1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Kasb va lavozimlarga qoʻyiladigan malaka darajalarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida kasbiy malakalar, bilim va koʻnikmalarni rivojlantirish milliy tizimi faoliyatini tashkil etish choralari toʻgʻrisida” 2020-yil 15-maydagi 287-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-iyundagi 369-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi milliy malaka tizimini tartibga solishga qaratilgan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Kasb va lavozimlarga qoʻyiladigan malaka darajalarini Milliy malaka tizimi asosida takomillashtirish, Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchi kasblari klassifikatoriga muvofiq malaka toifalarini (razryadlarini) belgilash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2023-yil 28-fevraldagi PF-27-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida kasbiy malakalar, bilim va koʻnikmalarni rivojlantirish milliy tizimi faoliyatini tashkil etish choralari toʻgʻrisida” 2020-yil 15-maydagi 287-son qarorigailovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
kasb va lavozimlarga qoʻyiladigan malaka darajalarini takomillashtirish;
Malakani baholash markazi orqali Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchi kasblari klassifikatoriga muvofiq malaka toifalarini (razryadlarini) belgilash uchun malaka pasportini berish;
kasbiy standartlar maketini ish joylarining funksional tahlili asosida takomillashtirish.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B.A. Musayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 18-mart,
144-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-martdagi 144-son qaroriga
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida kasbiy malakalar, bilim va koʻnikmalarni rivojlantirish milliy tizimi faoliyatini tashkil etish choralari toʻgʻrisida” 2020-yil 15-maydagi 287-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
2-bandning birinchi xatboshisidagi va 4-banddagi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik” soʻzlari bilan almashtirilsin.
“5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B.A. Musayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A.Sharipov zimmasiga yuklansin”.
yettinchi xatboshidagi “Kasbiy malakalarni rivojlantirish respublika kengashi” soʻzlari “Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish boʻyicha kengash” soʻzlari bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshidagi “Kasbiy bilim va koʻnikmalarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashi” soʻzlari “Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
yigirma uchinchi xatboshidagi “kompetensiya toʻgʻrisidagi sertifikat” soʻzlari “malaka pasporti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
yigirma oltinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-bandning oʻninchi xatboshisidagi “kompetensiya toʻgʻrisidagi sertifikat” soʻzlari “malaka pasporti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
6-banddagi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish boʻyicha kengash;
Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashlari;”
9-banddagi “Kasbiy malakalarni rivojlantirish respublika kengashi” soʻzlari “Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish boʻyicha kengash” soʻzlari bilan almashtirilsin;
12 va 14-bandlardagi “Kasbiy bilim va koʻnikmalarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashi” soʻzlari “Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
18 va 19-bandlardagi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik” soʻzlari bilan almashtirilsin;
32-banddagi “Oliy va oʻrta maxsus taʼlim” soʻzlari “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“34. Oʻqish uchun talabgor toʻgʻridan-toʻgʻri Kasb-hunarga oʻqitish markaziga (“Ishga marhamat” monomarkaziga) tashrif buyurgan holda yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali Kasb-hunarga oʻqitish markazi tomonidan belgilangan namunaga muvofiq tanlangan kasbga oʻqitish yoʻnalishini va oʻzining shaxsiy maʼlumotlaridan foydalanishiga roziligini tasdiqlashni koʻrsatgan holda arizani taqdim etadi.
Ariza Kasb-hunarga oʻqitish markazida taqdim etilgan kundan boshlab 5 yil davomida elektron koʻrinishda saqlanishi mumkin”;
35-bandning birinchi xatboshisidagi “va unga ilova qilingan hujjatlar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
76 va 92-bandlardagi “kompetensiya toʻgʻrisidagi sertifikat” soʻzlari “malaka pasporti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
94-banddagi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik” soʻzlari bilan almashtirilsin;
95-bandning beshinchi xatboshisi “pasporti” soʻzidan keyin “yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
101-band quyidagi tahrirdagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda Kompetensiyalarni baholash markazlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali akkreditatsiyadan oʻtish uchun murojaat qiladi”;
“105. Akkreditatsiyaga arizani koʻrib chiqqanlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining besh barobari miqdorida yigim undiriladi.
Yigim toʻlanganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
Yigʻim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi shaxsiy hisobvaragʻiga;
Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga: 11,25 foizi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun (shu jumladan, 0,5 foizi Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun);
qolgan mablagʻlar — Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobvaragʻiga”;
“146. Kasb standartining mazmuni (maketi) ushbu Nizomga 11-ilovada aks ettirilgan muqaddima va toʻrt boʻlimdan iborat.
