toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatlarini aniqlash, zoʻravonlik xavfi darajasini baholash, himoya qilish rejasini ishlab chiqish hamda uni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasining “Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, shuningdek, bolalarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari tazyiq va zoʻravonlikdan ishonchli himoya qilinishini taʼminlash borasidagi ishlar samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatlarini aniqlash, zoʻravonlik xavfi darajasini baholash, himoya qilish rejasini ishlab chiqish hamda uni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
bolalarga nisbatan zoʻravonlik hollarini aniqlash, zoʻravonlik xavfi darajasini baholash, ular haqida xabardor qilish tartibi;
bolalarni himoya qilish rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish tartibi;
bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan shaxslarga nisbatan qoʻllaniladigan taʼsir choralari.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi ikki oy muddatda tazyiq va zoʻravonlik holatlarini aniqlash hamda individual chora-tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirishni nazarda tutuvchi ichki standart operatsion tartiblarini ishlab chiqib, tasdiqlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarga himoya orderini berish;
zoʻravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil boʻlgan shaxsning zoʻravonlik xulq-atvorini oʻzgartirish boʻyicha tuzatish dasturidan oʻtish tartibi;
xorijda ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining bolalarini Oʻzbekiston Respublikasiga qaytarishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining vakolatlarini belgilash.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Z.B. Mahkamova zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 14-iyul,
440-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 440-son qaroriga
1-ILOVA
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatlarini aniqlash, zoʻravonlik xavfi darajasini baholash, himoya qilish rejasini ishlab chiqish hamda uni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatlarini aniqlash, zoʻravonlik xavfi darajasini baholash, himoya qilish rejasini ishlab chiqish hamda uni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda — masʼul davlat organlari va tashkilotlari) — “Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (keyingi oʻrinlarda — Qonun)ning 7-moddasida nazarda tutilgan bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi subyektlar;
zoʻravonlikdan jabrlangan yoki oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bola — Qonunning 27-moddasida nazarda tutilgan toifalardan biriga mansub boʻlgan bola;
himoya qilish rejasi — Qonunning 23-moddasida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni, ularning hajmini, davriyligini, tegishli yordam va xizmatlar koʻrsatish shartlari hamda muddatlarini, chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan shaxslarni, zarur maqsadli koʻrsatkichlarni oʻz ichiga olgan chora-tadbirlar majmui.
2-bob. Bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatlarini aniqlash, xabar berish va zoʻravonlik xavfi darajasini baholash tartibi
3. Bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatlarini aniqlash, xabar berish, zoʻravonlik xavfi darajasini baholash va himoya qilish rejasini ishlab chiqish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
4. Zoʻravonlikdan jabrlangan yoki oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolalar bevosita oʻzlari yoxud ularning qonuniy vakillari, shuningdek, ularning qarindoshlari yoki boshqa shaxslar zoʻravonlik holati toʻgʻrisida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi (keyingi oʻrinlarda — “Inson” markazi), ichki ishlar organlari, shuningdek, boshqa masʼul davlat organlari va tashkilotlariga murojaat qiladi.
5. “Inson” markazlari va ichki ishlar organlari ommaviy axborot vositalaridagi, Internet jahon axborot tarmogʻidagi, shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar asosida yakka tartibdagi chora-tadbirlarni amalga oshirishi mumkin.
6. Quyidagilar bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish boʻyicha yakka tartibdagi chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun asos hisoblanadi:
zoʻravonlikdan jabrlanuvchining yoki uning qonuniy vakilining murojaati;
jismoniy yoki yuridik shaxslarning xabarlari;
bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etish yoki ularni sodir etishga urinish faktlarining davlat organlari va tashkilotlari xodimlari tomonidan bevosita aniqlanganligi;
ommaviy axborot vositalaridagi, Internet jahon axborot tarmogʻidagi, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlardagi maʼlumotlar;
davlat organlari va boshqa tashkilotlardan kelib tushgan materiallar.
7. Masʼul davlat organlari va tashkilotlari tomonidan zoʻravonlikdan jabrlangan bolalar yoki oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolalar toʻgʻrisidagi murojaat kelib tushgan yoki faktlar aniqlangan taqdirda, darhol ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq namunadagi xabarnomani toʻldirgan holda bu haqida ushbu hududdagi “Inson” markazi hamda ichki ishlar organiga xabar beriladi.
8. “Inson” markazlari bolaga nisbatan zoʻravonlik sodir etilganligi fakti toʻgʻrisidagi axborotni olgan paytdan eʼtiboran ichki ishlar organlari ishtirokida zoʻravonlikdan jabrlangan bolaning, shuningdek, oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolaning hayotiy vaziyatini bir kun muddatda oʻrganadi.
Bunda “Inson” markazi bolaning hayotiga yoki sogʻligʻiga bevosita tahdid soluvchi omillarni dastlabki baholashdan oʻtkazadi hamda baholash natijalari asosida bolaning hayotiga yoki sogʻligʻiga xavf darajasini “past” yoki “yuqori” deb topishi mumkin.
“Inson” markazi tomonidan bolani sogʻligʻining holatidan kelib chiqib, dastlabki baholash jarayoniga sogʻliqni saqlash muassasalari xodimlari, taʼlim muassasalari xodimlari va boshqa zarur mutaxassislar jalb etilishi mumkin.
9. Dastlabki baholash natijasida bolaga nisbatan zoʻravonlik holati aniqlanmagan taqdirda, ichki ishlar organi va “Inson” markazi masʼul xodimlari bu toʻgʻrisida xulosa tuzadi hamda shu kunning oʻzida xulosani murojaat etuvchiga taqdim etadi.
10. Quyidagi holatlar bolaning hayotiga yoki sogʻligʻiga xavf darajasini “past” yoki “yuqori” deb baholash uchun asos hisoblanadi:
a) quyidagi omillar mavjud boʻlganda, xavf darajasi “past” deb baholanadi:
bolaning hayoti yoki sogʻligʻiga tahdid solishi mumkin boʻlgan xatarlar mavjud, biroq ushbu xatarlarni bartaraf etish yoki kamaytirish uchun sharoitlar boʻlsa;
bolalarga nisbatan sodir etilgan jismoniy zoʻravonlik ularning sogʻligʻiga jiddiy ziyon yetkazmagan (maʼmuriy huquqbuzarlik yoki jinoyat alomatlari mavjud boʻlmagan holatlar) boʻlsa;
bolalarga nisbatan sodir etilgan ruhiy zoʻravonlik natijasida ularda kuchli stress yoki depressiya belgilari mavjud boʻlmasa;
oila aʼzolari orasida salbiy odatlar (spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki inson aql-irodasiga taʼsir etuvchi boshqa moddalarga qaram boʻlib qolgan), gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarni sodir etishga moyil boʻlgan va (yoki) sodir etuvchi shaxslar mavjud boʻlsa;
b) quyidagi omillar mavjud boʻlganda, xavf darajasi “yuqori” deb baholanadi:
