Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Cyber university” davlat universitetini tashkil etish toʻgʻrisida” 2025-yil 20-yanvardagi PQ-14-son
qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining (keyingi oʻrinlarda — Universitet) Nurafshon filiali faoliyati 2024/2025 oʻquv yili yakunlanganidan soʻng belgilangan tartibda tugatilsin.
2. Universitet va Raqamli texnologiyalar vazirligi:
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda 2025/2026 oʻquv yili boshlangunga qadar Universitetning Nurafshon filiali talabalari oʻqishini Universitetning tegishli kurslariga belgilangan tartibda koʻchirish ishlarini tashkil etsin;
Universitetning Nurafshon filiali tugatilishi munosabati bilan qonunchilikda belgilangan tartibda ushbu filialning xodimlari bilan bogʻliq mehnat munosabatlarini hal etish choralarini koʻrsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 7-maydagi 288-son
qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov hamda oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov zimmasiga yuklansin.