toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi va “Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq, shuningdek, xotin-qizlar va bolalarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari tazyiq va zoʻravonlikdan ishonchli himoya qilinishini taʼminlash borasidagi ishlar samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 09/25/440/0656-son)
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar va bolalarga himoya orderini berish, ijrosini taʼminlash va monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 09/25/440/0656-son)
Tazyiq va zoʻravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil boʻlgan shaxslarning zoʻravonlik xulq-atvorini oʻzgartirish boʻyicha tuzatish dasturidan oʻtishi tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi E.I. Basitxanova va Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 4-yanvar,
3-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-yanvardagi 3-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar va bolalarga himoya orderini berish, ijrosini taʼminlash va monitoring olib borish toʻgʻrisida
NIZOM
(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 09/25/440/0656-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom ichki ishlar organlari tomonidan tazyiq va (yoki) zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar va bolalarga (keyingi oʻrinlarda jabrlanuvchi deb ataladi) himoya orderini, shuningdek tazyiq va zoʻravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil boʻlgan shaxslarga (keyingi oʻrinlarda zoʻravonlik sodir etgan shaxslar deb ataladi) himoya orderining nusxasini berish (keyingi oʻrinlarda jabrlanuvchi va zoʻravonlik sodir etgan shaxslarga himoya orderini berish deb ataladi) tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 09/25/440/0656-son)
2. Himoya orderi ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq seriya va raqamga ega boʻlgan, qatʼiy hisobi yuritiladigan hujjat hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Himoya orderi ichki ishlar organlarining tayanch punkti profilaktika (katta) inspektori (keyingi oʻrinlarda profilaktika inspektori deb ataladi), shuningdek, huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimlari xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektori (keyingi oʻrinlarda xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektor deb ataladi) hamda voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha inspektor-psixologlar (keyingi oʻrinlarda inspektor-psixolog deb ataladi) tomonidan ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq beriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-iyuldagi 441-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2025-y., 09/25/441/0622-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Himoya orderi ichki ishlar organlarining Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar va bolalarni hisobga olish yagona axborot tizimi orqali roʻyxatga olinadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 09/25/440/0656-son)
2-bob. Himoya orderini berish tartibi
5. Quyidagilar himoya orderini berish uchun asos hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
tazyiq va zoʻravonlik jabrlanuvchisi (uning qonuniy vakili)ning murojaati;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 09/25/440/0656-son)
jismoniy yoki yuridik shaxslarning xabarlari, shu jumladan, ommaviy axborot vositalari va (yoki) ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan xabarlar;
tazyiq yoki zoʻravonlik sodir etish yoxud ularni sodir etishga urinish holatlarining vakolatli organlar va tashkilotlar xodimlari tomonidan bevosita aniqlanishi;
davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan olingan materiallar;
Oldingi tahrirga qarang.
Jabrlanuvchiga nisbatan bir kalendar yil davomida ikki va undan ortiq marta tazyiq hamda zoʻravonlik holati aniqlanganda, profilaktika inspektori va xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektor himoya orderini tashabbus tartibida beradi.
(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-iyuldagi 441-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2025-y., 09/25/441/0622-son)
Oldingi tahrirga qarang.
51. Jabrlanuvchi (uning qonuniy vakili) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali murojaat etgan taqdirda, ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani mustaqil ravishda elektron shaklda toʻldiradi.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 09/25/440/0656-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Xotin-qizlar va bolalarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi vakolatli organlar va tashkilotlar jabrlangan xotin-qizlar va bolalar boʻyicha maʼlumotga ega boʻlgach ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi xabarnomani darhol ichki ishlar organlariga taqdim etadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 09/25/440/0656-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Xabarnoma qonunchilik hujjatlariga muvofiq ichki ishlar organlari navbatchilik qismidagi daftarda qayd etiladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Tazyiq va zoʻravonlik toʻgʻrisida habar bergan shaxslar va tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar va bolalar toʻgʻrisidagi shaxsga doir maʼlumotlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qoʻriqlanadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 09/25/440/0656-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Ichki ishlar organlarining navbatchilik qismida belgilangan tartibda qayd etilgan murojaatlar va xabarlar darhol profilaktika inspektoriga yoki xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektorga hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga, shuningdek, holat taʼlim tashkilotlari hududida sodir etilgan boʻlsa, inspektor-psixologlarga taqdim etiladi.
YIDXP orqali yuborilgan murojaatlar profilaktika inspektori va inspektor-psixologning planshetiga hamda “Yagona milliy ijtimoiy himoya axborot tizimiga” avtomatik tarzda yuboriladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 09/25/440/0656-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Profilaktika inspektori, xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektor va inspektor-psixolog ichki ishlar organlari navbatchilik qismlari tomonidan taqdim etilgan yoki YIDXP orqali kelib tushgan murojaatlar va xabarlarni 24 soat mobaynida oʻrganib chiqadi hamda oʻrganish davomida:
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-iyuldagi 441-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2025-y., 09/25/441/0622-son)
jabrlanuvchi va zoʻravonlik sodir etgan shaxslar hamda boshqa shaxslar bilan holat yuzasidan suhbat oʻtkazadi;
Oldingi tahrirga qarang.
jabrlanuvchi va zoʻravonlik sodir etgan shaxsning turmush tarzi, tazyiq va zoʻravonlik sodir etilishining kelib chiqishi sabablari va shart-sharoitlarini, shuningdek, bir kalendar yil davomida mavjud boʻlgan tazyiq hamda zoʻravonlik holatlarini oʻrganadi;
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-avgustdagi 529-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2024-y., 09/24/529/0652-son)
jabrlanuvchi va zoʻravonlik sodir etgan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Profilaktika inspektori, xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektor va inspektor-psixolog murojaat va xabarlarni oʻrganish yakuni boʻyicha:
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-iyuldagi 441-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2025-y., 09/25/441/0622-son)
tazyiq va zoʻravonlik holatlari aniqlangan taqdirda — himoya orderini rasmiylashtiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda himoya orderi zoʻravonlikdan jabrlanuvchi bolaga yoki uning qonuniy vakiliga “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi (keyingi oʻrinlarda — “Inson” markazi) xodimi ishtirokida topshiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 440-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 09/25/440/0656-son)
Oldingi tahrirga qarang.
zoʻravonlik sodir etgan shaxslarga himoya orderi berilganligi toʻgʻrisida jabrlanuvchining (uning qonuniy vakilining) roziligi bilan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini, shuningdek, boshqa tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi vakolatli organlar hamda tashkilotlarni xabardor qiladi;
(11-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 09/25/440/0656-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tazyiq va zoʻravonlik holatlari aniqlanmagan taqdirda qonunchilik hujjatlariga muvofiq tegishli choralarni belgilaydi hamda bu haqda fuqarolar yigʻini raisi, mahalladagi xotin-qizlar faoli va ijtimoiy xodim ishtirokida dalolatnoma rasmiylashtiradi murojaat YIDXP orqali yuborilgan taqdirda, murojaatchiga uni rad etish asoslari koʻrsatilgan holda qaytarilganligi haqida xabar yuboriladi;
(11-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 09/25/440/0656-son)
Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan jinoyat belgilari aniqlangan taqdirda — himoya orderini berish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish bilan bir vaqtda ish materiallarini jinoiy javobgarlik masalasini hal qilish uchun tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organga yuboradi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan, shuningdek, sud tomonidan muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilgan tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchiga himoya orderini berish toʻgʻrisidagi arizasi ularning qonuniy vakili yoki vasiylik va homiylik organining vakili ishtirokida koʻrib chiqiladi.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 09/25/440/0656-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Shaxs himoya orderini olishni va uni imzolashni rad etganda, profilaktika inspektori yoki xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektor yoxud inspektor-psixolog xolislar ishtirokida dalolatnoma tuzadi hamda uni ushbu xatti-harakatni davom ettirgan taqdirda qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilishi toʻgʻrisida rasmiy ogohlantiradi va bu haqda jabrlanuvchini xabardor qiladi.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-iyuldagi 441-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2025-y., 09/25/441/0622-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Himoya orderi jabrlanuvchi (shu jumladan uning qonuniy vakili) hamda zoʻravonlik sodir etgan shaxs ishtirokida profilaktika inspektori yoki xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektor tomonidan planshet yordamida elektron shaklda rasmiylashtiriladi. Bunda zoʻravonlik sodir etgan shaxs oʻn olti yoshga toʻlmagan hollarda himoya orderi berilmaydi.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 09/25/440/0656-son)
Himoya orderi hujjatning haqiqiyligini tekshirish imkonini beruvchi QR-kod (matrik shtrixli kod)ga ega boʻladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-avgustdagi 529-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2024-y., 09/24/529/0652-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Elektron shaklda rasmiylashtirilgan himoya orderi jabrlanuvchi (uning qonuniy vakili) hamda zoʻravonlik sodir etgan shaxsga yuboriladi.
Jabrlanuvchi yoki zoʻravonlik sodir etgan shaxsga himoya orderini elektron shaklda yuborishning imkoni boʻlmaganda yoki ularning (shu jumladan jabrlanuvchining qonuniy vakili) talabiga asosan himoya orderining chop etilgan qogʻoz nusxasi ham taqdim etilishi mumkin.
Zoʻravonlik sodir etgan shaxs himoya orderini olish toʻgʻrisidagi tegishli hujjatni imzolashni rad etgan taqdirda, himoya orderini topshirayotgan ichki ishlar organining mansabdor shaxsi tomonidan xolislar ishtirokida dalolatnoma tuziladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 09/25/440/0656-son)
15. Himoya orderi oʻttiz kun muddatgacha beriladi va ushbu order rasmiylashtirilgan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Profilaktika inspektori yoki xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektor yoxud inspektor-psixolog himoya orderi berilganidan soʻng uch kun muddatda bu haqda tegishli tuman (shahar) ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (boʻlimi) boshligʻining huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari boʻyicha oʻrinbosarini xabardor qiladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-iyuldagi 441-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2025-y., 09/25/441/0622-son)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Tuman (shahar) ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (boʻlimi) boshligʻining huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari boʻyicha oʻrinbosari himoya orderini rasmiylashtirish uchun toʻplangan materiallarni oʻrganib, taraflar fikrini eshitgan holda profilaktika inspektorining, xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektorning himoya orderini berish toʻgʻrisidagi qarorini bekor qilishga haqli.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-iyuldagi 441-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2025-y., 09/25/441/0622-son)
3-bob. Himoya orderining ijrosini taʼminlash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
18. Himoya orderida quyidagi cheklovlar nazarda tutilishi mumkin:
tazyiq oʻtkazishni va zoʻravonlik sodir etishni taqiqlash;
tazyiq oʻtkazgan yoki zoʻravonlik sodir etgan yoxud uni sodir etishga moyil boʻlgan shaxsning jabrlanuvchilar bilan aloqasini taqiqlash (ish joylarida va taʼlim muassasalarida tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchining tazyiq oʻtkazgan va zoʻravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil boʻlgan shaxs bilan bilvosita aloqasiga yoʻl qoʻyiladi);
tazyiq oʻtkazilgan va zoʻravonlik sodir etilgan taqdirda tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchining hamda tazyiq oʻtkazgan va zoʻravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil boʻlgan shaxsning bir xonada yoki transport vositasida (bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil boʻlgan shaxs uchun) birga boʻlishini taqiqlash;
tazyiq oʻtkazgan va zoʻravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil boʻlgan shaxsning zimmasiga tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchini davolash, unga maslahat berish, uni tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchilarga yordam koʻrsatish boʻyicha maxsus markazga joylashtirish uchun xarajatlarning, yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplash, shuningdek, maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilish majburiyatini yuklash;
zoʻravonlik sodir etgan shaxsning qurolni (bundan xizmat quroli mustasno) saqlash va olib yurish huquqini himoya orderining amal qilishi yoki unda koʻrsatilgan muddat davrida cheklash yoxud taqiqlash, shuningdek, qurol sotib olish uchun ruxsatnoma olishga doir huquqini taqiqlash.
