1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.00 Boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.04 Er uchastkasiga doimiy egalik qilish huquqi (shuningdek, 11.03.08.03ga qarang);
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.08.00 Yerga nisbatan mulk va boshqa huquqlar / 11.03.08.01 Yer uchastkasiga mulk huquqi (shuningdek, 03.08.03.00, 03.08.04.00 ga qarang)]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Er]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonunini amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonuni (keyingi oʻrinlarda — Qonun) ijrosi yuzasidan 2025-yilning 30-aprel holatiga 1 234 ta mahalla fuqarolar yigʻinidagi 247 mingdan ortiq koʻchmas mulk obyekti xatlovdan oʻtkazilgani, “Eʼtirof” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga (keyingi oʻrinlarda — avtomatlashtirilgan axborot tizimi) 99 mingga yaqin obyekt joylashtirilgani, 200 dan ortiq obyektga nisbatan huquqlar eʼtirof etilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi (keyingi oʻrinlarda — Kadastr agentligi):
bir oy muddatda reja-jadval asosida tumanlarda (shaharlarda) xatlov oʻtkazilishini yanada jadallashtirish maqsadida koʻchmas mulk obyektlarini joyiga chiqqan holda xatlovdan oʻtkazishga shartnoma asosida qoʻshimcha xodimlar jalb qilinishini taʼminlasin hamda doimiy ravishda ularning malakasini oshirib borsin;
Qonunning 12-moddasi beshinchi qismida belgilangan talabga muvofiq har bir yer uchastkasiga alohida yondashgan holda, yer uchastkasining bino va inshootlar mavjud boʻlmagan, ekin ekiladigan qismini dehqon xoʻjaligi yoki tomorqa xoʻjaligi yuritish uchun belgilanishini taʼminlasin;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Qonunning 5-moddasi talablariga muvofiq, tegishlicha ijara va mulk huquqini eʼtirof etish masalasi koʻrib chiqiladigan yer uchastkasining, binoning va inshootning elektron yigʻmajild hujjatlarini ushbu yer uchastkasi bino va inshootlar bilan band boʻlgan taqdirdagina avtomatlashtirilgan axborot tizimiga joylashtirsin. Bunda yer uchastkasining chegarasi koʻchmas mulk obyektiga kirish qismidan boshlab aniqlanadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.12.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchilik va ijro organlari / 01.12.05.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.01 Umumiy qoidalar]
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Qonun talablariga muvofiq huquqni eʼtirof etish masalasi koʻrib chiqiladigan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlar hokimliklar hamda tegishli vakolatli tashkilotlar tizim tashkilotlari tasarrufida (ixtiyorida) boʻlgan kanallar va boshqa suv xoʻjaligi inshootlari hamda shaharlar va boshqa aholi punktlarining koʻchalari, xoʻjalik avtomobil yoʻllarining tegishli mintaqa hamda muhofaza zonalari hududida joylashgani yoki joylashmagani haqidagi maʼlumotlarning avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritilib (biriktirilib) borilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Kadastr agentligi bir hafta muddatda ushbu band talablariga muvofiq vakolatli tashkilotlarga avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalanishga toʻliq imkoniyat yaratib bersin.
4. Soliq qoʻmitasi Qonunga muvofiq huquqni eʼtirof etish masalasi koʻrib chiqiladigan koʻchmas mulk obyektlari boʻyicha yer soligʻi va mol-mulk soligʻini hisoblashda hududiy soliq organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 88-moddasi talablariga qatʼiy rioya qilinishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bir hafta muddatda Qonunning 23-moddasiga muvofiq:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.03 Auksion va shartnomalar va boshqa bitimlarga asosan yerga boʻlgan huquqlarning paydo boʻlishi]
yakka tartibdagi uy-joylar qurish uchun ortiqcha egallangan yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqining 0,01 gektar maydon uchun oʻrtacha bozor qiymatini — elektron onlayn-auksion savdolarida mulk huquqi asosida realizatsiya qilingan yer uchastkalarining oʻrtacha narxidan kelib chiqqan holda;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.03 Auksion va shartnomalar va boshqa bitimlarga asosan yerga boʻlgan huquqlarning paydo boʻlishi]
noturar obyektlar qurish uchun ortiqcha egallangan yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqining 0,01 gektar maydon uchun oʻrtacha bozor qiymatini — tegishlicha elektron onlayn-auksion savdolarida tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish hamda kichik sanoat va yoshlar sanoat hamda tadbirkorlik zonalarida faoliyat koʻrsatish maqsadlarida realizatsiya qilingan yer uchastkalarining oʻrtacha narxidan kelib chiqqan holda;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
dehqon yoki tomorqa xoʻjaligi yuritish uchun rasmiylashtirib beriladigan ortiqcha egallangan yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqining 0,01 gektar maydon uchun oʻrtacha bozor qiymatini — dehqon xoʻjaligini yuritish uchun realizatsiya qilingan yer uchastkalarining oʻrtacha narxidan kelib chiqqan holda avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritsin hamda ushbu maʼlumotlarni belgilangan muddatlarda yangilab borsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
6. Kadastr agentligi Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda quyidagilardan kelib chiqib, avtomatlashtirilgan axborot tizimini takomillashtirsin:
vakolatli tashkilotlar maʼlumotlarining avtomatik ravishda shakllantirilishini yoʻlga qoʻyish;
kadastr organlari va vakolatli tashkilotlar tomonidan tizimga kiritilgan (biriktirilgan) maʼlumotlarda xato va kamchiliklar aniqlangan taqdirda, ularni qisqa muddatlarda bartaraf etish uchun hududiy adliya boshqarmalari tomonidan ushbu tashkilotlarga maʼlumotlarni qayta tahrirlashga yuborish funksiyasini yaratish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
avtomatlashtirilgan axborot tizimini Davlat aktivlarini boshqarish agentligining tegishli axborot tizimi bilan integratsiya qilish orqali auksion savdolariga chiqarilgan yer uchastkalari boʻyicha maʼlumotlarni avtomatik tarzda shakllantirish imkoniyatini yaratish.
