toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi farmatsevtika tarmogʻida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Soʻnggi yillarda dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar (keyingi oʻrinlarda — farmatsevtika mahsulotlari) muomalasi tizimini yaxshilash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi, mahalliy farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi.
Shu bilan birga, mahalliy farmatsevtika tarmogʻi aholi va davolash-profilaktika muassasalarining farmatsevtika mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojlarini yetarli darajada qanoatlantirmayapti.
Xususan, farmatsevtika tarmogʻi ishlab chiqarilayotgan mahsulot turi boʻyicha iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarning shunday tarmogʻidan orqada qolmoqda. Chunonchi, ichki bozorda mahalliy dori vositalarining ulushi qiymatda ifodalaganda 27 foizni va tovar hajmi boʻyicha ifodalaganda 45 foizni tashkil qiladi.
Rivojlangan mamlakatlarda muvaffaqiyatli qoʻllanilayotgan narxni shakllantirishning shaffof va samarali mexanizmlari mavjud emasligi ham dori vositalari narxlari chegaradosh mamlakatlarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasida asossiz oʻsishiga olib kelyapti.
Aholini sifatli, samarali va xavfsiz farmatsevtika mahsulotlari bilan taʼminlashni yanada yaxshilash, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish hajmlarini, ilmiy-texnik va eksport salohiyatini oshirish, shuningdek, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida:
1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
a) 2025-yil 1-apreldan boshlab retsept bilan beriladigan mahalliy va xorijiy dori vositalariga nisbatan referent narx shakllantirish tizimi joriy etiladi va unda quyidagilar koʻzda tutiladi:
(1-band “a” kichik bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-yanvardagi PF-13-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2025-y., 06/25/13/0080-son)
aholi jon boshiga nisbatan daromadlar darajasi yuqori, oʻrtachadan yuqoriroq va oʻrtachadan pastroq boʻlgan davlatlar guruhiga kiruvchi kamida 10 ta referent mamlakatlarni tanlash;
dori shakli, qadoqdagi soni, dozasi, konsentratsiyasi, hajmi va qadoqlanishini hisobga olgan holda ayni bir ishlab chiqaruvchining xuddi shunday faol moddaga ega dori vositasining ishlab chiqaruvchi mamlakatda, referent mamlakatlarda va Oʻzbekiston Respublikasida sotish narxlarini roʻyxatdan oʻtish guvohnomasi egasi yoki uning ishonchli vakili tomonidan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga taqdim etilishi;
dori shakli, qadoqdagi soni, dozasi, konsentratsiyasi, hajmi va qadoqlanishini hisobga olgan holda dori vositasining har bir savdo nomi uchun belgilangan eng yuqori narxini qayd etish. Bunda dori vositasini ushbu qiymatdan yuqori narxlarda Oʻzbekiston Respublikasiga yetkazib berish (import dori vositalari uchun) va mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan sotilishi (mahalliy dori vositalari uchun) mumkin emas;
Oldingi tahrirga qarang.
Tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reyestriga kiritilgan dori vositalarining referent narxlarini Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi tomonidan ariza beruvchining tegishli ariza taqdim etishidan qatʼi nazar qayd etish.
(1-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-oktabrdagi PQ-411-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 07/22/411/0961-son)
b) Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) quyidagilar uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ hisoblanadi:
dori vositasining savdo nomiga referent narx shakllantirish tizimini, shu jumladan isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish organlari va tashkilotlarini hamda jamoatchilikni jalb qilgan holda monitoring va tahlil qilish;
dori vositasining har bir savdo nomi narxlarining undan yuqori narxda Oʻzbekiston Respublikasiga yetkazib berilishi (import dori vositalari uchun) va mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan sotilishiga (mahalliy dori vositalari uchun) yoʻl qoʻyilmaydigan eng yuqori chegarasini qayd etish;
Internet tarmogʻidagi oʻz rasmiy veb-saytida farmatsevtika faoliyati bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar, roʻyxatdan oʻtgan va sertifikatlangan farmatsevtika mahsulotlari, shuningdek, dori vositasining savdo nomi uchun cheklangan narxlar va belgilangan cheklangan savdo ustamalarini hisobga olgan holda ulgurji va chakana cheklangan narxlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aks ettirilgan avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish va yuritish;
v) 2020-yil 1-iyuldan boshlab, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar respublikaning barcha tibbiyot tashkilotlarida majburiy tartibda dori vositalarining xalqaro patentlanmagan nomi boʻyicha retsept yozilishi joriy qilinadi.
Davlat bojxona qoʻmitasi har oyning 5-sanasiga qadar Agentlik oʻz veb-saytida har oy eʼlon qilib borishi uchun import qilinadigan farmatsevtika mahsulotlari toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlarni (import qiluvchi, tovar nomi, hajmi, narxi va boshqalar) Agentlikka taqdim etilishini taʼminlasin.
2. Quyidagilar:
a) 2020 — 2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin, unda quyidagilar koʻzda tutilsin:
ilgʻor ilmiy tajriba va zamonaviy texnologiyalarni qoʻllagan holda ishlab chiqariladigan farmatsevtika mahsulotlarining turlarini kengaytirish, shuningdek, innovatsion farmatsevtika mahsulotlarini yaratish va ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish, zamonaviy obyektlarni ishga tushirish hamda mavjud obyektlarning moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish va mustahkamlash orqali farmatsevtika sanoatini rivojlantirish;
tashkilotlar va korxonalarning farmatsevtika mahsulotlarini yaratish va ishlab chiqarish boʻyicha xalqaro talablar bilan uygʻunlashtirilgan standartlar meʼyorlariga muvofiqligini taʼminlash orqali mahalliy farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish;
farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha zamonaviy raqobatbardosh ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun, shu jumladan xorijiy farmatsevtika korxonalarining investitsiyalari va ilgʻor texnologiyalarini jalb etish;
keyinchalik dori vositalari ishlab chiqarish uchun dorivor oʻsimliklar xomashyosi asosida substansiyalar ishlab chiqarishni tashkil etish va mahalliylashtirish;
faoliyat koʻrsatayotgan ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalash, koʻpaytirish va yangi turdagi dori vositalarini oʻzlashtirish hisobiga, shuningdek, investitsiyalarni jalb qilish orqali farmatsevtika mahsulotlari importini qisqartirish;
mahalliy korxonalarda “Zarur ishlab chiqarish amaliyoti” (GMP), “Zarur farmnazorat amaliyoti” (GVP), shuningdek, distribyutorlik faoliyatida sifat va xavfsizlik tizimini boshqarish (GDP), klinik oldi (GLP) va klinik tadqiqotlarni oʻtkazishni (GCP) tartibga solishga qaratilgan amaliyotlarni bosqichma bosqich joriy etish;
narxlarni shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish, farmatsevtika mahsulotlarini markirovkalash va kuzatish tizimlarini joriy etish;
zamonaviy xalqaro talablarga muvofiq farmatsevtika mahsulotlarini yaratish, ishlab chiqarish va sifatini nazorat qilish sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish orqali milliy regulator organ salohiyatini mustahkamlash;
ilgʻor xorijiy tajriba asosida respublikaning farmatsevtika tarmogʻi uchun, shu jumladan dori preparatlarining biotexnologiyasi, dori moddalarining kimyoviy texnologiyasi, tayyor dori vositalari va fitopreparatlar texnologiyasi, farmatsiya iqtisodiyoti va uni boshqarish, farmatsevtik kimyo va mikrobiologiya kabi muhim sohalarda kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni taʼminlash;
taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarishni chuqur integratsiyalash orqali ishlab chiqarish, sertifikatlash va standartlashtirish, farmatsevtika mahsulotlarining klinik oldi va klinik tadqiqotlari boʻyicha yangi texnologiyalarni ishlab chiqish va moslashtirishga qaratilgan fundamental, ilmiy-amaliy va innovatsion tadqiqotlar samaradorligini tubdan oshirish;
original dori vositalarini, shuningdek, talab yuqori boʻlgan original dori vositalari negizida generik dori preparatlarini (generiklarni) ishlab chiqishga moʻljallangan zamonaviy oʻquv laboratoriya va ilmiy-tadqiqot markazlarini tashkil etish;
b) 2020 — 2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish konsepsiyasini 2020-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari dasturi (keyingi oʻrinlarda — Chora-tadbirlar dasturi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilab qoʻyilsinki, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlari Chora-tadbirlar dasturida koʻzda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan shaxsan javobgar hisoblanadilar.
3. Konsepsiya va Chora-tadbirlar dasturida koʻzda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi qoshidagi Farmatsevtika tarmogʻini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari;
jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablagʻlari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining 2020-yil 1-iyuldan boshlab “farmatsevtika mahsulotlarining sirli xaridori” institutini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilansinki, “farmatsevtika mahsulotlarining sirli xaridori” institutini joriy etish doirasida tadbirlarni tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi tomonidan Agentlik bilan birgalikda amalga oshiradi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
5. Quyidagilar “farmatsevtika mahsulotlarining sirli xaridori” institutining asosiy vazifalari etib belgilansin:
mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, tibbiyot tashkilotlari va dorixonalar tomonidan retseptlarni yozish va dori vositalarining savdo nomi uchun cheklangan narxlarni shakllantirish jarayonini tartibga soluvchi qonunchilik talablariga rioya etilishini monitoring qilish va baholash;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2020-yil 24-martdagi 115-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Referent narx shakllantirish tizimi doirasida dori vositalari narxlarini qayd etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
tibbiyot tashkilotlari va dorixonalarga tashrif buyurish, telefon qoʻngʻiroqlari, elektron pochta yoki mobil ilovalar orqali murojaat qilish, shuningdek, boshqa masofaviy usullar orqali maʼlumot toʻplash va monitoring olib borish;
maʼlumot toʻplash va monitoring qilishga tegishli vakolatli organlar xodimlarini ham, fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa shaxslarni (“sirli xaridorlar”) ham jalb etish;
tibbiyot tashkilotlari va dorixonalar rahbarlari va (yoki) xodimlarini huquqbuzarliklar sodir etish hamda vakolatlarini suiisteʼmol qilishga undovchi usullardan foydalanishini taqiqlash;
qonunchilik talablarini birinchi marta buzgan tibbiyot tashkilotlari va dorixonalar, shuningdek, ularning rahbarlari va (yoki) xodimlariga qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlik choralarini qoʻllamasdan, tushuntirish ishlarini olib borish, har tomonlama yordam koʻrsatish;
“farmatsevtika mahsulotlarining sirli xaridori” institutini joriy etish doirasida oʻtkazilgan monitoring natijalari asosida qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish.
6. Agentlik:
a) 2020-yil 1-martga qadar referent narx shakllantirish tizimi doirasida dori vositalari narxlarini qayd etish tartibini va referent mamlakatlar roʻyxatini tasdiqlasin;
b) 2020-yil 1-iyulga qadar Asosiy dori vositalari roʻyxatiga kiritilgan dori vositalarining har bir savdo nomi uchun cheklangan narxlar qayd etilishini taʼminlasin;
v) 2020-yil 31-dekabrga qadar:
dori vositalari davlat reyestriga kiritilgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida tibbiyot amaliyotida foydalanish uchun ruxsat etilgan barcha dori vositalarining har bir savdo nomi uchun cheklangan narxlar qayd etilishini;
farmatsevtika faoliyati bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar, roʻyxatdan oʻtgan va sertifikatlangan dori vositalari, shuningdek, dori vositasining savdo nomi uchun qayd etilgan cheklangan narxlar hamda belgilangan cheklangan savdo ustamalarini hisobga olgan holda cheklangan ulgurji va chakana narxlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan avtomatlashtirilgan axborot tizimi toʻlaqonli ishlashini taʼminlasin;
g) quyidagilarni:
vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar tomonidan Konsepsiya va Chora-tadbirlar dasturining bajarilishi ustidan doimiy monitoring olib borishni, shuningdek, har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ushbu qarorning bajarilishi toʻgʻrisida batafsil maʼlumot kiritib borilishini;
har yili 1-dekabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga 2020 — 2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha kelgusi yilga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturi loyihasining kiritilishini taʼminlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
a) 2020-yil 1-iyulga qadar:
Dori vositalarining xalqaro patentlanmagan nomlanishi boʻyicha retseptlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin. Bunda mulkchilik shaklidan va idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, ushbu talabni buzgan tibbiyot tashkilotlari xodimlariga nisbatan qoʻllaniladigan javobgarlik choralari nazarda tutilsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi bilan birgalikda “farmatsevtika mahsulotlarining sirli xaridori” institutini joriy etish doirasidagi tadbirlarni tashkil etish tartibini;
b) 2020-yil 1-iyulga qadar belgilangan tartibda Tibbiy maqsadlarda foydalaniladigan dori vositalarining oʻzaro almashinuvi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
a) Konsepsiya va Chora-tadbirlar dasturini amalga oshirishda masʼul vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning samarali hamkorligini, ularning amalga oshirilishini monitoring qilish mobaynida aniqlangan kamchiliklar oʻz vaqtida bartaraf etilishini;
b) har yili 31-dekabrga qadar 2020 — 2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha kelgusi yilga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanishini taʼminlasin;
v) 2020-yil 1-mayga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni loyihasini kiritsin:
dori vositalariga retseptlar yozish boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan talablarni buzganlik, shu jumladan kuchli taʼsir qiluvchi moddalar va prekursorlar roʻyxatiga kiritilgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, dori vositalarini olish huquqini beruvchi retseptlarni yoki boshqa hujjatlarni soxtalashtirganlik uchun tibbiyot xodimlari va boshqa shaxslarga nisbatan maʼmuriy va jinoiy javobgarlikni joriy etish;
tibbiyot xodimlari tomonidan muayyan dori vositalarini tayinlash va berish uchun farmatsevtika tashkilotlari va dorixonalardan moliyaviy mukofotlar yoxud moddiy yoki nomoddiy koʻrinishdagi har qanday boshqa ragʻbatlar olishiga taqiq qoʻyish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
10. Sogʻliqni saqlash vazirligi Agentlik va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 30-dekabr,
PQ-4554-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4554-son qaroriga
1-ILOVA