Himoya orderida qonunchilik hujjatlarida belgilanmagan boshqa cheklovlarni nazarda tutish taqiqlanadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 09/25/440/0656-son)
Oldingi tahrirga qarang.
181. Himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi masalani hal qilishda sud voyaga yetmagan shaxsga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan shaxsga ushbu Nizomning 18-bandida nazarda tutilgan cheklovlardan tashqari quyidagi cheklovlarni qoʻllashga haqli:
zoʻravonlik sodir etgan shaxsning muayyan joylarga borishini taqiqlash;
narkologik kasallikdan ambulatoriya yoki statsionar sharoitlarda davolanish kabi majburiyatlardan birini yoki bir nechtasini zoʻravonlik sodir etgan shaxsning zimmasiga yuklatish;
zoʻravonlik sodir etgan shaxsning zoʻravonlikdan jabrlanuvchi yashaydigan uy-joy maydonidan yoki agar bir xonadonda doimiy yashasa uning bir qismidan foydalanish, jabrlanuvchining oʻqish yoki ish joyiga yoxud u joylashgan boshqa joylarga yaqinlashish huquqini vaqtinchalik cheklash.
(181-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 440-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 09/25/440/0656-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Zoʻravonlik sodir etgan shaxsdan qurol va uning oʻq-dorilarini olib qoʻyish hamda saqlash qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 09/25/440/0656-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: “Qurol toʻgʻrisida”gi Qonunning 28-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Profilaktika inspektori yoki xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektor yoxud inspektor-psixolog himoya orderini rasmiylashtirishda xotin-qizlar va bolalarga nisbatan oʻtkazilgan tazyiq va zoʻravonlik holatidan kelib chiqqan holda zoʻravonlik sodir etgan shaxsga ushbu Nizomning 18-bandida belgilangan bitta yoki bir nechta cheklovni bir vaqtning oʻzida qoʻllashi mumkin.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 09/25/440/0656-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Himoya orderi amal qilish davrida:
a) profilaktika inspektorlari hamda xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektor:
tazyiq va zoʻravonlikning oldini olish, shu jumladan ularning sabablarini hamda shart-sharoitlarini aniqlash va bartaraf etish choralarini koʻradi;
zoʻravonlikdan jabrlanuvchi hamda tazyiq oʻtkazgan va zoʻravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil boʻlgan shaxs bir joyda ishlasa yoxud oʻqisa, jabrlanuvchiga himoya orderi berilganidan keyin bir ish kuni ichida zoʻravonlikdan jabrlanuvchining ish yoki oʻqish joyiga, agar tazyiq oʻtkazgan va zoʻravonlik sodir etgan yoxud uni sodir etishga moyil boʻlgan shaxs tashkilot rahbari boʻlsa, yuqori turuvchi organga, zoʻravonlikdan jabrlanuvchi va zoʻravonlik sodir etgan yoxud uni sodir etishga moyil boʻlgan shaxs oʻrtasidagi bevosita aloqani taqiqlash toʻgʻrisida taqdimnoma yuboradi;
xotin-qizlar va bolalarga tazyiq oʻtkazayotgan va ularga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan shaxslar bilan muntazam asosda profilaktika ishlarini olib boradi;
zoʻravonlik sodir etgan shaxsni tuzatish dasturidan oʻtkazish choralarini koʻradi;
himoya orderi talablarining ijrosi ustidan nazorat qiladi hamda uning talablarini buzgan zoʻravonlik sodir etgan shaxslarni javobgarlikka tortish yuzasidan oʻz vakolatlari doirasida choralar koʻradi;
b) mehnat organlari:
zoʻravonlikdan jabrlanuvchi taʼlim olayotgan yoki ishlayotgan tashkilot rahbari tomonidan taqdimnoma olganidan keyin uch ish kuni ichida zoʻravonlikdan jabrlanuvchi hamda tazyiq oʻtkazgan va zoʻravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil boʻlgan shaxs oʻrtasidagi bevosita aloqani bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlaydi;
xotin-qizlar va bolalarga nisbatan ish joyida tazyiq va zoʻravonlik oʻtkazilgan hollarda, bunday hollarga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan, shuningdek, xotin-qizlar va bolalar bilan oʻzaro munosabatlar madaniyatini oshirish boʻyicha tashkilotlarda profilaktika tadbirlarini oʻtkazadi;
himoya orderi talablariga rioya etmaslik holatlari aniqlagan taqdirda bu haqda profilaktika inspektoriga yoki xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektorga yoxud inspektor-psixolog xabar beradi;
tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchi ishlayotgan yoki taʼlim olayotgan tashkilot rahbari taqdimnomani olganidan keyin uch ish kuni ichida jabrlanuvchi hamda tazyiq oʻtkazgan va (yoki) zoʻravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil boʻlgan shaxs oʻrtasidagi bevosita aloqani bartaraf etishga qaratilgan harakatlarni amalga oshiradi;
v) taʼlimni davlat tomonidan boshqarish organlari hamda taʼlim muassasalari:
taqdimnoma olganidan keyin uch ish kuni ichida zoʻravonlikdan jabrlanuvchi hamda zoʻravonlik sodir etgan shaxs oʻrtasidagi bevosita aloqani bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni koʻradi;
taʼlim muassasalarida tahsil oluvchilar orasidan xotin-qizlar va bolalarga nisbatan tazyiq oʻtkazish va zoʻravonlik sodir etishga moyil shaxslar aniqlanganda ularning xulq-atvorini tuzatish, shuningdek, tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanganlarini ijtimoiy reabilitatsiya qilish hamda moslashtirish chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanganlarning taʼlim muassasalarida boʻsh vaqtni mazmunli oʻtkazishini taʼminlash maqsadida tadbirlar tashkil etadi;
himoya orderi talablariga rioya etmaslik holatlari aniqlangan taqdirda bu haqda profilaktika inspektoriga yoki xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektorga yoxud inspektor-psixolog xabar beradi;
g) davlat sogʻliqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sogʻliqni saqlash muassasalari:
tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchilarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
himoya orderi talablariga rioya etmaslik holatlari aniqlangan taqdirda bu haqda profilaktika inspektoriga yoki xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektorga yoxud inspektor-psixolog xabar beradi;
d) Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari:
xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlariga olib keladigan sabablar hamda shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar koʻradi;
jabrlanuvchini ijtimoiy reabilitatsiya qilish hamda buzilgan huquqlarini tiklash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
xotin-qizlarga nisbatan tazyiq oʻtkazganligi va zoʻravonlik sodir etganligi uchun profilaktik hisobda turadigan shaxslar bilan nizoli vaziyatlarni profilaktika qilish, tazyiq va zoʻravonlikning oldini olish choralarini koʻradi;
xotin-qizlarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlarida ijtimoiy reabilitatsiya qilishga hamda oʻz joniga qasd qilishning oldini olishga doir tadbirlar oʻtkazadi;
himoya orderi talablariga rioya etmaslik holatlari aniqlangan taqdirda bu haqda profilaktika inspektoriga yoki xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektorga yoxud inspektor-psixolog xabar beradi;
e) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va mahallalardagi xotin-qizlar faollari:
xotin-qizlar va bolalarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishga doir tadbirlarni amalga oshirishda davlat organlariga koʻmaklashadi;
