuvi boʻyicha Kengashda oʻtkazilgan muhokamada asoslantirilgan eʼtiroz bildirilganligi;
loyiha-smeta hujjatlaridagi obyekt nomi davlat tili qoida va talablariga mos emasligi;
bino va inshoot qismlaridagi yaxlit ranglar va shakllar (parapet, pilyastr, deraza, eshik va boshqalar) mazkur bino va inshootlarning funksional vazifasiga yoki umumiy arxitektura koʻrinishiga mos kelmasligi;
loyihada bino va inshootlar hududlaridan yogʻingarchilik suvlarini toʻliq olib chiqib ketish maqsadida yomgʻir suvlarini oqizish tarmoqlarining (lotok) yirik (kanal, kollektor, drenaj va yirik irrigatsiya tarmoqlari) tarmoqlarga ulash nazarda tutilmaganligi;
suvni muhofaza qilish hududlari chegaralariga tutash yer uchastkalarida amalga oshiriladigan qurilish obyektlariga suv obyektlarining balansda saqlovchi tashkilotlaridan tegishli xulosalar olinmaganligi;
obyekt loyihasida nazarda tutilgan qurilish ishlari oʻzboshimchalik bilan boshlanganligi;
loyiha yechimlari shaharsozlik hamda sanitariya norma va qoidalari, shuningdek, yongʻin xavfsizligi talablariga javob bermaganda;
vakolatli organ tomonidan berilgan ruxsatnomada hamda arxitektura-rejalashtirish topshirigʻida belgilangan shartlar va talablar bajarilmaganda;
oʻziga tegishli hudud chegarasidan chiqib loyihalashtirilganda hamda muxandislik tarmoqlari muhofaza zonalari masofalari saqlanmaganda;
savdo va biznes markazlari, koʻngilochar va dam olish maskanlari, avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari, mehmonxonalar, xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yoʻllari boʻyidagi infratuzilma obyektlarining loyihalarida elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari qurilishi nazarda tutilmaganligi;
qonunchilik hujjatlarida vakolat berilgan alohida hududlarni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan direksiya (yoki boshqa shakldagi boshqaruv tashkilotlar)ning ijobiy xulosasi olinmaganda;
bino va inshootning tashqi koʻrinishi hududning tasdiqlangan “dizayn kod”iga muvofiq boʻlmaganda (“dizayn kod” tasdiqlangan hududlarda);
harbiy obyektlar va boshqa rejimli hududlarning foydalanuvchisi boʻlgan tashkilotning xulosasini olish zarur boʻlib, ushbu xulosa olinmagan boʻlsa;
ushbu Reglamentning 6-bandida keltirilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilmaganligi.
Davlat xizmatlarini koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
Kengashlar hamda vakolatli organ tomonidan rad etish normativ-huquqiy hujjatning yoki shaharsozlik normalari va qoidalarining nomi, uning qismi, bandi, kichik bandi yoki xatboshisiga asoslangan boʻlishi talab etiladi”;
“20. Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish Kengash aʼzolari va vakolatli organ ERIsi bilan tasdiqlash yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Bunda arizani koʻrib chiqish muddati davomida zaruratga koʻra koʻchmas mulk obyektining kadastr hujjatlarini tekshirish talab etilganda Kadastr agentligi axborot tizimi orqali Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga real vaqt rejimida koʻchmas mulk obyektiga oid quyidagi zarur maʼlumotlarni yuboradi:
koʻchmas mulkning manzili, yer uchastkasining maydoni, roʻyxatdan oʻtgan raqami va sanasi, huquq turi, yer fondi toifasi, oʻzboshimcha egallangan yer maydoni;
bino inshootlar maydoni, roʻyxatdan oʻtgan raqami va sanasi, huquq turi, oʻzboshimcha qurilmalar, hujjatsiz qurilmalar maʼlumotlari;
mulk egasi haqidagi maʼlumotlar, koʻchmas mulkka taqiq va cheklovlar mavjudligi.
Agar, yuqoridagi maʼlumotlar yuborilmasa, vakolatli organning elektron soʻroviga asosan Kadastr agentligi tomonidan ikki ish kuni davomida barcha zarur maʼlumotlar va hujjatlar tizimga elektron koʻrinishda yuklanadi.
21. Ariza beruvchilar loyiha-smeta hujjatlarini kelishish rad etilgandan keyin oʻn kun mobaynida davlat xizmatini koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamasdan, loyiha-smeta hujjatlarini kelishish uchun qayta murojaat qilish huquqiga ega.
Bunda oʻzi kelib murojaat etganda, Davlat xizmatlari markazi xodimi, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa — ariza beruvchi mustaqil ravishda, avvalgi ariza uchun toʻlangan invoysni Tizimdan yuklab olib, takroriy arizaning toʻlov bosqichida biriktiradi.
Kengashlar aʼzolari tomonidan loyiha-smeta hujjatlarining arxitektura qismi boʻyicha ijobiy xulosa berilgan, biroq loyiha-smeta hujjatlaridagi bino va inshootning arxitektura koʻrinishi boʻyicha arxitektura qismini oʻzgartirishlarga olib kelmaydigan salbiy xulosa berilgan boʻlib, undagi kamchiliklar bartaraf etilgan holda qayta berilayotgan soʻrovnoma ijobiy xulosa bergan Kengash aʼzosiga takroran yuborilmaydi.
Ariza beruvchilar tomonidan loyiha-smeta hujjatlarini kelishishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilib, takroran kelishish uchun soʻrovnoma kelib tushgan kundan keyin:
Kengashlar tomonidan besh ish kunida;
vakolatli organ tomonidan ikki ish kunida koʻrib chiqiladi.
Loyiha-smeta hujjatlarini takroran koʻrib chiqishda avvalgi rad etish asoslarida bayon etilmagan sabablarning keltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, avval koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi maʼlumotlar bilan bogʻliq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.
Kengash aʼzolari tomonidan loyiha-smeta hujjatlari takroran koʻrib chiqilayotganda, ular oʻzining birinchi xulosasida qayd etmagan yangi eʼtirozlarni bildirgan holda kelishishni ikkinchi marta rad etganda, ariza beruvchi mazkur yangi eʼtirozlarni qabul qilmasdan, uchinchi marta kelishish uchun vakolatli organga loyiha-smeta hujjatlarini kiritishi mumkin.
Vakolatli organ ushbu koʻrinishda uchinchi marta kiritilgan loyiha-smeta hujjatlarini ikki ish kunidan oshmagan muddatda kelishib berishi shart”;
“Loyiha-smeta hujjatlarining arxitektura qismini kelishish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Loyiha-smeta hujjatlarining arxitektura qismini kelishish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Amalga oshiriladigan tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
1. Loyiha-smeta hujjatlarining arxitektura qismini kelishish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qiladi yoki YIDXP orqali murojaat qiladi.
1. Xohishiga koʻra
2. Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlaydi.
ikki qavatdan yuqori boʻlmagan (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlmagan (yordamchi xoʻjalik imoratlarini hisobga olmagan holda) yakka tartibdagi uy-joylar va 300 metr kubdan ortiq boʻlmagan noturar bino va inshootlarni boʻyicha faqat vakolatli organning oʻziga yuboradi.
Avtomatik ravishda
3-bosqich
1. Kengash aʼzolari*
2. Vakolatli organ
1. Loyiha-smeta hujjatlarining arxitektura qismini kelishib berishi zarur boʻlgan Kengash aʼzolariga yuboradi.
2. Ikki qavatdan yuqori boʻlmagan (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlmagan (yordamchi xoʻjalik imoratlarini hisobga olmagan holda) yakka tartibdagi uy-joylar va 300 metr kubdan ortiq boʻlmagan noturar bino va inshootlarni boʻyicha QR-kodli xulosani rasmiylashtiradi va Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.
7 ish kuni mobaynida
4-bosqich
Vakolatli organ
1. Loyiha-smeta hujjatlaridagi bino va inshootning arxitektura koʻrinishi hamda joylashuvi boʻyicha muhokama oʻtkaziladi.
2. Muhokama natijalari va Kengash aʼzolarining QR-kod qoʻyilgan ijobiy yoki salbiy xulosalariga muvofiq Kengash bayonini rasmiylashtiradi va bayonnoma hamda ushbu Reglamentga 3-ilovadagi shakldagi QR-kod qoʻyilgan xulosa (ijobiy yoki salbiy)ni elektron tizim orqali avtomatik tarzda ariza beruvchiga yuboradi.
Kengash barcha aʼzolaridan ijobiy xulosalar olingandan soʻng 5 ish kuni ichida
5-bosqich
Davlat xizmatlari markazi
Ariza beruvchining elektron manziliga xulosani joʻnatish, ariza beruvchini bu haqida elektron tarzda xabardor qilish va xulosani berish.
Real vaqt rejimida
Izoh: *Kengash tarkibidagi tegishli shaharlar va tumanlar hokimlari hamda vakolatli organning aʼzolari tomonidan 3-bosqichda xulosa berilmasdan, ular 4-bosqichda nazarda tutilgan muhokamada ishtirok etadi.”;
“Loyiha-smeta hujjatlarining arxitektura qismini kelishish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
“
__________________
__________________
(sanasi)
(raqami)
Loyiha-smeta hujjatlarini arxitektura qismini kelishish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun
SOʻROVNOMA
I. Ariza beruvchi — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
1. JSHSHIR
2. F.I.O.
3. Telefon raqami
4. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa)
II. Ariza beruvchi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Toʻliq nomi
2. STIR
3. Telefon raqami
4. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa)
III. Bino, inshoot va loyiha tashkiloti toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Loyiha tashkilotining STIR raqami
2. Koʻchmas mulkning kadastr raqami
3. Koʻchmas mulkning manzili
4. Bino va inshootni loyihalashtirgan tashkilotning nomi
a) Bino va inshootning hajmi
(noturar bino va inshoot uchun)
Kengash aʼzolariga va hududiy qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasiga yuborish
umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq
hududiy qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasiga yuborish
umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan kam
b) Yakka tartibdagi uy-joy
hududiy qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasiga yuborish
barcha yakka tartibdagi uy-joylar
v) Tarixiy zonalarda, shu jumladan, madaniy yodgorliklarni qoʻriqlash zonalarida quriladigan obyektlar hamda davlat obyektlari
Qoraqalpogʻiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi huzuridagi hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlariga yuborish
IV. Soʻrovnomaga ilova:
1. Loyiha-smeta hujjatlarining arxitektura qismi loyihasi
2. Harbiy obyektlar va boshqa rejimli hududlarning foydalanuvchisi boʻlgan tashkilotning xulosasi*
*Harbiy obyektlar va boshqa rejimli hududlarning foydalanuvchisi boʻlgan tashkilotning xulosasi olingan taqdirda, ilova qilinadi”;
(Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi
Hujjat tuzilgan sana:________
Ariza beruvchining nomi yoki F.I.O.:__________
Loyixa-smeta hujjatlarining arxitektura qismini kelishilganligi haqida
Loyihani koʻrib chiqish buyicha xulosa: kelishildi, kelishilmadi.
(tanlanadi)
Ilovalar:
1) Kengash aʼzolarining xulosalari;
2) Kengash bayoni.
Loyihaning arxitektura qismi
Izox. 1. Bunda ikki qavatdan yuqori boʻlmagan (sokolni xisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlmagan (yordamchi xoʻjalik imoratlarini hisobga olmagan holda) bino va inshootlar hamda yakka tartibdagi uy-joylar loyihalari faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi bilan kelishiladi.
2. Turar joy majmualarini qurishda obyekt nomi davlat tilida va milliy qadriyatlarga mos boʻlishi kerak.
Hujjatni imzolagan shaxs:
________________________________
(F.I.O)
Hujjatning
haqiqiyligini
tasdiqlovchi
QR-kod
”;
z) quyidagi mazmundagi 41-ilova bilan toʻldirilsin:
“Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son qaroriga 41-ILOVA
Qurilish sohasida maxsus texnik shartlarni ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom amaldagi normativ texnik hujjatlar bilan tartibga solinmaydigan obyektlarni loyihalash uchun maxsus texnik shartlarni ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
buyurtmachi — loyiha buyurtmachisi boʻlgan davlat organlari, budjet tashkilotlari hamda yuridik va jismoniy shaxslar;
vakolatli organ — Fanlar akademiyasi;
zilzila — yer qobigʻining yoki yer ustki qatlamining toʻsatdan roʻy bergan siljishi, yemirilishi yoki oʻpirilishi oqibatida vujudga kelgan, uzoq masofalarga tarqaladigan toʻlqinsimon tebranishlar tarzidagi yer osti silkinishlari va tebranishlari;
zilzila akselerogrammasi — zilzila natijasida yer yuzasining maʼlum nuqtasida yuzaga keladigan absolyut tebranish tezlashishining vaqt birligida oʻzgarishi;
zilzilabardoshlik — aholi hayoti hamda mol-mulkining xavfsizligini taʼminlaydigan, binolar va inshootlarning zilzila taʼsiriga boʻlgan mustahkamlik koʻrsatkichlari;
ilmiy xulosa — obyekt uchun ishlab chiqilgan MTSHning zilzilabardoshlik qismiga vakolatli organ tomonidan berilgan tavsiya va talablar;
maxsus texnik shartlar (keyingi oʻrinlarda — MTSH) — shaharsozlik normalari va qoidalarida keltirilgan talablarni toʻldiruvchi yoki ularga kompensatsiya choralarini taʼminlovchi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi texnik kengashi qarori bilan qabul qilinadigan texnik-hujjat;
murakkab konstruksiyali bino va inshootlar — konstruktiv yechimlari shaharsozlik normalari va qoidalari bilan tartibga solinmagan bino va inshootlar;
seysmik jadallik — qabul qilingan shkala boʻyicha tavsiflangan yer yuzasining zilzila natijasida tebranish jadalligi ballda ifodalanishi;
seysmik faol zona — seysmik jihatdan hududlashtirish xaritasida belgilangan, kuchli zilzilalar yuz berish ehtimoli doimo yuqori boʻlgan hudud;
seysmik xavf — muayyan hududda muayyan vaqt oraligʻida aholining hayotiga tahdid soluvchi hamda binolar va inshootlarga zarar yetkazuvchi zilzilalar yuz berish ehtimoli;
seysmik xavfsizlik — seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi davlat organlari va tashkilotlari tomonidan aholi hayotini va infratuzilma obyektlarini zilzilalar natijasida kelib chiqadigan xavflardan himoyalanganlik holati;
shaharsozlik — aholi punktlarini va hududlarni rejalashtirish hamda qurishning yechimlar yigʻindisi.
3. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — Institut) MTSHni ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash boʻyicha Ishchi organ hisoblanadi.
4. MTSHni oʻzaro kelishuv asosida qabul qilish, ekspertizadan oʻtkazish, bekor qilish hamda ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishda davlat organlari va tashkilotlarning Institut faoliyatiga har qanday shaklda aralashishi taqiqlanadi.
Institut MTSHga xulosa va taqriz olish uchun tegishliligi boʻyicha vazirlik hamda idoralarga yuboradi.
5. MTSHni koʻrib chiqish, unga taqriz va xulosalar berish ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. MTSHning tuzilishi va ularga qoʻyiladigan talablar
6. MTSH obyektning yuridik manzili, nomi va sohadagi yoʻnalishni (mazmunini) aks ettiruvchi nomga ega boʻlishi lozim.
7. MTSHda uning boshqa bandlariga hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga havola qilishga yoʻl qoʻyiladi.
8. MTSH matni loʻnda, oddiy va ravon tilda bayon etilishi kerak. Bunda hujjatning har bir bandi toʻliq va tugallangan maʼno hamda mazmunga ega boʻlishi lozim.
MTSHda tushunchalar va atamalarni turlicha izohlash imkoniyati mavjud boʻlsa, ularning qonunchilik hujjatlarida qabul qilingan maʼnosiga muvofiq yagona shaklda qoʻllaniladi.
9. MTSHda quyidagilarning qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi:
ogʻzaki nutq shakllari;
davlat tilida teng maʼnoli soʻzlar va tushunchalar boʻlgan taqdirda, xorijiy tillardagi atamalar;
eskirgan hamda koʻp maʼnoni anglatadigan soʻzlar va iboralar, majoziy taqqoslashlar, sifatlashlar, kinoyalar.
10. MTSHning matni umumeʼtirof etilgan grammatik, orfografik va punktuatsiya qoidalari asosida tuziladi.
11. MTSHda qoʻllaniladigan atamalarning taʼrifi ushbu MTSHda keltiriladi.
12. MTSHda umumiy qabul qilingan qisqartmalar qoʻllanilishi va boshqa qisqartmalarga tushunchalar berilishi mumkin.
13. MTSHning matni quyidagi tuzilish elementlariga boʻlinishi mumkin: boʻlimlar, boblar, paragraflar, bandlar, kichik bandlar. Boʻlimlar boblarga, boblar esa paragraflarga, paragraflar bandlarga, bandlar kichik bandlarga boʻlinishi mumkin.
Har bir band yoki kichik band MTSHning alohida qoidalarini oʻz ichiga olishi hamda toʻliq va tamomlangan matnga ega boʻlishi kerak.
14. Boʻlimlar rim raqamlari bilan boblar, paragraflar, bandlar va kichik bandlar esa arab raqamlari bilan raqamlanadi.
Boʻlimlar, boblar MTSHning butun matnida ketma-ket raqamlangan boʻlishi kerak. Kichik band raqamiga nuqta bilan ajratilgan band kiradi.
15. MTSHning boʻlimlari va boblari sarlavhalarga ega boʻlishi, sarlavhalar tegishli bob, paragraf va bandlarning mazmunini aniq va qisqa aks ettirishi kerak.
16. MTSHni rasmiylashtirishda loyihaning matni A4 formatidagi qogʻoz varagʻining bir tomonida uning matnini kamaytirmasdan joylashtirilishi kerak. Sahifaning tartib raqami sahifaning pastki oʻrta qismida joylashtirilishi kerak, 1 raqamidan boshlab raqamlanadi.
MTSH, qoida tariqasida, Microsoft Word redaktoridan va quyidagi parametrlardan foydalangan holda tayyorlanadi:
“Times New Roman” 12 oʻlchamli shrift;
sahifaning chap hoshiyasi 3 sm, oʻng hoshiyasi 1,5 sm, past va yuqori hoshiyalari 2 sm;
birinchi qatorning satr boshisi 1,25 sm;
qatorlar orasidagi interval 1,15 belgiga teng boʻlishi lozim.
17. MTSH matnini tayyorlashda grek yoki boshqa alifbolarning harflarini, formulalarni, alohida shartli belgilar Microsoft Word ning “Tenglamalar” redaktoridan foydalangan holda belgilanishi kerak. Bunda yozilgan matnning oʻlchami, qolgan matn oʻlchamlariga yaqinlashtirilgan boʻlishi kerak.
18. MTSH davlat tilida tayyorlanadi va tasdiqlanadi. MTSH faqat Institut tomonidan shartnoma asosida boshqa tillarga tarjima qilinishi mumkin.
19. MTSH matn tilidan qatʼi nazar, hujjat nomida quyidagi qisqartirishlari bilan belgilanadi:
MTSH;
iqtisodiy faoliyat turlarining umumdavlat tasniflagichi boʻyicha tashkilot IFUT kodi;
nuqtadan keyin tashkilot STIRi;
chiziqchadan keyin MTSHning tartib raqami;
ikki nuqta bilan ajratilgan tasdiqlangan yili.
20. MTSH Institut tomonidan ruyxatga olinadi.
21. MTSH boʻlimlarining sarlavhasi, tarkibi va tuzilishi tatbiq etilayotgan obyektning xususiyatlari va unga qoʻyiladigan talablarni inobatga olgan holda belgilanadi.
22. MTSH tarkibi quydagilardan iborat boʻlishi kerak:
MTSH tatbiq qilinishi;
normativ hujjatlarga havolalar;
umumiy texnik talablar;
ilovalar, bunda dastlabki ruxsat beruvchi hujjatlar (idoralararo elektron hamkorlik yoʻli bilan olinadi), MTSHni ishlab chiqish uchun texnik torshiriq kiritiladi.
23. MTSHga huquqiy normalar kiritilishi taqiqlanadi.
3-bob. MTSHni ishlab chiqish tartibi
24. MTSH tegishli yoʻnalish boʻyicha vakolatga ega boʻlgan ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va IV toifa obyektlarni loyihalashtirish huquqiga ega boʻlgan loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqiladi.
25. MTSH buyurtmachilarning taklifi asosida quyidagilar inobatga olingan holda ishlab chiqiladi:
shaharsozlik faoliyati sohasidagi xalqaro va xorijiy normativ-texnik hujjatlarni moslashtirish;
ilmiy-tadqiqotlarning (tajriba-sinov) va oʻlchashning natijalari;
ilm-fan va texnika yutuqlari;
mahsulotning yangi turlarini, jarayonlarni va xizmatlarni qoʻllash orqali orttirilgan amaliy tajriba.
Ushbu talablar zarur hollarda asoslantirilgan holda taqdim etiladi.
26. MTSHni ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi quyidagi bosqichlardan iborat:
MTSHni ishlab chiqish uchun buyurtmachi tomonidan texnik topshiriq ishlab chiqilib, ishlab chiquvchiga taqdim etiladi;
MTSH ishlab chiquvchi va manfaatdor taraflarning vakillari bilan birgalikda ishlab chiqiladi;
MTSHda belgilanadigan talablar manfaatdor taraflar tomonidan oʻzaro kelishiladi;
MTSH buyurtmachi tomonidan tasdiqlanadi;
MTSHda uni ishlab chiqqan ilmiy hodimlar, mutaxassislar, tashkilot(lar) rahbarlari koʻrsatiladi va ular tomonidan imzolanadi.
27. Buyurtmachi tasdiqlagan MTSHni koʻrib chiqish hamda xulosalar olish uchun “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Shaffof qurilish” MAT) orqali arizaga ilova qilgan holda elektron nusxada Institutga yuboradi.
4-bob. MTSHni Institut tomonidan koʻrib chiqish tartibi
28. Institut bir ish kunida taqriz olinishi uchun IV toifa obyektlarni loyihalashtirish huquqiga ega boʻlgan kamida uchta loyiha tashkilotiga hamda ilmiy xulosa olish uchun vakolatli organga “Shaffof qurilish” MAT orqali yoʻnaltiradi.
29. Taqriz olish uchun yuborilgan loyiha tashkiloti tomonidan MTSHlar oʻn besh ish kuni davomida koʻrib chiqilib, taqriz beriladi.
Bunda ishlab chiquvchi MTSH boʻyicha kelib tushgan takliflar va eʼtirozlar umumlashtirib koʻrib chiqadi, zaruratga koʻra MTSHga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi hamda kamchiliklarni bartaraf etadi.
30. Vakolatli organ bir oygacha, ish hajmi koʻpaygan hollarda esa ikki oygacha boʻlgan muddatda tadqiqot natijalari asosida xulosa qabul qilib, “Shaffof qurilish” MATga yuklaydi.
31. MTSHga taqrizlar va ilmiy xulosa ular olingan kundan boshlab Institut tomonidan besh ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqiladi va Texnik kengashda koʻrib chiqilishi uchun taqdim etiladi.
32. MTSHni koʻrib chiqish uchun tegishli soha mutaxassislari Institut tomonidan shartnoma asosida jalb qilinishi mumkin.
33. MTSHga salbiy taqriz va (yoki) ilmiy xulosa taqdim etilganda qayta koʻrib chiqish uchun buyurtmachiga qaytariladi.
34. MTSH qayta taqdim etilganda, ushbu Nizomning umumiy talablari asosida koʻrib chiqiladi.
35. MTSHni koʻrib chiqish uchun Institut va buyurtmachi oʻrtasida shartnoma tuziladi.
Shartnoma qiymati Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 579-son qarori bilan tasdiqlangan Obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy taʼmirlash boʻyicha shaharsozlik va loyiha hujjatlarining loyihaviy yechimlarini shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ilovaning 5-bandida belgilangan oʻlchov birligidan shakllangan qiymatning 50 foizi miqdorida belgilanadi.
Bunda kelib tushgan toʻlov quyidagi tartibda taqsimlanadi:
5 foizi — MTSHni koʻrib chiqqanlik uchun Institut hisobvaragʻiga;
95 foizi — ilmiy xulosa berganlik uchun vakolatli organ hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
5-bob. Ilmiy xulosa berish tartibi
1-§. Ilmiy xulosadagi umumiy talablar
36. Seysmik faol zonalarda qurilishi rejalashtirilayotgan murakkab konstruksiyali obyektlarning MTSHlariga ilmiy xulosa berishda quyidagilar (yoki ulardan biri) nazarda tutiladi:
bino va inshootlar qurilishi rejalashtirilayotgan hududlarni seysmik xavfni, seysmotektonik va muhandis-geologik sharoitlarni hisobga olgan holda xalqaro standartlar darajasida baholash;
bino va inshootlarga kuchli zilzilalarning seysmik taʼsirini “grunt-inshoot” tizimining tebranish parametrlari boʻyicha aniqlash va uni muhandislik koʻrsatkichlarida baholash;
bino va inshootlarni ekspluatatsiya qilish davrida hudud grunti sharoitining oʻzgarishiga muvofiq uning salbiy oqibatlarini prognoz qilish va tavsiyalar ishlab chiqish;
bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish uchun qurilish maydonining seysmik xavfini va seysmik taʼsirini hudud uchun olingan real yoki sintezlangan akselerogrammalardan foydalanish boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqish;
tatbiq etilgan zamonaviy seysmik himoya usullari boʻyicha tavsiyalar berish;
xorijiy qurilish normalari va qoidalari talablari boʻyicha kompensatsiyalovchi choralar toʻgʻri qoʻllanilganligini nazariy hamda eksperimental usullar yordamida tekshirish.
37. Vakolatli organ, zarurat boʻlganda, buyurtmachi bilan ilmiy xulosa berish uchun obyektlarni zilzilabardoshlik boʻyicha nazariy va amaliy tajriba sinovidan oʻtkazish ishlari tashkil etiladi.
