toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.06.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasida Kasbiy malakalar, bilim va koʻnikmalarni rivojlantirish milliy tizimi faoliyatini tashkil etish choralari toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-iyundagi 369-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi milliy malaka tizimini tartibga solishga qaratilgan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 6-sentabrdagi PF-5812-son Farmoni ijrosini va Oʻzbekiston Respublikasida kasbiy malakalar, bilim va koʻnikmalarni rivojlantirish milliy tizimi faoliyatini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy malakalar ramkasi 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Kasbiy malakalar, bilim va koʻnikmalarni rivojlantirish milliy tizimi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-martdagi 144-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2024-y., 09/24/144/0225-son)
a) ikki hafta muddatda:
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Kasbiy malakalarni rivojlantirish respublika kengashi toʻgʻrisidagi nizomni, faoliyatining reglamentini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari huzuridagi kasbiy bilim hamda koʻnikmalarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashlari haqidagi namunaviy nizomni hamda Tarmoqlar malaka ramkalari va kasb standartlarini shakllantirish va amaliyotga joriy etish boʻyicha uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin hamda barcha vazirliklar va idoralarga yuborilishini taʼminlasin;
b) bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda axborot tizimlarini, jumladan, Kompetensiyalarni baholash boʻyicha faoliyat bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar registrini, Kasb standartlari milliy registrini hamda Tasdiqlangan malakaga ega shaxslar milliy reyestrini ishlab chiqsin va joriy qilsin;
v) Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchi kasblari klassifikatoriga taʼlim sohasini isloh qilish tadbirlarini amalga oshirish, Milliy va tarmoqlar malakalar ramkalari, Oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori hamda professional taʼlim yoʻnalishlari, mutaxassisliklari va kasblari klassifikatoriga bevosita aloqador boʻlgan dolzarb oʻzgarishlarni tizimli ravishda kiritib borishni taʼminlasin.
3. Davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari bir oy muddatda kasb faoliyati turlarini belgilagan holda Kasbiy bilim va koʻnikmalarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashlari ishini tashkil etsin.
4. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-martdagi 144-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2024-y., 09/24/144/0225-son)
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B.A. Musayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A.Sharipov zimmasiga yuklansin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-martdagi 144-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2024-y., 09/24/144/0225-son)
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 15-may,
287-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-maydagi 287-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy malakalar ramkasi
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy malakalar ramkasi (keyingi oʻrinlarda — Milliy malakalar ramkasi) tarmoqlar malakalar ramkalari, kasb va taʼlim standartlari, milliy va xalqaro darajada malakalarni tan olishning kasbiy taʼlimning barcha darajalari uchun yagona mexanizmlarni nazarda tutuvchi, malakalarni tarmoqlararo va xalqaro taqqoslashni taʼminlovchi kompetensiyani baholash tizimi Kasbiy malakalar, bilim va koʻnikmalarni rivojlantirish milliy tizimining institutsional komponenti va asosi hisoblanadi.
2. Milliy malakalar ramkasi mehnat bozori va taʼlim sohasini integratsiyalash vositasi boʻlib xizmat qiladi.
3. Milliy malakalar ramkasi:
kasbga oʻqitish natijalari va oʻqitish natijasida olinadigan bilimlar, mahoratlar, koʻnikmalar va kompetensiyalarni uygʻunlashtirish;
kasbga oʻqitish va mehnat bozorining malakalarga ehtiyojlari orasida oʻzaro aloqadorlikning mustahkam tizimini shakllantirish;
kasbga oʻqitish, mehnat tajribasi natijalarining malaka talablariga va kasb standartlariga mosligini baholash jarayonini amalga oshirishni;
milliy va xalqaro darajalarda malakalarni tan olishni taʼminlaydi.
4. Milliy malakalar ramkasini joriy qilish:
kasb standartlarini ishlab chiqishda — xodimlar malakasiga, taʼlim standartlarini ishlab chiqishda — bitiruvchilarning bilim darajalariga talablarni yagona nuqtai nazardan yoritish;
xodimlarni ishga qabul qilishda, tashkilot ichida va tashkilotlar orasida vertikal va gorizontal harakatlantirishda malaka talablarini belgilash;
xodimlar va ishga daʼvogarlarning malakasini aniqlash materiallari va tartibotlarini ishlab chiqish;
respublika, hudud va tarmoq darajalarida, shuningdek, tashkilotlarda kadrlar tayyorlash boʻyicha tadbirlarni rejalashtirish;
malakalarni rivojlantirish monitoringini va statistik tahlilni amalga oshirish uchun imkon yaratadi.
2-bob. Milliy malakalar ramkasining tuzilishi
5. Milliy malakalar ramkasi Yevropa malakalar ramkasiga va Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuniga mos boʻlgan sakkizta malaka darajasini, shuningdek, mos malakalar darajalariga erishishning asosiy yoʻllarini ilovaga muvofiq oʻz ichiga olgan.
6. Milliy malakalar ramkasi jadval koʻrinishidagi konstruksiya boʻlib, unda har bir malaka darajasi boʻyicha kasb faoliyatini amalga oshirish uchun talab qilinadigan bilimlar, mahorat va koʻnikma, shaxsiy va kasbiy kompetensiyalar, shuningdek, tegishli malaka darajasini egallash yoʻllari belgilanadi, aynan:
1) bilimlar — kasbiy faoliyatning quyidagi xususiyatlarini aks ettiradi:
a) foydalanilayotgan axborotning hajmi va murakkabligi;
b) bilimlarning innovatsiyaviyligi;
v) nazariy va amaliy bilimlar nisbati.
2) mahorat va koʻnikmalar — quyidagi koʻrsatkichlar bilan ifodalanadi:
a) kasb vazifalarini bajarishning variantliligi, vazifalarni hal qilish variantlarini tanlash zarurati va uning yoʻllarini ishlab chiqish;
b) ish holatining noaniqligi va uning rivojlanishini oldindan aniqlash imkoni yoʻqligi;
3) kompetensiyalar quyidagi koʻrsatkichlar bilan ifodalanadi:
a) rahbarlik ostidagi faoliyat;
b) mustaqil ijro intizomi;
v) rahbarlik faoliyati;
g) faoliyat koʻlami — vakolat va masʼuliyatning kengligi, kasbiy faoliyatdagi mumkin boʻlgan xatoning oqibatlari;
4) malakani egallash yoʻllari Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan taʼlim darajalari bilan ifodalanadi.
7. Milliy malakalar ramkasi asosida davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari ish beruvchilar birlashmalari bilan hamkorlikda tarmoqlar malaka ramkalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, tegishli malaka darajalarining oʻziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi kasb standartlarini ishlab chiqadi.
8. Malaka muayyan taʼlim dasturi va/yoki amaliy tajriba natijasi hisoblanadi. Malakaning oʻzgarishi va darajasining oʻsishi, odatda, tegishli litsenziyaga ega boʻlgan muassasalarda malaka oshirish, kadrlarni qayta tayyorlash va qoʻshimcha taʼlim berish tizimining qoʻshimcha oʻqitish dasturlari boʻyicha oʻqitish natijasi hisoblanadi.
Taʼlim va oʻqitishning turli koʻrinishlari tarmoqlar, malakalar tizimlarida hisobga olinadi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
9. Zarur boʻlganda Milliy malakalar ramkasiga, uning amalda qoʻllanish tajribasidan kelib chiqib, oʻzgarishlar kiritiladi.
10. Milliy malakalar ramkasiga Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Koreya Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi va shunday tajriba toʻplangan boshqa mamlakatlar ramkalari tuzilmalariga xos boʻlgan quyidagi tamoyillar asos qilib olinadi:
malakalar darajalarining quyidan yuqoriga rivojlanishining uzluksizligi va izchilligi;
malakalar darajalari tavsifining barcha foydalanuvchilar uchun shaffofligi;
malakalar darajalari iyerarxiyasining mehnat taqsimoti tuzilmasiga va milliy taʼlim tizimiga mosligi;
Milliy malakalar ramkasi tuzilmasi va mazmunini ishlab chiqishda jahon tajribasi.
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy malakalar ramkasiga
ILOVA
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY MALAKALAR RAMKASI

Malaka darajasi

Bilimlar

(professional faoliyatning ilmiy sigʻimliligi)

Mahorat va koʻnikma

(professional faoliyatning murakkabligi)

Kompetensiyalar

(vakolatlar koʻlami, masʼuliyat va mustaqillik)

Malakaning mos darajasiga
erishish yoʻllari

1

Mehnat yoki oʻquv sohasidagi umumiy bilimlar

Standart va oddiy vazifalarni bajarish

Kuzatuv ostida ishlash va oʻrganish

Amaliy tajriba va/yoki ish joyida qisqa muddatli oʻquv (yoʻriqnoma) va/yoki kamida boshlangʻich maʼlumot darajasidagi taʼlim boʻyicha qisqa muddatli kurslar

2

Mehnat yoki oʻquv sohasidagi maxsus bilimlar

Standart va oddiy vazifalarni oddiy qoidalarva instrumentlar orqali bajarish, yoʻriqnoma boʻyicha harakat qilish usulini tanlash

Qoʻyilgan vazifalarni tushunish, rahbarlik ostida qisman mustaqil ravishda mehnat qilish va oʻrganish qobiliyati

Kamida asosiy oʻrta maʼlumotdan past boʻlmagan umumiy oʻrta taʼlim boʻyicha amaliy tajriba va/yoki professional taʼlim (taʼlimni tashkil qilish yoki korxonada oʻqish bazasida qisqa muddatli kurslar)

3

Mehnat yoki oʻquv sohasidagi prinsiplar, jarayonlar va umumiy konsepsiyalar haqidagi umumiy maxsus bilimlar

Asosiy usullar, instrumentlar, materiallar va maʼlumotlarni tanlash va qoʻllash uchun talab qilinadigan vazifalarni bajarish, mustaqillikni namoyish qilish

Masʼuliyat, vaziyatdan kelib chiqib qaror qabul qilish, jumladan, oʻz-oʻzining mustaqil bandligini taʼminlash

Boshlangʻich professional taʼlim (oʻrta maxsus, professional taʼlim).

Professional taʼlim (bir yilgacha kasbga tayyorlash dasturlari boʻyicha taʼlim tashkilotlari bazasidagi kurslar yoki korxonada oʻqitish) va kamida umumiy oʻrta taʼlim boʻyicha amaliy tajriba

4

Mehnat yoki oʻquv sohasini umumiy qamrab oluvchi keng miqyosli amaliy va nazariy bilimlar

Aniq muammolarni hal qilish uchun zarur boʻlgan amaliy mahoratlar. Maʼlum boʻlgan harakatlar orasidan maqbulini tanlash

Qoʻyilgan maqsadni hal qilish uchun bajarish zarur boʻlgan vazifalarni mustaqil belgilash.

Ish natijasini oldindan koʻra bilish va shunga koʻra oʻz harakatini toʻgʻrilash qobiliyati

Oʻrta (toʻliq) umumiy taʼlim yoki boshlangʻich professional taʼlim bazasida oʻrta professional taʼlim yoki professional tayyorgarlik (bir yilgacha kasbga oʻqitish dasturlari boʻyicha taʼlim muassasalari bazasidagi kurslar va qoʻshimcha professional taʼlim dasturlari), amaliy tajriba

5

Mehnat yoki oʻquv sohasidagi har tomonlama ixtisoslashtirilgan maxsus va nazariy bilimlar, shuningdek ushbu bilimlar chegaralarini anglash

Abstrakt muammolarni ijodiy hal qilish uchun talab qilinadigan anglash va amaliy mahoratning har tomonlama koʻlami. Professional vazifalarni hal qilish uchun zarur boʻlgan axborotni mustaqil izlash qobiliyati.

Tashkilotning ichki vazifalarini bajarish uchun mehnat jarayonini mustaqil boshqarish va nazorat qilish qobiliyati. Oʻzi va boshqalarning faoliyatini tahlil qilish va takomillashtirish.

Oʻrta (toʻliq) umumiy taʼlim yoki boshlangʻich professional taʼlim yoki oʻrta professional taʼlim bazasida oʻrta maxsus professional taʼlim, amaliy tajriba, yoki oliy taʼlim

6

Nazariya va eng muhim tamoyillarni tanqidiy tushunishni oʻz ichiga oluvchi mehnat yoki oʻquv sohasidagi ilgʻor bilimlar

Mehnat yoki oʻqishning ixtisoslashtirilgan sohasidagi murakkab va kutilmagan muammolarni hal qilish uchun zarur boʻlgan yangiliklar egallaganligini tasdiqlovchi ilgʻor qobiliyatlar. Faoliyat, usullar va ularning natijalarini baholash.

Mehnat yoki oʻqishning kutilmagan kontekstida qaror qabul qilish darajasida masʼuliyatni talab qiluvchi, faoliyatning murakkab texnik va professional turlarini boshqarish.

Yakka tartibdagi va jamoaviy rivojlanish sohasida oʻziga masʼuliyatni qabul qilish.

Oliy taʼlim, amaliy tajriba.

7

Muayyan qismi mehnat yoki oʻquv sohasida muhim boʻlgan va aralash sohalarda original va tanqidiy mulohazalar yuritish va/yoki tadqiqotlar uchun asos boʻluvchi yuqori darajada ixtisoslashgan bilimlar

Yangi bilimlarni, tartibotlarni rivojlantirish va turli sohalarga taalluqli bilimlarni integratsiyalash uchun oʻtkaziladigan ilmiy-tadqiqotlarda va/yoki faoliyatda innovatsiya talab qilinadigan maxsus tadqiqot oʻtkazish qobiliyati.

Faoliyat, usullar va natijalar va professional faoliyat sohasi va undan tashqari sohalar uchun qisqa muddatli va uzoq muddatli oqibatlarini tanqidiy baholash.

Murakkab, kutilmagan va yangi strategik yondoshuvlarni talab qiluvchi professional yoki oʻquv kontekstlarni boshqarish va ushbu kontekstlarni oʻzgartirish. Professional bilimlar va amaliyotga hissa qoʻshish va/yoki jamoalar strategik mehnat unumdorligini tekshirish boʻyicha masʼuliyatga ega boʻlish.

Oliy taʼlim, amaliy tajriba. Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, amaliy tajriba

8

Mehnat yoki oʻquvning ilgʻor sohasida va sohalararo yuqori darajada ixtisoslashgan bilimlar

Ilmiy tadqiqotlardagi va/yoki innovatsiyalardagi oʻtkir muammolarni hal qilish uchun va mavjud bilimlar yoki professional amaliyotni qayta koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan, sintez va baholashni oʻz ichiga oluvchi ilgʻor va ixtisoslashgan mahorat va usullar. Faoliyat, usullar va natijalarni va ularning qisqa muddatli va uzoq muddatli oqibatlarini tanqidiy baholash.

Mehnat yoki oʻquv sohasida, jumladan, tadqiqot yoʻnalishida yangi gʻoyalar yoki jarayonlar ishlab chiqarishda yuksak darajadagi obroʻ, innovatsiyalar, mustaqillik va professional mukammallikni namoyon qilish.

Oliy taʼlim, amaliy tajriba. Oliy taʼlim, amaliy tajriba va/yoki oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, amaliy tajriba.

