toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.03.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
Referent narx shakllantirish tizimi doirasida retsept bilan beriladigan dori vositalari narxlarini qayd etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(buyruq nomi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2025-yil 14-apreldagi 3-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3242-1, 12.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 10/25/3242-1/0431-son)
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 10-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3242]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2025-yil 10-dekabrdagi 23-sonli “Referent narx shakllantirish tizimi doirasida retsept bilan beriladigan dori vositalari narxlarini qayd etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3735, 25.12.2025-y.) asosan 2026-yil 28-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4554-son “Oʻzbekiston Respublikasi farmatsevtika tarmogʻida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Referent narx shakllantirish tizimi doirasida retsept bilan beriladigan dori vositalari narxlarini qayd etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2025-yil 14-apreldagi 3-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3242-1, 12.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 10/25/3242-1/0431-son)
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon kilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Vazir A. SHADMANOV
Toshkent sh.,
2020-yil 24-mart,
115-son
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2020-yil 24-martdagi 115-son buyrugʻiga
ILOVA
Referent narx shakllantirish tizimi doirasida retsept bilan beriladigan dori vositalari narxlarini qayd etish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2025-yil 14-apreldagi 3-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3242-1, 12.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 10/25/3242-1/0431-son)
Mazkur Nizom referent narx shakllantirish tizimi doirasida retsept bilan beriladigan mahalliy va import dori vositalari narxlarini qayd etish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2025-yil 14-apreldagi 3-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3242-1, 12.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 10/25/3242-1/0431-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududida tibbiyot amaliyotida qoʻllash uchun ruxsat etilgan hamda davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik guvohnomasining amal qilish davrida ishlab chiqarilgan retsept bilan beriladigan dori vositalariga nisbatan tatbiq etiladi.
Referent narx shakllantirish tizimi doirasida narxlarni qayd etish dori moddalari (substansiyalar), kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun moʻljallangan Orfan dori vositalari roʻyxatiga kiritilgan dori vositalariga hamda retseptsiz beriladigan dori vositalariga tatbiq etilmaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2025-yil 14-apreldagi 3-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3242-1, 12.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 10/25/3242-1/0431-son)
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
referent narx shakllantirish tizimi — dori shakli, qadoqdagi soni, dozasi, konsentratsiyasi, hajmi va qadoqlanishini hisobga olgan holda ayni bir ishlab chiqaruvchining xuddi shunday faol moddaga ega dori vositalarini ishlab chiqaruvchi mamlakatda, referent mamlakatlarda va Oʻzbekiston Respublikasida sotish narxlarini tahlil qilish natijasi asosida har bir savdo nomi uchun cheklangan narxlarni qayd etish tizimi;
referent mamlakatlar — Jahon bankining aholi jon boshiga nisbatan yalpi ichki mahsulotning hisoblangan daromadlar darajasidan yuqori, oʻrtachadan yuqoriroq va oʻrtachadan pastroq boʻlgan davlatlar guruhiga kiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi bilan makroiqtisodiy jihatdan taqqoslanadigan mamlakatlar;
retsept bilan beriladigan dori vositalarining cheklangan narxlari (bundan buyon matnda cheklangan narxlar deb yuritiladi) — dori shakli, qadoqdagi soni, dozasi, konsentratsiyasi, hajmi va qadoqlanishini hisobga olgan holda retsept bilan beriladigan dori vositalarining har bir savdo nomi uchun referent narx shakllantirish tizimi doirasida qayd etilgan narx;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2025-yil 14-apreldagi 3-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3242-1, 12.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 10/25/3242-1/0431-son)
