1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi milliy malaka tizimini tartibga solishga qaratilgan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi milliy malaka tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-345-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, kasbiy standartlarni ishlab chiqish bilan bogʻliq tartib va talablarni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi milliy malaka tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-345-son qaroriga muvofiq:
Kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha respublika kengashi (keyingi oʻrinlarda — Respublika kengashi);
Kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashlari (keyingi oʻrinlarda — tarmoq kengashlari) tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha respublika kengashi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizom 2-ilovaga muvofiq;
Malakani baholash markazi toʻgʻrisidagi namunaviy nizom 3-ilovaga muvofiq;
Malakani baholash markazlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
3. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari]
kasbiy va oliy taʼlim tashkilotlari, kasbiy koʻnikmalar markazlari, nodavlat kasb-hunarga oʻqitish taʼlimi tashkilotlari, qayta tayyorlash va malaka oshirish tashkilotlari tegishli taʼlim dasturlarini kasbiy standartlarga muvofiq ishlab chiqadi;
malakani baholash markazlari kasbiy imtihonlarning amaliy qismini oʻtkazishda texnoparklar, tegishli soha korxonalari hamda taʼlim tashkilotlarining ishlab chiqarish bazalari, poligonlari, ustaxonalari, laboratoriya va boshqa moddiy-texnika vositalaridan kelishuv asosida foydalanadi;
malakani baholash markazlari tomonidan malaka darajalariga muvofiq mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan norasmiy va informal taʼlim natijalari boʻyicha malaka sertifikati hamda malaka razryadlari boʻyicha malaka pasportlari beriladi;
malaka sertifikati va malaka pasporti Loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari hamda Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytinglarida inobatga olinadi;
Milliy malaka tizimining yagona raqamli platformasi vazirlik va idoralarning mavjud axborot tizimlariga integratsiya qilinadi.
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligining Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) Respublika kengashining ishchi organi hisoblanadi va Milliy malaka tizimini muvofiqlashtiruvchi regulator vazifasini bajaradi;
mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari boʻyicha Institut direktori — ilmiy-tadqiqot muassasasi direktoriga, direktor oʻrinbosari — ilmiy-tadqiqot muassasasi direktorining oʻrinbosariga, guruh rahbari — ilmiy-tadqiqot muassasasi ilmiy kotibiga, bosh mutaxassis — ilmiy-tadqiqot muassasasi bosh ilmiy xodimiga va yetakchi mutaxassis — ilmiy-tadqiqot muassasasi yetakchi ilmiy xodimiga tenglashtiriladi.
5. Institut:
a) har yili 1-dekabrga qadar tarmoq kengashlari bilan birgalikda Respublika kengashining kelgusi yil uchun ish rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun kiritsin;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.16.00 Tanlovlar. Koʻriklar. Festivallar]
b) 2026-yil 1-yanvardan boshlab har yili milliy malaka tizimini rivojlantirishda faol ishtirok etayotgan tarmoq kengashlari, baholash markazlari va ish beruvchilarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida respublika tanlovini (keyingi oʻrinlarda — tanlov) tashkil etsin.
Bunda tanlov jarayoniga xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari va jamoatchilik vakillari jalb qilinadi hamda tanlov natijalari boʻyicha gʻolib deb topilgan ishtirokchilar belgilangan tartibda mukofotlanadi;
v) tanlovni tashkil etish va oʻtkazish tartibini ishlab chiqsin hamda tasdiqlash uchun Respublika kengashiga kiritsin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]
6. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda Oʻzbekiston Milliy axborot agentligiga manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyatini ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish tavsiya etilsin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
7. Vazirlar Mahkamasining “Kambagʻal va ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʻqitish tizimini takomillashtirish hamda mehnat organlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 5-apreldagi 183-son qaroriga5-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9.Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov, kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B.E. Zaxidov hamda oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 17-iyun,
369-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-iyundagi 369-son qaroriga 1-ILOVA
Kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha respublika kengashi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1.Ushbu Nizom Kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha respublika kengashining (keyingi oʻrinlarda — Respublika kengashi) maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari, huquqlari va javobgarligi, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Respublika kengashi milliy malaka tizimi bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish, Kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashlari (keyingi oʻrinlarda — tarmoq kengashlari) faoliyatini samarali tashkil etish va milliy malaka tizimiga doir qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish maqsadida tashkil etilgan boʻlib, jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan kollegial organ hisoblanadi.
3. Respublika kengashi oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek, ushbu Nizom hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 76-moddasi.
4. Respublika kengashining oʻz vakolati doirasida qabul qilgan qarorlari respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari, ish beruvchilar, oliy va kasbiy taʼlim tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va jamoat birlashmalari uchun bajarilishi majburiy hisoblanadi.
2-bob. Respublika kengashining asosiy vazifalari va funksiyalari
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
5. Respublika kengashining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
Milliy malaka tizimini joriy etish va rivojlantirish sohasidagi davlat siyosatini belgilash;
Milliy malaka tizimi joriy qilinishini monitoring qilish, baholash va strategik rejalashtirish;
Milliy malaka tizimini rivojlantirish va joriy qilish jarayoniga respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, ish beruvchilar, oliy va professional taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlar hamda jamoat birlashmalarini jalb qilish hamda ularning faoliyatini muvofiqlashtirish;
kasbiy malakalar boʻyicha tarmoq kengashlarini tashkil etish hamda ularning faoliyatini muvofiqlashtirish;
tarmoq malaka ramkalari va kasbiy standartlar maketlari va loyihalarini tasdiqlash, ularning ishlab chiqilishini monitoring qilish hamda yangilab borilishini muvofiqlashtirish;
ish beruvchilar talablarining taʼlim dasturlari mazmuni bilan oʻzaro integratsiyasini kuchaytirish, taʼlim sifatini oshirishning taʼsirchan mexanizmlarini joriy etish boʻyicha takliflar tayyorlash;
malakalarni baholash markazlari faoliyatini akkreditatsiyadan oʻtkazishni tashkillashtirish;
Milliy malaka tizimining xalqaro miqyosda tan olinishini taʼminlash choralarini koʻrish;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.01.00 Axborotlashtirish;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Milliy malaka tizimini raqamlashtirish va tizimga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish;
kasbiy standartlar sifatli ishlab chiqilishi va amaliyotda qoʻllanishini taʼminlash.
6. Respublika kengashi oʻziga yuklangan vazifalardan kelib chiqib, quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
milliy malaka tizimini joriy etish va rivojlantirish ehtiyojlaridan kelib chiqib, Respublika kengashining ish rejasini tasdiqlash;
Respublika kengashining majlislarini tashkil etish va oʻtkazish;
milliy malaka tizimi joriy qilinishi holatini monitoring qilish;
milliy malaka tizimi boʻyicha strategik yoʻnalishlarni belgilash;
taʼlim va ilmiy tashkilotlar, tarmoqlar, ish beruvchilar hamda boshqa tomonlar oʻrtasida milliy malaka tizimini rivojlantirish boʻyicha oʻrta va uzoq muddatli vazifalar taqsimotini belgilash;
milliy malaka tizimini rivojlantirishga masʼul tashkilotlarning vazifalarini belgilash hamda ularni nazorat qilish;
milliy malaka tizimining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish maqsadida seminar, konferensiya va malaka oshirish kurslarini tashkil qilish boʻyicha vazifalarni belgilash;
kamida 50 foizi ish beruvchilarning vakillaridan iborat boʻladigan tarmoq kengashlarini tashkil qilish yoki tugatish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligining Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) tomonidan ishlab chiqilgan tarmoq malaka ramkalari, kasbiy standartlar maketlari va loyihalarini tasdiqlash;
kasbiy malakalar tizimini rivojlantirish boʻyicha sohaviy uyushmalarda tarmoq kengashlarini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilash;
tarmoq malaka ramkalari va kasbiy standartlar ishlab chiqilishini monitoring qilish hamda yangilab borilishini muvofiqlashtirish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari]
kasbiy standartlar asosida natijaga yoʻnaltirilgan taʼlim dasturlarini ishlab chiqilishini taʼminlash;
taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan samarali mexanizmni joriy qilish boʻyicha muhokamalar tashkil qilish va tegishli qarorlar qabul qilish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.03.00 Taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish]
malakalarni baholash markazlari faoliyatini akkreditatsiyadan oʻtkazish jarayonida shaffoflik va xolislikni taʼminlash;
malakalarni baholash markazlari faoliyatini tashkil qilish boʻyicha tizimli ravishda ehtiyojlarni oʻrganish yuzasidan tegishli vazirlik va idoralarning masʼuliyatini oshirish;
milliy malaka tizimiga doir hujjatlarni xalqaro talablarda ishlab chiqilishini va joriy qilinishini nazorat qilish;
kasbiy malakalarning xalqaro miqyosda tan olinishi boʻyicha xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish va ekspertlarni jalb qilish choralarini koʻrish;
milliy malaka tizimining yagona raqamli platformasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilash;
milliy malaka tizimining yagona raqamli platformasini vazirlik va idoralarning axborot tizimlariga integratsiya qilish choralarini koʻrish;
tarmoq kengashlari tomonidan kasbiy standartlarni ishlab chiqish boʻyicha reja-jadvalni tasdiqlash;
tarmoq kengashlari tomonidan kasbiy standartlarni mahalliy va xalqaro mehnat bozorlari talablari asosida ishlab chiqilishini taʼminlash;
kasbiy standartlarni ishlab chiqish boʻyicha reja-jadval ijrosini monitoring qilish.
