1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.05.00 Sanoat uskunalari, mashinalari va asboblariga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash. Asosiy fondlarning amortizatsiyasi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat dasturlari, konsepsiyalari va boshqalar]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
Ortiqcha bosim ostida ishlaydigan uskunalar xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglamentni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 28-fevraldagi PQ-91-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, bosim ostida ishlaydigan uskunalarga qoʻyiladigan xavfsizlik talablarini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
1. Quyidagilar:
ortiqcha bosim ostida ishlaydigan uskunalarga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari, ularni loyihalashtirish, ishlab chiqarishda xavfsizlik talablari hamda tamgʻalash, identifikatsiya qilish va muvofiqligini baholash tartibini nazarda tutuvchi Ortiqcha bosim ostida ishlaydigan uskunalar xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglament 1-ilovaga muvofiq;
Ortiqcha bosim ostida ishlaydigan uskunalar xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglamentni joriy etish sxemasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2026-yil 1-yanvardan boshlab xizmat muddatini oʻtab boʻlgan ortiqcha bosim ostida ishlaydigan uskunalarni respublika hududiga olib kirish taqiqlanadi.
3. Texnik reglament rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab olti oy oʻtgach amalga kiritilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda ushbu qarorning maqsadi, mazmuni va uni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida manfaatdor vazirlik va idoralarning hamda tadbirkorlik subyektlarining keng xabardor qilinishini taʼminlasin.
7. Ushbu qarorning 4 va 5-bandlari mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran olti oy oʻtgach kuchga kiradi.
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi raisi A.V. Rafikov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 4-avgust,
493-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-avgustdagi 493-son qaroriga 1-ILOVA
Ortiqcha bosim ostida ishlaydigan uskunalar xavfsizligi toʻgʻrisida
TEXNIK REGLAMENT
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Texnik reglament ortiqcha bosim ostida ishlaydigan uskunalar (keyingi oʻrinlarda — uskunalar) xavfsizligiga doir talablarni belgilash orqali fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini, mol-mulkini himoya qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish, shuningdek, isteʼmolchilarni chalgʻituvchi harakatlarning oldini olish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllanishi va bajarilishi majburiy boʻlgan yagona talablarni belgilaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
2. Ushbu Texnik reglament quyidagi turdagi uskunalarga tatbiq etiladi:
a) hisoblangan bosimi 0,05 MRa (0,5 kgf/sm²) dan yuqori, sigʻimi 0,001 m³ dan ortiq va ishchi bosimning eng yuqori ruxsat etilgan qiymati bilan sigʻim qiymatining koʻpaytmasi 0,0025 MRa·m³ dan ortiq;
hisoblangan bosimi 20 MRa (200 kgf/sm²) dan yuqori, sigʻimi 0,0001 m³ dan ortiq va 0,001 m³ gacha boʻlgan, xavflilik toifasi boʻyicha tasniflanishi ushbu Texnik reglamentga 1-ilovaning 1-jadvalida keltirilgan 1-guruh ishchi muhitda foydalaniladigan siqilgan, suyultirilgan, bosim ostida eritilgan gazlar hamda bugʻlar uchun moʻljallangan idishlar;
b) hisoblangan bosimi 0,05 MRa (0,5 kgf/sm²) dan yuqori, sigʻimi 0,001 m³ dan ortiq va ishchi bosimning eng yuqori ruxsat etilgan qiymati bilan sigʻim qiymatining koʻpaytmasi 0,005 MPa·m³ dan ortiq;
hisoblangan bosimi 100 MRa (1000 kgf/sm²) dan yuqori, sigʻimi 0,0001 m³ dan ortiq va 0,001 m³ gacha boʻlgan, xavflilik toifasi boʻyicha tasniflanishi ushbu Texnik reglamentga 1-ilovaning 2-jadvalida keltirilgan 2-guruh ishchi muhitda foydalaniladigan siqilgan, suyultirilgan, bosim ostida eritilgan gazlar hamda bugʻlar uchun moʻljallangan idishlar;
v) hisoblangan bosimi 0,05 MRa (0,5 kgf/sm²) dan yuqori, sigʻimi 0,001 m³ dan ortiq va ishchi bosimning eng yuqori ruxsat etilgan qiymati bilan sigʻim qiymatining koʻpaytmasi 0,02 MPa·m³ dan ortiq;
hisoblangan bosimi 50 MRa (500 kgf/sm²) dan yuqori, sigʻimi 0,0001 m³ dan ortiq va 0,001 m³ gacha boʻlgan, xavflilik toifasi boʻyicha tasniflanishi ushbu Texnik reglamentga 1-ilovaning 3-jadvalida keltirilgan 1-guruh ishchi muhitda foydalaniladigan suyuqliklar uchun moʻljallangan idishlar;
g) hisoblangan bosimi 1 MRa (10 kgf/sm²) dan yuqori, sigʻimi 0,01 m³ dan ortiq va ishchi bosimning eng yuqori ruxsat etilgan qiymati bilan sigʻim qiymatining koʻpaytmasi 1 MPa·m³ dan ortiq;
hisoblangan bosimi 100 MRa (1000 kgf/sm²) dan yuqori, sigʻimi 0,0001 m³ dan ortiq va 0,01 m³ gacha boʻlgan, xavflilik toifasi boʻyicha tasniflanishi ushbu Texnik reglamentga 1-ilovaning 4-jadvalida keltirilgan 2-guruh ishchi muhitda foydalaniladigan suyuqliklar uchun moʻljallangan idishlar;
d) sigʻimi 0,002 m³ dan ortiq boʻlgan, 110 °C dan yuqori haroratdagi issiq suv yoki 0,05 MRa (0,5 kgf/sm²) dan ortiq yuqori bosimdagi bugʻ hosil qilish uchun moʻljallangan, xavflilik toifasi boʻyicha tasniflanishi ushbu Texnik reglamentga 1-ilovaning 5-jadvalida keltirilgan qozonlar, shuningdek, oʻt yoqib qizdiriladigan va sigʻimi 0,002 m³ dan ortiq boʻlgan idishlar;
e) hisoblangan bosimi 0,05 MRa (0,5 kgf/sm²) dan yuqori, nominal diametri 25 mm dan ortiq boʻlgan, xavflilik toifasi boʻyicha tasniflanishi ushbu Texnik reglamentga 1-ilovaning 6-jadvalida keltirilgan 1-guruh ishchi muhitda foydalaniladigan siqilgan, suyultirilgan, bosim ostida eritilgan gazlar hamda bugʻlar uchun moʻljallangan quvurlar va armaturalar;
j) hisoblangan bosimi 0,05 MRa (0,5 kgf/sm²) dan yuqori, nominal diametri 32 mm dan ortiq va hisoblangan bosim qiymati bilan nominal diametr qiymatining koʻpaytmasi 100 MPa·mm dan ortiq boʻlgan, xavflilik toifasi boʻyicha tasniflanishi ushbu Texnik reglamentga 1-ilovaning 7-jadvalida keltirilgan 2-guruh ishchi muhitda foydalaniladigan siqilgan, suyultirilgan, bosim ostida eritilgan gazlar hamda bugʻlar uchun moʻljallangan quvurlar va armaturalar;
z) hisoblangan bosimi 0,05 MRa (0,5 kgf/sm²) dan yuqori, nominal diametri 25 mm dan ortiq va hisoblangan bosim qiymati bilan nominal diametr qiymatining koʻpaytmasi 200 MPa·mm dan ortiq boʻlgan, xavflilik toifasi boʻyicha tasniflanishi ushbu Texnik reglamentga 1-ilovaning 8-jadvalida keltirilgan 1-guruh ishchi muhitda foydalaniladigan suyuqliklar uchun moʻljallangan quvurlar va armaturalar;
i) hisoblangan bosimi 1 MRa (10 kgf/sm²) dan yuqori, nominal diametri 200 mm dan ortiq va hisoblangan bosim qiymati bilan nominal diametr qiymatining koʻpaytmasi 500 MPa·mm dan ortiq boʻlgan, xavflilik toifasi boʻyicha tasniflanishi ushbu Texnik reglamentga 1-ilovaning 9-jadvalida keltirilgan 2-guruh ishchi muhitda foydalaniladigan suyuqliklar uchun moʻljallangan quvurlar va armaturalar;
k) 0,05 MRa (0,5 kgf/sm²) dan yuqori bosim taʼsirida ishlaydigan uskuna elementlari (yigʻma birliklar) va unga tegishli butlovchi qismlar;
l) quyidagi quvur armaturalari:
1-guruh ishchi muhit uchun moʻljallangan uskunalarda nominal diametri 25 mm dan ortiq boʻlgan armaturalar;
2-guruh ishchi muhitda gazlar uchun moʻljallangan uskunalarda nominal diametri 32 mm dan ortiq boʻlgan armaturalar;
2-guruh ishchi muhitda suyuqliklar uchun moʻljallangan quvurlarda nominal diametri 200 mm dan ortiq boʻlgan armaturalar;
m) koʻrsatuvchi va saqlovchi qurilmalar, oʻlchash vositalari toifasiga kirmaydigan qurilmalardan tashqari;
n) barokameralar (yakka shaxs uchun moʻljallangan tibbiy barokameralardan tashqari);
o) xavfsizlik qurilmalari va uskunalari.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
3. Ushbu Texnik reglament quyidagilarga tatbiq etilmaydi:
a) gaz, neft va boshqa mahsulotlarni uzatish uchun moʻljallangan magistral quvurlar, kon hududidagi va taqsimlovchi quvurlar (gaz taqsimlash stansiyalari yoki kompressor stansiyalarida qoʻllanadigan uskunalar bundan mustasno);
b) gaz taqsimlash tarmoqlari va gaz isteʼmoli tarmoqlari;
v) atom energetikasi sohasida qoʻllash uchun maxsus ishlab chiqarilgan uskunalar hamda radioaktiv muhitda ishlovchi uskunalar;
g) texnologik jarayonga muvofiq ularning ichida portlash yoki oʻz-oʻzidan tarqaluvchi yuqori haroratli sintez yonishi jarayonida bosim hosil boʻladigan idishlar;
d) dengiz va daryo kemalari hamda boshqa suzuvchi vositalar va suv ostida foydalaniladigan obyektlarda qoʻllash uchun maxsus ishlab chiqarilgan uskunalar;
e) temiryoʻl transporti, avtotransport va boshqa harakatlanuvchi vositalarning tormoz uskunalari;
j) samolyotlar va boshqa uchuvchi apparatlarda qoʻllash uchun maxsus ishlab chiqarilgan idishlar;
z) mudofaa maqsadlari uchun moʻljallangan uskunalar;
i) mashinalarning mustaqil idish boʻlmagan qismlari (nasos yoki turbinalar korpusi, bugʻ, gidravlik, ichki yonuvchi dvigatellar, havo mashinalari va kompressorlar silindrlari);
k) yakka shaxs uchun moʻljallangan tibbiy barokameralar;
l) aerozol sepuvchi uskunalar;
m) yuqori kuchlanishli elektr uskunalari (taqsimlovchi qurilmalar, taqsimlovchi mexanizmlar, transformatorlar va aylanuvchi elektr mashinalari)ning korpuslari;
n) ortiqcha bosim ostida ishlaydigan elektr energiyasini uzatish tizimi elementlarining qoplamalari va gʻiloflari (elektr taʼminoti kabel mahsulotlari va aloqa kabellari);
o) nometall yumshoq (elastik) qoplamadan tayyorlangan (ishlab chiqarilgan) uskunalar;
p) gaz chiqarish va soʻrish tizimlari uchun shovqin soʻndirgichlar;
r) gazli ichimliklar uchun idishlar yoki sifonlar;
s) har xil turdagi oʻt oʻchirgichlar;
t) harorati 110 °S va undan past boʻlgan suvni yetkazib berish, taqsimlash va chiqarish tarmoqlari, shuningdek, gidrokuch uskunalarida suv yetkazib berish quvurlari va tegishli uskunalar;
u) binolar va inshootlarning suvli isitish tizimlarida qoʻllanadigan isitish qurilmalari va quvurlar;
f) gazsimon yoqilgʻi (siqilgan tabiiy gaz, suyultirilgan neft gazi (yoki suyultirilgan uglevodorod gazi), suyultirilgan tabiiy gaz, yoqilgʻi sifatidagi dimetil efir va boshqa yonilgʻi) bilan ishlaydigan dvigatellarni taʼminlash uchun moʻljallangan hamda gʻildirakli transport vositalari, oʻzi harakatlanuvchi mashinalar, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi traktorlarida qoʻllash uchun maxsus ishlab chiqarilgan uskunalar va ularning elementlari;
x) quvurlarning tayanch-osma tizimlari va ularning elementlari.
4. Uskunalar ushbu Texnik reglament talablariga mos kelgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalaga chiqarilishiga ruxsat beriladi.
Texnik reglament xavfsizlik talablari bilan tartibga solinadigan majburiy tartibda muvofiqligi baholanishi lozim boʻlgan uskunalar roʻyxati ushbu Texnik reglamentga 2-ilovada keltirilgan.
5. Texnik jihatdan tartibga solish sohasida qoʻllanadigan normativ hujjatlar ushbu Texnik reglamentning 2-bandida keltirilgan uskunalarni loyihalashtirish va ishlab chiqarish (tayyorlash) jarayonida qoʻllangan taqdirda, ushbu Texnik reglament talablariga zid boʻlmasligi kerak.