cheklangan narxlar reyestri — dori shakli, qadoqdagi soni, dozasi, konsentratsiyasi, hajmi va qadoqlanishini hisobga olgan holda retsept bilan beriladigan dori vositalarining har bir savdo nomi uchun qayd etilgan cheklangan narxlar va ularga cheklangan savdo ustamalarini qoʻllash yoʻli bilan hisoblangan ulgurji va chakana narxlarning elektron (onlayn) reyestri;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2025-yil 14-apreldagi 3-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3242-1, 12.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 10/25/3242-1/0431-son)
avtomatlashtirilgan axborot tizimi (bundan buyon matnda axborot tizimi deb yuritiladi) — arizalarni qabul qilish, referent narx shakllantirish tizimi doirasidagi maʼlumotlarni qayta ishlash va saqlash, cheklangan narxlarni qayd etish va cheklangan narxlar reyestrini yuritish uchun moʻljallangan maxsus elektron tizim;
vakolatli organ — cheklangan narxlarni qayd etish va qayta qayd etish uchun masʼul boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi;
ishchi organ — cheklangan narxlarni qayd etish uchun arizalarni qabul qilish va koʻrib chiqish hamda axborot tizimining uzluksiz va barqaror ishlashini taʼminlash uchun masʼul boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi;
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2025-yil 14-apreldagi 3-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3242-1, 12.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 10/25/3242-1/0431-son)
retsept bilan beriladigan dori vositalari — isteʼmolchilarga qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq shakldagi retsept taqdim etilgandan keyingina realizatsiya qilinadigan dori vositalari;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2025-yil 14-apreldagi 3-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3242-1, 12.05.2025-y.) asosan toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 10/25/3242-1/0431-son)
ariza — retsept bilan beriladigan dori vositalarining cheklangan yoki ilgari qayd etilgan cheklangan narxlarini qayta qayd etish haqidagi murojaat;
(2-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2025-yil 14-apreldagi 3-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3242-1, 12.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 10/25/3242-1/0431-son)
ariza beruvchi — dori vositalarining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik guvohnomasi egasi boʻlgan yuridik shaxs yoki uning ishonchli vakili;
mahalliy ishlab chiqaruvchi — Oʻzbekiston Respublikasida dori vositalarini ishlab chiqarish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxs;
mahalliy dori vositalari — Oʻzbekiston Respublikasi hududida mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan dori vositalari;
import dori vositalari — xorijiy farmatsevtika korxonalari tomonidan ishlab chiqarilib, Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirilgan va ushbu hududdan qaytarib olib chiqish majburiyatisiz erkin muomalaga chiqarilgan dori vositalari;
davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik guvohnomasi (bundan buyon matnda guvohnoma deb yuritiladi) — dori vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruxsat berilganligini tasdiqlovchi hujjat.
3. Vakolatli organ doimiy tarzda Internet jahon axborot tarmogʻidagi oʻz rasmiy veb-saytida hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida xronologik tartibda qayd etilgan va qayta qayd etilgan cheklangan narxlar haqidagi maʼlumotlarni joylashtirib boradi. Bunda avvalgi maʼlumotlar saqlangan holda oʻzgartirishlar kiritiladi va cheklangan narxlar haqidagi maʼlumotlardan erkin foydalanish imkoniyati yaratiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2025-yil 14-apreldagi 3-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3242-1, 12.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 10/25/3242-1/0431-son)
4. Qayd etilgan cheklangan narxlar haqidagi maʼlumotlar axborot tizimida besh yil davomida saqlanadi.
41. Bir ishlab chiqaruvchi tomonidan turli savdo nomlari ostida tarkibi bir xil boʻlgan dori vositalarining barchasiga nisbatan eng past referent narx qoʻllanadi (dori moddalari (substansiya) ishlab chiqaruvchilarida farq boʻlgan hollar bundan mustasno).
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2025-yil 14-apreldagi 3-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3242-1, 12.05.2025-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 10/25/3242-1/0431-son)
