1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.09.00 Alohida toifadagi fuqarolarni (ayollar, bolalar va boshqalar) huquqiy holatini oʻziga xos xususiyatlari;
2.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.08.00.00 Oila, onalik, otalik va bolalikni himoya qilish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va majburiyatlari . Ombudsman. Fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqish tartibi]
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 31-mayda qabul qilingan Senat tomonidan 2024-yil 15-avgustda maʼqullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.09.00 Alohida toifadagi fuqarolarni (ayollar, bolalar va boshqalar) huquqiy holatini oʻziga xos xususiyatlari]
Ushbu Qonunning maqsadi bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik
Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.05.00.00 Aholi / 19.05.09.00 Inson huquqlarini xalqaro himoya qilish (qiynashni taqiqlash. Diskriminatsiya. Bolalar huquqini himoya qilish. Ayollar huquqini himoya qilish);
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.01.00 Umumiy masalalar]
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
3-modda. Bolalarga nisbatan zoʻravonlik
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.02.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) shaxsiy huquq va erkinliklar / 01.06.02.03 Fuqaroning shaʼni va obroʻsiga tajovuzlardan, uning shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish, turar joy daxlsizligi huquqi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.02.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) shaxsiy huquq va erkinliklar / 01.06.02.09 Boshqa shaxsiy huquq va erkinliklar;
3.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.09.00 Alohida toifadagi fuqarolarni (ayollar, bolalar va boshqalar) huquqiy holatini oʻziga xos xususiyatlari]
Bolaning hayotiga, sogʻligʻiga, jinsiy daxlsizligiga, shaʼniga, qadr-qimmatiga hamda qonun bilan himoya qilinadigan boshqa huquqlari va erkinliklariga tajovuz qiladigan, jismoniy yoki ruhiy azob yetkazayotgan yoki yetkazishi mumkin boʻlgan hamda asosiy ehtiyojlariga zid boʻlgan, shu jumladan telekommunikatsiya tarmoqlaridan va Internet butunjahon axborot tarmogʻidan foydalangan holda amalga oshiriladigan, qasddan sodir etiladigan harakat (harakatsizlik) bolalarga nisbatan zoʻravonlik deb eʼtirof etiladi.
Jismoniy zoʻravonlik, jinsiy zoʻravonlik, ruhiy zoʻravonlik, gʻamxoʻrlik koʻrsatmaslik, ekspluatatsiya qilish va taʼqib etish (bulling) bolalarga nisbatan zoʻravonlikning shakllaridir. Bolalarga nisbatan zoʻravonlikning barcha shakllari taqiqlanadi hamda qonun bilan taʼqib qilinadi.
Bolalarga ogʻirligi turli darajada boʻlgan tan jarohatlari yetkazish, ularni xavf ostida qoldirish, hayoti va sogʻligʻi uchun xavfli holatda boʻlgan bolalarga yordam koʻrsatmaslik hamda zoʻravonlik xususiyatiga ega boshqa huquqbuzarliklarni sodir etish yoxud bolalarning hayoti, sogʻligʻi yoki erkinligiga tajovuz qiladigan jismoniy taʼsir oʻtkazish bolalarga nisbatan jismoniy zoʻravonlik deb eʼtirof etiladi.
Bolaga nisbatan shahvoniy xususiyatga ega boʻlgan harakatlarni sodir etish orqali uning jinsiy daxlsizligiga tajovuz qilish, shu jumladan nomusga tegish, jinsiy ehtiyojni zoʻrlik ishlatib gʻayritabiiy usulda qondirish, jinsiy aloqa qilishga majburlash, oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish, voyaga yetmagan shaxsni pornografik xususiyatga ega harakatlar ijrochisi sifatida jalb etish, voyaga yetmagan shaxsni jalb etgan holda qoʻshmachilik qilish, fohishaxonalar tashkil etish yoxud unga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etish, aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish orqali yoxud bolaning ojizligidan foydalanib shahvoniy xususiyatga ega harakatlarni sodir etish, shahvoniy shilqimlik qilish, shuningdek qonunda taqiqlangan, shahvoniy xususiyatga ega boʻlgan har qanday boshqa harakatlar bolalarga nisbatan jinsiy zoʻravonlik deb eʼtirof etiladi.
Bolalarni haqoratlash, ularga tuhmat qilish, tahdid qilish, ularning shaʼni va qadr-qimmatini kamsitish, ularni tahqirlash, shuningdek bolalarning asosiy ehtiyojlarini cheklashga qaratilgan boshqa harakatlarda ifodalangan zoʻravonlik shakli, shu jumladan zoʻravonlikdan jabrlanuvchida oʻz xavfsizligi uchun xavotir uygʻotgan, oʻzini himoya qila olmaslikka olib kelgan yoki ruhiy sogʻligʻiga zarar yetkazgan harakatlar (harakatsizlik) bolalarga nisbatan ruhiy zoʻravonlik deb eʼtirof etiladi.
Zarur imkoniyatlar, bilimlar va koʻnikmalarga, shu jumladan buning uchun tegishli xizmatlardan (davlat, tibbiy, taʼlim, ijtimoiy va boshqa xizmatlardan) foydalanish imkoniyatiga ega boʻlgan ota-ona (ular oʻrnini bosuvchi yoki bolaga qarab turgan shaxslar) tomonidan bolaning asosiy ehtiyojlarini qanoatlantirmaslik bolaning sogʻligʻi, jismoniy, aqliy va axloqiy rivojlanishi buzilishiga olib kelsa, gʻamxoʻrlik koʻrsatmaslik deb eʼtirof etiladi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
Boladan iqtisodiy, jinsiy va boshqa maqsadlarda foydalanish, shu jumladan odam savdosi, gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarga va tilanchilik qilishga jalb etish, jinsiy ekspluatatsiya, shuningdek jismoniy yoki ruhiy taʼsir koʻrsatishni qoʻllagan holda bolani majburlash orqali boladan nikohga kirish yoki er-xotin boʻlib yashash, muayyan diniy taʼlim olish, har qanday shakldagi mehnatga majburlash uchun foydalanish bolaning sogʻligʻiga, xavfsizligiga, axloqiga, aqliy va jismoniy rivojlanishiga, shu jumladan taʼlim olishiga tahdid tugʻdirsa, bolalarni ekspluatatsiya qilish deb eʼtirof etiladi.
Bir guruh bolalar yoki bitta bola tomonidan boshqa bolaga yoki bolalarga nisbatan haqoratli laqablardan foydalanish, u (ular) bilan har qanday muloqotni cheklab qoʻyish (boykot qilish), uning (ularning) mol-mulkini olib qoʻyish va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazish, uning (ularning) oʻziga xos jismoniy, psixologik yoki intellektual xususiyatlarini ommaviy muhokama qilish, uning (ularning) shaʼni va qadr-qimmatini kamsitish yoxud uning (ularning) sogʻligʻi va hayotiga zarar yetkazish, shu jumladan telekommunikatsiya tarmoqlaridan va Internet butunjahon axborot tarmogʻidan foydalangan holda amalga oshiriladigan, muttasil ruhiy va (yoki) jismoniy tajovuzkor taʼsir koʻrsatish taʼqib etish (bulling) deb eʼtirof etiladi.
Bolaning toʻlaqonli rivojlanishi, uning jismoniy va ruhiy salomatligi uchun oziq-ovqat, uy-joy hamda boshqa zarur shart-sharoitlar bilan taʼminlanishi, xavfsizlik, taʼlim olish, katta yoshdagilarning gʻamxoʻrligi, ijtimoiy aloqalar oʻrnatish, hayotiy koʻnikmalari rivojlanishi va oʻz imkoniyatlarini amalga oshirishi uchun shart-sharoitlar yaratilishini qamrab oladigan hayotiy muhim ehtiyojlar majmui bolaning asosiy ehtiyojlari deb eʼtirof etiladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.05.00 Huquq va erkinlikning kafolati va himoyasi. Ombudsman]
Davlat bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish uchun tegishli huquqiy, maʼmuriy, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa choralarni koʻradi, shu jumladan bolani va uning oilasini qoʻllab-quvvatlaydi hamda bolalarga nisbatan va bolalar oʻrtasidagi zoʻravonlikning barcha shakllari hollarini aniqlash hamda ularning oldini olish, bolalarga nisbatan zoʻravonlik hollari toʻgʻrisida xabardor qilish, ushbu faktlarni tekshirish, aybdor shaxslarning javobgarlikka tortilishi muqarrarligini taʼminlash, zoʻravonlikdan jabrlanuvchilarni reabilitatsiya qilish va ularning huquqlarini tiklash hamda ularni ijtimoiy moslashtirish uchun zarur boʻlgan samarali mexanizmlarni yaratadi.
4-modda. Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishning asosiy prinsiplari
Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
qonuniylik;
insonparvarlik;
bolaning eng ustun manfaatlarini taʼminlash;
bolalarning huquqlari va imkoniyatlari tengligini taʼminlash;
bolalarning tahqirlanishiga yoʻl qoʻymaslik;
bolaning oʻz manfaatlariga taalluqli qarorlar qabul qilinishida ishtirok etishi;
bolalarga nisbatan zoʻravonlikka boʻlgan murosasizlik;
bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlikning muqarrarligi;
zoʻravonlikdan jabrlanuvchining huquqlarini tiklash.
5-modda. Zoʻravonlikdan jabrlanuvchilarning huquqlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.09.00 Alohida toifadagi fuqarolarni (ayollar, bolalar va boshqalar) huquqiy holatini oʻziga xos xususiyatlari]
Zoʻravonlikning har qanday turidan jabrlangan bola zoʻravonlikdan jabrlanuvchi deb eʼtirof etiladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.07.00 Fuqarolarning sud, boshqa davlat organlari va oʻzga tashkilotlarga murojaat qilishi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.11.00 Himoya orderi;
3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.06.00.00 Vakillik. Ishonchnoma;
4.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.12.00.00 Zarar yetkazilganligi oqibatidagi majburiyatlar / 03.12.04.00 Maʼnaviy zararni qoplash;
5.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.02.00 Kompensatsiya va boshqa ijtimoiy toʻlovlar / 06.07.02.03 Boshqa kompensatsiya toʻlovlari]
Zoʻravonlikdan jabrlanuvchi quyidagi huquqlarga ega:
zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilinish;
oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilganligi yoki sodir etilishi tahdidi toʻgʻrisidagi ariza bilan bevosita yoki oʻzining qonuniy vakili orqali tegishli davlat organlariga va tashkilotlarga yoxud qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga murojaat etish;
tekin huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy va boshqa yordam, shu jumladan bepul telefon liniyasi tarmogʻi (ishonch telefoni) orqali taqdim etiladigan yordam olish;
himoya orderi berish toʻgʻrisidagi talab bilan bevosita yoki oʻzining qonuniy vakili orqali tegishli davlat organlariga murojaat etish, himoya orderi shartlari buzilgan taqdirda esa bu haqda xabardor qilish;
oʻziga nisbatan sodir etilgan zoʻravonlik natijasida yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplanishi va maʼnaviy ziyonning kompensatsiya qilinishi.
