Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
“Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2007-yil 21-iyuldagi 20/3-son “Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1719, 2007-yil 24-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 39-son, 405-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2013-yil 24-yanvardagi 2/6-son “Kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1719-1, 2013-yil 14-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 7-son, 94-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2015-yil 22-avgustdagi 22/9-son “Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1719-2, 2015-yil 9-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 36-son, 481-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2019-yil 24-avgustdagi 21/10-son “Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1719-3, 2019-yil 6-noyabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.11.2019-y., 10/19/1719-3/3999-son).