2020 — 2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish
KONSEPSIYASI
2020 — 2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) aholi kasalliklarining oldini olishni, farmakoterapiyaning samaradorligi va yuqori sifat darajasini taʼminlaydigan, pirovardida inson hayotining davomiyligi va sifatini oshirishga yordam beradigan farmatsevtika sektorining barqaror faoliyatini tashkil etishga qaratilgan.
Farmatsevtika tarmogʻini isloh qilish mamlakatda dori-darmon xavfsizligini taʼminlash, farmatsevtika sektorini modernizatsiyalash, chuqur ilm talab qiladigan va yuqori texnologiyali yangi ishlab chiqarishlarni yaratish, farmatsevtika mahsulotlari va xizmatlarining eksportini oʻstirish, ilgʻor ilmiy va texnologik ishlanmalarni ragʻbatlantirish va tashqi bozorlarga boʻlgan qaramlikni minimallashtirish borasida koʻmaklashishga qaratilgan.
1-bob. Farmatsevtika tarmogʻining joriy holati tahlili
Soʻnggi besh yil ichida mahalliy farmatsevtika bozori yangi turdagi mahsulotlarni oʻzlashtirish va ishlab chiqarish hajmlarining ortishida oʻsish surʼatlarini koʻrsatdi.
Chunonchi, 2014-yilda 520 milliard soʻmdan ortiq farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarilgan boʻlsa, 2018-yilda 1,5 trillion soʻmdan ortiq miqdorda mahsulot ishlab chiqarildi yoki oʻsish oʻrtacha 3 baravarni tashkil etdi.
Ushbu davrda ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi oʻrtacha 4-marta oʻsib, tayyor dori vositalari 360 million shartli birlikdan ortiq, tibbiy buyumlar 490 million shartli birlikdan ortiqni tashkil qildi.
Bugungi kunda Oʻzbekistonda farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi 191 ta mahalliy korxonalar faoliyat yuritmoqda. Ulardan 95 tasi turli xil dori vositalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, 23 tasi tibbiy texnika, 62 tasi tibbiy buyumlar, 11 tasi ham dori vositalari, ham tibbiy buyumlar ishlab chiqaradi.
Hozirgi kunda Oʻzbekiston Respublikasida 9 736 ta dori vositalari uchun tibbiyot amaliyotida foydalanishga ruxsat berilgan, shu jumladan 2 634 nomdagi mahalliy dori vositalar, 1 759 nomdagi tibbiy buyumlar, ulardan 284 tasi oʻzimizda ishlab chiqariladi, shuningdek, 1 666 nomdagi tibbiy texnika, ulardan 78 tasi oʻzimizda ishlab chiqarilmoqda.
Oʻzbekistonda farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish uchun yetarli xomashyo bazasi mavjud. Xususan, 4 500 ga yaqin oʻsimlik turlari oʻsadi, 51 ta farmatsevtika korxonasi dorivor oʻsimliklarni qayta ishlash bilan shugʻullanadi.
Oʻtgan davr mobaynida ixtisoslashtirilgan ilmiy-tadqiqot institutlarining olimlari tomonidan 10 mingdan ortiq yangi kimyoviy moddalar ajratib olindi va sintez qilindi, 2 mingdan ortiq oʻsimlik moddalarining farmakologiya va toksikologiyasi oʻrganildi, 70 ga yaqin dori preparatlari va biologik faol qoʻshimchalarning klinik tadqiqotlari oʻtkazildi, 45 ta dori preparatlari tibbiyot amaliyotida qoʻllash uchun tavsiya etildi.
Hozirgi vaqtda institutlarning tajriba ishlab chiqarishlarida 30 dan ortiq dori vositalari va biologik faol qoʻshimchalar tayyorlanmoqda. 2016-yildan boshlab OIV 3 va 4-avlodlari, V va C gepatiti, shuningdek, sifilis uchun IFA test tizimlarini ishlab chiqarish va realizatsiya qilish tashkil etildi.
Oʻzbekistonning dorivor florasiga chet elda ham talab katta. Respublika har yili 18 million AQSH dollaridan ortiq miqdorda 5 ming tonnadan ortiq oʻsimlik xomashyosi va uning asosida ishlab chiqarilgan dori preparatlarini eksport qilmoqda.
Biroq, Oʻzbekistonning dorivor oʻsimliklar yetishtirish salohiyatidan yetarli darajada toʻliq foydalanilmayapti, bu esa, oʻz navbatida, dorivor oʻsimlik xomashyosi asosida talab yuqori boʻlgan dori vositalarini seriyali ishlab chiqarishning yetarli darajada emasligiga olib keldi. Respublika hududida oʻsadigan dorivor oʻsimliklarning 577 turidan faqat 112 turi tibbiyot amaliyotida 100 dan ortiq nomdagi dori vositalarini ishlab chiqarishda foydalanilmoqda.
2018-2019-yillarda umumiy qiymati 152,1 million AQSH dollariga teng 50 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilib, 2 164 yangi ish oʻrinlari yaratildi. Shu jumladan tashkil etilgan farmatsevtika erkin iqtisodiy zonalarida ushbu davrda umumiy qiymati 70 million AQSH dollariga teng 11 ta investitsiya loyihalari amalga oshirildi va 850 dan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratildi.
Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi farmatsevtika tarmogʻining hozirgi holati tahlili shuni koʻrsatdiki, mahalliy farmatsevtika tarmogʻi aholi va davolash-profilaktika muassasalarining farmatsevtika mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojlarini yetarli darajada qanoatlantirmayapti.
Xususan, farmatsevtika sanoati chiqarilayotgan mahsulot turlari boʻyicha iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarning shunday sektorlaridan ortda qolmoqda. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mavjud quvvatlari aholi va tibbiyot muassasalarining dori vositalari va tibbiy buyumlariga boʻlgan ehtiyojining 27 foizini qoplaydi xolos.
Ayni paytda, AQSH, Germaniya va Fransiya kabi rivojlangan xorijiy mamlakatlarda mahalliy farmatsevtika sanoatining farmatsevtika bozori umumiy hajmidagi ulushi 75 foizni tashkil etadi.
Ayniqsa, kardiojarrohlik, neyrojarrohlik, travmatologiya va boshqa sohalarda yuqori texnologik jarrohlik aralashuvlarda ishlatiladigan jarrohlik asbob-uskunalari, bir martalik steril kateterlar, oʻtkazgichlar, tikuv materiallari, dializatorlar, anestetik va nafas olish uskunalari, sarf materiallarining yetishmovchiligi yaqqol sezilmoqda.
Dori vositalarining ishlab chiqarish shakllari boʻyicha tahlillar shuni koʻrsatdiki, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning umumiy bozordagi ulushi qariyb 45 foizni tashkil qilmoqda (damlamalar 100 foiz, ampulalar 85 foiz, eritmalar 80 foiz, suyuq dori vositalari 60 foiz, konsentratlar 51 foiz, shamchalar 41 foiz, siroplar 40 foiz, malhamlar 38 foiz, kapsulalar 33 foiz, suspenziyalar 29 foiz, tabletkalar 24 foiz, tomchi dorilar 23 foiz, kukun dorilar 20 foiz, gellar 4 foiz).
Shu bilan birga, yalligʻlanishga qarshi va diagnostik vositalar, toksikologiya, ginekologiya, akusherlik, immunologiya, gematologiya, onkologiya va stomatologiya sohasidagi dori preparatlari deyarli ishlab chiqarilmaydi (10 foizdan kam).
Bugungi kunda, dori vositalari ishlab chiqaruvchi 95 ta mahalliy farmatsevtik korxonalardan 10 tasida “Zarur ishlab chiqarish amaliyoti” — GMP talablari joriy etilgan.
Mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarda xalqaro standartlar, shu jumladan farmatsevtik korxonalarda dori vositalari sifati va xavfsizligini tartibga soluvchi “Zarur ishlab chiqarish amaliyoti” (GMP), “Zarur farmnazorat amaliyoti” (GVP) va ISO 13485 talablarini joriy etish boʻyicha yetarli darajada tashkil etilmaganligi, tashqi va ichki bozorda raqobatbardosh samarador va xavfsiz farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish imkoniyatlarini cheklaydi.
Distribyutorlik amaliyotida sifat va xavfsizlik tizimini boshqarishga qaratilgan (GDP) “Zarur farmatsevtika amaliyoti”ni (GxP), umuman, mahsulotning butun hayotiy davrida uning samaradorligi va xavfsizligini taʼminlovchi klinik oldi (GLP) va klinik tadqiqotlar oʻtkazishni (GCP) joriy etish ham muhim ahamiyatga ega.
Shuningdek, dori preparatlarining biotexnologiyasi, dori moddalarining kimyoviy texnologiyasi, tayyor dori vositalari va fitopreparatlar texnologiyasi, farmatsiya iqtisodiyoti va uni boshqarish, farmatsevtik kimyo va mikrobiologiya kabi muhim yoʻnalishlarda farmatsevtika tarmogʻidagi xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish talab etiladi.