Muqaddimada:
kasb standarti nomlanishi — kasb (lavozim)ning Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchi kasblari klassifikatoriga mos, ishlab chiquvchilar shakllantirgan kasbiy guruhning nomlanishiga va Iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichida belgilangan iqtisodiy faoliyat turlari bilan bogʻlangan boʻlishi kerak;
roʻyxatga olish raqami koʻrsatiladi (kasb standarti vakolatli organ tomonidan roʻyxatga olinganidan keyin toʻldiriladi);
kasbiy faoliyat turining asosiy maqsadi — kasbiy faoliyatning mazmuni va jozibadorligi, kutilayotgan natija, hal qilinadigan muammolar, qoʻllaniladigan vositalar va usullarning qisqa ifodasi. Kasbiy faoliyat maqsadi natijalarga qaratilgan mehnat jarayonlarini, umumlashtirilgan mehnat vazifalarini integratsiyalash orqali ifodalanadi.
Birinchi boʻlim (umumiy maʼlumotlar) quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
kasbiy faoliyat turining nomlanishi;
kasb standartida foydalaniladigan asosiy tushunchalar hamda umumiy qabul qilingan abbreviatura va qisqartmalar mazmuni;
kasbiy faoliyat turi deskriptori boʻyicha kodi;
kasb standarti rekvizitlari:
kasb standarti qoʻllaniladigan soha;
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat klassifikatoriga muvofiq iqtisodiy faoliyat turlariga taalluqliligi boʻyicha kodi va nomlanishi (iqtisodiy faoliyatning bitta yoki bir nechta seksiyalari, boʻlimlari, guruhlari va/yoki kichik guruhlarining kodi va nomlari);
kasb (lavozim)ning Mashgʻulotlarning Xalqaro standart klassifikatori boʻyicha kodi va guruh nomi;
Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblarining klassifikatori boʻyicha kodi;
kasb standarti tasdiqlangan hujjat raqami va sanasi;
amal qilish muddati (kasb standartini qayta koʻrib chiqish va zarur boʻlganda yangilash vaqt oraligʻi);
versiyasi.
Ikkinchi boʻlim (kasb standarti mehnat vazifalarining tasnifi, kasbiy faoliyat turining vazifalari xaritasi) quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
umumlashtirilgan mehnat vazifalarining bosh harflardagi belgisi, ish joylarining funksional tahlili asosida nomlanishi va talab etiladigan Milliy malaka ramkasi boʻyicha malaka darajasi;
umumlashtirilgan mehnat vazifalari doirasidagi mehnat funksiyalarining nomlanishi va kodi. Ushbu kod umumlashtirilgan mehnat vazifasining belgisi boʻlgan bosh harf, nuqta, tartib raqami, nuqta va malaka darajasidan iborat boʻladi (masalan, A.01.6).
Ish joylarining funksional tahlili quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga olishi kerak:
qonunchilik hujjatlari hamda mahalliy, xalqaro va xorijiy tashkilotlar hujjatlarining, ilmiy va uslubiy adabiyotlarning tadqiqotlari;
taqqoslash-qiyoslash tahlili (kasbiy faoliyat turining umumlashtirilgan mehnat vazifalari bajariladigan funksiyalar va mehnat harakatlarining tarkibini, xodimlarning mahorati va bilimlariga boʻlgan talablarni ekspertli aniqlash asosida kasb faoliyatining bir-biridan haqiqatan farq qiladigan turi sifatida ajratiladi);
empirik usul (xodimlarning vakillaridan iborat boʻlgan ekspert guruhlarda tuzilmaviy guruhli muhokamalarni oʻtkazish hamda mehnat funksiyalarini aniqlash);
ekspertli baholash (mehnat funksiyalari haqidagi maʼlumotlarni toʻplash, tahlil qilish va ularga statistik ishlov berish);
natijalarni amalda sinab koʻrish.
Umumlashtirilgan mehnat vazifalari hamda funksiyalari bir nechta boʻlishi mumkin.