6. Agar boshqa texnik reglamentlarda ayrim turdagi uskunalarga nisbatan talablar belgilangan boʻlsa, mazkur uskunalar barcha tegishli texnik reglamentlar talablariga mos boʻlishi shart.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
7. Ushbu Texnik reglamentda quyidagi atamalar va taʼriflardan foydalaniladi:
ajratuvchi rangli boʻyoq — ballonlar va avtotsisternalar sirtiga belgilangan rangdagi qoplamani va zarur boʻlganda rangli chiziqni surtish;
armatura — quvurlar hamda qozonlar va idishlarning quvur elementlariga oʻrnatiladigan, ishchi muhit oqimini boshqarish (yopish, teskari oqimning oldini olish, tartibga solish, taqsimlash, aralashtirish, ajratish), shuningdek, oqimning oʻtishida koʻndalang kesimini oʻzgartiradigan texnik uskuna;
ballon — ventillar, flanetslar yoki shtutserlarni oʻrnatish uchun 1 yoki 2 ta boʻgʻiz qismiga ega boʻlgan, siqilgan, suyultirilgan, bosim ostida eritilgan gazlarni tashish, saqlash va foydalanish uchun moʻljallangan idish;
barokamera — qurilmalar va uskunalar bilan jihozlangan hamda odamlarni joylashtirish mumkin boʻlgan vakuum va (yoki) ortiqcha bosimni yuzaga keltiruvchi idish;
belgilangan maqsadda qoʻllash — uskunani ishlab chiqaruvchi tomonidan uning texnik hujjatlarida (pasportida) koʻrsatilgan maqsadi va texnik xususiyatlariga muvofiq holda foydalanish;
belgilangan resurs — uskunaning texnik holatidan qatʼi nazar, uni foydalanishdan chiqarilishi uchun belgilangan umumiy ish vaqti;
belgilangan xizmat muddati — uskunaning kalendar asosida belgilangan foydalanish davomiyligi boʻlib, ushbu muddat tugaganidan soʻng uning texnik holatidan qatʼi nazar, undan foydalanish toʻxtatilishi shart;
bochka — silindr yoki boshqa shaklda boʻlib, uni qoʻshimcha tayanchlarsiz bir joydan ikkinchi joyga dumalatib koʻchirish va qisqa yonlanma tomoniga (torets) qoʻyish mumkin boʻlgan, suyuq va boshqa moddalarni tashish hamda saqlash uchun moʻljallangan idish;
bugʻ qozoni — atmosfera bosimidan yuqori bosimda bugʻ ishlab chiqarish uchun moʻljallangan va hosil boʻlgan bugʻ ushbu qurilmaning tashqarisida foydalaniladigan qurilma;
devorning yoʻl qoʻyiladigan harorati — uskunadan foydalanishga yoʻl qoʻyiladigan devorning eng yuqori (eng past) harorati;
devorning hisoblangan harorati — uskuna elementlarining mustahkamligini hisoblashda materialning fizik-mexanik xususiyatlari va yoʻl qoʻyiladigan kuchlanishi aniqlanadigan harorat;
idish — germetik yopiq (statsionar oʻrnatilgan yoki koʻchma), kimyoviy, issiqlik va boshqa texnologik jarayonlarni amalga oshirish, shuningdek, gazsimon, suyuq va boshqa moddalarni saqlash hamda tashish uchun moʻljallangan sigʻim;
import qiluvchi — boshqa davlatdan uskunalarni Oʻzbekiston Respublikasi bozoriga kirituvchi Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti maqomiga ega yuridik shaxs;
ichki bosim, tashqi bosim — uskuna devorining ichki yoki tashqi yuzasiga taʼsir qiluvchi ortiqcha bosim;
ishlab chiqaruvchi — Oʻzbekiston Respublikasi hududida uskunalarni ishlab chiqarish yoki ishlab chiqarish va muomalaga kiritish bilan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shugʻullanuvchi hamda ushbu uskunalarning Texnik reglament talablariga muvofiqligi uchun javobgar boʻlgan yuridik shaxs, shu jumladan, xorijiy ishlab chiqaruvchi;
ishchi bosim — ish jarayonining normal holatda borishi davomida hosil boʻladigan eng yuqori ortiqcha bosim;
ishchi muhit harorati — texnologik jarayonning normal holatda oʻtishi vaqtida muhitning eng past (eng yuqori) harorati;
ishchi muhit guruhi — ishchi muhit jamlanmasi hisoblanadi va quyidagi toifalarga boʻlinadi:
1-guruh — bir fazali holatdagi alangalanuvchi, oksidlovchi (kislorod miqdori atmosfera havosining tabiiy tarkibiga mos keladigan havodan tashqari), yonuvchi, portlovchi, zaharli va oʻta zaharli gazlar, suyuqliklar va bugʻlar hamda ularning aralashmalaridan iborat ishchi muhit;
2-guruh — 1-guruhga kirmaydigan barcha boshqa ishchi muhit;
ishchi muhitning harorati — texnologik jarayonni normal holatda oʻtishi davomida muhitning minimal (maksimal) harorati;
maxsus vakolatli organ — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi;
nominal bosim — 20 °C haroratda mustahkamlikka hisoblashda (armatura, quvur qismlari va ularning birikmalari va boshqalar) qoʻllaniladigan hisoblangan bosim;
nominal diametr — armaturalar va quvurlar tizimiga nisbatan tegishli qismlarini ulashda qoʻllanadigan parametr. Nominal diametr ulanayotgan quvurlar ichki diametrining yaxlitlangan qiymatiga teng oʻlchamning raqamli koʻrsatkichi boʻlib millimetrda koʻrsatiladi va raqamning birinchi qiymatiga mos keluvchi qiymat;
produvka — uskunalar, qozonlar va boshqa texnik jihozlar tizimlari va quvur ichki boʻshliqlarini xavfli yoki keraksiz moddalardan tozalash maqsadida bosim ostida havo, gaz, bugʻ yoki suyuqlik oqimini uzatish orqali amalga oshiriladigan texnologik jarayon;
saqlovchi qurilmalar — uskunalar, qozonlar va quvurlarni bosimi yoki ishchi muhit harorati ruxsat etilgan qiymatlardan oshib ketganda ularni buzilishdan himoya qilish uchun moʻljallangan qurilmalar;
seriyali ishlab chiqarish — yagona texnik hujjatlarga muvofiq yagona texnologik jarayon boʻyicha ishlab chiqariladigan va respublika hududida davriy yoki uzluksiz ketma-ketlikda muomalaga chiqariladigan mahsulot toʻpi;
sinash bosimi — uskunani mustahkamlik va zichlikka sinashda qoʻllanadigan ortiqcha bosim;
sigʻimi — chizmalar boʻyicha belgilangan nominal oʻlchamlarga asosan aniqlanadigan uskuna ichki boʻshligʻining hajmi;
suv isitish qozoni — atmosfera bosimidan yuqori bosimdagi suvni qizdirish va uni ushbu qurilma tashqarisida issiqlik tashuvchi sifatida foydalanish uchun moʻljallangan qurilma;
uskuna elementi — uskunaning asosiy funksiyalaridan birini bajarishga moʻljallangan yigʻma birlik;
uskunadagi chegaraviy holat — kelgusida uskunadan foydalanishga yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan holat;
uskunadan foydalanish — uskunaning foydalanishga topshirilgan vaqtidan boshlab, uni utilizatsiya qilishgacha boʻlgan hayotiy davri bosqichi;
uskunani taʼmirlash — uskunaning shikastlangan, yemirilgan yoki turli sabablar tufayli yaroqsiz holga kelgan elementlarini tiklash va uni ishlatishga yaroqli holatga keltirish;
xavfga asoslangan nazorat (Risk Based Inspection) — uskunalarning ishdan chiqish ehtimolligi (sizib chiqish, buzilish) va uning odamlarning hayoti va sogʻligʻiga, atrof-muhitga va mulkka taʼsir etishi mumkin boʻlgan oqibatlarini hisobga olgan holda texnik tashxislash (diagnostika) va nazorat tadbirlarini rejalashtirish, ularning ustuvorlik darajasini belgilash va amalga oshirish jarayoni boʻlib, xalqaro standartlar talablariga muvofiq amalga oshiriladi;
sisterna — gazsimon, suyuq yoki boshqa moddalarni tashish va saqlash uchun moʻljallangan, temiryoʻl platformasi ramasiga, avtomobil (tirkama yoki yarim tirkama) shassisiga, shu jumladan, avtotsisternaga yoki boshqa harakatlanuvchi vositalarga doimiy ravishda (statsionar) oʻrnatilgan koʻchma idish;
elektrodli qozon — suv orqali elektr toki oʻtishida ajralgan issiqlikdan foydalaniladigan bugʻ yoki issiq suvli qozon;
elektroqizdirishli qozon — elektr toki yordamida qizdiruvchi elementlar orqali ajralgan issiqlikdan foydalaniladigan bugʻ yoki issiq suvli qozon;
energiya samaradorlik koʻrsatkichi — har qanday maqsaddagi mahsulot yoki texnologiya jarayoni uchun energiya resurslarning isteʼmoli yoki yoʻqotishlarini ifodalovchi mutlaq, birlik mahsulot miqdoriga toʻgʻri keladigan yoki nisbiy miqdorda belgilanadigan koʻrsatkich;
energotexnologik qozon — texnologik materiallarni qayta ishlash jarayoni olib boriladigan qurilma (bugʻ yoki suv isitish qozoni, shu jumladan, sodali suvni qayta tiklovchi qozon);
oʻt (olov) yordamida qizdiriladigan idish — atmosfera bosimidan yuqori bosim ostidagi ishchi muhitga alohida toʻsiq devor orqali oʻt (olov) yoki yonuvchi mahsulotlardan issiqlik uzatiladigan idish;
qozon-utilizator — texnologik jarayonlar yoki dvigatellarni ishlashi davomida ajralib chiqadigan yoki texnologik jarayondagi mahsulotlarni qoʻshimcha ravishda yonishidan va (yoki) qoʻshimcha yonilgʻining yonishidan ajralib chiqadigan issiq tashlanma gazlardan foydalanadigan qozon;
quvuroʻtkazgich — ortiqcha bosim ostida turli muhitni tashish uchun moʻljallangan boʻlib, u quvur armaturasi, quvurlar, flanetslar va boshqa element hamda detallarni ajralmas yoki ajraladigan ulanishlar orqali oʻzaro bogʻlangan majmuasidan, shuningdek, quvurlarning bosim ostida xavfsiz ishlashini taʼminlovchi tayanch-osma tizimlariga biriktirilgan qismlardan iborat uskuna;
hayotiy davr — ishlab chiqaruvchi tomonidan uskunani ishlab chiqarilgan vaqtidan boshlab uni utilizatsiya qilishgacha boʻlgan vaqt oraligʻi;
hisoblangan bosim — uskunaning mustahkamligini hisoblash uchun asos qilib olinadigan bosim;
hisoblangan xizmat muddati — uskunani loyihalashtirish jarayonida belgilangan va uni foydalanishga topshirilgan kundan boshlab kalendar yillarda va (yoki) davriy hisoblanadigan xizmat muddati.
2-bob. Uskunani loyihalashtirish va ishlab chiqarish (tayyorlash) bosqichlarida xavfsizligini taʼminlash
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
8. Uskunaga xavf tugʻdiradigan omillarni aniqlashda quyidagi asosiy xavf turlari hisobga olinishi lozim:
a) bosimning meʼyoridan oshishi (foydalanish hujjatlarida koʻrsatilgan ishchi bosimdan yuqori);
b) uskunalar konstruksiyasi, elementlari va saqlovchi qurilmalari boʻyicha belgilangan koʻrsatkichlarning yoʻl qoʻyilmaydigan ogʻishlari (oʻzgarishlari);
v) suyuq ishchi muhit darajasining ruxsat etilgan eng past darajadan tushib ketishi;
g) suyuq ishchi muhit sathining ruxsat etilgan eng quyi sathdan pastga tushishi (kamayishi);
d) toʻgʻridan-toʻgʻri harakat qiluvchi suyuq ishchi muhitining sathini koʻrsatuvchi jihozlarning ishdan chiqishi;
e) uskuna elementlarining materialini korroziya va boshqa turdagi yemirilishi;
j) saqlovchi qurilmalar va xavfsizlik tizimlarining nosozligi;
z) yordamchi uskunalarni ishdan chiqishi (toʻxtashi);
i) barcha nazorat-oʻlchash asboblari, masofadan boshqarish va avtomatik boshqaruv qurilmalarida (tizimlarida) kuchlanishning yoʻqolishi;
t) yongʻin, tabiiy va texnogen xususiyatga ega favquloddagi holatlar;
u) uskuna elementlarining ichki yuzasida ishchi muhitni ifloslantiruvchi qoʻshimchalarning toʻplanishi bilan bogʻliq shikastlanishlar.
9. Uskunani va uning elementlarini loyihalashtirish jarayonida xavf turlarining qabul qilinadigan darajasi, texnik talablar majmuasiga rioya qilgan holda, mustahkamlikka hisoblash va sinov-tajriba, ekspert baholash usullari yoki shunga oʻxshash turdagi uskunalardan foydalanish maʼlumotlari (natijalari) asosida belgilanadi.
10. Uskunalar ularning sigʻimi yoki nominal diametri, shuningdek, ruxsat etilgan eng yuqori ishchi bosimga qarab, Texnik reglamentga 1-ilovaga muvofiq 1, 2, 3 va 4-toifalar boʻyicha tavsiflanadi.
11. Uskunaning xavfsizligi ularni loyihalashtirish va ishlab chiqarish (tayyorlash)da mazkur bobda va ushbu Texnik reglamentda belgilangan xavfsizlik talablariga rioya qilish orqali taʼminlanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
12. Uskunaning xavfsizligini asoslovchi va unga oid boʻlgan barcha xavf omillari hamda xavfsizlik talablarini hisobga olgan holda, hujjatlar toʻplami quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
texnik topshiriq, texnik shartlar yoki uskunani loyihalashtirish va ishlab chiqarish (tayyorlash) bosqichlarida talablarni belgilovchi boshqa hujjatlar;
loyiha (konstruktorlik) hujjatlari (chizmalar, sxemalar, tasniflar, hisob-kitoblar);
uskunaga ilova qilinadigan texnik hujjatlar;
sinash natijalari boʻyicha hisobot hujjatlari (bayonnomalar, xulosalar, dalolatnomalar, guvohnomalar);
xavfni va foydalanish ishonchliligini baholashni oʻz ichiga olgan boshqa hujjatlar (mavjud boʻlganda).
Uskunalarni loyihalashtirish vaqtida uskuna xavfsizligiga oid aniq talablarni belgilovchi xavfsizlikni asoslovchi hujjatlar bilan toʻldiriladi.
13. Uskunalar va saqlovchi qurilmalari ishlab chiqarilishi (tayyorlanishi) jarayonida ishlab chiqaruvchi ularning loyiha hujjatlarida belgilangan koʻrsatkichlari va xususiyatlariga hamda ushbu Texnik reglament talablariga muvofiqligini taʼminlashi shart.
14. Uskuna, ishlab chiqaruvchi tomonidan loyiha hujjatlariga muvofiq sinovdan oʻtkaziladi.
15. Uskunani ishlab chiqarish (tayyorlash)da loyiha hujjatlaridagi oʻzgartirishlar loyiha tashkiloti (loyihachi) bilan kelishiladi.
16. Uskuna texnik hujjatlarda belgilangan xavfsizlikni taʼminlash choralari isteʼmolchi tomonidan amalga oshirilganda, butun xizmat muddati davomida xavfsiz boʻlishi lozim.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
17. Uskuna quyidagi holatlarda fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga, mol-mulkka, atrof-muhitga zarar yetkazish ehtimolini cheklashi lozim:
a) tuynuk yoki uskuna holatini nazorat qilish moslamalarini ochish va yopish;
b) uskunani bosim ostiga qoʻyish, ishchi rejim holatiga keltirish hamda bosimni tushirish bilan bogʻliq texnologik jarayonlarni amalga oshirish;
v) uskunaga xizmat koʻrsatish maydonchasidan xizmat koʻrsatuvchi xodimning shikastlanishi xavfi bilan bogʻliq texnologik amallarni bajarish;
g) uskunaning tashqi yuzalarda yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan haroratning yuzaga kelishi;
d) barqaror boʻlmagan ishchi muhitlarning parchalanishi.
18. Uskuna uning xavfsizlik talablariga muvofiqligini tasdiqlash uchun zarur boʻlgan baholashlarni oʻtkazish imkoniyati taʼminlangan holda loyihalashtirilishi zarur.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
19. Uskunaning loyihasida, uning vazifasiga qarab, quyidagilar bilan jihozlanishi nazarda tutilishi lozim:
a) saqlovchi qurilmalar;
b) suyuq ishchi muhit sathini oʻlchash vositalari;
v) bosimni oʻlchash vositalari;
g) ishchi muhit haroratini oʻlchash vositalari;
d) berkituvchi va tartibga soluvchi armaturalar;
e) taʼminot qurilmalari;
j) issiqlikka kengayishni nazorat qilish qurilmalari.
20. Uskunaning konstruksiyasi xavfsizlik va boshqa zarur asboblari hamda uning ishchi muhiti koʻrsatkichlarini nazorat qilish maqsadida xizmat koʻrsatuvchi xodimlarga xavfsiz kirish imkoniyatini taʼminlashi lozim.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
21. Uskunaning loyihasida quyidagilardan foydalanish nazarda tutilishi lozim:
a) nazorat va oʻlchash vositalari, ularni qoʻllanish sharoitidagi xatoligi nazorat qilinadigan koʻrsatkichlarning ruxsat etiladigan eng koʻp ogʻish cheklanish qiymatidan oshib ketmaydigan boʻlishi;
b) uskuna foydalanish sharoitlariga (ishchi muhitiga) muvofiq zarur oʻlchash vositalari bilan jihozlanishi.
22. Loyihada uskuna muhitini drenaj qilish va havoni chiqarib tashlash qurilmalari bilan jihozlanishi va u quyidagilar nazarda tutilishi kerak:
a) gidravlik zarbaga va barqarorlikning yoʻqolishiga yoʻl qoʻymaslik;
b) xavfsiz tozalash, nazorat va texnik xizmat koʻrsatishni taʼminlash.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
23. Uskuna loyihasida quyidagi holatlarda uskunani toʻldirish yoki boʻshatish jarayonlarining xavfsizligini taʼminlash nazarda tutilishi lozim:
a) uskunaning toʻlib ketishi yoki ishchi muhit bosimining oshib ketishi, shuningdek, uskunani toʻldirishda davriy ravishda yuzaga keladigan bosim ostida ishlashi;
b) uskunaning ishchi muhiti nazoratsiz ravishda boʻshatilishi;
v) uskunani toʻldirish yoki boʻshatish vaqtida bosim manbaiga ulanishi yoki undan ajratilishi.
24. Uskuna tashqi yongʻin yuzaga kelganda uning oqibatlarini kamaytiruvchi qurilmalar bilan jihozlanadi.
Uskunadan xavfsiz foydalanishni taʼminlash uchun uning konstruksiyasida qoʻshimcha yoritish vositalarini oʻrnatish nazarda tutiladi.
25. Uskunani loyihalashtirish jarayonida undan foydalanishda noxush hodisa yoki avariya yuzaga kelishi ehtimolini kamaytiruvchi texnik xususiyatlar (yechimlar) belgilanishi lozim.
26. Uskuna va xavfsizlik qurilmalarini ishlab chiqarishda, ularning loyiha hujjatlarida belgilangan koʻrsatkichlari va xususiyatlariga, shuningdek, qoʻllanayotgan texnologik jarayonlar va nazorat tizimi inobatga olingan holda, ushbu Texnik reglamentda belgilangan xavfsizlik talablariga muvofiqligi ishlab chiqaruvchi tomonidan taʼminlanadi.
27. Uskuna elementlarini ishlab chiqarishda (tayyorlashda) metallarga ishlov berish davomida (valsovka, shtamplash, qirralarini yumaloqlash va boshqalar) uning mexanik xususiyatlarining oʻzgarishi, shikastlanishlar, yoriqlar va uskuna xavfsizligiga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan boshqa nuqsonlarga yoʻl qoʻyilmaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
28. Uskuna elementlarini ishlab chiqarish (tayyorlash) va oʻrnatish jarayonida bajariladigan payvandlash hamda boshqa ajralmas birikmalar ularga putur yetkazmagan holda nazoratdan oʻtkazilishi lozim. Ushbu nazorat natijalari asosida tegishli bayonnomalar rasmiylashtirilishi shart.
Uskunaning payvandlangan va boshqa ajralmas birikmalari, loyiha hamda foydalanish qoʻllanmasi (yoʻriqnomasi)da nazarda tutilgan putur yetkazmagan holda nazorat oʻtkazish uchun uskunaning butun foydalanish davri mobaynida ochiq holatda boʻlishi lozim.
Nazorat oʻtkazish usullari (turlari) uskuna ishlab chiqaruvchisi tomonidan belgilanadi.
29. Tez ajratiladigan qopqoqlar bilan jihozlangan uskunalarda qopqoq toʻliq yopilmagan holda uskunani bosim ostida ishga tushirish, yonilgʻi yoki energiya berish, uskuna ichida ortiqcha bosim mavjud boʻlgan holda qopqoqni ochish holatlarini cheklaydigan himoya vositalariga ega boʻlishi shart.
30. Qozon konstruksiyasida hisoblangan foydalanish rejimlariga nisbatan yoʻl qoʻyilmaydigan ogʻishlar (cheklanishlar) yuz bergan holatda qozon yoki uning elementlarini avtomatik ravishda oʻchirilishini taʼminlovchi xavfsizlik asboblari oʻrnatiladi.
31. Bugʻ qozonlari, ularning turi va ishlab chiqarish quvvatidan qatʼi nazar, oziqlantiruvchi (taʼminlovchi) suvni uzatishni avtomatik tarzda tartibga soluvchi regulator qurilmalari bilan jihozlanadi.