3-bob. Respublika kengashining huquqlari va javobgarligi
7. Respublika kengashi oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
milliy malaka tizimini rivojlantirish maqsadida komissiyalar va ishchi guruhlar tuzish;
milliy malaka tizimini rivojlantirish hamda ishlab chiqilgan loyihalarni takomillashtirish boʻyicha mahalliy va chet ellik mutaxassislarni, shuningdek, ekspertlarni jalb qilish;
kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashlarini tashkil etish va ularning faoliyatini tugatish;
taʼlim, ilmiy va boshqa tashkilotlarning vakillarini Respublika kengashining majlislariga taklif etish;
milliy malaka tizimini rivojlantirishda faol ishtirok etgan tarmoq kengashlari aʼzolari va boshqa mutaxassislarni ragʻbatlantirish boʻyicha tegishli tashkilotlarga koʻrsatmalar berish;
milliy malaka tizimiga oid qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish choralarini koʻrish;
mehnat bozorining taklif va talablari asosida kadrlarga boʻlgan ehtiyojlardan kelib chiqib, taʼlim tashkilotlariga qabul parametrlarini belgilash boʻyicha taʼlim sohasidagi vakolatli organlar hamda tarmoq kengashlariga tavsiya va koʻrsatmalar berish.
Respublika kengashi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 76-moddasi.
8. Respublika kengashi oʻziga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
4-bob. Respublika kengashi faoliyatini tashkil etish
9. Respublika kengashining tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.18.00.00 Jamoatchilik nazorati]
10. Respublika kengashi rais, uning oʻrinbosari, kotib va kengash aʼzolaridan iborat boʻladi. Respublika kengashi aʼzolari uning ishida jamoatchilik asosida ishtirok etadi.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Respublika kengashining raisi hisoblanadi.
11. Respublika kengashi raisi:
Respublika kengashiga umumiy rahbarlik qiladi;
Respublika kengashi majlislarini oʻtkazadi va vakolatiga doir masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi;
Respublika kengashi raisining oʻrinbosari hamda uning aʼzolari vakolatlari, majburiyatlari va shaxsiy javobgarlik darajasini belgilaydi.
Respublika kengashi raisiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalar ham yuklanishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-345-son qarori bilan tasdiqlangan Kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha respublika kengashining asosiy vazifalari.
12. Institut Respublika kengashining ishchi organi hisoblanadi va Institut direktori Respublika kengashining kotibi vazifasini bajaradi.
Kotib bir vaqtning oʻzida Respublika kengashining aʼzosi hisoblanadi va u Respublika kengashi majlislari kun tartibi hamda materiallarini tayyorlaydi, shuningdek, aʼzolarni majlis oʻtkaziladigan kun toʻgʻrisida xabardor qiladi.
13. Respublika kengashi majlislari olti oyda kamida bir marotaba oʻtkaziladi va zaruratga koʻra, navbatdan tashqari majlislar ham oʻtkazilishi mumkin.
Respublika kengashi raisi boʻlmagan taqdirda, majlisga uning oʻrinbosari rahbarlik qiladi.
14. Respublika kengashining majlisi kun tartibi va materiallari uning aʼzolariga majlis oʻtkazilishidan uch ish kuni oldin xabarnoma bilan birga yuboriladi.
15. Respublika kengashi majlisi aʼzolarning uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda, vakolatli hisoblanadi.
16. Respublika kengashining qarori majlisda ishtirok etayotgan aʼzolarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda, Respublika kengashi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Respublika kengashi qarori bayon shaklida rasmiylashtiriladi va rais tomonidan tasdiqlanadi.
17. Respublika kengashi qarorining asl nusxasi va unga oid materiallar Institutda saqlanadi.
18. Respublika kengashi qarorining nusxasi tegishliligi boʻyicha tarmoq kengashlariga yuboriladi va Institutning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
19. Tarmoq kengashlari tomonidan Respublika kengashi qarori ijrosi boʻyicha maʼlumotlar belgilangan muddatlarda Institutga taqdim etiladi.
20. Institut tomonidan Respublika kengashining faoliyati tashkiliy va texnik jihatdan taʼminlanadi.
5-bob. Yakunlovchi qoida
21. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 87-moddasi.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-iyundagi 369-son qaroriga 2-ILOVA
Kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashlari toʻgʻrisida
NAMUNAVIY NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1.Ushbu Nizom Kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashlarining (keyingi oʻrinlarda — Tarmoq kengashi) maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Tarmoq kengashi sohada malaka tizimini rivojlantirishga oid vazifalarni belgilash, faoliyatni muvofiqlashtirish, malakani baholash markazlari faoliyatini tashkil etish, shuningdek, malakalarni baholash vositalari ishlab chiqilishini taʼminlash hamda ekspertizadan oʻtkazish, tarmoq malaka ramkalari va kasbiy standartlarni ishlab chiqish maqsadida tashkil etilgan boʻlib, jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan kollegial organ hisoblanadi.
3. Tarmoq kengashi oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha respublika kengashi (keyingi oʻrinlarda — Respublika kengashi) qarorlari, shuningdek, ushbu Nizom hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 77-moddasi.
4.Tarmoq kengashining faoliyati Respublika kengashi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
5.Tarmoq kengashlari toʻgʻrisidagi nizomlar ular faoliyatini tashkil etish uchun masʼul vazirlik va idoralar tomonidan tasdiqlanadi.
2-bob. Tarmoq kengashining asosiy vazifalari va funksiyalari
6.Quyidagilar Tarmoq kengashining asosiy vazifalari hisoblanadi:
mehnat bozori monitoringi asosida tarmoqlarning malakalarga boʻlgan ehtiyojlari va tendensiyalarini aniqlash;
mehnat bozori talablari va oʻqitish natijalarini (learning outcomes) inobatga olgan holda, tegishli sohalar boʻyicha tarmoq malaka ramkalarini ishlab chiqish, joriy etish va takomillashtirib borish;
kasbiy standartlarni ishlab chiqish va takomillashtirib borish;
tarmoqda malakalarni baholash markazlarini tashkil etish, shuningdek, malakalarni baholash vositalarining ishlab chiqilishini taʼminlash hamda ekspertizadan oʻtkazish;
malakalarni baholash jarayonlarida korrupsiyaning oldini olish choralarini koʻrish;
taʼlim dasturlarining kasbiy standartlarga muvofiqligini baholash va takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
mehnat bozorini oʻrganib borish, unda paydo boʻlishi kutilayotgan kasblarni klassifikatorga kiritish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Tarmoq kengashi faoliyatida, tarmoq malaka ramkalari va kasbiy standartlarni ishlab chiqish jarayoni hamda muhokamalarida xususiy sektor vakillari bilan hamkorlikni tashkil etish.
Tarmoq kengashiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalar ham yuklanishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 77-moddasi.
7.Tarmoq kengashi oʻziga yuklangan vazifalardan kelib chiqib, quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) mehnat bozori monitoringi asosida tarmoqlarning malakalarga boʻlgan ehtiyojlari va tendensiyalarini aniqlash sohasida:
har yili kamida ikki marotaba mehnat bozori monitoringini olib borish va tarmoqda kasbiy malakalar boʻyicha ehtiyojlarni oʻrganish;
sohalarning oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, tarmoq kengashlarini tashkil etish va qayta tashkil etish boʻyicha takliflar tayyorlash;
b) mehnat bozori talablari va oʻqitish natijalarini (learning outcomes) inobatga olgan holda, tegishli sohalar boʻyicha tarmoq malaka ramkalarini ishlab chiqish, joriy etish va takomillashtirib borish sohasida:
sohalar boʻyicha mehnat bozori talablari va oʻrganish natijalarini (learning outcomes) inobatga olgan holda, tarmoq malaka ramkalarini ishlab chiqish;
ilgʻor xorijiy mamlakatlar tajribasi va iqtisodiy tendensiyalarni inobatga olgan holda, tarmoq malaka ramkalarini doimiy ravishda takomillashtirib borish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.09.00 Maʼlum bir mutaxassislik boʻyicha xodimlarga qoʻyiladigan talablar. Kvalifikatsiya tavsiflari]
v) kasbiy standartlarni ishlab chiqish va takomillashtirib borish sohasida:
kasbiy standartlarni ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruhlar tuzish;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.03.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi]
ishlab chiqilgan kasbiy standartlarni jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligining Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) xulosasini olish;
kasbiy standartlarni tasdiqlash va amaliyotga joriy qilish choralarini koʻrish;
g) tarmoqda malakalarni baholash markazlarini tashkil etish, shuningdek, malakalarni baholash vositalarining ishlab chiqilishini taʼminlash hamda ekspertizadan oʻtkazish sohasida:
tegishli kasbiy standart asosida baholash vositalarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish;
tarmoqda malakalarni baholash markazlari faoliyatini tashkil etish hamda monitoring qilish;
malakalarni baholash toʻgʻrisidagi axborot va maʼlumotlarni Institutga taqdim etish;
d) malakalarni baholash jarayonlarida korrupsiyaning oldini olish choralarini koʻrish sohasida:
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.12.00 Korrupsiyaga qarshi kurashish]
malakalarni baholash markazlarida korrupsiyaning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish;
malakalarni baholash jarayonlarida xolislik va shaffoflikni taʼminlash;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari]
e) taʼlim dasturlarining kasbiy standartlarga muvofiqligini baholash va takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash sohasida:
taʼlim dasturlarining kasbiy standartlarga muvofiq ishlab chiqilganligini baholash va xulosa berish;
taʼlim dasturlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
j) mehnat bozorini oʻrganib borish, unda paydo boʻlishi kutilayotgan kasblarni klassifikatorga kiritish yuzasidan takliflar ishlab chiqish sohasida:
mehnat bozori tendensiyalaridan kelib chiqib mashgʻulotlar milliy klassifikatoriga kiritiladigan va chiqarib tashlanadigan kasb (lavozim)lar roʻyxatini shakllantirish, ularni Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Institutga taqdim etish;
taʼlim klassifikatorlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
z) Tarmoq kengashi faoliyatida, tarmoq malaka ramkalari va kasbiy standartlarni ishlab chiqish jarayoni hamda muhokamalarida xususiy sektor vakillari bilan hamkorlikni tashkil etish sohasida:
tarmoq malaka ramkalari va kasbiy standartlarni ishlab chiqish uchun tashkil etilgan ishchi guruhlarga xususiy sektor vakillarini jalb qilish;
ishlab chiqilgan tarmoq malaka ramkalari hamda kasbiy standartlar boʻyicha xususiy sektorda faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarning xulosalarini olish.