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-maydagi 287-son qaroriga
2-ILOVA
Kasbiy malakalar, bilim va koʻnikmalarni rivojlantirish milliy tizimi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Kasbiy malakalar, bilim va koʻnikmalarni rivojlantirish milliy tizimi (keyingi oʻrinlarda — Milliy malakalar tizimi) amal qilishining huquqiy va tashkiliy asoslari hamda tartibini, shuningdek ishsizlar va band boʻlmagan aholini kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Milliy malaka tizimi Oʻzbekiston Respublikasining “Aholi bandligi toʻgʻrisida” va “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunlariga asosan, mehnat bozorida talab va taklifni muvofiqlashtirish, bozor sharoitlarida xodimlarning raqobatbardoshligini taʼminlashning bazaviy mexanizmi hisoblanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-martdagi 144-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2024-y., 09/24/144/0225-son)
3. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
milliy malakalar tizimi — taʼlim, oʻqitish, malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimi tomonidan mehnat bozorining malakali xodimlarga ehtiyoji va malakali ishchi kuchi taklifining butun umr davomida muvofiqligini taʼminlovchi huquqiy va institutsional tartibga solish mexanizmlari majmui;
institutsional komponentlar — milliy va tarmoq malakalar ramkalari, kasb standartlari hamda Kasb standartlari milliy registri;
malaka — xodim yoki ishga (kasbga) talabgorning, uning bilimi, mahorati va koʻnikmalarining tegishli kasb va mutaxassislik boʻyicha aniq mehnat funksiyalarini sifatli bajarishga tayyorgarlik darajasi;
malaka darajasi (malakaviy daraja) — xodim yoki ishga (kasbga) talabgorning tayyorgarligi va koʻnikmalari darajasi boʻyicha mehnat funksiyalarining murakkabligi, ularni mustaqil bajarish va natijalarga masʼuliyati parametrlari boʻyicha belgilanadigan toifalangan talablar majmuasi;
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy malakalar ramkasi — Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat va taʼlim sohalarini malaka darajalari va ularga erishishning asosiy yoʻllarini umumlashtirib ifodalash orqali uygʻunlashtirish vositasi;
Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish boʻyicha kengash — taʼlim muassasalarida, shuningdek kasb-hunarga oʻqitish markazlarida, kasbga oʻqitish va kompetensiyalarni baholash markazlarida kasbiy koʻnikmalarni baholash va tasdiqlash sohasidagi masalalarning muvofiqligini taʼminlovchi organ;
(3-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-martdagi 144-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2024-y., 09/24/144/0225-son)
davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari huzuridagi Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashlari — tegishli tarmoq yoki tashkilotda kasbga oʻqitish, qayta oʻqitish va malaka oshirishni hamda kompetensiyalarni baholashni tashkil etish va amalga oshirish sohasidagi masalalarni muvofiqlashtiruvchi organ;
(3-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-martdagi 144-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2024-y., 09/24/144/0225-son)
koʻnikmalarni baholash — xodim yoki ishga (kasbga) talabgor malakasining kasb standarti qoidalariga yoki malakaviy talablarga mosligini tasdiqlash tartibi;
kasb standarti — asosiy mehnat funksiyalari va ularni bajarish sharoitlarini ifodalovchi, koʻnikma darajasiga mehnat mazmuni, sifati va sharoitlariga talablarni belgilovchi standart;
kasbga oʻqitish — muayyan mehnat funksiyalarini bajarish uchun oʻquvchiga zarur boʻlgan bilim, mahorat va koʻnikmalarni egallashga qaratilgan taʼlim turi;
bilimlar — oʻqitish va shaxsiy tajriba orqali mehnat faoliyati uchun ahamiyatli maʼlumotni oʻzlashtirish natijasi;
koʻnikmalar — insonning muayyan mehnat funksiyalarini bajarishga qobiliyatini ifodalovchi, taʼlim jarayonida yoki shaxsiy tajriba orqali egallangan sifati (mahorati);
kompetensiya — xodimning kasbiy faoliyatda bilimlar, koʻnikmalar, mahorat va tajribani qoʻllash qobiliyati va rasmiylashtirilgan talablar;
tajriba — mehnat faoliyatini amalga oshirish jarayonida egallanadigan bilimlar va mahoratlar;
mehnat funksiyasi — mehnat natijasiga erishishga qaratilgan oʻzaro bogʻliq mehnat harakatlari majmuasi;
mehnat harakatlari — xodimning mehnat predmeti bilan oʻzaro taʼsirida muayyan mehnat natijasiga erishiladigan jarayon;
kasb — insonning kasbiy tayyorgarlik natijasida egallangan va taʼlim toʻgʻrisidagi tegishli hujjatlar yoki maxsus tayyorgarlikdan oʻtganligi bilan tasdiqlangan, muayyan bilim, mahorat va amaliy koʻnikmalarni talab etuvchi asosiy mehnat faoliyati, mashgʻulotlar turi;
lavozim — xodimning vakolatlari mazmuni va koʻlamini hamda uning tashkilotning iyerarxik tuzilmasida egallagan oʻrnini belgilovchi birlamchi tarkibiy birlik;
koʻnikmani baholashni oʻtkazish uchun baholash vositalari — kasbiy imtihonni oʻtkazishda kompetensiyalarni baholash markazi tomonidan qoʻllaniladigan topshiriqlar, baholash mezonlari majmui;
baholash usullari — kasbiy imtihonni oʻtkazishda kompetensiyalarni baholash markazlari tomonidan qoʻllaniladigan va xodim yoki ishga (kasbga) talabgorning belgilangan mezon va kasb standartlariga mosligini aniqlashga qaratilgan usullar majmuasi;
talabgor (xodim yoki ishga (kasbga) talabgor shaxs) — ishga joylashish yoki lavozimda rivojlanish yoki ushbu Nizomga muvofiq tartibda oʻzining kasbiy kompetensiyalarini tasdiqlash maqsadida kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan kompetensiya tasdigʻini olishni xohlovchi jismoniy shaxs;
malaka pasporti — ishchilarga malaka razryadlarini va mutaxassislarga malaka toifalarini berish boʻyicha kasb standarti (yoki malaka talabi) bilan koʻzda tutilgan tegishli malaka darajasining berilgani va kompetensiyaning ijobiy baholanganini tasdiqlovchi hujjat;
(3-bandning yigirma uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-martdagi 144-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2024-y., 09/24/144/0225-son)
Ishsizlar va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish markazi — ishsizlar va band boʻlmagan aholini oʻqitish, malakasini oshirish va qayta tayyorlash boʻyicha ushbu Nizomga muvofiq faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
kompetensiyalarni baholash markazi — ushbu Nizomga muvofiq talabgorlar kompetensiyasini baholashni oʻtkazish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, ushbu Nizomga muvofiq fuqarolarning kasbiy malakasini baholash va tasdiqlashni amalga oshirish uchun vakolatlarni tasdiqlaydi;
(3-bandning yigirma oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-martdagi 144-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2024-y., 09/24/144/0225-son)
akkreditatsiya — vakolatli organ tomonidan kompetensiyalarni baholash markazi haq-huquqlarini rasman tan olish;
Tasdiqlangan malakaga ega shaxslar milliy reyestri — ishchi kasblari va mutaxassislar toifalari boʻyicha tasdiqlangan kasbiy kompetensiyalarga ega jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi doimiy yangilanadigan maʼlumotlar bazasi;
ishsizlar va band boʻlmagan aholini kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, malakasini oshirish parametrlari — ishsizlar va band boʻlmagan aholini kasbga oʻqitish, qayta oʻqitish va malakasini oshirish hamda fuqarolarning kasbiy malakasini baholash va tasdiqlashning mehnat organlari hamda kasb-hunarga oʻqitish markazlari, boshqa taʼlim muassasalari va kompetensiyalarni baholash markazlari bilan toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar, shuningdek, grantlar orqali belgilangan talablarga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan amalga oshirilish koʻrsatkichlari.
2-bob. Milliy malakalar tizimining maqsadi, asosiy vazifalari va bazaviy komponentlari
4. Milliy malakalar tizimining maqsadi quyidagilardan iborat:
mehnatga layoqatli aholiga ularning mehnat faolligidan toʻla foydalanish, ishchi kuchi sifatini oshirish, ishga joylashtirishga muhtoj shaxslarni xalqaro tajriba asosida kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini kengaytirish uchun sharoitlar yaratish;
mehnat bozori talablariga mos keluvchi, lavozimda oʻsish va raqobatbardoshlikni taʼminlovchi kasb malakalari va koʻnikmalarini egallash uchun milliy malakalar ramkasining yagona platformasini shakllantirish;
fuqarolarning mehnat salohiyatidan toʻla foydalanish uchun imkoniyatlar yaratishga yoʻnaltirilgan huquqiy, institutsional va infratuzilmaviy mexanizmlarni, jumladan, butun umr davomida taʼlim, malaka oshirish va qayta tayyorlashdan oʻtish koʻrinishida shakllantirish, va shu asosda mehnat bozori va taʼlim tizimining amal qilishi va samarali oʻzaro taʼsirini taʼminlash.
5. Milliy malakalar tizimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
butun umr davomida kasbga oʻqish, malaka oshirish va qayta oʻqishni tashkil etish va oʻtkazish, shuningdek, xodimlarning, ayniqsa ishchi kasblar boʻyicha obroʻsini oshirish va kasb standartlarini joriy etish orqali aholi bandligiga koʻmaklashishga qaratilgan institutsional tizim va infratuzilmani shakllantirish va amal qilishini taʼminlash;
ishsizlar va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish markazlarida ishsizlar va band boʻlmagan aholini, ayniqsa yoshlarni kasbga oʻqitish, malakasini oshirish va qayta oʻqitishni tashkil etish;
kasb standartlari asosida malakani baholash va tasdiqlash boʻyicha infratuzilmani yaratish va amal qilishini taʼminlash;
zamonaviy standartlar asosida kompetensiyani baholash markazlari faoliyatini tashkil etish;
malaka darajasini egallash va tasdiqlashni xohlovchi barcha shaxslar uchun ixtiyoriylik tamoyillari asosida teng sharoitlarni taʼminlash;
kompetensiyalarni baholashning haqqoniy, xolis va shaffof jarayonini taʼminlash maqsadida kompetensiyalarni baholash markazlari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish;
kompetensiyalarni baholash markazlari tomonidan qoʻllash uchun tegishli malakalar boʻyicha baholashning zamonaviy uslublarini joriy etish;
mehnat organlari tomonidan ishsizlar va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish markazlari va boshqa taʼlim muassasalari hamda kompetensiyalarni baholash markazlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar orqali Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan, belgilangan talablarga muvofiq, ishsizlar va band boʻlmagan aholini kasbga oʻqitish, qayta oʻqitish va malakasini oshirish hamda fuqarolarning kasbiy malakasini baholash va tasdiqlash boʻyicha ishlarni bajarish va xizmatlarni koʻrsatish boʻyicha ehtiyojlarni tizimli ravishda aniqlash, tartibga solish va, zarur hollarda, davlat buyurtmasini shakllantirish va joylashtirish;
kompetensiyalarni baholash markazlari tomonidan muayyan mutaxassislik (kasb) boʻyicha kasbiy kompetensiya darajasini tasdiqlovchi va Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchi kasblari klassifikatoriga muvofiq malaka toifalarini (razryadlarini) berishga asos boʻluvchi malaka pasporti berilishini taʼminlash;
(5-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-martdagi 144-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2024-y., 09/24/144/0225-son)
Tasdiqlangan malakaga ega shaxslar Milliy reyestrini shakllantirish va amal qilishini taʼminlash;
oʻrta boʻgʻin mutaxassislar va ishchilar malaka darajasini muntazam oshirish mexanizmini yuritish;
taʼlim dasturlari va resurslari shakllanishiga taʼsir etuvchi, ularni amalga oshirishda, shu jumladan oʻquv natijalarini baholash qismida foydalaniladigan, muayyan faoliyat turlari, oʻrta boʻgʻin mutaxassislari lavozimlari, ishchi kasblari va taʼlim darajasi boʻyicha kasb standartlarini ishlab chiqish va dolzarblashtirish tizimini shakllantirish;
kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimining muayyan faoliyat turlari boʻyicha mehnat bozorining dolzarb talablariga mosligini baholash orqali mehnat bozorining faoliyatlar boʻyicha tarkibi, holati va rivojlanish dinamikasi haqidagi kompleks tasavvurni shakllantirish
faoliyatning murakkablik, masʼuliyat va talab qilingan vakolatlar koʻlami parametrlari va darajalari boʻyicha ishlab chiqarish faoliyatining tegishli turlariga koʻra ishlab chiqarish jarayonlari tahlili asosida tarmoq va tarmoqlararo malaka tavsiflarini tarkiblash tizimini shakllantirish;
ishsiz fuqarolar va band boʻlmagan aholi orasida oʻz malakasini tasdiqlashning foydasi va afzalligini tushuntirish.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Milliy malakalar tizimi ishini muvofiqlashtiruvchi organ boʻlib hisoblanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-martdagi 144-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2024-y., 09/24/144/0225-son)
7. Quyidagilar Milliy malakalar tizimi ishtirokchilari hisoblanadi:
Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish boʻyicha kengash;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-martdagi 144-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2024-y., 09/24/144/0225-son)
Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashlari;
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-martdagi 144-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2024-y., 09/24/144/0225-son)
Ishchi kasblarni rivojlantirish va ommalashtirish assotsiatsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Assotsiatsiya);
ishsizlar va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish markazlari;
kompetensiyalarni baholash markazlari;
taʼlim tashkilotlari;
taʼlim sohasidagi davlat boshqaruvi organlari;
ish beruvchilar;
talabgorlar.
8. Milliy malakalar tizimi quyidagi bazaviy komponentlardan iborat:
Milliy malakalar tizimi infratuzilmasi;
institutsional komponentlar;
ishsizlar va band boʻlmagan aholini kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish parametrlari.
3-bob. Kasbiy malakalarni rivojlantirish respublika kengashi
9. Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish boʻyicha kengash (keyingi oʻrinlarda — Respublika kengashi) ushbu nizomga asosan Milliy malakalar tizimi ishtirokchilari faoliyatini malakalarni baholash va kasb kompetensiyalarini rivojlantirish boʻyicha muvofiqlashtirishni amalga oshiradi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-martdagi 144-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2024-y., 09/24/144/0225-son)
10. Respublika kengashi ishiga, zarur hollarda, shu jumladan, xorijiy ekspertlarni toʻlov-shartnoma asosida jalb qilinishi mumkin.
11. Respublika kengashi faoliyatining moliyaviy taʼminoti Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
4-bob. Kasbiy bilim va koʻnikmalarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashi
12. Davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari, boshqa tashkilotlar Respublika kengashiga kasb kompetensiyalarini rivojlantirish boʻyicha tegishli tarmoqda kompetensiyalarni baholash sohasidagi masalalarni koʻrib chiqish va faoliyatini tartibga solish organi vakolatlarini yuklatish bilan Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashlari (keyingi oʻrinlarda — tarmoq kengashi) tuzish toʻgʻrisidagi takliflarni kiritishi mumkin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-martdagi 144-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2024-y., 09/24/144/0225-son)
13. Tarmoq kengashi muayyan kasb faoliyatlari turlari boʻyicha kompetensiyalarni mustaqil professional baholashni oʻtkazish uchun zarur sharoitlarni shakllantirish maqsadida tuziladi.
14. Tarmoq kengashlari oʻz faoliyatini davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi yoki tarmoq kengashi tuzilayotgan boshqa organ rahbari tomonidan tasdiqlanadigan tarmoq kengashi toʻgʻrisidagi nizom asosida amalga oshiradi. Tarmoq kengashi toʻgʻrisidagi nizom Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashlari haqidagi Namunaviy nizomga koʻra ishlab chiqiladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-martdagi 144-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2024-y., 09/24/144/0225-son)
15. Tarmoq kengashi aʼzolari, shuningdek, jalb qilingan ekspertlar mehnatiga haq toʻlash miqdori davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi yoki tarmoq kengashi tomonidan tuzilgan boshqa organ rahbari tomonidan belgilanadi.
16. Tarmoq kengashi faoliyatini moliyaviy taʼminlash davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi yoki tarmoq kengashi tomonidan tuzilgan boshqa organ tomonidan oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
5-bob. Ishsizlar va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish markazlari
1-§. Ishsizlar va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish markazlari maqsad va vazifalari
17. Ishsizlar va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish markazi (keyingi oʻrinlarda — kasb-hunarga oʻqitish markazi) ishsizlar va band boʻlmagan aholini kasbga oʻqitish, qayta oʻqitish va malakasini oshirish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun mustaqil yuridik shaxs yoki yuridik shaxsning tarkibiy boʻlinmasi sifatida tashkil etilgan kasb-hunarga oʻqitish muassasasidir.
18. Kasb-hunarga oʻqitish markazi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tizimidagi ishsizlar va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish muassasasidir. Kasb-hunarga oʻqitish markazida aholining kasb-hunar oʻrganishga ehtiyoji mavjud boshqa toifalarini ham ishchi kasblari va oʻrta boʻgʻin mutaxassisliklari boʻyicha kasbga oʻqitish, qayta oʻqitish va malakasini oshirish, tadbirkorlik koʻnikmalari va xorijiy tillar oʻrgatilishi, shuningdek, kasbga yoʻnaltirish ishlari amalga oshirilishi mumkin.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-martdagi 144-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2024-y., 09/24/144/0225-son)
19. Kasb-hunarga oʻqitish markazi oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, hukumat qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining normativ-huquqiy hujjatlari va buyruqlari, ushbu Nizom hamda taʼsis hujjatlari asosida amalga oshiradi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-martdagi 144-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2024-y., 09/24/144/0225-son)
20. Kasb-hunarga oʻqitish markaziga qonunchilikda belgilangan tartibda kasbiy faoliyatning (kasblarning) tegishli turlari boʻyicha kasbga oʻqitish, qayta oʻqitish va malaka oshirish boʻyicha vakolatlar beriladi.
21. Kasb-hunarga oʻqitish markazi fuqarolarni chuqurlashgan maxsus va toifalangan kasbga oʻqitish, uzluksiz kasbiy rivojlanish hamda kasb (mutaxassislik)ni egallash maqsadlarida tuziladi.
22. Kasb-hunarga oʻqitish markazining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
kasbiy faoliyatning (kasblarning) tegishli turlari boʻyicha sifatli kasbga oʻqitish, qayta oʻqish va malaka oshirishni taʼminlash;