Asosiy yoki oraliq bugʻ qizdirgich qurilmasi chiqishidagi bugʻ harorati 400 ºS dan ortiq boʻlgan bugʻ qozonlari, bugʻ haroratini tartibga soluvchi avtomatik qurilmalar bilan jihozlanadi.
32. Armatura turi, uning soni va oʻrnatish joyi uskuna loyihasini ishlab chiquvchi tashkilot tomonidan, xavfsizlikni taʼminlash hamda loyihada nazarda tutilgan uskuna va uning elementlarini oʻchirish sharoitlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
33. Qozonlarga guruhlashtirilgan holda oziqlantiruvchi (taʼminlovchi) suv yetkazib berilayotganda nasos bosimi ushbu Texnik reglament talablarini, shuningdek, eng yuqori ishchi bosimga ega qozonni yoki oziqlantiruvchi (taʼminlovchi) suv quvuroʻtkazgichidagi eng yuqori bosim yoʻqotilishini taʼminlash shartlarini inobatga olgan holda (hisob-kitob asosida) tanlanadi.
34. Oziqlantiruvchi (taʼminlovchi) qurilmalar orqali suv yetkazib berish miqdori, qozonlarning nominal bugʻ ishlab chiqarish quvvati asosida, doimiy yoki davriy produvka, bugʻni sovitish, rostlovchi-sovitish va sovitish qurilmalarining ishlashini taʼminlash, shuningdek, suv yoki bugʻ yoʻqotilishi ehtimolini hisobga olgan holda belgilanadi.
35. Oziqlantiruvchi (taʼminlovchi) qurilmalarning turi, xususiyatlari, soni va ulanish sxemasi qozondan foydalanish jarayonida, jumladan, avariya holatida toʻxtatishda ham, undan xavfsiz foydalanishni taʼminlashi lozim.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
36. Uskunani loyihalashtirish jarayonida uning mustahkamligi foydalanish, tashish, yetkazib berish, oʻrnatish jarayonlarida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan taxminiy yuklamalar va ular natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan ogʻishlarni (cheklanishlarni) hisobga olgan holda hisoblab chiqiladi. Bunda quyidagi omillar inobatga olinadi:
a) uskunaning ichki va tashqi yuzalariga taʼsir etuvchi yuklamalar;
b) atrof-muhit va ishchi muhit harorati;
v) uskunaning ish sharoitidagi va sinash sharoitidagi statik bosim, shu jumladan, gidravlik sinash vaqtida uskunadagi suyuqlikning gidrostatik bosimi hamda boshqa tashqi taʼsirlar;
g) uskunaning harakatlanishida inersiya yuklamalari, shamol taʼsiri va seysmik taʼsirlar;
d) tayanchlar, mahkamlagichlar va quvuroʻtkazgichlar orqali uzatiladigan reaktiv kuchlar (qarshiliklar);
j) muhitning eroziyali va korroziyali taʼsirlari, shu jumladan, eroziyali-korroziyali yemirilishi;
z) qayta ishlanuvchi muhitning va texnologik jarayonning oʻzgaruvchanligi natijasida yuzaga keladigan kimyoviy reaksiyalar;
i) foydalanish jarayonida materiallarning mexanik xususiyatlaridagi oʻzgarishlar.
37. Agar uskunaning ruxsat etiladigan eng yuqori ishchi bosimi qiymati bilan uning sigʻim qiymati koʻpaytmasi 0,6 MPa·m³ dan kam boʻlsa yoki eng yuqori yoʻl qoʻyiladigan ishchi bosimi qiymati bilan nominal diametri qiymati koʻpaytmasi 300 MPa·mm dan kam boʻlsa, uskunaning mustahkamligini baholash hisoblash usullari yoki hisoblashsiz amalga oshirilgan tajriba-sinash natijalari asosida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
38. Uskunani mustahkamlikka hisoblashda bir-birini toʻldiruvchi quyidagi hisoblash usullari qoʻllanadi:
a) uskunani mustahkamlikka hisoblash meʼyorlarida keltirilgan formulalar yordamida;
b) chegaraviy holatlarni (ishlash rejimlarini) matematik modellashtirish va chegaraviy yuklamani toʻgʻridan-toʻgʻri aniqlash asosida;
v) zichlik-deformatsiya holatining sonli (analitik) tahlillari asosida;
g) mexanik yemirilish tahlili asosida.
39. Uskunani loyihalashtirish jarayonida uning belgilangan vazifalari va foydalanish jarayonlari bilan bogʻliq holda barcha mumkin boʻlgan yuklamalar va omillar hamda ularning bir vaqtda yuzaga kelish ehtimoli, barcha ehtimoliy yemirilish mexanizmlari (choʻziluvchan yoki moʻrt yemirilish, materiallar deformatsiyasi (choʻzilishi yoki qisqarishining ortib borishi), zoʻriqish holati, korroziyali yorilish) inobatga olinadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
40. Uskunaning mustahkamligini taʼminlash uchun quyidagi shartlar bajarilishi lozim:
a) hisoblangan bosim qiymati ishchi muhitning statik bosimi va dinamik yuklamalarini, shuningdek, ishchi muhitlar va texnologik jarayonlar oʻzgaruvchanligi natijasida yuzaga keladigan bosim oshishini hisobga olishi shart.
Turli bosimda ishlovchi bir nechta kameralardan iborat uskuna uchun hisoblangan bosim sifatida yoki har bir kamera uchun alohida bosim yoki uskuna elementi devorining kattaroq qalinligini talab qiladigan bosim qiymati qabul qilinadi;
b) hisoblangan haroratlar materiallar va uskunalardan xavfsiz foydalanish chegaralarini nazarda tutadi;
v) uskunani ishlab chiqarish uchun moʻljallangan materiallar hisob-kitob qilingan haroratlar diapazonini inobatga olgan holda tanlanadi;
g) foydalanish, tashish va sinash jarayonida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan bosim, harorat va boshqa yuklamalarning barcha mumkin boʻlgan taʼsirlari (qiymatlari) inobatga olinadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
41. Uskuna materialining mustahkamligini taʼminlashda quyidagi xususiyatlar hisobga olinadi:
a) normal va hisoblangan haroratlardagi qovushqoqlik chegarasi, 0,2 foiz va 1 foiz qoldiq deformatsiyadagi shartli qovushqoqlik chegarasi;
b) normal va hisoblangan haroratlardagi choʻzilishning vaqtincha qarshilikka chidamliligi (mustahkamlik chegarasi);
v) hisoblangan harorat va belgilangan vaqt miqdoridagi uzoq muddatli mustahkamlik yoki elastiklik chegarasi;
g) belgilangan davrlar soni va kuchlanishlar darajasidagi qisqa davrli mustahkamlik yoki zoʻriqish xususiyatlari;
d) normal va hisoblangan haroratlardagi boʻylama elastiklik moduli (Yung moduli) qiymati;
e) standart namunalarni uzilishidagi nisbiy choʻzilish va kesimning nisbiy torayishi;
42. Mustahkamlikka hisoblash payvandlangan birikmalarning mustahkamlik koeffitsiyentlarini inobatga olgan holda amalga oshiriladi. Ushbu koeffitsiyentlar qiymati payvandlanadigan materiallar, payvandlash (kavsharlash) texnologiyasi, birikmaning shakli, putur yetkazmaydigan nazorat usuli va hajmi hamda uskunaning foydalanish jarayonlariga bogʻliq boʻladi.
Tashqi bosim ostida ishlovchi yoki boshqa yuklamalar taʼsirida siquvchi kuchlanishlarga duch keluvchi uskuna elementlari shakl barqarorligi boʻyicha tekshiruvdan oʻtkazilishi lozim.
43. Uskunani mustahkamlikka hisoblashda foydalanish jarayonidagi ishchi koʻrsatkichlarning taxminiy ogʻishlari, tayyorlash (ishlab chiqarish)da yoʻl qoʻyiladigan noaniqliklar hamda qoʻllanadigan materiallarning mexanik xususiyatlaridagi mumkin boʻlgan ogʻishlar (cheklanishlar) hisobga olinadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
44. Statik yuklamalar taʼsirida ishlovchi uskunani chegaraviy yuklamalar boʻyicha mustahkamlikka hisoblashda yoʻl qoʻyiladigan kuchlanish quyidagi formulalar asosida aniqlanadi:
a) uglerodli va kam qotishmali (kam legirlangan), ferritli, austenit-ferritli, martensitli poʻlatlar hamda temir-nikel asosidagi qotishmalar uchun:
bu yerda:
[σ] — statik yuklamalar taʼsirida ishlovchi uskunani chegaraviy yuklamalar boʻyicha mustahkamlikka hisoblashda yoʻl qoʻyiladigan kuchlanish;
min — matematik funksiya boʻlib, u berilgan argumentlar orasidan eng kichik qiymatni qaytaradi;
Re/t — devorning hisoblangan haroratidagi oquvchanlik chegarasining eng kichik qiymati;
RP₀,₂/t — 0,2 foiz qoldiq deformatsiya va devorning hisoblangan haroratidagi shartli oquvchanlik chegarasining eng kichik qiymati;
Rm — 20 °S haroratdagi vaqtincha qarshilikka chidamliligi (mustahkamlik chegarasi)ning eng kichik qiymati;
Rm/₁₀ⁿ — devorning hisoblangan haroratidagi soat davomida uzoq muddatli mustahkamlik chegarasining oʻrtacha qiymati.
RP₁/₁₀ⁿ — devorning hisoblangan haroratidagi 10ⁿ soat davomida 1 foizli surilish chegarasining oʻrtacha qiymati.
Surilish chegarasi yoki uzoq muddatli mustahkamlik chegarasi boʻyicha maʼlumotlar mavjud boʻlmagan hollarda yoxud uskunadan foydalanish sharoitida deformatsiyani cheklash zarur boʻlgan hollarda, yoʻl qoʻyiladigan kuchlanishni aniqlash uchun mazkur parametr qoʻllanadi.
b) austenit xrom-nikel poʻlatlari, aluminiy, mis va ularning qotishmalari uchun:
bu yerda:
RP₁/t — 1 foiz qoldiq deformatsiya va devorning hisoblangan haroratidagi shartli oquvchanlik chegarasining eng kichik qiymati;
Rm/t — devorning hisoblangan haroratidagi vaqtincha qarshilik (mustahkamlik chegarasi)ning eng kichik qiymati;
v) aluminiy quyma qotishmalari uchun:
g) titan va titan qotishmalari uchun:
d) titan va titan qotishmalaridan tayyorlangan listli prokat hamda prokat quvurlari uchun:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
45. Agar 1 foiz qoldiq deformatsiyadagi shartli oquvchanlik chegarasining minimal qiymati boʻyicha maʼlumotlar mavjud boʻlmasa, ushbu Texnik reglamentning 44-bandiga muvofiq austenit poʻlat uchun yoʻl qoʻyiladigan kuchlanishlarni aniqlashda devorning hisoblangan haroratidagi 0,2 foiz qoldiq deformatsiyadagi shartli oquvchanlik chegarasining minimal qiymatidan foydalanish mumkin, bu holda zaxira koeffitsiyenti nτ = 1,3 qiymatida qabul qilinadi:
Austenit poʻlatdan tayyorlangan (flanetslardan tashqari) silindr qobiqlar, quvurlar, tub (sigʻimning pastki qismi) va boshqa elementlar uchun agar ularning ishchi sharoitdagi deformatsiyasi (siljishi)ni cheklash zarur boʻlmasa, ushbu Texnik reglamentning 44-bandiga muvofiq yoʻl qoʻyiladigan kuchlanishlarni aniqlashda devorning hisoblangan haroratidagi 0,2 foiz qoldiq deformatsiyadagi shartli oquvchanlik chegarasining eng kichik qiymatidan nτ = 1,1 zaxira koeffitsiyenti bilan foydalanishga ruxsat beriladi, biroq bu qiymat 20 °S haroratdagi 0,2 foiz qoldiq deformatsiyadagi shartli oquvchanlik chegarasining eng kichik qiymatidan nτ = 1,5 zaxira koeffitsiyentidan ortiq boʻlmasligi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
46. Poʻlat quymalar uchun ushbu Texnik reglamentning 44 va 45-bandlarida keltirilgan formulalar asosida aniqlangan yoʻl qoʻyiladigan kuchlanish qiymati, agar quymalar toʻliq hajmda putur yetkazmagan holda nazoratdan oʻtkazilgan boʻlsa — 0,8 koeffitsiyentga, bunday nazorat oʻtkazilmagan taqdirda — 0,7 koeffitsiyentga koʻpaytirish orqali aniqlanadi.
Agar aluminiy, mis va ularning qotishmalari uchun oquvchanlik chegarasi va uzoq muddatli mustahkamlik chegarasi boʻyicha maʼlumotlar mavjud boʻlmaganda, yoʻl qoʻyiladigan kuchlanish quyidagi formula asosida aniqlanadi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
47. Nometall materiallardan tayyorlangan uskunani loyihalashtirish va ishlab chiqarish (tayyorlash) jarayonida nometall materiallar uchun choʻzilishdagi mustahkamlik chegarasi va elastiklik moduli qiymatlari loyiha-konstruktorlik hujjatlarida belgilanadi.
Nometall materiallar uchun mustahkamlik chegarasi va elastiklik moduli quyidagi cheklangan qiymatlarga ega boʻladi:
a) karbon tolali kompozit materiallar uchun:
mustahkamlik chegarasi [σ] — 160 kgf/mm² kam boʻlmagan qiymatda;
elastiklik moduli E — 11 000 kgf/mm² kam boʻlmagan qiymatda;
b) organik tolali kompozit materiallar uchun:
mustahkamlik chegarasi [σ] — 170 kgf/mm² kam boʻlmagan qiymatda;
elastiklik moduli E — 6 500 kgf/mm² kam boʻlmagan qiymatda;
v) shisha tolali kompozit materiallar uchun:
mustahkamlik chegarasi [σ] — 90 kgf/mm² kam boʻlmagan qiymatda;
elastiklik moduli E — 5 000 kgf/mm² kam boʻlmagan qiymatda.
48. Uskunada bogʻlovchi modda sifatida termoplastik yoki reaktoplastik polimer materiallardan foydalanish mumkin.
Bogʻlovchi moddaning polimerlanish (mustahkam boʻlish) harorati nometall materialning yumshash haroratidan past boʻlishi kerak.
Nometall materialning yumshash harorati 100 °S dan kam boʻlmasligi lozim.
4-§. Materiallarga qoʻyiladigan talablar
49. Uskuna loyiha-konstruktorlik hujjatlarida nazarda tutilgan hamda uning butun xizmat muddati davomida xavfsizlik talablariga muvofiqligini taʼminlaydigan materiallar va yarimtayyor mahsulotlardan ishlab chiqariladi (tayyorlanadi).
50. Uskuna shartnomaga asosan tamgʻalangan (shikastlanmagan) materiallar va yarimtayyor mahsulotlardan ishlab chiqarilishi hamda ishlab chiqaruvchining hujjatlaridagi maʼlumotlar bilan materiallar va yarimtayyor mahsulotlarni identifikatsiya qilish imkoniyatini taʼminlashi lozim.
51. Uskunani ishlab chiqarish (tayyorlash)da qoʻllanadigan poʻlat listlar, plitalar, quvurlar va pokovkalarda (yarimtayyor metall mahsulot) ishlab chiqaruvchi tomonidan qoʻyilgan tamgʻa saqlanishi shart. Agar yarim tayyor mahsulotlar qismlarga ajratilsa, har bir qismiga materiallar ishlab chiqaruvchisi tomonidan qoʻllangan tamgʻalash usuli bilan bir xil identifikatsiya tamgʻasi qoʻyilishi lozim.
52. Uskunani (yigʻma boʻlinma va qismlarini, detallarni) tayyorlash uchun materiallarni tanlashda hisoblangan bosim, devor harorati (hisoblangan va eng kam yoʻl qoʻyiladigan qiymatida), muhitning kimyoviy tarkibi va xususiyati, materiallarning texnologik xususiyatlari hamda korroziyaga chidamliligi inobatga olinishi lozim.
Uskunani ishlab chiqarish (tayyorlash)da qoʻllangan materiallar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar texnik hujjatlarda keltiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
53. Uskunani ishlab chiqarish (tayyorlash)da quyidagi materiallar qoʻllanadi:
a) foydalanish jarayonida va uskunani sinovdan oʻtkazishda qoʻllash imkonini beradigan xususiyatlarga (plastiklikka, mustahkamlikka) ega boʻlgan materiallar. Agar materialni tanlashda uskunaning konstruktiv xususiyatlari va foydalanish shartlari tufayli moʻrt buzilish xavfini kafolatli ravishda cheklash imkoni boʻlmasa, ushbu xavfni bartaraf etish uchun quyidagi chora-tadbirlardan biri yoki bir nechtasi majburiy ravishda amalga oshiriladi:
mustahkamlik boʻyicha zaxira koeffitsiyentini oshirish;
ishlab chiqarish bosqichida nazorat talablarini kuchaytirish;
foydalanish jarayonida tegishli rejim tadbirlarini (bosim hisoblangan qiymatga yetganda haroratni oshirish yoki ishga tushirish tezligini cheklash);
b) uskunani moʻljallangan ishchi muhit taʼsiriga nisbatan kimyoviy barqarorlikka (chidamlilikka) ega boʻlgan materiallar.
Materiallarning kimyoviy va fizik xususiyatlarini uskunaning belgilangan xizmat muddati yoki resursi davomida oʻzgarishi uskunaning xavfsiz ishlatish shartlarini buzmasligi lozim;
v) belgilangan turdagi ishlov berish usullari uchun mos boʻlgan materiallar;
g) materiallarni tanlashda, ularni bir-biri bilan birlashtirilishi uskunani xizmat muddati davomida uning mustahkamligini taʼminlanishi lozim.