bolaning hayoti yoki sogʻligʻiga jiddiy tahdid mavjud boʻlgan holda, zudlik bilan aralashuvni va himoya qilish choralarini koʻrishni talab qilsa;
bolalarga nisbatan jismoniy va jinsiy zoʻravonliklar (maʼmuriy huquqbuzarlik yoki jinoyat alomatlari mavjud boʻlgan holatlar) sodir etilgan boʻlsa;
ota-ona yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar, shuningdek, tarbiya, taʼlim va sogʻligʻini saqlash majburiyatlari yuklangan shaxslar tomonidan bolalarga nisbatan gʻamxoʻrlik koʻrsatmaslik holatlari mavjud boʻlsa.
11. Ruhiy zoʻravonlik natijasida bolalarda kuchli stress yoki depressiya belgilarining mavjudligi “Inson” markazi xulosasi asosida aniqlanadi. Zaruratga koʻra, mazkur xulosani qabul qilish jarayoniga “Inson” markazi tomonidan tuman tibbiyot birlashmasi mutaxassislari jalb etilishi mumkin.
12. Dastlabki baholash natijasi boʻyicha bolaning hayotiga yoki sogʻligʻiga xatar “past” darajada deb hisoblanganda, “Inson” markazi ijtimoiy xodimi “mahalla yettiligi”ning qolgan aʼzolari, taʼlim va sogʻliqni saqlash muassasalari bilan birgalikda:
oiladagi vaziyat yomonlashuvining oldini olish, vaqtincha yuzaga kelgan qiyinchiliklarni bartaraf etish;
oilaning ehtiyojlari asosida ijtimoiy, psixologik va huquqiy xizmat koʻrsatish;
bolani taʼlimga jalb qilish, zarur hollarda, tibbiy yordam olishga koʻmaklashish;
oilaning salbiy odatlarga ruju qoʻygan, gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarni sodir etishga moyil boʻlgan va (yoki) sodir etuvchi aʼzolariga tibbiy va psixologik yordam koʻrsatish;
oilani mustahkamlash va qoʻllab-quvvatlashga, ota-onaning ota-onalik koʻnikmalarini rivojlantirishga, bolada hayotiy koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan dasturlarga jalb etish orqali oiladagi muhitni yaxshilash hamda zoʻravonlik xavfini bartaraf etish boʻyicha mahalla darajasida boshqa ishlarni tashkil etadi.
Bunda oiladagi holat bir oy davomida kuzatib boriladi va oilaning ehtiyojlari asosida ijtimoiy xizmat va yordamlar koʻrsatiladi.
13. Bolaning hayotiga yoki sogʻligʻiga xavf darajasi “yuqori” deb baholanganida, “Inson” markazi ichki ishlar organi bilan birgalikda bolaning hayotiga yoki sogʻligʻiga bevosita tahdid soluvchi omillarni zudlik bilan bartaraf etish choralarini koʻradi, shuningdek, bolaning hayotiga yoki sogʻligʻiga bevosita tahdid soluvchi omillarni bartaraf etish boʻyicha choralar koʻrishga vakolatli boʻlgan tegishli davlat organlariga yoki mansabdor shaxslarga murojaat qiladi.
Bunda ichki ishlar organi “Inson” markazi bilan birgalikda bolaning hayotiga yoki sogʻligʻiga bevosita tahdid soluvchi omillarni bartaraf etish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan quyidagi choralardan birini koʻradi:
zoʻravonlik sodir etgan shaxsni qonunda belgilangan tartibda va asoslarda maʼmuriy yoʻl bilan ushlab turish hamda protsessual majburlov choralarini qoʻllash;
zoʻravonlikdan jabrlangan bola yoki oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolaga yoxud uning qonuniy vakiliga himoya orderini berish;
zoʻravonlikdan jabrlangan bolani yoki oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolani ota-onasidan (ularning biridan) yoxud uni oʻz qaramogʻiga olgan boshqa shaxslardan olib qoʻyish va uning xavfsizligini taʼminlash.
14. Bolaning hayotiga yoki sogʻligʻiga bevosita tahdid soluvchi omillar bartaraf etilganidan keyin, “Inson” markazi zoʻravonlikdan jabrlangan bolaning yoki oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolaning hayotiy vaziyatini oʻn toʻrt kalendar kun ichida kompleks baholashdan oʻtkazadi.
Kompleks baholashga masʼul davlat organlari va tashkilotlarining tegishli mutaxassislari jalb etiladi.
15. Kompleks baholash jarayonida “Inson” markazi quyidagilarni oʻrganadi:
bolaning jismoniy, ruhiy, sogʻligʻi va xavfsizligi holati;
bolaga nisbatan sodir etilgan zoʻravonlikning oqibatlari;
bolaning taʼlim va tarbiya olishi uchun yaratilgan sharoitlar;
bolaning yashash sharoitlari;
bola va oilaning ehtiyojlari;
ota-onalarning farzand tarbiyasi borasidagi koʻnikmalari;
bola va unga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan shaxs oʻrtasidagi, shuningdek, oiladagi va taʼlim tashkilotidagi oʻzaro munosabatlar;
bolaga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishiga olib kelgan omillar;
zoʻravonlik sodir etilishiga sabab boʻlgan boshqa holatlar.
3-bob. Himoya qilish rejasini ishlab chiqish va uni amalga oshirish tartibi
16. Kompleks baholash natijalariga koʻra “Inson” markazi uch ish kuni ichida masʼul davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda zoʻravonlikdan jabrlangan bola yoki oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolaning hamda uning qonuniy vakilining (bundan bolaning hayoti va sogʻligʻiga tahdid soluvchi harakatlarni (harakatsizlikni) sodir etgan qonuniy vakillar mustasno) ishtirokida bolani himoya qilish rejasini ishlab chiqadi.
17. Himoya qilish rejasida quyidagi chora-tadbirlar belgilanishi mumkin:
himoya orderini berish;
zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarga va oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolalarga huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy va boshqa yordam koʻrsatish;
zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarning hamda oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolalarning oilalarini mustahkamlash va qoʻllab-quvvatlash;
zoʻravonlikdan jabrlangan bolani va oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolani ota-onasidan (ularning biridan) yoki bolani oʻz qaramogʻiga olgan boshqa shaxslardan bolaning hayotiga yoxud sogʻligʻiga bevosita tahdid mavjud boʻlganda vaqtincha olib qoʻyish;
zoʻravonlikdan jabrlangan yoki zoʻravonlikka guvoh boʻlgan bolalarni “Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunida nazarda tutilgan hollarda, jinoyat ishini yuritish chogʻida himoya qilish choralarini qoʻllash.
18. Himoya orderi ichki ishlar organlari tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda beriladi va zoʻravonlikdan jabrlangan bola yoki oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolaga yoxud uning qonuniy vakiliga “Inson” markazi xodimi ishtirokida topshiriladi.
Zoʻravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil boʻlgan shaxsga himoya orderining nusxasi beriladi hamda unga ichki ishlar organining mansabdor shaxsi himoya orderining shartlari va uni bajarmaslik oqibatlari, shuningdek, zoʻravonlik xulq-atvorini oʻzgartirish boʻyicha tuzatish dasturlaridan oʻtish zarurati bilan tanishtiradi.
Himoya orderi “Inson” markazi bilan kelishilgan holda, tegishli hududda zoʻravonlikning yakka tartibdagi profilaktikasini amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan ichki ishlar organining mansabdor shaxsi tomonidan xavf darajasini baholashga asoslangan zoʻravonlik fakti yoki uning sodir etilishi tahdidi aniqlangan paytdan eʼtiboran yigirma toʻrt soat ichida oʻttiz kun muddatgacha beriladi va rasmiylashtirilgan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi.
19. Zoʻravonlikdan jabrlangan bolaga va oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolaga quyidagilarni oʻz ichiga oladigan zarur huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy va boshqa yordam koʻrsatiladi:
bola olgan, uning kelgusi rivojlanishiga taʼsir koʻrsatadigan ruhiy yoki jismoniy jarohatning salbiy taʼsirini kamaytirish;
