toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.03.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
“Referent narx shakllantirish tizimi doirasida dori vositalari narxlarini qayd etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 12-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3242-1]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2025-yil 10-dekabrdagi 23-sonli “Referent narx shakllantirish tizimi doirasida retsept bilan beriladigan dori vositalari narxlarini qayd etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3735, 25.12.2025-y.) asosan 2026-yil 28-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-yanvardagi PF-13-son “Farmatsevtika tarmogʻini jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4554-son “Oʻzbekiston Respublikasi farmatsevtika tarmogʻida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi va 2024-yil 29-noyabrdagi PQ-408-son “Tibbiyot muassasalarini farmatsevtika mahsulotlari va tibbiy jihozlar bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2020-yil 24-martdagi 115-son “Referent narx shakllantirish tizimi doirasida dori vositalari narxlarini qayd etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3242, 2020-yil 10-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2020-y., 10/20/3242/0752-son) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. XUDAYAROV
Toshkent sh.,
2025-yil 14-aprel,
3-son
Kelishildi:
Iqtisodiyot va moliya vaziri D. KUCHKAROV
2025-yil 11-aprel
Soliq qoʻmitasi raisi Sh. KUDBIYEV
2025-yil 28-mart
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2025-yil 24-mart
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil oʻrinbosari J. URUNOV
2025-yil 21-mart
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmita raisi H. TURAXUJAYEV
2025-yil 17-mart
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2025-yil 14-apreldagi 3-son buyrugʻiga
ILOVA
“Referent narx shakllantirish tizimi doirasida dori vositalari narxlarini qayd etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
buyruqning nomidagi “dori vositalari” degan soʻzlar “retsept bilan beriladigan dori vositalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
1-banddagi “dori vositalari” degan soʻzlar “retsept bilan beriladigan dori vositalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
1) nizomning nomidagi “dori vositalari” degan soʻzlar “retsept bilan beriladigan dori vositalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) nizomning muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom referent narx shakllantirish tizimi doirasida retsept bilan beriladigan mahalliy va import dori vositalari narxlarini qayd etish tartibini belgilaydi.”;
birinchi xatboshidagi “dori vositalariga” degan soʻzlar “retsept bilan beriladigan dori vositalariga” degan soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “cheklangan narxlar qayd etilgunga qadar sertifikatlashtirilgan” degan soʻzlar “retseptsiz beriladigan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “dori vositalarining” degan soʻzlar “retsept bilan beriladigan dori vositalarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “dori vositalarining” degan soʻzlar “retsept bilan beriladigan dori vositalarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshidagi “Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligining Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” degan soʻzlar “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“retsept bilan beriladigan dori vositalari — isteʼmolchilarga qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq shakldagi retsept taqdim etilgandan keyingina realizatsiya qilinadigan dori vositalari;”;
toʻqqizinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar tegishli ravishda oʻninchi — oʻn beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
oʻninchi xatboshidagi “dori vositalarining” degan soʻzlar “retsept bilan beriladigan dori vositalarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 3-band “oʻz rasmiy veb-saytida” degan soʻzlardan soʻng “hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
6) quyidagi mazmundagi 41-band bilan toʻldirilsin:
“41. Bir ishlab chiqaruvchi tomonidan turli savdo nomlari ostida tarkibi bir xil boʻlgan dori vositalarining barchasiga nisbatan eng past referent narx qoʻllanadi (dori moddalari (substansiya) ishlab chiqaruvchilarida farq boʻlgan hollar bundan mustasno).”;
7) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Ariza beruvchi (mahalliy dori vositalari uchun) axborot tizimi orqali ishchi organiga dori shakli, qadoqdagi soni, dozasi, konsentratsiyasi, hajmi va qadoqlanishini hisobga olgan holda retsept bilan beriladigan dori vositalarining har bir savdo nomi uchun Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida belgilangan cheklangan narxlarni (QQSni qoʻshmagan holda) axborot tizimiga kiritadi.
Arizaga retsept bilan beriladigan dori vositasining sotish qiymatini shakllantirish boʻyicha ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq hisob-kitob va boshqa narxni shakllantirishga oid hujjatlar ilova qilinadi.
Bunda, kiritilgan cheklangan narxlarning toʻgʻri shakllanganligi yuzasidan javobgarlik ariza beruvchi zimmasiga yuklatiladi.”;
birinchi xatboshidagi “dori vositalarining” degan soʻzlar “retsept bilan beriladigan dori vositalarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “ilovasida” degan soʻz “2-ilovasida” degan soʻz bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi beshinchi – oltinchi xatboshlar bilan toʻldirilsin:
“Bunda, ariza beruvchi tomonidan axborot tizimiga narx QQS summasi qoʻshilmagan holda kiritiladi.
Ikki va undan ortiq referent mamlakatlarda narxlar mavjud boʻlmagan hollarda ishlab chiqaruvchi mamlakatning eksport bojxona yuk deklaratsiyasi taqdim etiladi. Agar eksport bojxona yuk deklaratsiyasida tovarning qiymati koʻrsatilmagan boʻlsa yoki ishlab chiqaruvchi mamlakatning qonunchilik hujjatlarida tovarni olib chiqishda bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirish nazarda tutilmagan boʻlsa, u holda eksport bojxona yuk deklaratsiyasi oʻrniga tovarni olib chiqishda ishlab chiqaruvchi mamlakatda rasmiylashtirilgan hamda eksportyor va importyorning nomi, Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirilayotgan tovarning qiymati va miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan iborat boʻlgan oʻrnini bosuvchi boshqa hujjat (ishlab chiqaruvchi va distribyuterlar oʻrtasida tuzilgan kelishuv shartnomasi) taqdim etilishi mumkin.”;