54. Uskunada qoʻllanayotgan material uni choʻzish usuli bilan sinashda, namuna uzilgandan keyin nisbiy uzayishi kamida 14 foizni tashkil etganda va V-shaklidagi kesikka (KCV turidagi konsentrator) ega namunalarda aniqlangan zarba qovushqoqliligi 20 °S dan yuqori, biroq eng kam yoʻl qoʻyiladigan haroratdan oshmaydigan kamida 27 J/sm² boʻlganda plastik deb hisoblanadi.
55. Agar uskuna elementlarini tayyorlash jarayonida yuzaga keladigan qoldiq kuchlanishlar undan xavfsiz foydalanishga toʻsqinlik qilsa, ushbu qoldiq kuchlanishlarni bartaraf etish uchun termik ishlov berilishi shart. Termik ishlov berish zarurati, turi va rejimlari uskuna loyihasining ishlab chiquvchisi tomonidan belgilanadi.
56. Payvandlangan birikmalarda uskunaning xavfsizligiga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan tashqi yoki ichki nuqsonlar (shikastlanishlar)ga yoʻl qoʻyilmaydi. Uskunaning payvandlangan birikmalarga tegishli mexanik xususiyatlarining eng kam qiymatlari, birikma orqali birlashtirilayotgan materiallarning mexanik xususiyatlarining eng kam qiymatlaridan kam boʻlmasligi lozim.
57. Uskunaning payvandlangan birikmalarini nazoratdan oʻtkazishni ishlab chiqaruvchi taʼminlaydi. Putur yetkazmaydigan nazorat usullari va uning hajmi uskuna loyihasini ishlab chiquvchi tomonidan materiallar xususiyatlarining oʻziga xosligini hamda nuqsonlarni aniqlashning aniq va toʻliqligini taʼminlash zaruratini hisobga olgan holda belgilanadi hamda uskuna loyiha-konstruktorlik hujjatlarida koʻrsatiladi.
58. Uskuna elementlarining payvandlangan birikmalari mustahkamlikka hisoblanganda, yoʻl qoʻyiladigan kuchlanish qiymati payvand choklarining mustahkamlik koeffitsiyentiga (φ ≤ 1) koʻpaytiriladi. Payvand choklarining mustahkamlik koeffitsiyenti qiymati uskuna mustahkamligiga hisob-kitob jarayonida qoʻllangan material, nazorat hajmi, payvandlash texnologiyasi va payvand chokining konstruktiv xususiyatlaridan kelib chiqib aniqlanadi.
6-§. Korroziya va yemirilishdan himoya qilishga qoʻyiladigan talablar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
59. Foydalanish jarayonida ishchi muhit taʼsirida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan korroziya, eroziya-korroziyali yemirilish yoki boshqa kimyoviy taʼsirlarning oldini olish va uskunani ushbu taʼsirlardan himoya qilish maqsadida quyidagilar taʼminlanadi:
a) ushbu taʼsirlarni konstruktiv yechim orqali kamaytirish;
b) mazkur taʼsirga uchrashi mumkin boʻlgan uskuna elementlarini almashtirish.
7-§. Qizib ketishdan himoya qilish chora-tadbirlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
60. Qizib ketish xavfi mavjud boʻlgan uskunalarda xavfsizlikni pasaytiruvchi omillar cheklanadi yoki eng past darajaga tushiriladi. Bunda quyidagilar nazarda tutiladi:
a) mahalliy yoki umumiy metall qizib ketishini cheklash maqsadida ishchi muhit darajasini, issiqlik berish yoki olish miqdorini cheklash uchun moslamalar;
b) ishchi muhit taʼsirida shlakli toʻplanmalar va (yoki) korroziya shikastlanishlari hosil boʻlishini baholash maqsadida namuna olish joylari;
v) ifloslanishlar (choʻkindi) toʻplanishi bilan bogʻliq shikastlanishlarning oldini olish chora-tadbirlari;
g) uskuna oʻchirilgandan soʻng qoldiq yoki ortiqcha issiqlikni xavfsiz tarzda chiqarish uchun moʻljallangan qurilmalar;
d) yondiruvchi-portlovchi aralashmalar hosil boʻlishini hamda alanga tarqalishining oldini olish choralari (olovoʻtmas toʻsiqlar, olov toʻsuvchi qurilmalar, gidravlik qalqonlar).
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
61. Tajriba-sinash dasturi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
a) mustahkamlik va germetiklikka bosim ostida sinash;
b) zarurat boʻlganda boshqa omillarning taʼsirini hisobga olgan holda qoʻshimcha sinashlar.
9-§. Saqlovchi qurilmalarga qoʻyiladigan talablar
62. Agar uskuna elementining ichki hajmi berkituvchi armatura bilan cheklangan boʻlib, undagi bosim yoʻl qoʻyiladigan darajadan oshib ketishi mumkin boʻlsa, u holda mazkur element avtomatik ravishda ishchi muhitni atmosferaga yoki utilizatsiya tizimiga chiqarish orqali bosimning yoʻl qoʻyiladigan darajadan oshib ketishining oldini oluvchi saqlovchi qurilmalar bilan jihozlanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
63. Saqlovchi qurilma sifatida quyidagilar qoʻllanadi:
a) toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir etuvchi tirgak-yukli saqlovchi qurilmalar;
b) toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir etuvchi prujinali saqlovchi qurilmalar;
64. Saqlovchi qurilmalar ularga xizmat koʻrsatish imkonini mavjud boʻlishini hisobga olgan holda oʻrnatiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
65. Saqlovchi qurilmalarning chiqaruvchi quvurlari hamda impulsli saqlovchi qurilmalarning liniyalari kondensat toʻplanishi mumkin boʻlgan joylarda ularni chiqarish uchun drenaj quvurlari bilan taʼminlanadi.
Drenaj quvurlariga berkituvchi armatura yoki boshqa turdagi armaturani oʻrnatishga yoʻl qoʻyilmaydi. Saqlovchi qurilmalar va drenajlar orqali chiquvchi muhit xavfsiz joyga yoʻnaltirilishi lozim.
1-guruhga mansub muhit yopiq tizimlarga keyinchalik utilizatsiya qilish uchun yoki maxsus tashkil etilgan yoqish tizimlariga yoxud havoga — agar gazning havoga zichlik nisbati 0,8 yoki undan kam boʻlsa — yoʻnaltiriladi.
Yorqin (ochiq) portlovchi aralashmalar yoki oʻzgaruvchan birikmalar hosil qilishi mumkin boʻlgan moddalarni oʻz ichiga olgan chiqindilarni birlashtirish (aralashtirish) qatʼiyan taqiqlanadi.
66. Saqlovchi qurilmalar ulanuvchi quvurlarining (yetkazuvchi, chiqaruvchi va drenaj) konstruksiyasida ishchi muhitning muzlab qolish ehtimolini cheklash lozim.
Bir dona patrubka yoki quvurda bir nechta saqlovchi qurilmalar oʻrnatilgan taqdirda, ushbu patrubka yoki quvurning koʻndalang kesim maydoni (yuzasi) unga oʻrnatilgan saqlovchi qurilmalarning umumiy kesim maydonining (yuzasining) kamida 1,25 baravariga teng boʻlishi lozim.
Agar ulanuvchi quvur uzunligi 1000 mm yoki undan ortiq boʻlsa, uning chiziqli qarshiligi (bosim yoʻqotishi) qiymati hisobga olinishi kerak.
Saqlovchi qurilma va himoyalanadigan hajm orasida berkituvchi armaturani oʻrnatishga yoʻl qoʻyilmaydi, yongʻin va portlash xavfi yuqori hamda zararli ishchi muhit bundan mustasno.
Saqlovchi qurilma sozlangandan soʻng tamgʻalanadi (plombalanadi).
67. Tirgak-yukli saqlovchi yoki prujinali saqlovchi qurilmalar uskuna ishlayotgan vaqtda majburiy ochish orqali ularning ishlash holatini baholashga moʻljallangan maxsus qurilma bilan jihozlanadi.
Agar majburiy ochishga ishchi muhit xususiyatlari yoki texnologik jarayon shartlari boʻyicha yoʻl qoʻyilmaganda, saqlovchi qurilmalarni baholash tartibi va usullari ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilanishi lozim.
68. Hisoblangan bosim uni taʼminlovchi manba bosimidan past boʻlgan uskuna quvurida manometr va avtomatik rostlovchi qurilmadan soʻng kichik bosim tomonida saqlovchi qurilma oʻrnatiladi.
Rostlovchi-sovitish qurilmalari avtomatik tarzda haroratni boshqarishni taʼminlaydi. Aylanma quvur (baypas) oʻrnatilganda, rostlash qurilmasi bilan jihozlanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
69. Bir xil bosimda ishlaydigan idishlar guruhi uchun birinchi tarmoqlanish nuqtasigacha boʻlgan umumiy keluvchi (taʼminlovchi) birikma quvurda bitta rostlash qurilmasi, manometr va saqlovchi qurilma oʻrnatilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Bunda agar idishlarda bosim oshishi ehtimoli butunlay cheklangan boʻlsa, ushbu idishlarning oʻzida alohida saqlovchi qurilma oʻrnatish talab etilmaydi.
Agar ishchi muhitning fizik xususiyatlari tufayli avtomatik rostlash qurilmasi ishonchli ishlamasa, u holda sarfni boshqaruvchi regulatorni oʻrnatishga ruxsat etiladi, biroq bunda bosim oshishidan himoya qilish choralari nazarda tutilishi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
70. Saqlovchi qurilmalar soni, ularning oʻlchamlari va oʻtkazuvchanlik imkoniyati uskunada hisoblangan bosimdan ortiqcha bosim yuzaga kelishiga yoʻl qoʻymasligi kerak:
a) 0,3 MPa dan kam boʻlgan ortiqcha bosimga ega idishlar uchun — hisoblangan bosimdan 0,05 MPa dan ortiq boʻlmasligi;
b) 0,3 MPa dan 6 MPa gacha boʻlgan ortiqcha bosimga ega idishlar uchun — hisoblangan bosimdan 15 foizdan ortiq boʻlmasligi;
v) 6 MPa dan ortiq ortiqcha bosimga ega idishlar uchun — hisoblangan bosimdan 10 foizdan ortiq boʻlmasligi.
71. Saqlovchi qurilmalar ishlayotgan holatda, agar bunday bosim oshishi idishdan foydalanish boʻyicha yoʻriqnomada nazarda tutilgan boʻlsa, idishdagi bosim hisoblangan bosimdan 25 foizdan ortiq boʻlmasligiga yoʻl qoʻyiladi.
72. Saqlovchi qurilmalar qozonlar, bugʻ qizdirgichlar, ekonomayzerlar va quvurlar uchun ulardagi bosimning eng yuqori ruxsat etilgan ishchi bosimdan 10 foizdan ortiq boʻlmasligiga himoyalangan boʻlishi lozim.
Agar hisoblashlar natijasida qozon, bugʻ qizdirgich, ekonomayzer va quvurning mustahkamligi ushbu holatni koʻzda tutgan boʻlsa, saqlovchi qurilmalar toʻliq ochilganida bosimning 10 foizdan ortiq boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi.
73. Ishchi bosimi 4 MPa dan yuqori boʻlgan bugʻ qozonlarida (harakatlanuvchi qozonlar va bugʻ ishlab chiqarish quvvati 35 t/h dan kam boʻlgan qozonlardan tashqari) faqat impulsli saqlovchi qurilmalar oʻrnatiladi. Harakatlanuvchi qozon uskunalarida tirgak-yukli saqlovchi qurilmalarni oʻrnatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
74. Har bir bugʻ va suv qizdirgich qozonida, shuningdek, ishchi muhit boʻyicha ajratiladigan bugʻ qizdirgichda saqlovchi qurilmalar oʻrnatiladi. Ularning soni va oʻrnatish joylari uskunani loyihalashtirish jarayonida belgilanadi.
Qozonlarga oʻrnatilgan saqlovchi qurilmalarning umumiy oʻtkazuvchanlik imkoniyati ushbu uskunaning nominal ishlab chiqarish quvvatidan kam boʻlmasligi shart.
75. Saqlovchi qurilmalarning oʻtkazuvchanlik imkoniyati ularning konstruksiya turiga mansub namunaning ishlab chiqaruvchi tomonidan oʻtkazilgan sinashlari orqali tasdiqlanadi hamda uskuna pasportida koʻrsatiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
76. Bugʻ va suv qizdiruvchi qozonlarda saqlovchi qurilmalar quyidagi qozonlarga toʻgʻridan-toʻgʻri ulangan patrubkalar yoki quvurlarga oʻrnatiladi:
a) tabiiy aylanmali (sirkulyatsiya) bugʻ qozonlarida, bugʻ qizdirgich mavjud boʻlmasa — yuqori barabanga yoki quruq bugʻ chiqaruvchi qurilmaga;
b) toʻgʻridan-toʻgʻri harakatlanuvchi bugʻ qozonlarida va kuch taʼsirda harakatga keltiriladigan aylanmali qozonlarda — chiqish kollektori yoki bugʻ quvuriga;
v) suv qizdirgich qozonlarda — chiqish kollektori yoki barabanga;
g) oraliq bugʻ qizdirgichlarda — barcha saqlovchi qurilmalarning bugʻ kirish tomoniga;
d) suv boʻyicha ajratiladigan ekonomayzerlarda — suvning kirish va chiqish nuqtalarida kamida bittadan saqlovchi qurilma.
77. Agar qozonda ajratib boʻlmaydigan bugʻ qizdirgichi mavjud boʻlsa, bunday holda uning chiqish kollektorida qozonning nominal ishlab chiqarish quvvatiga nisbatan kamida 50 foiz oʻtkazuvchanlik imkoniyatiga ega saqlovchi qurilmalar oʻrnatiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
78. Ishchi bosimi 4 MPa dan yuqori boʻlgan bugʻ qozonlarida bilvosita taʼsir etuvchi impulsli saqlovchi qurilmalar ajratib boʻlmaydigan bugʻ qizdirgichining chiqish kollektoriga yoki asosiy berkituvchi armaturadan oldingi bugʻ quvuriga oʻrnatiladi.
Bunda barabanli qozonlarda umumiy oʻtkazuvchanlik imkoniyati boʻyicha 50 foiz qurilmalar uchun impuls bugʻ qozoni barabanidan olinadi.
Agar bir xil konstruksiyaga ega saqlovchi qurilmalar soni toq boʻlsa, bugʻ impulsli qozon barabanidan kamida uchdan bir qismi va koʻpi bilan ikkidan bir qismida bugʻ olishga yoʻl qoʻyiladi.
Blokli uskunalarda saqlovchi qurilmalar turbinalar yaqinidagi bugʻ quvuriga joylashtirilgan hollarda, barcha saqlovchi qurilmalar impulslari uchun qizdirilgan bugʻdan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
Bunda qurilmaning 50 foizi uchun qozon barabaniga ulangan kontaktli manometr orqali qoʻshimcha elektr impulsi beriladi.
Bir xil konstruksiyaga ega saqlovchi qurilmalar soni toq boʻlganda, qozon barabaniga ulangan kontaktli manometrdan qoʻshimcha elektr impulsni kamida uchdan bir yoki koʻpi bilan ikkidan bir qismiga yuborishga yoʻl qoʻyiladi.
79. Ajratiladigan ekonomayzerli qozonlar uchun saqlovchi qurilmalarni oʻrnatish joylari, ularni sozlash usuli va ochilish bosimi qiymatlari loyihachi (ishlab chiquvchi) tomonidan belgilanadi.
Toʻgʻri harakatlanuvchi bugʻ qozonlarida, ishga tushirish yoki toʻxtatish vaqtida suv harakati boʻyicha birinchi isitish yuza qismi armatura orqali isitish yuzasining qolgan qismidan ajratiladigan boʻlsa, ushbu birinchi isitish yuza qismi uchun saqlovchi qurilmalarni oʻrnatish zarurati, ularning soni va oʻlchamlari loyiha hujjatlarida belgilanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
80. Membranali saqlovchi qurilmalar quyidagi holatlarda idishlar va quvuroʻtkazgichlarga oʻrnatiladi:
a) agar saqlovchi qurilmalarning inersiyasi yoki boshqa sabablarga koʻra qoʻllash mumkin boʻlmasa;
b) saqlovchi qurilmalardan oldin, agar ular ishchi muhitning zararli taʼsiri (korroziya, eroziya, polimerizatsiya, kristallanish, yopishib qolish, muzlab qolish) yoki yopiq qurilma orqali portlovchi, yonuvchan, zaharli, ekologik jihatdan xavfli moddalarning sizib chiqish ehtimoli boʻlganda.
Bunday hollarda membrana ishlashini nazorat qilish imkonini beruvchi qurilma nazarda tutilgan boʻlishi lozim;
v) bosimni tushirish tizimlarining oʻtkazuvchanlik imkoniyatini oshirish uchun saqlovchi qurilmalarga parallel ravishda;
g) tashlash tizimi ishchi muhitning zararli taʼsirining oldini olish va qurilma tomonida qarshilik bosimi tebranishlaridan saqlash maqsadida.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
81. Membranali saqlovchi qurilmalarni oʻrnatish zarurati va joyi, shuningdek, ularning konstruksiyasi uskuna loyihasida belgilanadi. Saqlovchi membranalar faqat ular uchun moʻljallangan mahkamlash uzellariga oʻrnatiladi.
Membranali saqlovchi qurilmalar koʻzdan kechirish, oʻrnatish va yechish uchun ochiq va qulay joylarda joylashtiriladi.
Ulanuvchi quvuroʻtkazgichlar ishchi muhitning muzlab qolishidan himoyalanadi, saqlovchi qurilmalar esa bevosita uskunaga ulangan patrubkalarga yoki quvuroʻtkazgichlarga oʻrnatiladi.