3-bob. Tarmoq kengashining huquqlari va majburiyatlari
8.Tarmoq kengashi oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
koʻrib chiqiladigan masalalar boʻyicha ekspertlarni jalb qilish, oldida turgan vazifalarni hal qilish uchun ularning tarkibida komissiyalar va ishchi guruhlar tuzish;
komissiya va ishchi guruhlar aʼzolari hamda ekspertlarini Tarmoq kengashi faoliyatini tashkil etish uchun masʼul vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ragʻbatlantirish;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-345-son qarori bilan tasdiqlangan Milliy malaka tizimini rivojlantirish institutining faoliyatini tashkil etish tartibi 2-bandining beshinchi xatboshi, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 366-son qarori.
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari, tarmoq uyushmalari, taʼlim tashkilotlari, malakani baholash markazlari va boshqa tashkilotlardan oʻz vakolati doirasida zarur maʼlumotlarni soʻrab olish hamda ularning vakillarini Tarmoq kengashi majlislariga taklif qilish.
Tarmoq kengashi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 77-moddasi.
9.Tarmoq kengashi quyidagi majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi:
kasbiy standartlarni ishlab chiqish boʻyicha reja-jadval asosida kasbiy standartlarni ishlab chiqishni tashkil etish va tasdiqlash;
tarmoq ehtiyojidan kelib chiqib, malakalarni baholash markazlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish va ularning faoliyati samaradorligini monitoring qilib borish;
har chorakda oʻz faoliyati samaradorligi va natijadorligi hamda faoliyat yuritayotgan baholash markazlari toʻgʻrisidagi axborotlarni Institutga taqdim etib borish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.09.00 Maʼlum bir mutaxassislik boʻyicha xodimlarga qoʻyiladigan talablar. Kvalifikatsiya tavsiflari]
har oyda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan tarmoq malaka ramkalari, kasbiy standartlar va baholash vositalarini Institutga kiritib borish;
koʻp yillik ish tajribasiga ega malakali mutaxassislar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Institutga taqdim qilib borish;
oʻz faoliyati boʻyicha arxiv ishlarini va ish yuritishni tashkil etish.
4-bob. Tarmoq kengashi faoliyatini tashkil etish
10. Tarmoq kengashi Respublika kengashi qaroriga muvofiq tashkil etiladi va tugatiladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.18.00.00 Jamoatchilik nazorati]
Tarmoq kengashi rais, rais oʻrinbosari, kotib va kengash aʼzolaridan iborat boʻladi. Tarmoq kengashi kotibidan tashqari boshqa aʼzolari Tarmoq kengashi ishida jamoatchilik asosida ishtirok etadi.
Tarmoq kengashi tarkibiga tegishli respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari, tarmoq uyushmalari, taʼlim tashkilotlari, malakani baholash markazlari va boshqa tashkilotlar vakillari kiritilishi mumkin.
11. Tarmoq kengashi raisi:
Tarmoq kengashiga umumiy rahbarlik qiladi;
Tarmoq kengashi majlislarini oʻtkazadi va oʻz vakolatiga doir masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi;
Tarmoq kengashi raisining oʻrinbosari hamda uning aʼzolari vakolatlari, majburiyatlari va shaxsiy javobgarlik darajasini belgilaydi;
Tarmoq kengashi faoliyatini tegishli respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari, tarmoq uyushmalari, taʼlim tashkilotlari, malakani baholash markazlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda tashkil etadi;
Tarmoq kengashi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlarni Respublika kengashiga kiritib boradi.
Tarmoq kengashi raisiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalar ham yuklanishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-345-son qarori bilan tasdiqlangan Kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashlarining asosiy vazifalari.
12. Tegishli vazirlik yoki idoraning kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha masʼul mutaxassisi Tarmoq kengashi kotibi va aʼzosi hisoblanadi.
Tarmoq kengashi kotibi:
Tarmoq kengashi ish rejasini shakllantiradi va uning ijrosi boʻyicha maʼlumotlarni umumlashtiradi;
Tarmoq kengashi majlislari kun tartibi hamda materiallarini tayyorlaydi, shuningdek, uning aʼzolarini majlis oʻtkaziladigan kun toʻgʻrisida xabardor qiladi;
Tarmoq kengashi vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan materiallar va hujjatlarning ekspertizadan oʻtkazish uchun taqdim etilishini taʼminlaydi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.09.00 Maʼlum bir mutaxassislik boʻyicha xodimlarga qoʻyiladigan talablar. Kvalifikatsiya tavsiflari]
Tarmoq kengashi aʼzolari bilan birgalikda tarmoq malaka ramkalari va kasbiy standartlarni ishlab chiqish boʻyicha kichik ishchi guruhlarni tuzadi;
manfaatdor taʼlim va ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi, shuningdek, Tarmoq kengashiga biriktirilgan masʼul xodimlar hamda ekspertlar faoliyatini muvofiqlashtiradi.
13. Tarmoq kengashi majlislari har chorakda kamida bir marotaba oʻtkaziladi va zaruratga koʻra, navbatdan tashqari majlislar ham oʻtkazilishi mumkin.
Tarmoq kengashi raisi boʻlmagan taqdirda, majlisga uning oʻrinbosari rahbarlik qiladi.
14. Tarmoq kengashining majlisi kun tartibi va materiallari uning aʼzolariga majlis oʻtkazilishidan uch ish kuni oldin xabarnoma bilan birga yuboriladi.
15. Tarmoq kengashi majlisi aʼzolarning uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda, vakolatli hisoblanadi.
16. Tarmoq kengashining qarori majlisda ishtirok etayotgan aʼzolarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda, Tarmoq kengashi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Tarmoq kengashi qarori bayon shaklida rasmiylashtiriladi va rais tomonidan tasdiqlanadi.
17. Tarmoq kengashi qarorining asl nusxasi hamda unga oid materiallar tegishli vazirlik va idoralarda saqlanadi.
18. Tarmoq kengashining qarori tegishli vazirlik va idoralar hamda Institutning rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi.
19. Tarmoq kengashi oʻz faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida kasbiy standartlar, malakalarni baholash, mehnat bozorini tahlil qilish, taʼlim sifatini oʻrganish va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha komissiya hamda ishchi guruhlarni tuzishi mumkin.
20.Tarmoq kengashida samarali faoliyat koʻrsatgan va ijobiy natijalarga erishgan aʼzolar tegishli vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan moddiy ragʻbatlantirilishi mumkin.
21.Tarmoq kengashi faoliyatiga jalb qilingan ekspertlar mehnatiga haq toʻlash fuqarolik shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Bunda Tarmoq kengashi faoliyatini tashkil etish uchun masʼul vazirlik va idoralar buyurtmachi hisoblanadi.
5-bob. Tarmoq kengashining doimiy ishchi organi faoliyatini tashkil etish
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.04.00 Ilmiy xodimlar, ilmiy muassasalar mutaxassislari (maqom, attestatsiya, ilmiy daraja va unvonlar)]
22.Taʼlim va ilmiy tashkilotlar, yirik tarmoq korxonalari hamda inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻyicha tuzilmalar Tarmoq kengashining doimiy ishchi organi boʻlishi mumkin.
Tarmoq kengashining doimiy ishchi organi:
Tarmoq kengashiga ilmiy va uslubiy jihatdan koʻmaklashadi;
malakalarni baholash vositalarini birlamchi ekspertizadan oʻtkazadi;
Tarmoq kengashining faoliyat yoʻnalishlari, tarmoq malaka ramkalari va kasbiy standartlarni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
mehnat bozorini monitoring qilishda, uning kasbiy malaka va koʻnikmalarga boʻlgan ehtiyojini aniqlashda ishtirok etadi.