shaxsning intellektual va kasbiy rivojlanishga boʻlgan ehtiyojini qondirish;
kasbiy faoliyatning (kasblarning) tegishli turlari boʻyicha mehnat faoliyati bilan mashgʻul boʻlish uchun bilimlar va yuqori sifatli kasbiy tayyorgarlikni taʼminlovchi davlat taʼlim standartlari va kasb standartlari doirasida kasbiy dasturlarni amalga oshirish;
iqtisodiyot tarmoqlarini kasbiy faoliyatning (kasblarning) tegishli turlari boʻyicha kasbiy maʼlumotga ega boʻlgan xodimlar bilan taʼminlash;
kasbiy faoliyatning (kasblarning) tegishli turlari boʻyicha normativ hujjatlar va kasb standartlarini ishlab chiqishda ishtirok etish va takliflar tayyorlash.
23. Kasb-hunarga oʻqitish markazlarida oʻquvchilar, oʻqituvchilar, ishlab chiqarish ustalari, pedagoglar va ish beruvchilar taʼlim jarayonining ishtirokchilari hisoblanadi.
24. Kasb-hunarga oʻqitish markazlarida oʻqitish ixtiyoriy ravishda kasb standartlarida belgilangan maqsadli talablar darajasiga erishishga moʻljallangan oʻquv dasturlariga mos ravishda amalga oshiriladi.
25. Kasb-hunarga oʻqitish markazining tashkiliy tarkibi, uning xodimlarining huquq va majburiyatlari muassis tomonidan ushbu Nizom talablarini hisobga olib belgilanadi.
26. Kasb-hunarga oʻqitish markazlari moliyaviy faoliyati quyidagilar hisobidan amalga oshiriladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari;
muassislar mablagʻlari;
oʻqish uchun toʻlovlar;
xalqaro kreditlar va grantlar;
yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy xayriya mablagʻlari va maqsadli toʻlovlari, vasiylar mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa moliyaviy manbalar.
27. Oʻqish uchun toʻlovlar miqdori kasb-hunarga oʻqitish markazlari tomonidan mustaqil belgilanadi.
28. Kasb-hunarga oʻqitish markazlari qonunchilikda belgilangan tartibda majburiy davlat akkreditatsiyasidan oʻtishlari shart.
2-§. Kasbga oʻqitish jarayonini tashkil qilish tartibi
29. Oʻquvchilar Kasb-hunarga oʻqitish markazlarida, qoida tariqasida, oʻqish kurslari boʻyicha guruhlarga, oʻqitish yoʻnalishlari boʻyicha boʻlinmalarga birlashtiriladi.
Guruhlarni toʻldirish Kasb-hunarga oʻqitish markazi rahbariyati tomonidan mustaqil belgilanadi, lekin har bir guruhdagi oʻquvchilar soni oʻqitish yoʻnalishlari xususiyatlaridan kelib chiqib 30 nafardan oshib ketmasligi kerak.
30. Oʻqitish muddatlari, oʻquv jarayoni va ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq oʻqitish sifatini nazorat qilish davriyligi va uslublari kasb standartlari bilan belgilangan talablarga erishish uchun zarur nazorat tartibotlari va oʻqitishning optimal vaqtidan kelib chiqib Kasb-hunarga oʻqitish markazi tomonidan mustaqil belgilanadi.
Bunda kasbga oʻqitishni tashkil etish va amalga oshirishning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat boʻladi:
oʻquvchilar bilimlari, malakasi va koʻnikmalarining tegishli kasbiy faoliyat (kasblar, mutaxassisliklar) turlari boʻyicha belgilangan kasb standartlariga mosligini taʼminlash;
olingan nazariy bilimlarni amaliy koʻnikmalar bilan mustahkamlash hamda oʻquvchilarda tegishli kasbiy faoliyat (kasblar) turlari boʻyicha zarur kompetensiyalarning shakllanishini taʼminlash;
oʻquvchilarning bilimlar darajasi va amaliy koʻnikmalarini baholash.
31. Kasb-hunarga oʻqitish markazlari oʻquv dasturlari tegishli kasbiy faoliyat (kasblar, mutaxassisliklar) yoʻnalishlari boʻyicha umumtexnikaviy, umumkasbiy va maxsus dasturlarni oʻz ichiga oladi.
32. Oʻquv rejalari va dasturlari kasb-hunarga oʻqitish markazlari tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Oʻquv rejalari va dasturlari tegishliligiga koʻra, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan ham kelishilishi mumkin.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-martdagi 144-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2024-y., 09/24/144/0225-son)
33. Oʻquvchilarni ishlab chiqarish va oʻqitish amaliyotini tashkil qilish va oʻtkazish oʻqitishning zamonaviy innovatsion uslublarini qoʻllagan holda kasbiy taʼlimning fan va ishlab chiqarish bilan oʻzaro hamkorligi asosida amalga oshiriladi.
3-§. Kasb-hunarga oʻqitish markaziga qabul qilish tartibi
34. Oʻqish uchun talabgor toʻgʻridan-toʻgʻri Kasb-hunarga oʻqitish markaziga (“Ishga marhamat” monomarkaziga) tashrif buyurgan holda yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali Kasb-hunarga oʻqitish markazi tomonidan belgilangan namunaga muvofiq tanlangan kasbga oʻqitish yoʻnalishini va oʻzining shaxsiy maʼlumotlaridan foydalanishiga roziligini tasdiqlashni koʻrsatgan holda arizani taqdim etadi.
Ariza Kasb-hunarga oʻqitish markazida taqdim etilgan kundan boshlab 5 yil davomida elektron koʻrinishda saqlanishi mumkin.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-martdagi 144-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2024-y., 09/24/144/0225-son)
35. Kasb-hunarga oʻqitish markazi ariza taqdim etilgan kundan boshlab 3 kundan ortiq boʻlmagan muddatda oʻqish uchun talabgorga oʻqitiladigan kasb (mutaxassislik) nomini, oʻqish boshlanishi muddati va joyini, oʻqishning toʻliq qiymatini va shartnomaning boshqa muhim shartlarini koʻrsatgan holda oʻqish shartnomasi loyihasini yuboradi.
(35-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-martdagi 144-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2024-y., 09/24/144/0225-son)
Taklif etilayogan oʻqitish kursi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shu jumladan, oʻqish muddati va joyi, oʻquv jarayonining rejimi va boshqa xususiyatlari, shuningdek, Kasb-hunarga oʻqitish markazining tijorat bankdagi hisobvaragʻi rekvizitlari (kvitansiya blankasi rekvizitlari) koʻrsatilgan holda shartnomaga ilova qilinadi.
36. Shartnoma shartlariga rozi boʻlgan taqdirda, oʻqish uchun talabgor Kasb-hunarga oʻqitish markaziga oʻzi imzolagan shartnoma hamda, zarur hollarda, oʻqish uchun belgilangan summa toʻlanganligi toʻgʻrisidagi kvitansiya nusxasini taqdim etadi.
37. Kasb-hunarga oʻqitish markaziga qabul markaz direktorining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
38. Quyidagi hollarda oʻquvchilar markaz direktorining buyrugʻiga muvofiq oʻqishdan chetlashtirilishi mumkin:
a) Kasb-hunarga oʻqitish markazi ichki meʼyor va axloq qoidalarini muntazam ravishda buzganligi uchun;
b) oʻquv rejasi talablarini bajarmaganda (agar oʻquvchi ishlab chiqarish amaliyotini oʻtamagan boʻlsa, shuningdek, yakuniy nazorat natijalari boʻyicha ikki va undan ortiq predmetlar boʻyicha “2” va undan kam ball olgan boʻlsa);
v) sogʻligʻi holati boʻyicha (tibbiy xulosaga koʻra) oʻqishni davom ettirish imkoniyatiga ega boʻlmasa;
g) doimiy yashash uchun boshqa mamlakatga koʻchib ketganda;
d) sud hukmi kuchga kirganligi haqida qaror mavjud boʻlsa;
e) vafot etishi sababi boʻyicha.
4-§. Malaka imtihonlarini oʻtkazish toʻgʻrisida
39. Kasb-hunarga oʻqitish markazlarida oʻqish natijalari boʻyicha yakuniy malaka imtihonlari oʻtkaziladi (keyingi oʻrinlarda — YAMI).
40. YAMI maqsadlari quyidagilar:
tegishli kasbiy faoliyat (kasblar) yoʻnalishlari boʻyicha bilimlar muvofiqligini, kompetensiya darajasini (malaka razryadini) belgilash;
oʻquvchilarga Kasb-hunarga oʻqitish markazida oʻqishni tugatgani toʻgʻrisida davlat namunasidagi guvohnoma berish.
41. Oʻquv dasturi talablarini egallagan va bajargan oʻquvchilar kasb-hunarga oʻqitish markazi direktorining tegishli buyrugʻi bilan YAMIga qoʻyiladi.
42. YAMI nazariy, jumladan, kompyuter testi va sinov (amaliy) topshiriqni bajarish shaklida oʻtkaziladi. Bunda baholash vositalariga har bir ixtisoslik boʻyicha bitta amaliy vazifa kiritiladi.
Nazariy testlash va sinov (amaliy) topshiriq imtihon savollari oʻquv dasturiga kiruvchi fanlar boʻyicha tuziladi.
43. YAMIni oʻtkazish uchun Kasb-hunarga oʻqitish markazi direktorining buyrugʻi bilan malaka komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — malaka komissiyasi) tuziladi.
Oʻquv yoʻnalishlaridan kelib chiqib bir nechta malaka komissiyalari tuzilishi mumkin.
44. Ish beruvchi tashkilotlarning rahbar, yetakchi va malakali mutaxassislari, kelishilgan holda, malaka komissiyasi raislari etib tayinlanadi. Kasb-hunarga oʻqitish markazi direktori malaka komissiyasi raisining oʻrinbosari, oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari malaka komissiyasi kotibi hisoblanadi.
45. Malaka komissiyasi tarkibiga oʻqishning har bir yoʻnalishi boʻyicha Kasb-hunarga oʻqitish markazining oʻqituvchilari va ishlab chiqarish ustalari, shuningdek, kelishilgan holda, boshqa tashkilotlar mutaxassislari hisobiga toʻrt nafar aʼzo kiradi.
46. Malaka imtihoni boshlanishidan oldin malaka komissiyasi aʼzolaridan biri oʻquvchilarni topshiriq mazmuni, texnik shartlar, baholash mezonlari, ajratilgan vaqt meʼyori va texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishtiradi.
47. Nazariy topshirqning bajarilishi “5” ballik tizim boʻyicha quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
“5 ball” — agar oʻquvchi hamma savollarga toʻliq javob bersa, mustaqil va ijodiy fikrlay olsa va toʻgʻri qarorlar qabul qilsa, egallagan koʻnikmalarni amaliyotda qoʻllay olsa, savol mazmuni va xususiyatlarini tushunsa;
“4 ball” — agar oʻquvchi ijodiy fikrlay olsa va toʻgʻri qarorlar qabul qilsa, egallagan koʻnikmalarni amaliyotda qoʻllay olsa, savol mazmuni va xususiyatlarini tushunsa;
“3 ball” — agar oʻquvchi savol mazmuni va xususiyatlarini tushunsa, savol va fan mavzusi toʻgʻrisida tasavvurga ega boʻlsa;
“2 ball” — agar oʻquvchi savol mazmuni va xususiyatlarini tushunmasa, savol va fan mavzusi toʻgʻrisida tasavvurga ega boʻlmasa.
48. Amaliy topshiriqlarning bajarilishi “5” ballik tizim boʻyicha baholanadi:
“5 ball” — agar oʻquvchi amaliy topshiriqni ajratilgan muddatda toʻliq bajarsa, mustaqil va ijodiy fikrlay olsa, toʻgʻri qarorlar qabul qilsa, egallagan koʻnikmalarni metodik koʻrsatmalarsiz amaliyotda qoʻllay olsa;
“4 ball” — agar oʻquvchi amaliy topshiriqni ajratilgan muddatda toʻliq bajarsa, toʻgʻri fikrlasa va toʻgʻri qarorlar qabul qilsa, egallagan koʻnikmalarni metodik koʻrsatmalar yordamida amaliyotda qoʻllay olsa;
“3 ball” — agar oʻquvchi amaliy topshiriqni ajratilgan muddatda toʻliq bajarsa, ammo hamma narsani amalda ustaning metodik koʻrsatmalari va maslahati yordamida bajarsa;
“2 ball” — agar oʻquvchi barcha uslubiy koʻrsatmalar va usta maslahatlarini olsa, ammo topshiriqni notoʻgʻri va qisman bajarsa.
49. YAMI oʻtkazilgandan keyin malaka komissiyasining har bir aʼzosi oʻzining yoʻnalishi boʻyicha baholarini qoʻyadi va oʻquvchining malaka darajasi haqida fikrini bildiradi. Komissiya aʼzolarining baholari va fikri muhokama qilinadi, oʻrtacha arifmetik ball qoʻyiladi, shuningdek, oʻquvchining malaka darajasi aniqlanadi.
50. YAMI natijalari oʻquvchilarga imtihonlar tugagandan keyin eʼlon qilinadi.
51. YAMI natijalari boʻyicha “3” balldan kam olgan oʻquvchilarga tegishli mutaxassislik berilmaydi.
52. YAMIdan oʻtmagan oʻquvchilarga malaka komissiyasi qaroriga koʻra imtihonni bir marta qayta topshirish imkoni beriladi.
53. YAMIda uzrli sabablarga koʻra qatnasha olmagan oʻquvchilar imtihonni Kasb-hunarga oʻqitish markazi tomonidan belgilangan boshqa vaqtda topshirish huquqiga ega.
54. YAMIni qayta topshirish zarur boʻlgan oʻquvchilar roʻyxati, qayta topshirish kuni va vaqti malaka komissiyasi qarorida yoziladi.
55. YAMI natijalaridan norozi boʻlgan oʻquvchilar Kasb-hunarga oʻqitish markazi direktorining tegishli buyrugʻi bilan tuziladigan apellyatsiya komissiyasiga ariza berish huquqiga ega.
56. Apellyatsiya komissiyasi rais va Kasb-hunarga oʻqitish markazining malaka komissiyasi ishida qatnashmagan, qoida tariqasida, har bir yoʻnalish boʻyicha bittadan xodimlar tarkibida shakllantiriladi.
57. YAMI natijalaridan norozi oʻquvchi imtihon natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab ikki ish kuni davomida apellyatsiyaga ariza berishi mumkin. Berilgan ariza uni qabul qilingandan boshlab uch kundan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqilishi kerak.
58. YAMIni muvaffaqiyatli topshirgan oʻquvchilarga, malaka komissiyasi qaroriga asosan, ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq davlat namunasidagi diplomlar (uzoq muddatli oʻqish kurslarini tamomlaganlarga) yoki 2-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq davlat namunasidagi sertifikatlar (oʻrta va qisqa muddatli oʻqish kursini tugatganlarga) beriladi.
59. Kasb-hunarga oʻqitish markazida oʻqitish yakunlari boʻyicha YAMI oʻrniga shartnoma asosida Kompetensiyalarni baholash markazida ishchilarga malaka razryadlarini va mutaxassislarga malaka toifalarini berish boʻyicha malaka imtihoni oʻtkazilishi mumkin.
Bunda oʻquvchi Kasb-hunarga oʻqitish markazi tomonidan tashkil etilgan va oʻtkazilgan malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan holda Kasb-hunarga oʻqitish markazida oʻqishni oʻtaganligi toʻgʻrisida tegishliligi boʻyicha davlat namunasidagi diplom yoki qisqa muddatli kurslarni oʻtagani haqida davlat namunasidagi sertifikat beriladi.
60. Kasb-hunarga oʻqitish markazida kurslarni tugatganligi toʻgʻrisidagi diplom kasb-hunar taʼlimi toʻgʻrisidagi diplomga tenglashtiriladi va mehnat faoliyatida foydalanilishi mumkin, bunda ushbu diplom taʼlimning keyingi turini davom ettirishga asos boʻla olmaydi.
6-bob. Kompetensiyalarni baholash markazlari
1-§. Kompetensiyalarni baholash markazlari faoliyatining asoslari
61. Kompetensiyalarni baholash markazi mustaqil yuridik shaxs yoki yuridik shaxsning tarkibiy boʻlinmasi sifatida tashkil etilgan kompetensiyalarni mustaqil baholash organi hisoblanadi.
62. Kompetensiyalarni baholash markazi kasb-hunarga oʻqitish markazlarida, kasbiy taʼlim muassasalarida kasbga oʻqish, qayta oʻqish va malaka oshirishdan oʻtgan yoki ishlab chiqarish sharoitlarida yoxud mustaqil tayyorgarlik yoʻli bilan oʻqigan talabgorlarning kasb kompetensiyasini xolis va mustaqil baholash maqsadida tashkil qilinadi.
63. Kompetensiyalarni baholash markazi oʻz faoliyatini oʻzini oʻzi moliyalashtirish asosida amalga oshiradi.
64. Kompetensiyalarni baholash markazining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
talabgorlarning, oʻzlashtirish usulidan qatʼi nazar, mehnat bozorida talab etilgan kasb kompetensiyalarini baholash;
ishga qabul qilishda, kasb-lavozim tuzilmasida oʻsishda talabgorlarning kasb kompetensiyalari talablariga va kasb standartlariga mosligini tasdiqlash;
kasb malakalari boʻyicha normativ hujjatlar va standartlar boʻyicha takliflar tayyorlash va ishlab chiqishda ishtirok etish;
tegishli tarmoq/korxonada ishlovchi muayyan lavozimlarni egallab turgan xodimlarga nisbatan aniq va toʻgʻri talablarni shakllantiruvchi har bir kompetensiya rivojlanishining mos shkalasi va aniq xulq indikatorlarini belgilagan holda kompetensiyalarning samarali modellarini ishlab chiqish va joriy etish;
kasb kompetensiyalari va ishbilarmonlik sifatlarini rivojlantirishning korporativ dasturlarini ishlab chiqish.
65. Kompetensiyalarni baholash markazining asosiy funksiyalari quyidagilar:
talabgorlar kompetensiyasini mustaqil va xolis baholash;
keng va tor ixtisosliklar boʻyicha ishchilarga malaka razryadlarini va mutaxassislarga malaka toifalarini berish;
talabgorning mavjud kompetensiyasini belgilangan kasb standartlariga loyiqligini aniqlash;
kasb malakalari boʻyicha normativ hujjatlar va standartlarni ishlab chiqishda qatnashish.
66. Kompetensiyalarni baholash markazi maqsadlar, vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish doirasida:
talabgorlarga kompetensiyani baholash qoidalari va tartibotlari toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlarni taqdim etadi;
malaka imtihoni va, zarurat boʻlganda, malaka sinov ishlarini oʻtkazish orqali kompetensiyalarning kasb standartlari talablariga muvofiqligini baholashni tashkil qiladi va oʻtkazadi;
kompetensiyani baholash natijalari haqidagi maʼlumotlarni shakllantiradi, ushbu Nizomga 3-ilovadagi shaklga muvofiq belgilangan namunadagi Kompetensiya toʻgʻrisida sertifikatni beradi;
kompetensiya toʻgʻrisida berilgan sertifikatlar haqidagi maʼlumotlarni Tasdiqlangan malakaga ega shaxslar Milliy reyestriga kiritadi.
67. Kompetensiyalarni baholash markaziga ushbu Nizomda belgilangan tartibda akkreditatsiya asosida kasb faoliyatlarining tegishli turlari boʻyicha kompetensiyalarni baholash vakolatlari beriladi.
68. Kompetensiyalarni baholash markazini bir necha kasb faoliyatlari (kasblar) turlari boʻyicha akkreditatsiyalashga ruxsat beriladi.
69. Kompetensiyalarni baholash markazi:
ushbu Nizom va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga qatʼi rioya qilishi;
(69-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
kompetensiyani baholashga daʼvo qilayotgan har bir yoʻnalish boʻyicha shtatda doimiy yoki oʻrindoshlik asosida ishlovchi oliy maʼlumotli va oliy taʼlim muassasasini tugatgandan keyin kamida 3 yil amaliy ish stajiga ega boʻlgan, shuningdek, mehnat organlari xodimlari malakasini oshirish Respublika kurslarida malaka oshirishdan oʻtgan kamida bir nafar xodimning mavjudligi;
kompetensiyani baholashga daʼvo qilayotgan har bir yoʻnalish boʻyicha xoʻjalik yuritish, tezkor boshqaruv va boshqa qonuniy asoslarda mulk sifatida moddiy-texnika bazaga ega boʻlishi;
kasb standartlari va malaka talablariga asoslangan, malaka imtihonlari va sinov malaka ishlarini oʻtkazish moddiy-texnika bazasining mavjudligi;
xizmatlar koʻrsatishda olingan maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlashi;
kompetensiyani baholash boʻyicha shartnomaviy majburiyatlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarishi;
vakolatli organ tomonidan tavsiya etilgan, kompetensiyani baholashdan oʻtgan shaxslarni hisobini yuritish, baholashni oʻtkazish boʻyicha yagona dasturiy taʼminotdan foydalanishi shart;
oʻz faoliyati toʻgʻrisida haqqoniy hisobot taqdim etishi talablariga javob berishi shart.
70. Oliy maʼlumotli va mehnat organlari xodimlarini malakasini oshirish Respublika kurslarida malaka oshirish kurslarini oʻtagan shaxs Kompetensiyalarni baholash markazi direktori boʻlishi mumkin.
71. Kompetensiyalarni baholash markazining tashkiliy tuzilmasini, uning xodimlari huquqi va majburiyatlarini ushbu Nizom talablarini hisobga olib, muassis belgilaydi.
72. Kompetensiyalarni baholash markazi tashkiliy tarkibiga ekspertlar malaka komissiyasi majburiy tartibda kirishi kerak.
Ekspertlar malaka komissiyasi ishchilarga malaka razryadlari va mutaxassislarga malaka toifalarini berish boʻyicha malaka imtihoni shaklida kompetensiyalarni bevosita baholashni amalga oshirish maqsadida tashkil etiladi.
Kompetensiyalarni baholash markazi tashkiliy tarkibiga tegishli kasbiy faoliyat (kasblar) turlari boʻyicha bir nechta ekspertlar malaka komissiyalari kirishi mumkin.
73. Ekspertlar malaka komissiyasi kasb faoliyatining baholanayotgan turi boʻyicha yuqori malaka darajasiga, amaliy ish tajribasiga, oliy maʼlumotga ega boʻlgan kamida uchta ekspertdan iborat boʻlishi kerak.