38. Ilmiy xulosa nusxasi vakolatli organda va buyurtmachida doimiy saqlanadi.
2-§. Seysmik faol zonalarda qurilishi rejalashtirilayotgan murakkab konstruksiyali bino va inshootlarga xulosani rasmiylashtirish tartibi
39. Ilmiy xulosa quyidagi qismlardan iborat boʻladi:
kirish;
obyekt haqida umumiy maʼlumotlar;
asosiy qism;
xulosalar va tavsiyalar;
ilovalar.
40. Ilmiy xulosaning kirish qismida tadqiqot maqsadlari, oʻtkazish asoslari (topshiriq yoki ariza), ijrochisi, tahlil (tadqiqot)ni oʻtkazgan ilmiy xodimlar va mutaxassislar hamda buyurtmachi tashkilot haqida maʼlumotlar, shuningdek, qoʻllaniladigan qisqartma soʻzlar koʻrsatiladi.
41. Ilmiy xulosaning obyekt haqidagi umumiy maʼlumotlar qismida tadqiqot obyektining roʻyxati, oʻtkazish jarayonida koʻrib chiqilgan hujjatlar haqida maʼlumotlar hamda tadqiqot obyekti toʻgʻrisida maʼlumotlar keltiriladi.
42. Ilmiy xulosaning asosiy qismida qurilishi rejalashtirilayotgan maydonlarda oʻtkazilgan dala tadqiqotlari va ular asosida qurilish maydonining baholangan seysmiklik darajasi va parametrlari, obyektga ishlab chiqilgan MTSHda normativ texnik hujjatlarga nomutanosib boʻlgan qismlar uchun kompensatsiyalovchi choralarni tekshirish uchun oʻtkazilgan sinov yoki hisoblash metodikasi, eksperimental tadqiqotlar natijasida aniqlangan dinamik va mustahkamlik koʻrsatkichlari, ular asosida obyekt zilzilabardoshligini hisoblash natijalari keltiriladi.
43. Ilmiy xulosaning tavsiyalar va xulosalar qismida tadqiqot oʻtkazilgan obyektning seysmiklik darajasi va muhandislik koʻrsatkichlari (real yoki sintezlangan akselerogrammalari, tezlanish spektrlari, javob spektrlari) hamda normativ texnik hujjatlarga nomutanosib boʻlgan qismlar uchun kompensatsiyalovchi choralar obyektning zilzilabardoshlik talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosalar yoki zilzilabardoshligini oshirish boʻyicha koʻrsatmalar keltiriladi.
44. Yakuniy sinov va hisob natijalari bino va inshootlar, ularning konstruksiyalarining mustahkamligini taʼminlashga qaratilgan hamda zilzilabardoshligini oshirish boʻyicha amaliy tavsiyalarni oʻz ichiga oladi.
6-bob. MTSHni Texnik kengash tomonidan koʻrib chiqish va kelishish tartibi
45. Texnik kengash Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, yetakchi ilmiy-tadqiqot institutlari va loyiha tashkilotlari (zaruratga koʻra jalb qilingan ekspertlardan) vakillaridan iborat kollegial organ hisoblanadi. Texnik kengash tarkibi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
46. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Texnik kengash raisi hisoblanadi.
Texnik kengash raisi boʻlmaganda, uning vazifasi vazir oʻrinbosari zimmasiga yuklanadi.
47. Texnik kengash faoliyati Institut tomonidan tashkil etiladi.
48. Texnik kengash tomonidan MTSHni kelishish va tasdiqlash “Shaffof qurilish” MAT orqali amalga oshiriladi.
Bunda MTSHni koʻrib chiqish bayonnomasi Texnik kengash aʼzolari tomonidan ERI bilan tasdiqlanganda, MTSH kelishilgan hisoblanadi.
49. MTSH barcha aloqador Texnik kengash aʼzolari bilan kelishilishi shart.
7-bob. MTSHni tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi
50. MTSH Texnik kengashda koʻrib chiqilishi va roʻyxatga olish uchun ishlab chiquvchi tomonidan elektron nusxada topshiriladi.
Bunda Institut Texnik kengashga taqdim etish uchun “Shaffof qurilish” MATdan birlamchi ruxsat beruvchi barcha hujjatlarni (arxitektura rejalashtirish topshirigʻi, loyiha-smeta hujjatlarini kelishish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi huzuridagi Hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashining xulosasi, kadastr raqami) hamda muhandislik qidiruvlari natijalarini yuklab oladi.
51. Institut Texnik kengash bilan kelishilgan MTSHni roʻyxatga oladi. Bunda MTSH birinchi sahifasida roʻyxatga olingan sana va raqam koʻrsatiladi hamda “Shaffof qurilish” MAT orqali MTSHning har bir sahifalari roʻyxatga olish maʼlumotlarini oʻz ichiga olgan QR-kod (matritsali shtrixli kod) bilan tasdiqlanadi.
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
52. Tasdiqlangan MTSHga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish hamda bekor qilish Texnik kengash tomonidan amalga oshiriladi.
53. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Qurilish sohasida maxsus texnik shartlarni ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Maxsus texnik shartlarni ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash
SXEMASI
Bosqichlar
Masʼullar
Amalga oshirish mexanizmi
Muddatlar
1-bosqich
Buyurtmachi
“Shaffof qurilish” MAT orqali MTSHni arizaga ilova qilgan holda elektron nusxada yuboradi.
Maxsus texnik shartlarni tayyorlangandan keyin
2-bosqich
Institut
Maxsus texnik shartlarning toʻliqligini tekshirib chiqib, hujjatlar toʻliq boʻlgan taqdirda:
1. Taqriz olinishi uchun IV toifa obyektlarni loyihalashtirish huquqiga ega boʻlgan kamida uchta loyiha tashkilotiga hamda ilmiy xulosa olish uchun vakolatli organga yoʻnaltiradi.
Maxsus texnik shartlar tushgan kundan boshlab bir ish kunida
2. Tekshirib chiqish natijasida maxsus texnik shartlar toʻliq boʻlmagan yoki ilova qilingan hujjatlar belgilangan talablarga nomuvofiq boʻlgan taqdirda, asosli izoh bilan ishlab chiquvchiga qaytaradi.
Oʻn ish kunida
3-bosqich
Buyurtmachi
MTSHlarni texnik kengashda koʻrib chiqish, kelishish, ilmiy xulosa olish va tasdiqlashni tashkil etish uchun shartnoma boʻyicha hisoblangan toʻlovni oʻtkazadi.
Uch ish kuni muddatda
4-bosqich
Vakolatli organ
MTSHni koʻrib chiqib ilmiy xulosani Institutga hamda buyurtmachiga yuboradi hamda “Shaffof qurilish” MATga kiritadi.
Ikki oy davomida
5-bosqich
Loyiha tashkilotlari
Obyektni loyihalashtirish uchun ishlab chiqilgan MTSH boʻyicha taqrizni “Shaffof qurilish” MATga yuklaydi.
Oʻn ish kunida
6-bosqich
Institut
MTSHni Texnik kengashda koʻrib chiqib “Shaffof qurilish” MATga kiritadi.
Bir ish kuni davomida
7-bosqich
Texnik kengash
Texnik kengash aʼzolari MTSHni koʻrib chiqib, bayonnomani “Shaffof qurilish” MAT orqali ERI bilan tasdiqlaydi. Bunda MTSH kelishiladi yoki asoslantirilgan holda rad etiladi.
nomidagi “obyektni roʻyxatdan oʻtkazish” soʻzlari “obyektga ruxsatnoma berish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-band “500 kvadrat metrdan ortiq boʻlgan” degan soʻzlaridan keyin “(yordamchi xoʻjalik imoratlarini hisobga olmagan holda)” degan soʻzlari bilan toʻldirilsin;
3-bandning ikkinchi xatboshisi “500 kvadrat metrdan ortiq boʻlmagan” degan soʻzlaridan keyin “(yordamchi xoʻjalik imoratlarini hisobga olmagan holda)” degan soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“4. Oʻzbekiston Respublikasining davlat sirlari bilan bogʻliq boʻlgan obyektlarning qurilish-montaj ishlarini Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy inspeksiya) toʻgʻridan-toʻgʻri ruxsatnoma beradi. Bunda shaharsozlik hujjatlarining ekspertizadan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi ijobiy xulosa hududiy inspeksiyalarga taqdim etiladi.
5. Qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun ruxsatnoma olmasdan qurilish ishlarini amalga oshirish taqiqlanadi.
Qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun ruxsatnoma olmasdan qurilish ishlarini amalga oshirganlik uchun qonunchilik hujjatlariga asosan javobgar boʻladi.
Qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan qurilish sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillariga rioya qilinmagan holda qurilish ishlari boshlanganda qurilish-montaj ishlarini toʻxtatib qoʻyish yoki buzdirish ishlarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi daʼvo bilan sudga murojaat qilish uchun asos boʻladi.
Loyiha hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazmasdan mavjud bino va inshootlarning, shu jumladan, yakka tartibdagi uy-joylarning qavatlari sonini koʻpaytirish hamda oʻzgartirilgan loyiha hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazmasdan qurilayotgan bino va inshootlarning qavatlari sonini (loyiha hujjatlarini oʻzgartirish yoʻli bilan) koʻpaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Loyiha hujjatlari boʻyicha ijobiy ekspertiza xulosasi ekspert tashkiloti tomonidan “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi “Ekspert xulosalarining yagona reyestri”ga kiritilgan taqdirda, haqiqiy deb tan olinadi. Davlat sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan loyiha hujjatlari hamda obyektlarni bir vaqtning oʻzida loyihalashtirgan holda qurish (parallel ravishda) tartibidagi loyiha hujjatlari boʻyicha ekspert xulosalari bundan mustasno.
Bunda, obyektlarni bir vaqtning oʻzida loyihalashtirgan holda qurish (parallel ravishda) tartibidagi loyiha hujjatlari boʻyicha berilgan yakuniy yigʻma ekspertiza xulosasi “Ekspert xulosalarining yagona reyestri”ga kiritiladi”.
7-banddagi “obyektni roʻyxatdan oʻtkazish” soʻzlari “-montaj ishlarini boshlash uchun ruxsatnoma” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “qurilish-montaj ishlarini roʻyxatdan oʻtkazish” soʻzlari “ruxsatnoma olish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Ariza beruvchilar oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ularni inspeksiya tomonidan nazorat funksiyalarini amalga oshirish uchun ommaviy oferta (keyingi oʻrinlarda — oferta) bilan tanishtiradi.
Ariza beruvchilar ofertani qabul qilganidan soʻng Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza yuboruvchi nomidan ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha soʻrovnomani elektron shaklda toʻldiradi”;
“9. Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa — ariza beruvchi mustaqil ravishda oferta bilan tanishadilar va uni qabul qiladilar hamda ushbu Reglamentga 2-ilovada keltirilgan shakl boʻyicha davlat xizmatidan foydalanish uchun soʻrovnomani elektron shaklda toʻldiradi.
Soʻrovnomaga (yakka tartibdagi uy-joylar bundan mustasno) quyidagilar ilova qilinadi:
qurilish-montaj ishlari sifatini nazorat qilishga pudrat tashkilotining qurilish laboratoriyasi mavjudligini tasdiqlovchi yoki shartnoma asosida laboratoriya jalb etilganligi toʻgʻrisidagi hujjat;
buyurtmachining texnik nazorati, loyiha tashkilotining mualliflik nazorati va pudrat tashkilotining ichki nazorati tayinlanganligi toʻgʻrisidagi buyruq yoki shartnoma nusxalari;
buyurtmachining texnik nazorati, loyiha tashkilotining mualliflik nazorati va pudrat tashkilotining ichki nazorat mutaxassislarining sertifikatlari;
qurilishni tashkil etish va ishlarni bajarishning tasdiqlangan loyihalari;
yangi quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan barcha (shu jumladan, davlat va xususiy) taʼlim muassasalari, sogʻliqni saqlash, madaniyat va turizm, umumiy ovqatlanish, xizmat koʻrsatish obyektlari, sport komplekslari, lokal isitish issiqlik tizimiga ulanadigan koʻp xonadonli uy-joylar, shu jumladan, “Yangi Oʻzbekiston” massivlari, shuningdek, umumiy maydoni 1 ming kvadrat metrdan katta boʻlgan barcha savdo-koʻngilochar markazlarining bino-inshootlarida loyihada energiya tejovchi va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish ishlari amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va transport infratuzilmasini yaratish xarajatlari boʻyicha shartnoma talab etiladi (ushbu shartnoma oʻrnatilgan hududlar boʻyicha). Bunda, shartnoma “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali avtomatik ravishda tekshiriladi.
Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, yuqoridagi hujjatlar Davlat xizmatlari markaziga ariza beruvchi tomonidan PDF yoki JPEG shaklda elektron taqdim etiladi.
Yuqoridagi hujjatlarni qogʻoz shaklida qabul qilib, Davlat xizmatlari markazida skanerlash taqiqlanadi.
Soʻrovnomada qurilish ishtirokchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, arxitektura-rejalashtirish topshirigʻi, loyiha hujjatlari kelishilganligi toʻgʻrisidagi xulosa va ijobiy yigʻma ekspertiza xulosasining (sanasi va raqami) maʼlumotlari majburiy koʻrsatiladi.