Zoʻravonlikdan jabrlanuvchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.06.00 Vasiylik va homiylik]
Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uning ota-onasi, ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa vasiylik va homiylik organi, prokuror, sud tomonidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.03.00 Davlat boji boʻyicha imtiyozlar]
Zoʻravonlikdan jabrlanuvchi va uning qonuniy vakili moddiy zararning oʻrni qoplanishi hamda maʼnaviy ziyon kompensatsiya qilinishi toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat etganda davlat boji toʻlashdan ozod qilinadi.
2-bob. Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasini tartibga solish
6-modda. Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.09.00 Alohida toifadagi fuqarolarni (ayollar, bolalar va boshqalar) huquqiy holatini oʻziga xos xususiyatlari]
Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini va strategiyalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
jamiyatda bolalarga nisbatan zoʻravonlikka boʻlgan murosasizlik muhitini yaratish;
zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarning hamda oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash;
bolalarning hayoti va sogʻligʻini, shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish;
jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, qonuniylikni mustahkamlash;
bolalarga nisbatan zoʻravonlikning oldini olish, uni aniqlash va unga chek qoʻyish uchun samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni yaratish;
bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishiga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini koʻrish;
bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish yuzasidan ota-onalarning masʼuliyati va majburiyatini oshirish hamda zoʻravonlik oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha ota-onalar faolligini taʼminlash;
bolalarga nisbatan zoʻravonlikni profilaktika qilish va ularni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish maqsadida davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari hamkorligini taʼminlash;
bolalarga nisbatan zoʻravonlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplash, saqlash, ularga ishlov berish, ularni tahlil qilish va ulardan foydalanish.
7-modda. Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi subyektlar
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.05.00 Huquq va erkinlikning kafolati va himoyasi. Ombudsman;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar]
Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi subyektlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani);
Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiya;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi;
prokuratura organlari;
ichki ishlar organlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.01.00 Umumiy qoidalar;
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.01.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (yigʻin);
4.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
5.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv]
Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi;
taʼlim sohasidagi davlat boshqaruvi organlari va taʼlim muassasalari, nodavlat taʼlim tashkilotlari;
davlat sogʻliqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sogʻliqni saqlash muassasalari;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari;
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari.
Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish qonunchilikka muvofiq boshqa davlat organlari va tashkilotlar tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin.
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi;
bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini va strategiyalarni tasdiqlaydi;
bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasida xalqaro hamkorlikni taʼminlaydi.
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakilining (Bolalar ombudsmanining) bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.05.00 Huquq va erkinlikning kafolati va himoyasi. Ombudsman]
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakilining (Bolalar ombudsmanining) bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi vakolatlari “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani) toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilanadi.
10-modda. Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiyaning bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.09.00 Alohida toifadagi fuqarolarni (ayollar, bolalar va boshqalar) huquqiy holatini oʻziga xos xususiyatlari]
Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiya:
bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlar faoliyatini, shu jumladan bolalar masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;
bolalarga nisbatan zoʻravonlikning barcha shakllarining oldini olishga hamda ularga barham berishga qaratilgan qisqa va uzoq muddatli dasturlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi;
bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, ularning sogʻlom turmush tarzi taʼminlanishini tashkil etadi;
bolalarning jismoniy, intellektual, maʼnaviy va axloqiy jihatdan kamol topishiga koʻmaklashadi;
bolalarning ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlishining oldini olish, shuningdek bolalar oʻrtasida nazoratsizlik va qarovsizlik profilaktikasi boʻyicha choralar koʻradi;
bolalar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi davlat dasturlarining hamda boshqa dasturlarning ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini, shuningdek ularning ijro etilishi ustidan nazoratni tashkil etadi;
bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha koʻrilayotgan choralarni baholaydi, ularning monitoringini olib boradi va samaradorligini oshiradi;
tizimli kamchiliklarning yuzaga kelishi sabablari va shart-sharoitlarini aniqlaydi va tahlil qiladi hamda ularni huquqni qoʻllash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish yoʻli bilan bartaraf etish choralarini koʻradi;
bolalarga nisbatan zoʻravonlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplashni, saqlashni, ularga ishlov berishni, ularni tahlil qilishni, shuningdek ulardan foydalanishni amalga oshiradi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiyaning ishchi organidir.
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.09.00 Alohida toifadagi fuqarolarni (ayollar, bolalar va boshqalar) huquqiy holatini oʻziga xos xususiyatlari;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda vakolatli davlat organi deb yuritiladi).
Vakolatli davlat organi:
bolalarga nisbatan zoʻravonlikning barcha shakllarining oldini olish, zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarni hamda oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolalarni himoya qilish dasturlari va chora-tadbirlarini ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;
bolalarga nisbatan zoʻravonlikning barcha shakllari hollarini oʻz vaqtida aniqlashga, ular toʻgʻrisida xabar qilishga hamda ularga munosabat bildirish choralarini koʻrishga qaratilgan tartib va standartlarni ishlab chiqadi, shuningdek ularning amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi;
bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi subyektlar bilan birgalikda zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarning hamda oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolalarning hayotiy vaziyatini baholaydi, zoʻravonlik xavfi darajasini belgilaydi, bolalarni himoya qilish rejasini tuzadi va uning amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi;
zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarga tibbiy, ijtimoiy, psixologik, huquqiy va boshqa zarur xizmatlar koʻrsatilishini tashkil etadi, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini oʻz oilasidan, shu jumladan yaqin qarindoshlaridan ajratmagan holda taʼminlash masalalarini hal qiladi;
oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini tashkil etadi;
bolalarni oʻz oilalaridan ajratishning oldini olish maqsadida oilalarni mustahkamlashga, ota-onalarning (ular oʻrnini bosuvchi shaxslarning) oʻz majburiyatlarini bajarishga doir koʻnikmalari va masʼuliyatini oshirishga qaratilgan ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boʻyicha choralar koʻradi;
ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni muqobil parvarish qilish va joylashtirishning oilaviy shakllarini rivojlantirish choralarini koʻradi;
ogʻir hayotiy vaziyatda qolgan xotin-qizlarni, yolgʻiz otani yoki onani va yosh bolali oilalarni qoʻllab-quvvatlash tizimini tashkil etadi;
zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarni reabilitatsiya qilish uchun yuboradi;
bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari sohasidagi xalqaro standartlarning qonunchilikka joriy etilishini hamda davlat organlarining va boshqa tashkilotlarning faoliyatida bola huquqlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishini monitoring qilishda ishtirok etadi;
zoʻravonlikdan jabrlangan bolalar haqidagi hamda oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplaydi, saqlaydi, ularga ishlov beradi, ularni tahlil qiladi va ulardan foydalanadi;
bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshiruvchi yoki unda ishtirok etuvchi davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlik qiladi.
12-modda. Prokuratura organlarining bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.09.00 Alohida toifadagi fuqarolarni (ayollar, bolalar va boshqalar) huquqiy holatini oʻziga xos xususiyatlari;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi;
3.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.14.00 Davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorligi;
4.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.01.00 Umumiy qoidalar]
Prokuratura organlari:
bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy dasturlarni va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
zoʻravonlikdan jabrlanuvchining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha choralar koʻradi;
bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshiruvchi yoki unda ishtirok etuvchi davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlik qiladi.
13-modda. Ichki ishlar organlarining bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.09.00 Alohida toifadagi fuqarolarni (ayollar, bolalar va boshqalar) huquqiy holatini oʻziga xos xususiyatlari;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi;
3.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.14.00 Davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorligi;
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
Ichki ishlar organlari:
bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy dasturlarni va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha choralar koʻradi, ularning buzilishi sabablarini aniqlaydi;
bolalar oʻrtasida jinoyatlar va zoʻravonlik sodir etilishiga imkon beruvchi sabablarni hamda shart-sharoitlarni tizimli ravishda tahlil qiladi;
oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolalarni aniqlashda ishtirok etadi;
bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etilganligi faktlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oladi, roʻyxatdan oʻtkazadi va tekshiradi, ular yuzasidan surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshiradi;
bolalarni huquqbuzarliklar yoki boshqa gʻayriijtimoiy harakatlar sodir etishga jalb qilayotgan yoxud bolalarga nisbatan boshqa gʻayrihuquqiy xatti-harakatlarni sodir etayotgan shaxslarni, shuningdek oʻz majburiyatlarini bajarishdan boʻyin tovlayotgan yoki bolalarni boqish, tarbiyalash va oʻqitish boʻyicha oʻz majburiyatlarini lozim darajada bajarmayotgan yoxud ularning xulq-atvoriga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan yoki ularga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlayotgan ota-onalarni yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarni aniqlaydi va ularning hisobini yuritadi;
bolalarga nisbatan zoʻravonlikning darhol oldini olish va unga chek qoʻyish yuzasidan kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar koʻradi;
vakolatli davlat organiga ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni aniqlashda, bolaning hayotiga yoki sogʻligʻiga bevosita tahdid tugʻilgan hollarda bolani ota-onadan (ularning biridan) olib qoʻyishda, shuningdek uning vaqtincha turgan joyini aniqlashda koʻmaklashadi;
bolaga nisbatan zoʻravonlikka va gʻamxoʻrlik koʻrsatmaslikka yoʻl qoʻygan ota-onalar toʻgʻrisidagi axborotni vakolatli davlat organiga yuboradi;
bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan choralarni koʻradi;
bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil boʻlgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplashni, saqlashni, ularga ishlov berishni, ularni tahlil qilishni va ulardan foydalanishni amalga oshiradi;
bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshiruvchi yoki unda ishtirok etuvchi davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlik qiladi.