xotin-qizlar va bolalarga tazyiq oʻtkazayotgan va ularga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan shaxslar bilan olib boriladigan profilaktika ishlarida qatnashadi;
himoya orderining amal qilish muddati mobaynida tegishli hududda istiqomat qiluvchi zoʻravonlikni sodir etgan shaxs, shuningdek, jabrlanuvchi bilan kelgusida bunday hollarning oldini olish maqsadida mahalla faollari ishtirokida suhbatlar oʻtkazadi;
bu haqda profilaktika inspektoriga yoki xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektorga yoxud inspektor-psixolog xabar beradi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 09/25/440/0656-son)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Zoʻravonlik sodir etgan shaxslar tomonidan himoya orderi talablariga rioya etmaslik holatlari aniqlangan taqdirda profilaktika inspektori yoki xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektor yoxud inspektor-psixolog tomonidan oʻz vakolati doirasida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-iyuldagi 441-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2025-y., 09/25/441/0622-son)
4-bob. Himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
23. Himoya orderi amal qilishi davrida xavf bartaraf etilmagan boʻlsa, himoya orderining amal qilish muddati jabrlanuvchi (uning qonuniy vakili)ning arizasiga koʻra bir yilgacha muddatga jinoyat ishlari boʻyicha sud tomonidan uzaytirilishi mumkin.
Bunda bolaga berilgan himoya orderining amal qilish muddati zoʻravonlikdan jabrlanuvchi oʻn sakkiz yoshga toʻlgach tugashi hisobga olingan holda uzaytiriladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 09/25/440/0656-son)
Oldingi tahrirga qarang.
24. Tazyiq va zoʻravonlik yoki ularni sodir etish xavfi bartaraf etilmagan taqdirda, tegishli hududda tazyiq va zoʻravonlikning yakka tartibdagi profilaktikasini amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan profilaktika (katta) inspektori yoki xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektor tomonidan tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchi (uning qonuniy vakili)ning arizasiga koʻra bir ish kuni ichida himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish boʻyicha materiallar tayyorlanadi hamda himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma rasmiylashtirilgan holda jabrlanuvchining yashash joyidagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudiga yuboriladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-iyuldagi 441-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2025-y., 09/25/441/0622-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
Oldingi tahrirga qarang.
26. Himoya orderining amal qilish muddati uzaytirilgan taqdirda, zoʻravonlik sodir etgan shaxslar zoʻravonlik xulq-atvorini oʻzgartirish boʻyicha tuzatish dasturidan oʻtadi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
27. Himoya orderining amal qilish muddati uzaytirilgan davrda zoʻravonlik sodir etgan shaxslarga qoʻshimcha cheklovlar yoki profilaktik chora-tadbirlar belgilanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
28. Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan, shuningdek, sud tomonidan muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilgan tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchiga himoya orderini berish hamda uni uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza qonuniy vakili, vasiylik yoki homiylik organining vakili hozirligida koʻrib chiqiladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 09/25/440/0656-son)
5-bob. Himoya orderining amal qilish muddatini tugatish tartibi
29. Himoya orderining amal qilishi quyidagi holatlarda tugatiladi:
jabrlanuvchi himoya orderini tugatishni soʻrab murojaat qilganda;
himoya orderida belgilangan muddat (uzaytirilgan muddat) tugaganda;
jabrlanuvchi yoki zoʻravonlik sodir etgan shaxsdan biri sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
sodir etgan jinoyati uchun jabrlanuvchi yoki zoʻravonlik sodir etgan shaxslarning biriga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanganda;
jabrlanuvchilar yoki zoʻravonlik sodir etgan shaxslarning biri sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etilganda;
jabrlanuvchilar yoki zoʻravonlik sodir etgan shaxslarning biri majburiy davolanishga yuborilganda;
jabrlanuvchi va zoʻravonlik sodir etgan shaxslarning biri qonun hujjatlariga muvofiq doimiy yashash joyidan uzoq muddatga boshqa mamlakatga chiqib ketganda;
jabrlanuvchi va zoʻravonlik sodir etgan shaxslardan biri vafot etganda.
30. Himoya orderining amal qilish muddati tugaganligi toʻgʻrisida shu kunning oʻzida jabrlanuvchi va zoʻravonlik sodir etgan shaxslar xabardor qilinadi.
6-bob. Himoya orderini berish faoliyati ustidan monitoring olib borish tartibi
31. Himoya orderini berish faoliyati ustidan ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari tomonidan monitoring olib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
32. Profilaktika inspektorlari yoki xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektorlar yoxud inspektor-psixologlar tomonidan taqdim etilgan jabrlanuvchi, zoʻravonlik sodir etgan shaxslarga berilgan himoya orderi toʻgʻrisidagi statistik maʼlumotlar tuman huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimlari tomonidan umumlashtirib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmalariga keyingi oyning 2-kuniga qadar taqdim etiladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-iyuldagi 441-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2025-y., 09/25/441/0622-son)
Oldingi tahrirga qarang.
33. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari, Toshkent viloyati va Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmalari huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmalari ushbu maʼlumotlarni oʻrganib, umumlashtiradi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmatiga keyingi oyning 5-kuniga qadar taqdim etadi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
34. Huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimi boshligʻining xotin-qizlarni tazyiqdan himoya qilish, shu jumladan, himoya orderini berish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisoboti har oyda tegishli tuman (shahar) ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (boʻlimi) boshligʻi huzurida oʻtkaziladigan tezkor yigʻilishlarda muhokama qilib boriladi.
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-avgustdagi 529-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2024-y., 09/24/529/0652-son)
Oldingi tahrirga qarang.
36. Xotin-qizlar va bolalarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish chora-tadbirlarini moliyalashtirish “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 31-moddasida hamda “Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 46-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 09/25/440/0656-son)
Oldingi tahrirga qarang.
37. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga himoya orderini berish, ijrosini taʼminlash va monitoring olib borish toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 09/25/440/0656-son)
Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga himoya orderini berish, ijrosini taʼminlash va monitoring olib borish toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Jabrlanuvchi va zoʻravonlik sodir etgan shaxslarga himoya orderini berish tartibi
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Ijro muddati