Hududiy inspeksiyalar roʻyxatdan oʻtkazish uchun shaharsozlik hujjatlari va ekspertiza xulosalarini “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidan elektron tarzda olishi talab etiladi”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan va YIDXP orqali ariza beruvchi ommaviy oferta bilan tanishtiriladi hamda davlat xizmatlaridan foydalanish uchun ularni oʻzining ERIsi bilan majburiy tartibda tasdiqlashi haqida ogohlantiriladi.
Oferta qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻining buyrugʻi bilan tasdiqlangan shakl boʻyicha rasmiylashtiriladi”;
ikkinchi va uchinchi xatboshilar tegishlicha toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
12-banddagi “Roʻyxatdan oʻtkazish” soʻzlari “Ruxsatnoma olish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“15. Hududiy inspeksiya soʻrovnoma tushgan vaqtdan boshlab uch ish kuni mobaynida:
zarurat boʻlganda, obyektni joyiga borib oʻrganadi, qurilayotgan obyektlarga moneliksiz kiradi;
shaharsozlik hujjatlarining ijobiy ekspertiza xulosasi “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimining “Ekspertiza xulosalarining yagona reyestri”ga kiritilganligini tekshiradi;
qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun obyektni “Qurilishda davlat nazorati”ning milliy axborot tizimi orqali roʻyxatdan oʻtkazadi;
soʻrovnomada koʻrsatilgan obyektning qurilish-montaj ishlari qiymatining 0,2 foizi miqdorida (qoʻshimcha qiymat soligʻisiz) ajratmani belgilagan holda, ushbu Reglamentga 4-ilovada keltirilgan shakl boʻyicha invoysni shakllantiradi;
oʻz ERIsi bilan tasdiqlagan holda, ushbu Reglamentga 3-ilovada keltirilgan shakl boʻyicha QR-kod qoʻyilgan ruxsatnomani rasmiylashtiradi yoki uni berishni rad etishning aniq sabablarini va qonunchilik hujjatlari normalarini koʻrsatgan holda roʻyxatdan oʻtkazishni rad etadi.
Ruxsatnoma 24 oy muddatga beriladi, ushbu muddat ichida ruxsatnoma asosida qurilish-montaj boshlanmagan boʻlsa, ruxsatnoma oʻz kuchini yuqotgan hisoblanadi.
Ariza beruvchida yangi ruxsatnoma olish zarurati tugʻilganda, u ruxsatnomani bergan organga ushbu Reglamentda belgilangan tartibda takroran soʻrovnoma kiritishi mumkin”;
“tasdiqlangan loyiha hujjatlari hamda loyiha hujjatlari kelishilganligi toʻgʻrisidagi kengash xulosasi mavjud emasligi, ekspert tashkilotining ijobiy xulosasida qurilish-montaj ishlari qiymati mavjud emasligi, shuningdek, ekspert tashkilotining ijobiy xulosasi mavjud emasligi hamda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga kiritilmaganligi”;
quyidagi mazmundagi yettinchi — oʻninchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“obyektda qurilishni boshlash uchun obyektni ruxsatnoma olmasdan qurilish-montaj ishlarini boshlaganligi;
ijobiy ekspertiza xulosasi berilgan loyiha hujjatlariga buyurtmachining ijroga olish yuzasidan tasdiqlagan boʻyrugʻining mavjud boʻlmaganligi;
pudrat va loyiha-qidiruv tashkilotlarining tegishli elektron reytingda yetarli toifaga ega boʻlmaganligi;
davlat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining kompensatsiya evaziga olib qoʻyilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash boʻyicha ishlar toʻliq yakunlanmaganligi yoxud qurilish yer uchastkasi hamda binoni demontaj qilish, buzdirish boʻyicha sudlarda nizo mavjudligi”;
“18. Invoys rasmiylashtirilgan kuni hududiy inspeksiya invoysni Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.
19. Davlat xizmatlari markazlari invoys kelib tushgandan soʻng real vaqt rejimida bu haqida elektron shaklda ariza beruvchini xabardor qiladi.
Invoysda koʻrsatilgan toʻlov toʻliq amalga oshirilgandan soʻng vakolatli organ ushbu Reglamentga 3-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq ruxsatnoma va obyekt pasporti uchun QR-kodli havola beradi.
Ruxsatnoma obyektda qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun asos boʻladi hamda buyurtmachi tomonidan QR-kodli pasportni belgilangan tartibda obyektning koʻrinarli joyiga majburiy tartibda oʻrnatiladi.
Davlat xizmatlari markazi ruxsatnoma kelib tushgandan soʻng bir soat mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markaziga ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda, ariza beruvchining soʻroviga koʻra unga ruxsatnoma elektron shaklda taqdim etiladi”;
“24. Ruxsatnoma qurilish-montaj (rekonstruksiya) ishlarini boshlash uchun berilgan kunning oʻzida “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimining “Qurilishda davlat nazorati” elektron platformasida avtomatik ravishda hisobga olib boriladi.
25. Ariza yuborilgan vaqtdagi shartlar oʻzgargan taqdirda (buyurtmachi yoki pudrat tashkilotining oʻzgarishi, obyektda texnik, mualliflik, ichki nazoratini amalga oshiradigan yoki obyektga biriktirilgan mutaxassis (prorab) shaxslar almashishi yoki ularning pasport maʼlumotlari oʻzgarishi, litsenziyaning amal qilish muddati tugashi, loyiha hamda uning qiymatidagi yechimlarning oʻzgarishi), buyurtmachilar oʻn kun mobaynida Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali hududiy inspeksiyaga tegishli oʻzgartirishlarni koʻrsatgan holda amaldagi soʻrovnoma raqami orqali qoʻshimcha ravishda murojaat qiladi (bir obyektning bloklar soni ikki va undan ortiq boʻlib, ushbu obyekt bloklari buyurtmachisi oʻzgargan taqdirda, qayta rasmiylashtirish talab etilmaydi).
Ariza yuborilgan vaqtdagi shartlar oʻzgarib, biroq, belgilangan muddatda ariza beruvchilar tomonidan tegishli oʻzgartirishlarni kiritgan holda qoʻshimcha ravishda murojaat qilinmaganda, hududiy inspeksiya tomonidan obyektni qurilish-montaj ishlarini toʻxtatib qoʻyish yoki buzdirish uchun daʼvo bilan sudga murojaat qilish uchun asos boʻladi.
Ariza beruvchining murojaatiga asosan hududiy inspeksiya mazkur Reglamentning 15-bandida koʻrsatilgan muddatda oʻz ERIsi bilan tasdiqlagan holda ushbu Reglamentga 5-ilovada keltirilgan shakl boʻyicha “Ariza berilgan vaqtdagi shartlar oʻzgarishi yuzasidan qoʻshimcha murojaat qayd etilganligi haqida” QR-kod qoʻyilgan koʻchirmani rasmiylashtiradi yoki uni berishni rad etishning aniq sabablarini va qonunchilik hujjatlari normalarini koʻrsatgan holda roʻyxatdan oʻtkazishni rad etadi”;
“Qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun ruxsatnoma berish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Amalga oshiriladigan tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
Ruxsatnoma olish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat yoki YIDXP orqali murojaat qiladi.
1. Xohishiga koʻra
2. Murojaat qilinganda
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
Soʻrovnomani hududiy inspeksiyaga yuboradi.
Avtomatik ravishda
3-bosqich
Hududiy inspeksiya
1. Ruxsatnoma berishni oʻrganib chiqadi.
2. Invoys va ruxsatnomani ERI bilan tasdiqlash yoʻli bilan rasmiylashtiradi.
3. Invoysda koʻrsatilgan toʻlov toʻliq amalga oshirilgandan soʻng ruxsatnoma beradi.
4. Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga QR-kodli ruxsatnomani hamda ikki tomonlama tasdiqlangan ofertani yuboradi.
3 ish kuni mobaynida
4-bosqich
Davlat xizmatlari markazi
Ikki tomonlama tasdiqlangan oferta, invoys va ruxsatnomani ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi, ariza beruvchini bu haqida elektron tarzda xabardor qiladi va ruxsatnoma beradi.
“Qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
________________
(sana)
_____________
(raqami)
Qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun obyektni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun
SOʻROVNOMA
I. Buyurtmachi — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot
1. JSHSHIR
2. F.I.O.
3. Telefon raqami
4. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa)
5. Qayta rasmiylashtirish (ariza yuborilgan vaqtdagi shartlar oʻzgargan taqdirda)
II. Buyurtmachi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot
1. Toʻliq nomi (ikki yoki undan koʻp buyurtmachilar boʻlganda alohida koʻrsatiladi)
2. STIR
3. Buyurtmachi tashkiloti rahbari
F.I.O.
JSHSHIR
4. Telefon raqami
5. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa)
6. Qayta rasmiylashtirish (ariza yuborilgan vaqtdagi shartlar oʻzgargan taqdirda)
III. Mualliflik nazoratini olib boruvchi loyiha tashkiloti toʻgʻrisida maʼlumot
1. Toʻliq nomi (ikki yoki undan koʻp loyihachilar boʻlganda, alohida koʻrsatiladi)
2. STIR
3. Loyiha tashkiloti raxbari
F.I.O.
JSHSHIR
4. Telefon raqami
5. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa)
IV. Pudrat tashkiloti toʻgʻrisida maʼlumot
1. Toʻliq nomi (ikki yoki undan koʻp pudratchilar boʻlganda, alohida koʻrsatiladi)
2. STIR
3. Pudrat tashkiloti raxbari
F.I.O.
JSHSHIR
4. Telefon raqami
5. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa)
V. Koʻchmas mulk toʻgʻrisida maʼlumot
1. Koʻchmas mulkning kadastr raqami (tarmoqli obyektlari bundan mustasno)
2. Koʻchmas mulkning manzili
3. Obyekt qurilishiga asos
Dastur doirasida (Dastur raqami, sana)
Tadbirkorlik
4. Obyekt murakkablik toifasi
5. Obyektning umumiy qurilish maydoni (yer maydoni, loyiha boʻyicha m2 , tarmoqli obyektlar uchun p/m)
6. Obyekt bloklari
(tarmoqli obyektlarda piket)
Nomi
Qavatlar soni (tarmoqli obyektlar bundan mustasno)
Balandligi (m)
Tarmoqli obyektlarida (p/m)
7. Obyektning qurilish maydoni (m2 , tarmoqli obyektlar uchun p/m)
8. Obyektning hajmi (m3)
9. Obyekt xonadonlari soni
(tarmoqli obyektlar bundan mustasno)
10. Qurilish-montaj ishlarining turi
Yangi qurilish
Rekonstuksiya
11. Qurilish-montaj ishlarining qiymati
(QQSsiz, buyurtmachining boshqa xarajatlari va jihozlarisiz)
Soʻm (0.00)
12. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasining xulosasi (bayoni)
Raqami
Sanasi
13. Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻi
Raqami
Sanasi
14. Loyiha hujjatlari kelishilganligi toʻgʻrisidagi xulosa
Davlat reyestr raqami
15. Ijobiy yigʻma ekspertiza xulosalari (II va undan yuqori toifadagi obyekt ekspertiza xulosasi)
Raqami
Sanasi
16. Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va transport infratuzilmasini yaratish xarajatlari boʻyicha shartnoma (ushbu shartnoma oʻrnatilgan hududlar boʻyicha)
Raqami
Sanasi
16.Pudrat tashkiloti litsenziyasi (litsenziyalanadigan alohida qurilish-montaj ishlari turlarini bajarishda)
Litsenziya raqami
Litsenziya berilgan sanasi
17. Ekspertiza organlarining loyiha hujjatlarida sanoat xavfsizligi toʻgʻrisidagi ijobiy xulosasining raqami va sanasi (xavfli ishlab chiqarish obyektlari uchun, I va II toifadagi obyektlar bundan mustasno)
Xulosa raqami
Xulosa sanasi
18. Loyiha-smeta hujjatlari asosida bir vaqtning oʻzida loyiha va qurilish ishlari parallel olib boriladigan qurilish obyekti
Qaror raqami, sanasi
Bayon raqami, sanasi
19. Qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga topshirish muddati
Boshlanishi
Tugallanishi
20. Koʻchmas mulkning toifasi
Noturar obyekt
Turar-joy obyekti
VI. Qurilish-montaj ishlariga masʼul boʻlgan xodimlar toʻgʻrisida maʼlumot
Qurilish obyektidagi masʼul shaxsning lavozimi
JSHSHIR
Masʼul shaxsning F.I.O.
Telefon raqami
Sertifikat raqami
Mualliflik nazorati*
Texnik nazorati*
Pudrat tashkilotining ichki nazorati*
Pudrat tashkiloti tomonidan obyektga biriktirilgan mutaxassis (prorab)*
VII. Ilova qilinadigan hujjatlar, qurilish ishlarini boshlashga ruxsat berishda talab etiladigan hujjatlar tegishli tashkilotlarning elektron tizimlaridagi mavjud maʼlumotlarni “Shaffof qurilish” MATga integratsiya qilinadi.
(I-toifadagi yakka tartibdagi uy-joylar uchun tatbiq etilmaydi)
1.