hayot sifatini oshirish va ruhiy-hissiy osoyishtalikni taʼminlash;
xulq-atvoridagi ogʻishishlarning yoki oila aʼzolari, tengdoshlari bilan munosabatlaridagi buzilishlarning oldini olish va (yoki) ularning oqibatlarini bartaraf etish;
sogʻliqni tiklash va mustahkamlash;
bolaning reabilitatsiyasini va jamiyatdagi, shu jumladan, tengdoshlari guruhidagi, oilaviy muhitdagi ijtimoiy moslashuvini yengillashtirish;
zoʻravonlik sodir etgan shaxsdan moddiy zararning oʻrnini qoplash va maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilish boʻyicha choralar koʻrish;
yuridik yordam koʻrsatish, huquqiy axborot va huquqiy maslahatlar berish;
zoʻravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil boʻlgan shaxs bilan muloqotni cheklash yoki muloqotga toʻsqinlik qilish;
ularning vaqtinchalik xavfsizligini, ularning parvarishini taʼminlash va parvarishini amalga oshiradigan shaxsni tayinlash;
xavfsiz boshpana berish;
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa choralar.
20. Zoʻravonlikdan jabrlangan bolaning va oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolaning manfaatlaridan kelib chiqib, uning oila aʼzolariga oilani mustahkamlash hamda qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan, bolaning hayotiga yoki sogʻligʻiga bevosita tahdid soluvchi omillarni bartaraf etish boʻyicha masʼul davlat organlari va tashkilotlarining tegishli mutaxassislari jalb etilgan holda quyidagi xizmatlar koʻrsatiladi:
zoʻravonlik sodir etganlikda aybdor shaxsning hissiy barqarorligini taʼminlash, shuningdek mazkur shaxsning ota-onalik salohiyatini, harakatlari uchun javobgarligini va ularning oqibatlarini anglab yetishi uchun ijtimoiy, psixologik, pedagogik jihatdan qoʻllab-quvvatlash;
bolaga nisbatan zoʻravonlik, uning bola uchun oqibatlari hamda qonunchilikda belgilangan javobgarlik toʻgʻrisida axborot va maslahatlar berish orqali oila aʼzolarining huquqiy savodxonligini oshirish;
zoʻravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil boʻlgan shaxsda ruhiy holat buzilishlari aniqlangan taqdirda, belgilangan tartibda psixiatriya yordamini koʻrsatish;
bolaga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishiga bilvosita taʼsir koʻrsatgan iqtisodiy qiyinchiliklarni bartaraf etish maqsadida ish qidirayotgan shaxslarga va ishsiz shaxslarga xizmatlar koʻrsatish, shu jumladan tadbirkorlikka jalb etish, oʻzini oʻzi band qilishni rivojlantirishga doir faoliyatni tashkil etish, kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga va malakani oshirishga yuborish hamda boshqa choralar koʻrish orqali oilaning moliyaviy barqarorligini taʼminlashga koʻmaklashish;
bolaga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi tahdidi hisobga olingan holda, qonunchilikda taqiqlanmagan hamda xavf omillarini bartaraf etishga, oilani mustahkamlash va qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan boshqa xizmatlarni koʻrsatish.
21. Bolaning hayoti va sogʻligʻi bevosita xavf ostida qolgan taqdirda “Inson” markazi bolani ota-onasidan (ularning biridan) yoki uni oʻz qaramogʻiga olgan boshqa shaxslardan zudlik bilan olib qoʻyishga doir choralar koʻradi.
Bolani zudlik bilan olib qoʻyish fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining tegishli hujjatiga asosan profilaktika inspektori ishtirokida amalga oshiriladi.
Bola ota-onasidan (ularning biridan) yoki uni oʻz qaramogʻiga olgan boshqa shaxslardan olib qoʻyilganda, “Inson” markazi Qonunning 38-moddasida nazarda tutilgan joylashtirish shakllariga joylashtirish choralarini koʻradi.
“Inson” markazi bola olib qoʻyilganligi toʻgʻrisida oʻsha hududdagi prokurorni xabardor qiladi hamda yetti kun ichida bolaning ota-onasining ota-onalik huquqini cheklash toʻgʻrisida sudga daʼvo bilan murojaat qiladi.
4-bob. Himoya qilish rejasi monitoringini amalga oshirish
22. Himoya qilish rejasining monitoringi bir oy davomida bolalarga nisbatan zoʻravonlikning oldini olish boʻyicha alohida chora-tadbirlar samaradorligini aniqlash, himoya qilish rejasini qayta koʻrib chiqish yoki uning amal qilishini tugatish maqsadida “Inson” markazi va ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Bunda monitoring jarayoniga bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi boshqa davlat organlari va tashkilotlari jalb etilishi mumkin.
Himoya qilish rejasini qayta koʻrib chiqish zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarning va oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolalarning hayotiy vaziyati oʻzgarishi munosabati bilan amalga oshiriladi.
23. Monitoring natijasiga koʻra “Inson” markazlari va ichki ishlar organlari tomonidan quyidagilar amalga oshiriladi:
xatar omillari mavjud boʻlganda, himoya qilish rejasini qayta koʻrib chiqish;
zoʻravonlik holati toʻliq bartaraf etilgan taqdirda, himoya qilish rejasining amal qilishini tugatish.
24. Himoya qilish rejasining amal qilishini tugatish uchun quyidagilar asos boʻladi:
zoʻravonlik oqibatlari yoki zoʻravonlik sodir etilishi tahdidi bartaraf etilganligi;
bolaning oʻn sakkiz yoshga toʻlganligi;
bolaning vafot etganligi.
5-bob. Bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan shaxslarga nisbatan qoʻllaniladigan taʼsir choralari
25. Zoʻravonlik takroran sodir etilishining oldini olish hamda zoʻravonlikdan jabrlanuvchining xavfsizligini taʼminlash maqsadida ichki ishlar organlari tomonidan bolaga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil boʻlgan shaxsning xulq-atvorini oʻzgartirish yuzasidan psixologik va ijtimoiy yordam koʻrsatishga doir chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
26. Bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil boʻlgan shaxslarga qonunchilik hujjatlariga muvofiq quyidagi taʼsir choralari qoʻllanilishi mumkin:
tuzatish dasturidan oʻtish;
bolalarini olib qoʻyish;
ota-onalik huquqini cheklash yoki ota-onalik huquqidan mahrum qilish;
narkologiya muassasalarida majburiy davolanish;
majburiy tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini tayinlash;
qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish.
27. Zoʻravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil boʻlgan shaxslar haqidagi maʼlumotlar masʼul davlat organlari va tashkilotlari tomonidan Qonunning 45-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasining yagona elektron maʼlumotlar bazasiga kiritiladi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
28. Bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil boʻlgan shaxslar “Inson” markazlari, ichki ishlar organlari va boshqa masʼul davlat organlari va tashkilotlarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan yuqori turuvchi organlarga va (yoki) sudga shikoyat qilishlari mumkin.
29. Ushbu Nizomni qoʻllash jarayonida yuzaga kelgan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
30. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatlarini aniqlash, zoʻravonlik xavfi darajasini baholash, himoya qilish rejasini ishlab chiqish hamda uni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatlarini aniqlash, xabar berish, zoʻravonlik xavfi darajasini baholash va himoya qilish rejasini ishlab chiqish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Zoʻravonlikdan jabrlangan yoki oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolalar yoxud ularning qonuniy vakillari, qarindoshlari yoki boshqa shaxslar