74. Kompetensiyalarni baholash markazi ekspertlar malaka komissiyasi aʼzolarining huquq va majburiyatlari hamda vakolatlari muddati Kompetensiyalarni baholash markazi rahbari tasdiqlagan lavozim yoʻriqnomalari bilan tartibga solinadi.
75. Kompetensiyalarni baholash markazlari faoliyati:
muassislar mablagʻlari;
kompetensiyani baholashni oʻtkazish uchun toʻlov;
ishsizlar va band boʻlmagan aholini kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish parametrlarini (yoki davlat buyurtmasini) bajarish doirasida ajratiladigan mablagʻlar;
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari va maqsadli toʻlovlari, vasiylar mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.
Kompetensiyani baholashni oʻtkazish uchun toʻlov miqdori Kompetensiyalarni baholash markazlari tomonidan mustaqil belgilanadi.
76. Kompetensiyalarni baholash markazlari oʻzlari beradigan malaka pasportini Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun boradigan xorijiy davlatlarda tan olishni taʼminlash maqsadlarida kompetensiyalarni baholashni amalga oshirishga vakolatli yoki xorijiy davlatlar ish beruvchilari bilan sheriklik kelishuvlarini tuzadi.
(76-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-martdagi 144-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2024-y., 09/24/144/0225-son)
2-§. Kompetensiyalarni mustaqil baholashni oʻtkazish tartibi
77. Kompetensiyalarni baholashni oʻtkazish uchun baholash vositalari va har bir yoʻnalish boʻyicha baholash usullari vakolatli organ tomonidan belgilanadi va malaka imtihonining nazariy va amaliy qismlari uchun topshiriqlardan hamda malaka imtihonini oʻtkazishda ishlatiladigan moddiy-texnika resurslaridagn iborat boʻladi.
78. Kompetensiyani baholash ixtiyoriylik, xolislik, maxfiylik va mustaqillik tamoyillari asosida kasb standartlari talablari yoki belgilangan tartibda tasdiqlangan amaldagi tarif-malaka maʼlumotnomalari talablariga muvofiq oʻtkaziladi.
79. Malaka imtihonini oʻtkazishda vakolatli tashkilot, respublika va tarmoq kengashlarining vakillari ishtirok etishga haqli.
80. Malaka imtihoni:
ishga (kasbga) talabgor tashabbusiga koʻra — ishga (kasbga) talabgor mablagʻlari;
ish beruvchi yoʻllanmasi boʻyicha — ish beruvchi mablagʻlari;
xususiy bandlik agentligi tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar doirasida — xususiy bandlik agentligi mablagʻlari;
kasb-hunarga oʻqitish markazi tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar doirasida — kasb-hunarga oʻqitish markazi mablagʻlari hisobiga oʻtkaziladi.
81. Malaka imtihonidan oʻtish uchun Kompetensiyalarni baholash markaziga talabgor bevosita yoki pochta aloqasi orqali yoxud umumiy foydalanishdagi axborot-kommunikatsiya tarmoqlari, jumladan, internet tarmogʻidan foydalangan holda elektron shaklda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
ushbu Nizomga 4-ilovadagi shaklga muvofiq malaka imtihonida ishtirok etish uchun ariza;
pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatning nusxasi;
kompetensiyani baholashni oʻtkazish xizmatlari uchun toʻlovni tasdiqlovchi toʻlov hujjati nusxasi;
zarurat boʻlganda, bu qonunchilikda belgilangan boʻlsa, kasb faoliyatining alohida turlarini amalga oshirishga tegishli ruxsat beruvchi hujjatlar nusxalari.
Koʻrsatilgan hujjatlar bir nusxada taqdim etiladi. Ushbu bandda koʻzda tutilmagan qoʻshimcha hujjatlarni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
82. Ariza va hujjatlarning tegishli toʻplami Kompetensiyalarni baholash markaziga tushgan kundan boshlab 10 yil davomida saqlanadi. Agar ushbu hujjatlar qogʻoz shaklida boʻlsa, ular raqamlashtirilishi va elektron shaklda saqlanishi mumkin.
83. Talabgor ushbu Nizomning 81-bandi talablariga toʻgʻri kelmagan hollarda Kompetensiyalarni baholash markazi malaka imtihonini topshirishni rad etadi.
Qonunchilikda belgilangandan boshqa hollarda malaka imtihonini topshirishga ruxsat berishni rad etish taqiqlanadi.
84. Kompetensiyalarni baholash markazi talabgorni hujjatlar koʻrib chiqish uchun qabul qilinganligi, malaka imtihonini oʻtkazish sanasi, joyi, vaqti va tartiboti toʻgʻrisida besh ish kuni davomida xabardor qiladi.
85. Malaka imtihoniga uzrli sabab (kasalligi yoki hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa holatlar) boʻyicha kelmagan talabgorga Kompetensiyalarni baholash markazi tomonidan belgilangan muddatda malaka imtihonini qayta topshirishga ruxsat beriladi.
Malaka imtihoniga uzrli sababsiz kelmagan kelmagan holda ushbu talabgor uchun malaka imtihoni bekor qilinadi, muqaddam amalga oshirilgan toʻlov qaytarilmaydi.
86. Kompetensiyani baxolashni oʻtkazish uchun baholash vositalari va baholash usullari vakolatli organ yoki Respublika yoxud tarmoq kengashi tomonidan belgilanadi va malaka imtihonining nazariy va amaliy qismlari uchun topshiriqlar hamda malaka imtihonini oʻtkazishda ishlatiladigan moddiy-texnika resurslar va onlayn test uchun dasturiy taʼminotdan iborat.
87. Barcha topshiriqlarning toʻgʻri bajarilishini baholash:
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini qoʻllagan holda — onlayn testlash uchun ixtisoslashtirilgan dasturiy taʼminot asosida avtomatik rejimda;
kompyuter texnologiyalarisiz — ekspertlar malaka komissiyalari aʼzolari tomonidan oʻtkaziladi.
88. Agar talabgor baholovchi vositalarda belgilangan baholash mezonlariga mos natijaga erishsa, malaka imtihonidan muvaffaqiyatli oʻtgan deb hisoblanadi.
89. Malaka imtihoni natijalari ushbu Nizomga 5-ilovadagi shakl boʻyicha bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
90. Malaka imtihonlari oʻtish natijalariga koʻra talabgorga uch kun muddatda Kompetensiyalarni baholash markazi tomonidan kompetensiya toʻgʻrisida sertifikat beriladi, malaka imtixonidan oʻtishda qoniqarsiz baho olingan taqdirda — talabgorga tavsiyalarni oʻz ichiga olgan malaka imtihonidan oʻtganligi haqida xulosa beriladi.
91. Malaka imtihonlari oʻtish natijalari boʻyicha Kompetensiyalarni baholash markazi tomonidan qabul qilingan qarordan norozi boʻlgan shaxslar malaka imtihonidan oʻtish natijalari toʻgʻrisida xabardor qilingan sanadan boshlab oʻn kalendar kun davomida vakolatli organ yoki respublika kengashiga yozma shikoyat berishga haqlidirlar.
Malaka imtihonlarini oʻtkazish natijalari va kompetensiya toʻgʻrisida sertifikat berish bilan bogʻliq shikoyatlarni koʻrib chiqish tartibi vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
92. Berilgan malaka pasporti haqidagi maʼlumotlar Tasdiqlangan malakaga ega shaxslar Milliy reyestriga kiritiladi.
(92-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-martdagi 144-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2024-y., 09/24/144/0225-son)
7-bob. Tasdiqlangan malakaga ega shaxslar Milliy reyestri
93. Tasdiqlangan malakaga ega shaxslar Milliy reyestri vakolatli organ tomonidan yuritiladi.
94. Tasdiqlangan malakaga ega shaxslar Milliy reyestri elektron platformasini ishlab chiqish va yuritish, shuningdek, kompetensiyalarni baholash markazlari faoliyatining dasturiy taʼminoti Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
(94-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-martdagi 144-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2024-y., 09/24/144/0225-son)
95. Tasdiqlangan malakaga ega shaxslar Milliy reyestrida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
tartib raqami;
identifikatsiya raqami (noyob, avtomatik ravishda belgilanadigan);
talabgorning familiyasi, ismi, otasining ismi (talabgor ruxsati bilan);
talabgorning pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari;
(95-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-martdagi 144-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2024-y., 09/24/144/0225-son)
kompetensiyalari baholangan kasb (mutaxassislik yoki tegishli xorijiy til);
kompetensiyalari baholangan kasb (mutaxassislik) kodi (xorijiy tilni bilishga imtihon topshirilgan hollardan tashqari);
kasb (mutaxassislik) yoki xorijiy til boʻyicha kompetensiyalar bahosi;
xorijiy davlat qonunchiligining bazaviy asoslarini bilish darajasi bahosi — mavjud boʻlsa;
xorijiy davlat madaniy-etnik bazaviy asoslarini bilish darajasi bahosi — mavjud boʻlsa;
Kompetensiyalarni baholash markazi nomi va uning joylashgan oʻrni (pochta manzili);
telefon (faks) raqamlari;
muassasa rahbari familiyasi, ismi, otasining ismi;
imtihon topshirilgan sana va vaqt;
Kompetensiyalarni baholash markazining akkreditatsiyalangan sanasi va akkreditatsiya toʻgʻrisida guvohnoma raqami.
96. Vakolatli organ Tasdiqlangan malakaga ega shaxslar Milliy reyestriga joylashtirish uchun talab qilinadigan maʼlumot turlariga qoʻshimchalar kiritishi mumkin.
97. Tasdiqlangan malakaga ega shaxslar Milliy reyestri maʼlumotlari vakolatli organ veb-saytiga joylashtiriladi va tanishish uchun ochiq hisoblanadi.
Tasdiqlangan malakaga ega shaxslar Milliy reyestriga faqat ushbu Nizomda belgilangan tartibda kompetensiya toʻgʻrisida sertifikat olgan shaxslar haqidagi axborot kiritiladi..
98. Tasdiqlangan malakaga ega shaxslar Milliy reyestri kasblar (mutaxassisliklar), xorijiy tillar turlari va boshqa belgilarga koʻra turlarga ajratilishi mumkin.
99. Kompetensiyalarni baholash markazining akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomasini toʻxtatib qoʻyish yoki bekor qilish haqida qaror qabul qilingan hollarda vakolatli organ akkreditatsiya toʻgʻrisida guvohnomasi toʻxtatib qoʻyilgan yoki bekor qilingan tegishli Kompetensiyalarni baholash markazi tomonidan tasdiqlangan malakaga ega shaxs(lar)ni, kompetensiya toʻgʻrisida sertifikat berilgan talabgor(lar)ning kompetensiyalarini baholash natijalarini Milliy reyestrdan chiqarishga haqli.
Bunda vakolatli organ, jumladan uchinchi tomonni jalb etgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Kompetensiyalarni baholash markazi tomonidan baholangan talabgorlar, shuningdek, mehnat faoliyatini xorijda amalga oshirayotgan talabgorlar kompetensiyalari sifatini tekshirishga, tekshirish natijalariga koʻra, shaxs(lar)ni Tasdiqlangan malakaga ega shaxslar Milliy reyestriga qaytadan kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli.
100. Vakolatli organ shunday tartib oʻrnatishi mumkinki, unga koʻra Kompetensiyalarni baholash markazlari Tasdiqlangan malakaga ega shaxslar Milliy reyestriga himoyalangan elektron imzodan foydalanish orqali talab qilingan maʼlumotlarni mustaqil ravishda kiritishlari mumkin.
8-bob. Kompetensiyalarni baholash markazlarini akkreditatsiyalash
1-§. Akkreditatsiyalash tartibi
101. Kompetensiyalarni baholash markazlari oʻz faoliyatlarini amalga oshirish uchun vakolatli organda ushbu Nizomga 6-ilovada belgilangan tartibda, muddatlarda va sxemada akkreditatsiyadan oʻtadilar.
Bunda Kompetensiyalarni baholash markazlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali akkreditatsiyadan oʻtish uchun murojaat qiladi.
(101-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-martdagi 144-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2024-y., 09/24/144/0225-son)
102. Kompetensiyalarni baholash markazini bir nechta kasb faoliyati (kasblar) boʻyicha akkreditatsiyalashga ruxsat beriladi.
103. Akkreditatsiyalash yoki akkreditatsiyani rad etish toʻgʻrisidagi qaror vakolatli organ tomonidan Respublika kengashi taqdimnomasiga asosan qabul qilinadi.
104. Akkreditatsiyadan oʻtishga daʼvo qilayotgan Kompetensiyalarni baholash markazi Respublika kengashiga:
7-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq akkreditatsiya uchun arizani;
Kompetensiyalarni baholash markazining shtatida kompetensiyani, malaka va koʻnikmalarni baholashga daʼvo qilayotgan har bir yoʻnalish boʻyicha va/yoki fuqarolik-huquqiy tavsifdagi shartnoma boʻyicha oliy maʼlumotli mutaxassis(lar)ning mavjudligi haqidagi hujjatlarni;
Kompetensiyalarni baholash markazi kompetensiyani, malaka va koʻnikmalarni baholashga daʼvo qilayotgan har bir yoʻnalish boʻyicha baholash maqsadlarini amalga oshirishga xizmat qiluvchi xoʻjalik yuritish, tezkor boshqaruv va boshqa qonuniy asoslarda mulk sifatida moddiy-texnika bazasiga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjat(lar)ni taqdim etadi.
Akkreditatsiyani olish uchun ariza Respublika kengashi tomonidan ariza va akkreditatsiya olish uchun taqdim etiladigan zarur hujjatlar tushgan kundan boshlab 15 kun davomida koʻrib chiqiladi.
105. Akkreditatsiyaga arizani koʻrib chiqqanlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining besh barobari miqdorida yigim undiriladi.
Yigim toʻlanganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
Yigʻim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi shaxsiy hisobvaragʻiga;
Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga: 11,25 foizi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun (shu jumladan, 0,5 foizi Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun);
qolgan mablagʻlar — Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobvaragʻiga.
(105-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-martdagi 144-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2024-y., 09/24/144/0225-son)
106. Qabul qilingan qaror toʻgʻrisida Respublika kengashi Kompetensiyalarni baholash markazini tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun muddatda xabardor qilishi shart.
107. Vakolatli organning Kompetensiyalarni baholash markazini akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha ijobiy qarori natijasida Kompetensiyalarni baholash markaziga ushbu Nizomga 8-ilovada belgilangan namunadagi akkreditatsiya toʻgʻrisida guvohnoma beriladi.
Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnoma besh yil muddatga beriladi.
108. Vakolatli organ quyidagi hollarda yuridik shaxsni akkreditatsiyadan oʻtkazishni rad qiladi:
yuridik shaxs tomonidan talab darajasida rasmiylashtirilmagan hujjatlar taqdim qilinganda;
yuridik shaxs tomonidan taqdim qilingan hujjatlarda haqqoniy boʻlmagan yoki notoʻgʻri maʼlumotlarning mavjudligi;
yuridik shaxsning ushbu Nizomda koʻzda tutilgan talablar va shartlarga toʻgʻri kelmasligi.
Akkreditatsiyalashni rad qilish haqidagi qaror asoslangan boʻlishi kerak va rad qilish sabablarini hamda yuridik shaxsga koʻrsatilgan kamchiliklarni tuzatishi va hujjatlarni qayta koʻrib chiqish uchun taqdim etish muddatini koʻrsatgan holda xat shaklida yuboriladi.
109. Akkreditatsiyalashni rad qilish haqidagi qarorda koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni tuzatish uchun zarur boʻlgan muddatga toʻgʻri kelishi kerak.
110. Akkreditatsiyalash rad qilinganda arizani koʻrib chiqish uchun toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.
111. Hujjatlarni qayta koʻrib chiqish vakolatli organ tomonidan yuridik shaxsning barcha zarur boʻlgan hujjatlari bilan birga berilgan arizasi qabul qilgan kundan boshlab besh kun davomida koʻrib chiqiladi. Yuridik shaxsning arizasini takroriy koʻrib chiqish uchun yigʻim undirilmaydi.
Takroriy koʻrib chiqish boʻyicha akkreditatsiya rad qilinganda yuridik shaxsdan akkreditatsiya uchun berilgan har bir keyingi arizalarini koʻrib chiqish uchun ushbu Nizomda belgilangan tartibda toʻlov undiriladi.
Yuridik shaxsning arizasi takroriy koʻrib chiqilganda akkreditatsiya rad qilinganligi haqida muqaddam koʻrsatilmagan asoslardan tashqari yangi asoslar boʻyicha akkreditatsiyani rad qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
112. Akkreditatsiyani rad qilish uchun asos boʻlgan sabablarni barataraf etish uchun ajratilgan vaqtdan keyin berilgan yuridik shaxsning akkreditatsiya toʻgʻrisidagi arizasi yangidan berilgan deb hisoblanadi.
113. Vakolatli organ qaroridan norozi boʻlganda Kompetensiyalarni baholash markazi akkreditatsiyani rad etish toʻgʻrisidagi qaror hamda vakolatli organ mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) haqida qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.
2-§. Kompetensiyalarni baholash boʻyicha faoliyat bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar registri
114. Vakolatli organ tomonidan Kompetensiyalarni baholash boʻyicha faoliyat bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar registri yuritiladi (keyingi oʻrinlarda — Registr).
115. Registr muntazam yangilanib boriladigan axborot-maʼlumot tavsifiga ega maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan tizim boʻlib, Kompetensiyalarni baholash boʻyicha faoliyat bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarning davlat hisobini yuritishni taʼminlaydi.
116. Registr quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi:
identifikatsiya koʻrsatkichlari — yuridik shaxsning nomi, kodi (KTUT), soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR);
tasniflovchi koʻrsatkichlar — faoliyatning asosiy turi, joylashish manzili, tashkiliy-huquqiy shakli, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tuzilmasiga kirishi;
maʼlumot koʻrsatkichlari — yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, pochta manzili, elektron pochta va telefonlar raqamlari, rahbar familiyasi, akkreditatsiya sanasiga koʻra xodimlar soni;
maxsus koʻrsatkichlar — akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning sanasi va raqami, akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomani bekor qilish haqidagi qarorning sanasi va raqami.
117. Registrni yuritish uchun akkreditatsiyalangan tashkilot bevosita taqdim etgan maʼlumotlar, vakolatli organ maʼlumotlari hamda, zarurat boʻlganda, soliq organlari, davlat mulkini boshqarish organlari va boshqa davlat organlarining maʼlumotlaridan foydalaniladi.
118. Registrni yuritish va uni dolzarblashtirish elektron koʻrinishda ushbu Nizomga 9-ilovaga muvofiq vakolatli organ belgilagan dasturiy-texnik vositalardan foydalanib amalga oshiriladi.
119. Registrdagi axborot umumfoydalanadigan boʻlib, vakolatli organning rasmiy veb-saytida ochiq foydalanish uchun joylashtiriladi.
3-§. Belgilangan talab va shartlar va sifatga rioya etish ustidan nazorat
120. Vakolatli organ ushbu ishchi organ orqali ushbu Nizomda koʻzda tutilgan talab va shartlarga Kompetensiyalarni baholash markazlari tomonidan rioya qilish ustidan nazoratni amalga oshiradi.
121. Kompetensiyalarni baholash markazlari har oyda vakolatli organ tomonidan belgilangan shakllar boʻyicha oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotni vakolatli organga taqdim etadi.
122. Kompetensiyalarni baholash markazlari tomonidan baholash sifati va shartlari boʻyicha talablarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda vakolatli organ oʻz vakolatlari doirasida quyidagilarga haqli:
baholash sifati talablariga rioya etilishini tekshirishlarini oʻtkazish;
tekshirishlarni oʻtkazish jarayonida yuzaga keladigan hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan tushgan shikoyatlarda koʻrsatilgan masalalar boʻyicha zarur axborotni Kompetensiyalarni baholash markazlaridan soʻrash va olish;