14-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.09.00 Alohida toifadagi fuqarolarni (ayollar, bolalar va boshqalar) huquqiy holatini oʻziga xos xususiyatlari;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi;
3.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.14.00 Davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorligi;
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.07.00 Milliy gvardiya organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi:
bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy dasturlarni va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
huquqbuzarliklar, shu jumladan bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda vakolati doirasida ishtirok etadi, ushbu huquqbuzarliklarni sodir etish sabablarini va ularga imkon beruvchi shart-sharoitlarni aniqlaydi hamda ularni bartaraf etish choralarini koʻradi;
bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshiruvchi yoki unda ishtirok etuvchi davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlik qiladi.
15-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar;
2.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.08.00.00 Oila, onalik, otalik va bolalikni himoya qilish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash]
Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi:
bolalarning zoʻravonlikdan himoya qilinishini talab etadigan vaziyatlarga tushib qolishiga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish, bunday vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish boʻyicha choralar koʻradi;
zoʻravonlikdan jabrlangan bolalar hamda oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolalar toʻgʻrisida bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlarni xabardor qiladi;
zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarning va oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolalarning hayotiy vaziyatini hamda ularning oilaviy ahvolini baholashda ishtirok etadi;
zoʻravonlikdan jabrlangan bolani hamda oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolani himoya qilish rejasini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va faolligi oshirilishini, gender tengligi kafolatlarini taʼminlaydi;
oilalar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, oilada maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha aniq maqsadga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
16-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.06.00 Siyosiy repressiyalarga uchragan shaxslarni reabilitatsiya qilish. Jazoni oʻtab boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.14.00 Davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorligi;
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
4.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.)]
Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi:
oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj yetim bolalarning va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning ijtimoiy-huquqiy himoyasini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlarni, shuningdek oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan, huquqbuzarliklardan jabrlangan, huquqbuzarliklar sodir etishga moyil boʻlgan, huquqbuzarliklar sodir etgan, shu jumladan ilgari sudlangan va ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirishda ishtirok etadi;
zoʻravonlikdan jabrlangan bolani hamda oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolani himoya qilish rejasini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, mazkur yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklar va jinoyatlar profilaktikasiga, shu jumladan bolalarga nisbatan zoʻravonlikning barcha shakllari profilaktikasiga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;
oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshiruvchi yoki unda ishtirok etuvchi davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlik qiladi.
17-modda. Taʼlim sohasidagi davlat boshqaruvi organlarining va taʼlim muassasalarining bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.09.00 Alohida toifadagi fuqarolarni (ayollar, bolalar va boshqalar) huquqiy holatini oʻziga xos xususiyatlari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.14.00 Taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish]
Taʼlim sohasidagi davlat boshqaruvi organlari va taʼlim muassasalari:
bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy dasturlarni va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi hamda ularni amalga oshirishda ishtirok etadi;
taʼlim muassasalarida bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish boʻyicha dasturlar va mexanizmlarni ishlab chiqadi, amalga oshiradi hamda ularning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
oilada bolalarni himoya qilish zaruriyati bilan bogʻliq muammolar profilaktikasi, shu jumladan ogʻir hayotiy vaziyatdagi oilalarda bolalarni tarbiyalash, maktabgacha va maktab taʼlimi davridagi moslashuvga, shuningdek ijtimoiy moslashuvga koʻmaklashish boʻyicha dasturlar va tadbirlarni tashkil etadi hamda amalga oshiradi;
bolaning hayotiga, sogʻligʻiga yoki rivojlanishiga tahdidlar, uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi faktlari toʻgʻrisida bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlarini va tashkilotlarni xabardor qiladi;
ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan, taʼlim muassasalariga qatnamayotgan yoki darslarni muntazam ravishda qoldirayotgan, taʼlim jarayonida himoyaga va qoʻllab-quvvatlashga muhtoj boʻlgan bolalarni aniqlash hamda hisobga olish boʻyicha choralar koʻradi;
zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarni va oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolalarni taʼlim dasturlarini oʻzlashtirishda psixologik, pedagogik va ijtimoiy jihatdan qoʻllab-quvvatlaydi;
zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarning, shuningdek oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolalarning ota-onasini, idoralararo hamkorlikda ishtirok etuvchi mutaxassislarni psixologik-pedagogik jihatdan qoʻllab-quvvatlaydi;
taʼlim muassasalarida bolalarga nisbatan zoʻravonlikning oldini olish va undan himoya qilish boʻyicha nizomni hamda ichki tartib-qoidalarni tasdiqlaydi, ularning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishiga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash boʻyicha tadbirlarda ishtirok etadi, shuningdek ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar koʻradi;
bolalarga nisbatan zoʻravonlik hollarini aniqlash va ularning oldini olish yuzasidan taʼlim muassasalari xodimlarining bilimlari va koʻnikmalarini oshiradi;
taʼlim muassasalarida bolalarga nisbatan zoʻravonlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplashni, saqlashni, ularga ishlov berishni, ularni tahlil qilishni va ulardan foydalanishni amalga oshiradi;
bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshiruvchi yoki unda ishtirok etuvchi davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlik qiladi.
18-modda. Davlat sogʻliqni saqlash tizimini boshqarish organlarining hamda sogʻliqni saqlash muassasalarining bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.09.00 Alohida toifadagi fuqarolarni (ayollar, bolalar va boshqalar) huquqiy holatini oʻziga xos xususiyatlari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv]
Davlat sogʻliqni saqlash tizimini boshqarish organlari hamda sogʻliqni saqlash muassasalari:
bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy dasturlarni va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarga va oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolalarga tibbiy yordam koʻrsatadi, uslubiy tavsiyalar ishlab chiqadi;
bolalarga nisbatan zoʻravonlik faktlari toʻgʻrisida tegishli davlat organlarini va tashkilotlarni xabardor qiladi hamda ushbu faktlarni tekshirish uchun zarur boʻlgan tibbiy axborotni toʻplashni amalga oshiradi;
zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarni va oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolalarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazadi, jarohatlarning ogʻirligini aniqlaydi, ularning sogʻligʻi holatini hisobga olgan holda tibbiy koʻrikni tashkil etish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
bolalarga nisbatan zoʻravonlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplashni, saqlashni, ularga ishlov berishni, ularni tahlil qilishni va ulardan foydalanishni amalga oshiradi;
bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshiruvchi yoki unda ishtirok etuvchi davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlik qiladi.
19-modda. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.09.00 Alohida toifadagi fuqarolarni (ayollar, bolalar va boshqalar) huquqiy holatini oʻziga xos xususiyatlari;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
3.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
4.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.05.00 Ixtisoslashtirilgan uylar (yotoqxona, manyovrlangan uy-joy fondi uylari, nogironlar, veteranlar, yolgʻiz qariyalar uchun internat uylari, bolalar uylari va boshqa maxsus maqsadli uylar)]
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari:
bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan yoki zoʻravonlik sodir etishga va bezorilikka moyil boʻlgan shaxslarni aniqlashda, shuningdek ular bilan profilaktika tadbirlarini oʻtkazishda ishtirok etadi;
ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni va ularning oilalarini qoʻllab-quvvatlash masalalarini hal etadi;
vakolatli organlarga zoʻravonlikdan jabrlangan bolalar va oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolalar toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etadi;
mahallalarda bolalar uchun infratuzilmani rivojlantirish, fan, madaniyat va ijod toʻgaraklarini tashkil etish hamda ularga bolalarni keng jalb etish boʻyicha choralar koʻradi;
bolalarga nisbatan zoʻravonlik hollarini aniqlash uchun mahalliy resurslarni safarbar etish hamda bolalarga nisbatan zoʻravonlikning barcha shakllariga boʻlgan murosasizlikni shakllantirish uchun aholining ijtimoiy faolligini va masʼuliyatini oshirish boʻyicha choralar koʻradi;
ozodlikdan mahrum qilish joylaridan ozod etilgan hamda ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalaridan va respublika oʻquv-tarbiya muassasalaridan qaytgan, oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan voyaga yetmagan shaxslarni ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilish, moslashtirish va reyintegratsiya qilish boʻyicha yordam koʻrsatilishini tashkil etadi.
20-modda. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga doir faoliyatda ishtirok etishi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.09.00 Alohida toifadagi fuqarolarni (ayollar, bolalar va boshqalar) huquqiy holatini oʻziga xos xususiyatlari;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang);
3.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.01.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari maqomining umumiy masalalari]
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari:
bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirishda davlat organlariga va tashkilotlarga koʻmaklashadi;
bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikning ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlariga va tashkilotlarga bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;
bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish masalalari boʻyicha tadqiqotlar olib boradi;
bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;
bolalarga nisbatan zoʻravonlik hollarini kompleks baholash, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi tahdidini yuzaga keltiruvchi omillarni aniqlash, shuningdek uning oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarga, shuningdek oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolalarga hamda ularning ota-onasiga (ota-onasining oʻrnini bosuvchi shaxslarga) huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy va taʼlim xizmatlarini koʻrsatadi;
bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlariga va tashkilotlarga koʻmaklashadi, shuningdek bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish masalalarida jamoatchilikning xabardorligini oshirishda ishtirok etadi.