Zoʻravonlik holati toʻgʻrisida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi (keyingi oʻrinlarda — “Inson” markazi), ichki ishlar organlari, shuningdek, bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlarga murojaat qiladi.

Zoʻravonlik holati yuz berganda

2-bosqich

Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlar

Zoʻravonlikdan jabrlangan bolalar yoki oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolalar toʻgʻrisidagi murojaat kelib tushgan yoki faktlar aniqlangan taqdirda, belgilangan shakldagi xabarnomani toʻldirgan holda bu haqida ushbu hududdagi “Inson” markazi hamda ichki ishlar organiga xabar beradi.

Murojaat kelib tushgan yoki faktlar aniqlangandan soʻng darhol

3-bosqich

“Inson” markazi, ichki ishlar organi

1. Zoʻravonlik sodir etilganligi fakti toʻgʻrisidagi axborotni olgan paytdan eʼtiboran zoʻravonlikdan jabrlangan bolaning, shuningdek, oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolaning hayotiy vaziyatini zudlik bilan dastlabki baholashdan oʻtkazadi.

1 kun ichida

2. Dastlabki baholash natijasi boʻyicha bolaning hayotiga yoki sogʻligʻiga xavf “past” darajada deb hisoblanganda, “mahalla yettiligi”ning qolgan aʼzolari, taʼlim va sogʻliqni saqlash muassasalari bilan birgalikda oiladagi vaziyat yomonlashuvining oldini olish, vaqtincha yuzaga kelgan qiyinchiliklarni bartaraf etish va zoʻravonlik xavfini bartaraf etish yuzasidan mahalla darajasida ishlarni tashkil etadi.

3. Dastlabki baholash natijasida bolaga nisbatan zoʻravonlik holati aniqlanmagan hollarda, bu toʻgʻrisida xulosa tuzadi hamda xulosani murojaatchiga taqdim etadi.

Xulosa tuzilgan kunda

4. Bolaning hayotiga yoki sogʻligʻiga xavf “yuqori” darajada deb hisoblanganda, bolaning hayotiga yoki sogʻligʻiga bevosita tahdid soluvchi omillarni bartaraf etish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan choralarni koʻradi hamda bolaning hayotiy vaziyatini kompleks baholashdan oʻtkazadi.

14 kalendar kun ichida

4-bosqich

“Inson” markazi, bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlar

1. Kompleks baholash natijalariga koʻra zoʻravonlikdan jabrlangan bola yoki oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolaning hamda uning qonuniy vakilining (bundan bolaning hayoti va sogʻligʻiga tahdid soluvchi harakatlarni (harakatsizlikni) sodir etgan qonuniy vakillar mustasno) ishtirokida himoya qilish rejasini ishlab chiqadi.

3 ish kuni ichida

2. Himoya qilish rejasida belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Himoya qilish rejasida belgilangan muddatlarda

Bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatlarini aniqlash, zoʻravonlik xavfi darajasini baholash, himoya qilish rejasini ishlab chiqish hamda uni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

NAMUNA

Zoʻravonlikdan jabrlangan bolalar yoki oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolalar toʻgʻrisidagi faktlar aniqlanganligi toʻgʻrisida

XABARNOMA

I. YUBORUVCHI:

1. Tashkilot nomi.

2. Xodimning F.I.O., va lavozimi.

Yuborilgan vaqt va sana:

Raqam*:

II. QABUL QILUVCHI:

1. _______________ tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi.

2. Masʼul xodimning F.I.O.

III. JABRLANGAN BOLA HAQIDA MAʼLUMOTLAR:

Bolaning F.I.O.

Yoshi

Jinsi:

□ A

□ E

IV. HODISA HAQIDA MAʼLUMOTLAR:

Hodisa kuni/vaqti:

Hodisa joyi:

Hodisaning qisqa tafsilotlari:

V. HODISANI SODIR ETGAN SHAXS HAQIDA MAʼLUMOTLAR:

F.I.O:

Manzil:

Telefon raqam

1. Jabrlangan bola bilan munosabat:

□ ota-ona; □ qarindosh; □ mahalladosh; □ boshqa bola;

□ notanish shaxs; □ boshqa shaxs _________ (koʻrsatiladi).

2. Bolaga yaqinligi: □ doimiy; □ baʼzan; □ yaqinligi yoʻq.

VI. BOLANI HIMOYA QILISH BOʻYICHA HARAKATLAR ZARURLIGINI ANIQLASH MEZONLARI (savollar hodisa haqida xabar bergan shaxsga beriladi)

