1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.03.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
FARMONI
Davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik, proaktivlik va natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Islohotlar ijrosini ekspert jihatidan taʼminlash samaradorligini oshirish, hududlar va tarmoqlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, biznes muhitini yanada yaxshilash, davlat organlarining masʼuliyati va tashabbuskorligini oshirish, boshqaruvning barcha boʻgʻinlari oʻrtasida hamohanglikni mustahkamlash maqsadida qaror qilaman:
1. Quyidagilar:
(a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining yangilangan tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq;
(b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi reglamenti 2-ilovaga* muvofiq;
(v) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va uning Administratsiyasi huzuridagi tashkilotlar xodimlarining cheklangan soni 3-ilovaga* muvofiq;
(g) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbar va masʼul xodimlari mehnatiga Yagona tarif setkasi boʻyicha haq toʻlash razryadlari 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1 — 4-ilovalar berilmaydi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.03.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi]
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining (keyingi oʻrinlarda — Administratsiya) yangilangan tuzilmasiga muvofiq:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.08.00 Axborotni taqdim qilish. Axborot xizmatlari]
(a) Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tugatilsin hamda uning axborot sohasida nazorat va monitoring boʻyicha vazifa va funksiyalari Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasiga oʻtkazilsin;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]
(b) Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha markaz Administratsiya boʻysunuviga oʻtkazilsin;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
(v) Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi negizida Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi tashkil etilsin;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.03.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]
(g) Administratsiya Matbuot xizmati media-markazi negizida Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi tashkil etilsin;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
(d) Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi negizida Boshqaruv samaradorligi agentligi tashkil etilsin;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.02.00 Madaniyat sohasida boshqaruv. Madaniyat sohasida faoliyatni amalga oshirishni litsenziyalash]
(j) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi Administratsiya boʻysunuviga oʻtkazilsin.
3. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining proaktiv siyosat yuritishini taʼminlash uchun 2025-yil 1-avgustdan quyidagilar amalga kiritilsin:
(a) vazirlik va idoralarning oʻzlariga tegishli sohani tartibga solish vakolati doirasida idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish imkoniyatlarini kengaytirish, ularning ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.04.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish]
(b) idoraviy hujjatlarni Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazishda qayta ishlash (tahrirlash) imkoniyatini yaratish, davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilgan idoraviy hujjatlarni avtomatik ravishda oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish amaliyotini joriy etish;
(v) idoraviy hujjatlarni, shu jumladan, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, fitosanitariya talablari, ekologik normalar va qoidalar, veterinariya hamda veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini (texnik hujjatlar) xalqaro standartlarga moslashtirish jarayonida ularga huquqiy normalarni kiritishga ruxsat etish.
4. Vazirlar Mahkamasi Strategik islohotlar agentligi va Boshqaruv samaradorligi agentligi bilan birgalikda:
(a) 2025-yil 1-avgustga qadar Hukumat qarorlari, idoraviy hujjatlar va mahalliy davlat hokimiyati organlari hujjatlari bilan tartibga solinadigan masalalar roʻyxatini belgilasin;
(b) 2025-yil 1-sentabrga qadar:
(i) byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish, takrorlanuvchi nazorat funksiyalarini bekor qilish, qaror qabul qilishda shaffoflik va ochiqlikni taʼminlashga qaratilgan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati samaradorligini oshirish;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
(ii) hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va daromadlarini oshirish borasida mahalliy hokimliklar iqtisodiy, maʼmuriy va moliyaviy vakolatlarini yanada kengaytirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari paketini Administratsiyaga kiritsin;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.05.00 Vazirlar Mahkamasi apparati]
(v) 2025-yil 1-avgustga qadar mazkur Farmon talablarini inobatga olgan holda Hukumat ijro apparati va ijro etuvchi organlarning shtat tuzilmalarini qayta koʻrib chiqsin va maqbullashtirish yuzasidan taklif kiritsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.01.00 Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi. Saylanishi. Vakolatlari;
3.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.01.00 Umumiy qoidalar]
5. Oliy sud Konstitutsiyaviy sud, Bosh prokuratura va Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda normativ-huquqiy hujjatlar va normativ xususiyatga ega maʼmuriy hujjatlar yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlarni tahlil qilgan holda ularni bekor qilish, oʻzgartirish va haqiqiy emas deb topish boʻyicha sud amaliyotini takomillashtirish yuzasidan takliflarni Administratsiyaga kiritsin.