Membrana turidagi himoya vositasi saqlovchi qurilma bilan ketma-ket (klapandan oldin yoki keyin) oʻrnatilganda ular orasidagi boʻshliq maxsus chiqaruvchi quvurcha orqali xabar berish (signal) manometriga ulanadi.
Membranali saqlovchi qurilmalar soni ikki barobarga oshirilgan holda, ular oldiga oʻtkazgich qurilma oʻrnatilishiga yoʻl qoʻyiladi, bunda oʻtkazgich qurilmaning har qanday holatida uskuna bosim oshishidan himoyalangan boʻlishi shart.
10-§. Suyuq ishchi muhit sathi nazoratiga qoʻyiladigan talablar
82. Muhitlarning ajratish chizigʻiga ega boʻlgan uskunalarning suyuq ishchi muhit sathini nazorat qilish uchun sathni oʻlchash vositalari qoʻllanadi. Uskunalarda suyuqlik sathi koʻrsatgichlari bilan bir qatorda suyuqlikning cheklovchi sathlari boʻyicha ovozli, yorugʻlik va boshqa turdagi xabar berish (signalizator) hamda bloklash vositalari oʻrnatiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
83. Bugʻ qozonida (toʻgʻridan-toʻgʻri harakatlanuvchi qozonlardan tashqari) va olovda qizdiriladigan idishlarda, agar suyuqlik sathining ruxsat etilgan chegaradan pastga tushib ketish ehtimoli boʻlsa, kamida ikki dona toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir etuvchi suyuqlik sathi koʻrsatgichlari oʻrnatiladi.
Qoʻshimcha ravishda takrorlovchi sifatida bilvosita taʼsir etuvchi suyuqlik sathi koʻrsatkichlarini oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
Toʻgʻridan-toʻgʻri harakatlanuvchi qozonlardan tashqari barcha bugʻ qozonlarida (barabanlarda bosqichma-bosqich bugʻlanish jarayoni mavjud boʻlgan yoki tashqi separatorga ega boʻlgan hollarda) va olovda qizdiriladigan idishlarda suyuqlik sathi koʻrsatkichlarining soni va oʻrnatish joylari uskuna loyihasida belgilanadi.
84. Toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir etuvchi suyuqlik sathi koʻrsatkichi uskunaga mustaqil ulanishi lozim. Diametri kamida 70 mm boʻlgan ulanuvchi quvur (kolonka) orqali ikki dona toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir etuvchi suyuqlik sathi koʻrsatkichini oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
85. Suyuqlik sathi koʻrsatkichlarini uskuna bilan ulaydigan quvurlar konfiguratsiyasida suv toʻplanib qolishini (gidravlik qalqonlar hosil boʻlishi) cheklash va bu quvurlarni tozalash imkoniyati boʻlishi lozim. Ulanuvchi quvurlar yonilgʻi yoqish mahsulotlari bilan qizib ketishdan hamda muzlab qolishdan himoyalangan boʻlishi shart.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
86. Toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir etuvchi suyuqlik sathi koʻrsatkichlari xodimning ish joyidan turib suyuqlik sathini koʻra olish imkoniyatini berishi lozim.
Ishchi bosimi 4 MPa dan yuqori boʻlgan uskunalarda suyuqlik sathi koʻrsatkichlari (toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir etuvchi), yorugʻlik oʻtkazuvchi plastinalar shikastlanganda xodimni himoya qilish maqsadida maxsus muhofaza gʻiloflari (qoplamalar) bilan taʼminlanadi.
87. Suyuqlik sathi koʻrsatkichining kuzatish tirqishi (oyna) kengligi uskuna loyihasida koʻzda tutiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
88. Suyuqlik sathi koʻrsatkichlari uskunadan ajratish va produvka qilish uchun berkituvchi armatura bilan jihozlanadi. Armaturada ochish va yopish yoʻnalishlari (quyma, oʻyib yoki boʻyoq bilan) koʻrsatiladi, shuningdek, kranda u orqali oʻtuvchi teshikning holati ham alohida belgilanadi.
Armatura oʻtkazuvchi teshigining ichki diametri 8 mm dan kam boʻlmasligi lozim. Suyuqlik sathi koʻrsatkichlarini produvka qilishda suvni tushirish uchun himoya moslamasi va chiqaruvchi quvurlar (lotok) nazarda tutiladi.
89. Uskunadagi bosim 4,5 MPa dan ortiq boʻlganda suyuqlik sathi koʻrsatkichlarini uskunadan ajratish uchun ketma-ket joylashtirilgan ikki toʻplam armatura bilan jihozlanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
90. Agar suyuqlik sathi kuzatish maydonchasidan toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir etuvchi suyuqlik sathi koʻrsatkichigacha boʻlgan masofa 6 m dan ortiq boʻlsa yoki suyuqlik sathi xizmat koʻrsatuvchi xodimning ish joyidan koʻrinmasa, ikkita masofadan boshqariladigan suyuqlik sathi koʻrsatkichi oʻrnatiladi. Bunday holda uskunada bitta toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir etuvchi suyuqlik sathi koʻrsatkichini oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
Masofaviy suyuqlik sathi koʻrsatkichlari boshqa sath koʻrsatkichlaridan mustaqil ravishda alohida shtutserlar orqali toʻgʻridan-toʻgʻri uskunaga oʻrnatiladi hamda tinchlantiruvchi (turbulentlikni kamaytiruvchi) qurilmalar bilan taʼminlanadi.
91. Energotexnologik va utilizator qozonlarning suyuqlik sathini masofaviy koʻrsatkichlari ularni boshqarish pult(lar)ida oʻrnatiladi.
92. Elektr isitishli bugʻ qozonlarining suyuqlik sathi eng kam ruxsat etilgan darajadan pastga tushganda avtomatik ravishda elektr taʼminotini uzadigan tizim bilan jihozlanadi.
93. Qozonlar yuqori va past suv sathining cheklangan darajalari haqida avtomatik xabar beruvchi ovozli va yorugʻlik qurilmalari bilan jihozlanadi.
Oʻxshash xabar beruvchi tizim qurilmalardagi barcha avtomatik toʻxtatish xavfsizlik koʻrsatkichlari uchun bir xil ishlashi kerak.
11-§. Harorat va bosimni oʻlchash vositalari
94. Qaynoq bugʻ qizdirgichi boʻlgan qozonlarda asosiy armaturagacha boʻlgan qismida bugʻ haroratini oʻlchash vositalari oʻrnatilishi kerak. Bugʻni oraliq qizdirish tizimiga ega boʻlgan qozonlarda esa bugʻ haroratini oʻlchash vositalari bugʻning kirish va chiqish nuqtalarda oʻrnatiladi.
95. Tabiiy aylanish jarayoniga (sirkulyatsiya) va qizdirilgan bugʻ hosil qilish tizimiga ega boʻlgan, bugʻ ishlab chiqarish quvvati 20 t/h dan ortiq boʻlgan qozonlar hamda bugʻ ishlab chiqarish quvvati 1 t/h dan ortiq boʻlgan toʻgʻri oqimli qozonlarda faqat koʻrsatuvchi oʻlchash vositalaridan tashqari bugʻ haroratini doimiy qayd etib boruvchi oʻlchash vositalari nazarda tutiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
96. Bir nechta parallel boʻlimlarga ega boʻlgan bugʻ qizdirish uskunalarida umumiy qizdirilgan bugʻ quvurlariga oʻrnatiladigan bugʻ haroratini oʻlchash vositalaridan tashqari, har bir boʻlim chiqishida bugʻ haroratini davriy oʻlchash vositalari oʻrnatiladi.
Bugʻ harorati 500 ºC dan yuqori boʻlgan bugʻ qozonlarida bugʻ qizdirish quvurchalarining chiqish qismida gaz oʻtish yoʻlagi kengligining har bir metr oraligʻida bittadan oʻlchash vositasi oʻrnatiladi.
97. Bugʻ ishlab chiqarish quvvati 400 t/h dan ortiq boʻlgan bugʻ qozonlarida bugʻ qizdirish quvurchalarining chiqish qismida bugʻ haroratini doimiy qayd etib boruvchi nazorat-oʻlchash vositalari oʻrnatiladi.
Bugʻ qizdirish haroratini boshqarish uchun bugʻ sovitkichlar mavjud boʻlgan qozonlarda sovitkichdan oldin va keyin haroratni oʻlchash vositalari oʻrnatiladi.
98. Ekonomayzerning suv kirish-chiqish qismida, shuningdek, ekonomayzersiz bugʻ qozonlarining oziqlantiruvchi suv quvurlarida oziqlanuvchi suv haroratini oʻlchash vositalari oʻrnatiladi.
99. Issiq suv qozonlarida suv haroratini oʻlchash vositalari suvning qozonga kirish-chiqish joyida oʻrnatiladi.
100. Issiq suv qozonlarida issiqlik ishlab chiqarish quvvati 1,163 MW dan ortiq boʻlganda, qozondan chiquvchi suv haroratini doimiy qayd etib boruvchi nazorat-oʻlchash vositalari oʻrnatiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
101. Qozonni ishga tushirish, toʻxtatish va manevr rejimida qozon devorlarining haroratini nazorat qilish hamda uning ruxsat etilgan meʼyordan oshib ketishining oldini olish maqsadida haroratni oʻlchash vositalari oʻrnatiladi.
Haroratni oʻlchash vositalarini oʻrnatish zarurati ularning soni va joylashuvi qozon loyihasining ishlab chiquvchisi tomonidan belgilanadi.
102. Qozon devorining harorati oʻzgarib turadigan sharoitda ishlaydigan idishlar (uzunligi va balandligi boʻyicha) isish tezligi, bir meʼyorda ishlashini va issiqlikka bogʻliq siljishlar koʻrsatkichlari nazorat qilish uchun haroratni oʻlchash vositalari bilan jihozlanadi hamda ishlab chiquvchi tomonidan belgilanadi, uskuna pasportida yoki foydalanish boʻyicha qoʻllanma (yoʻriqnoma)da koʻrsatiladi.
103. Uskunalar va ularning turli bosim qiymatiga ega boʻlgan alohida boʻshliqlari toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir etuvchi bosimni oʻlchash vositalari bilan jihozlanadi.
104. Issiqlik ishlab chiqarish quvvati 10 t/h dan ortiq boʻlgan bugʻ qozonlari va 21 GJ/h dan ortiq boʻlgan issiq suv qozonlari bosimni qayd qilib boruvchi oʻlchash vositalari bilan jihozlanishi shart.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
105. Bosimni oʻlchash vositalari quyidagi joylarda oʻrnatiladi:
a) qozonning barabanida, qozonda bugʻ qizdirgich mavjud boʻlganda — asosiy armaturagacha boʻlgan qismda, bugʻ qizdirgichdan soʻng;
b) idishning shtutserida yoki idish va armatura orasidagi quvurda;
v) toʻgʻridan-toʻgʻri oqimli qozonda — bugʻ qizdirgichdan soʻng, asosiy armatura oldida.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
106. Issiq suv qozonlarida bosimni oʻlchash vositalari armaturadan oldin suvning qozonga kirish-chiqish joyida oʻrnatiladi.
Bosimni oʻlchash vositasining aniqlik darajalari quyidagi qiymatlardan kam boʻlmasligi lozim:
a) ishchi bosimi 2,5 MPa gacha boʻlganda — 2,5;
b) ishchi bosimi 2,5 dan 14 MPa gacha boʻlganda — 1,5;
v) ishchi bosimi 14 MPa dan yuqori boʻlganda — 1.
107. Agar bosimni oʻlchash vositasi 5 m dan baland joyga oʻrnatilganda, qoʻshimcha bosimni oʻlchash vositasini (koʻrsatkichlarini qayd etish uchun) oʻrnatish nazarda tutiladi.
108. Uskuna konstruksiyasi bosimni oʻlchash vositasini xavfsiz ravishda produvka qilish, tekshirish va oʻchirish imkoniyatini taʼminlashi kerak.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
109. Quvuroʻtkazgichlarni loyihalashtirish jarayonida quyidagilar taʼminlanishi shart:
a) nominal diametri 150 mm dan ortiq va ishchi muhit harorati 300 ºS va undan yuqori boʻlgan quvurlar uchun ularning issiqlikka bogʻliq kengayishini nazorat qilish va tayanch-osma tizimning toʻgʻri ishlashini kuzatib borish maqsadida zarur miqdorda siljish koʻrsatkichlarini aniqlash;
b) bugʻsimon ishchi muhitni uzatuvchi quvurlar ichida kondensat hosil boʻlishi ehtimoli mavjud boʻlgan hollarda chiqarib yuborish moslamalarini nazarda tutish. Bunday moslamalar quvurlarning eng quyi qismida joylashtirilishi;
v) gidravlik rejim buzilishlari, shuningdek, eroziya-korroziyaga bogʻliq yemirilish (eskirish) oqibatida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan shikastlanish ehtimolini hisobga olish;
g) foydalanish jarayonida tebranish taʼsiriga uchrashi mumkin boʻlgan quvurlarda tebranishni kamaytirish boʻyicha texnik vositalar hamda avariyaviy buzilishlar boʻlishi va germetikligini yoʻqotish ehtimolini bartaraf etish choralarini nazarda tutish;
d) 1-guruhga mansub ishchi muhit mavjud boʻlgan quvur tarmoqlarida ularni uzilishidan ajratadigan moslamalarni nazarda tutish;
e) ishchi muhitning tasodifiy chiqib ketishi xavfini eng quyi darajaga tushirish. Ishchi muhitni olish nuqtalari aniq belgilangan va ularda ishchi muhitning nomi koʻrsatilgan boʻlishi shart;
j) yer ostidagi quvurlar uchun texnik hujjatlarni ishlab chiqish, ushbu hujjatlar quvurlarni xavfsiz texnik xizmat koʻrsatish, nazorat qilish va taʼmirlash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni (poʻlat markasi, diametri, quvur devorining qalinligi, quvurning uzunligi, tayanchlar, kompensator qurilmalar, osmalar, armatura, havo chiqargichlar va drenaj qurilmalarining joylashuvi, payvandlash choklarining oʻzaro masofalari va ulardan quduqlar hamda isteʼmochilar kirish nuqtalarigacha boʻlgan masofalar, quvur holati va ishchi muhit koʻrsatkichlarini nazorat qilish uchun koʻrsatkichlarni joylashuvi) oʻz ichiga olgan boʻlishi lozim.
110. Barokamera konstruksiyasi uni koʻzdan kechirish (ichki yuzasini ham oʻz ichiga olgan holda), tozalash, yuvish, produvka qilish va taʼmirlash imkoniyatini berishi kerak.
111. Barokameralarni loyihalashtirish jarayonida montaj vaqtida va inersiya kuchlari taʼsirida yuzaga keladigan yuklamalar inobatga olinadi.
112. Barokamerada insonlarning boʻlish davomiyligi loyihalashtirishda belgilanadi va pasportida koʻrsatiladi. Agar barokamerada insonlarning uzoq vaqt boʻlishi nazarda tutilgan boʻlsa, u holda turli funksional vazifalarga ega boʻlgan boʻlimlar nazarda tutiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
113. Uskuna loyihasida elektr kabellari uchun suv oʻtkazmaydigan germetik kirish uzellari yoki yuqori bosimga chidamli salniklar nazarda tutilishi lozim.
Ularda mexanik mustahkamlik, aksial va radial germetiklik, germetik kirish uzeli umumiy gaz oʻtkazmasligi hamda uning elektr oʻtkazish elementlarining gazga nisbatan zichligi, shuningdek, barokameradagi bosimning butun diapazonida qoplamaning elektr mustahkamligi taʼminlanishi shart.
Bundan tashqari statik elektr hosil boʻlishi va toʻplanishining oldini olishga qaratilgan choralar belgilanishi zarur.
114. Barokamera konstruksiyasi uni ichkaridan va tashqaridan ochish imkoniyatini taʼminlashi lozim. Barokamera ichidagi eshiklar yoki qopqoqlarni yopish uchun qulflar (yopish moslamalari) ishlatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
115. Barokamera ichidagi holatni vizual yoki televizion kuzatish hamda ichki holatini yoritish uchun uskuna loyihasida tashqi qopqoq bilan jihozlangan illyuminatorlar nazarda tutiladi. Illyuminatorlarning qopqogʻi uning oynasini mexanik shikastlanishlardan muhofaza qiladi.
Barokameralar uchun illyuminatorlarni loyihalashtirish va ishlab chiqarish jarayonida yorugʻlik oʻtkazuvchan materiallar nazarda tutiladi va qoʻllanadi, ularning mustahkamlik zaxirasi barokamera korpusi mustahkamlik zaxirasidan kam boʻlmasligi va yorugʻlik oʻtkazuvchanlik koeffitsiyenti 85 foizdan kam boʻlmasligi lozim.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
116. Uskuna loyihasida havo va gaz taʼminoti tizimlari quyidagi maqsadda nazarda tutiladi:
a) barokamerada gaz muhitini shakllantirish;
b) statsionar nafas olish tizimining ishlashini taʼminlash;
v) barokamerada bosimni ushlab turish va oʻzgartirish;
g) barokameradagi kislorod va indifferent gazlar boʻyicha gaz muhiti tarkibini ushlab turish va oʻzgartirish;
d) shlyuzlash.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
117. Barokameradagi havo va gaz taʼminoti tizimlari boʻyicha bosimni oshirish quyidagi tezliklarni taʼminlashi lozim:
0,1 dan 1,7 MPa (1 — 17 kgf/sm²) gacha boʻlgan bosim diapazonida kamida 0,2 MPa/min tezlik;
1,7 MPa (17 kgf/sm²) dan yuqori bosim uchun kamida 0,1 MPa/min (1 kgf/sm²·min) tezlik.