tekshirish natijalariga asosan Kompetensiyalarni baholash markazlari tomonidan yoʻl qoʻyilgan, belgilangan talab va shartlarni aniq buzish hollarini koʻrsatgan holda, dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) tuzish;
Kompetensiyalarni baholash markazlari tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha taqdimnomalarni kiritish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun yetarli muddatlarni belgilash;
aniqlangan qonunchilikni buzishlar boʻyicha qarorlar qabul qilish va sudga murojaat qilish.
123. Akkreditatsiya amal qilishi quyidagi hollarda toʻxtatib qoʻyilishi mumkin:
muayyan Kompetensiyalarni baholash markazida kompetensiya toʻgʻrisida sertifikatni olgan va Tasdiqlangan malakaga ega shaxslarning milliy Reyestriga kiritilgan shaxslarning 50 foizidan koʻpi bilimlari darajasining belgilangan kasb standarti yoki malaka talablariga, jumladan, xorijiy tilni bilish darajasiga noloyiqligini tanlov tekshiruvi natijalariga koʻra aniqlanganda;
Kompetensiyalarni baholash markazi aniqlangan buzilishlarni tuzatish haqida vakolatli organ taqdimnomasini bajarmagan yoki talab darajasida bajarmaganda;
yuridik shaxs ushbu Nizom talablari va shartlariga mos kelmaganda.
Kompetensiyalarni baholash markazi akkreditatsiyasi amal qilishini toʻxtatib qoʻyish va aniqlangan kamchiliklarni baortaraf etish muddatini belgilash toʻgʻrisidagi qarorni Respublika kengashi xulosasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri qabul qiladi.
(123-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-martdagi 144-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2024-y., 09/24/144/0225-son)
124. Vakolatli organ akkreditatsiyaning amal qilinishini toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisidagi qaror bilan Kompetensiyalarni baholash markazini uch kundan koʻp boʻlmagan muddatda yozma ravishda xabardor qiladi.
125. Vakolatli organ akkreditatsiya amal qilinishi toʻxtatib qoʻyilishiga olib kelgan hollarni barataraf etish muddatini belgilaydi.
126. Akkreditatsiya amal qilinishini toʻxtatib qoʻyilishiga olib kelgan hollar barataraf etilganda vakolatli organ ushbu hollarni barataraf etgani toʻgʻrisida yozma tasdiqni olgandan boshlab uch kun muddatda akkreditatsiyaning amal qilinishini tiklash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
127. Akkreditatsiyaning amal qilishi toʻxtatib qoʻyilgan davrda Kompetensiyalarni baholash markazi tomonidan faoliyat amalga oshirilishi qonunchilikka binoan javobgarlikka olib keladi.
128. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomani bekor qilish vakolatli organ tomonidan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Kompetensiyalarni baholash markazining faoliyati belgilangan talablarga mos kelmaganda;
yuridik shaxs akkreditatsiya amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilganda;
yuridik shaxs tugatilishi yoki qayta tashkil etilganda faoliyatining tugatilishi, uning oʻzgartilishi shuningdek, qoʻshib yuborilishi bundan mustasno, munosabati bilan — qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxslar yangi yuridik shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtganda faoliyatning aynan shu akkreditatsiyalangan turini amalga oshirishi boʻyicha akkreditatsiya mavjud boʻlganda;
Kompetensiyalarni baholash markazi tomonidan vakolatli organ talablariga koʻra belgilagan muddatda akreditatsiya amal qilishini toʻxtatib qoʻyishga olib kelgan hollar bartaraf qilinmaganda;
vakolatli organning akkreditatsiya toʻgʻrisidagi qarorining noqonuniyligi aniqlanganda;
akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning qalbaki hujjatlar bilan olingani aniqlanganda.
Vakolatli organ Kompetensiyalarni baholash markazini akkreditatsiyani toʻxtatish sabablarini asoslab, shunday qaror qabul qilingandan keyin uch kundan kechikmagan holda yozma ravishda xabardor qiladi.
129. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnoma bekor qilinganda toʻlangan yigʻimlar qaytarilmaydi.
130. Vakolatli organning akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish, toʻxtatib qoʻyish yoki amal qilishini tiklash toʻgʻrisidagi qarori vakolatli organning rasmiy internet-saytida eʼlon qilinadi.
9-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy malakalar ramkasi
131. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy malakalar ramkasi malaka darajalarining yagona shkalasini, ularni egallashni taʼminlovchi taʼlim dasturlari va kasbiy taʼlim natijalariga talablarni belgilaydi.
132. Milliy malakalar ramkasi asosida davlat va xoʻjalik boshqaruv organlari ish beruvchilar birlashmalari bilan birgalikda tegishli malaka darajalarining oʻziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi tarmoqlar malakalar ramkalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
133. Tarmoqlarning malakalar ramkalarini ishlab chiqish, tasdiqlash va dolzarblashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan metodik tavsiyanomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
(133-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-martdagi 144-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2024-y., 09/24/144/0225-son)
10-bob. Kasb standartlari
1-§. Kasb standartlarining maqsadi va tamoyillari
134. Kasb standartlari kadrlarni baholash, attestatsiyadan oʻtkazish, kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun asos sifatida ishlab chiqiladi va foydalanuvchilarning keng doirasiga moʻljallangan, shu jumladan:
xodimlarga — tarmoqda kasbga qoʻyilgan talablarni tushunish, oʻz malakalarini oshirishni rejalashtirish va xizmatda oʻsish;
ish beruvchilarga — xodimlarga nisbatan qoʻllaniladigan talablar, yoʻriqnomalar va majburiyatlarni ishlab chiqish, xodimlarni yollash va attestatsiyadan oʻtkazish, shuningdek kadrlarning malakasini oshirish, rivojlantirish, oʻsishi va rotatsiyalash dasturlarini tuzishda;
taʼlim tizimi vakillariga — taʼlim dasturlari va modullarini ishlab chiqish uchun;
malakani tasdiqlash va sertifikatlash faoliyati bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarga — xodimlarni sertifikatlash uchun baholash materiallarini ishlab chiqishda va moslik darajalari boʻyicha xodimlarning malaka mezonlarini ishlab chiqishda;
davlat organlariga — kasb standartlaridan mehnat bozori va uning ishtirokchilarini baholash, monitoringini yuritish va prognozlash mezonlari sifatida foydalanish uchun.
135. Kasb standartini ishlab chiqarishda quyidagi asosiy tamoyillarga rioya etilishi kerak:
ketma-ketlik — ishlab chiqishning har bir bosqichi ketma-ketlikda, oldingi bosqich natijalarini hisobga olib bajariladi;
xolislik — kasb standartini ishlab chiqishda tarmoqning xususiyatlari, shakllangan amaliyoti va dolzarb tendensiyalari atroflicha tahlil qilinadi;
manfaatdor tomonlar ishtiroki — standartni ishlab chiqishda barcha manfaatdor tomonlar fikrlari hisobga olinadi;
aksincha aloqa — kasb standartini ishlab chiqish jarayonida ham, amaliyotda uni qoʻllashda ham manfaatdor tomonlar eʼtirozlari va takliflarini hisobga olish.
2-§. Kasb standartlarini ishlab chiqish, taqdim etish va tasdiqlash tartibi
136. Kasb standartlarini ishlab chiqish va dolzarbligini taʼminlash vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.
137. Kasb standartlari loyihalarini ishlab chiqish va tasdiqlash Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan metodik tavsiyalarga binoan quyidagicha amalga oshiriladi:
(137-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-martdagi 144-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2024-y., 09/24/144/0225-son)
davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari, taʼlim, fan va ilmiy-joriy etish muassasalari — Respublika kengashi tomonidan tasdiqlanadigan reja-jadvalga muvofiq;
vakolatli organ tanlab olgan tashkilotlar — Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlaridan moliyalashtirish hisobidan vakolatli organ buyurtmasiga muvofiq;
tashabbus tartibida — ish beruvchilar birlashmalari, kasaba uyushmalari va boshqa manfaatdor tashkilotlar tomonidan.
138. Kasb standartlari loyihalarini kelishish tomonlarini belgilash, loyihalar boʻyicha xulosalarni tayyorlash va koʻrib chiqish Respublika kengashiga yuklatiladi.
139. Kasb standartini ishlab chiquvchi vakolatli organga kasb standarti loyihasini koʻrib chiqish uchun quyidagilarni taqdim etadi:
tegishli joʻnatish rekvizitlariga ega boʻlgan yoʻllanma xat;
kasb standarti loyihasi;
kasb standarti loyihasiga tushuntirish xati;
kasb standartini ishlab chiquvchi tashkilot toʻgʻrisida maʼlumotlar.
140. Kasb standarti loyihasi, kasb standarti loyihasiga tushuntirish xati va ishlab chiquvchi tashkilot toʻgʻrisida maʼlumotlar davlat va rus tillarida rasmiylashtiriladi, har bir varaq raqamlanadi va ishlab chiquvchi tashkilotning vakolatli mansabdor shaxsi tomonidan tasdiqlanadi.
141. Ushbu bandda koʻrsatilgan hujjatlar buyurtma turidagi pochta joʻnatmasi koʻrinishida yoki bevosita yoʻnaltiriladi. Hujjatlar, shuningdek, elektron shaklda ham taqdim etilishi kerak.
142. Ishchi organ kasb standarti loyihasini quyidagi ketma-ketlikda, muddatlarda va sxemada ushbu Nizomga 10-ilovaga muvofiq koʻrib chiqishni tashkil etadi:
1-bosqich — hujjatni qabul qilish va roʻyxatga olish;
2-bosqich — kasb standarti loyihasini belgilangan tartibda muqaddam tasdiqlangan va roʻyxatdan oʻtkazilgan, oʻxshash kasb standarti bor-yoʻqligi nuqtai nazaridan tekshirish;
3-bosqich — kasb standarti loyihasini jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish uchun vakolatli organning rasmiy veb-saytiga joylashtirish;
4-bosqich — kasb standarti loyihasini, jumladan, Respublika kengashining haq toʻlash asosida jalb qilingan ekspertlari tomonidan oʻtkazilgan ekspertiza;
5-bosqich — ijobiy xulosa olinganda — kasb standarti loyihasini ekspert xulosasi bilan birga Respublika kengashiga taqdim etish;
6-bosqich — kasb standarti loyihasi Respublika kengashi tomonidan maʼqullansa — loyihani Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri tomonidan tasdiqlash;
(142-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-martdagi 144-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2024-y., 09/24/144/0225-son)
7-bosqich — kasb standarti tasdiqlangandan keyin Kasb standartlari milliy registrida ushbu Nizomda belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish amalga oshiriladi.
143. Agar:
kasb standarti loyihasi maʼqullansa — ishchi organ 3 ish kuni ichida ishlab chiquvchiga tegishli axborotni yoʻllaydi;
koʻrib chiqishning har qanday bosqichida ogʻish boʻlsa (loyihani ishlab chiqish tartib-qoidalaridan chetga chiqish) — ishchi organ 10 ish kuni ichida loyihani ishlab chiquvchini, ogʻishning sababini koʻrsatgan holda, yozma ravishda xabardor qiladi;
kasb standarti loyihasini koʻrib chiqishda tuzatsa boʻladigan kamchiliklar mavjud boʻlgan hollarda ishchi organ har qanday bosqichda 10 kalendar kun ichida ishlab chiquvchiga qayta ishlash uchun eʼtirozlar va tavsiyalarini yoʻllaydi.
144. Kasb standartining qayta ishlangan loyihasi ishlab chiquvchi tomonidan qaytadan taqdim etiladi va vakolatli organ tomonidan yangidan kiritilgan standart sifatida koʻrib chiqiladi.
145. Kasb standartini tasdiqlash Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri tomonidan Respublika kengashi xulosasi asosida amalga oshiriladi.
(145-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-martdagi 144-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2024-y., 09/24/144/0225-son)
3-§. Kasb standarti mazmuni (maketi)
146. Kasb standartining mazmuni (maketi) ushbu Nizomga 11-ilovada aks ettirilgan muqaddima va toʻrt boʻlimdan iborat.
Muqaddimada:
kasb standarti nomlanishi — kasb (lavozim)ning Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchi kasblari klassifikatoriga mos, ishlab chiquvchilar shakllantirgan kasbiy guruhning nomlanishiga va Iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichida belgilangan iqtisodiy faoliyat turlari bilan bogʻlangan boʻlishi kerak;
roʻyxatga olish raqami koʻrsatiladi (kasb standarti vakolatli organ tomonidan roʻyxatga olinganidan keyin toʻldiriladi);
kasbiy faoliyat turining asosiy maqsadi — kasbiy faoliyatning mazmuni va jozibadorligi, kutilayotgan natija, hal qilinadigan muammolar, qoʻllaniladigan vositalar va usullarning qisqa ifodasi. Kasbiy faoliyat maqsadi natijalarga qaratilgan mehnat jarayonlarini, umumlashtirilgan mehnat vazifalarini integratsiyalash orqali ifodalanadi.
Birinchi boʻlim (umumiy maʼlumotlar) quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
kasbiy faoliyat turining nomlanishi;
kasb standartida foydalaniladigan asosiy tushunchalar hamda umumiy qabul qilingan abbreviatura va qisqartmalar mazmuni;
kasbiy faoliyat turi deskriptori boʻyicha kodi;
kasb standarti rekvizitlari:
kasb standarti qoʻllaniladigan soha;
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat klassifikatoriga muvofiq iqtisodiy faoliyat turlariga taalluqliligi boʻyicha kodi va nomlanishi (iqtisodiy faoliyatning bitta yoki bir nechta seksiyalari, boʻlimlari, guruhlari va/yoki kichik guruhlarining kodi va nomlari);
kasb (lavozim)ning Mashgʻulotlarning Xalqaro standart klassifikatori boʻyicha kodi va guruh nomi;
Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblarining klassifikatori boʻyicha kodi;
kasb standarti tasdiqlangan hujjat raqami va sanasi;
amal qilish muddati (kasb standartini qayta koʻrib chiqish va zarur boʻlganda yangilash vaqt oraligʻi);
versiyasi.
Ikkinchi boʻlim (kasb standarti mehnat vazifalarining tasnifi, kasbiy faoliyat turining vazifalari xaritasi) quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
umumlashtirilgan mehnat vazifalarining bosh harflardagi belgisi, ish joylarining funksional tahlili asosida nomlanishi va talab etiladigan Milliy malaka ramkasi boʻyicha malaka darajasi;
umumlashtirilgan mehnat vazifalari doirasidagi mehnat funksiyalarining nomlanishi va kodi. Ushbu kod umumlashtirilgan mehnat vazifasining belgisi boʻlgan bosh harf, nuqta, tartib raqami, nuqta va malaka darajasidan iborat boʻladi (masalan, A.01.6).
Ish joylarining funksional tahlili quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga olishi kerak:
qonunchilik hujjatlari hamda mahalliy, xalqaro va xorijiy tashkilotlar hujjatlarining, ilmiy va uslubiy adabiyotlarning tadqiqotlari;
taqqoslash-qiyoslash tahlili (kasbiy faoliyat turining umumlashtirilgan mehnat vazifalari bajariladigan funksiyalar va mehnat harakatlarining tarkibini, xodimlarning mahorati va bilimlariga boʻlgan talablarni ekspertli aniqlash asosida kasb faoliyatining bir-biridan haqiqatan farq qiladigan turi sifatida ajratiladi);
empirik usul (xodimlarning vakillaridan iborat boʻlgan ekspert guruhlarda tuzilmaviy guruhli muhokamalarni oʻtkazish hamda mehnat funksiyalarini aniqlash);
ekspertli baholash (mehnat funksiyalari haqidagi maʼlumotlarni toʻplash, tahlil qilish va ularga statistik ishlov berish);
natijalarni amalda sinab koʻrish.
Umumlashtirilgan mehnat vazifalari hamda funksiyalari bir nechta boʻlishi mumkin.
Uchinchi boʻlim (ish joyining funksional tahlili natijalari) quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
umumlashtirilgan mehnat vazifasi tavsifi:
umumlashtirilgan mehnat vazifasining ish joylarining funksional tahlili asosida nomlanishi;
kelib chiqishi — kasbiy standartning aslligi “+” belgisi bilan koʻrsatiladi;
aslining deskriptorlik kodi;
boshqa kasb standartidan foydalangan boʻlsa “-” belgisi va roʻyxatdan oʻtkazilgan raqami bilan koʻrsatiladi, ishlab chiquvchi oʻxshash faoliyat sohalaridagi boshqa standartni (yoki uning qismini) olganligini aniqlash imkonini beradi;
mos lavozimlar (ishchi kasblar) nomlanishi;
Milliy malakalar ramkasiga muvofiq talab etiladigan taʼlim va kasbiy tayyorgarlik darajasi;
kasbiy tajriba va ish stajiga qoʻyiladigan talablarda sohada, rahbarlik lavozimlarida yoki maʼlum bir lavozimlardagi ish stajiga boʻlgan talablar koʻrsatiladi;
layoqatiga qoʻyilgan talablarda mehnat qilish huquqi, yoshi, sogʻligi holati va boshqa holatlar koʻrsatiladi;
mehnat sifati va shart-sharoitlariga doir talablarda mehnat funksiyalarini belgilangan muddatlarda va talab etiladigan darajada bajarilishi, mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi va mehnat gigiyenasi va boshqa mehnat sharoitlari koʻrsatiladi;
vakolatlar koʻlami, masʼuliyat va mustaqillik boʻyicha talablarda kasb (lavozim) boʻyicha kasbiy faoliyat uchun belgilangan, Milliy malakalar ramkasi va tarmoq malaka ramkalariga muvofiq ravishda aniqlanadigan kompetensiyalar, vakolatlar koʻlami, masʼuliyat va mustaqillik tavsiflari koʻrsatiladi;
faoliyatni amalga oshirishga ruxsat berish uchun maxsus talablarda ushbu kasbni (lavozimni) egallagan xodimni ishga qabul qilish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha talablar koʻrsatiladi;
kasbiy faoliyatni amalga oshirishda foydalaniladigan mehnat vositalari — kasb (lavozim) boʻyicha kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan mehnat qurollari, jihozlar va asbob-uskunalar, materiallar, inventarlar, aloqa vositalari, ish yuritish tizimlari va boshqalar;
qoʻshimcha tavsiflar jadvalida kasb standartini ishlab chiqishga asos boʻlgan hujjatning nomlanishi, tegishli kodi va/yoki raqami koʻrsatiladi;
mehnat funksiyalarining har biri alohida quyidagilarni oʻz ichiga olgan holda koʻrsatiladi:
ikkinchi boʻlimda koʻrsatilgan kodi va nomlanishi;
mehnat funksiyasining kelib chiqishi — ishlab chiqilayotgan kasbiy standartning aslligi “+” belgisi bilan koʻrsatiladi;
aslining deskriptorlik kodi;
boshqa kasb standartidan foydalangan boʻlsa “-” belgisi va roʻyxatdan oʻtkazilgan raqami bilan koʻrsatiladi, ishlab chiquvchi oʻxshash faoliyat sohalaridagi boshqa standartni (yoki uning qismini) olganligini aniqlash imkonini beradi;
mehnat harakatlari — kasb (lavozim) boʻyicha kasbiy faoliyatning funksional tahlili jarayonida aniqlanadigan, lavozim majburiyatlari doirasida xodim tomonidan bajariladigan barcha mehnat harakatlari. Mehnat harakatlari mehnat vazifalarining ijrosiga yoʻnaltirilgan va oʻz natijasiga ega boʻlgan elementlari sanaladi. Mehnat harakati muayyan koʻnikma orqali amalga oshiriladi;
zarur mahorat va koʻnikmalar — xodimlarning muayyan kasb (lavozim) boʻyicha har bir mehnat funksiyasi boʻyicha nimalarni bajara olishlari kerakligi bayonini oʻz ichiga olgan tajriba. Mehnat harakatini amalga oshirishning xodim tomonidan oʻzlashtirilishi lozim boʻlgan eng maqbul usuli hisoblanadi. Koʻnikma biror-bir narsani tanlash, aniqlash, baholash, taqqoslash, tahlil qilish kabi aqliy harakatlar bilan sodda va tushunarli tarzda ifodalanadigan jarayon boʻlib, u amalga oshirilayotgan mehnat harakatiga bogʻliq kasbni oʻrganish jarayonida shakllanadi;