1. Bolani urish, uloqtirish/turtish, bolaga ogʻir jismlarni otish.

2. Bolani boʻgʻish.

3. Bolani qasddan issiq jismlar yoki boshqa yoʻllar bilan kuydirish.

4. Jinsiy zoʻravonlik belgilari.

5. Bolaga eʼtiborsizlik/gʻamxoʻrlik koʻrsatmaslikning aniq belgilari.

VII. BOLA XAVFSIZLIGINI ZUDLIK BILAN TAʼMINLASH BOʻYICHA AMALGA OSHIRILADIGAN HARAKATLAR

1. Bolaga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan shaxs izolyatsiya qilingan (manzil koʻrsatiladi).

2. Bola xavfsiz joyga joylashtirilgan (manzil, telefon raqami koʻrsatiladi).

3. Bola zoʻravonlikka aloqasi boʻlmagan ota yoki ona bilan birga boʻlsa, belgilanadi.

4. Boshqa muhim tafsilotlar.

* Izoh. Xabarnomaga raqam uni olgan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining Bolalarni ijtimoiy himoya qilish shuʼbasi xodimi tomonidan beriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 440-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 4-yanvardagi 3-son qarorida:
a) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi va “Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq, shuningdek, xotin-qizlar va bolalarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari tazyiq va zoʻravonlikdan ishonchli himoya qilinishini taʼminlash borasidagi ishlar samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi”;
b) 1-bandning ikkinchi xatboshisidagi “xotin-qizlarga” soʻzlari “xotin-qizlar va bolalarga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
nomidagi va 1-bandidagi “xotin-qizlarga” soʻzlari “xotin-qizlar va bolalarga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-band “tomonidan” soʻzidan oldin “hamda voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha inspektor-psixologlar (keyingi oʻrinlarda inspektor-psixolog deb ataladi)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
4-banddagi “xotin-qizlarni” soʻzlari “xotin-qizlar va bolalarni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tazyiq va zoʻravonlik jabrlanuvchisi (uning qonuniy vakili)ning murojaati”;
51-banddagi “Shaxs” soʻzi “Jabrlanuvchi (uning qonuniy vakili)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Xotin-qizlar va bolalarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi vakolatli organlar va tashkilotlar jabrlangan xotin-qizlar va bolalar boʻyicha maʼlumotga ega boʻlgach ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi xabarnomani darhol ichki ishlar organlariga taqdim etadi”;
8-band “xotin-qizlar” soʻzlaridan keyin “va bolalar” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Ichki ishlar organlarining navbatchilik qismida belgilangan tartibda qayd etilgan murojaatlar va xabarlar darhol profilaktika inspektoriga yoki xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektorga hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga, shuningdek, holat taʼlim tashkilotlari hududida sodir etilgan boʻlsa, inspektor-psixologlarga taqdim etiladi.
YIDXP orqali yuborilgan murojaatlar profilaktika inspektori va inspektor-psixologning planshetiga hamda “Yagona milliy ijtimoiy himoya axborot tizimiga” avtomatik tarzda yuboriladi”;
10-band “Profilaktika inspektori hamda xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektor” soʻzlari “Profilaktika inspektori, xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektor va inspektor-psixolog” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “Profilaktika inspektori hamda xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektor” soʻzlari “Profilaktika inspektori, xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektor va inspektor-psixolog” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda himoya orderi zoʻravonlikdan jabrlanuvchi bolaga yoki uning qonuniy vakiliga “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi (keyingi oʻrinlarda — “Inson” markazi) xodimi ishtirokida topshiriladi”;
uchinchi — beshinchi xatboshilar tegishlicha toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
toʻrtinchi xatboshi “jabrlanuvchining” soʻzidan keyin “(uning qonuniy vakilining)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
beshinchi xatboshi “fuqarolar yigʻini raisi va mahalladagi xotin-qizlar faoli” soʻzlari “fuqarolar yigʻini raisi, mahalladagi xotin-qizlar faoli va ijtimoiy xodim” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshi “sud tomonidan” soʻzlaridan keyin “muomala layoqati cheklangan yoki” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
ikkinchi xatboshi “profilaktika inspektori yoki xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektor” soʻzlaridan keyin “yoxud inspektor-psixolog” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
13-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Himoya orderi jabrlanuvchi (shu jumladan uning qonuniy vakili) hamda zoʻravonlik sodir etgan shaxs ishtirokida profilaktika inspektori yoki xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektor tomonidan planshet yordamida elektron shaklda rasmiylashtiriladi. Bunda zoʻravonlik sodir etgan shaxs oʻn olti yoshga toʻlmagan hollarda himoya orderi berilmaydi”;
14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Elektron shaklda rasmiylashtirilgan himoya orderi jabrlanuvchi (uning qonuniy vakili) hamda zoʻravonlik sodir etgan shaxsga yuboriladi.
Jabrlanuvchi yoki zoʻravonlik sodir etgan shaxsga himoya orderini elektron shaklda yuborishning imkoni boʻlmaganda yoki ularning (shu jumladan jabrlanuvchining qonuniy vakili) talabiga asosan himoya orderining chop etilgan qogʻoz nusxasi ham taqdim etilishi mumkin.
Zoʻravonlik sodir etgan shaxs himoya orderini olish toʻgʻrisidagi tegishli hujjatni imzolashni rad etgan taqdirda, himoya orderini topshirayotgan ichki ishlar organining mansabdor shaxsi tomonidan xolislar ishtirokida dalolatnoma tuziladi”;
16-band “Profilaktika inspektori yoki xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektor” soʻzlaridan keyin “yoxud inspektor-psixolog” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18. Himoya orderida quyidagi cheklovlar nazarda tutilishi mumkin:
tazyiq oʻtkazishni va zoʻravonlik sodir etishni taqiqlash;
tazyiq oʻtkazgan yoki zoʻravonlik sodir etgan yoxud uni sodir etishga moyil boʻlgan shaxsning jabrlanuvchilar bilan aloqasini taqiqlash (ish joylarida va taʼlim muassasalarida tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchining tazyiq oʻtkazgan va zoʻravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil boʻlgan shaxs bilan bilvosita aloqasiga yoʻl qoʻyiladi);
tazyiq oʻtkazilgan va zoʻravonlik sodir etilgan taqdirda tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchining hamda tazyiq oʻtkazgan va zoʻravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil boʻlgan shaxsning bir xonada yoki transport vositasida (bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil boʻlgan shaxs uchun) birga boʻlishini taqiqlash;
tazyiq oʻtkazgan va zoʻravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil boʻlgan shaxsning zimmasiga tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchini davolash, unga maslahat berish, uni tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchilarga yordam koʻrsatish boʻyicha maxsus markazga joylashtirish uchun xarajatlarning, yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplash, shuningdek, maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilish majburiyatini yuklash;
zoʻravonlik sodir etgan shaxsning qurolni (bundan xizmat quroli mustasno) saqlash va olib yurish huquqini himoya orderining amal qilishi yoki unda koʻrsatilgan muddat davrida cheklash yoxud taqiqlash, shuningdek, qurol sotib olish uchun ruxsatnoma olishga doir huquqini taqiqlash.
Himoya orderida qonunchilik hujjatlarida belgilanmagan boshqa cheklovlarni nazarda tutish taqiqlanadi.”;
quyidagi mazmundagi 181-band bilan toʻldirilsin:
“181. Himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi masalani hal qilishda sud voyaga yetmagan shaxsga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan shaxsga ushbu Nizomning 18-bandida nazarda tutilgan cheklovlardan tashqari quyidagi cheklovlarni qoʻllashga haqli:
zoʻravonlik sodir etgan shaxsning muayyan joylarga borishini taqiqlash;
narkologik kasallikdan ambulatoriya yoki statsionar sharoitlarda davolanish kabi majburiyatlardan birini yoki bir nechtasini zoʻravonlik sodir etgan shaxsning zimmasiga yuklatish;
zoʻravonlik sodir etgan shaxsning zoʻravonlikdan jabrlanuvchi yashaydigan uy-joy maydonidan yoki agar bir xonadonda doimiy yashasa uning bir qismidan foydalanish, jabrlanuvchining oʻqish yoki ish joyiga yoxud u joylashgan boshqa joylarga yaqinlashish huquqini vaqtinchalik cheklash”;
19-banddagi “Tazyiq oʻtkazgan va zoʻravonlik sodir etgan” soʻzlari “Zoʻravonlik sodir etgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
20 va 21-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“20. Profilaktika inspektori yoki xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektor yoxud inspektor-psixolog himoya orderini rasmiylashtirishda xotin-qizlar va bolalarga nisbatan oʻtkazilgan tazyiq va zoʻravonlik holatidan kelib chiqqan holda zoʻravonlik sodir etgan shaxsga ushbu Nizomning 18-bandida belgilangan bitta yoki bir nechta cheklovni bir vaqtning oʻzida qoʻllashi mumkin.
21. Himoya orderi amal qilish davrida:
a) profilaktika inspektorlari hamda xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektor:
tazyiq va zoʻravonlikning oldini olish, shu jumladan ularning sabablarini hamda shart-sharoitlarini aniqlash va bartaraf etish choralarini koʻradi;