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.03.00 Prokuror nazorati]
7. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga Qonun ijrosini taʼminlashda aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan prokuror nazorati hujjatlarini qoʻllashni yoʻlga qoʻyish tavsiya etilsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
8. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Ichki ishlar vazirligi kadastr organlari tomonidan xatlovdan oʻtkazishni jadallashtirish maqsadida bino va inshootlarga kirish imkoni mavjud boʻlmagan obyektlarda oʻlchov ishlarini toʻsqinliksiz amalga oshirishda mahalla raislari va profilaktika inspektorlarini jalb qilish choralarini koʻrsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.12.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchilik va ijro organlari / 01.12.05.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang)]
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.08.00 Yerga nisbatan mulk va boshqa huquqlar / 11.03.08.06 Yer uchastkalarining ijara huquqi]
tuman (shahar) hokimliklari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini hamda unda qurilgan bino va inshootga boʻlgan mulk huquqini eʼtirof etish toʻgʻrisidagi qarorlari qabul qilinganidan soʻng uch kun muddatdan kechiktirmasdan yer uchastkasining ijara shartnomasi tuzilishini taʼminlasin;
hududlarda Qonun ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar natijasi boʻyicha har oyda kamida bir marotaba yigʻilishlarda tanqidiy muhokama qilib borilishini yoʻlga qoʻysin;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.06.00 Vazirlar Mahkamasining komissiyalari va boshqa organlari. Zaxira jamgʻarmasi]
Qonun tatbiq etiladigan koʻchmas mulk obyektlari sugʻoriladigan yerlarda joylashgan taqdirda, ushbu yer uchastkalarining yer fondi toifasini oʻzgartirish boʻyicha takliflarni belgilangan tartibda Hukumat komissiyasiga kiritib borsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
yakka tartibdagi uy-joylar qurish uchun ortiqcha egallangan yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini eʼtirof etishda qatʼiy belgilangan miqdorda bir martalik toʻlov undirish;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.01 Umumiy qoidalar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
kanallar va boshqa suv xoʻjaligi inshootlari hamda shaharlar va boshqa aholi punktlarining koʻchalari, xoʻjalik avtomobil yoʻllarining tegishli mintaqa va muhofaza zonalari hududida joylashgani yoki joylashmagani haqidagi maʼlumotlarni avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritishga (biriktirishga) masʼul boʻlgan vakolatli organni belgilash;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
binolar va inshootlar, shu jumladan, yakka tartibdagi uy-joylar xususiylashtirilgani yoki xususiylashtirilmagani toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritishga (biriktirishga) mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarini ham masʼul etib belgilash;
ijara huquqi eʼtirof etilgan yer uchastkalari uchun yer ijarasi shartnomasini oferta shaklida tuzish, belgilangan tartibda eʼlon qilish hamda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bir martalik toʻlovni amalga oshirish jarayonida ofertaga rozilik berish;
oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari hamda boshqa obyektlarning mintaqa va muhofaza zonalari hududida joylashgan taqdirda, ushbu yer uchastkasining mintaqa va muhofaza zonalari hududiga tushgan qismi chegirib tashlangan holda qolgan qismiga nisbatan ijara huquqini eʼtirof etish;
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish muddatlarini Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksida belgilangan muddatlar bilan muvofiqlashtirish;
ushbu Qonun bilan kiritiladigan ayrim oʻzgartirish va qoʻshimchalarni 2024-yil 8-noyabr kunidan amalga kiritilgan deb hisoblash.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
11. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
12. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari A.J. Ramatov va J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 27-may,
330-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-maydagi 330-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Vazirlar Mahkamasining “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qarorida:
a) 1-ilovaning 16-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Kadastr pasporti obyektning murakkabligiga qarab, quyidagi muddatlarda tayyorlanadi:
a) koʻchmas mulk obyektlarining turar joyga oid qismi boʻyicha:
koʻp kvartirali uydagi kvartira uchun — 5 ish kunigacha;
yakka tartibdagi turar joy uchun — 8 ish kunigacha;
b) koʻchmas mulk obyektlarining noturar joyga oid qismi hamda yaxlit koʻp kvartirali uylar boʻyicha:
umumiy maydoni 100 kv. metrgacha boʻlganda — 8 ish kunigacha;
umumiy maydoni 100 kv. metrdan 1 000 kv. metrgacha boʻlganda — 10 ish kunigacha;
umumiy maydoni 1 000 kv. metrdan 5 000 kv. metrgacha boʻlganda — 15 ish kunigacha;
umumiy maydoni 5 000 kv. metrdan 15 000 kv. metrgacha boʻlganda — 20 ish kunigacha;
umumiy maydoni 15 000 kv. metrdan 50 000 kv. metrgacha boʻlganda — 26 ish kunigacha;
umumiy maydoni 50 000 kv. metrdan ortiq boʻlganda — 35 ish kunigacha;
ajratilgan yer uchastkalari boʻyicha — 5 ish kunigacha;
v) koʻp yillik dov-daraxtlar joylashgan yer uchastkasi boʻyicha:
umumiy maydoni 1 gektargacha — 15 ish kunigacha;
umumiy maydoni 1 gektardan 5 gektargacha — 20 ish kunigacha;
umumiy maydoni 5 gektardan 10 gektargacha — 26 ish kunigacha;
umumiy maydoni 10 gektardan 100 gektargacha — 35 ish kunigacha;
umumiy maydoni 100 gektardan ortiq — 40 ish kunigacha”;
b) 3-ilovaning 19-bandi birinchi xatboshidagi “oʻn” soʻzi “oʻn besh” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 4-ilovaning 20-bandi birinchi xatboshidagi “oʻn” soʻzi “oʻn besh” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 389-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻchmas mulk obyektlariga kadastr yigʻmajildini tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
“8. Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiallari tomonidan kadastr yigʻmajildini tayyorlash va uning natijasi boʻyicha kadastr pasportini taqdim etish kadastr obyektining murakkabligiga qarab quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:
a) koʻchmas mulk obyektlarining turar joyga oid qismi boʻyicha:
koʻp kvartirali uydagi kvartira — 5 ish kunigacha;
yakka tartibdagi turar joy — 8 ish kunigacha;
b) koʻchmas mulk obyektlarining noturar joyga oid qismi hamda yaxlit koʻp kvartirali uylar boʻyicha:
umumiy maydoni 100 kv. metrgacha boʻlgan koʻchmas mulk — 8 ish kunigacha;
umumiy maydoni 100 kv. metrdan 1 000 kv. metrgacha boʻlgan koʻchmas mulk — 10 ish kunigacha;
umumiy maydoni 1 000 kv. metrdan 5 000 kv. metrgacha boʻlgan koʻchmas mulk — 15 ish kunigacha;
umumiy maydoni 5 000 kv. metrdan 15 000 kv. metrgacha boʻlgan koʻchmas mulk — 20 ish kunigacha;
umumiy maydoni 15 000 kv. metrdan 50 000 kv. metrgacha boʻlgan koʻchmas mulk — 26 ish kunigacha;
umumiy maydoni 50 000 kv. metrdan ortiq boʻlgan koʻchmas mulk — 35 ish kunigacha;
ajratilgan yer uchastkalari boʻyicha — 5 ish kunigacha;
kadastr (yigʻmajildi) pasporti yoʻqolganda (yaroqsiz holga kelganda), yangi kadastr pasporti 3 ish kuni mobaynida beriladi.
v) koʻp yillik dov-daraxtlar joylashgan yer uchastkasi boʻyicha:
umumiy maydoni 1 gektargacha — 15 ish kunigacha;
umumiy maydoni 1 gektardan 5 gektargacha — 20 ish kunigacha;
umumiy maydoni 5 gektardan 10 gektargacha — 26 ish kunigacha;
umumiy maydoni 10 gektardan 100 gektargacha — 35 ish kunigacha;
umumiy maydoni 100 gektardan ortiq — 40 ish kunigacha”;
b) 14-band quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Ortiqcha egallab olingan yer uchastkasining maydoni huquqni belgilovchi hujjatlarda koʻrsatilgan maydondan 2 foizgacha ortiq va ushbu farq 30 kvadrat metrdan oshmagan holatlarda yer uchastkasining ushbu qismi oʻzboshimchalik bilan egallangan deb hisoblanmaydi va soliq organlariga oʻzboshimcha egallangan yer sifatida yuborilmaydi”.
3. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslariga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara va meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalarini xususiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishga doir maʼmuriy reglamentning 14-bandi birinchi xatboshidagi “besh” soʻzi “yetti” soʻzi bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.05.2025-y., 09/25/330/0473-son)