Bosim ±0,025 MPa (0,25 kgf/sm²) aniqlikda barqaror saqlanishi shart. Barokameradagi bosimni pasaytirish 0,003 — 0,9 MPa/h (0,03 — 9 kgf/sm²·h) oraliqdagi tezlikda amalga oshiriladi.
118. Barokameradagi gaz nazorati vositalari kislorod, geliy, uglerod dioksidi hamda ehtimoliy zararli moddalar miqdorini aniq oʻlchashni taʼminlashi lozim.
119. Barokamerani loyihalashtirishda yongʻin chiqishi yoki yongʻin xavfi yuzaga kelishi (tutun, nazoratsiz harorat oshishi) holatlarini aniqlash, avariyaviy xabar berish hamda barokamerada mavjud boʻlgan barcha vositalar yordamida uni oʻchirish imkonini taʼminlaydigan yongʻinga qarshi himoya tizimi va vositalari nazarda tutilishi kerak.
120. Barokameradagi avtomatik boshqarish tizimi uning ichidagi insonning xavfsizligini taʼminlashi lozim.
121. Barokameraning har bir boʻlimi va shlyuzi manometr bilan jihozlanadi. Manometr barokamera korpusiga oʻrnatilgan shtutserga yoki barokamera tizimlarini boshqarish paneliga (shitga) tashqi tomondan oʻrnatiladi.
122. Barokameraning kuchlanish tarmoqlari havo va gaz taʼminoti tizimlari, yongʻinga qarshi himoya tizimlari va vositalarining uzluksiz ishlashini taʼminlaydigan zaxira elektr manbalariga ega boʻlishi shart.
123. Elektr kuchlanish uskunalarining barcha kommutatsion himoya va ishga tushirish-sozlash qurilmalari barokamera tashqarisida oʻrnatiladi. Barokamera ichidagi kuchlanish elektr kabellari yonmaydigan qoplamaga ega boʻlishi lozim. Barokamera loyihasida statik elektrdan himoya tizimi, ichki chiqarib olinadigan metall buyumlar, uskunalar va barokamera korpusini yerlagich imkoniyati nazarda tutilishi shart.
124. Uskuna loyihasida yoritish vositalarini oʻrnatish zarurati belgilanadi. Barokamera ichiga oʻrnatiladigan yoritkichlar germetik boʻlishi va ishchi muhit bosimiga mos ravishda hisoblangan boʻlishi lozim.
125. Uskuna loyihasida barokamera ichida boʻlgan odamlar bilan aloqa oʻrnatish imkoniyati nazarda tutilishi lozim.
126. Barokamera ichida oʻrnatiladigan quvurlar, bugʻ va suv isitkichlari, shuningdek, barokamera tashqarisida oʻrnatiladigan siqilgan havo va gaz aralashmalari quvurlarini loyihalashtirishda choksiz mis yoki zanglamaydigan poʻlat quvurlardan foydalanish nazarda tutiladi.
127. Barokamera ichki jihozlari uchun yonmaydigan (yongʻinga chidamli) materiallar qoʻllanadi, ular barokameraning gaz muhitida zararli moddalar ajrab chiqish xavfini kafolatlashi zarur.
14-§. Xavfga asoslangan nazorat
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
128. Neft-gaz, kimyo, energetika va ishlab chiqarish sanoatidagi bosim ostida ishlaydigan uskunalar, rezervuarlar va quvurlar uchun belgilangan intervallardagi anʼanaviy gidravlik sinash hamda putur yetkazmaydigan nazorat usullariga muqobil tarzda xavfga asoslangan nazorat uslubiyati asosida nazoratini oʻrnatish va texnik koʻrikdan oʻtkazilishiga ruxsat beriladi.
Bunda ilgʻor putur yetkazmaydigan nazorat texnologiyalaridan foydalanish talab etiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
129. Xavfga asoslangan nazorat uslubiyati qoʻllanganda quyidagilar bajarilishi shart:
a) texnik koʻrikni amalga oshiruvchi va putur yetkazmaydigan nazorat ishlarini bajaruvchi tashkilot qonunchilikda belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtkazilishi va ruxsatnoma olishi;
b) texnik koʻrik tashkiloti xavfga asoslangan nazorat uslubiyatini xalqaro standartlarga asoslangan holda qoʻllashi va quyidagi harakatlarni amalga oshirishi, bunda:
uskunani nazoratdan oʻtkazish uchun xavfga asoslangan nazorat dasturini (rejasi) ishlab chiqishi, uskuna egasi bilan kelishishi va tasdiqlashi;
xavfga asoslangan nazorat dasturi doirasida I va II xavf darajasidagi uskunalar uchun maxsus vakolatli organ bilan kelishishi;
v) har bir uskuna boʻyicha texnik xulosa tayyorlashi, unda quyidagilarni aks ettirishi:
barcha aniqlangan xavf omillarining tahlili, shu jumladan, inson hayoti va sogʻligʻi, mulk va atrof-muhit uchun ehtimoliy oqibatlarini;
uskunaning aniqlangan texnik holatini;
keyingi texnik koʻrik yoki sinash muddatlarini.
130. Uskuna egasi (yoki javobgar shaxs) ushbu xulosaga asosan uskuna pasportiga tegishli rasmiy yozuvni kiritadi, unda uskunaning foydalanishga yaroqliligi va keyingi koʻrik yoki sinash muddatlari koʻrsatiladi.
131. Texnik koʻrik ishlari yakunlangandan soʻng, besh ish kuni ichida bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi tegishli hujjatlar nusxasi maxsus vakolatli organga taqdim etilishi shart.
15-§. Yongʻin xavfsizligiga qoʻyiladigan talablar
132. Ortiqcha bosim ostida ishlaydigan uskunalarga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari Oʻzbekiston Respublikasining “Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-oktabrdagi 649-son qarori bilan tasdiqlangan Yongʻin xavfsizligi qoidalari, shuningdek, yongʻin xavfsizligi talablari boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq belgilanadi.
3-bob. Texnik hujjatlarga qoʻyiladigan talablar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
133. Uskunalarni yetkazib berishda texnik hujjatlar ilova qilinishi va unda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
a) uskunaning pasporti yoki unga tegishli elementlar (yigʻma birliklari, detallar) va butlovchi buyumlarni identifikatsiya qilishni taʼminlovchi hujjatlar;
b) yigʻma yoki asosiy oʻlchamlar koʻrsatilgan chizma (armatura, quvur detallari va flanetslar uchun asosiy oʻlchamlar koʻrsatilgan rasmga ruxsat etiladi);
v) saqlovchi qurilmalar;
g) saqlovchi qurilmalarning oʻtkazuvchanlik imkoniyati boʻyicha hisob-kitobi (agar loyiha hujjatlariga muvofiq bunday qurilmalar mavjud boʻlsa);
d) uskunaning mustahkamlikka hisob-kitobi (armatura, quvurlar detallari va flanetslar uchun hisobdan koʻchirmaga ruxsat etiladi);
e) foydalanish qoʻllanmasi (yoʻriqnomasi) (uskunaning elementlari (yigʻma birliklari, detallari) va butlovchi qismlaridan tashqari);
j) xavfsiz foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma;
z) yetkazib berish shartnomasiga muvofiq chizma, sxema, hisob-kitoblar va boshqa hujjatlar.
134. Texnik hujjatlar davlat tilida va buyurtmachining talabiga koʻra boshqa tillarga tarjima qilingan holda taqdim etiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
135. Uskuna pasporti uskunani identifikatsiya qilish uchun asosiy hujjat hisoblanadi hamda undan Oʻzbekiston Respublikasi hududida uskunaning butun hayotiy davrida foydalanish majburiy hisoblanadi.
Uskuna pasporti ishlab chiqaruvchi tomonidan rasmiylashtiriladi va tasdiqlanadi.
Uskuna pasportida ishlab chiqaruvchining imzosi va rasmiylashtirilgan sana koʻrsatiladi.
Uskuna pasporti qogʻoz va elektron shaklda taqdim etilishi mumkin. Elektron shakldagi pasport, oʻz navbatida, ishlab chiqaruvchi (uskuna yetkazib beruvchi) tomonidan berilgan boʻlsa, QR-kod orqali tasdiqlangan boʻlishi shart. QR-kod orqali pasportning haqiqiyligi va uning asilligi tekshirilishi mumkin boʻlishi lozim.
136. Uskunalarning turiga qarab, ularning pasportida ushbu Texnik reglamentning 137 — 141-bandlarida koʻrsatilgan maʼlumotlar boʻlishi shart.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
137. Quvuroʻtkazgich pasporti quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi:
a) quvuroʻtkazgichdan foydalanuvchi tashkilotning hamda quvur ishlab chiqaruvchisining nomi va manzili;
b) quvuroʻtkazgich nomi va toifasi;
v) quvur ishlab chiqarilgan (tayyorlangan) sana;
g) ishchi muhitning nomi va guruhi;
d) hisoblangan bosim, MRa (kgf/cm2), ishchi bosim, MRa (kgf/cm2), devorning hisoblangan harorati, °C, ishchi muhitning ishchi harorati, °C;
e) hisoblangan xizmat muddati;
j) hisoblangan resurs;
z) hisoblangan ishga tushirishlar soni;
i) quvur ishlab chiqarish (tayyorlash) va quvuroʻtkazgichni oʻrnatishga oid sxemalar, chizmalar, guvohnomalar va boshqa hujjatlar;
k) quvur diametri;
l) quvur materialining markasi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
138. Qozon pasporti quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi (maʼlumot hajmi qozon turiga qarab ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilanadi):
a) umumiy maʼlumotlar:
ishlab chiqaruvchining nomi va manzili;
ishlab chiqarilgan (tayyorlangan) sana;
turi (modeli);
nomi va qoʻllanish maqsadi;
zavod raqami;
hisoblangan xizmat muddati;
qozon va asosiy qismlarning hisoblangan resursi;
ishga tushirishning hisoblangan soni;
qozonning geometrik oʻlchamlari;
b) texnik xususiyati va koʻrsatkichlari:
hisoblangan yonilgʻi turi va uning yonishida ajralib chiqadigan issiqlik qiymati, MJ/kg (kcal/kg) yoki MJ /m³ (kcal/m³);
yonilgʻi sarfi, m3/h (t/h);
yoqish qurilmasining (gorelka) turi va texnik xususiyati;
qozonning nominal ishlab chiqarish quvvatidagi eng yuqori ruxsat etilgan gidravlik qarshiligi, MRa (kgf/cm2);
nominal haroratda minimal yoʻl qoʻyiladigan bosim, MRa (kgf/cm2);
qozondan chiquvchi bugʻning nominal harorati, °S;
hisoblangan qizdirilgan bugʻ (suyuqlik) harorati, °S;
qozonga kiruvchi suyuqlikning nominal harorati, °S;
qozondan chiquvchi suyuqlikning nominal va maksimal harorati, °S;
bugʻ ishlab chiqarishning nominal, eng past va eng yuqori ruxsat etilgan qiymati, t/h;
issiqlik ishlab chiqarishning nominal, eng past va eng yuqori ruxsat etilgan qiymati, kW;
qozon va uning asosiy qismlarining issiqlik berish yuzasi, m²;
sigʻimi, m³;
suyuqlikning eng past va eng yuqori ruxsat etilgan sarfi, m3/h;
v) saqlovchi qurilmalar toʻgʻrisida maʼlumotlar (turi, soni, oʻrnatish joyi, kesim maydoni, nominal diametri, bugʻ yoki suyuqlik sarfi koeffitsiyenti, ochilishining boshlanish qiymati (diapazoni));
g) suyuqlik (suv) sathi koʻrsatkichlari toʻgʻrisida maʼlumotlar (koʻrsatkich turi, soni, oʻrnatish joyi);
d) asosiy armatura toʻgʻrisida maʼlumotlar (soni, nominal diametri, shartli bosimi, ishchi koʻrsatkichlari, korpus materiali, oʻrnatish joyi);
e) oʻlchash, boshqarish, xabar berish tizimi (signalizatsiya), tartibga solish va avtomatik himoya uchun moʻljallangan asosiy qurilmalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (miqdori, turi (markasi));
j) nasoslar toʻgʻrisida maʼlumotlar (turi, soni, ishchi koʻrsatkichlari, uzatma turi);
z) listli poʻlatdan tayyorlangan qozonning asosiy elementlari toʻgʻrisida maʼlumotlar (soni, oʻlchamlari, materiali, payvandlash va issiqlik ishlov berish, oʻlchash va putur yetkazmaydigan nazorat natijalari, ajralmas birikmalarni sinash, gidravlik (pnevmatik) sinash va boshqalar);
i) quvurlardan tayyorlangan qozon elementlari toʻgʻrisida maʼlumotlar (soni, oʻlchamlari, materiali, payvandlash va issiqlik ishlov berish, oʻlchash va putur yetkazmaydigan nazorat natijalari, ajralmas birikmalarni sinash, gidravlik (pnevmatik) sinash va boshqalar);
k) shtutserlar, qopqoqlar, tub qismlar, oʻtish qismlari, flanetslar toʻgʻrisida maʼlumotlar (soni, oʻlchamlari, materiali);
l) issiqlik tashuvchi modda toʻgʻrisida maʼlumotlar (nomi, qoʻllanishning ruxsat etilgan eng yuqori harorati, ochiq havoda oʻz-oʻzidan alangalanish harorati, qotish harorati, qaynash harorati, bosim taʼsirida qaynash haroratining oʻzgarishi (egri chiziq), xavfsiz foydalanishga taʼsir etuvchi boshqa maʼlumotlar);
m) qozon va uning asosiy elementlariga oid sxemalar, chizmalar va boshqa hujjatlar (zavod oʻzgarishlarining jamlanma qaydnomasi, jihozlash roʻyxati, yigʻma birliklarning asosiy oʻlchamlari koʻrsatilgan xususiyatlari va boshqalar);
n) qozondan xavfsiz foydalanishni taʼminlovchi boshqa maʼlumotlar.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
139. Idish pasporti quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi:
a) umumiy maʼlumotlar:
ishlab chiqaruvchining nomi va manzili;
ishlab chiqarilgan (tayyorlangan) sana;
zavod raqami;
hisoblangan xizmat muddati;
kuchlanish amplitudasi qiymatini aniqlash mumkin boʻlgan holda, ruxsat etilgan yuklanish davrlari soni;
b) texnik xususiyatlar va koʻrsatkichlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:
hisoblangan bosim ostida idish devorining ruxsat etilgan eng past harorati, °S;
ishchi muhit nomi;
ishchi muhitlar guruhi;
korroziya (eroziya)ni qoplash uchun qoʻshimcha qiymat, mm;
sigʻim, m³;
boʻsh idishning ogʻirligi, kg;
quyiladigan muhitning maksimal ogʻirligi, kg;
v) asosiy qismlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (ularning soni, oʻlchamlari, materiallar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, payvandlash (kavsharlash) va termik ishlov berish), oʻlchash va putur yetkazmaydigan nazorat natijalari, ajralmas birikmalarni sinash, gidravlik (pnevmatik) sinash va boshqa maʼlumotlar;
g) shtutserlar, flanetslar, qopqoqlar, mustahkamlovchi buyumlar toʻgʻrisida maʼlumotlar (soni, oʻlchamlari, materiallari);
d) xavfsizlik qurilmalari, asosiy armatura, nazorat-oʻlchash asboblari, xavfsizlik asboblari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (miqdori, nominal diametri, nominal bosimi va (yoki) hisoblangan bosimi, korpus materiali, oʻrnatish joyi);
e) idishning rasmlari, sxemalari, chizmalari va boshqa hujjatlar (zavodda kiritilgan oʻzgarishlar boʻyicha jamlanma qaydnomasi, jihozlash roʻyxati, yigʻma birliklarning asosiy oʻlchamlari koʻrsatilgan tasniflar va boshqalar);
j) manfiy harorat sharoitida ishga tushirish (toʻxtatish) tartibi va idishdan foydalanish xavfsizligini taʼminlovchi boshqa maʼlumotlar (agar bunday maʼlumotlar mavjud boʻlsa).
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
140. Ballon pasporti quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi:
a) umumiy maʼlumotlar:
ishlab chiqaruvchining nomi va manzili;
ishlab chiqarilgan (tayyorlangan) sana;
ballonning belgilanishi;
ishchi muhitning nomi va guruhi;
zavod raqami;
b) texnik xususiyatlari va koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:
ishchi bosimi, MRa (kfg/cm2);
sinash bosimi,MRa (kfg/cm2)
ballonning asosiy oʻlchamlari, ballon chizmasi;
sigʻimi, m3 (l);
ogʻirligi, kg;
ogʻiz qismidagi rezba;
ogʻiz qismidagi zichlagich;
foydalanish harorat diapazoni, °S;
ishchi muhitning harorati, °C;
ruxsat etilgan eng koʻp toʻldirish soni;
ishlab chiqarilgan (tayyorlangan) sanadan boshlab hisoblangan xizmat muddati, yil;
v) ballonni tashish va saqlashga qoʻyiladigan talablar;
g) ballonni oʻrnatishga qoʻyiladigan talablar;
d) ballondan foydalanishga qoʻyiladigan talablar;
e) ballondan foydalanish xavfsizligini taʼminlovchi boshqa maʼlumotlar.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
141. Armatura pasporti quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi:
a) umumiy maʼlumotlar:
ishlab chiqaruvchi nomi va manzili;
ishlab chiqarilgan (tayyorlangan) sana;
armaturaning nomi, belgisi va identifikatsiya (zavod) raqami;
armaturaning moʻljallangan vazifasi (toʻgʻri ishlatish maqsadi);
muvofiqlikni tasdiqlovchi maʼlumotlar;
b) texnik koʻrsatkichlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:
nominal diametr (DN);
nominal bosim (PN) yoki ishchi bosim (Rr), MRa (kfg/sm2);
ishchi muhitning nomi va guruhi;
ishchi muhitning harorati, °S;
zatvor tiqinining germetikligi;
iqlim sharoitiga mosligi va atrof-muhit koʻrsatkichlari;
quvuroʻtkazgichga ulanish turi;
gidravlik xususiyatlari (qarshilik koeffitsiyenti yoki shartli oʻtkazuvchanlik imkoniyati yoki sarf koeffitsiyenti);
tashqi taʼsirlarga chidamliligi (ushbu maʼlumotni koʻrsatish zarur boʻlganda);
ogʻirligi, kg;
ishonchlilik koʻrsatkichlari;
xavfsizlik koʻrsatkichlari;
uzatma turi va uning asosiy texnik xususiyatlari;
v) asosiy qismlarning materiallari toʻgʻrisida maʼlumotlar;
g) armaturadan foydalanish xavfsizligini taʼminlovchi boshqa maʼlumotlar.