1-bosqich

Tazyiq va (yoki) zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar va bolalar (ularning qonuniy vakillari), jismoniy yoki yuridik shaxslar, vakolatli organlar va tashkilotlar xodimlari

Xotin-qizlar va bolalar (ularning qonuniy vakillari) tazyiq va (yoki) zoʻravonlikdan jabrlanganligi toʻgʻrisida ichki ishlar organlariga murojaat qilinadi (xabar beriladi).

Zaruratga
qarab

2-bosqich

Ichki ishlar organlari navbatchilik qismi

1. Murojaat va xabarlar ichki ishlar organlari navbatchilik qismidagi daftarga qayd etiladi.

2. Ichki ishlar organlarining navbatchilik qismida belgilangan tartibda qayd etilgan murojaatlar va xabarlar profilaktika inspektori yoki xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektoriga yoxud inspektor-psixologga taqdim etiladi.

Darhol

3-bosqich

Profilaktika
inspektori yoki xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektor

1. Ichki ishlar organlari navbatchilik qismlari tomonidan taqdim etilgan yoki YIDXP orqali kelib tushgan murojaatlar va xabarlarni oʻrganib chiqadi va uning yakuni boʻyicha:

tazyiq va zoʻravonlik holatlari aniqlangan taqdirda — himoya orderini rasmiylashtiradi;

tazyiq va zoʻravonlik holatlari aniqlanmagan taqdirda — qonunchilik hujjatlariga muvofiq tegishli choralarni belgilaydi hamda bu haqda fuqarolar yigʻini raisi, mahalladagi xotin-qizlar faoli va ijtimoiy xodim ishtirokida dalolatnomani rasmiylashtiradi;

Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan jinoyat belgilari aniqlangan taqdirda — himoya orderini berish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish bilan bir vaqtda ish materiallarini jinoiy javobgarlik masalasini hal qilish uchun tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organga yuboradi.

2. Himoya orderi berilgani haqida tegishli tuman (shahar) ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (boʻlimi)ning huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimi (boʻlinmasi, guruhi) (keyingi oʻrinlarda huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimi deb ataladi) boshligʻini xabardor qiladi.

24 soat
mobaynida

Himoya orderi berilganidan soʻng uch kun muddatda

4-bosqich

Tuman (shahar) ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (boʻlimi) boshligʻining huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari boʻyicha oʻrinbosari

1. Himoya orderini rasmiylashtirish uchun toʻplangan materiallarni oʻrganib, taraflar fikrini eshitgan holda profilaktika inspektori yoki xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektorning himoya orderini berish toʻgʻrisidagi qarorini bekor qilishga haqli.

2. Himoya orderini berish faoliyati ustidan monitoring olib boradi.

3. Profilaktika inspektorlari tomonidan jabrlanuvchi, zoʻravonlik sodir etgan shaxslarga berilgan himoya orderi toʻgʻrisidagi statistik maʼlumotlarni umumlashtirib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari, Toshkent viloyati va Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmalari huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmalariga taqdim etadi.

Zaruratga qarab

Har oyda

Har oyning

2-kuniga qadar

5-bosqich

Tuman (shahar) ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (boʻlimi) boshligʻi

Huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimi boshligʻining xotin-qizlar va bolalarni tazyiqdan himoya qilish, shu jumladan, himoya orderini berish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisoboti tezkor yigʻilishlarda muhokama qilib boriladi.

Har oyda

6-bosqich

Mehnat organlari,

taʼlimni davlat tomonidan boshqarish organlari, taʼlim muassasalari,

davlat sogʻliqni saqlash tizimini boshqarish organlari, sogʻliqni saqlash muassasalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, mahallalardagi xotin-qizlar faollari

1. Ushbu Nizomning 21-bandiga muvofiq zimmalariga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshiradi.

2. Amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida profilaktika inspektori yoki xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektoriga yoxud inspektor-psixologga xabar beradi.

Himoya orderi
amal qilishi
mobaynida

7-bosqich

Profilaktika
inspektori yoki xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektor

1. Tazyiq va zoʻravonlikning oldini olish, shu jumladan, ularning sabablarini hamda shart-sharoitlarini aniqlash va bartaraf etish choralarini koʻradi.

2. Xotin-qizlar va bolalarga tazyiq oʻtkazayotgan va ularga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan shaxslar bilan muntazam ravishda profilaktika ishlarini olib boradi.

3. Himoya orderi talablarining ijrosi ustidan nazorat qiladi hamda uning talablarini buzgan zoʻravonlik sodir etgan shaxslarni javobgarlikka tortish yuzasidan oʻz vakolatlari doirasida choralar koʻradi.