6-bob. Yakunlovchi qoida
23.Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 87-moddasi.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-iyundagi 369-son qaroriga 3-ILOVA
Malakani baholash markazi toʻgʻrisida
NAMUNAVIY NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Malakani baholash markazining (keyingi oʻrinlarda — Markaz) maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Markaz oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek, ushbu Nizom asosida ishlab chiqilgan oʻz nizomlari hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 74, 81 va 87-moddalari.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
akkreditatsiya — markazlarning belgilangan mezonlar, koʻrsatkichlar, talablar va standartlarga muvofiqligini rasmiy tasdiqlash;
baholash vositalari — Markaz tomonidan kasbiy imtihon oʻtkazishda qoʻllaniladigan topshiriqlar, mezonlar va talablar majmui;
baholash komissiyasi — Markaz tomonidan malakani mustaqil baholash jarayoniga jalb qilingan, baholovchi ekspertlar reyestrida roʻyxatdan oʻtgan mutaxassislardan iborat guruh;
baholovchiekspert — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligining Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) tomonidan tashkil etilgan hamda malaka oshirish kurslaridan oʻtgan kasbiy faoliyat sohasi boʻyicha bilim va tajribaga ega mutaxassis;
baholovchi ekspertlar reyestri — kasbiy imtihon jarayoniga jalb qilingan hamda kasbiy faoliyat sohasi boʻyicha bilim va tajribaga ega boʻlgan malakali mutaxassislar roʻyxati;
informal taʼlim — aniq maqsadga yoʻnaltirilgan, ammo institutsionallashtirilmagan (muayyan qoidalar va normalarni mujassamlashtirmagan), rasmiy yoki norasmiy taʼlimdan koʻra kamroq tashkillashtirilgan va tarkiblashtirilgan hamda oiladagi, ish joyidagi, yashash joyidagi va kundalik hayotdagi oʻquv faoliyatini oʻz ichiga olgan taʼlim shakli;
kasbiy imtihon — nazariy va amaliy qismlarni oʻz ichiga olgan, muayyan kasb (kvalifikatsiya) boʻyicha bilim va malakani mustaqil baholash uchun oʻtkaziladigan sinov;
malakani mustaqil baholash — talabgorning malakasini tegishli kasbiy standart va malaka talabiga muvofiqligini tasdiqlash (tan olish, validatsiya qilish, sertifikatlash) jarayoni;
malaka pasporti — ishchi kasb egalariga malaka razryadlarini berish boʻyicha kasbiy standarti (yoki malaka talabi) bilan nazarda tutilgan tegishli malakaning ijobiy baholanganini tasdiqlovchi hujjat;
malaka razryadi — ishchi kasb egalarining kasbiy tayyorgarligi darajasini aks ettiradigan qiymat;
malaka sertifikati — talabgorning kasbiy malakasini maʼlum bir kasb (kvalifikatsiya) boʻyicha mehnat vazifalarini bajarish talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjat;
malaka talablari — muayyan kasb (kvalifikatsiya) vazifalarini toʻgʻri va toʻlaqonli bajarish imkonini beradigan tayyorgarlik darajasi, bilim, koʻnikma va tajribaga qoʻyiladigan talablar;
malakaga ega shaxslar reyestri — malakani baholash markazlarida kasbiy imtihondan muvaffaqiyatli oʻtgan, malaka sertifikati va malaka pasportiga ega shaxslar toʻgʻrisidagi doimiy yangilanadigan maʼlumotlar bazasi;
norasmiy taʼlim — taʼlim xizmatlari taqdim etilishini taʼminlovchi shaxs yoki tashkilot tomonidan institutsionallashtirilgan (muayyan qoidalar va normalarni mujassamlashtiruvchi), aniq maqsadga yoʻnaltirilgan va rejalashtirilgan, shaxsni butun hayoti davomida oʻqitishdagi rasmiy taʼlimga qoʻshimcha va (yoki) uning muqobil shakli;
talabgor — malakasini mustaqil baholash hamda malaka razryadini tasdiqlash uchun belgilangan tartibda murojaat qilgan shaxs.
4. Markaz oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 82-moddasi.
Institut Markazni akkreditatsiyadan oʻtkazish, metodologik qoʻllab-quvvatlash boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi.
5. Markaz mulkchilik va tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtgan hamda malakani mustaqil baholash faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxs hisoblanadi, shuningdek, oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga, shtampga va blankalarga, mustaqil balansga hamda banklarda shaxsiy hisobvaraqlariga ega boʻladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 82-moddasi.
6. Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari quyidagilar hisoblanadi:
Markazning oʻz mablagʻlari;
muassislarning mablagʻlari;
talabgorlarning mablagʻlari;
ish beruvchilarning mablagʻlari;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari va maqsadli toʻlovlari, vasiylar mablagʻlari;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-345-son qarori bilan tasdiqlangan Milliy malaka tizimini rivojlantirish institutining faoliyatini tashkil etish tartibining 3-bandi.
7. Markaz malakani mustaqil baholash uchun toʻlov miqdorini aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda mustaqil belgilaydi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Institut malakani mustaqil baholash uchun toʻlov miqdorini hisoblash metodikasini ishlab chiqadi va uni Milliy malaka tizimining yagona raqamli platformasiga (keyingi oʻrinlarda — platforma) joylashtiradi.
Markaz malakani mustaqil baholash uchun har bir talabgordan undirilgan toʻlovning besh foizini platformani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish, yagona maʼlumotlar bazasini shakllantirish hamda reyestrlarni yuritish uchun Institutning budjetdan tashqari hisobvaragʻiga oʻtkazadi.
8. Markaz tomonidan talabgorning norasmiy va informal taʼlimda orttirgan malakasini mustaqil baholash natijasi boʻyicha ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shaklda malaka sertifikati hamda malaka razryadini tasdiqlash natijasi boʻyicha ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda malaka pasporti beriladi.
Malaka sertifikati va malaka pasportining amal qilish muddati besh yil hisoblanadi.
9. Kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashlari (keyingi oʻrinlarda — tarmoq kengashi) ishchi kasblar xususiyatidan kelib chiqqan holda, razryadlarni berish tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
2-bob. Markazning asosiy vazifalari va funksiyalari
10. Markazning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
baholash vositalarini ishlab chiqish, tegishli tarmoq kengashidan ekspertizadan oʻtkazish va Institut xulosasini olish hamda tasdiqlash;
kasbiy standart hamda malaka talablariga muvofiq norasmiy va informal taʼlim natijalarini baholash, tasdiqlash (tan olish, validatsiya qilish, sertifikatlash) maqsadida kasbiy imtihonlarni oʻtkazish;
milliy malaka tizimiga oid qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
talabgorning malakasini baholashda shaffoflik va xolislikni taʼminlash mexanizmlarini joriy etish.
Markazga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalar ham yuklanishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 74 va 81-moddalari.
11. Markaz oʻziga yuklangan vazifalardan kelib chiqib, quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) baholash vositalarini ishlab chiqish, tegishli tarmoq kengashidan ekspertizadan oʻtkazish va Institut xulosasini olish hamda tasdiqlash sohasida:
malakani mustaqil baholashni amalga oshiradigan kasb (kvalifikatsiya)lar boʻyicha ilgʻor xorijiy va mahalliy tajribani hisobga olgan holda baholash vositalari ishlab chiqadi;
baholash vositalarini ekspertizadan oʻtkazish uchun tegishli tarmoq kengashiga kiritadi, Institut xulosasini oladi va tasdiqlaydi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.09.00 Maʼlum bir mutaxassislik boʻyicha xodimlarga qoʻyiladigan talablar. Kvalifikatsiya tavsiflari]
b) kasbiy standart hamda malaka talablariga muvofiq norasmiy va informal taʼlim natijalarini baholash, tasdiqlash (tan olish, validatsiya qilish, sertifikatlash) maqsadida kasbiy imtihonlarni oʻtkazish sohasida:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.08.00 Axborotni taqdim qilish. Axborot xizmatlari]
talabgorlarga malakani mustaqil baholash tartibi toʻgʻrisidagi maʼlumot va axborotlarni taqdim etadi;
kasbiy standart hamda malaka talablariga muvofiq rasmiy, norasmiy va informal taʼlim natijalarini baholash va tasdiqlash (tan olish, validatsiya qilish, sertifikatlash) maqsadida imtihonlarni oʻtkazadi;
imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan talabgorlarga malaka sertifikati yoki malaka pasportini taqdim etadi;
v) milliy malaka tizimiga oid qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish sohasida:
ilgʻor xorijiy mamlakatlarning malaka tizimini oʻrganadi va tahlil qiladi;
milliy malaka tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
g) talabgorning malakasini baholashda shaffoflik va xolislikni taʼminlash mexanizmlarini joriy etish sohasida:
talabgorning malakasini baholashda shaffoflik va xolislikni taʼminlash mexanizmlarini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqadi;
talabgorning malakasini baholashda manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻradi;
malakani mustaqil baholash jarayoni belgilangan mezonlari asosida shaffof va xolis oʻtkazilishini monitoring qiladi.
3-bob. Markazning huquqlari va majburiyatlari
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
12. Markaz oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
malakani mustaqil baholash uchun talabgorlardan toʻlov undirish hamda kasbiy imtihonlardan muvaffaqiyatli oʻtgan talabgorlarga malaka sertifikati yoki malaka pasporti berish;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
Kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha respublika kengashi (keyingi oʻrinlarda — Respublika kengashi) va tarmoq kengashi qaroriga muvofiq qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
malaka oshirish kurslari, anjumanlar, koʻrgazmalar, seminarlar, majlislar, uslubiy, tashkiliy tartib-taomillar boʻyicha tushuntirishlar tashkil etish va oʻtkazish.