2-bob. Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirishning asosiy maqsadlari
Farmatsevtika tarmogʻini yanada rivojlantirishning asosiy maqsadlari quyidagilarni amalga oshirish orqali uni milliy iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning strategik tarmogʻiga aylantirishga, shuningdek, ushbu Konsepsiyaning ilovasiga muvofiq Maqsadli koʻrsatkichlarga erishishga qaratilgan:
farmatsevtika mahsulotlari va xizmatlari sifatini nazorat qilish, roʻyxatdan oʻtkazish va sertifikatlashtirish davlat tizimini takomillashtirish;
mahalliy ishlab chiqarish tarmogʻini “Zarur ishlab chiqarish amaliyoti” (GMP) talablariga muvofiqlashtirish orqali rivojlanishning innovatsion modeliga oʻtkazish va uning raqobatbardoshligini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
oʻsimlik xomashyosini chuqur qayta ishlash asosida dori substansiyalari ishlab chiqarishni tashkil etish hamda xomashyoni sintez qilish va dorivor moddalar ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqish;
farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishga xorijiy investitsiyalarni, ilgʻor xalqaro tajriba va texnologiyalarni faol jalb etish.
Mazkur Konsepsiya 2024-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasi farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirishning quyidagi asosiy maqsadlarini belgilaydi:
1. Sogʻliqni saqlash muassasalari va respublika aholisining ehtiyojini qanoatlantiradigan, birinchi navbatda, Asosiy dori vositalari roʻyxatiga (ADVR) kiritilgan xavfsiz, samarador, hammabop va sifatli mahalliy dori vositalar va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarishni taʼminlash.
2. Ilgʻor ilmiy tajriba va zamonaviy texnologiyalarni inobatga olgan holda ishlab chiqariladigan farmatsevtika mahsulotlari turlarini kengaytirish, shuningdek, innovatsion farmatsevtika mahsulotlarini yaratish va ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish, zamonaviy obyektlarni ishga tushirish hamda mavjud obyektlarning moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish va mustahkamlash orqali farmatsevtika sanoatini rivojlantirish.
3. Tashkilotlar va korxonalarning dori vositalarini yaratish va ishlab chiqarish boʻyicha xalqaro talablar bilan uygʻunlashtirilgan standartlar meʼyorlariga muvofiqligini taʼminlash orqali mahalliy farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish.
4. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish boʻyicha zamonaviy raqobatbardosh ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun, shu jumladan xorijiy farmatsevtika korxonalarining investitsiyalari va ilgʻor texnologiyalarini jalb etish.
5. Keyinchalik dori vositalari ishlab chiqarish uchun dorivor oʻsimliklar xomashyosi asosida substansiyalar ishlab chiqarishni tashkil etish va mahalliylashtirish.
6. Faoliyat koʻrsatayotgan ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalash, koʻpaytirish va yangi turdagi dori vositalarini oʻzlashtirish hisobiga, shuningdek, investitsiyalarni jalb qilish orqali dori vositalarining importini qisqartirish.
7. Mahalliy korxonalarda “Zarur ishlab chiqarish amaliyoti” (GMP), “Zarur farmnazorat amaliyoti” (GVP), shuningdek, distribyutorlik faoliyatida sifat va xavfsizlik tizimini boshqarish (GDP), klinik oldi (GLP) va klinik tadqiqotlarni oʻtkazishni (GCP) tartibga solishga qaratilgan amaliyotlarni bosqichma bosqich joriy etish.
8. Narxlarni shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish, dori preparatlarini markirovkalash va kuzatish tizimlarini joriy etish.
9. Zamonaviy xalqaro talablarga muvofiq dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish va sifatini nazorat qilish, klinik oldi va klinik tadqiqotlar oʻtkazish sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish orqali milliy regulator organ salohiyatini mustahkamlash.
10. Ilgʻor xalqaro tajriba asosida respublikaning farmatsevtika tarmogʻi uchun, shu jumladan dori preparatlarining biotexnologiyasi, dori moddalarining kimyoviy texnologiyasi, tayyor dori vositalari va fitopreparatlar texnologiyasi, farmatsiya iqtisodiyoti va uni boshqarish, farmatsevtik kimyo va mikrobiologiya kabi muhim sohalarda mutaxassislarni yuqori sifatli tayyorlashni taʼminlash.
11. Farmatsevtika tarmogʻidagi kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha qayta tayyorlash va malakasini oshirishning samarali tizimini yaratish.
12. Taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarishni chuqur integratsiyalash orqali ishlab chiqarish, sertifikatlash va standartlashtirish, farmatsevtik mahsulotlarning klinik oldi va klinik tadqiqotlari boʻyicha yangi texnologiyalarni ishlab chiqish va moslashtirishga qaratilgan fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar samaradorligini tubdan oshirish.
13. Original dori vositalarini, shuningdek, talab yuqori boʻlgan original dori vositalari negizida generik dori preparatlarini (generiklarni) ishlab chiqishga moʻljallangan zamonaviy oʻquv laboratoriya va tadqiqot markazlarini tashkil etish.
3-bob. Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari
§1. Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish
1. Farmatsevtika tarmogʻini jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish (Oʻzbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish), xalqaro meʼyor va standartlarni implementatsiya qilish.
2. Xalqaro tajribalarni tatbiq etgan holda, shu jumladan Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti ishtirokida dori vositalarini ishlab chiqish, standartlashtirish, roʻyxatga olish, ishlab chiqarish, ularning sifatini nazorat qilish, klinik oldi va klinik tadqiqotlar sohasidagi normativ-huquqiy bazani GxP “zarur amaliyotlar” talablariga muvofiqlashtirish.
3. Tayyor dori preparatini roʻyxatdan oʻtkazish jarayonida mahsulotning yuqori sifati va xavfsizligini taʼminlagan holda dorivor substansiyalarni roʻyxatdan oʻtkazish talablarini soddalashtirish nuqtai nazaridan milliy qonunchilikni takomillashtirish.
4. Dori vositalarini nooqilona tayinlash hamda manfaatlar toʻqnashuvi va korrupsiya belgilarining oldini olish maqsadida shifokorlar va farmatsevtlar tomonidan dori vositalarini toʻgʻri tayinlash va qoʻllash qoidalariga rioya etilishini taʼminlash mexanizmlarini takomillashtirish.
§2. Farmatsevtika tarmogʻi rivojlanishini ragʻbatlantirish usullari
1. Yangi farmatsevtika mahsulotini yaratish, shuningdek, chet elda farmatsevtika mahsulotini roʻyxatdan oʻtkazish jarayonida uni ilgari surish xarajatlarini qoplash koʻrinishida davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirish.
2. Mahalliy farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni ilgari mamlakatda ishlab chiqarilmagan import oʻrnini bosuvchi dori vositalari va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarishni tashkillashtirishga ragʻbatlantirish.
3. Innovatsion farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqish va yaratishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.
4. Tijorat banklarining moliyaviy mablagʻlari va boshqa budjetdan tashqari manbalarni farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish uchun jalb qilishning samarali mexanizmini ishlab chiqish.
§3. Xalqaro standartlarga muvofiq farmatsevtika mahsulotlari sifatini taʼminlash
1. GxP va ISO “zarur amaliyotlar” talablarini joriy etish orqali farmatsevtika mahsulotining butun aylanish davrida sifatni boshqarish tizimini yaratish.
2. GxP “Zarur farmatsevtika amaliyoti” qoidalarini joriy qilish boʻyicha rasmiy metodik qoʻllanmalar yaratish va nashr etish, ularni tatbiq etish boʻyicha malaka oshirish kurslari, konsultatsiyalar va boshqa tadbirlarni tashkil etish.