21-modda. Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlarning hamkorligi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.09.00 Alohida toifadagi fuqarolarni (ayollar, bolalar va boshqalar) huquqiy holatini oʻziga xos xususiyatlari;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.06.00 Shaxsga doir maʼlumotlar va ularning himoyasi]
Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlar bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi tadbirlarni oʻtkazishda quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha hamkorlik qiladi:
axborotning maxfiyligi talablariga rioya etgan holda oʻzaro xabardor qilish, shuningdek bolalarga nisbatan aniqlangan zoʻravonlik faktlari yoki oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolalar toʻgʻrisida vakolatli davlat organini xabardor qilish;
bolalarga nisbatan zoʻravonlik hollarini va ularning oqibatlarini kompleks baholash hamda zoʻravonlikdan jabrlanuvchilarga tegishli yordam koʻrsatish;
bolalarga nisbatan zoʻravonlikning oldini olish, uni bartaraf etish hamda unga qarshi kurashish sohasidagi chora-tadbirlarni birgalikda amalga oshirish va tajriba almashish;
bolalarga nisbatan zoʻravonlikning oldini olish, uni bartaraf etish hamda unga qarshi kurashish boʻyicha idoralararo qoʻshma qarorlar qabul qilish;
bolalarga nisbatan zoʻravonlikning oldini olish, uni bartaraf etish hamda unga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatni amalga oshiradigan mutaxassislarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish, qonunchilikni va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
3-bob. Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish boʻyicha chora-tadbirlar
22-modda. Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish boʻyicha umumiy chora-tadbirlar
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.09.00 Alohida toifadagi fuqarolarni (ayollar, bolalar va boshqalar) huquqiy holatini oʻziga xos xususiyatlari;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.09.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha davlat siyosati / 02.08.09.01 Huquqiy targʻibot;
3.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.08.00.00 Oila, onalik, otalik va bolalikni himoya qilish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash]
Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish boʻyicha umumiy chora-tadbirlar quyidagilardan iborat:
bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, standartlarni, davlat dasturlarini, hududiy va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
oilalarni mustahkamlash va qoʻllab-quvvatlashga, ota-onalik koʻnikmalarini rivojlantirishga, bolalarda hayotiy koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
bolalar uchun xavfsiz va zoʻravonlikdan xoli boʻlgan muhitni yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishining sabablari hamda shart-sharoitlari boʻlgan omillarni tahlil qilish, oʻrganish va bartaraf etish;
aholi oʻrtasida huquqiy targʻibot olib borish;
bolalarni oʻz huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari toʻgʻrisidagi, shuningdek ularni himoya qilish kafolatlari haqidagi axborot bilan taʼminlash maqsadida axborot-maʼrifiy faoliyatni amalga oshirish;
bolalarga nisbatan zoʻravonlik hollarining statistika hisobi va hisobotini yuritish, ularni davlat statistika organlariga taqdim etish hamda ulardan bolalarga nisbatan zoʻravonlik profilaktikasi boʻyicha tadbirlarni rejalashtirishda foydalanish;
bolalarga nisbatan zoʻravonlik hollarini aniqlashning va bolalarni zoʻravonlikdan himoya qilishning samarali huquqiy mexanizmlarini joriy etish;
bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etganlikda aybdor shaxslarni qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 592-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1261-moddasi.
23-modda. Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish boʻyicha yakka tartibdagi chora-tadbirlar turlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.09.00 Alohida toifadagi fuqarolarni (ayollar, bolalar va boshqalar) huquqiy holatini oʻziga xos xususiyatlari;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.11.00 Himoya orderi;
3.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.08.00.00 Oila, onalik, otalik va bolalikni himoya qilish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash]
Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish boʻyicha yakka tartibdagi chora-tadbirlar turlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
himoya orderini berish;
zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarga va oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolalarga huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy va boshqa yordam koʻrsatish;
zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarning hamda oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolalarning oilalarini mustahkamlash va qoʻllab-quvvatlash;
zoʻravonlikdan jabrlangan bolani va oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolani ota-onasidan (ularning biridan) yoki bolani oʻz qaramogʻiga olgan boshqa shaxslardan bolaning hayotiga yoki sogʻligʻiga bevosita tahdid mavjud boʻlganda olib qoʻyish;
zoʻravonlikdan jabrlangan yoki zoʻravonlikka guvoh boʻlgan bolalarni “Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan hollarda, jinoyat ishini yuritish chogʻida himoya qilish choralarini qoʻllash;
bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan shaxslarning zoʻravonlik xulq-atvorini oʻzgartirish boʻyicha tuzatish dasturlaridan oʻtish;
sogʻliqqa, jinsiy erkinlikka, oilaga, yoshlarga va axloqqa qarshi jinoyatlar sodir etgan shaxslarning huquqlarini cheklash.
24-modda. Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish boʻyicha yakka tartibdagi chora-tadbirlarni qoʻllash uchun asoslar
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.06.00.00 Vakillik. Ishonchnoma]
Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish boʻyicha yakka tartibdagi chora-tadbirlarni qoʻllash uchun quyidagilar asos boʻladi:
zoʻravonlikdan jabrlanuvchining yoki uning qonuniy vakilining murojaati;
jismoniy yoki yuridik shaxslarning xabarlari;
bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etish yoxud ularni sodir etishga urinish faktlarining davlat organlari va tashkilotlar xodimlari tomonidan bevosita aniqlanganligi;
ommaviy axborot vositalaridagi, Internet butunjahon axborot tarmogʻidagi, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlardagi eʼlonlar;
davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan kelib tushgan materiallar.
25-modda. Zoʻravonlikdan jabrlanuvchilar uchun ishonch telefoni
Vakolatli davlat organi yordam koʻrsatish, maslahat berish mexanizmi va chora-tadbirlari toʻgʻrisida axborot olinishini, bolalarga nisbatan zoʻravonlik hollarining oldi olinishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida tunu kun ishlaydigan, bepul telefon liniyasi tarmogʻi (ishonch telefoni) ishlab turishini taʼminlaydi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.06.00 Shaxsga doir maʼlumotlar va ularning himoyasi]
Telefon liniyasi tarmogʻi (ishonch telefoni) maxfiylikka rioya etgan holda faoliyat koʻrsatadi. Ishonch telefoni orqali olingan axborotni oshkor etishga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno.
26-modda. Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish boʻyicha yakka tartibdagi chora-tadbirlarni qoʻllash tartibi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.09.00 Alohida toifadagi fuqarolarni (ayollar, bolalar va boshqalar) huquqiy holatini oʻziga xos xususiyatlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.03.00 Yakka tartibdagi tadbirkorlik]
Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish boʻyicha yakka tartibdagi chora-tadbirlar quyidagi tartibda qoʻllaniladi:
zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarni va oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolalarni aniqlash;
bolaning hayotiga yoki sogʻligʻiga bevosita tahdid soluvchi omillarni bartaraf etish;
zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarning va oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolalarning hayotiy vaziyatini baholash;
zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarni va oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolalarni himoya qilish rejasini ishlab chiqish hamda amalga oshirish (zarur boʻlganda);
zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarni va oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolalarni himoya qilish rejasining monitoringi.
27-modda. Zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarni, shuningdek oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolalarni aniqlash
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
Vakolatli davlat organi zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarni, shuningdek oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolalarni aniqlashda bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi boshqa subyektlar bilan birgalikda ishtirok etadi. Vakolatli davlat organi ichki ishlar organlari bilan birgalikda bunday bolalarning hisobini yuritadi hamda zarur hollarda bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish boʻyicha yakka tartibdagi chora-tadbirlarning qoʻllanilishini taʼminlaydi.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.01.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni aniqlash va joylashtirish;
2.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
Bolalarning quyidagi toifalari oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolalar deb hisoblanadi:
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar;
oʻz hayotiga yoki sogʻligʻiga tahdid soladigan yoxud bolalarni taʼminlash, tarbiyalash, ularga taʼlim berish va bolalarni parvarishlash talablariga javob bermaydigan sharoitlarda boʻlgan bolalar;
ota-onasi yashash joyi boʻyicha vaqtincha boʻlmagan davrda yoki ularning oʻz ota-onalik majburiyatlarini vaqtincha bajara olmasligi davrida oʻziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilanmagan bolalar;
nazoratsiz va qarovsiz qolgan bolalar;
ijtimoiy xavfli vaziyatda qolgan bolalar;
nogironligi boʻlgan bolalar, shu jumladan ruhiy va jismoniy rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan bolalar;
otasi yoki onasi (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) ruhiy holati buzilganligi va (yoki) narkologik kasalliklar tufayli dispanser hisobiga olingan bolalar;
bolani yolgʻiz tarbiyalayotgan otaga yoki onaga (ularning oʻrnini bosuvchi shaxsga) nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan yoki ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo chorasi qoʻllanilgan bolalar;
otasi yoki onasi (ularning oʻrnini bosuvchi shaxs) Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 99, 103, 1031, 110, 118 — 1221, 1251, 126, 1261, 127, 1271, 128, 1281, 129, 130, 1301, 131, 135, 1481-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni yoki Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 188, 1883 yoki 190-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan (jinoyatga suiqasd qilgan) bolalar;
gʻayriijtimoiy xulq-atvorli bolalar;
fohishalik bilan shugʻullanadigan bolalar.
Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlar, jismoniy va yuridik shaxslar hamda sudlar zoʻravonlikdan jabrlangan bolalar yoki oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolalar toʻgʻrisidagi faktlar aniqlangan taqdirda bu haqda vakolatli organlarga hamda ichki ishlar organlariga darhol xabar berishi shart.
Ichki ishlar organlari bolalarga nisbatan zoʻravonlik toʻgʻrisida ogʻzaki yoki yozma xabar olganda mazkur harakatlarga chek qoʻyish va ularning oldini olish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar koʻrishi, shuningdek bu haqda vakolatli davlat organiga xabar berishi shart.
Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlar zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarni, shuningdek oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolalarni aniqlash hamda bu haqda vakolatli davlat organini xabardor etish yuzasidan ichki tartib-qoidalarni qabul qilishi shart.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlarining va tashkilotlarning bolalarga nisbatan zoʻravonlik hollarini aniqlash, ular haqida xabardor qilish va bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan shaxslarga nisbatan taʼsir choralarini qoʻllash yuzasidan idoralararo hamkorligi tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-sentabrdagi 516-sonli “Idoralararo elektron hamkorlik tizimi va maʼlumotlarning axborot almashinuvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
28-modda. Bolaning hayotiga yoki sogʻligʻiga bevosita tahdid soluvchi omillarni bartaraf etish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.11.00 Himoya orderi]
Bolaga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi natijasida uning hayotiga yoki sogʻligʻiga bevosita tahdid solinganda quyidagi choralar koʻriladi:
zoʻravonlik sodir etgan shaxsni qonunda belgilangan tartibda va asoslarda maʼmuriy yoʻl bilan ushlab turish hamda protsessual majburlov choralarini qoʻllash;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining III, XXI boblari.
himoya orderini berish;
zoʻravonlikdan jabrlangan bolani yoki oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolani ota-onasidan (ularning biridan) yoki uni oʻz qaramogʻiga olgan boshqa shaxslardan olib qoʻyish.