Uchinchi boʻlim (ish joyining funksional tahlili natijalari) quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
umumlashtirilgan mehnat vazifasi tavsifi:
umumlashtirilgan mehnat vazifasining ish joylarining funksional tahlili asosida nomlanishi;
kelib chiqishi — kasbiy standartning aslligi “+” belgisi bilan koʻrsatiladi;
aslining deskriptorlik kodi;
boshqa kasb standartidan foydalangan boʻlsa “-” belgisi va roʻyxatdan oʻtkazilgan raqami bilan koʻrsatiladi, ishlab chiquvchi oʻxshash faoliyat sohalaridagi boshqa standartni (yoki uning qismini) olganligini aniqlash imkonini beradi;
mos lavozimlar (ishchi kasblar) nomlanishi;
Milliy malakalar ramkasiga muvofiq talab etiladigan taʼlim va kasbiy tayyorgarlik darajasi;
kasbiy tajriba va ish stajiga qoʻyiladigan talablarda sohada, rahbarlik lavozimlarida yoki maʼlum bir lavozimlardagi ish stajiga boʻlgan talablar koʻrsatiladi;
layoqatiga qoʻyilgan talablarda mehnat qilish huquqi, yoshi, sogʻligi holati va boshqa holatlar koʻrsatiladi;
mehnat sifati va shart-sharoitlariga doir talablarda mehnat funksiyalarini belgilangan muddatlarda va talab etiladigan darajada bajarilishi, mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi va mehnat gigiyenasi va boshqa mehnat sharoitlari koʻrsatiladi;
vakolatlar koʻlami, masʼuliyat va mustaqillik boʻyicha talablarda kasb (lavozim) boʻyicha kasbiy faoliyat uchun belgilangan, Milliy malakalar ramkasi va tarmoq malaka ramkalariga muvofiq ravishda aniqlanadigan kompetensiyalar, vakolatlar koʻlami, masʼuliyat va mustaqillik tavsiflari koʻrsatiladi;
faoliyatni amalga oshirishga ruxsat berish uchun maxsus talablarda ushbu kasbni (lavozimni) egallagan xodimni ishga qabul qilish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha talablar koʻrsatiladi;
kasbiy faoliyatni amalga oshirishda foydalaniladigan mehnat vositalari — kasb (lavozim) boʻyicha kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan mehnat qurollari, jihozlar va asbob-uskunalar, materiallar, inventarlar, aloqa vositalari, ish yuritish tizimlari va boshqalar;
qoʻshimcha tavsiflar jadvalida kasb standartini ishlab chiqishga asos boʻlgan hujjatning nomlanishi, tegishli kodi va/yoki raqami koʻrsatiladi;
mehnat funksiyalarining har biri alohida quyidagilarni oʻz ichiga olgan holda koʻrsatiladi:
ikkinchi boʻlimda koʻrsatilgan kodi va nomlanishi;
mehnat funksiyasining kelib chiqishi — ishlab chiqilayotgan kasbiy standartning aslligi “+” belgisi bilan koʻrsatiladi;
aslining deskriptorlik kodi;
boshqa kasb standartidan foydalangan boʻlsa “-” belgisi va roʻyxatdan oʻtkazilgan raqami bilan koʻrsatiladi, ishlab chiquvchi oʻxshash faoliyat sohalaridagi boshqa standartni (yoki uning qismini) olganligini aniqlash imkonini beradi;
mehnat harakatlari — kasb (lavozim) boʻyicha kasbiy faoliyatning funksional tahlili jarayonida aniqlanadigan, lavozim majburiyatlari doirasida xodim tomonidan bajariladigan barcha mehnat harakatlari. Mehnat harakatlari mehnat vazifalarining ijrosiga yoʻnaltirilgan va oʻz natijasiga ega boʻlgan elementlari sanaladi. Mehnat harakati muayyan koʻnikma orqali amalga oshiriladi;
zarur mahorat va koʻnikmalar — xodimlarning muayyan kasb (lavozim) boʻyicha har bir mehnat funksiyasi boʻyicha nimalarni bajara olishlari kerakligi bayonini oʻz ichiga olgan tajriba. Mehnat harakatini amalga oshirishning xodim tomonidan oʻzlashtirilishi lozim boʻlgan eng maqbul usuli hisoblanadi. Koʻnikma biror-bir narsani tanlash, aniqlash, baholash, taqqoslash, tahlil qilish kabi aqliy harakatlar bilan sodda va tushunarli tarzda ifodalanadigan jarayon boʻlib, u amalga oshirilayotgan mehnat harakatiga bogʻliq kasbni oʻrganish jarayonida shakllanadi;
zarur bilimlar — har bir mehnat funksiyasi boʻyicha xodim mehnat funksiyasini muvaffaqiyatli bajarishi uchun nimalarni bilish kerakligining bayonini oʻz ichiga oladi. Zarur bilimlar mehnat harakati va uni amalga oshirish uchun zarur boʻladigan koʻnikma bilan bogʻliq boʻladi hamda axborotning aniq va muayyan qismini ifodalashi, ortiqcha bilimlarni oʻzida saqlamasligi kerak;
boshqa tavsiflar.
Ikkinchi boʻlimdagi har bir umumlashtirilgan mehnat vazifalari hamda mehnat funksiyalari alohida tartib bilan tavsiflanadi.