Markaz qonunchilik hujjatlariga, jumladan, Respublika va tarmoq kengashlari qarorlariga muvofiq oʻz vakolati doirasida boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 74 va 81-moddalari.
13. Markaz oʻz zimmasiga quyidagi majburiyatlarni oladi:
platformada belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtish, shuningdek, oʻz faoliyati, tuzilmasi hamda kasbiy malakalarni mustaqil baholash boʻyicha xizmatlar narxi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni platforma va rasmiy veb-saytda eʼlon qilish;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.03.00 Internet global tarmoq]
kasbiy imtihonlarni oʻtkazish muddatlari va shartlari malakani mustaqil baholash mezonlari va boshqa shunga oid maʼlumotlarni Internet jahon axborot tarmogʻi orqali eʼlon qilish;
har bir kasb boʻyicha amaliy ish tajribaga ega boʻlgan va Institut tomonidan tashkil etilgan kurslarda malaka oshirgan kamida uch nafar baholovchi ekspertlarni jalb etish;
malakani mustaqil baholash jarayonida mehnatni muhofaza qilish, sanoat, texnika va yongʻin xavfsizligi, shuningdek, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablarga qatʼiy rioya qilish;
malakani mustaqil baholashdan oʻtgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni belgilangan tartibda platformaga kiritish hamda Institutga taqdim qilish;
malakani mustaqil baholash masalalari boʻyicha ariza va shikoyatlarini koʻrib chiqish tartibiga qatʼiy rioya qilish;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.09.00.00 Imtiyozlar / 06.09.01.00 Nogironlar uchun imtiyozlar]
malakani mustaqil baholashdan oʻtkazishda imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
zarur shart-sharoitlar yaratilgan hamda mebel jihozlari bilan taʼminlangan bino va inshootlarga ega boʻlish;
malakani mustaqil baholashda har bir kasb (kvalifikatsiya) boʻyicha xoʻjalik yuritish, tezkor boshqaruv va boshqa moddiy-texnika bazalariga ega boʻlish;
shaxsga doir maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlash, malakani mustaqil baholash boʻyicha shartnomaviy majburiyatlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish;
malakani mustaqil baholashdan oʻtgan shaxslarning hisobini yuritish, oʻz faoliyati toʻgʻrisida Institut va tarmoq kengashlariga haqqoniy maʼlumotlar taqdim etish.
Markaz zimmasiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 74 va 81-moddalari.
4-bob. Markazning namunaviy tuzilmasi
14. Markazning namunaviy tuzilmasi quyidagilardan iborat boʻladi:
Markaz direktori;
talabgorlarning hujjatlarini qabul qilish, baholash komissiyasi tarkibini shakllantirish, malakalarni mustaqil baholash vositalarini ishlab chiqish, kasbiy malakani tasdiqlash (tan olish, validatsiya qilish, sertifikatlash)ni tashkil etish, malaka sertifikati yoki malaka pasportini rasmiylashtirish va boshqa shunga oid funksiyalarni amalga oshiruvchi tashkiliy-uslubiy boʻlinma;
kasbiy imtihonni oʻtkazish bilan bogʻliq funksiyalarni amalga oshiruvchi boʻlinma;
moliyaviy-xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq funksiyalarni amalga oshiruvchi boʻlinma.
Markazning faoliyat yoʻnalishlari va xizmatlar qamrovidan kelib chiqib, boshqa boʻlinmalar ham tashkil etilishi mumkin.
15. Institut tomonidan tashkil etiladigan kurslarda malaka oshirgan oliy maʼlumotli shaxs Markaz direktori lavozimiga tayinlanadi.
16. Markaz kasbiy standart va malaka talablari asosida har bir kasb (kvalifikatsiya) boʻyicha yagona baholash vositalarini ishlab chiqadi hamda platformaga joylashtiradi.
Baholash vositalarining amal qilish muddati besh yil hisoblanadi.
17. Baholash vositalari quyidagilardan iborat boʻladi:
umumiy maʼlumotlar (tegishli tarmoq kengashi, Markaz va kasb (kvalifikatsiya) nomlari, kasbiy standart yoki malaka talabining nomi, malaka darajasi hamda imtihon shakllari);
kasbiy imtihonning nazariy va amaliy shakllari uchun topshiriqlar hamda ularning tavsiflari (test savollari, mehnat funksiyalari va harakatlari, zarur asbob-uskunalar, materiallar, koʻrsatmalar roʻyxati);
baholash mezonlari;
mehnatni muhofaza qilish, sanoat, texnika va yongʻin xavfsizligi, shuningdek, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari tavsifi;
baholash vositasini ishlab chiqishda foydalanilgan materiallar roʻyxati.
18. Institut tomonidan baholash vositalarini ishlab chiqish boʻyicha uslubiy qoʻllanma ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
19. Markaz baholash vositalarini ishlab chiqishda mahalliy va chet ellik mutaxassislar hamda ekspertlarni shartnoma asosida jalb qilishi mumkin.
6-bob. Markazda baholash komissiyasini tuzish va kasbiy imtihonlarni oʻtkazish tartibi
20. Markazda baholovchi ekspertlar reyestriga kiritilgan, shuningdek, Institut tomonidan tashkil etiladigan kurslarda malaka oshirgan hamda uch yil mehnat stajiga ega boʻlgan kamida uch nafar oliy maʼlumotli ekspertlardan iborat tarkibda baholash komissiyasi tuziladi.
Bunda Markazda tegishli kasb (kvalifikatsiya) boʻyicha bir nechta baholash komissiyalari tuzilishi ham mumkin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
21. Baholash komissiyasi aʼzolarining huquqlari va majburiyatlari Markaz va ular oʻrtasida tuzilgan shartnomalarga muvofiq belgilanadi.
22. Markaz talabgorni ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq sxema asosida kasbiy imtihondan oʻtkazadi.
23. Talabgor kasbiy imtihondan oʻtish uchun quyidagi hujjatlarni Markazga elektron shaklda (PDF, PNG yoki JPEG formatda) platforma orqali taqdim etadi:
kasbiy imtihonda ishtirok etish toʻgʻrisidagi ariza (imtihon topshirilayotgan kasb (kvalifikatsiya) va malaka darajasi aniq koʻrsatiladi);
pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta hamda mehnat daftarchasi nusxasi;
ish faoliyatida erishgan yutuqlarini tasdiqlovchi hujjatlar (diplom, sertifikat va boshqalar);
yuqori malaka darajasiga oʻtishda quyi malaka darajasi yoki unga tenglashtirilgan hujjatlar.
24. Markaz besh ish kuni ichida talabgorning hujjatlarini koʻrib chiqib, quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi va uni platforma orqali talabgorga yuboradi:
talabgorni kasbiy imtihondan oʻtkazish toʻgʻrisida;
talabgorning kasbiy imtihondan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida.
Talabgorning hujjatlarni toʻliq taqdim etmaganligi yoki notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etganligi uni kasbiy imtihondan oʻtkazishning rad etilishi uchun asos hisoblanadi.
Kasbiy imtihondan oʻtkazish boshqa asoslar boʻyicha rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
25. Markaz talabgorni kasbiy imtihondan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab oʻttiz ish kuni ichida kasbiy imtihondan oʻtkazadi.
Bunda Markaz kasbiy imtihon oʻtkaziladigan kundan kamida besh kun oldin imtihon boʻlib oʻtadigan sana va joy toʻgʻrisida xabarnoma hamda malakani mustaqil baholash uchun toʻlov miqdori koʻrsatilgan invoysni platforma orqali talabgorga yuboradi.
26. Kasbiy imtihon jarayonida Respublika va tarmoq kengashlari hamda Institut vakillari kuzatuvchi sifatida ishtirok etishi mumkin.
27. Kasbiy imtihonga uzrli sababga koʻra kelmagan talabgor Markaz tomonidan navbatdagi kasbiy imtihondan oʻtkaziladi.
Kasbiy imtihonga uzrsiz sababga koʻra kelmagan talabgor boʻyicha Markaz tomonidan talabgorni kasbiy imtihondan oʻtmagan deb hisoblash va unga malaka sertifikati yoki malaka pasportini berishni rad etish haqida qaror qabul qiladi hamda bu haqda talabgorni platforma orqali xabardor qiladi. Bunda talabgordan malakani mustaqil baholash uchun undirilgan toʻlov qaytarilmaydi.
28. Talabgor kasbiy imtihon oʻtkaziladigan hudud (bino)ga shaxsini tasdiqlovchi hujjati (biometrik pasporti, xorijga chiqish pasporti, identifikatsiya ID-kartasi, yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi)ning aslini koʻrsatgan holda tekshirib kiritiladi.
29. Kasbiy imtihon nazariy (test sinovi yoki suhbat) amaliy imtihon shakllarida oʻtkaziladi. Bunda nazariy va amaliy imtihonlar oʻtkaziladigan vaqt oraligʻi koʻpi bilan ikki ish kunini tashkil etishi lozim.
Kasbiy imtihon natijalari 100 ballik tizim asosida baholanadi hamda kasbiy imtihondan minimal oʻtish bali kasb (kvalifikatsiya) xususiyatlari va malaka darajasidan kelib chiqib, tarmoq kengashi tomonidan 56 balldan kam boʻlmagan miqdorda belgilanadi.
Kasbiy imtihonda talabgorning ish faoliyatida erishgan yutuqlarini tasdiqlovchi hujjatlari (diplom, sertifikat va boshqalar) inobatga olinadi.