Qurilish-montaj ishlari sifatini nazorat qilish pudrat tashkilotining qurilish laboratoriyasi mavjudligini tasdiqlovchi yoki shartnoma asosida laboratoriya jalb etilganligi toʻgʻrisidagi hujjati
2.
Buyurtmachining texnik nazorati, loyiha tashkilotining mualliflik nazorati va pudrat tashkilotining ichki nazorati tayinlanganligi toʻgʻrisidagi buyruq yoki shartnoma nusxalari
3.
Buyurtmachining texnik nazorati, loyiha tashkilotining mualliflik nazorati va pudrat tashkilotining ichki nazorat mutaxassislarining sertifikatlari
4.
Tasdiqlangan loyihada qurilishni tashkil etish va ishlarni bajarishning mavjudligi (DWG hamda PDF formatida).
5.
Ekspertizadan oʻtkazilgan loyihani buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan buyrugʻi
*Bitta xodimga asosiy ish joyidan tashqari bir vaqtning oʻzida koʻpi bilan 1 ta oʻrindoshlik asosidagi ishi boʻyicha oʻzining asosiy yoʻnalishi boʻyicha obyektga biriktirilishi mumkin.
Izoh. Keltirilgan barcha maʼlumotlarning ishonchliligini hamda obyektda qurilish-montaj ishlari boshlanmaganligi tasdiqlayman”;
quyidagi mazmundagi 3-ilova bilan toʻldirilsin:
“Qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentga 3-ILOVA
(viloyat (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi)
Qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun
RUXSATNOMA №
20___ y. “____” __________da ____________________________________________________________
____________________________________________________________________________ga berilgan.
(yuridik tashkilotning nomi yoki jismoniy shaxsning F.I.O.)
Ushbu ruxsatnoma bilan ____________________________________________________________ ga
(obyekt nomi, joylashgan manzili)
Eslatma: qurilish-montaj ishlari sifatini nazorat qilishga pudrat tashkilotining qurilish laboratoriyasi mavjudligini tasdiqlovchi yoki shartnoma asosida laboratoriya jalb etilganligi toʻgʻrisidagi hujjat;
buyurtmachining texnik nazorati, loyiha tashkilotining mualliflik nazorati va pudrat tashkilotining ichki nazorati tayinlanganligi toʻgʻrisidagi buyruq yoki shartnoma nusxalari;
buyurtmachining texnik nazorati, loyiha tashkilotining mualliflik nazorati va pudrat tashkilotining ichki nazorat mutaxassislarining sertifikatlari;
qurilishni tashkil etish va ishlarni bajarishning tasdiqlangan loyihalari.
Soʻrovnomada qurilish ishtirokchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, loyiha hujjatlari kelishilganligi toʻgʻrisidagi xulosa va ijobiy yigʻma ekspertiza xulosasining (sanasi va raqami) maʼlumotlari majburiy koʻrsatiladi.
Ruxsatnomaning amal qilish muddati: 20_____ y. “______” ______________ dan 20___ y. “____” _____________ gacha.
Hujjatning
haqiqiyligini
tasdiqlovchi
QR-kod
Hujjatni imzolagan shaxs _________________________________________
(F.I.O.)
”;
quyidagi mazmundagi 4-ilova bilan toʻldirilsin:
“Qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 4-ILOVA
Invoys (shakli)
T/r
Xizmat turi
Nomi
1.
Xabarnoma raqami
XXXX
2.
Tekshirish uchun parol
XXXX
3.
Xizmat
__________________ (hudud nomi) Qurilish sohasida davlat nazorati
4.
Oluvchining nomi
__________________ (hudud nomi) Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi
5.
Hisobraqami
XXXXXXXX
6.
Shaxsiy gʻazna
XXXXXXXX
7.
Invoys raqami
XXXX
8.
Miqdori (soʻm)*
XXXX
9.
Muhim
XXXX
*Izoh. Tasdiqlangan ekspertiza xulosasida koʻzda tutilgan qurilish-montaj ishlari qiymatining (qoʻshimcha qiymat soligʻisiz) 0,2 foiz miqdorida ajratma”;
quyidagi mazmundagi 5-ilova bilan toʻldirilsin:
“Qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentga 5-ILOVA
manzilida qurilish-montaj ishlari olib borilayotgan obyektda roʻyxatdan oʻtgan vaqtdagi shartlar oʻzgarganligi holatini qayd etadi.
Bunda, ish bajaruvchilarining, obyektda texnik va mualliflik nazoratini amalga oshiradigan shaxslar almashishi, litsenziyaning amal qilish muddati tugashi, loyiha hamda uning qiymatidagi yechimlarning oʻzgarishi va hokazolar nazarda tutiladi.
Qurilish-montaj ishlarini bajarish davrida quyidagi tartiblarga amal qilish talab etiladi:
a) shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga rioya qilish;
b) buyurtmachining texnik, loyiha tashkilotining mualliflik va pudrat tashkilotining ichki nazorati mavjud boʻlishi;
v) qurilish-montaj ishlari ishchi loyiha hujjatlariga muvofiq boʻlishi.
Hujjatning
haqiqiyligini
tasdiqlovchi
QR-kod
Hujjatni imzolagan shaxs ___________________________
“Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son qaroriga 6-ILOVA
Qurilishi tugallangan obyektni topshirish-qabul qilish va foydalanish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament mulkchilik shakli va moliyalashtirish manbaidan qatʼi nazar, qurilishi tugallangan (rekonstruksiya qilingan) ikki qavatdan yuqori (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan yuqori va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlgan (yordamchi xoʻjalik imoratlarini hisobga olmagan holda) yakka tartibdagi uy-joylar hamda 300 metr kubdan ortiq boʻlgan noturar bino va inshootlarni topshirish-qabul qilish va foydalanish uchun ruxsatnoma berish, shuningdek, qurilishi tugallangan ikki qavatdan yuqori boʻlmagan (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlmagan boʻlgan (yordamchi xoʻjalik imoratlarini hisobga olmagan holda) yakka tartibdagi uy-joylar va 300 metr kubdan ortiq boʻlmagan noturar bino va inshootlarga foydalanish uchun ruxsatnoma berish tartiblarini belgilaydi.
2. Ushbu Reglament Oʻzbekiston Respublikasining maqsadli dasturlariga kiritilgan loyihalar, shuningdek, budjet tizimi budjetlari va tashabbusli budjetlashtirish jarayonlari asosida moliyalashtiriladigan qurilish-taʼmirlash ishlari boʻyicha loyihalar doirasida qurilgan, rekonstruksiya qilingan, shuningdek, mukammal va joriy taʼmirlangan obyektlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
3. Alohida hollarda, davlat sirlari yoki alohida muhim toifalangan obyektlar Vazirlar Mahkamasining hujjatlari bilan Davlat komissiyasi hamda buyurtmachilar tomonidan ishchi komissiya tuzilgan holda toʻgʻridan-toʻgʻri (ushbu komissiyalarning dalolatnomalarini rasmiylashtirish va tasdiqlash orqali) foydalanishga qabul qilinishi mumkin.
4. Mazkur Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
yordamchi xoʻjalik imoratlari — insonlar yashashi va yashashida foydalanilmaydigan binolar, jumladan, uy hayvonlari va parrandalarni saqlash uchun imoratlar, omborxona (yengil konstruksiyali), garaj, yozgi oshxona, tandirxona, yertoʻla (balandligi 2,2 metrdan past boʻlgan), hovlidagi hojatxona, hovuz, sauna va hammom, issiqxona hamda odamlarning vaqtincha boʻlishi bilan bogʻliq ishlarning har xil turlarini bajarishga moʻljallangan boshqa funksional (yengil konstruksiyali) imoratlar;
joriy taʼmirlash ishlari — bino va inshootlarning ayrim qismlarini qisman taʼmirlash yoki tiklash maqsadida joriy taʼmirlash ishlari;
mukammal taʼmirlash ishlari — mavjud bino va inshootning istalgan qismlarini (asosiy yuk koʻtaruvchi konstruksiyalar bundan mustasno), shu jumladan, baʼzi qismlarini taʼmirlash yoki tiklash yoʻli bilan obyektni toʻliq yoki shunga yaqin darajada tiklash hamda sozligini tiklash uchun butun obyektni taʼmirlash ishlari;
xulosa beruvchilar — qurilishi tugallangan obyektni topshirish-qabul qilishda oʻziga tegishli masala yuzasidan xulosa beruvchi idora va tashkilotlar;
qurilishi tugallangan obyekt — qurilish-montaj ishlari toʻliq yakunlangan qurilish obyekti.
5. Ushbu Reglament talablari:
turar joy toifasidan noturar joy toifasiga (yoki aksincha) rekonstruksiyasiz oʻtkazilayotgan imoratlarga (alohida xonalar);
qurilish obyektlarining xavf-xatar toifasi boʻyicha xavflilik omili past (I toifa) obyektlarga (jismoniy va yuridik shaxslar mablagʻlari evaziga quriladigan obyektlarga);
togʻ-kon sanoati obyektlariga (bino va inshootlari bundan mustasno);
barcha turdagi mukammal va joriy taʼmirlash obyektlari (budjet tizimi budjetlari hisobidan mukammal va joriy taʼmirlanadigan obyektlarga bundan mustasno);
tomorqa yer uchastkalarida va mavjud muhandislik tarmoqlarini oʻzgartirish talab etilmaydigan jamoa bogʻdorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun ajratilgan yer uchastkalarini obodonlashtirishga;
reklama va axborot qurilmalariga (konstruksiyalari);
koʻpriklar (barcha turdagi), yoʻllar qurilishi va yer osti yoʻllari;
texnologik resurslari ishlatib boʻlingan va obyektning ixtisoslashishini oʻzgartirish talab etilmaydigan texnologik hamda muhandislik uskunalarini taʼmirlash va almashtirish obyektlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Obyektlar, shuningdek, yakka tartibdagi uy-joylardan bosqichma-bosqich foydalanish uchun ruxsatnoma berilishi mumkin. Bunda, tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlarida bosqichma-bosqich foydalanish uchun ruxsatnoma berish koʻzda tutilgan boʻlishi, shuningdek, qurilayotgan obyektning foydalanish uchun ruxsat berilayotgan qismi (seksiya, blok) loyiha hujjatlariga muvofiq belgilangan ishlarning barchasi, xususan, mazkur binodan foydalanishda hizmat qiluvchi obodonlashtirish ishlari (tasdiqlangan loyihaga koʻra ichki yoʻllar, yashil hududlar, chiqindi toʻplash joylari, bolalar maydonchasi, avtoturargohlar va boshqalar), bino va inshootlar toʻliq qurilgan, pardozlash ishlari yakunlangan hamda tashqi muhandislik tarmoqlariga ulangandan soʻng uning qurilishi, shuningdek, rekonstruksiya qilinishi tugallanmagan qismlari obyektning zilzilabardoshliligini va yongʻinga chidamliligini taʼminlashi shart.
Qurilishi tugallangan turar joy binolari, shuningdek, korxonalar va savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat koʻrsatish muassasalari va nosanoat xususiyatidagi ehtiyojlar uchun qoʻshilgan, yondan qurilgan xonalarga ega boʻlgan koʻp seksiyali turar joy binolaridagi seksiyalar ushbu xonalar bilan bir vaqtda qabul qilinadi.
Agar qoʻshilgan, yondan qurilgan xonalar bir nechta turar joy seksiyalariga tegishli boʻlsa, seksiya ushbu seksiyaning koʻrsatilgan xonalarida barcha qurilish-montaj ishlari tugallangan holdagina qabul qilinishi lozim. Bu holda qoʻshilgan, yondan qurilgan xonalar oxirgi seksiya bilan bir vaqtda foydalanishga qabul qilinadi.
Muhandislik kommunikatsiya tarmoqlari obyektlarini foydalanishga qabul qilishda, ushbu bajarilgan qurilish-montaj ishlari joylashgan va unga tutash yer uchastkasini koʻzda tutuvchi 1:500 nisbatdagi topoxarita taqdim etilishi lozim.
Har bir koʻp kvartirali uyni foydalanishga qabul qilishda, ushbu koʻp kvartirali uy joylashgan va unga tutash yer uchastkasi chegarasi belgilangan 1:500 nisbatdagi topoxarita taqdim etilishi lozim.
Koʻp kvartirali uy joylashgan va unga tutash yer uchastkasi chegarasi belgilangan topoxarita asosida har bir koʻp kvartirali turar joyning alohida kadastr pasporti rasmiylashtiriladi.
Kadastr pasportida koʻp kvartirali uydagi turar joylar va yashash uchun moʻljallanmagan (noturar) joylar, umumiy mol-mulk (umumiy joylar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aks ettiriladi.
6. Qurilish tugallangan obyektni topshirish-qabul qilish hamda foydalanish uchun ruxsatnoma berish ushbu Reglamentga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
7. Qurilishi tugallangan obyektdan uni topshirish-qabul qilish toʻgʻrisidagi tasdiqlangan dalolatnomasiz va hududiy inspeksiyaning qurilishi tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnomasisiz foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
8. Foydalanish uchun ruxsatnoma koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun asos boʻladi.
9. Pudratchi tashkilotining murojaatiga asosan buyurtmachi tomonidan qurilishi tugallangan obyekt topshirish-qabul qilishga tayyorlanadi.