29-modda. Zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarning va oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolalarning hayotiy vaziyatini baholash
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
Zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarning va oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolalarning hayotiy vaziyatini baholash vakolatli davlat organi tomonidan ichki ishlar organlari hamda zaruriyatga koʻra bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlar jalb etilgan holda amalga oshiriladi.
Vakolatli davlat organi bolaga nisbatan zoʻravonlik sodir etilganligi fakti toʻgʻrisidagi axborotni olgan paytdan eʼtiboran zoʻravonlikdan jabrlangan bolaning, shuningdek oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolaning hayotiy vaziyatini zudlik bilan dastlabki baholashdan oʻtkazadi.
Zoʻravonlikdan jabrlangan bolaning va oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolaning hayotiy vaziyatini dastlabki baholash natijalariga koʻra vakolatli davlat organi bolaning hayotiga yoki sogʻligʻiga bevosita tahdid soluvchi omillarni zudlik bilan bartaraf etish choralarini koʻradi yoxud bolaning hayotiga yoki sogʻligʻiga bevosita tahdid soluvchi omillarni bartaraf etish boʻyicha choralar koʻrishga vakolatli boʻlgan tegishli davlat organlariga yoki mansabdor shaxslarga murojaat qiladi.
Bolaning hayotiga yoki sogʻligʻiga bevosita tahdid soluvchi omillar bartaraf etilganidan keyin, shuningdek, agar dastlabki ekspertiza natijalariga koʻra, zoʻravonlik fakti bolaning hayotiga yoki sogʻligʻiga bevosita tahdid solmaydi degan xulosaga kelinsa, vakolatli davlat organi zoʻravonlikdan jabrlangan bolaning yoki oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolaning hayotiy vaziyatini oʻn toʻrt kalendar kun ichida kompleks baholashdan oʻtkazadi. Kompleks baholashga bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlarining va tashkilotlarning tegishli mutaxassislari jalb etiladi.
Kompleks baholash natijalariga koʻra vakolatli davlat organi zoʻravonlikdan jabrlangan bolani yoki oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolani himoya qilish rejasini ishlab chiqadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
Zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarning va oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolalarning hayotiy vaziyatini baholash tartibi va mezonlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
30-modda. Zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarni yoki oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolalarni himoya qilish rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.09.00 Alohida toifadagi fuqarolarni (ayollar, bolalar va boshqalar) huquqiy holatini oʻziga xos xususiyatlari]
Zoʻravonlikdan jabrlangan bolani yoki oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolani himoya qilish rejasi (bundan buyon matnda himoya qilish rejasi deb yuritiladi) ushbu Qonunning 23-moddasida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni, shuningdek ularning hajmini, davriyligini, tegishli yordam va xizmatlar koʻrsatish shartlari hamda muddatlarini, chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan shaxslarni, zarur maqsadli koʻrsatkichlarni oʻz ichiga oladi.
Himoya qilish rejasini ishlab chiqishda zoʻravonlikdan jabrlangan bolaning yoki oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolaning hamda ular qonuniy vakillarining ishtiroki taʼminlanadi, bundan bolaning hayoti va sogʻligʻiga tahdid soluvchi harakatlarni (harakatsizlikni) sodir etgan qonuniy vakillar mustasno.
Himoya qilish rejasini tuzish va amalga oshirish uchun bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlarining va tashkilotlarning tegishli mutaxassislari jalb etiladi.
31-modda. Zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarni va oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolalarni himoya qilish rejasining monitoringi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.09.00 Alohida toifadagi fuqarolarni (ayollar, bolalar va boshqalar) huquqiy holatini oʻziga xos xususiyatlari;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar]
Himoya qilish rejasining monitoringi bolalarga nisbatan zoʻravonlikning oldini olish boʻyicha alohida chora-tadbirlar samaradorligini aniqlash, himoya qilish rejasini qayta koʻrib chiqish yoki uning amal qilishini tugatish maqsadida vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Himoya qilish rejasini qayta koʻrib chiqish zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarning va oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolalarning hayotiy vaziyati oʻzgarishi munosabati bilan amalga oshiriladi.
Himoya qilish rejasining amal qilishini tugatish uchun quyidagilar asos boʻladi:
zoʻravonlik oqibatlari yoki zoʻravonlik sodir etilishi tahdidi bartaraf etilganligi;
bolaning oʻn sakkiz yoshga toʻlganligi;
bolaning vafot etganligi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarni yoki oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolalarni himoya qilish rejasini ishlab chiqish, amalga oshirish va monitoring qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
32-modda. Himoya orderini berish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.11.00 Himoya orderi]
Zoʻravonlikdan jabrlanuvchiga davlat himoyasini taqdim etadigan, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan yoki ularga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi tahdidini yuzaga keltiruvchi shaxsga yoki shaxslar guruhiga nisbatan ushbu Qonunda belgilangan taʼsir koʻrsatish choralari qoʻllanilishiga sabab boʻladigan hujjat himoya orderidir.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.06.00.00 Vakillik. Ishonchnoma;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
Himoya orderi ichki ishlar organlari tomonidan beriladi va zoʻravonlikdan jabrlanuvchiga yoki uning qonuniy vakiliga vakolatli davlat organi ishtirokida topshiriladi.
Zoʻravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil boʻlgan shaxsga himoya orderining nusxasi beriladi.
Zoʻravonlik sodir etgan shaxs oʻn olti yoshga toʻlmagan hollarda himoya orderi berilmaydi.
Himoya orderini vakolatli davlat organi ishtirokida bergan ichki ishlar organining mansabdor shaxsi zoʻravonlik sodir etgan yoxud uni sodir etishga moyil boʻlgan shaxsni himoya orderining shartlari va uni bajarmaslik oqibatlari hamda zoʻravonlik xulq-atvorini oʻzgartirish boʻyicha tuzatish dasturlaridan oʻtish zarurati bilan tanishtiradi.
Himoya orderi vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda, tegishli hududda zoʻravonlikning yakka tartibdagi profilaktikasini amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan ichki ishlar organining mansabdor shaxsi tomonidan xavf darajasini baholashga asoslangan zoʻravonlik fakti yoki uning sodir etilishi tahdidi aniqlangan paytdan eʼtiboran yigirma toʻrt soat ichida oʻttiz kun muddatgacha beriladi va rasmiylashtirilgan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi.
Tegishli hududda zoʻravonlikning yakka tartibdagi profilaktikasini amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan ichki ishlar organining mansabdor shaxsi himoya orderini olganidan keyin zudlik bilan uni amalga oshirish boʻyicha choralar koʻrishi shart.
Zoʻravonlik sodir etganlikda aybdor shaxs himoya orderini olish toʻgʻrisidagi tegishli hujjatni imzolashni rad etgan taqdirda, himoya orderini topshirayotgan ichki ishlar organining mansabdor shaxsi tomonidan xolislar ishtirokida dalolatnoma tuziladi.
Agar zoʻravonlikdan jabrlanuvchi hamda zoʻravonlik sodir etgan yoxud uni sodir etishga moyil boʻlgan shaxs bir joyda ishlasa yoki oʻqisa, tegishli hududda zoʻravonlikning yakka tartibdagi profilaktikasini amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan ichki ishlar organining mansabdor shaxsi tomonidan jabrlanuvchiga himoya orderi berilganidan keyin bir ish kuni ichida zoʻravonlikdan jabrlanuvchining ish yoki oʻqish joyiga, agar zoʻravonlik sodir etgan yoxud uni sodir etishga moyil boʻlgan shaxs tashkilot rahbari boʻlsa, yuqori turuvchi organga, zoʻravonlikdan jabrlanuvchi va zoʻravonlik sodir etgan yoxud uni sodir etishga moyil boʻlgan shaxs oʻrtasidagi bevosita aloqani taqiqlash toʻgʻrisida taqdimnoma yuboriladi.
Zoʻravonlikdan jabrlanuvchi taʼlim olayotgan yoki ishlayotgan tashkilot rahbari taqdimnomani olganidan keyin zoʻravonlikdan jabrlanuvchi hamda zoʻravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil boʻlgan shaxs oʻrtasidagi bevosita aloqani bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni uch ish kuni ichida koʻrishi shart.
Agar tahdid hali bartaraf etilmagan boʻlsa, himoya orderining amal qilish muddati zoʻravonlikdan jabrlanuvchining yoki uning qonuniy vakilining arizasiga koʻra, jinoyat ishlari boʻyicha sud tomonidan koʻpi bilan bir yilga uzaytirilishi mumkin. Bunda himoya orderining amal qilish muddati zoʻravonlikdan jabrlanuvchi oʻn sakkiz yoshga toʻlgach tugashi hisobga olingan holda uzaytirilishi kerak.
Himoya orderini berish yoki himoya orderi berilishini yoxud uning amal qilish muddati uzaytirilishini rad etish ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Himoya orderi talablarining ijrosi ustidan nazorat tegishli hududda zoʻravonlikning yakka tartibdagi profilaktikasini amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan ichki ishlar organining mansabdor shaxsi va vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Zoʻravonlikdan jabrlanuvchiga himoya orderini berish tartibi, zoʻravonlikdan jabrlanuvchiga nisbatan zoʻravonlik xavfi darajasini baholash mezonlari va himoya orderining shakli Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
33-modda. Himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.11.00 Himoya orderi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.13.00.00 Sud hokimiyati (shuningdek, 17.00.00.00ga qarang)]
Zoʻravonlik tahdidi yoki uni sodir etish tahdidi bartaraf etilmagan taqdirda, tegishli hududda zoʻravonlikning yakka tartibdagi profilaktikasini amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan ichki ishlar organining mansabdor shaxsi tomonidan zoʻravonlikdan jabrlanuvchining qonuniy vakilining yoki zoʻravonlikdan jabrlanuvchining arizasiga koʻra himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi materiallar bir ish kuni ichida tayyorlanadi hamda himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma rasmiylashtirilgan holda, zoʻravonlikdan jabrlanuvchining yashash joyidagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudiga yuboriladi.
Himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, materiallar kelib tushgan paytdan eʼtiboran yigirma toʻrt soat ichida yopiq sud majlisida zoʻravonlikdan jabrlanuvchi, zoʻravonlikdan jabrlanuvchining qonuniy vakili yoki zoʻravonlikdan jabrlanuvchini oʻz qaramogʻida olgan boshqa shaxs hamda zoʻravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil boʻlgan shaxs, mazkur shaxsning qonuniy vakili hozirligida koʻrib chiqiladi.
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.02.00.00 Advokatura / 18.02.07.00 Advokatlik faoliyatiga oid boshqa masalalar]
Iltimosnomani sudda koʻrib chiqishda advokat ishtirok etishi mumkin.
Zoʻravonlikdan jabrlanuvchining hamda zoʻravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil boʻlgan shaxsning sud majlisiga kelishi ichki ishlar organi xodimining kuzatuvi ostida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.12.00 Hukm, ajrim va qarorlarni ijro qilish]
Zoʻravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil boʻlgan shaxsning sud majlisida uzrsiz sabablarga koʻra hozir boʻlmaganligi ishni koʻrib chiqishga monelik qilmaydi. Agar sud mazkur shaxsning sudda hozir boʻlishini shart deb topsa, sud uni majburan olib kelish toʻgʻrisida ajrim chiqarishi mumkin. Ushbu talab shaxsning ishtirok etishi qonunchilikka muvofiq majburiy boʻlgan qonuniy vakiliga nisbatan ham tatbiq etiladi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.02.00 Protsess ishtirokchilari, ularning huquq va majburiyatlari. Sud ish yurituvida qatnashishga monelik qiladigan holatlar. Rad qilishlar]
Sudya ish materiallari bilan tanishib chiqqanidan keyin sud himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida yoki himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish haqidagi iltimosnomani qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida qaror chiqaradi.
Himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi qarorda quyidagilar koʻrsatiladi:
himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan vaqt va joy haqidagi maʼlumotlar, qarorni qabul qilgan sudning nomi, sudyaning, taraflarning, ishda ishtirok etgan boshqa shaxslarning familiyasi, ismi va otasining ismi;
zoʻravonlikdan jabrlanuvchining hamda zoʻravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil boʻlgan shaxsning, shuningdek ularning qonuniy vakillarining familiyasi, ismi va otasining ismi, tugʻilgan sanasi va joyi, mashgʻulotining turi hamda yashash joyi;
himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilish uchun asos boʻlib xizmat qilgan holatlar;
zoʻravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil boʻlgan shaxsga nisbatan qoʻllanilgan, ushbu Qonunning 35-moddasida nazarda tutilgan cheklovlarning roʻyxati;
himoya orderining amal qilish muddati.
Sudning himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi qarori oʻqib eshittirilgan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi va ichki ishlar organlari tomonidan darhol ijro etiladi.
Sudya zoʻravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil boʻlgan shaxsga, mazkur shaxsning qonuniy vakiliga qaror ustidan shikoyat qilish tartibi va muddatini, shuningdek himoya orderi talablarini hamda ularni bajarilmaslik oqibatlarini tushuntiradi.
Qarorning koʻchirma nusxasi zoʻravonlikning yakka tartibdagi profilaktikasini amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan ichki ishlar organining mansabdor shaxsiga, zoʻravonlikdan jabrlanuvchiga, vakolatli davlat organiga, shuningdek zoʻravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil boʻlgan shaxsga darhol topshiriladi.
Ular sud majlisiga kelmagan taqdirda, qarorning koʻchirma nusxasi bir sutka ichida pochta orqali taraflarga yuboriladi.
Sudning himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi qarori yoki himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish haqidagi iltimosnomani qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori ustidan zoʻravonlikdan jabrlanuvchi, zoʻravonlik sodir etgan yoxud uni sodir etishga moyil boʻlgan shaxs, agar ishda ishtirok etgan boʻlsa, ularning advokati, qonuniy vakili tomonidan yetmish ikki soat ichida apellyatsiya tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
Himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi qaror ustidan shikoyat qilinishi uning ijro etilishini toʻxtatib turmaydi.
34-modda. Himoya orderining mazmuni
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.11.00 Himoya orderi]
Himoya orderida quyidagilar koʻrsatiladi:
u rasmiylashtirilgan sana va joy;
uni rasmiylashtirish uchun asos boʻlib xizmat qilgan holatlar;
zoʻravonlikdan jabrlanuvchining hamda zoʻravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil boʻlgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, tugʻilgan sanasi va joyi, kasbi hamda yashash joyi;
ushbu Qonunning 35-moddasida nazarda tutilgan cheklovlarning roʻyxati.
Himoya orderida zoʻravonlikdan jabrlanuvchining sudga murojaat qilish huquqi toʻgʻrisidagi, zoʻravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil boʻlgan shaxsning himoya orderi talablarini bajarmaganlik uchun maʼmuriy javobgarligi haqidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
35-modda. Himoya orderida nazarda tutiladigan cheklovlar
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.11.00 Himoya orderi;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.12.00.00 Zarar yetkazilganligi oqibatidagi majburiyatlar / 03.12.04.00 Maʼnaviy zararni qoplash;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.05.00 Jinoyat natijasida yetkazilgan moddiy zararni qoplash]
Himoya orderida quyidagi cheklovlar nazarda tutilishi mumkin:
zoʻravonlikdan jabrlanuvchiga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishini taqiqlash;
zoʻravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil boʻlgan shaxsning zoʻravonlikdan jabrlanuvchi bilan aloqasini taqiqlash (ish joylarida va taʼlim muassasalarida zoʻravonlikdan jabrlanuvchining zoʻravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil boʻlgan shaxs bilan bilvosita aloqasiga yoʻl qoʻyiladi);
zoʻravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil boʻlgan shaxsning zoʻravonlikdan jabrlanuvchi bilan bir xonada yoki transport vositasida birga boʻlishini taqiqlash;
zoʻravonlikdan jabrlanuvchining davolanish, maslahat olish xarajatlarining, uni zoʻravonlikdan jabrlanuvchilarga yordam koʻrsatish boʻyicha maxsus markazga joylashtirish xarajatlarining, jabrlanuvchiga yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplash, shuningdek maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilish majburiyatini zoʻravonlik sodir etgan shaxsning zimmasiga yuklatish;
zoʻravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil boʻlgan shaxsning qurolni (bundan xizmat quroli mustasno) saqlash va olib yurish huquqini himoya orderining amal qilishi davrida yoki unda koʻrsatilgan muddat davrida cheklash yoxud taqiqlash, shuningdek qurol sotib olish uchun ruxsatnoma olishga doir huquqini taqiqlash.
Himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi masalani hal qilishda sud ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan cheklovlardan tashqari quyidagi cheklovlarni qoʻllashga haqli:
zoʻravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil boʻlgan shaxsning muayyan joylarga borishini taqiqlash;
narkologik kasallikdan ambulatoriya yoki statsionar sharoitlarda davolanish kabi majburiyatlardan birini yoki bir nechtasini zoʻravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil boʻlgan shaxsning zimmasiga yuklatish;
zoʻravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil boʻlgan shaxsning zoʻravonlikdan jabrlanuvchi yashaydigan uy-joy maydonidan yoki uning bir qismidan foydalanish, jabrlanuvchining oʻqish yoki ish joyiga yoxud u joylashgan boshqa joylarga yaqinlashish huquqini vaqtinchalik cheklash.
Himoya orderining amal qilish muddati uzaytirilgan taqdirda ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan talablardan tashqari himoya orderiga zoʻravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil boʻlgan shaxsning zoʻravonlik xulq-atvorini oʻzgartirish boʻyicha tuzatish dasturidan oʻtishi toʻgʻrisidagi shart majburiy tartibda kiritiladi.
Agar himoya orderini berish va uning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish chogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan jinoyat belgilari aniqlansa, himoya orderini berish va uning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish bilan bir vaqtda ish materiallari jinoiy javobgarlikka tortish haqidagi masalani hal qilish uchun tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organga yuboriladi.
36-modda. Zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarga va oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolalarga huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy va boshqa yordam koʻrsatish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.09.00 Alohida toifadagi fuqarolarni (ayollar, bolalar va boshqalar) huquqiy holatini oʻziga xos xususiyatlari]
Zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarga va oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolalarga quyidagilarni oʻz ichiga oladigan zarur huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy va boshqa yordam koʻrsatiladi:
bola olgan, uning kelgusi rivojlanishiga taʼsir koʻrsatadigan ruhiy yoki jismoniy jarohatning salbiy taʼsirini kamaytirish;
hayot sifatini oshirish va ruhiy-hissiy osoyishtalikni taʼminlash;
xulq-atvoridagi ogʻishishlarning yoki oila aʼzolari, tengdoshlari bilan munosabatlaridagi buzilishlarning oldini olish va (yoki) ularning oqibatlarini bartaraf etish;
sogʻliqni tiklash va mustahkamlash;
bolaning reabilitatsiyasini va jamiyatdagi, shu jumladan tengdoshlari guruhidagi, oilaviy muhitdagi ijtimoiy moslashuvini yengillashtirish;
zoʻravonlik sodir etgan shaxsdan moddiy zararning oʻrnini qoplash va maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilish boʻyicha choralar koʻrish;
yuridik yordam koʻrsatish, huquqiy axborot va huquqiy maslahatlar berish;
zoʻravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil boʻlgan shaxs bilan muloqotni cheklash yoki muloqotga toʻsqinlik qilish;
ularning vaqtinchalik xavfsizligini, ularning parvarishini taʼminlash va parvarishini amalga oshiradigan shaxsni tayinlash;
xavfsiz boshpana berish;
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa choralar.