Kasbiy imtihonning nazariy va amaliy shakllari uchun toʻplanadigan ball miqdori kasb (kvalifikatsiya) xususiyatlari, malaka darajasidan kelib chiqqan holda, tarmoq kengashi tomonidan belgilanadi hamda baholash vositalarida aks ettiriladi.
Kasbiy imtihon jarayonlari Markazning rasmiy veb-sayti yoki Internet jahon axborot tarmogʻi orqali toʻgʻridan-toʻgʻri onlayn translyatsiya qilinadi hamda ovozli videoyozuvda qayd qilinadi. Bunda ushbu videoyozuv besh yil davomida Markazda saqlanadi.
30. Talabgorga kasbiy imtihon oʻtkaziladigan joyga oʻzi bilan birga ichimlik suvi, shaxsiy vositalar (dori vositalari, koʻzoynak, linzalar) olib kirishiga ruxsat beriladi.
Kasbiy imtihon oʻtkazilayotgan joyga talabgorlar tomonidan mobil aloqa vositasi, kompyuter yoki boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalari, kitob, lugʻat, shpargalka va boshqa materiallar olib kirish hamda foydalanish, shuningdek, boshqa talabgorlar bilan suhbatlashish taqiqlanadi.
Bunda ushbu talablarga rioya qilmagan talabgorlar xolislar ishtirokida rasmiylashtirilgan dalolatnoma asosida kasbiy imtihondan chetlashtiriladi.
31. Kasbiy imtihon oʻtkazilayotgan joyga begona shaxslarning kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Bunda amaliy imtihon korxona, muassasa yoki tashkilotda oʻtkazilgan taqdirda, uning bir nafar xodimiga kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun ruxsat beriladi.
32. Kasbiy imtihon natijasi boʻyicha ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda bayonnoma rasmiylashtiriladi va baholash komissiyasi aʼzolari tomonidan tasdiqlanadi.
33. Markaz kasbiy imtihonlardan muvaffaqiyatli oʻtgan talabgorlarga imtihon yakunlangan kundan boshlab besh ish kuni ichida QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan malaka sertifikati yoki malaka pasportini platforma orqali elektron shaklda talabgorga yuboradi.
34. Malaka sertifikati yoki malaka pasporti olgan talabgorlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tegishliligi boʻyicha avtomatik ravishda platformadagi Malaka sertifikatiga ega boʻlgan shaxslar reyestri hamda Malaka pasportiga ega boʻlgan shaxslar reyestriga (keyingi oʻrinlarda — reyestrlar) kiritiladi.
Bunda reyestrlarda malaka sertifikati yoki malaka pasportini olgan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, jismoniy shaxs uchun shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR), pochta manzili, telefon raqami, malaka sertifikati yoki malaka pasporti raqami, berilgan sanasi va uning amal qilish muddati, kasb (kvalifikatsiya) nomi, Markaz nomi va manzili qayd etiladi.
Malaka sertifikati yoki malaka pasportining amal qilish muddati tugaganda yoki sud tomonidan bekor qilinganda, shuningdek, malaka sertifikati yoki malaka pasportiga ega boʻlgan shaxslar vafot etganda, ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlar reyestrlardan chiqariladi.
7-bob. Apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi]
35. Kasbiy imtihondan norozi boʻlgan talabgor imtihon natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida Markazga yozma ravishda yoki platforma orqali elektron shaklda apellyatsiya shikoyati berish huquqiga ega.
36. Apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish uchun Markaz direktori buyrugʻi bilan kamida 3 nafar malakali mutaxassislardan iborat Apellyatsiya komissiyasi tuziladi.
Kasbiy imtihonda qatnashgan baholash komissiyasi aʼzolari Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga kiritilmaydi.
37. Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyatini oʻn ish kuni ichida talabgor ishtirokida koʻrib chiqib, quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
kasbiy imtihon natijasini oʻzgarishsiz qoldirish va apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida;
kasbiy imtihon natijasini oʻzgartirish va apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirish toʻgʻrisida.
Apellyatsiya komissiyasi kasbiy imtihon natijasini oʻzgarishsiz qoldirish va apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorni quyidagi hollarda qabul qiladi:
apellyatsiya shikoyati ushbu Nizom talablari buzilgan holda taqdim etilgan boʻlsa;
apellyatsiya shikoyatida koʻrsatilgan holatlar oʻz tasdigʻini topmasa.
Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyatida koʻrsatilgan holatlar oʻz tasdigʻini topgan taqdirda, kasbiy imtihon natijasini oʻzgartirish va apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.07.00 Fuqarolarning sud, boshqa davlat organlari va oʻzga tashkilotlarga murojaat qilishi]
38. Talabgor Apellyatsiya komissiyasi qaroridan norozi boʻlgan taqdirda, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 58-moddasi.
8-bob. Yakunlovchi qoida
39. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Kasbiy imtihondan oʻtish uchun hujjatlarni Malakani baholash markaziga (keyingi oʻrinlarda — Markaz) elektron shaklda platforma orqali taqdim etadi.
Oʻz xohishiga koʻra
2-bosqich
Markaz
1. Talabgorning hujjatlarini koʻrib chiqib, quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi va uni platforma orqali talabgorga yuboradi:
talabgorni kasbiy imtihondan oʻtkazish toʻgʻrisida;
talabgorning kasbiy imtihondan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida.
Besh ish kuni ichida
2. Talabgorni kasbiy imtihondan oʻtkazadi.
Oʻttiz ish kuni ichida
3. Kasbiy imtihonlardan muvaffaqiyatli oʻtgan talabgorlarga QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan malaka sertifikati yoki malaka pasportini platforma orqali elektron shaklda talabgorga yuboradi.
Besh ish kuni ichida
3-bosqich
Markaz
Malaka sertifikati yoki malaka pasporti olgan talabgorlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tegishliligi boʻyicha platformadagi Malaka sertifikatiga ega boʻlgan shaxslar reyestri hamda Malaka pasportiga ega boʻlgan shaxslar reyestriga kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-iyundagi 369-son qaroriga 4-ILOVA
Malakani baholash markazlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Reglament malakani baholash markazlarini (keyingi oʻrinlarda — Markaz) akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
akkreditatsiya — Markazning belgilangan mezonlar, koʻrsatkichlar, talablar va standartlarga muvofiqligini rasmiy tasdiqlash;
Akkreditatsiya guruhi — Markazni akkreditatsiyadan oʻtkazish uchun joyiga chiqib yoki masofadan turib oʻrganuvchi malakali mutaxassislar hamda ekspertlardan iborat guruh;
Akkreditatsiya komissiyasi — Akkreditatsiya guruhining xulosasi asosida yakuniy qaror qabul qiluvchi komissiya;
ariza beruvchi — Markazni akkreditatsiyadan oʻtkazishni soʻrab belgilangan tartibda murojaat qilgan shaxs (Markaz direktori yoki ishonchli vakil);
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligining Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti;
davriy monitoring — akkreditatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisida guvohnomaga ega boʻlgan Markaz faoliyatining belgilangan talablarga muvofiqligini kuzatib borish;
platforma — Milliy malaka tizimining yagona raqamli platformasi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.08.00.00 Axborot xavfsizligi, axborotni va axborot jarayonlari hamda axborotlashtirish sohasi subyektlari huquqlarini himoya qilish (shuningdek, 16.04.03.00 ga qarang))]
3. Markazni akkreditatsiyadan oʻtkazishda ixtiyoriylik, xolislik va betaraflik, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik, shaffoflik va ochiqlik, tenglik, axborotlarning maxfiyligi kabi tamoyillariga rioya qilinadi.
2-bob. Akkreditatsiya guruhi va Akkreditatsiya komissiyasini tuzish
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.03.00 Taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish]
4. Markazni akkreditatsiyadan oʻtkazish uchun joyiga chiqib yoki masofadan turib oʻrganuvchi kamida uch nafar malakali mutaxassislar hamda ekspertlardan iborat Akkreditatsiya guruhi tuziladi.
Vakolatli organ rahbarining buyrugʻi bilan Akkreditatsiya guruhi tarkibi tasdiqlanadi, uning vazifalari, oʻrganish oʻtkazish muddati, joyi va shakli belgilanadi.
5. Akkreditatsiya guruhi Markazni joyiga chiqib yoki masofadan turib oʻrganish natijasi boʻyicha xulosa rasmiylashtiradi.
6. Akkreditatsiya guruhining xulosasini oʻrganish va natijasi boʻyicha yakuniy qaror qabul qilish uchun yetti nafar malakali mutaxassislar hamda ekspertlardan iborat Akkreditatsiya komissiyasi tuziladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.03.00 Taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish]
Akkreditatsiya komissiyasi tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Akkreditatsiya komissiyasi rais, rais oʻrinbosari, kotib va aʼzolardan iborat boʻladi. Akkreditatsiya guruhiga aʼzo boʻlgan shaxslar Akkreditatsiya komissiyasi tarkibiga kiritilmaydi.
Vakolatli organ rahbari Akkreditatsiya komissiyasi raisi hisoblanadi. Akkreditatsiya komissiyasi tarkibiga tegishli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari, ilmiy, taʼlim va boshqa tashkilotlar vakillari ham kiritilishi mumkin.