10. Pudrat tashkiloti buyurtmachiga qurilishi tugallangan obyektda bajarilgan ishlarning tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari hamda shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etishi shart.
11. Xulosa beruvchilar qurilish tugallangan obyektni tasdiqlangan loyiha hujjatlariga muvofiq deb topgan taqdirda, mazkur Reglamentga 2-ilovadagi shaklga asosan qurilish tugallangan obyektni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi.
Tasdiqlangan loyiha hujjatlari boʻyicha shaharsozlik normalari va qoidalariga nisbatan nomuvofiqliklar aniqlangan taqdirda, tegishliligi boʻyicha buyurtmachi, loyiha yoki pudrat tashkilotlari tomonidan toʻliq bartaraf etilishi shart.
12. Qurilishi tugallangan obyektni oʻz vaqtida foydalanishga qabul qilish uchun buyurtmachi shaxsan javobgar boʻladi.
2-bob. Qurilishi tugallangan obyektni topshirish-qabul qilishda davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
13. Buyurtmachi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali elektron shaklda murojaat qiladi.
14. Qurilishi tugallangan obyektni topshirish-qabul qilish dalolatnomasini rasmiylashtirish uchun murojaatlar YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼi nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Bunda murojaatlar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlari kelib tushganda navbatdagi ish kuni murojaatlarning vakolatli organga kelib tushgan va qabul qilingan kuni hisoblanadi.
15. Buyurtmachi soʻrovnomani davlat xizmatidan foydalanish uchun ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha topshiradi.
Mazkur ilovadagi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va transport infratuzilmasini yaratish xarajatlari boʻyicha yigʻim toʻlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali avtomatik ravishda tekshiriladi.
Dalolatnoma shaklini tanlashda mazkur obyektda amalga oshirilgan ishning (yangi qurilish, rekonstruksiya, taʼmirlash) turi hamda obyektning xavf-xatar toifasi inobatga olinadi.
17. Soʻrovnomaga maʼlumotlar toʻliq kiritilganidan soʻng uni oʻz elektron raqamli imzosi bilan (keyingi oʻrinlarda — ERI) yoki identifikatsiya qilishning boshqa vositalari orqali tasdiqlaydi.
Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, dalolatnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda, tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
Soʻrovnoma hamda dalolatnoma tegishli xulosa beruvchilarga avtomatik tarzda yuboriladi.
18. Qurilishi tugallangan obyektni topshirish-qabul qilishda davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻim undirilmaydi.
3-bob. Xulosa beruvchilar tomonidan soʻrovnoma va dalolatnomani koʻrib chiqish tartibi
19. Xulosa beruvchilar Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP tizimi orqali soʻrovnoma va dalolatnoma kelib tushgan kundan boshlab oʻn ish kuni mobaynida obyektni joyiga borib quyidagi ishlar amalga oshirilganligini tegishliligi boʻyicha oʻrganib chiqadi:
bajarilgan qurilish-montaj ishlarining tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiqligi;
obyektning ishga tushiriladigan quvvatining (sigʻimi, oʻtkazuvchanligi) loyiha hujjatlarida tasdiqlangan koʻrsatkichlarga muvofiqligi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga asosan texnologik, muhandislik yoki boshqa uskunalarning (muhandislik tizimlarini) sinovdan oʻtkazilganligi;
muhandislik tarmoqlaridan foydalanish tashkilotlarining tashqi ichimlik suvi va oqova suv tarmoqlari, issiqlik taʼminoti, gaz taʼminoti, elektr taʼminoti va aloqa kommunikatsiyalari tarmoqlariga (ushbu tarmoqlarga ulanish koʻzda tutilgan taqdirda) tegishli talablarga muvofiq ulanganligi;
obyektlarning texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga muvofiqligi, yongʻin xavfsizligi, mehnat sharoitlari taʼminlanishi boʻyicha tadbirlarning bajarilganligi;
oʻrnatilgan lift uskunalarining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga javob beradigan va davlat ekspertizasidan oʻtkazilgan dalolatnomasi va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi.
20. Xulosa beruvchilar obyektning normativ-huquqiy va texnik hujjatlarga nomuvofiqligi, soʻrovnoma va dalolatnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilganligi, shuningdek, maʼlumotlar toʻliq kiritilmaganligini aniqlagan taqdirda, ularni koʻrib chiqishni rad etishning aniq asoslarini va qonunchilik hujjatlari normalarini koʻrsatgan holda rad etadi.
Xulosa beruvchilar tomonidan oʻzining vakolat doirasiga kirmaydigan masalalar boʻyicha xulosalar berilishi taqiqlanadi.
Oʻrganish natijalari boʻyicha asosli eʼtiroz boʻlmagan taqdirda, QR-kod qoʻyilgan xulosa beradi.
21. Salbiy xulosada qayd etib oʻtilgan kamchiliklar bartaraf etilgandan soʻng buyurtmachi tomonidan aynan salbiy xulosa bergan tashkilotga qayta koʻrib chiqish uchun tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda umumiy tartibda yuboradi.
Buyurtmachi qayta murojaat qilganda, xulosa beruvchi tomonidan avvalgi rad etish asoslarida bayon etilmagan sabablarning keltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, avval koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi maʼlumotlar bilan bogʻliq rad etish sabablarining keltirilishi bundan mustasno.
Buyurtmachi tomonidan murojaat qayta yuborilganda xulosa beruvchi murojaatni besh ish kuni mobaynida obyektni joyiga borib oʻrganib chiqadi va xulosa beradi.
22. Buyurtmachi va xulosa beruvchi oʻrtasidagi axborot almashinuvi oʻz ERIsini majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo elektron bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
Dalolatnomani rasmiylashtirish uchun quyidagi hujjatlar asos boʻladi:
xulosa beruvchilarning ijobiy xulosalari;
pudrat tashkilotining muvofiqlik deklaratsiyasi.
23. Xulosa beruvchilardan ijobiy xulosa yoki pudrat tashkilotidan muvofiqlik deklaratsiyasi olinganidan soʻng buyurtmachi dalolatnomani oʻzining ERI bilan yoki identifikatsiya qilishning boshqa vositalari orqali tasdiqlab, uni ushbu Reglamentning 24-bandiga asosan tegishlilik boʻyicha yuboradi.
4-bob. Qurilishi tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish tartibi
24. Qurilishi tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma (keyingi oʻrinlarda — ruxsatnoma):
a) Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy inspeksiya) tomonidan qurilish-montaj ishlari tugallangan ikki qavatdan yuqori (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan yuqori va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat ortiq boʻlgan (yordamchi xoʻjalik imoratlarini hisobga olmagan holda) yakka tartibdagi uy-joylar hamda 300 metr kubdan ortiq boʻlgan noturar bino va inshootlardan foydalanish;
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda — hududiy boshqarmalar) tomonidan qurilish-montaj ishlari tugallangan ikki qavatdan yuqori boʻlmagan (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlmagan yakka tartibdagi uy-joylar va 300 metr kubdan ortiq boʻlmagan noturar bino va inshootlardan foydalanish uchun beriladi.
25. Pudrat tashkiloti qurilishi tugallangan koʻp kvartirali uyni boshqarish uchun boshqaruvchi tashkilotni jalb qiladi.
26. Ruxsatnoma olishdan oldin foydalanishga qabul qilinayotgan bino va inshootga belgilangan tartibda kadastr pasporti rasmiylashtirish talab etiladi.
27. Ruxsatnoma olish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
Davlat xizmatini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlanganligi elektron shaklda tasdiqlanadi.
28. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
18 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
10 foizi — Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazining shaxsiy hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar toʻliq miqdorda tegishliligiga koʻra hududiy inspeksiya yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boshqarmalari va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasining bank hisobvaraqlariga;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
10 foizi — Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazining shaxsiy hisobvaragʻiga;
11,25 foizi — Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi shaxsiy hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar toʻliq miqdorda tegishliligiga koʻra hududiy inspeksiya yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boshqarmalari va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasining bank hisobvaraqlariga oʻtkaziladi.
29. Buyurtmachi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Buyurtmachi davlat xizmatidan foydalanishdan, koʻchmas mulkka boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilguniga qadar bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi. Bunda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
30. Buyurtmachi tomonidan yuborilgan qurilishi tugallangan obyektni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi hududiy inspeksiyaga kelib tushgandan soʻng toʻrt ish kuni mobaynida hududiy inspeksiya joyiga chiqqan holda obyektni:
qabul qilish va ularni foydalanishga topshirish ishlari shaharsozlik hujjatlari talablariga muvofiqligini;
bino va inshootlarning konstruktiv mustahkamligi, barqarorligi va ishonchliligini;
bino va inshootlardan foydalanish davrida yongʻin xavfsizligi, sanitariya va atrof-muhitni muhofaza qilish xavfsizligi yuzasidan koʻrib chiqilganligini;
binolar, inshootlar va jamoat maskanlaridan imkoniyatlari cheklangan shaxslarning foydalanishi mumkinligini;
binolarning energiya tejamkorligini va ularning shovqindan himoya qilinishini;
“Topografiya” maʼlumotlar bazasiga kiritilgan ijroviy topografik tasvir va loyiha hujjatlari oʻzaro mosligini;
bino va inshootlarda qayta tiklanuvchi va energiya samarador qurilish materiallaridan foydalanilganligini oʻrganadi.
Oʻrganish natijalari asosida ushbu Reglamentga 4-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq QR-kod qoʻyilgan ruxsatnomani beradi yoki rad etishning aniq sabablarini va qonunchilik hujjatlari normalarini koʻrsatgan holda ruxsatnoma berishni rad etadi.
Ruxsatnoma elektron shaklda rasmiylashtiriladi va hududiy inspeksiyaning ERIsi bilan tasdiqlanadi.
31. Quyidagilar ruxsatnoma berishni rad etish uchun asos boʻladi:
soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilishi;
davlat xizmatlari koʻrsatish uchun yigʻim toʻlanmaganligi;
qurilish-montaj ishlari qiymati uchun toʻlanishi lozim boʻlgan ajratmalar toʻliq toʻlanmaganligi;
ruxsatnoma berish uchun asos boʻlgan hujjatlarning mavjud emasligi;
kelishilgan loyiha yechimlari hamda shaharsozlik hujjatlari talablari buzilishi yoki obyekt (butunlay yoki bir qismi) loyiha hujjatlariga (qismiga) nomuvofiq tarzda qurilganligi;
binolar va inshootlarning zilzilabardoshliligiga taʼsir qiluvchi, shuningdek, fuqarolar hayoti va sogʻligʻiga tahdid soluvchi konstruktiv qoidabuzarliklar mavjudligi;
sifatsiz qurilish materiallari, konstruksiyalari hamda buyumlari qoʻllanilganligi;
texnik va mualliflik nazoratini amalga oshiruvchi mutaxassislarning salbiy xulosalari mavjud boʻlganda, pudrat tashkiloti qurilish normalari va qoidalari boʻyicha buzilishlarni bartaraf etmaganda;
loyiha hujjatlari boʻyicha ijobiy ekspertiza xulosasi ekspert tashkiloti tomonidan “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga kiritilmaganligi yoki ijobiy xulosa olinmaganligi;
foydalanishga qabul qilinayotgan obyektning “Topografiya” maʼlumotlar bazasiga kiritilgan ijroviy topografik tasviri mavjud emasligi;
obyektda qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun hududiy inspeksiyadan ruxsatnoma olinmaganligi;
vakolatli organga obyektni oʻrganish uchun imkoniyat yaratilmaganligi;
yer uchastkasiga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaganligi;
roʻyxatdan oʻtkazuvchi organda ushbu koʻchmas mulk obyektining mansubligi masalasida nizolar borligidan dalolat beruvchi sud hujjatlarining mavjudligi;
vakolatli organ tomonidan koʻchmas mulk obyektiga taqiq, xatlov yoki garovga (ipotekaga) qoʻyilganligi (vakolatli organning rozilik xati taqdim etilsa bundan mustasno);
roʻyxatdan oʻtkazuvchi organda ushbu yer uchastkasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda olib qoʻyilganligi haqidagi maʼlumotlarning mavjudligi;
foydalanishga qabul qilinayotgan bino va inshootlarning kadastr yigʻmajildi (pasporti) mavjud emasligi;
shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq emasligi;
qurilishi tugallangan koʻp kvartirali uyni boshqarish uchun boshqaruvchi tashkilot jalb qilinmaganligi yoki boshqaruvchi tashkilot aniqlanmaganligi;
binoni demontaj qilish, buzdirish boʻyicha inspeksiya tomonidan daʼvo arizalari kiritilib, sudlarda nizo mavjudligi yoki demontaj qilish, buzdirish boʻyicha sudlar tomonidan qarorlar qabul qilinganligi;
quriladigan bino va inshootlar hududlaridan yogʻingarchilik suvlarini toʻliq olib chiqib ketish maqsadida yomgʻir suvlarini oqizish tarmoqlarini (lotok) yirik (kanal, kollektor, drenaj va yirik irrigatsiya tarmoqlari) tarmoqlarga ulash nazarda tutilmaganligi;
suvni muhofaza qilish hududlari chegaralariga tutash yer uchastkalarida barpo etiladigan qurilish obyektlariga suv obyektlarining balansda saqlovchi tashkilotlardan tegishli xulosalar olinmaganligi.