3. Farmatsevtika mahsulotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni xalqaro talablarga muvofiq holga keltirish, shu jumladan xorijiy ishlab chiqarishlarni inspeksiya qilish amaliyotini joriy etish.
4. Xalqaro va davlatlararo ekspert organlari, xususan, farmatsevtika mahsulotlarini standartlashtirish va roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha komissiyalar ishida faol ishtirok etish.
5. Ishlab chiqarilgan farmatsevtika mahsulotlarining sifati va raqobatbardoshligini oshirish maqsadida mahalliy sinov laboratoriyalari tomonidan xalqaro akkreditatsiya olish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish.
§4. Farmatsevtika mahsulotlarining yangi turlarini ishlab chiqish
1. Oʻsimliklar, mikroorganizmlar va hayvonlardan farmatsevtika tarmogʻida foydalanishga moʻljallangan biologik faol moddalar olishning yangi texnologiyalarini ishlab chiqish.
2. Eng samarali generik dori vositalari turlarini kengaytirish, yaxshilangan farmakokinetik va farmakodinamik xususiyatlarga ega yangi zamonaviy innovatsion dori shakllarini, faol moddaning organizmga maqsadli taʼsir qilish tizimlarini yaratish.
3. Ichki va tashqi bozor talablariga samarali javob berish uchun ilmiy-texnik salohiyatni va chuqur ilm talab qiladigan farmatsevtika ishlab chiqarishlarni rivojlantirish.
4. Davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini tatbiq etish va undan amaliyotda, shu jumladan mamlakatimizda avval ishlab chiqarilmagan farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etishda keng foydalanish.
5. Vaksinalar, birinchi navbatda, milliy emlash kalendariga kiritilgan immunodiagnostikumlar, immunotrop preparatlar, xavfli yuqumli kasalliklarning (sil, OITS va boshqalar) qoʻzgʻatuvchilariga qarshi yuqori samarali yangi avlod immunobiologik preparatlarini mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilishini tashkil etish.
§5. Tibbiyot buyumlari, tibbiy texnika hamda dori vositalarini, shu jumladan dorivor oʻsimliklar xomashyosidan tayyorlangan dori vositalarini ishlab chiqarish
1. Bugungi kunda import hajmi ham pul, ham natural shaklda katta ulush egallayotgan generik dori vositalar importi oʻrnini bosuvchi preparatlarning ustuvor roʻyxatini aniqlash.
2. Oʻsimlik xomashyosidan dori vositalari olish uchun zamonaviy texnologik jarayonlarni joriy etish, eng istiqbolli oʻsimliklarni plantatsiyalarda yetishtirish va ularning naslchiligini ustuvor rivojlantirish.
3. Dorivor oʻsimliklarni yigʻish va birlamchi qayta ishlashning zamonaviy tizimini ishlab chiqish va joriy etish, yovvoyi holda oʻsuvchi dorivor oʻsimliklar zaxirasini aniqlashtirish.
4. Tarmoqni jadal rivojlantirish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni va yetakchi xorijiy farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni jalb etish boʻyicha manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish.
5. Mamlakatimizda va xorijda talab yuqori boʻlgan farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish uchun zarur boʻlgan ishlab chiqarish, yoʻl-transport va boshqa infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish.
§6. Eksport salohiyatini kengaytirish
1. Farmatsevtika sanoati mahalliy ishlab chiqaruvchilarining ishlab chiqarish quvvatlarini tashqi bozorlarda raqobatbardosh darajada texnologik qayta jihozlash.
2. Mahalliy farmatsevtika mahsulotlarini xorijda ilgari surish boʻyicha samarali strategiyani ishlab chiqish
3. Respublikada farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish va eksport hajmini oshirish uchun yetakchi xorijiy ishlab chiqaruvchilar bilan farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi qoʻshma korxonalar tashkil etish.
4. Mahalliy farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning oʻz mahsulotlarini ilgari surishda farmatsevtika sohasidagi xalqaro tadbirlarda (koʻrgazmalar, yarmarkalar, forumlar, reklama va imij tadbirlari) ishtirokini ragʻbatlantirish.
5. Savdo bozorlarini kengaytirish maqsadida, shu jumladan farmatsevtika mahsulotlari yetkazib berish boʻyicha xorijiy mamlakatlardagi tenderlarda ishtirok etish orqali farmatsevtika mahsulotlari xalqaro savdosi tizimiga qoʻshilish.
§7. Yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash
1. Sanoat farmatsevtikasi boʻyicha malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, taʼlimni amaliyotga yoʻnaltirgan holda sohadagi mahalliy va xorijiy taʼlim muassasalari negizida ilgʻor texnologiyalarni oʻzlashtirish.
2. Farmatsevtika tarmogʻidagi hozirgi tendensiyalar va rivojlanish ehtiyojlarini hisobga olgan holda, taʼlim jarayonining ilmiy va oʻquv-uslubiy taʼminotini takomillashtirish, farmatsevtika sanoati uchun mutaxassislar tayyorlash sifatini yaxshilash.
3. Mahalliy tarmoq taʼlim muassasalarini xalqaro standartlarga moslashtirish maqsadida ularning moddiy-texnik bazasini yangilash.
4. Xorijiy farmatsevtika taʼlim muassasalari bilan keng hamkorlik qilish, shu jumladan respublikada ularning filiallari va fakultetlarini ochish.
5. Tarmoqlarda oʻzaro hamkorlik va ochiq kurslardan foydalanish orqali xorijiy taʼlim muassasalari resurslaridan foydalanish, shuningdek, milliy elektron taʼlim platformalarini rivojlantirish va elektron taʼlim muhitini shakllantirish hisobiga taʼlim imkoniyatlarini kengaytirish.
§8. Innovatsion ilmiy-amaliy farmatsevtika klasterini tashkil qilish
Quyidagilarni koʻzda tutuvchi innovatsion ilmiy-amaliy farmatsevtika klasterini tashkil qilish:
farmatsevtika tarmogʻida taʼlim, fan, amaliyot va ishlab chiqarishni integratsiyalash uchun zarur shart-sharoitlar va infratuzilmani yaratish hamda rivojlantirish;
farmatsevtika tarmogʻi ilmiy tadqiqot muhitida qulay shart-sharoitlar yaratish va uni xalqaro ilmiy tadqiqot markazlariga integratsiyalash;
farmatsevtika sohasi mutaxassislarini xalqaro talablar va zamonaviy farmatsevtika tarmogʻida zarur boʻlgan mutaxassisliklarga mos holda tayyorlash sifatini oshirishga koʻmaklashish;
farmatsevtika tarmogʻidagi mahalliy korxonalarga yetakchi xorijiy farmatsevtika kompaniyalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyishda, innovatsion ilmiy-amaliy farmatsevtika klasteri negizida tayyor mahsulot ishlab chiqarishning toʻliq texnologik siklini yaratish orqali ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh yuqori sifatli farmatsevtika mahsulotlarining yangi turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirishda koʻmaklashish.
4-bob. Kutilayotgan natijalar
Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar quyidagilar boʻlishi zarur:
ustuvor dori vositalari, shu jumladan immunobiologik preparatlar nomenklaturasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining dori-darmon xavfsizligini taʼminlash;
ichki bozorda mahalliy farmatsevtika mahsulotlarining ulushini qiymat jihatidan 50 foizgacha oshirish;
respublika hududida ishlab chiqariladigan dori vositalarining ishlab chiqarish nomenklaturasini kengaytirish, shu jumladan mahalliy ishlab chiqaruvchilar portfelidagi innovatsion dori vositalari ulushini qiymat jihatidan 50 foizgacha oshirish;
2020 — 2024-yillarda farmatsevtika tarmogʻiga 100 million AQSH dollari miqdorida qoʻshimcha toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jalb qilish;
2019-yilga nisbatan farmatsevtika mahsulotlari eksportini 3 baravar oʻstirish;
kadrlar tayyorlash, oʻquv markazlarini jihozlash, akkreditatsiya va standartlashtirishni rivojlantirish, eng yangi uskunalar bilan jihozlangan zamonaviy laboratoriyalarni yaratish sohasidagi xalqaro tajribani tatbiq qilish.
2020 — 2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish konsepsiyasiga
ILOVA
2020 — 2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish samaradorligining maqsadli koʻrsatkichlari