7. Akkreditatsiya komissiyasi raisi:
Akkreditatsiya komissiyasi faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;
Akkreditatsiya komissiyasi majlislarini oʻtkazadi va vakolatiga doir masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi;
Akkreditatsiya komissiyasi raisining oʻrinbosari, kotibi hamda aʼzolarining vakolatlari, majburiyatlari va shaxsiy javobgarlik darajasini belgilaydi.
8. Vakolatli organning Malakani baholash va akkreditatsiya guruhi rahbari — komissiya kotibi va bir vaqtning oʻzida uning aʼzosi hisoblanadi.
Akkreditatsiya komissiyasi kotibi:
Akkreditatsiya guruhi tomonidan taqdim etilgan xulosalarni umumlashtiradi hamda Akkreditatsiya komissiyasi majlislarida koʻrib chiqish uchun tayyorlaydi;
Akkreditatsiya komissiyasi majlislari kun tartibi hamda materiallarini tayyorlaydi, ularni majlis oʻtkazilishidan uch ish kuni oldin komissiya aʼzolariga taqdim qiladi;
Akkreditatsiya komissiyasining majlis bayonlari loyihalarini tayyorlaydi.
9. Akkreditatsiya komissiyasi majlislari, qoida tariqasida, har oyda kamida bir marotaba oʻtkaziladi.
Akkreditatsiya komissiyasi raisi boʻlmagan taqdirda, majlisga uning oʻrinbosari rahbarlik qiladi.
10. Akkreditatsiya komissiyasi majlisi aʼzolarning uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda, vakolatli hisoblanadi.
11. Akkreditatsiya komissiyasining qarori majlisda ishtirok etayotgan aʼzolarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda, komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Akkreditatsiya komissiyasi qarori bayon shaklida rasmiylashtiriladi hamda rais va komissiya aʼzolari tomonidan tasdiqlanadi.
12. Akkreditatsiya komissiyasi qarorining asl nusxasi hamda unga oid materiallar vakolatli organda saqlanadi.
13. Akkreditatsiya komissiyasining qarori vakolatli organning rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi.
3-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
14. Malakani baholash markazlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatiushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida koʻrsatiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
15. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib murojaat qiladi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) elektron shaklda roʻyxatdan oʻtadi.
16. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda, Davlat xizmati markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilgan taqdirda esa, ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani toʻldiradi.
Soʻrovnoma YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼi nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Bunda soʻrovnoma ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlarida tushganda, kalendar boʻyicha navbatdagi ish kuni soʻrovnomaning vakolatli organga tushgan va vakolatli organ tomonidan qabul qilingan kun deb hisoblanadi.
17. Soʻrovnomaga quyidagilar elektron shaklda (PDF, PNG yoki JPEG formatda) ilova qilinadi:
ariza beruvchining Markaz direktori yoki ishonchli vakil ekanligini tasdiqlovchi hujjat;
Markazning yuridik shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi;
Kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashining Markazni akkreditatsiyadan oʻtkazish uchun tavsiya etganligi toʻgʻrisidagi xulosasi;
tegishli kasb (kvalifikatsiya) boʻyicha baholovchi ekspert sifatida jalb qilinishi rejalashtirilgan kamida uch nafar nomzod toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
malakani mustaqil baholash rejalashtirilgan kasb (kvalifikatsiya)lar boʻyicha ishlab chiqilgan baholash vositalari.
Ariza beruvchidan ushbu bandda koʻrsatilmagan hujjatlarni hamda boshqa maʼlumotlarni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
18. Soʻrovnoma Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan oʻn daqiqada ichida, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa, real vaqt rejimida avtomatik ravishda vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.03 Elektron raqamli imzo]
Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat qilgan taqdirda, soʻrovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etiladi.
19. Vakolatli organ uch ish kuni ichida ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarning belgilangan talablarga muvofiqligini oʻrganadi.
Bunda soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni oʻrganish uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
20. Soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarda notoʻgʻri maʼlumotlar aniqlangan taqdirda, vakolatli organ bir ish kuni ichida davlat xizmati koʻrsatishni toʻxtatish hamda soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlardagi kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga elektron ravishda xabarnoma yuboradi.
Ariza beruvchi xabarnomani olgan kundan boshlab besh kun ichida hujjatlardagi kamchiliklarni bartaraf qilib, davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlamagan holda, Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali takroran murojaat qilish huquqiga ega.
Ariza beruvchi belgilangan muddatda hujjatlardagi kamchiliklarni bartaraf etgan holda takroran murojaat qilmagan taqdirda, vakolatli organ davlat xizmati koʻrsatishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va bu haqda bir ish kuni ichida Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga elektron ravishda xabarnoma yuboradi hamda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
21. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrmasdan qoldiriladi va toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
22. Soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarda kamchiliklar aniqlanmaganda yoki aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilinib, takroran murojaat qilinganda, kasb (kvalifikatsiya) xususiyatidan kelib chiqqan holda, vakolatli organning koʻrsatmasiga muvofiq Akkreditatsiya guruhi Markazni joyiga chiqib yoki masofadan turib oʻrganadi.
Akkreditatsiya guruhi Markazni joyiga chiqib yoki masofadan turib oʻrganishi uchun har bir kasb (kvalifikatsiya) boʻyicha bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
Vakolatli organ oʻrganish oʻtkazilishidan besh ish kuni oldin oʻrganish sanasi va shakli toʻgʻrisida xabarnoma hamda yigʻim miqdori koʻrsatilgan invoysni Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga yuboradi.
23. Ariza beruvchi belgilangan yigʻimni toʻlagandan soʻng oʻn besh ish kuni ichida Akkreditatsiya guruhi tomonidan quyidagilar oʻrganiladi:
Markaz namunaviy tuzilma asosida tashkil etilganligi, shuningdek, zarur shart-sharoitlar hamda mebel jihozlariga ega bino va inshootlar bilan taʼminlanganligi;
Markazning oʻz rasmiy veb-saytiga ega ekanligi, shuningdek, kasbiy imtihonlarni oʻtkazish uchun yetarli kompyuter toʻplamlarining mavjudligi;
kasbiy imtihon jarayonlarini Markazning rasmiy veb-sayti yoki Internet jahon axborot tarmogʻi orqali toʻgʻridan-toʻgʻri onlayn translyatsiya qilish va ovozli videoyozuvda qayd qilish uchun texnik imkoniyatlarning yaratilganligi;
kasbiy imtihonlarni oʻtkazish uchun kasb (kvalifikatsiya) xususiyatidan kelib chiqqan holda, zarur texnikalar, asbob-uskunalar va boshqa jihozlarning mavjudligi;
kasbiy imtihon oʻtkaziladigan hududning mehnatni muhofaza qilish, sanoat, texnika va yongʻin xavfsizligi, shuningdek, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablarga javob berishi.
Akkreditatsiya guruhi kasb (kvalifikatsiya)ning oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, vakolatli organning ruxsati bilan boshqa holatlarni ham oʻrganishi mumkin.
24. Akkreditatsiya guruhi oʻrganish natijasi boʻyicha Markazni akkreditatsiyadan oʻtkazishning maqsadga muvofiqligi yoki maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida uch nusxada xulosa tuzadi.
Bunda tasdiqlovchi hujjatlari (hujjatlar nusxalari, fotosuratlar, videoyozuvlar va boshqalar) bilan birga xulosaning bir nusxasi Akkreditatsiya komissiyasiga, bir nusxasi ariza beruvchiga taqdim etiladi va bir nusxasi Akkreditatsiya guruhining oʻzida qoladi.
Markaz ushbu Reglamentning 23-bandida belgilangan talablarga javob bermaganda yoki tegishli hujjatlarni taqdim etmaganda, uni akkreditatsiyadan oʻtkazishning maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida xulosa tuziladi.
25. Akkreditatsiya komissiyasi Akkreditatsiya guruhining xulosasini besh ish kuni ichida oʻrganib chiqadi hamda quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Markazga akkreditatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisida guvohnoma berish haqida;
Markazga akkreditatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisida guvohnoma berishni rad etish haqida.
Akkreditatsiya komissiyasining Markazga akkreditatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisida guvohnoma berishni rad etish haqida qaror qabul qilishiga quyidagilar asos boʻladi:
Markazni akkreditatsiyadan oʻtkazishning maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisidagi xulosada koʻrsatilgan holatlar oʻz tasdigʻini topganda;
Markazni akkreditatsiyadan oʻtkazishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosada koʻrsatilgan holatlar oʻz tasdigʻini topmaganda.
Akkreditatsiya komissiyasi Markazga akkreditatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisida guvohnoma berishni rad etish haqida qaror qabul qilgan taqdirda, vakolatli organ bu haqda bir ish kuni ichida Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga elektron ravishda xabarnoma yuboradi hamda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.03.00 Soliqlar va yigʻimlar]
26. Akkreditatsiya komissiyasining Markazga akkreditatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisida guvohnoma berish haqidagi qarori qabul qilinganda, guvohnoma blankasi uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Vakolatli organ guvohnoma blankasi uchun toʻlov miqdori koʻrsatilgan invoysni bir ish kuni ichida Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga yuboradi.
27. Ariza beruvchi belgilangan yigʻimni toʻlagandan soʻng uch ish kuni ichida vakolatli organ ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shaklda Akkreditatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisida guvohnomani rasmiylashtiradi, QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan holda tasdiqlaydi va Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga yuboradi.