Davlat xizmatlarini koʻrsatishni boshqa asoslarga koʻra rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
Rad etish hududiy inspeksiya tomonidan shaharsozlik hujjati nomi, uning qismi, bandi, kichik bandi yoki xatboshisi orqali asoslangan boʻlishi talab etiladi.
32. Buyurtmachi ruxsatnoma berish rad etilgan kundan boshlab oʻn ish kuni mobaynida davlat xizmatini koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamasdan, ruxsatnomani olish uchun qayta murojaat qilish huquqiga ega.
Ruxsatnoma berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, ruxsatnoma takroran soʻrovnoma tushganidan soʻng hududiy inspeksiya yoki hududiy boshqarmalar tomonidan ikki ish kuni mobaynida oshmagan muddatda koʻrib chiqiladi.
Bunda oʻzi kelib murojaat etganda, Davlat xizmatlari markazi xodimi, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa — ariza beruvchi mustaqil ravishda, avvalgi ariza uchun toʻlangan invoysni tizimdan yuklab olib, takroriy arizani toʻlov bosqichida biriktiradi.
Soʻrovnomani takroran koʻrib chiqishda hududiy inspeksiya yoki hududiy boshqarma tomonidan avvalgi rad etish asoslarida bayon etilmagan sabablarning keltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, avval koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi maʼlumotlar bilan bogʻliq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.
33. Xulosa beruvchilar tomonidan ijobiy xulosa olinib, qurilishi tugallangan obyektni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi tegishli tartibda rasmiylashtirilgan holda hududiy inspeksiyaga yuborilgan boʻlib, biroq hududiy inspeksiya tomonidan koʻrib chiqish jarayonida ushbu Reglamentning 31-bandi asosida rad etilgan taqdirda buyurtmachi rad etish sabablarini bartaraf etib takroran murojaat qilganda, soʻrovnoma koʻrib chiqish uchun faqat hududiy inspeksiyaga yuboriladi.
34. Obyektlar, shuningdek, yakka tartibdagi uy-joylardan bosqichma-bosqich foydalanish uchun ruxsatnoma berilishi mumkin. Bunda tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlarida bosqichma-bosqich foydalanish uchun ruxsatnoma berish koʻzda tutilgan boʻlishi, shuningdek, qurilayotgan obyektning foydalanish uchun ruxsat berilayotgan qismi (seksiya, blok) loyiha hujjatlariga muvofiq belgilangan ishlarning barchasi, xususan, mazkur binodan foydalanishda hizmat qiluvchi obodonlashtirish ishlari (tasdiqlangan loyihaga koʻra ichki yoʻllar, yashil hududlar, chiqindi toʻplash joylari, bolalar maydonchasi, avtoturargohlar va boshqalar), bino va inshootlar toʻliq qurilgan, pardozlash ishlari yakunlangan hamda tashqi muhandislik tarmoqlariga ulangandan soʻng uning qurilishi, shuningdek, rekonstruksiya qilinishi tugallanmagan qismlari obyektning zilzilabardoshliligini va yongʻinga chidamliligini taʼminlashi shart.
Qurilayotgan obyekt loyiha hujjatlariga muvofiq belgilangan ishlarning barchasi, xususan, bino va inshootlarning barchasi toʻliq qurilgan, pardozlash ishlari yakunlangan hamda tashqi muhandislik tarmoqlariga ulangandan soʻng obyektdan foydalanishga ruxsatnoma berilishi mumkin.
Markaziy koʻchalarning ikki tarafida joylashmagan yakka tartibdagi uy-joyning muayyan xona, oshxona, hojatxonasi, uyning ichki bezagi yakunlanib, yashash uchun yaroqli holatga kelgandan keyin ariza beruvchining talabi asosida uy-joy muhandislik tarmoqlariga ulanmagan, alohida yordamchi-xoʻjalik imoratlarisiz, hududni obodonlashtirmasdan, uyning bir qismidan foydalanishga ruxsatnoma berishga yoʻl qoʻyiladi.
35. Hududiy boshqarma soʻrovnoma tushgandan soʻng toʻrt ish kuni mobaynida obyektni joyiga borgan holda qonunchilik hujjatlarida belgilangan vakolatlar doirasida qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektlarning shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligini oʻrganib, ushbu Reglamentga 5-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq QR-kod qoʻyilgan ruxsatnomani beradi yoki rad etishning aniq sabablarini va qonunchilik hujjatlari normalarini koʻrsatgan holda ruxsatnoma berishni rad etadi.
Ruxsatnoma elektron shaklda rasmiylashtiriladi va hududiy boshqarmaning ERIsi bilan tasdiqlanadi.
36. Hududiy inspeksiya yoki hududiy boshqarma QR-kodli ruxsatnoma rasmiylashtirilgan kunning oʻzida avtomatik tarzda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga ruxsatnomani koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun yuboradi.
37. Hududiy inspeksiya yoki hududiy boshqarma rasmiylashtirilgan QR-kodli ruxsatnoma tushgan kundan keyin ikki ish kuni mobaynida roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ belgilangan tartibda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazib, tegishli huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan koʻchirmani rasmiylashtiradi.
Kadastr agentligi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan koʻp kvartirali uydagi joylar alohida (kvartiraga) ajratilganda, har bir joy (kvartira)ning maydoni, kadastr raqami va mulkdori, shuningdek, koʻp kvartirali uyning umumiy foydalanishdagi maydoni va boshqa maʼlumotlar “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga avtomatik tarzda yuborilishini taʼminlaydi.
38. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun belgilangan yigʻim miqdori koʻrsatilgan xabarnoma (invoys) tashkilotlarga, Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga YIDXP orqali elektron shaklda yuboriladi.
Xabarnomada koʻrsatilgan yigʻim toʻliq toʻlanganidan soʻng real vaqt rejimida tegishli huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi elektron shakldagi Reyestrdan koʻchirmani yuklab olish imkoni paydo boʻladi va ariza beruvchining soʻroviga koʻra unga Reyestrdan koʻchirma elektron shaklda yoki qogʻoz shaklida berilishi mumkin.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
39. Davlat xizmatlari markazi, hududiy inspeksiya, hududiy boshqarma, xulosa beruvchilar va roʻyxatdan oʻtkazuvchilar oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ariza beruvchi haqidagi maʼlumotlarning oshkor etilmasligini taʼminlashi kerak.
40. Hududiy inspeksiya yoki hududiy boshqarma tomonidan ruxsatnoma rasmiylashtirilgan kunning oʻzida mazkur ruxsatnoma “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida avtomatik tarzda hisobga olinadi.
41. Xulosa beruvchilar oʻzlari bergan ijobiy yoki salbiy xulosalarga javobgar hisoblanadi.
42. Soʻrovnomalarni belgilangan muddatda koʻrib chiqmagan xulosa beruvchilar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
43. Adliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradilar.
44. Buyurtmachi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
45. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Qurilishi tugallangan obyektni topshirish-qabul qilish va foydalanish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Qurilish tugallangan obyektni topshirish-qabul qilish hamda foydalanish uchun ruxsatnoma berish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Pudrat tashkiloti
Qurilishi tugallangan obyekt topshirish-qabul qilishga tayyorligi toʻgʻrisida buyurtmachiga muvofiqlik deklaratsiyasini ilova qilgan holda xabarnoma yuboradi.
Qurilish ishlari tugallangandan soʻng
2-bosqich
Buyurtmachi
oʻzi kelib Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali elektron soʻrovnoma yuboradi.
Xabarnoma kelib tushgandan kunda
3-bosqich
Xulosa beruvchilar
Soʻrovnoma va dalolatnoma kelib tushgandan soʻng obyektni joyiga borib oʻrganib chiqadi va qurilishi tugallangan obyektning foydalanishga tayyorligi yoki tayyor emasligi toʻgʻrisida xulosa beradi.
10 ish kuni mobaynida
4-bosqich
Davlat xizmatlari markazi
Xulosa beruvchilar tomonidan dalolatnoma tasdiqlanganidan soʻng tizim orqali avtomatik tarzda buyurtmachiga yuboradi.
Avtomatik ravishda
5-bosqich
Buyurtmachi
Qurilishi tugallangan obyektni foydalanish uchun ruxsatnoma olish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun dalolatnomani oʻzining ERIsi bilan tasdiqlab, tegishlilik boʻyicha hududiy inspeksiyaga yoki hududiy boshqarmaga yuboradi.
1 ish kunida
6-bosqich
Hududiy inspeksiya yoki hududiy boshqarma
1. Qurilishi (rekonstruksiya) tugallangan obyektning foydalanishga muvofiqligini oʻrganib chiqadi.
2. QR-kodli ruxsatnomani rasmiylashtiradi yoki rad etadi va roʻyxatdan oʻtkazuvchilarga elektron shaklda ruxsatnomani yuboradi.
4 ish kunida
7-bosqich
Roʻyxatdan oʻtkazuvchilar
Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazadi va reyestridan koʻchirmani Davlat xizmatlari markazlariga yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga yuboradi.
1 ish kunida
8-bosqich
Davlat xizmatlari markazi
Ruxsatnoma va reyestrdan koʻchirmani ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqida elektron shaklda xabardor qiladi.
Real vaqt rejimida
Qurilishi tugallangan obyektni topshirish-qabul qilish va foydalanish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
QURILISHI TUGALLANGAN OBYEKTNI TOPSHIRISH-QABUL QILISH DALOLATNOMASI
tomonidan 20___y. “____”____________ ______-son bilan ijobiy ekspertizadan oʻtkazilgan.
8. Qurilish-montaj ishlari qurilish davomiyligimeʼyor boʻyicha ______ haqiqatda _________________ boʻlgan holda quyidagi muddatlarda bajarilgan:
ishlarni boshlanishi ________________________________, tugatish ___________________
_______________________________(oy va yil)___________________________(oy va yil)
9. Foydalanishga qabul qilish uchun taqdim etilgan obyekt quvvati, ishlab chiqarish unumdorligi, ishlab chiqarish maydoni, tarmoq uzunligi, sigʻimi, hajmi, oʻtkazish qobiliyati, ishchi oʻrinlari soni boʻyicha quyidagi asosiy koʻrsatkichlarga ega (barcha obyektlar, turar joy uylardan tashqari), maqsadli mahsulot yoki asosiy xizmat turlariga muvofiq oʻlchov birliklarida toʻldiriladi):
Quvvati, unumdorligi
Oʻlchov birligi
Loyiha boʻyicha
Amalda
umumiy (avval qabul qilinganlarini hisobga olgan holda)
shu jumladan ishga tushirish kompleksi yoki navbati
umumiy (shu jumladan, avval qabul qilinganlari)
shu jumladan, ishga tushirish kompleksi yoki navbati
Boshlangʻich davrda loyihaviy quvvatlarini oʻzlashtirish meʼyorlariga mos keluvchi hajmda loyihada koʻzda tutilgan mahsulotni ishlab chiqarish (xizmat koʻrsatish)
muhandislik va texnologik uskuna boʻyicha qisqacha texnik tavsiflar)
12. Obyektda loyihada koʻzda tutilgan uskuna, shu jumladan, yongʻin avtomatikasi tizimi yakka va kompleks sinovlardan keyin qabul qilish toʻgʻrisidagi dalolatnomalarga muvofiq miqdorda oʻrnatilgan. (dalolatnomalar ilova qilinadi) ____________
13. Loyihada koʻzda tutilgan mehnatni muhofaza qilish, portlash xavfsizligini, yongʻin xavfsizligini, atrof-muhit muhofazasini taʼminlaydigan va zilzilaga qarshi tadbirlar:
14. Tashqi sovuq va issiq suv taʼminoti, kanalizatsiya, issiqlik taʼminoti, gaz taʼminoti, elektr taʼminoti va aloqa tarmoqlari bino, inshoot va xonaning normal ishlashini taʼminlaydi hamda shahar (tuman) tarmoqlardan foydalanish tashkilotlari tomonidan qabul qilingan.
Shahar (tuman) tarmoqlardan foydalanish tashkilotlari maʼlumotlari roʻyxati dalolatnomaga ilova qilinadi.
15. Binolarda liftni qurish, bino atrofini koʻkalamzorlashtirish, binolarga olib boruvchi yoʻllar trotuarlar, xoʻjalik, oʻyin va sport maydonchalari qoplamalarini, chiqindi yigʻish shoxobchalari, avtoturargoh, elektr yoritish tizimini qurish, shuningdek, energiya hamda suv tejash ishlari, shuningdek, binolarning fasadlari elementlarini pardozlash ishlari bajarilgan
Ishlar turi
Oʻlchov birligi
Ishlar hajmi
16. Obyektning joriy narxlardagi umumiy haqiqiy qiymati:
jami ___________ ming soʻm, shu jumladan:
qurilish-montaj ishlarining qiymati _______ming soʻm;
uskunalar, asboblar va jihozlar qiymati ___________ming soʻm .