zarur bilimlar — har bir mehnat funksiyasi boʻyicha xodim mehnat funksiyasini muvaffaqiyatli bajarishi uchun nimalarni bilish kerakligining bayonini oʻz ichiga oladi. Zarur bilimlar mehnat harakati va uni amalga oshirish uchun zarur boʻladigan koʻnikma bilan bogʻliq boʻladi hamda axborotning aniq va muayyan qismini ifodalashi, ortiqcha bilimlarni oʻzida saqlamasligi kerak;
boshqa tavsiflar.
Ikkinchi boʻlimdagi har bir umumlashtirilgan mehnat vazifalari hamda mehnat funksiyalari alohida tartib bilan tavsiflanadi.
Toʻrtinchi boʻlim kasb standartining texnik maʼlumotlaridan iborat boʻlib, quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
tarmoq kengashining nomi, qarori sanasi va raqami — kasbiy standartni tarmoq kengashida koʻrib chiqishga oid maʼlumotlar. Bu bandda tarmoq kengashining nomi, kengash qarori va qaror qabul qilingan majlis bayonnomasining raqami va sanasi koʻrsatiladi;
ishlab chiquvchi tashkilotlarning nomlari — kasbiy standartni ishlab chiqish bilan bevosita shugʻullangan tashkilotlarning nomlari, muayyan tartib boʻyicha roʻyxati keltiriladi;
ishlab chiqishga masʼul tashkilot — kasbiy standartni ishlab chiqishga masʼul boʻlgan vazirlik, idoralar yoki xoʻjalik birlashmalari. Bu boʻlimda tashkilot nomi, uning rekvizitlari, rahbarning familiyasi, ismi, otasining ismi va imzosi koʻrsatiladi.
(146-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-martdagi 144-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2024-y., 09/24/144/0225-son)
147. Kasb standarti quyidagi qoidalarga muvofiq rasmiylashtiriladi:
Matn A4 formatdagi qogʻozda ifodalanadi;
varaq oʻlchamlari — kitob oriyentatsiyasi boʻyicha quyidagi oʻlchamlardagi kenglikda: oʻng tomoni — 20 mm, chap tomoni — 25 mm, yuqori va pastki kengligi — 20 mm;
yozuv: Times New Roman, 13-kegel, qator oraligʻi — 1,2 koʻpaytirgichli;
barcha bandlar va kichik bandlar, shuningdek, varaqlar (titul varagʻidan tashqari) arab raqamlari bilan raqamlanadi. Bet raqami yuqoridan betning markazi boʻyicha qoʻyiladi;
kasb standartlari nomi va uning boʻlimlari yozuvi qalinlashtirib belgilanadi.
4-§. Kasb standartlarini qayta koʻrib chiqish va oʻzgartish
148. Kasb standartlarini qayta koʻrib chiqish vakolatli organ tomonidan har besh yilda kamida bir marta amalga oshiriladi.
149. Kasb standartini majburiy qayta koʻrib chiqish va oʻzgartish uchun quyidagilar asos boʻladi:
ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil qilishdagi juzʼiy oʻzgarishlar, xodimning mehnat funksiyalari, kompetensiyalari va malakasini oʻzgartishga olib keluvchi yangi texnologiyalar va tashkiliy-texnik tadbirlarning joriy qilinishi;
mehnat sharoitlariga belgilangan talablarning xatoligi aniqlanganda;
ish beruvchilar va xodimlar kasb standartini qayta koʻrib chiqish yoxud oʻzgartish boʻyicha asoslangan takliflar bilan murojaat qilganda.
150. Kasb standartini qayta koʻrib chiqish (oʻzgartish) boʻyicha ishlarni bajarishga iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari mutaxassislari jalb qilinadi.
151. Kasb standartini qayta koʻrib chiqish (oʻzgartish)dan keyin Kasb standartlari milliy registriga tegishli oʻzgartishlar kiritiladi.
5-§. Kasb standartlari milliy registrini yuritish
152. Kasb standartlari milliy registrini yuritish vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.
153. Kasb standartlari milliy registrining (keyingi oʻrinlarda — Registr) elektron platformasini ishlab chiqish va yuritish, shuningdek, Malakalarni baholash markazlari faoliyatini dasturiy taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish markazi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
(153-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-martdagi 144-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2024-y., 09/24/144/0225-son)
154. Kasb standartlari toʻgʻrisidagi axborotni tartibli jamlash va foydalanish maqsadlarida Registrni yuritish kasb standartlarini iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha tasniflash asosida amalga oshiriladi.
155. Registr quyidagi axborotni oʻz ichiga oladi:
Yozuvning tartib raqami;
kasb standartining qayd raqami;
iqtisodiy faoliyat turi;
kasb standartining nomi;
vakolatli organning kasb standartini tasdiqlash haqidagi qarorining rekvizitlari (sana va raqam);
kasb standartining joriy qilish sanasi;
kasb standartining muqaddam koʻrib chiqilgan sanalari;
kasb standartining keyinchalik qayta koʻrib chiqish sanasi.
156. Registrga joylashtirilgan kasb standartlari dolzarb boʻlishi kerak (koʻrib chiqishning har qanday vaziyatida amalda boʻlishi kerak).
11-bob. Ishsizlar va band boʻlmagan aholini kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, malakasini oshirish parametrlarini shakllantirish tartibi
157. Ishsizlar va band boʻlmagan aholini kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, malakasini oshirish parametrlari (keyingi oʻrinlarda — kasbga oʻqitishga davlat buyurtmasi) mehnat organlari tomonidan shakllantiriladi.
158. Kasbga oʻqitish parametrlarini shakllantirish uchun axborotga:
demografik tahlil va Oʻzbekiston Respublikasi demografik rivojlanishining prognozlari;
ishga joylashishga muhtoj ish bilan band boʻlmagan aholi va ishsizlar sonini hisoblash va aholining ish bilan bandligi va ishga joylashtirish, mehnat resurslari balansi;
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga, hududlarni kompleks rivojlantirish dasturlariga va tarmoqlarni modernizatsiyalash dasturlariga kiritilgan loyihalarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan kasblar va kasbga oʻqitish yoʻnalishlari tahlili.
159. Kasbga oʻqitish parametrlari:
rivojlanish dasturlariga kiritilgan loyihalarni amalga oshirish doirasida joriy etiladigan yangi ishlab chiqarish quvvatlari yoki mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish;
xizmat koʻrsatish va servis sohasida yangi obyektlarni ishga tushirish, yangi uy-joy, ishlab chiqarish, ijtimoiy va bozor infratuzilmasi obyektlarini qurish;
qishloq xoʻjalik ekinlari maydonlari hajmini oshirish, yangi bogʻlar, uzumzorlarni barpo etish, chorva bosh sonini koʻpaytirish hisobiga qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishi hajmlarini kengaytirish;
axoli tadbirkorlik faoliyatining oʻsishi, yangi tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish, hunarmandchilik, tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik subyektlariga kreditlar ajratish;
investitsiya loyihalari va xususiylashtirilgan korxonalarni rivojlantirish “yoʻl xaritalari”ni amalga oshirish, foydalanilmayotgan xonalar va binolarni ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish uchun investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar olish sharti bilan sotish, shuningdek, davlat mulki obyektlarini ijaraga berish munosabati bilan zarur ish oʻrinlari sonini aniqlash asosida hisoblanadi.
(159-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
160. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining tuzilmasiga kiruvchi kasb-hunarga oʻqitish markazlarida bitta oʻquvchiga sarflanadigan xarajatlar (keyingi oʻrinlarda — oʻrtacha xarajatlar) Kasbga oʻqitish parametrlarini shakllantirishda haq toʻlash qiymati va moliyalashtirish hajmlarini aniqlash mezoni boʻlib xizmat qiladi.
(160-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-martdagi 144-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2024-y., 09/24/144/0225-son)
161. Keyingi yil uchun kasbga oʻqitish parametrlari ishsiz fuqarolar va band boʻlmagan aholining, shuningdek, malaka oshirishni yoki yangi kasbga ega boʻlishni xohlovchi, mehnat bozorida talab qilinayotgan kasblar va mutaxassisliklar boʻyicha kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, malakasini oshirishga muhtoj boʻlgan shaxslarning prognoz miqdoridan kelib chiqqan holda shakllantiriladi.
162. Kasbga oʻqitishga davlat buyurtmasi quyidagi oʻqitish turlari boʻyicha amalga oshiriladi:
uzoq muddatli oʻqitish — oʻquv jarayoni 30 — 40 hafta davom etadi;
oʻrta muddatli oʻqitish — oʻquv jarayoni 5 — 25 hafta davom etadi;
qisqa muddatli oʻqitish — oʻquv 4 haftagacha davom etadi;
ish beruvchilarda oʻqitish — oʻquv jarayoni ish beruvchilarda ish faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlib, 25 haftagacha davom etadi;
maqsadli oʻqitish — oʻquv jarayoni 4 haftagacha davom etadi.
163. Kasbga oʻqitishga davlat buyurtmasini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga kasbga oʻqitish turlariga muvofiq quyidagi maqsadlarda va miqdorda amalga oshiriladi:
uzoq muddatli oʻqitish — Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tuzilmasiga kiruvchi kasb-hunarga oʻqitish markazlarini saqlash va moddiy-texnik rivojlantirish, har birining belgilangan quvvatiga muvofiq faoliyat yuritishi xarajatlaridan kelib chiqib;
(163-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-martdagi 144-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2024-y., 09/24/144/0225-son)
oʻrta muddatli oʻqitish — kasb-hunarga oʻqitish markazlarida kasbga oʻqitish uchun 1 ta oʻquvchiga grant ajratish hisobiga, uzoq muddatli oʻqitishga oʻrtacha xarajatlarning 75 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda;
qisqa muddatli oʻqitish — kasb-hunarga oʻqitish markazlarida kasbga oʻqitish uchun 1 ta oʻquvchiga grant ajratish, uzoq muddatli oʻqitishga oʻrtacha xarajatlarning 10 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda;
ish beruvchida oʻqitish — keyinchalik ishga joylashtirish sharti bilan ish beruvchida kasbga oʻqitishga 1 oʻquvchiga grant ajratish hisobiga, bazaviy hisoblash miqdorining 4 barobaridan ortiq boʻlmagan miqdorda;
maqsadli oʻqitish — kasb-hunarga oʻqitish markazlarida kasbga oʻqitish boʻyicha toʻliq kursga vakolatli organ tomonidan belgilangan miqdor va hajmlarda haq toʻlash.
164. Mehnat organlari keyingi kalendar yil uchun ishsiz va band boʻlmagan aholini kasbga oʻqitishga ehtiyoj prognozini shakllantiradi va har yili, prognoz yilidan oldingi yilning 1-oktabriga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmalariga taqdim etadi.
(164-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-martdagi 144-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2024-y., 09/24/144/0225-son)
165. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmalari har yili, prognoz yilidan oldingi yilning 1-noyabriga qadar keyingi kalendar yil uchun parametrlarning hajmi va yoʻnalishlari boʻyicha kasbga oʻqitishga ehtiyojni shakllantiradi va vakolatli organga taqdim etadi.
(165-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-martdagi 144-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2024-y., 09/24/144/0225-son)
166. Vakolatli organ har yili prognoz yilidan oldingi yilning 1-dekabriga qadar ishsizlar soni, mehnat bozorining joriy holati va rivojlanish istiqbollari va Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining moliyalashtirilish holati tahlili asosida hududlar va kasbga oʻqitish turlari boʻyicha kasbga oʻqitishning republika boʻyicha parametrlarini shakllantiradi.
167. Kasbga oʻqitish parametrlari hududlar boʻyicha kasbga oʻqitishning har bir turi boʻyicha moliyalashtirishning prognoz hajmlarini koʻrsatilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
(167-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-martdagi 144-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2024-y., 09/24/144/0225-son)
168. Kasbga oʻqitish parametrlari vakolatli organning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Kasbga oʻqitish parametrlari vakolatli organning rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan sana, grant asosida oʻqitish tashkil qilinadigan hollarda, ishsiz va band boʻlmagan aholini kasbga oʻqitishga tanlov eʼlon qilingan sana hisoblanadi.
169. Kasbga oʻqitish parametrlari mehnat organlarida roʻyxatga olingan va “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishsiz deb eʼtirof etilgan shaxslarni kasbga oʻqitish, qayta oʻqitish va malakasini oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobiga amalga oshiriladi.
(169-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-martdagi 144-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2024-y., 09/24/144/0225-son)
Kasbga oʻqitish, qayta oʻqitish va malakasini oshirish davrida ishsiz fuqarolarga qonunchilikka muvofiq stipendiya toʻlanadi.
Mehnat organida roʻyxatga olingan va “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishsiz deb eʼtirof etilgan shaxs kasbga oʻqitishga grant olishni rad etishi mumkin. Ushbu rad etish ishsizlik nafaqasini toʻlashni toʻxtatish uchun asos boʻlishi mumkin.
(169-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-martdagi 144-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2024-y., 09/24/144/0225-son)
170. Fuqarolarning ishga joylashish va ish beruvchilarning malakali ishchi kuchini jalb etishga boʻlgan ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish maqsadlarida mehnat organlari quyidagi axborotni oʻz ichiga olgan maʼlumotlar bazasini shakllantiradi va doim yangilab boradi:
kasbga oʻqitish parametrlarining tasdiqlangan hajmi, uning kalendar yil davomidagi qoldiqlari;
kasb-hunarga oʻqitish markazlari, ularning oʻqitish yoʻnalishlari, oʻquv guruhlarining shakllanish jadvallari;
zarur malakaga ega shaxslarni ishga qabul qilishni xohlovchi ish beruvchilar;
malaka oshirishni yoki yangi kasbga ega boʻlishni xohlovchi, mehnat bozorida talab qilinayotgan kasblar va mutaxassisliklar boʻyicha kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, malakasini oshirishga muhtoj boʻlgan shaxslar;
kalendar yil davomida kasbga oʻqitish parametrlarini bajarishning borishi (moliyalashtirish hajmlari, yuborilganlar soni, amaldagi vaziyat).
12-bob. Uzoq muddatli oʻqitish
171. Uzoq muddatli oʻqitish shaklidagi kasbga oʻqitish parametrlari mehnat organlari tomonidan shakllantiriladi va Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tuzilmasiga kiruvchi kasb-hunarga oʻqitish markazlari tomonidan amalga oshiriladi.
(171-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-martdagi 144-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2024-y., 09/24/144/0225-son)
172. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tuzilmasiga kiruvchi kasb-hunarga oʻqitish markazlarini moliyalashtirish va moddiy-texnik rivojlantirish Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobiga amalga oshiriladi.
(172-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-martdagi 144-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2024-y., 09/24/144/0225-son)
173. Uzoq muddatli oʻqitish kasb-hunarga oʻqitish markazlari tomonidan taʼlim tizimida qabul qilingan oʻquv yili davrida tashkil qilinadi.
13-bob. Oʻrta muddatli oʻqitish
174. Oʻrta muddatli oʻqitish koʻrinishidagi kasbga oʻqitish parametrlari mehnat organlari tomonidan shakllantiriladi va kasb-hunarga oʻqitish markazlari tomonidan amalga oshiriladi.
175. Oʻrta muddatli oʻqitish kasb-hunarga oʻqitish markazlari tomonidan mustaqil belgilanadigan davrlarda mehnat organlari bilan kelishgan holda tashkil etiladi.
176. Mehnat organlari kasbga oʻqitishning tasdiqlangan parametrlari hajmlari doirasida kasbga oʻqitishning tegishli yoʻnalishlari boʻyicha guruhlarni shakllanishi davomida, shuningdek, fuqarolar va ish beruvchilar ehtiyojlarining tahlili, kasb-hunarga oʻqitish markazlarining takliflariga asosan ushbu Nizomga 12-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq oʻrta muddatli oʻqish xarajatlarini toʻlash haqida toʻgʻridan-toʻgʻri toʻrt tomonlama shartnomalar tuzadi.
177. Oʻrta muddatli oʻqitish uchun shartnoma tomonlari sifatida:
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi;
(177-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-martdagi 144-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2024-y., 09/24/144/0225-son)
Mehnat organlarida roʻyxatga olingan va ishsiz deb eʼtirof etilgan shaxs;
Kasb-hunarga oʻqitish markazi;
tegishli jismoniy shaxsni ishga qabul qilishni oʻz zimmasiga olgan ish beruvchi.
178. Shartnomalar moliyaviy yil doirasida tuziladi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining gʻaznachilik boʻlinmalarida mehnat organlarining kasbga oʻqitish parametrlarini amalga oshirish xarajatlari smetasida nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida roʻyxatga olinadi.
(178-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-martdagi 144-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2024-y., 09/24/144/0225-son)
179. Tegishli jismoniy shaxsni ishga joylashtirish majburiyatini oʻz zimmasiga olgan va toʻrt tomonlama shartnomani imzolagan ish beruvchiga ushbu jismoniy shaxsni diplom olgandan keyin ishga joylashtirish boʻyicha murojaat qilgan kundan boshlab 15 ish kuni davomida ishga joylashtirish (ishga qabul qilish) boʻyicha toʻgʻridan toʻgʻri majburiyat yuklanadi.
180. Mehnat organida roʻyxatdan oʻtgan va ishsiz deb eʼtirof etilgan shaxs shartnoma tomoni boʻlsa hamda jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat koʻrsatish boʻyicha oʻz shaxsiy ishtirokiga asoslangan, oʻziga mehnat daromadini olishga yoʻnaltirilgan mustaqil faoliyatni amalga oshirish va kamida 12 oyga vaqtinchalik mehnat guvohnomasini olish majburiyatini olganda, ish beruvchi shartnoma tomoni sifatida ishtirok etmasligi mumkin
Ushbu bandda nazarda tutilgan meʼyorni bajarmaslik toʻlangan mablagʻning, jumladan, grantning toʻla summasini mehnat organiga qaytarishni nazarda tutadi. Toʻlangan mablagʻ yoki grant qaytarilmaganda yoki kechikib qaytarilganda kechiktirilgan har bir kun uchun toʻlangan summaning 0,5 foizi miqdorida, biroq umumiy miqdorning 50 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda penya toʻlanadi.
Kompetensiyalarni baholash markazida malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan va ushbu Nizomda belgilangan tartibda kompetensiya toʻgʻrisida sertifikat olgan shaxslar ushbu moddada belgilangan majburiyatdan ozod qilinadi. Ushbu meʼyor ish beruvchi majburiyatldariga ham taalluqli.
14-bob. Yakunlovchi qoidalar
181. Ushbu Nizom monitoringini yuritish Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga va Savdo-sanoat palatasiga ularning vakolatlari doirasida yuklanadi.
(181-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-martdagi 144-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2024-y., 09/24/144/0225-son)
182. Ish beruvchilar va jamoat tashkilotlari ushbu Nizomni amalga oshirish boʻyicha jamoatchilik nazorati maqsadida erkin birlashmalar va assotsiatsiyalar tuzishlari mumkin.
183. Ushbu Nizom talablarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(183-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Kasbiy malakalar, bilim va koʻnikmalarni rivojlantirish milliy tizimi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ishsizlar va band boʻlmagan aholining kasb-hunarga oʻqitish markazida oʻqishdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi
DIPLOM NAMUNASI
Tashqi koʻrinishi