zoʻravonlikdan jabrlanuvchi hamda tazyiq oʻtkazgan va zoʻravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil boʻlgan shaxs bir joyda ishlasa yoxud oʻqisa, jabrlanuvchiga himoya orderi berilganidan keyin bir ish kuni ichida zoʻravonlikdan jabrlanuvchining ish yoki oʻqish joyiga, agar tazyiq oʻtkazgan va zoʻravonlik sodir etgan yoxud uni sodir etishga moyil boʻlgan shaxs tashkilot rahbari boʻlsa, yuqori turuvchi organga, zoʻravonlikdan jabrlanuvchi va zoʻravonlik sodir etgan yoxud uni sodir etishga moyil boʻlgan shaxs oʻrtasidagi bevosita aloqani taqiqlash toʻgʻrisida taqdimnoma yuboradi;
xotin-qizlar va bolalarga tazyiq oʻtkazayotgan va ularga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan shaxslar bilan muntazam asosda profilaktika ishlarini olib boradi;
zoʻravonlik sodir etgan shaxsni tuzatish dasturidan oʻtkazish choralarini koʻradi;
himoya orderi talablarining ijrosi ustidan nazorat qiladi hamda uning talablarini buzgan zoʻravonlik sodir etgan shaxslarni javobgarlikka tortish yuzasidan oʻz vakolatlari doirasida choralar koʻradi;
b) mehnat organlari:
zoʻravonlikdan jabrlanuvchi taʼlim olayotgan yoki ishlayotgan tashkilot rahbari tomonidan taqdimnoma olganidan keyin uch ish kuni ichida zoʻravonlikdan jabrlanuvchi hamda tazyiq oʻtkazgan va zoʻravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil boʻlgan shaxs oʻrtasidagi bevosita aloqani bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlaydi;
xotin-qizlar va bolalarga nisbatan ish joyida tazyiq va zoʻravonlik oʻtkazilgan hollarda, bunday hollarga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan, shuningdek, xotin-qizlar va bolalar bilan oʻzaro munosabatlar madaniyatini oshirish boʻyicha tashkilotlarda profilaktika tadbirlarini oʻtkazadi;
himoya orderi talablariga rioya etmaslik holatlari aniqlagan taqdirda bu haqda profilaktika inspektoriga yoki xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektorga yoxud inspektor-psixolog xabar beradi;
tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchi ishlayotgan yoki taʼlim olayotgan tashkilot rahbari taqdimnomani olganidan keyin uch ish kuni ichida jabrlanuvchi hamda tazyiq oʻtkazgan va (yoki) zoʻravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil boʻlgan shaxs oʻrtasidagi bevosita aloqani bartaraf etishga qaratilgan harakatlarni amalga oshiradi;
v) taʼlimni davlat tomonidan boshqarish organlari hamda taʼlim muassasalari:
taqdimnoma olganidan keyin uch ish kuni ichida zoʻravonlikdan jabrlanuvchi hamda zoʻravonlik sodir etgan shaxs oʻrtasidagi bevosita aloqani bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni koʻradi;
taʼlim muassasalarida tahsil oluvchilar orasidan xotin-qizlar va bolalarga nisbatan tazyiq oʻtkazish va zoʻravonlik sodir etishga moyil shaxslar aniqlanganda ularning xulq-atvorini tuzatish, shuningdek, tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanganlarini ijtimoiy reabilitatsiya qilish hamda moslashtirish chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanganlarning taʼlim muassasalarida boʻsh vaqtni mazmunli oʻtkazishini taʼminlash maqsadida tadbirlar tashkil etadi;
himoya orderi talablariga rioya etmaslik holatlari aniqlangan taqdirda bu haqda profilaktika inspektoriga yoki xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektorga yoxud inspektor-psixolog xabar beradi;
g) davlat sogʻliqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sogʻliqni saqlash muassasalari:
tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchilarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
himoya orderi talablariga rioya etmaslik holatlari aniqlangan taqdirda bu haqda profilaktika inspektoriga yoki xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektorga yoxud inspektor-psixolog xabar beradi;
d) Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari:
xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlariga olib keladigan sabablar hamda shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar koʻradi;
jabrlanuvchini ijtimoiy reabilitatsiya qilish hamda buzilgan huquqlarini tiklash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
xotin-qizlarga nisbatan tazyiq oʻtkazganligi va zoʻravonlik sodir etganligi uchun profilaktik hisobda turadigan shaxslar bilan nizoli vaziyatlarni profilaktika qilish, tazyiq va zoʻravonlikning oldini olish choralarini koʻradi;
xotin-qizlarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlarida ijtimoiy reabilitatsiya qilishga hamda oʻz joniga qasd qilishning oldini olishga doir tadbirlar oʻtkazadi;
himoya orderi talablariga rioya etmaslik holatlari aniqlangan taqdirda bu haqda profilaktika inspektoriga yoki xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektorga yoxud inspektor-psixolog xabar beradi;
e) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va mahallalardagi xotin-qizlar faollari:
xotin-qizlar va bolalarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishga doir tadbirlarni amalga oshirishda davlat organlariga koʻmaklashadi;
xotin-qizlar va bolalarga tazyiq oʻtkazayotgan va ularga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan shaxslar bilan olib boriladigan profilaktika ishlarida qatnashadi;
himoya orderining amal qilish muddati mobaynida tegishli hududda istiqomat qiluvchi zoʻravonlikni sodir etgan shaxs, shuningdek, jabrlanuvchi bilan kelgusida bunday hollarning oldini olish maqsadida mahalla faollari ishtirokida suhbatlar oʻtkazadi;
bu haqda profilaktika inspektoriga yoki xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektorga yoxud inspektor-psixolog xabar beradi”;
22-band “profilaktika inspektori yoki xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektor” soʻzlaridan keyin “yoxud inspektor-psixolog” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
23-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“23. Himoya orderi amal qilishi davrida xavf bartaraf etilmagan boʻlsa, himoya orderining amal qilish muddati jabrlanuvchi (uning qonuniy vakili)ning arizasiga koʻra bir yilgacha muddatga jinoyat ishlari boʻyicha sud tomonidan uzaytirilishi mumkin.
Bunda bolaga berilgan himoya orderining amal qilish muddati zoʻravonlikdan jabrlanuvchi oʻn sakkiz yoshga toʻlgach tugashi hisobga olingan holda uzaytiriladi”;
24-band “zoʻravonlikdan jabrlanuvchi” soʻzlaridan keyin “(uning qonuniy vakili)ning” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
28-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“28. Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan, shuningdek, sud tomonidan muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilgan tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchiga himoya orderini berish hamda uni uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza qonuniy vakili, vasiylik yoki homiylik organining vakili hozirligida koʻrib chiqiladi”;
32-band “Profilaktika inspektorlari yoki xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektorlar” soʻzlaridan keyin “yoxud inspektor-psixologlar” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
36-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“36. Xotin-qizlar va bolalarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish chora-tadbirlarini moliyalashtirish “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 31-moddasida hamda “Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 46-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
“Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarni hisobga olish yagona axborot tizimi” jumlasi “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar va bolalarni hisobga olish yagona axborot tizimi” jumlasi bilan almashtirilsin;
“Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar uchun himoya orderi” jumlasi “Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar va bolalar uchun himoya orderi” jumlasi bilan almashtirilsin;
“Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar toʻgʻrisida maʼlumot” jumlasi “Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar va bolalar toʻgʻrisida maʼlumot” jumlasi bilan almashtirilsin;
1-bosqich pozitsiyasida:
“Subyektlar” ustuni “xotin-qizlar” soʻzlaridan keyin “va bolalar (ularning qonuniy vakillari)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“Tadbirlar” ustuni “Xotin-qizlar” soʻzlaridan keyin “va bolalar (ularning qonuniy vakillari)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
2-bosqichning “Tadbirlar” ustuni 2-bandi “profilaktika inspektori yoki xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektoriga” soʻzlaridan keyin “yoxud inspektor-psixologga” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
3-bosqich pozitsiyasi “Tadbirlar” ustunining 1-bandi uchinchi xatboshisidagi “fuqarolar yigʻini raisi va mahalladagi xotin-qizlar faoli” soʻzlari “fuqarolar yigʻini raisi, mahalladagi xotin-qizlar faoli va ijtimoiy xodim” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-bosqich pozitsiyasi “Tadbirlar” ustunidagi “xotin-qizlarni” soʻzlari “xotin-qizlar va bolalarni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
6-bosqichning “Tadbirlar” ustuni 2-bandi “profilaktika inspektori yoki xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektoriga” soʻzlaridan keyin “yoxud inspektor-psixologga” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
7-bosqich pozitsiyasi “Tadbirlar” ustunidagi “Xotin-qizlarga” soʻzlari “Xotin-qizlar va bolalarga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-ilovaning nomidagi “xotin-qizlarga” soʻzlari “xotin-qizlar va bolalarga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
tazyiq oʻtkazgan va zoʻravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil boʻlgan shaxs — xotin-qizlarga nisbatan jismoniy, ruhiy, jinsiy yoki iqtisodiy taʼsir oʻtkazish yoki bunday taʼsir oʻtkazish bilan tahdid qilishga, bolalarga nisbatan jismoniy, jinsiy, ruhiy taʼsir oʻtkazish yoki bunday taʼsir oʻtkazish bilan tahdid qilish, gʻamxoʻrlik koʻrsatmaslik, ekspluatatsiya qilish va taʼqib etish (bulling)ga qaratilgan harakat yoki harakatsizlik qilgan shaxs”;