2-bob. Cheklangan narxlarni qayd etish va qayta qayd etish
5. Ariza beruvchi cheklangan narxlarni qayd etish va qayta qayd etish uchun elektron raqamli imzo bilan axborot tizimiga kiradi, shundan soʻng real vaqt rejimida cheklangan narxlarni qayd etish yoki qayta qayd etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarini (xat, shartnoma yoki ishonchnoma) hamda cheklangan narxlar qayd etiladigan Oʻzbekiston Respublikasida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan dori vositalari roʻyxatini yuboradi.
6. Ishchi organ ariza qabul qilingan sanadan boshlab ikki ish kuni ichida ariza beruvchining guvohnoma egasi yoki uning ishonchli vakili ekanligini tekshiradi.
Ishchi organ ariza beruvchini haqiqatdan ham guvohnomaning egasi yoki uning ishonchli vakili ekanligini tasdiqlagandan soʻng uni axborot tizimida roʻyxatdan oʻtkazadi va bu haqidagi maʼlumotni ariza beruvchiga darhol axborot tizimi yoki elektron pochta manzili orqali yuboradi.
Ariza beruvchi axborot tizimida roʻyxatdan oʻtkazilganidan soʻng arizada koʻrsatilgan dori vositalariga cheklangan narxlarni qayd etish uchun maʼlumotlarni kiritish huquqiga ega boʻladi.
Agarda ariza beruvchining guvohnoma egasi yoki uning ishonchli vakili ekanligini tasdiqlovchi hujjatlari notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan boʻlsa, ishchi organ roʻyxatdan oʻtkazish rad etilganligi toʻgʻrisidagi elektron xabarni darhol axborot tizimi orqali ariza beruvchiga joʻnatadi.
7. Ariza beruvchi (mahalliy dori vositalari uchun) axborot tizimi orqali ishchi organiga dori shakli, qadoqdagi soni, dozasi, konsentratsiyasi, hajmi va qadoqlanishini hisobga olgan holda retsept bilan beriladigan dori vositalarining har bir savdo nomi uchun Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida belgilangan cheklangan narxlarni (QQSni qoʻshmagan holda) axborot tizimiga kiritadi.
Arizaga retsept bilan beriladigan dori vositasining sotish qiymatini shakllantirish boʻyicha ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq hisob-kitob va boshqa narxni shakllantirishga oid hujjatlar ilova qilinadi.
Bunda, kiritilgan cheklangan narxlarning toʻgʻri shakllanganligi yuzasidan javobgarlik ariza beruvchi zimmasiga yuklatiladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2025-yil 14-apreldagi 3-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3242-1, 12.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 10/25/3242-1/0431-son)
8. Ariza beruvchi (import dori vositalari uchun) axborot tizimi orqali ishchi organiga dori shakli, qadoqdagi soni, dozasi, konsentratsiyasi, hajmi va qadoqlanishini hisobga olgan holda retsept bilan beriladigan dori vositalarining har bir savdo nomi uchun ariza beruvchining xati bilan tasdiqlangan quyidagi maʼlumotlarni taqdim etadi:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2025-yil 14-apreldagi 3-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3242-1, 12.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 10/25/3242-1/0431-son)
mazkur Nizomning 2-ilovasida koʻrsatilgan aholi jon boshiga nisbatan daromadlar darajasi yuqori, oʻrtachadan yuqoriroq va oʻrtachadan pastroq boʻlgan davlatlar guruhiga kiruvchi referent mamlakatlarga Inkoterms xalqaro qoidalarining CIP (tashish va sugʻurta haqi toʻlangan) shartida (bundan buyon matnda Inkoterms CIP sharti deb yuritiladi) dori vositalarini yetkazib berish narxlari;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2025-yil 14-apreldagi 3-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3242-1, 12.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 10/25/3242-1/0431-son)
dori vositalarini ishlab chiqaruvchi mamlakatda distribyuterlar uchun ushbu mamlakat valyutasida belgilangan narxlar;
soʻnggi olti oy davomida import qilingan dori vositalarini Oʻzbekiston Respublikasiga yetkazib berish valyutasida belgilangan shartnomaning Inkoterms CIP sharti asosida koʻrsatilgan narxlari.
Bunda, ariza beruvchi tomonidan axborot tizimiga narx QQS summasi qoʻshilmagan holda kiritiladi.