Muntazam ravishda

Muntazam ravishda

Himoya orderi amal qilishi davrida

8-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari, Toshkent viloyati va Toshkent shahar ichki
ishlar bosh boshqarmalari huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmalari

Jabrlanuvchi, zoʻravonlik sodir etgan shaxslarga berilgan himoya orderi toʻgʻrisidagi statistik maʼlumotlar umumlashtiriladi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmatiga taqdim etiladi.

Keyingi oyning

5-kuniga qadar

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-iyuldagi 441-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2025-y., 09/25/441/0622-son)
Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga himoya orderini berish, ijrosini taʼminlash va monitoring olib borish toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga himoya orderini berish, ijrosini taʼminlash va monitoring olib borish toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar va bolalarga himoya orderini berish xizmatini koʻrsatish uchun
SOʻROVNOMA
(4-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 09/25/440/0656-son)

Ariza beruvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:

1. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR):

2. Pasport yoki identifikatsiyalovchi

ID-kartasi seriyasi va raqami:

3. Familiyasi:

4. Ismi:

5. Otasining ismi:

6. Tugʻilgan yili va sanasi:

7. Yashash manzili:

8. Telefon raqami:

Murojaatning qisqacha mazmuni:

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-avgustdagi 529-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2024-y., 09/24/529/0652-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-yanvardagi 3-son qaroriga
2-ILOVA
Tazyiq oʻtkazgan va zoʻravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil boʻlgan shaxslarning zoʻravonlik xulq-atvorini oʻzgartirish boʻyicha tuzatish dasturidan oʻtishi tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom tazyiq oʻtkazgan va zoʻravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil boʻlgan shaxsning zoʻravonlik xulq-atvorini oʻzgartirish boʻyicha tuzatish dasturidan (keyingi oʻrinlarda tuzatish dasturi deb ataladi) oʻtishi tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
tazyiq oʻtkazgan va zoʻravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil boʻlgan shaxs — xotin-qizlarga nisbatan jismoniy, ruhiy, jinsiy yoki iqtisodiy taʼsir oʻtkazish yoki bunday taʼsir oʻtkazish bilan tahdid qilishga, bolalarga nisbatan jismoniy, jinsiy, ruhiy taʼsir oʻtkazish yoki bunday taʼsir oʻtkazish bilan tahdid qilish, gʻamxoʻrlik koʻrsatmaslik, ekspluatatsiya qilish va taʼqib etish (bulling)ga qaratilgan harakat yoki harakatsizlik qilgan shaxs;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 09/25/440/0656-son)
tuzatish dasturi — shaxsning zoʻravonlikka moyil xulq-atvorini oʻzgartirishda unga ruhiy va ijtimoiy yordam koʻrsatishga hamda ijtimoiy hayotga moslashtirishga qaratilgan tarbiyaviy axamiyatga ega boʻlgan tadbirlar majmui;
Oldingi tahrirga qarang.
tuzatish dasturidan oʻtuvchi shaxs — xotin-qizlar va bolalarga nisbatan jismoniy, ruhiy, jinsiy, iqtisodiy, gʻamxoʻrlik koʻrsatmaslik, ekspluatatsiya qilish va taʼqib etish (bulling) kabi zoʻravonliklarni sodir etgan hamda zoʻravonlik sodir etishga moyil boʻlgan shaxs;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 09/25/440/0656-son)
Oldingi tahrirga qarang.
psixokorreksiya — tuzatish dasturi doirasida shaxsning rivojlanish jarayonidagi kamchilik va boʻshliqlarni bartaraf etish maqsadida unga faol psixologik-pedagogik taʼsir koʻrsatish, shaxslarning psixofiziologik imkoniyatlari va jamiyat tomonidan qoʻyilayotgan talablar oʻrtasidagi nomutanosiblikni bartaraf etishga qaratilgan tadbirlar majmui.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-iyuldagi 441-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2025-y., 09/25/441/0622-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Tuzatish dasturi zoʻravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil boʻlgan shaxsning (keyingi oʻrinlarda zoʻravonlik sodir etgan shaxs deb ataladi) xotin-qizlar va bolalarga nisbatan zoʻravonligining oldini olish va ularning tajovuzkor xulq-atvorini ijobiy tomonga oʻzgartirish yuzasidan psixologik va ijtimoiy yordam koʻrsatishga doir chora-tadbirlar amalga oshirish hamda uning gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarini mustaqil nazorat qilishga koʻmaklashish orqali xotin-qizlar va bolalarga nisbatan zoʻravonlik takroran sodir etilishining oldini olish hamda zoʻravonlikdan jabrlanuvchining xavfsizligini taʼminlash maqsadida amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 09/25/440/0656-son)
4. Tuzatish dasturining vazifalari quyidagilardan iborat:
Oldingi tahrirga qarang.
xotin-qizlar va bolalarga nisbatan zoʻravonlikning oldini olish, aniqlash va ularga chek qoʻyish uchun samarali tashkiliy tadbirlarni belgilash;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 09/25/440/0656-son)
Oldingi tahrirga qarang.
xotin-qizlar va bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishiga olib kelgan va unga imkon bergan sabablar hamda shart-sharoitlarni bartaraf etish;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 09/25/440/0656-son)
yashirin (latent) zoʻravonlikni aniqlash, toifalash va yakka tartibda yoki guruh tarkibida tuzatish;
zoʻravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil boʻlgan shaxsning sodir etgan xatti-harakatlarining salbiy oqibatlarini bartaraf etish maqsadida ular bilan yakka tartibda yoki guruh shaklida tushuntirish ishlarini olib borish;
zoʻravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil boʻlgan shaxsning boshqa shaxslarning huquqlarini kamsitmagan va buzmagan holda oʻz hissiyotlarini ochiq namoyon etishga, xatti-harakatlarini nazorat qilishga oʻrgatish;
shaxsning nizoli holatga tushishining oldini olish, boshqa shaxslarga nisbatan bagʻrikenglik bilan munosabatda boʻlish koʻnikmalarini shakllantirish;
zoʻravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil boʻlgan shaxsning atrofidagi shaxslar tomonidan unga nisbatan salbiy psixologik taʼsir oʻtkazilishi oqibatida uchinchi shaxsga nisbatan zoʻravonlik oʻtkazish holatiga tushmaslik koʻnikmasini shakllantirish.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Tuzatish dasturi zoʻravonlik sodir etgan jamiyatda oʻrnatilgan umummajburiy xulq-atvor qoidalariga rioya qilish maqsadida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat, mehnat, taʼlimni davlat tomonidan boshqarish organlari va taʼlim muassasalari, davlat sogʻliqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sogʻliqni saqlash muassasalari, mahallalardagi xotin-qizlar faollari, tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimlari, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlari, budjet tashkilotlaridagi psixolog mutaxassislarning reyestriga kiritilgan psixologlar yoki grant doirasida jalb etilgan psixologlar (keyingi oʻrinlarda deb psixologlar ataladi), xotin-qizlar masalalari boʻyicha boshlangʻich tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda vakolatli organ va tashkilotlar deb ataladi) tomonidan bir oygacha boʻlgan muddatda amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
6. Vakolatli organ va tashkilotlar oʻz vakolatlari doirasida tuzatish dasturi borasidagi tadbirlarni boshqa davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Surunkali alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka mubtalo boʻlgan hamda ruhiy holati buzilgan shaxslar tuzatish dasturidan oʻtkazilmaydi va qonunchilik hujjatlariga muvofiq majburiy davolanishga yuborilishi mumkin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
2-bob. Tuzatish dasturidan oʻtkazish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
8. Himoya orderi berilgan har bir holatda ichki ishlar organlarining tayanch punkti profilaktika (katta) inspektori (keyingi oʻrinlarda profilaktika inspektori deb ataladi) yoki huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimlari xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektori zoʻravonlik sodir etgan shaxsning tuzatish dasturidan oʻtishini himoya orderida belgilab, tuzatish dasturidan oʻtuvchi shaxsga imzo qoʻydirib tanishtiradi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-iyuldagi 441-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2025-y., 09/25/441/0622-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-iyuldagi 441-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2025-y., 09/25/441/0622-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-iyuldagi 441-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2025-y., 09/25/441/0622-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Shaxs quyidagi tashkilotlarda tuzatish dasturidan oʻtadi:
fuqarolar yigʻinining Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasida — oila-turmush doirasidagi nizoli vaziyatlar yuzasidan;
taʼlim muassasasida — tuzatish dasturidan oʻtishi belgilangan taʼlim muassasasida tahsil oluvchi, oʻqituvchi yoki boshqa xodim bilan bogʻliq nizolar yuzasidan;
sogʻliqni saqlash muassasasida — tuzatish dasturidan oʻtuvchi shaxsning ruhiy holati boʻyicha;
mehnat organlarida — tuzatish dasturidan oʻtuvchi vaqtincha ishsiz shaxslarning bandligini taʼminlash hamda kasb-hunarga oʻqitish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha;
tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimlarida — tuzatish dasturidan oʻtuvchi yoshlar bilan yakka va guruh shaklida tarbiyaviy ishlarni olib borish, yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish hamda bandligini taʼminlash va ular bilan bogʻliq nizolar boʻyicha.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-iyuldagi 441-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2025-y., 09/25/441/0622-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Profilaktika inspektori:
tuzatish dasturidan oʻtuvchi shaxslar bilan vakolatli organ va tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlarni umumlashtirish hamda faoliyatni monitoring qilish maqsadida har bir shaxs boʻyicha ularga oid maʼlumotlarni “E-ijtimoiy profilaktika” elektron axborot tizimining “E-tuzatish dasturi” moduliga kiritib boradi (elektron axborot tizimi faoliyati yoʻlga qoʻyilgunga qadar mazkur maʼlumotlar har bir shaxs boʻyicha ochilgan alohida yigʻmajildda jamlanadi);
himoya orderi rasmiylashtirilgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida shaxsni tuzatish dasturidan oʻtkazish tadbirlarini tashkil qilish uchun zoʻravonlik sodir etgan shaxs bilan amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar rejasini ishlab chiqadi;
rejani tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi bilan elektron axborot tizimi orqali kelishadi hamda tuman (shahar) hokimi oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligi tomonidan tasdiqlangandan soʻng vakolatli organ va tashkilotlarga yuborilishini taʼminlaydi.
Huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimlari xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektori tomonidan himoya orderi rasmiylashtirilgan holatlarda, profilaktika inspektori Profilaktika boʻlimi boshligʻining topshirigʻiga koʻra, ushbu bandda nazarda tutilgan tadbirlarni bajaradi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-iyuldagi 441-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2025-y., 09/25/441/0622-son)
Oldingi tahrirga qarang.
121. Tuman (shahar) hokimi oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi zoʻravonlik sodir etgan shaxs bilan amalga oshirilishi lozim boʻlgan tadbirlar davlat organlari va tashkilotlar tomonidan ijrosi taʼminlanmagan holatlar boʻyicha oʻz vakolati doirasida davlat organlari va tashkilotlarining masʼul rahbarlariga xotin-qizlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash borasidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi hamda ularni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritadi.
(121-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-iyuldagi 441-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2025-y., 09/25/441/0622-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Zoʻravonlik sodir etgan shaxslarning tuzatish dasturidan oʻtishi quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-iyuldagi 441-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2025-y., 09/25/441/0622-son)
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolar yigʻini oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi oila-turmush doirasidagi nizolardan kelib chiqib tuzatish dasturidan oʻtishga yuborilgan shaxsni oʻz vakolati doirasida oʻrganadi, nizoni bartaraf etib, tuzatish tadbirlarini amalga oshiradi va tuzatish dasturidan oʻtuvchi shaxsni oʻz nazoratiga oladi;
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-iyundagi 391-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 09/20/391/0777-son)
taʼlim muassasasi tuzatish dasturidan oʻtuvchi tahsil oluvchilar, oʻqituvchi yoki boshqa xodim bilan bogʻliq nizolarni bartaraf etish choralarini amalga oshiradi, nizolashuvchi tomonlarni kelishtiradi va sodir etilishi mumkin boʻlgan nizoli holatlarning oldini oladi;
sogʻliqni saqlash muassasalari tomonidan belgilangan tartibda shaxslar ruhiy holati tekshiriladi va ushbu Nizomga 2-ilovada koʻrsatilgan tartibda tuzatish dasturidan oʻtadi. Bunda tuzatish dasturidan oʻtkazishning aniq muddati tegishli sogʻliqni saqlash muassasasi rahbari tomonidan shaxsning ruhiy-psixofiziologik holati hisobga olingan holda mustaqil belgilanadi;
mehnat organlari tuzatish dasturidan oʻtuvchi vaqtincha ishsiz shaxslarning bandligini taʼminlaydi va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Yoshlar ishlari agentligining hududiy boʻlimlari tuzatish dasturidan oʻtuvchi yoshlar bilan yakka va guruh tartibida tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi va ularning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishni taʼminlaydi, profilaktik chora-tadbirlarni tashkil etadi;
(13-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-iyuldagi 441-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2025-y., 09/25/441/0622-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Psixologlar zoʻravonlik sodir etgan shaxslarni zoʻravonlik sodir etilishining oldini olish boʻyicha maxsus psixokorreksiya dasturlaridan oʻtkazish choralarini koʻradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi psixologlar mazkur dastur doirasida zoʻravonlik sodir etgan shaxslar bilan ishlash uchun jalb etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-iyuldagi 441-sonli qaroriga asosan yettinchi va sakkizinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2025-y., 09/25/441/0622-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Xotin-qizlar masalalari boʻyicha boshlangʻich tashkilotlari zoʻravonlik holatlariga olib keladigan sabablar hamda shart-sharoitlarni aniqlaydi va zoʻravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil boʻlgan shaxs bilan yakka tartibdagi profilaktik tadbirlarni oʻtkazadi.
(13-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-iyundagi 391-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 09/20/391/0777-son)
14. Ushbu Nizomning 13-bandida koʻrsatilgan vakolatli organ va tashkilotlar tuzatish dasturini amalga oshirishda zoʻravonlikni sodir etgan yoki zoʻravonlik sodir etishga moyil boʻlgan shaxslar hamda boshqa shaxslarda zoʻravonlikka qarshi immunitet shakllantirilishiga koʻmaklashadi.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Vakolatli organ va tashkilotlar tuzatish dasturidan oʻtuvchi shaxslar bilan yakka tartibda va guruh shaklida oʻtkazilgan psixologik, psixokorreksion, pedagogik, ijtimoiy va tibbiy yoʻnalishlardagi tadbirlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni profilaktika inspektoriga yuboradi.
Profilaktika inspektori xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektor bilan birgalikda vakolatli organ va tashkilotlarda tuzatish dasturidan oʻtgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tahlil qiladi va uning yakuniy natijalarini fuqarolar yigʻinida tuman (shahar) hokimi oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi ishtirokida muhokama qilinishini taʼminlaydi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-iyuldagi 441-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2025-y., 09/25/441/0622-son)
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
16. Tuzatish dasturidan oʻtish jarayonida zoʻravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil boʻlgan shaxs bilan oʻtkazilgan profilaktik suhbatlar, shaxsning shaxsiy hayotiga oid maʼlumotlar oshkor etilmaydi va tarqatilmaydi.
17. Tazyiq oʻtkazgan va zoʻravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil boʻlgan shaxsning zoʻravonlik xulq-atvorini oʻzgartirish boʻyicha tuzatish dasturidan oʻtish bilan bogʻliq chora-tadbirlarni moliyalashtirish “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 31-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
18. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-iyuldagi 441-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2025-y., 09/25/441/0622-son)
Tazyiq oʻtkazgan va zoʻravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil boʻlgan shaxslarning zoʻravonlik xulq-atvorini oʻzgartirish boʻyicha tuzatish dasturidan oʻtishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Zoʻravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil boʻlgan shaxslarni tuzatishning namunaviy
DASTURI