beshinchi xatboshi tegishli ravishda yettinchi xatboshi deb hisoblansin;
yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
9) quyidagi mazmundagi 81-band bilan toʻldirilsin:
“81. Ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjudligi aniqlangan taqdirda cheklangan narxni qayd etish va qayta qayd etish rad etiladi.”;
birinchi xatboshidagi “import dori vositalari” degan soʻzlar “retsept bilan beriladigan import dori vositalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“referent mamlakatlardagi narxlarning umumlashtirilgan oʻrtacha miqdori;”;
ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
uchinchi xatboshidagi “import qilingan dori vositalarini” degan soʻzlar “retsept bilan beriladigan import qilingan dori vositalarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“retsept bilan beriladigan dori vositalarini ishlab chiqaruvchi mamlakatdagi distribyuter uchun ushbu mamlakat valyutasida belgilangan narxga mahsulot narxining 15 foizdan koʻp boʻlmagan sugʻurta va transportda tashish xarajatlari qoʻshilgan miqdori.”;
beshinchi xatboshidagi “Axborot tizimi mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha hisoblangan oʻrtacha miqdorlardan” degan soʻzlar “Axborot tizimi mazkur bandning ikkinchi-toʻrtinchi xatboshilarida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha hisoblangan miqdorlardan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
11) Quyidagi mazmundagi 161-band bilan toʻldirilsin:
“161. Tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reyestriga kiritilgan retsept bilan beriladigan dori vositalarining referent narxlari vakolatli organ tomonidan ariza beruvchining tegishli ariza taqdim etishidan qatʼi nazar qayd etiladi.
Bunda, dori vositalarining cheklangan narxlarini qayd etish mazkur Nizomning 9-bandi ikkinchi xatboshisiga asosan amalga oshiriladi.
Agar ushbu dori vositasi referent mamlakatlarda mavjud boʻlmagan taqdirda uning cheklangan narxi tarkibi va qadoqlanishi bir xil boʻlgan boshqa nomdagi dori vositasiga qayd etilgan eng past narxdan kelib chiqib belgilanadi.”;
birinchi xatboshidagi “dori vositalarini” degan soʻzlar “retsept bilan beriladigan dori vositalarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshi “bojxona toʻlovlari” degan soʻzlardan keyin “(QQSdan tashqari)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
yettinchi xatboshidagi “1 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda” degan soʻzlar “2 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Cheklangan narxlar reyestrida chet el valyutasidagi narxlar butun sondan soʻng yuzdan bir qismgacha, milliy valyutadagi narxlar butun songacha yaxlitlangan holda aks ettiriladi.”;
13) 19-band quyidagi mazmundagi ikkinchi — beshinchi xatboshlar bilan toʻldirilsin:
“Cheklangan narxlar reyestrida cheklangan ulgurji va chakana narxlar QQS summasi qoʻshilgan holda aks ettiriladi.
Ishchi organ tomonidan cheklangan narxlar reyestrida koʻrsatilgan retsept bilan beriladigan import dori vositalarining cheklangan narxlari har yili 1-yanvar va 1-iyul sanalarida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan valyutalarning rasmiy ayirboshlash kursi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasiga avtomatik tarzda indeksatsiya qilinadi.
Bunda, avtomatik tarzda indeksatsiya qilish faqat xorijiy valyutaning milliy valyutadagi qiymatiga nisbatan oʻsishi natijasida oxirgi qayd etilgan cheklangan narxi kamida 3 foizga oshadigan dori vositalariga nisbatan tadbiq etiladi.
Agar xorijiy valyutaning milliy valyutadagi qiymatiga nisbatan oʻsishi natijasida oxirgi qayd etilgan cheklangan narx 5 foizdan oshgan hollarda avtomatik indeksatsiya belgilangan muddatdan qatʼiy nazar amalga oshiriladi.”;
14) 20-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“20. Ariza beruvchi vakolatli organ tomonidan cheklangan narxlar qayd etilgan sanadan eʼtiboran kamida olti oy oʻtgandan soʻng ishchi organga cheklangan narxlarni qayta qayd etish uchun ariza topshirishga haqli.
Bunda, ariza beruvchi tomonidan arizada narxlar oʻsishining aniq sabablarini koʻrsatgan holda tasdiqlovchi hujjatlarni arizaga ilova qiladi.
Cheklangan narxlarni olti oydan kam boʻlgan muddatda qayta qayd etish uchun faqat dori vositalari ishlab chiqariladigan mamlakatda yengib boʻlmaydigan kuch (fors-major) holatlarining yuz berishi asos boʻlishi mumkin.”;
15) quyidagi mazmundagi 211-band bilan toʻldirilsin:
“211. Vakolatli organ tomonidan import maʼlumotlari va boshqa ochiq manbalar orqali oʻrganish natijasida retsept bilan beriladigan dori vositalarining narxlari qayd etilgan narxlarga nisbatan 20 va undan yuqori foizga pasayganligi aniqlansa, vakolatli organ axborot tizimi yoki elektron pochta manzili orqali ariza beruvchiga koʻrsatilgan dori vositalariga cheklangan narxlarni qayta qayd etish lozimligi toʻgʻrisida xabar beradi.
Bunda, ariza beruvchi oʻn ish kuni ichida ushbu dori vositasiga cheklangan narxlarni qayta qayd etish toʻgʻrisida ishchi organga ariza bilan murojaat qilishi lozim.
Ariza beruvchi tomonidan mazkur muddat ichida cheklangan narxni qayta qayd etish toʻgʻrisida ariza taqdim etilmasa, vakolatli organ tomonidan retsept bilan beriladigan dori vositasining pasaytirilgan narxi cheklangan narxlar reyestrida qayd etiladi va eʼlon qilinadi.”;
16) mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 1-ilovasiga muvofiq tahrirdagi 1-ilova bilan toʻldirilsin;
17) ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 2-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Referent narx shakllantirish tizimi doirasida dori vositalari narxlarini qayd etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
1-ILOVA
“Referent narx shakllantirish tizimi doirasida retsept bilan beriladigan dori vositalari narxlarini qayd etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Mahalliy ishlab chiqaruvchining retsept bilan beriladigan dori vositasini sotish qiymatini shakllantirish boʻyicha hisob-kitob shakli