142. Ishlab chiqaruvchi ushbu Texnik reglamentning 137 — 141-bandlarida koʻrsatilgan maʼlumotlarni aynan uskunaning konstruktiv xususiyatlarini aks ettiradigan maʼlumotlar bilan toʻldirishga haqli.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
143. Uskunalardan xavfsiz foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
a) uskunaning konstruksiyasi, ishlash prinsipi, xususiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
b) uskunani montaj qilish yoki yigʻish, sozlash yoki tartibga solish, texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash boʻyicha koʻrsatmalar;
v) uskunadan foydalanishda xavfsizlikni taʼminlash choralari (ishga tushirish, belgilangan maqsadda qoʻllash, texnik xizmat koʻrsatish, barcha turdagi taʼmirlash ishlari, davriy texnik tashxislash (diagnostika), sinashlar, tashish, qadoqlash, konservatsiyalash va saqlash shartlari);
g) konstruktiv xususiyatlariga qarab belgilangan koʻrsatkichlar (saqlash, belgilangan xizmat muddati va (yoki) belgilangan resurs);
d) ehtimoliy noxush hodisalar roʻyxati, xodimlarning baxtsiz hodisa yoki avariyaga olib kelishi mumkin boʻlgan xato harakatlari;
e) baxtsiz hodisa, avariya yoki kritik buzilishlar holatida xodimlar harakati;
j) chegaraviy holatlar mezonlari;
z) uskunani foydalanishdan chiqarish va utilizatsiya qilish boʻyicha koʻrsatmalar;
i) xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning malakasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
k) ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili), import qiluvchining nomi, joylashgan joyi va aloqa maʼlumotlari.
144. Uskunadan xavfsiz foydalanish qoidalari maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
4-bob. Uskunani qadoqlash va tamgʻalash talablari
1-§. Uskunani qadoqlash talablari
145. Uskunani qadoqlash yuklash-tushirish ishlari, tashish va saqlash jarayonlarida uning butun saqlanishi, shuningdek, tashqi taʼsir etuvchi omillardan (iqlimiy va mexanik) himoyalanishini taʼminlashi lozim.
146. Isteʼmolchi bilan kelishilgan holda, uskunani tashish va saqlash jarayonida uni tashqi taʼsir etuvchi omillardan (iqlimiy va mexanik) himoyalash boʻyicha zarur choralar koʻrilgan taqdirda, qadoqlashsiz yetkazib berish mumkin.
2-§. Tamgʻalashga qoʻyiladigan talablar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
147. Ishlab chiqaruvchi tomonidan yetkazib beriladigan uskunalar Oʻzbekiston Respublikasining davlat tilida va (yoki) tomonlarning kelishuviga koʻra boshqa tilda tuzilgan yuk hujjatlariga, aniq koʻrinadigan va oʻchib ketmaydigan quyidagilarni ifodalovchi identifikatsiya yozuvlariga ega boʻlishi kerak:
a) uskunaning nomi va (yoki) turi, markasi, modeli;
b) texnik xususiyatlari va koʻrsatkichlari toʻgʻrisida maʼlumotlar (idishlar, qozonlar, ballonlar uchun — ishchi, hisoblangan va sinash bosimlari koʻrsatilgan holda);
v) uskuna (uning qismlari) tayyorlangan material nomi;
g) ishlab chiqaruvchi nomi va uning tovar belgisi (mavjud boʻlganda);
d) zavod raqami;
e) ishlab chiqarilgan (tayyorlangan) sana;
j) ishlab chiqaruvchi davlat nomi;
z) energiya ishlab chiqaruvchi va (yoki) energiya isteʼmol qiluvchi uskunalar uchun energiya samaradorlik koʻrsatkichi.
Ishlab chiqaruvchi uskunani tamgʻalashda uni qoʻshimcha maʼlumotlar bilan toʻldirishiga yoʻl qoʻyiladi.
148. Agar ushbu Texnik reglamentning 147-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlarni bevosita uskunaning oʻziga joylashtirish imkonsiz boʻlsa, ushbu maʼlumotlar foydalanish qoʻllanmasi (yoʻriqnomasi)da koʻrsatilishi mumkin.
149. Tamgʻa uskunaning oʻziga yoki unga mahkamlanadigan metall plastinka (tablichka)ga, shuningdek, qadogʻiga qoʻyiladi. Undagi maʼlumotlar ishonchli, oʻqishga hamda identifikatsiya qilish uchun qulay boʻlishi shart.
150. Ballonlarni ajratuvchi rangga boʻyash va identifikatsiya qilish talablari ushbu Texnik reglamentga 3-ilovada keltirilgan.
Agar ballonlar korroziyaga chidamli yoki issiqlikdan himoyalangan materiallar bilan qoplangan boʻlsa, butun uzunligi boʻylab ajratuvchi rangga boʻyash talab etilmaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
151. Suyultirilgan uglevodorod gazlarini tashish uchun moʻljallangan avtotsisternalarning tashqi yuzasi och kulrang rangga boʻyaladi. Idishning har ikki yon tomoniga 200 mm dan kam boʻlmagan kenglikdagi qizil rangli ajratuvchi chiziq hamda ustiga qora rangda “Propan — yongʻin jihatdan xavfli” yozuvi joylashtiriladi. Idishning orqa tub qismiga qora rangda “Yongʻin jihatdan xavfli” yozuvi joylashtiriladi.
Agar avtotsisternalar korroziyaga chidamli va issiqlikdan himoyalangan materiallar bilan qoplangan boʻlsa, butun uzunligi boʻylab ajratuvchi rangga boʻyash talab etilmaydi.
152. Tamgʻani ajratuvchi rangga boʻyash va identifikatsiya maʼlumotlari uning uzoq muddat saqlanishini taʼminlashi lozim.
5-bob. Muvofiqlikni baholash
1-§. Uskunani identifikatsiya qilish
153. Uskuna taqdim etilgan yuk hujjatlariga muvofiqligini aniqlash uchun identifikatsiya qilinadi.
154. Uskunani identifikatsiya qilish uning tasniflari ushbu Texnik reglamentning 147-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlar bilan bir xilligini taʼminlash orqali amalga oshiriladi.
155. Uskunani identifikatsiya qilish uchun mahsulot tasniflagichida va loyiha hujjatlarida, shu jumladan, texnik shartlar va yetkazib berish shartnomalarida koʻrsatilgan maʼlumotlardan foydalanish mumkin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
156. Uskunaning identifikatsiyasi uskunaning nomi, turi (vazifasi) kabi maʼlumotlari boʻyicha quyidagilar tomonidan oʻtkaziladi:
Oʻzbekiston Respublikasi hududida uni muomalaga kiritgan ishlab chiqaruvchi (sotuvchi);
mahsulot muvofiqligini baholash va tasdiqlash maqsadida tegishli ishlarni amalga oshiruvchi sertifikatlashtirish organi;
davlat nazorati organlari — Texnik reglament talablariga muvofiqligini tekshirish maqsadida.
2-§. Namunalarni tanlab olish va sinovlar oʻtkazish
157. Uskunaning Texnik reglament talablariga muvofiqligini baholash texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan usullarni qoʻllagan holda amalga oshiriladi.
158. Uskunaning Texnik reglament talablariga muvofiqligini baholash uchun zarur sinov va namuna olish usullari Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-avgustdagi 502-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
3-§. Uskunaning muvofiqligini tasdiqlash
159. Uskunaning ushbu Texnik reglament talablariga muvofiqligi muvofiqlikni deklaratsiya qilish yoki sertifikatlash orqali tasdiqlanadi.
160. Ushbu Texnik reglamentda keltirilgan majburiy tartibda muvofiqligi deklaratsiya qilinadigan uskunalar ariza beruvchining ixtiyoriga koʻra sertifikatlashtirish tartibida oʻtkazilishi mumkin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
161. Uskunaning muvofiqligi quyidagi sxemalardan biri boʻyicha deklaratsiya qilish yoʻli bilan tasdiqlanadi:
1D sxema — seriyali ishlab chiqarilgan 1 va 2-toifaga mansub uskunalar uchun ariza beruvchining oʻz dalillariga asoslanib muvofiqlikni eʼlon qilishda qoʻllanadi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi yoki u tomondan vakolat berilgan yuridik shaxs hisoblanadi;
2D sxema — uskuna toʻpi yoki yagona (bitta) 1 va 2-toifaga mansub uskuna uchun ariza beruvchining oʻz dalillari asosida muvofiqlikni eʼlon qilishda qoʻllanadi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi (u tomondan vakolat berilgan yuridik shaxs) yoki sotuvchi (import qiluvchi) hisoblanadi;
3D sxema — seriyali ishlab chiqarilgan 1 va 2-toifali uskunalar uchun sinov laboratoriyasi ishtirokida olingan dalillar va ariza beruvchining oʻz dalillari (agar mavjud boʻlsa) asosida muvofiqlikni deklaratsiyalashda qoʻllanadi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi yoki u tomondan vakolat berilgan yuridik shaxs hisoblanadi;
4D sxema — uskuna toʻpi yoki yagona (bitta) 1 va 2-toifaga mansub uskuna uchun sinov laboratoriyasi ishtirokida olingan dalillar va ariza beruvchining oʻz dalillari (agar mavjud boʻlsa) asosida muvofiqlikni deklaratsiyalashda qoʻllanadi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi (u tomondan vakolat berilgan yuridik shaxs) yoki sotuvchi (import qiluvchi) hisoblanadi;
5D sxema — seriyali ishlab chiqarishga moʻljallangan mahsulotlar uchun mahsulot modifikatsiyalarini chiqarish rejalashtirilganda qoʻllanadi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi yoki u tomondan vakolat berilgan yuridik shaxs hisoblanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
162. Uskunaning ushbu Texnik reglament talablariga muvofiqligi quyidagi sxemalar asosida sertifikatlashtirish orqali baholanadi:
1S sxema — seriyali ishlab chiqariladigan uskunalarni sertifikatlashtirishda qoʻllanadi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchi vakolat bergan shaxs) hisoblanadi va sertifikatlangan mahsulotlarning muvofiqlik belgisi bilan tamgʻalanishini taʼminlaydi;
3S sxema — uskunalarning toʻpi uchun qoʻllanadi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchi vakolat bergan shaxs) yoki sotuvchi (import qiluvchi) hisoblanadi va sertifikatlangan mahsulotlarning muvofiqlik belgisi bilan (import qilingan mahsulotlar ariza beruvchiga qulay shaklda) tamgʻalanishini taʼminlaydi. Uskunalar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib kelgunga qadar mazkur sxema orqali sertifikatlashtirilishi mumkin. Bunda sertifikatlashtirilayotgan mahsulotning tanlab olingan namunalariga va ularni sertifikatlashtirish organiga yetkazib berishga ariza beruvchi masʼul hisoblanadi;
4S sxema — yagona (bitta) uskuna uchun Texnik reglamentda belgilangan sinash va oʻlchash jarayonida ushbu buyumga putur yetkazilmasa, qoʻllanadi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchi vakolat bergan shaxs) yoki sotuvchi (import qiluvchi) hisoblanadi.
163. Muvofiqlikni deklaratsiyalash va sertifikatlashtirish Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-avgustdagi 502-son qarori bilan tasdiqlangan Xavf darajasi yuqori boʻlmagan mahsulotlarning muvofiqligini deklaratsiyalash yoʻli bilan tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom hamda Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq rasmiylashtiriladi.
6-bob. Oʻtish davri
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
164. Ushbu Texnik reglament kuchga kirgan vaqtdan boshlab, Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalda boʻlgan va uskunalar uchun xavfsizlik talablarini belgilaydigan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar Texnik reglament talablari bilan moslashtirilguniga qadar normativ hujjatlarning ushbu Texnik reglamentga zid boʻlmagan qismlari amalda qoʻllanadi.
165. Texnik reglament kuchga kirgunga qadar uskunalar uchun olingan muvofiqlikni tasdiqlovchi hujjatlar ushbu hujjatlarda belgilangan muddatlar davomida amalda boʻladi.
7-bob. Texnik reglament talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati
166. Ushbu Texnik reglament talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, shuningdek, uskunalar xavfsizligi sohasidagi vakolatli davlat organlari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
8-bob. Texnik reglament talablarini buzganlik uchun javobgarlik
167. Ushbu Texnik reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ortiqcha bosim ostida ishlaydigan uskunalar xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglamentga 1-ILOVA
Uskunalarning xavflilik toifasi boʻyicha tasniflanishi
Saqlovchi qurilmalar 4-toifa boʻyicha tasniflanadi.
Uskunaning bosim taʼsiriga chidamli elementlari (yigʻma birliklari va qismlari) hamda unga tegishli butlovchi qismlar, koʻrsatuvchi va saqlovchi qurilmalar, xavfsizlik qurilmalari va uskunalar 4-toifa boʻyicha tasniflanadi.
Bunda qurilma muayyan uskuna uchun ishlab chiqarilgan (tayyorlangan) taqdirda, qurilma aynan ushbu uskuna uchun belgilangan toifa boʻyicha tasniflanishi mumkin.
Agar uskuna bir xil guruhdagi turli ishchi muhitlarga yoki har xil guruhdagi ishchi muhitlarga moʻljallangan boʻlsa, har bir ishchi muhit uchun belgilangan toifalar orasidan eng yuqori toifa boʻyicha tasniflanadi.
2. Uskuna toifasi (4-toifadan tashqari) quyida keltirilgan uning hisoblangan devor haroratida foydalanish uchun moʻljallangan boʻlsa, bir pogʻonaga oshiriladi:
uglerodli hamda kam qotishmali marganetsli va kremniy-marganetsli poʻlatlar uchun — 380 °C va undan yuqori;
kam qotishmali xrom-molibdenli va xrom-molibden-vanadiyli poʻlatlar uchun — 450 °C va undan yuqori;
yuqori xromli martensit sinfiga mansub va austenitli qoʻshilmali poʻlatlar uchun — 525 °C va undan yuqori;
temir-nikel asosidagi qotishmalar uchun — 575 °C va undan yuqori;
nikel asosidagi qotishmalar uchun — 600 °C va undan yuqori.