Ikki va undan ortiq referent mamlakatlarda narxlar mavjud boʻlmagan hollarda ishlab chiqaruvchi mamlakatning eksport bojxona yuk deklaratsiyasi taqdim etiladi. Agar eksport bojxona yuk deklaratsiyasida tovarning qiymati koʻrsatilmagan boʻlsa yoki ishlab chiqaruvchi mamlakatning qonunchilik hujjatlarida tovarni olib chiqishda bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirish nazarda tutilmagan boʻlsa, u holda eksport bojxona yuk deklaratsiyasi oʻrniga tovarni olib chiqishda ishlab chiqaruvchi mamlakatda rasmiylashtirilgan hamda eksportyor va importyorning nomi, Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirilayotgan tovarning qiymati va miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan iborat boʻlgan oʻrnini bosuvchi boshqa hujjat (ishlab chiqaruvchi va distribyuterlar oʻrtasida tuzilgan kelishuv shartnomasi) taqdim etilishi mumkin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2025-yil 14-apreldagi 3-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3242-1, 12.05.2025-y.) asosan beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 10/25/3242-1/0431-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2025-yil 14-apreldagi 3-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3242-1, 12.05.2025-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 10/25/3242-1/0431-son)
81. Ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjudligi aniqlangan taqdirda cheklangan narxni qayd etish va qayta qayd etish rad etiladi.
(81-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2025-yil 14-apreldagi 3-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3242-1, 12.05.2025-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 10/25/3242-1/0431-son)
9. Axborot tizimi retsept bilan beriladigan import dori vositalari narxlari boʻyicha maʼlumotlarni qabul qilib, quyidagilarni avtomatik tarzda hisoblab chiqadi:
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2025-yil 14-apreldagi 3-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3242-1, 12.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 10/25/3242-1/0431-son)
referent mamlakatlardagi narxlarning umumlashtirilgan oʻrtacha miqdori;
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2025-yil 14-apreldagi 3-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3242-1, 12.05.2025-y.) asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 10/25/3242-1/0431-son)
soʻngi olti oy davomida retsept bilan beriladigan import qilingan dori vositalarini Oʻzbekiston Respublikasiga yetkazib berish valyutasida belgilangan shartnomalarning Inkoterms CIP sharti asosida koʻrsatilgan narxlarning oʻrtacha miqdori;
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2025-yil 14-apreldagi 3-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3242-1, 12.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 10/25/3242-1/0431-son)
retsept bilan beriladigan dori vositalarini ishlab chiqaruvchi mamlakatdagi distribyuter uchun ushbu mamlakat valyutasida belgilangan narxga mahsulot narxining 15 foizdan koʻp boʻlmagan sugʻurta va transportda tashish xarajatlari qoʻshilgan miqdori.
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2025-yil 14-apreldagi 3-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3242-1, 12.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 10/25/3242-1/0431-son)
Axborot tizimi mazkur bandning ikkinchi-toʻrtinchi xatboshilarida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha hisoblangan miqdorlardan eng kam miqdorni, ariza toʻldirilgan kunda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan valyutalarning rasmiy ayirboshlash kursi boʻyicha ariza beruvchining tanloviga asosan AQSH dollari, yevro yoki Rossiya rublida cheklangan narxlar sifatida qabul qilishni tavsiya etadi.
(9-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2025-yil 14-apreldagi 3-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3242-1, 12.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 10/25/3242-1/0431-son)
10. Ariza beruvchi axborot tizimi orqali tavsiya etilgan cheklangan narxlarni tasdiqlash yoki rad etish huquqiga ega.
11. Agarda ariza beruvchi axborot tizimi orqali tavsiya etilgan cheklangan narxni tasdiqlashni rad etsa, u holda oʻzi tomonidan kiritilgan cheklangan narxni qaytadan koʻrib chiqishi hamda arizani takroran topshirishi mumkin.
12. Ishchi organ axborot tizimi orqali yetti ish kuni ichida arizani koʻrib chiqib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangan cheklangan narxlarni qayd etish uchun vakolatli organga tavsiya beradi.
13. Axborot tizimiga kiritilgan maʼlumotlar toʻliq boʻlmasa yoki taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarga aniqlik kiritish zarurati mavjud boʻlsa, ishchi organ kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi toʻgʻrisidagi xabarnomani darhol ariza beruvchiga yuboradi.
14. Ishchi organ tomonidan xabarnoma yuborilgan kundan boshlab yigirma ish kuni ichida ariza beruvchi hujjatlardagi noaniqliklar va kamchiliklarni bartaraf etgan holda ikki martagacha cheklangan narxlarni qayd etish yoki qayta qayd etish uchun arizani topshirishi mumkin.