T/r

Koʻrsatkichlar nomi

Dori vositasining bir qadogʻi uchun toʻgʻri keladigan qiymat

(soʻmda)

I

Dori vositasining tannarxi, shu jumladan:

1.1

Asosiy xom ashyo

1.2

Yordamchi moddalar

1.3

Qadoqlash materiallari

1.4

Ishlab chiqarish xususiyatiga ega boʻlgan mehnatga haq toʻlash xarajatlari

1.5

Ishlab chiqarishga tegishli boʻlgan ijtimoiy sugʻurtaga ajratmalar

1.6

Kommunal toʻlovlar

1.7

Boshqalar

II

Boshqa xarajatlar, shu jumladan:

2.1

Maʼmuriy xarajatlar

2.2

Sotish xarajatlari

2.2.1

shu jumladan, marketingga, reklamaga sarflangan xarajatlar

2.3

Boshqa operatsiya xarajatlari

2.4

Moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlar

III

Jami xarajatlar (I + II satrlar)

Sof foyda (%)

Dori vositasining sotish qiymati, QQSsiz

Dori vositasining sotish qiymati, QQS bilan


 

Rahbar Bosh hisobchi __________________________ reja-iqtisod boʻlimi boshligʻi (yoki rejalashtirish funksiyasini amalga oshiruvchi boshqa shaxs)”.

 

Referent narx shakllantirish tizimi doirasida dori vositalari narxlarini qayd etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
2-ILOVA
“Referent narx shakllantirish tizimi doirasida retsept bilan beriladigan dori vositalari narxlarini qayd etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Aholi jon boshiga nisbatan daromadlar darajasi yuqori, oʻrtachadan yuqoriroq va oʻrtachadan pastroq boʻlgan davlatlar guruhiga kiruvchi referent mamlakatlar
ROʻYXATI
1. Vengriya Respublikasi
2. Rossiya Federatsiyasi
3. Ukraina Respublikasi
4. Polsha Respublikasi
5. Turkiya Respublikasi
6. Ruminiya Respublikasi
7. Qozogʻiston Respublikasi
8. Bolgariya Respublikasi
9. Belarus Respublikasi
10. Misr Arab Respublikasi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 10/25/3242-1/0431-son)