T/r

Koʻrsatkichlar

hozirgi holat

2020-yil

2021-yil

2022-yil

2023-yil

2024-yil

1.

Mahalliy dori shakllarini ishlab chiqarish hajmlarining mahsulot koʻrinishdagi ifodasi (foizlarda).

45

50

55

60

65

70

2.

Mahalliy dori shakllarini ishlab chiqarish hajmlarining pul mablagʻlari koʻrinishidagi ifodasi (foizlarda).

27

30

35

40

45

50

3.

Ishlab chiqilayotgan mahalliy dori vositalari soni.

23

27

31

35

40

47

4.

Oʻzbekiston Respublikasida tibbiyot amaliyotida foydalanish uchun ruxsat etilgan mahalliy ishlab chiqarilgan farmatsevtika mahsulotlari soni.

2 918

3 100

3 450

3 800

4 150

4 500

5.

Chet elda roʻyxatdan oʻtgan mahalliy ishlab chiqarilgan farmatsevtika mahsulotlari soni.

250

280

300

330

345

370

6.

Farmatsevtika mahsulotlarini eksport qilish hajmi (mln. AQSH doll.).

28

35

40

55

70

85

7.

Farmatsevtika korxonalari soni.

191

196

203

209

215

220

8.

Oʻzbekistonda ishlab chiqarishni tashkillashtirgan xorijiy farmatsevtika kompaniyalari soni.

4

6

10

14

18

20

9.

GMP sertifikatiga ega boʻlgan farmatsevtika korxonalarining soni (foizlarda).

9

40

70

100

100

100

10.

Malaka oshirishdan oʻtgan, shu jumladan xalqaro amaliyot, qoidalar va standartlar boʻyicha malaka oshirgan farmatsevtika tarmogʻidagi mutaxassislar soni.