37-modda. Zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarning va oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolalarning oilalarini mustahkamlash hamda qoʻllab-quvvatlash
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.08.00.00 Oila, onalik, otalik va bolalikni himoya qilish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.03 Narkologik yordam]
Zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarning va oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolalarning manfaatlarini taʼminlash maqsadida ularning oila aʼzolariga oilalarni mustahkamlash hamda qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan bolaning hayotiga yoki sogʻligʻiga bevosita tahdid soluvchi omillarni bartaraf etish boʻyicha xizmatlar koʻrsatiladi. Buning uchun bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlarining va tashkilotlarning tegishli mutaxassislari jalb etiladi hamda quyidagi xizmatlar koʻrsatiladi:
zoʻravonlik sodir etganlikda aybdor shaxsning hissiy barqarorligini taʼminlash, shuningdek mazkur shaxsning ota-onalik salohiyatini, harakatlari uchun javobgarligini va ularning oqibatlarini anglab yetishi uchun ijtimoiy, psixologik, pedagogik jihatdan qoʻllab-quvvatlash;
bolalarga nisbatan zoʻravonlik, uning bolalar uchun oqibatlari hamda qonunchilikda belgilangan javobgarlik toʻgʻrisida axborot va maslahatlar berish orqali oila aʼzolarining huquqiy savodxonligini oshirish;
zoʻravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil boʻlgan shaxsda ruhiy holat buzilishlari aniqlangan taqdirda, belgilangan tartibda psixiatriya yordamini koʻrsatish;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Psixiatriya yordami toʻgʻrisida”gi Qonuni.
narkologik kasalliklarga chalingan ota-onalarning narkologiya muassasalarida majburiy davolanishini taʼminlash;
bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishiga bilvosita taʼsir koʻrsatgan iqtisodiy qiyinchiliklarni bartaraf etish maqsadida ish qidirayotgan shaxslarga va ishsiz shaxslarga xizmatlar koʻrsatish, shu jumladan tadbirkorlikka jalb etish, oʻzini oʻzi band qilishni rivojlantirishga doir faoliyatni tashkil etish, kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga va malakani oshirishga yuborish hamda boshqa choralar koʻrish orqali oilalarning moliyaviy barqarorligini taʼminlashga koʻmaklashish;
bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi tahdidi hisobga olingan holda qonunchilikda taqiqlanmagan hamda xavf omillarini bartaraf etishga, oilalarni mustahkamlash va qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan boshqa xizmatlarni koʻrsatish.
38-modda. Bolani ota-onasidan (ularning biridan) yoki uni oʻz qaramogʻiga olgan boshqa shaxslardan olib qoʻyish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang);
2.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.08.00.00 Oila, onalik, otalik va bolalikni himoya qilish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash]
Bolaning hayoti va sogʻligʻi bevosita xavf ostida qolganda vakolatli davlat organi bolani ota-onasidan (ularning biridan) yoki uni oʻz qaramogʻiga olgan boshqa shaxslardan zudlik bilan olib qoʻyishga doir choralar koʻrishga haqlidir. Bolani zudlik bilan olib qoʻyish fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining tegishli hujjatiga asosan profilaktika inspektori ishtirokida amalga oshiriladi.
Bola olib qoʻyilganda vakolatli davlat organi zudlik bilan prokurorga xabar berishi, bolaning vaqtincha joylashtirilishini taʼminlashi va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan bolani olib qoʻyish haqida hujjat qabul qilinganidan keyin yetti kun ichida ota-onalik huquqini cheklash toʻgʻrisida sudga daʼvo bilan murojaat etishi shart.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.01.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni aniqlash va joylashtirish]
Bola ota-onasidan (ularning biridan) yoki uni oʻz qaramogʻiga olgan boshqa shaxslardan olib qoʻyilganda, u quyidagi joylarga (joylashtirish ustuvorligi tartibida) joylashtirilishi mumkin:
bolaning manfaatlariga muvofiq shart-sharoitlar yarata oladigan ota-onaning birinikiga;
bolaning qarindoshlarinikiga;
bolaga gʻamxoʻrlik koʻrsatish istagini bildirgan shaxsnikiga;
vakolatli davlat organining hisobida turgan shaxslarnikiga;
tibbiyot muassasasiga (bolaning sogʻligʻida muammolar boʻlganda);
zoʻravonlikdan jabrlanuvchilar uchun ixtisoslashtirilgan muassasalarga.
Agar bolani oilaga joylashtirish imkoniyati boʻlmasa, uni ixtisoslashtirilgan muassasaga joylashtirish eng oxirgi choradir.
Sud tomonidan ota-onalarning ota-onalik huquqini cheklash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bolaning ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan joylarda boʻlishi muddati himoya qilish rejasida belgilanadi.
39-modda. Zoʻravonlikdan jabrlangan yoki zoʻravonlikka guvoh boʻlgan bolalarga jinoyat ishini yuritishda maxsus himoya choralarini taqdim etish
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.13.00 Alohida toifadagi jinoyat ishlarini yuritish]
Jinoyat ishini yuritishda zoʻravonlikdan jabrlangan yoki zoʻravonlikka guvoh boʻlgan bolalarning quyidagi maxsus himoya choralari nazarda tutiladi:
tergov organlarida va sudlarda bolalar uchun alohida kutish joylarini tashkil etish, shuningdek soʻroq qilish uchun stenografiya, videokuzatuv, audio- va video qayd etish tizimlari bilan jihozlangan alohida maxsus xonalarni tashkil etish;
zoʻravonlikdan jabrlangan yoki zoʻravonlikka guvoh boʻlgan bolalar bilan ishlash boʻyicha maxsus bilim va koʻnikmalarga ega mutaxassislarning protsessual harakatlar davomida ishtirok etishini taʼminlash;
zoʻravonlikdan jabrlangan yoki zoʻravonlikka guvoh boʻlgan bolalarning huquq va majburiyatlarini hamda ish bilan bogʻliq boʻlgan har qanday axborotni bolalar tushunadigan va ularning yoshiga hamda rivojlanishiga mos boʻlgan tilda tushuntirish;
zoʻravonlikdan jabrlangan yoki zoʻravonlikka guvoh boʻlgan bolalarning koʻrsatuvlarini oldindan mustahkamlab qoʻyish;
zoʻravonlikdan jabrlangan yoki zoʻravonlikka guvoh boʻlgan bolalarning protsessual harakatlar vaqtida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa bogʻlashi uchun taqiq belgilash;
zoʻravonlikdan jabrlangan yoki zoʻravonlikka guvoh boʻlgan bolalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning maxfiyligini jinoyat ishini yuritishning barcha bosqichlarida taʼminlash.
40-modda. Bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil boʻlgan shaxsning xulq-atvorini tuzatishga qaratilgan tadbirlar
Zoʻravonlikning takroran sodir etilishining oldini olish hamda zoʻravonlikdan jabrlanuvchining xavfsizligini taʼminlash maqsadida bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil boʻlgan shaxsning xulq-atvorini oʻzgartirish yuzasidan psixologik va ijtimoiy yordam koʻrsatishga doir chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil boʻlgan shaxs zoʻravonlik xulq-atvorini oʻzgartirish boʻyicha tuzatish dasturidan oʻtadi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil boʻlgan shaxsda ruhiy holatning buzilishi mavjud boʻlgan taqdirda, unga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining 7-boʻlimi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 12-dekabrdagi 23-sonli “Ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil boʻlgan shaxsning zoʻravonlik xulq-atvorini oʻzgartirish boʻyicha tuzatish dasturidan oʻtish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
41-modda. Sogʻliqqa, jinsiy erkinlikka, oilaga, yoshlarga va axloqqa qarshi jinoyatlar sodir etgan shaxslarning huquqlarini cheklash
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.05.00 Muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish]
Qoʻllanilgan jazo chorasidan, sudlanganlik holati tugatilganligidan yoki olib tashlanganligidan hamda oʻziga nisbatan amnistiya akti yoki afv etish qoʻllanilganligidan qatʼi nazar, qasddan odam oʻldirganlik, oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan jabrlanuvchining nomusiga tekkanlik yoki unga nisbatan zoʻrlik ishlatib, jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirganlik, oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxsni jinsiy aloqada boʻlish yoki jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish bilan bogʻliq holda jinsiy aloqa qilishga majbur etganlik, oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilganlik yoki jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirganlik yoki unga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilganlik, voyaga yetmagan shaxs tavsiflangan yoki tasvirlangan pornografik mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirganlik, xuddi shuningdek uni tayyorlaganlik, tarqatganlik, reklama qilganlik, namoyish etganlik yoxud voyaga yetmagan shaxsni pornografik xususiyatga ega harakatlarning ijrochisi sifatida jalb etganlik, voyaga yetmagan shaxsni jalb etgan holda qoʻshmachilik qilganlik, fohishaxonalarni tashkil etganlik yoki saqlaganlik uchun ilgari hukm qilingan shaxslarning taʼlim, tarbiya, bolalar sogʻlomlashtirish, sport va ijodiy tashkilotlarida ishlashi hamda bolalar bilan bevosita ishlashni nazarda tutuvchi faoliyat turlari bilan shugʻullanishi taqiqlanadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar maxsus reyestrga kiritiladi va mazkur shaxslar maxsus reyestrda boʻlgan davrda ichki ishlar organlarining profilaktik hisobida turadi.
Maxsus reyestrga kiritilgan shaxslar doimiy yashash joyi yoki ish joyi oʻzgarganida, bu haqda tegishli ichki ishlar organlariga xabar berishi shart.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
Maxsus reyestrni shakllantirish va yuritish, shuningdek undan axborot olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
42-modda. Maʼlumotlarning maxfiyligi
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.06.00 Shaxsga doir maʼlumotlar va ularning himoyasi]
Zoʻravonlikdan jabrlanuvchiga yordam koʻrsatgan shaxslarga maʼlum boʻlib qolgan barcha shaxsga doir maʼlumotlar shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilik bilan qoʻriqlanadi.
Zoʻravonlikdan jabrlanuvchining shaxsiga doir maʼlumotlari ishonib topshirilgan yoxud kasbiy, xizmat yoki mehnat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan bu maʼlumotlar oʻziga maʼlum boʻlib qolgan, ushbu maʼlumotlarni oshkor etishga yoʻl qoʻygan shaxslar qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka tortiladi.