15. Ishchi organ tomonidan talab qilingan maʼlumotlar axborot tizimiga oʻz vaqtida kiritilmasa yoki toʻliq boʻlmasa, kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi uchinchi xabarnomadan soʻng vakolatli organ cheklangan narxlarni qayd etish yoki qayta qayd etishni rad etadi va bu haqidagi maʼlumotni darhol ariza beruvchiga yuboradi.
16. Ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar toʻgʻri va toʻliq taqdim etilgandan soʻng vakolatli organ ishchi organning tavsiyasiga binoan uch ish kuni ichida taklif etilgan cheklangan narxlarni qayd etadi yoki qayta qayd etadi hamda cheklangan narxlar reyestriga kiritadi.
161. Tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reyestriga kiritilgan retsept bilan beriladigan dori vositalarining referent narxlari vakolatli organ tomonidan ariza beruvchining tegishli ariza taqdim etishidan qatʼi nazar qayd etiladi.
Bunda, dori vositalarining cheklangan narxlarini qayd etish mazkur Nizomning 9-bandi ikkinchi xatboshisiga asosan amalga oshiriladi.
Agar ushbu dori vositasi referent mamlakatlarda mavjud boʻlmagan taqdirda uning cheklangan narxi tarkibi va qadoqlanishi bir xil boʻlgan boshqa nomdagi dori vositasiga qayd etilgan eng past narxdan kelib chiqib belgilanadi.
(161-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2025-yil 14-apreldagi 3-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3242-1, 12.05.2025-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 10/25/3242-1/0431-son)
17. Import qilinadigan, shuningdek mahalliy ishlab chiqaruvchilardan sotib olinadigan retsept bilan beriladigan dori vositalarini ulgurji va chakana sotish ularni yetkazib berishda ishtirok etuvchi vositachilar sonidan qatʼi nazar, ulgurji savdo uchun sotib olingan qiymatidan 15 foizdan, chakana savdo uchun ulgurji narxidan 20 foizdan ortiq boʻlmagan miqdorlarda cheklangan savdo ustamalarini qoʻllash orqali amalga oshiriladi.
(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2025-yil 14-apreldagi 3-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3242-1, 12.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 10/25/3242-1/0431-son)
Import qilinadigan dori vositalarining sotib olingan qiymati quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
SOQ = Shn + B + Bx, bunda:
SOQ — import qilingan dori vositalarining sotib olingan qiymati;
Shn — Inkoterms CIP shartlarida Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilingan dori vositalarining bojxona yuk deklaratsiyasi toʻldirilgan kunda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan valyutalarning rasmiy ayirboshlash kursi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida belgilangan shartnomadagi narxi;
B — Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida hisoblangan bojxona toʻlovlari (QQSdan tashqari);
(17-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2025-yil 14-apreldagi 3-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3242-1, 12.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 10/25/3242-1/0431-son)
Bx — boshqa xarajatlar (shartnomadagi Inkoterms CIP shartida koʻrsatilgan narxning 2 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda).
(17-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2025-yil 14-apreldagi 3-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3242-1, 12.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 10/25/3242-1/0431-son)
Cheklangan narxlar reyestrida chet el valyutasidagi narxlar butun sondan soʻng yuzdan bir qismgacha, milliy valyutadagi narxlar butun songacha yaxlitlangan holda aks ettiriladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2025-yil 14-apreldagi 3-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3242-1, 12.05.2025-y.) asosan sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 10/25/3242-1/0431-son)
18. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilingan dori vositalarining narxlari cheklangan narxlardan yuqori boʻlmasligi kerak.
Agarda shartnoma narxi cheklangan narx koʻrsatilgan valyutada boʻlmasa, unda shartnomaning bojxona yuk deklaratsiyasi toʻldirilgan kundagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan valyutalarning rasmiy ayirboshlash kursi boʻyicha AQSH dollarida qayta hisoblangan narxi cheklangan narxdan yuqori boʻlmasligi kerak.