200

250

300

400

500

600

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4554-son qaroriga
2-ILOVA
2020 — 2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish konsepsiyasini 2020-yilda amalga oshirish
chora-tadbirlari dasturi

T/r

Chora-tadbirlarning nomlanishi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddatlari

Masʼul ijrochilar

I. Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

1.

Farmatsevtika tarmogʻini jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish (Oʻzbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish), xalqaro meʼyor va standartlarni implementatsiya qilish.

Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi

2020-yil 1-iyul

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi (Izamov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Ilgʻor xalqaro tajriba va amaliyotni hisobga olgan holda dori vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish masalalari boʻyicha milliy qonunchilikni takomillashtirish, shu jumladan dorivor moddalarni roʻyxatdan oʻtkazishga qoʻyiladigan talablarni soddalashtirish, shuningdek, xorijiy ishlab chiqaruvchilarni inspeksiya qilish amaliyotini joriy etish.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2020-yil 1-aprel

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi (Izamov), manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

Mahalliy va xorijda ishlab chiqarilgan dori vositalariga referent narx shakllantirish tizimini joriy qilish doirasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2020-yil 1-mart

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (Sharipov), Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi (Izamov)

4.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni loyihasini ishlab chiqish:

dori vositalariga retseptlar yozish boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan talablarni buzganlik, shu jumladan kuchli taʼsir qiluvchi moddalar va prekursorlar roʻyxatiga kiritilgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, dori vositalarini olish huquqini beruvchi retseptlarni yoki boshqa hujjatlarni soxtalashtirganlik uchun tibbiyot xodimlari va boshqa shaxslarga nisbatan maʼmuriy va jinoiy javobgarlikni joriy etish;

tibbiyot xodimlari tomonidan muayyan dori vositalarini tayinlash va berish uchun farmatsevtika tashkilotlari va dorixonalardan moddiy yoki nomoddiy koʻrinishdagi moliyaviy mukofotlar yoki har qanday boshqa ragʻbatlar olishiga taqiq qoʻyish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi

2020-yil 1-aprel

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (Sharipov), Adliya vazirligi (Davletov)

5.

Tibbiy maqsadlarda foydalaniladigan dori vositalarining oʻzaro almashinuv tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Sogʻliqni saqlash vaziri buyrugʻi loyihasi

2020-yil 1-iyul

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (Sharipov), Adliya vazirligi (Davletov)

6.

Mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, tibbiyot tashkilotlari va dorixonalar tomonidan retseptlarni yozish va dori vositalarining savdo nomi uchun cheklangan narxlarni shakllantirish jarayonini tartibga soluvchi qonunchilik talablariga rioya etilishini monitoring qilish va baholashninazarda tutuvchi “farmatsevtika mahsulotlarining sirli xaridori” institutini joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil 1-iyul

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (Sharipov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (Kariyev)

7.

Xalqaro tajribalarni tatbiq etgan holda, shu jumladan Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti ishtirokida dori vositalarini ishlab chiqish, standartlashtirish, roʻyxatga olish, ishlab chiqarish, ularning sifatini nazorat qilish, klinik oldi va klinik tadqiqotlar sohasidagi normativ-huquqiy bazani GxP “zarur amaliyotlar” talablariga muvofiqlashtirish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2020-yil 1-sentabr

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi (Izamov), “Oʻzstandart” agentligi (Sattarov)

8.

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligining hududiy boʻlinmalari zimmasiga dorixonalar va ularning filiallari sonini hisobga olgan holda dori vositalari va tibbiyot buyumlarining chakana savdosini amalga oshirish uchun litsenziyalar berish boʻyicha vazifalar yuklatilganligi munosabati bilan qoʻshimcha shtat birliklarini ajratish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2020-yil 1-aprel

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Moliya vazirligi (Shoraxmetov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

II. Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari

9.

Yangi farmatsevtika mahsulotini ishlab chiqish, shuningdek, chet elda farmatsevtika mahsulotini roʻyxatdan oʻtkazish jarayonida uni ilgari surish xarajatlarini qoplash koʻrinishida davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Moliya vazirligi (Shoraxmetov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xoʻjayev), dori vositalari va tibbiyot buyumlari ishlab chiqaruvchilari

10.

Mahalliy farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni ilgari mamlakatda ishlab chiqarilmagan import oʻrnini bosuvchi dori vositalari va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarishni tashkillashtirishga ragʻbatlantirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2020-yil 1-mart

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xoʻjayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

11.

Innovatsion farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqish va yaratishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2020-yil 1-dekabr

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev)

III. Farmatsevtika mahsulotlari sifatini xalqaro standartlarga muvofiq taʼminlash

12.

Referent narx shakllantirish tizimi doirasida referent mamlakatlar roʻyxatini va dori vositalari narxlarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibini tasdiqlash.

Quyidagilarni:

Idoraviy hujjat loyihasi

2020-yil 1-mart

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (Sharipov), manfaatdor vazirliklar va idoralar

Asosiy dori vositalari roʻyxatiga kiritilgan dori vositalarining har bir savdo nomi uchun cheklangan narxlar;

2020-yil 1-iyul

dori vositalari davlat reyestriga kiritilgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida tibbiyot amaliyotida qoʻllash uchun ruxsat etilgan barcha dori vositalarining har bir savdo nomi uchun chegaralangan narxlarni roʻyxatdan oʻtkazishni taʼminlash.

2020-yil 31-dekabr

13.

Farmatsevtika faoliyati bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar, roʻyxatdan oʻtgan va sertifikatlangan dori vositalari, shuningdek, dori vositasining savdo nomi uchun qayd etilgan cheklangan narxlar hamda belgilangan cheklangan savdo ustamalarini hisobga olgan holda cheklangan ulgurji va chakana narxlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish va yuritish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil 31-dekabr

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov), manfaatdor vazirliklar va idoralar

14.

Farmatsevtika mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshirish boʻyicha qonun hujjatlari va litsenziya talablarini takomillashtirish, shu jumladan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini saqlash va tashish talablarini kuchaytirishni nazarda tutish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2020-yil 1-mart

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov), manfaatdor vazirliklar va idoralar

15.

GxP “Zarur farmatsevtika amaliyoti” qoidalarini joriy qilish boʻyicha rasmiy metodik qoʻllanmalar yaratish va nashr etish, ularni tatbiq etish boʻyicha malaka oshirish kurslari, konsultatsiyalar va boshqa tadbirlarni tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil 1-aprel

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov), “Oʻzstandart” agentligi (Sattarov)

16.

Xalqaro va davlatlararo ekspert organlari, xususan, farmatsevtika mahsulotlarini standartlashtirish va roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha komissiyalar ishida faol ishtirok etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov), “Oʻzstandart” agentligi (Sattarov)

IV. Farmatsevtika mahsulotlarining yangi turlarini ishlab chiqish

17.

Eng samarali generik dori vositalari turlarini kengaytirish, yaxshilangan farmakokinetik va farmakodinamik xususiyatlarga ega yangi zamonaviy innovatsion dori shakllarini, faol moddaning organizmga maqsadli taʼsir qilish tizimlarini yaratish.