6. Prezident maslahatchilari va Administratsiya tarkibiy boʻlinmalari boshliqlari:
(a) biriktirilgan yoʻnalishlarda ishlarning ahvoli va rivojlanish istiqbollarini muntazam (haftada kamida bir marta) muhokama qilib borsin, bu borada davlat tashkilotlari, ishbilarmon doiralar, biznes hamjamiyati, hudud faollari va xususiy sektor vakillari bilan taʼsirchan muloqot va hamkorlikni kuchaytirsin;
(b) ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini doimiy monitoring qilsin, hududlar va tarmoqlarni rivojlantirish ishlari holati hamda istiqbollari toʻgʻrisida axborot toʻplab, oʻz yechimini kutayotgan muammolarni hal qilish yoʻllarini aniqlagan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga koʻrib chiqish uchun kiritib borsin;
(v) ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha davlat dasturlarining oʻz vaqtida shakllantirilishini va toʻliq bajarilishini, shu jumladan, tarmoqlar va hududlarda investitsiyaviy, davlat-xususiy sheriklik va boshqa yirik loyihalarning amalga oshirilishini nazoratga olsin;
(g) biznes muhitini yanada yaxshilash, oʻsishning yangi imkoniyatlarini ishga solish, aholi daromadlarini oshirish borasida ijro etuvchi organlarning tashkiliy tuzilmalarini va ish uslublarini takomillashtirish, ularning faoliyatini raqamlashtirish, mansabdor shaxslarning masʼuliyati va hisobdorligini oshirish choralarini koʻrib borsin;
(d) boʻlinma tarkibidagi boshqarma va shoʻbalar faoliyatini zamonaviy talablar asosida shakllantirish va vazifalar taqsimotini mustaqil belgilash, xodimlarni dolzarb masalalar yechimiga tezkor mobilizatsiya qilish orqali ularning ish samaradorligini oshirsin;
(j) xodimlar faoliyatida zamonaviy maʼlumotlarni tahlil qilish va vizuallashtirish, loyihalarni boshqarish, vaqt va natijadorlik vositalarini, shu jumladan, sunʼiy intellekt texnologiyalari va boshqa raqamli vositalarni joriy etsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat]
7. Administratsiya rahbari va uning oʻrinbosarlari, Prezident yordamchilari, maslahatchilari, vakillari va Administratsiya tarkibiy boʻlinmalari boshliqlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimiga tayinlanishi va lavozimidan ozod etilishi belgilab qoʻyilsin.
8. Administratsiya rahbariga quyidagi vakolatlar taqdim etilsin:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.04.00 Davlat sirlari]
(a) Prezident maslahatchilari oʻrinbosarlari va Administratsiya tarkibiy boʻlinmalari boshliqlari oʻrinbosarlari, Komplayens xizmati boshligʻi, Kanselyariya mudiri hamda Administratsiya boshqaruv xodimlari, shu jumladan, mazkur lavozimlarga ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlangan xodimlarni lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish. Bunda qonunchilikka tegishli oʻzgartirishlar kiritilguniga qadar ham mazkur xodimlarga tegishli qonun va qonunosti hujjatlarida Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan xodimlar uchun nazarda tutilgan barcha huquqlar, imtiyozlar, kafolatlar, vakolatlar va boshqa qoidalar, shu jumladan, davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnoma berishning alohida tartibi tatbiq etiladi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-apreldagi PQ-5089-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlarining xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizom, “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 14-moddasi, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Qonunning 3-bobi, “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonunning 12, 13-moddalari, “Davlat sirlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-bobi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.09.00 Mehnat migratsiyasi]
(v) loyihaviy boshqaruv tamoyili asosida rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish uchun mahalliy va xorijiy mutaxassis va ekspertlarni, shu jumladan, olimlar, ilmiy izlanuvchilar va tadqiqotchilarni toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida jalb qilish (ishga olish), ularning natijalarini moliyalashtirish, shu jumladan, Administratsiya faoliyatiga koʻmaklashish jamgʻarmasi hisobidan;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.02.00 Valyuta boyliklari / 07.27.02.01 Chet el valyutasi]
(g) mahalliy va xorijiy mutaxassislar va ekspertlarga xizmatlari uchun haqni (ish haqini) milliy yoki chet el valyutasida toʻlash, mehnatga haq toʻlash miqdorini mustaqil belgilash.
9. Prezident maslahatchilari va Administratsiya tarkibiy boʻlinmalari boshliqlari oʻn kun muddatda oʻziga tegishli yoʻnalishda rivojlantirish loyihalari roʻyxatlarini shakllantirsin va Administratsiya rahbariga tasdiqlash uchun taqdim etsin.
10. Kommunikatsiyalar departamenti bir oy muddatda Davlat kommunikatsiya strategiyasini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun kiritsin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.09.00 Maʼlum bir mutaxassislik boʻyicha xodimlarga qoʻyiladigan talablar. Kvalifikatsiya tavsiflari;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang)]
11. Administratsiya rahbari ikki hafta muddatda Administratsiya boshqaruv xodimlari faoliyatiga baho berib, ularning attestatsiyadan oʻtkazilishini hamda Administratsiyaga salohiyati va qobiliyati yuqori boʻlgan eng munosib kadrlar tanlanishini taʼminlasin.
12. Administratsiya Kanselyariyasi boshqa tarkibiy boʻlinmalar bilan birgalikda bir oy muddatda ish jarayoniga zamonaviy raqamli vositalarni (sunʼiy intellekt, xodimlar faoliyati samaradorligini monitoring qilish, videokonferensiyalar, yigʻilish va tadbirlar kalendari va boshqalar) joriy qilsin.
13. Adliya vazirligi bir oy muddatda qonunchilikka mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar haqida takliflarni Administratsiyaga kiritsin.
14. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari S.Sh. Mirziyoyeva zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 14-iyul,
PF-111-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2025-y., 06/25/111/0621-son)