19. Cheklangan narxlar reyestri axborot tizimida qayd etilgan cheklangan narxlarni, shuningdek ariza toʻldirilgan kunga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan valyutalarning rasmiy ayirboshlash kursi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida mazkur Nizomning 17-bandiga muvofiq cheklangan savdo ustamalarini qoʻllash yoʻli bilan hisoblangan ulgurji va chakana narxlarni aks ettiradi.
Cheklangan narxlar reyestrida cheklangan ulgurji va chakana narxlar QQS summasi qoʻshilgan holda aks ettiriladi.
Ishchi organ tomonidan cheklangan narxlar reyestrida koʻrsatilgan retsept bilan beriladigan import dori vositalarining cheklangan narxlari har yili 1-yanvar va 1-iyul sanalarida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan valyutalarning rasmiy ayirboshlash kursi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasiga avtomatik tarzda indeksatsiya qilinadi.
Bunda, avtomatik tarzda indeksatsiya qilish faqat xorijiy valyutaning milliy valyutadagi qiymatiga nisbatan oʻsishi natijasida oxirgi qayd etilgan cheklangan narxi kamida 3 foizga oshadigan dori vositalariga nisbatan tadbiq etiladi.
Agar xorijiy valyutaning milliy valyutadagi qiymatiga nisbatan oʻsishi natijasida oxirgi qayd etilgan cheklangan narx 5 foizdan oshgan hollarda avtomatik indeksatsiya belgilangan muddatdan qatʼiy nazar amalga oshiriladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2025-yil 14-apreldagi 3-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3242-1, 12.05.2025-y.) asosan ikkinchi — beshinchi xatboshlar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 10/25/3242-1/0431-son)
20. Ariza beruvchi vakolatli organ tomonidan cheklangan narxlar qayd etilgan sanadan eʼtiboran kamida olti oy oʻtgandan soʻng ishchi organga cheklangan narxlarni qayta qayd etish uchun ariza topshirishga haqli.
Bunda, ariza beruvchi tomonidan arizada narxlar oʻsishining aniq sabablarini koʻrsatgan holda tasdiqlovchi hujjatlarni arizaga ilova qiladi.
Cheklangan narxlarni olti oydan kam boʻlgan muddatda qayta qayd etish uchun faqat dori vositalari ishlab chiqariladigan mamlakatda yengib boʻlmaydigan kuch (fors-major) holatlarining yuz berishi asos boʻlishi mumkin.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2025-yil 14-apreldagi 3-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3242-1, 12.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 10/25/3242-1/0431-son)
21. Ariza beruvchi tomonidan notoʻgʻri yoki ishonchli boʻlmagan maʼlumotlar taqdim etilganligi aniqlansa, cheklangan narxlar reyestrida koʻrsatilgan dori vositalarining narxlari darhol ushbu reyestrdan chiqariladi.
211. Vakolatli organ tomonidan import maʼlumotlari va boshqa ochiq manbalar orqali oʻrganish natijasida retsept bilan beriladigan dori vositalarining narxlari qayd etilgan narxlarga nisbatan 20 va undan yuqori foizga pasayganligi aniqlansa, vakolatli organ axborot tizimi yoki elektron pochta manzili orqali ariza beruvchiga koʻrsatilgan dori vositalariga cheklangan narxlarni qayta qayd etish lozimligi toʻgʻrisida xabar beradi.
Bunda, ariza beruvchi oʻn ish kuni ichida ushbu dori vositasiga cheklangan narxlarni qayta qayd etish toʻgʻrisida ishchi organga ariza bilan murojaat qilishi lozim.
Ariza beruvchi tomonidan mazkur muddat ichida cheklangan narxni qayta qayd etish toʻgʻrisida ariza taqdim etilmasa, vakolatli organ tomonidan retsept bilan beriladigan dori vositasining pasaytirilgan narxi cheklangan narxlar reyestrida qayd etiladi va eʼlon qilinadi.
(211-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2025-yil 14-apreldagi 3-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3242-1, 12.05.2025-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 10/25/3242-1/0431-son)
22. Ishchi organ ariza beruvchi tomonidan cheklangan narxlarni qayd etish yoki qayta qayd etish uchun taqdim etilgan maʼlumotlarni oshkor qilishi mumkin emas.
3-bob. Yakuniy qoidalar
23. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 178-moddasi.
24. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi hamda Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi N. SHARIPOV
2020-yil 17-mart
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
2020-yil 12-mart
Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasining raisi R. IZAMOV
2020-yil 19-mart
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M. AZIMOV
2020-yil 20-mart
Referent narx shakllantirish tizimi doirasida retsept bilan beriladigan dori vositalari narxlarini qayd etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Mahalliy ishlab chiqaruvchining retsept bilan beriladigan dori vositasini sotish qiymatini shakllantirish boʻyicha hisob-kitob shakli