Kompleks chora-tadbirlar

2020-yil 1-iyun

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev)

18.

Oʻsimliklar, mikroorganizmlar va hayvonlardan farmatsevtika tarmogʻida foydalanishga moʻljallangan biologik faol moddalar olishning yangi texnologiyalarini ishlab chiqish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev)

19.

Farmatsevtika tarmogʻini jadal rivojlantirish maqsadida davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida tanlovlar tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (Kariyev)

20.

Davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini tatbiq etish va undan amaliyotda, shu jumladan mamlakatimizda avval ishlab chiqarilmagan farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etishda keng foydalanish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi (Xoljigitov), manfaatdor vazirliklar va idoralar

21.

Vaksinalar, birinchi navbatda, milliy emlash kalendariga kiritilgan immunodiagnostikumlar, immunotrop preparatlar, xavfli yuqumli kasalliklarning (sil, OITS va boshqalar) qoʻzgʻatuvchilariga qarshi yuqori samarali yangi avlod immunobiologik preparatlarini mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilishini tashkil etish.

Kompleks chora-tadbirlar

2020-yil 1-sentabr

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xoʻjayev)

V. Tibbiyot buyumlari, tibbiy texnika hamda dori vositalarini, shu jumladan dorivor oʻsimliklar xomashyosidan tayyorlangan dori vositalarini ishlab chiqarish

22.

Dorivor oʻsimliklarni yigʻish va birlamchi qayta ishlashning zamonaviy tizimini ishlab chiqish va joriy etish, yovvoyi holda oʻsuvchi dorivor oʻsimliklar zaxirasini aniqlashtirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev)

23.

Oʻsimlik xomashyosidan dori vositalari olish uchun zamonaviy texnologik jarayonlarni joriy etish, eng istiqbolli oʻsimliklarni plantatsiyalarda yetishtirish va ularning naslchiligini ustuvor rivojlantirish.

Tashkiliy chora tadbirlar

Doimiy

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev)

24.

Mamlakatimizda va xorijda talab yuqori boʻlgan farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish uchun zarur boʻlgan ishlab chiqarish, yoʻl-transport va boshqa infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish.

Kompleks chora-tadbirlar

2020-yil 1-mart

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xoʻjayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

VI. Eksport salohiyatini kengaytirish

25.

Farmatsevtika sanoati mahalliy ishlab chiqaruvchilarining ishlab chiqarish quvvatlarini tashqi bozorlarda raqobatbardosh darajada texnologik qayta jihozlash.

Kompleks chora-tadbirlar

2020-yil 1-sentabr

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzoqov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xoʻjayev), Moliya vazirligi (Shoraxmetov)

26.

Shu jumladan mahalliy farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning oʻz mahsulotlarini ilgari surishda farmatsevtika sohasidagi xalqaro tadbirlarda (koʻrgazmalar, yarmarkalar, forumlar, reklama va imij tadbirlari) ishtirokini ragʻbatlantirishni nazarda tutgan holda mahalliy farmatsevtika mahsulotlarini chet elda ilgari surish boʻyicha samarali strategiyani ishlab chiqish.

Mahalliy farmatsevtika mahsulotlarini xorijda ilgari surish strategiyasi

2020-yil 1-sentabr

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi (Izamov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xoʻjayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzoqov), Moliya vazirligi (Shoraxmetov)

27.

Respublikada farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish va eksport hajmini oshirish uchun yetakchi xorijiy ishlab chiqaruvchilar bilan farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi qoʻshma korxonalar tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xoʻjayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzoqov)

28.

Savdo bozorlarini kengaytirish maqsadida, shu jumladan farmatsevtika mahsulotlari yetkazib berish boʻyicha xorijiy mamlakatlardagi tenderlarda ishtirok etish orqali farmatsevtika mahsulotlari xalqaro savdosi tizimiga qoʻshilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil 1-dekabr

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi (Izamov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzoqov)

VII. Yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash

29.

Sanoat farmatsevtikasi boʻyicha malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, taʼlimni amaliyotga yoʻnaltirgan holda sohadagi mahalliy va xorijiy taʼlim muassasalari negizida ilgʻor texnologiyalarni oʻzlashtirish.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil 1-may

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev)

30.

Farmatsevtika tarmogʻidagi hozirgi tendensiyalar va rivojlanish ehtiyojlarini hisobga olgan holda, taʼlim jarayonining ilmiy va oʻquv-uslubiy taʼminotini takomillashtirish, farmatsevtika sanoati uchun mutaxassislar tayyorlash sifatini yaxshilash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil 1-may

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev)

31.

Mahalliy tarmoq taʼlim muassasalarini xalqaro standartlarga moslashtirish maqsadida ularning moddiy-texnik bazasini yangilash.

Kompleks chora-tadbirlar

2020-yil 1-sentabr

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xoʻjayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzoqov), Moliya vazirligi (Shoraxmetov)

32.

Xorijiy farmatsevtika taʼlim muassasalari bilan keng hamkorlik qilish, shu jumladan respublikada ularning filiallari va fakultetlarini ochish.

Tashkiliy-chora tadbirlar

2020-yil 1-dekabr

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzoqov)

33.

Tarmoqlarda oʻzaro hamkorlik va ochiq kurslardan foydalanish orqali xorijiy taʼlim muassasalari resurslaridan foydalanish, shuningdek, milliy elektron taʼlim platformalarini rivojlantirish va elektron taʼlim muhitini shakllantirish hisobiga taʼlim imkoniyatlarini kengaytirish.

Tashkiliy-amaliy choralar

2020-yil 1-dekabr

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov), Axborot texnologiyalari vazirligi (Sodiqov)

Izoh:
normativ-huquqiy hujjatlar tegishli huquqiy munosabatlarni tartibga solish sohasi va predmetiga qarab qayta koʻrib chiqilishi yoki yagona hujjatga birlashtirilishi mumkin;
huquqiy hujjatning turi tartibga solinadigan munosabatlarga qarab oʻzgarishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4554-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-sentabrdagi “Dori vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi va ularning aylanishini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3948-son qarori 2-bandining toʻrtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4055-son qaroriga 1-ilova quyidagi mazmundagi blok bilan toʻldirilsin:

“Oʻzmedimpeks” davlat unitar korxonasi

”.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-maydagi “Tibbiyot va farmatsevtika taʼlimi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4310-son qarorining 5-ilovasi “Ilmiy-tadqiqot institutlari (ITI)” bloki quyidagi mazmundagi 6 — 8-bandlar bilan toʻldirilsin:
“6. Oʻzbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti
7. Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti
8. “Sharq tabobati” ilmiy-tadqiqot instituti”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2020-y., 07/20/4554/0014-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 07/22/411/0961-son; 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son; 29.01.2025-y., 06/25/13/0080-son)