Oʻzbekiston Respublikasi Gerbi tasviri

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK VAZIRLIGI

ISHSIZLAR VA BAND BOʻLMAGAN AHOLINI KASB-HUNARGA
‎OʻQITISH MARKAZI

DIPLOM

Ichki tomoni

Oʻzbekiston Respublikasi Gerbi tasviri

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
‎KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK VAZIRLIGI

ISHSIZLAR VA BAND BOʻLMAGAN AHOLINI KASB-HUNARGA
‎OʻQITISH MARKAZI

DIPLOM
‎ KNM ‎№ 000000

____________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________

(familiyasi, ismi, sharifi)

Malakaviy komissiyaning 20____ yil “____”_____________ dagi _________-son qarori bilan ______________________________________________________________________

mutaxassisligi boʻyicha _______________________________ malakasi berildi.
Malakaviy komissiyaning raisi
M.Oʻ.
Direktor
Kotib

Roʻyxatga qayd etish raqami №_______________

shahar (tuman)

____________________________________ 20__yil “____”__________________

ISHSIZLAR VA BAND BOʻLMAGAN AHOLINI KASB-HUNARGA
‎OʻQITISH MARKAZI

KNM-___________-son DIPLOMGA ILOVA

(diplomsiz yuridik kuchga ega emas)

_________________________________________________________________

(familiyasi, ismi, otasining ismi)

20____yil “____”___________dan 20____yil “____”____________gacha __________________________________________shahri (tuman) Ishsizlar va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish markazida _____________________________ mutaxassisligi boʻyicha oʻqitildi.

Oʻqish davomida quyidagi fanlar boʻyicha oʻqitildi va baholar oldi:

T/r‎

Fanning nomi

Soatlar miqdori, oʻquv rejasiga asosan

Olingan reyting balli

I. UMUMIY TAʼLIM FANLARI

II. UMUMIY MUTAXASSISLIK FANLARI

III. MAXSUS FANLAR

IV. OʻQUV VA ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTI

V. YAKUNIY MALAKAVIY IMTIHON

M.Oʻ.

Direktor
Direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari
Roʻyxatga qayd etilgan raqami ___________
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-martdagi 144-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2024-y., 09/24/144/0225-son)
Kasbiy malakalar, bilim va koʻnikmalarni rivojlantirish milliy tizimi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Kasb-hunarga oʻqitish markazida qisqa muddatli oʻqishdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi
SERTIFIKAT NAMUNASI
Tashqi koʻrinishi

Oʻzbekiston Respublikasi Gerbi tasviri

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK VAZIRLIGI

ISHSIZLAR VA BAND BOʻLMAGAN AHOLINI KASB-HUNARGA
‎OʻQITISH MARKAZI

SERTIFIKAT

Ichki tomoni

Oʻzbekiston Respublikasi Gerbi tasviri

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
‎KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK VAZIRLIGI

ISHSIZLAR VA BAND BOʻLMAGAN AHOLINI KASB-HUNARGA
‎OʻQITISH MARKAZI

SERTIFIKAT
‎‎KNM ‎№ 000000

‎____________________________________________________________________________

(familiyasi, ismi, sharifi)

20____yil “____”_____________dan 20____yil “____”___________gacha __________________________________________shahri (tuman) kasb-hunarga oʻqitish markazida ___________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________

mutaxassisligi boʻyicha

qayta tayyorlash (malakasini oshirish) toʻliq kursini tugatdi.

M.Oʻ.
Direktor
Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari‎

Roʻyxatga qayd etish raqami _______________

Shahar (tuman)‎ ________________________________

____________________________________ 20__yil “____”__________________

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-martdagi 144-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2024-y., 09/24/144/0225-son)
Kasbiy malakalar, bilim va koʻnikmalarni rivojlantirish milliy tizimi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

Tashqi koʻrinishi

Oʻzbekiston Respublikasi

Gerbi tasviri

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK

VAZIRLIGI

MINISTRY OF EMPLOYMENT AND AND POVERTY REDUCTION

OF TNE REPUBLIC OF UZBEKISTAN

MALAKA PASPORTI

QUALIFICATION PASSPORT

Ichki koʻrinishi

MALAKANI BAHOLASH MARKAZI

MALAKA PASPORTI

Ushbu malaka darajasi toʻgʻrisidagi sertifikat _________________________________________

_______________________________________________________________________________________ga

(familiyasi, ismi, otasining ismi)

20____ yil ____-____________da Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan 20_____ yil _____-_____________da berilgan __________-son akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnoma asosida faoliyat yurituvchi

_________________________________________________________________________________________

(malakalarni baholash markazining nomi)

Malakani baholash markazining Ekspertlar malaka komissiyasi tomonidan

________________________________________________________________ kasb boʻyicha muvaffaqiyatli imtihon topshirdi deb eʼtirof etildi va unga 20____ yil “_____” ______________dagi ___________-son buyruq bilan quyidagi malaka razryadi (malaka darajasi) berildi:

_________________________________________________________________________________________

(kasb, mutaxassislik nomi; malaka razryadi)

Tasdiqlangan malakaga ega boʻlgan shaxslarning milliy reyestrida roʻyxatga olish raqami

T.r __________

Malakani baholash markazining

direktori __________________

m.oʻ.

_______________

(imzo)

20____ yil “____” _____________

MVM № 000000

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-martdagi 144-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2024-y., 09/24/144/0225-son)
Kasbiy malakalar, bilim va koʻnikmalarni rivojlantirish milliy tizimi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA

Malakalarni baholash markazi rahbariga _________________________________
‎(Markaz nomi)

Malakani xolis baholashni oʻtkazishga
‎ARIZA

Men,________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________

(familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi, pasport seriyasi va raqami)

____________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________

(kasb, malaka nomi)

boʻyicha malakani holis baholash kasbiy imtihonini topshirishimga ruxsat berishingizni soʻrayman.

Bogʻlanish uchun maʼlumotlar:
____________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________

(yashash joyi, telefon)

Shaxsiy imzo: _______________________________________.
Sana: 20___ yil “____”_______________.
Kasbiy malakalar, bilim va koʻnikmalarni rivojlantirish milliy tizimi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA

Malaka imtihon
‎__________- son BAYONNOMASI

____________________________________________________________________________

(Imtihon topshiruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi)

Malaka imtihoni sanasi: 20___yil “____”_______________

Imtihon oʻtkazilishi joyi (manzili): __________________________________________
‎____________________________________________________________________________

Malaka imtihoni natijasi

Ekspertlar malaka komissiyasi aʼzosining familiyasi, I.O.‏

Natija

Nazariy imtihon

Amaliy imtihon (sinov ishi)

1)
2)
3)
.....
.....

Jami ballar yigʻindisi

Oʻrtacha ball

Ekspertlar malaka komissiyasi aʼzolarining imzolari:

Familiyasi I.O.

Shaxsiy imzosi

____________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________

Ekspertlar malaka komissiyasi kotibi:

____________________________________________________________________________

Kasbiy malakalar, bilim va koʻnikmalarni rivojlantirish milliy tizimi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA
Kompetensiyalarni baholash markazlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish
SXEMASI

Bosqichlar

Ishchi organ

Tadbirlar

Muddatlari

1-bosqich

Kompetensiyalarni baholash markazi

Akkreditatsiyaga buyurtmani Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali taqdim etish

Akkreditatsiya muddati boshlanishidan uch oy oldin

2-bosqich

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Buyurtmalarni koʻrib chiqadi va akkreditatsiyani oʻtkazish jadvalini tasdiqlaydi.

Kompetensiyalarni baholash markazlariga akkreditatsiyani oʻtkazish jadvali va akkreditatsiyaga tayyorganlik koʻrish uchun zarur hujjatlarni yoʻllaydi.

Tasdiqlangandan keyin bir oy davomida

Akkreditatsiya jarayoni boshlanishidan
1 oy oldin

3-bosqich

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Masʼul organ tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan hamda Kasbiy malakalarni rivojlantirish respublika kengashi bilan kelishilgan koʻrsatkichlar asosida Kompetensiyalarni baholash markazini joylashganmanzilida akkreditatsiyani oʻtkazish.

Akkreditatsiya natijalarini umumlashtirish va tahlil qilish.

3 kungacha muddat ichida

4-bosqich

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Akkreditatsiya jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqish.

Akrreditatsiya natijalari asosida qaror loyihasini ishlab chiqish va koʻrib chiqish uchun Kasbiy malakalarni rivojlantirish respublika kengashiga taqdim etish.

Bir oy davomida

5-bosqich

Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish boʻyicha kengash

Akkreditatsiya natijalarini koʻrib chiqish va tasdiqlash.

Ikki yilda kamida
1-marta

(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-martdagi 144-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2024-y., 09/24/144/0225-son)
Kasbiy malakalar, bilim va koʻnikmalarni rivojlantirish milliy tizimi toʻgʻrisidagi nizomga
7-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga

Tashkilot rekvizitlari:

Rasmiy nomi: ________________
‎_____________________________
‎_____________________________

Manzili: ____________________
‎_‎____________________________
‎_‎____________________________

Bankdagi h/v: _________________
‎_____________________________

AKKREDITATSIYAGA BUYURTMA

____________________________________________________________________________

(tashkilot nomi)

T/r*‎

Familiyasi, I.O.

Lavozimi

Mutaxassislik faoliyati yoʻnalishi

Telefon raqami

Imzo

1.‎

2.

*) Nizomning 104-bandida nazarda tutilgan buyurtmachi tashkilotning xodimlari koʻrsatiladi.

Birinchi raqamda buyurtmachi tashkilotning rahbari koʻrsatiladi, keyingi raqamda — Nizomning 104-bandining uchinchi xatboshisida koʻrsatilgan mutaxassislar.

Ushbu Buyurtma bilan quyidagi faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha akkreditatsiya oʻtkazishingizni soʻraymiz:

____________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________

(mutaxassislik faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha malakalar)

Faoliyatni amalga oshirish uchun moddiy-texnik baza quyidagilardan iborat:
‎bino maydoni _________ kv.m,
‎shu jumladan, auditoriyalar ________ kv.m, ustaxonalar _________ kv.m.
‎Imtihonlar va amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazish uchun uskuna va jihozlar, ilovaga muvofiq.

Akkreditatsiya qoidalari bilan tanishdik.

Buyurtmachilarning imzolari ularning shaxsiy maʼlumotlari Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlatilishiga roziligini tasdiqlaydi.

Buyurtmaga quyidagilar ilova qilinadi:

____________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________

(buyurtmaga ilova qilingan hujjatlar roʻyxati)

Tashkilot rahbari____________________________________________________________

(lavozimi)

(imzo)

(imzo egasining F.I.O.)

M.Oʻ. Buyurtma berilgan sana: 20____ yil “_____” _________________

(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-martdagi 144-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2024-y., 09/24/144/0225-son)
Kasbiy malakalar, bilim va koʻnikmalarni rivojlantirish milliy tizimi toʻgʻrisidagi nizomga
8-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi


‎KASBIY MALAKA VA BILIMLARNI RIVOJLANTIRISH BOʻYICHA KENGASH

____________________________________________________________________________

AKKREDITATSIYA TOʻGʻRISIDA GUVOHNOMA

Kompetensiyalarni baholash boʻyicha faoliyat bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar registrida roʻyxatga olingan

20___ yil “___” ________________

№ ___________ -son

Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

____________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________

(buyurtmachi nomi, manzili)

____________________________________________________________________________ ‎‎____________________________________________________________________________

(kasb standarti nomi)

kasb standarti boʻyicha Kompetensiyalarni baholash markazlariga qoʻyiladigan talablarga mos kelishini va Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan akkreditatsiyadan oʻtkazilganligini tasdiqlaydi.

Gerbli muhr
‎oʻrni

Akkreditatsiyadan oʻtkazuvchi
‎organ rahbari

________________
‎(lavozim)

________________ (imzo)

____________________________
‎(f.i.o.)

(8-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-martdagi 144-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2024-y., 09/24/144/0225-son)
Kasbiy malakalar, bilim va koʻnikmalarni rivojlantirish milliy tizimi toʻgʻrisidagi nizomga
9-ILOVA

Shakl


Kompetensiyalarni baholash boʻyicha faoliyat bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar

REGISTRI

Roʻyxatga olish yozuvi №, t.r.

Tashkilot nomi

KTUT

STIR

Tashkiliy-huquqiy shakli

Faoliyatning asosiy turi (oʻqitish, baholash)

Yuqori turuvchi tashkilot

Faoliyat yoʻnalishi

Joylashgan manzil
(huquqiy manzili)

Rahbarning F.I.O.

Sana va raqam

Akkreditatsiyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorning sanasi va raqami

Ish raqami

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

Kasbiy malakalar, bilim va koʻnikmalarni rivojlantirish milliy tizimi toʻgʻrisidagi nizomga
10-ILOVA
Kasb standartlarini koʻrib chiqish va tasdiqlash
SXEMASI

Bosqichlar

Ishchi organ

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Vazirliklar, idoralar, tashkilotlar — ishlanmaning tashabbuskorlari

Kasb standarti loyihasi, loyihaga tushuntirish (izohli) xati, ishlab chiquvchilar toʻgʻrisida maʼlumotlarni ilova qilgan holda rasmiy xat bilan yoʻllaydi.

Jadvalga muvofiq

2-bosqich

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Kasb standartilari loyihalarini qabul qilish va roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshiradi.

Hujjatlar jamlanmasi tushgan kunda

3-bosqich

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Kasb standarti loyihasining yangiligi (amaldagi kasb standartilar mavjudligi yoki yoʻqligi)ni tekshiradi. Mos ravishda tegishli xulosani beradi.

Hujjatlar jamlanmasi tushganidan 10 kundan koʻp boʻlmagan muddat ichida

4-bosqich

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Kasb standarti loyihasini vazirlikning rasmiy saytida “Mehnat standartlari” boʻlimida joylashtiradi

2-bosqich boʻyicha qaror qabul qilingan kunda

5-bosqich

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Kasb-mutaxassislik standart loyihasini Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashlariga koʻrib chiqishi uchun yoʻllaydi.

2-bosqich boʻyicha qaror qabul qilingan kunda

6-bosqich

Kasb-mutaxassislik malakalari boʻyicha tarmoq kengashi

1) Kasb standarti loyihasini koʻrib chiqadi va xulosani beradi

2) Xulosani Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga yoʻllaydi

Kiritilgandan soʻng
30 kun ichida

7-bosqich

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

1) Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish boʻyicha kengash tomonidan ijobiy xulosa berilganda kasb standartii loyihasini tasdiqlaydi;

2) Salbiy xulosa berilganda loyihani qayta ishlab chiqishga yoʻllaydi yoki tasdiqlashni rad etadi.

Kengashdan xulosa olingandan soʻng
5 kun ichida

8-bosqich

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Kasb-mutaxassislik standartlar milliy registrida kasb-mutaxassislik standartini roʻyxatdan oʻtkazadi

Tasdiqlangan kunda

(10-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-martdagi 144-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2024-y., 09/24/144/0225-son)
Kasbiy malakalar, bilim va koʻnikmalarni rivojlantirish milliy tizimi toʻgʻrisidagi nizomga
11-ILOVA

KASB STANDARTI

MAKETI

________________________________________________________________________________________

(kasb standarti nomlanishi)

Roʻyxatga olish raqami

Kasbiy faoliyat turining asosiy maqsadi:

I BOʻLIM

UMUMIY MAʼLUMOTLAR

________________________________________________________________________________________

(kasbiy faoliyat turining nomlanishi)

Kasb standartida foydalaniladigan asosiy tushunchalar:

Deskriptor kod — Mashgʻulotlarning Xalqaro standart klassifikatorida koʻrsatilgan faoliyat turlari boʻyicha Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan kasbiy faoliyat turi deskriptori boʻyicha kod;

Ish joylarining funksional tahlili — kasbiy faoliyat turining vazifalari xaritasida kasb (lavozim)ning mehnat faoliyatini mehnat funksiyalari va natijalari orqali tavsiflash.