Ariza beruvchi Akkreditatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisida guvohnomani shaxsan Davlat xizmatlari markazlariga borib yoki YIDXPdan yuklab oladi.
Akkreditatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisida guvohnoma besh yil muddatga amal qiladi.
28. Ariza beruvchi Akkreditatsiya komissiyasining qarori yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 58-moddasi.
29. Ariza beruvchi Akkreditatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisida guvohnomaning amal qilish muddati tugashidan kamida uch oy oldin akkreditatsiyadan oʻtkazishni soʻrab ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq murojaat qiladi.
30. Markazning Akkreditatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisida guvohnomaga ilovada koʻrsatilmagan kasb (kvalifikatsiya)lar boʻyicha malakani mustaqil baholashiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Markaz Akkreditatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisida guvohnomaga ilovada koʻrsatilmagan boshqa kasb (kvalifikatsiya)lar boʻyicha malakani mustaqil baholash faoliyati bilan shugʻullanishi ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq qayta akkreditatsiyadan oʻtkazilishi shart.
Bunda amaldagi Akkreditatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisida guvohnoma bekor qilinadi va uning amal qilish muddati davriga yangisi beriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.03.00 Soliqlar va yigʻimlar]
31. Davlat xizmati koʻrsatilganligi uchun toʻlangan yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat qilganda:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi shaxsiy hisobvaragʻiga;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.08.00.00 Gʻaznachilik]
0,5 foizi — “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar vakolatli organning hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat qilinganda:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
11,75 foizi (shundan 0,5 foizi yagona billing tizimi orqali davlat xizmati koʻrsatilganda) — Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar vakolatli organning hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
4-bob. Davriy monitoring oʻtkazish
32. Markaz akkreditatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisida guvohnoma olganidan soʻng vakolatli organ tomonidan uning qonunchilik hujjatlariga muvofiq faoliyat yuritayotganligi yuzasidan har yili kamida bir marotaba, biroq uch ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda davriy monitoring oʻtkaziladi.
Bunda davriy monitoring oʻtkazilishidan besh ish kuni oldin vakolatli organ rahbarining davriy monitoring oʻtkazish toʻgʻrisida buyrugʻi qabul qilinadi va Markazga yuboriladi.
33. Davriy monitoring natijasi boʻyicha ikki nusxada dalolatnoma rasmiylashtiriladi va uning bir nusxasi Markazga taqdim qilinadi.
Vakolatli organ davriy monitoring natijasi boʻyicha rasmiylashtirilgan dalolatnoma asosida quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi va bu haqda bir ish kuni ichida Markazni yozma ravishda xabardor qiladi:
Akkreditatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisida guvohnomaning amal qilishini tasdiqlash;
Akkreditatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisida guvohnomaga ilovada koʻrsatilgan kasb (kvalifikatsiya)lar sonini qisqartirish;
Akkreditatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisida guvohnomaning amal qilish muddatini toʻxtatib turish. Bunda:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.09.00 Maʼlum bir mutaxassislik boʻyicha xodimlarga qoʻyiladigan talablar. Kvalifikatsiya tavsiflari]
mehnat bozorida akkreditatsiyadan oʻtkazilgan kasb (kvalifikatsiya)ga ehtiyoj mavjud emasligi Akkreditatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisida guvohnomaga ilovada koʻrsatilgan kasb (kvalifikatsiya)lar sonini qisqartirishga;
Markaz tomonidan ushbu Reglamentning 23-bandida belgilangan talablar buzilganligi Akkreditatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisida guvohnomaning amal qilishini oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatga toʻxtatib turishga asos boʻladi.
5-bob. Yakunlovchi qoida
34.Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Malakani baholash markazlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Malakani baholash markazlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddati
1-bosqich
Ariza beruvchi
(Malakani baholash markazi direktori yoki ishonchli vakil)
Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali roʻyxatdan oʻtadi.
Oʻz xohishiga koʻra
2-bosqich
Davlat xizmatlari markazi
Soʻrovnoma toʻldiradi va elektron shaklda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligining Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti (vakolatli organ)ga yuboradi.
Oʻn daqiqa ichida
YIDXP
Soʻrovnomani elektron shaklda vakolatli organga yuboradi.
Avtomatik ravishda
3-bosqich
Vakolatli organ
1. Soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarning belgilangan talablarga muvofiqligini oʻrganadi.
Uch ish kuni ichida
2. Soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarda notoʻgʻri maʼlumotlar aniqlangan taqdirda, davlat xizmati koʻrsatishni toʻxtatish hamda soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlardagi kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga elektron ravishda xabarnoma yuboradi.
Bir ish kuni ichida
4-bosqich
Ariza beruvchi
Hujjatlardagi kamchiliklarni bartaraf qilib, davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlamagan holda, Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali takroran murojaat qiladi.
Besh ish kuni ichida
5-bosqich
Vakolatli organ
Markazni oʻrganish sanasi va shakli toʻgʻrisida xabarnoma hamda yigʻim miqdori koʻrsatilgan invoysni Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga yuboradi.
Oʻrganishdan besh ish kuni oldin
6-bosqich
Akkreditatsiya guruhi
1. Kasb (kvalifikatsiya) xususiyatidan kelib chiqqan holda, vakolatli organning koʻrsatmasiga muvofiq Markazni joyiga chiqib yoki masofadan turib oʻrganadi.
2. Akkreditatsiya guruhi oʻrganish natijasi boʻyicha Markazni akkreditatsiyadan oʻtkazish maqsadga muvofiqligi yoki maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida uch nusxada xulosa tuzadi.
Oʻn besh ish kuni ichida
7-bosqich
Akkreditatsiya komissiyasi
Akkreditatsiya guruhining xulosasini oʻrganib chiqadi hamda quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Markazga akkreditatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisida guvohnoma berishni rad etish haqida;
Markazga akkreditatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisida guvohnoma berish haqida.
Besh ish kuni ichida
8-bosqich
Vakolatli organ
1. Akkreditatsiya komissiyasi Markazga akkreditatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisida guvohnoma berishni rad etish haqida qaror qabul qilgan taqdirda, bu haqda Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga elektron ravishda xabarnoma yuboradi.
Bir ish kuni ichida
2. Akkreditatsiya komissiyasining Markazga akkreditatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisida guvohnoma berish haqidagi qarori qabul qilinganda, guvohnoma blankasi uchun toʻlov miqdori koʻrsatilgan invoysni Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga yuboradi.
Bir ish kuni ichida
3. Akkreditatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisida guvohnomani rasmiylashtiradi, QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan holda tasdiqlaydi va Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga yuboradi.
Uch ish kuni ichida
9-bosqich
Ariza beruvchi
Akkreditatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisida guvohnomani shaxsan Davlat xizmatlari markazlariga borib yoki YIDXPdan yuklab oladi.
Oʻz xohishiga koʻra
Malakani baholash markazlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
Malakani baholash markazini akkreditatsiyadan oʻtkazish uchun
SOʻROVNOMA
Malakani baholash markazi toʻgʻrisida maʼlumot
1.
Malakani baholash markazining nomi va tashkiliy-huquqiy shakli
Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR): ___________________
Malakani baholash markazlariga akkreditatsiyadan oʻtish boʻyicha qoʻyilgan talablariga muvofiq kelishi tasdiqlandi.
Ushbu guvohnomaga akkreditatsiyadan oʻtkazilgan kasb (kvalifikatsiya)lar ilova qilinadi. Guvohnoma ilovasiz haqiqiy hisoblanmaydi.
Guvohnomani berish uchun asos: Milliy malaka tizimini rivojlantirish institutining 20___-yil “___”-__________dagi _____-son buyrugʻi.
Amal qilish muddati:_____________
_____________________(kun, oy, yil)
Institut direktori
_______________________
(F.I.O.)
Hujjatning haqiqiyligini tasdiqlovchi
QR-kod
Akkreditatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi _________-son guvohnomaga ILOVA
Akkreditatsiyadan oʻtkazilgan kasb (kvalifikatsiya)lar
ROʻYXATI
T/r
Kasb (kvalifikasiya) nomi
Malaka darajasi
1.
2.
3.
...
Institut direktori
_______________________
(F.I.O.)
Hujjatning haqiqiyligini tasdiqlovchi
QR-kod
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-iyundagi 369-son qaroriga 5-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Kambagʻal va ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʻqitish tizimini takomillashtirish hamda mehnat organlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 5-apreldagi 183-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-bandning “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisidagi “, kasbiy malakani baholash” soʻzlari chiqarib tashlansin.
v) 28-bandning ikkinchi xatboshisidagi “kasbiy malakalarni baholash markazi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-iyundagi 369-son qaroriga 6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan baʼzi qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida Kasbiy malakalar, bilim va koʻnikmalarni rivojlantirish milliy tizimi faoliyatini tashkil etish choralari toʻgʻrisida” 2020-yil 15-maydagi 287-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 30-sentabrdagi 616-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 834-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Savdo va xizmat koʻrsatish sohasida jamoatchilik nazorati samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 12-maydagi 255-son qaroriga 3-ilovaning 33-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Kasb va lavozimlarga qoʻyiladigan malaka darajalarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida kasbiy malakalar, bilim va koʻnikmalarni rivojlantirish milliy tizimi faoliyatini tashkil etish choralari toʻgʻrisida” 2020-yil 15-maydagi 287-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2024-yil 18-martdagi 144-son qarori.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2025-y., 09/25/369/0513-son)