17. Foydalanishga qabul qilinayotgan asosiy fondlar qiymati:
jami ___________ ming soʻm, shu jumladan:
qurilish-montaj ishlarining qiymati _______ming soʻm;
uskunalar, asboblar va jihozlar qiymati ___________ming soʻm .
18. Koʻzdan kechirish va tegishli hujjatlar bilan tanishish natijalariga koʻra obyektda qoʻllanilgan texnologik yechimlarning ilgʻorligiga baho berildi:
Favqulodda vaziyatlar vazirligining Davlat yongʻin nazorati organi;
(F.I.O.)
(QR-kod)
Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi;
(F.I.O.)
(QR-kod)
Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi — uning nazoratida boʻlgan obyektlar boʻyicha;
(F.I.O.)
(QR-kod)
Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi- gidrotexnik inshootlar boʻyicha;
(F.I.O.)
(QR-kod)
Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi
(F.I.O.)
(QR-kod)
Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorat inspeksiyasi — avtomobil yoʻllari qurilishi obyektlari, havo hamda temir yoʻl transporti binolari va inshootlari boʻyicha;
(F.I.O.)
(QR-kod)
Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi
(F.I.O.)
(QR-kod)
Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi — suv omborlari, sel-suv omborlari boshqa suv xoʻjaligi obyektlari boʻyicha;
(F.I.O.)
(QR-kod)
Madaniyat vazirligi — Madaniyat va sanʼat obyektlari boʻyicha
(F.I.O.)
(QR-kod)
Oʻzbekiston nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari
(F.I.O.)
(QR-kod)
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi — sohaviy qurilish obyektidan va atrof-muhitga yetkaziladigan ekologik zarar holati boʻyicha;
(F.I.O.)
(QR-kod)
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi
(F.I.O.)
(QR-kod)
Ichki ishlar vazirligi
(F.I.O.)
(QR-kod)
Tashqi muhandislik tarmoqlariga ulanishga texnik shartlar bergan tashkilotlar
(F.I.O.)
(QR-kod)
Foydalanuvchi jismoniy yoki yuridik shaxslar
(F.I.O.)
(QR-kod)
Izoh. Zaruratga koʻra tarkibga inspeksiya yoki buyurtmachi tomonidan boshqa manfaatdor nazorat organlari va tashkilotlar vakillari kiritilishi mumkin.
Qurilishi tugallangan obyektni topshirish-qabul qilish va foydalanish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3-ILOVA
Qurilishi tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun
SOʻROVNOMA
I. Ariza beruvchi — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot
1. JSHSHIR
2. F.I.O.
3. Telefon raqami
4. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa)
II. Ariza beruvchi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot
1. Toʻliq nomi
2. STIR
3. Telefon raqami
4. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa)
III. Obyektning nomi va manzili
Buyurtmachi nomi
Obyektning joylashgan manzili
Obyektning turi
IV. Qurilish uchun asos
V.Qurilish ishlarni bajargan bosh pudrat va yordamchi pudrat tashkilotlari
1. Har bir tashkilot nomi
2. Bajargan ish turi
VI. Loyiha hujjatlari
1. Hujjatlarning qismi yoki boʻlimi nomi
2. Loyiha tashkilotining nomi
3. Yordamchi pudrat tashkilotlari nomi hamda hujjatning bajarilgan qismi va boʻlimi
VII. Loyihalashtirish uchun dastlabki maʼlumotlar
1. Ilmiy-tadqiqot va qidiruv tashkilotlarining nomi
2. Dastlabki maʼlumotlar mavzusi
VIII. Loyiha hujjatlari maʼlumotlari
1. Loyihaning raqami, seriya raqami (namunaviy loyiha boʻyicha, turar joy-fuqarolik obyektlari boʻyicha individual loyiha uchun, bunday loyihani qoʻllash uchun tegishli qaror)
2.Qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektning “Topografiya” maʼlumotlar bazasiga kiritilgan ijroviy topografik tasviri (yagona roʻyxatga olish raqami koʻrsatilgan holda).
IX. Ijobiy ekspertiza xulosasi
1. Raqami
2. Sanasi
X. Qurilish-montaj ishlari davomiyligi
1. Meʼyor boʻyicha
2. Haqiqatda
3. Ishlarning boshlanishi
4. Tugatish
XI.Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va transport infratuzilmasini yaratish xarajatlari boʻyicha shartnoma (ushbu shartnoma talab oʻrnatilgan hududlar boʻyicha)
Shartnoma “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali avtomatik ravishda tekshiriladi.
1.Shartnoma raqami
XII. Obyektning texnik va meʼmoriy-qurilish yechimlari quyidagi maʼlumotlar bilan tavsiflanishi
1. Rejalash, qavatlilik, asosiy materiallar va konstruksiyalar
2. Muhandislik va texnologik uskuna boʻyicha qisqacha texnik tavsiflar
XIII. Loyihada koʻzda tutilgan mehnatni muhofaza qilish, portlash xavfsizligini, yongʻin xavfsizligini, atrof-muhit muhofazasini taʼminlaydigan va zilzilaga qarshi tadbirlar
XIV. Obyektning joriy narxlardagi umumiy haqiqiy qiymati
1. Qurilish-montaj ishlarining qiymati (ming soʻm)
2. Uskunalar, asboblar va jihozlar qiymati (ming soʻm)
XV. Foydalanishga qabul qilinayotgan asosiy fondlar qiymati
1. Qurilish-montaj ishlarining qiymati (ming soʻm)
2. Uskunalar, asboblar va jihozlar qiymati (ming soʻm)
XVI. Koʻzdan kechirish va tegishli hujjatlar bilan tanishish natijalariga koʻra obyektda qoʻllanilgan texnologik yechimlarning ilgʻorligiga baho
XVII. Ilova qilinadigan hujjatlar
1.
Loyiha hujjatlari
2.
Ijobiy ekspertiza xulosasi
3.
Shahar (tuman) tarmoqlardan foydalanish tashkilotlari maʼlumotlari roʻyxati dalolatnomaga ilova qilinadi
4.
Obyektda loyihada koʻzda tutilgan uskuna shu jumladan yongʻin avtomatikasi tizimi yakka va kompleks sinovlardan keyin qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi dalolatnomalari
XVIII. Toʻldirilishi lozim boʻlgan jadval maʼlumotlari
1. Foydalanishga qabul qilish uchun taqdim etilgan obyekt quvvati, ishlab chiqarish unumdorligi, ishlab chiqarish maydoni, tarmoq uzunligi, sigʻimi, hajmi, oʻtkazish qobiliyati, ishchi oʻrinlari soni boʻyicha quyidagi asosiy koʻrsatkichlarga ega (barcha obyektlar, turar joy uylardan tashqari), maqsadli mahsulot yoki asosiy xizmat turlariga muvofiq oʻlchov birliklarida toʻldiriladi):
Quvvati, unumdorligi
Oʻlchov birligi
Loyiha boʻyicha
Amalda
umumiy (avval qabul qilinganlarini hisobga olgan holda)
shu jumladan ishga tushirish kompleksi yoki navbati
umumiy (shu jumladan avval qabul qilinganlari)
shu jumladan ishga tushirish kompleksi yoki navbati
Foydalanishga qabul qilish uchun taqdim etilgan ijtimoiy va turar joy obyektlari boʻyicha majburiy quyidagi koʻrsatkichlarga ega:
Koʻrsatkichlar
Oʻlchov birligi
Loyiha boʻyicha
Amalda
Umumiy maydoni
m2
Qavatlar soni
qavat
Umumiy qurilish hajmi
m3
shu jumladan, yerosti qismi boʻyicha
m3
Binoga qoʻshilgan, qoʻshilgan-yondan qurilgan, yonidan qurilgan xonalar maydoni
m2
Koʻrsatkichlar
Loyiha boʻyicha
Amalda
xonadonlar soni
xonadonlar maydoni, m2
xonadonlar soni
xonadonlar maydoni, m2
Jami xonadonlar
shu jumladan:
bir xonali
ikki xonali
...
2. Koʻkalamzorlashtirish, binolarga olib boruvchi yoʻllar trotuarlar, xoʻjalik, oʻyin va sport maydonchalari qoplamalarini qurish, chiqindi yigʻish shohobchalari, avtoturargoh, lift va energiya tejamkor ishlar, shuningdek, binolarning fasadlari elementlarini pardozlash ishlari bajarilgan:
Ishlar turi
Oʻlchov birligi
Ishlar hajmi
Izoh. Keltirilgan barcha maʼlumotlarning ishonchliligini tasdiqlayman.
Qurilishi tugallangan obyektni topshirish-qabul qilish va foydalanish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 4-ILOVA
(Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi
qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektdan foydalanishga ruxsat etildi. Mazkur ruxsatnoma obyektdan foydalanish uchun asos boʻladi.
Mazkur ruxsatnoma koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun asos boʻladi.
Hujjatni imzolagan shaxs ___________________
_______________________________(F.I.O)
Hujjatning
haqiqiyligini
tasdiqlovchi
QR-kod
Qurilishi tugallangan obyektni topshirish-qabul qilish va foydalanish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 5-ILOVA
(Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri)
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi
(Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi)
Qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektdan foydalanish uchun
RUXSATNOMA
Ariza raqami: ________________ 20 ____ y. “________”
____________________________________________________ ning ______________-son arizasiga
__________________(ariza beruvchining nomi yoki F.I.O)_____________(ariza raqami)
muvofiq ______________________________________________________________________ manzilidagi
(obyektning manzili)
qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektdan foydalanishga ruxsat etildi. Mazkur ruxsatnoma obyektdan foydalanish uchun asos boʻladi.
Mazkur ruxsatnoma koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun asos boʻladi.
Hujjatni imzolagan shaxs ___________________
_______________________________(F.I.O)
Hujjatning
haqiqiyligini
tasdiqlovchi
QR-kod
8. Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohalari mutaxassislarini sertifikatlash tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2023-yil 11-sentabrdagi 460-son qarorida:
b) 5-bandning “b” kichik bandi toʻrtinchi xatboshisidagi “rahbarlari” soʻzi “rahbari va sertifikatlash talab etiladigan xodimlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 6-band “dasturlarni” soʻzidan keyin “va oʻquv kontentlari (oʻquv metodik materiallar, jumladan, oʻquv maʼruza matnlari, videodarslar, interfaol dasturlar, taqdimotlar, topshiriqlar, imtihon materiallari, oʻquv adabiyotlari, infografikalar)ni” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
g) 13-bandning beshinchi xatboshisidagi “videodarslar, interfaol dasturlar, tahliliy materiallar va infografikalar” soʻzlari “maʼruza matnlari, videodarslar, interfaol dasturlar, taqdimotlar, topshiriqlar, imtihon materiallari, oʻquv adabiyotlari, infografikalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(8-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-fevraldagi 60-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2026-y., 09/26/60/0152-son)
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida“ 2024-yil 17-apreldagi 214-son qarorida:
“37. Hisobot davri yakunlariga koʻra Vazirlik huzuridagi va muassisligidagi korxona va tashkilotlarning faoliyati, koʻrsatgan xizmatlari va bajargan ishlari hisobidan olgan sof foydasi vazir tomonidan taqsimlanadi (masʼuliyati cheklangan jamiyat va aksiyadorlik jamiyati shaklidagi yuridik shaxslar bundan mustasno)”;
quyidagi mazmundagi oʻn toʻqqizinchi — yigirma birinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Lavozimi boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻyicha Milliy gvardiya boshqarmasi boshligʻining jamoat xavfsizligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari;
Lavozimi boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmalari boshligʻining jamoat xavfsizligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari;
Lavozimi boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiya agentligi hududiy boʻlinmasi rahbari” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
oʻn toʻqqizinchi — yigirma birinchi xatboshilar tegishlicha yigirma ikkinchi — yigirma toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Izoh quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻyicha Milliy gvardiya boshqarmasi boshligʻining jamoat xavfsizligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmalari boshligʻining jamoat xavfsizligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari faqat ommaviy tadbirlar oʻtkaziladigan bino va inshootlar loyiha-smeta hujjatlarining arxitektura-qismini kelishib beradi.
Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiya agentligi hududiy boʻlinmasi rahbari faqat fuqaro aviatsiyasiga tegishli obyektlarning muhofaza zonasida joylashtiriladigan bino va inshootlar loyiha-smeta hujjatlarining arxitektura-qismini kelishib beradi”.
10. Vazirlar Mahkamasining “Arxitektura va qurilish sohasi faxriylariga qulay shart-sharoitlar yaratishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 17-iyuldagi 431-son qarorining 9-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Kengashni Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani Bobur koʻchasi 14-uy manzilidagi “ToshkentboshplanLITI” instituti maʼmuriy binosining zarur sharoitlarga ega xonalaridan tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirsin”.
11. Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik faoliyatini geoaxborot bilan taʼminlash mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 12-fevraldagi 85-son qarorining 3-bandi birinchi xatboshisidagi “2025-yil 1-iyuldan boshlab” soʻzlaridan soʻng “(davlat sirini tashkil etuvchi obyektlar bundan mustasno)” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son; 18.02.2026-y., 09/26/60/0152-son)