4-bob. Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishda ota-onalarning (ular oʻrnini bosuvchi shaxslarning), taʼlim muassasalari vakillarining hamda taʼlim oluvchilarning ishtirok etishi
43-modda. Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishda ota-onalarning (ular oʻrnini bosuvchi shaxslarning) ishtirok etishi
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.04.00.00 Ota-onalar va bolalarning hamda boshqa shaxslarning huquq va majburiyatlari. Aliment majburiyatlari / 04.04.04.00 Ota-onalar huquq va majburiyatlari]
Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish maqsadida ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) quyidagilar yuzasidan choralar koʻradi:
bolalarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish;
bolaning toʻlaqonli va har tomonlama kamol topishi uchun mehr va gʻamxoʻrlik koʻrsatish;
bolaning imkoniyatlarini amalga oshirishi va oʻz oʻrnini topishi, shuningdek bolaning mansublikka boʻlgan ehtiyoji qondirilishi uchun sharoitlar yaratish;
bolalarga nisbatan sodir etilgan zoʻravonlik toʻgʻrisida bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlarni xabardor qilish;
bolaga oʻz huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisidagi bilimlarni, shuningdek oʻz huquqlari va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning huquqlari va erkinliklari hurmat qilinishini singdirish;
bolalarni pornografik xususiyatga ega, shafqatsizlik va zoʻravonlik alomatlarini oʻz ichiga olgan, inson qadr-qimmatini tahqirlovchi, jinoyatlar sodir etishga undovchi axborotdan hamda bolalar sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi boshqa axborotdan himoya qilish.
Bolalarni tarbiyalash usullari mensimaslik, shafqatsizlik, qoʻpollikdan, insoniy qadr-qimmatni kamsituvchi muomaladan, bolalarni haqoratlash yoki ekspluatatsiya qilishdan xoli boʻlishi kerak.
44-modda. Taʼlim muassasalarida bolalarga nisbatan zoʻravonlikka yoʻl qoʻymaslik
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
Taʼlim dasturlari bolalarga nisbatan va bolalar oʻrtasida zoʻravonlikning, shu jumladan taʼqib etishning (bullingning) oldini olishga, shuningdek bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga nisbatan mensimaslik bilan munosabatda boʻlishga barham berishga koʻmaklashishi kerak.
Taʼlim muassasalarida intizomiy jazo choralari sifatida zoʻravonlikning har qanday shakllarini, shu jumladan jismoniy jazolarni va boshqa shafqatsiz yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala va jazo turlarini qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Taʼlim muassasalarida bolalarga nisbatan va bolalar oʻrtasida zoʻravonlikning, shu jumladan taʼqib etishning (bullingning) oldini olish, shuningdek zoʻravonlikni qoʻllash faktlari yuzasidan tegishli chora-tadbirlar koʻrish boʻyicha dasturlar va mexanizmlar joriy etiladi. Bunday chora-tadbirlar taʼlim muassasasining ichki tartib-qoidalariga, ustavlariga va ish rejalariga kiritiladi.
Taʼlim muassasalarida bolalarga nisbatan zoʻravonlikning oldini olish uchun masʼul boʻlgan shaxslar tayinlanadi.
Bolalarni zoʻravonlikdan himoya qilish maqsadida taʼlim muassasasi rahbariyati bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishiga imkon beruvchi sabablarni va shart-sharoitlarni bartaraf etish, taʼlim muassasasida inson huquqlari va qadr-qimmatini hurmat qilishga asoslangan, zoʻravonlikdan xoli boʻlgan munosabatlarni shakllantirish, xavfsiz va ijobiy psixologik muhitni tashkil etish hamda taʼminlash choralarini koʻrishi shart.
Bolalarni zoʻravonlikdan himoya qilish maqsadida taʼlim muassasasi xodimlari taʼlim oluvchilar, ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar), pedagogik jamoaning aʼzolari bilan muloqot qilishda taʼlim muassasasining ichki tartib-qoidalariga, pedagogik odob-axloq qoidalariga qatʼiy rioya etishi, barcha taʼlim oluvchilarga teng munosabatda boʻlinishini taʼminlashi, sinfdagi psixologik muhitni baholashi va yaxshilashi, taʼlim oluvchilar bilan suhbatlar oʻtkazishi hamda ota-onalarga (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga) maslahatlar berish uchun psixologlar va psixolog inspektorlar bilan yaqin hamkorlikni taʼminlashi shart.
Bolalarni zoʻravonlikdan himoya qilish maqsadida taʼlim muassasasi oʻquvchilari taʼlim muassasasining ichki tartib-qoidalariga rioya etishi, bolalarga nisbatan zoʻravonlik hollarining oldini olish maqsadida tashkil qilingan treninglarda ishtirok etishi, agar zoʻravonlikka guvoh boʻlsa yoki bu haqda axborotga ega boʻlsa, taʼlim muassasasining rahbariyatini albatta xabardor etishi shart.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
45-modda. Zoʻravonlikdan jabrlangan bolalar va oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolalar, shuningdek zoʻravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil boʻlgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.06.00 Shaxsga doir maʼlumotlar va ularning himoyasi]
Zoʻravonlikdan jabrlangan bolalar va oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolalar, shuningdek zoʻravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil boʻlgan shaxslar haqidagi maʼlumotlar bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlar tomonidan “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining yagona elektron maʼlumotlar bazasiga kiritiladi.
46-modda. Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish boʻyicha chora-tadbirlarni moliyalashtirish
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.05.00 Xorijdan mablagʻ jalb qilish;
3.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.08.00.00 Xalqaro tashkilotlar va ittifoqlar / 19.08.01.00 Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT). BMT tizimiga kiruvchi tashkilotlar: (Jahon meteorologiya tashkiloti (VMO), Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (VOZ), Jahon intellektual mulk tashkiloti (VOIS), Jahon pochta ittifoqi (VPS), Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (MAR), Xalqaro moliya korporatsiyasi (MFK), Xalqaro taraqqiyot va rivojlanish banki (MBRR), Investitsiya kafolatlari boʻyicha koʻp tomonlama agentlik (MAIG), Xalqaro valyuta jamgʻarmasi (MVF), Xalqaro dengiz tashkiloti (IMO), Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO), Xalqaro mehnat tashkiloti (MOT), Xalqaro elektr aloqa ittifoqi (MSE), Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi (MFSR), YuNESKO, Xalqaro rivojlanish boʻyicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti (YuNIDO), BMT ning oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO))]
Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish boʻyicha chora-tadbirlarni moliyalashtirish tegishli davlat organlari hamda tashkilotlarning mablagʻlari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlar va boshqa donorlarning grantlari hamda texnik koʻmagi mablagʻlari, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
47-modda. Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.09.00 Alohida toifadagi fuqarolarni (ayollar, bolalar va boshqalar) huquqiy holatini oʻziga xos xususiyatlari;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.03.00 Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik]
Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 592-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1261-moddasi.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]
48-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish
“Ana shu shaxslar mazkur Kodeksning 61, 1161, 1162, 1163, 125, 1251, 126, 127, 128, 1281, 1282, 1283, 1284, 1285, 1286, 129, 130, 131, 132, 133, 134, 135, 1351, 136, 138, 183, 185, 1851, 1852, 1853, 194, 1941, 1961, 2061, 2091, 218, 220, 221-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklarni sodir etgan taqdirda, ular umumiy asoslarda maʼmuriy javobgarlikka tortiladi. Sodir etilgan huquqbuzarlikning xususiyatini va huquqbuzarning shaxsini hisobga olgan holda mazkur shaxslarga nisbatan (bundan ushbu Kodeksning 194, 1941 va 1961-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslar mustasno) ishlar bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyalari ixtiyoriga berilishi mumkin, ushbu Kodeksning 61, 2061-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarning ishlari esa shu komissiyalarga berilishi lozim”.
2. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvarda qabul qilingan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi OʻRQ-600-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 1, 1-modda; № 3, 201-modda, № 5, 298-modda, № 10, 593-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, 4-songa ilova, № 7, 661-modda, № 8, 800, 803-moddalar, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 2, 76-modda, № 3, 214, 216-moddalar, № 4, 340-modda, № 5, 463, 464, 467-moddalar, № 12, 1186-modda; 2023-yil, № 2, 103-modda, № 3, 186-modda, № 4, 265, 269-moddalar, № 6, 444, 445-moddalar, № 7, 538-modda, № 9, 710-modda; 2024-yil, № 1, 5, 6, 7-moddalar, № 2, 101, 105, 107, 108, 111, 112-moddalar) 8-moddasining birinchi qismi quyidagi mazmundagi 53-band bilan toʻldirilsin:
“53) daʼvogarlar — zoʻravonlikdan jabrlangan bolaga (bolalarga) yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplash va maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilish toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan”.
49-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.05.00 Huquq va erkinlikning kafolati va himoyasi. Ombudsman;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.09.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha davlat siyosati / 02.08.09.01 Huquqiy targʻibot]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani) va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
50-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
ushbu Qonun 27-moddasining oltinchi qismida nazarda tutilgan Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlarining va tashkilotlarning bolalarga nisbatan zoʻravonlik hollarini aniqlash, ular toʻgʻrisida xabardor qilish hamda bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan shaxslarga nisbatan taʼsir choralarini qoʻllash yuzasidan idoralararo hamkorligi tartibini ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran olti oy ichida ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin;
ushbu Qonun 29-moddasining oltinchi qismida nazarda tutilgan Zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarning va oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolalarning hayotiy vaziyatini baholash tartibi va mezonlarini ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran olti oy ichida ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin;
ushbu Qonun 31-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan Zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarni yoki oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolalarni himoya qilish rejasini ishlab chiqish, amalga oshirish va monitoring qilish tartibini ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran olti oy ichida ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin;
ushbu Qonun 32-moddasining oʻn toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan Zoʻravonlikdan jabrlanuvchiga himoya orderini berish tartibini, zoʻravonlikdan jabrlanuvchiga nisbatan zoʻravonlik xavfi darajasini baholash mezonlarini va himoya orderining shaklini ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran olti oy ichida ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin;
ushbu Qonun 40-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan Bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil boʻlgan shaxsning zoʻravonlik xulq-atvorini oʻzgartirish boʻyicha tuzatish dasturidan oʻtishi tartibini ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran olti oy ichida ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin;
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
51-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran olti oy oʻtgach kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 14-noyabr,
OʻRQ-996-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.11.2024-y., 03/24/996/0921-son)