Kasbiy faoliyat turi — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat klassifikatorida (2-tahriri) koʻrsatilgan faoliyat turlari;

Malaka darajasi — Milliy malaka ramkasida belgilangan raqamlar;

IFUT — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat klassifikatori (2-tahriri);

________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________

Kasbiy faoliyat turi deskriptori boʻyicha kodi

Kasb standarti rekvizitlari:

kasb standarti qoʻllaniladigan soha

IFUTga muvofiq iqtisodiy faoliyat turi kodi va nomlanishi

kasb (lavozim)ning MXSK boʻyicha kodi va guruh nomi

Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblarining klassifikatori boʻyicha kodi

kasb standarti tasdiqlangan hujjat raqami va sanasi

amal qilish muddati

versiyasi

II BOʻLIM

KASB STANDARTI MEHNAT VAZIFALARINING TASNIFI

(kasbiy faoliyat turining vazifalari xaritasi)

Umumlashtirilgan mehnat vazifalari

Mehnat funksiyalari

Belgi

Ish joylarining funksional tahlili asosida nomlanishi

Milliy malaka ramkasi boʻyicha malaka darajasi

Nomlanishi

Kodi

(umumlashtirilgan mehnat vazifasidagi bosh harflar, tartib raqami va malaka darajasi)

A

V

III BOʻLIM

ISH JOYINING FUNKSIONAL TAHLILI NATIJALARI

“A” — belgili umumlashtirilgan mehnat vazifasi tavsifi:

Nomlanishi

Kelib chiqishi (aslligi +/-)

Aslining deskriptor kodi

Boshqa kasb standartidan foydalangan boʻlsa, roʻyxatdan oʻtkazilgan raqami

Mos lavozimlar (ishchi kasblar) nomlanishi

Talab etiladigan taʼlim va kasbiy tayyorgarlik darajasi

Kasbiy tajriba va ish stajiga qoʻyiladigan talablar

Layoqatiga qoʻyilgan talablar (mehnat qilish huquqi, yoshi, sogʻligi va boshqa)

Mehnat sifati va shart-sharoitlariga doir talablar

Vakolatlar koʻlami, masʼuliyat va mustaqillik boʻyicha talablar

Faoliyatni amalga oshirishga ruxsat berish uchun maxsus talablar

Kasbiy faoliyatni amalga oshirishda foydalaniladigan mehnat vositalari

Qoʻshimcha tavsiflar:

Kasb standartini ishlab chiqishga asos boʻlgan hujjatning nomlanishi

Tegishli kodi yoki raqami

Kasb (lavozim) nomlanishi

__________-kodli mehnat funksiyalari tavsifi:

Nomlanishi

Kelib chiqishi (aslligi +/-)

Aslining deskriptor kodi

Boshqa kasb standartidan foydalangan boʻlsa, roʻyxatdan oʻtkazilgan raqami

Mehnat harakatlari

Zarur mahorat va koʻnikmalar

Zarur bilimlar

Boshqa tavsiflar

__________-kodli mehnat funksiyalari tavsifi:

Nomlanishi

Kelib chiqishi (aslligi +/-)

Aslining deskriptor kodi

Boshqa kasb standartidan foydalangan boʻlsa, roʻyxatdan oʻtkazilgan raqami

Mehnat harakatlari

Zarur mahorat va koʻnikmalar

Zarur bilimlar

Boshqa tavsiflar

IV BOʻLIM

KASBIY STANDARTINI ISHLAB CHIQQAN TASHKILOTLAR TOʻGʻRISIDAGI MAʼLUMOTLAR

________________________________________________________________________________________

(tarmoq kengashining nomi, qarori sanasi va raqami)

Ishlab chiquvchi tashkilotlarning nomlari:

T/r

Nomlanishi

Ishlab chiqishga masʼul tashkilot

________________________________________________________________________________________

(tashkilot nomi)

________________________________________________________________________________________

(rahbarning lavozimi, imzosi va F.I.O.)

(11-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-martdagi 144-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2024-y., 09/24/144/0225-son)
Kasbiy malakalar, bilim va koʻnikmalarni rivojlantirish milliy tizimi toʻgʻrisidagi nizomga
12-ILOVA

Ishsizlar va band boʻlmagan aholini kasbga oʻqitish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishga shartnomaning Namunaviy shakli

Ishsizlar va band boʻlmagan aholini kasbga oʻqitish boʻyicha xizmat koʻrsatishga
‎_____-sonli SHARTNOMA

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi (keyingi oʻrinlarda - Bandlik boʻlimi) nomidan, Bandlik boʻlimi Nizomi asosida faoliyat yurituvchi rahbari ________________________________, (keyingi oʻrinlarda – “Buyurtmachi”), bir tomondan va ________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________________,

(tashkilot nomi)

akkreditatsiya guvohnomasi № __________-sonli, 20_____ yil “___”_________da berilgan, ___________________________________________________________________

(hujjat nomi va rekvizitlari)

asosida faoliyat yurituvchi rahbari ________________________________, keyingi oʻrinlarda “Ijrochi” deb yuritiladi, ikkinchi tomondan, bundan soʻng matnda “Tomonlar” deb ataladilar, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, 20_____ yil “___”_________dagi ________-sonli ochiq tanlovning natijalariga koʻra, ushbu Davlat kontrdalolatnomaini quyidagilar toʻgʻrisida tuzdilar.

1-BOʻLIM. SHARTNOMA MAZMUNI

1.1. Buyurtmachi buyurtma beradi, Ijrochi esa oʻz zimmasiga ishsizlar va band boʻlmagan aholi (keyingi oʻrinlarda — fuqarolar)ni kasbga oʻqitish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish majburiyatlarini oladi.
‎1.2. Kasbiy oʻqitishga yoʻllangan fuqarolar soni —
‎_____________________________________________ (_______) kishini tashkil etadi.

(yozuv bilan)

shu jumladan kasblar (mutaxassisliklar) boʻyicha:
‎1.2.1. _______________________________________________
‎1.2.2. _______________________________________________
‎1.2.3 _______________________________________________
‎1.2.4 _______________________________________________
‎1.2.5. _______________________________________________

1.3. Xizmatlarni koʻrsatish muddati:
‎Boshlanishi — 20___yil “_____”______________;
‎Yakunlanishi — 20___yil “____”______________.

1.4. Xizmatlar koʻrsatilishi joyi:
‎__________________________________________________________________________

(shahar, koʻcha, uy)

2-BOʻLIM. SHARTNOMA NARXI

1.5. Shartnoma narxi Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida belgilanadi.
‎1.6. Shartnoma narxi aniq va shartnoma amal qilish muddati davomida uning narxi oʻzgartirilishiga yoʻl qoʻylmaydi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida koʻzda tutilgan holatlar bundan mustasno.
‎1.7. Shartnoma narxiga ijrochining barcha xarajatlari kiritilgan, shu jumladan, oʻquv-metodik va butlovchi materiallar, Ijrochi qonunchilikka muvofiq amalga oshirishi kerak boʻlgan barcha soliqlar va yigʻimlar,
‎1.8. Shartnoma narxi ijrochining bitta oʻquvchini mutaxassislikka oʻqitish boʻyicha amalga oshiriladigan harajatlarini hisoblashdan kelib chiqqan holda belgilanadi.
‎1.9. Shartnoma narxi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:

SHN = Ns * Ns * Noʻ

Bu yerda: SHN — Shartnoma narxi;
‎Ns — 1ta oʻquvchini oʻqitish hisobiga 1 soat oʻqitish narxi;
‎Ns — oʻqitish dasturida soatlar miqdori;
‎Noʻ — oʻqitilganlar soni.
‎1.10. Ushbu Shartnomaga muvofiq:
‎1 oʻqitiladigan fuqaroga hisoblaganda bir soat oʻqitishning narxi ______ soʻmni tashkil etadi;
‎oʻqitish dasturining hajmi soatlarda _______ oʻquv soatidan iborat;
‎oʻqitiladiganlar soni _______ nafar.
‎1.11. Xizmatlarga haq toʻlash Buyurtmachi tomonidan ishsizlar va band boʻlmagan aholini kasbga oʻqitish maqsadlari uchun moʻljallangan manbalardan amalga oshiriladi.
‎1.12. Xizmatlarga haq toʻlash pul oʻtkazish yoʻli bilan quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
‎avans toʻlovi Shartnoma tuzilgandan 10 kundan koʻp boʻlmagan muddat ichida Shartnomaning 15%i miqdorida;
‎oraliq toʻlovlar — xizmatlar amalda koʻrsatilganda, koʻrsatilgan xizmatlarga oraliq dalolatnomasi imzolangandan 10 kundan koʻp boʻlmagan muddat ichida, ammo Shartnomaning 50%idan koʻp boʻlmagan miqdorda;
‎yakuniy toʻlov — Shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilgani toʻgʻrisidagi Dalolatnoma Tomonlar tomonidan imzolanganidan soʻng 10 kun ichida qolgan summa miqdorida.
‎1.13. Majburiyatlarni bajarish dalolatnomasida quyidagilar hisobga olinadi:
‎kasbga oʻqitish dasturida rejalashtirilgan oʻquv soatlari hajmi;
‎kasbga oʻqitish dasturi boʻyicha oʻqitilganlarning soni;
‎kasbga oʻqitishning natijasi, yaʼni oʻqitilganlarning oʻqish tugagandan soʻng 3 oydan koʻp boʻlmagan muddatda ishga joylashganlari.
‎1.14. Oʻqishni bitirganlardan ishga joylashganlar:
‎85% dan kam miqdorni tashkil etsa — Shartnoma narxi _____%ga kamaytiriladi;
‎60% dan kam miqdorni tashkil etsa — Shartnoma narxi _____%ga kamaytiriladi;
‎50% dan kam miqdorni tashkil etsa — Shartnoma narxi _____%ga kamaytiriladi.
‎1.15. Buyutmachi aybi bilan Shartnomani bajarish imkoni boʻlmasa, Ijrochi tomonidan faqat amalda qilingan xarajatlar toʻlov bilan qoplanadi.
‎1.16. Shartnomaning 3.4-bandida koʻrsatilgan sabablar bilan oʻquvchi oʻqishdan chetlatilsa, Ijrochining xizmatlariga amalda koʻrsatilgan xizmat miqdoriga teng hajmda toʻlov toʻlanadi.

3-BOʻLIM. TOMONLARNING MAJBURIYATLARI VA HUQUQLARI

3.1. Buyurtmachi oʻz zimmasiga quyidagilarni oladi:
‎a) Shartnomaning 1.3.bandida koʻrsatilgan muddatlarni hisobga olgan holda oʻquv guruhlari tarkibini shakllantirish;
‎b) Shartnoma talablariga muvofiq ravishda koʻrsatilgan xizmatlarni qabul qilib olish;
‎v) Shartnomaning 3-boʻlimiga muvofiq koʻrsatilgan xizmatlarga haq toʻlash;
‎g) ___________________________________________________________________.

(boshqa majburiyatlar)

3.2. Buyurtmachi quyidagi huquqlarga ega:
‎a) Ijrochi tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini nazorat qilish, shu jumladan, Ijrochining malakaviy komissiyasi ishida ishtirok etish yoʻli bilan, shuningdek, oʻqitilayotgan guruhlarning davomatini joriy tekshiruvlarni amalga oshirish orqali;
‎b) Shartnomani bajarishda Ijrochi bilan kelishilgan holda Shartnomada koʻzda tutilgan xizmatlar hajmini 20%dan oshmagan miqdorda oʻzgartirish, shunga mos ravishda Shartnoma narxini ham oʻzgartirish;
‎v) Shartnomaning 1.14-bandiga muvofiq Shartnoma narxini kamaytirish;
‎g) Ijrochiga Shartnoma bajarilishi yuzasidan soʻrovlar yuborish;
‎d) ___________________________________________________________________.

(boshqa huquqlar)

3.3. Ijrochi oʻz zimmasiga quyidagi majburiyatlarni oladi:
‎a) ishsizlar va band boʻlmagan aholini kasbga oʻqitish boʻyicha xizmatlarni Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq amalga oshirish;
‎b) taʼlim oluvchilar guruhlarini qabul qilishni taʼminlash va kasbga oʻqitish oʻquv jaraynini samarali tashkil etish;
‎v) oʻqishni tugatganlar va malakaviy imtihonni muvaffaqiyatli tugatganlarga belgilangan shakldagi kasb-mutaxassislik malakasi berilgani toʻgʻrisidagi Sertifikatni taqdim etish;
‎g) Ijrochining aybi bilan xizmatlar koʻrsatishda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni oʻz kuchi bilan va oʻz hisobidan bartaraf etish;
‎d) Shartnoma boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlarga oid zarur hujjatlarni Buyurtmachining talabiga muvofiq taqdim etish;
‎e) _____________________________________________________________________.

(boshqa majburiyatlar)

3.4. Ijrochi quyidagi huquqlarga ega:
‎a) kasbga oʻqitish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish maqsadida oʻquv dasturiga muvofiq yuqori malakali mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilish;
‎b) oʻquvchilar tomonidan kasbga oʻqitish jarayonida tashkiliy va oʻquv jarayoni qoidalari qoʻpol ravishda yoki tizimli buzilgani uchun, shu jumladan, uzrsiz sabablarga koʻra mashgʻulotlarga kelmasligi, shuningdek, bilim va koʻnikmalarni oʻzlashtira olmasligi uchun oʻquvchilar oʻqishdan chetlatiladi, va bu haqda Buyurtmachiga uch kun muddat ichida xabar beriladi;
‎v) ____________________________________________________________________.

(boshqa huquqlar)

4-BOʻLIM. KOʻRSATILGAN XIZMATLARNI TOPSHIRISH VA QABUL QILISH TARTIBI

4.1. Ijrochi Shartnomada belgilangan muddatda Buyurtmachiga koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha hisobotni va Shartnoma majburiyatlari bajarilganligi toʻgʻrisida dalolatnoma loyihasini taqdim etadi.
‎4.2. Ijrochi tomonidan taqdim etilgan hisobot va dalolatnoma loyihasini tekshirish uchun koʻrsatilgan xizmatlar Shartnoma shartlariga mos kelishi boʻyicha Buyurtmachi tomonidan ekspertiza oʻtkaziladi.
‎Ekspertizani oʻtkazish uchun Buyurtmachi Ijrochidan Shartnoma shartlariga tegishli tasdiqlovchi hujjat va materiallarni talab qilishga haqlidir.
‎4.3. Hisobot va dalolatnoma loyihasi toʻgʻriligi tasdiqlangan holda, Buyurtmachi 5 ish kuni davomida Shartnoma majburiyatlari bajarilgani boʻyicha dalolatnomani imzolaydi va uni Ijrochiga yoʻllaydi.
‎4.4. Tomonlar Shartnoma majburiyatlari bajarilganligi toʻgʻrisida dalolatnomani imzolaganidan boshlab, Shartnoma doirasida belgilangan Xizmatlar bajarilgan hisoblanadi.
‎4.5. _________________________________________________________________.

(koʻrsatilgan xizmatlarni topshirish va qabul qilishning boshqa shartlari)

5-BOʻLIM. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI

5.1. Tomonlar Shartnoma shartlari bajarilganligi yoki bajarilmaganligi uchun javobgarlikka tortiladi.
‎5.2. Ijrochi tomonidan Shartnoma majburiyatlari oʻz vaqtida bajarilmaganligi holatida Buyurtmachi Ijrochiga kechiktirilgan har bir kun uchun Shartnoma narxining _______%i miqdorda penya toʻlash talabini yoʻllaydi.
‎5.3. Buyurtmachi tomonidan Shartnoma majburiyatlari oʻz vaqtida bajarilmaganligi holatida Ijrochi Buyurtmachiga kechiktirilgan har bir kun uchun Shartnoma narxining _______%i miqdorda penya toʻlash talabini yoʻllaydi.
‎5.4. Tomonlar Shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarishdan quyidagi hollarda ozod etiladi — Tomonlarga bogʻliq boʻlmagan, bartaraf etish imkoniyati boʻlmagan kuchga ega sharoitlar yuzaga kelganda, shu jumladan:
‎___________________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________________.

(bartaraf etish imkoniyati boʻlmagan kuchga ega hollar)

5.5. Tomonlar bir-biriga 3 kundan koʻp boʻlmagan muddat ichida ularga bogʻliq boʻlmagan, bartaraf etish imkoniyati boʻlmagan kuchga ega sharoitlar amalda yoki yuzaga kelish ehtimoli toʻgʻrisida xabar berishi lozim.
‎Tomonlarning biri ularga bogʻliq boʻlmagan, bartaraf etish imkoniyati boʻlmagan kuchga ega sharoitlar yuzaga kelganligi eʼtirof etilishiga rozi boʻlmasa, Tomonlar kelib chiqqan kelishmovchilarni koʻrib chiqish uchun qoʻshma komissiya tuzadilar.
‎Tomonlarning biri unga bogʻliq boʻlmagan, bartaraf etish imkoniyati boʻlmagan kuchga ega sharoitlar yuzaga kelganligi toʻgʻrisida boshqa tomonga xabar bermaganligi yoki oʻz vaqtida xabar bermaganligi, uni ushbu sharoitni inobatga olish huquqidan mahrum qiladi.

6-BOʻLIM. SHARTNOMANING AMAL QILISH MUDDATI

6.1. Shartnoma imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi va Tomonlar uchun uning bajarilishi majburiydir.
‎6.2. Shartnoma Tomonlar kelishuviga asosan va sud qarori bilan Shartnoma Tomonlarining biri bir tomonlama Shartnomani bajarishdan bosh tortgan holda bekor qilinishi mumkin.

7-BOʻLIM. BOSHQA SHARTLAR

7.1. Shartnoma 2 nusxada tuzilgan boʻlib, har bir nusxasi bir xil mazmunga va bir xil yuridik kuchga egadir.
‎7.2. Shartnomada koʻzda tutilmagan barcha holatlarda Tomonlar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ish tutadilar.
‎7.3. Shartnomaga barcha oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar yozma ravishda Shartnomaga qoʻshimcha kelishuvlar shaklida rasmiylashtiriladi va Shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi.
‎7.4. Shartnomani bajarishda kelib chiqadigan nizolar va kelishmovchiliklarni Tomonlar muzokaralar yoʻli bilan bartaraf etishadi, Tomonlar kelishuvga kelolmagan holda — ular sud tartibiga muvofiq hal etiladi.
‎7.5. ___________________________________________________________________.

(boshqa shartlar)

8-BOʻLIM. TOMONLARNING YURIDIK MANZILLARI VA REKVIZITLARI

BUYURTMACHI _____________________________
‎_____________________________
‎_____________________________

IJROCHI
‎_____________________________
‎_____________________________
‎_____________________________

9-BOʻLIM. TOMONLARNING IMZOLARI

BUYURTMACHI _____________________________ ‎_____________________________ ‎20___yil “____”_______________
‎M.Oʻ.

IJROCHI _____________________________ ‎_____________________________ ‎20___yil “____”_______________ ‎M.Oʻ.

(12-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-martdagi 144-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2024-y., 09/24/144/0225-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2020-y., 09/20/287/0595-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son; 19.03.2024-y., 09/24/144/0225-son; 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)