1-jadval
1-guruh ishchi muhitda foydalaniladigan gazlar uchun moʻljallangan idishlar toifalari
Uskuna toifasi
Uskuna sigʻimi
(m3)
Hisoblangan bosim va sigʻim qiymatlarining koʻpaytmasi
(MRa·m3)
Hisoblangan bosim
(MPa)
1
0,001 dan yuqori
0,0025 dan 0,005 gacha
0,05 dan yuqori
2
0,001 dan yuqori
0,005 dan 0,02 gacha
0,05 dan yuqori
3
0,0001 dan 0,001 gacha
meʼyorlanmaydi
20 dan 100 gacha
0,001 dan yuqori
0,02 dan 0,1 gacha
0,05 dan yuqori
4
0,0001 dan 0,001 gacha
meʼyorlanmaydi
100 dan yuqori
0,001 dan yuqori
0,1 dan yuqori
0,05 dan yuqori
2-jadval
2-guruh ishchi muhitda foydalaniladigan gazlar uchun moʻljallangan idishlar toifalari
Uskuna toifasi
Uskuna sigʻimi
(m3)
Hisoblangan bosim va sigʻim qiymatlarining koʻpaytmasi
(MRa·m3)
Hisoblangan bosim
(MPa)
1
0,001 dan 0,4 gacha
0,005 dan 0,02 gacha
0,05 dan 20 gacha
2
0,001 dan 2 gacha
0,02 dan 0,1 gacha
0,05 dan 100 gacha
3
0,0001 dan 0,001 gacha
meʼyorlanmaydi
100 dan 300 gacha
0,001 dan 0,75 gacha
0,1 dan 0,3 gacha
0,05 dan yuqori
0,75 dan yuqori
0,1 dan yuqori
0,05 dan 0,4 gacha
4
0,0001 dan 0,001 gacha
meʼyorlanmaydi
300 dan yuqori
0,001 dan yuqori
0,3 dan yuqori
0,4 dan yuqori
3-jadval
1-guruh ishchi muhitda foydalaniladigan suyuqliklar uchun moʻljallangan idishlar toifalari
Uskuna toifasi
Uskuna sigʻimi
(m3)
Hisoblangan bosim va sigʻimning koʻpaytmasi
(MRa·m3)
Hisoblangan bosim (MPa)
1
0,02 dan yuqori
0,02 dan yuqori
0,05 dan 1 gacha
2
0,0001 dan 0,001 gacha
meʼyorlanmaydi
50 dan yuqori
0,001 dan yuqori
0,02 dan yuqori
1 dan 50 gacha
3
0,001 dan yuqori
meʼyorlanmaydi
50 dan yuqori
4-jadval
2-guruh ishchi muhitda foydalaniladigan suyuqliklar uchun moʻljallangan idishlar toifalari
Uskuna toifasi
Uskuna sigʻimi
(m3)
Hisoblangan bosim va sigʻimning koʻpaytmasi
(MRa·m3)
Hisoblangan bosim
(MPa)
1
0,0001 dan 0,01 gacha
meʼyorlanmaydi
100 dan yuqori
2
0,02 dan yuqori
1 dan yuqori
1 dan 50 gacha
0,01 dan yuqori
1 dan yuqori
50 dan yuqori
5-jadval
Yuqori bosimdagi bugʻ hosil qilish uchun moʻljallangan qozonlar va oʻt yoqib qizdiriladigan idishlar toifalari
Uskuna toifasi
Uskuna sigʻimi
(m3)
Hisoblangan bosim va sigʻimning koʻpaytmasi
(MRa·m3)
Hisoblangan bosim
(MPa)
1
0,002 dan yuqori
0,005 gacha
0,05 dan yuqori
2
0,002 dan yuqori
0,005 dan 0,02 gacha
0,05 dan 3,2 gacha
3
0,002 dan 1 gacha
0,02 dan 0,3 gacha
0,05 dan 3,2 gacha
4
0,002 dan yuqori
meʼyorlanmaydi
3,2 dan yuqori
0,0021 dan 1 gacha
0,3 dan yuqori
0,05 dan 3,2 gacha
1 dan yuqori
meʼyorlanmaydi
0,05 dan 3,2 gacha
6-jadval
1-guruh ishchi muhitda foydalaniladigan siqilgan, suyultirilgan, bosim ostida eritilgan gazlar hamda bugʻlar uchun moʻljallangan quvurlar va armaturalar toifalari
Uskuna toifasi
Nominal diametr
(mm)
Hisoblangan bosim va nominal diametrning koʻpaytmasi
(MRa·mm)
Hisoblangan bosim
(MRa)
1
25 dan 100 gacha
100 gacha
0,05 dan yuqori
2
25 dan 100 gacha
100 dan yuqori
1 dan yuqori
100 dan 350 gacha
350 gacha
0,05 dan yuqori
3
100 dan 350 gacha
350 dan yuqori
1 dan yuqori
350 dan yuqori
meʼyorlanmaydi
0,05 dan yuqori
7-jadval
2-guruh ishchi muhitda foydalaniladigan siqilgan, suyultirilgan, bosim ostida eritilgan gazlar hamda bugʻlar uchun moʻljallangan quvurlar va armaturalar toifalari
Uskuna toifasi
Nominal diametr
(mm)
Hisoblangan bosim va nominal diametrning koʻpaytmasi
(MRa·mm)
Hisoblangan bosim
(MRa)
1
32 dan 100 gacha
100 dan yuqori
0,05 dan yuqori
100 dan yuqori
100 dan 350 gacha
0,05 dan yuqori
2
100 dan 250 gacha
350 dan yuqori
0,05 dan yuqori
250 dan yuqori
350 dan 500 gacha
0,05 dan yuqori
3
250 dan yuqori
500 dan yuqori
0,05 dan yuqori
8-jadval
1-guruh ishchi muhitda foydalaniladigan suyuqliklar uchun moʻljallangan quvurlar va armaturalar toifalari
Uskuna toifasi
Nominal diametr
(mm)
Hisoblangan bosim va nominal diametrning koʻpaytmasi
(MRa·mm)
Hisoblangan bosim
(MRa)
1
25 dan yuqori
200 dan yuqori
0,05 dan 1 gacha
2
25 dan yuqori
200 dan yuqori
1 dan 50 gacha
3
25 dan yuqori
meʼyorlanmaydi
50 dan yuqori
9-jadval
2-guruh ishchi muhitda foydalaniladigan suyuqliklar uchun moʻljallangan quvurlar va armaturalar toifalari
Uskunaning toifasi
Nominal diametr
(mm)
Maksimal ruxsat etilgan ishchi bosim va nominal diametr
(MRa·mm)
Maksimal ruxsat etilgan ishchi bosim
(MRa)
1
200 dan yuqori
500 dan yuqori
1 dan 50 gacha
2
200 dan yuqori
meʼyorlanmaydi
50 dan yuqori
Ortiqcha bosim ostida ishlaydigan uskunalar xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglamentga 2-ILOVA
Texnik reglament xavfsizlik talablari bilan tartibga solinadigan majburiy tartibda muvofiqligi baholanishi lozim boʻlgan uskunalar
ROʻYXATI
T/r
Mahsulot nomi
TIF TN kodi
1.
Sentrifugalar, shu jumladan, markazdan qochma quritkichlar; suyuqliklar yoki gazlarni filtrlash yoki tozalash uchun uskunalar va qurilmalar.
8421 19 700 9,
8421 21 000,
8421 29 000 6,
8421 29 000 9,
8421 39 200,
8421 39 610,
8421 39 800 5,
8421 39 800 6
2.
Haroratda oʻzgarish boʻladigan jarayonlarda, masalan, isitish, qaynatish, qovurish, distillyatsiya, rektifikatsiya, sterilizatsiya, pasterizatsiya, bugʻda qizdirish, quritish, qaynatib bugʻlantirish, kondensatsiyalash yoki sovitish jarayonlarida materiallarni qayta ishlash uchun elektr bilan yoki elektrsiz isitiladigan sanoat yoki laboratoriya mashinalari va uskunalari.
8419 90 850 9
3.
Bosim ostida ishlaydigan filtr, absorber.
8421 21 000 9,
8421 29 000 1,
8421 29 000 2,
8421 29 000 6,
8421 29 000 9,
8421 39 200 1,
8421 39 200 3,
8421 39 200 8,
8421 39 610 1,
8421 39 610 9,
8421 39 800 1,
8421 39 800 5,
8421 39 800 6
4.
Tabiiy gaz kompressorining filtri.
8421 39 200 1,
8421 39 200 3,
8421 39 200 8,
8421 39 610 1,
8421 39 610 9,
8421 39 800 1,
8421 39 800 5,
8421 39 800 6
5.
Bosim ostida ishlaydigan gidratlash reaktori.
7311 00 130 0,
7311 00 190 0
6.
Elektr pechlar va kameralar sanoat miqyosida yoki laboratoriyada (shu jumladan, induksion yoki dielektrik yoʻqotishlar asosida ishlaydiganlar).
8514 90 000 9
7.
Bosim regulatori (dekompozer).
8481 80 990 7
8.
Barcha turdagi moddalar uchun (siqilgan yoki suyultirilgan gazdan tashqari) 300 litrdan ortiq boʻlmagan sigʻimga ega, sirtqi qoplam yoki termoizolyatsiya qilingan yoki ularsiz, biroq mexanik yoki teploizolyatsiyasiz rezervuar, sisterna, bak va shu kabi aluminiy hajmlar.
7612 90 800 2,
7612 90 800 8
9.
Bugʻ qozonlari yoki boshqa bugʻ ishlab chiqaruvchi qozonlar (past bosimli bugʻ ishlab chiqara oladigan markaziy isitish suv qozonlaridan tashqari);
oʻta qizdirilgan suv qozonlari.
8402 11 000 0,
8402 12 000 0,
8402 19 900 0,
8402 20 000 0
10.
Markaziy isitish qozonlari, 8402 tovar pozitsiyasidagi qozonlardan tashqari.
8403 10 100 0,
8403 10 900 0,
8403 90 100 0,
8403 90 900 0
11.
Sentrifugalar, shu jumladan, markazdan qochma quritkichlar;
suyuqliklar yoki gazlarni filtrlash yoki tozalash uchun moʻljallangan uskunalar va qurilmalar.
8421 19 700 9
12.
Barcha turdagi gazlar sigʻimi (geliy, kislorod, argon, vodorod, atsetilen, uglerod oksidi, butan).
7311 00 130 0,
7311 00 190 0
13.
Kranlar, klapanlar, ventillar va shunga oʻxshash armatura truboprovodlar uchun, qozonlar, rezervuarlar, sisternalar, baklar yoki shunga oʻxshash idishlarga oʻrnatiladigan, shu jumladan, bosimni pasaytiruvchi va termostatik klapanlar.
8481 10 190 0,
8481 10 990,
8481 10 990 8,
8481 30 990,
8481 30 910 0,
8481 80 990 7
Ortiqcha bosim ostida ishlaydigan uskunalar xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglamentga 3-ILOVA
Ballonlarni ajratuvchi rangga boʻyash va identifikatsiya qilish talablari
T/r
Saqlanadigan gazning nomi
Ballonlar rangi
Ishchi muhit
Yozuv rangi
Chiziqlar rangi
1.
Azot
qora
azot
sariq
jigarrang
2.
Ammiak
sariq
ammiak
qora
-
3.
Argon xomashyosi
qora
argon xomashyosi
oq
oq
4.
Texnik argon
qora
texnik argon
koʻk
koʻk
5.
Toza argon
kulrang
toza argon
yashil
yashil
6.
Atsetilen
oq
atsetilen
qizil
-
7.
Butilen
qizil
butilen
sariq
qora
8.
Neftgaz
kul rang
neftgaz
qizil
-
9.
Butan
qizil
butan
oq
-
10.
Vodorod
toʻq yashil
vodorod
qizil
-
11.
Havo
qora
siqilgan havo
oq
-
12.
Geliy
jigarrang
geliy
oq
-
13.
Azot oksidi
kulrang
azot oksidi
qora
-
14.
Kislorod
havorang
kislorod
qora
-
15.
Tibbiyot kislorodi
havorang
tibbiyot kislorodi
qora
-
16.
Oltingugurt angidridi
oq
oltingugurt angidridi
qizil
qizil
17.
Sulfat angidridi
qora
sulfat angidridi
oq
sariq
18.
Karbonat angidridi
qora
karbonat angidridi
sariq
-
19.
Fosgen
himoyalangan
-
sariq
qizil
20.
Freon-11
alyuminlangan
freon-11
qora
havorang
21.
Freon-12
alyuminlangan
freon-12
qora
havorang
22.
Freon-13
alyuminlangan
freon-13
qora
2 qizil
23.
Freon-22
alyuminlangan
freon-22
qora
2 sariq
24.
Xlor
himoyalangan
xlor
qora
yashil
25.
Siklopropan
toʻq sariq
siklopropan
qora
yashil
26.
Etilen
binafsharang
etilen
qizil
yashil
27.
Boshqa barcha yonuvchi gazlar
qizil
gazning nomi
oq
yashil
28.
Boshqa barcha yonmaydigan gazlar boʻlmagan gazlar
qora
gazning nomi
sariq
yashil
*Izohlar.
1. Yozuv ballon atrofining kamida 1/3 qismiga, chiziq esa butun aylana boʻylab quyiladi. Sigʻimi 12 l dan ortiq boʻlgan ballonlarda harflarning balandligi — 60 mm, chiziq kengligi — 25 mm boʻlishi kerak. Sigʻimi 12 l gacha boʻlgan ballonlarda harflar va chiziq oʻlchamlari ballonning yon tomon yuzasi hajmiga qarab belgilanadi.
2. Siqilgan havo bilan nafas olish apparatlari va oʻz-oʻzini qutqarish vositalari uchun moʻljallangan 12 l gacha ballonlarni kulrang yoki sariq rangga boʻyashga ruxsat etiladi.
3. Xavfli yuklarni tashishda doimiy ravishda foydalaniladigan avtotransport vositalari kuzovi, avtotsisternalar, tirkamalar va yarim tirkama-sisternalar mazkur xavfli yuklar uchun belgilangan tanituvchi (identifikatsiya) yozuvlari Oʻzbekiston Respublikasida xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish qoidalari talablariga muvofiq tarzda amalga oshirilishi shart.
Suyultirilgan uglevodorod gazini saqlash va tashishga moʻljallangan idishlarning boʻyogʻiga va ulardan foydalanishga qoʻyiladigan talablar
1. Suyultirilgan uglevodorod gazini saqlash Avtomobillarga gaz quyish shoxobchalarini texnik va xavfsiz ishlatish qoidalari hamda Suyultirilgan uglevodorod gazlaridan foydalanuvchi obyektlar uchun xavfsizlik qoidalari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
2. Avtomobilga oʻrnatilgan idishlar orqali suyultirilgan uglevodorod gazini tashish uchun moʻljallangan avtotsisternalardan foydalanish Oʻzbekiston Respublikasida xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish qoidalari hamda Gaz xoʻjaligida xavfsizlik qoidalari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
3. Suyultirilgan uglevorod gazlarini tashish uchun moʻljallangan avtotsisternalar och kulrangga boʻyaladi. Idishning ikki yon tomoniga kengligi kamida 200 mm boʻlgan, ustiga qora rangda “Propan — yongʻin jihatdan xavfli” yozuvi tushirilgan qizil ajratish chizigʻi chiziladi. Idishning orqa tub qismiga qora rangda “Yongʻin jihatdan xavfli” yozuvi yoziladi.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-avgustdagi 493-son qaroriga 2-ILOVA
Ortiqcha bosim ostida ishlaydigan uskunalar xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglamentni joriy etish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi
1. Ortiqcha bosim ostida ishlaydigan uskunalarga (keyingi oʻrinlarda — uskunalar) doir standartlar roʻyxatini tuzadi va xatlovdan oʻtkazadi.
Uch oy muddatda
2. Texnik reglament talablariga rioya etilishini taʼminlaydigan hamda texnik reglamentlarda belgilangan uskunalarining muvofiqligini baholash uchun zarur boʻlgan, namunalar olish, sinash va oʻlchash usullarini belgilaydigan standartlar roʻyxatlarini shakllantiradi va tasdiqlaydi.
Bir oy muddatda
2-bosqich
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi
Uskunalarning Texnik reglament talablariga muvofiqligini baholash uchun sertifikatlashtirish organlari va sinash laboratoriyalarini akkreditatsiyadan oʻtkazish koʻlamini kengaytirish boʻyicha choralarni koʻradi.
Olti oy muddatda
3-bosqich
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi
Texnik reglamentning maqsadlari, mazmuni va uni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida aholini, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari, tadbirkorlik subyektlarining keng xabardor qilinishini taʼminlaydi.
Chora-tadbirlar rejasiga muvofiq
4-bosqich
Texnik reglament talablari qoʻllaniladigan subyektlar
1. Texnik reglament talablarini oʻrganadi, masʼul xodimlarni oʻqitadi va oʻz faoliyatida joriy qiladi.
Kelishilgan muddatlarda
2. Muvofiqlikni baholash tartibotidan oʻtkazish uchun tegishli mahsulot namunalarini Texnik reglament talablariga muvofiq tayyorlaydi.
Texnik reglament kuchga kirgan kundan boshlab
5-bosqich
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi
Texnik reglament talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.
Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda
6-bosqich
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi
Texnik reglamentni qoʻllash amaliyotini monitoring qiladi va maʼlumotlarni tizimli ravishda Vazirlar Mahkamasiga kiritib boradi.
Har chorakda
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-avgustdagi 493-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida” 2008-yil 10-dekabrdagi 271-son qarorida:
b) 4-ilova 3-bandining 2-kichik bandidagi “0,07 megapaskaldan” soʻzlari “0,05 megapaskaldan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 784-son qarori bilan tasdiqlangan Sanoat xavfsizligini ekspertizadan oʻtkazish va ekspertiza xulosasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ilova IV boʻlimining rus tilidagi matnida:
nomi va 7-pozitsiyadagi “0,07 MRa” soʻzlari “0,05 MRa” soʻzlari bilan almashtirilsin;
8-pozitsiyadagi “0,07 MPa” va “115°S” soʻzlari tegishlicha “0,05 MRa” va “110°S”soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga 32-ilovada:
a) 5-pozitsiyaning uchinchi ustuni 5-bandida:
birinchi va beshinchi xatboshilardagi, “a” kichik bandining birinchi xatboshisidagi, “yo” kichik bandining birinchi xatboshisidagi, “j” kichik bandining birinchi xatboshisidagi, “n” kichik bandining birinchi xatboshisidagi “0,07 MPa (0,7 kgs/sm²)” va “115°S” soʻzlari tegishlicha “0,05 MRa (0,5 kgf/sm2)” va “110°S” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi va toʻrtinchi xatboshilardagi, “b” kichik bandining birinchi xatboshisidagi, “d” kichik bandining birinchi xatboshisidagi, “e” kichik bandining birinchi xatboshisidagi, “z” kichik bandining birinchi xatboshisidagi, “l” kichik bandining birinchi xatboshisidagi, “m” kichik bandining birinchi xatboshisidagi “0,07 MPa (0,7 kgs/sm²)” soʻzlari “0,05 MRa (0,5 kgf/sm2)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 9-pozitsiyaning uchinchi ustuni 5-bandining birinchi, ikkinchi, toʻrtinchi va beshinchi xatboshilaridagi tegishli son va kelishikdagi “0,07 MPa (0,7 kgs/sm²)” va “115°S” soʻzlari tegishli son va kelishikdagi “0,05 MRa (0,5 kgf/sm2)” va “110°S” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 11-pozitsiyaning uchinchi ustuni “e” kichik bandining birinchi, ikkinchi, toʻrtinchi va beshinchi xatboshilaridagi, “yo” kichik bandi birinchi, ikkinchi, toʻrtinchi va beshinchi xatboshilaridagi tegishli son va kelishikdagi “0,07 MPa (0,7 kgs/sm²)” va “115°S” soʻzlari tegishli son va kelishikdagi “0,05 MRa (0,5 kgf/sm2)” va “110°S” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-avgustdagi 493-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Bosim ostida ishlaydigan uskunalarning xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” 2017-yil 24-iyundagi 427-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5594-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4058-son qarori)” 2019-yil 6-martdagi 195-son qaroriga ilovaning 40-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son qarori)” 2019-yil 10-avgustdagi 661-son qaroriga ilovaning 47-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2025-y., 09/25/493/0694-son)