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
tuzatish dasturidan oʻtuvchi shaxs — xotin-qizlar va bolalarga nisbatan jismoniy, ruhiy, jinsiy, iqtisodiy, gʻamxoʻrlik koʻrsatmaslik, ekspluatatsiya qilish va taʼqib etish (bulling) kabi zoʻravonliklarni sodir etgan hamda zoʻravonlik sodir etishga moyil boʻlgan shaxs”;
3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Tuzatish dasturi zoʻravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil boʻlgan shaxsning (keyingi oʻrinlarda zoʻravonlik sodir etgan shaxs deb ataladi) xotin-qizlar va bolalarga nisbatan zoʻravonligining oldini olish va ularning tajovuzkor xulq-atvorini ijobiy tomonga oʻzgartirish yuzasidan psixologik va ijtimoiy yordam koʻrsatishga doir chora-tadbirlar amalga oshirish hamda uning gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarini mustaqil nazorat qilishga koʻmaklashish orqali xotin-qizlar va bolalarga nisbatan zoʻravonlik takroran sodir etilishining oldini olish hamda zoʻravonlikdan jabrlanuvchining xavfsizligini taʼminlash maqsadida amalga oshiriladi”;
4-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “xotin-qizlarga” soʻzlari “xotin-qizlar va bolalarga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Xorijda ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining bolalarini Oʻzbekiston Respublikasiga qaytarish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2020-yil 7-yanvardagi 6-son qarorida:
a) 2-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari “Ichki ishlar vazirligi” soʻzlaridan keyin “va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
3-band “Ichki ishlar vazirligi,” soʻzlaridan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi,” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
7-band “bosh boshqarmasiga” soʻzlaridan keyin “va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)ga” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
8-band “kelib tushgan vaqtdan boshlab,” soʻzlaridan keyin “Agentlik va uning hududiy boʻlinmalari bilan birgalikda” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari Agentlikning hududiy boʻlinmalari bilan birgalikda qaytarilishi lozim boʻlgan bola toʻgʻrisida fuqarolar yigʻinidan, doimiy yoki vaqtincha yashaganligi, yaqin qarindoshlari, ota-onasi toʻgʻrisida, FHDY organlaridan tugʻilganlik guvohnomasi, xalq taʼlimi boʻlimidan oʻqigan taʼlim muassasasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar olinishini taʼminlaydi”;
11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Barcha maʼlumotlar toʻplangandan soʻng:
3 yoshdan katta bolalarni olib kelish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi rahbariyati va Agentlik rahbariyatining tegishli koʻrsatmasiga asosan ichki ishlar organlari va Agentlik hududiy boʻlinmalari masʼul xodimlariga;
3 yoshga toʻlmagan bolalarni olib kelish boʻyicha Ichki ishlar vazirligi, Agentlik hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi rahbariyatining tegishli koʻrsatmasiga asosan ichki ishlar, Agentlik hududiy boʻlinmalari va sogʻliqni saqlash organlari masʼul xodimlariga shu kunning oʻzida xizmat safari guvohnomasi rasmiylashtiriladi hamda bolalarni qaytarish uchun ushbu bolalar ushlab turilgan davlatga xizmat safariga yuboriladi”;
12-band “huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari” soʻzlaridan keyin “va Agentlikning hududiy boʻlinmalari” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
13-band “ichki ishlar” soʻzlaridan keyin “, Agentlik” soʻzi bilan toʻldirilsin;
16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Xorijda ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar olib kelingandan soʻng doimiy yashash joyi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari Agentlik hududiy boʻlinmalari bilan birgalikda ularni ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga qaytarish, muqobil joylashtirish shakllariga yoxud Ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlariga (keyingi oʻrinlarda voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi deb ataladi) qonunchilik hujjatlariga muvofiq joylashtirish choralarini koʻradi”;
2-bosqich pozitsiyasining “Bajarish mexanizmi” ustuni “bosh boshqarmasiga” soʻzlaridan keyin “va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)ga” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
3-bosqich pozitsiyasining “Subyekt” ustuni “bosh boshqarmasi” soʻzlaridan keyin “Agentlik va uning hududiy boʻlinmalari” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
4-bosqich pozitsiyasida:
“Subyekt” ustuni “Ichki ishlar vazirligi” soʻzlaridan keyin “Agentlik,” soʻzi bilan toʻldirilsin;
“Bajarish mexanizmi” ustunining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Barcha maʼlumotlar toʻplangandan soʻng Ichki ishlar vazirligi, Agentlik hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi rahbariyati tegishli koʻrsatmasiga asosan xizmat safari guvohnomasi rasmiylashtiradi”;
5-bosqich pozitsiyasida:
“Subyekt” ustunidagi “Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi” soʻzlari “Ichki ishlar organlari, Agentlik va uning hududiy boʻlinmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Bajarish mexanizmi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xorijda ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar olib kelingandan soʻng doimiy yashash joyi boʻyicha ularni ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga qaytarish, muqobil joylashtirish shakllariga yoxud Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlariga qonunchilik hujjatlariga muvofiq joylashtirish choralarini koʻradi”.
3. Vazirlar Mahkamasining “Tazyiq va zoʻravonlikka uchragan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlariga ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish tizimini yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 25-iyundagi 354-son qarorida:
uchinchi xatboshidagi “tuman (shahar) markaziy shifoxonalarining shoshilinch qabul boʻlimlarining” soʻzlari “shoshilinch qabul boʻlimi mavjud shifoxonalarning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “tuman (shahar) markaziy shifoxonalari shoshilinch qabul boʻlimida” soʻzlari “shoshilinch qabul boʻlimi mavjud shifoxonalarda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 4-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Tuman (shahar) markaziy shifoxonalarining shoshilinch qabul boʻlimlarida” soʻzlari “Shoshilinch qabul boʻlimi mavjud shifoxonalarda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 6-bandda “tuman (shahar) markaziy shifoxonalarining shoshilinch qabul boʻlimlarida” soʻzlari “shoshilinch qabul boʻlimi mavjud shifoxonalarda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi mazmundagi ikkinchi jumla bilan toʻldirilsin:
“Bunda tibbiyot muassasalari masʼullari zoʻravonlikdan jabrlanib, shoshilinch tibbiy xizmat koʻrsatuvchi sogʻliqni saqlash muassasalariga murojaat qilgan xotin-qizlar haqida ichki ishlar organlari navbatchilik qismining “102” telefon raqami bilan birga 1146 qisqa raqamli “ishonch telefoni”ga ham xabar berishlari lozim”;
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlari haqida xabar bergan uchinchi shaxslar haqidagi maʼlumotlar davlat organlari va tashkilotlari tomonidan sir tutilishi taʼminlanadi”;
6-band “vaqtinchalik boshpana (shelter)” soʻzlaridan keyin “oziq-ovqat va shaxsiy gigiyena vositalari bilan taʼminlash,” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
8-bandning uchinchi xatboshisidagi “tuman (shahar) markaziy shifoxonalarining shoshilinch qabul boʻlimlarining” soʻzlari “shoshilinch qabul boʻlimi mavjud shifoxonalarning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Murojaat boʻyicha:
a) 24 soat ichida profilaktika inspektori:
xotin-qizlarga himoya orderini rasmiylashtirish hamda zaruratga koʻra ularni birlamchi koʻmak xonalariga joylashtirish uchun tegishli dalolatnomani rasmiylashtirish choralarini koʻradi;
tazyiq va zoʻravonlikni sodir etgan shaxs bilan suhbat oʻtkazadi;
b) bir ish kuni ichida ijtimoiy xodim xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlarining holatini dastlabki tarzda baholaydi hamda zarur hollarda ularning roziligi asosida birlamchi koʻmak xonasiga joylashtiradi.
Bunda xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari profilaktika inspektori tomonidan birlamchi koʻmak xonasiga joylashtirilganda, ijtimoiy xodim 24 soat ichida ularning holatini dastlabki tarzda baholash choralarini koʻradi”;
20-band “xotin-qizlar” soʻzlaridan keyin “va ularning voyaga yetmagan farzandlari” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
birinchi xatboshi “xotin-qizlar” soʻzlaridan keyin “va ularning voyaga yetmagan farzandlari” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
sakkizinchi xatboshi “Mazkur bandda nazarda tutilgan kasalliklar aniqlangan xotin-qizlar” soʻzlaridan keyin “va ularning voyaga yetmagan farzandlari” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
toʻqqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlarida mazkur bandda nazarda tutilgan kasalliklar aniqlanmagan taqdirda, shoshilinch qabul boʻlimi tibbiy xulosa rasmiylashtiradi hamda “Inson” markazlariga taqdim etadi”;
1-bosqich “Tadbirlar” ustunidagi “tuman (shahar) markaziy shifoxonalarining shoshilinch qabul boʻlimlarining” soʻzlari “shoshilinch qabul boʻlimlari mavjud shifoxonalarning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-bosqich quyidagi tahrirda bayon etilsin:

5-bosqich

Profilaktika inspektori

1. Xotin-qizlarga himoya orderini rasmiylashtirish hamda zaruratga koʻra ularni birlamchi koʻmak xonalariga joylashtirish uchun tegishli dalolatnomani rasmiylashtirish choralarini koʻradi.

2. Tazyiq va zoʻravonlikni sodir etgan shaxs bilan suhbat oʻtkazadi.

Xabar kelib tushganidan soʻng 24 soat ichida

Ijtimoiy xodim

1. Xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari profilaktika inspektori tomonidan birlamchi koʻmak xonasiga joylashtirilganda, ularning holatini dastlabki tarzda baholash choralarini koʻradi.

Birlamchi koʻmak xonasiga joylashtirilgandan soʻng 24 soat ichida

2. Xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlarining holatini dastlabki tarzda baholaydi hamda zarur hollarda ularning roziligi asosida birlamchi koʻmak xonasiga joylashtiradi.

Xabar kelib tushganidan soʻng bir ish kuni davomida

;

6-bosqich “Masʼullar” ustunidagi “Tuman (shahar) markaziy shifoxonalarining shoshilinch qabul boʻlimi” soʻzlari “Shoshilinch qabul boʻlimi mavjud shifoxonalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 2-ilovaning nomidagi “Tuman (shahar) markaziy shifoxonalarining shoshilinch qabul boʻlimlarida” soʻzlari “Shoshilinch qabul boʻlimi mavjud shifoxonalarda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Nogironligi boʻlgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 27-fevraldagi 126-son qarorining 101-bandi chiqarib tashlansin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Avtotransport vositalarini nogironligi boʻlgan shaxslar ehtiyojlariga moslashtirish xarajatlarini qoplash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2025-yil 18-iyundagi 377-son qaroriga 2-ilovaning 4-bandi “b” kichik bandi chiqarib tashlansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 09/25/440/0656-son)