T/r

Tadbirlar nomi

Davomiyligi

Yakka tartibda suhbat

1.

Zoʻravonlikka moyil xulq-atvorni tuzatish dasturi mohiyatini tushuntirish. Shaxsni diagnostikadan oʻtkazish.

3 soatgacha

2.

Zoʻravonlik holatini keltirib chiqargan sabablar va sharoitlarni oʻrganish hamda aniqlash.

3 soatgacha

3.

Shaxsning psixoemotsional holatini korreksiyalash, uning aybdorlik hissini aniqlash va undan xalos etish hamda boshqa shaxslarga nisbatan bagʻrikenglik bilan munosabatda boʻlish koʻnikmalarini shakllantirish.

3 soatgacha

4.

Shaxsning boshqa shaxslarning huquqlarini kamsitmagan holda oʻz hissiyotlarini ochiq namoyon etishga, xatti-harakatlarini nazorat qilishga oʻrgatish.

2 soatgacha

Guruhda ishlash

1.

Agressiyani boshqarish.

Uy vazifasi.

4 soatgacha

2.

Shaxslararo munosabatlarni aniqlash. Boshqa shaxslar bilan munosabatlarni yaxshilash.

Assertivlikni shakllantirish (shaxsni tashqi taʼsirga berilmasdan oʻz xulq-atvorini mustaqil boshqarishga oʻrgatish).

Uy vazifasi.

4 soatgacha

3.

Salbiy hissiyotlardan xalos boʻlishni oʻrgatish.

Xarakteridagi ijobiy hissiyotlarni namoyon etish.

Mashgʻulot.

4 soatgacha

Izoh: Zoʻravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil boʻlgan shaxslarni tuzatish dasturidan oʻtkazish davrida ularning yoshi, jinsi, ruhiy holati va turmush tarzidan kelib chiqib amalga oshirilayotgan yakka tartibdagi profilaktik chora-tadbirlar mobaynida turli psixologik usullar va odob-axloq tamoyillaridan foydalanish mumkin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2020-y., 09/20/3/0018-son, 19.06.2020-y., 09/20/391/0777-son; 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son; 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son; 27.08.2024-y., 09/24/529/0652-son; 14.07.2025-y., 09/25/440/0656-son; 16.07.2025-y., 09/25/441/0622-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)