T/r

Koʻrsatkichlar nomi

Dori vositasining bir qadogʻi uchun toʻgʻri keladigan qiymat

(soʻmda)

I

Dori vositasining tannarxi, shu jumladan:

1.1

Asosiy xom ashyo

1.2

Yordamchi moddalar

1.3

Qadoqlash materiallari

1.4

Ishlab chiqarish xususiyatiga ega boʻlgan mehnatga haq toʻlash xarajatlari

1.5

Ishlab chiqarishga tegishli boʻlgan ijtimoiy sugʻurtaga ajratmalar

1.6

Kommunal toʻlovlar

1.7

Boshqalar

II

Boshqa xarajatlar, shu jumladan:

2.1

Maʼmuriy xarajatlar

2.2

Sotish xarajatlari

2.2.1

shu jumladan, marketingga, reklamaga sarflangan xarajatlar

2.3

Boshqa operatsiya xarajatlari

2.4

Moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlar

III

Jami xarajatlar (I + II satrlar)

Sof foyda (%)

Dori vositasining sotish qiymati, QQSsiz

Dori vositasining sotish qiymati, QQS bilan


 

Rahbar Bosh hisobchi __________________________ reja-iqtisod boʻlimi boshligʻi (yoki rejalashtirish funksiyasini amalga oshiruvchi boshqa shaxs)

 

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2025-yil 14-apreldagi 3-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3242-1, 12.05.2025-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 10/25/3242-1/0431-son)
Referent narx shakllantirish tizimi doirasida retsept bilan beriladigan dori vositalari narxlarini qayd etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Aholi jon boshiga nisbatan daromadlar darajasi yuqori, oʻrtachadan yuqoriroq va oʻrtachadan pastroq boʻlgan davlatlar guruhiga kiruvchi referent mamlakatlar
ROʻYXATI
1. Vengriya Respublikasi
2. Rossiya Federatsiyasi
3. Ukraina Respublikasi
4. Polsha Respublikasi
5. Turkiya Respublikasi
6. Ruminiya Respublikasi
7. Qozogʻiston Respublikasi
8. Bolgariya Respublikasi
9. Belarus Respublikasi
10. Misr Arab Respublikasi
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2025-yil 14-apreldagi 3-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3242-1, 12.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 10/25/3242-1/0431-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2020-y., 10/20/3242/0752-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 12.05.2025-y., 10/25/3242-1/0431-son)