Toʻrtinchi boʻlim kasb standartining texnik maʼlumotlaridan iborat boʻlib, quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
tarmoq kengashining nomi, qarori sanasi va raqami — kasbiy standartni tarmoq kengashida koʻrib chiqishga oid maʼlumotlar. Bu bandda tarmoq kengashining nomi, kengash qarori va qaror qabul qilingan majlis bayonnomasining raqami va sanasi koʻrsatiladi;
ishlab chiquvchi tashkilotlarning nomlari — kasbiy standartni ishlab chiqish bilan bevosita shugʻullangan tashkilotlarning nomlari, muayyan tartib boʻyicha roʻyxati keltiriladi;
ishlab chiqishga masʼul tashkilot — kasbiy standartni ishlab chiqishga masʼul boʻlgan vazirlik, idoralar yoki xoʻjalik birlashmalari. Bu boʻlimda tashkilot nomi, uning rekvizitlari, rahbarning familiyasi, ismi, otasining ismi va imzosi koʻrsatiladi”;
“153. Kasb standartlari milliy registrining (keyingi oʻrinlarda — Registr) elektron platformasini ishlab chiqish va yuritish, shuningdek, Malakalarni baholash markazlari faoliyatini dasturiy taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish markazi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi”;
160-banddagi va 163-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik” soʻzlari bilan almashtirilsin;
164 va 165-bandlardagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalariga” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmalariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
167-banddagi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik” soʻzlari bilan almashtirilsin;
169-bandning birinchi va uchinchi xatboshilaridagi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida” soʻzlari “Aholi bandligi toʻgʻrisida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
171 va 172-bandlardagi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“181. Ushbu Nizom monitoringini yuritish Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga va Savdo-sanoat palatasiga ularning vakolatlari doirasida yuklanadi.”
b) 2-ilovaga 1 va 2-ilovalardagi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 2-ilovaga 3-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tashqi koʻrinishi
Oʻzbekiston Respublikasi
Gerbi tasviri
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK
VAZIRLIGI
MINISTRY OF EMPLOYMENT AND AND POVERTY REDUCTION
OF TNE REPUBLIC OF UZBEKISTAN
MALAKA PASPORTI
QUALIFICATION PASSPORT
Ichki koʻrinishi
MALAKANI BAHOLASH MARKAZI
MALAKA PASPORTI
Ushbu malaka darajasi toʻgʻrisidagi sertifikat _________________________________________
20____ yil ____-____________da Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan 20_____ yil _____-_____________da berilgan __________-son akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnoma asosida faoliyat yurituvchi
Malakani baholash markazining Ekspertlar malaka komissiyasi tomonidan
________________________________________________________________ kasb boʻyicha muvaffaqiyatli imtihon topshirdi deb eʼtirof etildi va unga 20____ yil “_____” ______________dagi ___________-son buyruq bilan quyidagi malaka razryadi (malaka darajasi) berildi:
1-bosqichning “Tadbirlar” ustunidagi “Akkreditatsiyaga buyurtmani taqdim etish” soʻzlari “Akkreditatsiyaga buyurtmani Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali taqdim etish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2 — 4-bosqichlarning “Ishchi organ” ustunidagi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-bosqichdagi “Kasbiy malakalarni rivojlantirish respublika kengashi” soʻzlari “Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish boʻyicha kengash” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 2-ilovaga 7-ilovadagi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“kasbiy malakalarni rivojlantirish respublika kengashi” soʻzlari “kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish boʻyicha kengash” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2 — 4-bosqichlarning “Ishchi organ” ustunidagi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-bosqichda:
“Ishchi organ” ustunidagi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Tadbirlar” ustunidagi “Kasb-mutaxassislik malakalari boʻyicha tarmoq kengashiga” soʻzlari “Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
6-bosqichning “Tadbirlar” ustunidagi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7-bosqichning “Tadbirlar” ustunidagi “Kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha Respublika kengashi” soʻzlari “Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish boʻyicha kengash” soʻzlari bilan almashtirilsin;
i) 2-ilovaga 11-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Kasb standartida foydalaniladigan asosiy tushunchalar:
Deskriptor kod — Mashgʻulotlarning Xalqaro standart klassifikatorida koʻrsatilgan faoliyat turlari boʻyicha Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan kasbiy faoliyat turi deskriptori boʻyicha kod;
Ish joylarining funksional tahlili — kasbiy faoliyat turining vazifalari xaritasida kasb (lavozim)ning mehnat faoliyatini mehnat funksiyalari va natijalari orqali tavsiflash.
Kasbiy faoliyat turi — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat klassifikatorida (2-tahriri) koʻrsatilgan faoliyat turlari;
Malaka darajasi — Milliy malaka ramkasida belgilangan raqamlar;
IFUT — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat klassifikatori (2-tahriri);
k) 2-ilovaga 12-ilovadagi “Ishsizlar va band boʻlmagan aholini kasbga oʻqitish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishga shartnomaning Namunaviy shakli”ning muqaddimasidagi “Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi (keyingi oʻrinlarda — ABKM) ______________________nomidan, ABKM” soʻzlari “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi (keyingi oʻrinlarda — Bandlik boʻlimi) nomidan, Bandlik boʻlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2024-y., 09/24/144/0225-son)